logo

MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLAShNING AXBOROTTA’MINOTI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

316.115234375 KB
MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLAShNING
AXBOROTTA’MINOTI
REJA:
1.   O‘zbekiston   Respublikasi   davlat   boshqaruvida   raqamli   iqtisodiyot,
elektron hukumat hamda axborot tizimlari 
2. Ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarning shakllanishi va ularning turlari
3. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot ob’ekti sifatida
4.   Makroiqtisodiy   tahlil   va   prognozlashtirishda   axborot   texnologiyalardan
foydalanish yo‘nalishlari. 1. O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvida raqamli iqtisodiyot,
elektron hukumat hamda axborot tizimlari
Mamlakatimizda   ma’muriy   tartibotlardan   o‘tishni   soddalashtirish,   aholi
turmushi   sifatini   oshirish,   investitsiya   va   ishbilarmonlik   muhitini   yaxshilashga
qaratilgan elektron hukumatni, shu jumladan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini
modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida izchil choralar ko‘rilmoqda.
Shu   bilan   birga,   raqamlashtirishni   ta’minlashga   va   raqamli   iqtisodiyotga
o‘tishga   to‘sqinlik   qilayotgan   qator   hal   qilinmagan   muammo   va   kamchiliklar
saqlanib qolinmoqda. 
Xususan,   davlat   axborot   tizimlarini   rivojlantirishning   yagona   prinsiplari
ishlab   chiqilmagan,   ushbu   sohadagi   tadbirlar   esa   o‘zaro   va   boshqa   axborot
tizimlari bilan uzviy bog‘lanmagan holda amalga oshirilmoqda.
«Elektron   hukumat»   tizimi   infratuzilmasi   lozim   darajada   rivojlanmayapti,
bu   davlat   xizmatlarini   ko‘rsatishda   va   idoralararo   elektron   hamkorlik   qilishda
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llashga o‘z ta’sirini
ko‘rsatmoqda 1
.
«Elektron   hukumat»   tizimini   joriy   etishda   ta’sirchan   muvofiqlashtiruv   va
yagona   texnologik   yondashuvning   mavjud   emasligi   resurslarning   nooqilona
foydalanilishiga   olib   kelmoqda   hamda   tadbirlarning   samaradorligini
pasaytirmoqda.
Raqamli   iqtisodiyotni   rivojlantirish,   «Elektron   hukumat»   tizimining   joriy
etilishini ta’minlash, aholi, biznes va davlat o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlikni
yo‘lga   qo‘yish   uchun   qo‘shimcha   shart-sharoit   yaratish   maqsadida,   shuningdek,
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha  Harakatlar strategiyasiga  muvofiq:
1.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «O‘zbekiston   Respublikasida
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 3 iyuldagi
PQ-3832-son   qaroriga   muvofiq   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi
Loyiha   boshqaruvi   milliy   agentligi   (keyingi   o‘rinlarda   —   Agentlik)   raqamli
iqtisodiyotni   joriy   etish   va   rivojlantirish   sohasida   vakolatli   organ   etib
belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi 2
. 
2. «Elektron hukumat» tizimini joriy etish raqamli iqtisodiyotning ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi;
Agentlik elektron hukumat sohasidagi hamda davlat boshqaruvida axborot
tizimlarini   joriy   etishda   vakolatli   organ   hisoblanadi,   ushbu   sohada   yagona   davlat
siyosatini   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirish   hamda   davlat   organlari   va
tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’uldir;
Agentlikning elektron hukumat sohasida, shuningdek, davlat boshqaruvida
axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari
ijrosini   ta’minlash   respublikaning   barcha   vazirliklari,   idoralari   va   tashkilotlari
uchun majburiy hisoblanadi;
1
www.stat.uz
2
www.lex.uz davlat   boshqaruvida   axborot   tizimlari,   resurslari   va   boshqa   dasturiy
mahsulotlarini   yaratish   va   joriy   etish   bo‘yicha   loyihalar,   shuningdek,   bunday
loyihalarni   amalga   oshirishni   nazarda   tutadigan   normativ-huquqiy   hujjatlar
loyihalari Agentlikda ekspertizadan o‘tkazilishi shart;
Agentlik   raqamli   iqtisodiyotni   joriy   etish   bo‘yicha   vazifalarni   amalga
oshirish   doirasida   xalqaro   moliyaviy   institutlar   va   xorijiy   hukumat   moliyaviy
tashkilotlar bilan bevosita o‘zaro hamkorlik qilish huquqiga ega.
3.   O‘zbekiston   Respublikasi   Axborot   texnologiyalari   va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda: 
hozirgi   kunda   «Elektron  hukumat»   tizimi   doirasida   amalga  oshirilayotgan
idoralararo   va   idoraviy   axborot   tizimlari,   ma’lumotlar   bazalari,   dasturiy
mahsulotlarni   yaratish   va   joriy   etish   loyihalarining   hamda   axborot-
kommunikatsiya   sohasidagi   boshqa   loyihalarning   amalga   oshirilishi   va
moliyalashtirilishini to‘xtatib qo‘y d i;
bir oy muddatda loyihalar to‘liq xatlovdan o‘tkazi l a di  va yakuniy natijalari
bo‘yicha Agentlikka axborot kiriti l a di .
4. Agentlik:
a)   amalga   oshirilayotgan   loyihalarning   tanqidiy   ko‘rib   chiqilishini   hamda
maqsadga   muvofiq,   dolzarb,   respublikada   raqamli   iqtisodiyotni   rivojlantirish
maqsad   va   vazifalariga   mos   keladigan   loyihalarning   davom   ettirilishini
ta’minla y di;
b) quyidagilarni   nazarda   tutadigan   «Elektron   hukumat»   tizimini
rivojlantirish   konsepsiyasi   loyihasining   ishlab   chiqilishi   va   O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta’minla yd i:
elektron   hukumatning   davlat,   aholi   va   biznesning   samarali   o‘zaro
hamkorligini,   shuningdek,   jahonning   raqamli   makoniga   integratsiyalashuvini
ta’minlash   bo‘yicha   yagona   milliy   tizim   sifatidagi   maqsadli   ahamiyatini
belgilash ni ;
«Elektron hukumat» tizimining tarkibi va tuzilmasini, uni yaratish shartlari
va   arxitekturasining   konseptual   asoslarini,   jumladan   tashkiliy,   funksional,   texnik
tuzilmasini, shuningdek, asosiy raqamli aktivlar ro‘yxatini aniq belgilash ni ;
elektron   hukumatni   yaratishning   asosiy   prinsiplari   va   funksional
vazifalarini,   elektron   hukumat   imkoniyatlaridan   foydalangan   holda   raqamli
transformatsiyaga erishishning aniq ko‘rsatkich va indikatorlarini belgilash ni ;
elektron   hukumatni   yaratishning   huquqiy   va   tashkiliy-texnik   choralarini,
jumladan   raqamli   transformatsiya   jarayonlarini   tadqiq   etish   metodologiyasiga,
ularning   o‘zaro   muvofiqligiga,   axborot   sohasida   birgalikdagi   hamkorlik,
ma’lumotlar almashish protokollari va formatining o‘zaro mosligiga doir talablarni
belgilash ni ;
shaxsiy   ma’lumotlarni   himoya   qilish   bo‘yicha   talablarni   hisobga   olgan
holda   axborotni   yig‘ish,   qayta   ishlash,   to‘plash,   saqlash   va   uzatishda   axborot
xavfsizligini ta’minlash ni ;
«Elektron   hukumat»   tizimini   yaratish   va   joriy   etish   bo‘yicha   loyihani
amalga oshirish mexanizmlari va bosqichlarini nazarda tutish ni ; «Elektron   hukumat»   tizimini   joriy   etishda   uning   samaradorligi   va
shaffofligini oshirishni ta’minlaydigan, jumladan loyihalar bo‘yicha yagona milliy
distribyutorni  tashkil  etish orqali yaxlit  jarayonni  (ishlab chiqish, loyihalashtirish,
kelishish,   loyihalar   bo‘yicha   tovarlar,   ishlar,   xizmatlar   xarid   qilish,   shuningdek,
ularni foydalanishga topshirishning yagona tizimini) barpo etish ni ; 
Agentlik   negizida   boshlang‘ich   loyiha   sifatida   elektron   raqamli   imzo
infratuzilmasining namunaviy elementini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ni
nazarda tutadi 3
.
5.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «Raqamli   iqtisodiyotni
rivojlantirish   maqsadida   raqamli   infratuzilmani   yanada   modernizatsiya   qilish
chora-tadbirlari   to‘g‘risida»   2018   yil   21   noyabrdagi   PQ-4022-son   qaroriga
muvofiq   Agentlik   tomonidan   «Raqamli   ishonch»   raqamli   iqtisodiyotni
rivojlantirishni   qo‘llab-quvvatlash   jamg‘armasi   bilan   birgalikda   barcha   davlat
xizmatlari   faqatgina   operatorning   ma’lumotlarni   qayta   ishlash   markazlari   orqali
ko‘rsatilishini   ta’minlashni   nazarda   tutadigan   2019   —   2021   yillarda   «Universal
Mobile Systems» MChJni rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda 4
. 
Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda ma’lumotlarga ishlov berish
markazlariga   bo‘lgan   ehtiyoj   va   ularning   joylashuvi   to‘g‘risida   O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kirit ad i.
6.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «Innovatsion   loyihalarni
amalga   oshirish   va   idoraviy   axborot   tizimlarini   jadal   integratsiyalashuvining
tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 18 apreldagi PQ-3673-son   qaroriga
muvofiq   Agentlik   tomonidan   aloqaning,   shu   jumladan,   xorijda   bo‘lish   vaqtida,
maxfiyligi,   tezkorligi,   xavfsizligi   va   telekommunikatsiya   xizmatlariga
sarflanadigan   byudjet   mablag‘larining   tejalishini   ta’minlaydigan   hukumat   mobil
aloqasi   tizimini   i shga   tushirish,   sinash   va   undan   tajriba   tariqasida   foydalanish
ishlari bajarildi 5
. 
U shbu   tizim   davlat   organlari,   tashkilotlari,   mahalliy   davlat   hokimiyati
organlari,   O‘zbekiston   Respublikasining   xorijdagi   diplomatik   vakolatxonalari
xodimlari   uchun   o‘z   xizmat   vazifalarini   bajarishda   foydalanilishi   majburiy
hisoblanadi. 
7. Agentlik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi   va   Tashqi   ishlar   vazirligi   bilan   birgalikda   ikki   oy   muddatda   davlat
organlari,   tashkilotlari,   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari,   O‘zbekiston
Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining o‘z xizmat vazifalarini
bajarishda   tizimdan   foydalanishi   majburiy   bo‘lgan   xodimlari   ro‘yxatini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kirit ad i.
8.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «O‘zbekiston   Respublikasida
loyiha   boshqaruvi   tizimini   joriy   etish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»   2017   yil   24
iyuldagi   PF-5120-son   Farmoniga   muvofiq   yaratiladigan   Loyiha   boshqaruvining
yagona milliy axborot tizimi Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha
3
www.lex.uz
4
www.lex.uz
5
www.lex.uz ushbu   tizimning   barcha   ishtirokchilari   tomonidan   foydalanilishi   majburiy
hisoblanadi 6
. 
Ro‘yxatga   kiritilgan   vazirlik   va   idoralar   huquq   egalarining   tegishli
litsenziyalarisiz   dasturiy   mahsulotlardan   foydalanishga   yo‘l   qo‘ymasdan,
ma’lumotlarning belgilangan protokol bo‘yicha platforma formatida taqdim etilishi
va tizimga kiritilishini ta’minla yd i.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
  O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   byudjetining   aloqa   bilan   ta’minlashga
2018   yilgi   va   2019   yilga   mo‘ljallangan   xarajatlari   to‘g‘risida   vazirlik   va   idoralar
kesimidagi axborotni agentlikka taqdim et ad i; 
ushbu   Farmondan   kelib   chiqqan   holda   O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat
byudjetining   xalqaro   aloqa   uchun   2019   yilga   mo‘ljallangan   xarajatlarining   qayta
ko‘rib chiqilishini ta’minla y di;
har   yili   O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   byudjeti   parametrlarida   ushbu
Farmonni   amalga   oshirish   doirasidagi   tadbirlarni   moliyalashtirishga   mablag‘
ajratilishini nazarda tut moqda .
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Agentlik bilan birgalikda:
bir   hafta   muddatda   —   «Elektron   hukumat»   tizimidan   foydalanish
maqsadida   foydalanuvchilarning   majburiy   tartibda   identifikatsiya   qilinishini
nazarda   tutgan   holda   Internet   tarmog‘idan   simsiz   foydalanish   bo‘yicha   ommaviy
nuqtalar to‘g‘risidagi nizom loyihasini;
bir oy muddatda — ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda Axborot
texnologiyalari   va   kommunikatsiyalarini   rivojlantirish   vazirligining   elektron
hukumat   sohasidagi   vakolatlarini,   shuningdek,   uning   tuzilmasini   qayta   ko‘rib
chiqish   bo‘yicha   takliflarni   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasiga
kirit a di.
11.  O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   bojxona  qo‘mitasi   ikki   oy   muddatda
«Elektron   hukumat»   tizimini   joriy   etish   doirasida   tovarlar   kiritish   uchun   alohida
bojxona ombori tashkil etilishini ta’minla y di. 
12.   Agentlik   Adliya   vazirligi   va   boshqa   manfaatdor   idoralar   bilan
birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan
o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar   to‘g‘risida   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kirit a di.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarning shakllanishi va ularning turlari
Makroiqtisodiy   tahlilning   asosiy   sohasi   –   mamlakatda   ishlab   chiqarishning
umumiy   hajmi,   inflyatsiya   sur’atlari,   ishsizlik   darajasi,   to‘lov   balansi   saldosi,
ayirboshlash kursi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. 
Makroiqtisodiy   tahlilning   maqsadi   –   umumiy   ko‘rsatkichlar
ma’lumotlarining   o‘zgarishini   izohlash   va   davlat   organlariga   hamda   jamoat
6
www.lex.uz tashkilotlariga iqtisodiy vazifalarni hal etishda va iqtisodiy vaziyatdagi kutilmagan
o‘zgarishlarga munosabat bildirishda yo‘l ko‘rsatishdan iborat. 
Quyida   eng   muhim   makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlarni   va   ular   o‘rtasidagi
o‘zaro   bog‘liqlikning   asosiy   turlarini,   shuningdek,   bozor   va   o‘tish   iqtisodiyotiga
ega   bo‘lgan   mamlakatlarda   inflyatsiya,   bandlik,   ishsizlik,   real   ish   haqi   darajasini
o‘lchash   va   tahlil   qilish   usullarini   ko‘rib   chiqamiz.   Ushbular   esa   ayni   paytda
axborot ob’ektlari hisoblanadi 7
. 
Milliy   iqtisodiyot   o‘zaro   bog‘liq   sektorlar   va   tarmoqlarning   murakkab
yig‘indisini   o‘zida   namoyon   etadi.   Uning   eng   muhim   tavsiflari   -   tovarlar   va
xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmi, inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish
sur’atlari,   bandlik,   ishsizlik   va   daromad   darajalari.   Ushbu   makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar, ularning o‘zgarishi haqidagi axborot milliy hisob varaqlar tizimida
to‘liq   aks   ettirilgan.   Makroko‘rsatgichlar   tahlil   va   prognozlash   uchun   asosiy
axborot ob’ekti hisoblanadi.
Makroiqtisodiy   tahlil   jarayonida   turli   xil   axborotlar   hamda   ma’lumotlardan
foydalanish   zarur   bo‘ladi.   Ularning   to‘g‘ri,   aniq,   ishonchli   bo‘lishi   hamda   o‘z
vaqtida olinishi tahlil natijalarining samaradorligini oshiradi. 
Ichki   va   tashqi   foydalanuvchilar   uchun   muayyan   shakl   va   mazmunga   ega
iqtisodiy   hodisa,   voqea   va   xo‘jalik   jarayonlarini   qayd   etish   yoki   qayta   hisoblab
tegishli manbalarda darak yoki ko‘rsatkich ko‘rinishida aks ettirish makroiqtisodiy
tahlil uchun ma’lumotlar hisoblanadi. 
Makroiqtisodiy tahlilda foydalanuvchilarga uzatiladigan xabar  tavsifiga ega
ma’lumotlar yoki ularning to‘plami axborot tushunchasini beradi. 
Tahlil   uchun   kerakli   bo‘lgan   ma’lumotlar   hamda   axborotlarni   mazmuniga
qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
– iqtisodiy ma’lumotlar; 
– huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar; 
– ilmiy-texnik ma’lumotlar; 
– tabiiy-ekologik ma’lumotlar; 
– benchmarking ma’lumotlari; 
– boshqa ma’lumotlar. 
7
Н.М.Махмудов.      Макроиқтисодий таҳлил ва прогнозлаш фанидан ўқув услубий мажмуа. Т., ТДИУ, 2017 
йил. Iqtisodiy   ma’lumotlar   ko‘lami   kengligi   jihatidan   ikki   yirik   guruhga
bo‘linadi. Birinchisi – ichki iqtisodiy ma’lumotlar. Ularni biznes-reja, hisob tizimi,
byudjet   hisob-kitoblari,korxona   dasturi   ma’lumotlari,   turli   xil   texnologik
ma’lumotlar va shu kabilar tashkil etadi. Ikkinchisi – tashqi iqtisodiy ma’lumotlar.
