logo

JAHON ADABIYoTIDA YeTAKChI METODLAR

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.388671875 KB
JAHON ADABIYoTIDA YeTAKChI METODLAR
Reja:
1. Ijodiy  metodning  yuzaga kelish sabablari
2. Romantizm va realizm
3. Ijodiy oqimlar Borliqdagi   biror   bir   hodisaning   aynan   takrori   yaratilmagan.   Hatto   qor
qalinligi   50   sm   bo’lgan   har   metr   kvadratda   1.000.000   dona   atrofida   qor
uchqunlari bor. Shunga qaramay, butun yer yuzini qor qoplasa-da, hyech bir
qor   zarrasi   shaklan   bir   -   birini   takrorlamaydi.   Bu   haqiqat   amerikalik   Vilson
Bentleyning   50   yil   davomida   olib   borgan   kuzatish   va   tajribalarining
xulosasida     1985   yilda   ayon   bo’ldi.   Xuddi   shunday   ovozlarni,   siymolarni,
barmoq   uchlarining   aynan   o’xshashi   yo’qligi   bugungi   kunda   ko’pchilikka
ayon. 
Hayotning   ana   shu   betakror   qonunidan   kelib   chiqsak,   ikkita   bir   xil
yozuvchi (shoir) ning bo’lishi ham mumkin emas. Chunki, yaratilgan har bir
insonning   ichki   va   tashqi   tuzilishi   o’ziga   xos   biqiq   bir   olamki,   uning
betakrorligi o’zligida mujassam etilgan. Shunga asosan har–bir san’atkorning
olami   –   hayotiy   tajribasi,bilim   darajasi,   didi,   go’zallikni   ko’ra   bilishi,
tasavvuri, xayolot dunyosi, qalb ko’zi o’zigagina tegishlidir va ana shu o’zlik
uning   har   bir   asarida   akslanadi.   Shuning   uchun     “Uslub   –   odam”   (Getyo)
tushunchasi   asosli   va   hayotiydir.   Shunga   asosan   V.G.   Belinskiyning
“Yozuvchining   mazmun   bilan   shaklga   quyma   bir   holat   bag’ishlay   olish
qobiliyatini va shu bilan birga hamma - hamma narsaga o’z shaxsi, o’z ruhini
takrorlanmas,   original   muhrini   tushirib   o’ta   olish   xususiyatini   ”   -   uslub   deb
belgilashi to’g’ridir. 
   Hazrat   Alisher   Navoiyning   “El   netib   topgayki   meni,   men   o’zimni
topmasam”, - deganlarida hikmat bor. Mavlono Zahiriddin Boburning:
“Qachonki ko’rgaysan mening so’zimni,
So’zimni o’qib anglaysan o’zimni,” -
deganlarida haqiqat bor.
Adabiyotda   uslub   faqat   “o’zlik”   bilan   cheklanmaydi,   faqat   individual
belgilarning   yig’indisi   emas.   Unda,   albatta,   “o’zlik”   ni   vujudga   keltirgan,
o’stirgan   ijtimoiy   muhitning   ta’siri   bo’ladi,   unda   “shaxsiylik   va   umumiylik juda   murakab   dialektik   birlikda   bo’lib,   o’zaro   shartlangan,   bir   –   birini
ifodalaydigan ”  1
 tarzda voqye bo’ladi. Shunga asosan romantik tasvir uslubi,
realistik uslub, davr uslubi, zamonaviy uslub, milliy uslub,   adabiyot uslubi,
tasviriy san’at uslubi... degan sohalarning mavjudligini ham tan oladi. 
Uslubda   ob’ektivlikning   mavjudligini   tan   olgan   holda   shuni   aytish
lozimki,  “o’ziga  xoslik”,  ijodkor  qalbining  betakror  urishi  –  uslubning  bosh
alomati   sanaladi.   Uslub   asarning   “butun   yaxlit   sistemasida   namoyon
bo’luvchi   badiiy   o’ziga   xoslik”   (G.   L.   Abramovich),   “Adabiy   asar
unsurlarining   bir   –   biriga   bog’liqligi   va   ularning   yozuvchi   talantiga   mos
tarzda garmonik chatishuvi” (Vuysiskiy) dir.
