logo

ISLOM OLAMIDAGI ALLOMALAR ochiq dars ishlanma

Yuklangan vaqt:

24.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

267.8818359375 KB
     14- umumta`lim maktabining tarix fani o`qituvchisi    Jalolov Navruzning
7-sinflarda  O’zbekiston   tarixi  fanidan
43-44& “ ISLOM OLAMIDAGI ALLOMALAR ”
Mavzusi yuzasidan ochiq dars ishlanmasi
___________________________
___________________________
Sinfi: 7
28-30 nafar o’quvchiga mo’jjallangan. 
Dars turi ;   yangi tushuncha ,  bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda foydalaniladigan metod:  H ikoya -  suhbat usuli ,”Test usuli , ”B.B.B metodi” usullari. 
Darsning maqsadi:
          Ta’limiy maqsad:o’quvchilarni Islom olamidagi allomalar bilan tanishtirish.
 Tarbiyaviy maqsad : Xalqimizning naqadar katta ma`naviy boyliklari ilm yo`lidagi say 
harakatlari yutuqlari hududimizdagi i hozirgi davr bilan bog’lay olish ko’nikmasini hosil qilish.
            Rivojlantiruvc hi   maqsad :
 O’quvchilarni allomalar ma`naviy me`rosi va bugungi kundagi holatlar ishiga bog’lagan holda 
ilm izlanuvchanlik ruhida tarbiyalash. 
 Dars jihozlari:
1. “O’zbekiston  tarixi” darsligi .   150-161- sahifa lar, 43-44&    2.  O’zbekiston  xaritasi   3. Darsni 
mustahkamlash uchun  yozilgan savollar matni,allomalarning suratlari, 
o’quv film,kompyuter,mavzuga oid ko’rgazmalar,doska,daftar.  
 Muhim tushunchalar va atamalar:Fiqh,mazhab,kalom ilmi.
I. Tashkiliy qism    :  
1.Sinfda o’quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
2.Dunyoda va O’zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklar  va   xabarlar bilan tanishtirish.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: guruh ishi:
I guruh
1.Madrasa nima ekanligi eslang?
2.Arablar kirib kelishining yomon tasir etgan jihatlarini sanab bering?
II guruh
1.Islom dinining kirib kelishidagi ijobiy o`zgarishlar
2.Islom dini kirib kelgungacha ta`lim tizimini yodga oling!
III. Darsning mazmuni:
IV DARS MAZMUNINI RO’YOBGA CHIQARISH USTIDA ISHLASH:
1.Imom Al-Buxoriy
2.At-Termiziy Sovetlar   hokimiyatining   o‘tgan   asrning   20-30-yillaridaamalga   oshirgan   ma’muriy
buyruqbozlik   va   zo‘ravonlik   siyosatining   yorqin   ifodasi   qishloqda   o‘tkazilgan   jamoalashtirish
jarayonida   namoyon   bo‘ldi.   Necha   asrlar   davomida   individual   xo‘jalik   yuritib   kelgan,   ongi,
shuurida   xususiy mulkchilik hissiyoti kuchli bo‘lgan, mulk daxlsizligi tushunchasini muqaddas
bilgan  millionlab  dehqon xonadonlarini  ularning  xohish-irodasiga qaramasdan,  majburiy  tarzda
yirik   jamoa   xo‘jaliklariga   olib   o‘tish   bu   hazilakam   jo‘n,   oson   ko‘chadigan   ishemas   edi.   Sovet
hokimiyati,   hukmron   partiya   ijtimoiy   taraqqiyotning   borishi,   uning   tabiiy   qonuniyat   lariga   zid
o‘laroq bu jarayonni qisqa muddatlar ichida zo‘ravonlik va majburiylik yo‘li bilan o‘tkazish sari
yo‘l   tutdi.     Xo‘sh,   O‘zbekiston   qishloq   xo‘jaligining   20-yillar   manzarasi   qanday   edi?   Uning
qishloq   aholisining   sinfiy,   tabaqaviy   tarkibidagi   o‘zgarishlar   nimadan   dalolat   berardi?   20-
yillarda   o‘tkazilgan   yer-suv   islohoti   davrida   badavlat   dehqonlarning   yerlari,   vaqf
yerlari,ruhoniylarga tegishli yerlar davlat tomonidan tortib olingan edi. 
        Yer bilan birga hamma ot-ulov va asbob-uskunalarham musodara qilindi.  1
Umuman, 1925-
1929-yillarichida   boylar,   yirik   savdogarlar   va   ruhoniylarning   45   98   Qishloqda   jamoalashtirish
sari   yo‘l   tutish   99   mingga   yaqin   xususiy   xo‘jaliklari   batamom   tugatildi.   Ko‘pgina   xo‘jaliklar
tasarrufidagi   ortiqcha   yerlar   ham   tortib   olingan   edi.   Bu   yerlar   qayta   taqsimlanib,   ularning   bir
qismi   yersiz   yoki   kam   yerli   dehqon   xo‘jaliklariga   mulk   qilib   berildi.   Buning   natijasida   batrak
kambag‘allar   toifasi   islohotdan   oldin   barcha   dehqonlarning   76   foizini   tashkil   etgan   bo‘lsa,
islohotdan   so‘ng   ularning   soni   39   foizgacha   qisqardi.   Ularning   xo‘jalik   turmushi   yaxshilanib,
o‘sib   borganligi   bois   o‘rtahol   dehqonlar   salmog‘i   17   foizdan   52   foizga   ko‘tarildi.   Shu   tariqa,
qishloqda   tovar-g‘alla   yetishtiruvchi   mayda   ishlab   chiqaruvchilarning   salmog‘i   ko‘payib   bordi.
Bu   islohot   jarayoni   davomida   respublikada   jamoa   xo‘jaliklari,   ya’ni   kolxozlar   tashkil   etildi.