Misol   uchun,   tovar-xomashyo   bozoridagi   ma’lumotlar,   qimmatli   qog‘ozlar
bozoridagi  ma’lumotlar,  raqobatdosh  korxona  ma’lumotlari, tarmoqdagi     o‘rtacha
ko‘rsatkichlar va shu kabilar. Bu manbalar tahlilda eng ko‘p foydalaniladi. 
Huquqiy-me’yoriy   ma’lumotlar   xalqaro   va   mamlakatda   amal   qilayotgan
barcha   qonunlar,   hukumat   qarorlari,   me’yoriy   hujjatlar   hamda   aktlarda
rasmiylashtirilgan axborotlar, korxona pasporti, ustavi, korxona a’zo bo‘lgan turli
uyushmalardagi shartnomalar va shu kabilardan iborat bo‘ladi. 
Ilmiy-texnik ma’lumotlar esa eng yangi taraqqiyot, ilm-fandagi o‘zgarishlar,
fan   va   texnika   yutuqlarini   o‘zida   mujassam   etgan   axborotlardir.   Bu   axborotlar
tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tabiiy-ekologik ma’lumotlar tabiat, yer, suv, havo, iqlim va boshqa ekologik
omillarni mujassamlashtirgan axborotlardan iborat bo‘ladi. 
Benchmarking   ma’lumotlari   ro‘y   berishi   mumkin   bo‘lgan,   biroq   ehtimoliy
ma’lumotlardir.   Mazkur   ma’lumotlar   barcha   ma’lumot   va   axborotlarni   qayta
ishlash yo‘li bilan yoki voqealar rivoji bilan evristik usulda shakllantiriladi. 
Boshqa   ma’lumotlarga   esa,   iqtisodiy,   huquqiy,   ilmiy-texnikaviy,   tabiiy-
ekologik,   benchmarking   kabi   manbalarda   aks   etmagan   ma’lumotlar   tushunilib,
ularga   ommaviy-axborot   vositalari,   gazeta   va   jurnallardagi,   radio   va
televideniedagi keltirilgan axborotlar kiradi. 
Turli   axborot   va   ma’lumotlarni   tahlil   jarayonlarida   qo‘llash   natijalarning
mazmunini boyitishga, boshqaruv qarorlarining xolisona bo‘lishiga asos sanaladi. 
Iqtisodiy   axborotlar   boshqa   turdagi   axborotlardan   quyidagi   jihatlari   bilan   ajralib
turadi: 
Birinchidan, hujjatlashganligi. Barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir bo‘lishi
bilan   tegishli   boshlang‘ich   hujjatlarda   qayd   etiladi   hamda   axborot   sifatida
rasmiylashadi. 
Ikkinchidan,   turli   xil   bo‘lishi.   Hodisa   va   voqealar   ko‘p   manbalarda   qayd   etilishi,
hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir-biridan farqlanadi. 
Uchinchidan,   ommaviyligi   va   hajmining   kengligi.   Ko‘pgina   iqtisodiy   axborotlar
tegishli   shaklga   ega   bo‘lganligi,   hisobot   shakllarining   yuqori   organlar   tomonidan
tasdiqlanganligi ularni tushunishni, bilishni osonlashtiradi. 
To‘rtinchidan, davr  oralig‘ida takrorlanib turishi. Tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar
muntazam   to‘lg‘azilib   tegishli   yuqori   tashkilotlarga   belgilangan   davrda
topshiriladi. Hisobot davrlari – choraklar, yarim hamda yillik muddatlarga bo‘linib
axborotlar tuziladi. 
Beshinchidan,   qonunlashganligi   va   chegaralanganligi.   Barcha   yuqori   organga
topshiriladigan   yoki   ochiq   e’lon   qilinadigan   iqtisodiy   axborotlar   davlat
tashkilotlari,   moliya   vazirligi,   iqtisodiyot   vazirligi   va   soliq   qo‘mitasi   tomonidan
tasdiqlangan   talab   hamda   shakllarga   asoslanib   tuziladi.   Bozor   munosabatlarida
korxonalar   uchun   muhim   sanalgan   ayrim   ma’lumotlar   boshqalar   uchun   maxfiy
bo‘lib, faqat egasining ruxsati bilan e’lon qilinishi mumkin.  Oltinchidan,   ko‘p   qirraliligi   va   sermazmunligi.   Iqtisodiy   axborotlar   miqdoriy   va
qiymat   o‘lchamlarida   ko‘rsatiladi,   boshlang‘ich   hujjatlarda   korxona   nomi,   imzo
chekuvchilarning   naslnomasi,   davri   va   mahsulotlarning   turlari   ko‘rsatilgan   holda
rasmiylashadi. 
Iqtisodiy ma’lumotlarning aksariyat  qismini  hisob tizimi axborotlari tashkil
etadi.   Buxgalteriya   hisobi   ma’lumotlari   esa   makroiqtisodiy   tahlilning   axborotlari
tarkibida yirik salmoqni egallaydi. 
Axborot   va   ma’lumotlar   mazmuniga   ko‘ra   turli   xil   bo‘lishi,   ularning
manbalariga   ham   ta’sir   etadi.   Chunki   har   bir   ma’lumot   miqdor   va   mazmunini
shakllantirib   beraoladigan   manbadan   olinadi.   Demak,   manbalar   tasnifi   ham
mazmun tasnifiga o‘xshashdir. 
Tahlil uchun kerakli manbalar quyidagi talablarni bajarishi lozim: 
1. Haqqoniy va xolis bo‘lishi. 
2.   Manbalar   tahlil   maqsadlari   uchun   moslashtirilgan   hamda   keng   imkoniyatli
bo‘lishi, ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini
to‘liq yoritishi kerak. 
3.   Iqtisodiy   hodisa   va   voqealarni   ifodalovchi   manbalar   aniq   o‘lchamlarda   aks
ettirilishi lozim. 
4.   Barcha   manbalarning   umumiy   birligi   va   uzviy   bog‘liqligi   saqlaniladi   hamda
ulardagi axborotlar bir-birini to‘ldirib turilishi taqozo etiladi. 
5. Manbalardagi ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va aks ettiriladigan davrlari
mosligi ta’minlanishi zarur. 
Ushbu   talablarga   javob   beruvchi   barcha   axborot   manbalari   va   ulardan
foydalanish tahlil natijalarining aniq va sermazmun bo‘lishiga imkon yaratadi. 
Makroiqtisodiy   tahlilda   foydalaniladigan   barcha   manbalarning
ishonchliligini,   aniqliligini   va   to‘g‘riligini   tekshirish   natijalarining   samarali
bo‘lishiga zamin yaratadi. Barcha yig‘ma ma’lumotlarni har tomonlama to‘g‘riligi
texnik va mazmunan turlar ajratilib tekshiriladi. 
Texnik   tekshirish   –   axborot   manbalarini   arifmetik   jihatidan   to‘g‘riligini,
rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinganligi va ko‘rsatkichlarni bir-biriga o‘zaro
mos kelishini e’tiborga olgan holda o‘rganishdir. 
Misol   uchun,   moliyaviy   hisobotning   turli   shakllaridagi   ma’lumotlarni   bir-
biriga mosligini o‘rganish tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan. 
Shunday   tartibda   debitorlik   va   kreditorlik   qarzlarni,   pul   mablag‘lar
harakatini va boshqa ma’lumotlarni miqdoran to‘g‘riligini tekshirish mumkin. 
Mazmun jihatidan tekshirish – ma’lumotlarning haqqoniy ekanligi, unda aks
ettirilgan   ko‘rsatkichlarning   haqiqatda   mavjudligini   aniqlashni   o‘z   ichiga   oladi.
Bunday   tekshirish   buxgalteriya   hisobi   hujjatlarida   keltirilgan   ma’lumotlarni
inventarizatsiya   o‘tkazish   orqali   taqqoslash,   sanab   ko‘rish   va   o‘lchash   yo‘li   bilan
to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishdir. 
Tahlil   uchun   kerakli   ma’lumotlarning   to‘g‘riligini   tekshirish   va   ularni   tez
muddatda   foydalanishga   tayyorlash   hamda   qayta   ishlashni   samarali   yo‘li
kompyuterlarni tahlil jarayoniga joriy qilishdir.
3. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot ob’ekti sifatida Mamlakatni   makroiqtisodiy   tahlil   qilish,   iqtisodiyot   rivojlanishidagi
muammolarni   hamda   uni   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   chora-tadbirlar   ishlab
chiqarish uchun Milliy hisoblar tizimida hisoblanadigan bir qator ko‘rsatkichlardan
foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlarning asosiylaridan biri bo‘lib yalpi milliy mahsulot
yoki uning modifikatsiyasi bo‘lgan yalpi ichki mahsulot hisoblanadi.
