logo

DINAMIK XOTIRA

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

96.5 KB
DINAMIK XOTIRA
Reja:
1. Diqqat va xotira haqida tushuncha.
2. Diqqat va xotira turlari jarayonlari.
3. Xotiraning buzilishi va psixik korreksiyasi.
4. O`quvchilar diqqat va xotirasini o`rganish  metodlari.
Foydalanilgan adabiyot 1.   Diqqat   -   kishi   faoliyati   barcha   turlari,   eng   avvalo   mehnat   va
o`quv   faoliyati   samaradorligini   muhim   va   zarur   shartidir.   Mehnat
qanchalik murakkab va mas’uliyatli  bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta
talablar qo`yadi.
Ziyraklik   kishiga   uning   kundalik   hayotida,     turmushida,   boshqa
odamlar   bilan   munosabatga   kirishishida   zarurdir.   O`quvchilarning
diqqat e’tibori  o`quv tarbiya jarayonini  muvaffaqiyatli  tashkil  etishning
asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan,
buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy  «diqqat aynan shunday bir eshikka,
tashqi   olamdan   kishi   qalbiga   kirib   keladigan   jamiki   narsalarning
barchasi   shu   eshik   orqali   kiradi»   -   deb   yozgan   edi.   Diqqat   individning
hissiy,   aqliy   eki   harakatlantiruvchi   faolligi   darajasininig   oshirilishini
taqoza   etadigan   tarzda   ongning   yo`naltirilganligi   va   bir   narsaga
qaratilganligidir.   Soddaroq   qilib   aytadigan   bo`lsak,   diqqat   -   deb
ongimizning   bir   nuqtaga   to`plab,   ma’lum   narsa   va   hodisalarga   aktiv
yo`naltirilganiga  aytiladi.  Biz faoliyatimiz  jarayonida  idrok va tasavvur
qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va fikrlarimiz
diqqatining   ob’ekti   bo`ladi.   Diqqat   paytida   ongning   bir   nuqtaga
to`planishi,   ong   idrokning   torayishidan   iboratdir.   Ongning   eng   yuqori
nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi. Ana shu nuqtaga tushgan barcha
narsalar,   ya’ni   idrok   qilinayotgan   predmetlar,   tasavvurlar   fikrlar   to`la
yorkin holda aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va
harakat   jarayonlarida   namayon   bo`lishi   mumkin.   Diqqat   aqliy
jarayonlarning   sifatini   ta’minlaydigan   ichki   aktivlikdir.   Diqqat   har
qanday faoliyatning muhim shartidir. Inson  his   qilgan   barcha  narsa   va  hodisalar   izsiz   yo`qolmaydi.  Ular
ma’lum   miqdorda   xotirada   saqlab   qolinadi,   mustahkamlanib   va   kerak
bo`lganda   qayta   esga   tushiriladi.   Odamda   tasavvurlarning   mavjudligi
bizning idrokimiz miya po`stlog`ida qandaydir izlar qoldirilishidan, ular
ma’lum   vaqt   davomida   miyada   saqlanib   turishidan   dalolat   beradi.
O`tmish tajribamizda nimaiki hodisa yuz bergan bo`lsa, shuni esda olib
qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirishi yoki tanish xotira deb
aytiladi.   Agar   odamlar   o`zlarining   o`tishish   tajribalarini   esda   saqlay
olmasa   va   qayta   tiklash   qobiliyatiga   ega   bo`lmasa   bilimlarni
egallashning har qanday imkoniyatidan mahrum etilgan va ularning aqli
darajasida   qolavergan   bo`lar   edi.   Shu   sababdan   ham   har   bir   odamning
vazifasi o`z xotirasini boyitishdan iboratdir. Esda olib qolish jarayonida
odamda   bir   narsa   yoki   hodisa   bilan   boshqa   narsa   yoki   hodisa   o`rtasida
o`zaro aloqa  bog`lanadi.  Masalan,  biz yangi  topishgan  kishining  ismini
esda   qoldirishda   bu   isimni   hamma   mazkur   kishi   bilan   uning   tashqi
qiyofasi   va   boshqa   xususiyatlari   bilan   bog`laymiz.   Ma’lum   bir   tarixiy
faktni   o`zlashtirishda   uni   boshqa   tarixiy   hodisalar   bilan   bog`laymiz,
uning   ma’lum   bir   davrga   taalluqli   ekanini   aniqlaymiz.   Shunday   qilib
esda   qoldirish   -   biron   bir   yangi   narsani   ilgaridan   odam   ongida   mavjud
bo`lgan boshqa narsa bilan bog`lashdan iborat. 
Xotirani   tajriba   asosida   psixologiya   asosida   tadqiq   etish,   X1X
asrning   80-yillariga   to`g`ri   keladi.   1885   yilda   nemis   psixologi
Ebbingous xotirlab qolish jarayonlari haqida kitobini yaratadi. 