Biroq   ularning   halixo‘jalik   va   moliyaviy   zaifligi,   ishlab   chiqarish   ko‘rsatkichlarining   pastligi
ko‘zga tashlanib turardi. Sovet hokimiyatining 20-yillarda qishloqda yuritgan bir qadar mo‘tadil
siyosatidan   bahra   olib,   yer-suv   islohotidan   naf   topib,   o‘z   xo‘jaliklarini   anchayin   oyoqqa
turg’izib,   o‘rtahollar   darajasiga   ko‘tarilib   olgan   o‘zbek   dehqonlari   hayoti   va  qismati,   taassufki,
tez  orada  hukmron  partiya   boshlab  yuborgan  ommaviyjamoalashtirish   jarayoni   girdobiga  g‘arq
bo‘ldi.   1929-yil tarixga qora belgi ostidagi “buyuk burulish yili” deb nom olgan yil bo`lib kirib
keldi.   Bu   dehqonlar   sinfini   ijtimoiy   qatlam   va   mehnatkash   omma   sifatida   maqsadli   yo`q
qilishning boshlang`ich davri edi. Bunda “quloqlar” va “boylar” toifasiga asosan yangi iqtisodiy
siyosat   sharoitida   o`z   xo`jaliklarini   oyoqqa   turg`azib   olgan   o`rtahol   dehqonlar   kiritildi.   Chunki
birmuncha badavlatroq qatlamlar oldingi yillarda tugatilgan edi. 1929-yilning yozida “quloqlar”
ni   jamoa   xo`jaliklariga   (kolxoz)   kiritilishini   ta`qiqlovchi   qaror   qabul   qilinadi.   O`sha  yilning   7-
noyabrida   “xalqlar   otasi”   Stalinning   matbuotda   bosilib   chiqqan   “Buyuk   burulish   yili”   nomli
maqolasi   hamda   27-dekabrda   qishloq   xo`jalik   xodimlarining   ilmiy   konferensiyasida   so`zlagan
nutqi   quloqlarni   sinf   sifatida   tugatish   va   jadal   jamoalashtirish   siyosatini   boshlab   berdi.
Yoppasiga   jamoalashtirish   bu   boy   va   o`rtahol   dehqonlarga   tegishli   ishlab   chiqarish   vositalari,
mollar, uy-joy, qishloq xo`jalik mahsulotlari va urug` zaxiralarini tortib olish hisobiga kolxozlar
tuzish   degani   edi.   Ommaviy   jamoalshtirish   g`oyasi,   umuman   olganda,   “Lenincha   kooperativ
reja”   da   o`z   ifodasini   topgan   bo`lib   unda   dehqonlarni   bosqichma   –   bosqich   kooperatsiyalash
yo`li   taklif   qilingan   edi,   u   dehqonlarning   eng   oddiy   shakllar   orqali   yuqori   va   murakkab   shakl
bo`lgan   jamoa   xo`jaliklariga   birlashuvini   nazarda   tutardi.   1929-yilning   kuzidan   e`tiboran   sovet
davlati   kooperativlashtirishning   xilma-xil   shakllarini   tugatish,   mavjud   bo`lgan   bir   qancha
1
  Usmonov Q., Sodiqov M. O‘zbekiston tarixi (1917—1991-yillar): o‘quvchilar uchun darslik / Mas’ul muharrir: Q. Rajabov.— T.: «Sharq»,
2010-y.84-bet. kooperativ   tizimlarini   davlatlashtirish   yo`liga   o`tdi.   Kooperatsiyani   barcha   turlari   va   sohalari
bo`yicha rivojlantirish siyosatini yoppasiga jamoalashtirish yo`li bilan almashtirdi. 
            Bu   yo`l   esa   ixtiyoriylik   prinsplari   asosida   emas,   balki   “yuqoridan   belgilash”   yo`li   bilan
amalga   oshiriladi.   O`zbekistonda   jamoalashtirish   O`z   KP   MK   ning   1930-yil   fevralda   qabul
qilingan   “Kollektivlashtirish   va   quloq   xo`jaliklarini   tugatish”   to`g`risidagi   qarori   e`lon
qilingandan   so`ng   boshlab   yuborildi.   O`rta   Osiyo,   jumladan,   O`zbekistonning   sovet   davri
tarixidagi   yaxshi   o`rganilmagan   mavzulardan   biri   jamoalashtirish   va   u   bilan   bog`liq
quloqlashtirish,   surgun   qilish   davri   tarixi   masalasidir.   Zo`rlik   bilan,   kuch   bilan   o`tkazilgan
jamoalashtirish jarayoni  qanday kechgan bo`lsa, shundayligicha  ochib berish va qatag`on etilib
surgun qilingan dehqonlarning ayanchli, fojeali ahvoli, taqdirini tadqiq etish hozirgi O`rta Osiyo
tarixshunosligida   dolzarb   muammolardan   biridir.   Komfirqa   va   sovetlar   hukmronligi   davrida
“quloq”,   “mushtumzo`r”,   “qishloq   burjuaziyasi”,   “aksil   inqilobchilar”,   “xalq   dushmanlari”,
“sotsializm   dushmanlari”,   “kolxoz   dushmanlari”,   “yot   unsurlar”,   “kapitalistik   unsurlar”,   “eng
so`nggi   ekspulatatorlar”   kabi   nomlar   atalib   kelingan   milliy   qishloq   aholisining   haqiqiy   tarixini
yaratish   imkoni   bo`lmadi   va   bu   mavzu   ommadan   sir   saqlanib   kelindi.   Stalinning   1929-yil   7-
noyabrida   bosilib   chiqqan   “Buyuk   burulish   yili”   nomli   maqolasi   jadal   jamoalashtirishni
“nazariy”  jihatdan   asoslab  berdi.   Unda,   keng  qishloq  ommasi  kolxozlarga  kirish   uchun  yetildi,
deb yozilgan edi. VKP (b) MQ ning 1929-yilgi noyabr plenumi partiya direktivasiga aylantirdi.