YaMMni hisoblash usullarini o‘rganishdan oldin makroiqtisodiy holatni aks
ettiruvchi   asosiy   ko‘rsatkichlarga   to‘xtalib   o‘tamiz.   Bu   ko‘rsatkichlarga
quyidagilar kiradi:
-YaMM,   YaIM,   sof   milliy   mahsulot,   milliy   daromad,   shaxsiy   daromad,
ixtiyoridagi daromad;
-davlat  byudjeti  taqchilligi, deflyator, iste’mol  narx indeksi,  inflyatsiyaning
o‘sish sur’atlari;
-ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
-aholining   moddiy   ne’matlar   va   xizmatlar   iste’moli   hajmi,   ularning
jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar kiradi.
Bu   ko‘rsatkichlar   iqtisodiy   tizimning   umumiy   holatini   turli   tomondan
ifodalab,   ijtimoiy   ishlab   chiqarishda   barcha   qatnashuvchilar   ya’ni,   korxona,
tarmoq, mintaqa, davlat va uy xo‘jaligi faoliyatlari natijalari asosida aniqlanadi.
Milliy hisoblar tizimi (MHT) makroiqtisodiy ma’lumotlarga ishlov berish va
ularni makroiqtisodiy tahlil maqsadlari uchun tizimlashtirilgan ko‘rinishda taqdim
etish   imkonini   beruvchi   buxgalteriya   hisobi   sifatida   ishlab   chiqilgan.   U   milliy
iqtisodiyot   ko‘rsatkichlarini   tahlil   qilish,   baholash   va   monitoringini   amalga
oshirishda zarur bo‘lgan axborotning uzluksiz oqimini tashkil etish uchun xalqaro
hamjamiyat tomonidan tan olingan bazani o‘zida namoyon etadi 8
.
Milliy   hisoblar   tizimi   –   muayyan   davrda   real   ishlab   chiqarish   hajmini   va
barcha   asosiy   sektorlar   va   ishlab   chiqarish   omillarining   mamlakatning   umumiy
ishlab   chiqarishiga   qo‘shgan   hissasini   ko‘rsatuvchi   turli   faoliyat   turlarini   hisobga
oluvchi statistika tizimi. 
Ta’kidlash   lozimki,   MHTning   makroiqtisodiy   tahlil   uchun   o‘ta   muhim
ahamiyatga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
Birinchidan,   MHT   makroiqtisodiy   tahlil   uchun   zarur   baza   hisoblanib,
o‘zining ancha moslashuvchanligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Rivojlanishning
turli   bosqichlarida   turgan   mamlakatlar   uchun   hisob-kitoblarni   amalga   oshirish
uchun manba bo‘lib xizmat qiladi, hamda tahlil va prognoz uchun axborot bazasi
hisoblanadi.
Ikkinchidan,   MHT   nafaqat   muayyan   davrda,   balki   dinamikada   ham
(muayyan   vaqt   qatori   mobaynida)   eng   muhim   makroiqtisodiy   o‘rtacha
ko‘rsatkichlar   (masalan,   ishlab   chiqarish   hajmi   va   bandlik   darajasi)   harakatini
kuzatish imkonini beruvchi tizimni o‘zida namoyon etadi.
Uchinchidan,   MHT   –   xalqaro   taqqoslashlar   uchun   eng   muhim   axborot
manbai   hisoblanadi,   chunki   xalqaro   tashkilotlarga   milliy   hisobvaraqlar   bo‘yicha
ma’lumotlarni,   xalqaro   standartlarga   mos   keluvchi   ta’riflar   va   tasniflarni   taqdim
etishda   foydalaniladi.   Ushbu   ma’lumotlar   ko‘plab   holatlarda,   masalan,   imtiyozli
8
Н.М.Махмудов, М.Т.Асқарова, И.Ю.Умаров. Макроиқтисодий таҳлил ва прогнозлаш.  Дарслик. – Т., “Фан 
ва технология”, 2014, 288 бет. yordam olish huquqini belgilashda, XVFga a’zo mamlakatlar kvotalarini hisoblab
chiqishda,   shuningdek,   turli   mamlakatlar   milliy   hisoblarini   taqqoslashni   amalga
oshirish imkonini beradi 9
.
Milliy   hisobchilik   tizimi   makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlarni   izohlash   asosi
makroiqtisodiyot  - bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy
sohalarini   bir   butun   qilib   birlashtirgan   milliy   xo‘jaligi   darajasidagi   iqtisodiyotdir.
Makroiqtkodiyot   o‘z   ichiga   xalq   xo‘jaligining   moddiy   va   nomoddiy   ishlab
chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.
Milliy   iqtisodiyotda   ishlab   chiqarish,   xizmat   ko‘rsatish   hajmi   va   ularning
o‘sishi   bir   qator   ko‘rsatkichlar   tizimi   orqali   makroiqtisodiy   darajada   aniqlanib,
tahlil   qilinadi.   Makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar   orqali   butun   iqtisodiyotning   holati
uning o‘sishi yoki orqaga k e tishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida
davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. 
Makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar   tizimi.   YaIMni   uning   harakatining   barcha
bosqichlarida,   ya’ni   ishlab   chiqarish,   taqsimlash,   qayla   taqsimlash   va   natijada
foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks  e ttirishga imkon beradi.
Nihoyat   mazkur   ko‘rsatkichlar   tizimi   mavjud   resurslar   va   ulardan
foydalanishning   mos   kelishi   (tengligi)   kuzatilganda   mamlakatdagi   umumiy
iqtisodiy muvozanatlik holati aks ettiradi.
Muayyan   mamlakat   iqtisodiy   holatini   ifoda   etuvchi   ko‘rsatkichlar
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar miqdor
va   sifat   ko‘rsatkichlariga   guruhlanadi.   Makroiqtisodiy   miqdor   ko‘rsatkichlari
muayyan   mamlakatlar   iqtisodiyotini   ifodalasa,   sifat   ko‘rsatkichlari   mazkur
mamlakatlar   iqtisodiyotini   nisbiy   jihatdan   aks   ettiradi.   Makroiqtisodiy   miqdor
ko‘rsatkichlariga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi: Yal p i ichki mahsulot (YaIM). Sof
ichki mahsulot  (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy  daromad (ShD), ixtiyordagi
daromad   (ID)   va   boshqalar.   Makroiqtisodiy   sifat   ko‘rsatkichlariga   quyidagi
ko‘rsatkichlar   kiradi:   inflyatsiyaning   o‘sish   sur’atlari,  ishsizlik   darajasi,   aholining
ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yal p i ichki mahsulot
va boshqalar 10
.
Bu   ko‘rsatkichlar   iqtisodiy   tizimning   umumiy   holatini   ifodalab,   ijtimoiy
ishlab   chiqarishdagi   barcha   qatnashuvchilarning   (korxona,   tarmoq,   mintaqa,
davlat)   faoliyatlari   natijasida   aniqlanadi.   Ular   mamlakatning   iqtisodiy
imkoniyatlarini,   uning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   istiqbollarini   narxlashi   uchun
ishlatiladi.   Bozor   iqtisodiga   o‘tayotgan   mamlakatlarda   ijtimoiy   ishlab
chiqarishning   kengaytirilgan   tushunchasiga   amal   qilinadi.   Shu   ma’noda,   ijtimoiy
ishlab   chiqarish   -   iqtisodiyotning   daromad   yaratuvchi   barcha   sohalarining   ishlab
chiqarishidir.   Bu   yerda   moddiy   ishlab   chiqarish   sohalaridan   tashqari,   pulli
xizmatlar   ko‘rsatuvchi   tarmoqlar   (moliya,   sug‘urta,   sog‘liqni   saqlash,   maorif   va
boshqalar) ham ijtimoiy ishlab chiqarishga kiradi. Shu sababli  b ozor iqtisodiyotiga
o‘tgan   mamlakatlarda   yaratilgan   ijtimoiy   mahsulot   tarkibiga   tovarlar   ham,
9
Н.М.Махмудов, М.Т.Асқарова, И.Ю.Умаров. Макроиқтисодий таҳлил ва прогнозлаш. Дарслик. – Т., “Фан 
ва технология”, 2014, 288 бет.
10
Н.М.Махмудов, М.Т.Асқарова, И.Ю.Умаров. Макроиқтисодий таҳлил ва прогнозлаш. Дарслик. – Т., “Фан 
ва технология”, 2014, 288 бет. xizmatlar   ham,   milliy   daromadda   esa,   tovarlarni   sotishdan,   xizmat   ko‘rsatishdan
olingan   daromadlar   hisobga   olinadi,   ijtimoiy   ishlab   chiqarishdan   chetda   faqat
be p ul xizmatlar ko‘rsatish jarayonlari qoladi. Chunki be p ul xizmatlar ko‘rsatuvchi
tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va har qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat
hisobiga   faoliyat   ko‘rsatadi.   Ijtimoiy   ishlab   chiqarish   tushunchasidagi   farq
natijasida,   mamlakatlar   o‘zlarining   mazmuniga   ko‘ra   ajratib   turuvchi
ko‘rsatkichlardan foydalanadi, ularni hisoblashning turli uslublari qo‘llaniladi.
