logo

DRAMATIK TUR VA UNING JANRLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.927734375 KB
DRAMATIK TUR VA UNING JANRLARI
Reja:
1.Dramatik tur va uning  o‘ziga xosligi
2. Dramatik turning janrlari
3.Tragidiya va uning o‘ziga xosligi
4. Monodrama va milodrama  Dramatik   turda   hayot   va   insonlar   o‘rtasidagi   munosabatlar   ifodasi
tomoshabin   ko‘z   o‘ngida,   muayyan   sahna   vaqti   ichida   harakatda   sodir
bo‘ladi,   shu   sabab   unda   so‘z   va   sahna   san’ati   birlashadi,   birbutunlik   kasb
etadi.
Faqat   harakat   jarayonidagi   g‘oyalar   kurashi   aniq,   yorqin,   keskin,
tomoshabinni   larzaga   soladigan   tarzda   ifodalanadi;   bu   o‘z   navbatida   hayot
qa’ridagi   va   inson   ruhiyatidagi   dramatik   ziddiyatdan   kelib   chiqadi.   Bu
ziddiyatning turli-tuman xarakteri, ya’ni dramatizmga to‘liq voqea-hodisalar
va xarakterlarning ko‘p qirraligi ko‘plab dramatik janrlar(ularning hammasini
“pesa”-   “birbutun”,   “ulush”deb   yuritish   odati   ham   hayot)ning   tug‘ilishiga
sabab bo‘lgan. Ular quyidagilar: tragediya, komediya, drama, tragikomediya,
melodrama, insenirovka, intermediya, monodrama va sh.k.
A .  Dramaning   asosiy   janrlari
Tragediya ( yun .   Tragos   –   echki(taka),   ado   -   qo‘shiq ) da   asosan   ilohiy
kuchlar   va   mifologik   qahramonlar   o‘rtasidagi   murosasiz   kurashlar   falsafasi,
yuqori   tabaqa   vakillari   (podshohlar,   shahzodalar,   qo‘mondonlar,   dohiylar,
yo‘lboshchilar, boshliqlar, yetakchilar)ning fojialari aks etgan.
Tragediya   janrining   xususiyatlari   ham   V.Belinskiy   tomonidan   yetarli
asoslangandir. Ular quyidagichadir:
1.   “Tragediyaning   mohiyati...   qalbning   tabiiy   jarayoni,   maylning
axloqiy burch yoki daf qilinmas bir to‘siqlik bilan to‘qnashuvidir... tragediya
–   qayg‘uli   tamosha!   Agarda   qon,   o‘liklar,   xanjar,   zahar   tragediyaning
odatdagi   sifatlari   bo‘lmasa   ham,   lekin   uning   oqibati   harvaqt   qalbning   eng
qimmatli   umidlarining   yemirilishi,   butun   bir   hayot   saodatining
yo‘qolivudir.   Uning   qora   ulug‘vorligi,   uning   buyuk   azamatligi   shundan
kelib chiqadi: unda taqdir kuchi hukm suradi, uning mohiyati, asosi taqdir
kuchidir ”. 2. Tragediya “asosida buyuk haqiqat, yuksak donolik yotadi. Kurashda
o‘lgan yoki g‘alabada halok bo‘lgan qahramonga biz chuqur qayg‘uramiz.
Lekin bu kurashsiz, bu halokatsiz u qahramon bo‘lmasligini, o‘z shaxsiyati
bilan abadiy substansial kuchlarni,   jahonni va o‘zgarmas borliq qonunlarni
amalga oshira olmasligini bilamiz ”.
3.  “Buyuk  axloqiy vazifalarni hal  qilish  uchun  taqdir eng asl ruhlarni,
kishilik   dunyosi   boshida   turgan   yuksak   ruhli   shaxslarni,   axloqiy   dunyoning
tiragi   bo‘lgan   substansial   kuchlarni   o‘zida   gavdalantirgan   qahramonlarni
tanlaydi.   Faqat   oliy   tabiatli   odam   tragediyaning   qahramoni   yoki   qurboni
bo‘la oladi; voqelikning o‘zida ahvol shunday ”.
