logo

Falsafiy tafakkur tarakkiyot boskichlari Garb falsafasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

95.9423828125 KB
Falsafiy tafakkur tarakkiyot boskichlari:Garb falsafasi
Reja:
1.Kadimgi   Yunon-Rim   falsafiy   maktabi.Antik   falsafada   Demokrit,geraklit
Aflotun va Arastu ta’limotlari.Ellinizm davri falsafasi
2.Xristianlik va Avriliy avgustin falsafiy ta’limotining vujudga kelishi
3.Ilk   urta   asrlar     falsafiy   tafakkur   rivojida   apologetika   ,   patiristika   va
sxolastika.Nominalizm va realizm. 
4. Garb uygonish davri va falsafiy tafakkurining rivojlanish xususiyatlari
5.Yangi   va   eng   yangi   davr   falsafasining   ustuvor   iyunalishlari   va   asosiy
muammolari. XVIII asr Yevropa falsafasining ma’rifiy xususiyatlari
6.   XX-XXI   asr   Garb   falsafasining   okimlari   va   ta’limotlar   xamda   Garb
faylasuflari ijodida fan falsafasining rivoji. Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir.
Bu   davrdagi   falsafiy   qarashlar   antik   davr   falsafasi   deb   yuritiladi.   Unda   Milet
falsafiy  maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arju va boshqalarning  falsafiy, tabiiy-
ilmiy, ijtimliy-axloqiy ta’limotlari o‘rganiladi.
Qadimgi Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlareramizdan avvalgi VII-VI
asrlar   o‘rtasida   Milet   shahrida   yuzaga   kelgan   va   rivojlangan.   Milet   maktabi
vakillari  Fales, Anaksimandr, Anaksmenlardir. Uning asoschisi  Fales (er.av. 624-
547   yillar)   o‘z   davrining   yetuk   siyosiy   arbobi,   jo‘g‘rofi,   faylasufi   bo‘lgan.   Fales
ta’limotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism  va hodisalar  dastlabki  ibtido-suvdan
paydo bo‘lgan va yana suvga aylanadi hamda bu moddiy birlik doimo o‘zgarishida
bo‘ladi.   Anasimandr   (Falesning   shogirdi)   (er.av.   610-546   yillar).   U   «Tabiat
haqida»   asarini   yozgan,   biroq   asar   bizgacha   yetib   kelmagan.   Fales   olamning
asossiga suvni qo‘ygan bo‘lsa, Anaksimandr dunyo cheksiz, gazsimon apeyrondan
iborat deydi.
Anaksimandrning fikricha, xamma narsa apeyrondan kelib chikadi va ma’lum
bir   vaktda   apeyronga   kaytadi.   Apeyronning   doimiy   xarakat   qilib   turishi,
Anaksimandrning   fikricha,   qarama-qarshiliklarning   kelib   chiqishi   tufayli   bo‘ladi,
buning   natijasida   bir   xil   narsalar   paydo   bo‘lib,   boshqalari   yo‘qolib   turadi.
Dunyodagi   bu   narsalarning   mavjudligi   hech   qanday   xudolarning   ta’siriga   muhtoj
emas.   Anaksimandr   qadimgi   Yunoniston   fanida   odamning   paydo   bo‘lishini
isbotlashga   uringan   olimlardan   biri   bo‘lib   hisoblanadi.   Uning   fikricha   hayvonlar
dunyosi   qurib   qolgan   dengiz   ostida   paydo   bo‘lib,   birinchi   hayvonlar   suvda
yashyaganlar   keyinchalik   qirg‘oqqa   chiqqanlar,   odamlar   esa   baliqlardan   paydo
bo‘lgan.
Milet   maktabining   keyingi   vakili   Anaksimen   (er.oldin   585-525   yillar)
hisoblanadi.   Anaksimen   Anaksimandrning   shogirdi   bo‘lib,   uning   mavhum
materiyasi   «apeyron»dan   yanyada   konkret   materiya   formasiga   –   havoga   qaytadi.
Anaksimenning fikricha, butun narsalar doimiy harakatdagi havodan paydo bo‘lib
va   yanya   havogv   qaytib   turadi.   Siyraklashib,   suyuqlashib   ketgan   havo   olovga,
suyuqlashib   ketgan   havo   esa   yerga,   toshga   aylanadi.   Havo   Anaksimenning fikricha,   sovuqdan   suyuqlashib   va   issiqdan   quyuqlashib   turadi.   Uning   fikricha,
xudolarning   o‘zlari   moddadan-havodan   kelib   chiqib,   kosmik   o‘zgarishlar
xudolarning ta’siri bilan emas, balki moddaning doimiy o‘zgarishi natijasida paydo
bo‘ladi.   Qadimgi   Yunonistonning   efera   shahrida   (er.av.   544-583   yillar)   Geraklit
degan   faylasuf   yashagan.   U   qadimgi   Yunonistondagi   stixiyali   dialektikaning
asoschisi bo‘lib hisoblanadi. 
Geraklit miletchilar singari dunyoning boshlang‘ich asosi deb konkret modda
–   olovni   oladi.   Geraklitning   fikricha,   dunyo   qonuniy   ravishda   alangalanib   va
so‘nib turuvchi olovdir. «Hamma narsadan tarkib topgan dunyoni, - deydi Geraklit,
-   xudolardan   ham   hech   biri   yaratmagan,   dunyo   qonuniyat   bilan   so‘nadi,   abadiy
tirik   olov   bo‘lib   kelgan,   hozir   ham   shunday   va   bundan   keyin   ham   shunday
bo‘lajak».
Geraklit ta’kidlaganidek: «Hamma narsa mavjuddir va ayni zamonda mavjud
emasdir,   chunki   hamma   narsa   oqib   turadi,   hamma   narsa   doimiy   bo‘lish   va
yo‘qolish jarayonidir».
Geraklit   o‘zining   «hamma   narsa   oqib   turadi,   ammo   hamma   narsa   doimo
o‘zgarib   turadi»   degan   dialektik   fikri   bilan   dunyoni   oqib   turadigan   daryo   bilan
taqqos   qiladi.   Geraklit:   «oqib   turgan   daryoga   ikki   marta   tushib   bo‘lmaydi»,   -
deydi.   Daryo   oqib   turishi   tufayli,   har   bir   tushganimizda   unda   yangi   suvlar   oqib
turadi.   Geraklitning   fikricha,   tabiatning   doimiy   o‘zgarib   turishining   sababi   –
narsalarning ichki qarama-qarshiliklaridir.
«Hamma   narsa   kurash   orqali   maydonga   keladi»-   deydi   Geraklit.   Uning
fikricha,   qarama-qarshiliklar   o‘zaro   kurash   holatida   bo‘lib   turganlari   holda,   bir-
birlariga o‘tib turadilar. 
Geraklitning   fikricha,   doimiy   o‘zgarish,   harakat   va   o‘zaro   qarama-qarshi
tomonlarga   o‘tish   –   jismlar   sifatining   nisbiyligi   bilan   bog‘liq.   Masalan,   Dengiz
suvi inson ehtimoli uchun yaroqsiz bo‘lsa baliqlar uchun ayni muddaodir. 
Geraklitning   fikricha   bilish   jarayoni   kishi   sezgi   organlari   orqali   olingan
tasavvurlardan boshlanib, tafakkur orqali takomillashadi. Pifagor (er.av. 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashyab o‘tgan.
U   qadimgi   yunonistonda   diniy-mafkuraviy   falsafiy   maktab,   ya’ni   pifagorchilikka
asos   solgan.   Pifagor   o‘zining   siyosiy   qarashlari   tufayli   podsho   Polikret   bilan
chiqisha   olmagan.   Va   Samosni   tark   etib,   janubiy   Italiyaga   ko‘chib   ketgan,   o‘sha
yerda   o‘z   uyushmasini   tashkil   etgan.   Uningcha,   dunyoni   bilish   jarayoni,   avvalo,
raqamlarni   bilishdan   boshlanishi   kerak.   Pifagorchilarning   ta’limotiga   ko‘ra,
olamning   asosida   modda   ham,     tabiat   ham   emas,   balki   ideallashgan   raqamlar
yotadi,   narsa   va   hodisalar   aynan   ana   shu   raqamlar   mahsulidir.   Pifagorchilar
birinchi   bo‘lib   yunonistonda   tabiatdagi   narsa   va   hodisalarni   izohlashda   miqdor
kategoriyasini   ilgari   suradi.     Pifagor   zodagonlar   oilasiga   mansub   bo‘lgani   bois
aristokratiyani   himoya   qilgan.   U   tartib   to‘g‘risidagi   ta’minotni   yaratib,   faqat
aristokratlar o‘rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rol o‘yonaydi, degan. Uning
fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir.
Yeley   falsafiy   maktabi   namoyandasi   Ksenofakt   (er.av.     VI-V   asr)   shoir   va
faylasuf   bulgan.   U   Kichik   Osiyoda   dunyoga   kelgan.   Ilim   olish   maqsadida
Yunonistonga,   janubiy   Italiyaga   sayohat   qilib,   umrining   so‘nggi   yillarini   eley
shahrida o‘tkazgan. Tarixchi  Diogen Laertskiyning yozishicha,  ksenofont  «Tabiat
haqida» asarlarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan,
xolos.   U   ko‘p   xudolika   hamda   insonlarga   xos   sifatlarni   hayvonlarga,   o‘simlik
dunyosiga   dahldor   deb   biluvchi     ta’limotga   qarshi   chiqib   ltfologiyani   rad   etishga
harakat qilgan. Uning falsafiy ta’limotiga ko‘ra, tabiat- o‘zgarmas va harakatsizdir,
«hamma   narsa   yerdan   unib   chiqadi   va   pirovardida   yana   yerga   qaytadi»,   «biz
hammamiz   yerdan   tug‘ilganmiz   va   yerga   aylanamiz.   Ksenofont   qadimgi     yunon
faylasuflaridan   birinchi   bo‘lib   bilishning   imkoniyati   va   chegarasi   haqida   fikr
yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining rivojiga  turtki bo‘ldi. 
Qadimgi   yunon   madaniyatida   sofistlar     falsafasi   katta   o‘rin   tutadi.   Sofistlar
antropologiya   (inson   haqidagi   fan)   va   gnoselogiya   (bilish   to‘g‘risidagi   fan)
muamolari   bilan   щ ug‘ullangan.   Sofistlar   yangi   kasblarning   mohir   ustalari,   yani
o‘qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat   bo‘lib,   haqiqat,   osoyishtalik,   adolat   o‘rnatishga   xizmat   qilgan.   Ularning
talimoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ko‘rsatgan.
Afinaning   buyuk   faylasufi   Suqrot   (er.   av.   469-399   yillar)   avvalo   sofistlar
shogirdi bo‘lib, keyinchalik ularning asosiy nuqtai nazarlarini qattiq tanqid qiladi. 
Odam   nima,   uning   ongi   nima?   Degan   savolga   javob   axtarish   Suqrot
faoliyatining asosida yotadi. «O‘z-o‘zingni angla!» Suqrotning  yeng sevgan shiori
edi.   U   ongning   nafaqat   subektiv,   balki   obektiv   mazmunga   ega   ekanligini
isbotlamoqchi bo‘ldi, buni u aql deb atadi. Aql yesa faqat individual fikirlargagina
ega bo‘lib qolmasdan,  yalpi umumiy, barcha uchun majburiy bilimni  ham taqozo
etadi.   Binobarin,   bahs   vositasi   ilk   birgalikda   haqiqatni   izlash   kerak,   deydi   u.
Adolat   nima   ezgulik   nima,   eng   yaxshi   davlat   qurulishi   nima,   degan   savollarga
javob berishga intiladi. 
Suqrot   tadqiqotlari   markazida   xuddi   sofistlar   singari   inson   hayoti,   uning
jamiyatdagi   o‘rni   va   maqsadi   hamda   adolatli   ijtimoiy   tuzim   muammosi   turadi.
Falsafa   ezgulik   va   yovuzlikni   aglav   olishda   odamlarga   yordam   berishi   kerak   deb
xisoblaydi.   U   axloqsizlik   amalda   haqiqatni   bilmaslik   natijasidir,degan   xulosaga
kelgan.Suqrotning  shogirdi Aflotin (er.av.428-347-yillar  jahon falsaafaasi tarixida
o‘chmass iz qoldirgan buyuk allomadir.
Aflotin falsafasi g‘oya asosida g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limot yotadi. Aflotun
narsalarining   dastlabki   asosini   g‘oya   tashkil   qiladi,   sezgilar   orqali   qabul
qilinadigan narsalar esa, g‘oyalar dunyosining soyasidir, deb ta’lim beradi. 
Aflotun   bir-biridan   ajralgan   ikki   dunyo   g‘oyalari   va   narsalar   dunyosi   bor,
odamlar   ham   narsalar   dunyosida   ya щ aydilar,deb   ta’lim   beradi.   Aflotun
fikricha,g‘oyalar,   doimiy,   o‘zgarmaydi,   real   borliqqa   ega;   sezgiorganlarimizda
ifodalangan   narsalar   esa   paydo   bo‘lib   yo‘qolib   turi щ lari   tufayli   doimiy
o‘zgaruvchan   emasdirlar.   Uning   fikricha,eng   oliy   g‘oya-bu   xudo   to‘g‘risidagi
g‘oya. Aflotuning bu fikirlari idealizm bilan din o‘rtasidagi bog‘lanishning yaqqol
ifodasidir.   Uning   aytishicha,   sezgi   organlarimiz   orqali   olingan   g‘oyalar   dunyosi
to‘g‘risidagi bilimgina haqiqiy bilim bo‘la oladi. Aflotun o‘zining bilish nazariyasi
asosiga   doimiy   g‘oyalar   va   o‘tkinchi   narsalar   dunyosini   qo‘yishi   tufayli,   bilim- g‘oyalar   orqali,   tasavvur   narsalar   orqali   bo‘ladi,   deb   tushuntiradi.   Shuning
natijasida  Aflotun  sizgi  organlarimiz  orqali  olingan  tasavvurlarni  bilim   sohasidan
chiqarib   tashlab,   sezgi   organlarimiz   bilan   bog‘liq     «bo‘lmagan»   abstrakt
tafakkurgagina   haqiqiy   bilim   bera   oladi,   deb   hisoblaydi.   Aflotun   abstrakt
tafakkurni sezgilarga bog‘liq bo‘lmagan, g‘oyalar dunyosida yashovchi ruhni kishi
tamonidan «eslash» jarayoni natijasida, deb tushuntiradi. Aflotun jamiyat va davlat
to‘g‘risidagi   ta’lumoti   uning   dunyoqarashida,   markazi   o‘rinlardan   birini   tashkil
etadi. U faqat antik davr falsafasi – antologiya va gnoseovogiyaning klassigi bo‘lib
qolmay,   mumtoz   antik   siyosiy   nazariya   va   pedogikaning   bilimdoni   ham   bo‘lgan.
Aflotun   ijtimoiy-siyosiy   masalalarga   doir   «Davlat»,   «Qonunlar»,   «Siyosat»   va
«Kritiy»   nomli   asarlar   yozib   qoldirgan.   «Davlat»   asarida   jamiyat   haqida,   uning
ideal   siyosiy   tuzumi   to‘g‘risidagi   qarashlarini   markaziy   ta’limoti-g‘oyalar
nazariyasi   bilan   uzviy   bog‘liq   holda   ilgari   surgan.   Uning   fikricha,   davlatning
to‘rtta   shakli   mavjud:   teokratiya;   oligarxiya;   demokratiya;   tiraniya.   Aflotunning
ideal   davlat   to‘g‘risidagi   orzulari   negizida   adolat   g‘oyasi   yotadi.   Aflotun
aytganidek,   jamiyat   barcha   a’zolarining   odil   jamiyatdagi   qonunlarga   bo‘ysunishi
ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. 
Qadimgi   Yunoniston   olimlari   ichida   eng   ko‘zga   ko‘ringan   mutafakkirlardan
yana   biri   Arastu   (er.   avv.384-322   y   )   edi.   Arastu   20   yil   Aflotun   akademiyasida
ta’lim olib, uch yil mobaynida Iskandar Zulqarnaynning ustozi bo‘lib xizmat qildi.
Iskandar Zulqarnayn podsho bo‘lib , Sharqqa yurish qilishi bilanoq Arastu Afinaga
qaytdi. Bu yerda u Aflotun akademiyasi bilan birgalikda o‘zining «Likkey» nomli
falsafa maktabini tuzdi va shu davrda o‘zining asosiy ilmiy asarlarini yozadi. 
Falsafani   borliqning   umimiy   xususiyatlari   to‘g‘risidagi   fan   hisoblab,   unga
«birinchi falsafa» deb nom beradi (keyinchalik «meta-fizika»deb yurgiziladi. 
Falsafaga   doir   «Metafizika»,   tabiiyot   bilimlariga   doir   «Fizika»   va   jamiyat
hayotiga doir «Davlat», «Siyosat» Arastuning asosiy asarlari hisoblanadi.
Arastu   zabardast   olim   bo‘lib   mantiq,   psixologiya,falsafa,   ahloq,   notiqlik
san’ati, tabiiy fanlar bo‘yicha o‘lmas bebaho asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha
asarlari   borliqni   o‘rganishga   qaratilgan.   Mantiqqa   oid   asarlarning   barchasini “Organon”  (“ N urol”)  nomli   asariga  jamlagan.   Faylasuf   barcha   fanlarni  ikki   turga
nazariy   va   amaliy   fanlarga   bo‘lgan.   Amaliy   fanlar   shogirdlarga   yo‘l   yo‘riq
ko‘rsatishga ,biror bir   foydali ishni amalga   yo‘naltirilgan. U nazariy fanlarni uch
qismga falsafa (metofizika) ,matematika va fizikaga ajratilgan.
Faylasuf  ta’limotiga ko‘ra, amaldagi  narsa va  hodisalar    to‘rtta sababga  ega.
Bular moddiy sabab, ya’ni modda (materiya) ,shakliy sabab yoki shakl, yaratuvchi
sabab, piravar sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha,
harakat   manbaidir.   Masalan,   ota   va   bolaning   ulg‘ayishiga   sababchidir.   Arastu
piravar   sabab   (maqsad   sabab)   vositasida   insonga   hos     bo‘lgan   maqsadlarni   tabiat
xodisalariga   ham   tatbiq   etmoqchi   bo‘lgan.   Harakat   olam   singari   abadiydir.   Ayni
paytda,   olam   o‘zining  abadiy   sababi,   ya’ni   harakatlantiruvchikuchiga   ega.  Arastu
Aflotunning   bilish   bu   g‘oyaalar   dunyosidagi   o‘lmas   ruxni   eslanishi   degan
qarashini   tanqid   qilib,   dunyoni   bilish   mumkinligini   e’tirof   etadi.   u   bilishning
manbaini tabiatni  o‘zidan, obektiv borliqda kuradi. Bilish jarayonida u sezgilarga
katta   urin   beradi,   seegilar   orqali   olingan   hissiyotlar   obektiv   mavjud   bo‘lgan   va
hodisalarning obrazi, deb hisoblaydi.
Arastuning   jamiyat   va   davlat   to‘g‘risidagi   ta’limoti   “Davlat”   “Siyosat”   kabi
asarlarida   bayon   etilgan.   Uning   fikricha,   davlat   boshqaruvi   jamiyat   erkin   va
farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim.
Bu   davrning   eng   ko‘zga   ko‘ringan   mutafakkirlari   Levkipp   va   Demokritdir.
Levkipp   (er.av.500-440   yillar)   qadimgi   Yunoniston   falsafasida   deyarli   birinchi
marta atomistik qarashlarni olg‘a surdi. Uning ta’limoti bo‘yicha dunyodagi butun
narsalar   juda   mayda   bo‘linmaydigan   moddiy   narsalardan,   atomlardan   («atomas»
grek   tilida   «bo‘linmaydigan»)   iborat.   Bundan   tashqari,   Levkipp   dunyodagi
narsalarning   paydo   bo‘lishi,   yo‘qolishini   ma’lum   zaruriyat   va   sababiyat   bilan
bog‘laydi.
Qadimgi   Yunoniston   falsafasi   tarixida   yangi   yo‘l   ochgan   buyuk   olim
Demokrit   (er.av.460-370)   yillar.   U   Misr,   Hindiston   va   Bobil   kabi   mamlakatlarga
sayohat   qilib,   bu   mamlakatlar   olimlarining   ta’limotlarini   o‘rgandi.   Demokrit   o‘z
davrining   butun   ilmiy   boyligini   o‘zlashtirgan,   har   tmonlama   keng   bilimli faylasuflardan edi. Demokrat ham Levkipp singari dunyoning moddiyligini e’tirof
qiladi   va   uning   atomistik   ta’limotiga   tayanadi.   Demokrit   dunyoning   birinchi   va
dastlabki asosini atomlar va bo‘shliq tashkil qiladi, deb ta’lim beradi.
Demokritning   fikricha,   atomlar   ko‘zga   ko‘rinmaydigan   mayda,   moddiy
bo‘lakchalardani   iborat   bo‘li,   tabiatdagi   butun   narsalar,   shu   jumladan,   odamlar
ham   shu   atomlardan   tarkib   topganlar.   Demokrit   harakatni   atomlarning   o‘zlariga
xos   xususiyati   dem,   harakatning   realligini   e’tirof   qiladi   va   materiya   bilan
harakatning  ajralmas,   bir-biriga  bog‘liq  ekanligini   ko‘rsatadi.   Demokrit   olamning
cheksiz   dunyolardan   iborat   ekanligini   va   biz   yashab   turgan   yer   koinotdagi   bir
kichkina   sayyora,   deb   hisoblaydi.   Uning   fikricha,   olam   «buyuk   bo‘shlik»   bo‘lib,
cheksiz   fazoda   atomlarning   bir-biri   bilan   to‘qnashishi   turli   dunyolarni   keltirib
chiqaradi.
Demokrit   tasodifiyatni   inkor   etgan.   U   «na   tabiatda,   na   jamiyatda   hech   bir
narsa tasodifan paydo bo‘lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida
ahloqiy   ta’minot   muhim   o‘rin   tutadi.   Uning   bu   boradagi   qarashlari   bilan   uzviy
bog‘liqdir. Davlat manfaatlari qolgan barcha narsalardan ustun turmog‘i lozim.
Me’yor,   deydi   faylasuf,   axloqning   tabiat   insonlarga   in’om   etgan   kuch   va
qobiliyatga  mos kelishidadir. Donolik uchta hosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi
so‘zlash;   yaxshi   harakat   qilish.   Uning   ta’limoti   bugungi   kunda   insonlarni   axloq-
odobga, diyonatga da’vat etadi.
Antik   davrning   faylasufi   epikur   ( er . av .241-270   y .)   edi .   Epikur   afinada
o‘zining   filosofik   maktabini   ochib,   Demokrit   tarafdori   edi,   uning   atomistik
ta’limotlarini olg‘a suruvchi sifatida maydonga chiqda.
Yepikur   falsafaning   asosiy   vazifasi-kishilarga   baxtiyorlikka   erishish   yo‘lini
ko‘rsatishdan iborat, deb tushintiradi.   Uning   fikricha ,   kishi   baxtiyor   bo‘lish   uchun
tabiat   va   uning   qoniniyatlarini   o‘rganishi   lozim . Shunga asoslanib, u o‘z falsafasini
uch qismga: fizikaga, kanonika yoki logika va etikaga bo‘ladi.
Ye pikur   o‘zining   bilish   nazariyasida   sezgilarga   katta   ahamiyat   berib ,   ularni
bilishning   birdan - bir   manbai ,  deb   hisoblaydi Ye pikur   ta’limotini   rimlik   Lukresiy   Kar   ( ev . av .99.55   yillar )   davom   ettirgan .
U   «Narsalarning   tabiati   to‘g‘risida»   nomli   asari   bilan   mashhur   bo‘lgan.
Yashashdan   maqsad,   deb   yozgan   Lukresiy,   baxtli   hayotl   kechirishdan   iboratdir.
Jamiyat   ham,   huddi   tabiat   singari,   o‘z   qonunlariga   ega   hamda   tabiat   qonunlariga
tayangan   holda  rivoj   topadi,   deydi   u.   Uning  falsafiy   qarashlari   o‘z  davri   va  o‘rta
asr falsafasiga ta’sir ko‘rsatgan.
Uning   fikricha ,   modda   ( materiya )   –   abadiy ,   bir   holatdan   ikkinchi   holatga
o‘tib ,   shaklini   o‘zgartirib   yashash - uning   xossasi . Odamdagi barcha narsalar ikkiga
– oddiy va murakkab turga bo‘linadi. Lukresiy Kar atom harakatining uchta turini
sanab   o‘tgan.   Bular-narsalarning   og‘irlikka   ega   bo‘lgani   uchun   to‘g‘ri   chiziqli
harakati,   narsaningo‘zicha   og‘ish   harakati,     narsaga   turtki   bo‘lgan   asosga
qaratilgan   harakat.   Lukresiy   nazariyasi   mohiyatan   sodda   bo‘lsa-da,
tabiatshunoslikka ulkan ta’sir ko‘rsatgan.
Yevropada   qadimgi   Yunon   va   Rimdan   o‘rta   asrlar   falsafasigacha,   ya’ni
miloddan ilgari 1 asrdan XIV asrigacha, bir yarim ming yil  davomida bir qancha
oqimlar paydo bo‘ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko‘rish
falsafasida ikki xil jarayonni ko‘rish mumkin: 1. Xristianlikning shakllanib davlat
dini   va   mafkurasiga   aylanishi;   2.   O‘rta   asrlarga   kelib   inkvizisiyaning   ustivor
yo‘nalishga   aylanishi.   Gnostika,   apologetika,   partistika,   realizm,   nominalizm   va
boshqa oqimlar o‘ta davr falsafasining qiyofasini belgilaydi. 
2-masala . Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan o‘rta asrlar falsafasigacha,
ya’ni   miloddan   ilgarigi   I   asrdan   milodning   XIV   asrigacha,   bir   yarim   ming   yil
davomida bir qancha oqimlar paydo bo‘ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki
xil   jarayonni   ko‘rish   mumkin:   1.   Xristi-anlikning   shakllanib   davlatdini   va
mafkurasiga aylannshi. 2. O‘rta asrlarga kelib inkvizisiyaning ustuvor yo‘nalishga
aylanishi.   Gnos tika,   apologetika,   patristika,   realizm,   nominalizm   va   boshqa
oqimlar o‘sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi.
Bu   davr   falsafasida   o‘z   o‘rniga   ega   bo‘lgan   gnostisizm   eramizning   150
yillarida   o‘zining   yuksak   ravnaqiga   erishadi.   Ular   shunday   falsafiy   ta’limot
yaratdilarki, ularning fikricha, Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z   tabiatining   ruhiy   jihati   bilan   xudoga   moslashgan.   Bu   masalada   gnostisizm
faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar.
Dualizm — gnostisizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va
ruhiy   dunyo   o‘rtasida   mustahkam   chegara   mavjud,   deb   ta’kidlaydilar.   Ular
ta’limotida   materiya   hamma   vaqt   yovuzlik   timsolidir.   Bundan   ular   Xudo   hech
mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb xisoblaydilar
Apologetlar   xristianlik   tarixida   I   va   III   asrlarda   vujudga   keldi.   Apologetika
so‘zining   lug‘aviy   ma’nosi   "himoya   qilish",   demaqsir.   Apologetlar   hukumatning
xristianlikka bo‘lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni
ta’kib qilishi hech qanday okdashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar,
o‘z asarlarida mushriklik (ko‘p Xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dia -
log) shaklidan yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar.
Apologetlar asarlarida ikki an’ana  yaqqol sezilib  turadi. Ya’ni, inkor  qilish  va
tasdiklash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka   qo‘yilgan   ayblar —
g‘ayriodatiy   harakatlar,   dabda babozlik   kabilarni   inkor   qilganlar.   Xristianlikning
sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning "Birinchi apologeya", "Ikkinchi
apologeya" asarlarini. Tulcan va_Anaksagor kabi fayla-suflar faoliyatini ta’kidlash
lozim.