XX   asrning   30-yillarida   Rossiya   psixologlari   L.S.Vigodskiy,
A.N.Leont’ev,   A.N.Zankov,   T.I.Zinchinko   kabilar   xotiraning   turli
jihatlarini o`rganadilar.   Diqqatning   biror   narsaga   qaratishi   ob’ektga   bog`liq   holda
diqqatning   namoyon   bo`lishini   quyidagi   shakllarini;   sensor,   aqliy,
harakatlantiruvchi shakllarni ajratib ko`rsatadilar. Hozirgi vaqtda sensor
(ko`rish   va   eshitish)   diqqati   ko`proq   o`rganilgandir.   Diqqatning
fiziologik   asoslarini   tushunib   etishga   buyuk   rus   fiziologlari   I.P.Pavlov
va   A.A.Uxtomskiylarning   ilmiy   ishlari   katta   ahamiyatga   ega.   Nerv
sistemasining   alohida   reaktsiyalari   orientir   reflekslar   haqida   I.P.Pavlov
ilgari   surgan   tasavvurida   ixtiyorsiz   diqqatning   g`ayri   ixtiyoriy   tabiati
haqida   taxmin   bor   edi.   Hozirgi   zamon   mas’uliyatlariga   qaraganda
orientir   reflekslar   juda   ham   murakkabdir.   Ular   organizmni   anchagina
qismlarining   faolligi   bilan   bog`langan.   Diqqatning   fiziologik
mexanizmlarini   tushunib   etishda   dominanta   (nasldan   -   naslga   o`tuvchi
asosiy   belgi)   printsipi   alohida   ahamiyatga   ega.   A.A.Uxtomskiyning
fikriga   ko`ra,   miyada   hamisha   qo`zg`alishning   ustun   va   hukmronlik
qiluvchi   markazi   mavjud   bo`ladi.   Diqqat   miya   faolligini   muayyan
darajasida   yuz   berishi   mumkin.   Demak,   diqqatning   fiziologik   asosini
bosh   miya   pusti   qismidagi   “optimal   qo`zg`alish   nuqtasi”   tashkil   qiladi.
Miya po`stining optimal qo`zg`algan joyi o`z o`rnini almashtirib turishi,
diqqatni bir narsadan ikkinchi narsaga kuchishini va shuning bilan birga,
ongimizning ma’lum narsa, ma’lum faoliyat turiga qarata yo`naltirilishi
va   to`planishini   shartlaydi.   Shunday   qilib,   diqqat   bir   qator   miya
tuzilmalari   faoliyati   bilan   bog`liqdir.   Lekin   diqqatning   har   xil   shakllari
va turlarini tartibga solishda ularning roli turlichadir.
Sechenov   I.N.   xotirani   hayvon   va   inson   tuzilishini   eng   muhim
mo`’jizasi   deb   bejiz   aytmagan.   Tashqi   va   ichki   kuzgatuvchilarlarning
ta’siri   tufayli   miyada   qo`zg`alishlar   vujudga   keladi.   Ularning   izlar yo`qolib   ketmaydi.   Natijada   nerv   qo`zg`alishlar   oson   va   tez   boradi.
Qo`zg`olishlar   takrorlanib   turilsa   nerv   bog`lanishlar   saqlanadi.   Aks
holda   nerv   bog`lanishlar   uziladi.   Materiallar   unitiladi.   Yarim   sharlar
po`stlog`ida   bog`lanishlarning   tez   hosil   bo`lishi,   puxta   bog`lanish
miyaning   ta’siriga   reaktsiya   qilish   hamda   ilgari   yuz   bergan
qo`zg`alishlar   “uzlarini   saqlab   qolish   qobiliyatiga   bog`liqdir.   4.   Xotira
quyidagi   psixik   jarayonlardan   iborat:   esda   olib   qolishi,   esda   saqlab
qolishi,   tanish,   esga   tushirishdan   xotira   jarayoni   esda   olib   qolishdan
boshlanadi.   Buning   fiziologik   asosi   katta   yarim   sharlardagi   vujudga
kelgan   vaziyatli   nerv   bog`liqlikdir.   Biz  ko`p   narsalarni   ixtiyorsiz   holda
esda olib qolamiz. Bu ixtiyorsiz esda olib qolish deyiladi. Kishining his
–   tuyg`ulari   bilan   bog`liq   bo`lgan   hodisalar   ham   yaxshi   esda   olib
qolinadi.  Esda olib  qolishning  ixtiyoriy  turi  ham  bo`lib,  kishi  esda olib
qolishga   o`zini   -   uzi   majbur   qiladi.   Buningsiz   miya   ko`pgina   va
malakaga erishib bo`lmaydi. Esda olib qolishning mexanik va ma’nosiga
tushunib   esda   olib   qolish   xillari   bor.   Ma’nosiz   tushunib   esda   olib
qolishda   tafakkur   protsesslarning   ahamiyati   katta.   Ilgari   esda   olib
qolingan   tashqi   bilan   material   bilan   yangi   material   bog`lanadi.   Misol,
teoremani isbotini esda olib qolish mumkin. Faqat takrorlash bilan esda
qolish mexanik esda olib qolish deyiladi.
  Bunda   noaniq   bo`lgan   bilan   material   quruq   yod   olinadi.   Bunda
o`zgargan   material   tez   unitiladi.   Ma’nosiga   tushunib   esda   olib   qolish
mexanik ravishda esda olib qolishga nisbatan ancha puxtadir.
2.   Hosil   bo`lish   xususiyatlariga   va   amal   qilish   usullariga   ko`ra
diqqatning 2 ta asosiy turi ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari mavjud. Ixtiyoriy   diqqat   -   ongli   ravishda   boshqariladigan   va   tartibga
solinadigan   diqqat   va   e’tibordir.   Ixtiyoriy   diqqat   ixtiyorsiz   diqqat
zamirida   hosil   bo`ladi.   Ixtiyoriy   diqqatning   asosiy   vazifasi   psixik
jarayonlarning kechishini faol boshqarib turishdan iborat. Bu diqqatning
boshlanishi,   davom   ettirishi   kuch   va   zo`r   berishini,   ya’ni   irodaning
ishtirokini talab qiladi.
