logo

Ixtirochilikda kuzatuvchanlik, intuitsiya, intellektning ahamiyati.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.4892578125 KB
Ixtirochilikda kuzatuvchanlik, intuitsiya, intellektning ahamiyati.
Reja: 
1.Ixtirochilikda kuzatuvchanlik.
2.Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati.
3.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi. 1.Ixtirochilikda kuzatuvchanlik.
Kuzatuvchanlik   qobiliyati .   Ixtirochilik   ishlari   qatnashuvchilardan     katta
diqqat va kuzatuvchanlikni talab qiladi. Qatnashuvchi chinakam ixtirochilarga xos
sezgirlik,   kuzatuchanlik   qobiliyatiga   ega   bo‘lishi   kerak.   Bu   xususiyat
yechilayotgan   masala   yuzasidan   to‘g‘ilayotgan   savollarga   javob   olishga   yordam
beradi.   Sezgirlik   va   kuzatuvchanlik   qatnashuvchining   yechilayotgan   masalalarni
tashqi  ko‘rinishidan va shunga o‘xshash  boshqa  nusxalarning ko‘rinishini  nazorat
qilish
orqali payqab  oladi.
Har   qanday   kuzatish   yaxshilab   diqqat   qilish   asosida   sodir   bo‘ladi.   Masalan
o‘qituvchi   o‘quv   materiallarini   tushuntirayotganda,   doskaga   yozayotganda   yoki
o‘quvchini   chiqarib   doskaga   yozdirayotganda,   ko‘rsatma   qurollardan
foydalanilayotganda,   o‘quvchilarning   qanday   idrok   qilib,   toshiriqlarni   qanday
bajarayotganligini hamisha diqqat-e’tibor bilan kuzatib boradi.         
Ba’zi   bir   masalalarni   yoki   texnik   yechimini   kutayotgan   texnik   obyektlarni
uning   atrofidagi   voqea   xodisalarni   kuzatish   va   diqqatbilan   nazorat   qilish   orqali
ham   erishish   mumkin.Texnik   ijodkorli   kdarslarida   hamda   tugarak   mashg‘ulotlari
o‘tkazilayotganda shuningdek, o‘qituvchi dars berayotganda hamma o‘quvchilarni
ko‘rib   turishi   va   ayrim   o‘quvchilar   diqqatining   boshqa   narsalarga   chalg‘ib
ketishining oldini olishi, masalan, o‘quvchiga bir  qarab qo‘yishi, imo- ishoralarni
o‘zgartirish zarur. Bular hammasi o‘qituvchi diqqatining barqaror bo‘lishini va tez
ko‘chirish   xususiyatiga   yega   bo‘lishini   talab   qiladi.   O‘z   diqqatini   taqsimlashni
bilmagan   o‘quvchi   darsga   juda   qiynaladi.   U   diqqatini   bir   narsaga,   chunonchi
texnik   topshiriqlarni   bajarishida   yechimini   kutayotgan   masalaga   to‘lig‘incha   bor
diqqati bilan e’tibor qaratadi.
2 .Ilmiy   ijodkorlik   jarayonida   mantiqiy   va   intuitiv   tafakkurning
ahamiyati.   Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil  ahamiyatga ega
bo‘lishini   fransuz   olimi   A.Puankare   ko‘rsatib   o‘tgan   edi.   Xususan,   u   «Fanning
o‘zida intuitsiya, agar bir qancha ustunliklarga ega bo‘lganligini hisobga olinmasa,
analiz   doimo   isbotning   yakka-yu   yagona   qonuniy   quroli   bo‘lishiga   intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo‘lib qolaveradi» - deb
yozadi.
