logo

ENDOKRIN BEZLAR FIZIOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

270.1806640625 KB
ENDOKRIN BEZLAR FIZIOLOGIYASI
Reja:
1. Ichki sekretsiya bezlarining umumiy ta’rifi. Fiziologik jarayonlarning ichki
sekretsiya bezlari orqali boshqarilishi;
2. Gormonlar va ularning biologik ahamiyati;
3. Gipofiz bezi. Uning gormonlari va fiziologik xossalari;
4. Gipotallamo – gipofizar tizim;
5. Epifiz (quddasimon bez); Qalqonsimon bez;
6. Qalqonsimon oldi bezi; Ayrisimon bez;
7. Buyrak usti bezi. 1. Ichki sekretsiya bezlarining umumiy ta’rifi, fiziologik jarayonlarining ichki
sekretsiya bezlari orqali boshqarilishi
Organizmdagi   hamma   bezlar   ikki   guruhga   bo’linadi.   Birinchi   guruhdagi
bezlar o’zlarida hosil bo’lgan moddalarni yo tana a’zolari bo’shlig’iga, yoki tashqi
muhitga suyuqlik chiqarish yo’llari orqali ajratib chiqaradi. Bunday bezlar   tashqi
sekresiya (ekzokrin) bezlari   deb ataladi (so’lak, me’da-ichak, ter bezlari). Lekin
organizmda boshqa turdagi bezlar, ya’ni ikkinchi  guruhga mansub bo’lgan bezlar
ham   mavjud.   Ularning   suyuqlik   chiqarish   yo’llari   bo’lmaydi   va   bunday   bezlar
o’zlarida   hosil   bo’lgan   biologik   faol   moddalarni-gormonlarni   bevosita   qonga
ajratib   chiqaradi,   qon   esa   ularni   organizmning   kerakli   turli   qismlariga   yetkazib
beradi.   Bunday   bezlar   ichki   sekresiya   (endokrin)   bezlari   deb   ataladi   (9.1.1-
rasm). 
Ichki sekresiya (endokrin) bezlarning mahsulotlari  gormon  deyiladi. Gormon
so’zi   (lot.   «horman»   -   harakatlantirish,   qo’zg’atish,   uyg’ontirish   so’zlaridan)
a’zolar,   to’qimalar   va   hujayralarning   o’zaro   gumoral   bog’lanishida   muhim   rol
o’ynaydi.   Bu   termin   1905   yilda   ingliz   fiziologlari   Dj.Beylis   va   E.Starlinglar
tomonidan   birinchi   marta   tabiatshunoslik   fanlariga   kiritilgan   edi.   Ular   o’n   ikki
barmoqning shilliq qavatidan ajratib olingan sekretin moddasiga gormon deb nom
berishdi. 9.1.1-rasm. Odam tanasida ichki cyekresiya bezlarining joylashuvi.
1-epifiz, 2-gipofiz, 3-qalqon oldi bezi, 4-jigar, 5-o’n ikki barmoq ichak, 6-buyrakning po’st qismi, 7-
moyak, 8-qalqonsimon bez, 9-ayrisimon bez, 10-me’da, 11-buyrak usti bezi, 12-me’da osti bezi, 13-
tuxumdon
Gormonlar   ikki   tipdagi  endokrin bezlarda  ishlab  chiqariladi. Birinchi   tipdagi
bezlarning to’qimasi  ikki  qismdan iborat  bo’lib, bir  qismida ishlab chiqariladigan
suyuqlik  xuddi  tashqi  sekresiya   bezlaridagiga  o’xshab  tashqi   muhtiga chiqariladi.
Ikkinchi   qismida   ishlab   chiqariladigan   suyuqlik   esa   xuddi   ichki   sekresiya
bezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Bu
bezlar aralash bezlar deb ataladi, ularga me’da osti bezi va jinsiy bezlar kiradi.
Ikkinchi   tipdagi   bezlarga   haqiqiy   ichki   sekresiya   bezlari   kiradi.   Bular   odam
turli   qismlarida   joylashgan   bo’lib,   ularda   ishlab   chiqariladigan   suyuqliklar
organizmning faqat ichki muhitiga – qonga quyiladi. Bu bezlarga: gipofiz, epifiz,
qalqonsimon, qalg’on oldi, ayrisimon, buyrak usti  bezlari kiradi. Gormonlar – bu
katta   molekulali   biologik   faol   moddalar   bo’lib,   organizmdagi   turli   oddiy   va
murakkab   jarayonlarida   qatnashadi.   Gormonlar   ferment   emas   yoki   fermentlarni
faollantiruvchi   modda   ham   emas,   ular   hujayrasiz   muhitdagi   kimyoviy
o’zgarishlarga   ta’sir   etmaydi.   Gormonlar   faqat   hujayralarda   yoki   ularning tuzilmalarga ro’y beruvchi jarayonlarga ta’sir etadi. Gormonlarni kimyoviy tabiati
bo’yicha uch guruhga bo’linishi odat bo’lib qolgan; 1) polipeptidlar va oqsillar; 2)
aminokislotalar va ularga yaqin birikmalar; 3) steroidlar.
Gormonlar   qonda   erkin   va   oqsillar   bilan   biriktirib   harakat   qiladi.   Ammo
gormon bilan oqsil birikmasi hosil bo’lganda, gormon nofaol shakliga o’tadi.
A’zo   va   funksional   tizimlarga   gormonlarning   ta’siri   ikki   mexanizm   orqali
amalga oshiriladi: 1) gormonlar o’z ta’sirini bevosita asab tizimini orqali o’tkazadi;
2)   qon   orqali   (gumoral   yo’li   bilan)   a’zolar,   to’qima   va   hujayralarning   funksional
holatini o’zgartiradi.
2. Gormonlarning fiziologik ahamiyati
1.   Gormonlar   organizm   funksiyalarning   boshqarilishida   ishtirok   etadi .
Odam   organizmida   ikki   boshqarish   mexanizmlari   mavjud-asab   va   endokrin.   Bu
mexanizimlar   o’zaro   bog’langan   bo’lib   yagona   neyroendokrin   boshqarilishini
tashkil qiladi.
2.   Gormonlar   organizmni   tashqi   va   ichki   muhiti   o’zgarishiga   qarab
moslashtiradi.   Masalan,   giperglikemiya   (qonda   glyukoza   miqdorining   oshib
ketishi)   me’da   osti   bezi   gormoni   –   insulin   sekresiyasini   kuchaytiradi,   buning
natijasida qondagi glyukoza miqdori me’yorga qaytadi.
3.   Gormonlar   organizm   ichki   muhitining   doimiyligini   saqlab   turishga
ishtirok etadi . Masalan,  qonda glyukoza  miqdorining kamayishi  (gipoglikemiya)
oqibatida buyrak usti bezining mag’iz qavatidan ko’p miqdorida adrenalin gormoni
ishlab   chiqariladi.   Bu   gormon   jigarda   glikogenolizni   (glikogenni   glyukozaga
aylanishi)ni kuchaytirib, qonda glyukoza miqdorini me’yorga keltiradi.
Shunday   qilib,   organizmda   gormonlar   morfogenez   (o’sish   va   rivojlanish)
moddalar almashinuvchi va gomeostaz (organizm o’z ichki muhiti tarkibini doimo
bir xilda saqlab turishi) jarayonlariga ta’sir etadi. Gormonlarning   qismati.   Moddalar   amlashinuvi   natijasida   gormonlarning
tuzilishi   va   vazifasi   keskin   o’zgaradi.   Bundan   tashqari   gormonlarning   bir   qismi
organizm hujayralari tomonidan to’liq o’zlashtiriladi qolgan qismi esa siydik orqali
chiqariladi. 
Oqsillar   va   glyukuron   kislotasi   bilan   biriktirib   hamda   jigar   fermentlarning
faollanish natijasida gormonlar inaktivasiya (nofaol) bo’ladi.
Hozirgi   kunda   aksari   gormonlarning   tuzilishi   yaxshi   o’rganilgan.   Kichik   va
katta   molekulali   gormonlar   kimyoviy   yo’l   bilan   sintezlanib   olingan:   a)   bez
faoliyatining   kuchayishi   –   giperfunksiya,   bundagormonlar   ko’p   hosil   bo’ladi   va
qonga   ko’p   chiqadi;   b)   bez   faoliyatining   susayishi-gipofunksiya,   bunda   gormon
kam hosil bo’ladi va qonga kam chiqadi.
3. Gipofiz bezi. Uning gormonlari va fiziologik xossalari
Endokrin bezlar tizimida gipofiz maxsus o’rin tutadi. Gipofiz «markaziy bez»
degan nom olgan, chunki organizmdagi hamma «periferik» bezlar faoliyati u yoki
bu yo’l bilan gipofiz faoliyatiga aloqador ekanligi hyech kim uchun sir emas.
Gipofiz   miyaning   asosiy   qismida   joylashgan   bo’lib,   kalla   suyagining   turk
egarining   chuqurchasida   joylashgan.   U   no’xatsimon,   vazni   0,5-0,6   g   ga   teng
bo’lib,   gipofiz   oldingi   va   oraliq   bo’laklardan   tarkib   topgan   adenogipofizdan   va
orqa   bo’lakdan   tuzilgan   neyrogipofizdan   iborat.   Adenogipofizning   kelib   chiqishi
epitelial, neyrogipofizning kelib chiqishi esa-neyrogen tabiatlidir.