Plenum   jamoalashtirish   sur`atlarini   haddan   tashqari   kuchaytirish,   unga   ommaviy   tus   berishdan
iborat   aniq   vazifani   qo`ydi.   1929-yil   27-dekabrda   agrar   markschilar   konfrensiyasida   so`zga
chiqqan Stalin “yoppasiga jamoalashtirish asosida quloqlarni sinf sifatida tugatish” shiorini e`lon
qildi2.   Hokimiyat   organlari   “dohiy”ning   ko`rsatmasini   bajarish   uchun   jadal   jamoalshtirishning
boshida   turib   asosan   zo`ravonlik   usullariga   e`tiborni   kuchaytirdilar.   Qishloqda   an`anaviy
iqtisodiy munosabatlarni yoppasiga buzish avj oldirildi. Davlat qishloq mehnatkashlariga qancha
va nima ekishni, yetishtirilgan mahsulotni qanday narx bilan topshirishni aytib turadigan bo`ldi.
Qishloq   aholisining   badavlat   qatlamlariga   qarshi   mislsiz   quvg`inlar   uyushtirildi,   qishloqda
aholini zo`rlik bilan kolxozlarga kiritish boshlandi. Agrar siyosatdagi yangi yo`l 
         O`zbekistonda  og`ir oqibatlarni  keltirib  chiqardi. VKP (b) MQ ning 1930-yil 5-yanvardagi
“Jamoalashtirish   sur`atlari   va   davlatning   kolxoz   qurilishiga   yordam   ko`rsatish   choralari
to`g`risida”   gi   qarorining   dastlabki   ta х ririda   O’zbekiston   SSSR   hududida   jamoalashtirishni
ikkinchi   besh   yillik   mobaynida   tugallash   mo`ljallangan   bo`lishiga   qaramay,   bu   harakat   ertaroq
tugallanishi   mumkin   degan   fikrni   o`rtaga   tashladi.   Shuni   ham   aytib   o`tish   joizki,
respublikamizning   ayrim   rahbarlari   (xususan,   F.Xo`jayev   va   A.   Akromov)   valyuntaristik
usullarga qarshi turishga intildilar va raqamlarga va muddatiga tuzatish kiritish fikrini bildirdilar.
Biroq   ularning   takliflariga   umuman   e`tibor   berilmagan.   Natijada   VKP   (b)   MQ   O`rta   Osiyo
byurosining   qarori   bilan   1932-yilning   boshlariga   kelib   dehqon   xo`jaliklarining   68%   ni
kolxozlarga birlashtirish rejasi qabul qilindi.  Jamoalashtirishni sun`iy tezlashtirish va bu borada
“sotsialistik musobaqa” ning kim o`zdi “poygasini” avj oldirishda VKP (b)MQ ning 1930-yil 5-
yanvardagi   “Jamoalashtirish   sur’ati   va   kolxoz   qurilishida   davlat   yordami   berish   tadbirlari
to`g`risida”   gi   qarori   hal   qiluvchi   o`rin   tutdi.   Mazkur   qarorda   sobiq   SSSR   hududi   uch   guruh
rayonlarga   bo`lindi   va   qaysi   hudud   qachon   jamoalashtirishni   tugallashi   rejalashtirildi   va   u
jamoalashtirishni 1933-yil bahorida tugallashi kerak edi.  QISHLOQ XO’JALIGIDAGI HOLAT    
       Qishloqda  yalpisiga  jamoalashtirish  siyosatini  izchil  amalga  oshinsh uchun O‘zbekistondagi
partiya, sovet, xo‘jalik, yoshlar, xotin-qizlar va boshqa jamoat tashkilotlari to‘la safarbar qilindi.
Markaz   buyrug‘i   va   dasturulamal   ko‘rsatmasini   quloq   qoqmay   bajarishni   o‘zlari   uchun   katta
ishonch yorlig‘i deb bilgan, unga ko‘r-ko‘rona asoslangan mahalliy rahbarlar dehqonlarni zudlik
bilan   kolxozlarga   majburan   kiritishni   1929-yilning   ikkinchi   yarmi   va   1930-yil   boshlarida   avj
oldirib   yubordilar.   Masalan,   O‘zbekiston   partiya   va   hukumatining   1930-yil   17-fevraldagi
«Jamoalashtirish   va   quloq   xo‘jaliklarini   tugatish   to‘g‘risida»gi   qarorida   respublikaning   17   ta
tumanida   yoppasiga   jamoalashtirishni   amalga   oshirish   vazifasi   belgilangan   edi.   Ko‘p   joylarda
quloqlarni tugatish shiori ostida o‘rtahol, hattoki kambag‘al dehqon xo‘jaliklariga nisbatan ham
Ommaviy   jamoalashtirish   va   uning   oqibatlari   zulm   o‘tkazildi.   1929-yil   oktabriga   qadar
respublikadagi   dehqon   xo‘jaliklarining   3,4   foizi   kolxozlarga   kirgani   holda,   1930-yil   martiga
kelganda   dehqon   xo‘jaliklarining   47   foizi   kolxozlashtirilgan   edi.   Ko‘pgina   joylarda   aholi
jamoalashtirish   xavfidan   qo‘rqib   o‘z   chorva   mollarini   keragidan   ziyod   so‘yib
yubordi. Bu esa chorvachilik  uchun koni zarar bo‘ldi.  Masalan, birgina  qoramollar  tuyog‘ining
soni   1930-yilda   respublika   bo‘yicha   60   mingdan   ziyodroqqa   kamayib   ketdi.   Jamoalashtirish
ishidagi   shoshmashosharlik,   joylardagi   aniq   shart-sharoitlar   bilan   hisoblashmaslik,   milliy
hududlarning   î‘ziga   xos   xususiyatlari,   aholisining   milliy   an’analari,   udumlarini   e’tiborga
olmaslik,   ularni   pisand   qilmaslik   oxir-oqibatda   bundan   ham   ko‘ngilsizroq   va   noxushroq
holatlarning yuz berishiga sabab bo‘ldi. 