Ijodkorlik siklining ma’lum zvenolar haqida boshqa olimlar ham bir necha bor o‘z
fikrlarini aytdilar. Xususan, bu haqda mashhur fizik M.Born quyidagilarni yozadi:
«…men   fandagi   analitik   holda   oldindan   aytilgan   fikrlarni   kundalik   ishlarimizdan
keskin farq qilishini ko‘rmayapman. Ayrim kriteriyalar bo‘yicha ko‘rsatilgan obraz
to‘liq   hisoblanib,   unga   xarakterli   bo‘lgan   barcha   xususiyatlarga   egaligini   biz
kundalik hayotimizda hisobga olib boramiz. Biroq sintetik jihatdan oldindan aytish
qisman ma’lum bo‘lgan hodisaning real obrazi o‘zining haqiqiyligidan farq qiladi,
degan   gipotetik   taxminga   asoslanadi.   Agar   u   tajribada   tasdiqlansa,   uning   asosida
qonuniy   hisoblangan   gipoteza   yotgan   bo‘lsa-da,   oldindan   aytish   yangi   bilim
beradi.   Lekin   uning   muvaffaqiyati   intuitsiyaga   juda   bog‘liqdir…».   M.Born   o‘z
fikrini   ikki   tipdagi   ixtiroga   oid   tarixiy   misollar   bilan:   ulardan   biri   mavjud
nazariyani   mantiqiy   analiz   qilish   bilan   amalga   oshirildi,   boshqasi   esa,   shu   kunga
qadar   aloqasiz   bo‘lgan   tajribalarning   o‘zaro   bog‘liqligi   mavjud   ekanligi   haqidagi
muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi.
Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Leveryelarning boshqa planetalar
harakatida   yuz   bergan   biroz   o‘zgarishlar   asosida   aytilgan   nazariyasiga   muvofiq,
Galiley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M. Bornning aytishicha,
bu   yerda   nazariya   rivojlanmadi:   «Bu   matematika   san’ati   va   toqatining   ulkan
siljishi, shuningdek, natijalarga bo‘lgan ishonch edi. Biroq ularni e’tirof etmaganda
ham, bu hol nazariyaning dunyoqarashini kengaytirgani yo‘q; bu ma’lum bo‘lgan
Nyuton mexanikasining qo‘llanilishini analitik jihatdan oldindan aytish edi».
Ikkinchi   tip   ixtiroga   A.Eynshteyn   tomonidan   aytilgan   Quyosh   yaqinida
yorug‘likning   chetlanishi   kiradi.   Bu,   inert   va   gravitastion   massaning
proporstionalligi haqidagi muhim faktni sezish va M.Bornning ta’biricha, «tajriba
natijalarining   uzun   zanjiridagi   gigant   sintez»   deb   atalgan   yangi   nazariyaning
yaratilishini talab qiladi.
Dalil   va   raqamlardan   kelib   chiqib,   ilmiy   farazlar   qurishga   yoki   topishga
o‘tishda,   shuningdek,   nazariy   xulosalardan   amaliy   sinov   ishlariga   o‘tishda   ilmiy intuitsiya   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega   bo‘ladi.   Intuitsiya,   uning   mantiq   bilan
bog‘liqligi, ixtirochilik g‘oyalarining kelib chiqishida  tutgan o‘rnini  belgilashdagi
muammolar murakkab bo‘lib, uni hozirgacha to‘la hal qilinmagan deyish mumkin.
“Qisqacha   psixologik   lug‘at”da   intuitsiya   –   “paydo   bo‘lish   yo‘llari   va   shartlari
anglanmagan   holda  hosil   bo‘luvchi   bilimlar   sifatida   yuzaga   keladi,  shunga   ko‘ra,
subyekt unga “bevosita yuzaga” kelgan natija sifatida ega bo‘ladi” deb ta’riflanadi.
Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan ta’riflar intuitsiya tabiatini, uning hosil
bo‘luvchi   asosini   o‘zida   aks   ettirmaydi   va   shu   sababli   uni   to‘liq   deb   bo‘lmaydi.
Bizning   fikrimizga   ko‘ra,   intuitsiya   -   bu   subyekt   tomonidan   o‘ziga   fikran
qo‘yiladigan   savol   va   muammolarga   anglanmagan   holatda   yuzaga   keluvchi
javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi.
