Interfaol mashg’ulotlarni tashkil qilish va olib borish.
Interfaol mashg’ulotlarni tashkil qilish va olib borish. Reja: 1. Interfaol mashg‘ulot samaradorligi omillari 2. An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar 3. Interfaol ta’lim va tarbiya jarayoni ishtirokchilari 4. Interfaol ta’limda dars jarayonini loyihalash
Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. 1. Interfaol mashg‘ulot samaradorligi omillari (1-guruh uchun matn) Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). Unga ko‘ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo‘ladi. Bular quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan: Bilish -dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish,
axborotni etkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash. Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish. Qo‘llash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish. Tahlil darajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko‘radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash. Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, loyihalash. Baholash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari:
tashxislash, isbotlash, o‘lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash. 2. An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar (2-guruh uchun matn) № Asosiy tushunchalar An’anaviy dars Interfaol dars 1 Qo‘llanish darajasi Barcha mavzular bo‘yicha ular uchun qulay bo‘lgan dars turlari shaklida qo‘llaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha interfaol darsning qulay bo‘lgan turlari shaklida qo‘llaniladi. Boshqa mavzular uchun an’anaviy dars qo‘llaniladi 2 Dars maqsadi Dars bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, mustahkamlash. Dars mavzusi bo‘yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni bayon qilish, himoyalashga o‘rgatish. 3 O‘qituvchining vazifalari va ish usullari Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat, topshiriqlar berish. O‘quvchilarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy xulosalarni asoslab berish. 4 Darsga tayyorgarlikka talablar Dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash. Interfaol dars ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur vositalarni tayyorlash. 5 O‘quvchilar Oldingi dars bo‘yicha Yangi dars mavzusi
tayyorgarligiga talablar vazifalarni bajarib kelish. bo‘yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilish. 6 O‘quvchining vazifalari va ish usullari O‘qituvchini tinglash va o‘zlashtirish, berilgan topshiriqlarni bajarish. O‘qituvchi bergan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha mustaqil fikrlash, o‘z fikr, xulosalarini boshqalarga solishtirish va yakuniy xulosaga kelish 7 Vaqt taqsimoti Dars vaqtining ko‘p qismi o‘qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o‘zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi. Dars vaqtining ko‘p qismi o‘quvchilarning mustaqil topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o‘z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanadi. 8 Darsning Darsning modul va Har bir dars oldindan tayyorlangan Interfaol mashg‘ulotning ushbu jadvalda ko‘rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. O‘quv rejadagi fanlarni o‘qitishda qaysi mavzular bo‘yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning maqsadiga to‘liq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’anaviy mashg‘ulot turlaridan foydalanish ko‘zda tutiladi.