GLOBAL VA REGIONAL EKOLOGIK MUAMMOLAR
GLOBAL VA REGIONAL EKOLOGIK MUAMMOLAR Reja: 1. Cho‘llashish jarayoni va unga qarshi kurash 2.Atmosfera ifloslanishi va atrof-muhit. 3. Gidrosfera va uni ifloslantiruvchi omillar
1.Cho‘llashish jarayoni va unga qarshi kurash Xalqaro ilmiy jamoatchilikning e’tirof etishicha, cho‘llanish dunyoning barcha regionlaridagi mamlakatlar uchun juda ham katta iqtisodiy, sosial va yekologik muammo bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davrning eng keskin global muammolaridan biri yekologik tizimga antropogen yukning oshib borishi natijasida deyarli barcha turdagi landshaft majmualarining degradatsiyalashib borishidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan Xalqaro Konvensiyada cho‘llanish jarayoniga shunday ta’rif berilgan: «cho‘llanish qurg‘oqchil, chala qurg‘oqchil va quruq gumidyoni rayonlarda turli xil omillarning, iqlim o‘zgarishi va inson faoliyati ta’siri natijasida yerlarning degredatsiyalanishidir». (O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanishga qarshi kurashish harakatining Milliy dasturi, 1999, 3-bet). Shuning uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hukumatlararo qo‘mitasi tomonidan cho‘llanishga qarshi kurashish va qurg‘oqchilikni yumshatish bo‘yicha 1994 yil 17 iyunda Parijda Konvensiya qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi ham cho‘llanish va qurg‘oqchilik oqibatlariga qarshi kurashishning muhimligini ye’tiborga olib, 1995 yilda cho‘llanishga qarshi kurashish Xalqaro Konvensiyaga qo‘shildi. Hozirgi kunda bu Konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlarning soni 139 tadan oshdi. Cho‘llanish – bu atrof muhitdagi yekotizimlarning unumdor yerlar hosilining kamayishi, degredatsiyalanishi, iqlimning quruqlashishi, cho‘l hududlarining kengayishi va hakozo. O‘rta Osiyo hududida cho‘llanish jarayonini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin: cho‘llanish butun insoniyat tarixi davomida kuzatilmoqda; ekologik o‘zgarishlarni yuzaga keltirishda tabiiy omillar bilan birgalikda antropogen omillarning o‘rni ham muhim bo‘lib sanaladi; cho‘llanish asta-sekin rivojlanuvchi jarayon bo‘lib hisoblanadi va albatta shamol yeroziyasi, bir xil bo‘lmagan relef shakllariga,
ko‘chib yuruvchi qumlar harakati, qum tepaliklarining hujumiga bog‘liq holatda rivoj topadi. Cho‘llanish jarayonini o‘z navbatida tarixiy ikkita davrga ajratish mumkin: qadimgi va hozirgi davr. O‘rta Osiyo cho‘llari cho‘llanishining qadimgi davri so‘nggi yuz yillikni o‘z ichiga oladi. Turli shahar va qishloqlarning ayrim joylarida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ular qadimda cho‘l hududlari bo‘lib hisoblanmagan. Chunonchi, qadimgi davrning cho‘llanish jarayoni sabablari juda murakkab va bir xilda bo‘lmasdan uzoq davom yetgan. Hozirgi davr cho‘llanish jarayoni oxirgi yellik yilni qamrab olib, asosan yer resurslaridan oqilona foydalanmaslik, chorva mollari sonining ortishi, cho‘llardagi butasimon o‘simliklarning o‘tin sifatida kesilishi, tog‘-kon sanoatining rivojlanishi, qisqasi, tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 70% dan ko‘proq hududi cho‘l va chala cho‘ldan iboratligini inobatga olsak, sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanish, botqoqlanish, shamol va suv yeroziyasi, yaylovlarda yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi, ayniqsa, Qizilqum cho‘lidagi Qoraxotin, Oyoqog‘itma, Mullali, Mingbuloq botiqlarida cho‘llanishning oqibatlarini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Natijada qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning mahsuldorligi borgan sari pasayib, oziq-ovqat, yem-xashak va sanoat xom- ashyolarini yetarli miqdorda yetishtirib berish sekinlashmoqda va yetishtirilgan mahsulotlarning sifat ko‘psatkichlari ham pasayib bormoqda. Vujudga kelgan yekologik vaziyatning yomonlashishi natijasida cho‘llashgan yerlardan aholining shaharga ko‘chishi ko‘paymoqda. Bunga misol tariqasida Mo‘ynoq rayoni aholisining o‘tgan asrimizning 70-80 yillarida ikki baravar kamayishi (45 ming kishidan 22 ming kishiga) yaqqol misol bo‘ladi. O‘zbekiston Hukumati Xalqaro Konvensiyada qabul qilingan yuksak majburiyatlarga va qo‘yilgan talablarga asoslanib «O‘zbekiston
Respublikasida cho‘llanishga qarshi kurashish harakatining Milliy dasturi»ni («Natsionalnaya programma deystviy po borbe s opustinivaniyem v Respubliki O‘zbekistan», 1999) ishlab chiqdi. Milliy dasturning asosiy vazifasi O‘zbekiston hududidagi geotizimlar doirasida, xususan arid landshaftlarda va agrolandshaftlarda sodir bo‘layotgan cho‘llanish jarayonlarini oldini olish, ularning vujudga keltirgan oqibatlarini yumshatish, bu borada ishlab chiqilgan bosh yo‘nalishlarni va rejalar strukturasini boshqarishni ta’minlashdan iborat. Cho‘llanish jarayonlari sayyoramizning katta qismida, xususan Osiyo, Yevropa, Afrika, Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerikaning ko‘p mamlakatlarida keng tarqalgan. So‘nggi yillarda bu mudhish jarayon 110 dan ortiq mamlakatga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘psatib, ularning ijtimoiy ahvoliga tahlika solib kelmoqda. Atmosfera ifloslanishi va atrof-muhit. Tabiatni muxofaza qilish muammosida eng birinchi o‘rinda turuvchi muammo-bu atmofera havosini ifloslanishidan saqlash muammosi hisoblanadi. Buning asosiy sababi shundan iboratki, atmosfera havosi-insonni o‘rab turgan muhitdagi eng asosiy komponentlardan biri. Kislorod organizmlarning nafas olish jarayonida, turli xildagi ishlab chiqarish qurilmalari va dvigatellardagi yoqilg‘ining yonishi protsessidagi eng qimmatbaho yelement hisoblanadi. Atmosfera havosining ifloslanishi tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy ifloslanishga o‘rmonlardan yong‘inlar, chang bo‘ronlar, vulkanlarning otilishi va hokazolar kiradi. Sun’iy ifloslanishga inson xo‘jalik faoliyatinining turlari ya’ni sanoat tarmoqlari kiradi. Metallurgiya. Cho‘yanni yeritish va uni po‘latga aylantirish jarayonida atmosfera havosiga turli xildagi zaharli gazlar tashlanadi. Domna gazlari tarkibida karbonat angidrid (SO 2 ), is gazi (SO), smolalar, turli xil narsalar
bilan ifloslantiradi. Bu korxonalarning chiqindilari tarkibida rux, mishyak, brom va boshqa zaharli changlar bor. Neftni qazib chiqarish va neft ximiya sanoati ham atmosfera havosining ifloslovchi manba hisoblanadi. Yoqilg‘i yoqish protsessida havoda is gazi, karbonat angidridi tashalanadi. Masalan: 1 tonna benzin yonganda 60 kilogramm is gazi chiqadi, 1000 ta avtomobil 1 kunda o‘rta hisobda havoga 3,2 tonnagacha shunday gaz chiqardi. Dunyoda bir vaqtning o‘zida 250 mln. tagacha avtomobil haraktda bo‘lsa, havoga har yili 200 mln. tonnadan ortiq is gazi va 5 mln.tonna qo‘rg‘oshin chiqadi. Yoqilg‘i yenergetikasi sanoati ham havoning ifloslanishiga katta hissa qo‘shadi. Mineral yoqilg‘i tarkibida ma’lum miqdorda oltin gugurt bo‘ladi. Oltin gugurt oksidi havo bilan birga o‘pkaga kirib, oltin gugurt kislotasini (sulfat) hosil qiladi. Natijada nafas qisilishi, kislorod tanqisligi kasalliklariga olib keladi. Qurilish materiallari sanoati havoni chang bilan ifloslaydi. Ximiya sanoati korxonalaridan chiqadigan chiqindilar turli xil. Ularning aksariyati inson organizmi uchun zaharli. Bular qo‘yidagilar: uglerod oksidi, azot oksidi, oltin gugurt angidridi, ammiak, xlorli va ftorli birikmalar va hokazo. Qishloq xo‘jaligi rayonlarida ham havo unchalik toza yemas. Qishloq xo‘jaligida turli ximiyaviy preparatlardan foydalanish juda ko‘paygan. Zararkunanda hasharotlar va turli xil kasalliklarga qarshi zaharli ximiyaviy preparatlar mamlakatdagi o‘rtacha belgilangan miqdordan bir necha barovar ko‘p ishlatiladi. Bular ichida butifos bo‘lgan. Hozir ularning o‘rnida boshqa xil zararsizroq defoliantlar bilan almashtirildi. Har bir gektar yekin maydoniga yiliga o‘rta hisobda 1 kilogramm pestitsid, gerbitsid, defoliantlar to‘g‘ri keladi.