Makroiqtisodiy   miqdor   ko‘rsatkichlari   o‘rtasidagi   o‘zaro   bog‘liqlikni   milliy
hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin:
1) Barcha tarmoqlarning yal p i ishlab chiqarishi - oraliq iste’mol – Yal p i ichki
mahsulot.
2) Yalpi ichki mahsulot - amortizatsiya = sof ichki mahsulot.
3) Sof ichki mahsulot -biznesga  e gri soliqlar = milliy daromad
4) Milliy   daromad   -   ijtimoiy   su g‘ urtaga   badallar   -   kor p oratsiya   foydasiga
soliqlar   -   korporatsiyani   taqsimlanmagan   foydasi   +   transfert   to‘lovlari   =   shaxsiy
daromad.
5) Shaxsiy daromad - yakka tartibdagi soliqlar = ixtiyordagi daromad.
Milliy   daromad   –   bu,   milliy   ishlab   chiqarishdan   olingan   daromad   yoki   ijtimoiy
ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining yi g‘ indisidir.
Yalpi milliy daromad quyidagicha hisoblanadi:
YaMD   YaIM   +   xorijdan   olingan   omilli   daromadlar   -   xorijliklarning   ushbu
mamlakat hududidan olgan omilli daromadlari.
Shaxsiy   daromad   va   milliy   daromadning   bir-biridan   shunisi   bilan   farq
qiladiki,   ishlab   chiqarishda   mehnat   qilish   evaziga   olingan   daromadlarning   bir
qismi   (ijtimoiy   su g‘ urtalar   to‘lovlari,   kor p oratsiya   foydasiga   soliq   va
korporatsiyaning   taqsimlanmagan   foydasi)   amalda   bevosita   uy   xo‘jaligiga
tushmaydi.   Uy   xo‘jaligi   hisobiga   to‘g‘ri   keladigan   daromadlarning   bir   qismi.
Masalan. (transfert to‘lovlari)
• mehnat natijalarini bildirmaydi. Transfert to‘lovlariga – sug‘urta tashkilotlari
tomonidan to‘lanadigan, ya’ni qarilikda va baxsiz hodisalarga shuningdek ijtimoiy
dasturlarga   asoslangan   holda   ishsizlarga   to‘lanadigan   nafaqalar,   nogironlarga
to‘lanadigan har xil to‘lovlar, ishsizlarga va pensionerlarga to‘lanadigan nafaqalar.
Iste’molchilar va davlat tomonidan to‘lanadigan foiz to‘lovlari va boshqa to‘lovlar
kiradi.
Shaxsiy   ixtiyordagi   daromad   deb   individual   soliqlarni   to‘lagandan   keyingi
daromadlarga   aytiladi.   Individual   soliqlar   -   daromad   soli g‘ i,   xususiy   mol-
mulklarga va meros qolgan mulklarga solinadigan soliqlardan iborat.
4 . Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishda axborot texnologiyalardan
foydalanish yo‘nalishlari.
Avtomatik   boshqarish   tizimining   kom p leks   tahlildagi   o‘rni   va   roli.
Avtomatlashtirilgan   boshqaruv   tizimining   (ABT)   paydo   bo‘lishi   xalq   xo‘jaligi
boshqaruvining takomillashtirish yo‘llaridan biri hisoblanadi. ABT boshqaruvning
barcha darajalaridan ishlab chiqiladi: KABT   –   korxonalari, ABT   –   tarmoqlari, ATDT     –     markazlashgan   boshqaruv   organlari   va   boshqalar.   Eng   ommabo p
turlaridan biri ABTK hisoblanadi. U korxonaning xo‘jalik faoliyati boshqarishning
asosiy   masalalarini   yechish   uchun   zamonaviy   axborot-texnikasi   va   iqtisodiy-
matematik usullar qo‘llaydigan boshqaruv tizimidir.
ABT   yaratilishiga   quyidagi     avtomatik   boshqarish   tizimining   funksional
bo‘g‘ini ishlab chiqildi:
Birinchidan,   ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligini boshqarish;
Ikkinchidan,  xom-ashyo texnik ta’minot boshqaruvi;
Uchinchidan,  asosiy ishlab chiqarishning operatsion boshqaruvi;
To‘rtinchidan,  sotishni boshqarish;
Beshinchidan,  sifatni boshqarish;
Oltinchidan,  moliyani boshqarish;
Yettinchidan,  normativ xo‘jalikni boshqarish.
Endi     esa     shu     bo‘g‘inning     ayrim     masalalarni     va     ularning     vazifalarini
ko‘rib chiqamiz. Texnik iqtisodiy reja bo‘g‘ini masalalarning vazifasi korxonaning
xo‘jalik   faoliyati   ko‘rsatkichlarning   hisob-kitob   rejasining   o‘tkazilishini
ta’minlash. Unda quyidagi masalalar yechiladi:
Birinchidan,  ishlab chiqarishni rejalashtirish; 
Ikkinchidan,  mahsulot realizatsiyasi;
Uchinchidan,  ishlab chiqarish samaradorligini rejalashtirish;
To‘rtinchidan,  kapital qo‘yilmalarni rejalashtirish;
Beshinchidan,  foyda va rentabellikni rejalashirish;
Oltinchidan,  tannarxni rejalashtirish;
Yettinchidan,  moliyaviy rejani tuzish .
KABT dagi buxgalteriya hisobi bo‘g‘ini zamonaviy hisoblash texnika bazasi
asosida   hisob   jarayonlarini   takomillashtirishni   ta’minlash   kerak.   Bu   esa   axborot
sifatini   oshirishga,   mehnat   xarajatlarini   kamaytirishga,   axborot   olish   vaqti   va   uni
qayta ishlashga yordam beradi. 
Xalq   xo‘jaligi   bo‘g‘inida   EHM   yordamida   har   xil   normativ   axborotlarni
olish va saqlashni tashkil etishi mumkin. 
KABT   bo‘g‘inida   makroiqtisodiy   tahlilda   qaror   qabul   qiladigan   baza
ma’lum     o‘ringa   ega.   Hozirgi   vaqtda   KABTda   alohida   iqisodiy   tizim   yo‘q.
Makroiqtisodiy tahlilda faqat uchta masala mustaqil berilgan:
1)  tannarx, rentabellik va mahsulot narxi tahlili (sexlar bo‘yicha bir oy uchun); 
2)  xom-ashyo hisobi va tahlili ( s exlar bo‘yicha bir oy uchun);
3)     ishchilarning   ishlab   chiqarish   normasi   bajarilishini   hisobi   va   tahlili   (sexlar
bo‘yicha bir oy uchun);
Bu   shartlarda   kompleks   boshqaruv   haqida   gapirib   bo‘lmaydi,   chunki
makroiqtisodiy   tahlil   kabi   boshqaruv   jarayonining   asosiy   bosqichida   uyg‘unlik
yo‘qoladi. Buning oqibatida optimizatsiyalash masalalar yechimi qiyin, chunki bu
maqsadlarni   amalga   oshirish   uchun   axborotni   birlamchi   hujjatlarda   qo‘lda   qilish
kerak,   o‘z   navbatida   ko‘ p gina   mehnat   xarajatlarini   o‘z   ichiga   oladi.   Bank
ma’lumotlariga   asoslanib   avtomatlashtirilgan   tizim   ishlashga   shart   sharoitlar
yaratilib u zamonaviy ABT yordamida yagona YaHM va kichik hisoblash mashina oilasini   hozirgi   vaqtda   texnik   ta’minlash   sifatida   ma’lumotlar   banki   (MB)   deb,   u
ABT axborot ta’minlash tashkilotining kom p leks vositasidir.
Axborotni   qulay   saqlash   uchun   ma’lumotlar   bazasi   aniq   prinsip lar   asosida
fayllarga   guruhlanadi.   Fayl     -     bu   ma’lumotlar   to‘plashni   (axborot   massivi)
ifodalaydi, u klassifikatsiya belgisiga ko‘ra guruhlanadi.
Shunday mexanizatsiyada mikro va mini  E HM vositalari qo‘llanishi analitik
ishga   hech   qanaqa   ta’sir   ko‘rsatmaydi.   Bu   yerda   avtomatlashtirishga   faqat
hisoblash jarayoniga duch keladi, bu esa o‘z navbatida analitik ishni kamaytiradi. 
KABda shu kabi bo‘g‘inning yaratilishi quyidagi sabablarga chorlaydi:
1) Makroiqtisodiy tahlilning kom p leksliligi;
2) Korxona faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisobining yagonaligi;
3) Korxona ish natijasining umumiyligi;
4)   Ishlab   chiqarish   samaradorligini   oshirish   uchun   zaxirani   aniqlash   va
mobilizatsiya qilish.
