Gipermatn turlari, atributlar
Mavzu:Gipermatn turlari, atributlar Reja: 1. Gipermatn haqida malumot 2. Gipermatn turlari 1. Gipermurojat 2. Xulosa
Ko‘pincha fon rangi shaffof bo‘lishiga harakat qilinadi, chunki bunda fon hujjat bilan bir xil ko‘rinib, uning ajralmas qismi bo‘lib qoladi. Shaf-foflikni o‘rnatish uchun masalan, MS Photo Editor tasvir tahrirlagichida Set Transparent Color (shaffof rang o‘rnatilsin) tugmachasini turtish kerak. Undan so‘ng kerakli rang tanlanishi kerak bo‘ladi. Shaffoflik darajasini foizlarda ham ko‘rsatish mumkin. Lekin bu 24 razryadli fayllar-dagina amalga oshirilishi mumkin. Albatta, istalgan tasvir bunday formatga konvertatsiyalanishi mumkin. GIF-fayllar yordamida harakatlanish effekt-larini (animatsiya) ham tashkil qilib bo‘ladi. Buning uchun, masalan Gif Construction Set (GCS) dasturini ishlatish kerak. Harakatlanuvchi obyekt-larga ma’lum bir o‘q atrofida aylanuvchi tasvirlar, uch o‘lchamli harakatla-nuvchi figuralar, pochta qutisi yoki biror-bir jihoz rasmlari misol bo‘lishi mumkin. Ushbu programma AVI formatidagi videorolikni murakkab animatsion GIF- faylga aylantirish imkonini beradi. Buning uchun File – Movie to GIF buyrug‘ini ishlatish va undan so‘ng videorolik faylini ko‘rsatish kerak. MS Office tarkibiga kiruvchi barcha dasturlar rasm chizish va uni boshqarishning bir xil vositalariga ega. Ular yordamida tugmachalar uchun rasmlar, elektron jadvallar detallarini hosil qilish, formalar tuzish, darchalar tashkil qilish va boshqa bir qancha ishlarni bajarish mumkin. Web-sahifa yaratuvchi hajm, soya, obyektning yoritil-ganligi, avtofiguralar va tasvir burilishlari kabi effektlarni ishlatishi mumkin. MS Office tarkibidagi dasturlarni ishlatish sahifa yaratishni birmuncha tezlashtiradi va uni tahrirlashni ancha osonlashtiradi. Undagi rasm chizish uskunalari rasmlar yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarga ega. Foydalanuvchi kerakli obyektni tanlab oladi, uni
kerakli joyga joylashtiradi so‘ng tanlangan figuraga hajm, soya, rang berishi va yozuvlar yozishi mumkin bo‘ladi. Agar bir qancha obyektlar hosil qilingan bo‘lsa, ularni birlashtirish hamda gruppaviy operatsiyalar- ni bajarish mumkin (masalan, tekislash va surish). Agar obyektlar bir- birini to‘sib turgan bo‘lsa, ularning qaysi biri oldingi planda bo‘lishi, qaysi biri qisman ko‘rinib turishi kabilarni aniqlash mumkin. Obyekt o‘lchamini istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin, buning uchun uni sichqon-cha bilan turtish va obyekt atrofida hosil bo‘lgan markerlardan foydalanish lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan ishlarni bajarish uchun Risovanie, Avtofiguri va Deystviya deb nomlangan panel hamda menyulardan foydalanish mumkin. Obyektga soya va hajm berish uchun Risovanie panelidagi Ten va Ob’em tugmachalarini ishlatish kerak. Hujjatga alohida faylda yozilgan rasm joylashtirilayotganda ekranga avtomatik ravishda Nastroyka izobrajeniya deb nomlangan uskunalar paneli chiqadi. Uning yordamida rasm xuddi televizor ekranidagi tasvirni sozlagandek, moslashtirilib olinadi (yarkost, chetkost, kontrastnost, nasishennost va shunga o‘xshash boshqa ko‘rsatkichlar). Obyektda sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan turtish u bilan bog‘liq kontekst menyuning ochilishiga olib keladi. Ushbu kontekst menyu ro‘yxatidagi operatsiyalarni kerakli punktni tanlagan holda bajarish mumkin. Masalan, obyektni chiroyli ko‘rsatish uchun hajm effektini ishla-tish mumkin. Rasmlarga matnlar joylashtirish va ramzlarni chiroyli ifoda-lash mumkin. Alibek Eshpo‘latov, [06.07.2022 10:23]
Matnning kattaligini, shrift rangini va turini tanlash, maxsus effektlar, ya’ni, burilish, yuqori va pastki indekslarni ishlatish mumkin. Ko‘rilayotgan paketdagi WordArt dasturidan foydalangan holda harakatla-nuvchi tasvirlar ham hosil qilish mumkin. MS Image Composer grafik tahrirlagichi Web-sahifalar yaratishga mo‘ljallangan MS Front Page dastu-ri bilan birgalikda ishlatiladi. U ham grafik obyektlar hosil qilish va ular bilan ishlash bo‘yicha juda foydali dasturlar guruhiga kiradi. Ushbu dastur-lar guruhiga kiradigan yana bir dastur Microsoft GIF Animator bo‘lib, u animatsion effektlarni hosil qilish uchun juda qulay vositadir. GIPERMATN TAHRIRLAGICHLARI HAQIDA TUSHUNCHA Gipermatn tahrirlagichlarining asosiy turlariHozirgi paytda gipermatn tahrirlagichlari dunyodagi ko‘pchilik firma-lar tomonidan ishlab chiqilgan va ularning barchasi dasturchilar tomonidan muvaffaqiyatli ravishda ishlatilayapti. Gipermatn tahrirlagichlari birinchi navbatda boshlang‘ich dasturchilar uchun juda muhim, chunki ular sayt tashkil qilayotganida gipermatn hujjat tuzilishi va HTML tili sintaksisi haqidagi ma’lumotlarsiz ham ishlay olishlari mumkin bo‘ladi. Gipermatn elementlari dialog usulda hosil qilinganliklari uchun foydalanuvchi Web-sahifa tuzish jarayonida parallel ravishda HTML tilini ham bemalol o‘rgana oladi. Undan tashqari, tahrirlagichlar HTML tilining
kodlari to‘griligini tekshirish qobiliyatiga ham ega bo‘lganliklari uchun dasturchi o‘z xatolarini tuzatish bilan malakasini ham doimiy ravishda oshirib boradi. Eng ko‘p miqyosda ishlatiladigan gipermatn tahrirlagichlarining to‘plamiga quyidagi-larni kiritish mumkin: 1. HotMetal Pro – bu dastur gipermatn tahrirlagichlari orasida birin-chi bo‘lib ishlab chiqilgan bo‘lib, asosiy g‘oyasi ekranda tegalarning tasvirini chiroyli qilib chizishdir. Shu tufayli gipermatn yaxshi yoziladi, o‘qiladi va tahrirlanadi. Ushbu dastur HTML tilida yozilgan program- malarning sintaksisini ham tekshish imkoniyatiga ega bo‘lgani uchun undan foydalanish dasturchilarga kamroq xatolar qilish imkonini beradi. Dasturning uskunalar panelida ko‘p turdagi tugmachalar majmuasi joylashgan bo‘lib, ularni ishlatish foydalanuvchilarga qo‘shimcha imko- niyat va qulayliklar yaratadi. Microsoft Word 2003 – umuman aytganda, MS Office 2003 ning asosiy dasturlari (Access, Excel, Power Point va Word) Web-sahifalar hosil qilish uchun ishlatilishi mumkin. Bunda ma’lumot man-ba’lari bo‘lib, ushbu programmalar formatlaridagi fayllar xizmat qiladi. Albatta, bunda Web-sahifaning ko‘rinishiga yuqorida ko‘rsatilgan har bir programmaning xususiyatlari ta’sir qiladi. MS Word 2000 dasturi esa matn tahrirlagichi sifatida an’anaviy formatdagi va umumiy ko‘ri- nishdagi gipermatn hujjatlarni hosil qilish uchun katta yordam beradi. Ushbu programmada HTML-hujjatlarni hosil qilishning asosiy instru- menti bo‘lib Web-sahifalar masteri xizmat qiladi. U yangi fayl hosil qilayotganda ishga tushadi. Masterni ishga tushirish uchun Fayl – Sozdat buyrug‘ini tanlab, hosil bo‘lgan Sozdanie dokumenta darchasi-dan Web- sahifa imkoniyatini tanlash kerak bo‘ladi. So‘ngra Master Web-stranits