“Patristika” suzi “ota” (“padre”) so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda
Yevropada   yepiskoplarni   ularga   hurmat   sifatida   ataganlar.   Sharkda   mashhur
bo‘lgan   cherkov   otalaridan   biri   Ioan   Zlatoust   (347—407)   edi.   Uning   640   ta
da’vatlaridan   ko‘pchiligi   avliyo   Pavel   nomalarinint   sharhi   edi.   Uning   asarlarida
Injilni amaliy qo‘llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
G‘arbda   eng   yirik   cherkov   otalaridan   biri   "Pok"   degan   unvonga   sazovor
bo‘lgan   Avreliy   Avgustin   (354—430)   hisoblanadi.   U   faylasuf   va   ilohiyotchi
bo‘lgan. Uning o‘sha davrdagi eng mash-hur asarlaridan biri "Sig‘inish" 401 yilda
yozilgan. Bu asarda u o‘zining xristianlikkacha bo‘lgan hayotini yozadi. "Bibliya"
oyatlari   ramziy   —   timsoliy   bayon   kilinadi.   U   mushriklik   falsafasini   qora-laydi.
Uningcha,   bu   falsafa   insonni   xristian   dinichalik   hech   mahal   haqiqatga   olib
kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan.  “Sxolastika”   so‘zchi   yunoncha   "shkola"dan   ("shola")   olingan  bo‘lib,  "o‘qish
joyi",   "maktab"   ma’nolarini   anglatadi.   Buyuk   Karl   saroyida   o‘qituvchi-lik
qilganlarni   yoki   umuman   saroy   maktabidagi   o‘qituvchilarni   sxo-lastlar   deb
ataganlar. Shuningdek, dinni o‘rganishda falsafani tatbiq qilgan o‘rta asr olimlarini
ham   sxolastlar   deb   ataganlar.   Sxolastikani   ma’lum   darajada   ilohiyotni   aqlga
moslashtirish,   dinni   tafakkur   yordamida   quvvatlashga   bo‘lgan   intilish,   deb   ham
baholash   mumkin.   O‘sha   davrda   ilohiyotni   muqaddas   kitoblar   aqidalari   asosida
emas, balki  falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning
maqsadi e’tiqod aqlga muvofiqmi, de-gan savolta javob berish bo‘lgan. 
Realizm .
Uning   yirik   vakillaridan   biri   kenterberiyalik   Anselm   (1038—   1109)dir.   U
Shimoliy Italiyada tug‘ilgan, 1093 yilda Kenterberiysk shahrining arxiepiskopi etib
tayinlanadi. Anselm o‘zining ikki asari bilan mashhur.
Birinchisi,   "Monopoliya"   —   Xudoning   borligini   sabab   va   oqibat
munosabatlari   tizimida   isbot   qilish.   Bu   isbot   —   kosmologik   isbotning   shakli
sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda ko‘p ne’matlardan foydalanadi. Bu
ne’matlar   esa   eng   oliy   ilohiy   ne’matlarning   aksidir.   Ular   orqali   hamma   narsalar
mavjuddir.   Uzlyuksiz   tanazzulni   tasavvur   qilib   bo‘lmagani   sababli   hamma
narsaning, bir sababchisi bo‘lishi kerakki, biz uni Xudo deb ataymiz.
Anselmning   ikkinchi   asari   "Prologion"   Xudo   borligining   deduktiv   isbotidir.
Uning   ta’kidlashicha,   har   bir   odam   uchun   oliy   va   komil   mohiyat   haqida   g‘oya
mavjuddir. Bu g‘oya esa obektiv mavjudlikka ega bo‘lgan reallikka mos keladi.
Arastu   ta’limotining   ko‘p   tomonlarini   qabul   qilgan   o‘rta   asr   sxolastlari
mo‘tadil   realistlar,   deb   atalganlar.   Ularning   yirik   vakillari   Per   Abelyar   va   Foma
Akvinskiylar bo‘lgan.
Britaniyada   tutilgan   P.   Abelyar   (1079—   1142)   Per   Abelyar   juda
yoshligidanoq o‘z bilimi bilan mashxur edi. Abelyar — mo‘tadil realistdir. Uning
ta’kidlashicha,   reallik   yoki   universaliy   dastlab   Xudo   aklida   mavjuddir,   undan
keyin   narsalarnin   o‘zida   mavjuddir   va   nihoyat,   odamlarning   ongida   mavjuddir,
abelyar   "Men   e’tiqod   qilish   uchun   bilaman",   degan   g‘oyani   ilgari   surgan.   Uning fikricha, insonning o‘limi Xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni Xudoga
bo‘lgan   muhabbat   bilan   taajjubga   solish   va   odamlarga   axloqiy   ta’sir   ko‘rsatish
maqsadida   sodir   bo‘ladi.   Bu   bilan   odamlar   o‘z   hayotini   xudoga   bo‘ysundiradilar.
Bu qarash axlo-qiy ta’sir qilish nazariyasi deb ataladi.
Foma   Akvinskiy   (1224—1292)   mo‘tadil   realizmning   yana   bir   yirik   vakili
hisoblanadi. 
Akvinskiy   ta’limoticha,   dunyo  ierarxik  narvondan   iboratdir.  Uning   eng  quyi
qismida yer va 4 elementdan iborat bo‘lgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi
xudo va moddiy dunyo o‘rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa,
papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. 
 
G‘arb   ma’naviy   sivilizasiyasi   o‘zgarishlarga,   haqiqatning   tagiga   yetish
yo‘lidagi   izlanishlarga   ochiq   bo‘lgan.   Bu   izlanishlar   turli,   shu   jumladan   ateistik,
intellektual va amaliy yo‘nalishlarda kechgan. 
Umuman   olganda   qadimgi   dunyo   falsafasi   keyingi   davrlardagi   falsafiy
tafakkur   va   madaniyatga,   kishilik   jamiyatining   rivojlanishiga   ulkan   ta’sir
ko‘rsatgan. 
O‘rta   asrlarda   G‘arb   va   Sharqda   falsafa   rivojlanishining   umumiy   belgilari.
Birinchidan,   o‘rta   asrlar   G‘arb   va   Sharq   falsafasi   avvalo   feodal   jamiyat   falsafasi
bo‘lib,   u   ilohiyot   va   dinning   hukmronligi   bilan   tavsiflanadi.   Feodal   tuzum
sharoitida   feodal   mulkdorlik   bilan   bir   qatorda   hunarmandlar   va   dehqonlarning
shaxsiy   mehnatiga   asoslangan   xususiy   xo‘jaligi   mavjud   bo‘lgan.   Feodal   ishchini
sotishi   va   sotib   olishi   mumkin   bo‘lgan,   lekin   ishchini   o‘ldirish   huquqi   unga
berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-
psixologik   va   mafkuraviy   jihatdan   mustahkamlashni   talab   qilgan.   Feodal
madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta’minlovchi integrasion asos din bo‘lgan. 
Ikkinchidan, o‘rta asrlarda din G‘arbda ham, Sharqda ham feodal jamiyatning
hukmron   mafkurasi   hisoblangan.   Bu   davrda   cherkov   eng   yirik   kuch   bo‘lgan.
Shuningdek,   u   siyosiy   jihatdan   ham   o‘ta   markazlashgan   tashkilot   sanalgan.
Dindorlar   amalda   birdan-bir   o‘qimishli   odamlar   bo‘lgan.   Yurisprudensiya, tabiatshunoslik   va   falsafaning   mazmuni   cherkov   ta’limoti   bilan   muvofiq   holatga
keltirilgan. 
Muqaddas   kitob   aqidalari   falsafiy   mulohazalarning   tayanch   nuqtasiga
aylangan. Bu davrda bilim emas, balki e’tiqod, fan emas, balki din afzal ko‘rilgan.
Teosentrizm,   ya’ni   Xudoga,   uning   mohiyatiga   dunyoning   birinchi   sababi   va
birinchi asosi sifatida yondashish o‘rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. Masalan,
o‘rta asrlarda Xitoyda dao haqidagi ta’limot din ehtiyojlariga to‘la moslashtirilgan:
dao tabiiy qonun sifatida emas, balki ilohiy qonun sifatida namoyon bo‘lgan. 
Buddizm   falsafasi   asosiy   e’tiborni   borliqning   o‘tkinchiligi   va   yo‘qlikning
haqiqiyligi,   jonning   boqiyligi   va   abadiy   ma’naviy   dunyoni   anglab   yetish   yo‘lida
o‘zlikni   kamolotga   yetkazish   orqali   uning   o‘z   shakl-shamoyilini   o‘zgartirishi
muammolarini o‘rganishga qaratgan. 
Konfusiychilik   feodal   tuzumni   oqlash   uchun   buddizm   va   daosizmning
idealistik   va   daosizm   g‘yalarini   o‘zlashtirgan:   odamlar   o‘zlarining   «yomon»
niyatlarini   jilovlab,   taqdirga   bo‘ysunishlari   lozim.   Hokimiyatga   bo‘ysunish,   uni
ardoqlash   va   hurmat   qilishni   talab   etuvchi   «Osmon   qonuni»   haqidagi   ta’limot
konfusiychilikda eng muhim ta’limotga aylangan. 
G‘arb   Yevropa   feodalizmi   sharoitida   ham   xristian   dini   hukmronlik
qilgan.   U   o‘zining   odamlar   aqli   va   qalbini   nazorat   qilish   markazlashtirilgan
tizimini  ko‘p sonli  tarqoq feodal  davlatlarga qarshi  qo‘ygan. Bu nazoratni  avvalo
Rim   Papasi   boshchiligidagi   katolik   cherkovi   amalga   oshirgan.   Ayni   vaqtda
cherkov   qadimgi   dunyoning   «majusiycha»   falsafasiga,   ayniqsa   materialistik
ta’limotlarga   yot   ko‘z   bilan   qaragan.   Ayni   shu   sababli   antik   davrning   falsafiy
merosini   o‘zlashtirishga   nisbatan   xolisona   yondashilmagan,   bu   meros   qismlarga
bo‘lib   o‘zlashtirilgan,   asosan   diniy   aqidalarni   mustahkamlovchi   idealistik
g‘oyalarni tarqatishga yo‘l qo‘yilgan. 
O‘rta asrlar Yevropasida falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari. G‘arb
va   Sharq   falsafiy   tafakkuri   XVI   asrgacha   har   biri   o‘z   yo‘lida   rivojlangan:   arab
musulmon Sharqida va Ispaniyaning arablar istilo qilgan qismida falsafaga dinning
ta’siri   Yevropa   va   Sharqiy   Osiyodagidan   kamroq   bo‘lgan.   Bu   davrda   arab musulmon  fani rivojlanishda Yevropa fanidan ancha ildamlab ketgan. Xitoyda ham
fan,   garchi   din   ta’siri   ancha   kuchli   bo‘lsa-da,   Yevropadagidan   ilg‘orroq   bo‘lgan.
Ayrim   Sharq   faylasuflari   o‘z   asarlarini   antik   davr   mutafakkiri   Demokritning
atomlar   haqidagi   ta’limoti,   Empedokl   elementlari,   Pifagor   matematikasi,   Platon
g‘oyalari,   Aristotelning   falsa f iy   va   tabiiy-ilmiy   merosi,   ayniqsa   uning   mantiq
tizimi ta’sirida vujudga kelgan ilmiy-falsafiy an’ana ruhida yaratganlar. 
Yevropa   falsafasida   materializm   o‘rta   asrlarda   Sharqdagidek   keng
tarqalmagan   va   madaniyatga   kuchli   ta’sir   ko‘rsatmagan.   U   sxolastikada   realizm
bilan   bir   qatorda   paydo   bo‘lgan   nominalistik   falsafa   ko‘rinishida   rivojlangan   va
avval ayrim narsalar va hodisalar, so‘ngra ularning in’ikoslari narsalarning nomlari
sifatida   talqin   qilinuvchi   umumiy   tushunchalarda   mavjud,   degan   g‘oyadan   kelib
chiqqan.   Ammo   falsafani   ilohiyotga   qaram   qilishga   harakat   qilgan   din
mafkuraning hukmron shakli sanalgan. 
Ilk   o‘rta   asrlarda   falsafiy   tafakkur   rivojlanishining   asosiy   shakllari
apologetika va patristika bo‘lgan. Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy
Afrikaning   ellinlashgan   markazlarida   xristianlikning   tarqalishi   boshqa   diniy   va
falsafiy   oqimlar   bilan   qattiq   kurash   jarayonida   yuz   bergan.   Bunda   xristianlikka
qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika ,
ya’ni  xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan. 
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta’limoti  – patristika (lot.
pater   –   ota)   paydo   bo‘lgan.   Patristikaning   eng   yorqin   vakili   Gippon   (Shimoliy
Afrika)dagi   yepiskop   Avliyo   Avgustin   (354-430)dir.   U   o‘rta   asrlar   falsafasiga,
shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta’sir
ko‘rsatgan. 
Avgustin   «haqiqiy   falsafa   va   haqiqiy   din»ni   bir   deb   hisoblagan.   Xristianlik
asoslarini   u   Platon   falsafasidan   topishga   harakat   qilgan.   Uning   fikricha,   Platon
g‘oyalari   –   «bu   ijodkor   ijodga   kirishish   oldidan   yuritgan   mulohazalar» 1
dir.   Xudo
dunyoni   yo‘qlikdan  yaratgan.   Inson   panoh   topishining   asosiy   yo‘li   uning   xristian
cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir.
1
  Августин \\  Всеминаря энциклопедия.  –М.: Современный литератор, 2001. –С. 177. Avgustin   inson   faoliyatining   ikki   qarama-qarshi   turini   tahlil   qiladi:   birinchi   –
«dunyoviy   shahar»,   ya’ni   «Xudoga   nisbatan   nafrat   darajasiga   ko‘tarilgan   o‘z-
o‘ziga   bo‘lgan   muhabbatga»   asoslangan   davlatchilik;   ikkinchi   –   «o‘z-o‘ziga
nisbatan   nafrat   darajasiga   ko‘tarilgan   Xudoga   bo‘lgan   muhabbat»ga   asoslangan
«ilohiy   shahar».   Avgustinning   eng   mashhur   asarlari:   «Ilohiy   shahar»,   «Insoniy
shahar», «Tavba».
Avgustin   ikki   muhim   muammo:   shaxs   dinamikasi   va   kishilik   tarixi
dinamikasi muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning
o‘zligini,   uning   ruhiy   holatlarini   o‘rganadi.   Avgustin   shaxsning   ichki   dunyosini
uning go‘daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha
tavsiflaydi.   U   shaxsga   nisbatan   zo‘rlik   ishlatishning   har   qanday   shakllarini
(maktabda   bolaga   zo‘rlik   ishlatishdan   davlat   darajasida   zo‘rlik   ishlatishgacha)
qoralaydi.   Avgustin   shaxs   erkinligi   muammosini   ilgari   suradi.   Oradan   bir   necha
asrlar o‘tgach, ayni shu muammo ekzistensializm vakillarida Avgustin falsafasiga
nisbatan qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Avgustin inson subektiv tarzda erkin
harakat   qiladi,   lekin   uning   barcha   harakatlarini   u   orqali   Xudo   bajaradi,   deb
hisoblagan. Xudoning borlig‘ini insonning o‘zligidan, inson tafakkurining o‘z-o‘zi
uchun   ishonchliligidan   keltirib   chiqarish   mumkin.   Avgustin   shaxs   uchun
o‘zlikning rolini ko‘rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan
va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o‘z «Meni»ni
qanday kashf etadi, degan savolga javob topishga harakat qiladi. 
Tarix   falsafasini   ishlab   chiqish   ham,   garchi   atamaning   o‘zini   Volter   taklif
qilgan bo‘lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik»
tushunchasi   mavjud   bo‘lmagan:   yunonlar   dunyoni   estetik   jihatdan,   mukammal
koinot   sifatida   idrok   etganlar.   Avgustin   esa   o‘tmish   –   hozirgi   davr   –   kelajakning
o‘zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir
lahza, zero u o‘tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar»
(jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi. 
Avliyo   Avgustin   asarlari   sxolastik   falsafaning   yaratilishiga   asos   bo‘lgan   va
uzoq   vaqt   mobaynida   antik   falsafani,   asosan   Platon,   Aristotel   hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o‘rganish manbalaridan
biri   bo‘lib   xizmat   qilgan.   Plotinning   universal   triadasi   –   «yagona   –   aql   –   jon»
sxolast-faylasuflar e’tiborini o‘ziga tortgan. 
Sxolastika (yunon. schole – maktab) – maktab ta’limida hukmronlik qilgan va
ilohiyotga   to‘la   bog‘liq   bo‘lgan   o‘rta   asrlar   xristian   falsafasi.   XI   asrda   sxolastik
falsafa   doirasida   nominalizm   va   realizm   o‘rtasida   kurash   avj   olgan.   Dastavval:
«Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o‘g‘il va Xudo-muqaddas ruh,
degan   fikrni   qanday   tushunish   kerak?»,   degan   sof   sxolastik   savol   o‘rtaga
tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan
chetga   chiqqan   va   tom   ma’noda   falsafiy   xususiyat   kasb   etgan:   amalda   yakka   va
umumiy   dialektikasining   muhokamasiga   aylangan.   Realistlar   «umuman   inson»,
«umuman   uy»   kabi   umumiy   tushunchalar   –   «universaliyalar»   mavjudligi
to‘g‘risida   so‘z   yuritganlar.   Ular   ayrim   narsalarning   mohiyati   sanalgan
universaliyalar   narsalargacha   amalda   mavjud   bo‘ladi   va   narsalarni   vujudga
keltiradi,   deb   hisoblaganlar.   Bu   ashaddiy   realizm   zamirida   Platonning   «g‘oyalar
dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta’limoti yotadi. 
Nominalistlar «universaliyalar  narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir»,
degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir,
«umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so‘zlar yoki nomlar bo‘lib, ularning
yordamida odamlar  ayrim predmetlarni  umumlashtiradilar. Mo‘tadil nominalistlar
insoniy   tushunchalarda   ayrim   narsalardagi   o‘xshash   jihatlarning   in’ikosi   sifatida
umumiylik mavjudligini taxmin qilganlar. 
Realizm   umumiylikka   narsadan   oldin   paydo   bo‘luvchi   ideallik   sifatida
yondashgan,   ya’ni   amalda   umumiy   va   yakkaning   aloqasi   to‘g‘risidagi   idealistik
konsepsiyani   ishlab   chiqqan   bo‘lsa,   nominalizm   bu   muammoni   materialistik   yo‘l
bilan yechishning o‘ziga xos timsoli bo‘lgan.
Shunday   qilib,   realistlar   va   nominalistlar   o‘rtasidagi   bahs   falsafiy   tus   olgan,
chunki   unda   umumiy   va   yakkaning   tabiati   muammolari,   ularning   dialektikasi
amalda muhokama qilingan.  Foma   Akvinskiy   (1225-1274)   katolik   teologiyani   yaratgan   va   sxolastikani
tizimga   solgan   mutafakkir   sifatida   e’tirof   etiladi.   Uning   eng   mashhur   asarlari:
«Teologiya   yig‘indisi»,   «Falsafa   yig‘indisi»,   «Majusiylarga   qarshi   yig‘indi».
Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel ijodi
bilan   Sharqqa   salb   yurishi   chog‘ida   tanishadi.   Uning   ontologiyasida   borliq   ham
ehtimol   tutilgan,   ham   amalda   mavjud   deb   qaraladi.   Borliq   -   ayrim   narsalarning
mavjudligi,   ya’ni   substansiyadir.   Foma   Akvinskiy   imkoniyat   va   voqelik   kabi
kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga
kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi. 
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g‘oyalaridan
foydalanib,   din   haqidagi   ta’limotni   ularga   to‘la   bo‘ysundiradi.   Materiya   shaklsiz
mavjud   bo‘lmaydi,   shakl   esa   oliy   shaklga   yoki   «shakllarning   shakli»   -   Xudoga
bog‘liqdir.   Xudo   esa   sof   ma’naviy   mavjudot.   Shaklning   materiya   bilan   birikuvi
moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir.
Unga shakl faol tus beradi. 
Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki  u o‘z-o‘zidan ravshan narsa emas
ekan,   tafakkurimiz   anglashga   qodir   bo‘lgan   narsalar   orqali   isbotlanishi   lozim.   U
Xudo   borligining   hozirgi   zamon   katolik   cherkovi   ham   foydalanuvchi   o‘z   dalil-
isbotini taklif qiladi. 
Foma   Akvinskiyning   ijtimoiy-falsafiy   qarashlari   ham   diqqatga   sazovor.   U
shaxs - «oqilona tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan.  Uning fikricha,
shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql-zakovat irodadan ustun
turadi.   Ammo   Xudoni   bilishni   Foma   Akvinskiy   Xudoga   bo‘lgan   muhabbatdan
keyingi   o‘ringa   qo‘yadi,   ya’ni   sezgilar,   agar   ular   oddiy   narsalarga   emas,   balki
Xudoga qaratilgan bo‘lsa, aqldan ustun bo‘lishi mumkin. 
Foma   Akvinskiy   o‘zining   «Podsholar   boshqaruvi   haqida»   asarida   insonga
avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g‘amxo‘rlik
qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan
yaxshilik va adolat bilan bog‘laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi
bosh ko‘tarish huquqi to‘g‘risida so‘z yuritadi.  Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy
qonun»   va   cherkovning   davlat   va   fuqarolik   jamiyatidan   ustunligini   belgilovchi
«ilohiy   qonun»   haqidagi   muammoni   ham   muhokamaga   kiritadi.   Uning   fikricha,
dunyoviy   hayot   bo‘lg‘usi   ma’naviy   hayotga   tayyorgarlikdir.   Podshoning
hokimiyati   oliy   –   ma’naviy   hokimiyatga   bo‘ysunishi   lozim.   Bu   hokimiyatni
osmonda   –   Iso   Masih,   Yerda   –   Rim   Papasi   boshqaradi.   Foma   Akvinskiy   siyosiy
hokimiyat   shakllarini   muhokama   qilar   ekan,   Aristotel   kabi   monarxiyani   afzal
ko‘radi. 
Foma   Akvinskiy   falsafasi   XIV   asrdan   boshlab   dominikan   sxolastlar i ning
bayrog‘iga   aylandi,   XVI   a srdan   e’tiboran   iezuitlar   tomonidan   targ‘ib   qilina
boshladi.   Iezuitlarning   mafkurachilari   Foma   Akvinskiy   falsafiy   tizimini   sharhladi
va takomillashtirdi. XIX  asr ning ikkinchi yarmidan boshlab uning ta’limoti hozirgi
zamon   falsafiy   tafakkurining   qudratli   oqimlaridan   biri   sanalgan   neotomizm
negiziga aylandi. 
Urta   asrlarda   G‘arb   va   Sharqda   falsafa   rivojlanishining   umumiy   belgilari.
Birinchidan,   o‘rta   asrlar   G‘arb   va   Sharq   falsafasi   avvalo   feodal   jamiyat   falsafasi
bo‘lib,   u   ilohiyot   va   dinning   hukmronligi   bilan   tavsiflanadi.   Feodal   tuzum
sharoitida   feodal   mulkdorlik   bilan   bir   qatorda   hunarmandlar   va   dehqonlarning
shaxsiy   mehnatiga   asoslangan   xususiy   xo‘jaligi   mavjud   bo‘lgan.   Feodal   ishchini
sotishi   va   sotib   olishi   mumkin   bo‘lgan,   lekin   ishchini   o‘ldirish   huquqi   unga
berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-
psixologik   va   mafkuraviy   jihatdan   mustahkamlashni   talab   qilgan.   Feodal
madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta’minlovchi integrasion asos din bo‘lgan. 
Ikkinchidan, o‘rta asrlarda din G‘arbda ham, Sharqda ham feodal jamiyatning
hukmron   mafkurasi   hisoblangan.   Bu   davrda   cherkov   eng   yirik   kuch   bo‘lgan.
Shuningdek,   u   siyosiy   jihatdan   ham   o‘ta   markazlashgan   tashkilot   sanalgan.
Dindorlar   amalda   birdan-bir   o‘qimishli   odamlar   bo‘lgan.   Yurisprudensiya,
tabiatshunoslik   va   falsafaning   mazmuni   cherkov   ta’limoti   bilan   muvofiq   holatga
keltirilgan.  Muqaddas   kitob   aqidalari   falsafiy   mulohazalarning   tayanch   nuqtasiga
aylangan. Bu davrda bilim emas, balki e’tiqod, fan emas, balki din afzal ko‘rilgan.
Teosentrizm,   ya’ni   Xudoga,   uning   mohiyatiga   dunyoning   birinchi   sababi   va
birinchi asosi sifatida yondashish o‘rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. Masalan,
o‘rta asrlarda Xitoyda dao haqidagi ta’limot din ehtiyojlariga to‘la moslashtirilgan:
dao tabiiy qonun sifatida emas, balki ilohiy qonun sifatida namoyon bo‘lgan. 
Buddizm   falsafasi   asosiy   e’tiborni   borliqning   o‘tkinchiligi   va   yo‘qlikning
haqiqiyligi,   jonning   boqiyligi   va   abadiy   ma’naviy   dunyoni   anglab   yetish   yo‘lida
o‘zlikni   kamolotga   yetkazish   orqali   uning   o‘z   shakl-shamoyilini   o‘zgartirishi
muammolarini o‘rganishga qaratgan. 
Konfusiychilik   feodal   tuzumni   oqlash   uchun   buddizm   va   daosizmning
idealistik   va   daosizm   g‘yalarini   o‘zlashtirgan:   odamlar   o‘zlarining   «yomon»
niyatlarini   jilovlab,   taqdirga   bo‘ysunishlari   lozim.   Hokimiyatga   bo‘ysunish,   uni
ardoqlash   va   hurmat   qilishni   talab   etuvchi   «Osmon   qonuni»   haqidagi   ta’limot
konfusiychilikda eng muhim ta’limotga aylangan. 
G‘arb Yevropa feodalizmi sharoitida ham xristian dini hukmronlik qilgan. U
o‘zining   odamlar   aqli   va   qalbini   nazorat   qilish   markazlashtirilgan   tizimini   ko‘p
sonli   tarqoq   feodal   davlatlarga   qarshi   qo‘ygan.   Bu   nazoratni   avvalo   Rim   Papasi
boshchiligidagi   katolik   cherkovi   amalga   oshirgan.   Ayni   vaqtda   cherkov   qadimgi
dunyoning   «majusiycha»   falsafasiga,   ayniqsa   materialistik   ta’limotlarga   yot   ko‘z
bilan   qaragan.   Ayni   shu   sababli   antik   davrning   falsafiy   merosini   o‘zlashtirishga
nisbatan   xolisona   yondashilmagan,   bu   meros   qismlarga   bo‘lib   o‘zlashtirilgan,
asosan   diniy   aqidalarni   mustahkamlovchi   idealistik   g‘oyalarni   tarqatishga   yo‘l
qo‘yilgan. 
O‘rta asrlar Yevropasida falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari. G‘arb
va   Sharq   falsafiy   tafakkuri   XVI   asrgacha   har   biri   o‘z   yo‘lida   rivojlangan:   arab
musulmon Sharqida va Ispaniyaning arablar istilo qilgan qismida falsafaga dinning
ta’siri   Yevropa   va   Sharqiy   Osiyodagidan   kamroq   bo‘lgan.   Bu   davrda   arab
musulmon  fani rivojlanishda Yevropa fanidan ancha ildamlab ketgan. Xitoyda ham
fan,   garchi   din   ta’siri   ancha   kuchli   bo‘lsa-da,   Yevropadagidan   ilg‘orroq   bo‘lgan. Ayrim   Sharq   faylasuflari   o‘z   asarlarini   antik   davr   mutafakkiri   Demokritning
atomlar   haqidagi   ta’limoti,   Empedokl   elementlari,   Pifagor   matematikasi,   Platon
g‘oyalari,   Aristotelning   falsa f iy   va   tabiiy-ilmiy   merosi,   ayniqsa   uning   mantiq
tizimi ta’sirida vujudga kelgan ilmiy-falsafiy an’ana ruhida yaratganlar. 
