ISh BILAN BANDLIKKA KO‘MAKLAShISh MARKAZLARI XIZMATI
ISh BILAN BANDLIKKA KO‘MAKLAShISh MARKAZLARI XIZMATI REJA 1. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markazni tashkil etish asoslari 2. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi m arkazning asosiy vazifalari va funksiyalari 3. Markazning huquq va ma’suliyati
1. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markazni tashkil etish asoslari Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markaz “Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markaz to‘g‘risida” Nizomga asosan faoliyat yuritadi. Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 6 apreldagi «Aholini bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomilllashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-616 – sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 8 maydagi 95-sonli «2007 yil 6 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK–616 - sonli «Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashuvchi Markazning maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Markaz faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari va boshqa hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza hilish vazirligining normativ – huquqiy hujjatlariga, bosh boshqarmalarning buyruq va qarorlariga, tegishli hokimliklarning qaror va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi . Markaz O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tashkiliy tizimi bo‘lib, mintaqaviy asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmalariga , hamda tegishli tuman ( shahar) xokimligiga buysunadi va hisobot beradi. Markaz davlat boshqaruvining tuman (shahar) mehnat, ish bilan bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organi hisoblanadi.
Markaz o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa mahalliy organlari, jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalar bilan hamkorlikda olib boradi. 4. Markaz yuridik shaxs bo‘lib, bank muassasalarida hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega. 5. Markaz tizimiga yirik qishloq (mahalla) fuqarolar yig‘inlarida ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish turg‘un (statsionar) punktlar kiradi. 6. Zarur bo‘lganda vazirlik qarori asosida Markazda vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash Byurosi tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularning faoliyati aloxida Nizom bilan belgilanadi. 7. Markaz Ish bilan ta’minlashga qo‘maklashuvchi davlat jamg‘armasidan moliyalashtiriladi, hamda belgilangan tartibda mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish huqukiga ega. 2. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi m arkazning asosiy vazifalari va funksiyalari 1. Q uyidagilar Markazning asosiy vazifalari h isoblanadi: – ish bilan band b o‘ lmagan aholi hisobi metodikasiga muvofiq, ishsizlar tizimli ravishda hisobga olib borilishini, ishga joylashishga muxtojlar, shuningdek, mavjud b o‘ sh ish o‘r inlari t o‘g‘ risida ma’lumotlar banki shakllantirilishini ta’minlash; – ishsizlar, birinchi navbatda yoshlar, xotin-kizlar va aholining boshqa ijtimoiy extiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish; – aholi bandligining samarali shakllarini rivojlantirish, jumladan kasanachilik mehnatini joriy etish, mustaqil ish bilan bandlik, shu jumladan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish hamda boshqa turdagi ish bilan bandlikni rag‘batlantirish; – ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, ularni ijtimoiy ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini kengaytirish; – ish beruvchilar tomonidan mehnatga oid qonun hujjatlariga, shuningdek mehnat muhofazasi va shart-sharoitlari sohasidagi normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; – ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy ko‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarni amalga oshirishda fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga amaliy yordam ko‘rsatish, kamxarj oilalarga nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lashda o‘rnatilgan tartibga rioya etilishi monitoringini amalga oshirish Markaz, yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 2. Band bo‘lmagan aholi sonini hisobga olish sohasida: – tasdiqlangan aholini bandligini aniqlash metodikasi asosida har chorakda aholi bandligi monitoringini o‘tkazadi, tuman (shahar) hududida yashovchi band bo‘lmagan aholi sonini aniqlaydi; – aholi bandligi monitoringi asosida tuman (shahar) hududida mehnat bozoridagi vaziyat haqida ma’lumot va uning rivojlanishini baholaydi; – tuman (shahar) hududida ish bilan ta’minlanishga muhtoj fuqarolar haqida ma’lumotlarni yig‘ib, ularni axborot bankini yaratadi. – bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar bankini yaratish sohasida: – xududdagi mulkchilik shaklidan va ishlovchilar sonidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘adi va vakant ish o‘rinlari haqida sistemali ma’lumotlar bankini tashkil etadi; – markazlarda ish bilan band bo‘lmagan aholiga hududdagi, shuningdek respublikaning boshqa hududlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadi. 3. Ish bilan ta’minlashda ko‘maklashish sohasida:
– markazga murojaat etuvchilarga ish beruvchilarning ishchilarga qo‘yadigan talablari, ishga joylashish imkoniyatlari haqida maslahatlar berish; – markaz ish bilan band bo‘lmagan, ro‘yxatga olingan aholini, ayniqsa, yoshlar, ayollar va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘maklashadi; – qurolli kuchlardan bo‘shatilgan fuqarolarga ularning bandlik sohasidagi huquqi haqida tushunchalar berish, ularning egallagan kasbi bo‘yicha ish bilan ta’minlashda ko‘maklashadi; – jazo muddatini o‘tagan, amnistiyaga tushgan fuqarolarni vakant va kvotalangan ish joylariga joylashtirishda ko‘maklashadi; – ishdan bo‘shagan, shu jumlandan korxona tugatilishi yoki bankrotga uchraganligi munosabati bilan ishsiz bo‘lgan fuqarolarni ro‘yxatga olib, ish bilan ta’minlashda ko‘maklashadi; – aholini ish bilan ta’minlash va ish o‘rinlarini barpo etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi va bajarilishi yuzasidan xar chorak yakuni bo‘yicha xokimliklarga ma’lumotlar taqdim etib boradi; – bandlikni ta’minlash hududiy dasturi asosida ish o‘rinlarini yaratilishini monitoringini tashkil etadi; – ijtimoiy ximoyaga muxtoj shaxslar uchun eng kam ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha xokimliklarga takliflar kiritadi va ushbu ish o‘rinlarining ijtimoiy ximoyaga muxtoj va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan aholi toifasi bilan to‘ldirilishini nazorat qiladi; – korxonalar, tashkilotlar va muassasalar va boshqa manfaatdor idoralar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazadi; – o‘rnatilgan tartibda ishsiz maqomi berilgan fuqarorlarga haq to‘laniladigan jamoat ishlari tashkil etadi. 4. Aholi bandligini rivojlantirishning samarali shakllari sohasida: – ish beruvchilarga ularning imkoniyatidan kelib chiqib kasanachilik ishchi o‘rinlarini yaratish bo‘yicha takliflar beradi, ish beruvchilar orasida bandlik to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borib, korxonalarda kasanachilik ish o‘rinlarini yaratilishini monitoringi va xisobini olib boradi;