Shuning   uchun   bu   irodaviy   diqqat   deb   ham   yuritiladi.   Ixtiyorsiz
diqqat kishining xohishlari va maqsadlaridan holi tarzda hosil bo`ladigan
diqqat   e’tibordir.   Ixtiyorsiz   diqqatni   hosil   qiluvchi   qo`zg`ovchilarning
xususiyatlaridir. 
Masalan; baland ovoz, yorqin nur, kuchli hid va hokozo. Ixtiyorsiz
diqqatda qiziqishning roli benihoya kattadir. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning
umumiy   yo`nallganligiga   ham   bog`liqdir.   Masalan,   teatr   bilan
qiziqadigan   kishi,   ehtimol   futbol   bo`yicha   bo`lajak   musobaqa   haqidagi
e’longa e’tibor bermasdan, ayni chog`da teatrga oid yangi e’lonni tezroq
payqashi mumkin. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana
bir   alohida   turini   -   ixtiyoriydan   so`ngi   diqqatni   alohida   ko`rsatish
mumkin.   Bu   tushuncha   psixologiyaga   N.F.Dobrinin   tomonidan   joriy
etilgandir. Ixtiyoriydan so`ngi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida
juda   ham   barqaror   qaratilishi   bilan   belgilanadi,   ko`proq   yuqori
darajadagi jadal  va unumli  aqliy faoliyatini,  barcha turdagi mehnatning
yuksak   unumdorligini   asosli   ravishda   ana   shunday   diqqat   turi   bilan
bog`liqdir.
Diqqat   turlicha   sifat   ko`rinishlari   bilan   ta’riflanadi.   Diqqatning   bu
ko`rinishlarini   diqqatning   sifati   yoki   diqqatning   xususiyatlari   deb
ataladi.   Diqqatning   barqarorligi,   kuchishi,   taqsimlanishi   va   ko`lami shular   jumlasiga   kiradi.   Diqqatning   barqarorligi   –   diqqatga   qaratilgan
ob’ektlarning   xususiyatlariga   va   yo`naltirilgan   shaxsning   faolligiga
bog`liq bo`ladi.
Diqqat turlati va ularni  qiyosiy xarakteristikasi  Diqqat turi Paydo bo`lish 
shartlari Asosiy 
xarakteristikasi Asoslari
Ixtiyoriy  Vazifani qabul 
qilishi Vazifaga asosan 
yo`nalganlik, 
irodaviy zo`r 
berish, uzoq 
muddatli 
diqqatning  
to`planganligi 
toilqtiradi  Ikkinchi signal 
sistemasini 
etakchi o`rni
Ixtiyoriydan
So`nggi diqqat Qiziqishi bilan 
yuzaga kelgan 
faoliyatga 
“kirish”   Maqsadga 
yo`nalganlik 
saqlab qolinadi, 
toliqish 
bo`lmaydi, 
qiziqish ortadi. Faoliyat 
jarayoniga bo`lgan
qiziqishi 
dominantasidi.
Ixtiyorsiz 
diqqat Kuchli 
qo`zg`atuvchi 
asosida yuzaga 
keladi. Beixtiyoriylik, 
engillik, bir 
faoliyatdan 
ikkinchi 
faoliyatga tez 
o`tiladi. Shaxsni 
qiziqishini 
namoyon qilyvch 
yoki 
xarakterlovchi 
dominanta
Diqqatning   barqarorligini   saqlashda   shaxsning   faolligi   katta
ahamiyatga   egadir.   K.S.Stanislavskiy   aktyorning   sahnaviy   diqqati
haqidagi masalani talqin qila turib, shuni qayd etgan edi: “Ob’ektga jalb etilgan   diqqat   e’tibor   u   bilan   biron   narsa   qilishga   tabiiy   ehtiyojni
qo`zg`aydi.
Harakat   esa   diqqatni   ob’ektga   yanada   ko`proq   jalb   etadi.   Shunday
qilib, diqqat harakatga qo`shilib va u bilan o`zaro chatishib, ob’ekt bilan
mustahkam   bog`lanish   hosil   qiladi”.   Diqqatning   barqarorligi   uning
harakatchanlik xususiyatlari bilan uzviy bog`liqdir. Diqqatning ko`chishi
sub’ektning   bir   faoliyatdan   ikkinchi   faoliyatga,   bir   ob’ektdan   ikkinchi
ob’ektga,   bir   harakatdan   ikkinchi   harakatga   ataylab   o`tishda   namoyon
bo`ladi.   Diqqatni   ko`chirishning   muvaffakiyati   bir   qancha   shart
sharoitlariga   bog`liqdir.   Ko`chirishi   oldingi   va   keyingi   faoliyatning
xususiyatlari   bilan   bog`liq   bo`ladi.   Diqqatning   ko`chirilishi   ko`p
jihatdan   yangi   faoliyat   maqsadning   shaxs   uchun   ahamiyati,   uning   aniq
ravonligi   va   soddaligi   bilan   belgilanadi.   Diqqatning   ko`chirilishida
anchagina   individual   farklar   mavjuddir.   Ba’zi   odamlar   bir   faoliyatini
qo`yib,   ikkinchisini   bajarishga   tez   va   osongina   kirishib   ketsa,
boshqalariga bunday tarzda o`tish  uchun uzoq vaqt va anchagina kuch-
g`ayrat   sarflashga   to`g`ri   keladi.   Hozirgi   ko`pgina   kasblar   aynan
diqqatning   ko`chuvchanligiga   nisbatan   yuksak   talablar   qo`ymoqda.