Uslub bir vaqtning o’zida mazmun ham, shakl ham, g’oya ham, motiv
ham. Bularning barchasi birlashganda asar busbutunligini uslub ta’minlaydi.
Shunga   ko’ra   yozuvchi   uslubini   so’zga,   tilga   –   ulardan   foydalanishdagi
o’ziga   xoslikka   bog’lab   qo’yish   noo’rindir.   To’g’ri,   adabiyot   –   so’z   san’ati,
til   adabiyotning   birinchi   elementi   bo’lsa-da,   uslubni   yuzaga   keltiruvchi
vositalardan biri – zaruriy elementi sanaladi.
Uslubni   yuzaga   keltiruvchi   eng   zarur   omillardan   yana   biri   –
san’atkorning   hayotni,   hayotning   mohiyatini,   uning   qa’ridagi   haqiqatni
tadqiq   va   tahlil   qila   bilishi   bilan   bog’liqdir.   Inson   ruhiyatining   boy   va
yashirin sirlarini, ularning tub estetik qimmatini kashf etish san’ati – ruhiyat
bilimdonligi bilan bevosita aloqadordir.
Demak,   uslub   –   yozuvchining   voqyelik   va   insonni   idrok   qilishi,
ularning   qalbidagi   haqiqatning   kashf   etishi   va   uni   so’z   vositasida   obrazli
ifodalay   olishi   –   bu   vazifalarni   individual   (“o’ziga   xos”)   tarzda   yaratish
san’atidir .   Uslub doim yozuvchi (shoir) ning butun borlig’idan – tabiatidan
kelib   chiqadi   va   har   bir   yaratgan   asarida   ana   shu   o’ziga   xos   olamning
hayotbaxsh   nurini   –   insoniylashgan   tuyg’ularini   tiriltiradi,   ko’pga   ulashadi,
1  Художественый метод и творческая индивидуальность писателя, М., 1964, стр. 234.  ezgu   tuyg’ular   tarbiyachisi   vazifasini   o’taydi.   Shuning   uchun   ham   uslub
“ kuchsiz   adib   –   yozg’uvchining   asarlarida   o’zini   ochiq   ko’rsata   olmaydir .
Kuchsiz   yozuvchilarning   uslublari   bir   –   biriga   o’xshab   qoladir”   (Fitrat,   26-
bet).   “ Uslub   zamon   bilan   o’zgargani   kabi   shaxs   bilan   ham   o’zgaradir .
Hatto,   yana   biroz   chuqurroq   borib,   bir   kishining   sochim   –   tizim   (nasr   va
nazm   –   H.   U.)     yozganida   ham   uslubning   o’zgarib   qolganini   ko’ramiz .
Navoiyning uslubi tizimda hashamatli bir ohang bilan yuradir, sochimda esa
og’irlashib qoladir. Yana biroz ingichkaroq qarag’anda   bir shoir uslubining
asarning   mav’zuiga   ko’ra   o’zgarganini   ham   ko’ramiz .   Navoiyning   “Layli
va   Majnun”   idag’i   o’ynab   qaynag’an   uslubini   uning   “Lison   ut   -   tayr”ida
ko’rib bo’lmaydir. Biroq bu o’zgarishlar (ya’ni: asarning shakli yo mavzuiga
ko’ra   bo’lg’an   o’zgarishlar   )   asosiy   emasdir.   Navoiy   va   Cho’lponning
uslublari sochim – tizimda , yo   mavzui’ga ko’ra  o’zgarmak bilan ularning
“o’zlik”   larini   (shaxsiyatlarini)   yo’qotmaydir .   Cho’lponning   Cho’lponligi,
Navoiyning   Navoiyligi   bu   shoirlarning   tizim   –   sochim   asarlarida   mavzu’
o’zgarishiga qaramasdan ko’rinib turadir ” (Fitrat, 28-bet, Ta’kidlar bizniki –
H. U.).
Hayot yozuvchini boyitgandek, tajribasini oshirganidek uning uslubini
ham tobora sayqallashiga sabab bo’ladi. Lekin yozuvchi “o’zligi” xuddi gen
belgilaridek   asardan   asarga   o’taveradi.   Shu   sabab   yozuvchining   butun
ijodidan   kelib   chiqib,   aniq   asarining   uslubini   aniqlash   asosli   haqiqatlarning
kashfiga olib boradi.
