Istiqlol davri adabiy tanqidchiligining o’ziga xos xususiyatlari
Istiqlol davri adabiy tanqidchiligining o’ziga xos xususiyatlari Reja: 1. Adabiy tanqid yangi bosqichda 2. Adabiy tanqiddagi yangilanish tamoyillari va omillari 3. Istiqlol davridagi adabiy tanqid metodologiyasining yangilanish tamoyillari 4. Tanqid va adabiy jarayondagi izlanishlar Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
Mavzuga oid qisqacha annotatsiya O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda erkin rivojlanish boshlandi. Bu hol ilm-fan, adabiyot va san’at taraqqiyotida ham o‘z ifodasini topdi. Sho‘ro davri iskanjasidan va siyosatlashgan mafkura tazyiqidan qutilgan badiiy tafakkur erkin ijod yo‘liga o‘tdi. Adabiy tanqid badiiy asarlarga milliy g‘oya va umumbashariy mezonlar asosida baho bera boshladi. Ayni vaqtda, ana shunday yo‘nalishlarda yangi asarlar yaratilishiga ta’sir ko‘rsatishni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. O’zbek adabiy tanqidchiligi istiqlol yillariga kelib har tomonlama ko’lamdorlik kasb etdi. Badiiy asarga baho berish, yni jahon miqyosida tahlil etish ufqlari kengaydi. Ayniqsa ijd erkinligining, fikrlash ozodligining rivoj topishi adabiy-tanqidiy qarashlar salmog’ini oshirib yubordi. Munaqqidlik sohasida etuk olimlar faoliyat ko’rsatdilar. Adabiy tanqidning barcha janrlarida barkamol asarlar maydonga keldi. Taniqli munaqqidlardan O. Sharafuddinov, N. karimov, U. Normatov, B. Nazarov, A. Rasulov, I.Haqqulov va boshqalar sermazmun asarlar yaratdilar. Istiqlol davri adabiy tanqidchiligi katta jarayonni hosil qiladi. Mustaqillik davri o‘zbek tanqidchiligining istiqlol g‘oyalariga esh ekanligi. Tanqidchilikning yana bir xosiyati-milliyligidadir. Milliylik va baynalminallik dialektikasi hozirgi zamon badiiy tanqidchiligidagi o‘zak masalalardan biri sanaladi. Zero, san’atning milliy o‘ziga xosligi va milliy harakter, umuminsoniylik dialektikasi, qardosh millatlar badiiy madaniyatlarining bir-biriga o‘zaro ta’siri va bir-birini boyitishi hozirgi badiiy jarayonning botiniy estetik mohiyatiga tegishli jahonshumul muammolaridir. Chinakam xalqchil tanqidchilik bu muammolarii o‘z tahlilidan chetda qoldirmaydi. Chunki hozirgi badiiy jarayonning o‘zi milliy hayot va milliy ong estetik in’ikosi sifatida harakat qiladi. Sotsialistik realizm metod haqidagi nazariy qarashlarning inqirozi. Tanqidchilik metodologiyasida yangilanishlar. «Boy ila xizmatchi», «Yo‘lchi yulduz», «Jangchi Tursun», «Ko‘kan», «Jontemir», «Zaynab va Omon» singari
asarlarga xolis yondashuv. «Sarob» romani haqidagi bahs. Hamza, A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitratlarning yangicha talqini, baholanishi. Badiiy asarni baholashda mafkuraviylik, sinfiylik, partiyaviylik, soxta xalqchilik prinsiplaridan voz kechilishi. Tanqidchilik uchun metodologik asos bo‘lib kelgan eski ta’limotga oid prinsiplar o‘rnini umumbashariy xolis meyorlar egallay boshlashi. Bu meyorlarning o‘z qadriyatlarimiz asosidagi milliy mezonlar bilan boyitilishi. Qur’on motivlari, Hadis talqinlari zamiridagi