Agar  xo‘jalik faoliyati  tahlili  (XFT)  masalalari  har  xil  KABT  bo‘g‘inlarida
yechilsa,   makroiqtisodiy   tahlil   kom p leksiga   e rishish   qiyin.   Bu   holda   masalalar
ko‘rib chiqilmaydi, o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro ta’siri bir ko‘rsatkichlarning boshqa
ko‘rsatkichlariga o‘rnatilgan, ya’ni umumiylik bo‘lib ko‘rsatiladigan ko‘rsatkichlar
tizimiga   kiritiladi.   Buning   barchasi   korxona   iqtisodiyotini   boshqarishini
qiyinlashtiradi,   xo‘jalik   yurgizish   samaradorligini   tushiradi.   Kompleks
makroiqtisodiy   tahlilda   KABT   ga   qarashli   mustaqil   tizimning   yaratilishi,
korxonalar faoliyati tahlilining  metodikasi mavjudligi bilan osonlashadi. 
Bu   metodikalarda   analitik   masalalar   yechimi   mavjud   bo‘lib,   ular   oson
shakllanadi, algoritmlanadi va EHM da amalga oshirilishi oson ke ch adi.
Elektron   hisoblash   mashinalari   yordamida   makroiqtisodiy   tahlilni   tashkil
etish   KABT   dagi   bo‘g‘in   makroiqtisodiy   tahlilda   tizimning   yaratilishi   ko‘ p gina
tashkiliy savollarning axborot, matematik, texnik vositalar yordamida ta’minlanib,
yechimini talab qiladi.  Quyidagi asosiy bosqichlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:
1)Axborot tizimining o‘rganilishi;
2)Xo‘jalik faoliyatining kompleks tahlili metodikasini ishlab chiqish;
3)EHMda yechish uchun makroiqtisodiy tahlil masalalarini tanlab olish;
4)Tanlab olingan tahlildagi masalalarning model va algoritmning  ishlab  chiqilishi;
5)Tanlab olingan masalalar yechimi uchun qo‘shimcha axborotni ishlab chiqish.
Birinchi   bosqichda   korxonadagi   dastalabki   hujjatlar   ko‘rib   chiqiladi,   hujjat
yuritilishining   tizimi   o‘rganiladi.   Ikkinchi   bosqichning   vazifasi   korxonada   qabul
qilingan iqtisodiy usullarning o‘rganishi.
Bu   metodika   kom p leks   makroiqtisodiy   tahlil   prinsiplariga   asoslangan.
Kompleks   makroiqtisodiy   tahlilini   o‘tish   sekin   astalik   bilan   boshlanadi.
Avvalambor,  E HMda masalalarning yechimi o‘tkaziladi. 
Xo‘jalik faoliyatining kompleks makroiqtisodiy tahlil metodikasida umumiy
masalar   birinchilardan   E HMda   tatbiq   etish   kerak   bo‘ladigan   masalalar   tanlanib
olinadi. Bu tanlov quyidagi prinsiplarga asosan o‘tkaziladi:
  masalar muhimliligi (asosiy iqtisodiyot ko‘rsatkichlar tahlil qilinadigan masalalar
tanlab olinadi);    boshqaruv  darajasida   (korxona   faoliyatining  iqtisodiy   ko‘rsatkichlari – yillik,
chorak,     oylik   hisobotlari,   buxgalteriya,   statistik,   o p erativ   hisoboti   ma’lumotlari,
dastlabki hujjatlar va hokazo).
Analitik     masalalar     yechish     uchun     ularning     matematik     yozuvi
algoritmlashtirishi     kerak,     bu     o‘z   navbatida     to‘rtinchi     bosqichni     o‘z     ichiga
oladi.     Kompleks     iqtisodiy     tahlil     masalalarni     yechish     uchun   hujjatlardagi
ma’lumotlar     yetarli     bo‘lmaydi.     Shuning     uchun     savol-javob     ma’lumotlari,
vizual   kuzatish,     hujjatlarning     yangi     shakllarini     kiritishga     murojaat     qilishga
to‘g‘ri  keladi.  Shuning bilan, beshinchi bosqichda kom p leks iqtisodiy tahlil uchun
yangi axborot tizimi yaratiladi.
Oltinchi   bosqichda   E HM   da   analitik   misollarni   yechish   uchun   dasturlar
ishlab chiqiladi. 
Dasturlar   mashina     kodi   tilida,   xohlagan   algoritmlash   tilida   tuzilishi
mumkin. Bu esa ABT texnik bazasiga bog‘liq. 
Oxirigi bosqich –   EHM yordamida kompleks iqtisodiy tizim metodokasini
kirgizish.   Shuni   aytib   o‘tish   joizki,   EHMda   tahlil   masalalarini   yechimini
belgilangan     dasturlar   o‘zi-o‘zidan   doimiy   kom p leks   makroiqtisodiy   tahlil
o‘tkazilishini   ta’minlaydi.   Kompleks   makroiqtisodiy   tahlil   bo‘g‘inini
administrativ-huquqiy     jihatdan     ta’minlashi   kerak,   ya’ni   korxona   bo‘limi   va
ma’lum odamlar, funksional tizimga javob berishini aniqlaydi   (axborot hisoblash
markaziga javob beradilar). 
Bunday bo‘limga axborot hisoblash markazi kiradi.
Qiyin   tashkiliy   savollarning   biri   ABT   sharoitida   kom p leks   makroiqtisodiy
tahlilning   axborot   bilan   ta’minlanishini ,sh uning   axborot   hisoblash   mazkazida
KABTdagi  bo‘g‘in yagona ma’lumotlar bazasini yaratishi kerak. Shunga o‘xshash
masalalarni   yechish   uchun   ma’lumotlarni   qo‘lda   ishlab   chiqarish   maqsadga
muvofiq emas, bu holda uni n g qiyinligidan  E HM natijasi yaxshi bo‘lmaydi. 
Barcha muhim axborot  EHMning tashqi xotirasida saqlanishi kerak, chunki
umumiy   hisoblash   mashinasi   magnit   lentalarida,   diskda,   barabanda   katta   tashqi
xotiraga ega. Bu paytda doimiy axborot, ya’ni har xil normativlar, narxlar, ta’riflar
va   rejali   ma’lumotlar,   yil   davomida   o‘zgarmaydigan,   almashuvi   va     EHMning
tashqi   xotirasida   saqlanishi   kerak.   Keyinchalik   doimiy   axborotga   o‘zgartirishlar
kiritilishini     ko‘rib   chiqish   kerak,   iqtisodiy   axborotning   kodlamoq   tizimini   ishlab
chiqishi   kerak.   Har   xil   shakldagi   hujjatlarning   qattiq   unifikatsiyalash   va
standartlashtirish   kerak.   E HM   da   axborotni   avtomatlashtirishni   ishlab   chiqish
asosiy bank ma’lumotlarini yaratib berolmaydi. ABTdagi kom p leks iqtisodiy tizim
axborot   bilan   ta’minlashini,   chiqish   hujjatlarning   shakllarini   ishlab   chiqishini
ifodalaydi,   standartlar   o‘lchami,   tuzilishi   bo‘yicha   oson,   EHMda   avtomatik
to‘ldirish   ishlab   chiqilishi   kerak.   ABTdagi   kompleks   makroiqtisodiy   tahlilga
qarashli tizimni matematik ta’minlanishi quyidagi savollar yechimini tu g‘ diradi:
1)   Matematik   usullarni   tanlash,   shunga   o‘xshash   masalalarga   qarashli   tizimni
ko‘zda tutmoq.
2) Tizimga qarashli dasturlarni EHMda masalalarni yechish.
3) Standart jadvallar, kl a ssik shaklga ega analitik hisoblar o‘tkazish. Barcha dastlabki ma’lumotlar, oxirgi natijalar, hisoblash usullari jadvallarga
kirgiziladi. 
Iqtisodiy   xo‘jalik   faoliyati   ishining   rasmiylashtirish   usuli   hisobini,   qo‘lda
yoki   mexanizatsiyalashning   kichik   darajasida   tashkil   to p gan.   Tahlilda   EHMdan
qo‘llanish   usullari,   hisoblar   jadvali   usullaridan   foydalanishdan   va   kechish   kerak.
Keyin esa  formulalar yordamida EHMda misollarni amalga oshirish uchun ularni
yechish   algoritmini   tuzish   kerak.  EHM   faqat   formulalar   tilini   tushunadi.   Shuning
uchun ham analitik masalalarni yechishning matematik usuli formulalar yordamida
yozilishi   kerak.   Keyin   esa   formulalar   yordamida   EHMda   masalalarni   amalga
oshirish uchun, ularni yechish, algoritmni tuzish kerak. 