           Ko‘p qishloq tumanlarida hokimiyat organlarining zo‘ravonligi, o‘zboshimchaligiga qarshi
aholi keskin norozilik bildirib, turli harakatlar uyushtirishga majbur bo‘ldi. 2
 1929—1930-yillarda
dehqonlarning   sovet   tuzumiga   nisbatan   ommaviy   norozilik   harakatlarida   faqat   Qashqadaryo
okrugidan   14   ming   nafar   kishi   qatnashgan.   Ma’lumotlarda   qayd   etilishicha,   bunday   ommaviy
norozilik   harakatlari   shu   davrda   respublika   bo‘yicha   240   marta   sodir   bo‘lgan.   Eng   achinarlisi
shuki,   ko‘plab   oddiy   dehqon   xo‘jaliklari   arzimagan   sabablar   bilan   yoxud   birgina   jamoa
xo‘jaligiga   kirishga   rag‘bat   bildirmaganligi   vajidan   bor-budidan   mahrum   etilib,   uy-joyi,   mol-
2
  Usmonov Q., Sodiqov M. O‘zbekiston tarixi (1917—1991-yillar): o‘quvchilar uchun darslik / Mas’ul muharrir: Q. Rajabov.— T.: «Sharq»,
2010-y.86-87-bet. mulki tortib olinib, quloq qilinuvchilar ro‘yxatiga tirkab yuborilavergan. Statistik ma’lumotlarga
qaraganda   jamoalashtirish   boshlarida   O‘zbekistonda   shartli   ravishda   quloq   xo‘jaligiga   kiritish
mumkin   bo‘lgan   xo‘jaliklarning   salmog‘i   aslini   olganda   umumiy   dehqon   xo‘jaliklarining   5
foizidan   kamrog‘ini   tashkil   etardi,   xolos.   Biroq   ommaviy   jamoalashtirish   boshlanishi   bilan   15
foizdan ortiq xo‘jaliklar quloqlashtirishga duchor bo‘ldi, faqat 1930-yilning o‘zida respublikada
boy va quloq xo‘jaliklar  toifasiga  kiritilgan  2648 ta  o‘rtahol  dehqon xo‘jaliklari  tugatilgan  edi.
Respublikaning o‘ziga to‘q, bozorga tovar-g‘alla   yetishtirib berishga qodir bo‘lgan son-sanoqsiz
dehqon   xo‘jaliklari   bor   narsasidan   mahrum   bo‘lib,   haqsiz   huquqsiz   holda   o‘z   oila   a’zolari,
qarindosh-urug‘lari   bilan   uzoq   hududlarga   (Sibir,   Ukraina,   Qozog‘iston)   yoki   yangi
o‘zlashtirilayotgan   cho‘lli,   to‘qayzor,   qamishzor   yerlarga   badarg‘a   qilindilar.   Ularning   ko‘plari
bu   kimsasiz,   huvillagan   joylarning   og‘ir   shartsharoitlariga   dosh   berolmay,   turli   kasalliklarga
chalinib,   ochlik,   muhtojlik   azobidan   bevaqt   ko‘z   yumib   ketdilar.   Endi   quloq   qilingan   va   o‘z
joylaridan   ko‘chirilgan   xo‘jaliklarning   tortgan   azob-uqubatlari   haqida   bir   kichik   lavha:
Samarqand  viloyatining   Miyonko‘l oroliga   bir  necha  ming  quloq  qilinganlar  oilasi   olib  kelinib
joylashtirilgandi. Botqoqli va ko‘llardan iborat to‘qayzor, qamishzor yerlar ularning kuchi bilan
quritilib,   o‘zlashtirilgach,   paxta,   sholi   ekiladi.   Qamishdan   to‘qilgan   lagerlarda   yashovchi
«quloq» oilalari hayvonchalik qadr etilmasdi. Ichki ishlar xodimlari ularni xo‘rlar, ovoz chiqarsa
otib   tashlar,   beayov   ishlatardi.   Miyonko‘llik   keksalarning   eslashicha,   ularning   ko‘plari
mashaqqatli   mehnat,   ochlik,   kasallik   azobidan,   soqchilar   zulmidan   î‘lib   ketdilar.   Bu   yerda
yuzlab,   minglab   o‘lim   topgan   kishilar   bir   joyga   kafansiz,   diniy   rasm-rusumlarsiz   ko‘mib
yuborilgan. 
                Ming-minglab   qishloq   oilalari   bunday   xavf-xatarning   bo‘lishini   oldindan   his   qilib,   o‘z
kindik qonlari to‘kilgan  muqaddas  zaminni  tark etib,  uzoq begona yurtlarga  bosh olib ketishga
majbur   bo‘ldilar.   Ularning   ko‘plari   uzoq   yillar   xorijiy   ellarda   umrguzaronlik   qilib,   ona   yurt
sog‘inchi   bilan,   unga   talpinib   yashab   o‘tdilar.   Faqat   O‘zbekiston   milliy   mustaqillikka
erishgandan   so‘nggina   orzu-armonlari   ushalib,   yangidan   Vatanning   mo‘tabar   tuprog‘ini   tavof
qilish   baxtiga   musharraf   bo‘ldilar.   Sovet   hokimiyati,   uning   tegishli   mas’ul   organlari,   mahalliy
partiya,   sovet   va   xo‘jalik   tashkilotlari   butun   choralar   bilan   qishloqda   jamoalashtirish   siyosatini
qat’iyat   bilan   o‘tkazishda   davom   etdi.   Garchi   partiya   Markaz   qo‘mitasining   1930-yil   5-
yanvardagi   qaroriga   binoan   O‘zbekistonda   dehqon   xo‘jaliklarini   yoppasiga   jamoalashtirish
ishlarini   1933-yil   boshlariga   qadar   tugallash   muddati   belgilangan   bo‘lsa-da,   mahalliy   rahbarlar
uni muddatidan avval bajarish uchun shiddat ko‘rsatdilar. Buni quyidagi raqamlar ko‘rsatkichida
ham yaqqol ko‘rish mumkin. Agar 1930-yil iyunida respublikada 6124 ta kolxoz tuzilgan, ularga
jalb   qilinganlar   dehqon   xo‘jaliklarining   27,1   foizini   tashkil   etgan   bo‘lsa,   shu   yilning   oxiriga
borib   37   foizga,   1931-yil   dekabrida   esa   68,2   foizga   yetdi.   Ayni   paytda   dehqon   xo‘jaliklarini
majburiy quloq qilish, boshqa joylarga surgun qilish ishlari avj oldirildi. 