Yevropa   falsafasida   materializm   o‘rta   asrlarda   Sharqdagidek   keng
tarqalmagan   va   madaniyatga   kuchli   ta’sir   ko‘rsatmagan.   U   sxolastikada   realizm
bilan   bir   qatorda   paydo   bo‘lgan   nominalistik   falsafa   ko‘rinishida   rivojlangan   va
avval ayrim narsalar va hodisalar, so‘ngra ularning in’ikoslari narsalarning nomlari
sifatida   talqin   qilinuvchi   umumiy   tushunchalarda   mavjud,   degan   g‘oyadan   kelib
chiqqan.   Ammo   falsafani   ilohiyotga   qaram   qilishga   harakat   qilgan   din
mafkuraning hukmron shakli sanalgan. 
Ilk   o‘rta   asrlarda   falsafiy   tafakkur   rivojlanishining   asosiy   shakllari
apologetika va patristika bo‘lgan. Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy
Afrikaning   ellinlashgan   markazlarida   xristianlikning   tarqalishi   boshqa   diniy   va
falsafiy   oqimlar   bilan   qattiq   kurash   jarayonida   yuz   bergan.   Bunda   xristianlikka
qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika ,
ya’ni  xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan. 
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta’limoti  – patristika (lot.
pater   –   ota)   paydo   bo‘lgan.   Patristikaning   eng   yorqin   vakili   Gippon   (Shimoliy
Afrika)dagi   yepiskop   Avliyo   Avgustin   (354-430)dir.   U   o‘rta   asrlar   falsafasiga,
shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta’sir
ko‘rsatgan. 
Avgustin   «haqiqiy   falsafa   va   haqiqiy   din»ni   bir   deb   hisoblagan.   Xristianlik
asoslarini   u   Platon   falsafasidan   topishga   harakat   qilgan.   Uning   fikricha,   Platon
g‘oyalari   –   «bu   ijodkor   ijodga   kirishish   oldidan   yuritgan   mulohazalar» 2
dir.   Xudo
dunyoni   yo‘qlikdan  yaratgan.   Inson   panoh   topishining   asosiy   yo‘li   uning   xristian
cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir.
Avgustin   inson   faoliyatining   ikki   qarama-qarshi   turini   tahlil   qiladi:   birinchi   –
«dunyoviy   shahar»,   ya’ni   «Xudoga   nisbatan   nafrat   darajasiga   ko‘tarilgan   o‘z-
2
  Августин \\  Всеминаря энциклопедия.  –М.: Современный литератор, 2001. –С. 177. o‘ziga   bo‘lgan   muhabbatga»   asoslangan   davlatchilik;   ikkinchi   –   «o‘z-o‘ziga
nisbatan   nafrat   darajasiga   ko‘tarilgan   Xudoga   bo‘lgan   muhabbat»ga   asoslangan
«ilohiy   shahar».   Avgustinning   eng   mashhur   asarlari:   «Ilohiy   shahar»,   «Insoniy
shahar», «Tavba».
Avgustin   ikki   muhim   muammo:   shaxs   dinamikasi   va   kishilik   tarixi
dinamikasi muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning
o‘zligini,   uning   ruhiy   holatlarini   o‘rganadi.   Avgustin   shaxsning   ichki   dunyosini
uning go‘daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha
tavsiflaydi.   U   shaxsga   nisbatan   zo‘rlik   ishlatishning   har   qanday   shakllarini
(maktabda   bolaga   zo‘rlik   ishlatishdan   davlat   darajasida   zo‘rlik   ishlatishgacha)
qoralaydi.   Avgustin   shaxs   erkinligi   muammosini   ilgari   suradi.   Oradan   bir   necha
asrlar o‘tgach, ayni shu muammo ekzistensializm vakillarida Avgustin falsafasiga
nisbatan qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Avgustin inson subektiv tarzda erkin
harakat   qiladi,   lekin   uning   barcha   harakatlarini   u   orqali   Xudo   bajaradi,   deb
hisoblagan. Xudoning borlig‘ini insonning o‘zligidan, inson tafakkurining o‘z-o‘zi
uchun   ishonchliligidan   keltirib   chiqarish   mumkin.   Avgustin   shaxs   uchun
o‘zlikning rolini ko‘rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan
va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o‘z «Meni»ni
qanday kashf etadi, degan savolga javob topishga harakat qiladi. 
Tarix   falsafasini   ishlab   chiqish   ham,   garchi   atamaning   o‘zini   Volter   taklif
qilgan bo‘lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik»
tushunchasi   mavjud   bo‘lmagan:   yunonlar   dunyoni   estetik   jihatdan,   mukammal
koinot   sifatida   idrok   etganlar.   Avgustin   esa   o‘tmish   –   hozirgi   davr   –   kelajakning
o‘zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir
lahza, zero u o‘tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar»
(jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi. 
Avliyo   Avgustin   asarlari   sxolastik   falsafaning   yaratilishiga   asos   bo‘lgan   va
uzoq   vaqt   mobaynida   antik   falsafani,   asosan   Platon,   Aristotel   hamda
neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o‘rganish manbalaridan biri   bo‘lib   xizmat   qilgan.   Plotinning   universal   triadasi   –   «yagona   –   aql   –   jon»
sxolast-faylasuflar e’tiborini o‘ziga tortgan. 
Sxolastika (yunon. schole – maktab) – maktab ta’limida hukmronlik qilgan va
ilohiyotga   to‘la   bog‘liq   bo‘lgan   o‘rta   asrlar   xristian   falsafasi.   XI   asrda   sxolastik
falsafa   doirasida   nominalizm   va   realizm   o‘rtasida   kurash   avj   olgan.   Dastavval:
«Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o‘g‘il va Xudo-muqaddas ruh,
degan   fikrni   qanday   tushunish   kerak?»,   degan   sof   sxolastik   savol   o‘rtaga
tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan
chetga   chiqqan   va   tom   ma’noda   falsafiy   xususiyat   kasb   etgan:   amalda   yakka   va
umumiy   dialektikasining   muhokamasiga   aylangan.   Realistlar   «umuman   inson»,
«umuman   uy»   kabi   umumiy   tushunchalar   –   «universaliyalar»   mavjudligi
to‘g‘risida   so‘z   yuritganlar.   Ular   ayrim   narsalarning   mohiyati   sanalgan
universaliyalar   narsalargacha   amalda   mavjud   bo‘ladi   va   narsalarni   vujudga
keltiradi,   deb   hisoblaganlar.   Bu   ashaddiy   realizm   zamirida   Platonning   «g‘oyalar
dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta’limoti yotadi. 
Nominalistlar «universaliyalar  narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir»,
degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir,
«umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so‘zlar yoki nomlar bo‘lib, ularning
yordamida odamlar  ayrim predmetlarni  umumlashtiradilar. Mo‘tadil nominalistlar
insoniy   tushunchalarda   ayrim   narsalardagi   o‘xshash   jihatlarning   in’ikosi   sifatida
umumiylik mavjudligini taxmin qilganlar. 
Realizm   umumiylikka   narsadan   oldin   paydo   bo‘luvchi   ideallik   sifatida
yondashgan,   ya’ni   amalda   umumiy   va   yakkaning   aloqasi   to‘g‘risidagi   idealistik
konsepsiyani   ishlab   chiqqan   bo‘lsa,   nominalizm   bu   muammoni   materialistik   yo‘l
bilan yechishning o‘ziga xos timsoli bo‘lgan.
Shunday   qilib,   realistlar   va   nominalistlar   o‘rtasidagi   bahs   falsafiy   tus   olgan,
chunki   unda   umumiy   va   yakkaning   tabiati   muammolari,   ularning   dialektikasi
amalda muhokama qilingan. 
Foma   Akvinskiy   (1225-1274)   katolik   teologiyani   yaratgan   va   sxolastikani
tizimga   solgan   mutafakkir   sifatida   e’tirof   etiladi.   Uning   eng   mashhur   asarlari: «Teologiya   yig‘indisi»,   «Falsafa   yig‘indisi»,   «Majusiylarga   qarshi   yig‘indi».
Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel ijodi
bilan   Sharqqa   salb   yurishi   chog‘ida   tanishadi.   Uning   ontologiyasida   borliq   ham
ehtimol   tutilgan,   ham   amalda   mavjud   deb   qaraladi.   Borliq   -   ayrim   narsalarning
mavjudligi,   ya’ni   substansiyadir.   Foma   Akvinskiy   imkoniyat   va   voqelik   kabi
kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga
kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi. 
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g‘oyalaridan
foydalanib,   din   haqidagi   ta’limotni   ularga   to‘la   bo‘ysundiradi.   Materiya   shaklsiz
mavjud   bo‘lmaydi,   shakl   esa   oliy   shaklga   yoki   «shakllarning   shakli»   -   Xudoga
bog‘liqdir.   Xudo   esa   sof   ma’naviy   mavjudot.   Shaklning   materiya   bilan   birikuvi
moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir.
Unga shakl faol tus beradi. 
Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki  u o‘z-o‘zidan ravshan narsa emas
ekan,   tafakkurimiz   anglashga   qodir   bo‘lgan   narsalar   orqali   isbotlanishi   lozim.   U
Xudo   borligining   hozirgi   zamon   katolik   cherkovi   ham   foydalanuvchi   o‘z   dalil-
isbotini taklif qiladi. 
Foma   Akvinskiyning   ijtimoiy-falsafiy   qarashlari   ham   diqqatga   sazovor.   U
shaxs - «oqilona tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan.  Uning fikricha,
shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql-zakovat irodadan ustun
turadi.   Ammo   Xudoni   bilishni   Foma   Akvinskiy   Xudoga   bo‘lgan   muhabbatdan
keyingi   o‘ringa   qo‘yadi,   ya’ni   sezgilar,   agar   ular   oddiy   narsalarga   emas,   balki
Xudoga qaratilgan bo‘lsa, aqldan ustun bo‘lishi mumkin. 
Foma   Akvinskiy   o‘zining   «Podsholar   boshqaruvi   haqida»   asarida   insonga
avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g‘amxo‘rlik
qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan
yaxshilik va adolat bilan bog‘laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi
bosh ko‘tarish huquqi to‘g‘risida so‘z yuritadi. 
Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy
qonun»   va   cherkovning   davlat   va   fuqarolik   jamiyatidan   ustunligini   belgilovchi «ilohiy   qonun»   haqidagi   muammoni   ham   muhokamaga   kiritadi.   Uning   fikricha,
dunyoviy   hayot   bo‘lg‘usi   ma’naviy   hayotga   tayyorgarlikdir.   Podshoning
hokimiyati   oliy   –   ma’naviy   hokimiyatga   bo‘ysunishi   lozim.   Bu   hokimiyatni
osmonda   –   Iso   Masih,   Yerda   –   Rim   Papasi   boshqaradi.   Foma   Akvinskiy   siyosiy
hokimiyat   shakllarini   muhokama   qilar   ekan,   Aristotel   kabi   monarxiyani   afzal
ko‘radi. 
Foma   Akvinskiy   falsafasi   XIV   asrdan   boshlab   dominikan   sxolastlar i ning
bayrog‘iga   aylandi,   XVI   a srdan   e’tiboran   iezuitlar   tomonidan   targ‘ib   qilina
boshladi.   Iezuitlarning   mafkurachilari   Foma   Akvinskiy   falsafiy   tizimini   sharhladi
va takomillashtirdi. XIX  asr ning ikkinchi yarmidan boshlab uning ta’limoti hozirgi
zamon   falsafiy   tafakkurining   qudratli   oqimlaridan   biri   sanalgan   neotomizm
negiziga aylandi. 
YANGI   VA   ENG   YANGI   DAVR   FALSAFASINING   USTUVOR
YUNALISHLAR.
Yangi   davr   falsafasining   tabiiy-ilmiy   asoslari .   XVIII   asrdan   boshlab
tabiatshunoslik   jadal   sur’atlarda   rivojlanadi.   Dengizlarda   kemalarning   yurish
ehtiyojlari   astronomiyaning   rivojlanishini,   shaharsozlik,   kemasozlik,   harbiy   ish   –
matematika   va   mexanikaning   rivojlanishini   belgilaydi.   Yangi   fan   avvalo   moddiy
ishlab chiqarish amaliyotiga: to‘qimachilik sanoatida mashinalar ixtiro qilinishiga,
ko‘mir   va   metallurgiya   sanoatida   ishlab   chiqarish   qurollarining   takomillashuviga
tayanadi.  E.Torrichelli havo bosimi mavjudligini eksperimental yo‘l bilan aniqladi,
simobli   barometr   va   havo   nasosini   ixtiro   qildi.   I.Nyuton   mexanikaning   asosiy
qonunlarini,   shu   jumladan   butun   olam   tortishish   qonunini   ta’rifladi.   R.Boyl
kimyoda   mexanikani   qo‘lladi,   kimyoviy   element   tushunchasini   ishlab   chiqdi.
Ingliz fizigi U.Gilbert magnit xossalarini va uning amalda qo‘llanilishini o‘rgandi.
V.Garvey   qon   aylanishini   kashf   etdi   va   uning   rolini   empirik   usulda   tadqiq   etdi.
R.Dekart   va   G.Leybnis   matematika,   mexanika,   fizika   va   fiziologiyaning
rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Ijtimoiy fanlarda tabiiy huquq nazariyasi ishlab
chiqildi (Angliyada T.Gobbs, Gollandiyada G.Grosiy).  Fanning   bunday   rivojlanishi   o‘z   davrining   falsafasiga   ham   ta’sir   ko‘rsatmay
qolmadi.   Falsafada   sxolastika   va   dindan   uzil-kesil   ajralish   yuz   berdi:   diniy
aqidalarning   hukmronligiga,   cherkovning   ta’siri   va   tazyiqiga   qarshi   kurashda
aqlning har narsaga qodirligi va ilmiy tadqiqotning cheksiz imkoniyatlari haqidagi
ta’limot vujudga keldi. 
Yangi   davr   falsafasiga   avvalo   tabiatshunoslikdan   kelib   chiqadigan   kuchli
materialistik tendensiya xos. 
XVII   asrda   Yevropaning   yirik   faylasuflari   qatoriga   F.Bekon,   T.Gobbs   va
J.Lokk   (Angliya),   R.Dekart   (Fransiya),   B.Spinoza   (Gollandiya),   G.Leybnis
(Germaniya) kiradi. 
Yangi davr G‘arb va Sharq falsafasidagi asosiy muammolar (ontologiya
va gnoseologiya).  Yangi davr, avvalo XVII asr falsafasida ontologiya, ya’ni borliq
va   substansiya   haqidagi   ta’limotga   katta   e’tibor   beriladi   (ayniqsa   harakat,   makon
va zamon to‘g‘risida so‘z yuritilganda). 
Fan   va   falsafaning   vazifasi   –   insonning   tabiat   ustidan   hukmronligini
kuchaytirishga,   inson   sog‘lig‘i   va   go‘zalligiga   ko‘maklashish   hodisalarning
sabablarini,   ularning   muhim   kuchlarini   o‘rganish   zarurligi   anglab   yetilishiga   olib
kelgan.   Shu   sababli   substansiya   va   uning   xossalari   muammolari   Yangi   davrning
deyarli barcha faylasuflarini qiziqtirgan. 
Bu davr falsafasida «substansiya» tushunchasini tavsiflashga nisbatan ikki xil
yondashuv paydo bo‘lgan: birinchi yondashuv substansiyani borliqning chegaraviy
asosi   sifatida   ontologik   tushunish   bilan,   ikkinchi   yondashuv   –   «substansiya»
tushunchasini,   uning   ilmiy   bilim   uchun   zarurligini   gnoseologik   jihatdan   anglab
yetish bilan bog‘liq. 
Birinchi   yondashuv   asoschisi   –   ingliz   faylasufi   Frensis   Bekon   (1561-1626)
substansiya   shakllarining   xususiyatlariga   tavsif   bergan   va   substansiyani   muayyan
narsalar   shakli   bilan   ayniylashtirgan.   Uning   fikricha,   materiya   sariqlik,   moviylik,
qoramtirlik,   iliqlik,   og‘irlik   va   boshqa   shunga   o‘xshash   xossalarga   ega.   Bular
materiyaning   eng   sodda   xususiyatlaridir.   Bu   xossalarning   turli   birikmalaridan
tabiatning rang-barang narsalari vujudga keladi.  Materiyaning   sifat   jihatidan   har   xilligi   haqidagi   ta’limotni   F.Bekon   o‘zining
shakl  va harakat  haqidagi ta’limoti bilan quvvatlagan. Uning talqinida shakl  – bu
narsaga   xos   bo‘lgan   xususiyatning   moddiy   mohiyati.   U   Platon   va   Aristotelning
shakl haqidagi mushohadalari bilan bahsga kirishadi. Bekon fikriga ko‘ra, shakl –
jismni tashkil etuvchi moddiy zarralar harakatining turi. Ammo bu zarralar atomlar
emas.   F.Bekon   qadimgi   faylasuflarning   materiyaning   atomistik   tuzilishi   haqidagi
ta’limotiga,   ayniqsa   bo‘shliqning   mavjudligi   haqidagi   ta’limotga   salbiy
yondashadi.   U   makonni   bo‘shliq   deb   hisoblamagan:   Bekon   uchun   makon
materiyaning   doimiy   o‘rni   bilan   bog‘liq   bo‘lgan.   Amalda   u   makonni   moddiy
obektlarning   ko‘lamliligi   bilan   ayniylashtirgan.   Vaqtni   Bekon   moddiy   jismlar
tezligining obektiv o‘lchovi sifatida tavsiflyagan. Vaqtning mohiyatini tushunishga
nisbatan   mazkur   yondashuv   diqqatga   sazovordir,   zero   vaqt   materiyaning   moddiy
jismlarda   yuz   beruvchi   o‘zgarishlarning   davomliligidan   iborat   bo‘lgan   va   bu
o‘zgarishlarning   sur’atini   tavsiflaydigan   ichki   xossasi   sifatida   e’tirof   etiladi.
Shunday qilib, vaqt harakat bilan uyg‘un bog‘lanadi. 
Bekon fikriga ko‘ra, harakat – materiyaning tug‘ma xossasi. Materiya qanday
abadiy   bo‘lsa,   harakat   ham   shunday   abadiydir.   U   harakatning   tabiatdagi   19   turi
yoki  shaklini  qayd etgan:  tebranish,  qarshilik,  inersiya,  intilish, kuchlanish,  hayot
ruhi, azoblanish va b. Bu shakllar amalda o‘sha davrda fanda ayniqsa mukammal
o‘rganilgan   materiya   harakati   mexanik   shakllarining   xususiyatlari   bo‘lgan.   Ayni
vaqtda   F.Bekon   moddiy   dunyoning   ko‘p   sifatliligini   o‘rganish   va   tushuntirishga
harakat qilgan. 
F.Bekonning   materialistik   qarashlari   boshqa   bir   ingliz   faylasufi   Tomas
Gobbs   (1588-1679)   tomonidan   tizimga   solingan   va   rivojlantirilgan.   Gobbs
materiyaga birdan-bir substansiya sifatida yondashgan, barcha hodisalar, narsalar,
jarayonlarni   bu   substansiyaning   namoyon   bo‘lish   shakllari   deb   hisoblagan.
Materiya   –   abadiy,   jismlar   va   hodisalar   –   o‘tkinchi:   ular   vujudga   keladi   va   yo‘q
bo‘ladi.   Fikrlashni   materiyadan   ajratib   bo‘lmaydi,   zero   materiyaning   o‘zigina
fikrlaydi.   Jismsiz   tana   bo‘lmaganidek,   jismsiz   substansiya   ham   bo‘lishi   mumkin
emas. Aynan materiya barcha o‘zgarishlar subekti hisoblanadi.  Barcha moddiy jismlar ko‘lamlilik va shakl bilan tavsiflanadi. Ularni o‘lchash
mumkin,   chunki   ular   uzunlik,   kenglik   va   balandlikka   ega.   F.Bekondan   farqli
o‘laroq,   Gobbsda   materiya   sifat   ko‘rsatkichlariga   ega   emas:   u   materiyani
matematik va mexanik sifatida miqdor jihatidan o‘rganadi. Unda materiya dunyosi
rang,   hid,   ovoz   kabi   xossalardan   mahrum.   T.Gobbs   talqinida   materiya   go‘yo
geometrik   tus   oladi   va   sifat   jihatidan   bir   jinsli,   rangsiz   narsa   tarzida,   miqdoriy
kattaliklarning   muayyan   tizimi   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Harakatni   u   faqat
mexanik nuqtai nazardan tushunadi. Makon va zamon muammolarini o‘rganishga
nisbatan Gobbs materialistik nuqtai nazardan yondashadi. 
T.Gobbs   o‘zining   dunyo   haqidagi   falsafiy   qarashlarida   deist   sifatida   ish
ko‘radi.   Ammo   uning   asarlarida   ateistik   xususiyatga   ega   bo‘lgan   fikrlarga   ham
duch kelish mumkin. Masalan, u Xudo – inson tasavvurining mahsuli, degan fikrni
ilgari   suradi.   «Tabiiy   va   siyosiy   qonunlarning   elementlari»   asarida,   «Falsafa
asoslari»   trilogiyasi   («Jism   haqida»,   «Inson   haqida»,   «Fuqaro   haqida»)da,
shuningdek «Leviafan» asarida Gobbs tabiiy aloqalar va qonuniyatlar rolini takror-
takror   qayd   etadi.   Ayni   vaqtda   T.Gobbs   Xudoni   odamlar   hayotidan   butunlay
chiqarmaydi: uning fikricha, Xudo «hamma narsani ko‘rguvchi va hamma narsani
boshqaruvchi»,   «u   barcha   sabablarning   birinchisi»dir.   Gobbs   Xudo   voqealarning
tabiiy oqimiga aralashmasligini qayd etadi. 
Substansiyaning   b ekoncha   va   gobbscha   monistik   talqiniga   fransuz   faylasufi
va   matematigi   Rene   Dekart   (1596-1650)   o‘zining   dunyoning   dualistik   talqinini
qarshi qo‘yadi.
Dekart   bir-biriga   bog‘liq   bo‘lmagan   ikki   birinchi   asos:   nomoddiy   yoki
«fikrlovchi»   substansiya   va   moddiy   yoki   «ko‘lamli   substansiya»   mavjudligini
taxmin   qiladi.   Bu   ikki   substansiya   parallel   mavjuddir.   Ularni   o‘rganish   bilan
metafizika   va   fizika   shug‘ullanadi.   Metafizika   avvalo   ma’naviy   substansiyani,   u
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   bilish   va   borliq   tamoyillar ini   o‘rganadi.   Fizika   tabiat
falsafasini tadqiq etadi. U dunyoning vujudga kelishi, Yerda hayotning rivojlanishi
(tabiat   qonunlariga   muvofiq)   haqidagi   ta’limotni   o‘z   ichiga   oladi,   hayvonlar   va
inson   tanasining   tuzilishini   mexanika   qonunlariga   bo‘ysinuvchi   murakkab mashinalar sifatida o‘rganadi  (R.Dekart asarlaridan biri «Hayvon – mashina» deb
ataladi).
Dekart   ilgari   surgan   kosmogoniya   haqidagi   ta’limot   zamirida   quyosh
sistemasining   tabiiy   rivojlanishi   g‘oyasi   yotadi.   Uning   fikricha,   bu   rivojlanish
materiya  va  uning turli  jinsli   zarralari  harakati   bilan belgilanadi.  Dekart  materiya
mustaqil   ijodiy   kuchga   ega   deb   hisoblaydi.   Harakatni   Dekart   mexanik   jarayon   –
jismlarning   makonda   ko‘chishi   sifatida   tushunadi.   Shunday   qilib,   R.Dekart   o‘z-
o‘zi bilan ziddiyatga kirishadi: u makonni jismning ko‘lamliligi sifatida tan oladi,
lekin   harakatni   jismlarning   boshqa   jismlarga   nisbatan   ko‘chishi   sifatida
tushunadiki, bu makonni bo‘shliq sifatida tan olishni anglatadi. 
R.Dekartning   substansiya   haqidagi   dualistik   ta’limotiga   zid   o‘laroq,
gollandiyalik   faylasuf   Benedikt   (Barux)   Spinoza   (1632-1677)   dunyo   haqidagi
monistik   ta’limotni   yaratdi.   Uning   monizmi   panteizm   ko‘rinishida   namoyon
bo‘ladi: o‘z ontologiyasida Spinoza Xudo va tabiatni ayniylashtiradi, bunda Xudo
yaratuvchi   tabiat   va  yaratilgan  tabiat   sifatida  amal  qiladi.  Ayni  vaqtda  B.Spinoza
birgina moddiy substansiya  mavjud bo‘lib, uning asosiy  atributlari  ko‘lamlilik va
fikrlashdir, degan fikrni ilgari suradi. Shunday qilib, butun tabiat u Xudo bo‘lgani
uchungina   emas,   balki   unga   fikrlash   xos   bo‘lgani   uchun   ham   jonli   hisoblanadi.
Spinoza   butun   tabiatni   jonlantirib,   shu   tariqa   gilozoist-faylasuf   sifatida   ham
namoyon bo‘ladi. 
U   moddiy   substansiya   atributlari   ham   materiya   kabi   abadiydir:   ular   hech
qachon   vujudga   kelmaydi   va   yo‘q   bo‘lmaydi   deb   hisoblagan.   Faylasuf
substansiyaning konkret holatlari – moduslarga ko‘p e’tibor beradi. U moduslarni
ikki   guruhga   ajratadi:   abadiy,   cheksiz   moduslar   va   muvaqqat,   chekli   moduslar.
Cheksiz   moduslar   substansiya   atributlari   –   fikrlash   va   ko‘lamlilik   bilan,   chekli
moduslar esa - qolgan barcha narsalar va hodisalar bilan belgilanadi.
Spinoza   harakat   hech   qanday   ilohiy   turtki   mahsuli   emasligini   isbotlashga
harakat   qiladi.   Uning   fikricha,   tabiat   «o‘z-o‘zining   sababi»   bo‘lib,   harakat   uning
mohiyati   va   manbai   hisoblanadi.   Ammo   harakat   Spinozada   atribut   emas,   balki modusdir.   Bunda   harakat   muayyan   narsalarda   kuzatiladi,   substansiya   esa
harakatlanish va o‘zgarish qobiliyatidan mahrum va vaqtga mutlaqo bog‘liq emas. 
Ayni   vaqtda   Spinoza   –   izchil   determinist.   U   hodisalarning   yuz   berishi,
mavjudligi   va   yo‘q   bo‘lishi   zamirida   obektiv   sabablar   yotadi,   deb   hisoblagan.
Uning   fikricha,   sababiyat   ikki   xil:   ichki   (immanent)   va   tashqi   (mexanik)   bo‘ladi.
Ichki sababiyat substansiyaga, tashqi sababiyat – moduslarga xos. Spinoza sababiy
bog‘lanishlarnigina emas, balki tasodif, zaruriyat va erkinlik munosabatlarini ham
determinizm   nuqtai   nazaridan   o‘rganadi.   O‘zining   «Etika»   asarida   u   tasodifni
zaruriyat bilan bir qatorda mavjud bo‘lgan obektiv hodisa sifatida e’tirof etadi. 
Spinoza   ilgari   surgan   g‘oyalar   o‘sha   davrda   fanda   hukm   surgan   teleologizm
(tabiatda Xudo ato etgan maqsadga muvofiqlik)ga qarshi qaratilgan. 