4. “Har qanday tragediyadan mash’um halokatni yo‘qoting,siz bu bilan
uni   buyuklikdan,   butun   ma’nodan   mahrum   qilasiz,   buyuk   asardan   oddiy   bir
narsa yasaysiz, u birinchi galdayoq o‘zining butun nafis kuchini yo‘qotadi”. 
5.   “Tragediya   ko‘proq   sun’iy   asardir”.   “Mana   shuning   uchun   tarixiy
shaxslarni   buzib   ko‘rsatishga   oz   yo‘l   qo‘yilsa   ham;   tragediyaning   go‘yo
qat’iy   huquqidir,   bu   uning   mohiyatidan   kelib   chiqadi.     Tragediyachi   o‘z
qahramonini   ma’lum   tarixiy   vaziyatda   ko‘rsatishni   istaydi:   tarix   unga
vaziyat   beradi,   agar   bu   vaziyatdagi   tarixiy   qahramon   tragediyasining
ideyasiga muvofiq kelmasa, uni o‘zicha o‘zgartirishga u to‘la huquqlidir ”.
O‘zbek   adabiyotida   yaratilgan   “Muqanna”   (H.Olimjon),   “Mirzo
Ulug‘bek”   (Shayxzoda)   tragediyalari   ham   V.Belinskiy   fikrlarini   to‘liq
isbotlaydi...
Komediya (yun.   Comos-quvnoq   kishilar(olomon)   va   oide-qo‘shiq)da
hayot voqea-hodisalari dramatik qahramonlarning kulguli fe’l-atvorlari, xatti-
harakatlarida   voqe   bo‘ladi.   Bu   xususiyati   bilan   u   “tragediyaga   tamoman
qarshi...dir. Tragediyaning mazmuni buyuk axloqiy hodisalar olamidir, uning
qahramonlari   ma’naviy   inson   tabiatining   substansial   kuchlari   bilan   to‘la bo‘lgan   shaxslardir,   komediyaning   mazmuni-aqliy   zaruriyatdan   mahrum
tasodiflar,   sharpalar   dunyosi   yoki   bor   kabi   ko‘rinib,   haqiqatda   mavjud
bo‘lmagan   voqelik   hodisalaridir;   komediyaning   qahramonlari   o‘z   ma’naviy
tabiyatining   substansial   (tub,   mohiyat   –H.U)   asoslaridan   voz   kechgan
odamlardir.   Shuning   uchun   tragediyaning   ko‘rsatgan   ta’siri   ruhni
qaltiratuvchi   muqaddas   dahshatdir;   komediya   ko‘rsatgan   ta’sir   sho‘x
kulgudir... tragediya  o‘z  hayotining  tor  doirasida  faqat yuksak  momentlarni,
qahramon   voqeasining   shoirona   momentlarini   to‘plasa,   komediya   har   kungi
hayotning   oddiy   ko‘rinishlarini,   uning   mayda-chuydasini,   tasodiflarini
ko‘rsatadi” (B.Belinskiy. Tanlangan asarlar. 204-bet).
