Globallashuv va global muammolarning falsafiy jixatlari
Globallashuv va global muammolarning falsafiy jixatlari Reja : 1. Globallashuv - falsafiy mazmuni.Globallashuv xodisasi va globalistika. 2. Global jarayonlarning shakllanish tarixi va darajalari. 3. 2017-2021 yillardagi Uzbekistonni yanada rivojlantirish buyicha Xarakatlar strategiyasida global muammolar va ularni xal kilish mexanizmlari. Global muammolarni xal kilishda xalkaro kuchlar birlashuvining axamiyati. 4. Bashorat tushunchasi unig turlari va metodlari Kelajakni bashorat kilishning uzig a xos xususiyatlari. 5. .Korrupsiya shakllanishining tarixi. BMT Kodeksida korrupsiyaga munosabat. Uzbekistonda korrupsiyaga oid konunlar va karorlar tasnifi, korrupsiyaga karshi kurashning axamiyati. 6.Texnika va texnologiya tushunchalarining moxiyati. Texnologik tarakkiyotning istikbollari: nanotexnologiya,biologik identifikasiya,internet, virtual mulokot va suni’iy intellekt
GLOBALLAShUVNING FALSAFIY MAZMUNI. Falsafa va hozirgi zamon. Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq sur’atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham aks ettiradi. Shu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarning ham e’tiborini tortmoqda. Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o‘z xulosalarida tafsilotlar va muayyan dalillarga mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o‘tkinchi narsalarni osongina chetlab o‘tadiki, bu unga asosiy e’tiborni ishning mohiyatiga qaratish, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish imkonini beradi. Falsafaning mazkur fazilatlari insonning ijtimoiy munosabatlar tizimida yoki «jamiyat-tabiat» tizimida yuzaga kelayotgan murakkab, kompleks vazifalarni hal qilishga majbur bo‘layotgan hozirgi sharoitlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan falsafiy tahlilning, muhim narsalarni ikkinchi darajali narsalardan, qonuniy narsalarni tasodifiy narsalardan farqlash, tarixiy rivojlanishda obektiv jarayonlarning subektiv omillardan farqi kabi usullari va metodlari hozirgi vaqtda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni nazariy anglab yetish va amalda bartaraf etish uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Globallashuv hodisasi . Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan sivilizasiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi vaqtda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integrasiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat
o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990- yillarda globallashuv (lot. globus – yer kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Yer sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. Shuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik, global kommunikasiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Globalistika. Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab yetish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning olingan natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki turdosh fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga kirmaydi. Uning vujudga kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo‘lgan integrasiyalashuv jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu yerda turli fanlar va falsafa, asosan bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir- biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o‘rganib, ularning yechimlarini taklif qiladi. Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot jabhasi sifatida 1960-yillarning oxirlaridan e’tiboran shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun obektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.
Texnooptimizm. Ammo qayd etilgan qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib texnokratik kayfiyatlarning yangi to‘lqini bilan chetga surib qo‘yildi va qariyb ikki o‘n yillik mobaynida ommaviy ongga o‘z ta’sirini yo‘qotdi. Bunga urushdan keyingi davrda jahonning deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan sanoat yuksalishi sabab bo‘ldi. 50-60-yillarda ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari G‘arbda ham, Sharqda ham aksariyat mamlakatlar uchun porloq bo‘lib tuyular edi. Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va texnika yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyat lar kuchaydi. Bunday qarashlar «iste’mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb e’lon qilgan ko‘p sonli nazariyalarda o‘z aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», «texnotron», «informasion» jamiyatlarning turli konsepsiyalarini yaratish ustida faol ish olib borildi. 1957 yilda taniqli iqtisodchi va sosiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» kitobini e’lon qildi va uning asosiy g‘oyalarini keyinchalik o‘zining «Yangi industrial jamiyat» deb nomlangan boshqa asarida rivojlantirdi. Uning asarlarida inson fan va texnika sohasida erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi, mazkur yutuqlar ta’sirida jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida chuqur o‘zgarishlar yuz berayotganiga e’tibor qaratiladi. Taniqli fransuz faylasufi R.Aron asarlarida, shuningdek, uning 1956-1959 yillarda Sorbonna universitetida o‘qilgan ma’ruzalarida, amerikalik siyosatshunos U.Rostouning 1960 yilda chop etilgan va o‘z davrida shov-shuvga sabab bo‘lgan «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari. Nokommunistik manifest» kitobida «industrial jamiyat» nazariyasi yanada to‘laroq asoslab berildi. Bu olimlar fikriga ko‘ra, fan-texnika inqilobi ta’sirida «odatdagi» agrar jamiyat o‘rnini sanoat jihatidan taraqqiy etgan «industrial» jamiyat egallaydi va bu yerda bozor sharoitida ommaviy ishlab chiqarish birinchi o‘ringa chiqadi. Sanoatning rivojlanish va texnika yutuqlaridan foydalanish darajasi bunday jamiyat progressivligining bosh mezonlariga aylanadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalariga kompyuterlarning keng joriy etilishi yangi nazariyalar, chunonchi: «postindustrial», «informasion» (D.Bell, G.Kan,
J.Furaste, A.Turen), «texnotron» (Z.Bjezinskiy, J.J.Servan-Shrayber), «o‘ta industrial», «kompyuter» (A.Toffler) jamiyati nazariyalari yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ularda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy mezoni sifatida texnika yutuqlari, aniqrog‘i faqatgina ular emas, balki fan va ta’limning rivojlanishi amal qiladi. Kompyuter texnikasi negizida yaratilgan yangi texnologiyalarning amalga joriy etilishi taraqqiyotning muhim mezoni hisoblanadi. Amerikalik taniqli faylasuf va sosiolog D.Bell bo‘lg‘usi ijtimoiy qurilish shakl-shamoyillarini belgilar ekan, hali Internet paydo bo‘lishidan ancha oldin shunday degan edi: «Shunga ishonchim komilki, axborot va nazariy bilim postindustrial jamiyatning strategik resurslaridir. Bundan tashqari, o‘zining yangi rolida ular hozirgi tarixning tub burilish nuqtalaridir» 1 . D.Bell birinchi burilish nuqtasi sifatida hozirgi jamiyatda «umumiy bilim» sifatida asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylangan fan xususiyatining o‘zgarishini qayd etadi. Ikkinchi burilish nuqtasi yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular, sanoat inqilobi davri texnologiyalaridan farqli o‘laroq, o‘ta moslashuvchan va osongina qayta ixtisoslashtirilishi mumkin. U «Hozirgi texnologiya betakror va ayni vaqtda rang-barang natijalarga erishish uchun ko‘p sonli muqobil yo‘llar ochadi, bunda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish mislsiz darajada o‘sadi. Bular – imkoniyatlar, hamma gap ularni ro‘yobga chiqarishda» 2 , deb qayd etgan edi . Texnopessimizm. Ko‘rib chiqilayotgan nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga ma’lum darajada e’tibor bergan bo‘lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hech biri bundan 1980-yillarning o‘rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. Chunki, f an-texnika taraqqiyoti hamma narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi. Ayni vaqtda 1960-yillarning oxirlaridan ekologik qiyinchiliklardan tashqari aksariyat davlatlar va hatto qit’alarga tahdid solgan boshqa muammolar: aholining 1 Белл Д. Социальные рамки информационного общества / Новая технократическая волна на Западе. – М., 1986. – С. 342 2 Белл Д. Социальные рамки информационного общества / Новая технократическая волна на Западе. – М., 1986. – С. 342