 
V. O’RGANILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH    :   “B.B.B. metodi topshirig’i” 
BILAMAN.   Qishloq   xo’jaligining   jamolashtirilishi   haqida   qisqacha   ma’lumotga   ega
edim.
BILIB OLDIM. Qishloq xo’jaligini jamoalashtirishda uning maqsadi va nima oqibatlarga
sabab bo’lganligi hamda vazifalari haqida qo’shimcha ma’lumotlaraga ega bo’dim.
BILISHNI   XOHLEYMAN.   Quloqlashtirish   va   jamoalashtirish   rejimidagi   turli   xil
partiyalarning faoliyatlari haqida qo’shimcha bilishni xohleyman.
     
        Qiqacha   qilib   aytilganda   ushbu   metod   yuzasidan   jadval   asosida   shakillantirligan   holatda
o’qituvchi   tomonidan   berilgan   savvollarga   izoh   va   mavzu   yuzasidan   o’zlarining   bilim
ko’nikmalari va mavzu yuzasidan bilishni xohlagan ma’lumotlari aytib o’tilib javob beriladi.
VI. DARS YaKUNLARINI CHIQARISH :
O’qituvchi o’quvchilar bajargan yozma va og’zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon 
qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VII. UYGA VAZIFA:
1.Mavzuga oid eng muhum ma’lumotlarni daftarga yozish.
2.Q.Usmonovning  o’zbekiston tarixi kitobidan “qishloq xo’jaligi rejimi va jamoalashtirish 
faoliyatini olib borilishi va quloq rejimi” ning  mazmunini o’rganib kelish.
3.Mavzu yuzasidan xarita bilan ishlash.    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Usmonov   Q.,   Sodiqov   M.   O‘zbekiston   tarixi   (1917—1991-yillar):   o‘quvchilar   uchun
darslik / Mas’ul muharrir: Q. Rajabov.— T.: «Sharq», 2010-y.
2. Q.Rajabov,   M.Haydarov   Turkiston   tarixi   Universitetlar   va   pedagogik   institutlari   uchun
o’quv qo’llanmasi. Toshkent 2002-y
3. Ravshan   Abdullayev,   Mirzoxid   Raximov,   Qaxramon   Rajabov   O’zbekiston   tarixi   1917-
1991-yillar. “O’zbekiston” NMIU-2019
4. O’zbekiston tarixi 1917-1939-yillar brinchi kitob Toshkent “O’zbekiston”-2019-y.

14- umumta`lim maktabining tarix fani o`qituvchisi Jalolov Navruzning 7-sinflarda O’zbekiston tarixi fanidan 43-44& “ ISLOM OLAMIDAGI ALLOMALAR ” Mavzusi yuzasidan ochiq dars ishlanmasi ___________________________ ___________________________ Sinfi: 7 28-30 nafar o’quvchiga mo’jjallangan. Dars turi ; yangi tushuncha , bilimlarni shakllantiruvchi. Darsda foydalaniladigan metod: H ikoya - suhbat usuli ,”Test usuli , ”B.B.B metodi” usullari. Darsning maqsadi:  Ta’limiy maqsad:o’quvchilarni Islom olamidagi allomalar bilan tanishtirish.  Tarbiyaviy maqsad : Xalqimizning naqadar katta ma`naviy boyliklari ilm yo`lidagi say harakatlari yutuqlari hududimizdagi i hozirgi davr bilan bog’lay olish ko’nikmasini hosil qilish. Rivojlantiruvc hi maqsad :  O’quvchilarni allomalar ma`naviy me`rosi va bugungi kundagi holatlar ishiga bog’lagan holda ilm izlanuvchanlik ruhida tarbiyalash.  Dars jihozlari: 1. “O’zbekiston tarixi” darsligi . 150-161- sahifa lar, 43-44& 2. O’zbekiston xaritasi 3. Darsni mustahkamlash uchun yozilgan savollar matni,allomalarning suratlari, o’quv film,kompyuter,mavzuga oid ko’rgazmalar,doska,daftar.  Muhim tushunchalar va atamalar:Fiqh,mazhab,kalom ilmi. I. Tashkiliy qism : 1.Sinfda o’quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 2.Dunyoda va O’zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklar va xabarlar bilan tanishtirish. II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: guruh ishi: I guruh 1.Madrasa nima ekanligi eslang? 2.Arablar kirib kelishining yomon tasir etgan jihatlarini sanab bering? II guruh 1.Islom dinining kirib kelishidagi ijobiy o`zgarishlar 2.Islom dini kirib kelgungacha ta`lim tizimini yodga oling! III. Darsning mazmuni: IV DARS MAZMUNINI RO’YOBGA CHIQARISH USTIDA ISHLASH: 1.Imom Al-Buxoriy 2.At-Termiziy