Gipofizning oldingi bo’lagi yoki adenogipofiz uch xil: asosiy, yoki xromofob
(barcha   hujayralarning   55-60%),   asidofil,   yoki   xromofil   (30-35%)   va   bazofil   (5-
10%) hujayralardan iborat.
Xromofob   hujayralar   gormon   hosil   qilmay,xromofil   hujayralarni   hosil   qilsa
kerak degan g’oyalar hamon muammoligicha qolayapti.
Bazofil   hujayralar   adrenokortikotropin   (AKTG),   tireotropin   va   gonadotropin
ishlab chiqaradi. Asidofil   (xromofil)   hujayralardan   o’sish   gormoni   somatotropin     va   prolaktin
ishlanib chiqadi.
Oldingi   bo’lakning   hamma   gormonlari   oqsil   moddalar   hisoblanadi.
Gipofizning oldingi bo’lagi portal (darvoza) qon aylanishi bilan bog’langan bo’lib,
gipotalamus   bilan   biriktirib   gipotalamo-gipofizar   tizimni   tashkil   etadi.   Darvoza
tizimidagi qon gipotalamusdan gipofizga quyiladi.
Gipofizning   oldingi   bo’lagi   (adenogipofiz)   simpatik   va   parasimpatik   asab
tolalari orqali innervasiya qilinadi (9.3.1-rasm). Uning orqa bo’lagi (neyrogipofiz)
esa   gipotalamusning   supraoptik   va   paraventrikulyar   yadrolarida   joylashgan
neyronlardan asab tolalarini qabul qilib oladi.
9.3.1-rasm. Odam gipofizining tuzilishi.
1-adenogipofiz; 2-tuberal bo’lak; 3-orqa bo’lagi (neyrogipofiz); 4-oraliq bo’lagi.
Somatotropin   tuzilishi   hozirgi   vaqtda   aniqlangan   (Li,   Yamashiro,   1970).
Odamda   bu   gormon   gipofizning   oldingi   bo’lagida   hosil   bo’ladi,   uning
sekresiyasiga gipotalamus omillari (rilizing-gormonlari) ta’sir qiladi. Somatostatin
esa somatotropin funksiyasiga tormozlovchi modda sifatida ta’sir etadi.
Somatotropin organizmning bir qancha metabolik jarayonlariga ta’sir etadi. U
tananing   barcha   hujayralarida   oqsil   sintezini   kuchaytiradi   va   hujayralardagi
ribonuklein kislota (RNK) miqdorini oshiradi. Somatotropin   (o’sish   gormoni)   yetarli   ishlab   chiqarilmaganda   organizmning
yoshiga qarab turli o’zgarishlar paydo bo’ladi.
Go’dak   bolalarning   o’sishi   keskin   ravishda   to’xtaydi.   Ayni   vaqtda   odam
umrbod pakana bo’lib qoladi (gipofizar pakanalik) (9.3.2. - rasm).
Pakana   odamlarning   tana   tuzilishi   nisbatan   proporsional;   ammo,   qo’l-oyoq
panjalari   kichkina,   barmoqlari   ingichka   bo’ladi,   skeletning   suyakalanishi
kechikadi,   jinsiy   a’zolar   rivojlanmaganlicha   qoladi,   ikkilamchi   jinsiy   alomatlar
ravshan bilinmaydi, sochi  (juni) bolalarniki  singari  mayinligi va yaltiroqligi  bilan
farq qiladi.
9.3.2-rasm. Gipofiz bezidan somatotropin ko’p ishlanib chiqqanda odam bo’yining me’yordan
ortiqcha o’sishi-gigantizm, bu gormon kam hosil bo’lagnda bo’y o’smay qolishi-nonizm
(pakana) holatining ko’rinishi.
Bunday   bemorlar   yuqumli   va   boshqa   kasalliklarni   og’ir   o’tkazadi   va
ko’pincha yoshligida o’lib ketadi.  Gipofizar     pakana   bo’lgan   erkaklarda   impotensiya   (ya’ni   jinsiy   aloqa
yaramaslik) qayd qilinadi, ayollar esa tug’maydigan (steril) bo’ladi. 
Go’daklar davrida o’sish gormoni haddan tashqari ko’p ishlansa gigantizm avj
oladi, bunda odamning bo’yi 240-250 sm ga, vazni esa 150 kg gacha yetadi.
Voyaga   yetgan   odamda   somatotropin   ortiqcha   ishlansa,   bo’y   umuman
o’smaydi,   chunki   o’sib   bo’lgan   ammo   tananing   o’sish   qobiliyatini   saqlab   qolgan
a’zolari:   qo’l-oyoq   barmoqlari   va   panjalari,   burun   va   pastki   jag’,   til,   ko’krak   va
qorin bo’shlig’idagi a’zolari o’sadi.  Bu kasallik  akromegaliya deb ataladi (grekcha
«akron»   va   «megalos»   ning   tom   ma’nosi   «katta   bo’rtiqlar»).   Gipofizar
gigantlardagi   kabi,   akromegaliya   bo’lgan   kasallarda   ham   gipofiz   oldingi
bo’lagining   gormonlari   tomonidan   boshqariladigan   ichki   sekresiya   bezlarining
funksiyasi   buziladi,jumladan,   jinsiy   bezlarning   ichki   sekresiya   funksiyasi   yetarli
bo’lmaydi.   Akromegaliyada   me’da   osti   bezining   insulin   ishlab   chiqaradigan
Langergans   orolchalari   yetarli   ishlamay,   qandli   diabet   vujudga   keladi.   Gipofiz
oldingi bo’lagining asidofil hujayralaridan tuzilgan o’smasi odatda akromegaliyaga
sabab bo’ladi. 
Gipofiz   oldingi   bo’lagining   asidofil   hujayralaridan   ishlanib   chiqadigan
gonadotropin   erkaklar   va   ayollarning   jinsiy   bezlari   funksiyasini   boshqaradi,
o’smirlarda balog’atga yetish belgilari paydo bo’lishida ishtirok etadi. Gonadotrop
gormonlarga   prolaktin   yoki   laktogen   gormon     kiradi.   Prolaktin   adenogipofizda
hosil   bo’ladi,   kimyoviy   tuzilishi   va   biologik   ahamiyati   bo’yicha   somatotropinga
o’xshaydi,   ammo   somatotropinga   nisbatan   prolaktin   laktasiya   jarayonini   ko’proq
rag’batlantiradi.
Prolaktin   ham   oqsil   gormon,   u   198   aminokislota   qoldiqlaridan   iborat   (Pirs,
1970).   Erkaklar   va   ayollar   qonidagi   gormon   miqdori   2-15   mkg/l   atrofida   bo’lib,
homilador   ayollarda   300   mkg/l   ga   yetadi.   Bu   gormon   hazm   yo’llarining
fermentlari ta’sirida parchalanadi, shu sababli uni teri ostida yoki venaga yuborish
zarur. Sut bezlariga estrogen va progesteron ta’sir etgandan so’ng ularda sut hosil
bo’lishini   prolaktin   kuchaytiradi.   Bundan   tashqari,   prolaktin   sariq   tana rivojlanishini   rag’batlantiradi.   Balog’atga   yetmagan,   yosh   urg’ochi   hayvonlarga
prolaktin yuborilsa, ularda onalik instinkti paydo bo’ladi. 
Prolaktin   sekresiyasi   gipotalarnik   markazlari   reflektor   yo’l   bilan
kuchaytiriladi. Refleks bola sut emgan vaqtda sut bezi so’rg’ichlaridagi reseptorlar
qo’zg’alishi natijasida ro’yobga chiqadi. Sut sog’ish ham qonda gormon miqdorini
oshiradi.      
Prolaktin suv-tuz va yo almashinuviga ham ta’sir qiladi, terining yangilanishi
va undagi yog’ bezlari faoliyatini tezlashtiradi. Gormonning qonga o’tishi reflektor
yo’l bilan jadallashsa, gipotalamusning ingibitorlovchi omili-dofamin bu jarayonni
susaytiradi. 
Tireotropin   qalqonsimon   bez   funksiyasini   rag’batlantiradi.   Hayvonda
gipofizning   buzilishi   yog’   olib   tashlanishi   qalqonsimon   bezning   atrofiyasiga
(to’qimaning   kichrayib   kolishiga)   olib   keladi.   Tireotropinning     organizmga
kiritilishi,   aksincha   qalqonsimon   bez   to’qimasini   kengaytiradi,   natijada   uning
gipertrofiyasi kuzatiladi.
Kortikotropin   -   buyrak   usti   bezlari   faoliyatni   rag’batlantiruvchi     gormon
hisoblanadi,   chunki   ularda   glyukokortikoidlar   hosil   bo’ladi.   Hayvonlarda
gipofizning olib tashlashi  buyrak usti bezining atrofiyasiga sabab bo’ladi. Atrofik
jarayonlar   buyrak   usti   bezining   hamma   qismlariga   taaluqli,   ammo   ko’proq   uning
mag’iz qismi zarar ko’radi.
Kortikotropin   organizmda   oqsillar   parchalanishini   kuchaytirib,   ularning
sinteziga   tormozlovchi   omil   hisoblanadi.   Bu   masala   bo’yicha   kortikotropin
somatotropinning   antagonisti   bo’lib,   oqsillar   sintezini   kuchaytiradi.   Kortikotropin
glyukokortikoidlarga   o’xshab   biriktiruvchi   to’qimalarning   asosiy   almashinuviga
tormozlovchi   ta’sir   etadi   va   kapillyarlar   o’tkazuvchanligini   pasaytiradi.
