ETNOPSIXOLINGVISTIKA
ETNOPSIXOLINGVISTIKA Reja: 1. Etnopsixolingvistikaning ob y ekti va predmeti 2. Etnopsixolingvistikaning nazariy asoslari 3. Kommunikatsiyaga lingvo-kognitiv yondashish 4. Madaniyatlararo muloqot
1. Etnopsixolingvistikaning ob y ekti va predmeti Etnopsixolingvistika psixolingvistika negizida vujudga kelgan ilmiy tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlaridan biridir. Etnopsixolingvistika integrativ xarakterga ega bo‘lib, u psixologiya, lingvistika, sotsiologiya va madaniyatshunoslik fanlarining kesishmasida yuzaga kelgan. Etnopsixolingvistika mustaqil fan sifatida hali to‘liq shakllanib ulgurmagan bo‘lsa-da, uning yaqin kelajakda o‘z maqomiga ega bo‘lishi shubhasizdir. Etnopsixolingvistika – turli madaniyatlardagi lisoniy shaxslar nutqiy muomalasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadigan fan . N utqiy faoliyatda muayyan an’analar bilan bog‘liq bo‘lgan muomala elementlarining qanday paydo bo‘lishini, turli til egalarining verbal va noverbal muloqotidagi farqlarni o‘rganadi. Nutqiy etiket va “dunyoning rangli manzarasi”ni, turli xalqlardagi ikki tillilik va ko‘p tillilik hodisalarini tadqiq etadi. Etnopsixolingvistikaning obyekti milliy diskurs sharoitidagi nutqiy hodisalar yoki nutqiy vaziyatlar majmuyidan, uning predmeti esa milliy diskursning o‘ziga xos xususiyatlarini ta’minlaydigan barcha omillar majmuyidan iborat. Diskurs – verballashgan nutqiy, fikrlash faoliyati bo‘lib, u matnlar majmuyini namoyon etadi. Diskurs – bu hayotga o‘girilgan matn, kognitiv va kommunikativ funksiyalarni o‘z ichiga olgan, real madaniy kommunikativ vaziyatlarni qayd qilgan nutqiy asar. “Diskurs” termini 1970-yillarning boshlaridan dastlab “funksional stil” terminiga sinonim sifatida qo‘llanila boshlagan. Keyinchalik ingliz-sakson tilshunoslari Van Deyk va Kinchlar diskurs ostida faqat matnning mavjudligini emas, balki bu mavjud tizim ortida turgan, birinchi navbatda butun grammatikani tushunishni taklif qilishgan. Diskursning elementlari (Demyankovga ko‘ra): 1) bayon qilingan hodisalar (matnning o‘zi); 2) ishtirokchilar; 3) “hodisa bo‘lmaganlik”;
a) hodisa bilan birga bo‘ladigan holatlar; b) hodisani izoh lovchi fon; v) hodisaga ishtirokchilarning bahosi; g) hodisalar bilan diskurga taalluqli bo‘lgan informatsiya. Shunday qilib, matn haqida gap ketganda diskursning ichki tuzilishi nazarda tutiladi; diskurs haqida gapirilganda esa nutqiy asarning lisoniy tafakkur, nutqiy kontekst, so‘zning nolisoniy tomonlari bilan aloqasiga diqqat jalb qilinadi 1 . Etnopsixolingvistika quyidagilarni tasvirlash va tavsiflashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi: 1) milliy tilning milliy mental-lingvo majmua sifatida aks ettiradigan o‘ziga xos funksiyasi; 2) muayyan milliy-lingvomadaniy hamjamiyat vakillarining kommunikativ, xususan, nutqiy muomalasining o‘ziga xosliklari; 3) milliy diskursning o‘ziga xos jihatlari va uning milliy-madaniy xususiyatlarini belgilaydigan omillar. Etnopsixolingvistika quyidagi masalalarni tadqiq etadi: - diskursning universal va milliy o‘ziga xos jihatlarini belgilash; - diskursning milliy-madaniy tarkibini tadqiq etish; - diskursning milliy-madaniy o‘ziga xosligini ta’minlovchi omillarni aniqlash va ularni tasniflash; - olamning milliy manzarasini aks ettirdigan o‘ziga xos jihatlarni tasvirlash; - madaniyat kodlari va etalonlarini aniqlash va tasvirlash va h.k. 2. Etnopsixolingvistikaning nazariy asoslari Etnopsixolingvistika asoslanadigan nazariy ta’limotlardan biri Sepir- Uorfning “Lingvistik nisbiylik nazariyasi”dir. Mazkur faraz 1930-yillarda E. Sepirning g‘oyalari asosida B.Uorf tomonidan ilgari surilgan. Ushbu farazga ko‘ra, insonlar olamni o‘z ona tillari vositasida turlicha ko‘rishadi. Tilda aks ettirilgan olamgina mavjud. Modomiki, har bir til borliqni o‘ziga xos usullar bilan aks ettirar 1 Кавинкина И.Н. Психолингвистика. Пособие для студентов педагогических специальностей высших учебных заведений. –Гродно: ГрГУ, 2010. –С.136-137.
