LALMIKOR YYERLARDA SHUDGOR VA UNING TURLARI
LALMIKOR YYERLARDA SHUDGOR VA UNING TURLARI 1. Lalmi yerlarining yalpi maydoni. 2. Tuproq tiplari. 3. Lalmikor yerlarning iqlimi 4. Lalmi yyerlarda tuproqqa ishlov byerish. 5. Lalmi yyerlarda shudgorni turlari .
1. Lalmi yerlarining yalpi maydoni. Lalmikor yyerlarda dehqonchilik yuritish sug‘orish o‘tkazmasdan yog‘in suvlari hisobiga qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanish hisoblanadi. Yog‘ingarchilik miqdoriga ko‘ra lalmikor dehqonchilikning o‘zi uchta turga bo‘linadi: 1. Qurg‘oqchil qishloq xo‘jaligi, 2. Qurg‘oqchil xo‘jalik yuritish va 3. Lalmikor dehqonchilik. Yillik yog‘in miqdori 750 mm bo‘lgan tumanlarda quruq qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanilib, bu yerda asosan donli ekinlar etishtiriladi. Bunday yerlarda quruq (yog‘insiz) davrning nisbatan cho‘zilishi evaziga hosilsiz yillar ko‘p kuzatiladi. Ushbu mintaqada yog‘inli davr 75 kundan kamni tashkil etadi. Dehqonchilikda ekinlardan etarli darajada hosil olish uchun asosiy e’tibor tuproqda tabiiy nam zaxirasini saqlab qolishga va tuproq namligiga mutanosib ravishda minyeral o‘g‘itlardan va suv resurslaridan cheklangan holda foydalanishga qaratiladi. Yillik yog‘in miqdori 750 mm dan ortiq bo‘lgan mintaqalarda qurg‘oqchil xo‘jalik bilan shug‘ullaniladi, ya’ni g‘alla ekinlari etishtiriladi. Bunday tumanlarda qurg‘oqchil davrning davomiyligiga qaramasdan hosilsiz yillar nisbatan juda kam kuzatiladi. Bunday yarim quruq davrli mintaqada o‘suv davri 75 dan 120 kungacha bo‘lib, amaliyotda ekish davriga tuproqda etarlicha nam to‘plash masalasiga e’tibor qaratiladi. Alohida diqqat-e’tibor tuproq va unda etarlicha suv zaxirasini saqlash, ekinlardan barqaror hosil olish va tuproq namligiga ko‘ra minyeral o‘g‘itlardan cheklangan holda foydalanishga yo‘naltiriladi. 1.36- jadval. Quruq va lalmi dehqonchilik tumanlarining tabiiy sharoitlari Ko‘rsatkichlar Qurg‘oqchil dehqonchilik Lalmi dehqonchilik
Y o g‘in miqdori (mm) <800 >800 O‘simliklarning suv bilan ta’minlanganlik holati Ye tishmaydi Etarli O‘cuv davri (kun) <200 >200 Iqlim mintaqasi Quruq va yarim quruq, shuningdek tog‘li gumid va subgumid Dehqonchilik tizimi Monokulьtura yoki qatorlab To‘siqlar SHamol va suv yeroziyasi Suv yeroziyasi Lalmi qishloq xo‘jaligi yillik yog‘in miqdori 1150 mm va undan ortiq bo‘lgan mintaqalarda yuritiladi. Bunday yerlarda ekinlar suv tanqisligi stressiga uchramaydi. O‘suv davri 120 kun. Bu yyerda asosiy e’tibor ortiqcha suvlarni yo‘qotish, maksimal hosil olish, to‘liq ko‘chatlar olish va tuproqning suv yeroziyasiga qarshi kurashga qaratiladi. YUNESKO klassifikatsiyasi bo‘yicha Osiyo va tinch okeani qishloq xo‘jalik yyerlari asosan quyidagi ikki kategoriyaga bo‘linadi: quruqlik va lalmi qishloq xo‘jaligi. Ushbu qishloq xo‘jaligi turlarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi 1.36–jadvalda keltirilgan. “Arid” va “Semirid” dehqonchilik quruq qishloq xo‘jaligidan tabaqalashtirlgan holda farqlanadi. Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullaniladigan barcha tumanlar faqat quruq va qurg‘oqchil mintaqalarda tarqalgan. Ammo, ba’zi tumanlar qurg‘oqchil qishloq xo‘jalik mintaqalaridan tashqarida tarqalgan. Quruq va qurg‘oqchil tumanlarda tegishli irrigatsiya tizimlarini qo‘llash sharoitida sug‘oriladigan dehqonchilik amaliyoti qo‘llanilmoqda.