Kortikotropin   gormoni   ta’sirida   limfatik   tugunlar,   taloq   va   ayrisimon   bezning
andoza   va   massasi   kichrayadi,   periferik   qonda   limfositlarning   miqdori   kamayadi,
eozinopeniya  kuzatiladi.
Gonadotroplarga   follikullostimulovchi   (FST)   yoki   follikulotropin   va
lyuteinlovchi   (lyuteotropin)   gormonlar   kiradi.   Bu   gormonlar   ayollar   va   urg’ochi hayvonlarda   follikullaning   rivojlanishi   va   yetilishini,   ovulyasiyani   (Graaf
pufakchasi   yorilib,   undan   tuxum   hujayra   chiqishini)   sariq   tana   rivojlanishini   va
faoliyatini ta’minlaydi. Erkaklarda urug’don naychalari rivojlanishi, spermatositlar
yetilishi va spermatozoidlar paydo bo’lishi uchun gonadotrop gormonlar zarur. Bu
gormonlar jinsiy bezlarda ayollar jinsiy gormonlari -  estradiol, estron, progesteron
va erkaklar  jinsiy  gormoni-testesteron  ishlab chiqarishini boshqarib turadi.
Voyaga   yetmagan   hayvonlarning   gipofizi   olib   tashlansa,   jinsiy   bezlar
rivojlanishdan   to’xtaydi.   Yosh   hayvonlarga   gonadotrop   gormonlar   yuborilsa
voyaga yetishi tezlashadi.
Gipofizning   oraliq   bo’lagida   bitta   gormon   melanositostimulovchi   gormon
yoki   intermidin   hosil   bo’lib,   teri   pigmentlari   almashinuvida   ishtirok   etadi.   Baka
gipofizi olib tashlaganda uning rangi oqarib ketadi.
Yuqorida   aytib   o’tganimizdek,   gipofiz   orqa   bo’lagi   (neyrogipofiz)   faoliyati
gipotalamusning   supraoptik   va   paraventrikulyar   yadrolari   bilan   bog’liq.   Bu
yadrolar   hujayralarida   oqsil   tabiatli   moddalar   sintezlanadi.   Hosil   bo’lgan
neyrosekretlar   bu   yadrolar   neyronlari   orqali   (gipotalamo-gipofizar   yo’li   orqali)
neyrogipofizgacha   tashiladi.   Paraventrikuyalr   yadro   asab   hujayralarida- oksitosin
va   supraoptik   hujayralarda- vazopressin   (antidiuretik   gormon)   hosil   bo’ladi.   Bu
gormonlar   gipofiz   orqa   bo’lagidagi   pituisitlarda   yiq’iladi,   ammo   neyrogipofiz
pituisitlari   gormonlar   uchun   passiv   depo   bo’lmay,   bu   hujayralarda   gormonlar
faollashadi.
Antidiuretik   gormon,   yoki   vazopressin   organizmda   ikkita   funksiyani
bajaradi.   Gormonning   birinchi   funksiyasi   bu   arterial   va   kapillyarlarning   silliq
mushaklariga   ta’sir   yetkazib,   ularning   tonusini   oshiradi,   natijada   arterial   qon
bosimi ko’tariladi. Ikkinchi funksiyasi  esa antidiuretik ta’sir bilan bog’liq, buning
natijasida   buyrak   naychalaridan   qonga   suvning   qayta   so’rilishi   kuchayadi.
A.G.Ginesinskiyning   aqidasiga   ko’ra   bu   yerda   vazopressin   gialuronidaza
fermentining   faolligini   oshirib   gialuron   kislotasining   parchalanishi   kuchayadi.
Buning natijasida buyrak naychalari suv o’tkazmaslik qobiliyatini yo’qotadi va suv
qonga so’riladi.  Bu   gormon   kam   hosil   bo’lsa,   buyrak   kanalchalarida   birlamchi   siydikning
qonga so’rilish jarayoni buziladi. Natijada   qandsiz diabet   kasalligi  sodir  bo’ladi.
Bu   kasallikda   odam   ko’p   suv   iste’mol   qiladi   va   ko’p   siydik   ajratadi   (bir   kecha-
kunduzda 5-10 litr va undan ham ko’p). 
Oksitosin   bachadon   mushaklariga   ta’sir   yetkazib,   uning   qisqarishini
rag’batlantiradi.   Oksitosin   yetishmovchiligi   tug’rukning   buzilishiga   olib   keladi.
Ayollarda   oksitosinning   qondagi   miqdori   kamayib   ketsa   ham,   tug’ruk   jarayoni
yaxshi utishi mumkin. Tug’ruq vaqtida bachadonning cho’zilishi oksitosinni qonga
o’tishiga   sabab   bo’ladi.   Bu   gormonning   asosiy   ta’siri   sut   bezlari   yo’llaridagi
mioepitelial hujayralarni qisqartirib, sut chiqishini ta’minlashdan iborat.
4. Gipotalamo-adenogipofiz tizimi
40-50 chi yillarda G.Xarris portal (darvoza) qon aylanishi orqali gipotalamus
bilan   gipofiz   o’rtasidagi   bog’lanishni   ko’rsatib   berdi.   Keyinchalik,   bu   g’oya
rivojlanib,   gipotalamus   va   gipofiz   orasida   funksional   bog’lanishning   borligi
aniqlandi.   Gipotalamusning   gipofizotrop   mintaqasida   joylashgan   kichik
neyrosekretor   hujayralarida   peptidli   gormonlar   hosil   bo’ladi,   qaysiki
adenogipofizning   bez   hujayralarini   boshqaradi.   Gipofizda   gormonlarni   sintez
qiluvchi   va   ishlab   chiqaruvchi   gormonlar   rilizing-gormonlar   yoki   liberinlar
deyiladi.   Bu   jarayonni   tormozlanuvchilar   –   ingibitor-gormonlar   yoki   statinlar
deyiladi
Gipofizotrop   mintaqasidan   gormonlar   adenogipofizga   gipofizning   darvoza
venasi orqali kiradi.  Gipotalamusning gipofizotrop gormonlariga quyidagilar kiradi
(9.4.1-jadval).
9.4.1-jadval
Qisqartirilgan nomi Qaysi gormon ishlab
chiqarilishiga ta’sir qiladi.
1. Rilizing-gormonlar (liberinlar) 1. Tireotropin – rilizing gormon 
(tiroliberin) TRG Tiretrop gormon (TTG)
2. Lyuteinlovchi gormonning rilizing-
gormoni (lyuliberin) LG-RG Gonadotrop gormonlar (GTT)
3. Kartikotropin-rilizing gormon 
(kortikoliberin) KRG Adrenokortikotrop gormon 
(AKTG)
4. O’sish gormonining rilizing gormoni 
(somatoliberin) GR-RG O’sish gormoni
5. Prolaktinning rilizing gormoni 
(prolaktoliberin) PRL-RG Prolaktin
6. Melanositlarni rag’batlantiruvchi 
gormonining-rilizing gormoni 
(melanoliberin) MSG-RG Melanositlarni rag’batlantiruvchi 
gormon
II. Ingibator-gormonlar (statinlar)
1. O’sish gormonining ingibator omili 
(somatostatin) GR-IG O’sish gormoni
2. Prolaktinning ingibator omili 
(prolaktostatin) PRL-IG Prolaktin
3. Melanositlarni rag’batlantiruvchi 
gormonning ingibator omili 
(melanostatin) MSG-IG Melanositlarni rag’batlantiruvchi 
gormon.
9.4.2-jadval.
Adenogipofiz ajratadigan gormonlar
Gormon va uni
ajratadigan gipofiz
bo’lagi Kimyoviy
tuzilishi Ta’siri o’tadigan
qurilma Samarasi
Oldingi bo’lak
1.   Adrenokortikotrop
gormon (AKTG) Polipeptid Buyrak   usti
bezining   po’stloq
qavati Kortikosteriod   gormonlar
sintezini kuchaytirish
2. Prolaktin (PRL) Oddiy oqsil Sut   bezlari   va   sariq
tana Sut   ajralishini
kuchaytirish,   sariq   tana
rivojlanishini ta’minlash.
3.   O’sish   gormoni
(somatotrop gormon) Oddiy oqsil Suyaklar,
mushaklar,   yog’ Tana o’sishini ta’minlash to’qimasi
4.   Tireotrop   gormon
(TTG) Glikoprotein Qalqonsimon   bez
follikulalarini
qoplovchi epiteliy Tireoid   gormonlar
sintezini kuchaytirish
5.   Follikulalarni
stimulyatsiya   qiluvchi
gormon (FSG) Glikoprotein Tuxumdon
follikulalari,   urug’
kanalchalari Jinsiy   hujayralar
rivojlanishi   va   yetilishini
ta’minlash,   jinsiy
gormonlar   sekresiyasini
boshqarish
6.   Lyuteinlovchi   gormon
(LG) Glikoprotein Sariq   tana,   jinsiy
bezlar Sariq   tana   rivojlanishini
va faoliyatini boshqarish
Oraliq bo’lak
1.   Melanositlarni
stimulyatsiya   qiluvchi
gormon (MSG) Polipeptid Melanositlar Terini qoraytirish
Gipofiz hujayralarining funksiyasi gipotalamusning 6 rilizing-gormonlari va 3
ingibitor-gormonlari orqali boshqariladi (9.4.1-jadval).