Sovetlar hokimiyatining o‘tgan asrning 20-30-yillaridaamalga oshirgan ma’muriy buyruqbozlik va zo‘ravonlik siyosatining yorqin ifodasi qishloqda o‘tkazilgan jamoalashtirish jarayonida namoyon bo‘ldi. Necha asrlar davomida individual xo‘jalik yuritib kelgan, ongi, shuurida xususiy mulkchilik hissiyoti kuchli bo‘lgan, mulk daxlsizligi tushunchasini muqaddas bilgan millionlab dehqon xonadonlarini ularning xohish-irodasiga qaramasdan, majburiy tarzda yirik jamoa xo‘jaliklariga olib o‘tish bu hazilakam jo‘n, oson ko‘chadigan ishemas edi. Sovet hokimiyati, hukmron partiya ijtimoiy taraqqiyotning borishi, uning tabiiy qonuniyat lariga zid o‘laroq bu jarayonni qisqa muddatlar ichida zo‘ravonlik va majburiylik yo‘li bilan o‘tkazish sari yo‘l tutdi. Xo‘sh, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining 20-yillar manzarasi qanday edi? Uning qishloq aholisining sinfiy, tabaqaviy tarkibidagi o‘zgarishlar nimadan dalolat berardi? 20- yillarda o‘tkazilgan yer-suv islohoti davrida badavlat dehqonlarning yerlari, vaqf yerlari,ruhoniylarga tegishli yerlar davlat tomonidan tortib olingan edi. Yer bilan birga hamma ot-ulov va asbob-uskunalarham musodara qilindi. 1 Umuman, 1925- 1929-yillarichida boylar, yirik savdogarlar va ruhoniylarning 45 98 Qishloqda jamoalashtirish sari yo‘l tutish 99 mingga yaqin xususiy xo‘jaliklari batamom tugatildi. Ko‘pgina xo‘jaliklar tasarrufidagi ortiqcha yerlar ham tortib olingan edi. Bu yerlar qayta taqsimlanib, ularning bir qismi yersiz yoki kam yerli dehqon xo‘jaliklariga mulk qilib berildi. Buning natijasida batrak kambag‘allar toifasi islohotdan oldin barcha dehqonlarning 76 foizini tashkil etgan bo‘lsa, islohotdan so‘ng ularning soni 39 foizgacha qisqardi. Ularning xo‘jalik turmushi yaxshilanib, o‘sib borganligi bois o‘rtahol dehqonlar salmog‘i 17 foizdan 52 foizga ko‘tarildi. Shu tariqa, qishloqda tovar-g‘alla yetishtiruvchi mayda ishlab chiqaruvchilarning salmog‘i ko‘payib bordi. Bu islohot jarayoni davomida respublikada jamoa xo‘jaliklari, ya’ni kolxozlar tashkil etildi. Biroq ularning halixo‘jalik va moliyaviy zaifligi, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining pastligi ko‘zga tashlanib turardi. Sovet hokimiyatining 20-yillarda qishloqda yuritgan bir qadar mo‘tadil siyosatidan bahra olib, yer-suv islohotidan naf topib, o‘z xo‘jaliklarini anchayin oyoqqa turg’izib, o‘rtahollar darajasiga ko‘tarilib olgan o‘zbek dehqonlari hayoti va qismati, taassufki, tez orada hukmron partiya boshlab yuborgan ommaviyjamoalashtirish jarayoni girdobiga g‘arq bo‘ldi. 1929-yil tarixga qora belgi ostidagi “buyuk burulish yili” deb nom olgan yil bo`lib kirib keldi. Bu dehqonlar sinfini ijtimoiy qatlam va mehnatkash omma sifatida maqsadli yo`q qilishning boshlang`ich davri edi. Bunda “quloqlar” va “boylar” toifasiga asosan yangi iqtisodiy siyosat sharoitida o`z xo`jaliklarini oyoqqa turg`azib olgan o`rtahol dehqonlar kiritildi. Chunki birmuncha badavlatroq qatlamlar oldingi yillarda tugatilgan edi. 1929-yilning yozida “quloqlar” ni jamoa xo`jaliklariga (kolxoz) kiritilishini ta`qiqlovchi qaror qabul qilinadi. O`sha yilning 7- noyabrida “xalqlar otasi” Stalinning matbuotda bosilib chiqqan “Buyuk burulish yili” nomli maqolasi hamda 27-dekabrda qishloq xo`jalik xodimlarining ilmiy konferensiyasida so`zlagan nutqi quloqlarni sinf sifatida tugatish va jadal jamoalashtirish siyosatini boshlab berdi. Yoppasiga jamoalashtirish bu boy va o`rtahol dehqonlarga tegishli ishlab chiqarish vositalari, mollar, uy-joy, qishloq xo`jalik mahsulotlari va urug` zaxiralarini tortib olish hisobiga kolxozlar tuzish degani edi. Ommaviy jamoalshtirish g`oyasi, umuman olganda, “Lenincha kooperativ reja” da o`z ifodasini topgan bo`lib unda dehqonlarni bosqichma – bosqich kooperatsiyalash yo`li taklif qilingan edi, u dehqonlarning eng oddiy shakllar orqali yuqori va murakkab shakl bo`lgan jamoa xo`jaliklariga birlashuvini nazarda tutardi. 1929-yilning kuzidan e`tiboran sovet davlati kooperativlashtirishning xilma-xil shakllarini tugatish, mavjud bo`lgan bir qancha 1 Usmonov Q., Sodiqov M. O‘zbekiston tarixi (1917—1991-yillar): o‘quvchilar uchun darslik / Mas’ul muharrir: Q. Rajabov.— T.: «Sharq», 2010-y.84-bet.

