logo

EROZIYALANGAN TUPROQLARNI XARITALASH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1703.76953125 KB
EROZIYALANGAN TUPROQLARNI XARITALASH  
Reja
1. Eroziyaga uchragan tuproqlarni xaritalash zaruriyati
2. Eroziyaga uchragan tuproqlarni xaritalash jarayoni Tuproq   eroziyasi   jarayonini   tekisliklar,   tog‘li   va   baland   tog‘li   sharoitlarda
o‘rganish va xaritalash katta ilmiy-amaliy ishtiyoq talab etadi.
Respublika   yer   resurslaridan   maqsadli   foydalanishning   muhim   shartlaridan
biri   turli   holatda   (suv,   irrigatsion,   jarli,   difelyatsiya)   eroziyalangan   tuproqlarni
tarqalish   qonuniyatlarini   ko‘rsatish   va   tasvirlash   bo‘lib,   bu   mavzuli   xaritalarning
qayta   ishlangan   asosiy   prinsiplari   eroziyalangan   yerlarda   hosildorlikni   ko‘tarish
yo‘llarini aniqlash hisoblanadi.
Pomir   va   Tyan-Shon   tog‘   tizmalarining   juda   baland   hududlari   abadiy
muzliklar va qorliklar bilan qoplangan bo‘lib, ular bir-biridan nafaqat qiyaliklarini
maydonlarining   kengligi,   balki   tog‘   yonbag‘irlarida   atmosfera   yog‘in-
sochinlarining   yog‘ish   xarakteri   va   miqdori   bilan   ham   farqlanadi.   Shu   sababli
tog‘lar oralig‘ida joylashgan ulkan qiyalik yonbag‘irlarida, cho‘qqilarida va chuqur
vodiylarida   rivojlangan   dasht,   yarim   dasht   va   dasht-o‘rmon   landshaftlar   yerlarida
turli   xil   eroziya   va   deflyasiya   jarayonlariga   chalingan   tuproqlar   uchraydi.   Bu
xildagi   eroziya   jarayonlarini   kelib   chiqishi   tog‘li   qattiq   jinslarning   miqdori,   tog‘
yonbag‘irlarining shakli, o‘pirilib tushgan joylar, yalong‘och maydonlar, cho‘kkan
yerlar,   o‘simliklar   qoplami   bo‘lmagan   toshli   va   shag‘alli   maydonlarning   tuzilishi
bilan bevosita bog‘liq. (20,21,22, va 23 - rasmlar)
Kosmik   axborot   (Andronikov   1974,   1979;   Salishev   va   boshqalar.   1975;
Tojiyev,   Sadriddinov,   Axmedov,   1983;   va   boshqalar)   ulkan   miqiyosdagi
axborotliligi sabab ma’lum hududlarning bir vaqtning o‘zida qamrab olish hisobiga
ko‘pgina   tabiiy   obyektlar   va   jarayonlar,   shuningdek,   tuproqlarda   eroziyalanish
ko‘rinishlari   dinamikasini   o‘rganish   uchun   qimmatli   xaritalash   materiali
hisoblanadi.
Kosmik   foto   ma’lumotlarni   o‘rganish   va   ularni   tahlili   va   an’anaviy   tuproq
eroziyasi   xaritalari   ma’lumotlari   bilan   solishtirish   shuni   ko‘rsatadiki,   kosmik
fototasvirlar   yuksak   darajadagi   axborotlilikga  ega.     Xaritalangan   tuproq  eroziyasi
obyektlari   (konturlar,   ayirmalar)   ularda   fototon,   tekstura   va   tasvir   tuzulmasining
o‘zgarishi,   birikishiga   bog‘liq   holda   aniqlanadi.   Bu   tuproq   qoplamini   aks   ettirish bilan   korrelyatsion   yaqin   aloqaning   miqdori   haqida   guvohlik   beradi   (Tojiyev   va
boshqalar, 1982).