Fikr   –   mulohazalarni   isbotini   ko’rsatish   maqsadida   Oybek   va   A.
Qahhorning   adabiyotshunoslar   ta’kidlagan   o’ziga   xos   belgilarini   ajratib
ko’raylik:  
Oybek: A. Qahhor: Hayot manzarasini barcha   Hayotning ko’proq kulguli
ikir chikirlarigacha           va fojiali jihatlarini
erinmasdan, uning poe-           siqiq tarzda tasvirlaydi.
 ziyasini (jozibasini)
 ko’rsatishga intiladi .
Romantik tabiatli,  Vazmin tabiatli, sovuq-
xayolotga boy, falsa- qon, satirik mushohadasi
fiy mushohadasi kuchli kuchli
 Epik kenglik, serbuyoqlik Qisqalik, voqeani qiziq
bir ko’rinishdan boshlash
Lirik shoir, mohir prozaik Mohir prozaik, taniqli
dramaturg
Roman janrida mashhur Hikoya janrida mashhur
Lirik harorat – proza- Yumoristik va satirik sida kuchli, 
epiklik –pafos egasi.  Kinoya, piching, istehzo, hazil –
 lirikasida zo’r                            mutoyibasi    kuchli
Shafqatli daho Haqiqatni hamma narsa- 
(“Dobrie geniy”) dan ustun biluvchi daho
Badiiy uslub har bir yozuvchi-san’atkorning, har bir yetuk asarning, har
bir   davr   adabiyotining   o’ziga   xos   barcha   xususiyatlarini   qamrasa,   badiiy
metod   muayyan   guruhga   mansub   san’atkorlar   ijodining   umumiy   va mushtarak barcha belgilarini o’zida tashiydi. Bu  xususiyat  va belgilar  hayot
materialini   tanlash,   umumlashtirish,   baholash,   aks   ettirish   borasidagi
umumiylik   va   ayni   paytda,   ana   shu   umumiylikning   yakka   shaxs   (yozuvchi)
talanti,   qudrati   ila   “pishib   yetilishidir”.   Ko’rinadiki,   garchi   uslub   va   metod
bir-biriga o’xshamasa-da, lekin ular birlashganda, bir-biri bilan chatishganda
voqye   bo’ladilar,   ana   shundagina   ular   yaratish   xislatiga,   ta’sirdorlik
fazilatiga, go’zallikni bunyod etishga qodirlik kasb etadi.
Bundan   ko’rinadiki,   badiiy   asar   yaratilganidanoq,-   uslub   ham,   metod
ham   tug’iladi.   Nazariy   adabiyotlarda   aytilganidek,   dastavval,   romantizm,
keyinchalik   yoki   to’g’rirog’i   X1X   asrga   kelib   realizm   dunyoga   keldi   degan
tushunchani   rad   etadi.   Demoqchimizki,   uslub   va   usul   (metod)   adabiyotning
paydo bo’lishi bilan bir vaqtda tug’iladi. Faqat adabiyotning rivoji, kamolot
sayin   o’sishi,   g’oyaviy   badiiy   kashfiyotlarning   umumlashtirilishi   va
saboqlariga bog’liq holda uslub ham, usul ham turfa xillik kasb etadi; jamiyat
taraqqiyotidagi   o’zgarishlarga   javob   tarzida   usul   ham,   uslub   ham   yangicha
sifat kasb etib, bahor yanglig’ qayta tug’ilib boraveradi.
Har bir yilning o’z bahori bo’lganidek,har bir yozuvchining o’z uslubi
tashida, qobig’ida metod vazifasini o’tayveradi.
Shuning   uchun   “Iliada”   ham,   “Ramayana”   ham,   “Xamsa”   ham,
“O’tkan   kunlar”   ham,   “O’zbek   Navoiyni   o’qimay   qo’ysa”   ham   asrlarni   tan
olmasdan,   hamma   avlodlarga   estetik   zavq   ulashaveradi,   insonni   komillik
yo’lida   tarbiyalayveradi.   Chunki   ularning   hammasida   ham   hayot   va   inson
mohiyatini   tushunish,   idrok   etish,   ezgulikni   ulug’lash   va   uning   amaliyotiga
chorlash   -   bosh   pafosdir,   insoniyat   tuyg’ulari   tarbiyasi   uchun   o’lmas
namunadir; ana shu sohadagi anglangan jihatlardan saboq olib, anglanmagan
qirralarini   kashf   etish   -   adabiyot   taraqqiyotining   tuganmas,   nihoyasi   yo’q
yo’nalishidir. Shu mulohazalardan kelib chiqsak, hayot va insonning badiiy modelini
yaratishning   ikkita   yo’li   eng   qadimgi   davrdan   bugungacha   davom   etib
kelayotgani   aniqlashadi   va   bu   haqiqatni   allomalar   ham   tasdiqlaydilar.
Jumladan,   Aristotel   “Poetika”   asarida:   “Sofoklning   aytishicha,   u   odamlarni
qanday bo’lishi kerak bo’lsa shunday tasvirlagan, Yevripid esa qanday bo’lsa
o’shanday tasvirlagan” (53-b.) Rusning buyuk tanqidchisi V.G.Belinskiy ham
(X1X   asrda)   bu   haqiqatni   tasdiqlaydi:   “Aytish   mumkinki,   poeziya   ikki   usul
bilan hayot hodisalarini qamrab oladi va qayta tiklaydi. Bu usullar, garchi biri
ikkinchisiga   qarama-qarshi   bo’lsa   ham,   bir   maqsad   tomon   yetaklaydilar.
Shoir   uning   narsalarga   nazari   tarziga,   uning   dunyoga   munosabatiga,   o’zi
yashagan asri va xalqiga bog’liq idealiga moslab hayotni qayta yaratadi
(peresozdayet)   yoki   shoir   bu   hayotni   butun   yalong’ochligi   va
haqqoniyligi   bilan   qayta   tiklab   (vosproizvodit)   hayot   voqyeligining
hamma   tafsilotlariga,   bo’yoqlariga   va   nozik   tomonlariga   sodiq   keladi.
Shuning uchun aytish mumkinki, poziyani ikki bo’lakka-  ideal poeziyaga va
real poeziyaga bo’lsa bo’ladi ” (Qarang: I.Sulton, 356-bet).
I.O.Sultonov: “Hozirgi zamon adabiyotshunosligida birinchi xil badiiy
tafakkur-   “romantik   tafakkur   tipi”,   ikkinchi   xil   tafakkur-“realistik   tafakkur
tipi”   deb   ataladi”   (I.Sulton,   356-bet),-deb   yozadilar   va   “Romantik   tafakkur
yoki realistik tafakkurning ma’lum tarixiy davr uchun xarakterli va hukmron
ko’rinishini  ijodiy metod ”   tushunchasi bilan yuritishni taklif etadilar... 
Darvoqye,   hayotni   obrazli   tasvirlashning   ikki   yo’nalishi   “ham   aslida
inson tabiati bilan bog’liq hodisa sanaladi. Chunki odam real hayot qo’ynida,
ham orzu-havaslar dunyosida yashaydi. Inson tabiatida mavjud hayot tarziga
qanoat   qilishdan   ko’ra,   turmushni   o’zgartirish   istagi,   uni   yanada   yaxshilash
havasi baland turadi. Bu havas... kuchli bo’ladi” (A.Ulug’ov, 79-bet).
Ana   shu   ikki   yo’nalish   –   ijod   tipi   turli   –   tuman   davrlarning,
jamiyatlarning   talablariga   doimo   javob   berib   kelmoqda,   faqat,   bizningcha, evolyusion   rivojlanish   –   romantizmni,   revolyusion   taraqqiyot   –   realizmni
birinchi o’ringa olib chiqadi. Ko’pincha badiiy asarlarda ijodning bu janrlari
qo’shaloqlashgan   bo’ladi.   Realistik   asarda   romantizmning   xislatlari
yordamchi   vazifani   bajarsa,   romantik   asarda   realizmning   unsurlari   ham
shunday   vazifani   o’taydi.   “Xamsa”   (Navoiy)da   ham,   “Qiyomat”
(Ch.Aytmatov)da ham, “Yolg’izlikda yuz yil” (G.G.Markes)da ham, “O’tgan
kunlar”   (A.Qodiriy)da   ham   bu   holat   yaqqol   ko’zga   tashlanishi   va   barchaga
ayonligi isbot talab etmaydi.
