IRSIYAT QONUNLARI


MAVZU: IRSIYAT QONUNLARI REJA: 1. Mendel qonunlari. Monoduragay, Diduragay chatishtirish. 2. Poliduragay va tahliliy chatishtirish. 3. Oraliq holda irsiylanuvchi belgilar. 4. Kodominantlik holda belgilaming irsiylanishi. 10
Mendel qonunlari. Duragaylash metodi. Qadimdan odam lar farzandlar: o‘g‘il yoki qizning o‘z ota-onalariga o‘xshashligini kuzatganlar. Lekin shunga qaramay, ko‘p asrlar mobaynida irsiyat muammosi hal qilinmagan. Faqat XIX asming ikkinchi yarmiga kelib, irsiyat qonunlarini ixtiro qilishga musharraf boiindi. Shu bobda irsiyatning duragaylash metodi, Mendelning irsiyat qonunlari odam irsiyatiga ham tegishli ekanligi isbotlangan.Nima uchun bug‘doydan bug‘doy, arpadan arpa hosil boiadi, qo‘ydan qo‘zichoq tug‘iladi, har bir bola ota- onasiga o‘xshash boiadi, degan masala ming yillar mobaynida odamlami qiziqtirib kelgan. Faqat chex tabiiyotshunosi Gregor Mendel birinchi marotaba bu jumboqni yechdi va irsiyat qonunlarini ixtiro qilishga muvaffaq boidi. Irsiyat qonunlarini yaratishga imkon bergan Mendel tadqiqot- larining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?Birinchidan, Mendel o‘z o‘tmishdoshlaridan farqli ravishda ota- ona organizmlaming ko‘p belgi-xossalarini birdan emas, balki ayrim belgilarining irsiylanishini tadqiq qildi.Ikkinchidan, Mendel duragaylash uchun irsiy jihatdan toza organizmlarni tanlab oldi.Uchinchidan, Mendel duragaylash uchun qarama-qarshi belgilarga ega organizmlarni jalb etdi. To‘rtinchidan, u ota-ona belgilaming irsiylanishini duragaylaming bir necha avlodida o‘rganishni maqsad qilib qo‘ydi.54Beshinchidan, Mendel duragaylar orasidan ota-onaga o‘xshash individlami hisoblab chiqishga va ulaming nisbatini aniqlashga ha- rakat qildi. Bulaming hammasi irsiyat qonunlarini ixtiro qilishga im- kon yaratdi. Yuqoridagi talablami o‘simlik va hayvonlarga nisbatan qoilash mumkin. Shu jihatdan qaraganda, odam genetik tadqiqot- lami olib borish uchun noqulay obyekt sanaladi. Shunga qaramay, tadqiqotchi olimlar tomonidan odamlarda ko‘p belgi-xossalaming irsiylanishi aniqlangan. Monoduragay irsiylanish. Duragaylash uchun tanlangan ota- ona organizmlari birgina qarama- qarshi belgisi bilan farqlansa, ular- dan hosil bo‘lgan duragaylami monoduragaylar deb ataladi. Mendel tajribalarida no‘xat o‘simligining doni tekis va bujur, doni sariq va yashil, gul tojbarglari qizil va oq, poyasi uzun va kalta boshqa qarama- qarshi belgili xillarini chatishtirib, ulardan olingan duragaylaming bir necha avlodida mazkur belgilarning irsiylanishi o‘rganildi. Mendel olib borgan tajribalarining birida doni sariq va yashil 10
bo‘lgan xillarini chatishtirdi. Olingan duragaylaming birinchi avlodida duragaylarning doni sariq rangda ekanligi ma’lum boidi. Mendel birinchi avlod duragaylaming rivojlangan belgisini dominant, rivojlanmagan yashirin belgisini retsessiv deb nomladi.Birinchi avlod duragaylaming hammasida rangi bir xil sariq bo‘lganligini e’tiborga olib, Mendel «birinchi avlod duragaylaming bir xillik qonunini» kashf etdi. Bu Mendel tomonidan ochilgan irsiyatning birinchi qonuni sanaladi. Mendel o‘z tajribasini davom ettirib, birinchi avlod duragaylami o‘zaro chatishtirdi. Duragaylaming ikkinchi avlodi tekshirilganda ulaming to‘rtdan uch qismi sariq donli, to‘rtdan bir qismi yashil donli ekanligi ma’lum boidi. Mendel tajriba larida mana shunday duragaylaming ikkinchi avlodida 478 o‘simlik olingan. Ulaming 355 tasi sariq, 123 tasi yashil donli boigan. Bu sariq va yashil donli o‘simliklaming ikkinchi avlodidagi o‘zaro nisbati 3:1 gayaqin ekanligini ko‘rsatadi.Duragaylaming ikkinchi avlodida o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha xilma-xillik ro‘y berishi, boshqacha aytganda, dominant belgili o‘simliklar bilan bir qatorda retsessiv belgili o‘simliklaming rivojla-55nishi va ulaming o‘zaro 3:1 nisbatda bo‘lishi Mendel