Bu   gormonlarning   nomi   qonga   o’tishni   boshqarib   turadigan   gipofizar
gormonga   bog’liq.   Masalan,   gipofizdan   tireotrop   gormonning   qonga   o’tishini
tezlashtiradigan   gormon   tireotropin-rilizing   gormon   yoki   tireoliberin   deyiladi.   Bu
gormonlarning   hammasi   kichik   peptidlar   bo’lib,   ularning   tuzilishi   aniqlangan   va
ba’zilari sintez qilingan (TRG, LG-RG va somatostatin).
So’nggi   yillarda   tadqiqotchilar   tomonidan   gipofizotrop   gormonlar   nafaqat
gipotalamusda,   balki   miyaning   boshqa   bo’limlarida,   hatto   organizmning   boshqa
a’zolarida ham topilgan (9.4.2-jadval).
Masalan, baqa terisida va qon plazmasida tiroliberin topilgan. Sut emizuvchi
hayvonlarda   tiroliberin   talamusda,   miyachada,   gipokampda   va   miyaning     boshqa
qismlarida   topilgan.   Somatostatin   gipotalamusdan   tashqari   markaziy   asab
tizimining   boshqa   tuzilmalarida,   ichaklarda,   me’da   osti   bezida   tormozlovchi
omillar sifatida kashf etilgan.  Gipotalamusdan   tashqari   mintaqalarda   sintez   bo’lib,   ajralib   chiqadigan
neyroregulyator   peptidlarning   funksional   ahamiyati   haligacha   yaxshi   o’rganib
chiqilmagan.   Ba’zi   vaqtlarda   bu   peptidlar   neyrotransmitter   funksiyasini   bajaradi,
degan   ma’lumotlar   ham   bor.   Yaqinda   gipotalamus   gormonlari   orasida   bir   guruh
peptidlar   organizmga   morfinga   o’xshab   ta’sir   qilishi   aniqlandi.   Bu   neyropiptidlar
enkefalinlar va endorfinlar   deb ataladi. Fikrimizcha, bu neyropeptidlar xulq-atvor,
vegetativ   jarayonlar,   ovqat   hazm   qilish,   yurak   va   nafas   faoliyati   mexanizmlarida
ishtirok   etuvchi   asosiy   omillar   bo’lishi   mumkin.   Bu   peptidlarning   odam
organizmidagi vazifalari hozirgacha yaxshi o’rganilmagan.
Gipotalamusda   boshqa   peptidlar   -   R   moddasi,   neyrotenzin,   VIP   (VIP-ichak
intestinal   vazoaktiv   peptidi)   ham   topilgan.   Ularning   bir   qismi   ichakda   topilgani
sababli, ichak faoliyatini boshqaruvchi katta gormonlar deb atalgan. Markaziy asab
tizimida ularning ahamiyati yaxshi aniqlanmagan.
Gipotalamusda miyadagi boshqa bo’limlar singari monoaminlar doimo sintez
bo’lib,   asab   hujayralari   funksiyalari   jarayonida   zaruriy   modda   sifatida   xizmat
qiladi.   Zamonaviy   tadqiqotlarga   ko’ra   gipotalamusda   nisbatan   monoaminlar
miqdori anchagina ko’p. Shuning uchun o’ylash mumkinki, visserotrop gormonlar
hayvonlar   filogenezidagi   qadimiy   funksiyalarni   amalga   oshirishda   maxsus   rol
o’ynaydi.   Mumkinki,   gipofizotrop   gormonlar   evolyusiya   davomida   endokrin
neyro-gormonal boshqarish tizimi sifatida gipofiz bilan bir vaqtda paydo bo’lgan.
5. Epifiz (g’uddasimon bez)
Epifiz   bosh   miya   markazida,   uchinchi   qorincha   tubida   joylashgan.   Uning
diametri 3-4 mm, vazni 0,2 g. Unda ikkita gormon- melatonin  va  glomerulotropin
ishlab chiqariladi.
Melatonin   gipofizning   oraliq   bo’lagidan   ajraladigan   intermidin   gormoni
singari,   odam   organizmida   pigment   almashinuvini   boshqarishda   ishtirok   etadi.
Bundan   tashqari,   epifizdan   ajraladigan   gormon   gipofizning   gonadotrop
funksiyasini   tormozlab,   bolada   vaqtidan   ilgari   balog’atga   yetish   jarayonini
susaytiradi. Glomerulotropin   gormon   buyrak   usti   bezi   po’stloq   qavatida   sintezlanadigan
aldosteron   gormon   sekresiyasini   rag’batlantiradi.   Ammo,   bunday   g’oya   hamma
tadkikotchilar tomonidan tan olmagan. 
Epifizning funksiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib boradi, undan keyin
uning   faoliyati   asta-sekin   pasayib,   balog’atga   yetish   davri   oldidan   butunlay
to’xtaydi.   Agar   bu   bezning   funksiyasi   oldinrok   pasaysa,   gipofizning   gonadotrop
funksiyasi kuchayib ketib, bolada vaqtidan ilgari balog’atga yetish belgilari paydo
bo’ladi.
Epifiz   ichki   sekresiyasi   organizmning   qorong’ida   va   yorug’da   qancha   vaqt
bo’lishiga   karab   o’zgaradi.   Epifizda   melatonini   hosil   bo’lishi   yorug’da   susayadi.
Bir   qancha   hayvonlarda,   jumladan   kushlarda   jinsiy   faollikning   mavsumiy
xarakterda   ekanligini   shunga   bog’lashadi,   chunki   bahorda   va   yozda   kun
uzayganidan melatonin kam ajraladi, shu vaqtda jinsiy faollik ortadi. 
Epifizda   bir   talay   serotonin   ham   bor,   serotonindan   esa   melatonin   hosil
bo’ladi.   Yorug’lik   ko’p   tushgan   paytda   serotonin   hosil   bo’lish   kuchayadi.   Epifiz
ichki sekriyasini simpatik asab tizimi boshqaradi. Bezdagi biokimyoviy jarayonlar
sikli   kun   va   tun   almashinuvini   aks   ettirgani   sababli,   bu   siklik   faollikni
organizmning o’ziga xos “biologik soat” deb hisoblashadi.
6. Qalqonsimon bez ichki sekresiyasi
Qalqonsimon bez yuksak gormonal faollikka ega bo’lgan yarim suyuq kolloid
bilan   to’la   bez   follikulalaridan   iborat.   Bez   qon   va   limfa   tomirlariga   juda   boy.
Odamdagi   qalqonsimon   bez   vazni   o’rta   hisobda   15-30   g   yoki   tana   vaznining
0,05%   ni   tashkil   etadi.   Shunga   qaramay   bu   bezdan   soatiga   5-6   l   qon   utadi,   bu-
organizmdagi qonning hammasi demakdir (9.6.1.-rasm). 
Qalqonsimon bezning ikkita gormoni ma’lum:  tiroksin  ( tetrayodotronin ) va
triyodotronin .   Bu   gormonlar   (tireoid   gormonlar)   organizmda   yod   va   tirozin
aminokislotasidan   sintezlanadi.   Qon   plazmasidagi   yodning   90-95%   tiroksin
tarkibida bo’ladi. Tireoid gormonlarning fakat 0,1% plazmada erkin holda bo’lib, qolgan qismi
oqsillarga   bog’liq.   Fakat   erkin   tiroksin   fiziologik   faollikka   ega,   ammo
triyodotroninning faolligi tiroksinga nisbatan 4-10 karat yuqori.
Zamonaviy   axborotlarga   ko’ra   odam   va   hayvonlar   organizmida   maxsus
gormon- tirokalsitonin   mavjud.   Bu   gormon   kalsiy   almashinuvida   ishtirok   etadi.
Tirokalsitonin   qalqonsimon   bez   follikulalari   tashqarisida   parafollikullyar
hujayralarda   hosil   bo’ladi.   Uning   ta’siri   ostida   qonda   kalsiy   miqdori   kamayadi.
Tirokalsitonin   ta’sirida   suyak   to’qimasidan   kalsiyning   ajralishi   to’xtaydi,   ammo
unda   kalsiy   zaxira   bo’lishi   oshadi.   Tirokalsitonin   suyak   to’qimasini   buziladigan
osteoklastlar funksiyasiga salbiy ta’sir yetkazadi, ammo yangi suyak to’qimasining
hosil bo’lishida ishtirok etadigan osteoblastlar funksiyasini kuchaytiradi.
Qalqonsimon   bezning   asosiy   qonda   aylanib   yuradigan   gormoni   tiroksin
hisoblanadi.   Tiroksindan   tashqari   qonda   oz   miqdorda   yana   bitta   gormon-
triyodotronin   ham   bor.   Ikki   gormon   ham   qonda   erkin   holatda   bo’lmay,   oqsillar
bilan  biriktirib  globulin  fraksiyalar   shaklida   harakat   qiladi.  Tiroksin   umumiy  qon
aylanish   tizimiga   kirib   jigar   hujayralari   tomonidan   ushlanib   oladi   va   gormonal
faollikka   ega   bulmagan   glyukuron   kislotasi   bilan   juft   birikmalar   hosil   qiladi,
so’ngra   o’t   bilan   me’da-ichak   yo’liga   chiqariladi.   Tiroksin   bilan   glyukuron
kislotasining   juft   birikmalar   hosil   qilishi   natijasida   gormon   inaktivasiya   (nofaol)
bo’ladi. Bu mexanizm orqali tiroksinning qondagi miqdori me’yordan oshmaydi.
Tajribalarda   radioaktiv   yod   ishlatib   katta   yoshdagi   odam   organizmida   bir
kecha-kunduzda 300 mkg tiroksin va triyodotronin parchalanishi aniklangan. 9.6.1 - rasm .  Odam   qalqonsimon   bezi .