Nemis olimi va faylasufi  Gotfrid Vilgelm Leybnis  (1646-1716) Spinozaning
substansiya   tushunchasiga   faol   kuch   yoki   «tashabbuskorlik»   tamoyili ni
qo‘shimcha   qilgan.   O‘zining   «Monadologiya»   asarida   u   moddiy   hodisalarni
bo‘linmas, sodda ma’naviy birliklar – monadalarning namoyon bo‘lishi deb e’lon
qilgan.   Bo‘linmas   monada   ko‘lamlilik   xususiyatiga   ega   emas   va   makonda
joylashmaydi,   chunki   makon   cheksiz   darajada   bo‘linuvchandir.   Monada   –   faol
kuchning nomoddiy, ma’naviy markazi. Monadalar umrboqiy va yo‘q bo‘lmasdir,
ular tabiiy yo‘l bilan vujudga kelishi yoki halok bo‘lishi mumkin emas. Ular tashqi
ta’sir   ostida   ham   o‘zgarmaydi.   Har   qanday   ayrim   monada   –   bu   jon   va   tananing
birligi. Monada ma’naviy mohiyatining sirtdagi ifodasi sondir. 
Faoliyat,   harakat   –   monadaning   xossasi.   Tabiatni   mexanika   qonunlari
bilangina   tushuntirish   mumkin   emas,   maqsad   tushunchasini   ham   kiritish   lozim,
deb hisoblaydi Leybnis. Uning fikricha, har bir monada o‘zining barcha harakatlari
asosi   va   ayni   vaqtda   ularning   maqsadidir.   Jon   –   jismning   maqsadi,   ya’ni   u
erishishga harakat qiluvchi mo‘ljal. 
Leybnis   monadalarni   uch   toifaga   ajratadi:   hayot   monadalari,   jon   monadalari
va ruh monadalari. Shundan kelib chiqib u barcha murakkab substansiyalarni  uch
guruhga   ajratadi:   hayot   monadalaridan   noorganik   tabiat   vujudga   keladi;   jon
monadalaridan hayvonlar yaraladi; ruh monadalaridan odamlar bino bo‘ladi.  Substansiya   tushunchasini   tahlil   qilishga   nisbatan   gnoseologik   yondashuvga
ingliz   faylasufi   Jon   Lokk   (1632-1704)   asos   solgan.   U   g‘oyalar   va
tushunchalarning   manbai   tashqi   dunyo,   moddiy   narsalardir,   degan   tezisni
isbotlashga   harakat   qilgan.   Uning   fikricha,   moddiy   jismlarga   sof   miqdor
xususiyatlarigina   xos.   Materiya   sifat   jihatidan   rang-barang   emas:   moddiy   jismlar
bir-biridan   kattaligi,   shakl-shamoyili,   harakati   va   osoyishtaligi   bilangina   ajralib
turadi.   Bular   –   «birlamchi   sifatlar».   «Ikkilamchi   sifatlar»   -   bu   hid,   ovoz,   rang,
ta’m.   Ular   narsalar   bilan   uzviy   bo‘lib   tuyuladi,   lekin   amalda   bunday   emas:
narsalarda   bunday   sifatlar   yo‘q.   Ular,   Lokk   fikriga   ko‘ra,   subektda   «birlamchi
sifatlar» ta’sirida vujudga keladi. 
«Birlamchi»   va   «ikkilamchi»   sifatlarni   ajratish   hozirgi   zamon   bilimi   nuqtai
nazaridan   sodda   va   noilmiy   hisoblanadi.   Ammo   u   subektiv   idealizm
namoyandalari   tomonidan   o‘zlashtirilgan   va   o‘zining   tadrijiy   yakuniga
yetkazilgan: «birlamchi sifatlar», «ikkilamchi sifatlar» bilan bir qatorda, subektga
bog‘liq bo‘lmagan, obektiv mazmunga ega emas, deb e’lon qilingan. 
Masalan,   materializm,   ateizm   va   deizmga   ochiq-oydin   qarshi   chiqqan   ingliz
faylasufi,  yepiskop   Jorj  Berkli   (1685-1753)  har  qanday  sifatning obektiv asosini
rad   etgan   va   amalda   ularni   inson   sezgilariga   tenglashtirgan.   Berkli   fikriga   ko‘ra,
amalda   avvalo   «jonlar»,   ularni   yaratgan   Xudo,   shuningdek   Xudo   odamlar   joniga
joylagan   «g‘oyalar»   yoki   sezgilar   mavjud.   Berkli   tashqi   dunyodagi   obektivlikni
subektivlik bilan bog‘laydi: u barcha narsalarni sezgilarning «uyg‘unliklari» bilan
bog‘laydi.   Berkli   uchun   idrok   etish   mumkin   bo‘lgan   narsalargina   mavjuddir.   U
barcha narsalar Xudoning aqlida zohir, degan fikrni ilgari suradi. 
Ingliz faylasufi  Devid Yum  (1711-1776) ham,  J.Berkli  kabi, substansiyaning
materialistik   talqiniga   qarshi   chiqib,   ontologiya   muammolarini   yechishga   harakat
qilgan.  U   moddiy  va   ma’naviy  substansiyaning   amalda   mavjudligini   inkor   etgan,
lekin   substansiya   «g‘oyasi»   mavjud,   deb   hisoblagan.   Substansiya   «g‘oyasi»
deganda   u   ilmiy   bilimga   emas,   balki   oddiy   bilimga   xos   bo‘lgan   inson   «idroklari
majmui»ni tushungan.  Yangi davr falsafasi bilish nazariyasi (gnoseologiya)ning rivojlanishida ulkan
qadam   tashladi.   Falsafa   ilmiy   metodi,   insonning   tashqi   dunyoni   bilish
metodologiyasi,   tashqi   va   ichki   tajriba   aloqalari   bosh   muammolarga   aylandi.
Olinayotgan barcha bilimlar tizimining o‘zagi hisoblangan haqqoniy bilimni olish
vazifasi   qo‘yildi.   Bu   vazifani   hal   qilishning   turli   yo‘llarini   tanlash
gnoseologiyaning   ikki   asosiy   yo‘nalishi   –   empirizm   va   rasionalizm   paydo
bo‘lishini belgiladi. 
Bilishning   empirik   metodi   asoschisi   F.Bekondir.   U   tajribaga   asoslangan
fanlar,   kuzatish   va   eksperimentga   alohida   e’tibor   bergan.   Bilimlar   manbai   va
ularning   haqiqiyligi   mezonlarini   u   tajribada   ko‘rgan.   Bilishga   tashqi   dunyoning
inson ongidagi in’ikosi sifatida yondashar ekan, u bilishda tajriba hal qiluvchi rol
o‘ynashini qayd etgan. Ammo faylasuf bilishda aqlning rolini ham inkor etmagan. 
F.Bekon   falsafasining   davomchisi   T.Gobbs   ham   gnoseologiyada   asosan
empirik   va   sensualist   bo‘lgan   (hissiy   bilishni   bilishning   asosiy   shakli   deb
hisoblagan).   Insonga   moddiy   jism   ta’siri   natijasida   vujudga   kelgan   sezgini   u
bilishning birinchi amali deb hisoblagan. Fikrlashni u tushunchalarni qo‘shish yoki
ayirish deb hisoblagan, unga o‘z matematik metodini to‘la tatbiq etgan. 
J.Lokk   inson   ongining   mazmunini   hissiy   tajribadan   keltirib   chiqarishga
harakat   qilgan.   Lokk   sensualizmining   noizchilligidan   Berkli   foydalangan   va
sirtdagi tajriba omilidan butunlay voz kechgan. 
XVII  asr bilish nazariyasida gi   rasionalizm  R.Dekart, B.Spinoza va G.Leynis
ta’limotlaridan iborat. 
R.Dekart   o‘zining   «Metod   haqida   mulohazalar»   asarida   bilimlar   manbai   va
ularning  haqiqiyligi  mezonini  tashqi   dunyodan  emas,   balki   inson  aqlidan  qidirish
lozim,   degan   xulosaga   keladi.   Uning   fikricha,   intellektual   intuisiya   yoki   sof
mushohada   –   bilishning   tayanch   nuqtasi.   Barcha   g‘oyalarni   Dekart   ikki   guruhga
ajratadi: sezgilar ta’sirida tug‘ilgan g‘oyalar va tug‘ma g‘oyalar. Tug‘ma g‘oyalar
mutlaqo   ishonchlidir.   Ularning   qatoriga   Dekart   Xudo   g‘oyasi,   matematik
aksiomalar   va   shu   kabilarni   kiritadi.   Masalan,   barcha   mavjud   narsalarga   shubha
bilan qarash kashfiyotga yo‘l ochuvchi mutlaqo ishonchli asos, metod yoki vosita hisoblanadi. Ayni shu sababli Dekart hissiy narsalar, matematik haqiqatlar va hatto
«hamma   narsaga   qodir   Xudo»ning   mavjudligiga   shubha   bilan   qaraydi.   Ammo,
hamma   narsaga   shubha   qilgan   va   hamma   narsani   inkor   etgan   holda,   u
shubhalanuvchi   fikrning   mavjudligiga   shubha   qilmaslik   kerak,   degan   xulosaga
keladi.   Shu   tariqa   u   fikrlash   birdan-bir   ishonchli   faktdir,   deb   xulosa   chiqaradi:
«Fikrlayapman, demak, yashayapman». 
B.Spinoza bilishning uch turini farqlaydi: faqat mujmal va haqiqiy bo‘lmagan
tasavvurlar   beruvchi   hissiy   bilish;   moduslar   haqida   bilim   olish   uchun   imkoniyat
yaratuvchi   aql   yordamida   bilish;   bilishning   eng   oliy   shakli   –   haqiqatga   yo‘l
ochuvchi   intuisiya.   Intuitiv   yo‘l   bilan   aniqlangan   haqiqatlar   (aksiomalar)dan
deduktiv   yo‘l   bilan   –   matematika   metodlari   yordamida   qolgan   barcha   xulosalar
chiqariladi. 
Leybnis   falsafasida   rasionalizm   va   empirizmning   uyg‘unligi   oqilona   asosda
namoyon   bo‘ladi.   «Inson   aqli   haqida   yangi   tajribalar»   asarida   u   Lokkning   ilgari
sezgilarda   mavjud   bo‘lmagan   narsa   aqlda   mavjud   emas,   aqlning   o‘zi   bundan
mustasno,   degan   tezisini   tanqid   tig‘i   ostiga   oladi.   Barcha   haqiqatlarni   u   zaruriy
haqiqatlar (aql haqiqatlari) va tasodifiy haqiqatlar (fakt haqiqatlari)ga ajratadi. Aql
haqiqatlari   qatoriga   Leybnis   substansiya,   borliq,   sabab,   harakat,   ayniyat
tushunchalarini,   mantiq   tamoyil lari,   matematika   tamoyil lari   va   axloqiy
tamoyil larni kiritadi. Uning fikricha, bu haqiqatlar manbai faqat aqldir. 
XVIII asr Yevropa falsafasining ma’rifiy xususiyati. Ye vropada XVIII asr
falsafasi   XVII   asr  g‘oyalarini  davom   ettiradi   va rivojlantiradi.  Bu  davrda falsafiy
tafakkur   fan   va   ijtimoiy   amaliyot   sohasida   erishilgan   yutuqlarni   umumlashtiradi.
Falsafiy   g‘oyalar   yanada   kengroq   targ‘ib   qilinadi,   chunki   XVII   asrda   falsafiy
asarlar faqat lotin tilida yozilgan va ular bilan tanishish imkoniyatiga ega kishilar
doirasi   ancha   tor   bo‘lgan;   XVIII   asrda   faylasuflarning   asarlari   ular   qaysi
mamlakatda yashasa, shu mamlakat tilida yozil gan  va nashr etil gan . 
XVIII   asr   falsafasida   tabiat   hodisalarini   tushuntirishga   nisbatan   qarashlarda
materializm   sezilarli   darajada   rivojlanadi.   Fransuz   materializmi   olamshumul
tarixiy   ahamiyat   kasb   etadi:   u   o‘rta   asrlar   sxolastikasiga   qarshi   chiqibgina qolmasdan,   balki   o‘z   dunyoqarashi   va   dunyoviy   manfaatlarini   ham   asoslashga
harakat qiladi. 
Albatta,   XVIII   asr   falsafasi   bir   jinsli   emas:   unda   materialistik   dunyoqarash
mo‘ljallari   ham,   idealistik   dunyoqarash   mo‘ljallari   ham,   ateistik   va   deistik
qarashlar   ham   mavjud.   Aksariyat   hollarda   idealizm   va   materializm,   din   va   fan
yonma-yon turadi. 
Shuni qayd etish lozimki, XVIII asr falsafasi avvalo ma’rifat falsafasi sifatida
rivojlangan;   qomuslar   va   lug‘atlar,   pamfletlar   va   boshqa   nashrlarda   ilmiy   va
falsafiy g‘oyalar keng ommaga tushunarli tarzda atroflicha bayon etilgan. 
Ma’rifat   davri   falsafasiga   P.Gassendi   (1592-1655)   asarlari,   uning   atomistik
materializmi, Epikur g‘oyalari, shuningdek uning etikasi targ‘iboti, sxolastikaning
tanqidi, R.Dekart asarlari,   P.Beyl   (1647-1706) asarlarida diniy dogmatizm tanqidi
zamin yaratdi. 
XVII-XVIII asrlar  Yevropa Ma’rifat  falsafasiga ingliz ma’rifatchilari  J.Lokk
va   D.Yum,   XVII   asr   nemis   ma’rifatchisi   G.Leybnis,   shuningdek   buyuk   olim
I.Nyuton   falsafasi   ham   kuchli   ta’sir   ko‘rsatdi.   XVIII   asr   Ma’rifat   falsafasida   ikki
yo‘nalish:   Volter,   Russo,   Volf,   Monteske   va   boshqalarning   deistik   materializmi
hamda   Mele,   Didro,   Golbax,   Gelvesiy,   Lametri   kabi   olimlarning   asarlarida
Nyuton, Galiley, Dekartning materialistik tabiatshunosligi  negizida deizm nazariy
asoslarining tanqidi farqlanadi. 
Fransuz   ma’rifatchilarining   atoqli   namoyandasi   Fransua   Mari   (Arue)   Volter
(1694-1778)   falsafa   tarixidan   otashin   publisist,   Nyuton   fizikasi   va   mexanikasi
hamda   Angliyadagi   konstitusiyaviy   tartib   va   muassasalarning   targ‘ibotchisi,
cherkov,   iezuitlar,   inkvizisiya   tajovuzlaridan   shaxs   erkinligining   himoyachisi
sifatida   o‘rin   oldi.   Uning   «Kandid»,   «Orlean   qizi»   asarlari,   «Falsafiy   lug‘at»,
«Ensiklopediya»dagi maqolalari butun Yevropada keng tarqaldi. 
Yevropa   inqilobiy   mafkurasining   vujudga   kelishiga   mashhur   «Ijtimoiy
shartnoma» asarining muallifi   Jan Jak Russo   (1712-1778)  ulkan  ta’sir  ko‘rsatdi.
Erkinlik   hamda   yuridik   huquqlarning   so‘zsiz   tengligiga   asoslangan   fuqarolik jamiyatining   nazariy   asosi   hisoblangan   bu   asar   Buyuk   fransuz   inqilobi   davrida
yakobinchilar uchun o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. 
Geografik   determinizm   asoschilaridan   biri   Sharl   Lui   Monteske   (1689-1755)
jamiyatda   tartib   va   axloqni   saqlash   uchun   zarur   bo‘lgan   dinning   funksional   roli
konsepsiyasini rivojlantirdi. 
XVIII   asrning   ikkinchi   yarmida   ma’rifatchilik   harakati   keng   demokratik
qamrov   kasb   ketdi.   Fransiyada   bosh   muharriri   va   tashkilotchisi   D.Didro   bo‘lgan
«Ensiklopediya»   nashri   atrofida   jipslashgan   ilg‘or   mutafakkirlar,   olimlar   va
yozuvchilardan   iborat   «faylasuflar   partiyasi»   paydo   bo‘lgani   to‘g‘risida   so‘z
yuritila boshladi. Bu «faylasuflar partiyasi»da Didro bilan bir qatorda Gelvesiy va
Golbax, shuningdek Lametri yetakchi rol o‘ynadi. Ular materializmning faylasuflar
va   falsafiy   maktablarning   keyingi   avlodlariga   kuchli   ta’sir   ko‘rsatgan   ancha
rivojlangan shaklini yaratdilar. 
Ontologik   va   gnoseologik   muammolar.   Ontologik   muammolar   XVIII   asr
fransuz   ma’rifatchilari   namoyandalari   tomonidan   asosan   materialistik   va   ateistik
nuqtai nazardan o‘rganilgan.  Bu Didro, Golbax, Lametri va Gelvesiy falsafasining
o‘ziga xos jihatlaridan biridir. O‘z davrida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan «Inson
–   mashina»   asarining   muallifi   Jyulen   Ofre   de   Lametri   (1709-1751)   moddiy
dunyo   «o‘z   holicha   mavjud»   ekanligiga,   uning   boshi   ham,   oxiri   ham   yo‘qligiga
ishonchi   komil   bo‘lgan.   Lametri   materializmi   Epikurning   atomistik   materializmi,
Spinozaning materialistik ta’limoti  va Lokk sensualizmi  ta’sirida vujudga kelgan.
Lametri jonni  aql faoliyati funksiyasi  va ko‘rinishi  deb hisoblagan va Dekartning
umrboqiy   nomoddiy   jon   haqidagi   g‘oyasi   asossiz   ekanligini   isbotlashga   harakat
qilgan. 
Fransuz materializmi falsafiy qarashlarining eng izchil ifodachisi   Pol Genrix
Ditrix   Golbax   (1723-1789)dir.   Uning   «Tabiat   tizimi»   asari   «XVIII   asr
materializmi   va   ateizmi   kodeksi»   degan   nom   olgan.   1770   yilda   nashr   etilgan   bu
asarda muhim ontologik muammolar, chunonchi: materiya, tabiat, harakat, makon,
vaqt, sababiyat, tasodif, zaruriyat muammolari bayon etilgan. Golbax uchun tabiat
barcha   narsalar   va   hodisalar   sababidir,   zero   u   Xudo   tufayli   emas,   o‘zi   tufayli mavjud.   Tabiat   –   harakat   sababi.   Golbax   harakatni   tabiat   mavjudligining   zaruriy
natijasi   sifatida   tavsiflaydi.   Tabiat   deganda   u   o‘z   energiyasi   ta’sirida   harakat
qiluvchi   moddalar   yig‘indisini   tushunadi.   Golbax   fikriga   ko‘ra,   barcha   jismlar
bo‘linmas   va   o‘zgarmas   elementlar   –   atomlardan   tashkil   topadi.   Materiya
tushunchasini u modda tushunchasi bilan ayniylashtiradi. 
Ayni   vaqtda   Golbax   tabiatda   barcha   aloqalar   va   harakatlar   zaruriyat   bilan
belgilanadi,   deb   hisoblagan.   Uning   fikricha,   olam   bir-biridan   uzlyuksiz   kelib
chiqadigan   saablar   va   oqibatlarning   uzilmas   zanjiridir.   Shu   sababli   Golbax
tasodifni tabiatdan ham, ijtimoiy hayotdan ham chiqaradi. U insonni ham zaruriyat
quli   deb   hisoblaydi:   u   o‘z   hayotida   bir   daqiqa   ham   erkin   emas,   uning   xatti-
harakatlari amalda qanday namoyon bo‘lsa, shunday bo‘lishi mumkin. Bu oldindan
belgilanganlik Golbax determinizmining fatalistik xususiyatini belgilaydi. 
Deni   Didro   (1713-1784)   o‘zining   «Materiya   va   harakatning   falsafiy
prinsiplari»,   «Tabiatni   tushuntirish   haqida   mulohazalar»,   «D’Alamberning   tushi»
asarlarida subektiv idealizmga qarshi chiqadi va muhim ontologik muammolarning
o‘z   talqinini   taklif   qiladi.   Mavjud   bo‘lgan   hamma   narsalar   moddiydir,   deb
o‘rgatadi  u. Didro fikriga ko‘ra, dunyo uzlyuksiz paydo bo‘ladi va o‘ladi, har bir
lahzada tug‘ilish va o‘lish holatida bo‘ladi; o‘zga dunyo hech qachon bo‘lmagan va
bo‘lmaydi.   Ko‘rib  turganimizdek,   Didro   borliq   muammolarini   o‘rganish   sohasiga
dialektikani   tatbiq   etadi.   Uning   fikricha,   butun   materiya   his   qiladi   (bu   gilozoizm
nuqtai   nazari).   Ammo   u   «inert   hissiylik»   va   «faol   hissiylik»ni   farq   qiladi.   «Faol
hissiylik» muayyan tarzda uyushgan materiyadagina namoyon bo‘ladi. 
Fransuz   materializmi   tabiatshunoslikda   hukm   surgan   tabiat   «saltanati»   -
o‘simliklar,   hayvonot   dunyosi   bilan   inson   o‘rtasidagi   tafovutni   bartaraf   etishga
harakat qildi. 
Didro,   Golbax,   Lametri,   Gelvesiy   va   Kondilyak   falsafasida   gnoseologiya
muammolari   muhimlik   jihatidan   ontologik   muammolar   bilan   bir   qatorda   turadi.
Insonning   ichki   va   tashqi   dunyosi   bilimlar   manbai   deb   e’lon   qilinadi.   Bu
dunyolarni   anglab   yetish   mumkin.   Inson   bilimlarining   nomukammalligi   avvalo
ular   rivojlanishining   mazkur   bosqichi   bilan   belgilanadi.   Fransuz   materialistlari hissiy va aqliy omillarning bilishdagi rolini shunda ko‘radilarki, sezgilar guvohlik
ko‘rsat kichini   bersa,   aql   bu   ko‘rsat kichlar ning   to‘g‘riligini   tekshiruvchi   hakam
vazifasini bajaradi. Aql hissiy ko‘rsat kich lardan uzoqlashishi mumkin emas, lekin
u   mazkur   ko‘rsat kich larga   haddan   tashqari   ishonishi   ham   yaramaydi.   Aqlning
sezgidan ajralishi bilishni amalga oshirib bo‘lmaydigan ishga aylantiradi. 
Kuzatish   va   eksperiment   bilish   metodlaridir.   Ular   mushohada   qilish,
mulohaza yuritish, tushunish va idrok etish, shuningdek aql uchun juda zarur. 
Lametri,   Didro,   Gelvesiy   va   Golbax   ismlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   falsafiy
yo‘nalishning rivojlanishida Eten Bonno de Kondilyak (1714-1780) ishlab chiqqan
bilish nazariyasi ayniqsa muhim rol o‘ynadi. U o‘zining «Inson bilimlarining kelib
chiqishi   haqida   tajriba»,   «Sezgilar   haqida   risola»,   «Tizimlar   haqida   risola»,
«Hayvonlar   haqida   risola»   deb   nomlangan   asarlarida   Lokkni   sensualizm   va
empirizm   tamoyili ni   amalga   tatbiq   etishda   noizchillikda   ayblab,   bilishning
sensualistik  nazariyasini  asoslashga  harakat  qiladi. Kondilyak fikriga ko‘ra, inson
dunyoga kelganda, u nafaqat hech narsani bilmaydi, balki sezish qobiliyatiga ham
ega bo‘lmaydi. Bularning barchasini u tajriba orqali o‘zlashtiradi. Kondilyak sezgi
azaldan biron-bir  mazmunga ega  emas, lekin u lazzatlanish  va  azob-uqubatni  aks
ettirishga   qodir,   shu   bois   u   yoqimli   va   ko‘ngilsiz   bo‘ladi   va   xotirada   saqlanib
qoladi, deb hisoblaydi. 
Hissiyotdan   abstrakt   fikrlashga   o‘tish,   Kondilyak   fikriga   ko‘ra,   uzlyuksiz
jarayon   sifatida   yuz   beradi:   mayl,   xotira   izidan   taqqoslash   va   mulohaza   yuritish
keladi.   Kondilyak   g‘oyalarga   borliqqa   bog‘liq   bo‘lmagan   holda   mavjudlik
xossasini   yuklashga   bo‘lgan   har   qanday   urinishlarga   qarshi   chiqadi.   Borliqni   u
g‘oyalardan qat’i nazar mavjud bo‘lgan hodisalar sifatida tasavvur qiladi. 
Nemis klassik falsafasi.  Nemis klassik falsafasining yirik vakillari Immanuil
Kant, I.Fixte, F.Shelling, Georg Gegel va Lyudvig Feerbax kabilardir. 
Falsafiy tafakkur rivojlanishining bu bosqichi davrning muayyan tarixiy shart-
sharoitlari   bilan   belgilanadi.   Bu   kuchli   ijtimoiy   ziddiyatlar,   jamiyat   ongida
olamshumul o‘zgarishlar yuz bergan davr edi. Kuchli inqilobiy harakatlardan so‘ng
ularning   sur’ati   pasayib   imkoniyatlariga   ishonchsizlik   kuchaydi.   Ijtimoiy   ongda konservativ tendensiyalar ustunlik qila boshladi. Angliya va Fransiyada monarxiya
va Cherkovning oldingi mavqei tiklandi. Germaniyada pruss monarxiyasining roli
kuchaydi.   Tarixdagi   bu   ziddiyatli   voqealar   nemis   gnoseologiyasining   asosiy
xususiyatlarini belgilab berdi. 
Nemis   falsafasi   F.Bekon   va   R.Dekart   boshlagan   inson   aqli   imkoniyatlarini
o‘rganishning   umumiy   yo‘nalishini   davom   ettirdi.   Biroq   u   o‘z   vazifasini   nafaqat
inson aqlini madh etish, balki uning chegaralarini belgilash, e’tiqod va aql, din va
fanni   murosaga   keltirish   yo‘llarini   ham   izlashda   ko‘rdi.   Bu   nemis   falsafasi
bajarishi lozim bo‘lgan ijtimoiy buyurtma edi.
Davrning   olamshumul   voqealari   ijtimoiy   taraqqiyot   nafaqat   aql   va   fan
yutuqlari,   balki   axloq,   ma’naviyat   sohasida   erishilgan   muvaffaqiyatlar   bilan   ham
o‘lchanishini namoyish etdi. Inqilob va u bilan bog‘liq urushlar davrida yuz bergan
ma’naviy   inqiroz   nemis   falsafasida   nafaqat   bilish   imkoniyatlariga,   balki   inson
ma’naviy   dunyosining   barcha   tomonlari,   uning   bilish,   diniy,   axloqiy   va   estetik
qobiliyatlarining  o‘zaro  aloqasi   muammosiga  ham  e’tiborni   qaratishni   talab qildi.
Umuman   olganda,   nemis   faylasuflari   haqiqat,   e’tiqod,   yaxshilik   va   go‘zallik
ajralmasdir, degan fikrni teran asoslashga harakat qildilar. 
Immanuil   Kant   (1724-1804)   nemis   klassik   falsafasining   asoschisi.   Uning
falsafasi   tushunish   uchun   qiyin   bo‘lib,   falsafiy   bilimning   barcha   jihatlarini   o‘z
ichiga oluvchi keng tizimni tashkil et s ad a   asosiy e’tibor ontologiya, gnoseologiya
va axloq masalalariga qaratiladi. 
Kant   konsepsiyasi:   «Sof   aql   tanqidi»   (1781),   «Amaliy   aql   tanqidi»   (1788),
«Mulohaza   yuritish   qobiliyatining   tanqidi»   (1790)da,   shuningdek   faylasuf
ijodining o‘ziga xos sarhisobi sanaluvchi asar – «Sof aql chegaralarida din» (1793)
kabi   kitoblarida   bayon   etilgan.     Kant   bilish   nazariyasining   asosiy   qoidalari
quyidagilardan   iborat.   Kant   fikricha   bilish   jarayoni   uch   bosqich:   1)   sezgilar
darajasida bilish, 2) idrok, 3) aqldan o‘tadi. 