Shunday bo’lsa-da, yana bir asos: Sadriddin Ayniyning ta’kidlashicha,
“Xamsa”   dostonlarida   Navoiy   salbiy   tiplarni   o’z   zamonasidan   olgan,   ijobiy
tiplar   esa   –   Navoiy   fantaziyasi   va   idealining   maxsulidir,   lekin   romantizm
ustundir.
Yana   shuni   ta’kidlash   lozimki,   muayyan   yozuvchi   ijodida,   muayyan
asarda   yo   romantizm,   yo   realizm   doimo   yetakchilik   qiladi.   Professor
Abduqodir   Hayitmetov   ilmiy   xulosalari   ham     shu   hodisalarni   isbot   qiladi.
Uningcha,   Navoiyning   asosiy   metodi-romantizm,   ayni   paytda,   uning   Said
Hasan   Ardasherga   yozgan   maktubi,   “Mahbubul-qulub”,   satirik   g’azallari   va
qit’alari, “Lisonut tayr”dagi ba’zi hikoyatlari realistik xarakterdadir.
Albatta,   har   bir   san’atkorning   “o’ziga   xos”ligini   unutmaslik   kerak.
Birida   isyonkorlik,   birida   jamiyat   bilan   kelishib   yashaydigan   donolik   ustun
bo’lishi ham mumkin. Biri realliklarga chiday olmay, biri undan ko’ra orzular
dunyosida yashashi-o’zini voqye qilishi ham tabiiydir.
       Jumladan, Alisher Navoiy inson haqidagi orzu havaslarini akslantiruvchi
asarlar   yozgan   bo’lsa,   uning   yosh   zamondoshi   Bobur   o’z   zamoni   voqea   va
odamlarini   haqqoniy,   real   tasvirini   beradi.   G’.G’ulom,   H.Olimjonlar
sosialistik   voqyelikni   ulug’lagan   bo’lsalar,   A.Qodiriy,   Cho’lponlar   bu
voqyelikdan isyonga keladilar. Mirmuhsin,   H.G’ulom,   Shukrullolarda   jamiyat   bilan   kelishib   yashash   ustunlik   qilsa,
A.Oripov,   E.Vohidovlarda   bu   jamiyatning   kirdikorlarini   fosh   etish,
yuksakroq voqyelikni istash tuyg’ulari kuchlilik qiladi va hokazo.
Jahon   adabiyoti   taraqqiyoti   tarixidagi   realizm   va   romantizmni-ijod
tiplari,   ijod   yo’nalishlari,   badiiy   tafakkur   tiplari   deb   yuritish   ham   asoslidir.
Chunki   ularning   turfa   xil   ko’rinish   va   qirralarini   turli   davrlar   ro’yobga
chiqargandir.
Adabiyotlar:  1. T. Boboyev.  Adabiyotshunoslik  asoslari, T.,  «O’zbekiston», 2002,
519-549- betlar.
2. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish,   T., A. Qodiriy   nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 208-214-betlar.
3. H.   Umurov.   Adabiyotshunoslik   nazariyasi,     T.,   A.   Qodiriy
nomidagi   Xalq merosi nashriyoti, 2004, 248-259-betlar.