Qalqonsimon   bez   tireoid   gormonlari   ( tetrayodotronin ,   triyodotronin )
markaziy   asab   tizimi   oliy   asab   faoliyati ,   organizmning   o ’ sishiga   va   rivojlanishiga
hamda   turli   moddalar   almashinuvi   jarayonlarida   juda   muhim   rol   o ’ ynaydi .
Bir kecha-kunduzda 0,3-0,5 mg chamasi tiroksin ajraladi. Tiroksin shu qadar
oz chiqishiga  qaramay, organizmdagi bir qancha muhim  jarayonlarga ta’sir  etadi.
U   moddalar   almashinuvini,   ayniksa   yog’lar   almashinuvini   kuchaytiradi.
Hayvon   organizmiga   ozgina   tiroksin   kiritilsa   qisqa   vaqtda   70%   gacha   yog’ini
yo’qotishi mumkin. 1 mg tiroksin kiritilganda odam yana 1000 kkal ni qo’shimcha
sarflaydi. 
Modomiki   shunday   ekan,   asosiy   almashinuv   darajasi   qalqonsimon   bezning
qanday   ishlayotganini   bildiruvchi   eng   muhim   ko’rsatkich   bo’lib   xizmat   qiladi.
Oshgan   yoki   kamaygan   asosiy   almashinuv   qalqonsimon   bez   faoliyatidagi
patologiyani aniklash uchun muhim ko’rsatkichdir.
Tireoid gormonlar  qonga ko’proq chiksa,  moddalar  almashinuvi  va  energiya
sarfi   kuchayadi,   oqsil   g’oyatda   ko’p   parchalanadi,   binobarin,   buyraklardan   azot
chiqishi   ham   kuchayadi:   jigardagi   glikogen   kamayadi,   chunki   glikogendan   zo’r
berib glyukoza hosil bo’ladi va qonga o’tadi, natijada qondagi qand miqdori (foiz hisobida)   oshib   ketadi.   Tiroksin   kam   chiqsa,   moddalar   almashinuvi   va   energiya
sarfi kamayadi, oqsillar kamroq parchalanadi, jigardagi glikogen esa ko’payadi.
Tireoid   gormonlar   markaziy   va   vegetativ   asab   tizimining   faoliyatiga   ta’sir
etadi. Bu gormonlar ortiqcha chiqqanda markaziy asab qo’zg’aluvchanligini oshadi
va   ruhiy   hayajon   kuchayadi,   yurak   urushi   tezlashadi,   kishi   hadeb   terlaydi   va
hokazo.
Itlarda   uzok   vaqt   davomida   tiroksin,   triyodotronin   gormonlarning   kiritilishi
oqibatida   markaziy   asab   tizimi   qo’zg’aluvchanligi   oshadi,   pay   reflekslari
kuchayadi,   qo’l-oyoq   titrashi   (tremori)   paydo   bo’ladi.   Qalqonsimon   bezni   olib
tashlashi natijasida harakat faoliyati pasayadi, muxofaza reaksiyalari susayadi. Shu
itlarga   tiroksin   kiritilishi   ularning   harakat   faoliyatini   orttiradi,   ilgari   bez   olib
tashlagandan   keyin   gormonlarni   kiritilishi   yo’qolgan   shartsiz   reflekslarning
tiklanishiga sabab bo’ladi. 
Tireoid gormonlar oliy asab faoliyati jarayonlariga ham ta’sir etadi. Masalan,
itlarda   qalqonsimon   bezi   olib   tashlansa   shartli   reflektor   faoliyati   buziladi,   yoki
boshqavatdan   qiyinchilik   bilan   hosil   bo’ladi.   Ularda   ilgari   hosil   bo’lgan   shartli
reflekslar   qalqonsimon   bez   olib   tashlagandan   keyin   umuman   yo’q   bo’ladi   yoki
tormozlanib   qoladi   reflekslarni   qaytadan   hosil   qilish   zaruriyati   tug’iladi.   Tireoid
gormonlar   kiritilganda   bosh   miya   po’stlog’i   qo’zg’aluvchanligi   oshib,   shartli
reflektor faoliyati o’z me’yoriga qaytadi.
Bundan  tashqari,  tireoid  gormonlar  organizmning o’sishiga   va rivojlanishiga
ta’sir   etadi.   Gormonlar   yetishmaganda   organizm   umuman   sust   o’sadi,   soch   va
tirnoqlarning o’sishi buziladi.
Qalqonsimon   bez   faoliyatining   buzilishi   ikki   xil   bo’ladi:   giperfunksiya   va
gipofunksiya.
Bez faoliyati kuchayganda  Bazedov  yoki  tireotoksikoz  degan kasallik paydo
bo’ladi.   XIX-asrning   60-yillarida   Bazedov   va   Girevs   bu   kasallikni   tasvir   etib,
uning   asosiy   belgilarini   ko’rsatib   o’tgan:   qalqonsimon   bez   kattalashadi   (Bazedov
buqog’i),   ko’z   chaqchayadi   (9.6.2-rasm),   yurak   tez-tez   uradi,   asab   tizimining
qo’zg’aluvchanligi   oshadi,   bemor   tez   hayajonlanadigan   bo’lib   qoladi,   asosiy almashinuv va tana harorati ortadi, ovqatni ko’p iste’mol qiladi va shu bilan birga
ozib   ketadi.   Kishi   juda   serzarda   bo’lib,   har   narsadan   cho’chib   turadi,   doimo
besaranjom,   sertashvish   bo’ladi   va   hokazo.   Modda   almashinuvi   kuchayadi   va
energiya   ko’proq   sarf   bo’ladi,   shuning   natijasida   odam   ozib   ketadi.   Bemor   tez
charchaydigan bo’lib qoladi va hadeb terlaydi .
9.6.2-rasm. Bazedov kasalligi bilan og’rigan bemor. Chapda – operasiyagacha, o’ngda –
operasiyadan keyin tez orada (N.A.Shereshevskiydan)
Gipertireoz   ozgina   bo’lsa   Bazedov   kasalligining   xarakterli   belgilari
bo’lmaydi:   ko’z   chaqchaymaydi,   bemor   ozmaydi,   asabiy   bo’lmaydi,   buqog’i
ko’rinmaydi   va   hatto   paypaslanganda   ham   sezilmaydi.   Bunday   hollarda   asosiy
almashinuv kuchayadi, organizm ish vaqtida sog’lom odamlarga nisbatan ko’proq
energiya   sarflaydi,   dam   olganda   moddalar   almashinuvi   tinchlik   holatidagi
miqdorga sekin qaytadi, yurak tez uradi va qonda yod ko’payadi. Bemorlarda pay
refleksi   kuchayadi,   ba’zan   mushaklar   titraydi.   Ular   kuydi-pishdi,   sertashvish
bo’lib, ba’zan o’zini tuta olmaydi.
Qalqonsimon   bez   yetarli   ishlamaganda   g’oyat   jiddiy   kasalliklar   yuzaga
chiqadi.  Miksidema  bilan kretinizm shu jumladandir. 
Miksidema yoki xom semizlikda asosiy almashinuv 30-40% kamayib ketadi.
Qisman yog’ to’qimasida yog’ ko’payishi, asosan esa to’qima suyuqligining ortishi
natijasida tana vazni oshib ketadi. Miksidemaning   lotincha   tarjimasi   “shilimshiq   shish”   demakdir.   Oqsillar
almashinuvining buzilishi sababli a’zo va to’qimalarning hujayraaro bo’shliqlarida
musin   va   albuminlar   ko’payib   ketadi.   Oqsillar   to’qima   suyuqligining   onkotik
bosimini   oshiradi.   Shu   sababli   to’qimalarda,   ayniqsa   teri   osti   kletchatkasida   suv
ushlanib qoladi, to’qimalarda shilimshiq shish paydo bo’ladi. 
Miksidema   bo’lgan   bemorlarning   terisi   quruq,   dag’al,   tuki   to’kilib   ketadi,
modda almashinuvi deyarli 25% pasayadi. Normal ruhiy faoliyat, jinsiy bezlarning
faoliyati buziladi, xotinlar hayz kurmaydigan bo’lib qoladi.
Davosi   -   uzoq   vaqt   tiroksin   iste’mol   qilishdan   iborat,   buning   natijasida
organizmning normal funksiyasi anchagina tiklanadi.
Kretinizm .   Odamning   bolalik   davrida   qalqonsimon   bez   yetarli   ishlamasa,
ya’ni gipofunksiyaga uchrashsa,  kretinizm  ( gipotireoz ) degan kasallik ruy beradi.
Bu xastalikning xarakterli belgilari shuki, bola buyi   o’smay qoladi, ba’zan   unda
idiotizm   (bolalik davrida ortirilgan akl pastligi) kuzatiladi. Bunday bemorlar pak-
pakana bo’lib, tanasining tuzilishi juda ham beuxshov bo’ladi; oyoq -qo’llari kalta,
boshi   katta,   ko’zlari   kichkina.   Kretinizm   xastalikka   chalingan   kishilarning   ogzi
ochik   va   tili   doim   ogzidan   chiqib   turadi,   shu   sababli   ular   nafas   olishga   va   ovqat
yutishiga kiyinaladi. Buning sababi shuki, til haddan tashqari o’sib ketgani uchun
og’izga   sig’may   qoladi.   Kretinlarda   balog’atga   yetish   to’xtaydi,   psixika
rivojlanmay   orqada   qoladi.   Kretinizmga   miksidema   belgilari   ham   qo’shiladi   (79-
rasm).
