logo

Ko’chatlarni yopiq sharoitda etishtirish texnologiyasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.4296875 KB
Ko’chatlarni yopi q  sharoitda etishtirish texnologiyasi
Reja:
1. Issiqxona tuzilishi va qoplamalar ta’rifi
2. Issiqxona qurish uchun joy tanlash
3. Ildizi yopiq ko‘chatlar yetishtirish Himoyalangan   tuproqda   ko‘chatlarni   o‘stirish   o‘rmon   urug‘larini   yerdan   2-3
marta ko‘p unib chiqishini ta’minlaydi, urug‘ sarfini kamaytiradi, standart ko‘chat
materialini   o‘stirish   muddatini   2   marotaba   kamaytiradi,   sifatini   oshirib,   ko‘proq
daromad olishga imkon yaratadi.  Himoyalangan joyda materiallarni o‘stirish uchun
turli xil doimiy va ko‘chma issiqxonalardan foydalaniladi.
Issiqxona tuzilishi va qoplamalar ta’rifi
Kichik   ko‘chma   issiqxonalar.   Bu   issiqxonalarda   nihollarni   parvarishlash   va
sug‘orish   ishlari   polietilen   qoplamani   olib   tashlangandan   keyin   boshlanadi.
Ko‘chma polietilenli issiqxona- larning turlaridan biriga uzunligi 1,6 m, balandligi
0,7 m, seksiya  uzunligi  6 m  UPR-20 chodiri  kiradi. Plyonka chodirning boshi  va
oxiriga   mustahkamlanadi.   Shamollatish   uchun   ikki   yon   tomoni   ochib   qo‘yiladi.
Karkaslarini tol, yong‘oq shoxlaridan yoki diametri 5 mm bo‘lgan simdan yasaladi.
Kichik   ko‘chma   issiqxonalarning   shakli   yoysimon   yoki   uchburchakli   bo‘lishi
mumkin.
Yirik   ko‘chma   issiqxonalarni   ham   bir   joydan   ikkinchi   joyga   ko‘chirish
mumkin.   Lekin,   nihollarni   parvarish   qilish   va   sug‘orish   plyonka   qoplamalarini
olmasdan   qilinadi.   Issiqxonalar   alohida   zveno   va   seksiyalardan   tuzilgan   tonnel
tipida bo‘lishi mumkin.
Yirik   issiqxonalarning   optimal   balandligi   2,5   m,   eni   6-7,5   m,   uzunligi   36   m
bo‘ladi.   Finlandiyada   bir   -   biriga   bog‘langan   (2-2,5)   x7,5x44   m   kattalikdagi
alohida   zvenolardan   tuzilgan   ko‘chma   issiqxonalardan   foydalaniladi.   Bu
issiqxonalar konservalangan yog‘och va faneradan tayyorlangan.
Karkasning   alohida   olingan   zvenolari   montaj   qilgandan   keyin   ustiga   150   mm
qalinlikdagi   plyonka   tortiladi.   Issiqxonalardan   foydalanish   muddati   10   yil.
Ko‘chma   issiqxonalarning   kichikligi,   tepa   qismining   egriligi,   plyonkani
mustahkamlashda   noqulayliklar   tug‘diradi.   Pushta   olishda   urug‘larni   ekish   va
ko‘chatlarni   qazib   olishda   karkasning   yechilishi,   karkas   o‘rnatilgandan   keyin
barcha ishlar qo‘l bilan bajarilishi uning kamchiligi hisoblanadi. Bu issiqxonalarda
ekinlarni   shamollatish   ham   ba’zi   noqulayliklar   tug‘diradi.   Shuning   uchun
statsionar   issiqxonalar   samarali   hisoblanadi.   Ular   ham   turli   tuzilishda   bo‘ladi. Blokli statsionar issiqxonalar (2,2-4)x6x48 m kattalikda alohida olingan bloklardan
iborat bo‘lib, karniz balandligi
2,2 m, tepa qirrasi balandligi 4,1 m bloklar o‘rtasida to‘siqlar yo‘q. Tom uzunligi 2
m,   qalinligi   10x10   sm   va   bir-biridan   3x6   m   oraliqda   joylashadi.   Yog‘och
balkalarga   suyanadi.   Balkalar   esa   qalinligi   20x20   sm   va   70   sm   chuqurlikda
qo‘shilgan beton ustunlarga suyanadi.
Tom  va  devorlar   ma’lum  o‘lchamdagi  romlardan  iborat.  Tomda   lebedka  bilan
ochiladigan   chap   luklar   o‘rnatilgan.   Issiqxona   konusi   va   devorlariga   plyonka
qo‘shimcha   taxta   va   reykalar   bilan   mustahkamlanadi.   Bulardan   tashqari
plyonkaning pastki qismi qalinligi 15-20 sm bo‘lgan tuproq bilan ko‘miladi.
Yoysimon   issiqxonalar.   Bu   issiqxonalar   blokli   issiqxonalardan   farqli   ravishda
yoy   tuzilishida   bo‘ladi.   Plyonka   yog‘och   romsiz   tomning   karkasiga
mustahkamlanadi.   Issiqxonaning   oxirgi   devorlari   plyonka   tortilgan   yog‘och
romlardan   tayyorlanadi.   Tom   ustiga   yopiladigan   plyonkalar   bir-biriga   eritib
ulanadi. Bu issiqxonalarga ko‘proq yorug‘lik tushadi va ancha tejamli hisoblanadi.
Bulardan   tashqari   tomi   ochilib   turuvchi,   statsionar   issiqxonalar   ham   mavjud.
Karkasi   metalldan   yasalgan   tonnelsimon   issiqxona,   shisha   tolali   issiqxona,
konveyer   turidagi   vertikal   issiqxonalar,   tomi   va   devorlari   havo   bilan   qoplanib
turuvchi   issiqxonalar   mavjud.   Shularning   orasida   yoysimon   yoki   sferali
issiqxonalar keng tarqalgan. Ulardagi karkaslarning balandligi 2-4 m, uzunligi 1-4
m, balandligi 4-8 m ga teng.