Komediyaning   mohiyati-komik   konfliktga   bog‘liq   bo‘lib,   unda   “hayot
o‘z-o‘zini   inkor   qiladi”   (V.Belinskiy),   ya’ni   aslida   xunuk,   zararli,   razil   va
nopok   xulqli   inson   (mazmun)   o‘zini   yaxshi,   ilg‘or,   pok,   odamiy   qilib
ko‘rsatsa (shakl) yoki buning aksicha holatda bo‘lsa, kulgu keltirib chiqaradi
(Berdiali Imomov. Dramaturgik mahorat sirlari, T., G‘afur G‘ulom nomidagi
Nashriyot-matbaa   birlashmasi,   1991,   50-bet).   Unda   shoirning   shaxsi   faqat
tashqi   jihatdan   ko‘rinmaydi,   -   deb   yozadi   V.Belinskiy.   –   Lekin   uning
subektiv   mushohadasi  yashirin   fikr   sifatida   ko‘p  komediyada   bevosita  hozir
bo‘ladi,   komediyada   ko‘rsatilgan   hayvonlar   va   tasqara   basharalar   orqasidan
sizga   boshqa   yuzlar,   go‘zal,   insoniy   yuzlar   ko‘ringanday   bo‘ladi,   kulgusi
sho‘x   xursandchilikni   emas,   alam   va   norozilikni   ifoda   qiladi...   Badiiy
komediyaning   eng   yaxshi   namunasi   Gogolning   “Revizor”   nomli
asaridir(204-bet).   O‘zbek   adabiyotida   Hamza   Hakimzoda   Niyoziyning
“Maysaraning   ishi”,   Abdulla   Qahhorning   “So‘ngggi   nusxalar”,
B.Rahmonovning   “Yurak   sirlari”,   erkin   Vohidovning   “Oltin   devor”,   Said
Ahmadning   “Kelinlar   qo‘zg‘oloni”,   Abduqahhor   Ibrohimovning   “Zo‘ldir”
kabi asarlari ham komediya janrini rivojlantirish ishiga qo‘shilgan hissalardir. Drama (yun. drame-harakat) atamasi keng ma’noda – dramatik turni, tor
ma’noda   –   drama   janrini   bildiradi.   Drama,   V.Belinskiy   asoslaganidek,
tragediya   bilan   komediya   o‘rtasidagi   janrdir,   u   ma’shum   falokatni   ham,
yumoristik   va   satirik   kulguni   ham   talab   qilmaydi.   Balki   hayot   hodisalarini
yuqori   darajali   tarzda,   jiddiy   holatda   tasvirlaydi.   “Dramada   muhim   narsa   –
uzundan uzoq hikoyalarning yo‘q bo‘lishidir, har bir so‘z dramada harakat –
amal bilan ifodalanishi lozim. Drama tabiatdan oddiy ko‘chirmakashlik emas,
ayrim sahnalarning, garchi ular go‘zal bo‘lsalar ham yig‘indisi emas, drama
ayrim, xos, yopiq bir dunyo bo‘lishi kerak, unda har bir shaxs o‘z maqsadiga
intilib, faqat o‘zi uchun harakat qilib, o‘zi bilmasdan ham, pesaning umumiy
harakatiga   yordam   beradi,   drama   xayol,   mulohaza   orqali   yopishtirilmasdan,
balki   fikrdan   tug‘ilgan   bo‘lsagina   shunday   xarakterga   ega   bo‘ladi”
(V.Belinskiy, 207-bet).
Dramaning   qahramoni   ko‘pincha   hayotdagi   oddiy   kishilar,   ularning
dramatizmga   to‘la   qismatlaridir.   Ularning   taqdirlarida   ro‘y   beruvchi   jiddiy
konfliktlarning oqilona bartaraf qilinishidir.
Agar   tragediya   qahramoni   noilojlikdan   halok   bo‘lsa,   uni   taqdir
boshqarsa,   drama   qahramoni   o‘z   irodasiga,   xarakteriga     muvofiq   yakun
topadi, uni tipik sharoit mantig‘i to‘liq asoslaydi. Izzat Sulton va Uyg‘unning
“Alisher   Navoiy”,   O‘lmas   Umarbekovning   “Qiyomat   qarz”,   “O‘z   arizasiga
ko‘ra”,   Izzat   Sultonning   “Imon”   kabi   asarlari   –   dramaning   harakat   birligiga
asoslangan eng yaxshi dramalar sanaladi.
Agar  tragediyani  fojea,  komediyani  kulgu,  dramani  jiddiylik  boshqarsa,
ba’zi   dramatik   asarlarda   bu   vositalarning   birlashganini   ko‘rish   mumkin.
Tragikomediya   (tragediya   va   komediyaga   xos   xususiyatlarning   birlashuvi)
janrida inson fojeasini     kulguli voqealar orqali ko‘rsatish yetakchilik qiladi.
Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asarida “lovullab yonayotgan ayolning
dod-faryodi, yetim qolgan bolalar yoki dardu alam girdobiga irg‘itilgan ota- onalarni   ko‘rmaysiz.   Yuraklarni   qon   qiluvchi   sud   jarayoni   ham   yo‘q”
(Sh.Boshbekov),   unda   qishloq   ayolining   uqubatli,   og‘ir   hayoti   kulguli
(yumoristik   va   ba’zan   satirik)   voqealar   (masalan,   Alomat   nomli   temir-
robotning taqdiri) orqali tasvirlanadi (ko‘rsatiladi). 
Dramaturg o‘z asarini “Jiddiy komediya” deb ataydi va “umuman inson
fojeasi haqida komediya yozish” mumkinligini ham ta’kidlaydi. Bu ta’kidlar
bitta   xulosani   isbot   etadi,   ya’ni   sof   adabiy   janrlar   bo‘lmaydi,   ularning
barchasi hamkorlikda, o‘zaro bog‘liqlikda yashaydi.
Melodrama (yun.melos-ohang, kuy, drama-harakat), dastavval,  musiqali
drama   asari   sifatida   yuzaga   kelgan   va   undagi   qahramonlar   kuy   jo‘rligida
so‘zlashganlar (Shu sababli hozir ham Italiyada melodrama opera ma’nosida
qo‘llaniladi). Unga J.J.Russo “Pigmalion”(1762) asari bilan asos solgan. 
Bugungi   kunda   “kuchli   ta’sir   kuchiga   ega   bo‘lgan,   favqulodda
voqealarga,   tendensioz   ahloq   va   keskin   intrigalarga   boy   dramatik   asarlar”
(N.Hotamov,   B.Sarimsoqov)ni   melodrama   deb   yuritish   rasm   bo‘lgandir.
Ayniqsa,   “Otalar   so‘zi   aqlning   ko‘zi”   teleko‘rsatuvlarida   bu   janrlarning
ko‘plab   namunalari   ko‘rsatilmoqda.   Melodrama   janrida   ko‘plab   kinofilm
(masalan,   amerikaning   “Arvoh”...)lar   yaratilgan,   ularda   qatnashuvchi
xarakterlarning   holat   va   xatti-harakatlariga   uyg‘un   holda   musiqa   chalinib
turadi. 
Monodrama (yun.monos-bir,   yakka,   yolg‘iz,   drama-xatti-harakat)-bir
aktyor   tomonidan   ijro   etiladigan   dramatik   asardir.   “Esxilga   qadar   bo‘lgan
tragediyada bir aktyor maska va kiyimlarini o‘zgartirib, bir necha rollarni ijro
etgan. Bu aktyorning bir roldan ikkinchi rolga o‘tguncha vaqt ichida qo‘shiq
va   musiqali   tanaffus   bo‘lgan.   XIX-XX   asr   monodramalarida   esa   aktyor   bir
rolni   bajarsa   ham,   biroq   uning   nutqi   yo   tomoshabinga,   yo   noma’lum
personajga qaratilgan” 1
.
1
 Н.Ҳотамов, Б.Саримсоқов. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли лyати, Т., “Ўқитувчи Insenirovka (lat.inscaena-sahnalashtirish)   pesa   shaklida   yozilgan   badiiy
asarni (muallif yoki boshqa ijodkor tomonidan, yoki hamkorlikda yaratilgan)
sahnada   qo‘yishga   moslab   qayta   ishlashdir.   Jumladan,   XX   asr   oxirlarida
Oybekning   “Qutlug‘   qon”,   “Navoiy”,   Pirimqul   Qodirovning   “Yulduzli
tunlar”,   Abdulla   Qodiriyning   “O‘tgan   kunlar”,   “Mehrobdan   chayon”   kabi
romanlari   teleinsenirovka   qilingan   bo‘lsa,   Abdulla   Qodiriyning   “O‘tgan
kunlar”   romani   bir   necha   bor   turli   mualliflar   tomonidan   kinoinsenirovka
qilindi.   Adabiy   asar   insenirovka   qilinganda   uning   syujetiga   o‘zgartirishlar,
ayrim   qo‘shimcha   motivlar   kiritilishi   ham   mumkin.   Jumladan,   “O‘tkan
kunlar”   kinofilmida   Otabek,   Kumush,   Zaynablar   qozoqlar   ovulida
qimizxo‘rlik   qilishadi.   Otda   sayr   qilishga   Zaynab   rozi   bo‘lmaydi.   Otabek
bilan   Kumush   ot   choptirib   ketishar   ekan,   ovul   egasi   sevishganlarning   bir
biriga   munosibligini   alqar   ekan,   Zaynabga   “Siz   Otbekning   kimi   bo‘lasiz?”
deydi. Zaynab noiloj qolganidan “singlisi” deb javob beradi va qalbida yovuz
rashk uyg‘onadi... Bu epizod “O‘tgan kunlar” romanida tasvir etilmagan... 
Intermediya (lat.intermedius-ikki   narsa   oralig‘ida)   pesa   va   operalarning
pardalari   oralig‘ida   tomoshabinni   zeriktirmaslik   maqsadida   ularni   kuldirish
uchun   hayotdagi   ayrim   nuqson   va   kamchiliklarni   siqiq   tarzda   hajv(fars)
qilishdir. 
Bugungi   adabiy   jarayonga   kelib,   intermeiyalar   o‘z   mazmunlarini
saqlagan holda, pesa va operalardan ajralib chiqdilar va “Miniatyura teatri”ni,
“Tabassum ustaxonasida” degan radio eshittiruvini tashkil qildilar. 
Libretto (ital.libretto-kitobcha)   –   opera,   operetta,   musiqali   drama,
oratoriya,   kantatalar   uchun   yozilgan   badiiy   asar   matnidir.   Uning   syujeti
ba’zan   she’r,   ba’zan   nasr   bilan   yoziladi.   Librettoning   matni   musiqa   bilan
uzviy   bog‘langandagina   (so‘z   san’atkori   va   kompozitor   mehnati
uyg‘unlashganda)   to‘liq   ta’sir   kuchiga   ega   bo‘ladi.   Libretto   dramaturgiya
qonun   qoidalariga   amal   qilib   yozilsa-da,   uning   syujeti   ko‘proq   ariya   va ansambllarning   ta’sirchanlik   xislatlari   bilan   bog‘lanadi.   “Bo‘ron”,
“Maysaraning   ishi”,   “Zaynab   va   Omon”   kabi   operalarning   librettolari
aytilagn mulohazalarga asosdir. 
                   *        *        *
Biz   yuqorida   adabiy   jarayon   taraqqiyoti   davomida   shakllangan   tur   va
ba’zi   janrlarning   qonun-qoidalarini   o‘rgandik.   Buning   nima   zarurati   bor?
“Naqadar   baland   chiqsang   shu   qadar   ko‘pni   ko‘rasan”,   degan   maqolni
mag‘zidan   kelib   chiqsak,   san’atkor   qanchalik   janr   qonun-qoidalarini,
texnikasini  egallasa,  u   shu   qadar  yuksak   asarlar   yarata   oladi.   Chunki   badiiy
asarlar janrining eng zurur talabi va xususiyatlarigina uzoq davrlar va ijodiy
jarayon   taraqqiyoti   davomida   yashab   qolgan,   billurdek   sayqallashganki,
ularni   mukammal   bilmasdan   (bor   tajribalarini,   saboqlarini   o‘rganmasdan)
yuksak mahoratli san’atkor bo‘lish mumkin emas. Bu haqiqatni yozuvchilar
ham   tasdiqlaydilar.   Jumladan,   o‘zbek   hikoyasining   piri   –   Abdulla   Qahhor
“Hayot   haqiqatidan   badiiy   to‘qimaga”   maqolasida   yozadi:   “...har   bir   janr
o‘ziga xos xususiyatlarga, uzoq yillar davomida jahondagi adabiyotchilar va
o‘tib   ketgan   yozuvchilar   to‘plagan   maxsus   priyomlar   kompleksiga   ega
bo‘ladi, buni e’tiborga olmaslik,  bugungi kunda gugurtning mavjudligidan
o‘zini   bexabarlikka   solib,   ikkita   chaqmoq   toshni   bir-biriga   o‘rib   o‘t
yoqishga urinishday tentaklikdir ”(Ta’kidlar bizniki-H.U.),
Yoki   janrlarning   xususiyatlarini   chuqur   o‘rganmasdan   turib,   yuzaki
fikrlar yuritish noto‘g‘ri xulosalarga olib kelaveradi. Natijada, “Povest o‘zbek
adabiyotshunosligida   “Qissa”   deb   yuritiladi”(Abdulla   Ulug‘ov,   63-bet),
“Sharqda poema “doston” deb yuritiladi”(Erkin Xudoyberdiev, 196-bet) kabi
asossiz fikrlar haqiqatdek aytilaveradi. Demak,   o‘qish   va   o‘rganishsiz,   to‘plangan   ijodiy   saboq   va   tajribalarni
chuqur   o‘zlashtirishsiz   –   o‘zida   mehnatga   nisbatan   mehr   va   hurmatni
tarbiyalamasdan   adabiyot   dargohida   yangilik   kashf   qilish   judayam   qiyin.
Demak, janrlarni o‘rganmay turib uni tushunish, o‘sha janrda yuksak asarlar
yaratish ham mumkin emas.
Adabiyotlar:
T. Boboev.  Adabiyotshunoslik  asoslari, T.,  «O‘zbekiston», 2002,  512-
519- betlar.
D.   Quronov.   Adabiyotshunoslikka   kirish,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 191-199-betlar.
H.   Umurov.   Adabiyotshunoslik   nazariyasi,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 239-244-betlar.

DRAMATIK TUR VA UNING JANRLARI Reja: 1.Dramatik tur va uning o‘ziga xosligi 2. Dramatik turning janrlari 3.Tragidiya va uning o‘ziga xosligi 4. Monodrama va milodrama

Dramatik turda hayot va insonlar o‘rtasidagi munosabatlar ifodasi tomoshabin ko‘z o‘ngida, muayyan sahna vaqti ichida harakatda sodir bo‘ladi, shu sabab unda so‘z va sahna san’ati birlashadi, birbutunlik kasb etadi. Faqat harakat jarayonidagi g‘oyalar kurashi aniq, yorqin, keskin, tomoshabinni larzaga soladigan tarzda ifodalanadi; bu o‘z navbatida hayot qa’ridagi va inson ruhiyatidagi dramatik ziddiyatdan kelib chiqadi. Bu ziddiyatning turli-tuman xarakteri, ya’ni dramatizmga to‘liq voqea-hodisalar va xarakterlarning ko‘p qirraligi ko‘plab dramatik janrlar(ularning hammasini “pesa”- “birbutun”, “ulush”deb yuritish odati ham hayot)ning tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. Ular quyidagilar: tragediya, komediya, drama, tragikomediya, melodrama, insenirovka, intermediya, monodrama va sh.k. A . Dramaning asosiy janrlari Tragediya ( yun . Tragos – echki(taka), ado - qo‘shiq ) da asosan ilohiy kuchlar va mifologik qahramonlar o‘rtasidagi murosasiz kurashlar falsafasi, yuqori tabaqa vakillari (podshohlar, shahzodalar, qo‘mondonlar, dohiylar, yo‘lboshchilar, boshliqlar, yetakchilar)ning fojialari aks etgan. Tragediya janrining xususiyatlari ham V.Belinskiy tomonidan yetarli asoslangandir. Ular quyidagichadir: 1. “Tragediyaning mohiyati... qalbning tabiiy jarayoni, maylning axloqiy burch yoki daf qilinmas bir to‘siqlik bilan to‘qnashuvidir... tragediya – qayg‘uli tamosha! Agarda qon, o‘liklar, xanjar, zahar tragediyaning odatdagi sifatlari bo‘lmasa ham, lekin uning oqibati harvaqt qalbning eng qimmatli umidlarining yemirilishi, butun bir hayot saodatining yo‘qolivudir. Uning qora ulug‘vorligi, uning buyuk azamatligi shundan kelib chiqadi: unda taqdir kuchi hukm suradi, uning mohiyati, asosi taqdir kuchidir ”.