SHu o‘rinda qurg‘oqchil, yarim qurg‘oqchil va tropik-semirid so‘zlarini to‘g‘ri tushunmoq lozim. Arid yoki semirid nam rejimlari mintaqaning tropik yoki o‘rtacha harorat rejimlariga to‘g‘ri keladi. 1 O‘zbekistondagi lalmikor dexqonchilik, Markaziy Osiyoning boshqa respublikalaridagiga nisbatan, salmog‘i jihatdan birinchi o‘rinda turadi. Buni ravshanroq kilib ko‘rsatish uchun Genusov va boshqa avtorlarning ma’lumotlarini keltiramiz. Lalmikor dehqonchilik tumanlaridagi yyerlarning umumiy maydoni 6222,5 ming gektarni yoki O‘zbekistondagi xamma yyerlarning 17,7% ni tashkil etadi. Qizilqum va Farg‘ona viloyatlaridagi lalmi yyerlar nam etishmasligi sababli deyarli foydalanilmaydi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham suv tanqisligi sababli lalmi yyerlarning ancha qismi qishloq, xo‘jalik tizimiga kirmay yotibdi. Qizilqum va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kam bo‘lishi sababli bu mintaqadagi yerlardandan foydalanilmaydi yoki kam foydalaniladi. SHundan respublika bo‘yicha lalmi ekinlari bilan band bo‘lgan yer maydoni - 743,0 ming gektarni tashkil qiladi. Lalmi ekin yyer maydonlarining kichik bo‘lishiga qaramasdan ba’zi xo‘jaliklarda ularni ishlab chiqarish quvvati kattadir. Lalmi yyerlarida qishloq xo‘jalik ekin turlarini yetishtirish tuproq qatlamida yog‘ingarchilik davrida yig‘ilgan namlik hisobiga bo‘lganligi sababli respublikada lalmi ekinlar o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik 200 mmdan yuqori bo‘lgan hududlarda joylashgan. Gumus (chirindi), azot va fosfor mikdori och tusli bo‘z tuproqlardan oddiy bo‘z tuproqlarga o‘tgan sari orta boradi va to‘q, tusli bo‘z tuproklarda eng ko‘p bo‘ladi. Lalmi dehqonchilik asosan mana shu yyerlarda qilinadi. Har qaysi mintaqa iqlim sharoitlari va yon bag‘irlarni ishlatish sharoitlari jihatidan o‘ziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi. SHu sababli lalmi yyerlarni ayrim mintaqalarga bo‘lishda ularning vyertikal mintaqalligi, iqlim sharoitlari, ulardagi o‘simlik va tuproq turlari nazarda tutiladi. 1 Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 239- 245 бетлар .
Dehqonchilik amaliyotida lalmi yyerlar yog‘ingarchilik bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab 4 gr. ga bo‘linadi. Suv bilan ta’minlanmagan -tekislik mintaqa, Suv bilan qisman ta’minlangan -yalang- tepalik mintaqasi, Suv bilan ta’minlangan tog‘ etagi mintaqasi, Suv bilan yaxshi ta’minlangan tog‘ va baland tog‘ mintaqasi 1. Tuproq tiplari. Markaziy Osiyo tuproqlarini, ularning paydo b o ’lishiga q arab, taqir tip cho‘lli tekisliklar hamda tog‘ y etaklari va tog‘ ostidagi nishab tekisliklardan iborat ikki guruhga bo‘linadi. Bo‘z tuproq tipidagi y yerlarni, tuproq hosil qiluvchi jinslarning yoshiga qarab, vyertikal (tik) poyas jihatidan quyidagi beshta asosiy guruhga ajratish mumkin: sizot suvlar chuqur joylashgan buz tuproqli yyerlar; sizot suvlar 2-4 metr chuqurlikda joylashgan o‘tloq-bo‘z tuproqli yyerlar; sizot suvlar 1-2 metr chuqurlikda joylashgan o‘tloq tuproqli yyerlar; sizot suvlar 0,5-1 metr chuqurlikda joylashgan o‘tloq-botqoq tuproqli yyerlar; sizot suvlar 0-0,5 metr chuqurlikda joylashgan botqoq tuproqli yyerlar. Bo‘z tuproqli yerlar, balandlik darajasiga qarab, kimyoviy tarkibi va fizik xossasi jihatidan to‘q tusli, oddiy va och tusli tuproqlarga bo‘linadi. Tuq tusli va oddiy bo‘z tuproqlar ancha unumdor hisoblanadi; ularning tarkibida gumus va azot ko‘proq bo‘ladi; shu bilan birga lalmi dehqonchilik mintaqasidagi tuproqlarning asosiy tipi hisoblanadi. Och tusli bo‘z tuproqlar u yoki bu darajada zararli tuzlar bilan sho‘langani holda, to‘q tusli va oddiy bo‘z tuproqlarda suvda yeriydigan zararli tuzlar hamda gips bo‘lmaydi.