500,   1000   va   1500   m 2
  maydonli   namunaviy   unifikatsiyalangan   seksiyali
polietilen   tomli   issiqxonalar   loyihasi   ishlab   chiqilgan.   Ular   isitilmaydi,   polietilen
bilan qoplanadigan statsionar, blokli turdagi issiqxonalardir. Blok eni 6 m, uzunligi
42   m,   balandligi   2,5   m   ga   teng.   Mashina,   mexanizmlar   ishlashga   mo‘ljallangan
bo‘lib mikroiqlim avtomatik tarzda boshqarib turiladi. Issiqxona bir yilda 150-160
ishchi   kuchi   ishlashiga   mo‘ljallangan.   Issiqxonalarni   yopish   uchun   quyidagi
sintetik plyonkalar turlari qo‘llanadi.
Polietilen yuqori va past  bosimli yoki  kichik va katta zichli turlarga ajratiladi.
Plyonka   egiluvchan   va   sovuqqa   bardoshlidir.   Plyonka   shisha   kabi   yorug‘lik o‘tkaza   oladi.   Ultrabinafsha   va   infraqizil   nurlarni   o‘tkazish   qobiliyati   shishadan
ham   yaxshiroq   (80%).   Issiqxonadagi   to‘plangan   issiqni   yaxshi   o‘tkazish
xususiyatiga ega. Polietilen plyonka bir-biriga qizdirib ulanadi.
PK - 4 poliamid plyonka rangsiz, boshqa plyonkalarga nisbatan chidamliroq, bir
mavsumda ishlatishga mo‘ljallangan, issiq kunlari yorilish xususiyatiga ega.
V-118   polixlorovinil   plyonka   -   yupqa   stabillashgan   hisoblanadi.   Bundan
tashqari   issiqxonalarni   qoplash   uchun   poliefirli   plyonka,   poliamid   qoplamli
plyonka,   o‘rama   shishaplastik,   plastmassali   to‘rli,   shishatola   birlashtirilgan
poliefirli   list   ishlatiladi.   Ushbu   qoplamlar-   ning   ba’zilari   3   yildan   5-7   yilgacha
xizmat   qiladi.   Stabillashgan   polietilen   plyonkaning   ishlatilishi   12-18   oy,
polivinilxlorid 36 oy qo‘llashga chidaydi. Issiqxonalarni 2 qoplam bilan qoplangan
polietilen plyonkalar 2 yilga chidaydi.
Issiqxona qurish uchun joy tanlash
Issiqxonani   qurish   uchun   joy   tekis,   gorizontal,   yengil   tarkibga   ega   bo‘lgan
tuproqli   (qumoq,   qumoqtuproqli,   yengil   tuproqli)   bo‘lishi   lozim,   chunki   biroz
notekis   bo‘lsa   tez-tez   sug‘orilganda   pastlik   joyda   suv   to‘planadi   va   ko‘chatlarni
namiqib   qolishga   olib   keladi.   Issiqxonalarda   shamolga   qarshi   moslamalar   zarur
bo‘ladi,   chunki   polietilen   plyonkalarning   shamolga   qarshi   chidamliligi   past.
Issiqxonalarni qurish oldidan tuproqning yuqori qatlami olib tashlanib, tekislanadi.
Issiqxonaga   olib   keltirilgan   tuproq   ishlatilishi   sababli   tuproq   qatlami
ag‘darilmaydi.
Issiqxonalar   maydonining   o‘lchamini   hisoblashda   ekiladigan   materiallarga
bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinadi.
Masalan:   1   ga   maydonda   6-7   mln   dona,   Qrim   qarag‘ay   ko‘chati   o‘stirish
mumkinligini   hisobga   olib   issiqxonaning   ko‘chat   chiqaradigan   maydoni
aniqlanadi. Ko‘chat chiqaradigan maydonni
1,3 koeffitsiyentga   ko‘paytirilib   issiqxonaning   umumiy   maydoni   hisoblab
chiqariladi, chunki 30% issiqxona maydoni pushtalararo maydonlar va ish yuritish
uchun   boshqa   maydonchalarni   tashkil   qiladi.   Ikki   yil   o‘stiriladigan   qarag‘ay
urug‘ko‘chati uchun ko‘chatzor maydoni ham  ikki baravar oshiriladi, birinchisida bir   yillik   ko‘chatlar,   ikkinchisida   ikki   yillik   urug‘ko‘chatlar   yetishtiriladi.
Issiqxonalarda   ish   ochiq   maydonchalarda   o‘tqaziladigan   ishlardan   ko‘ra   ertaroq
boshlanadi.   Shuning   uchun   kuzda   dastlabki   tayyorlov   ishlari   bajariladi.   Erta
bahorda   issiqxonalar   plyonka   bilan   qoplanib   substratlari   kiritiladi.   Substrat
o‘stiriladigan   navga   qarab   tanlanadi.   Masalan,   ignabarglilar   uchun   biroz   chirigan
torf eng foydali ozuqa hisoblanadi. U zichlanmaydi, ag‘darishga  talab bo‘lmaydi.
Unda  o‘tlar  urug‘lari  deyarli   yo‘q,  antiseptik  xususiyatga  ega  bo‘lib, zamburug‘li
kasalliklar   infeksiyasi   yo‘q   bo‘ladi.   Erta   bahorda   uni   ohak   fosforli,   kaliyli   ozuqa
bilan   aralashtiriladi.   Ozuqalar   qabul   qilingan   dozalar   bo‘yicha   beriladi,   keyin
substratlar   issiqxonaga   olib   kirilib   15-17   sm   qatlamda   yoyib   tashlanadi.   Substrat
yuziga   eritmada   mikroelementlar   beriladi.   Azotli   ozuqalar   ekinlar   o‘sish   davrida
beriladi.