Tog‘li hududlardagi eroziyali xaritalarni tuzishda foto tasvirlarni qo‘llash va
shartli   belgilash   natijalarini   an’anaviy   tuproq   eroziyasi   ma’lumotlari   bilan
solishtirish   natijasida   suvli,   irrigatsion,   jarli   eroziya   va   deflyasiya   jarayonlariga
chalingan  tuproqlarni tasvirlashga obyektiv xolda tasvirlashga imkoniyat beradi.
20 - rasm. Tog‘li jigar tuproqlarda lalmili bug‘doyzorlar va yong‘oqzorlar 21- rasm. Baland tog‘li o‘tloqli va o‘tloqli-dashtli tuproqlar
22 – rasm. Oq-qora rangli kosmik tasvirlar natijalarini fragmentini shartli
belgilash (masshtab 1:500000).
1. kam yuvilgan to‘q bo‘z tuproqlar; 2. o‘rtacha yuvilgan to‘q bo‘z tuproqlar; 3. kuchli yuvilgan to‘q bo‘z tuproqlar; 4. o‘rtacha yuvilgan jigarrang karbonatli; 5.
kuchli yuvilgan jigarrang karbonatli.
23-rasm. Eroziyaga chalingan to‘q tusli bo‘z tuproqlar
24-rasm. Baland cho‘qqilardagi to‘la rivojlanmagan birlamchi to‘proq
fragmenti. Markaziy   Osiyo   janubining   tuproq   eroziyasi   xaritasida   tuproqlarni
bo‘linishlari   bilan   birgalikda   yuvilish,   yuvib   ketish   va   defilyasiyaga   chalingan
uchastkalarni   ham   tasvirlashga   imkoniyat   yaratadi.   Bundan   tashqari,   kosmik
tasvirdagi   fototasvirlarning   tahlili   shuni   ko‘rsatadiki,   ular   jarli   maydonlarning
qalinligi   va   xajmlari   bo‘yicha   qo‘shimcha   xaritalarini   tuzish   uchun   topik   asoslar
sifatida ham foydalanishi mumkin.
Tuproq   eroziyasi   xaritalarini   tuzishda   eng   avvalo,   asosiy   xususiyatlarni
tuproqning eroziyali  jarayonlarini  shartli  belgilash  (bevosita va to‘g‘ridan to‘g‘ri)
bo‘yicha   turli   kosmik   axborotlarda   aks   ettirishni   hisobga   oldik.   Shuning   uchun
ham   tuproqlar   eroziyasini   shartli   belgilashda,   bizning   fikrimizcha,   ularni   kosmik
tasvirlarda   aks   etishini   (to‘g‘ridan   to‘g‘ri   yoki   bevosita)   maqsadga   muvofiq
bo‘lmagan   tarzda   boshqarib   bo‘lmaydi.   Masalan,   agar   shartli   belgilash   sifatida
faqat   fototoni   oladigan   bo‘lsak,   unda   bo‘z   tuproqlar   tarqalgan   hududda   kosmik
tasvirlarni   shartli   belgilashda   to‘q   rangdagi,   unchalik   katta   o‘lchovda   bo‘lmagan
«surkalgan» konturlar ko‘zga tashlanadi.
Fototonga   asoslangan   holda   bu   konturlar   yuvilib   ketmagan   tuproqlarga
kiradi.   Ammo   biz   bu   ishga   fototasvirlarning   bevosita   va   to‘g‘ridan   to‘g‘ri
belgilarini   birgalikda   jalb   qilganimizda   yuvilgan   tuproqlarning   unchalik   katta
bo‘lmagan   maydonlarini   chetlab   o‘tib,   bo‘z   tuproqlar   poyas(kamar)da   to‘q   qalin
qattiq   tog‘   jinslar   yuzaga   chiqishi   kuzatiladi.   Shuning   uchun   kosmik   foto
tasvirlardagi   shartli   belgilashda   belgilarning   to‘g‘ri   tahlilini   faqat   kosmik
tasvirlardagi asosiy andazalar (shkalalar) ni yaratish asosida olish mumkin.