ekan, unda tillar bir-biridan o‘zining “olamning lisoniy manzarasi”ga ko‘ra farqlanadi. E. Sepir va B.Uorfning gipotezasida quyidagi asosiy masalalar ajratiladi: 1. Til unda so‘zlashuvchi xalqning tafakkur usuli bilan bog‘liqdir. 2. Olamni bilish usuli sub y ektlarning qanday tillarda fikrlashiga bog‘liqdir 2 . Etnopsixolingvistika shug‘ullanadigan masalalardan biri tafakkur (lisoniy tafakkur) va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatdir. Ma ’ lumki, har bir xalqning dunyoni bilishi, dunyoni tushunishi asosida o‘zining predmetlik ma ’ nolari, ijtimoiy stereotiplari, kognitiv sxemalari sistemasi yotadi, insonning tafakkuri har doim etnik jihatdan shartlangan bo‘ladi (A.A.Leontev). Etno- ijtimoiy-madaniy omil ko‘pincha fikrni shakllantirish va ifodalash usulining milliy-etnik o‘ziga xosligi bilan aniqlanadi (I.A.Zimnyaya). Mazkur jarayon ko‘p hollarda “g‘ayriixtiyoriy” xarakter kasb etadi, binobarin, tafakkur sistemasining o‘zi etnik stereotiplar muomalasi bilan aniqlanadi va har bir alohida madaniyat egasi tomonidan tushunib yetilmaydi, ya’ni mazkur milliy-lingvo-madaniy hamjamiyatning jamoaviy g‘ayriixtiyoriyligiga tegishli bo‘ladi. Biroq aynan ana shu tafakkurning muayyan sistemliligi yoki olamning obrazi u yoki bu hamjamiyat vakilining muomalasiga ta ’ sir qiladi va uni aniqlab beradi (N.V.Ufimseva) . Tafakkurning mavjudligi shaxsning o‘ziga xos belgilaridan biridir. Shaxs esa ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda shakllanadi. Shunday ekan, tafakkur shaxsni shakllantirgan o‘sha jamiyatning farqli jihatlarini o‘zida aks ettirmasligi mumkin emas 3 . Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. “Madaniyat” tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‘zbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‘ziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo‘llaniladi. Tor ma’noda 2 Уорф Б. Л. Отношение норм поведения и мышления к языку // Новое в зарубежной лингвистике. –М., 1960. –Вып. 1. –С. 174. 3 Красных В.В. Этнопсихолингвистика и лингвокультурология. Лекционный курс. –М.: Гнозис, 2002. –С. 16-17.
“madaniyat” termini kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. Madaniyat – me’yorlar, qadriyatlar, ideallar, namunalarning yo‘l-yo‘riqlari va ko‘rsatmalari sistemasiga asoslangan subyektlar faoliyatining barcha shakllari majmuyi, u boshqa madaniyatlar bilan o‘zaro aloqada yashaydigan jamoaning meros qilib olgan xotirasi. Madaniyat me’yori irsiy meros qilib olinmaydi, balki o‘rganish orqali o‘zlashtirib boriladi. Shuning uchun milliy madaniyatni egallash katta aqliy va irodaviy kuch talab qiladi. Ko‘rinadiki, madaniyat ong, muomala stereotiplari, belgilar va ma’nolar sistemasi, ya’ni til bilan chambarchas bog‘liqdir. E.Sepirning ta’biri bilan aytganda: “Jamiyatni nima qilishi va nimani o‘ylashiga qarab madaniyatni, qanday o‘ylashiga qarab esa tilni aniqlash mumkin”. Turfa madaniyat vakillari bo‘lgan turli etnoslarning lisoniy dunyosi bir- biridan farq qiladi. Buni quyidagi assotsiativ eksperiment misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Masalan, OQ stimul so‘ziga ruslarning aksariyati QOR reaksiyasini berishgan. O‘zbeklar uchun oq rangni ifodalashda PAXTA, qozoqlar uchun esa SUT “etalon” bo‘lib xizmat qilgan. SARIQ so‘zi ruslar, beloruslar va ukrainlar uchun birinchi galda KUZ YAPROG‘Ini, shuningdek, MOMAQAYMOQ (ruslarda), QUM (belaruslarda) va KUNGABOQARni (ukrainlarda) assotsiatsiyalab kelgan. Fransuzlar SARIQ so‘ziga OLTIN va TUXUM SARIG‘I, amerikaliklar YOG‘ni reaksiya so‘z sifatida keltirishgan 4 . Xullas, etnopsixolingvistika tilning insonlar tafakkuriga ta’siri hamda tilda tafakkur va muomala milliy xususiyatlarining aks etishi masalalarini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi. 3. Kommunikatsiyaga lingvo-kognitiv yondashish Kommunikatsiyaga l ingvo-kognitiv yondashishda o‘z nomidan k o‘rinib turganidek muloqotning nafaqat lingvistik, balki kognitiv jihatlari ham tahlil qilinadi. Lingvo-kognitiv yondashishda kommunikatsiyaning ikki asosiy tomoni: 4 Кавинкина И.Н. Психолингвистика. Пособие для студентов педагогических специальностей высших учебных заведений. –Гродно: ГрГУ, 2010. –С. 161.