Urug‘larni ekish sxemasi va chuqurligi
Urug‘lar   ekishdan   oldin   mikroelementlar   eritmasida   ivitiladi.   Tashqaridagi
harorat   7-8°C   darajada   bo‘lganda   urug‘   ekiladi.   Tuproq   harorati   5-6°C   bo‘lishi
lozim.   Issiqxonadagi   harorat   yuqori   bo‘lganligi   sababli   va   muntazam   sug‘orish
natijasida   urug‘lar   unib   chiqish   muddati,   oddiy   ko‘chatlarga   qaraganda   2,5-3
barobar tezlashadi.
Urug‘larni   ekib   bo‘lgandan   so‘ng   ustiga   mulcha   (qipiq   va   boshq.)   tashlanadi.
Pensilvaniya shumtoli urug‘i 3 sm, eman urug‘i 5 sm, zarang daraxti urug‘i 2,5-3
sm, oqqayin urug‘i 0,3 sm chuqurlikda ko‘miladi. Terak urug‘i zichlangan tuproq
yuzasiga tashlanadi.
Keyin tuproq yuzasi  molalanib sug‘oriladi. Issiqxonada  urug‘lar  2-3 haftada unib
chiqadi.   Shu   davrda   va   ekinlar   unib   chiqqandan   so‘ng   10   kun   mobaynida
issiqxonadagi   harorat   16-18°C   dan   oshmasligi   lozim.   Havoning   nisbiy   namligi
60% dan past bo‘lmasligi kerak. Havoning harorati va namligi shamollatish hamda
sug‘orish yordamida tartibga solinadi.
Parvarishlash.   Issiqxonalarda   ekinlarni   parvarish   qilish   muntazam   ravishda
sug‘orish,   shamollatish,   begona   o‘tlarni   yo‘q   qilish   va   tuproqni   yumshatishdan
iborat. Ekinlarga ozuqa berish vegetatsiya davrida uch marta amalga oshiriladi. Ozuqa
0,2%   go‘ng   eritmasi,   0,5%   superfosfat   eritmasi   va   oxirida   0,5%   kaliy   sulfat
eritmasidan iborat.
Zararkunandalarga   qarshi   kurash   va   kasalliklarining   oldini   olish   tadbirlariga
alohida e’tibor berish lozim.
Plyonka   bir   maromda   tushiriladi,   avgustning   o‘rtasida   yon   plyonkalar   o‘rab
qo‘yiladi,   sentabrning   birinchi   yarmida   tepasi   ochi-   ladi.   Shunday   sharoitda
o‘simliklar   kuzgi   sovuqlarga   qadar   o‘zini   tutib   olib,   cho‘qqi   kurtaklarni   hosil
qiladi.
Kovlab   olish   bahorda   o‘tkazilgani   ma’qul.   Kovlab   olgandan   so‘ng   ko‘chatlar
ildizi   issiqxona   tuprog‘idan   tayyorlangan   eritmaga   botirib   olinadi.   Issiqxonada
o‘stirilgan ko‘chatlarning kattaligi standartdan oshmasligi lozim.
Ildizi yopiq ko‘chatlar yetishtirish
Ko‘chatlar   ko‘chirib   o‘tqazilganda   ildiz   tutib   ketishi   va   turli   muddatlarda
o‘tqazish maqsadida ildizlari yopiq holdagi ko‘chatlar yetishtiriladi. Ularning ildiz
tizimiga   mo‘ljallangan   turli   xil   konteynerlar   ya’ni   organik   mineral   ozuqa
to‘ldirilgan   chiriydigan   torfli   tuvaklarda;   tuproqda   keyinchalik   chirib   ketadigan
qog‘oz, selluloza va kartondan yasalgan stakanlarda, ildizlar chiqishi uchun teshik
qoldirilgan   plastmassa   stakan,   gilza   tubiklarda   turli   kattaliklardagi   torf   solingan
idishchalarda;   havo   o‘tkazuvchi   sintetik   materialdan   tayyorlangan   idishlarda
o‘stiriladi.
Yopiq   ildizli   ko‘chat   materiallarini   olish   uchun   ko‘chatlar   kon-   teyner,
tuvakchalarda   yoki   unib   chiqqan   ko‘chatlar   ildizini   maxsus   substrat,   substratli
konteynerlarda   ekib   o‘stiriladi.   Keyinchalik   ular   1,5-2   oy   mobaynida   plyonka
ostida   yoki   3   oy   mobaynida   ochiq   tuproqda   o‘stiriladi.   O‘stirish   davrida   substrat
namligi 70-80 % ga yetadi. Shu davr mobaynida namlik 55-60% ga tushiriladi. Bu
holatda   briketlar   tashish   va   mexanizatsiyalashgan   holda   ekish   uchun   yaroqli
bo‘ladi.   Yetiltirish   -   ildizlarning   rivojlanishi   va   ko‘chat   ma’lum   kattalikka   ega
bo‘lishi uchun muhimdir. Unib chiqqan urug‘ko‘chatlar ildizlarini maxsus substratga ekib yetishtirib olish
qiyinchiliklar   tug‘dirmaydi.   Buni   «Brika»   ko‘chat   materiallari   misolida   ko‘rish
mumkin. Urug‘ko‘chat  ildiz tizimi 50x15x160 yoki 100x15x160 mm kattalikdagi
torfli   plitkalar   o‘rtasiga   qo‘yiladi.   Keyin   urug‘ko‘chatlar   joylashtirishda   briketlar
polietilen   lentalar   bilan   mustahkamlanib,   50   donadan   rulon   shaklida   o‘raladi.
Shundan keyin ularga ozuqa eritma singdirilib, o‘stirishga qo‘yiladi.
Ildizi o‘ralgan ushbu ko‘chat materiali briketdagi suv va ozuqa tufayli tashishga
qulay bo‘ladi, tuproqqa o‘tqazilganda yaxshi o‘sib rivojlanadi.