Kosmik   tasvirlardagi   bu   hududlarda   eroziyali   jarayonlarning   bir   necha   tur
yoki   guruhlari   eroziyaning   turli   darajasi   uchun   xarakterli   konturlar   bilan   ajratilib
ko‘rsatiladi.   Masalan,   bu   regionning   janubidagi   (Milvan,   Qoraqum,   Qumjalaqum va   boshqalarning   tabiiy   chegarasi)   kosmik   tasvirlarda   oq   rangda   unchalik   katta
bo‘lmagan konturlar aniq ajratiladi, ularga mustahkam bo‘lmagan qumlar va
deflyatsiya kuchli rivojlangan hududga mos keladi:
a)   o‘rtacha   va   kuchli   eroziyalangan   tuproqlarning   erigan   qor,   jala   va
irrigatsiya suvlari;
b) kam eroziyalangan tuproqlar bilan muvofiq ravishda.
Yuqorida ushbu konturlar bilan yonma-yon turgan kosmik tasvirlarda yaxshi
ko‘rinib   turgan   maydonlar   qumlar   bilan   yarim   holatda   musatahkamlangan   va
deflyasiyalanan   bo‘lib,   kuchsiz   va   o‘rtacha   rivojlangan   hudud   hisoblanadi.   Ular
uchun foto tasvirning och kulrang va kulrang toni xarakterli. Kosmik tasvirlardagi
yarim   mustahkam   qumlar   bir   jinsli   bo‘lmagan   kulrang   aniq   dog‘lar   ko‘zga
tashlanadi.
Kosmik   tasvirlarda   qumli   massivlar   orasidagi   suv   eroziyasi   tufayli   kuchli
shikastlangan,   balandga   ko‘tarilgan   joylar   aniq   ajratib   ko‘rsatiladi.   Bu   qiyaliklar
relyefning   eroziyalangan   manfiy   shakllari   bilan   keskin   kesishgan   bo‘lib,   kosmik
tasvirlarda   aniqlik   bilan   shartli   belgilanadi.   Ko‘rinadiki,   bu   balanliklarda   suv
eroziyasiz   deflyatsiya   jarayonlaridan   ustunlik   etadi.   Janubiy   O‘zbekistonning
markaziy va g‘arbiy qismlari (Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon va boshqalar)
dagi tasvirlarda suv eroziyasi bilan zararlangan maydonlar kosmik tasvirlarda aniq
ko‘rsatiladi. Bu hududda tabiiy antropogenik jarliklar-tor, aniq qoramtir, noaniq
mazmundagi shakllarda ajratib ko‘rsatiladi.
Kosmik   tasvirlardagi   turli   foto   tasvirlar   tahlili   va   foydalanilgan   adabiyot
ma’lumotlari   asosida   sug‘oriladigan  hududlarda,   dastlab   qadimdan  sug‘oriladigan
yerlardagi irrigatsion eroziyalanishning uchta tipi ajratilgan:
-qadimdan sug‘oriladigan kuchsiz eroziyalangan tuproqlar;
-yangidan sug‘oriladigan kuchsiz eroziyalangan va onda-sonda uchraydigan
jarliklar joylashgan tuproqlar;
-sug‘oriladigan eroziyali va ko‘p sonli jarliklar joylashgan tuproqlar;
Tuproqlar   irrigatsion   erozilanishining   birinchi   turiga   Zarafshon,
Qashqadaryo,   Surxondaryo   va   Vaxsh   vodiylari   kiradi.   Bu   yerda   eroziya   kam rivojlangan,   jarliklar   mavjud   emas,   deflyasiya   va   suv   eroziyasi   bir   xil   darajada
ko‘rinadi.   Irrigatsion   eroziyalanishning   ikkinchi   turiga   Vaxsh,   Surxondaryo,
Sirdaryo   terrasalari   yoqasidagi   yerlar   kiradi,   ular   qadimdan   g‘o‘za   va   boshqa
subtropik   qishloq   xo‘jalik   ekinlari   uchun   foydalaniladi.   Uchinchi   guruhga   tog‘lar
orasidagi   (So‘x,   Surxon,   Boysun,   Yovon)   vodiylari   kiradi,   sug‘orish   texnikasi
me’yorida   olib   borilmaganligi   va   buzilganligi   natijasida   ayrim   maydonlarning
kuchli   darajada   yuvilib   ketishi   kuzatiladi.   Kosmik   tasvirlardagi   Bobotog‘,   Hisor,
Zarafshon,   Turkiston   va   boshqa   tog‘   tizmalarining   qiyaliklarida   prolyuvial   va
delyuvial yotqiziqlarda joylashgan bo‘z tuproqlar va tog‘li jigarrang tuproqlar aniq
ajratilib ko‘rsatiladi. Bu tuproqlar obyektiv tarzda o‘zaro ton, rasm, tuzilish, tasvir
bilan   bo‘linadi,   bu   ular   orasidagi   kam,   o‘rtacha   va   kuchli   eroziyalanan
maydonlarni ajratishga imkon beradi.
Jigarrang   tuproqlar   poyas   (kamar)da   tarqalgan   eroziyalangan   tuproqlar
kulrang   va   to‘q   kulrang   ton   bilan   xarakterlanadi.   Ba’zan   bu   bo‘linishlar   orasida
ko‘p   sonly   o‘pqonlar   mayda   oq   ingichka   chiziq   ko‘rinishda   beriladi,   ular   bu
yerlardagi jarli eroziyalanishning tarqalishini ko‘rsatadi. Tog‘li jigarrang tuproqlar
poyas(kamari)da   rivojlangan  tuproqning  kuchli   eroziyalangan   maydonlari   kosmik
tasvirlarda oq chiziqli tasvirning sur rang kulrang tonida aks ettiriladi.
Baland   tog‘li   o‘toqli-dashtli   va   baland   tog‘li   cho‘lli   tuproqlar   ham   turli
darajadagi eroziya bilan zararlangan. Kuchli eroziyalangan tuproq maydonlari ko‘p
hollarda   tog‘li   kuchli   parchalanib   ketgan   hududlarda   joylashgan,   ular   kosmik
tasvirlarda och-kulrang va kulrang tondagi unchalik katta bo‘lmagan uzunlikdagi
chiziqlar va to‘q dog‘lar bilan shartli belgilanadi.
Pomirda   baland   tog‘li   cho‘l   dashtli,   cho‘lli,   dashtli,   zangli,   taqirsimon,
o‘tloqli,   muzli,   o‘tloqli-botqoqli   tuproqlar   va   sho‘rxoklar   joylashgan   (24-rasm).
Ular   genetik   xususiyatlari   va   geografik   arellariga   ko‘ra   kosmik   tasvirlarda   aniq
ajratiladi   va   konturlanadi.   Baland   tog‘li   o‘toqli-botqoqli   tuproq   maydonlaridagi
shamol   eroziyasining   kuchsiz   jarayonlari   kosmik   tasvirlarda   noaniq   tarzda   shartli
belgilanadi. Eroziyalangan   tuproqlar   konturlari   aniqlik   bilan   baland   tog‘li   cho‘l-dashtli,
baland   tog‘li   dashtli,   baland   tog‘li   zangli   tuproqlar   poyas(kamari)da   tasvirlanadi.
Bu   tuproq   guruhlarining   orasidagi   eroziyalangan   maydonlarning   katta   qismi   och
kulrang   va   kulrang   fototonda   ko‘rsatilgan.   Qorako‘l,   Rangko‘l,   Sho‘rko‘l   va
Ko‘tartilko‘l   ko‘llarining   qirg‘oqlaridagi   qumli   tuproqlarda   mikrorelyefning   eol
turlarining   deflyasiya   shakllari   tarqalgan,   ular   kosmik   tasvirlarda   o‘ziga   xos   och
kulrang va oqish rangda va qirrali-dog‘li chiziqlarda ko‘rinadi.
Yuqorida   keltirilgan   kosmik   tasvirlar   sobiq   ittifoq   dasturlari   asosidagi
tavsiyanomalar   (1987)ning   axborot   tahlilidan   kelib   chiqqan   holda   ishning
navbatdagi bosqichini o‘z ichiga olgan 1:2,5 mln masshtabdagi Pomir-Oloy tuproq
eroziyasi   xaritasi   tuzilgan   edi.   Boshlang‘ich   bosqichda   Respublika,   tuman,   va
viloyat   bo‘yicha   tarqalgan   eroziyalangan   defliyatsiyaga   uchragan   tuproq
maydonlarining   barcha   ma’lumotlari   yig‘ilgan   va   tizimlashtirilgan   edi.   Ma’muriy
xaritadagi   eroziyalangan   tuproq   maydonlari   ming   gektarli   joylardagi   har   bir
ma’muriy   rayonlarda   o‘rtacha   va   kuchli   eroziyalangan   va   shamol   eroziyasiga
chalingan   tuproqlar   sifatida   ajratib   ko‘rsatiladi.   Bu   rayonlar   kasr   bilan   yozib
qo‘yildi. Kasrda-%  o‘rtacha va  kuchli  eroziyalangan  tuproqlar, yonida-% kuchsiz
eroziyalangan va deflyatsiyaga uchragan tuproqlar, maxrajda belgi bilan tuproqlar
yuvilishining tipi va darajasi ko‘rsatiladi.
Bu   xarita   dastlab   eroziyalangan   va   deflirovlangan   tuproqlarda   relyef
elementlarining   tarqalish   chegaralarini   belgilash   maqsadida   1:2,5   mln   masshtabli
geomorfologik   xarita   mazmuni   bilan   birgalikda   taqqoslab   ko‘rilgan   edi.   Bu   ish
natijasida 1:2500000 masshtabli tuproq eroziyasi xaritasi tuzilgan edi, unda kasrda-
eroziyalanish tipi va tuproq eroziyalanishining darajasi, maxrajda -tuproqning turi
va tuproq hosil qiluvchi ona jinslarning turlari ko‘rsatilgan.
Bu   hududlarni   tez-tez   yuvilgan,   kam,   o‘rta,   kuchli   va   o‘ta   kuchli
eroziyalangan   tuproqlarning   birikishi   va   majmualari   egallaydi.   Yuqorida   qayd
etilgan sobiq ittifoq metodikasiga muvofiq holda ular  kam yoki  kuchli irrigatsion
eroziya bilan zararlanganlar ayirmalariga kiradi, shuningdek joylardagi shakllanish
va tarqalish shart-sharoitlariga obyektiv holatga mos kelmaydi. Adabiyotlar :
1. Niyozaliev, Otabekov va boshqalar  "Agrokimyodan amaliy
mashg’ulotlar" Toshkent "Mexnat" 1989 y.
2. A Mavlonov, I.CHumachenko, A Abdujalolov "Paxtachilikda
agroximya xizmati" Toshkent, "O’zbekiston" 1978 y.
3. Ф.А.   Юдин.    "Методика   агрохимических   исследований"
Москва. "Колос" 1980 г.
4. Составление  и   использавание  почвенних   карт.  Под  ред
к.с-х. н. А.Д. Кашанского. Москва. Агропромиздат 1987 г.
5. Ю.Федорин, АПонамарева  "Составление  агрохимических
картограмм" Казсельхозгиз, 1964 г. Алма-Ата.
6. Пособие    по    агрохимическому    обслуживанию    хозяств
Казакистана.   Под   обш   ред.   Ю.С   Папенко.   Алма-Ата "Кайнар", 
1977 г

EROZIYALANGAN TUPROQLARNI XARITALASH Reja 1. Eroziyaga uchragan tuproqlarni xaritalash zaruriyati 2. Eroziyaga uchragan tuproqlarni xaritalash jarayoni

Tuproq eroziyasi jarayonini tekisliklar, tog‘li va baland tog‘li sharoitlarda o‘rganish va xaritalash katta ilmiy-amaliy ishtiyoq talab etadi. Respublika yer resurslaridan maqsadli foydalanishning muhim shartlaridan biri turli holatda (suv, irrigatsion, jarli, difelyatsiya) eroziyalangan tuproqlarni tarqalish qonuniyatlarini ko‘rsatish va tasvirlash bo‘lib, bu mavzuli xaritalarning qayta ishlangan asosiy prinsiplari eroziyalangan yerlarda hosildorlikni ko‘tarish yo‘llarini aniqlash hisoblanadi. Pomir va Tyan-Shon tog‘ tizmalarining juda baland hududlari abadiy muzliklar va qorliklar bilan qoplangan bo‘lib, ular bir-biridan nafaqat qiyaliklarini maydonlarining kengligi, balki tog‘ yonbag‘irlarida atmosfera yog‘in- sochinlarining yog‘ish xarakteri va miqdori bilan ham farqlanadi. Shu sababli tog‘lar oralig‘ida joylashgan ulkan qiyalik yonbag‘irlarida, cho‘qqilarida va chuqur vodiylarida rivojlangan dasht, yarim dasht va dasht-o‘rmon landshaftlar yerlarida turli xil eroziya va deflyasiya jarayonlariga chalingan tuproqlar uchraydi. Bu xildagi eroziya jarayonlarini kelib chiqishi tog‘li qattiq jinslarning miqdori, tog‘ yonbag‘irlarining shakli, o‘pirilib tushgan joylar, yalong‘och maydonlar, cho‘kkan yerlar, o‘simliklar qoplami bo‘lmagan toshli va shag‘alli maydonlarning tuzilishi bilan bevosita bog‘liq. (20,21,22, va 23 - rasmlar) Kosmik axborot (Andronikov 1974, 1979; Salishev va boshqalar. 1975; Tojiyev, Sadriddinov, Axmedov, 1983; va boshqalar) ulkan miqiyosdagi axborotliligi sabab ma’lum hududlarning bir vaqtning o‘zida qamrab olish hisobiga ko‘pgina tabiiy obyektlar va jarayonlar, shuningdek, tuproqlarda eroziyalanish ko‘rinishlari dinamikasini o‘rganish uchun qimmatli xaritalash materiali hisoblanadi. Kosmik foto ma’lumotlarni o‘rganish va ularni tahlili va an’anaviy tuproq eroziyasi xaritalari ma’lumotlari bilan solishtirish shuni ko‘rsatadiki, kosmik fototasvirlar yuksak darajadagi axborotlilikga ega. Xaritalangan tuproq eroziyasi obyektlari (konturlar, ayirmalar) ularda fototon, tekstura va tasvir tuzulmasining o‘zgarishi, birikishiga bog‘liq holda aniqlanadi. Bu tuproq qoplamini aks ettirish

bilan korrelyatsion yaqin aloqaning miqdori haqida guvohlik beradi (Tojiyev va boshqalar, 1982). Tog‘li hududlardagi eroziyali xaritalarni tuzishda foto tasvirlarni qo‘llash va shartli belgilash natijalarini an’anaviy tuproq eroziyasi ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida suvli, irrigatsion, jarli eroziya va deflyasiya jarayonlariga chalingan tuproqlarni tasvirlashga obyektiv xolda tasvirlashga imkoniyat beradi. 20 - rasm. Tog‘li jigar tuproqlarda lalmili bug‘doyzorlar va yong‘oqzorlar

21- rasm. Baland tog‘li o‘tloqli va o‘tloqli-dashtli tuproqlar 22 – rasm. Oq-qora rangli kosmik tasvirlar natijalarini fragmentini shartli belgilash (masshtab 1:500000). 1. kam yuvilgan to‘q bo‘z tuproqlar; 2. o‘rtacha yuvilgan to‘q bo‘z tuproqlar; 3.

kuchli yuvilgan to‘q bo‘z tuproqlar; 4. o‘rtacha yuvilgan jigarrang karbonatli; 5. kuchli yuvilgan jigarrang karbonatli. 23-rasm. Eroziyaga chalingan to‘q tusli bo‘z tuproqlar 24-rasm. Baland cho‘qqilardagi to‘la rivojlanmagan birlamchi to‘proq fragmenti.