3. O‘quvchilarning   konstruktorlik   qidiruv   faoliyatining   mantig‘i   va
strukturasi.     O‘quvchilarning   texnik   ijodkorligi   integral   xarakterga   ega,   ya’ni   u
bilish - qayta qurish faoliyatini o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan nazariy tekshirish,
tajriba,   texnik   masalalar   yechish,   model   va   qurilmalarni   real   holatda   ishlatilishi,
uni   sinash   kompleksi   bilan   belgilanadi.   Shu   faoliyat   orqali   o‘quvchilar   obyektiv
borliq   haqida   bilimga   ega   bo‘ladi,   oldinga   surilgan   nazariy   g‘oyani   to‘g‘ri   yoki
noto‘g‘ri ekanligi haqida amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo‘yicha ko‘nikma
va   malaka   hosil   qiladilar.   O‘quvchilar   har   qanday   yangi   texnik   obyektni   yaratish
jarayonida   mustaqil   organik   jihatdan   o‘zaro   bir-biriga   bog‘liq   bo‘lgan
bosqichlardan   iborat.   Bu   texnik   ijodkorligidai   mantiqiy   strukturali   bosqich
hisoblanadi.
1-bosqich,   maktab   o‘quvchilari   faol   ravishda   mavjud   bo‘lgan   texnik
obyektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi;
2-bosqich, bu o‘quvchilarni ma’lum texnik obyekt tuzilishining texnik g‘oyasi
sodir bo‘lishi bilan boshlanadi;
3-bosqich,   yangi   bo‘lajak   texnik   tuzilishning   (ideal   holatda)   modeli   ishlab
chiqiladi;
4-bosqich,   loyihalash,   yosh   texnik   fikrga   kelgan   obyektning   mazmuni   va
shaklini keltiradi; 5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash;
  6-bosqich,   qurilmaning   real   namunasini   yaratish   va   aslini   tajribadan
o‘tkazish;
7-bosqich, texnik hujjatlarni yaratish.
Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslublari
Intuitiv   fikrlashga   asoslangan   ijodkorlik   masalalarini   tadqiq   qilish   uslubi
evristik   uslublar   guruhi   deb   ataladi.   Ixtirochilik   masalalarini   yechish   uslublari
G.S.Altshuller,  L.V.Aleksandrov   va  boshqalar   tomonidan   o‘rganilgan  bo‘lib,  ular
o‘z   tadqiqotlarida   evristik   hamda   tahliliy   uslublar   guruhini   ajratib   ko‘rsatadilar.
Evristik   uslub   vositasida   ijodkorlik   masalalarini   yechishga   an’anaviy   yondashish
quyidagi   tartibda   amalga   oshiriladi:   muammodan   kelib   chiquvchi   masala
shartlarini   aniqlash;   xususiy   hol   uchun   muammoni   tahlil   qilish   va   maqsadni
shakllantirish;   masalani   hal   qilish   rejasini   tuzish;   rejani   amalga   oshirish   va
masalani   qisman   hal   qilish;   topilgan   yechimlarni   maqsadga   muvofiqligini   tadqiq
qilish   va   maqbulini   tanlash.   Ijodkorlik   masalalarini   yechishning   tahliliy   uslubida
muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini qurish ko‘zda tutiladi.
Bu uslubda yechim aniqligi obyekt yoki jarayon ko‘rsatgichlarining uni o‘rganish
uchun   ishlab   chiqilgan   model   ko‘rsatgichlariga   mutanosiblik   darajasi   bilan
belgilanadi,   ijodkorlik   masalalarini   tadqiq   qilishning   keltirilgan   uslublarini
talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha
soddalashtirish  hamda subyektiv  ixtirolardan foydalanish  uchun qo‘llashda ikkala
guruhga tegishli uslublardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi.