tomonidan ix- tiro qilingan irsiyatning ikkinchi qonunidir. U fanda «ikkinchi avlod duragay laming xilma-xillik berishi va ular nisbatining 3:1 sxema- da bo‘lishi» deb ataladi.Mendel tomonidan kashf etilgan irsiyatning birinchi va ikkinchi qonunlari odamlar nikohida ham o‘z tasdig‘ini topadi. Chunonchi nikohlangan erkak va ayolning birining qoshi ayri-ayri, ikkinchisiniki bir-biri bilan qo‘shilgan holda bo‘lsa, ulaming farzandlarining qoshi ayri-ayri boiadi. Binobarin, qoshning ayri-ayri holatda ekanligi dominant, bir-biri bilan birlashganligi retsessivdir. Mabodo shunday belgili ikki notanish oilaning o‘g‘il va qizlari o‘zaro nikohlansalar, nevaralarining 3/4 tasida qoshlar ayri-ayri, 1/4 tasida esa bir-biri bilan qo‘shilgan holatda boiadi. Xuddi shunday holat qalin labli va yupqa labli erkak va ayollaming nikohi va ulaming o‘g‘il va qizlarining boigan nikohida ham kuzatiladi. Bunda qalin lab dominant, yupqa lab esa retsessiv belgi hisoblanadi.Mendel nima sababdan ikkinchi avlod duragaylari xilma-xillik beradilar va ularda dominant va retsessiv belgili individlarning nisbati 3:1 sxemada b o iad i, - degan muammoni hal etish uchun o ‘z davrida gametalar sofligi ilmiy faraz (gipoteza)ini ilgari surdi. Bu faraz hali fanda hujayraning mitoz va meyoz bolinishi kashf qilinmasdan ancha ilgari surilganligini ta’kidlab o lish joizdir.Mazkur ilmiy farazga binoan har bir organizm jinsiy hujayralarida ota-ona belgi-xossalarini avloddan-avlodga olib o‘tuvchi irsiyat ning moddiy asoslari boiadi. Irsiyatning bunday asoslarini Mendel lotin alifbosi harflari bilan ifodalashni lozim topdi. Dominant belgining moddiy irsiy asosini bosh harf, retsessiv belgining moddiy irsiy asosini esa kichik harf bilan ifodalash kerakligini qaydqildi. Masalan, odamda labning qalinligi-A , yupqaligi - a bilan ifoda qilinadi. M a’lum jinsiy usul bilan ko‘payadigan o‘simliklar, hay- vonlarning yangi 10
nasli ota-ona organizmlarining chatishishidan, ya’ni ota-ona jinsiy hujayralarining o‘zaro qo‘shilishidan paydo boiadi. Jinsiy hujayralar meyoz bolinish orqali rivojlanganliklari sababli ularning har birida xromosomalaming gaploid to‘plami, ya’ni irsiy omillaming yarmi bo‘ladi. U m g‘langan tuxum hujayra- da esa, xromosomalaming diploid to‘plami bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, har bir o‘simlik, hayvon, odam organizmida belgi xossalardan tashqari avloddan-avlodga olib o ‘tuvchi irsiyatning moddiy asoslari omillar mavjud. Genetikada organizmlaming tashqi, ichki belgi- xossalarining majmuasini fenotip, moddiy irsiy omillaming yig‘indisini esa genotip deb ataladi. Modomiki shunday ekan, u holda genetik simvollardan foydalangan holda labi qalin va labi yupqa erkak va ayol organizmi, ularning nikohidan ho sil bo‘lgan farzandlar hamda nevaralari haqida tubandagicha izoh berish mumkin. fenotip qalin labli yupqa labli P genotip AA x aa gametalar A A a a fenotip qalin labli qalin labli (begona erkak) F1 genotip A a A a gametalar A a A a fenotip qalin labli qalin labli qalin labli yupqa labli (nevaralar) F2 genotip AA: A a: A a: aa Ko‘rinib turibdiki, ilgari qayd qilinganidek, birinchi avlod du- ragaylaming barchasining labi qalin, fenotip jihatdan o‘xshash. Duragaylaming ikkinchi avlodida fenotip bo‘yicha 3:1 nisbat olingan, boshqacha aytganda, tashqi belgilari bo‘yicha uch hissa qalin labli, bir hissa yupqa labli nevaralar tug‘ilgan.Odamlaming ko‘pchiligida teri bug‘doy rang, ba’zilarida esa ta- moman oq-albinos bo‘ladi. Agar shunday erkak va ayol nikohlansa, ulaming farzandlarida bug‘doy rang, binobarin bug‘doy rang dominant, oq rang retsessiv ekanligini ko‘ramiz.Xuddi shunday natija ko‘zi normal ko‘radigan odamlar bilan ko‘zi yaqinni yaxshi ko‘radigan odamlar nikohida ham kuzatiladi.f en ko‘zi normal ko‘radigan ko‘zi yaqinni yaxshi ko‘radigan P gen aa AA gam a A fen ko‘zi yaqinni yaxshi ko‘radigan 10