hamda Amir Temur shaxsi yoritilgan, o‘tmishimiz, tariximizni badiiy aks ettirgan asarlarga munosabatda o‘zbek tanqidchiligi bashariy meyorlar bilan bir qatorda o‘zining mustaqil mezonlarini ham o‘rtaga qo‘yishi. Mustaqidlik davri o‘zbkek tanqidchiligining istiqlol g‘oyalariga esh ekanligi. Badiiy asarga biografik, tarixiy-funksional, ontologik, genetik yondashuvning kuchayishi. Biografik metodning tanqidchilikda keng qo‘llanilishi. Germenevtik, izox, sharx, talqin haqidagi yangicha qarashlar. Aksiologaya – baholash nazariyasi. A.Qodiriy, Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Oybek, Zulfiya asarlarining yangi taxlillari. Badiiy asarni talqin qilish, baholashda sub’ektivlik muammosi. Tanqidchilikda ijtimoiy taxlil qatori mikroanaliz, qiyosiy-tarixiy talqinning kuchayib borayotganligi. O‘zbek adabiy va tanqidchiligiga ilg‘or jahon adabiyoti va tanqidchiligi ta’siri kuchayganligi. Badiiy adabiyotga Kafka, Kamyu; tanqidchilikka Baxtin, Ortegelar ta’siri. Badiiy adabiyot xayotni realistik aks ettirib qo‘ya qolmay ongdagi oqimni mukammal aks ettirishta intilishini , badiiy qahramon obrazini ochishda o‘ziga xos izlanishlar paydo bo‘layotganini adabiy tanqid ham mutanosib idrok etayotgani. Bu boradagi bahslar. Modrenizm, absurdizm, avangardizm, neorealizm, postmodrenizm, strukturalizm, ekzistensializm, singari oqim va tushunchalarga adabiy tanqid munosabati. Adabiy asarni anglash qonunyatlari retseptiv estetika haqida o‘zbek tanqidchiligidagi fikrlar. Yangi zamondagi yozuvchi, kitobxon, jamiyat aro uzviy uchlik bog‘lanishi muammolari
yangi o‘zbek tanqidchiligi talqinida. «Anglashning azobli yo‘li» (Q.Yo‘ldoshev) singari maqolalardagi o‘zbek tanqidchiligining sifat o‘zgarishlari. Adabiy tanqid matnni o‘qish, uqish mashaqqatlari haqida. O‘zbek adabiyotida paydo Adabiy tanqid san’atkorning fikr doirasini kengaytirishga, mahoratining takomillashuviga ko‘maklashmog‘i kerak. U estetika an’analarini rivojlantirish bilan birga g‘oyaviy-badiiy jihatdan beriladigan baholarning aniq bo‘lishini, estetik talabchanlikni chuqur ijtimoiy taxlil bilan, iste’dodga, uning samarali izlanishlariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish bilan qo‘shib olib borishi kerak. Adabiy tanqid shakllanish va rivojlanish jarayonita ega hodisa bo‘lib, ilmiy- estetik tafakkur taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega. Bu jarayon mustaqillik yo‘lida izlanayotgan ayni kunlarimizda ham o‘z kuchini saqlab qolayapti. Shu sababli tanqid tarixini o‘rganish faqat tarixiy-ma’rifiy jihatdan emas, balki ijtimoiy- estetik jihatdan ham dolzarb ahamiyatga molikdir: adabiy-badiiy tanqid tarixi saboqlari san’at va adabiyotning bugungi hamda ertangi taraqqiyoti vazifalari va yo‘llarini tayinlashga yordam beradi. Adabiy-badiiy tanqidchilik oldida estetika an’analarini rivojlantirish vazifalari turadi. Demak, tanqid: 1) ijtimoiy hayotda ham; 2) ijodkor faoliyatida ham; 3) kitobxon estetik kechinmalarida ham o‘z o‘rniga ega. U: a) ijtimoiy hayotdagi dolzarb masalalarni; b) ijodkorlarning ilg‘or