O‘quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari
O‘quvchilarning ijodiy faoliyatga tayyorgarlik besh darajasini ko‘rsatuvchi 
meyoriy - ilmiy jihatlar asoslangan. Ular quyidagilardan iborat:
O‘quvchilarning buyumni uning shaklini takomillashtirish yoki detallarni ratsional 
joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o‘zgartirish kiritib, berilgan 
hujjatlar bo‘yicha tayyorlay olishi.
O‘quvchining instrukstiyalashni oxiriga yetkazib va berilgan texnik hujjatga yoki 
alohida sxemaga o‘ziga o‘zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi. O‘quvchining buyumni, uning konstruksiyasini dastlabki original takomillashtirib 
va texnologik hujjat yoki sxemaga mustaqil holda o‘zgartirishlar kiritib tayyorlay 
olishi.
O‘quvchining original konstruktorlik g‘oyasini mustaqil holda texnologik jihatdan 
ishlab chiqishi va uni tayyorlashni uddalay olishi.
O‘quvchi buyumning original konstruktorlik yoki ratsionalizatorlik g‘oyasini 
mustaqil holda asoslab va ta’riflab bera oladi, hujjatlarni ishlab chiqish va buyum 
yasashni bajara oladi. ADABIYOTLAR
1.Barkamol   avlod   –   O‘zbekiston   taraqqiyotining   poydevori:   O‘zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.//  -
T.:”Sharq”, 1997. - 63 b. 
2.   “Ixtirolar,     foydali   modellar   va   sanoat   namunalari”   to‘g‘risidagi   qonun.
//O‘zbekiston   ixtirochilar   va   ratsionalizatorlar   jamiyatining   Respublika     Kengashi.
Rasmiy xujjatlar to‘plami. № 2.-T.,1994 . 4-28 b.
   3.Pravila  sostavleniya   i   podachi zayavok na izobreteniya i polezniye modeli. -T.,
1993. 56 s. 
4.Asatryan   A.T.     Razvitiye   tvorcheskix   sposobnostey   shkolnikov   v   krujkax   stanshii
yunix texnikov. - M.: 1987. 18 s.
5.Bosh qotir, yarat, sinab ko‘r!: Qog‘oz modellar to‘plami: O‘rta maktabning 4-8 sinf
o‘quvchilari   uchun   kitob/   [O.YE.Zamotin   va   boshq.].-   2-qayta   ishlangan   va
to‘ldirilgan nashr. Tarj. - T.O‘qituvchi, 1988 -144 b. 
6.Vachevskiy M.A. Osnovi ratsionalizatorskoy i izobretatelskoy raboti. Kiyev, 1988 .
92 s. 
7.Vorobyev A.I., Limanskiy S.A. Texnicheskoye konstruirovaniye i modelirovaniye.
Uchebnoye posobiye dlya studentov IPF pedinstitutov i uchashixsya peduchilish. -T.:
Ukituvchi, 1990. -110 s. 
   8.Turaqulov X.A., Sharipov Sh.S. Talabalar ixtirochilik ijodkorligini rivojlantirish .
metodiy tavsiyanoma. - Jizzax, 1998. 36 b.
  9.Andrianov   P.N.   Maktab   o‘quvchilari   texnik   ijodkorligini   rivojlantirish   //
O‘quvchilarning   texnik     ijodkorligi.   Tuzuvchi   P.N.Andrianov.   -   T   .:”O‘qituvchi”,
1989.128 b.

Ixtirochilikda kuzatuvchanlik, intuitsiya, intellektning ahamiyati. Reja: 1.Ixtirochilikda kuzatuvchanlik. 2.Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati. 3.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi.