Elektron   hisoblash   mashinalarida   kompleks   makroiqtisodiy   tahlil
masalalarini yechish
EHM da masalalarni yechish uchun quyidagilar belgilanilishi kerak:
  maslalarning   iqtisodiy   mohiyati,   masala   nomini,   uning   yechimi   maqsadini,
boshqaruv organlari ro‘yxati;
  kir
 i sh   axborot,   o‘z   ichiga   hujjatlar   shakli   belgilanadigan   o p erativ   axborotni
oladigan, me’yoriy axborot;
  chiqish   hujjati   hamda     chiqish   hujjatlarini   shaklini   o‘z   ichiga   oladigan,   EHMda

olinadigan mashinnogrammalar;
  boshqa masalalar uchun saqlanadigan ma’lumot;

  masalalarning keyingi yig‘imi uchun yig‘iladigan axborot;

 masala yechimi algoritmi, o‘z ichiga kerakli izohlarni bazasidan oladi (blok sxema

tuzilishi mumkin).
Misol   uchun   keyingi   masalani   ko‘rib   chiqamiz.   Tayyor   mahsulot   ishlab
chiqarish   va   jo‘natish   rejasini   bajarilishi   tahlili.   Bu   tahlil   zavod   bo‘yicha
o‘tkaziladi   va   s exlarda   yi g‘ iladi.   Qiymat   va   natural   o‘lchovlarda   masalalar
yechiladi.   Bu   masalani   yechish   maqsadi     –     ishlab   chiqarishning   va   tayyor
mahsulot sotishning o‘z vaqtida va ritmlik operativ tahlil. Masalani yechish uchun
mahsulot   ishlab   chiqrish   bo‘yicha   birlamchi   axborot,   mahsulotni   jo‘natishga   yuk
xati,   yig‘im   s exi   rejalari,   yi g‘ ilgan   bir   dasta   hujjat   zavodning   AXMga   yetkazib
oboriladi,   mashina   sohiblariga   ma’lumotlar   o‘tkaziladi.   Masalalar   yechimi
natijalari   mashinagramma   shaklida   bo‘lishi   mumkin,   bular   o‘z   navbatida
mahsulotni sotishga va eksport qilib byuroga jo‘natiladi. Bu masala har dekada va
har oyda yechiladi.
Masala yechimini algoritmi:
1)dastlabki   hujjatlardan   axborot   mashina   tashuvchilarga   o‘tkaziladi.   Natijada
trans p ort yuk xati massivlari  p aydo bo‘ladi.
2)Sex yuk xati, buyurtma raqami va mahsulot shifri massivlari bo‘yicha taxlanadi.
Mahsulotni nomer va shifri bo‘yicha mahsulot massivi taxlanib dekada uchun yuk
xatini olamiz.
3)Formulada   ishlab   chiqarilgan   mahsulot   shifri,   s ex   nomeri   va   buyurtma   nomeri
bo‘yicha qo‘shilib chiqiladi. Kompleks makroiqtisodiy tahlilini  masalalarni barcha
yechimlari EHMga o‘tkazilishi, uning tezligini va sifatini oshiradi va xo‘jaligining
boshqaruvida yaxshi qurol bo‘lib xizmat qiladi.  Demak, korxonalarda ishni avtomatlashtirilgan tarzda olib borilishi iqtisodiy
samaradorlikni oshishiga olib keladi.
Hozirgi   axborot   texnologiyalari   rivojlangan   sharoitda   makroiqtisodiy   tahlil
va prognozlashda kompyuter texnologiyalardan keng foydalaniladi. Hozirgi kunda
texnika   rivojlanishi   natijasida,   ko‘plab   murakkab   va   ko‘plab   insonlar   mehnatini
qiluvchi   jarayonlarni   birgina   dastur   orqali   amalga   oshirish   imkoni   mavjud
bo‘lmoqda. Odatda, iqisodiy tahlil va prognozlashda matematik amaliy paketlardan
foydalanib, bular quyidagilar: MS Excel, Stata,  Eviews , Statistics va boshqalar 11
.
Amaliyotda   MS   Excel,   Stata   va   Eviews   dasturiy   paketlardan   keng
foydalaniladi.   MS   Excel   oqali   malumotlarni   yig‘ish,   ularni   qayta   ishlash   va
statistik baholashda foydalaniladi. Ma’lumotlarni statistik baholash, tahlil qilish va
ko‘rsatgichlarni   o‘zaro   bog‘liqligini   baholashda   Stata   dasturiy   paketidan
foydalaniladi. Bir qancha kuzatuv vaqt ma’lumotlari asosida iqtisodiy jarayonlarni
ekonometrik   baholash   va   prognoz   qilishda   Eviews   dasturiy   paketdan   foydalanish
qulay   bo‘lib   hisoblanadi.   Ushbu   jarayonni   amalga   oshirish   uchun   quyidagi
bosqichlarni bajarish lozim:
-   MS   Excelda   mavjud   ma’lumotlarni   yangi   MS   Excelga   ko‘chirib   ushbu   faylni
―soxranitkak buyrug‘i yordamida MS Excel 5.0/95 shaklida saqlashimiz kerak;
-   kompyuterda   o‘rnatilgan   Eviews   dasturini   ishga   tushirib   quyidagi   jarayonni
amalga oshirish kerak: ― File  → ― Ne w → ―Wo rkfile , so‘ngra sizda ma’lumotlar
yillik,   yarim   yillik,   choraklik,   oylik,   haftalik   haqidagi   buyr u qni   tanlashiz   kerak
bo‘ladi,   keyinma’lumotlarning   boshlanish   muddati   va   tugash   muddati   haqidagi
ma’lumotni   kiritasiz   ―enter   tugmasini   bosgandan   so‘ng,   yangi   ish   sahifsi‖
ochiladi;
-   Mavjud   ma’lumotlarni   Eviews   dasturiga   ko‘chirish   uchun   quyidagi   jarayonni
amalgaoshirish   kerak:   ― File   →   ― Import   →   ― Read   T ext - Lotus - Excel   va   Excel
5.0/95 shaklida saqlangan faylni tanlab ―otkrыt  burug‘i beriladi. So‘ngra har bir	
‖
ko‘rsatgich   nomi   yozilib   ―ok   buyrug‘i   beriladi   (eslatib   o‘tamiz,   Excelda	
‖
saqlangan ma’lumotlarda vergul o‘rniga nuqta ishlatiladi, ko‘rsatgichlarning nomi
lotin alifbosida yoziladi). 
-   Ko‘rsatgichlarni   o‘zgarish   tendensiyalari   asosida   holat   qaysi   funksiya
qonuniyatiga   tegishligi   aniqlanib,   funksiyaning   parametrlari   quyidagi   buyruqlar
orqali   topiladi:   ― Quick   →   ― EquitionEstimation .   Olingan   natijalar   asosida
jarayon prognozlashtiriladi 12
.
Tayanch so‘z va iboralar
Makroiqtisodiy   tahlil   va   prognozlashda   axborotning   zarurligi   va   uning
mohiyati.   Axborot   turlari,   iqtisodiy   axborotlarning   shakllanishi.   Makroiqtisodiy
tahlilning   axborot   bazasi   –   makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar.   Axborotning   sifati   va
ishonchliligi.   Tahlil   ob’ektlarining   faoliyatini   ifodalovchi   axborot
statistikma’lumotlar. Makroiqtisodiy tahlil uchun axborotlar yig‘ish, qayta ishlash,
11
Н.М.Махмудов.      Макроиқтисодий таҳлил ва прогнозлаш фанидан ўқув услубий мажмуа. Т., ТДИУ, 2017 
йил.
12
Н.М.Махмудов.      Макроиқтисодий таҳлил ва прогнозлаш фанидан ўқув услубий мажмуа. Т., ТДИУ, 2017 
йил. uzatishda   informatsion   texnologiyalardan   keng   foydalanish.   Prognozlashda
axborotlarning   mohiyati,   prognoz   natijalarining   ishonchliligiga   axborot   sifatining
ahamiyati,   iqtisodiy   mohiyati.   Prognozlashdagi   axborot   yetishmovchiligi
muammosi va uni hal qilish yo‘llari. Ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni shakllanishi va
turlari.   Axborotlarning   o‘lchov   birliklari,   ularning   prognozlash   modellarida
ifodalanish talablari va tamoyillari.
Xulosalar
1. Ushbu   makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar,   ularning   o‘zgarishi   haqidagi   axborot
milliy hisob varaqlar tizimida to‘liq aks ettirilgan. Makroko‘rsatgichlar tahlil
va prognozlash uchun asosiy axborot ob’ekti hisoblanadi.
2. MHT makroiqtisodiy tahlil uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega.
3. Ko‘rsatgichlarni   o‘zgarish   tendensiyalari   asosida   holat   qaysi   funksiya
qonuniyatiga   tegishligi   aniqlanib,   funksiyaning   parametrlari   quyidagi
buyruqlar   orqali   topiladi:   ―Quick   →   ―Equition   Estimation.   Olingan
natijalar asosida jarayon prognozlashtirilar ekan.
4. MHT   milliy   iqtisodiyot   ko‘rsatkichlarini   tahlil   qilish,   baholash   va
monitoringini amalga oshirishda zarur bo‘lgan axborotning uzluksiz oqimini
tashkil etish uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan bazani o‘zida
namoyon etadi.

MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLAShNING AXBOROTTA’MINOTI REJA: 1. O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvida raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlari 2. Ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarning shakllanishi va ularning turlari 3. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot ob’ekti sifatida 4. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishda axborot texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishlari.

1. O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvida raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlari Mamlakatimizda ma’muriy tartibotlardan o‘tishni soddalashtirish, aholi turmushi sifatini oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, shu jumladan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida izchil choralar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, raqamlashtirishni ta’minlashga va raqamli iqtisodiyotga o‘tishga to‘sqinlik qilayotgan qator hal qilinmagan muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. Xususan, davlat axborot tizimlarini rivojlantirishning yagona prinsiplari ishlab chiqilmagan, ushbu sohadagi tadbirlar esa o‘zaro va boshqa axborot tizimlari bilan uzviy bog‘lanmagan holda amalga oshirilmoqda. «Elektron hukumat» tizimi infratuzilmasi lozim darajada rivojlanmayapti, bu davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llashga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda 1 . «Elektron hukumat» tizimini joriy etishda ta’sirchan muvofiqlashtiruv va yagona texnologik yondashuvning mavjud emasligi resurslarning nooqilona foydalanilishiga olib kelmoqda hamda tadbirlarning samaradorligini pasaytirmoqda. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimining joriy etilishini ta’minlash, aholi, biznes va davlat o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi 2 . 2. «Elektron hukumat» tizimini joriy etish raqamli iqtisodiyotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi; Agentlik elektron hukumat sohasidagi hamda davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etishda vakolatli organ hisoblanadi, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’uldir; Agentlikning elektron hukumat sohasida, shuningdek, davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari ijrosini ta’minlash respublikaning barcha vazirliklari, idoralari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi; 1 www.stat.uz 2 www.lex.uz

davlat boshqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarini yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalar, shuningdek, bunday loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlikda ekspertizadan o‘tkazilishi shart; Agentlik raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish doirasida xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlar bilan bevosita o‘zaro hamkorlik qilish huquqiga ega. 3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda: hozirgi kunda «Elektron hukumat» tizimi doirasida amalga oshirilayotgan idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish loyihalarining hamda axborot- kommunikatsiya sohasidagi boshqa loyihalarning amalga oshirilishi va moliyalashtirilishini to‘xtatib qo‘y d i; bir oy muddatda loyihalar to‘liq xatlovdan o‘tkazi l a di va yakuniy natijalari bo‘yicha Agentlikka axborot kiriti l a di . 4. Agentlik: a) amalga oshirilayotgan loyihalarning tanqidiy ko‘rib chiqilishini hamda maqsadga muvofiq, dolzarb, respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsad va vazifalariga mos keladigan loyihalarning davom ettirilishini ta’minla y di; b) quyidagilarni nazarda tutadigan «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasining ishlab chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta’minla yd i: elektron hukumatning davlat, aholi va biznesning samarali o‘zaro hamkorligini, shuningdek, jahonning raqamli makoniga integratsiyalashuvini ta’minlash bo‘yicha yagona milliy tizim sifatidagi maqsadli ahamiyatini belgilash ni ; «Elektron hukumat» tizimining tarkibi va tuzilmasini, uni yaratish shartlari va arxitekturasining konseptual asoslarini, jumladan tashkiliy, funksional, texnik tuzilmasini, shuningdek, asosiy raqamli aktivlar ro‘yxatini aniq belgilash ni ; elektron hukumatni yaratishning asosiy prinsiplari va funksional vazifalarini, elektron hukumat imkoniyatlaridan foydalangan holda raqamli transformatsiyaga erishishning aniq ko‘rsatkich va indikatorlarini belgilash ni ; elektron hukumatni yaratishning huquqiy va tashkiliy-texnik choralarini, jumladan raqamli transformatsiya jarayonlarini tadqiq etish metodologiyasiga, ularning o‘zaro muvofiqligiga, axborot sohasida birgalikdagi hamkorlik, ma’lumotlar almashish protokollari va formatining o‘zaro mosligiga doir talablarni belgilash ni ; shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha talablarni hisobga olgan holda axborotni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash va uzatishda axborot xavfsizligini ta’minlash ni ; «Elektron hukumat» tizimini yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish mexanizmlari va bosqichlarini nazarda tutish ni ;

«Elektron hukumat» tizimini joriy etishda uning samaradorligi va shaffofligini oshirishni ta’minlaydigan, jumladan loyihalar bo‘yicha yagona milliy distribyutorni tashkil etish orqali yaxlit jarayonni (ishlab chiqish, loyihalashtirish, kelishish, loyihalar bo‘yicha tovarlar, ishlar, xizmatlar xarid qilish, shuningdek, ularni foydalanishga topshirishning yagona tizimini) barpo etish ni ; Agentlik negizida boshlang‘ich loyiha sifatida elektron raqamli imzo infratuzilmasining namunaviy elementini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ni nazarda tutadi 3 . 5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4022-son qaroriga muvofiq Agentlik tomonidan «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan birgalikda barcha davlat xizmatlari faqatgina operatorning ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari orqali ko‘rsatilishini ta’minlashni nazarda tutadigan 2019 — 2021 yillarda «Universal Mobile Systems» MChJni rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda 4 . Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda ma’lumotlarga ishlov berish markazlariga bo‘lgan ehtiyoj va ularning joylashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kirit ad i. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 18 apreldagi PQ-3673-son qaroriga muvofiq Agentlik tomonidan aloqaning, shu jumladan, xorijda bo‘lish vaqtida, maxfiyligi, tezkorligi, xavfsizligi va telekommunikatsiya xizmatlariga sarflanadigan byudjet mablag‘larining tejalishini ta’minlaydigan hukumat mobil aloqasi tizimini i shga tushirish, sinash va undan tajriba tariqasida foydalanish ishlari bajarildi 5 . U shbu tizim davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun o‘z xizmat vazifalarini bajarishda foydalanilishi majburiy hisoblanadi. 7. Agentlik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishda tizimdan foydalanishi majburiy bo‘lgan xodimlari ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kirit ad i. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 24 iyuldagi PF-5120-son Farmoniga muvofiq yaratiladigan Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha 3 www.lex.uz 4 www.lex.uz 5 www.lex.uz

ushbu tizimning barcha ishtirokchilari tomonidan foydalanilishi majburiy hisoblanadi 6 . Ro‘yxatga kiritilgan vazirlik va idoralar huquq egalarining tegishli litsenziyalarisiz dasturiy mahsulotlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarning belgilangan protokol bo‘yicha platforma formatida taqdim etilishi va tizimga kiritilishini ta’minla yd i. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining aloqa bilan ta’minlashga 2018 yilgi va 2019 yilga mo‘ljallangan xarajatlari to‘g‘risida vazirlik va idoralar kesimidagi axborotni agentlikka taqdim et ad i; ushbu Farmondan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining xalqaro aloqa uchun 2019 yilga mo‘ljallangan xarajatlarining qayta ko‘rib chiqilishini ta’minla y di; har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida ushbu Farmonni amalga oshirish doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga mablag‘ ajratilishini nazarda tut moqda . 10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlik bilan birgalikda: bir hafta muddatda — «Elektron hukumat» tizimidan foydalanish maqsadida foydalanuvchilarning majburiy tartibda identifikatsiya qilinishini nazarda tutgan holda Internet tarmog‘idan simsiz foydalanish bo‘yicha ommaviy nuqtalar to‘g‘risidagi nizom loyihasini; bir oy muddatda — ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron hukumat sohasidagi vakolatlarini, shuningdek, uning tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kirit a di. 11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ikki oy muddatda «Elektron hukumat» tizimini joriy etish doirasida tovarlar kiritish uchun alohida bojxona ombori tashkil etilishini ta’minla y di. 12. Agentlik Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kirit a di. 2. Ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarning shakllanishi va ularning turlari Makroiqtisodiy tahlilning asosiy sohasi – mamlakatda ishlab chiqarishning umumiy hajmi, inflyatsiya sur’atlari, ishsizlik darajasi, to‘lov balansi saldosi, ayirboshlash kursi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – umumiy ko‘rsatkichlar ma’lumotlarining o‘zgarishini izohlash va davlat organlariga hamda jamoat 6 www.lex.uz