Endemik   buqoq .   Tuprok,   suv   va   o’simlik   hayvon   ovqatida   yod
yetishmaydigan joylarda gipertireozning har xil shakllari, ayniqsa buqoq xastaligi
tarqalgan.   Asosan   tog’li   tumanlar   shunday   joylardan   hisoblanadi.   Bunday
joylardan   ko’pchiligida   buqoq   endemik   kasallik   hisoblanadi   (ma’lum   joylarda
doimo   ko’p   uchraydigan   kasallik   endemik   kasallik   deb   ataladi).   Suv   va   ovqatda
yod   yetishmaganda   gipotireoz   nechog’lik   ko’p   uchrashini   Shveysariya   va
Norvegiyada   o’tkazilgan   tekshirishlar   yaqqol   ko’rsatadi.   Endemik   buqoq   Karpat,
Ural,   Kavkaz,   Tyan-Shan   va   Pomirning   baland   tog’   sharoitlarda   uchraydi.   Hozir endemik   buqoq   juda   kamaygan,   chunki   bu   joylarda   ichiladigan   suvga   va   tuzga
ozgina kaliy yodid qo’shiladi.
Ko’rsatilgan tog’li tumanlarning aholisi o’rtasida qalqonsimon bezning yetarli
ishlamasligi   (gipofunksiya)   natijasida   bez   to’qimasining   o’sib   ketishi   kuzatiladi.
Buqoqda   qalqonsimon   bez   gipertrofiyalanadi   (bezning   bir   qismi   hajmi
kattalashadi), follikulalari ko’payadi, ammo chiqadigan gormon miqdori kamayadi.
7. Qalqonoldi bez
Odamda   to’rtta   qalqonoldi   yoki   paratireoid   bez   bor,   bulardan   ikkitasi
qalqonsimon   bezning   orqasida,   qolgan   ikkitasi   esa   qalqonsimon   bezning   pastki
qutbida,   ba’zan   esa   bez   to’qimasida   bo’ladi.   Ular   yapaloq   oval   tuzilmalar   bo’lib,
bo’yi   6-7   mm,   eni   3-4   mm   va   qalinligi   1,5-2   mm.   Bez   to’qimasi   qon   va   limfa
tomirlariga boy.
Qalqonoldi bezlarning umumiy massasi 100 mg ga teng.
Qalqonoldi bez paratgormon va kalsitonin ishlab chiqadi.  Paratgormon  ba’zi
adabiyotlarda  paratirin  deb ham ataladi. U bezning asosiy va oksifil hujayralarida
sintez   bo’ladi.   Bezdan   paratgormon   to’g’ridan   to’g’ri   qonga   o’tadi,   organizmda
kalsiy   almashinuvini   boshqaradi   va   qonda   uning   doimiyligini   ta’minlaydi.
Me’yorda odam qonida 2.25-2.75 mmol/l (9-11 mg%) kalsiy bo’ladi.
Paratireoid   bezining   gipofunksiyasi   ( gipoparatireoz )   da   qonda   kalsiyning
miqdori   kamayadi,   bez   faoliyati   kuchaygan   (giperparatireoz)   da   esa   uning
miqdori oshadi (9.7.1-rasm)
Ma’lumki,   organizmda   kalsiy   zaxira   bo’ladigan   a’zo-suyak   to’qimasidir.
Shuning   uchun   qonda   va   suyak   to’qimasidagi   kalsiy   miqdorining   orasida   katta
bog’lanish   mavjud.   Paratgormon   suyaklarning   oxaklanishi   va   dekalsifikasiya
(ohakning   suyaklarda   zaxira   bo’lishi   va   ulardan   kalsiyning   ajralib   chiqishi)
jarayonlarini boshqaradi. Kalsiy almashinuviga ta’sir etib, ayni holda paratgormon
organizmda fosforning almashinuviga ham ta’sir yetkazib oladi. 9.7.1-rasm. Kalsiy almashinuvida paratgormon va kalsitoninning ahamiyati.
1-qalqonsimon bez, 2-qon tomirlari, 3-suyak, 4-buyrak, 5-hazm yo’llari. Paratgormon kalsiy
so’rilishini kuchaytiradi, kalsitonin gormoni esa susaytiradi.
Paratgormon   buyraklarda   kayta   so’rilish   jarayonini   susaytirib,   siydik   bilan
fosfatlarni   chiqarish   jarayonini   kuchaytiradi.   Qalqonoldi   bezlarning   ishlamay
kuyish (gipoparatireoz) oqibatlari itlarning shu bezlarini olib tashlash tajribalarida
o’rganilgan.   Bezlar   olib   tashlangandan   bir   necha   kun   keyin   skeletning   barcha
mushaklari   dapkir-dapkir   tirishib   qisqaradi,   ya’ni   titrayadi   (paratireopriv
tetaniya)  bu holat asta-sekin kuchayib va tez-tez takrorlanib turadi. 
Paratireoid   bezlar   yo’kligi   bora-bora   o’limga   olib   keladi,   buning   bevosita
sababi  shuki, nafas mushaklarining tirishishi  natijasida nafas  buziladi. Paratireoid
bezlar olib tashlangach titrashga  mushaklarning o’zgarishi  emas, balkiy markaziy asab   tizimi   holatining   o’zgarishi   sabab   bo’ladi.   Harakatlantiruvchi   asablari
kesilganda titramasligi shundan darak beradi.
Paratireopriv   tetaniya   qonda   kalsiyning   kamayishi   oqibatida   yuz   beradi.
Paratireoid   bezlari   olib   tashlangan   hayvonlar   organizmiga   kalsiy   tuzlari
yuborilganda   tetaniya   paydo   bulmasligi   buning   dalilidir.   Tetaniyada   jigarning
sintetik   funksiyalari   ham   buziladi:   Qonda   zaharli   moddalardan   ammoniy
karbaminat   paydo   bo’ladi.   Odamda   paratireoid   bezlar   endokrin   funksiyasining
susayishi- gipoparatireoz   hayot   davrida   vujudga   kelishi   yoki   tug’ma   bo’lishi
mumkin.   Gipoparatireozda   qondagi   kalsiy   miqdori   kamayganidan   markaziy   asab
tizimining   qo’zg’aluvchanligi   juda   oshadi,   natijada   tetanik   tirishishlar   paydo
bo’ladi. 
Paratireoid   bezlar   hiqildoqning   yuqori   asabidan   innervasiya   oladi.   Qon
plazmasidagi   kalsiy   qonsentrasiyasi   ichki   muxitning   eng   anik   boshqariluvchi
omillaridan biri hisoblanadi. Qonda kalsiy kamayishi tufayli paratireoid bezlarning
ichki   sekresiyasi   kuchayadi   va   aksincha,   kalsiy   qonsentrasiyasining   ortishi
oqibatida paratgormon sekresiyasi susayadi. 
8. Ayrisimon bez
Ayrisimon   bez   to’sh   suyagining   orqa   yuzasida   joylashgan.   Uning   vazni
chakaloklarda   12   g   bo’lib,   to   balog’atga   yetish   davrigacha   14-15   yoshgacha
kattalashib,   30-40   g   ga   yetadi.   So’ngra   bezning   xajmi   asta-sekin   kichiklasha
boshlaydi   va   u   yog’   moddasiga   aylanadi,   25   yoshda   bezning   vazni   25   g   gacha
kamayadi, 60 yoshda-15g, 70-yoshda-6 g bo’ladi.
Ayrisimon   bez-juft,   pallali   a’zo   bo’lib,   ikki   andozasi   bir   xil   bo’lmagan
pallalardan   iborat.   Bu   pallalar   biriktiruvchi   to’qima   orqali   o’zaro   bog’langan.
Ayrisimon   bezning   har   bir   pallasi   yana   pallachalarga   bo’linib,   ularda   pustloq   va
mag’iz   qavatlari   mavjud.   Po’stloq   qavati   parenximalardan   tashkil   topgan,   unda
ko’p   miqdorda   limfositlar   bo’ladi.   Mag’iz   qavatda   esa   epitelial   va   lipoid
hujayralari bor.  Ayrisimon   bez   qon   tomirlari   bilan   o’ralib   olingan   va   shu   bois   qondan   juda
boy.
Bezning   innervasiyasi   parasimpatik   (adashgan)   va   simpatik   asablar   orqali
amalga   oshadi.   Bu   tolalar   pastki   bo’yin   va   yuqori   ko’krak   simpatik   tugunlaridan
boshlanadi.
Oxirgi   yillarda   ayrisimon   bez   gormonlari   va   ularning   fiziologik   ahamiyati
to’liq o’rganib chiqilgan. Bezda  timozin, timopoetin, timus gormoni omili  degan
polipeptid  tabiatli moddalar ishlanib chiqariladi.
Ayrisimon   bezning   immunitetga   katta   ahamiyati   o’rganilgan.   U   organizm
immuniteti   jarayonining   boshqarilishida,   antitelalarning   hosil   bo’lishida,
limfositlarning   rivojlanishi   va   taksimlanishida   hamda   organizmning   immun
reaksiyalariga bevosita ishtirok etadi. Olimlarning fikricha suyak ko’magida hosil
bo’luvchi   birlamchi   suyak   hujayralari   umumiy   qon   aylanish   doirasi   orqali
ayrisimon   bezga   yetib   boradi,   bezda   ular   ko’payib,   T-limfositlarga   aylanadi.   Bu
limfositlar   hujayra   immunitetining   rivojlanishi   uchun   javobgar   ekanligi   olimlar
tomonidan taxmin qilmoqda.