2. Tragediya “asosida buyuk haqiqat, yuksak donolik yotadi. Kurashda o‘lgan yoki g‘alabada halok bo‘lgan qahramonga biz chuqur qayg‘uramiz. Lekin bu kurashsiz, bu halokatsiz u qahramon bo‘lmasligini, o‘z shaxsiyati bilan abadiy substansial kuchlarni, jahonni va o‘zgarmas borliq qonunlarni amalga oshira olmasligini bilamiz ”. 3. “Buyuk axloqiy vazifalarni hal qilish uchun taqdir eng asl ruhlarni, kishilik dunyosi boshida turgan yuksak ruhli shaxslarni, axloqiy dunyoning tiragi bo‘lgan substansial kuchlarni o‘zida gavdalantirgan qahramonlarni tanlaydi. Faqat oliy tabiatli odam tragediyaning qahramoni yoki qurboni bo‘la oladi; voqelikning o‘zida ahvol shunday ”. 4. “Har qanday tragediyadan mash’um halokatni yo‘qoting,siz bu bilan uni buyuklikdan, butun ma’nodan mahrum qilasiz, buyuk asardan oddiy bir narsa yasaysiz, u birinchi galdayoq o‘zining butun nafis kuchini yo‘qotadi”. 5. “Tragediya ko‘proq sun’iy asardir”. “Mana shuning uchun tarixiy shaxslarni buzib ko‘rsatishga oz yo‘l qo‘yilsa ham; tragediyaning go‘yo qat’iy huquqidir, bu uning mohiyatidan kelib chiqadi. Tragediyachi o‘z qahramonini ma’lum tarixiy vaziyatda ko‘rsatishni istaydi: tarix unga vaziyat beradi, agar bu vaziyatdagi tarixiy qahramon tragediyasining ideyasiga muvofiq kelmasa, uni o‘zicha o‘zgartirishga u to‘la huquqlidir ”. O‘zbek adabiyotida yaratilgan “Muqanna” (H.Olimjon), “Mirzo Ulug‘bek” (Shayxzoda) tragediyalari ham V.Belinskiy fikrlarini to‘liq isbotlaydi... Komediya (yun. Comos-quvnoq kishilar(olomon) va oide-qo‘shiq)da hayot voqea-hodisalari dramatik qahramonlarning kulguli fe’l-atvorlari, xatti- harakatlarida voqe bo‘ladi. Bu xususiyati bilan u “tragediyaga tamoman qarshi...dir. Tragediyaning mazmuni buyuk axloqiy hodisalar olamidir, uning qahramonlari ma’naviy inson tabiatining substansial kuchlari bilan to‘la

bo‘lgan shaxslardir, komediyaning mazmuni-aqliy zaruriyatdan mahrum tasodiflar, sharpalar dunyosi yoki bor kabi ko‘rinib, haqiqatda mavjud bo‘lmagan voqelik hodisalaridir; komediyaning qahramonlari o‘z ma’naviy tabiyatining substansial (tub, mohiyat –H.U) asoslaridan voz kechgan odamlardir. Shuning uchun tragediyaning ko‘rsatgan ta’siri ruhni qaltiratuvchi muqaddas dahshatdir; komediya ko‘rsatgan ta’sir sho‘x kulgudir... tragediya o‘z hayotining tor doirasida faqat yuksak momentlarni, qahramon voqeasining shoirona momentlarini to‘plasa, komediya har kungi hayotning oddiy ko‘rinishlarini, uning mayda-chuydasini, tasodiflarini ko‘rsatadi” (B.Belinskiy. Tanlangan asarlar. 