JAHON ADABIYoTIDA YeTAKChI METODLAR Reja: 1. Ijodiy metodning yuzaga kelish sabablari 2. Romantizm va realizm 3. Ijodiy oqimlar

Borliqdagi biror bir hodisaning aynan takrori yaratilmagan. Hatto qor qalinligi 50 sm bo’lgan har metr kvadratda 1.000.000 dona atrofida qor uchqunlari bor. Shunga qaramay, butun yer yuzini qor qoplasa-da, hyech bir qor zarrasi shaklan bir - birini takrorlamaydi. Bu haqiqat amerikalik Vilson Bentleyning 50 yil davomida olib borgan kuzatish va tajribalarining xulosasida 1985 yilda ayon bo’ldi. Xuddi shunday ovozlarni, siymolarni, barmoq uchlarining aynan o’xshashi yo’qligi bugungi kunda ko’pchilikka ayon. Hayotning ana shu betakror qonunidan kelib chiqsak, ikkita bir xil yozuvchi (shoir) ning bo’lishi ham mumkin emas. Chunki, yaratilgan har bir insonning ichki va tashqi tuzilishi o’ziga xos biqiq bir olamki, uning betakrorligi o’zligida mujassam etilgan. Shunga asosan har–bir san’atkorning olami – hayotiy tajribasi,bilim darajasi, didi, go’zallikni ko’ra bilishi, tasavvuri, xayolot dunyosi, qalb ko’zi o’zigagina tegishlidir va ana shu o’zlik uning har bir asarida akslanadi. Shuning uchun “Uslub – odam” (Getyo) tushunchasi asosli va hayotiydir. Shunga asosan V.G. Belinskiyning “Yozuvchining mazmun bilan shaklga quyma bir holat bag’ishlay olish qobiliyatini va shu bilan birga hamma - hamma narsaga o’z shaxsi, o’z ruhini takrorlanmas, original muhrini tushirib o’ta olish xususiyatini ” - uslub deb belgilashi to’g’ridir. Hazrat Alisher Navoiyning “El netib topgayki meni, men o’zimni topmasam”, - deganlarida hikmat bor. Mavlono Zahiriddin Boburning: “Qachonki ko’rgaysan mening so’zimni, So’zimni o’qib anglaysan o’zimni,” - deganlarida haqiqat bor. Adabiyotda uslub faqat “o’zlik” bilan cheklanmaydi, faqat individual belgilarning yig’indisi emas. Unda, albatta, “o’zlik” ni vujudga keltirgan, o’stirgan ijtimoiy muhitning ta’siri bo’ladi, unda “shaxsiylik va umumiylik

juda murakab dialektik birlikda bo’lib, o’zaro shartlangan, bir – birini ifodalaydigan ” 1 tarzda voqye bo’ladi. Shunga asosan romantik tasvir uslubi, realistik uslub, davr uslubi, zamonaviy uslub, milliy uslub, adabiyot uslubi, tasviriy san’at uslubi... degan sohalarning mavjudligini ham tan oladi. Uslubda ob’ektivlikning mavjudligini tan olgan holda shuni aytish lozimki, “o’ziga xoslik”, ijodkor qalbining betakror urishi – uslubning bosh alomati sanaladi. Uslub asarning “butun yaxlit sistemasida namoyon bo’luvchi badiiy o’ziga xoslik” (G. L. Abramovich), “Adabiy asar unsurlarining bir – biriga bog’liqligi va ularning yozuvchi talantiga mos tarzda garmonik chatishuvi” (Vuysiskiy) dir. Uslub bir vaqtning o’zida mazmun ham, shakl ham, g’oya ham, motiv ham. Bularning barchasi birlashganda asar busbutunligini uslub ta’minlaydi. Shunga ko’ra yozuvchi uslubini so’zga, tilga – ulardan foydalanishdagi o’ziga xoslikka bog’lab qo’yish noo’rindir. To’g’ri, adabiyot – so’z san’ati, til adabiyotning birinchi elementi bo’lsa-da, uslubni yuzaga keltiruvchi vositalardan biri – zaruriy elementi sanaladi. Uslubni yuzaga keltiruvchi eng zarur omillardan yana biri – san’atkorning hayotni, hayotning mohiyatini, uning qa’ridagi haqiqatni tadqiq va tahlil qila bilishi bilan bog’liqdir. Inson ruhiyatining boy va yashirin sirlarini, ularning tub estetik qimmatini kashf etish san’ati – ruhiyat bilimdonligi bilan bevosita aloqadordir. Demak, uslub – yozuvchining voqyelik va insonni idrok qilishi, ularning qalbidagi haqiqatning kashf etishi va uni so’z vositasida obrazli ifodalay olishi – bu vazifalarni individual (“o’ziga xos”) tarzda yaratish san’atidir . Uslub doim yozuvchi (shoir) ning butun borlig’idan – tabiatidan kelib chiqadi va har bir yaratgan asarida ana shu o’ziga xos olamning hayotbaxsh nurini – insoniylashgan tuyg’ularini tiriltiradi, ko’pga ulashadi, 1 Художественый метод и творческая индивидуальность писателя, М., 1964, стр. 234.