Ayrisimon bez gormonlarining hosil bo’lishi va ajralishi gipotalamo-gipofizar
tizimi tomonidan boshqariladi. Gipofiz oldingi  bo’lagining somatotropin gormoni
ayrisimon bez gormonlarining qonga o’tishida ishtirok etadi.
Yuqorida   aytib   o’tganimizdek,   ayrisimon   bez   bolalik   davrida   yaxshi
rivojlangan   bo’ladi.   Balog’atga   yetganda   bezning   rivojlanishi   to’xtatiladi   va
atrofiya   bo’laveradi.   Shu   sababli   bo’lsa   kerak,   bez   organizm   o’sishini
rag’batlantirib,   jinsiy   tizim   rivojlanishini   to’xtatadi-degan   ilmiy   g’oyalar   kam
emas.   Boshqa   bir   guruh   olimlar   tomonidan   ayrisimon   bez   faoliyatiga   boshqacha
baho   berilgan.   Masalan,   bez   kalsiy   va   nuklein   kislotalar   almashinuvida   faol
ishtirok etadi degan g’oyalar juda ko’p.
Bezning   yana   bir   asosiy   fiziologik   ahamiyati   shundaki,   bu   yerda   juda   ko’p
miqdorda   vitamin   C   sintezlanadi.   Bu   ko’rsatkich   bo’yicha   timus   buyrak   usti
bezidan keyin organizmda ikkinchi o’rinni egallaydi. 9. Buyrak usti bezi
Buyrak usti bezlari-juft bezlar bo’lib, ung va chap buyraklarning ustki qismida
joylashgan (9.9.1-rasm).
Ularning birgalikdagi vazni 10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki-
po’stloq     va   ichki-mag’iz   qavatdan   iborat.   Ular   tuzilishi   va   funksiyasi   jihatidan
turlicha   bo’lgan   ichki   sekreksiya   bezlaridir,   bulardan   chiqadigan   gormonlar   o’z
ta’siri jihatidan katta farq qiladi.
9.9.1-rasm. 1-buyrak usti bezi, 2-buyrak.
Buyrak usti bezlarining mag’iz  qavati (miya moddasi)
Buyrak usti  bezlarining  mag’iz  qavati   xromaffin  hujayralardan  tuzilgan,  ular
tuzilishi va funksiyasi jihatidan po’stloq qavatidan katta farq qiladi. 
Mag’iz   qavat   embriogenez   jihatdan   simpatik   asab   tizimining   hujayralariga
yakin turadi. Ular  kaliy bixromat bilan buyalganda sargish jigarrang tusga kiradi,
ularning xromaffin hujayralar deb atalishiga ham  sabab shu.
Mag’iz qavatda   adrenalin   va   noradrenalin   gormonlar ishlab chiqariladi. Bu
ikkala   gormonning   ta’siri   bir   xil   bo’lganligi   uchun   ular   birgalikda   katexolarnin
deb ham yuritiladi. 
Adrenalin   buyrak   usti   bezidan   qonga   muntazam   chiqib   turadi.   Ba’zi   bir
favqulotda   holatlarda   (arterial   qon   bosimining   tushishi,   qon   yo’qotish,   sovuq
qotish,   gipoglikemiya,   jismoniy   mehnat,   emosiya,   oqriq,   qo’rqish,   g’azablanish)
qon tomirlarga adrenalinning sekresiyasi kuchayadi. Adrenalin bronx mushaklarini susaytirib, ularning diametrini kengaytiradi. U
yurak   mushagining   qo’zg’aluvchanligini   va   qisqarishini   oshiradi,   qon   tomirlar
tonusini   ko’taradi,  buning   natijasida   arterial   qon  bosim   oshadi.   Birok   yurak   shox
tomirlariga,   o’pka   tomirlariga,   miya   tomirlariga   va   ishlayotgan   mushaklarga
adrenalin tomir kengaytiruvchi ta’sir etadi.
Adrenalin   skelet   mushaklar   qisqarishini   kuchaytiradi.   Bu   funksiyasi   bilan   u
organizmga adaptasion-trofik ta’sir bag’ishlaydi. Adrenalin me’da-ichak yo’lining
motor (harakat) funksiyasini susaytiradi.
Adrenalinning   ta’sir   etish   muddati   qisqadir.   Bu   effekt   uning   qonda   tez
parchalanib   ketishiga   bog’liq.   Monoaminooksidaza   fermenti   ta’sirida   adrenalin
gormonlarga xos bulmagan mahsulotlarni parchalanadi.
Noradrenalin   adrenalinga   nisbatan   qarama-qarshi- mediator   funksiyasini
bajaradi,   ya’ni   qo’zg’aluvchan   asab   uchidan   sekresiya   bo’lib,   effektorlarga   ta’sir
etadi. Markaziy asab tizimida joylashgan neyronlarda qo’zg’alishni o’tkazishi ham
noradrenalin orqali amalga oshadi.
Bezning faoliyati bosh miya gipotalamusi faoliyati bilan ham bog’liq, chunki
uning orqa guruh yadrolarida simpatik asab tizimining oliy markazlari joylashgan.
Gipotalamus   neyronlari   ta’sirlanganda   buyrak   usti   bezidan   ko’p   miqdorda
adrenalin ishlab chiqiladi va uning miqdori oshib ketadi.
Sharti   reflektor   faoliyati   usuli   bilan   adrenalin   sekresiyasining   bosh   miya
po’stlog’i   bilan   aloqasi   borligi   aniqlangan.   Jismoniy   mehnat   bajarish   emosional
qo’zg’alish, organizmning sovushi va boshqa shunga o’xshash holatlarda adrenalin
refleks yo’li bilan ko’proq ajralib chiqadi. 
Emosonal   qo’zg’alishda   buyrak   usti   bezlaridan   adrenalin   ko’p   chiqishini
U.Kennon   aniqlagan.   Vovillayotgan   itni   ko’rgan   mushukning   buyrak   usti   bezlari
venalaridagi qonda adrenalin ko’payganini U.Kennon kuzatgan.
Adrenalin   sekresiyasining   ortishi   odamning   emosional   holatlarida   ro’y
beradigan   bir   qancha   fiziologik   o’zgarishlar   mexanizmini   tushuntirib   beradi.
Masalan,   talabalar   imtihon   topshirayotgan   vaqtda,   sportchilar   start   oldidan
musobaqa boshlanish signalini kutib turganda qondagi glyukozaning ko’payishi va siydik   bilan   ko’plab   chiqishi   buyrak   usti   bezlaridan   adrenalinning   ko’p   chiqish
natijasidir.   Bu   dalil   adrenalin   sekresiyasiga   bosh   miya   markazlarining   ta’sir
etishidan guvohlik beradi.
Buyrak usti bezlari po’stlog’ining gormonlarini uch guruhga ajratish mumkin.
I.  Mineralokortikoidlar   -   aldosteron ,   kortikosteron ,
dezoksikortikosteron   -   koptokchali   mintaqadan   chiqadi   va   mineral   moddalar
almashinuvini boshqaradi. 
II.  Glyukokortikoidlar   -   kortizon ,   gidrokortizon ,   kortikosteron
(kortikosteron   mineralkortikoidlarga   ham   kiradi)   -   tutamli   mintaqadan   chiqadi,
karbonsuvlar, oqsillar va yog’lar almashinuviga ta’sir etadi.
III.   Jinsiy   gormonlar-androgenlar ,   estrogenlar   va   progesteron ,   to’rsimon
mintaqadan chiqadi.
Kimyoviy   tuzilishiga   ko’ra   buyrak   usti   bezlarining   po’stloq   qavatida   ishlab
chiqadigan   gormonlar   stereoidlar   bo’lib,   xolesterin   hisobidan   hosil   bo’ladi.   Bu
gormonlarning   sintezlanishi   uchun   askorbin   kislota   ham   zaruriy   mahsulot
hisoblanadi.
Buyrak   usti   bezlari   po’stlog’ining   jinsiy   gormonlari-androgenlar   va
estrogenlar bolalik davrida, ya’ni ontogenezning hali jinsiy bezlar ichki sekresiyasi
rivojlanmagan   davrida   jinsiy   a’zolarning   rivojlanishida   kattagina   rol   o’ynaydi.
Balog’atga   yetgan   kishilar   organizmida   bu   gormonlarning   ahamiyati   katta   emas.
Ammo   qarilikda,   jinsiy   bezlarning   ichki   sekresiya   funksiyasi   to’xtagach,   buyrak
usti   bezlari   po’stlog’i   yana   androgenlar   bilan   estrogenlarning   birdan   bir   manbai
bo’lib qoladi.
Bir   qancha   noqulay   omillar   ta’sirida   adrenokortikotrop     gormon,
glyukokortikoidlar   sekresiyasining   kuchayishi   tufayli   vujudga   keluvchi   holatni
Gans Selye “taranglanish” yoki stress (stress) degan ibora bilan atagan. Stress hosil
bo’lishida G.Selye uch fazani yoki uch bosqichni ajratadi: 
1.   “trevoga”   (tahdid)   fazasida   noqulay   omillar   ta’sir   eta   boshlab,
adrenokortikotrop gormon va glyukokortikoidlar sekresiyasi kuchayadi;  2)   rezistentlik   (chidamlilik)   fazasida   qondagi   glyukokortikoidlar   ko’payib,
organizm nokulay ta’sirotlarga chidamli bo’lib qoladi; 
3)   holdan   ketish   (isto щ yeniye)   fazasida   buyrak   usti   bezlari
glyukokortikoidlarni   yetarli   miqdorda   chiqarmay   qo’yadi   (Selyening   fikricha
glyukokortikoidlar himoya qiluvchi, adaptiv gormonlardir), natijada organizmning
ahvoli yomonlashadi. Adabiyot
1.  Nuritdinov E.N. Odam fizologiyasi. Toshkent, «Aloqachi», 2005, 505 b.
2.   Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya cheloveka (ob щ aya sportivnaya,
vozrastnaya): - Moskva, «Sport», 2015, 610 s.