kooperativ tizimlarini davlatlashtirish yo`liga o`tdi. Kooperatsiyani barcha turlari va sohalari bo`yicha rivojlantirish siyosatini yoppasiga jamoalashtirish yo`li bilan almashtirdi. Bu yo`l esa ixtiyoriylik prinsplari asosida emas, balki “yuqoridan belgilash” yo`li bilan amalga oshiriladi. O`zbekistonda jamoalashtirish O`z KP MK ning 1930-yil fevralda qabul qilingan “Kollektivlashtirish va quloq xo`jaliklarini tugatish” to`g`risidagi qarori e`lon qilingandan so`ng boshlab yuborildi. O`rta Osiyo, jumladan, O`zbekistonning sovet davri tarixidagi yaxshi o`rganilmagan mavzulardan biri jamoalashtirish va u bilan bog`liq quloqlashtirish, surgun qilish davri tarixi masalasidir. Zo`rlik bilan, kuch bilan o`tkazilgan jamoalashtirish jarayoni qanday kechgan bo`lsa, shundayligicha ochib berish va qatag`on etilib surgun qilingan dehqonlarning ayanchli, fojeali ahvoli, taqdirini tadqiq etish hozirgi O`rta Osiyo tarixshunosligida dolzarb muammolardan biridir. Komfirqa va sovetlar hukmronligi davrida “quloq”, “mushtumzo`r”, “qishloq burjuaziyasi”, “aksil inqilobchilar”, “xalq dushmanlari”, “sotsializm dushmanlari”, “kolxoz dushmanlari”, “yot unsurlar”, “kapitalistik unsurlar”, “eng so`nggi ekspulatatorlar” kabi nomlar atalib kelingan milliy qishloq aholisining haqiqiy tarixini yaratish imkoni bo`lmadi va bu mavzu ommadan sir saqlanib kelindi. Stalinning 1929-yil 7- noyabrida bosilib chiqqan “Buyuk burulish yili” nomli maqolasi jadal jamoalashtirishni “nazariy” jihatdan asoslab berdi. Unda, keng qishloq ommasi kolxozlarga kirish uchun yetildi, deb yozilgan edi. VKP (b) MQ ning 1929-yilgi noyabr plenumi partiya direktivasiga aylantirdi. Plenum jamoalashtirish sur`atlarini haddan tashqari kuchaytirish, unga ommaviy tus berishdan iborat aniq vazifani qo`ydi. 1929-yil 27-dekabrda agrar markschilar konfrensiyasida so`zga chiqqan Stalin “yoppasiga jamoalashtirish asosida quloqlarni sinf sifatida tugatish” shiorini e`lon qildi2. Hokimiyat organlari “dohiy”ning ko`rsatmasini bajarish uchun jadal jamoalshtirishning boshida turib asosan zo`ravonlik usullariga e`tiborni kuchaytirdilar. Qishloqda an`anaviy iqtisodiy munosabatlarni yoppasiga buzish avj oldirildi. Davlat qishloq mehnatkashlariga qancha va nima ekishni, yetishtirilgan mahsulotni qanday narx bilan topshirishni aytib turadigan bo`ldi. Qishloq aholisining badavlat qatlamlariga qarshi mislsiz quvg`inlar uyushtirildi, qishloqda aholini zo`rlik bilan kolxozlarga kiritish boshlandi. Agrar siyosatdagi yangi yo`l O`zbekistonda og`ir oqibatlarni keltirib chiqardi. VKP (b) MQ ning 1930-yil 5-yanvardagi “Jamoalashtirish sur`atlari va davlatning kolxoz qurilishiga yordam ko`rsatish choralari to`g`risida” gi qarorining dastlabki ta х ririda O’zbekiston SSSR hududida jamoalashtirishni ikkinchi besh yillik mobaynida tugallash mo`ljallangan bo`lishiga qaramay, bu harakat ertaroq tugallanishi mumkin degan fikrni o`rtaga tashladi. Shuni ham aytib o`tish joizki, respublikamizning ayrim rahbarlari (xususan, F.Xo`jayev va A. Akromov) valyuntaristik usullarga qarshi turishga intildilar va raqamlarga va muddatiga tuzatish kiritish fikrini bildirdilar. Biroq ularning takliflariga umuman e`tibor berilmagan. Natijada VKP (b) MQ O`rta Osiyo byurosining qarori bilan 1932-yilning boshlariga kelib dehqon xo`jaliklarining 68% ni kolxozlarga birlashtirish rejasi qabul qilindi. Jamoalashtirishni sun`iy tezlashtirish va bu borada “sotsialistik musobaqa” ning kim o`zdi “poygasini” avj oldirishda VKP (b)MQ ning 1930-yil 5- yanvardagi “Jamoalashtirish sur’ati va kolxoz qurilishida davlat yordami berish tadbirlari to`g`risida” gi qarori hal qiluvchi o`rin tutdi. Mazkur qarorda sobiq SSSR hududi uch guruh rayonlarga bo`lindi va qaysi hudud qachon jamoalashtirishni tugallashi rejalashtirildi va u jamoalashtirishni 1933-yil bahorida tugallashi kerak edi.

QISHLOQ XO’JALIGIDAGI HOLAT Qishloqda yalpisiga jamoalashtirish siyosatini izchil amalga oshinsh uchun O‘zbekistondagi partiya, sovet, xo‘jalik, yoshlar, xotin-qizlar va boshqa jamoat tashkilotlari to‘la safarbar qilindi. Markaz buyrug‘i va dasturulamal ko‘rsatmasini quloq qoqmay bajarishni o‘zlari uchun katta ishonch yorlig‘i deb bilgan, unga ko‘r-ko‘rona asoslangan mahalliy rahbarlar dehqonlarni zudlik bilan kolxozlarga majburan kiritishni 1929-yilning ikkinchi yarmi va 1930-yil boshlarida avj oldirib yubordilar. Masalan, O‘zbekiston partiya va hukumatining 1930-yil 17-fevraldagi «Jamoalashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida»gi qarorida respublikaning 17 ta tumanida yoppasiga jamoalashtirishni amalga oshirish vazifasi belgilangan edi. Ko‘p joylarda quloqlarni tugatish shiori ostida o‘rtahol, hattoki kambag‘al dehqon xo‘jaliklariga nisbatan ham Ommaviy jamoalashtirish va uning oqibatlari zulm o‘tkazildi. 1929-yil oktabriga qadar respublikadagi dehqon xo‘jaliklarining 3,4 foizi kolxozlarga kirgani holda, 1930-yil martiga kelganda dehqon xo‘jaliklarining 47 foizi kolxozlashtirilgan edi. Ko‘pgina joylarda aholi jamoalashtirish xavfidan qo‘rqib o‘z chorva mollarini keragidan ziyod so‘yib yubordi. Bu esa chorvachilik uchun koni zarar bo‘ldi. Masalan, birgina qoramollar tuyog‘ining soni 1930-yilda respublika bo‘yicha 60 mingdan ziyodroqqa kamayib ketdi. Jamoalashtirish ishidagi shoshmashosharlik, joylardagi aniq shart-sharoitlar bilan hisoblashmaslik, milliy hududlarning î‘ziga xos xususiyatlari, aholisining milliy an’analari, udumlarini e’tiborga olmaslik, ularni pisand qilmaslik oxir-oqibatda bundan ham ko‘ngilsizroq va noxushroq holatlarning yuz berishiga sabab bo‘ldi. Ko‘p qishloq tumanlarida hokimiyat organlarining zo‘ravonligi, o‘zboshimchaligiga qarshi aholi keskin norozilik bildirib, turli harakatlar uyushtirishga majbur bo‘ldi. 2 1929—1930-yillarda dehqonlarning sovet tuzumiga nisbatan ommaviy norozilik harakatlarida faqat Qashqadaryo okrugidan 14 ming nafar kishi qatnashgan. Ma’lumotlarda qayd etilishicha, bunday ommaviy norozilik harakatlari shu davrda respublika bo‘yicha 240 marta sodir bo‘lgan. Eng achinarlisi shuki, ko‘plab oddiy dehqon xo‘jaliklari arzimagan sabablar bilan yoxud birgina jamoa xo‘jaligiga kirishga rag‘bat bildirmaganligi vajidan bor-budidan mahrum etilib, uy-joyi, mol- 2 Usmonov Q., Sodiqov M. O‘zbekiston tarixi (1917—1991-yillar): o‘quvchilar uchun darslik / Mas’ul muharrir: Q. Rajabov.— T.: «Sharq», 2010-y.86-87-bet.