qarashlarini, v) kitobxonning istak-mulohazalarini aks ettiradi, san’atning o‘z-o‘zini anglash shakli sifatida ko‘rinadi, muayyan davr estetik tafakkurining umumiy va ichki rivojlanish qonuniyatlarini oydinlashtiradi. Badiiy adabiyotning asosiy vazifasi insonni va uni o‘rab olgan voqelikni badiiy tasvirlash vositasida komil insonni tarbiyalashdan iborat. Binobarin, adabiy tanqidning vazifasi ham komil inson harakterini, uning estetik didini tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi. Zero, Belinskiy ta’kidlaganidek, "adabiyotning vazifasi tanqidning vazifasidir. "Hukm qiluvchi tanqid bilan, hukm qilinuvchi adabiyotning mazmuni birdir". Adabiy tanqid "harakatdagi estetika"dir. Adabiy tanqid adabiyot hodisalarini, adabiy asarlarni tahlil qiladi, ularga baho berar ekan, o‘zining bir qancha xususiyatlarini kashf eta boradi. Ilg‘or adabiy tanqid har doim: 1) badiiy asarlarni keng targ‘ib
etishga; 2) kitobxonlarning estetik didi va zavqini oshirishga; 3) so‘z san’atkorlarining ijodiy takomiliga xizmat qiladi. V.G. Belinskiy adabiy tanqid va ijtimoiy fikr o‘rtasidagi aloqani ko‘zda tutib, haqqoniy tanqid hamisha jamiyatning o‘y va orzularini ifodalaydi, deya e’tirof etgan edi. Tanqid, yuqorida qayd etilganidek, ayrim paytlarda o‘z davri uchun tamoman yangi bo‘lgan haqiqatlarni kashf etib, o‘z davrining san’at va adabiyoti rivojida yangi bosqichning boshlanishiga asos solishi mumkin. Ammo bu hodisa. Belinskyning ta’biri bilan aytganda, "buyuk va nodir hodisadir". Tanqidning yana bir xususiyati - uning publitsistika bilan chambarchas aloqadorligidadir. Joriy adabiy jarayonning hodisalarini va badiiy ijodning ayrim asarlarini tahlil etib, ularning qimmatini keng ommaga tushuntirib berishga va ommaning estetik didini tarbiyalashga mo‘ljallangan tanqid o‘z o‘quvchisiga matbuot-jurnal va gazetalar orqali murojaat etadi. Bu, ayniqsa, xalq va uning adabiyoti tarixida boshlanayotgan yangi davrlarga oiddir. XIX asrning birinchi yarmida Belinskiy: "Tanqid allaqachon bizning ommaning (o‘quvchilar va tomoshabinlar ommasining) ehtiyoji bo‘lib qoldi. Hech bir jurnal yoki gazeta tanqid va bibliografiya bo‘limisiz yashay olmaydi", -deb yozgan edi. Bu hol hamma madaniy xalqlar tarixi, shu jumladan, keyingi davrlarda O‘rta Osiyo xalqlari tarixidagi dalillar bilan ham tasdiq etiladi. Shuni esda tutish kerakki, tanqidning adabiyotshunosliqdan uning mustaqil qismi sifatida ajralib chiqishi qator xalqlarda, asosan, XIX asrning ikkinchi choragida sodir bo‘ldi. Hatto Belinskiy zamonasida ham, jumladan, uning asarlarida adabiyotshunoslik ko‘pincha bir butun hodisa sifatida maydonga chiqqan. O‘zbekistonda esa tanqid ilk bor mahalliy matbuotning yuzaga kelishiga aloqador holda X I X asrning so‘nggi choragida kurtak ota boshlaganliti ma’lum haqiqatdir. Tanqidning obrazliligi o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, ilmiy-tahliliy mazmunga singgan holda namoyon bo‘ladi. Yozuvchi o‘z qarashlarini, orzu-istaklarini obrazlar vositasida qalbining "dardi", his-hayajoni bilan o‘quvchilar ommasiga