Diqqatning   ko`chishi   o`quv   jarayonida   ham   katta   ahamiyatga   egadir,
diqqatning   ko`chishi   bilan   bir   qatorda   uning   bo`linishini   xam   alohida
ajratib   ko`rsatadilar.   Diqqatning   bo`linishi   deganda   uning   asosiy
faoliyatidan   uni   muvaffaqiyatli   tarzda   bajarish   uchun   ahamiyatsiz
ob’ektlarga ixtiyorsiz ko`chirilishi tushuniladi. Diqqatning taqsimlanishi
ikkita va undan ko`proq faoliyat turlarining (bir qancha harakatlarining)
ayni   bir   vaqtning   o`zida   (biriga   qo`yib)   muvaffaqiyatli   bajarishi
imkoniyati   bilan   bog`liq   xususiyatdir.   Diqqatning   yuksak   darajada taqsimlanishi   ko`pgina   hozirgi   zamon   mehnat   turlari
muvaffaqiyatliligining   muqarrar   shartlaridan   biridir.   Operatorlar,
ko`plab   dastgohlarda   ishlovchilar,   transport   haydovchilar   va
boshqalarning   ishi   ana   shuni   talab   qiladi.   Diqqatning   taqsimlanishi
mumkinligi   bir   qancha   shart-sharoitlarga   bog`liqdir.   Faoliyatning
birgalikda   bajariladigan   turlari   yoki   hal   etiladigan   vazifalar   qanchalik
murakkab   bulsa,   diqqatga   aylanishi   ham   shunchalik   qiyin   bo`ladi.
Diqqatni taqsimlash  malakasi  o`quv faoliyatini  egallab olish jarayonida
shakllanadi,   u   mashq   qilish   va   tegishli   ko`nikmalarni   orttirish   orqali
rivojlantirilishi   mumkin.   Diqqatning   xususiyatlari   qatoriga   ayni   bir
vaqtning   o`zida   aniq   ravshan   idrok   etiladigan   ob’ektlar   soni   bilan
belgilanadigan ko`lami ham kiradi. Diqqatning ko`lami idrok etiladigan
ob’ektlarning xususiyatlarga bog`liq buladi. Jumladan, anglanilgan matn
taqdim   etilganda   14   harfli   so`zlar   osongina   ilg`ab   olinadi.   Kichik
yoshdagi   o`quvchilar   diqqatning   ko`lami   juda   ham   cheklangan   bo`ladi.
Yoshi   ulgaygan   sari   u   kengaya   boradi.   Idrok   etilayotgan   materialning
mazmuniga   ko`ra   guruhlarga   ajrata   bilish,   sistemaga   sola   bilish,
birlashtira   olish   malakalarining   shakllantirilishi   diqqatning   ko`lamini
kengaytirshning  asosiy sharti  hisoblanadi.  Diqqatning salbiy jihatlardan
biri parishonxotirlikdir.
Parishonxotirlik   diqqatni   uzoq   vaqt   davomida   jadal   bir   narsaga
qaratishga   layoqatsizlikda,   diqqatning   osongina   va   tez-tez   bo`linib
turishida   namoyon   bo`lishi   mumkin.   Parishonxotirlikning   bu   ko`rinishi
ko`pincha   ish   qobiliyati   susayib   ketishning   va   xulq   atvordagi
uyushmaganlikning   sabablaridan   biri   hisoblanadi.   Parishonxotirlik haddan   tashqari,   hissiy   hayajonlanishi   yoxud   charchash   oqibati   sifatida
qisqa muddati bo`lishi ham mumkin.
Xotira jarayonlariga esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va
unitish jarayonlari kiradi. 
Esda   olib   qolish   -   qabul   qilinayotgan   predmet   va   hodisalarni
tasavvurlar   sifatida   qobul   qilishdir.   Esda   olib   qolish   –   xotira   materiali
bo`lib, qayta esga tushirish xotira mazmunidir. Esda olib qolish mexanik
va mantiqiy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz bo`ladi. 
Esda olib qolingan materialni saqlash – xotira jarayoni bo`lib unda
ong   xarakati   yuzaga   keladi.   Xotirada   inson   tomonidan   qabul   qilingan
barcha narsa qoladi va ma’lum miqdori esdan chiqadi.
Qayta   esga   tushirish   esda   olib   qolingan   materialni   aktuallashtirish
bo`lib, u uzoq muddatli xotiradan operativ xotiraga o`tadi. Esga tushirish
tanish yoki xotirlash, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz bo`lishi mumkin. 
Tanish – bu qayta ko`rganda esga tushirish bo`lib, u qayta ob’ektni
idrok etish natijasida yuzaga keladi. 
Xotirlash   -   qayta   idrok   etishsiz   esga   tushirishdir.   U   ixtiyorsiz
(assotsiatsiyalar asosida) va ixtiyoriy bo`ladi.
Esdan   chiqarish   -   qayta   esga   tushirishdagi   qiyinchiliklar   bo`lib,   u
ta’sir izlarini yo`qotish natijasida yuz beradi. 
Esdan   chiqarish   to`la,   qisman,   uzoq   muddatli   va   qisqa   muddatli
bo`ladi. 
Esda   chiqarishda   tormozlanish   yuzaga   kelishi   mumkin   va   ikki   xil
ko`rinishga ega:
1. Proaktiv   tormozlanish   –   oldingi   faoliyatni   keyingi   yod   olish
jarayoniga  salbiy ta’sir ko`rsatishi. 2.   Retroaktiv   tormozlanish   –   vaqt   bog`liqligini   yuzaga   kelish
tufayli   xotirada   tormozlanish   yuzaga   keladi   (Masalan:   tarix
darsidan so`ng, adabiyot darsi ta’sirida). 
O`zlashtirilgan   material   xotirasida   saqlanishi   uchun   uni   takrorlab
turish   kerak.   Esda   saqlash   jarayonida   ijtimoiy   hodisalar   kuzatilishi
mumkin.   Material   oradan   oz   vaqt   o`tishi   bilan   emas,   balki   bir   qancha
vaqtdan   keyin   esga   tushadi,   bu   vaqtda   material   miya   po`stlog`ida
mustahkamlanadi.   Keyingi   bajarilgan   va   avvalgidan   ishdan   murakkab,
kishi aktiv harakat qilsa oldingi vazifalar miya po`sti izlarini yo`qoladi.
Biz   hech   narsani   unutmasak   miyamiz   keraksiz   informatsiyalar   bilan
to`ladi, yangi aloqa va bog`lanishlar sodir bo`lmay qoladi.
  Unutish   biz   uchun   qimmatli   bo`lgan   narsalarni   saqlash   imkonini
beradi.   Biz   esda   olib   qolgan   barcha   narsalar   beixtiyoriy   holda   esga
tushadi.   Bu   ixtiyorsiz   esga   tushirilishi   deyiladi.   Biz   ba’zi   narsalarni
qiyinchilik   bilan   esga   tushiramiz,   bu   ixtiyoriy   esga   tushirish   deyiladi.
Tanib   olish   esga   tushirishning   alohida   formasidir.   Misol:   ko`chada
ketayapmiz,   qarshimizdan   kelayotgan   odamni   qaerdadir   ko`rganmiz,   u
so`rashganidan keyin, uni ovozidan taniymiz. Tanib olish ham ixtiyoriy
va   ixtiyorsiz   bo`ladi.   Tanib   olish   esga   tushirishga   nisbatan   osonroq
kechadi.   Chunki   tanib   olish   takror   idrok   qilishga   asoslanadi.   Shuning
uchun   esga   tushirishda   tanib   olishdan   foydalanamiz.   Misol:   bizga
kerakli   bo`lgan   ismini   eslash   uchun   bir   qancha   ismlarni   xayolimizdan
o`tkazamiz va topib olamiz.
XOTIRA SIFATLARI VA TURLARI
Xotiraning quyidagi sifatlari mavjud:
a) ko`lami esda olib qolingan materiallarning miqdori b) esga tushirishning aniqligi
v) esda olib qolishning tezligi
g) o`zlashtirilgan materialni uzoq vaqt saqlanishi
d) xotiraning tayyorligi, kerak bo`lgan vaqtda kerakli materialni tez
esga   olish   tushirish   qobiliyati   nazarda   tutiladi.   Bu   xususiyatlar   kimda
yaxshi rivojlangan bo`lsa, uning xotirasini yaxshi xotira deyish mumkin.
Lekin, kishilarning ko`pchiligida xotiraning ba’zi sifatlari yaxshi bo`lsa,
boshqa sifatlari yomon rivojlangan bo`ladi.
XOTIRA TURLARI
Psixik   faolligiga   ko`ra   ixtiyoriy   va   ixtiyorsiz   bo`lishi   mumkin.
Faoliyat   maqsadiga   ko`ra   –   harakat   emotsional,   suz-mantiqiy,     obrazli
xotiraga   ajratiladi.   Materialni   esda   olib   qolish   muddatiga   ko`ra   uzoq
muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira turlariga bo`linadi.
Xotiraning   quyidagi   individual   turlari   ajratiladi   –   ko`rish,   eshitish,
motor va aralash. 
Ko`rish turi  – ko`rish orqali materialni tez esda olib qolish. 
Eshitish turi –  eshitish orqali materialni yaxshi esda olib qolish. 
Motor   –   turi   odamni   qayta   takrorlash   yoki   yozib   olish   orqali   esda
olib qolishidir.
  Aralash  turi   – ko`rish,   eshitish,  ko`rish   – motor,   eshitish  –  motor
turlari haqida gapirish mumkin. Xotira sifati  xotirada olib qolish tezligi,
esda   olib   qolish   mustahkamligi,   esga   tushirish   tezligi   bilan
xarakterlanadi.
3.   Esda   olib   kolishning   yo`llarini   bilmaydigan   va   puxta   esda
qoldirish   uchun   zarur   shart   sharoitlarini   hisobga   olmaydigan   kishilar
ko`pincha uz xotiralarini yomoniligidan nolib yurishadi. Shu bilan birga xotirani   buzilish   hollari   ham   bo`lishi   mumkin.   Kishining   xotirasi   biron
bir kuchli, ta’sir (ko`p hollarda qo`rqish) miyaning katta yarim sharidagi
kishi   xotirasi   bilan   bog`liq   bo`lgan   markaziy   nerv   xujayralarining
shikastlanishi oqibatida buzilishi mumkin.
Shizofreniya, skleroz kabi kasallik turlari  xotiraning  buzilishi bilan
bog`liq. Psixokorrektsiya - inglizcha so`zdan olingan bo`lib - shaxsning
psixik   rivojlanishidagi   kamchiliklarni   tuzatish   usullarini   qo`llash
jarayoni.   Kishi   xotirasini   psixokorrektsiya   orqali   rivojlantirish   va
shakllantirish mumkin. Bularning o`ziga xos qoidalari mavjud.
4. Maktab o`quv tarbiya jarayonini tashkil etishda diqqatning barcha
turlariga   asosiy   xususiyatlarini   hisobga   olish   zarur.   O`quv   jarayonida
ixtiyorsiz diqqat muhim rol’ o`ynaydi. Ixtiyorsiz diqqatning boshlangich
sinflardagi   roli   ayniqsa   kattadir.   Chunki   kichik   yoshdagi   o`quvchilarda
diqqatni   ixtiyoriy   ravishda   biror   narsaga   qaratish   qobiliyati   sust
rivojlangan   bo`ladi.   Maktab   ish   tajribasida   ixtiyoriy   va   ixtiyorsiz
diqqatni birga qo`shib olib borish va ixtiyorsiz diqqatga tayangan holda
ixtiyoriy  diqqatni  tarbiyalash  zarur. Butun o`qitish  jarayonini  to`g`ri  va
puxta   uyushtirish   o`quvchi   diqqatini   shakllantirishning   muhim   sharti
hisoblanadi.   Diqqat   ta’limning   muvaffakiyatliligi   shartlaridan   biri
bo`lgani   holda   uning   shakllanishi   ham   ushbu   jarayonining   o`zida   yuz
beradi.
  O`quv   faoliyati   ayniqsa   ixtiyoriy   dikkatni   tarbiyalashda   katta
ahamiyatga   egadir.   O`quvchilarning   dars   paytidagi   diqqati   darsning
tuzilish   xususiyatlari   bilan   belgilanadi,   o`rganilayotgan   materialning mazmuniga   ham,   uning   o`qituvchi   tomonidan   bayon   qilinishiga   ham
bog`liq   bo`ladi.   O`quvchilar   diqqatining   safarbar   etilishi   o`qituvchi
nutqning xususiyatlariga, uning aniqligi va ifodaliligiga va shu kabilarga
ham   bog`liqdir.   Diqqatni   jalb   qilishda   ko`rgazmalilik   (kartinalar,
jadvallar,   chizmalar   va   boshqalar)dan   maqsadga   muvofiq   foydalanish
katta   ahamiyatga   ega.   O`quvchilarning   diqqatining   uyushtirishida
o`qituvchilarning   izchil   va   muntazam   talabchanligi   muhim   rol’
o`ynaydi.   Ba’zi   psixologlar   (P.Ya.Gal’perin)   diqqatni   nazoratining
alohida psixologik ta’siri deb tushunadilar. O`quvchilar diqqatining yosh
davr   xususiyatlarini   ham,   individual   xususiyatlarini   ham   hisobga   olish
ta’lim   tarbiya   jarayonini   muvaffaqiyatli   amalga   oshirishning   muhim
sharti hisoblanadi.
 Masalan, kichik maktab yoshida diqqatning etarli darajada ob’ektga
to`planmaganligiga,   jumladan   aqliy   faolikka   etarli   emasligiga,   o`quv
faoliyati   ko`nikma   va   malakalarining   shakllanmaganligiga,   bola
irodasining kuchsizligi sabab bo`lishi mumkin.
  Pedagogik   faoliyatda   diqqatning   tashqi   ko`rinishidagi   individual
xususiyatlarni   ham   inobatga   olish   muhimdir.   Tashki   belgilariga   -   aft   -
angorning   o`zgachaligiga,   yuzlarning   ifodasiga   va   nigohning
qaratilganligiga   qarab   diqqatning   yo`naltirilganligini   va   uning
to`planganligi darajasini aniqlash mumkin.
Koos   kubiklari   metodikasi   1923   yilda   S.C   Koh3   tomonidan   taklif
etilgan   bo`lib,   fazoda   ish   tutish,   diqqat,   ziyraklik   ko`rish   yasash
xususiyatlarini o`rganishga mo`ljallangan. Bu metodika D.Wechslerning
(1959-1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan.  Link kubi metodikasi diqqat barqarorligini, ziyrakligini, aniqlashga
imkon beradi.
  P’eron-Ruzer metodikasi  ko`rish-yasash xususiyatlarini,  maqsadga
yo`nalgan   ko`nikmalarini,   egallash   imkoniyatlarini,   xarakterlarning
yangi usullarini  o`zlashtirishni  o`rganishga  mo`ljallangan.  Bu metodika
yordamida   ixtiyoriy   diqqat   hajmi,   uning   barqarorligi   haqida   bilib   olish
mumkin.
 Diqqatning ko`chishi, uzoq davom etadigan aqliy ishga qobiliyatini
o`rganish   maqsadida   I.V.Kruk   (1986)   tomonidan   taklif   etilgan
metodikaning   o`zgartirilgan   variantini   etilgan   metodikaning
o`zgartirilgan variantini qo`llash mumkin.
  Shul’t   jadvali   bo`yicha   sonlarni   izlash   metodika   diqqatning
ko`chishi   va   bo`linish   xususiyatlarini,   sensomotor   reaktsiyalar   tezligini
o`rganish uchun foydalaniladi.
  Krepelin   bo`yicha   sanash   va   hisoblash   metodikadan   murakkab
sezgi   harakat   reaktsiyalarini,   ish   qobiliyatini,   ixtiyoriy   diqqat
barqarorligini aniqlash, psixik jarayonlar kechishining tezligini aniqlash
uchun foydalanish mumkin.
  Bulardan   korrektur   sinovi   metodikasi   diqqatning   tebranishini
ko`rish   analizatori   uzoq   vaqt   ishlaganda   bir   xil   ko`ruv
qo`zg`atuvchilarga   nisbatan   sinaluvchining   charchashini   aniqlashga
imkon beradi.
Psixologiyada   xotirani   o`rganish   uchun   maxsus   metodikalar
mavjud. R.Meili   testi   1961   yilda   ishlab   chiqarilgan   bo`lib,   7-14   yoshli
bolalar   kattalarning   ko`rish   va   eshitish   xotirasini   o`rganishda
foydalaniladi. Tadqiqot ikki bosqichdan iborat.
Birinchi   bosqichda   rasmda   tasvirlangan   predmetlarni   xotirada   olib
qolish   va   ko`rish   xotirasi   o`rganiladi.   Ikkinchi   bosqichda   tadqiqotchi
o`qib bergan so`zlarni, predmetlarning nomlarini eshitib esda olib qolish
qobiliyati   o`rganiladi.   Bu   tadqiqotlar   bir   kunda   o`tkazilmaydi,   bu   esa
xotiraning   o`rganilyoetgan   xususiyatlarini   yaxshilab   tahlil   qilishga
imkon beradi.
Ko`rish   xotirasi   xususiyatlarini   D.Wechsler   (1945)   taklif   etilgan
metodika   yordamida   o`rganish   mumkin.   Bu   metodika   xotira   shkalasini
o`rganish   subtestlaridan   biridir.   Sinaluvchiga   turli   geometrik   figuralar
tasvirlangan rasmlarga qarash taklif etiladi. Har bir rasm sinaluvchiga 10
soniya ko`rsatiladi. Keyin sinaluvchi toza oq qog`ozda ko`rgan narsasini
qayta   esga   tushirib,   chizish   kerak.   Tajriba   natijalarini   miqdoriy   tahlil
qilish kerak.
Ko`rish   xotirasini   o`rganish   testini   Benton   (1952)   turli   shakldagi
rasmlarni   ko`rib   esda   olib   qolish   xususiyatlarini   ishlab   chiqqan.
Sinaluvchiga   ko`rsatiladigan   rasmlar   3   guruhga   birlashtirilgan.   Barcha
guruhlar   o`zaro   teng.   Ularning   har   biri   10   ta   namuna   kartochkalardan tuzilgan.   Kartochkalarda   bir   nechta   oddiy   geometrik   figuralar   aks
ettirilgan.
Bavosita   esda   olib   qolish   metodikasi   yordamida   (A.N.Leont’ev,
1928)   faqatgina   assotsiativ,   mantiqiy   xotirani   emas,   balki   tafakkur
xususiyatlarini ham aniqlash mumkin.
Bavosita esda olib qolish xususiyatlarini piktogramma, ya’ni rasmli
assotsiatsiyalar   metodi   orqali   ham   o`rganish   mumkin.   Piktogramma
eksperimental   psixologik   tadqiqot   usuli   sifatida   birinchi   marta
L.V.Zankov (1935) tomonidan qo`llanilgan.
Rasm   va   so`z   o`rtasidagi   assotsiativ   aloqani   shakllantirish
jarayonida   inson   shunday   mazmunli   aloqalarni   tanlaydiki,   uning
fikricha,   bu   rasmlar   so`zni   eslab   qolish   uchun   yaroqli   bo`ladi.
(A.R.Luriya,   1967   ).   Shuning   uchun   ham   bu   metodika   orqali   tadqiqot
o`tkazish   faqatgina   assotsiativ,   bavosita   xotira   xususiyatlarigina   emas,
balki   fikrlash   faoliyati   xarakteri,   tushunchali   tafakkurning   rivojlanish
darajasi haqida ham bilish imkonini beradi.
(S.V.Longinova, S.Ya. Rubinshteyn, 1972 B.R.Xersonskiy, 1988 )  Foydalanilgan adabiyot
1.  A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.
2.   P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.
3.   A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika” 
4. 
www.ziyonet.uz
5.  www.arxiv.uz

DINAMIK XOTIRA Reja: 1. Diqqat va xotira haqida tushuncha. 2. Diqqat va xotira turlari jarayonlari. 3. Xotiraning buzilishi va psixik korreksiyasi. 4. O`quvchilar diqqat va xotirasini o`rganish metodlari. Foydalanilgan adabiyot

1. Diqqat - kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo mehnat va o`quv faoliyati samaradorligini muhim va zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta talablar qo`yadi. Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida, turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy «diqqat aynan shunday bir eshikka, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik orqali kiradi» - deb yozgan edi. Diqqat individning hissiy, aqliy eki harakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Soddaroq qilib aytadigan bo`lsak, diqqat - deb ongimizning bir nuqtaga to`plab, ma’lum narsa va hodisalarga aktiv yo`naltirilganiga aytiladi. Biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va fikrlarimiz diqqatining ob’ekti bo`ladi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to`planishi, ong idrokning torayishidan iboratdir. Ongning eng yuqori nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi. Ana shu nuqtaga tushgan barcha narsalar, ya’ni idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar fikrlar to`la yorkin holda aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va harakat jarayonlarida namayon bo`lishi mumkin. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki aktivlikdir. Diqqat har qanday faoliyatning muhim shartidir.

Inson his qilgan barcha narsa va hodisalar izsiz yo`qolmaydi. Ular ma’lum miqdorda xotirada saqlab qolinadi, mustahkamlanib va kerak bo`lganda qayta esga tushiriladi. Odamda tasavvurlarning mavjudligi bizning idrokimiz miya po`stlog`ida qandaydir izlar qoldirilishidan, ular ma’lum vaqt davomida miyada saqlanib turishidan dalolat beradi. O`tmish tajribamizda nimaiki hodisa yuz bergan bo`lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirishi yoki tanish xotira deb aytiladi. Agar odamlar o`zlarining o`tishish tajribalarini esda saqlay olmasa va qayta tiklash qobiliyatiga ega bo`lmasa bilimlarni egallashning har qanday imkoniyatidan mahrum etilgan va ularning aqli darajasida qolavergan bo`lar edi. Shu sababdan ham har bir odamning vazifasi o`z xotirasini boyitishdan iboratdir. Esda olib qolish jarayonida odamda bir narsa yoki hodisa bilan boshqa narsa yoki hodisa o`rtasida o`zaro aloqa bog`lanadi. Masalan, biz yangi topishgan kishining ismini esda qoldirishda bu isimni hamma mazkur kishi bilan uning tashqi qiyofasi va boshqa xususiyatlari bilan bog`laymiz. Ma’lum bir tarixiy faktni o`zlashtirishda uni boshqa tarixiy hodisalar bilan bog`laymiz, uning ma’lum bir davrga taalluqli ekanini aniqlaymiz. Shunday qilib esda qoldirish - biron bir yangi narsani ilgaridan odam ongida mavjud bo`lgan boshqa narsa bilan bog`lashdan iborat. Xotirani tajriba asosida psixologiya asosida tadqiq etish, X1X asrning 80-yillariga to`g`ri keladi. 1885 yilda nemis psixologi Ebbingous xotirlab qolish jarayonlari haqida kitobini yaratadi. XX asrning 30-yillarida Rossiya psixologlari L.S.Vigodskiy, A.N.Leont’ev, A.N.Zankov, T.I.Zinchinko kabilar xotiraning turli jihatlarini o`rganadilar.

Diqqatning biror narsaga qaratishi ob’ektga bog`liq holda diqqatning namoyon bo`lishini quyidagi shakllarini; sensor, aqliy, harakatlantiruvchi shakllarni ajratib ko`rsatadilar. Hozirgi vaqtda sensor (ko`rish va eshitish) diqqati ko`proq o`rganilgandir. Diqqatning fiziologik asoslarini tushunib etishga buyuk rus fiziologlari I.P.Pavlov va A.A.Uxtomskiylarning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega. Nerv sistemasining alohida reaktsiyalari orientir reflekslar haqida I.P.Pavlov ilgari surgan tasavvurida ixtiyorsiz diqqatning g`ayri ixtiyoriy tabiati haqida taxmin bor edi. Hozirgi zamon mas’uliyatlariga qaraganda orientir reflekslar juda ham murakkabdir. Ular organizmni anchagina qismlarining faolligi bilan bog`langan. Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunib etishda dominanta (nasldan - naslga o`tuvchi asosiy belgi) printsipi alohida ahamiyatga ega. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko`ra, miyada hamisha qo`zg`alishning ustun va hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo`ladi. Diqqat miya faolligini muayyan darajasida yuz berishi mumkin. Demak, diqqatning fiziologik asosini bosh miya pusti qismidagi “optimal qo`zg`alish nuqtasi” tashkil qiladi. Miya po`stining optimal qo`zg`algan joyi o`z o`rnini almashtirib turishi, diqqatni bir narsadan ikkinchi narsaga kuchishini va shuning bilan birga, ongimizning ma’lum narsa, ma’lum faoliyat turiga qarata yo`naltirilishi va to`planishini shartlaydi. Shunday qilib, diqqat bir qator miya tuzilmalari faoliyati bilan bog`liqdir. Lekin diqqatning har xil shakllari va turlarini tartibga solishda ularning roli turlichadir. Sechenov I.N. xotirani hayvon va inson tuzilishini eng muhim mo`’jizasi deb bejiz aytmagan. Tashqi va ichki kuzgatuvchilarlarning ta’siri tufayli miyada qo`zg`alishlar vujudga keladi. Ularning izlar

yo`qolib ketmaydi. Natijada nerv qo`zg`alishlar oson va tez boradi. Qo`zg`olishlar takrorlanib turilsa nerv bog`lanishlar saqlanadi. Aks holda nerv bog`lanishlar uziladi. Materiallar unitiladi. Yarim sharlar po`stlog`ida bog`lanishlarning tez hosil bo`lishi, puxta bog`lanish miyaning ta’siriga reaktsiya qilish hamda ilgari yuz bergan qo`zg`alishlar “uzlarini saqlab qolish qobiliyatiga bog`liqdir. 4. Xotira quyidagi psixik jarayonlardan iborat: esda olib qolishi, esda saqlab qolishi, tanish, esga tushirishdan xotira jarayoni esda olib qolishdan boshlanadi. Buning fiziologik asosi katta yarim sharlardagi vujudga kelgan vaziyatli nerv bog`liqlikdir. Biz ko`p narsalarni ixtiyorsiz holda esda olib qolamiz. Bu ixtiyorsiz esda olib qolish deyiladi. Kishining his – tuyg`ulari bilan bog`liq bo`lgan hodisalar ham yaxshi esda olib qolinadi. Esda olib qolishning ixtiyoriy turi ham bo`lib, kishi esda olib qolishga o`zini - uzi majbur qiladi. Buningsiz miya ko`pgina va malakaga erishib bo`lmaydi. Esda olib qolishning mexanik va ma’nosiga tushunib esda olib qolish xillari bor. Ma’nosiz tushunib esda olib qolishda tafakkur protsesslarning ahamiyati katta. Ilgari esda olib qolingan tashqi bilan material bilan yangi material bog`lanadi. Misol, teoremani isbotini esda olib qolish mumkin. Faqat takrorlash bilan esda qolish mexanik esda olib qolish deyiladi. Bunda noaniq bo`lgan bilan material quruq yod olinadi. Bunda o`zgargan material tez unitiladi. Ma’nosiga tushunib esda olib qolish mexanik ravishda esda olib qolishga nisbatan ancha puxtadir. 2. Hosil bo`lish xususiyatlariga va amal qilish usullariga ko`ra diqqatning 2 ta asosiy turi ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari mavjud.