1.Ixtirochilikda kuzatuvchanlik. Kuzatuvchanlik qobiliyati . Ixtirochilik ishlari qatnashuvchilardan katta diqqat va kuzatuvchanlikni talab qiladi. Qatnashuvchi chinakam ixtirochilarga xos sezgirlik, kuzatuchanlik qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu xususiyat yechilayotgan masala yuzasidan to‘g‘ilayotgan savollarga javob olishga yordam beradi. Sezgirlik va kuzatuvchanlik qatnashuvchining yechilayotgan masalalarni tashqi ko‘rinishidan va shunga o‘xshash boshqa nusxalarning ko‘rinishini nazorat qilish orqali payqab oladi. Har qanday kuzatish yaxshilab diqqat qilish asosida sodir bo‘ladi. Masalan o‘qituvchi o‘quv materiallarini tushuntirayotganda, doskaga yozayotganda yoki o‘quvchini chiqarib doskaga yozdirayotganda, ko‘rsatma qurollardan foydalanilayotganda, o‘quvchilarning qanday idrok qilib, toshiriqlarni qanday bajarayotganligini hamisha diqqat-e’tibor bilan kuzatib boradi. Ba’zi bir masalalarni yoki texnik yechimini kutayotgan texnik obyektlarni uning atrofidagi voqea xodisalarni kuzatish va diqqatbilan nazorat qilish orqali ham erishish mumkin.Texnik ijodkorli kdarslarida hamda tugarak mashg‘ulotlari o‘tkazilayotganda shuningdek, o‘qituvchi dars berayotganda hamma o‘quvchilarni ko‘rib turishi va ayrim o‘quvchilar diqqatining boshqa narsalarga chalg‘ib ketishining oldini olishi, masalan, o‘quvchiga bir qarab qo‘yishi, imo- ishoralarni o‘zgartirish zarur. Bular hammasi o‘qituvchi diqqatining barqaror bo‘lishini va tez ko‘chirish xususiyatiga yega bo‘lishini talab qiladi. O‘z diqqatini taqsimlashni bilmagan o‘quvchi darsga juda qiynaladi. U diqqatini bir narsaga, chunonchi texnik topshiriqlarni bajarishida yechimini kutayotgan masalaga to‘lig‘incha bor diqqati bilan e’tibor qaratadi. 2 .Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati. Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil ahamiyatga ega bo‘lishini fransuz olimi A.Puankare ko‘rsatib o‘tgan edi. Xususan, u «Fanning o‘zida intuitsiya, agar bir qancha ustunliklarga ega bo‘lganligini hisobga olinmasa, analiz doimo isbotning yakka-yu yagona qonuniy quroli bo‘lishiga intilib

borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo‘lib qolaveradi» - deb yozadi. Ijodkorlik siklining ma’lum zvenolar haqida boshqa olimlar ham bir necha bor o‘z fikrlarini aytdilar. Xususan, bu haqda mashhur fizik M.Born quyidagilarni yozadi: «…men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko‘rmayapman. Ayrim kriteriyalar bo‘yicha ko‘rsatilgan obraz to‘liq hisoblanib, unga xarakterli bo‘lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik hayotimizda hisobga olib boramiz. Biroq sintetik jihatdan oldindan aytish qisman ma’lum bo‘lgan hodisaning real obrazi o‘zining haqiqiyligidan farq qiladi, degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa, uning asosida qonuniy hisoblangan gipoteza yotgan bo‘lsa-da, oldindan aytish yangi bilim beradi. Lekin uning muvaffaqiyati intuitsiyaga juda bog‘liqdir…». M.Born o‘z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshirildi, boshqasi esa, shu kunga qadar aloqasiz bo‘lgan tajribalarning o‘zaro bog‘liqligi mavjud ekanligi haqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi. Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Leveryelarning boshqa planetalar harakatida yuz bergan biroz o‘zgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga muvofiq, Galiley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M. Bornning aytishicha, bu yerda nazariya rivojlanmadi: «Bu matematika san’ati va toqatining ulkan siljishi, shuningdek, natijalarga bo‘lgan ishonch edi. Biroq ularni e’tirof etmaganda ham, bu hol nazariyaning dunyoqarashini kengaytirgani yo‘q; bu ma’lum bo‘lgan Nyuton mexanikasining qo‘llanilishini analitik jihatdan oldindan aytish edi». Ikkinchi tip ixtiroga A.Eynshteyn tomonidan aytilgan Quyosh yaqinida yorug‘likning chetlanishi kiradi. Bu, inert va gravitastion massaning proporstionalligi haqidagi muhim faktni sezish va M.Bornning ta’biricha, «tajriba natijalarining uzun zanjiridagi gigant sintez» deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qiladi. Dalil va raqamlardan kelib chiqib, ilmiy farazlar qurishga yoki topishga o‘tishda, shuningdek, nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o‘tishda ilmiy

intuitsiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Intuitsiya, uning mantiq bilan bog‘liqligi, ixtirochilik g‘oyalarining kelib chiqishida tutgan o‘rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo‘lib, uni hozirgacha to‘la hal qilinmagan deyish mumkin. “Qisqacha psixologik lug‘at”da intuitsiya – “paydo bo‘lish yo‘llari va shartlari anglanmagan holda hosil bo‘luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi, shunga ko‘ra, subyekt unga “bevosita yuzaga” kelgan natija sifatida ega bo‘ladi” deb ta’riflanadi. Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan ta’riflar intuitsiya tabiatini, uning hosil bo‘luvchi asosini o‘zida aks ettirmaydi va shu sababli uni to‘liq deb bo‘lmaydi. Bizning fikrimizga ko‘ra, intuitsiya - bu subyekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi. 3. O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi integral xarakterga ega, ya’ni u bilish - qayta qurish faoliyatini o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan nazariy tekshirish, tajriba, texnik masalalar yechish, model va qurilmalarni real holatda ishlatilishi, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali o‘quvchilar obyektiv borliq haqida bilimga ega bo‘ladi, oldinga surilgan nazariy g‘oyani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qiladilar. O‘quvchilar har qanday yangi texnik obyektni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlardan iborat. Bu texnik ijodkorligidai mantiqiy strukturali bosqich hisoblanadi. 1-bosqich, maktab o‘quvchilari faol ravishda mavjud bo‘lgan texnik obyektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi; 2-bosqich, bu o‘quvchilarni ma’lum texnik obyekt tuzilishining texnik g‘oyasi sodir bo‘lishi bilan boshlanadi; 3-bosqich, yangi bo‘lajak texnik tuzilishning (ideal holatda) modeli ishlab chiqiladi; 4-bosqich, loyihalash, yosh texnik fikrga kelgan obyektning mazmuni va shaklini keltiradi;

5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash; 6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini tajribadan o‘tkazish; 7-bosqich, texnik hujjatlarni yaratish. Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslublari Intuitiv fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslubi evristik uslublar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini yechish uslublari G.S.Altshuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular o‘z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy uslublar guruhini ajratib ko‘rsatadilar. Evristik uslub vositasida ijodkorlik masalalarini yechishga an’anaviy yondashish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammodan kelib chiquvchi masala shartlarini aniqlash; xususiy hol uchun muammoni tahlil qilish va maqsadni shakllantirish; masalani hal qilish rejasini tuzish; rejani amalga oshirish va masalani qisman hal qilish; topilgan yechimlarni maqsadga muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini tanlash. Ijodkorlik masalalarini yechishning tahliliy uslubida muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini qurish ko‘zda tutiladi. Bu uslubda yechim aniqligi obyekt yoki jarayon ko‘rsatgichlarining uni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan model ko‘rsatgichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan uslublarini talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha soddalashtirish hamda subyektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo‘llashda ikkala guruhga tegishli uslublardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi. O‘quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari O‘quvchilarning ijodiy faoliyatga tayyorgarlik besh darajasini ko‘rsatuvchi meyoriy - ilmiy jihatlar asoslangan. Ular quyidagilardan iborat: O‘quvchilarning buyumni uning shaklini takomillashtirish yoki detallarni ratsional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o‘zgartirish kiritib, berilgan hujjatlar bo‘yicha tayyorlay olishi. O‘quvchining instrukstiyalashni oxiriga yetkazib va berilgan texnik hujjatga yoki alohida sxemaga o‘ziga o‘zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi.