Java dasturlash tilining komplyatorlari va ularning versiyalar, Komplyatoorlarning farqlari




![2 .
Java tilining sintaksisi yuqorida keltirilgan barcha komplyatorlarda
bir xil amalga oshiriladi.
Java tili obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili bo’lganligi sababli
jarayonlar to’liq classlar tarkibida amalga oshiriladi. Dasturning asosiy qismi
public static void main(String[] args) {} tarkibiga yoziladi.
Tilning mavjud alfavit va belgilariga quyidagilar kiradi:
1. Katta va kichik lotin alfaviti harflari;
2. Raqamlar - 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9;
3. Maxsus belgilar: " {} | [] () + - / % \ ; ' : ? <=>_ ! & ~ # ^ . *
Tilning alfavit belgilaridan tilning leksemalari shakllantiriladi:
1.Identifikatorlar;
2.Kalit (xizmatchi yoki zahiralangan) so‗zlar;
3.O‗zgarmaslar;
4.Amallar;
5.Ajratuvchilar.](/data/documents/0477994b-05f7-4992-bbf8-724d478af544/page_5.png)
![Java dasturlash tilida “Salom dunyo!” dasturi quyidagicha yoziladi.
public class SalomDunyo { public static void main (String[] args)
{ System. out .println( "Salom, dunyo!" ); } }
Misol . 1 dan 100 gacha sonlar orasidan faqat toq sonlarni ekranga chiqaruvchi
dastur tuzing
Dasturning Java dasturlash tilidagi kodi
public class Main {
public static void main(String[] args) {
for(int i=1;i<=100;++i){
if(i%2==0){
continue;
}
System.out.print(i+" ");
}
}
}
Dastur natijasi](/data/documents/0477994b-05f7-4992-bbf8-724d478af544/page_6.png)
![Ikkita butun son berilgan, shu sonlarning yig’indisi, ayirmasi, ko’paytmasi va
bo’linmasini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.
Dasturning Java dasturlash tilidagi kodi
import java.util.Scanner;
public class Main
{
public static void main(String[] args) {
Scanner kirit=new Scanner(System.in);
int a; int b;
a=kirit.nextInt();
b=kirit.nextInt();
System.out.println(a/b);
System.out.println(a+b);
System.out.println(a-b);
System.out.println(a*b);
}
}
Natija;](/data/documents/0477994b-05f7-4992-bbf8-724d478af544/page_7.png)



Java dasturlash tilining komplyatorlari va ularning versiyalar, Komplyatoorlarning farqlari. Reja: 1. Nazariy qism a) Java dasturlash tili tarixi va imkoniyatlari b) Java dasturlash tilining komplyatorlari va ularning versiyalar, komplyatorlarning farqlari. 2. Amaliy qism a) Java dasturlash tili sintaksisi b) Misollar 3. Xulosa 4. Adabiyotlar
1 . Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo'ldi. Oak (ma'nosi eman daraxti) dasturlash tili 90- yillarning boshida Sun Microsystems (hozirda Oracle nomidan ish yuritadi) tomonidan platformaga (operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi sabablarga ko'ra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995- yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi va uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun ma'lum o'zgarishlar qilishdi. Java 1990 yillarda ishlab chiqarila boshlangan bo'lsa ham, uning birinchi versiyasi(Java 1.0) 1996 yil ommaga taqdim etilgan. Undan so'ng keyingi versiyalar sekin-astalik bilan chiqa boshladi: 1998 yil - Java 2, 2004 yil - Java 5.0, 2006 yil - Java 6, 2011 yil - Java 7, 2014 yil - Java 8. Java Obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili va u C++ ga ancha o'xshash. Eng ko'p yo'l qo'yildigan xatolarga sabab bo'luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java texnologiyasi o'ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta'minlab bera oladigan, kuchli, to'la obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, muhit (platforma) ga bog'liq bo'lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to'laligicha Java Virtual Machine(JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kodga o'giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo'lsa, kodlarni ham o'sha platformaga moslab beradi.
Java imkoniyatlari: - WORA - Write Once, Run Anywhere (portable). Platforma tanlamaydi; - xavfsizlik (ishonch yuq kodni havfsiz ishga tushirish); - xotirani havfsiz boshqarish (avtomat ravishda musorlarni yig’adi); - tarmoq uchun dasturlar yozish; - ko’p oqimli (Multi-thread) dasturlash - dinamik & kengaytirish; - Class lar alohida fayllarda saqlanadi. Kerak bo’lsa ishlatiladi. Dinamik ravishda imkoniyatini oshirish ham mumkin kerak bo’lsa. Javada kompilyator biz yozgan kodni bayt-kodga o'giradi,odatda kompilatsiyadan o'tgan klasslar *.class qisqartirmasi bilan tugaydi. Va kompilatsiyadan o'tgan klassni Java Virtual Machine (JVM) ga yuklanadi va bayt-kodli fayllarni interpretatsiya qiladi, ya'ni mashina tiliga o'giradi va shu bilan birga undagi kodni imkoni boricha optimallashtiradi. Quyida ba'zi kompilyatorlar keltirilgan: javac - Java Development Kit (JDK) tarkibidagi Sun Microsystem tomonodan ishlab chiqilgan, 2006 -yildan beri Ochiq kodli (Open Source) . GCJ - gcc kompilyatoringing bo'lagi bo'lib ,Java dan tashqari C,Pascal, Fortan va boshqa tillar uchun ham kompilyator sifatida ishlatiladi. ECJ - Eclipse ning java kompilyatori, IBM VisualAge kompilyatoriga asoslangan ochiq kodli kompilyator. Davomini o'qish Biz yuqoridagilardan JDK tarkibidagi javac kompilyatoridan foydalanamiz.JDK o'zi nima? JDK- bu javada ishlovchi dasturchi uchun kerak bo'ladigan bo'ladigan turli xil
yordamchi dastur umumiy majmuasi. Ularga javac dan tashqari quyidagilarni misol qilish mumkin: 1. jar - arxivlovchi bo'lib, javadagi *.jar kutubxonalarini boshqarishda va yozilgan kodlarni *.jar arxivi ko'rinishiga keltiruvchi yordamchi dastur. 2. javadoc - javada yozilgan kodlarga dokumentatsiya va kommentariyalar xosil qiluvchi yordamchi dastur. 3. jdb-debugger(yozilgan kodni qadamma-qadam tekshirib borish va shu kabi tekshirishlar uchun qulay yordamchi dastur) 4. jstat - JVM ning statistikasini ko'rsativchi yordamchi dastur. Bulardan tashqari JDKda yana ko'pgina yordamchi dasturlari bor, masalan apt, javaws, javah, javap, jps, policytool, wsimport, jstatd, jinfo va boshqalar.
2 . Java tilining sintaksisi yuqorida keltirilgan barcha komplyatorlarda bir xil amalga oshiriladi. Java tili obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili bo’lganligi sababli jarayonlar to’liq classlar tarkibida amalga oshiriladi. Dasturning asosiy qismi public static void main(String[] args) {} tarkibiga yoziladi. Tilning mavjud alfavit va belgilariga quyidagilar kiradi: 1. Katta va kichik lotin alfaviti harflari; 2. Raqamlar - 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9; 3. Maxsus belgilar: " {} | [] () + - / % \ ; ' : ? <=>_ ! & ~ # ^ . * Tilning alfavit belgilaridan tilning leksemalari shakllantiriladi: 1.Identifikatorlar; 2.Kalit (xizmatchi yoki zahiralangan) so‗zlar; 3.O‗zgarmaslar; 4.Amallar; 5.Ajratuvchilar.