KATTA QUVVATLI QAYNOVCHI REAKTORLAR (KQQR-1200) VA ULARNING ISHLASH TAMOYILI. GAZ BILAN SOVUTILADIGAN YUQORI TEMPERATURALI REAKTORLAR












KATTA QUVVATLI QAYNOVCHI REAKTORLAR (KQQR -1200 ) VA ULARNING ISHLASH TAMOYILI. GAZ BILAN SOVUTILADIGAN YUQORI TEMPERATURALI REAKTORLAR . AES LARNING ISHLASH TAMOYILI. Reja: 1. Katta quvvatli qaynovchi reaktorlar haqida. 2. Katta quvvatli reaktorlarning asosiy xarakteristikasi. 3. Gaz bilan sovutiladigan reaktoralar. 4. QQRlarda ishlaydigan AESlar haqida.
Sobiq Ittifoq olimlari o‘tgan asrning 40-yillarida ana shunday elektrostansiyalarning ishlash tamoyillari borasida izlanishlar olib borishni boshlashgan. 1948 yilda I. Kurchatov hukumatga atom energiyasini ajratib olish bo‘yicha ishlarni boshlashni taklif qiladi. 1950 yil mayda Kaluga oblastidagi Obninsk shahrida dunyodagi birinchi AES qurilishi boshlanadi. Quvvati 5 MIt bo‘lgan mazkur AES qurilishi 1954 yilda yakunlanadi va Obninsk AESi ishga tushadi. Yadroviy reaktor yordamida elektr energiyasi esa ilk bor 1951 yilda AQShning Aydaho shtatida olinadi. U tajribaviy bo‘lib, atigi 800 Vt energiya ishlab chiqaradi. Uning ishlashini tekshirib ko‘rish uchun generatorga to‘rtta cho‘g‘lanma lampochka ulanadi va hech kim kutmagan holda bu lampochkalar yonadi. AES larning ishlash mexanizmi. Atom elektr stansiyasi atom yadrosi ajralib chiqishi natijasida hosil bo‘ladigan reaksiya asosida ishlaydi. Ushbu jarayonda asosan uran yoki plutoniy atomlari ishtirok etadi. AESda urandan foydalanish uchun uran rudasi kukunga aylantiriladi. So‘ngra uran kukuni metall «tabletka» ko‘rinishiga keltiriladi — u kichik kolbalarga presslanadi va 1500 daraja haroratda bir necha sutka kuydiriladi. Aynan mana shu uran tabletkalari yadroviy reaktorlarga joylanadi. Bitta reaktorda bir vaqtning o‘zida 10 milliontaga yaqin uran tabletkalari ishlatiladi. Atom yadrolari neytron ajratib chiqaradi. Neytronlar yangi neytronlarni hamda ulkan kinetik energiyaga ega zarralarni hosil qiladi. Aynan mana shu energiya atom stansiyasi faoliyatining asosini tashkil qiladi. Atom reaktorida reaksiya vaqtida ajralgan energiya issiqlikka aylanadi va issiqlik tashuvchiga (suvga) o‘tadi. So‘ngra issiqlik tashuvchidagi harorat maxsus issiqlik almashuvchi qurilmalar orqali ikkinchi konturdagi oddiy suvga o‘tadi va uni qaynatadi. Qaynash natijasida hosil bo‘lgan suv bug‘i turbinani aylantiradi. Turbina elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorni harakatga keltiradi. Shunday qilib, AESning ishlash tarzi xuddi issiqlik elektr stansiyasiniki kabidir. Faqat ular o‘rtasidagi farq bug‘ning qanday yo‘l bilan hosil qilinishida.
AES yonilg‘isining qayta ishlanishi. Yadro reaktorida bir yil foydalanilganidan so‘ng uran almashtirilishi kerak bo‘ladi. Yonilg‘i unsurlari bir necha yil davomida sovutilib, maydalash va eritishga yuboriladi. Kimyoviy ekstraksiya natijasida uran va plutoniy ajralib chiqadi va ulardan yangi yadroviy yonilg‘i ishlab chiqariladi va qayta foydalaniladi. Uran va plutoniy parchalanishidan olingan mahsulotlardan ionli nurlash manbalari tayyorlanadi, ulardan tibbiyot va sanoatda keng qo‘llaniladi. Ushbu jarayonlardan so‘ng ajralgan chiqindi eritilib undan shisha tayyorlanadi, shishalar maxsus omborlarda saqlanadi. Ushbu shishalardan radioaktiv moddalarni saqlashda foydalaniladi. Shishadan atrof-muhitga zarar yetkazadigan radioaktiv unsurlarni ajratib olishning deyarli imkoni yo‘q. AESning afzalliklari
Yadroviy energetikani rivojlantirish tarafdorlari atom elektr stansiyalarining ustun jihatlariga e'tibor qaratishadi. Xususan, Jahon yadro assotsiatsiyasi qiziq ma'lumotni keltirib o‘tadi. Uning hisobotida aytilishicha, AESda bir gigavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishda insonlarning qurbon bo‘lishi ko‘rsatkichi an'anaviy issiqlik elektr stansiyalarinikiga nisbatan 43 marta kam ekan. Atom elektr stansiyalarining ustunliklariga quyidagilar kiradi: - elektr energiyasi ishlab chiqarish arzonga tushadi; - gaz bilan ishlaydigan 1000 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi atmosferaga yiliga 13 ming tonna va ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyasi 165 ming tonna zararli modda chiqaradi. 1000 MVt quvvatga ega IES yiliga 8 million tonna kislorod yutadi. AES kislorod iste'mol qilmaydi va yuqoridagidek zararli chiqindilar chiqarmaydi; - ularni yirik yonilg‘i manbasi yaqinida qurish uchun zarurat yo‘q. IESga ko‘mir va gaz keltirish katta xarajatlarni talab qiladi, AESga kerakli uran esa bitta yuk mashinasiga joylashishi mumkin; - foydalanilgan yonilg‘ini qayta ishlab, undan yana yonilg‘i sifatida foydalaniladi; - yuqori quvvat: bitta energoblokning quvvati 1000—1600 MVtni tashkil qiladi.
AESning kamchiliklari Har bir loyiha ijobiy xususiyatlar bilan birga kamchiliklarga ham ega bo‘ladi. AESlar ham bundan mustasno emas. Atom elektr stansiyalari quyidagi kamchiliklarga ega: - nurlangan yonilg‘i xavfli hisoblanadi, uni qayta ishlash va saqlash murakkab jarayon hamda ko‘p mablag‘ talab qiladi; - AES qurish uchun katta mablag‘ va juda ko‘p suv kerak bo‘ladi; - AES katta miqdordagi radioaktiv chiqindilar chiqaradi va ularni saqlash uchun katta infratuzilma talab etiladi; - AES bilan baxtsiz hodisa yuz berish ehtimoli judayam kam, ammo biror kor-hol sodir bo‘lsa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tarixdagi halokatlar