Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari,o’quv metodik va Dasturiy taminot.
Mavzu:Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari,o’quv metodik va Dasturiy taminot. Reja 1.Kirish 2.Informatika o’qitish metodikasi. 3.Fanni o’qitish mazmuni shakllari va metodlari. 4.O’quv metodik va dasturiy taminot MAVZU MAZMUNI KIRISH
Informatika ( nemischa : Informatik , fransuzcha : Informatique , inglizcha : computer science - komputer fani (AQShda), computing science - hisoblash fani (Buyuk Britaniyada) ), axborotshunoslik — ilmiy informatsiya (axborot, xabar, ma lumot)ning mohiyati, umumiy xossalari va krnu-niyatlarini, shuningdek, ilmiy ʼ kommunikatsiya tizimi (o sha ilmiy informatsiyani tarqatish usullari va vositalari ʻ majmui)ni o rganish bilan shug ullanadigan ilmiy fan; inson faoliyatining EHM, ʻ ʻ kompyuterlar bilan bog liq bo lgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning ʻ ʻ markaziy tushunchasi — ijtimoiy hayotning istalgan sohasi va tarmoqlaridan olinadigan ma lumotlar, ya ni ilmiy informatsiya. ʼ ʼ „Informatika“ atamasi 1960 -yillarda Fransiyada yuzaga kelgan bo lib, ʻ information va automatique degan farang so zlarining birlashmasidan kelib ʻ chiqqan. Bu atama ma lumotni avtomatik ravishda qayta ishlashni o rganuvchi ʼ ʻ sohani nomlash uchun o ylab topilgan. ʻ Ilmiy informatsiyani olish va undan foydalanish sohalari hamda vazifasiga ko'ra, u turli xillarga bo linadi. Masalan, sohalar bo yicha — biologik, siyosiy, iqtisodiy, ʻ ʻ texnikaviy, kimyoviy, tibbiy va boshqa, vazifasiga ko ra — ommaviy, maxsus ʻ informatsiya va h. k. Ilmiy informatsiyaning to g riligi, yangiligi va foydaliligi ʻ ʻ mezonlarini ishlab chiqish Informatika vazifasiga kirmaydi. Informatika kibernetika, kutubxonashunoslik, lingvistika, matematik mantiq va boshqa fanlar bilan uzviy bog liq. U ilmiy ma lumotlarni yig ish, ishlab chiqish (o rganish), saqlash, izlash va ʻ ʼ ʻ ʻ tarqatish jarayonlari majmuini o z ichiga oladi. Informatika termini 20-asrning 60- ʻ yillarida ishlatila boshlangan. Bu davrda ko pchilik tadqiqotlar axborotlarni qidirish ʻ muammolari bilan uzviy bog liq bo lgan. Ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi ʻ ʻ va usullari yaratildi. Informatika yuzaga kelishi va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning o rni beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash ʻ texnikasi yordamida qayta ishlanadi.
Keng ma noda ma lumotlarni izlab topish, qayta ishlash va ilmiy izlanish natijasi ʼ ʼ sifatida qayd qilib qoldirish ishlari bilan olim va mutafakkirlar qadimdan shug ullanishgan. Masalan, Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari, Zahiriddin ʻ Muhammad Boburning "Boburnoma" asari shunday asarlar jumlasiga kiradi. Informatika ilmiy fan sifatida rasman shakllanishi 1895 yildan — Bryusselda xalqaro bibliografiya instituti (1938 yildan — Xalqaro hujjatnomalar fede-ratsiyasi) tashkil qilingan sanadan boshlandi. 20-asr 60-yillari oxiriga qadar "Informatika" termini o rniga "hujjatnomalar" yoki "hujjatnoma va informatsiya" termini ishlatilgan. ʻ Fantexnika inqilobi, EHM, informatsiya texnikasi vo-sitalari (mikrofoto suratga olish, nusxa ko chirish texnikasi va h. k.) va boshqaning paydo bo lishi Informatika ʻ ʻ fan sifatida taraqqiy etishiga imkon tugdirdi. Ayniqsa, kompyuterlar tarmog i va u ʻ bilan bog liq ravishda internet ti-zimining rivojlanishi umuman Informatika , ʻ xususan, Informatika kommunikatsiya tizimining yanada taraqqiy etishiga sabab bo ldi. Izlab topilgan, to plangan, qayta ishlangan "tayyor" informatsiya — ʻ ʻ ma lumotlarni keng tarqatishda tah-ririyatnashriyot va matbaa jarayonlari, ilmiy ʼ nashrlarni tarqatish (xususan, kitob savdosi, kutubxona-bibliografiya faoliyati;) ilmiy adabiyo-tlar almashinish; arxiv ishi va, albatta, ilmiy-informatsion faoliyat, radiotelevideniye, internet tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika asosiy yo nalishlari: hisoblash texnikasining nazariy asoslari, informatsiya nazariyasi, ʻ hisoblash eksperimenta, programmalash, sun iy intellekt, informatsiya ʼ texnologiyasi va boshqa Inglizcha gaplashiladigan davlatlarda Informatika termini o rniga "computer sciense" ("hisoblash fani") termini ishlatiladi. ʻ 2.INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI «Informatika o’qitish metodikasi» fani umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo’lim hisoblanadi .
Informatika fanini o’qitish qo’yidagi maqsadni ko’zda tutadi: bo’lajak o’qituvchilarni informatika fanini ijodiy o’qitish va o’zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish; bo’lajak o’qituvchilarni informatika sohasi bo’yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishga tayyorlash; bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo’llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish. Bo’lajak informatika o’qituvchisi o’sib kelayotgan avlodning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini , shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur. «Informatika o’qitish metodikasi» fani bo’yicha talabalar quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo’lishi zarur: informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar; informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli; informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va didaktik imkoniyatlari; yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o’quv-tarbiya jarayonida qo’llash. FANINI O’QITISH, MAZMUNI, SHAKLLARI VA METODLARI
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika fani mazmuni va o’qitish: Shakllari. XXI asr axborot asri, axborot texnologiyalari asri ekanligi barchamizga ma’lum, bu asrda savodxon kishi bo’lish uchun avvalo kompyuter savodxoni bo’lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da "Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamon uzviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi" deb belgilab qo’yilgan. Ta’lim tizimi butunlay yangi mazmun kasb etayotgan hozirgi davrda har bir fanning mazmunini qayta tahlildan o’tkazish, ta’lim bosqichlari bo’yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan isloh qilish va hayot bilan bog’lash nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo’ladi. Respublikamizda yosh avlodning o’z faoliyatini rejalashtirishi, qo’yilgan masalani echishga zarur bo’lgan axborot topa olishi, o’rganilayotgan ob’ekt yoki