Bilishning birinchi bosqichi  - se zgilar darajasida inson narsaning mavjudligini
biladi,   idrok   yordamida   uni   fikrlaydi.   Narsani   haqiqiy   bilish   aynan   shu   ikki
bosqichni   sintez   qilishni   talab   etadi.   Idrok   darajasida gi   bilishning   quroli   – kategoriyalar.   Ular   idrokka   ichdan   xos.   Hodisalar   rang-barangligi   kategoriyalar
tizimida   aks   etadi.   Kategoriyalar   yordamida   inson   bilimi   tasodifiy   empirik   emas,
balki   umumiy   zarur,   ya’ni   ilmiy   xususiyat   kasb   etadi.   Ilmiy   bilim   kategorial
bilimdir.   Biroq   shundan   so‘ng   Kant   subektiv   idealist   sifatida   mulohaza   yuritadi:
idrok   tabiat   qonunlarini   ochmaydi,   balki   ularni   tabiat   uchun   belgilaydi.   Kant
fikriga   ko‘ra,   kategoriyalar   birligi   va   ularning   bilish   (sintez   qilish)   qobiliyati
zamirida   dunyoning   obektiv   moddiy   birligi   emas,   balki   o‘zlikni   anglashning
transsendental birligi yotadi.  
Idrok etish – bilishning ikkinchi bosqichi. Idrokning kuchi uning sintez qilish
qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Biroq bu to‘liq, cheksiz qobiliyat emas. Idrok tajriba
chegarasidan   tashqariga   chiqa   olmaydi.   Biroq   idrok   o‘z   chegaralarini   o‘zi
bilmaydi.   U   doim   bu   chegaralardan   chetga   chiqadi,   ya’ni   hodisalar   dunyosidan
o‘zidagi narsalar dunyosiga kirishga harakat qiladi. Biroq tajriba chegaralarini tark
etgach (shu tariqa idrok emas, balki aqlga aylangach), u yechib bo‘lmas ziddiyatlar
sohasiga   tushib   qoladi,   uning   mulohazalari   esa   muqarrar   tarzda   xom   xayolga
aylanadi.  
Aql   –   bilish   jarayonining   uchinchi,   oliy   bosqichi.   U   hissiyot   bilan   bevosita
emas, balki bilvosita – idrok orqali bog‘lanadi. Aql bilishning oliy bosqichi bo‘lsa-
da, idrokka ko‘p jihatdan yutqizadi. U tajribaning mustahkam zaminidan ajralgach,
dunyoqarash   darajasidagi   savollarning   birortasiga   ham   uzil-kesil   –   ha   yoki   yo‘q
deb javob bera olmaydi. Dunyo vaqtda va makonda boshlanadimi  yoki u cheksiz
va   boqiymi?   Inson   joni   boqiymi   yoki   foniymi?   Iroda   erkinligi   mavjudmi   yoki
dunyoda hech qanday erkinlik mavjud emas, hamma narsa tabiiy zarurat qonuniga
ko‘ra   yuz   beradimi?   Xudo   bormi   yoki   yo‘qmi?   Idrok   bunday   savollarni   bera
olmagan   bo‘lardi.   Aql   esa   bunday   savollarni   beradi,   biroq   ularga   javob   topa
olmaydi.   Uning   da’volari   imkoniyat   darajasida   emas.   Sof   nazariy   aql   o‘z
mag‘lubiyatini tan olishi lozim, chunki u o‘zidagi narsalarni bila olmaydi.
Ammo   nima   uchun   u   shunga   qaramay   bilishning   oliy   bosqichi   deb   e’tirof
etiladi?   Shuning   uchunki,   aqlning   sof   g‘oyalari   (Kant   ularni   tamoyil lar   deb
nomlagan)   bilishda   oliy   tartibga   solish   vazifasini   bajaradi.   Ular   idrokka   yo‘l ko‘rsatadi.   Aql   g‘oyalarini   ufq   chizig‘iga   o‘xshatish   mumkin:   garchi   bu   chiziqqa
yetib   bo‘lmasa-da,   u   insonga   makonda   mo‘ljal   olish,   ko‘zlangan   maqsad   sari
to‘g‘ri   harakatlanish   imkonini   beradi.   Shunga   qaramay,   Kant   bilish   nazariyasida
metafizik   bo‘lib   qoldi:   u   aqlning   ziddiyatliligi   (ya’ni   cheksizlikning
ziddiyatlililigi)ni   uning   ojizligi,   narsalar   mohiyatini   anglashga   qodir   emaslik
belgisi   sifatida   talqin   qildi.   Holbuki,   bu   amalda,   Gegel   keyinroq   ko‘rsatganidek,
aqlning qudratli kuchidan dalolat beradi.  
Sof   aql   tanqidida   Kant   falsafa   o‘zidagi   narsalar,   ya’ni   dunyoning   oliy
qadriyatlari   haqidagi   emas,   balki   faqat   bilish   chegaralari   haqidagi   fan   bo‘lishi
mumkin,   degan   xulosaga   keladi.   Oliy   mohiyatlar   va   oliy   qadriyatlar   –   bu   Xudo,
ruh   va   erkinlik   bo‘lib,   ularni   biz   biron-bir   tajribada   ko‘ra   olmaymiz,   ular   haqida
oqilona   fan   bo‘lishi   mumkin   emas.   Biroq   ularning   borligini   isbotlashga   qodir
bo‘lmagan   nazariy   aql,   buning   aksini   isbotlashga   ham   qodir   emas,   ya’ni   u
Xudoning   borligiga,   ruhning   o‘lmasligiga   va   iroda   erkinligiga   ishonishni
taqiqlamaydi.   Insonga   e’tiqod   va   ishonmaslik   o‘rtasida   yo‘l   tanlash   imkoniyati
berilgan. U e’tiqodni tanlashi lozim, chunki vijdon ovozi, axloq ovozi undan shuni
talab qiladi. Ammo bu endi nazariy aqldan amaliy aqlga, gnoseologiyadan axloqqa
o‘tishdir. 
Kant   falsafada   o‘ziga   xos   to‘ntarish   yasadi   va   falsafani   alohida   fan   sifatida
tushunish   asoslarini   yaratdi.   Yangi   bilish   nazariyasini   asoslashga   harakat   qilib,   u
XVII-XVIII   asrlarning   bilishni   borliqdan   ko‘chirilgan   andoza   sifatida   talqin
qiluvchi   empirik   nazariyalarini   tanqid   qildi.   Kant   muammoni   boshqa   zaminga
ko‘chirdi   va   falsafada   gnoseologiyaning   bilish   jarayoniga   subekt   –   obekt
munosabati sifatida qaraydigan yo‘nalishiga asos soldi. 
Biluvchi   subekt   –   bu   muayyan   individ   emas,   balki   insonning   bilish
qobiliyatlari   va   bilim   manbalarinigina   o‘zida   mujassamlashtiruvchi   qandaydir
mavxum tasavvur. Inson ongida mavjud bo‘lgan mazkur qobiliyatlar majmui unga
o‘zini   qurshagan   dunyoni   sezgilar   va   aqlning   aprior   shakllari   yordamida   tartibga
solishga   yordam   beradi.   Bu   inson   individual,   shaxsiy   xususiyatlarga   ega   emas, degan ma’noni anglatmaydi, biroq ular bilish jarayonida yetakchi rol o‘ynamasligi
kerak. 
Subekt qandaydir narsa, predmet yoki hodisaning ta’sirini sezgilar darajasida
idrok   etadi.   Bu   mushohada   yuritishning   aprior   shakllari   yordamida   tartibga
solinuvchi  tuyg‘ular rang-barangligini  yuzaga keltiradi. Biroq bu bosqichda bilim
subektiv  bo‘lib  qoladi. Shundan  so‘ng idrok ishga  kirishadi   va  mavjud bilimlarni
tushunchalar  shakliga   soladi,  ya’ni  ularda  qandaydir   umumiy  jihatlarni   aniqlaydi.
Shu sababli pirovard natijada idrok va aqlni birlashtirgan biluvchi subektgina bilim
deb hisoblash mumkin bo‘lgan birlikni yaratadi. 
Binobarin,   bilimning   turli   shakllariga   muayyan   tavsif   berish   mumkin.
Masalan,   matematika   hissiylikning   makon   va   vaqt   kabi   aprior   (ya’ni   tajribada
ko‘rilmagan)   shakllariga   tayanadi.   Boshqacha   aytganda,   biluvchi   subekt   dunyoga
makon va vaqtda mavjudlik nuqtai nazaridan qaraydi.   Ayni holda makon – tashqi
sezgining aprior shakli, vaqt esa – ichki sezgining aprior shakli.   Bunday   apriorlik
matematik   haqiqatlarning,   demak,   fan   sifatidagi   matematikaning   ham   mavjudlik
imkoniyatini belgilaydi. 
Fizika (va boshqa tabiiy fanlar) ham o‘z apriorligi jihatidan «sof» bo‘lgan va
tajribada   «ifloslanmagan»   bir   qancha   mushohadalarga   tayanadi.   Tabiatshunoslik
aprior mushohadalar va idrok kategoriyalarining sintezi sifatida amalga oshiriladi. 
Inson   bilimlari,   fan   va   madaniyat   dunyosi   bizning   tajribamiz,   tuyg‘ularimiz
va aqlimiz ma’lumotlariga asoslanadi. F.Bekon va R.Dekart fan va madaniyatning
yanada rivojlanish yo‘llarini tuyg‘ularimiz va mulohaza yuritish qobiliyatimizning
takomillashuvi   bilan   bog‘laganida,   to‘la   haq   edi.   Biroq   ular   bizning   tajribaga
asoslangan   bilimimiz   har   qancha   rivojlanmasin   va   takomillashmasin,   u   hech
qachon   bizga   faqat   sezgilar,   aql   va   tajribaga   asoslanib   dunyoni   oxirigacha
tushunish imkonini bermasligini hisobga olmagan. 
Bu bilim bizga tabiatan berilgan. U bizning tajribamizdan kelib chiqmaydigan
makon,   vaqt,   sababiyat,   cheksizlik,   Xudo   kabi   kategoriyalarda   mujassamlashgan.
Bu   insonga   oldindan   berilgan   tajribada   olingan   materialga   ishlov   berish
asboblaridir.   Insonning   tajribada   olingan   bilimi   doirasidan   chetga   chiquvchi   bu transsendent  (lotincha o‘tish, bosib o‘tish so‘zidan) kategoriyalar bilish chegarasi,
imkoniyatlarini   biz   sezgilar   yoki   aql   yordamida   biron-bir   narsani   bila
boshlashimizdan   oldinroq   belgilab   qo‘yadi.   Shunday   qilib,   bizning   bilimlarimiz
dunyosi ikki qismdan: tajribada olingan va tajribadan oldingi bilimdan iboratdir. 
Kantning   ijodining   ahamiyati   shundaki,   u   bilimlarimizning   ikki
tomonlamaligini, ya’ni ular nafaqat tajribada olingan, aposterior manbalarga, balki
aprior, transsendent manbalarga ham tayanishini aniqladi.
I.Kant   gnoseologiyasining   ontologik  xususiyat  kasb   etuvchi  yana  bir   muhim
tamoyili   uning   transsendent   bilish   nazariyasidan   kelib   chiqadi   va   dunyoning,   uni
tashkil   etuvchi   barcha   narsalarning   umumiy   tuzilishini   tushuntiradi.   Kant   fikriga
ko‘ra,   inson   ongi   kabi,   dunyodagi   barcha   narsalar   ham   ikki   tomonlamadir.
Birinchidan,   bu   qarshimizda   narsaning   eng   yorqin   tomoni   sifatida   namoyon
bo‘luvchi,   sezgilarimiz   uni   shunday   idrok  etuvchi   «biz   uchun  narsa»   yoki   hodisa
sifatidagi   narsa.   Ikkinchidan,   bu   biz   sezgilarimiz   bilan   idrok   etishga   qodir
bo‘lmagan   «o‘zidagi»   narsa,   narsaning   bizga   «qorong‘i»,   yashirin,   teran   tomoni
yoki  “ noumen ”  sifatidagi narsa. 
Ayni   shu   sababli   bizning   dunyo,   narsalar   va   inson   haqidagi   bilimimiz   hech
qachon to‘liq, mutlaq bo‘lmaydi, balki doim nisbiy, noto‘liq bo‘lib qoladi.   Dunyo
va  inson   nima,   degan   savollar   doim   boqiy,  falsafiy   masalalar   bo‘lib  qoladi.   Kant
bilish nazariyasining asosiy tamoyillari ana shulardan iborat. 
Shunday qilib, Kant o‘z bilish nazariyasida bilim, fan va madaniyatning rolini
yanada   yuksakroq   darajaga   ko‘tardi.   Uning   bilish   nazariyasidan   ong   nafaqat
dunyoni   passiv   aks   ettiradi,   balki   insonga   tabiatan   berilgan   sezish   va   idrok
etishning   aprior   shakllari   yordamida   uni   faol   o‘zgartiradi,   yaratadi,   bunyod   etadi
degan xulosa kelib chiqadi. Kant bilish faoliyatining xususiyatini dunyoni aniq aks
ettiruvchi   ko‘zguga   emas,   balki   chizgan   rasmlari   nafaqat   dunyoning   o‘zini,   balki
ijodkorning tabiatini ham aks ettiruvchi rassomga o‘xshatish lozim. 
Ayni   vaqtda,   Kant   bilishning   muayyan   chegaralari   ham   mavjudligini   qayd
etadi.   «Men   yaratgan   bilish   nazariyasi   inson   aqlini   uning   imkoniyatlari   chegarasi haqida ogohlantiruvchi chegara posboni yoki aqlning dimog‘dorligi deb ataluvchi
xavfli kasallikka qarshi dori bo‘lib xizmat qilishi lozim», deb yozadi. 1
. 
Kant   ta’limotidan   inson   bilimlari   majmui   bilishning   insonga   berilgan   aprior
shakllari   yordamida   narsalarning   biron-bir   qismi,   tomoni,   jihatinigina   o‘ziga   xos
tarzda   aks   ettiradi,   bu   narsalar   ko‘z   o‘ngimizda   doimo   namoyon   bo‘ladi,   biroq
o‘zining asl mohiyatini hech qachon ko‘rsatmaydi, «o‘zidagi narsa» bo‘lib qoladi,
degan xulosa kelib chiqadi. 
Kant   ta’limoti   bilishning   ijodiy   tabiatini   yoritib,   inson   bilimining
taraqqiyotini, olimlar, yozuvchilar ijodini rag‘batlantirdi, biroq shu bilan bir vaqtda
u   inson   bilimlarining   nisbiyligi,   u   yoki   bu   g‘oyalar   yoki   nazariyalarni
mutlaqlashtirish,   shuningdek   ularning   yaratuvchilarini   ilohiylashtirish   xavfli
ekanligi haqida ogohlantirdi. 
Shelling  Fridrix  Vilgelm   Yoze f  (1775-1854)  –  nemis  faylasufi.  Bosh  asari:
«Transsendent   idealizm   tizimi».   «Transsendent   idealizm   tizimi»ning   gnoseologik
va   metodologik   ahamiyati   shundaki,   bu   asar   bilish   nazariyasiga   tarixiylik
tamoyil larini ilk bor izchil ko‘rinishda kiritdi. 
Transsendent idealizm tizimi quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi. 
1.   Nazariy   falsafa.   U   o‘zlikni   anglash   uchun   qarama-qarshi   yo‘nalishlar
(obekt,   subekt,   ideal   va   real   faoliyat)   o‘rtasida   kurash   lozim,   degan   metodologik
qoidadan   boshlanadi.   Shelling   o‘zlikni   anglash   faqat   shu   kurash   jarayonida   yuz
berishini va «Men» mexanizmi to‘laligicha faqat o‘zlikni anglashni tashkil etuvchi
qarama-qarshiliklardan keltirib chiqarilishi mumkinligini qayd etadi. Bunda u ikki
holatni: «Men» endigina yuzaga kelgan va «Men»  aniq-ravshan  ko‘rinib turuvchi
holatlarni   farqlaydi.   Bunda   birinchi   holat   «Men»dan   tashqarida,   ikkinchi   holat   –
«Men»ning ichida bo‘ladi. Shu munosabat bilan ong qaysi holatdan boshlanishini
aniqlash   va   unga   mazkur   chegaradan,   ya’ni   ongdan   tashqarida   yotgan   narsalarni
aralashtirmaslik juda muhimdir. 
Shelling   o‘z   asarida   tarixiylik   tamoyilidan   foydalanib,   o‘zlikni   anglash
tarixida   uch   asosiy   davrni   (bosqichni):   dastlabki   sezishdan   samarali   mushohada
1 1
 Кант И. Критика чистого разума. Соч. – М.: АГРАФ, 1992. – С.159.  yuritishgacha;   samarali   mushohada   yuritishdan   refleksiyagacha;   refleksiyadan
irodaning   mutlaq   harakatigacha   bo‘lgan   davrlarni   farqlaydi.   Bunda   Shelling   ong,
o‘zlikni   anglash   va   jamiyatning   shakllanish   jarayonini   odamlarning   amaliy
faoliyati bilan bog‘lashga harakat qildi. 
2.   Amaliy   falsafa.   Uning   bosh   tushunchasi   –   «tarix»,   bog‘lovchi   muhit
sifatidagi   obektiv   dunyoda   yuz   beruvchi   va   aqlli   jonzotlar   sifatidagi   odamlar
erkinligining   sharti   hisoblanuvchi   odamlarning   o‘zaro   aloqasidir.   Boshqacha
aytganda,   bu   jahon   tarixidagi   obektiv   qonuniyat   haqidagi   muhim   masalaning
qo‘yilishidir.
3.   Tabiiy   maqsadlar   falsafasi.   Bu   yerda   Shelling   quyidagi   antinomiyani
ta’riflaydi:   ko‘r-ko‘rona   kuchlar   mahsuli   bo‘lgan   tabiat   amalda   maqsadga
muvofiqlik   ruhi   bilan   sug‘orilgandir.   Bu   antinomiyaning   yechimini   u   subekt   va
obektning   dastlabki   ayniyligini   e’tirof   etish   yo‘lida   ko‘radi:   umuman   tabiatda   va
uning ayrim  mahsullarida maqsadga muvofiqlikka faqat mushohada yuritish yo‘li
bilan   erishish   mumkin.   Bu   mushohadada   tushuncha   haqidagi   tushuncha   va
obektning   o‘zi   dastlabki   tarzda   va   uzviy   bog‘lanadi   –   shunda   natija   maqsadga
muvofiq tarzda namoyon bo‘lishi lozim. 
4. San’at falsafasi – transsendental idealizm tizimining oxirgi bo‘limi. Uning
asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
a) san’at – umuman bilishning oliy shakli, chunki faqat u yaxlit insonga oliy
bilimga erishish imkonini beradi. San’at amaliy foydaga ham, axloqqa ham, fanga
(falsafaga) ham bo‘ysunishi mumkin emas, chunki u hamma narsadan oliyroqdir;
b)   san’atning   ustunligi   shundaki,   uning   asarlarida   ongli   va   ongsiz   faoliyat
ayniyati   aks   etadi.   «Bizda   mujassamlashgan   bu   teran   ziddiyat»ni   aynan   va   faqat
san’at yechishga qodir. San’at – bu nazariy va amaliy narsalar o‘rtasidagi qarama-
qarshilik  bartaraf   etilib,  ongli   va  ongsiz   tabiat   va   erkinlikning   to‘la   uyg‘unligiga,
idealga erishiluvchi jabha;
v)   san’at   o‘z   rivojlanish   jarayonida   spiral   tashkil   etadi:   qadimda   undan
(aniqrog‘i poeziyadan) falsafa va boshqa fanlar tug‘ilgan; g)   san’at   –   erkinlik   va   zarur iya tning   yuksak   birligi.   Insonning   ijodiy   tabiati
to‘la   davra   aylanib   san’atda   o‘zining   yakuniy   ifodasini   topadi.   San’at   insonga
“ oliy " ni bilish darajasiga yetish imkonini beradi. 
Shelling   naturfalsafasi   XVIII   asr   oxiriga   kelib   erishilgan   va   jamoatchilikda
keng   qiziqish   uyg‘otgan   yangi   tabiiy-ilmiy   natidalarni   falsafiy   jihatdan
umumlashtirishga   bo‘lgan   ehtiyojga   javob   sifatida   vujudga   keldi.   Shelling   o‘z
davrining barcha kashfiyotlariga yagona asosni topishga harakat qildi: u tabiatning
ideal   mohiyati,   tabiat   faolligining   nomoddiy   xususiyati   haqidagi   g‘oyani   ilgari
surdi.   Shelling   naturfalsafasining   qimmati   uning   dialektikasida   namoyon   bo‘ladi.
Tabiatshunoslik   kashf   etgan   aloqalar   haqida   mulohaza   yuritar   ekan,   Shelling   bu
aloqalarni   belgilovchi   kuchlarning  birligi   va  tabiatning  yagonaligi   haqidagi  fikrni
ilgari suradi. Bundan tashqari, u har qanday narsaning mohiyati qarama-qarshi faol
kuchlarning   birligi   bilan   tavsiflanadi,   degan   xulosaga   keladi.   Bu   birlikni   u
«qutblilik»   deb   nomlagan.   qarama-qarshiliklarning   birligiga   misol   qilib   Shelling
magnitni,   musbat   va   manfiy   elektr   zaryadlarini,   kimyoviy   moddalarda   kislota   va
ishqorlarni, organik jarayonlarda ta’sirlanish va tormozlanishni, ongda subektivlik
va obektivlikni keltiradi. «qutblilik»ka Shelling narsalar faolligining bosh manbai
sifatida   qaraydi,   uni   tabiatning   «haqiqiy   dunyoviy   joni»   deb   tavsiflaydi.   Shelling
o‘z asarlarida ideal va moddiy narsalarning ayniyligi g‘oyasini ilgari suradi. Uning
fikricha, materiya mutlaq ruh, aqlning erkin holatidir. Ruh va materiyani bir-biriga
qarshi   qo‘yish   mumkin   emas;   ular   ayniydir,   chunki   ayni   bir   mutlaq   aqlning   turli
holatlarini aks ettiradi. 
Shelling   naturfalsafasining   paydo   bo‘lishi   Fixte   subektiv   idealizmi   ildiziga
bolta urdi va nemis klassik idealizmida obektiv idealizm va uning dialektikasi sari
burilish yasadi. 
Gegel   falsafasi.   Gegel   falsafiy   tizimi   nemis   klassik   idealizmining   tadrijiy
yakuni   hisoblanadi.   Buyuk   faylasufning   barcha   mashhur   asarlari:   «Ruh
fenomenologiyasi»   (1807),   «Mantiq   fani»   (1812-1816),   «Falsafa   fanlari   qomusi»
(1817)   ayni   shu   tizimni   ishlab   chiqishga   bag‘ishlangan.   «Ruh   fenomenologiyasi» asari   Gegel   falsafiy   tizimiga   o‘ziga   xos   debochadir.   Bu   asarda   Gegel   inson   ongi
turli darajalari rivojlanishining izchil qatorini tahlil qiladi.
Gegel   tizimining   birinchi   va   muhim   qismi   –   «Mantiq»   «Ruh
fenomenologiyasi»ning yakuni va xulosasidir.  Bu subekt va obektga qadar mavjud
bo‘lgan «sof  fikr» sohasidir. Mantiqda uning o‘zi va mantiq shakllaridan tashqari
hech qanday empirik mazmun mavjud emas. Mantiq tarix va tabiatdan oldin paydo
bo‘lgan. Mantiq ularni yaratgan. 
Mantiq   uch   qismga:   borliq   haqidagi   ta’limot,   mohiyat   haqidagi   ta’limot   va
tushuncha haqidagi ta’limotga bo‘linadi. Borliq va mohiyat tushuncha o‘zini to‘liq
namoyon   etgunga   qadar   «ko‘tariladigan»   pillapoyalar   sifatida   qaraladi.
«Mantiq»da   mutlaq   g‘oyaning   rivojlanishi   abstrakt   mantiqiy   kategoriyalar
ko‘rinishida yuz beradi. Uning tayanch nuqtasi – borliq haqidagi sof abstrakt fikr.
Dastlab   mazmunsiz   bo‘lgan   bu   «sof   borliq»   tushunchasi   «nimadir»   orqali   o‘z
mazmunini   kasb   etishga   harakat   qiladi.   Bu   «nimadir»,   o‘z   navbatida,   «muayyan
borliq»dir. Gegel fikriga ko‘ra, mutlaq g‘oyaning vujudga kelish jarayoni ayni shu
tariqa   boshlanadi.   «Muayyan   borliq»   keyingi   bosqichda   «qandaydir   muayyan
borliq»   sifatida   amal   qiladi   yoki   sifat   kasb   etadi.   Sifat   kategoriyasi   miqdor
kategoriyasi bilan birga rivojlanadi. Sifatli miqdor yoki miqdoriy sifat esa o‘lchov
hisoblanadi.   Borliq   haqidagi   ta’limotda   Gegel   dialektika   qonunlaridan   biri:
miqdordan   sifatga   va   sifatdan   miqdorga   o‘tish,   rivojlanish   jarayonlari   sakrash
tarzida yuz berishini asoslashga harakat qiladi. 
Hodisa   sifatida   tushuniladigan   borliqdan   Gegel   yanada   teranroq,   ichki
qonuniyatlarga – mohiyatga o‘tadi. Bu qismda Gegel qarama-qarshiliklarning bir-
biriga o‘tishi, ularning birligi, ayniyat va kurash to‘g‘risidagi qonunni tahlil qiladi.
Gegel   fikriga   ko‘ra,   ziddiyat   –   bu   qarama-qarshiliklarning   o‘zaro   nisbatidir.   Ular
bir-birisiz mavjud bo‘lmaydi, lekin turli yo‘ldan rivojlanadi va bu ular o‘rtasidagi
munosabatlar ning   keskinlashuviga   sabab   bo‘ladi.   Ziddiyatni   yechish   yoki   unga
chek   qo‘yish   talab   etiladi.   Gegel   ziddiyatni   asos   va   oqibatning,   shakl   va
mazmunning,   hodisa   va   mohiyatning,   imkoniyat   va   voqelikning,   tasodif   va
zaruriyatning   o‘zaro   nisbatida   ko‘radi.   Ziddiyat   haqidagi   ta’limotni   rivojlantirar ekan, Gegel ichdan zarur bo‘lgan, har qanday o‘zgarish va rivojlanishning manbai
sanalgan «o‘z-o‘zidan harakat» haqida xulosa chiqaradi. 
Gegel fikriga ko‘ra, ayniyat va tafovutning nisbatini bilish jarayonida ularning
zamirida   yotgan   ziddiyat   namoyon   bo‘ladi.   Ziddiyatlar   mavjudligi   hodisaning
rivojlanayotganidan   dalolat   beradi.   Mohiyat   haqidagi   ta’limotda   Gegel   voqelikni
«mohiyat   va   mavjudlikning   birligi»   sifatida   tavsiflaydi.   Mohiyatning   o‘zi   –
«mavjudlik asosi»dir. Mohiyat haqidagi ta’limotning dastlabki boblaridan boshlab
Gegel uni bilish mumkin emas degan tasavvurni rad etadi. 
Borliq   va   mohiyat   sohasidagi   rivojlanish   jarayonlarini   belgilovchi   zaruriyat
tushunchada o‘z aksini topadi. Bunday zaruriyat erkinlikka aylanadi, «erkinlik esa
– bu anglab yetilgan zaruriyat»dir. Shu tariqa «Mantiq» tushunchaga o‘tadi. Bunda
Gegel   falsafiy   metod   sifatidagi   formal   mantiq   va   metafizikani   tanqid   tig‘i   ostiga
oladi   va   umumiylik,   alohidalik   va   yakkalik   dialektikasini   ishlab   chiqadi.   Ayni
vaqtda   u   haqiqat   tushunchasini   fikrning   obekt   bilan   mos   kelish   jarayoni   sifatida
tahlil qiladi. Bunga g‘oyada erishiladi. Faqat g‘oya tushuncha  va narsaning shak-
shubhasiz birligi hisoblanadi. 
Mantiqdan   Gegel   tabiat   falsafasiga   o‘tadi.   Unda   g‘oya   tabiat   bunyodkori
hisoblanadi.   Aynan   u   o‘zining   «o‘zga   borlig‘i»   -   tabiatni   yaratadi.   Tabiatning
rivojlanish   bosqichlari:   mexanizm,   ximizm,   organizm.   Gegel   o‘z   dialektik
tafakkurining   teranligi   va   kuchi   yordamida   «Tabiat   falsafasi»da   noorganik   va
organik   tabiatning   ayrim   bosqichlari   o‘rtasidagi   o‘zaro   aloqa   hamda   dunyodagi
barcha hodisalarning qonuniyati haqida bir qancha noyob farazlarni ilgari suradi. 
Mutlaq   g‘oya   rivojlanishining   uchinchi   bosqichi   ruh   bo‘lib,   u   ham   o‘z
rivojlanish   jarayonida   uch   bosqichdan   o‘tadi:   subektiv   ruh,   obektiv   ruh,   mutlaq
ruh.   Subektiv   ruh   –   bu   «jon»   yoki   «ruh   o‘zida»,   ong   yoki   «ruh   o‘zi   uchun».
Obektiv   ruh   huquq   sohasini   belgilaydi.   Pirovard   natijada   u   axloqda   o‘z   ifodasini
topadi   va   oilada,   fuqarolik   jamiyati   va   davlatda   mujassamlashadi.   Mutlaq   ruh   –
umrboqiy haqiqat. U o‘z rivojlanish jarayonida uch bosqich: san’at, din va falsafa
bosqichlaridan   o‘tadi.   San’at,   Gegel   fikriga   ko‘ra,   mutlaq   g‘oyani   bilishning
bevosita   shakli.   Din   o‘z   manbai   –   vahiy   orqali   Xudoni   anglab   yetadi.   Falsafa   - mutlaq ruh rivojlanishining oliy darajasi. Bu yerda g‘oya o‘zini o‘zi anglab yetadi,
o‘zining   «sof   prinsipi»   darajasiga   ko‘tariladi,   mutlaq   g‘oyaning   intihosini   uning
ibtidosi bilan bog‘laydi. 
Shunday qilib, Gegel falsafiy tizimida mutlaq g‘oya rang-barang va murakkab
hayot yo‘lini bosib o‘tadi. Uning tizimi – bu obektiv idealizm: mutlaq g‘oya tabiat
va   insonga   qadar   «sof   fikr»   sifatida   mavjud   bo‘ladi,   tabiat   va   jamiyatni   vujudga
keltiradi. Tizim zamirida «triada»: tezis – antitezis – sintez yotadi. Bu «triada», bir
tomondan, Gegel falsafiy tizimiga izchil tus beradi, boshqa tomondan esa, Gegelga
dunyo   rivojlanishining   hujumkor   xususiyatini   ko‘rsatish,   qomusiy   bilimlardan
foydalanish uchun imkoniyat yaratadi. 
Uning   falsafiy   tizimi   mantiq   va   tabiat   falsafasini,   antropologiya   va
psixologiyani, huquq falsafasi va axloqni, davlat va fuqarolik jamiyati falsafasini,
din falsafasi va estetikani, falsafa tarixi va tarix falsafasini,  tamoyil lar, qonunlar va
kategoriyalar tizimi sifatidagi dialektikani o‘z ichiga oladi. 
Dialektika   muammolarini   ishlab   chiqishda   ham   Gegelning   xizmatlari
beqiyosdir. U sifat o‘zgarishi, quyi shakllardan oliy shakllarga yuksalish, eskining
yangiga   o‘tishi,   har   bir   hodisaning   o‘z   ziddiga   aylanishi   sifatidagi   dialektik
rivojlanish   haqidagi   ta’limotni   yaratdi.   Gegel   dunyodagi   barcha   jarayonlar
o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qayd etdi. 
Gegel   dialektikaning   idealistik   shaklini   ishlab   chiqqan:   u   kategoriyalar
dialektikasini,   ularning   aloqalari   va   bir-biriga   o‘tishini,   «sof   fikr»   -   mutlaq
g‘oyaning   rivojlanishini   tahlil   qiladi.   U   rivojlanishni   o‘z-o‘zidan   harakat   sifatida,
qarama-qarshiliklar   bir-biriga   o‘tishi   natijasida   yuz   beruvchi   o‘z-o‘zidan
rivojlanish   sifatida   tushunadi:   hodisa   ziddiyatli   bo‘lgani   bois,   u   harakatlanish   va
rivojlanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Gegel dialektikasida har bir tushuncha qolgan
barcha   tushunchalar   bilan   ichdan   bog‘lanadi:   tushunchalar   va   kategoriyalar   bir-
biriga   o‘tadi.   Masalan,   imkoniyat   rivojlanish   jarayonida   voqelikka,   miqdor   –
sifatga,   sabab   –   oqibatga   aylanadi   va   ayni   vaqtda   buning   aksi   yuz   beradi.   Gegel
qarama-qarshi   kategoriyalar   –   shakl   va   mazmun,   mohiyat   va   hodisa,   tasodif   va
zaruriyat, sabab va oqibatning birligini qayd etadi.  Gegel   dialektikaning   asosiy   qonunlari:   miqdor   va   sifat   o‘zgarishlari   qonuni,
qarama-qarshiliklarning   bir-biriga   o‘tishi   qonuni   va   inkorni   inkor   qonunini   kashf
etdi. U kategoriyalar dialektikasi orqali dialektika asosiy qonunlarining amal qilish
mexanizmini o‘rganadi. 
Gegel dialektikani bilish jarayoni ga  tatbiq etdi. Gegel uchun haqiqat bir marta
va bir umrga berilgan mutlaqo to‘g‘ri javob emas, balki jarayondir. Gegelda bilish
nazariyasi   bilish   tarixi   bilan   mos   keladi:   bilish,   fan   rivojlanishi   tarixiy
bosqichlarining   har   biri   u   haqda   «mutlaq»,   lekin   cheklangan,   to‘liq   bo‘lmagan
tasavvur   hosil   qilish   imkonini   beradi.   Har   bir   keyingi   bosqich   o‘zidan   oldingi
bosqichdan boyroq va muayyanroq. U avvalgi mazmunning boyligini o‘zida to‘liq
saqlaydi va oldingi bosqichni rad etadi, lekin uning noyob jihatlarini yo‘qotmaydi,
«o‘zlashtirilgan barcha xossalarni yanada boyitadi». 
Shunday   qilib,   Gegel   mutlaq   va   nisbiy   haqiqat   dialektikasini   ishlab   chiqadi.
Gegel dialektikasini  o‘rganish bilish nazariyasiga oid bilimlarni boyitadi, nazariy,
ijodiy   fikrlash   qobiliyatining   rivojlanishiga   yo‘l   ochadi,   mustaqil   g‘oyalarni
yaratishga ko‘maklashadi. 
6- masala.    XX – XXI asr falsafasining okimlari
  G‘arb   falsafasida   XIX   asr   oxirida   boshlangan   jarayonlar   XX   asrda   uning
yangi, hozirgi noklassik tipi vujudga kelishi bilan yakunlandi. 
Hozirgi   G‘arb   noklassik   falsafasi   muayyan   yaxlitlik,   birlikni,   ifoda   etuvchi
falsafiy   tafakkur   shakllanishining   o‘ziga   xos   bosqichidir.   Unda   ayrim   asosiy
yo‘nalishlar – pozitivizm, neopozitivizm, strukturalizm va hokazolar farqlanadi. 
Ssientistik   tendensiya   falsafani   ijtimoiy   fanga   aylantirish   va   dunyoqarash
masalalaridan xalos bo‘lishga intilish bilan bog‘liq. Uni avvalo pozitivizmning har
xil, shu jumladan sosiologiya sohasidagi shakllari ifoda etadi. 
Ularga   falsafaning   ijtimoiy   bilim   uchun   ilmiylikning   yagona   andozasini
yaratishga harakat qiluvchi yo‘nalishi – strukturalizm yaqin turadi. 
Antissientistik, ko‘p jihatdan irrasionalistik tendensiya fan salbiy ijtimoiy va
tabiiy   jarayonlarga   sabab   bo‘lib,   ong   va   bilishning   boshqa   noilmiy   shakllarini chetga   chiqarib   qo‘yishidan   kelib   chiqadi.   Falsafiy   mulohaza   yuritishning   bu   tipi
avvalo hayot falsafasi, ekzistensializm va germenevtikani o‘z ichiga oladi. 
Mavhum-metafizik   tendensiya   falsafani   borliq   va   bilishning   teran   asoslarini
aniqlovchi   «mutlaq   fan»   sifatida   tasavvur   qilish   bilan   bog‘liq.   Falsafa   o‘z
mazmunini   ijtimoiy   fanlarning   dalil lari   va   qonunlaridan   qat’i y   nazar   keng
ifodalaydi,   deb   hisoblanadi.   Bu   tendensiyani   diniy   falsafaning   turli   yo‘nalishlari
ifoda etadi. Bunga fenomenologiya yo‘nalishi ham yaqin turadi. 
E ndi   h ozirgi   zamon   G‘arb   falsafasining   muammolari   tahlil   qilinuvchi   eng
nufuzli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqamiz. 
Pozitivizm   falsafaning   keng   tarqalgan   yo‘nalishlaridan   biridir.   Uning
muammolari ilmiy bilimning falsafiy tahlili atrofida jamlanadi. 
Pozitivizm   soxta   bilimdan   haqiqiy  bilimni   ajratishga   harakat   qiluvchi   ijobiy
bilimning falsafiy doktrinasini anglatadi. 
Bunday   ijobiy   bilimlar   ayrim   fanlarni   bilish   bilan   tenglashtiriladi:
pozitivizmga   dunyoqarash   muammolarini   o‘z   ichiga   oluvchi   an’anaviy   falsafaga
nisbatan o‘ta salbiy munosabat xosdir. 
Pozitivizmning   birinchi   tarixiy   shakli   XIX   asrning   30-40-yillarida   vujudga
kelgan. Unga fransuz faylasufi  O.Kont  asos solgan. 
Kont   fikriga   ko‘ra,   fanning   vazifasi   narsani   tushuntirish   emas,   balki   unga
tavsif   berishdir.   Fan   «nima   uchun?»   degan   savolga   javob   berishga   qodir   emas,   u
dalil larni   qayd   etish   va   «qay   tarzda?»   degan   savolgagiga   javob   berish   bilan
kifoyalanishi lozim. Shu holdagina u ijobiy bo‘lishi mumkin. 
Kontning   falsafani   ijobiy   bilim   tamoyil lariga   muvofiq   tuzishga   urinishi
tabiatshunos olimlar davralarida o‘z izdoshlarini topdi. 
Ilk pozitivizm asoschilari olimlarni hissiy hodisalar jabhasiga chuqur kirishga
urinishlardan voz kechish va ularni tavsiflash bilan kifoyalanishga chaqirdilar. Bu
yondashuv   hissiylik   jabhasi   ortida   qandaydir   borliqning   mavjudligini   nazarda
tutadi. 
Ilk pozitivizm ning o‘ziga xos xususiyati  shundaki, O.Kont va uning boshqa
namoyandalari   falsafaning   asosiy   vazifasini   muayyan   fanlarning   amalda   mavjud moddiy dunyo haqidagi ma’lumotlarini umumlashtirish va tizimga solishdan iborat
deb bildilar. Boshqacha  aytganda, bu bosqichda pozitivizm hali tashqi dunyoning
mavjudligini tan oluvchi materialistik ta’limot bo‘lib qoldi. 
Pozitivizmning   ikkinchi   tarixiy   shakli   –   empiriokritisizm   XIX–XX   asrlar
chegarasida   yuzaga   keldi.   Uning   eng   mashhur   namoyandalari   –   E.Max   (1838-
1916)   va   R.Avenarius   (1843-1896).   Ilk   pozitivizmdan   farqli   o‘laroq,
empiriokritisizm   falsafaga   «ikkinchi   pozitivizm»ni   sintez   qiluvchi   fan   sifatida
yondashadi,   uni   bilish   nazariyasiga   bog‘laydi.   Empiriokritisizm   «tajriba   tanqidi»
degan   ma’noni   anglatadi   va   «tajribani   metafizik   tabiatni   o‘zgartiruvchi   barcha
qoidalardan tozalash»ni nazarda tutadi. E.Max fikriga ko‘ra, tajriba amalda «dunyo
elementlari» hisoblanuvchi sezgilardan iboratdir. 
Binobarin,   pozitivizm   o‘zining   maxizm   shaklini   kasb   etgan   ikkinchi
bosqichida butun falsafiy faoliyatni inson tajribasi hissiy asosining ruhiy-fiziologik
shakllari   tahliliga   bog‘ladi.   Maxizm   falsafasida   dunyo   «sezgilar   majmui»   tarzida
namoyon   bo‘ldiki,   bu   materializmdan   butunlay   voz   kechilishi,   ingliz   faylasufi
Berklining subektiv idealizmi o‘ziga xos tarzda tiklanishini anglatar edi. 
Ikkinchi   pozitivizm   yaratuvchilari   bilish   jarayonining   nazariy   modelini
tuzishga   harakat   qilgan   bo‘lsalar,   neopozitivizm,   pozitivizmning   uchinchi   tarixiy
shakli sifatida, ilmiy nazariyalarning haqiqatnamoligini, ularning nisbiy qimmatini
aniqlash   metodlarini   o‘z   falsafiy   faoliyatining   predmetiga   aylantirdi.   Bu   bosqich
vakillari (Karnap, K.Popper, I.Lakatos, T.Kun va boshqalar) pozitivizmning asosiy
tamoyil lariga   tayanib,   an’anaviy   falsafa   tushunchalari   noilmiydir,   chunki   ularni
tajribada tekshirish mumkin emas, deb e’lon qildilar. 
Neopozitivistlar   u   yoki   bu   ilmiy   xulosalar,   konsepsiyalar   va   nazariyalarning
to‘g‘riligi,   haqiqiyligini   tekshirish   metodlariga   asosiy   e’tiborni   qaratdilar.   Ular
hozirgi   ilmiy   bilimlarning   haqiqiyligini   tekshirishning   asosiy   tamoyil lari:
verifikasiya, falsifikasiya va konvensiya  tamoyil arini ta’riflab berdilar.
Verifikasiya   (lot.   «verus»   -   haqiqiy   va   «facio»   -   bajaraman)   tamoyil i   nuqtai
nazaridan   hissiy   tajriba   dalillari   bilan   tasdiqlanuvchi   ilmiy   qoidalargina   haqiqiy hisoblanadi.   Boshqacha   aytganda,   tajribada   sinalishi   mumkin   bo‘lgan
mulohazalargina ahamiyat kasb etadi. 
Neopozitivizm   metafizik   farazlarni   aniqlash   ishida   verifikasiya   tamoyil i
muhim   ahamiyat   kasb   etishini   ta’kidlagan.   Biroq   bu   tamoyil   o‘zi ni   oqlamadi,
chunki u fan tuzilishi va dinamikasiga mos kelmasdi. Verifikasiya  tamyil iga qarshi
quyidagi e’tirozlar mavjud:
Fanda   tajribada   sinash   mumkin   bo‘lmagan   bilimlar   hanuzgacha   mavjud.
Biroq ularni keyinchalik, kuzatish va eksperiment texnikasi rivojlanganidan so‘ng
tekshirish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. masalan, O.Kont osmon jismlarining
kimyoviy   tarkibi   haqidagi   masalani   metafizik   masala   deb   hisoblagan.   U   mazkur
masalaning yechimini topish mumkin emasligini qayd etgan. Kont vafotidan so‘ng
oradan   ikki   yil   o‘tgach   spektral   analiz   paydo   bo‘ldi   va   uning   yordamida   osmon
jismlarining kimyoviy tarkibi aniqlandi. 
Tarixiy bilim  – o‘tmish haqidagi, hozir mavjud bo‘lmagan narsalar  haqidagi
bilim.   Verifikasiya   tamoiyl i   esa   mavjud   borliqqa   tayanishni   talab   qiladi.   Biroq
o‘tmishni   ham   bilish   mumkin.   Verifikasiya   tamoyil iga   ko‘ra   esa,   barcha   tarixiy
mulohazalar ma’nosizdir. 
Ma’noli mulohazalar majmuini neopozitivizm ikki turga – sintetik va analitik
mulohazalarga   ajrat a di.   Verifikasiya   tamoyili ning   o‘zini   mulohazalarning   qaysi
turiga kiritish mumkin? Bu tavtologiya ham, tajribada sinalgan (sintetik) mulohaza
ham   emas.   Mazkur   prinsipning   kelib   chiqishi   falsafiy   xususiyatga   ega,   mohiyat
e’tibori bilan bu mantiqiy pozitivizm qabul qila olmaydigan metafizik qoidadir. 
Falsifikasiya   prinsipi   ilgari   surilgan   qoidalarni   tasdiqlashga   emas,   balki   rad
etishga   qarab  mo‘ljal   oladi.   U  ilmiylikka   da’vogar   bo‘lgan   qoidalarni   rad  etishga
harakat   qilishni   nazarda   tutadi.   Ilgari   surilgan   qoidani   rad   etib   bo‘lmasa,   uni
haqiqiy   yoki   hech   bo‘lmasa   o‘rinli   deb   hisoblash   mumkin.   Rad   etilgan   qoidadan
esa voz kechilishi lozim. 
F anni   o‘rganish   sohasidagi   falsafiy   yo‘nalish   sifatida,   Neopozitivizm,   50-
yillar   oxiri   –   60-yillarning   boshlarida   o‘z   nufuzini   yo‘qotdi ,   va   shu   davrda
«To‘rtinchi pozitivizm» yoki postpozitivizm maydonga chiqdi. Uning eng mashhur namoyandalari   qatoriga   K.Popper,   I.Lakatos,   T.Kun,   S.Tulmin,   P.Feerabend,
D.Agassini kiritish mumkin. 
Postpozitivizm.   Postpozitivizmning   neopozitivizm   bilan   g‘oyaviy   aloqasi
shunda ifodalanadiki, ular asosan ilmiy bilim tahlili bilan shug‘ullangan, tilga katta
e’tibor   bergan.   Biroq,   mantiqiy   pozitivizm   asosan   mavjud   ilmiy   bilim   tuzilishini
o‘rganishga e’tiborni qaratgan bo‘lsa, postpozitivizmning bosh muammosini ilmiy
bilim   dinamikasi   tashkil   etadi.   Bu   o‘zgarish   fanni   falsafiy   o‘rganish   masalalari
doirasi ning   ham   o‘zgarishiga   sabab   bo‘ldi.   Postpozitivizmni   avvalo   ilmiy
bilimning   ijtimoiy-madaniy   omillari,   yangi   nazariyalarning   yuzaga   kelishi,
ularning   olimlar   ham jam iyati   tomonidan   qabul   qilinishi,   raqobatlashuvchi   ilmiy
konsepsiyalarni taqqoslash va tanlash mezoni qiziqtiradi. 
Agar   m antiqiy   pozitivizmga   empirik   bilimni   ishonchli   va   barqaror   bilim
sifatida   ishonchsiz   va   o‘zgaruvchan   nazariy   bilimga   qarshi   qo‘yish   xos   bo‘lsa,
p ostpozitivi zm   esa, aksincha, bilimning bu ikki darajasi bir-biriga o‘tishi   haqidagi
qarash xosdir zero postpozitivizm ta’limoti n azariyaning empiriyaga ta’siri kuchli
emasligi,   dalil larni   aniqlash   uchun   nazariya   talab   etilishi,   shu   sababli   dalillar
nazariyaga   ma’lum   darajada   bog‘liq   bo‘lishi   yoki   hatto   ularni   belgilashi   yoritib
berilgan. 
Postpozitivizm   konsepsiyasining   navbatdagi   xususiyati   –   shundaki   ilmiy
bilimning   rivojlanishini   talqin   qilishda   kumulyativizmdan   voz   kech ilgan .   Ilk
pozitivizm   ilgari   surgan   kumulyativistik   yondashuv   fanning   izchil   rivojlanishi,
bilimlarning   asta-sekin   to‘planib   borishini   nazarda   tutadi.   Postpozitivizm   fan
haqidagi bunday tasavvurdan voz kechadi. U fan tarixida inqilobiy o‘zgarishlar yuz
berishi   muqarrarligini   asoslashga   harakat   qiladi.   Postpozitivistlar   fikriga   ko‘ra,
inqilob   natijasida   fanda   ilgari   e’tirof   etilgan   va   asoslangan   bilimlar,   nafaqat
nazariyalar, balki metodlar va omillar ham qayta ko‘riladi. 
Uchinchi   va   to‘rtinchi   pozitivizm   o‘rtasida   fanni   soxta   fan   (metafizika)dan
farqlash masalasida ham jiddiy tafovutlar mavjud. Pozitivizm metafizikani fandan
chiqarib   tashlashni   bosh   vazifalaridan   biri   deb   hisoblagan.   Postpozitivizm   esa
ilmiy bilim va falsafa o‘rtasida qat’iy chegara o‘tkazishdan bosh tortadi. U falsafiy qoidalarning   asosliligini   va   ularni   fanlardan   chiqarib   tashlash   mumkin   emasligini
tan   oladi.   Fan   falsafasida   keng   qo‘llaniluvchi   «paradigma»   (T.Kun),   «ilmiy
tadqiqot   dasturi»   (I.Lakatos)   kabi   tushunchalar   falsafiy   (metafizik)   unsurlardan
iborat.   Shuningdek ,   postpozitivizmning   ayrim   namoyandalari   (P.Feerabend)   fan,
falsafa va afsona o‘rtasida biron-bir farqni ko‘rishdan butunlay bosh tortadi. 
Postpozitivizm   fan   tashqi   (ijtimoiy,   madaniy)   omillar   bilan   belgilanishi
haqidagi   g‘oyani   tan   oladi.   Bu   jihatdan   ham   postpozitivizm   mazkur   falsafiy
yo‘nalishning   oldingi   shakllaridan   ancha   farq   qiladi.   Quyida   postpozitivizm
vakillarining qarashlari bilan tanishamiz.
Tomas Kun.   T.Kunning epistemologik konsepsiyasi  uning «Ilmiy inqiloblar
strukturasi»   asarida   ifodalangan   bo‘lib,   bu   yerda   u   pozitivistik   an’analarni   tanqid
qiladi. 
Kun fikriga ko‘ra, fan tarixi epistemologiyaning bazisi  va asosiy  materialiga
aylanishi lozim. 
Fan   –   bilimlar   tizimi   emas,   balki   avvalo   ilmiy   hamjamiyatlar   faoliyatidir.
Muammo bunday qo‘yilganida falsafa fanining dastlabki nuqtai nazarlari va xatti-
harakatlarida   mujassamlashgan   alohida   normativlik   va   mantiqiy-metodologik
mustaqillikka   bo‘lgan   barcha   da’volar   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotadi.   Ular   ilmiy
hamjamiyat faoliyatining asosiy usuliga, uning zaminida shakllangan fan matrisasi
va   paradigmasiga   bog‘liq   bo‘lib   qoladi.   T.Kunning   «Ilmiy   inqiloblar   strukturasi»
asari   ta’sirida   ilmiy   hamjamiyat   tushunchasi   fanning   barcha   sohalaridan
mustahkam o‘rin oldi. Fanning o‘zi g‘oyalar tizimining rivojlanishi sifatida emas,
balki ilmiy hamjamiyat faoliyatining mahsuli sifatida tushunila boshlandi. 
Ilmiy hamjamiyatni ma’lum ixtisoslikka va o‘xshash ilmiy tayyorgarlikka ega
tadqiqotchilar   tashkil   etadi.   Ilmiy   hamjamiyat   vakillari,   odatda,   o‘xshash   kasbiy
ko‘nikmalarga   ega   va   ilmiy   adabiyotlarning   muayyan   majmuini   o‘zlashtirgan
bo‘ladi.   Ilmiy   hamjamiyat   bu   muayyan   bilim   sohasi   mutaxassislarining
hamjamiyati yoki ma’lum ilmiy muammoni o‘rganuvchi tadqiqotchilar guruhidir. 
Fanning   rivojlanish   jarayonida   ilmiy   hamjamiyatning   rolini   quyidagicha
tavsiflash mumkin:  mazkur   hamjamiyat   vakillari   fan   maqsadlarini   va   o‘z   sohasining
vazifalarini   bir   xil   tushunadilar.   Shu   tariqa   ular   u   yoki   bu   fanning   predmeti   va
uning rivojlanishi haqidagi tasavvurlar tizimini tartibga keltiradilar;
 ularga   universalizm   xos   bo‘lib,   buni   ular   o‘z   tadqiqotlarida   va   o‘z
hamkasblarining   tadqiqotlariga   baho   berishda   hisobga   oladilar,   bu   yerda   ular
bilimlarni   asoslash   va   isbotlashning   umumiy   mezonlari   va   qoidalariga   amal
qiladilar;
 ilmiy   hamjamiyat   tushunchasi   bilimlarni   jamlashning   kollektiv
xususiyatini qayd etadi. U bilishning kollektiv subekti nomidan ish ko‘radi, bilish
faoliyati natijalariga kelishib baho beradi, ichki me’yorlar va ideallar tizimi – fan
etosini yaratadi va quvvatlaydi;
 ilmiy hamjamiyatning barcha a’zolari muayyan paradigmaga – ilmiy
muammolarni   qo‘yish   va   yechish   modeli   (andozasi)ga   amal   qiladi.   Yoki,   T.Kun
ta’biri   bilan   aytganda,   paradigma   tadqiqotchi   olimlar   guruhini   boshqaradi.
Olimlarning   o‘zlari   ko‘proq   paradigma   haqida   emas,   balki   nazariya   yoki
nazariyalar to‘plami haqida so‘z yuritishni ma’qul ko‘radilar.
Fan   rivojlanishining   Kun   taklif   qilgan   modeli   turli   ilmiy   hamjamiyatlar
o‘rtasidagi   raqobat   kurashi   hodisalari   oldinma-ketin   yuz   berishini   nazarda   tutadi.
Qabul   qilingan   paradigma   hukmronligi   davri,   «normal   fan»   bosqichidan   keyin
paradigmaning inqiroz davri keladi va bu ilmiy inqilob atamasi bilan ifodalanadi.
Raqobatlashayotgan   taraflardan   birining   g‘alabasi   fanning   normal   rivojlanish
bosqichini tiklaydi. Paradigma yuzaga kelishidan oldingi davr dalillarning tartibsiz
to‘planishi   bilan   tavsiflanadi.   Bu   davrdan   chiqish   ilmiy   amaliyot   andozalari,
nazariy   qoidalar,   dunyoning   aniq   manzarasi   belgilangani,   nazariya   va   metodning
birlashuvini anglatadi. 
Ilmiy paradigmaning almashishi, inqilobiy o‘zgarishlar  bosqichiga o‘tish fan
matrisasi   elementlari,   tadqiqot   texnikasi,   metodlar   va   nazariy   farazlar   to‘la   yoki
qisman   o‘zgarishini   nazarda   tutadi.   Epistemologik   qadriyatlar   majmui   to‘la
o‘zgaradi.  Kun   fikriga   ko‘ra,   ilmiy   oqilonalikning   umumiy   mezonlari   nisbiy   xususiyat
kasb   etadi.   Har   bir   paradigma   o‘z   muammolar   sohasida   yaratilgan   andoza   va
mezonlarga tayanadi, shu sababli ular formal mantiq andozalariga muvofiq bo‘lishi
shart   emas,   ammo   ularga,   shuningdek   sog‘lom   fikrga   zid   kelmasligi   lozim.   Shu
boisdan   fanni   intellektual   faoliyatning   boshqa   turlaridan   farqlash   imkonini
beruvchi chegara (demarkasiya) haqida gapirish ancha qiyin.  U har safar yangidan
o‘rnatiladi. Kun fikriga ko‘ra, fan uchun yagona va universal metod mavjud emas,
kuzatishlarning   universal   bayonnomalari   ham   yo‘q,   serqamrov   metatarixiy   lug‘at
ham   bo‘lishi   mumkin   emas.   Olimning   dunyoga   munosabati   uning   muayyan
paradigmaga   amal   qilishi   bilan   belgilanadi,   tarixiy   va   ijtimoiy   dalillarga   bog‘liq
bo‘ladi. 