Mashina   va   uskunalar   briketlarni   tayyorlash,   urug‘ko‘chat   ildizini   qadash,
substratni   eritma   bilan   to‘ldirish,   ko‘   chatlarni   saqlash   va   tashish   ishlarini
mexanizatsiyalashtirish   va   avtomatlashtirishni   ta’minlaydi.   Mashina   va   asboblar
majmuasiga   torf   plitkalaridan   yasalgan   yarim   tayyor   materiallar,   kesish   dastgohi,
ko‘chat   ildizlarini   substratlar   orasiga   kiritishga   mo‘ljallangan   yarimavtomat,
o‘simliklar   ildizini   ekish   jarayonida   plastinkalarni   mahkamlash   uchun
qo‘llaniladigan   sintetik   plyonkaning   dastgoh   perferatori   briketlarni   ozuqa   eritma
ivitish uchun mo‘ljallangan hovuzcha; «Brika» ko‘chatlarni saqlash va yetishtirish
uchun maydon kiradi.
Qoplamali idish tizimli ekish materiali polietilen plyonka yoki material turidagi
substratning   tashqi   qobig‘isiz   ham   o‘stirilishi   mumkin.   Bu   holda   torfli   briketda
yopilgan   ildizli   ko‘chat   olinadi.   Bunday   ko‘chatlarni   yetishtirish   texnologiyasida
asosiy   operatsiyalar   substratni   tayyorlash,   briketlash   va   boshqa   mexanizmlar
yordamida bajariladi. Ish konveyer asosida olib boriladi. Masalan, briketlash
quyidagi jarayonga ega:  torf saqlanayotgan  joy dan yuzaki va pastki  torf  siklon -
qabul   qiluvchi   mexanizmga   yuboriladi,   u   yerdan   belgilangan   doza   bilan
aralashtirishga  beriladi.  Aralashtirishga  suv  va  kerakli   qo‘shilmalar   (ozuqa, ohak,
mikroelementlar   va   boshqalar)   kiritiladi.   Keyin   hosil   bo‘lgan   substrat   yig‘ish
moslamasiga   beriladi,   undan   briket   qiluvchi   yarimavtomat   bunkerlariga   tushadi.
Himoyalangan tuproqda o‘stirilgan 1 yillik yoki ochiq tuproqda o‘stirilgan 2 yillik
qarag‘ay   va   archalar   urug‘ko‘chatlari   briketla-   nadi.   Briketlashda   substratga
urug‘ko‘chat qadalib bosib qo‘yiladi. Briketlash tarmog‘ida 6 kishi  xizmat qiladi. Ular   briketlashda   yarimavtomatlashtirilgan   mashina   ishini   ta’minlaydi,
ko‘chatlarni issiqxonaga o‘stirish uchun olib boradilar.
Daraxtlarning   ko‘chatlari   polietilen   rulonlarda   ham   o‘stiriladi.   Buning   uchun
eni 35 sm li polietilen lenta ishlatiladi. Uning ustiga maydalangan torf va mineral
ozuqadan   tayyorlangan   1-3   sm   qalinlikda   substrat   qatlami   beriladi.   Substrat
qatlamiga   har   bir   15   sm   oraliqda   ikki   tomonidan   urug‘ko‘chatlari   yotqiziladi.
Ularning   ustidan   shu   qalinlikda   substrat   qoplanadi.   Shundan   keyin   lentani   o‘rab,
shpagat   bilan   bog‘laydi   va   o‘rtasidan   ikkiga   kesib   ajratiladi.   Tayyor   rulonlar
issiqxonaga bir-birining yoniga zich qilib terib chi qiladi. Rulonlar o‘rtasida hosil
bo‘lgan   havo   bo‘shliqlari   torf   va   tuproq   bilan   to‘ldiriladi.   O‘stirishning   ushbu
texnologiyasida 1 ga issiqxonada
1,2-1,4 mln gacha ko‘chat o‘stiriladi.
Bundan   tashqari   qatlanuvchi   qog‘oz   konteyner   (kasseta)lar   ishlatiladi.   Bunda
oldin garmoshkasimon yassi qatlangan qog‘oz tayyorlanib undan kasseta yasaladi.
Kasseta   romga   mustahkamlanib   quruq   substrat   bilan   to‘ldiriladi.   Keyin   har   bir
ko‘zchaga   bittadan   quruq   urug‘   ekiladi.   Tayyorlangan   bloklar   issiqxonaga   olib
kiritiladi.   Bloklarni   substratlar   bilan   to‘ldirish   va   ekinlarni   ekish   yil   davomida
amalga   oshiriladi.   Undan   keyin   ular   maxsus   xonalarda   muayyan   namlik   va
haroratda issiqxonaga olib o‘tqazguncha saqlanadi. O‘simlik plyonka ostida 8 hafta
o‘stiriladi,   keyin   ochib   tuproqqa   ko‘chirib   o‘tqaziladi.   Yopiq   ildizli   ko‘chatlarni
sovuq tushgunga qadar yil bo‘yi o‘stirish mumkin. Bu vaqtda ko‘chat tutib qoladi,
ko‘chatlarning ildiz tizimi shikastlanmaydi, mineral o‘g‘itlar bilan
boyitilgan   substratlar   ko‘chat   o‘sishini   yaxshi   ta’minlaydi.   Lekin   tuvakcha,
briketlardagi ozuqa juda ko‘p, ya’ni me’yoridan oshiqcha bo‘lsa, ko‘chatlar ochiq
maydonga   ekilganda   ildizlar   yuzaga   keladi.   Buning   sababi   ko‘chatdagi   substrat
bilan   ochiq   tuproqning   orasidagi   ozuqa   boyligining   farqlanishidadir.   Bu   esa
o‘simliklarni   moslashib   o‘sish   va   keyingi   bosqichlarga,   bardoshliligiga   ta’sir
ko‘rsatadi. Ko‘chatlar o‘stirish uchun ishlatilgan ozuqa substratining tarkibi, tuvak
va   briketlarning   tashqi   qoplamasi   ildiz   tizimining   o‘sishiga   xalaqit   bermasligi
lozim. O‘zbekistonda   yopiq   ildizli   ko‘chatlarni   o‘stirish   oz   miqdorni   tashkil   etadi.
Shulardan e’tiborga molik bo‘lgan ayrimlarining ta’riflari quyida keltirilgan.
