FONETIKA-FONOLOGIYA, UNING O‘RGANISH MANBAYI VA PREDMETI, YO‘NALISHLARI
FON ETIKA -FON OLOGIY A , UN IN G O‘RGA N I SH MA N BA Y I VA PREDMETI, Y O‘N A LISHLA RI Reja: 1.Fonetika va fonologiyaning o‘rganish manbai, predmeti, maqsad va vazifalari. 2.Fonetika va uning birligi. 3.Fonetikaning turlari. 4.Fonologiya.
Fonetika va fonologiyaning o‘rganish manbai, predmeti, maqsad va vazifalari. Lisoniy sath sirasida fonetika eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun moddiy asos bo‘luvchi birlikni beradigan sath sifatida ajralib turadi. Insonning nutq faoliyati sezgi a’zolari asosida his qilinuvchi nutq birliklari ― tovush yoki tovushlar tizimi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushi o‘zida uch jihatni birlashtirgan murakkab nutqiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar: a) talaffuz a’zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi mahsuli (fiziologik jihat); b) tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (fizik, akustik jihat); d) kishilarning axborot uzatish, kommunikatsiya vositasi (funksional, sotsial, lisoniy jihat). Nutq tovushining haqiqiy va muhim jihati – uning funksional aspekti. Tilshunoslikda aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o‘rganish yoki ajratgan holda tadqiq qilish masalasida bir xillik yo‘q. Ba’zi mutaxassislar nutq tovushining fiziologik tomoni biologiya, akustik jihati fizika fanining o‘rganish predmeti bo‘lib, tilshunos uning faqat funksional tomoninigina tekshirishi lozim degan fikrni ilgari sursa, ayrimi har uchala jihat bir-biridan ajralmas, ularni yaxlitlikda o‘rganmoq kerak degan aqidaga tayanadi. Ana shu ikki qarash kurashi natijasida tilshunoslikda ikki – fonetika va fonologiya sohalari ajraldi. Pirovard natijada fonetika nutqiy variant (xususiylik)ni, fonologiya esa
lisoniy invariant (umumiylik)ni tadqiq qilish bilan mashg‘ul bo‘ladigan bo‘ldi. Fonetika va uning birligi. Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham, tilshunoslikning shu sathni o‘rganadigan sohasi ham tushuniladi. Fonetika (gr. phonetikos – tovushga, ovozga xos) tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o‘laroq, nafaqat o‘rganish manbaining funksional tomonini, balki nutq tovushini hosil qiluvchi talaffuz apparatini, shuningdek, ularning akustik xossasini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetikada tilshunoslikning boshqa fan sohalari, adabiyotshunoslik, fiziologiya, fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu fanlardan farqli o‘laroq, fonetika tovushga so‘z, qo‘shimcha va gapga moddiy qiyofa beruvchi til tizimi unsuri sifatida qaraydi. Fonetika nutqdagi tovush o‘zgarishlari va almashinishini, urg‘u va uning turini ham o‘rganadi. Fonetikani o‘rganish imlo (orfografiya), to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) me’yorini yaxshi o‘zlashtirib olishda, adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda, logopediya va surdopedagogikada nutqiy nuqson diagnostikasi va uni bartaraf etishda katta ahamiyatga ega. Fonetika yutuqlari aloqa vositalarini tekshirish va ular samaradorligini oshirishda hamda nutqni avtomatik aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Fonetikaning turlari. Fonetika, avvalo, umumiy, xususiy va qiyosiy fonetikaga ajraladi. Umumiy fonetika. Inson talaffuz apparatining imkoniyatidan kelib chiqqan holda nutq tovushi hosil qilishning umumiy shartlari (masalan,
hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra lab, til, bo‘g‘iz undoshlarining farqlanishi, hosil bo‘lish usuliga ko‘ra portlovchi, sirg‘aluvchi, portlovchi-sirg‘aluvchi tovush xossalarining aniqlanishi kabilar), shuningdek, tovushning umumiy akustik xossalari o‘rganiladi. Qisman artikulyatsion, qisman akustik belgiga tayangan holda nutq tovushining universal, shuningdek, farqlovchi belgilariga tayanadigan ichki tasnifini berish bilan ham shug‘ullanadi. Umumiy fonetika tovushning birikish qonuniyatlari, bir tovushning ikkinchisiga ta’siri xususiyatini (akkomodatsiya va assimilyatsiyaning turli ko‘rinishlari), bo‘g‘inning tabiati, bo‘g‘inda tovushning birikish qonuniyati, bo‘g‘inga bo‘linish shartlari, so‘zlarning fonetik tuzilishi, qisman urg‘u va singarmonizm masalalarini ham tekshiradi. Umumiy fonetika intonatsiya uchun qo‘llaniladigan vosita (tovush balandligi, kuchi (intensivligi), cho‘ziqligi, tezligi tempi), pauza, tembr kabi masalalarni ham o‘rganadi. Xususiy fonetikada yuqorida aytilgan masalalar muayyan tillar misolida tekshiriladi. Xususiy fonetika tarixiy va muosir, sinxron va diaxron, tasviriy va eksperimental kabi ko‘rinishlarda ish yuritadi. Qiyosiy fonetika bir nechta qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tilning yoxud bir qancha dialekt va shevaning unli va undosh tovushlari, ulardagi fonetik o‘zgarish va boshqa hodisalarni qiyosiy aspektda tekshiradi. Qiyosiy fonetika umumiy va xususiy fonetika oralig‘idagi vaziyatni egallaydi. Fonologiya. Fonologiya (gr. phone – tovush, logos – ta’limot) termini tilshunoslikda XIX asr oxirida nutq tovushining fiziologik-akustik (fizik)
tomonidan funksional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan paydo bo‘ldi. Fonologiya til tovush qurilishining struktur va funksional qonuniyatini o‘rganuvchi soha, semiotik (ishoraviy) tizim sifatida nutqni akustik-artikulyatsion aspektda o‘rganadigan fonetikadan farqlanadi. Fonetikaning birligi bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushi bo‘lganligi kabi, fonologiyaning birligi – so‘zlovchilarning ana shu bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushi asosida yotgan tovush tipi haqidagi ijtimoiy tasavvuri. Har bir fonema kishi ongida umumiy farqlovchi xususiyati asosida vujudga kelgan maxsus «akustik portret» yoki «tovush obrazi» sifatida yashaydi. Bu farqlovchi belgi tovushning artikulyatsion va akustik belgisi asosida vujudga keladi hamda barqarorlashadi. Boshqa lisoniy birlik kabi fonema ham paradigmatik va sintagmatik munosabatda yashaydi. Bu fonologik paradigmatika va fonologik sintagmatika deyiladi. Fonologik paradigma. O‘zaro qarama-qarshi belgiga ega bo‘lgan, biroq umumiy, integral belgilari asosida birlashgan bir tipdagi fonemalar sirasi fonologik paradigma , fonemalarning o‘zaro munosabati fonologik paradigmatik munosabat deyiladi. Fonologik paradigmaning markazida fonologik ziddiyat turadi. Fonologik ziddiyat (oppozitsiya) fonemaning farqli belgilarini o‘zida ifodalaydi. Masalan, o‘zbek tilidagi unli fonemalar bir umumiy belgi – «o‘pkadan kelayotgan havoning tovush paychalariga urilish natijasida hosil bo‘lgan ovozning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchramay chiqishidan vujudga keladigan tovush tipi» invariant xossasiga ega. Bu mohiyat 6