Kun   paradigma   konsepsiyasini   har   tomonlama   himoya   qiladi.   «Paradigma»
deganda u ma’lum vaqt mobaynida ilmiy hamjamiyatga muammolarni qo‘yish va
yechish   andozasini   beruvchi   keng   e’tirof   etilgan   ilmiy   yutuqlarni   tushunadi.
Paradigma   ilmiy   hamjamiyat   tomonidan   qabul   qilingan   va   ilmiy   an’ananing
mavjudligini   ta’minlovchi   e’tiqodlar,   qadriyatlar   va   texnika   vositalari   majmuini
anglatgani   bois,   Kun   fundamentalizm   prinsiplarini   rad   etadi.   Ilmiy   paradigmaga
bog‘liq   bo‘lmagan   omillar   yo‘q   va   bo‘lishi   mumkin   emas.   Uning   fikricha,
kuzatishning   empirik   jihatdan   neytral   tili   ham   bo‘lishi   mumkin   emas.   Ilmiy
hamjamiyatga   qo‘shilgan   olimlar   dunyoga   qabul   qilingan   paradigma   nuqtai
nazaridan qaraydilar. Zero dalillar nazariyani belgilamaydi, balki nazariya o‘zining
anglab   yetilgan   tajribasiga   kirishi   mumkin   bo‘lgan   u   yoki   bu   dalillarni   tanlaydi.
Kun   yangi   paradigma   rivojlanishining   dastlabki   bosqichida   uning   tarafdoriga
aylangan   odam   bu   paradigmaning   muvaffaqiyatiga   ishonishi   lozim,   deb
hisoblagan. 
Paradigma strukturasiga nimalar kiradi?
Birinchidan,   simvolik   umumlashtirishlar   -   qonunlar,   ta’riflar   va   ko‘p
ishlatiladigan atamalar. 
Ikkinchidan,   universumning   u   yoki   bu   ontologiyasini   belgilovchi   metafizik
mo‘ljallar majmui.  Uchinchidan,   ayrim   vazifalarni   yechishning   umumiy   qabul   qilingan
andozalari, sxemalari. 
Kun   paradigmani   o‘lchash   mumkin   emas   degan   tezisni   ilgari   suradi.   U
fanning rivojlanish tarixidagi  vorisiylikni  rad etadi.  Fan dinamikasini  u uzlyuksiz
emas, balki uzlukli deb biladi. Uning fikriga ko‘ra, ilmiy hamjamiyatlar bir-birini
siqib chiqaradi, oldingi paradigma to‘plagan bilimdan esa voz kechiladi. 
Kun paradigma tushunchasini yanada aniqroq eksplikasiya qilishga urinib, uni
keyinchalik olimlarning muayyan fanga mansubligini ham, ilmiy faoliyat qoidalari
tizimini   ham   hisobga   oluvchi   fan   matrisasi   tushunchasiga   aylantirdi.   Fan
matrisasining   strukturasiga   nazar   tashlar   ekanmiz,   uning   paradigma   strukturasiga
o‘xshashligini   ko‘rishimiz   va   matrisaning   quyidagi   elementlarini   qayd   etishimiz
mumkin.
Simvolik umumlashtirishlar. Bu yerda ilmiy guruh a’zolari shak-shubhasiz va
yakdillik bilan foydalanuvchi iboralar nazarda tutiladi. Ular formal xususiyat kasb
etadi yoki osongina formallashtiriladi. 
Zarur   qoidalar   (yoki   metafizik   paradigmalar) ,   m azkur   fan   doirasida   tan
olingan   qadriyatlar dir .   Aksariyat   hamjamiyatlarda   birdamlik   tuyg‘usi   aynan
qadriyatlarning birligi tufayli yuzaga keladi. 
Stiven   Tulmin   (1922-1997)   butunlay   boshqacha   metodologik   mo‘ljal   –
evolyusion   epistemologiya   asoschisi .   Mazkur   yo‘nalishning   umumiy   ma’nosi
shundan iboratki, u bilishni jonli tabiat evolyusiyasining lahzasi sifatida o‘rganadi
va   bilish   mexanizmlarini   evolyusiya   nuqtai   nazaridan   yoritadi.   Evolyusion
epistemologiya   sof   evolyusiya   va   bilish   jarayoni   biologiyasining   o‘xshashligi
g‘oyasiga   asoslangan   va   insonning   bilish   apparati   bu   biologik   evolyusiya
jarayonida   rivojlangan   moslashuvlar   mexanizmidir,   degan   tasavvurga   tayangan.
Evolyusion   epistemologlar   fikriga   ko‘ra,   ayni   shu   sababli   bilish   mexanizmi
evolyusion tip bo‘yicha rivojlanadi  va tegishli ravishda hozirgi zamon evolyusiya
nazariyasiga muvofiq tushunilishi mumkin. 
Evolyusion   epistemologiya   insonning   biologik   evolyusiya   mahsuli   sifatidagi
talqinidan kelib chiquvchi bilish nazariyasidir.  Shunday qilib, evolyusion epistemologiyaning asosiy nazariy manbasi sifatida
organik evolyusiya konsepsiyasi  amal  qiladi.   Evolyusion epistemologiyaning ikki
xil ma’nosini farqlash lozim:
 bilish   vositalari,   shakllari   va   metodlarining   (bilish   organlarining)
rivojlanishini evolyusion sxema yordamida tushuntirishga urinish;
 bilim   mazmunini   (axborotning   paydo   bo‘lishini)   evolyusion
tushuntirishga harakat qilish. Bu yerda o‘zgaruvchanlik, tanlash va mustahkamlash
tushunchalari ma’lum ahamiyat kasb etadi. 
Evolyusion   epistemologiyaning   birinchi   ma’nosida   dunyoni   aniq   aks   ettirish
imkoniyatini   ta’minlovchi   bilish   organlari,   kognitiv   strukturalar   va   bilish
qobiliyatlarining   evolyusiyasi   masalalariga   urg‘u   beriladi.   U   bizning   bilish
apparatimiz   evolyusiya   mahsulidir,   degan   fikrni   ilgari   suradi.   Tirik
organizmlarning   nerv   sistemasi   va   idrok   etish   organlari   millionlab   yillar
mobaynida   borliqni   mumkin   qadar   aniq   aks   ettirishni   ta’minlaydigan   tarzda
o‘zgarib borgan. 
Agar   organizm   bunday   moslamalar   bilan   ta’minlanmaganida,   uning
mavjudligi va rivojlanishi mumkin bo‘lmas edi. Perseptual tizimi o‘zi yashaydigan
muhit   sharoitlarida   mos   ravishda   va   qoniqarli   harakat   qilish   imkonini   beruvchi
organizmlargina yashab qoladi va nasl  qoldiradi. Bilishning subektiv strukturalari
borliqqa   mos   tushadi,   chunki   aynan   shunday   holat   yashab   qolish   imkoniyatini
ta’minlaydi. 
Evolyusion   epistemologiyaning   ikkinchi   ma’nosi   falsafa   fanining   bevosita
predmetidir,   chunki   unda   o‘z   xususiyatiga   ko‘ra   evolyusion   bo‘lgan   ilmiy
bilimning o‘sishi modeliga urg‘u beriladi. 
Bu   yerda   falsafa   fani   konsepsiyalaridan   biri   sifatidagi   evolyusion
epistemologiya   to‘g‘risida   so‘z   yuritiladi.   U   evolyusiya   dinamikasining   mantiqiy
talqiniga   mos   tushuvchi   ilmiy   bilim   dinamikasini   ko‘rsatadi.   Mazkur   yo‘nalish
ham fanning evolyusion nazariyasi deb ataladi.
Karl   Popper   (1902-1994).   Eng   muhim   asarlari:   «Ilmiy   tadqiqot   mantiqi»
(1935),   «Ochiq   jamiyat   va   uning   dushmanlari»   (1945),   «Tarixiylikning qashshoqligi»   (1963),   «Obektiv   bilim.   Evolyusion   yondashuv»   (1972),   «Realizm
va fan maqsadi» (1983). 
Popper   falsafaning   bosh   maqsadi   ilmiy   bilimning   o‘sishini,   ayniqsa   –   ilmiy
kosmologiyani   o‘rganishdan   iborat   deb   bilgan.   Ilmiy   kosmologiya   dunyoni,   shu
jumladan   insonni   (va   uning   bilimini)   bu   dunyoning   qismlari   sifatida   bilishni
nazarda   tutadi.   Popper   fikriga   ko‘ra,   falsafaning   alohida   metodi   mavjud   emas   –
masalalar aniq qo‘yiluvchi va taklif etilgan yechimlar tanqidiy tahlil qilinuvchi har
qanday   oqilona   munozara   metodi   mavjud.   U   verifikasiya   tamoyiliga   zid   o‘laroq
falsifikasiya   metodini   (har   qanday   fikrni   rad   etish   mumkinligi   prinsipini)   taklif
qildi,   bilimni   tashkil   etish   nazariy   va   empirik   darajalarining   uyg‘un   birligini,
shuningdek gipotetik xususiyati  va xato qilishi  mumkinligini (har qanday fanning
fallibilizmi   prinsipini)   qayd   etdi.   Falsifikasiya   tamoyilipi   fan   uchun   muayyan
ahamiyatga   egadir.   Salbiy   tekshirish   u   yoki   bu   qoidaning   haqiqiyligini
isbotlamasa,   uni   uzil-kesil   rad   etadi.  Biroq   falsifikasiya   prinsipi   faqat   rad   etishga
qarab mo‘ljal oladi: u bilimlarni o‘stirish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish
imkonini bermaydi, agar u yoki bu nazariyani rad etuvchi ma’lumotlar topilsa, bu
nazariyadan butunlay voz kechiladi.
Nazariyalar   o‘rtasida   vorisiylik   mavjud   bo‘lib,   u   Nils   Borning   muvofiqlik
tamoyilida o‘z ifodasini topgan. 
Ilmiy   bilimni   noilmiy   bilimdan,   fanni   metafizikadan   ajratishni   (yoki
demarkasiya   muammosini)   Popper   muhimlik   mezonlarini   yaratish   mo‘ljallariga
qarshi o‘laroq muhim ahamiyatga ega deb belgiladi. 
Ilmiy   bilimning   o‘sishini   Popper   ijtimoiy   o‘zgarishlar   umumiy
jarayonlarining   ayrim   hodisasi   sifatida   talqin   qiladi   (va   ularning   doirasida
muammolar  va   ularni  yechishga  alohida  e’tibor  qaratilishi  lozim  deb  hisoblaydi).
Ilmiy   bilish   tarixi   –   bu   dadil   farazlar   va   ularni   permanent   rad   etishlar   tarixidir.
Popper   ta’biri   bilan   aytganda,   «fan»   degan   odam   «taraqqiyot»   deydi   va   aksincha
(Vena to‘garagi vakillaridan farqli o‘laroq, Popper normal fanga rivojlanuvchi fan
sifatida yondashadi  va uning o‘sishini  qadrsizlantiruvchi  metodologiyani tuzishga
harakat   qiladi).   Birdan-bir   ilmiy   bilimga   erishish,   shuningdek   haqiqatning   tagiga yetishga   yaqinlashish,   Popper   nuqtai   nazaridan,   faqat   xatolar   va   yanglishishlar
eliminasiyasi  mahsuli  sifatida  amalga  oshishishi  mumkin:   fan  yaxlitligining  asosi
sifatida   oldindan   belgilangan   ideal   va   ilmiy   tilning   haqiqiyligi   emas,   balki
borliqning birligi amal qiladi. Fanlar bu borliqni anglash jarayonida o‘sib boruvchi
tarzda bir-biriga yaqinlashadi. Oqilonalashuv darajasi, Popper fikriga ko‘ra, ilmiy
inqiloblarning intensivligi bilan belgilanadi. 
Popper   ta’limoti   kontekstida   falsafa   va   fanning   o‘zaro   nisbati   yo‘lidagi   eng
katta  to‘siq   -   falsafiy  bilimning  o‘ziga   xosligi.  Popper   tusmoliga   ko‘ra  falsafa   va
fanni   aniq   ajratish   naturfalsafaning   spekulyativ   tamoyil lari   va   fan   farazlarini
farqlash uchun zarurdir. 
Bu   kontekstda   Popper   fan   va   falsafani   emas,   balki   dogmatik   va   evristik
bilimni ajratishni ma’qul ko‘rgan. 
Imre   Lakatos.   Ilmiy   bilimning   o‘sishi   muammosi   qaysi   yo‘nalishga
mansubligi  va qaysi  g‘oyalarni  ilgari surishidan qat’i nazar, barcha metodologlar,
olimlar va mutafakkirlarni qiziqtiruvchi muhim muammodir. 
Britaniyalik fan faylasufi va tarixchisi Imre Lakatos (1922-1974) o‘zining ilk
asarlarida   farazlar   va   rad   etishlar   mantiqining   o‘ziga   xos   variantini   bilimning
o‘sishi  muammosining rekonstruksiyasi  sifatida tuzishga  harakat  qildi. XVII-XIX
asrlar   matematikasi   uning   tahlili   predmetiga   aylandi.   Keyinchalik   u,   o‘z   fikriga
ko‘ra,   fanlarning   rivojlanish   zamirida   yotuvchi   ilmiy   tadqiqot   dasturlarining
raqobati   g‘oyalarini   asoslashga   yaqinlashdi.   «Mening   yondashuvim   tadqiqot
dasturlaridan   iborat   «raso   fan»   bilan   sinov   va   xatolarning   siyqasi   chiqqan
andozasidan   tashkil   topgan   «noraso   fan»ni   farqlashning   yangi   mezonini   nazarda
tutadi»,   deb   yozadi   olim.   Lakatos   o‘z   konsepsiyasini   asoslashda   fan   tarixini
o‘rganishga alohida e’tibor bergan. 
Lakatos  fikriga ko‘ra,  ilmiy dastur  ilmiy bilimning asosiy  birligidir. U  ilgari
surgan   konsepsiya   nuqtai   nazaridan   fanning   rivojlanishi   tadqiqot   dasturlarining
o‘zgarishidir. «Men fanning uzlyuksizligiga Popper ko‘zoynagi orqali qarayman, -
deb   tan   oladi   u.   –   Shu   sababli   Kun   paradigmalarni   ko‘rgan   joyda   men   oqilona
tadqiqot   dasturlarini   ham   ko‘raman».   Tadqiqot   dasturi   uzlyuksiz   rivojlanuvchi asos,   asosiy   g‘oyalar   va   tamyil lar   birligi   bilan   bog‘liq   nazariyalar   majmui   va
ketma-ketligi sifatida tushuniladi. Asosiy nazariya keyingi nazariyalarning yuzaga
kelishiga asos bo‘ladi va ularning har biri oldingi gipotezaga qo‘shimcha gipoteza
kiritish   orqali   rivojlanadi.   Lakatos   «raso   fan»   va   «noraso   fan»ni   farqlashni   bir
necha asoslarga ko‘ra amalga oshiradi.  «Raso fan» shu bilan tavsiflanadiki, u:
 ilgari ma’lum bo‘lmagan  dalil larni bashorat qiladi;
 yangi yordamchi nazariyalarni oldindan aytib beradi;
 evristik kuchga ega bo‘ladi;
 nazariy jihatdan mustaqil bo‘ladi.
Uzlyuksiz dastur alohida normativ qoidalar bilan muhofaza qilinadi. 
Tadqiqot dasturi tarkibiga qattiq o‘zak, fundamental farazlar, ijobiy evristika
qoidalari   (ular   tadqiqotlarni   amalga   oshirish   yo‘llarini   belgilaydi)   va   salbiy
evristika   qoidalari   (ular   taqiqlarni,   qaysi   yo‘llardan   yurmaslik   kerakligini
ko‘rsatadi) kiradi. Fundamental farazlar o‘ziga xos xususiyat kasb etadi va shartli
ravishda   rad   etilmagan   deb   olinadi.   Qattiq   o‘zak   ilmiy   dasturning   barcha
nazariyalarida   o‘zgarishsiz   saqlanayotgan   muayyan   ilmiy   va   ontologik   farazlar
majmuidan tashkil topadi. 
«Salbiy»   evristika   qoidalari   tadqiqot   dasturining   qattiq   o‘zagini   hatto   u
anomaliyalar bilan to‘qnash kelgan holda ham qayta ko‘rishni man etadi. Tadqiqot
dasturi  ma’lum  darajada  dogmatik xususiyat   kasb  etadi.  Bir  marta qabul  qilingan
nazariyaning   dogmatik   to‘g‘riligi   o‘z   ijobiy   ahamiyatiga   egadir.   Usiz   olimlar
nazariyadan   uning   imkoniyatlari,   kuchi   va   ahamiyatini   anglashdan   oldinroq   voz
kechgan   bo‘l ar   e di.   Shu   tariqa   u   muayyan   nazariyaning   kuchi   va   afzalliklarini
yaxshiroq tushunishga ko‘maklashadi. Uning izlariga Kunning «normal fan» davri
tavsifidayoq duch kelish mumkin. 
Nazariyaning   «qattiq   o‘zagi»   yaxshiroq   saqlanishi   uchun   qo‘shimcha
gipotezalarning «saqlagich  kamari» tashkil  etiladi. Bu gipotezalar  anomaliyalarga
moslashib   o‘z   shakl-shamoyilini   o‘zgartirishi   mumkin.   Bu   bilan   Lakatos   anomal
vaziyatlarga  tushuvchi  yoki  qarshi   misollar  bilan  to‘qnash   keluvchi   nazariyalarga baho   berishda   falsifikasionizmga   haddan   tashqari   berilishning   oldini   olishga
harakat qilgan. 
U   yoki   bu   tadqiqot   dasturini   metodologik   tahlil   qilish   texnikasi   bir   qancha
bosqichlardan iborat:
 tadqiqot dasturining oqilona rekonstruksiyasini ilgari surish;
 uni haqiqiy nazariya bilan taqqoslash;
 uni   tarixiylik   va   oqilonalikning   mavjud   emasligini   uchun   tanqid
qilish.
Uzlyuksiz o‘sish talabi Lakatos oqilona rekonstruksiyasining asosiy mazmuni
va   mohiyatidir.   Tadqiqot   dasturi   ilmiy   bilimning   rivojlanishida   kontinuallik
jihatlariga urg‘u berishi lozim. 
Umuman   olganda,   olimning   konsepsiyasi   mantiqiy-normativ   xususiyat   kasb
etadi.   Ilmiy   tadqiqot   dasturi   ilmiy   bilim   rivojlanish   yo‘llarining   ko‘p   sonliligi   va
rang-barangligini   cheklar,   fan   tarixi   turli   nazariyalarning   yuzaga   kelishi,
rivojlanishi va raqobati tarzida namoyon bo‘lardi. Ayni vaqtda, tadqiqot dasturlari,
asosiy   nazariyalar   hamda   ilmiy   bilimning   o‘zgarishi   va   rivojlanishi   rang-barang
shakllari   mexanizmining   amalda   murakkabligi   taklif   etilgan   model   bilan
uyg‘unlasha olmas  e di. 
Pol  Feerabend .   Amerikalik faylasuf  va metodolog olim  Pol Karl Feerabend
1924 yilda tug‘ilgan. 
Feerabendning   serqatlam   konsepsiyasida   Vitgenshteyn   ijodi   so‘nggi
davrining   ta’siri,   taniqidiy   rasionalizmga   moyillik   va   hatto   «ilmiy   materializm»
prinsiplariga   duch   kelish   mumkin.   Bu   olim   an’anaviy   va   yangi   muammolarni
tabiiy-ilmiy   dunyoqarash   va   metodologiya   nuqtai   nazaridan   tushunishga   harakat
qilganligidan dalolat beradi. 
Feerabend fan falsafasi 70-yillarning oxirida kelgan va «fan faylasuflari»ning
asarlarida   ifodalangan   «antagonistik   g‘oyalar»,   oqibatlar   va   natijalar   to‘g‘risida
so‘z   yuritadi.   Fan   nima,   u   qay   tarzda   ish   ko‘radi,   uning   natijalari   qanday,   degan
savollarni   berib,   mutafakkir   ularga   javoban   fan   faoliyatini   boshqaruvchi   alohida
ilmiy metod, ya’ni qoidalar majmui mavjudligini qayd etadi.  Fan   va   kumulyativizmning   mavjud   gipotetik-deduktiv   modeliga   faylasuf
nazariy realizm  g‘oyasini  qarshi  qo‘yadi. Tabiatshunoslikni  tavsiflash amaliyotini
umumlashtirish   asosida   yuzaga   kelgan   kumulyativizm   bilim   o‘sishining   sodda
talqini, ya’ni  haqiqiy  qoidalarning  jamlangan  yig‘indisiga  yangi   fikrlar   asta-sekin
qo‘shilishini nazarda tutadi. Unda xatolar faqat bilimning o‘zgarishi, eski bilimdan
voz   kechilishi   va   qabul   qilingan   bilimning   rad   etilishiga   yo‘l   qo‘yilmaydigan
subektiv   jarayon   sifatida   talqin   qilinadi.   Empirik   kumulyativizm   bilimning
o‘sishini   uning   empirik   mazmuni   boyishi   bilan   tenglashtiradi.   Rasionalistik
kumulyativizm   bilim   rivojlanishining   shunday   bir   usulini   nazarda   tutadiki,   unda
har   bir   keyingi   element   mavjud   mavxum   prinsiplar   va   nazariy   xulosalar   tizimiga
kiritiladi. 
Feerabend   ilgari   surgan   nazariy   realizm   g‘oyasi   bilimning   aktual   o‘sishi
o‘zaro mos tushmaydigan (yagona mantiqiy asos bilan deduktiv bog‘lanmagan va
har   xil   tushunchalar   va   metodlardan   foydalanuvchi)   nazariyalarning   ko‘payishi
(proliferasiyasi)   natijasida   amalga   oshirilishini   qayd   etadi.   Tajriba   doim   nazariy
yuklangan tajribadir, u yoki bu nazariyaning qabul qilinishi esa idrok etish tizimini
belgilaydi. 
Metodolog asoslab bergan proliferasiya (nazariyalarning ko‘payishi)   tamoyil i
qabul   qilingan   nuqtai   nazarlar   hatto   yetarli   darajada   tasdiqlangan   va   keng   e’tirof
etilgan   bo‘lsa   ham   ularga   mos   tushmaydigan   nazariyalarni   yaratishga   ruxsat
beradi.   Fan   rivojlanishining   turli   bosqichlariga   yoki   ayni   bir   bosqichiga   mansub
bo‘lgan muqobil nazariyalar va konsepsiyalarning o‘zaro mos kelmasligi va ularni
bir-biriga   o‘tkazish   mumkin   emasligi   haqidagi   tezisni   ilgari   surish   yo‘li   bilan
Feerabend proliferasiya  tamoiyl ining talablarini yanada kuchaytiradi. 
Nazariy   metodologik   immoralizm   pozisiyasi   bilimning   teng   huquqli   tiplari
to‘plami   fan   va   shaxsning   rivojlanishidan   dalolat   beruvchi   borliqdir,   degan
g‘oyaga   tayanadi.   Feerabend   fikriga   ko‘ra,   muqobillar   o‘rtasidagi   kurash   davrlari
eng   samarali   davrlardir.   Muqobil   konsepsiyalarning   kurtaklari   olimning   turli
falsafiy va metodologik nuqtai nazarlarida yashirindir.  Nazariyalar   plyuralizmi   g‘oyasini   Feerabend   an’analar   plyuralizmigacha
kengaytiradi. Shu munosabat bilan fan ilmiy elita mafkurasi sifatida o‘z markaziy
o‘rnidan   mahrum   etilishi   va   mifologiya,   din  bilan   tenglashtirilishi   lozim.  Bunday
o‘ta   antissientistik   yondashuv   tanqidiy   rasionalizmga   qarshi   qaratilgan   va   falsafa
xususiyatini yangicha baholaydi. 
Feerabend   fikriga   ko‘ra,   olimlar   faoliyatida   haqiqat   emas,   balki   individual
qobiliyatlarning   rivojlanishi,   bilish   va   uning   chin   oqilonaligi   emas,   balki
cheklanmagan,   mutlaqo   erkin   xulq-atvor   muhimdir.   Uning   ko‘pgina   g‘oyalari
akademik   falsafa   vakillarini   lol   qoldirgan.   Feerabend   konsepsiyalari   ba’zan
anarxistik   epistemologiya   deb   ataladi.   Bu   qisman   shu   bilan   izohlanadiki,
Feerabend   yagona   universal   metodning   mavjudligini   mutlaqo   o‘rinli   rad   etadi.
Bundan tashqari, olimlar «hamma narsa mumkin» degan  tamyil ga amal qilishlariga
uning   ishonchi   komil.   Bir   metodga   qat’iy   rioya   etish   va   uning   barcha   talablarini
bajarish,   Feerabend   fikriga   ko‘ra,   tadqiqot   amaliyotiga   ham,   bilishning   ijodiy
tabiatiga ham mos kelmaydi. 
Shu   sababli   fanning   obro‘si   hayotning   boshqa   har   qanday   shakli   obro‘sidan
ortiq emas. 
Biroq plyuralistik metodologiyadan foydalanish nimani anglatadi? Feerabend
fikriga   ko‘ra,   olim   g‘oyalarni   tajriba   bilan   emas,   balki   boshqa   g‘oyalar   bilan
solishtirishi   va   bellashuvda   mag‘lub   bo‘lgan   konsepsiyalardan   voz   kechmasdan
ularni yaxshilashga harakat qilishi lozim. Shunday ish ko‘rish yo‘li bilan u Borliq
kitobi   yoki   Polmandrada da   bayon   etilgan   inson   va   kosmos   konsepsiyasini   saqlab
qoladi   va   ulardan   evolyusiya   nazariyasida   va   boshqa   yangi   konsepsiyalarda
muvaffaqiyatga   erishish   uchun   foydalanadi.   Uning   «Metodologik   majburlashga
qarshi.   Bilishning   anarxistik   nazariyasi   ocherki»   (1970)   relyativizmga   qo‘yilgan
mashhur haykaldir. 
Bu   asar   matnining   asosiy   mazmunini   ifodalovchi   tezislar   quyidagilardan
iboratr:
 nazariy   anarxizm   uning   qonun   va   tartibga   tayanuvchi   muqobillaridan
insoniyroq va progressivroqdir;  «hamma   narsa   mumkin»   tamyil i   taraqqiyotga   to‘sqinlik   qilmaydigan
birdan-bir  tamoyil dir;
 yaxshi   tasdiqlangan   nazariyalarga   zid   gipotezalardan   foydalanish,
induksiyaga qarshi ish ko‘rib fanni rivojlantirish mumkin;
 muvofiqlik sharti  oqilona emas, chunki u yaxshiroq emas, balki eskiroq
nazariyani   saqlab   qoladi,   bir   andozalilik   individning   erkin   rivojlanishini   xavf
ostida qoldiradi;
 qancha eski va absurd bo‘lmasin, bizning bilimimizni yaxshilashga qodir
bo‘lmagan g‘oya mavjud emas;
 va nihoyat, metodologning eng kuchli fikrlaridan biri: fan mavjud bo‘lsa,
aql universal bo‘lishi mumkin emas va nooqilonalikni bartaraf etish mumkin emas.
Fanning bu o‘ziga xos xususiyati anarxistik epistemologiyani talab qiladi 1
.
Ilmiy izlanish asoslari muammosini Feerabend o‘ziga xos tarzda talqin qiladi.
U yangi metodologik paradigmada narsaga teran nazar tashlash  va olimni amalda
nima cheklashini tushunish muhimdir. 