ezgu tuyg’ular tarbiyachisi vazifasini o’taydi. Shuning uchun ham uslub “ kuchsiz adib – yozg’uvchining asarlarida o’zini ochiq ko’rsata olmaydir . Kuchsiz yozuvchilarning uslublari bir – biriga o’xshab qoladir” (Fitrat, 26- bet). “ Uslub zamon bilan o’zgargani kabi shaxs bilan ham o’zgaradir . Hatto, yana biroz chuqurroq borib, bir kishining sochim – tizim (nasr va nazm – H. U.) yozganida ham uslubning o’zgarib qolganini ko’ramiz . Navoiyning uslubi tizimda hashamatli bir ohang bilan yuradir, sochimda esa og’irlashib qoladir. Yana biroz ingichkaroq qarag’anda bir shoir uslubining asarning mav’zuiga ko’ra o’zgarganini ham ko’ramiz . Navoiyning “Layli va Majnun” idag’i o’ynab qaynag’an uslubini uning “Lison ut - tayr”ida ko’rib bo’lmaydir. Biroq bu o’zgarishlar (ya’ni: asarning shakli yo mavzuiga ko’ra bo’lg’an o’zgarishlar ) asosiy emasdir. Navoiy va Cho’lponning uslublari sochim – tizimda , yo mavzui’ga ko’ra o’zgarmak bilan ularning “o’zlik” larini (shaxsiyatlarini) yo’qotmaydir . Cho’lponning Cho’lponligi, Navoiyning Navoiyligi bu shoirlarning tizim – sochim asarlarida mavzu’ o’zgarishiga qaramasdan ko’rinib turadir ” (Fitrat, 28-bet, Ta’kidlar bizniki – H. U.). Hayot yozuvchini boyitgandek, tajribasini oshirganidek uning uslubini ham tobora sayqallashiga sabab bo’ladi. Lekin yozuvchi “o’zligi” xuddi gen belgilaridek asardan asarga o’taveradi. Shu sabab yozuvchining butun ijodidan kelib chiqib, aniq asarining uslubini aniqlash asosli haqiqatlarning kashfiga olib boradi. Fikr – mulohazalarni isbotini ko’rsatish maqsadida Oybek va A. Qahhorning adabiyotshunoslar ta’kidlagan o’ziga xos belgilarini ajratib ko’raylik: Oybek: A. Qahhor:

Hayot manzarasini barcha Hayotning ko’proq kulguli ikir chikirlarigacha va fojiali jihatlarini erinmasdan, uning poe- siqiq tarzda tasvirlaydi. ziyasini (jozibasini) ko’rsatishga intiladi . Romantik tabiatli, Vazmin tabiatli, sovuq- xayolotga boy, falsa- qon, satirik mushohadasi fiy mushohadasi kuchli kuchli Epik kenglik, serbuyoqlik Qisqalik, voqeani qiziq bir ko’rinishdan boshlash Lirik shoir, mohir prozaik Mohir prozaik, taniqli dramaturg Roman janrida mashhur Hikoya janrida mashhur Lirik harorat – proza- Yumoristik va satirik sida kuchli, epiklik –pafos egasi. Kinoya, piching, istehzo, hazil – lirikasida zo’r mutoyibasi kuchli Shafqatli daho Haqiqatni hamma narsa- (“Dobrie geniy”) dan ustun biluvchi daho Badiiy uslub har bir yozuvchi-san’atkorning, har bir yetuk asarning, har bir davr adabiyotining o’ziga xos barcha xususiyatlarini qamrasa, badiiy metod muayyan guruhga mansub san’atkorlar ijodining umumiy va