204-bet). Komediyaning mohiyati-komik konfliktga bog‘liq bo‘lib, unda “hayot o‘z-o‘zini inkor qiladi” (V.Belinskiy), ya’ni aslida xunuk, zararli, razil va nopok xulqli inson (mazmun) o‘zini yaxshi, ilg‘or, pok, odamiy qilib ko‘rsatsa (shakl) yoki buning aksicha holatda bo‘lsa, kulgu keltirib chiqaradi (Berdiali Imomov. Dramaturgik mahorat sirlari, T., G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991, 50-bet). Unda shoirning shaxsi faqat tashqi jihatdan ko‘rinmaydi, - deb yozadi V.Belinskiy. – Lekin uning subektiv mushohadasi yashirin fikr sifatida ko‘p komediyada bevosita hozir bo‘ladi, komediyada ko‘rsatilgan hayvonlar va tasqara basharalar orqasidan sizga boshqa yuzlar, go‘zal, insoniy yuzlar ko‘ringanday bo‘ladi, kulgusi sho‘x xursandchilikni emas, alam va norozilikni ifoda qiladi... Badiiy komediyaning eng yaxshi namunasi Gogolning “Revizor” nomli asaridir(204-bet). O‘zbek adabiyotida Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi”, Abdulla Qahhorning “So‘ngggi nusxalar”, B.Rahmonovning “Yurak sirlari”, erkin Vohidovning “Oltin devor”, Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, Abduqahhor Ibrohimovning “Zo‘ldir” kabi asarlari ham komediya janrini rivojlantirish ishiga qo‘shilgan hissalardir.

Drama (yun. drame-harakat) atamasi keng ma’noda – dramatik turni, tor ma’noda – drama janrini bildiradi. Drama, V.Belinskiy asoslaganidek, tragediya bilan komediya o‘rtasidagi janrdir, u ma’shum falokatni ham, yumoristik va satirik kulguni ham talab qilmaydi. Balki hayot hodisalarini yuqori darajali tarzda, jiddiy holatda tasvirlaydi. “Dramada muhim narsa – uzundan uzoq hikoyalarning yo‘q bo‘lishidir, har bir so‘z dramada harakat – amal bilan ifodalanishi lozim. Drama tabiatdan oddiy ko‘chirmakashlik emas, ayrim sahnalarning, garchi ular go‘zal bo‘lsalar ham yig‘indisi emas, drama ayrim, xos, yopiq bir dunyo bo‘lishi kerak, unda har bir shaxs o‘z maqsadiga intilib, faqat o‘zi uchun harakat qilib, o‘zi bilmasdan ham, pesaning umumiy harakatiga yordam beradi, drama xayol, mulohaza orqali yopishtirilmasdan, balki fikrdan tug‘ilgan bo‘lsagina shunday xarakterga ega bo‘ladi” (V.Belinskiy, 207-bet). Dramaning qahramoni ko‘pincha hayotdagi oddiy kishilar, ularning dramatizmga to‘la qismatlaridir. Ularning taqdirlarida ro‘y beruvchi jiddiy konfliktlarning oqilona bartaraf qilinishidir. Agar tragediya qahramoni noilojlikdan halok bo‘lsa, uni taqdir boshqarsa, drama qahramoni o‘z irodasiga, xarakteriga muvofiq yakun topadi, uni tipik sharoit mantig‘i to‘liq asoslaydi. Izzat Sulton va Uyg‘unning “Alisher Navoiy”, O‘lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz”, “O‘z arizasiga ko‘ra”, Izzat Sultonning “Imon” kabi asarlari – dramaning harakat birligiga asoslangan eng yaxshi dramalar sanaladi. Agar tragediyani fojea, komediyani kulgu, dramani jiddiylik boshqarsa, ba’zi dramatik asarlarda bu vositalarning birlashganini ko‘rish mumkin. Tragikomediya (tragediya va komediyaga xos xususiyatlarning birlashuvi) janrida inson fojeasini kulguli voqealar orqali ko‘rsatish yetakchilik qiladi. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asarida “lovullab yonayotgan ayolning dod-faryodi, yetim qolgan bolalar yoki dardu alam girdobiga irg‘itilgan ota-