Yopiq   ildizli   archa   ko‘chatlarini   o‘stirish   texnologiyasi   O‘zbekis-   ton   O‘XITI
tomondan ishlab chiqilib amalda joriy etilgan.
Archa   va   boshqa   ignabarglilar   ko‘chatlarini   o‘stirish   uchun   issiqxonalar
qurilmoqda. Bu maqsadda tanlangan joy tekislanadi va temir panjara bilan o‘raladi,
sug‘orish tizimi yaratiladi. Suv ariq, quvur yoki yomg‘irlatish asosida beriladi.
Issiqxonalarga   25-30   sm   qalinlikda   o‘rmon   jigarrangli   karbonatli   yoki   oddiy
tuproq (60-70%), chirindi (20-30%), torf (10%) kiritiladi. Erta bahor va kech kuz
mavsumlarida ular 1-2 oyga polietilen plyonka bilan yopiladi.
Ekish   uchun   yangi   terilgan   (sentabrda   terilgan)   va   o‘tgan   yillarda   yig‘ilgan
urug‘lar   ishlatiladi.   Qubba   mevalarga   ishlov   beriladi,   ularning   urug‘lari
quyidagicha olinadi: beton maydonchada ishqalanadi; urug‘ tozalash mashinalarida
(MIS-2)   tozalanadi;   qo‘l   bilan   tozalash   uchun   qubba   mevalar   8-9   oy   mobaynida
o‘rada qor ostida saqlanadi, undan keyin mox ostida vaqti-vaqti bilan suv sepiladi.
Tozalangan urug‘lar daryoning toza qumi bilan 2-3 qatlamda yopiladi, ustidan 3-5
sm mox bilan qoplanadi. O‘ra uzunligi 5 m gacha, eni 0,4-0,5 chuqurligi  0,3 0,5  m.
O‘ra tubida 5 sm qalinlikda drenaj uchun poxol yotqiziladi. Haftada ikki uch marta
o‘ralarga   suv   sepgich   bilan   suv   sepiladi   (30-40   l/m 3
).   Archaning   tayyor   bo‘lgan
urug‘larini   oktabrning   INI   dekadasi   yoki   noyabrning   I   dekadasida   oldindan
tayyorlangan   yerga   ekiladi.   Urug‘larni   ekish   me’yori   (43-69%   sifatli   bo‘lganda)
qora archa uchun
60-70   g,   saur-archa   15-17   g,   o‘rik-archa   130-160   g.   Unib   chiqishi   12   dan   70%
gacha bo‘ladi.
Sutkaning   o‘rtacha   havo   harorati   10°C   dan   oshganda   dastlabki   urug‘lar   unib
chiqa   boshlaydi.   Tog‘ning   etagida   mart   oyida,   tog‘   bag‘rida   aprelda,   tog‘
cho‘qqisida   mayda   o‘sib   chiqadi.   Urug‘lar   ommaviy   ravishda   unib   chiqqandan
so‘ng   ular   fuzarium   zamburug‘i   tufayli   nobud   bo‘la   boshlaydi.   Shu   vaqtda
kasallikka qarshi faol kurash olib borish lozim. Ko‘chatlar yotib qolmasligi uchun
0,5 g marganes kukunini 10 l suvda eritilib, har kuni 2-3 marotaba purkaladi. Amalda   340-400   ming   tup   archa   o‘zini   tutib   ketadi.   Yangi   texnologiyani
qo‘llash,   urug‘larni   sifatli   tayyorlash,   agrotexnik   operatsiyalarni   sifatli   o‘tqazish,
unib   chiqish   paytida   mikroiqlim   sharoitini   yaxshilash,   parniklarda   2500-3000
dona, issiqxonalarda
1,2-1,5   mln   ta   yaxshi   ko‘chatlar   yetishtirish   imkonini   beradi.   Buning   uchun
vegetatsiya davrida har 10 kun oralig‘i bilan 16-18 marotaba sug‘oriladi, tuproq 6-
8 marotaba yumshatiladi va 5-6 marotaba begona o‘tlar yulib tashlanadi.
Issiqxonada   ekin   lentalari   2-3   sm   qalinlikda   yog‘och   qipig‘i   bilan   qoplanadi,
qish vaqtida esa ko‘chatlar archazorlardan olib kelingan
2-3 sm qalinlikdagi moxlar bilan yopiladi. Urug‘lar unib chiqa boshlashi va issiq,
quyoshli kunlar kelishi bilan ular qanor bilan soyalanadi. Ushbu tadbirlar birinchi
vegetatsiya   yilining   oxirida   quyidagi   kattalikdagi   ko‘chatlar   olish   imkoniyatini
beradi. Qora-archa balandligi 6,19 sm, diametri 1,5 mm, saur-archa balandligi 3,35
sm, diametri 0,8 mm. Ularning ikki yillik ko‘chatlari esa - 12,3 sm (4,4 mm) va 8,7
sm (2,1 mm). Hatto ozuqalarning bir marta berilishi   (-50 50)   ikki yillik ko‘chatlar
bo‘yini   2,9   sm   ga   uzaytiradi.   Ozuqalarni   bir   yillik   ko‘chatlarga   berish   samarali
emas.
Shunday   qilib,   polietilen   qoplamalarni   urug‘larni   stratifikatsi yalash,   sug‘orish,
organik va mineral ozuqalarni berish kabi tadbirlarni o‘z ichiga olgan agrotexnika
bilan birga qo‘llash, nihollarning qiyg‘os unib chiqishi va o‘sib rivojlanishini 1,3-
1,8   marotaba   jadallashtiradi.   Ko‘chat   materiallarining   miqdori   esa   ochiq   joyda
yetishtirishga nisbatan 3 marotaba ortiq bo‘ladi.
Polietilen bilan qoplangan parnik va issiqxonalarda archa ko‘chatlarini o‘stirish
agrotexnikasi.
Archa urug‘ko‘chatlarining yashovchanligi  ularni ko‘chat yetishtirish muddati,
agrotexnik   ishlar   sifati,   ozuqa   eritmasi   va   substratning   tarkibiga   bog‘liq   bo‘ladi.
Ko‘chatlar   unib   chiqishi   35   dan   99%   gacha   yetadi.   Ko‘chat   yetishtirishning   eng
qulay davri bahordir.
Archa ko‘chatini yopiq ildiz tizimida o‘stirishda polietilen silliqlangan qog‘oz,
metall,   plastmassa   va   boshqa   materiallardan   yasalgan   turli   kattalikdagi konteynerlar qo‘llaniladi. Amalda archa ko‘chatlarini bir marta yoki ko‘p marotaba
ishlatiladigan 0,94-1,16 l li konteynerlardan foydalanish qo‘l keladi. Buning uchun
ikki   qatlamli   25x15   sm   o‘lchamda   plyonkani   kesib,   maxsus   uskunada   qizdirib
yelimlash   lozim   va   hosil   bo‘lgan   xaltachaning   yuqoridagi   yarmida   teshikchalar
ochiladi.
Turli   xil   konteynerlarni   to‘ldirish   maqsadida   mahalliy   o‘g‘it,   ko‘p   yillik
qo‘ylarning go‘ngi, archazor chirindisi, mahalliy tarzda ammonlashtirilgan lignin,
qum va boshqa ozuqalar ishlatiladi. Ularga mineral ozuqalar va mikroelementlarni
qo‘shish mumkin.
Substratning   ikki   qulay   varianti:   70%   tuproq,   20%   chirindi,   10%   lignin   yoki
70% tuproq, 20% torf, 10% lignin aralashmasi tavsiya etiladi.
Chirindi,   torf   va   o‘rmon   chirindilarini   qo‘yish   substratning   suv-   fizik   va
kimyoviy xususiyatlarini yaxshilaydi, ko‘chatlar o‘sishini ochiq tuproqqa nisbatan
40-80% ga oshiradi.
Ekishdan oldin konteynerlarga oldindan tayyorlangan substrat solinib,jipslanadi
va   vertikal   holatda   saqlanadi.   Xaltachalar   oralig‘idagi   bo‘shliqlar   tuproq   bilan
to‘ldiriladi.   Ko‘chatlar   o‘tqazilgandan   so‘ng   yaxshilab   sug‘oriladi   hamda
soyalanadi. Dastlabki  2-3 haftadagi  sug‘orish har  2-3 kunda o‘tqaziladi, keyin 10
kunda bir marotaba sug‘oriladi.
Yopiq   ildiz   tizimida   archa   ko‘chatini   o‘stirishdagi   ko‘p   yillik   tadqiqotlarga
asoslanib sug‘orishning quyidagi tartibi tavsiya etiladi. Ariq va yomg‘ir usulida har
10   kundagi   sug‘orishda   namlanish   50 80%   ga   boradi.   Suv   sarflanishi   350   -   400
m 3
/ga. Vegetatsiya davrida 15-18 marta sug‘oriladi. Shu davrda 5-6 marta chopiq
va   yumshatish   ishlari   bajariladi.   Yog‘och   qipiqlari   bilan   ikki   marta   ko‘chat
ekilgandan   so‘ng   va   kuzda   qoplanadi.   Dastlab   2-3   sm   qalinlikda   solinadi,   qishda
mahalliy mox bilan qoplanadi.
O‘zbekistonda   bargli   daraxtlarni   yopiq   ildiz   tizimida   o‘stirish   sinovlari   ham
o‘tkazilgan.   Qayin,   do‘lana   va   pista   ko‘chatlarini   o‘stirishda   ham   ijobiy   natijalar
olingan.   Turli   kattalikdagi   polietilen   stakanchalarda   o‘simliklarning   o‘sishi;
yoshiga   qarab   stakanchalarga   ekilgan   o‘simliklarning   unib   ketishi;   himoyalangan tuproqdan   ochiq   yerga   ko‘chatlarni   ekish   masalalari   tadqiq   etilgan.   Tadqiqotlar
natijasida   shu   narsa   ayon   bo‘ldiki,   25   sm 3
  hajmli   idish   qayin   ko‘chatlarini   2
oygacha   me’yorida   o‘sishini   ta’minlaydi.   1500   sm 3
  bo‘lganda   bu   muddat   6   oyni
tashkil   qiladi.   Himoyalangan   tuproqda   o‘stirilgan   qayinlar   ko‘chatini   3-4   oydan
so‘ng 200 m 3
 hajmli idishdan ochiq tuproqqa o‘tqazsa bo‘ladi.                            Foydalanilgan   adabiyotlar :
 
1.   Акопов И.Э.Важнейшие отечественные лекарственные растения и их  
приминение   (справочник)   Т.,   Медицина   1990. 120   б  
2.   Ahmedov   O‘.   Ergashev   A .,   Abzalov . A   Dorivor   o ‘ simliklar   va   ularni   o ‘ stirsh   tex
nologiyasi .   Ukuv   kullanma.Toshkent. 2008. 232   b  
3.   Atabaeva   X.N.   va   boshq.   O‘simlikshunoslik.   T.,   «Mehnat», 2000.  
4.   Bo‘riev X. Ch., Dusmuratova S.I. Qishloq xo‘jaligi   ekinlari       
urug‘shunosligi.   Toshkent. “Mehnat”,   2000.
5.   To‘xtaev B.Yo., Maxkamov T.X., To‘laganov A.A., Mamatkarimov A.I.,  
Mahmudov   A.V.,   Allayarov   M.O‘.   Dorivor   va   ozuqabop   o‘simliklar   plantatsiyalari
ni   tashkil etish   va   xom-ashyosini   tayyorlash   bo‘yicha   yo‘riqnoma.   –   Toshkent, 
2015.   144   b.  
6.   Атабаева Х.Н., Умарова Н.С. Лекарственные растения в ветеринарии.  
7.   Терёхин А.А. В.В. Вандышев Технология   возделывания лекарственных       
растений.   Учебное   пособие.   Москва.2008. 201стр.
8.   E.T.Berdiev,   M.X.   Xakimova,   G.B.   Maxmudova.   O‘rmon   dorivor   o‘simliklari.  
Ukuv   kullanma.   Toshkent.   UzR   FA   Minitipografiyasi, 2014.-273b.  