Feerabend   fikriga   ko‘ra,   agar   olim   «xohlagan   ishingni   qil»   degan   tamoyil ga
amal qilsa, uning dalillari dialektik xususiyat kasb etadi, ya’ni andozalarning qayd
etilgan   to‘plamiga   emas,   balki   o‘zgaruvchi   oqilonalikka   tayanadi.   Boshqa
tomondan, agar olimdan ilmiy metod nima, deb so‘ralsa, u aniq javob bera olmasa
kerak.   Olimlar   o‘z   tadqiqotlari   jarayonida   aynan   nima   qilayotganlarini   kamdan-
kam holda biladilar. 
Feerabend   metodologiyasida   barcha   gnoseologik   amallar   va   oqilonalikning
plyuralistik   o‘zgarishiga   qarab   mo‘ljal   olingani   bejiz   emas.   U   fan   falsafasining
mazkur   bosqichiga   xos   bo‘lgan   epistemologik   tadqiqotlarda   bilish
imkoniyatlarining ochiqligi va uning demokratiyalashuviga intilishni aks ettiradi. 
Maykl   Polani   (1891-1976)   yaratgan   yashirin   shaxsiy   bilim   konsepsiyasi
o‘ziga   xosligi   va   oldingi   bosqichning   normativ-rasionalistik   muammolariga
nomuvofiqligi bilan ajralib turadi. 
1 1
 Қаранг: Фейерабенд П. Очерк анархистской теории познания. – М.: АСТ, 1996. – 156-б.  M.Polani   epistemologiyasida   antropologik   mo‘ljallar   ancha   kuchlidir.   Uning
asosiy tezislari:
 Fanni mahoratli odamlar yaratadi.
 Bilish faoliyati san’atini darslikdan o‘rganish mumkin emas. U faqat
bevosita mahorat bilan o‘tadi. 
 Fanni   yaratuvchi   odamlar   boshqalar   bilan   almashtirilishi   va   o‘zlari
yaratgan bilimdan ajratilishi mumkin emas. 
 Ilmiy bilish faoliyatida fanga, uning qimmatiga bo‘lgan ichki ishonch
kechinmalari   shaxsiy   tajribasi   motivlari,   shuningdek   olimning   manfaatdorligi,
shaxsiy mas’uliyati o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. 
M.Polani   uchun   shaxsiy   bilim   –   bu   biluvchining   intellektual   jonbozligi,
fidokorligidir.   U   nomukammallikdan   dalolat   ber sada   biroq   bilimning   zaruriy
elementi   hisoblanadi.   U   bizning   dunyo   manzaramizdan   inson   imkoniyatlarini
chiqarib tashlashga bo‘lgan har qanday urinish muqarrar tarzda mantiqsizlikka olib
kelishini   qayd   etadi.   Haqiqatni   aniqlash   bizning   formal   belgilash   mumkin
bo‘lmagan   ayrim   xususiy,   implisit   asoslarimiz   va   mezonlarimizga   bog‘liq   bo‘lib
qolishiga olimning ishonchi komil. So‘zlarda ifodalangan haqiqat maqomi tegishli
tarzda cheklanishi ham muqarrardir. 
Polani   e’tiqodning   bilish   jarayonidagi   ulkan   roliga   yangicha   baho   beradi.   U
e’tiqod   obro‘sizlanishi   natijasida   hozirgi   odam   dinga   e’tiqod   qilish   bilan   bog‘liq
vaziyatlarning   cheklangan   sonidan   biron-bir   fikrlarni   ishonch   bilan   qabul   qilish
qobiliyatini   yo‘qotganini,   e’tiqod   hodisasi   umumiylikni   bilish   imkonini
bermaydigan subektiv ro‘yo maqomini olganini  qayd etadi. Muallif fikriga ko‘ra,
bugun   biz   e’tiqod   bilim   manbai   hisoblanishini   yana   tan   olishimiz   lozim.
Jamiyatdagi   o‘zaro   ishonch   tizimi   zamirida   e’tiqod   yotadi.   Ochiq   va   yashirin
murosa,   intellektual   ehtiroslilik,   madaniy   vorisiylik   –   bularning   barchasi   e’tiqod
bilan uzviy bog‘liq turtkilarni nazarda tutadi. Aql e’tiqodga o‘zining muhim asosi
sifatida   tayanadi,   biroq   har   safar   unga   shubha   bildirishga   qodir.   Aksiomalar,
qoidalar   va   tamoyil lar   to‘plamlarining   paydo   bo‘lishi   va   mavjudligi   ham   bizning dunyo   bilish   mumkin   bo‘lgan   yetuk   va   uyg‘un   birlik   ekanligiga   bo‘lgan
ishonchimiz bilan chambarchas bog‘liq. 
Bilish mahoratini tavsiflash va til vositalari bilan ifodalash mumkin emasligi
muallif uchun oydek ravshandir. Bu tezis fanning bir xillashtirilgan tilini yaratish
vazifasiga,   hech   shubhasiz,   ziddir.   Mutafakkir   fikriga   ko‘ra,   ilmiy   maqolalar   va
darsliklarning   matnlarida   ifodalangan   ilmiy   bilim   ong   diqqat   markazida   turuvchi
bilimlarning   bir   qismi,   xolos.   Ularning   ikkinchi   qismi   bilish   jarayoniga   doimo
yo‘ldosh bo‘lgan chetdagi (yoki yashirin) bilim yarmida jamlangandir. Bu bilimni
«sezgilarni tusmollab anglash» bilan o‘xshashlik bo‘yicha va qo‘lda mavjud asbob
yordamida   talqin   qilish   mumkin.   Shusiz   faoliyat   jarayoni   izchil   amalga   oshishi
mumkin emas. Bilish asbob yoki mo‘ljal sifatida foydalaniluvchi ayrim narsalarni
tartibga solish va ularni sun’iy nazariy yoki amaliy natijada rasmiylashtirish orqali
amalga   oshiriladi.   Bu   holda   bizning   ongimiz   bosh   «ong   nuqtasi»ga,   biz   pirovard
natijada erishadigan yaxlitlikka nisbatan «periferik» hisoblanadi. 
Talqinchilar  M.Polani  taklif qilgan shaxsiy bilim konsepsiyasida  tafakkur va
nutqning uch asosiy sohasi yoki uch variantini farqlaydi. 
Birinchisi  so‘zdagi  ifodasi  o‘ziga to‘q bo‘lmagan yashirin bilim  sohasi  bilan
tavsiflanadi. Bu sohani ifodalab bo‘lmaydigan bilim sohasi deb nomlash mumkin.
U kechinmalarga va hayot taassurotlariga asoslangan  bilimlarni qamrab oladi. Bu
teran shaxsiy bilimlarni ifodalash va ijtimoiylashtirish juda qiyin. San’at doim bu
vazifani   o‘z   vositalari   bilan   yechishga   harakat   qilgan.   Hamdardlik   harakatida
dunyoga   va   hayotga   hayot   dramasi   qahramonining   ko‘zlari   bilan   qarash
ko‘nikmasi aks etgan. 
Ikkinchisi – nutq vositalari bilan ancha yaxshi ifodalanuvchi bilim sohasi. Bu
yerda   tafakkur   elementi   yaxshi   tushunarli   nutq   bilan   uzatilishi   mumkin   bo‘lgan
axborot   tarzida   mavjuddir,   shu   bois   bu   sohada   sukut   saqlovchi   bilim   o‘zi
ifodalangan matn bilan mos tushadi. 
Tushunish mushkul bo‘lgan uchinchi sohada tafakkurning noverbal mazmuni
va   nutq   vositalari   o‘rtasida   fikrning   mazmunini   konsentuallashtirishga   xalaqit beruvchi   nomuvofiqlik   mavjud.   Bu   yashirin   bilim   va   formal   bilim   bir-biriga
bog‘liq bo‘lmagan sohadir. 
Shaxsiy, yashirin bilim hajmiga obekt bilan tanishish mexanizmi ham kiradi.
Bu   mexanizmning   amal   qilishi   natijasida   obekt   hayot   faoliyati   jarayoniga
qo‘shiladi, u bilan muomala qilish ko‘nikmalari va mahorati shakllanadi. 
Shunday   qilib,   obekt   bilan   tanishish   u   haqdagi   dastlabki   bilim   sifatida,
insonning   shaxsiy   bilimiga   aylanadi.   Biroq   shuni   ta’kidlash   lozimki,   ko‘nikmalar
faoliyat   tarziga   ko‘ra   o‘xshash   bo‘lsa-da,   amalda   har   xil   va   o‘ziga   xosdir.
Birovning ko‘nikmasi vazifasi shaxsiy bilimning o‘z qatlamini yuzaga keltiradi. 
M.Polani   konsepsiyasining   yangiligi   shundaki,   unda   ilmiy   qoidalar   ma’nosi
yashirin   bilimning,   o‘z   teran   asoslarida   instrumental   xususiyat   kasb   etuvchi
«bilim»ning   mavhum   kontekstiga   bog‘liq   bo‘ladi.   U   insonning   butun   moddiy
tuzilishi   bilan   belgilanadi   va   artikulyasiya   qilinmay   qolgan   instrumental   bilim
bilan   uzviydir.   Polani   ma’no   e’lon   qilinuvchi   mulohazada   mujassamlashgan
shaxsiy ishonch bilan ham uzviy ekanligini qayd etadi. 
M.Polani   ilmiy   bilim   o‘sishining   bilish   faoliyatining   amaldagi   shaxsiy-
kognitiv   mexanizmlari   hisobga   olinuvchi   yangi   modelini   o‘ylash   lozim,   degan
xulosaga keldi. 
Strukturalizm   va   poststrukturalizm.   Pozitivizm   bilan   strukturalizm   uzviy
bog‘liq.   Strukturalizm   (lot.   structuma   –   tuzilish,   joylashish,   tartib)   -   G‘arb
falsafasining yangi y o‘nalishlaridan biri. 
Strukturalizm,   umumiy   falsafiy-epistemologik   tasavvurlar,   metodologik
mo‘ljallar   va   o‘ziga   xos   tahlil   birlashtiruvchi   ayrim   fanlar   (lingvistika,
adabiyotshunoslik,   etnografiya,   tarix,   estetika,   san’atshunoslik,   psixologiya,
sosiologiya,   falsafa)dagi   yo‘nalishlar   majmui   sifatida,   XX   asr   boshidan   40-
yillargacha shakllandi. 
Strukturalizmning   ko‘pgina   g‘oyalari   yuzaga   kelishiga   turtki   bergan
mutafakkirlar   qatoriga   V.Gumboldt   (inson   ongi   dunyosini   modellashtirishda
tilning   dinamik   roli),   Ch.Pirs   (semiotika   asoschisi),   E.Kassirer   (inson   xulq-atvori va  ongining  shakllanishida   til,  mifologiya  va  san’at   simvolik  tizimlarining  roli)ni
kiritish mumkin. 
Strukturalizmning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning tarafdorlari inson
hissiy idrok etishi  mumkin bo‘lgan barcha hodisalarga «fenomenlar», ya’ni ichki,
teran   va   shu   sababli   «noaniq»   strukturalarning   sirtda   namoyon   bo‘lishi
(manifestasiya)   sifatida   qaraganlar   va   ularni   yoritishni   o‘z   vazifasi   deb
hisoblaganlar. 
Bu   vazifani   hal   qilishda   strukturalizm   pafosi   ijtimoiy   fanlarga   aniq   fanlar
maqomini berishga qaratildi. 
Struktura   tushunchasi   strukturalizmning   bosh   tushunchasi   hisoblanadi.
Struktura   deganda   turli   ichki   va   tashqi   o‘zgarishlarda   har   xil,   ko‘p   variantli
tushunchalar   majmui   yoki,   strukturalistlar   ta’biri   bilan   aytganda,   har   qanday
diaxronik   rivojlanuvchi   tizimning   sinxron   qayd   etilishi   tushuniladi.
Strukturalizmda   ko‘pincha   model   sifatida   belgilanuvchi   har   qanday   struktura   uch
zaruriy shart: elementlar mustaqil butunga yaxlit bo‘ysunishi; transformasiya – bir
kichik   struktura   boshqa   kichik   strukturaga   yuzaga   kelish   qoidalariga   muvofiq
tartibli   o‘tishi;   o‘zini   o‘zi   tartibga   solish   –   mazkur   tizimi   doirasida   qoidalarning
ichki   tartibga   solinishini   qanoatlantirishi   lozim.   Shunday   qilib,   struktura   nafaqat
obektning   barqaror   skeleti   tarzida,   balki   rioya   qilish   bir   obektdan   ikkinchi,
uchinchi   va   hokazo   obektlarni   olish   imkonini   beruvchi   qoidalar   majmui   sifatida
amal qiladi. 
Bunda   ayrim   obektlar   to‘plamining   yagona   strukturaviy   qonuniyatlarini
aniqlashga   bu   obektlarning   farqlarini   e’tibordan   soqit   etish   hisobiga   emas,   balki
yagona mavxum invariantning muayyan variantlari sifatida qayd etilgan bir-biriga
o‘tishlar dinamikasi va mexanikasini tahlil qilish yo‘li bilan erishiladi. 
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   strukturalistlar   foydalanuvchi   asosiy   tushunchalar
ulardan   tadqiqotchilik   maqsadlarida   foydalanilgan   maxsus   fanlar   doirasida   ishlab
chiqilgan.   Shu   sababli   asosiy   kategoriyalar   va   g‘oyalar   bu   yo‘nalishning   bosh
shakllari bilan maqsadga muvofiqdir.  Poststrukturalistlar (Derrida, Delez, M.Fuko va h.k.) strukturani va bilimdagi
barcha   nostrukturaviy   narsalarni   ularning   genezisi   va   tarixiy   rivojlanishi   nuqtai
nazaridan anglab yetishga harakat qildilar. 
Ko‘rsatilgan   yondashuvlarning   ikkalasi   ham   ijtimoiy   bilim   xususiyatlari   va
metodlarini,   uning   faoliyati   umumiy   mexanizmlarini,   tabiiy   ilmiy   bilimdan
farqlarini, u yoki bu ijtimoiy-madaniy shakllar (til, san’at, adabiyot, moda va h.k.)
yuzaga kelishini bilishda sinxron va diaxron narsalarning birligini o‘rgangan. 
Strukturalistlar bunday hodisalarni o‘rganishda struktura tarixdan obektivroq,
muhimroq va birlamchiroq deb hisoblagan bo‘lsalar, poststrukturalistlar bunga zid
xulosani   ilgari   surganlar.   Ular   o‘z   falsafiy   qarindoshlarining   agnostisizmi
(notarixiyligi)ni   yengish,   inson   va   jamiyatni   til   strukturalari   yordamida   obektiv
bilishga   urinishda   yuzaga   keluvchi   jumboqlarni   aniqlash   va   o‘rganishga   harakat
qildilar. 
Poststrukturalizmda   hamma   narsa   teng   huquqli,   bir   xilda   muhim   va
qimmatlidir.   Bu   yerda   dielektrik   oppozisiya   tamoyili ga   ko‘ra   tuzilgan   odatdagi
kategoriyalar   apparati:   mohiyat   –   hodisa,   shakl   –   mazmun,   sabab   –   oqibat   va
hokazolar   o‘z   ma’nosini   yo‘qotadi.   Hodisa   –   mohiyatni   aniqlash   emas,   u   o‘ziga
to‘q va faqat o‘zini, hayot rang-barangligi qirralaridan birini ifoda etadi. Hayotning
rang-barangligini   esa   faqat   birortasi   ham   imtiyozli   holatda   bo‘lishi   mumkin
bo‘lmagan bilish subektlari pozisiyalarining ko‘p sonliligi bilan anglab yetiladi. 
Poststrukturalizm   o‘ziga   azaldan   xos   bo‘lgan   omillarning   tabiiy   davomi
hisoblanib,   nazariy   harakat   sifatida   strukturalizm   tanqidi   tarzida   to‘rt   asosiy
yo‘nalishda rivojlanadi:
- strukturaviylik muammosi;
- belgililik muammosi;
- kommunikativlik muammosi;
- subektning yaxlitligi muammosi. 
Ayni   vaqtda,   poststrukturalizm   namoyandalari   obektivlik,   metod   va   ilmiylik
ahamiyatga   ega   emas   va   bilish   jarayonining   izlanuvchi   maqsadlari   sifatida   amal
qilmaydi,   deb   hisoblaydilar.   Ularning   fikricha,   bilish   jarayoni   subekt,   istak, tasavvur   va   bilishda   muhim   rol   o‘ynovchi   boshqa   shaxsiy   fazilatlarsiz   amalga
oshishi   mumkin   emas.   Shu   sababli   poststrukturalistik   subekt   –   bu   bilim   egasi   va
bilim   himoyachisi   emas,   balki   vazifasi   qanday   yo‘l   bilan   bo‘lmasin   borliqqa
kirishdan iborat bo‘lgan afsungar, san’atkor, bola, inqilobchi va shu kabilardir.  FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR   RO‘YXATI :
1.   «Qur'oni     karim».     (A.Mansur     taijima     va     izohlari).     «Cho'lpon».    
Tosheknt,   1992
2.   A.Gxosh.   Chelovecheskiy   sikl.     Kazan.     1992
3.   A.Navoiy.   Lisonut-tayr.   Т .,     1984.
4.   A.Sh.Juzjoniy.   Tasavvuf   va   inson.   Т .,   «Adolat», 2001
5.   A.Shimmel.   Jononmeningjonimda.   Т .,   «Sharq»,     1999.
6.   Abdulhay     Abdurahmonov.     Saodatga     eltuvchi     bilim.     I-II     kitob.     Т .,   «Movarau
nnahr»,   2005.
7.   Abdurahmon     Jomiy.     O'zFA     X.S.Sulaymonov     nomidagi     qo'lyozmalar   instituti
.   Т .,     1997.
9.   Abu   Ali   Ibn   Sino.   Falsafiy   qissalar.   (A.Irisov   taijimasi.   Т .,     1980).
10.     Abu   Nasr   Farobiy.   Fozil odamlar   shahri.   Т .,     1993.
11.     Abul     Muhsin     Muhammad     Baqir     ibn     Muhammad     Ali     Bahouddin  
Balogardon.   Т .,   «Yozuvhi»,     1993.
12.     Aziziddin   Nasafiy   «Zubdat   ul   haqoyiq»   1.1997.
13.     Ahmad   Yassaviy.   Devoni   hikmat.   Т .,   1992.

Falsafiy tafakkur tarakkiyot boskichlari:Garb falsafasi Reja: 1.Kadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi.Antik falsafada Demokrit,geraklit Aflotun va Arastu ta’limotlari.Ellinizm davri falsafasi 2.Xristianlik va Avriliy avgustin falsafiy ta’limotining vujudga kelishi 3.Ilk urta asrlar falsafiy tafakkur rivojida apologetika , patiristika va sxolastika.Nominalizm va realizm. 4. Garb uygonish davri va falsafiy tafakkurining rivojlanish xususiyatlari 5.Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor iyunalishlari va asosiy muammolari. XVIII asr Yevropa falsafasining ma’rifiy xususiyatlari 6. XX-XXI asr Garb falsafasining okimlari va ta’limotlar xamda Garb faylasuflari ijodida fan falsafasining rivoji.

Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arju va boshqalarning falsafiy, tabiiy- ilmiy, ijtimliy-axloqiy ta’limotlari o‘rganiladi. Qadimgi Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlareramizdan avvalgi VII-VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksmenlardir. Uning asoschisi Fales (er.av. 624- 547 yillar) o‘z davrining yetuk siyosiy arbobi, jo‘g‘rofi, faylasufi bo‘lgan. Fales ta’limotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido-suvdan paydo bo‘lgan va yana suvga aylanadi hamda bu moddiy birlik doimo o‘zgarishida bo‘ladi. Anasimandr (Falesning shogirdi) (er.av. 610-546 yillar). U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yetib kelmagan. Fales olamning asossiga suvni qo‘ygan bo‘lsa, Anaksimandr dunyo cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat deydi. Anaksimandrning fikricha, xamma narsa apeyrondan kelib chikadi va ma’lum bir vaktda apeyronga kaytadi. Apeyronning doimiy xarakat qilib turishi, Anaksimandrning fikricha, qarama-qarshiliklarning kelib chiqishi tufayli bo‘ladi, buning natijasida bir xil narsalar paydo bo‘lib, boshqalari yo‘qolib turadi. Dunyodagi bu narsalarning mavjudligi hech qanday xudolarning ta’siriga muhtoj emas. Anaksimandr qadimgi Yunoniston fanida odamning paydo bo‘lishini isbotlashga uringan olimlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning fikricha hayvonlar dunyosi qurib qolgan dengiz ostida paydo bo‘lib, birinchi hayvonlar suvda yashyaganlar keyinchalik qirg‘oqqa chiqqanlar, odamlar esa baliqlardan paydo bo‘lgan. Milet maktabining keyingi vakili Anaksimen (er.oldin 585-525 yillar) hisoblanadi. Anaksimen Anaksimandrning shogirdi bo‘lib, uning mavhum materiyasi «apeyron»dan yanyada konkret materiya formasiga – havoga qaytadi. Anaksimenning fikricha, butun narsalar doimiy harakatdagi havodan paydo bo‘lib va yanya havogv qaytib turadi. Siyraklashib, suyuqlashib ketgan havo olovga, suyuqlashib ketgan havo esa yerga, toshga aylanadi. Havo Anaksimenning

fikricha, sovuqdan suyuqlashib va issiqdan quyuqlashib turadi. Uning fikricha, xudolarning o‘zlari moddadan-havodan kelib chiqib, kosmik o‘zgarishlar xudolarning ta’siri bilan emas, balki moddaning doimiy o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladi. Qadimgi Yunonistonning efera shahrida (er.av. 544-583 yillar) Geraklit degan faylasuf yashagan. U qadimgi Yunonistondagi stixiyali dialektikaning asoschisi bo‘lib hisoblanadi. Geraklit miletchilar singari dunyoning boshlang‘ich asosi deb konkret modda – olovni oladi. Geraklitning fikricha, dunyo qonuniy ravishda alangalanib va so‘nib turuvchi olovdir. «Hamma narsadan tarkib topgan dunyoni, - deydi Geraklit, - xudolardan ham hech biri yaratmagan, dunyo qonuniyat bilan so‘nadi, abadiy tirik olov bo‘lib kelgan, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo‘lajak». Geraklit ta’kidlaganidek: «Hamma narsa mavjuddir va ayni zamonda mavjud emasdir, chunki hamma narsa oqib turadi, hamma narsa doimiy bo‘lish va yo‘qolish jarayonidir». Geraklit o‘zining «hamma narsa oqib turadi, ammo hamma narsa doimo o‘zgarib turadi» degan dialektik fikri bilan dunyoni oqib turadigan daryo bilan taqqos qiladi. Geraklit: «oqib turgan daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi», - deydi. Daryo oqib turishi tufayli, har bir tushganimizda unda yangi suvlar oqib turadi. Geraklitning fikricha, tabiatning doimiy o‘zgarib turishining sababi – narsalarning ichki qarama-qarshiliklaridir. «Hamma narsa kurash orqali maydonga keladi»- deydi Geraklit. Uning fikricha, qarama-qarshiliklar o‘zaro kurash holatida bo‘lib turganlari holda, bir- birlariga o‘tib turadilar. Geraklitning fikricha, doimiy o‘zgarish, harakat va o‘zaro qarama-qarshi tomonlarga o‘tish – jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog‘liq. Masalan, Dengiz suvi inson ehtimoli uchun yaroqsiz bo‘lsa baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning fikricha bilish jarayoni kishi sezgi organlari orqali olingan tasavvurlardan boshlanib, tafakkur orqali takomillashadi.

Pifagor (er.av. 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashyab o‘tgan. U qadimgi yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o‘zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan. Va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko‘chib ketgan, o‘sha yerda o‘z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta’limotiga ko‘ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi, narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir. Pifagorchilar birinchi bo‘lib yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi. Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bo‘lgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U tartib to‘g‘risidagi ta’minotni yaratib, faqat aristokratlar o‘rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rol o‘yonaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir. Yeley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofakt (er.av. VI-V asr) shoir va faylasuf bulgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilim olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayohat qilib, umrining so‘nggi yillarini eley shahrida o‘tkazgan. Tarixchi Diogen Laertskiyning yozishicha, ksenofont «Tabiat haqida» asarlarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, xolos. U ko‘p xudolika hamda insonlarga xos sifatlarni hayvonlarga, o‘simlik dunyosiga dahldor deb biluvchi ta’limotga qarshi chiqib ltfologiyani rad etishga harakat qilgan. Uning falsafiy ta’limotiga ko‘ra, tabiat- o‘zgarmas va harakatsizdir, «hamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi», «biz hammamiz yerdan tug‘ilganmiz va yerga aylanamiz. Ksenofont qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo‘lib bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining rivojiga turtki bo‘ldi. Qadimgi yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o‘rin tutadi. Sofistlar antropologiya (inson haqidagi fan) va gnoselogiya (bilish to‘g‘risidagi fan) muamolari bilan щ ug‘ullangan. Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, yani o‘qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan

iborat bo‘lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o‘rnatishga xizmat qilgan. Ularning talimoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ko‘rsatgan. Afinaning buyuk faylasufi Suqrot (er. av. 469-399 yillar) avvalo sofistlar shogirdi bo‘lib, keyinchalik ularning asosiy nuqtai nazarlarini qattiq tanqid qiladi. Odam nima, uning ongi nima? Degan savolga javob axtarish Suqrot faoliyatining asosida yotadi. «O‘z-o‘zingni angla!» Suqrotning yeng sevgan shiori edi. U ongning nafaqat subektiv, balki obektiv mazmunga ega ekanligini isbotlamoqchi bo‘ldi, buni u aql deb atadi. Aql yesa faqat individual fikirlargagina ega bo‘lib qolmasdan, yalpi umumiy, barcha uchun majburiy bilimni ham taqozo etadi. Binobarin, bahs vositasi ilk birgalikda haqiqatni izlash kerak, deydi u. Adolat nima ezgulik nima, eng yaxshi davlat qurulishi nima, degan savollarga javob berishga intiladi. Suqrot tadqiqotlari markazida xuddi sofistlar singari inson hayoti, uning jamiyatdagi o‘rni va maqsadi hamda adolatli ijtimoiy tuzim muammosi turadi. Falsafa ezgulik va yovuzlikni aglav olishda odamlarga yordam berishi kerak deb xisoblaydi. U axloqsizlik amalda haqiqatni bilmaslik natijasidir,degan xulosaga kelgan.Suqrotning shogirdi Aflotin (er.av.428-347-yillar jahon falsaafaasi tarixida o‘chmass iz qoldirgan buyuk allomadir. Aflotin falsafasi g‘oya asosida g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limot yotadi. Aflotun narsalarining dastlabki asosini g‘oya tashkil qiladi, sezgilar orqali qabul qilinadigan narsalar esa, g‘oyalar dunyosining soyasidir, deb ta’lim beradi. Aflotun bir-biridan ajralgan ikki dunyo g‘oyalari va narsalar dunyosi bor, odamlar ham narsalar dunyosida ya щ aydilar,deb ta’lim beradi. Aflotun fikricha,g‘oyalar, doimiy, o‘zgarmaydi, real borliqqa ega; sezgiorganlarimizda ifodalangan narsalar esa paydo bo‘lib yo‘qolib turi щ lari tufayli doimiy o‘zgaruvchan emasdirlar. Uning fikricha,eng oliy g‘oya-bu xudo to‘g‘risidagi g‘oya. Aflotuning bu fikirlari idealizm bilan din o‘rtasidagi bog‘lanishning yaqqol ifodasidir. Uning aytishicha, sezgi organlarimiz orqali olingan g‘oyalar dunyosi to‘g‘risidagi bilimgina haqiqiy bilim bo‘la oladi. Aflotun o‘zining bilish nazariyasi asosiga doimiy g‘oyalar va o‘tkinchi narsalar dunyosini qo‘yishi tufayli, bilim-