3.   Smirnov   V.M.,   Dubrovskiy   V.I.   Fiziologiya   fizicheskoo   vospitaniya   i
sporta. – Moskva, «Vlados press», 2002, 605 s.
4. Tkachenko B.I. Osnov ы  fiziologii cheloveka. S.P. 1994.
5.   Txorevskiy   V.I.   Fiziologiya   cheloveka.   M.:   Fizkultura,   obrazovanie   i
nauka. 2001.

ENDOKRIN BEZLAR FIZIOLOGIYASI Reja: 1. Ichki sekretsiya bezlarining umumiy ta’rifi. Fiziologik jarayonlarning ichki sekretsiya bezlari orqali boshqarilishi; 2. Gormonlar va ularning biologik ahamiyati; 3. Gipofiz bezi. Uning gormonlari va fiziologik xossalari; 4. Gipotallamo – gipofizar tizim; 5. Epifiz (quddasimon bez); Qalqonsimon bez; 6. Qalqonsimon oldi bezi; Ayrisimon bez; 7. Buyrak usti bezi.

1. Ichki sekretsiya bezlarining umumiy ta’rifi, fiziologik jarayonlarining ichki sekretsiya bezlari orqali boshqarilishi Organizmdagi hamma bezlar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhdagi bezlar o’zlarida hosil bo’lgan moddalarni yo tana a’zolari bo’shlig’iga, yoki tashqi muhitga suyuqlik chiqarish yo’llari orqali ajratib chiqaradi. Bunday bezlar tashqi sekresiya (ekzokrin) bezlari deb ataladi (so’lak, me’da-ichak, ter bezlari). Lekin organizmda boshqa turdagi bezlar, ya’ni ikkinchi guruhga mansub bo’lgan bezlar ham mavjud. Ularning suyuqlik chiqarish yo’llari bo’lmaydi va bunday bezlar o’zlarida hosil bo’lgan biologik faol moddalarni-gormonlarni bevosita qonga ajratib chiqaradi, qon esa ularni organizmning kerakli turli qismlariga yetkazib beradi. Bunday bezlar ichki sekresiya (endokrin) bezlari deb ataladi (9.1.1- rasm). Ichki sekresiya (endokrin) bezlarning mahsulotlari gormon deyiladi. Gormon so’zi (lot. «horman» - harakatlantirish, qo’zg’atish, uyg’ontirish so’zlaridan) a’zolar, to’qimalar va hujayralarning o’zaro gumoral bog’lanishida muhim rol o’ynaydi. Bu termin 1905 yilda ingliz fiziologlari Dj.Beylis va E.Starlinglar tomonidan birinchi marta tabiatshunoslik fanlariga kiritilgan edi. Ular o’n ikki barmoqning shilliq qavatidan ajratib olingan sekretin moddasiga gormon deb nom berishdi.

9.1.1-rasm. Odam tanasida ichki cyekresiya bezlarining joylashuvi. 1-epifiz, 2-gipofiz, 3-qalqon oldi bezi, 4-jigar, 5-o’n ikki barmoq ichak, 6-buyrakning po’st qismi, 7- moyak, 8-qalqonsimon bez, 9-ayrisimon bez, 10-me’da, 11-buyrak usti bezi, 12-me’da osti bezi, 13- tuxumdon Gormonlar ikki tipdagi endokrin bezlarda ishlab chiqariladi. Birinchi tipdagi bezlarning to’qimasi ikki qismdan iborat bo’lib, bir qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik xuddi tashqi sekresiya bezlaridagiga o’xshab tashqi muhtiga chiqariladi. Ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa xuddi ichki sekresiya bezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Bu bezlar aralash bezlar deb ataladi, ularga me’da osti bezi va jinsiy bezlar kiradi. Ikkinchi tipdagi bezlarga haqiqiy ichki sekresiya bezlari kiradi. Bular odam turli qismlarida joylashgan bo’lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning faqat ichki muhitiga – qonga quyiladi. Bu bezlarga: gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalg’on oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi. Gormonlar – bu katta molekulali biologik faol moddalar bo’lib, organizmdagi turli oddiy va murakkab jarayonlarida qatnashadi. Gormonlar ferment emas yoki fermentlarni faollantiruvchi modda ham emas, ular hujayrasiz muhitdagi kimyoviy o’zgarishlarga ta’sir etmaydi. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning

tuzilmalarga ro’y beruvchi jarayonlarga ta’sir etadi. Gormonlarni kimyoviy tabiati bo’yicha uch guruhga bo’linishi odat bo’lib qolgan; 1) polipeptidlar va oqsillar; 2) aminokislotalar va ularga yaqin birikmalar; 3) steroidlar. Gormonlar qonda erkin va oqsillar bilan biriktirib harakat qiladi. Ammo gormon bilan oqsil birikmasi hosil bo’lganda, gormon nofaol shakliga o’tadi. A’zo va funksional tizimlarga gormonlarning ta’siri ikki mexanizm orqali amalga oshiriladi: 1) gormonlar o’z ta’sirini bevosita asab tizimini orqali o’tkazadi; 2) qon orqali (gumoral yo’li bilan) a’zolar, to’qima va hujayralarning funksional holatini o’zgartiradi. 2. Gormonlarning fiziologik ahamiyati 1. Gormonlar organizm funksiyalarning boshqarilishida ishtirok etadi . Odam organizmida ikki boshqarish mexanizmlari mavjud-asab va endokrin. Bu mexanizimlar o’zaro bog’langan bo’lib yagona neyroendokrin boshqarilishini tashkil qiladi. 2. Gormonlar organizmni tashqi va ichki muhiti o’zgarishiga qarab moslashtiradi. Masalan, giperglikemiya (qonda glyukoza miqdorining oshib ketishi) me’da osti bezi gormoni – insulin sekresiyasini kuchaytiradi, buning natijasida qondagi glyukoza miqdori me’yorga qaytadi. 3. Gormonlar organizm ichki muhitining doimiyligini saqlab turishga ishtirok etadi . Masalan, qonda glyukoza miqdorining kamayishi (gipoglikemiya) oqibatida buyrak usti bezining mag’iz qavatidan ko’p miqdorida adrenalin gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon jigarda glikogenolizni (glikogenni glyukozaga aylanishi)ni kuchaytirib, qonda glyukoza miqdorini me’yorga keltiradi. Shunday qilib, organizmda gormonlar morfogenez (o’sish va rivojlanish) moddalar almashinuvchi va gomeostaz (organizm o’z ichki muhiti tarkibini doimo bir xilda saqlab turishi) jarayonlariga ta’sir etadi.

Gormonlarning qismati. Moddalar amlashinuvi natijasida gormonlarning tuzilishi va vazifasi keskin o’zgaradi. Bundan tashqari gormonlarning bir qismi organizm hujayralari tomonidan to’liq o’zlashtiriladi qolgan qismi esa siydik orqali chiqariladi. Oqsillar va glyukuron kislotasi bilan biriktirib hamda jigar fermentlarning faollanish natijasida gormonlar inaktivasiya (nofaol) bo’ladi. Hozirgi kunda aksari gormonlarning tuzilishi yaxshi o’rganilgan. Kichik va katta molekulali gormonlar kimyoviy yo’l bilan sintezlanib olingan: a) bez faoliyatining kuchayishi – giperfunksiya, bundagormonlar ko’p hosil bo’ladi va qonga ko’p chiqadi; b) bez faoliyatining susayishi-gipofunksiya, bunda gormon kam hosil bo’ladi va qonga kam chiqadi. 3. Gipofiz bezi. Uning gormonlari va fiziologik xossalari Endokrin bezlar tizimida gipofiz maxsus o’rin tutadi. Gipofiz «markaziy bez» degan nom olgan, chunki organizmdagi hamma «periferik» bezlar faoliyati u yoki bu yo’l bilan gipofiz faoliyatiga aloqador ekanligi hyech kim uchun sir emas. Gipofiz miyaning asosiy qismida joylashgan bo’lib, kalla suyagining turk egarining chuqurchasida joylashgan. U no’xatsimon, vazni 0,5-0,6 g ga teng bo’lib, gipofiz oldingi va oraliq bo’laklardan tarkib topgan adenogipofizdan va orqa bo’lakdan tuzilgan neyrogipofizdan iborat. Adenogipofizning kelib chiqishi epitelial, neyrogipofizning kelib chiqishi esa-neyrogen tabiatlidir. Gipofizning oldingi bo’lagi yoki adenogipofiz uch xil: asosiy, yoki xromofob (barcha hujayralarning 55-60%), asidofil, yoki xromofil (30-35%) va bazofil (5- 10%) hujayralardan iborat. Xromofob hujayralar gormon hosil qilmay,xromofil hujayralarni hosil qilsa kerak degan g’oyalar hamon muammoligicha qolayapti. Bazofil hujayralar adrenokortikotropin (AKTG), tireotropin va gonadotropin ishlab chiqaradi.