9.   E.T.Axmedov,   E.T.Berdiev.   Dorivor   usimliklarni yetishtirish

Ko’chatlarni yopi q sharoitda etishtirish texnologiyasi Reja: 1. Issiqxona tuzilishi va qoplamalar ta’rifi 2. Issiqxona qurish uchun joy tanlash 3. Ildizi yopiq ko‘chatlar yetishtirish

Himoyalangan tuproqda ko‘chatlarni o‘stirish o‘rmon urug‘larini yerdan 2-3 marta ko‘p unib chiqishini ta’minlaydi, urug‘ sarfini kamaytiradi, standart ko‘chat materialini o‘stirish muddatini 2 marotaba kamaytiradi, sifatini oshirib, ko‘proq daromad olishga imkon yaratadi. Himoyalangan joyda materiallarni o‘stirish uchun turli xil doimiy va ko‘chma issiqxonalardan foydalaniladi. Issiqxona tuzilishi va qoplamalar ta’rifi Kichik ko‘chma issiqxonalar. Bu issiqxonalarda nihollarni parvarishlash va sug‘orish ishlari polietilen qoplamani olib tashlangandan keyin boshlanadi. Ko‘chma polietilenli issiqxona- larning turlaridan biriga uzunligi 1,6 m, balandligi 0,7 m, seksiya uzunligi 6 m UPR-20 chodiri kiradi. Plyonka chodirning boshi va oxiriga mustahkamlanadi. Shamollatish uchun ikki yon tomoni ochib qo‘yiladi. Karkaslarini tol, yong‘oq shoxlaridan yoki diametri 5 mm bo‘lgan simdan yasaladi. Kichik ko‘chma issiqxonalarning shakli yoysimon yoki uchburchakli bo‘lishi mumkin. Yirik ko‘chma issiqxonalarni ham bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish mumkin. Lekin, nihollarni parvarish qilish va sug‘orish plyonka qoplamalarini olmasdan qilinadi. Issiqxonalar alohida zveno va seksiyalardan tuzilgan tonnel tipida bo‘lishi mumkin. Yirik issiqxonalarning optimal balandligi 2,5 m, eni 6-7,5 m, uzunligi 36 m bo‘ladi. Finlandiyada bir - biriga bog‘langan (2-2,5) x7,5x44 m kattalikdagi alohida zvenolardan tuzilgan ko‘chma issiqxonalardan foydalaniladi. Bu issiqxonalar konservalangan yog‘och va faneradan tayyorlangan. Karkasning alohida olingan zvenolari montaj qilgandan keyin ustiga 150 mm qalinlikdagi plyonka tortiladi. Issiqxonalardan foydalanish muddati 10 yil. Ko‘chma issiqxonalarning kichikligi, tepa qismining egriligi, plyonkani mustahkamlashda noqulayliklar tug‘diradi. Pushta olishda urug‘larni ekish va ko‘chatlarni qazib olishda karkasning yechilishi, karkas o‘rnatilgandan keyin barcha ishlar qo‘l bilan bajarilishi uning kamchiligi hisoblanadi. Bu issiqxonalarda ekinlarni shamollatish ham ba’zi noqulayliklar tug‘diradi. Shuning uchun statsionar issiqxonalar samarali hisoblanadi. Ular ham turli tuzilishda bo‘ladi.

Blokli statsionar issiqxonalar (2,2-4)x6x48 m kattalikda alohida olingan bloklardan iborat bo‘lib, karniz balandligi 2,2 m, tepa qirrasi balandligi 4,1 m bloklar o‘rtasida to‘siqlar yo‘q. Tom uzunligi 2 m, qalinligi 10x10 sm va bir-biridan 3x6 m oraliqda joylashadi. Yog‘och balkalarga suyanadi. Balkalar esa qalinligi 20x20 sm va 70 sm chuqurlikda qo‘shilgan beton ustunlarga suyanadi. Tom va devorlar ma’lum o‘lchamdagi romlardan iborat. Tomda lebedka bilan ochiladigan chap luklar o‘rnatilgan. Issiqxona konusi va devorlariga plyonka qo‘shimcha taxta va reykalar bilan mustahkamlanadi. Bulardan tashqari plyonkaning pastki qismi qalinligi 15-20 sm bo‘lgan tuproq bilan ko‘miladi. Yoysimon issiqxonalar. Bu issiqxonalar blokli issiqxonalardan farqli ravishda yoy tuzilishida bo‘ladi. Plyonka yog‘och romsiz tomning karkasiga mustahkamlanadi. Issiqxonaning oxirgi devorlari plyonka tortilgan yog‘och romlardan tayyorlanadi. Tom ustiga yopiladigan plyonkalar bir-biriga eritib ulanadi. Bu issiqxonalarga ko‘proq yorug‘lik tushadi va ancha tejamli hisoblanadi. Bulardan tashqari tomi ochilib turuvchi, statsionar issiqxonalar ham mavjud. Karkasi metalldan yasalgan tonnelsimon issiqxona, shisha tolali issiqxona, konveyer turidagi vertikal issiqxonalar, tomi va devorlari havo bilan qoplanib turuvchi issiqxonalar mavjud. Shularning orasida yoysimon yoki sferali issiqxonalar keng tarqalgan. Ulardagi karkaslarning balandligi 2-4 m, uzunligi 1-4 m, balandligi 4-8 m ga teng. 500, 1000 va 1500 m 2 maydonli namunaviy unifikatsiyalangan seksiyali polietilen tomli issiqxonalar loyihasi ishlab chiqilgan. Ular isitilmaydi, polietilen bilan qoplanadigan statsionar, blokli turdagi issiqxonalardir. Blok eni 6 m, uzunligi 42 m, balandligi 2,5 m ga teng. Mashina, mexanizmlar ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib mikroiqlim avtomatik tarzda boshqarib turiladi. Issiqxona bir yilda 150-160 ishchi kuchi ishlashiga mo‘ljallangan. Issiqxonalarni yopish uchun quyidagi sintetik plyonkalar turlari qo‘llanadi. Polietilen yuqori va past bosimli yoki kichik va katta zichli turlarga ajratiladi. Plyonka egiluvchan va sovuqqa bardoshlidir. Plyonka shisha kabi yorug‘lik

o‘tkaza oladi. Ultrabinafsha va infraqizil nurlarni o‘tkazish qobiliyati shishadan ham yaxshiroq (80%). Issiqxonadagi to‘plangan issiqni yaxshi o‘tkazish xususiyatiga ega. Polietilen plyonka bir-biriga qizdirib ulanadi. PK - 4 poliamid plyonka rangsiz, boshqa plyonkalarga nisbatan chidamliroq, bir mavsumda ishlatishga mo‘ljallangan, issiq kunlari yorilish xususiyatiga ega. V-118 polixlorovinil plyonka - yupqa stabillashgan hisoblanadi. Bundan tashqari issiqxonalarni qoplash uchun poliefirli plyonka, poliamid qoplamli plyonka, o‘rama shishaplastik, plastmassali to‘rli, shishatola birlashtirilgan poliefirli list ishlatiladi. Ushbu qoplamlar- ning ba’zilari 3 yildan 5-7 yilgacha xizmat qiladi. Stabillashgan polietilen plyonkaning ishlatilishi 12-18 oy, polivinilxlorid 36 oy qo‘llashga chidaydi. Issiqxonalarni 2 qoplam bilan qoplangan polietilen plyonkalar 2 yilga chidaydi. Issiqxona qurish uchun joy tanlash Issiqxonani qurish uchun joy tekis, gorizontal, yengil tarkibga ega bo‘lgan tuproqli (qumoq, qumoqtuproqli, yengil tuproqli) bo‘lishi lozim, chunki biroz notekis bo‘lsa tez-tez sug‘orilganda pastlik joyda suv to‘planadi va ko‘chatlarni namiqib qolishga olib keladi. Issiqxonalarda shamolga qarshi moslamalar zarur bo‘ladi, chunki polietilen plyonkalarning shamolga qarshi chidamliligi past. Issiqxonalarni qurish oldidan tuproqning yuqori qatlami olib tashlanib, tekislanadi. Issiqxonaga olib keltirilgan tuproq ishlatilishi sababli tuproq qatlami ag‘darilmaydi. Issiqxonalar maydonining o‘lchamini hisoblashda ekiladigan materiallarga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinadi. Masalan: 1 ga maydonda 6-7 mln dona, Qrim qarag‘ay ko‘chati o‘stirish mumkinligini hisobga olib issiqxonaning ko‘chat chiqaradigan maydoni aniqlanadi. Ko‘chat chiqaradigan maydonni 1,3 koeffitsiyentga ko‘paytirilib issiqxonaning umumiy maydoni hisoblab chiqariladi, chunki 30% issiqxona maydoni pushtalararo maydonlar va ish yuritish uchun boshqa maydonchalarni tashkil qiladi. Ikki yil o‘stiriladigan qarag‘ay urug‘ko‘chati uchun ko‘chatzor maydoni ham ikki baravar oshiriladi, birinchisida

bir yillik ko‘chatlar, ikkinchisida ikki yillik urug‘ko‘chatlar yetishtiriladi. Issiqxonalarda ish ochiq maydonchalarda o‘tqaziladigan ishlardan ko‘ra ertaroq boshlanadi. Shuning uchun kuzda dastlabki tayyorlov ishlari bajariladi. Erta bahorda issiqxonalar plyonka bilan qoplanib substratlari kiritiladi. Substrat o‘stiriladigan navga qarab tanlanadi. Masalan, ignabarglilar uchun biroz chirigan torf eng foydali ozuqa hisoblanadi. U zichlanmaydi, ag‘darishga talab bo‘lmaydi. Unda o‘tlar urug‘lari deyarli yo‘q, antiseptik xususiyatga ega bo‘lib, zamburug‘li kasalliklar infeksiyasi yo‘q bo‘ladi. Erta bahorda uni ohak fosforli, kaliyli ozuqa bilan aralashtiriladi. Ozuqalar qabul qilingan dozalar bo‘yicha beriladi, keyin substratlar issiqxonaga olib kirilib 15-17 sm qatlamda yoyib tashlanadi. Substrat yuziga eritmada mikroelementlar beriladi. Azotli ozuqalar ekinlar o‘sish davrida beriladi. Urug‘larni ekish sxemasi va chuqurligi Urug‘lar ekishdan oldin mikroelementlar eritmasida ivitiladi. Tashqaridagi harorat 7-8°C darajada bo‘lganda urug‘ ekiladi. Tuproq harorati 5-6°C bo‘lishi lozim. Issiqxonadagi harorat yuqori bo‘lganligi sababli va muntazam sug‘orish natijasida urug‘lar unib chiqish muddati, oddiy ko‘chatlarga qaraganda 2,5-3 barobar tezlashadi. Urug‘larni ekib bo‘lgandan so‘ng ustiga mulcha (qipiq va boshq.) tashlanadi. Pensilvaniya shumtoli urug‘i 3 sm, eman urug‘i 5 sm, zarang daraxti urug‘i 2,5-3 sm, oqqayin urug‘i 0,3 sm chuqurlikda ko‘miladi. Terak urug‘i zichlangan tuproq yuzasiga tashlanadi. Keyin tuproq yuzasi molalanib sug‘oriladi. Issiqxonada urug‘lar 2-3 haftada unib chiqadi. Shu davrda va ekinlar unib chiqqandan so‘ng 10 kun mobaynida issiqxonadagi harorat 16-18°C dan oshmasligi lozim. Havoning nisbiy namligi 60% dan past bo‘lmasligi kerak. Havoning harorati va namligi shamollatish hamda sug‘orish yordamida tartibga solinadi. Parvarishlash. Issiqxonalarda ekinlarni parvarish qilish muntazam ravishda sug‘orish, shamollatish, begona o‘tlarni yo‘q qilish va tuproqni yumshatishdan iborat.