mulki tortib olinib, quloq qilinuvchilar ro‘yxatiga tirkab yuborilavergan. Statistik ma’lumotlarga qaraganda jamoalashtirish boshlarida O‘zbekistonda shartli ravishda quloq xo‘jaligiga kiritish mumkin bo‘lgan xo‘jaliklarning salmog‘i aslini olganda umumiy dehqon xo‘jaliklarining 5 foizidan kamrog‘ini tashkil etardi, xolos. Biroq ommaviy jamoalashtirish boshlanishi bilan 15 foizdan ortiq xo‘jaliklar quloqlashtirishga duchor bo‘ldi, faqat 1930-yilning o‘zida respublikada boy va quloq xo‘jaliklar toifasiga kiritilgan 2648 ta o‘rtahol dehqon xo‘jaliklari tugatilgan edi. Respublikaning o‘ziga to‘q, bozorga tovar-g‘alla yetishtirib berishga qodir bo‘lgan son-sanoqsiz dehqon xo‘jaliklari bor narsasidan mahrum bo‘lib, haqsiz huquqsiz holda o‘z oila a’zolari, qarindosh-urug‘lari bilan uzoq hududlarga (Sibir, Ukraina, Qozog‘iston) yoki yangi o‘zlashtirilayotgan cho‘lli, to‘qayzor, qamishzor yerlarga badarg‘a qilindilar. Ularning ko‘plari bu kimsasiz, huvillagan joylarning og‘ir shartsharoitlariga dosh berolmay, turli kasalliklarga chalinib, ochlik, muhtojlik azobidan bevaqt ko‘z yumib ketdilar. Endi quloq qilingan va o‘z joylaridan ko‘chirilgan xo‘jaliklarning tortgan azob-uqubatlari haqida bir kichik lavha: Samarqand viloyatining Miyonko‘l oroliga bir necha ming quloq qilinganlar oilasi olib kelinib joylashtirilgandi. Botqoqli va ko‘llardan iborat to‘qayzor, qamishzor yerlar ularning kuchi bilan quritilib, o‘zlashtirilgach, paxta, sholi ekiladi. Qamishdan to‘qilgan lagerlarda yashovchi «quloq» oilalari hayvonchalik qadr etilmasdi. Ichki ishlar xodimlari ularni xo‘rlar, ovoz chiqarsa otib tashlar, beayov ishlatardi. Miyonko‘llik keksalarning eslashicha, ularning ko‘plari mashaqqatli mehnat, ochlik, kasallik azobidan, soqchilar zulmidan î‘lib ketdilar. Bu yerda yuzlab, minglab o‘lim topgan kishilar bir joyga kafansiz, diniy rasm-rusumlarsiz ko‘mib yuborilgan. Ming-minglab qishloq oilalari bunday xavf-xatarning bo‘lishini oldindan his qilib, o‘z kindik qonlari to‘kilgan muqaddas zaminni tark etib, uzoq begona yurtlarga bosh olib ketishga majbur bo‘ldilar. Ularning ko‘plari uzoq yillar xorijiy ellarda umrguzaronlik qilib, ona yurt sog‘inchi bilan, unga talpinib yashab o‘tdilar. Faqat O‘zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan so‘nggina orzu-armonlari ushalib, yangidan Vatanning mo‘tabar tuprog‘ini tavof qilish baxtiga musharraf bo‘ldilar. Sovet hokimiyati, uning tegishli mas’ul organlari, mahalliy partiya, sovet va xo‘jalik tashkilotlari butun choralar bilan qishloqda jamoalashtirish siyosatini qat’iyat bilan o‘tkazishda davom etdi. Garchi partiya Markaz qo‘mitasining 1930-yil 5- yanvardagi qaroriga binoan O‘zbekistonda dehqon xo‘jaliklarini yoppasiga jamoalashtirish ishlarini 1933-yil boshlariga qadar tugallash muddati belgilangan bo‘lsa-da, mahalliy rahbarlar uni muddatidan avval bajarish uchun shiddat ko‘rsatdilar. Buni quyidagi raqamlar ko‘rsatkichida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Agar 1930-yil iyunida respublikada 6124 ta kolxoz tuzilgan, ularga jalb qilinganlar dehqon xo‘jaliklarining 27,1 foizini tashkil etgan bo‘lsa, shu yilning oxiriga borib 37 foizga, 1931-yil dekabrida esa 68,2 foizga yetdi. Ayni paytda dehqon xo‘jaliklarini majburiy quloq qilish, boshqa joylarga surgun qilish ishlari avj oldirildi. V. O’RGANILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH :