logo

MARKAZIY ASAB TIZIMINING XUSUSIY FIZIOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

550.77734375 KB
MARKAZIY ASAB TIZIMINING XUSUSIY FIZIOLOGIYASI
Reja:
1.  Orqa   miyaning   funksiyasi.   Uzunchoq   miya,   uning   reflektor   va   vegetativ
asab markazlari;
2. Miyacha va uning funksiyasi. O‘rta miya funksiyasi. 
3. Oraliq miyaning morfo-fiziologik tuzilishi;
4. Bosh miya kata yarim sharlar po‘stlog‘i – markaziy asab tizimining oliy
bo‘limidir;
5. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining sensor va harakat markazlari. 1. Orqa miyaning funksiyasi
Katta  odamlarda  orqa miya  oldindan orqaga  qarab  bir  oz  yassilangan   45 sm
chamasi uzunlikdagi chilvirdir. U yuqori tomonda uzunchoq miya bilan tutashadi,
pastda belning birinchi umurtqasi sathida konus shaklida tugaydi (13.1.1-rasm).
Orqa miya ikkita asosiy funksiyani:   reflektor funksiya   va   o’tkazuvchi yo’l
funksiyasini   bajaradi.   Orqa   miyaga   teri   yuzasidagi   eksteroreseptorlardan,   tana
bilan   qo’l-oyoqning   proprioreseptorlaridan   va   ichki   a’zolarning
visseroreseptorlaridan impulslar kelib turadi. Orqa miya barcha skelet mushaklarini
innervasiyalaydi.   Orqa   miya   tanadagi   barcha   murakkab   harakat   reaksiyalarini
yuzaga   chiqarishda   qatnashadi.   Ulardan   ko’plari   orqa   miyaning   reflektor
funksiyani   bajarish   natijasi   bo’lishi   mumkin,   boshqa   reaksiyalar   esa,   markaziy
asab tizimining yuqoriroqdagi bo’limlari yuzaga chiqaradigan reflekslar natijasida
kelib chiqadi. Bu holda orqa miya faqat impulslarni o’tkazuvchi yo’l hisoblanadi. 
Reseptorlardan   orqa   miyaga   keluvchi   axborot   orqa   miyaning   orqa   va   yon
qismlaridagi   ko’pgina   o’tkazuvchi   yo’llar   orqali   miya   ustunining   markazlariga
o’tadi   va   miyacha   hamda   katta   yarim   sharlar   po’stlog’iga  yetib   boradi.   Markaziy
asab tizimining yuqoriroqdagi bo’limlaridan orqa miyaga esa impulslar oldingi va
yon   ustunlarning   o’tkazuvchi   yo’llari   orqali   keladi;   bu   asab   impulslar   orqa
miyaning   oraliq   va   motor   neyronlarini   qo’zg’atadi   yoki   tormozlaydi,   natijada
skelet   mushaklari   va   ichki   a’zolarning   faoliyati   o’zgaradi.   Orqa   miyaning
o’tkazuvchi   yo’l   funksiyasi   muhim   funksiya   bo’lib,   periferik   (atrofiy)
reseptorlardan   bosh   miyaga   va   undan   effektor   a’zolarga   (mushaklarga,   bezlarga,
qon tomirlariga) impuls o’tkazishda katta rol o’ynaydi. 13.1.1-Markaziy asab tizimining ko’rinishi. 1-bosh miya; 2-orqa miya
Orqa miyaning ko’ndalang kesimiga qarasak, bir-biridan katta farq qiladigan
turli   rangdagi   ikki   qavatni:   kul   rang   va   oq   moddani   ko’ramiz.   Kul   rang   modda
o’rtada   bo’lib,   shaklan   kapalakka   o’xshaydi;   kul   rang   moddaning   atrofida   oq
modda   joylashgan   bo’ladi.   Kul   rang   moddaning   oldingi   «qanotlari»   oldingi
shoxlar,   orqadagi   «qanotlari»   esa   orqadagi   shoxlar   deb   ataladi.   Oldingi
shoxlardan-orqa   miyaning   oldingi   ildizlari,   orqadagi   shoxlardan   esa   orqadagi
ildizlari boshlanadi/
Kul rang modda-asosan asab hujayralarining tanasi (soma) dan iborat bo’lsa,
oq   modda   asosan   o’siqlardan,   ya’ni   asab   tolalaridan   tuzilgandir.   Bu   tolalarning
ayrim   tutamlari   turli   funksiyalarni   o’taydi,   shunga   ko’ra,   ularni   uch   guruhga
bo’lishi   mumkin:   1)   yuqoriga   ko’tariluvchi   yoki   markazga   intiluvchi   yo’llar
(afferent  tolalar). Bu tolalar orqali qo’zg’alish tanamizning turli qismlaridan bosh
miyaga   yetib   boradi;   2)   Pastga   tushuvchi   yoki   markazdan   qochuvchi   yo’llar
(efferent tolalar). Bu yo’llar orqali quzg’alish bosh miyadan periferiyaga o’tadi; 3)
bir tuda kalta tolalar; ular orqa miyaning ikki–uch segmentidan o’tib, ularni bir-biri
bilan bog’laydi (13.1.2-rasm).
Orqadagi   va   oldingi   ildizlardan   turli   asablar   o’tishini   fiziologlardan   Ch.Bell
va   B.Majandi   tajribada   aniqlaganlar.   Ular   orqa   miyaning   bir   tomondagi   oldingi ildizlarini qirqib qo’yganlarida o’sha tomondagi qo’l-oyoq tamomila falaj bo’lgani
holda,   sezuvchanlik   bekami-ko’st   saqlangan.   Orqadagi   ildizlar   kesib   qo’yilganda
sezuvchanlik yo’qolgan va shu bilan birga harakat andak bo’lsada buzilgan emas.
Bu kuzatishlar orqadagi ildizlar   sezuvchi ildizlardir , ulardan markazga intiluvchi
(afferent)   tolalar   o’tadi,   oldingi   ildizlar   esa   harakatlanuvchi   ildizlar   bo’lib,
ulardan  markazdan  qochuvchi  (efferent)  tolalar  o’tadi  degan xulosani  chiqarishga
asos bo’ldi.
13.1.2.-rasm. Orqa miyaning ko’ndalang kesimi. 1-oq modda; 2-kulrang modda; 3-orqa
shoxdan chiqqan sezuchi asab; 4-oldingi shoxdan chiqqan harakatlantiruvchi asab; 5-
sezuvchi va harakatlantiruvchi asablarning qo’shilishidan hosil bo’lgan aralash asab tolalari.
Bundan tashqari, ba’zi asab tolalar orqa miyaning birinchi yarmidan ikkinchi
yarmiga  o’tadi  va uning ikkala yarmini  bir-biri  bilan birlashtiradi. Shunday qilib,
orqa miyaning asosiy funksiyalaridan biri – qo’zg’alishni o’tkazishdir . Orqa miya
qirqib   qo’yilsa,   bu   muhim   funksiya   buzilib,   bir   qancha   jiddiy   o’zgarishlar   kelib
chiqadi/
Odamning orqa miyasi uzilgach bir necha vaqtdan keyin bukish reflekslaridan
tashqari,   tizza refleksi   va   Axill refleksi   yaqqol  ko’rinadi. Tizza refleksi  shundan
iboratki,   son   to’rt   boshli   mushakning   payiga   urilganda   oyoq   tizza   bug’imidan
yoziladi, Axill refleksi shundan iboratki, Axill payiga urilganda oyoq boldir-panja
bug’imidan   yoziladi.   Bu   reflekslar   «spinal»   odamda   ayniqsa   kuchaygan   bo’ladi.
Odam   orqa   miyasi   to’la   uzilgandan   bir   necha   vaqt   o’tgach   siydik   chiqarish   va defekasiya   refleklari   tiklanadi,   qovuq   va   to’g’ri   ichak   ma’lum   darajada
cho’zilgach shu reflekslar yuzaga chiqadi.
Orqa   miya   markaziy   asab   tizimining   yuqoriroqdagi   bo’limlari   (miya   ustuni)
miyacha   va   katta   yarim   sharlar)ga   ko’tariluvchi   va   tushuvchi   o’tkazuvchi   yo’llar
orqali bog’lanadi. Reseptorlar  oladigan axborot ko’tariluvchi  yo’llar orqali o’tadi.
Orqa miyaning tushuvchi yo’llari orqali unga yuqoriroqdagi effektor markazlardan
impulslar   kelib   turadi.     Orqa   miya   bosh   miya   markazlaridan   tushuvchi   yo’llar
orqali   impulslar   olib   va   ularni   ishlovchi   a’zolarga   o’tkazib   turadi,shu   tariqa
o’tkazish-ijro etish  vazifasini bajaradi.
2. Uzunchoq miya uning reflektor va vegetativ asab markazlari
Odam   va   umurtqali   hayvonlarda   orqa   miyaning   davomi   uzunchoq   miya
hisoblanadi. Uzunchoq miya va miyaning ko’prigi (Varoliy ko’prigi) hamda o’rta
va   oraliq   miya   birgalashib   miya   ustunini   hosil   qiladi.   Miya   ustuni   tarkibiga
talaygina   yadrolar,   ko’tariluvchi   va   tushuvchi   yo’llar   kiradi.   Lekin,   miyaning
tursimon   tuzilmasi   (retikulyar   formasiyasi)   o’z   funksiyalari   bo’yicha   bularning
ichida alohida o’rin egalaydi (13.1.3.-rasm).
Uzunchoq miyadagi tuzilmalar bilan Varoliy ko’prig   keyingi  miyani   tashkil
qiladi. Uzunchoq miyadagi ba’zi asab hujayralarining o’siqlari orqa miyaning turli
bo’limlariga   boradi   va   uzunchoq   miya   bilan   oraliq   miyani   bir-biriga   bog’laydi.
Boshqa   asab   hujayralarining   o’siqlari   esa,   uzunchoq   miyadan   chiqib,   bosh   miya
asablarini hosil qiladi.
Keyingi   miyada   neyronlarning   to’plamidan   vujudga   keladigan   markazlar
muhim reflektor reaksiyalarni yuzaga chiqaradi. Masalan, uzunchoq miyada hayot
uchun muhim bir qancha markazlar bor. Jumladan, nafas markazi, yurak faoliyati
markazi, tomir harakatlantiruvchi markaz, hazm markazi va modda almashinuvini
idora etadigan markaz uzunchoq miyadadir. 13.1.3-rasm. Uzunchoq miyada bosh miya asablari yadrolarining joylanishi.
1-qo’shimcha asab (XI juft), 2-til osti asabi (XII juft), 3-eshituv asabi (XIII juft),
uzoqlashtiruvchi asab (VI juft), 5-g’altak asabi (IV juft), 6-ko’zni harakatlantiruvchi asab (III
juft), 7-uch shoxli asab (V juft), 8-yuz asabi (VII juft), 9-til-xalqum asabi (IX juft), 10-
adashgan (sayyor) asab (X juft).
Uzunchoq   miyada   oddiy   va   murakkab   reflekslarining   markazlari   bor,   bu
reflekslarning   yuazaga   chiqishida   har   xil   mushak   guruhlari,   tomirlar   va   ko’pgina
ichki   a’zolar   qatnashadi.   Bu   reflekslar   orqa   miyadan,   shuningdek   til-xalqum,
eshituv,   vestibulyar   asab,   uchlik  asab   va  adashgan   asabning   reseptor   tizimlaridan
keluvchi impulslarga javoban kelib chiqadi. Yoylari keyingi miya orqali o’tadigan
reflekslar   orqa   miya   reflekslariga   nisbatan   mukammalroq   va   murakkabroq
uyg’unlashtirilgan reflekslardir. Bunga, masalan, tana vaziyatining tonik reflekslari
kiradi.   Keyingi   miyaning   ko’pgina   murakkab   reflektor   faoliyatini   bajarishda   turli
neyronlar muayyan tartibda qo’zg’alib  qatnashadi. Yutish va aksa urish reflekslari
bunday reflekslarga misol bo’la oladi. 13.1.4-rasm. Bosh miya asablarining umumiy ko’rinishi .
Uzunchoq   miya   neyronlarining   markazlari-nafas,   yurak,   tomir
harakatlantiruvchi markazlarning xususiyati shuki, ular periferiyadan keluvchi asab
impulslari   ham   markazlarga   bevosita   ta’sir   etuvchi   kimyoviy   ta’sirlovchilar   ham
refleks yo’li bilan qo’zg’atadi.
Bu   yerda   biz   asosan   skelet   mushaklarining   faoliyati   bilan   bog’langan
uzunchoq   miya   markazlari   va   reflekslarini   ko’zdan   kechiramiz.   Vegetativ   asab
tizimidan   innervasiya   oladigan   ichki   a’zolar   va   tomirlarning   boshqarilishida
uzunchoq miyaning qanday rol o’ynashini ko’rib o’tamiz.  Nafas markazi uzunchoq miyaning turli qismlaridagi neyronlarning bir necha
guruhidan   vujudga   kelib,   yagona   funksional   tizim   hisoblanadi.     Nafas   markazi
Varoliy   ko’prigining   yuqori   chegarasi   bilan   uzunchoq   miyaning   pastki   qismi
o’rtasida to’rsimon formasiyaga tegishli sohada joylashgan. Nafas markazini ayrim
yadroga   o’xshash   mustaqil   anatomik   tuzilma   deb   hisoblash   kerakmi   yoki   nafas
harakatlarini   idora   etishga   ixtisoslashgan   to’rsimon   formasiya   bo’lagi   deb   qarash
kerakmi, bu to’g’rida hanuz  aniq fikr  yo’q. Umuman olganda,  nafas  markazining
eng   muhim   qismlari   pnevmotaksis,   ekspirator   va   inspirator   markazlardir.
Impulslar   nafas   markazidan   orqa   miyaning   diafragmani   va   qovurg’a   aro
mushaklarni   innervasiyalovchi   motoneyronlariga   keladi.   Xuddi   shuning   uchun
ham   orqa   miyani   4-bo’yin   segmentining   yuqorisidan   qirqib   qo’yish   natijasida
nafas olish to’xtaydi.
Nafas   markazining   ritmik   faoliyati   uzunchoq   miya   bilan   orqa   miyadagi
boshqa markazlar holatiga ta’sir etadi. Yurak faoliyatini idora etuvchi markaz bilan
nafas markazi o’rtasidagi bog’lanish ayniqsa yaqqol ko’rinadi.   Nafas-olish yurak
refleksi , yoki  nafas aritmiyasi  shu bog’lanish natijasidir.
Uzunchoq   miya   yadrolari   ovqat   chaynash,   emish   (so’rish),   yutish,   qo’sish,
aksa urish, yo’talish, ko’zni o’chirish va boshqa reflekslarni bajarishda qatnashadi.
Bu   reflekslar   bosh   miyasining   katta   qismi   bo’lmay   turib   tug’ilgan   bolalar
(anensefallar)  da ham kuzatiladi. 
Emish   (so’rish)   harakatlari   yangi   tug’ilgan   bolaning   labiga   tegilganda
namoyon   bo’ladi.   Bu   refleks   uchlik   asabning   sezuvchi   oxirlari   ta’sirlanganda
yuzaga   chiqadi,   qo’zg’alish   uchlik   asabdan   uzunchoq   miyada   yuz   asabi   bilan   til
osti asabining motor yadrolariga o’tadi. 
Ovqat   chaynash   og’iz  bo’shlig’idagi   reseptorlarning  ta’sirlanishiga   javoban
refleks   yo’l   bilan   yuzaga   chiqadigan   harakat   reaksiyasidan   iborat.   Nemis   olimi
R.Magnusning   ma’lumotlariga   ko’ra,   ovqat   chaynash   markazi   uzunchoq   miyada
joylashgan.
Ovqat   yutish   jarayonini   ikki   fazadan   iborat:   1)   ovqat   luqmasi   shakllanib,
halqum   bo’shlig’iga   yaqinlashtiriladi;     2)   ovqat   yutilib,   xalqum   mushaklari qisqaradi, ayni vaqtda tanglay pardasi  ko’tariladi, hiqildoq usti  tog’ayi esa pastga
tushadi.   Bu   mexanizmning   birinchi   qismi   ixtiyoriy,   ikkinchi   qismi- ixtiyorsiz -
shartli refleksi yo’li bilan boshqariladi.  
Ovqat  yutish vaqtida uchlik asab,  til-xalqum  asabi  va  adashgan  asabning afferent
tizimlari   qatnashadi.   Bu   refleksni   yuzaga   chiqishi   uchun   ko’pgina   yadrolarning
funksional birlashmasi ishtirok etadi.
Qusish   refleksi -xalqum,   me’da   reseptorlari   va   vestibuloreseptorlar
ta’sirlanganda   yuzaga   chiqadi.   Qusish   vaqtida   me’daning   kirish   yo’li   ochiladi,
ichak   mushaklari   va   me’da   devorlari   qisqaradi,   qorin   pressi   va   diafragma
mushaklari, xalqum, hiqildoq, til va og’iz mushaklari ham qisqaradi, so’lak va ko’z
yoshi chiqadi. Shu reseptorlardan afferent tolalar orqali uzunchoq miyaga keluvchi
impulslar   uzunchoq   miyadagi   shuningdek   orqa   miyadagi   ko’pgina   effektorlarga
borib, qusish refleksini yuzaga chiqaradi.
Aksa   urish   refleks   yo’li   bilan   nafas   chiqarishdan   iborat   murakkab   reaksiya
bo’lib, uchlik asabning burundagi reseptorlari ta’sirlanganda kelib chiqadi.  
Yo’tal   ham   himoyaviy   refleks   yo’li   bo’lib,   hiqildoq,   kekirdak   (traxeya)   va
bronxlarning   shilliq   pardasi   ta’sirlanganda   kelib   chiqadi.   Aksa   urishga   qarama-
qarshi   o’laroq,   yo’talda   burun   teshigi   berkilmaydi,   balki   ovoz   yorig’i   yumiladi.
Yo’talishda,   aksa   urish   reaksiyasiga   kabi,   efferent   tolalar   qatnashadi,   afferent
siganllar esa adashgan asab tolalari tarkibida o’tadi.
Ko’zni   uchirish   ham   himoya   refleksi   bo’lib,   ko’zning   shox   pardasi   bilan
kon’yunktivasi   ta’sirlanganda   kelib   chiqadi,   bu   pardalar   uchlik   asabning   afferent
tolalaridan   innervasiyalanadi.   Ulardan   keluvchi   impulslar   uzunchoq   miyada   yuz
asabining harakatlantiruvchi yadrosiga o’tadi, natijada ko’z qovoqlari yumiladi.
Yuqorida   sanab   o’tilgan   barcha   reflekslardan   tashqari,   uzunchoq   miya
tevarak-atrofdagi olamda yo’l topishga va mushaklar tonusini boshqarishga imkon
beradigan   reflektor   mexanizmlarda   qatnashadi.   Tegishli   reflekslarni   yuzaga
chiqaradigan afferent impulslar V-XII miya asablar (jumladan, vestibulyar asablar)
orqali, shuningdek, yuz, bo’yin, qo’l-oyoq va tana mushaklarining reseptorlaridan
impuls o’tkazuvchi orqa miya asablari orqali keladi. Shunday qilib, uzunchoq miya bilan Varoliy ko’prigi murakkab reaksiyalarni
yuzaga chiqara oladi.
2. Miyacha va uning funksiyasi. O‘rta miya funksiyasi
Miyacha o’ng va chap yarim sharlardan iborat bo’lib, ular chuvalchangsimon
qism bilan birikkan. Miyacha bosh miya yarim sharlari bilan parallel rivojlanadi, u
odamda   yaxshi   rivojlangan   bo’ladi.   Uning   vazni   150-160   g   ga   teng,   3   juft:
yuqorigi, o’rta   va pastki oyoqchalari bo’ladi. Yuqorigi oyoqchasi miyachani to’rt
tepalik   va   miya   yarim   sharlari   bilan,   o’rta   oyoqchasi   ko’prik   bilan,   pastki
oyoqchasi esa uzunchoq miya va orqa miya bilan bog’laydi. Agar miyacha kesilsa,
uning   ustki   qismi   yupqa   kulrang   moddadan   tuzilganligi   va   2   qavat   (donali   va
yulduzsimon) hujayralari ko’rinadi (13.2.1-rasm).
Kulrang   modda   tagida   oq   modda   joylashgan,   uning   asab   tolalari   daraxt
bargining   tomirlari   kabi   tarqalgan.   U   «hayot   daraxti»   deb   ataladi.   Oq   modda
orasida to’rt juft tana-tarqoq holdagi kul rang modda uchraydi: 1) eng chetda yirik
tishli   yadro   bo’lib,   u   muvozanatni   saqlash   funksiyasini   bajaradi;   2)   probkasimon
yadro; 3) sharsimon yadro; 4) miyachaning cho’qqi (tepa) yadrolari bor. 
Miyacha   o’tkazuvchi   yo’llar   orqali   markaziy   asabning   deyarli   hamma
bo’limlari   bilan   bog’langandir   (13.2.2-rasm).   Miyacha   funksiyalarini   tekshirish
uchun hayvonlarning miyachasi tamomila yoki qisman olib tashlanadi. Miyachani
olib   tashlash   yoki   unga   zarar   yetkazish   hayvonning   harakatlariga   va   tana
vaziyatiga   ta’sir   etadi.   Miyachaning   faqat   yarmi   olib   tashlanganda   hayvonning
o’sha   tomondagi   oyoqlari   cho’ziladi,   hayvon   tura   olmaydi   va   miyachasi
zararlangan   tomonga   qarab   yiqilib   tushadi.   Oradan   bir   necha   kun   o’tgach   bu
hodisalar ancha kamayib, hayvon o’rnidan turishi, yurishi va anchagina murakkab
harakatlarni bajarishi mumkin (Karamyan, 1970)
Buyuk nemis olimi R.Magnus xilma-xil tonik reflekslarning jami yig’indisini
ikkita guruhga bo’ladi: 1) tananing fazodagi  muayyan vaziyatini taqozo qiladigan
statik   reflekslar   va   2)   tananing   surilishi   bilan   yuzaga   chiqadigan   stato-kinetik reflekslar.  Statik reflekslarning o’zi ikkita katta guruhga ajratiladi. Birinchi guruhi
tananing muayyan vaziyatini yoki pozasini ta’minlaydi va  vaziyat reflekslari  yoki
poza   tonik   reflekslar   deb   ataladi.   Ikkinchi   guruhga   tananing   g’ayri   tabiiy
vaziyatdan mu’tadil vaziyatga qaytishini ta’minlaydi va   ustanovka , yoki   rostlash
reflekslari   deb ataladi. 
Vaziyat   reflekslarida   mushak   tonusi   qayta   taqsimlanadi,   masalan,   qo’l   yoki
oyoqning yozuvchi mushaklar tonusi kamayib, bukuvchi mushaklar tonusi oshadi.
Bunday reflekslarni   uzunchoq miya markazlari   yuzaga chiqaradi. Tana vaziyati
reflekslarining   kelib   chiqishida   vestibulyar   apparat   reseptorlaridan   va   bo’yin
mushaklarining   proprioreseptorlaridan   keluvchi   afferent   impulslar   katta
ahamiyatga ega.
13.2.1.-rasm. Miyachaning tuzilishi.
A-miyacha bo’limlari; B-miyacha po’stlog’ida neyronlarning tuzilishi.
I-X-miyacha bo’limlari (Larsel bo’yicha) 1-oldingi bo’lim; 2-orqadagi bo’lim; 3-
paraflokulyar bo’lim; 4-flokkulondula bo’limi; 5- noksimon hujayralar; 6- Purkinye
hujayralari; 7-sudraluvchi tolalar; 8-donsimon hujayra; 9-miyacha ichki yadro neyronlari;
10-Goldji hujayralari; 11-ko’tariluvchi tolalar; A-da qora rang bilan qadimiy miyacha
tuzilmasi tasvir etgan yashil rang bilan eski va sariq rang bilan miyachaning yangi tuzilmasi
ko’rsatilgan . 13.2.2-rasm. Miyachaning markaziy asab tizimidagi boshqa tizimlari bilan morfo-funksional
aloqalari. Ko’k rang bilan ko’tariluvchi yo’llar va qizil rang bilan tushuvchi yo’llar
ko’rsatilgan.
Miyachani olib tashlash natijasida hayvonning harakatlarida kelib chiqadigan
o’zgarishlar quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: 
1.   Mushaklar   tonusining   o’zgarishi   (atoniya) .   Bunda   mushaklar   tonusi
keskin kamayib ketadi, natijada mushaklar ilvillab qoladi. Ammo bir necha kundan
keyin   yozuvchi   mushaklar   tonusi   oshadi,   qo’l-oyoq   yoziladi,   bosh   orqaga
qayriladi.   Miyacha   olib   tashlaganda   mushaklar   tonusi   yo’qolishdan   ko’ra,   tonus
taqsimotini   idora   etishning   ko’proq   buzilishi   bir   qancha   tekshirishlarda   isbot
etilgan.   Miyacha   shikastlangandan   keyin   ikki   hafta   o’tgach,   tonus   sekin-asta
avvalgi asliga keladi va hayvon birmuncha beo’xshov harakat qilsa ham, har qalay
anchagina harakatlarni bajaradigan bo’lib qoladi. 
2. Tez charchab qolish (asteniya) . Hayvon juda tez charchaydi. Sog’lom va
nozik   harakatlarni   bemalol   bajarsa   ham,   miyachasi   olib   tashlangan   it   shunday
harakat qilish natijasida tez charchab qoladi, yotib dam oladi. 3.   Qo’l-oyoq   va   boshning   titarishi   (astaziya) .   Miyachasi   olib   tashlangan
hayvon   titramasdan   turaolmaydi   va   boshini   tutaolmaydi.   Oyog’ini   darrov   ko’tara
olmaydi. U oyog’ini ko’tarishdan oldin bir qancha tebranma harakatlar qiladi. Agar
bunday it  turg’azib qo’yilsa, tanasi va boshi hamisha tebranib turadi, ovqatni yeya
olmaydi,chunki   boshini   tebranishdan   to’xtata   olmaydi.   Miyachasi   olib   tashlangan
it   birdaniga   to’xtata   olmaydigan   va   ko’p   marta   takrorlaydigan   bunday   uzluksiz
harakatlar ketma-ket keluvchi bir qancha reflekslardan iborat. Bunday reflekslarda
har bir harakat tamom bo’lishi bilan navbatdagi harakat boshlanadi.
4.   Harakatlar   uyg’unligining   buzilishi   (ataksiya).   Miyachasi   olib
tashlangan   it   aniq,   chaqqon,   uyg’un   harakatlar   qila   olmaydi.   U   oyoqlarini   kerib,
qoqilib-surilib   va   yiqilib   yuradi.   Yurganda   oyoqlarini   yuqori   ko’tarib   tashlaydi,
shu sababli bunday yurish «xo’roz» yurish deb ataladi. 
Odamning   miyachasi   zararlanganda   ham   shunday   o’zgarishlar   kelib   chiqadi
(3.11.3-rasm). 
Miyachaning   asosiy   funksiyasi   -   bu   harakatlarni   uyg’unlashtirish   va
mushaklar   tonusini   mu’tadil   ravishda   taqsimlashdan   iborat   ekanligi   ko’pgina
tekshirishlar   bilan   aniqlangan.   Miyacha   harakatlar   uyg’unlashishini   amalga
oshirish   bilangina   qolmay,   organizmdagi   vegetativ   jarayonlarga   ham   ta’sir   etadi.
Masalan,   simpatik   asab   tizimi   orqali   miyaning   barcha   bo’limlariga   adaptasion-
trofik   ta’sir   ko’rsatadi.   Boshqacha   aytganda,   miyacha   asab   tizimida   modda
almashinuviga   ta’sir   etadi   va   uning   o’zgarib   turadigan   sharoitga   qarab
moslashuviga imkon beradi. 
Shunday   qilib,   miyacha   harakatlarni   boshqaradigan   tizimning   juda   muhim
qismi   bo’lib,   quyidagi   vazifalarni   bajaradi:   1)   mushak   tonusi   va   vaziyatni
boshqarish;   2)maqsadga   erishishga   qaratilgan   vaziyat   va   harakatlarni
uyg’unlashtirish;   3)   miya   po’stlog’i   yuzaga   chiqaradigan   harakatlarni
uyg’unlashtirish.
Miyachani   olib   tashlash   (130-rasm)   yoki   shikastlash   eng   avvalo   mushaklar
tonusining   o’zgarishiga   va   harakatlarning   buzilishiga   olib   keladi.   L.Lyuchiani
miyacha butunlay olib tashlangandan keyin ro’y beradigan hodisalarni uch davrga bo’ldi:  1) jarohatlanish davri; 2)  funksiyalarni yo’qotish davri;  3) funksiyalarning
tiklanish   davri.   Birinchi   davrda   hayvon   butunlay   ojiz   bo’ladi,   oyoqlarida   tura
olmaydi.   Ikkinchi   davr   funksiyalarni   yo’qotish   davrida   to’rta   simptom:   atoniya,
asteniya,   asteziya,   ataksiya   namoyon   bo’ladi.   Uchinchi   davrda   –   buzilgan
funksiyalarinin tiklanishi kuzatiladi.
13.2.3-rasm. Miyachasi olib tashlangan itning yurishi. Yurishdagi turli paytlar ko’rsatilgan. 13.2.4-rasm. Miyacha zararlanganda harakatning buzilishi.
3. O‘rta miya funksiyasi
O’rta miyada to’rt tepalik yadrolari (ular Silviy suv yo’lining ustida qopqoq-
tectum   sohasida   joylashadi),   qizil   yadro,   ko’zni   harakatlantiruvchi   va   g’altak
asablarning  yadrolari   va qoramtir   modda (substantia   nigra)  bor. Talamusga,  katta
yarim   sharlarga   va   miyachaga   impuls   olib   boradigan   barcha   ko’tariluvchi   yo’llar
va uzunchoq miya bilan orqa miyaga impuls yetkazib beradigan tushuvchi yo’llar
o’rta   miya   orqali   o’tadi.   Uzunchoq   miyadagi   kabi,   o’rta   miyada   ham   to’rsimon
formasiya neyronlari bor.
O’rta miya yadrolari bir qancha muhim reflektor funksiyalarni bajaradi.  To’rt
tepalikning oldingi do’mboqlari birlamchi ko’ruv markazlari   bo’lib, yorug’lik
ta’siriga javoban ba’zi reflekslarning yuzaga chiqishida qatnashadi. Bu reflekslarga
ko’rish   –   chamalash   (oriyentirovka)   reflekslari   kiradi.   Bu   reflekslar   shundan
iboratki, hatto yarim sharlardan mahrum bo’lgan, ammo o’rta miyasi butun qolgan
hayvon   yorug’lik   ta’siriga   javoban   ko’z   va   tana   harakatlari   bilan   reaksiya
ko’rsatadi. To’rt tepalikning oldingi do’mboqlari  qorachiq  (ko’z ichiga tushadigan
hamma yorug’lik nurlarini rangdor parda markazidagi teshik o’tkazadi, shu teshik
qorachiq   deb   ataladi)   refleksining   yuzaga   chiqishida   qatnashadi.   O’rta   miyaning
birlamchi   ko’ruv   markazlari   bilan   aloqador   reflekslarga   ko’z   akkomadasiyasi
(turli   masofada   to’r   pardaning   moslashuvi)   va   ko’ruv   o’qlarining   bir   nuqtaga
qo’shilishi –  konvergensiya  kiradi.
To’rt tepalikning orqa do’mboqlari birlamchi eshituv markazlari   bo’lib,
tovush   kelayotgan   tomonni   chamalab   bilish   reflekslarining   yuzaga   chiqishida,
hayvonlarning   qulog’ini   ding   qilishida,   boshi   va   tanasini   tovush   kelayotgan
tomonga burishida qatnashadi. O’rta   miyaning   qizil   yadrosi   tushuvchi   rubrospinal   yo’l   boshlanadigan   joy
hisoblanadi.   Bu   yo’l   orqali   orqa   miya   segmentlariga   kelib   turadigan   impulslar
skelet mushaklarining tonusini boshqaradi. Qizil yadrodagi yirik neyronlarni elektr
toki   bilan   ta’sirlash   orqa   miyadagi   bukuvchi   alfa   va   gamma   motoneyronlarni
qo’zg’atib, yozuvchi motoneyronlarni tormozlaydi.
4. Oraliq miyaning morfo-fiziologik tuzilishi
Oraliq miya morfo-fiziologik nutqai nazardan miya ustunining eng murakkab
topgan   bir   bo’limi   hisoblanadi.   U   embriogenez   jarayonida   miyaning   oldingi
pufagidan katta yarim sharlar bilan birga shakllanadi.
Oraliq miyaning asosiy tizilmalari ko’ruv do’mboqlari (thalamus) va do’mboq
ostidagi soha – hypothalamus - dan iborat.
Talamus katta   yarim sharlarga boruvchi barcha (hidlov yo’llaridan tashqari)
afferent   yo’llar   darvozasi   hisobalanadi.   Talamus   katta   yarim   sharlar   po’stlog’iga
boruvchi   yo’lda   bamisoli   bir   darvoza   bo’lib,   tashqi   muhitdan   va   organizmning
ichki   muhitidan   ta’sirot   qabul     qiluvchi   tuzilma   hisoblanadi.   Reseptorlardan
keladigan   butun   axborot   o’sha   darvoza   orqali   o’tadi.   Talamusdagi   yadrolar
shikastlanganda   katta   yarim   sharlar   po’stlog’i   biron   (ko’ruv,   eshituv,   ta’m   biluv,
taktil va hokazo) axborotdan mahrum bo’lishi mumkin. 
Uolker   talamusning   barcha   yadrolarini   funksional   jihatdan   spesifik   va
nospesifik degan ikkita katta guruhga ajratilishini taklif etgan. 
Spesifik  yadrolardan boshlanuvchi tolalar, ya’ni talamusning spesifik  yo’llari
katta   yarim   sharlar   po’slog’ining   proyeksion   mintaqalariga   borib,   undan   miya
po’stlog’ning  3-4 chi qavatlarida kirib oladilar.
Nospesifik   yadrolardan   boshlanuvchi   tolalar   talamusni   nospesifik   yo’llarini
tashkil   qiladilar.   Bu   yo’llar   bosh   miya   po’stlog’ining   turli   qismlariga,   ya’ni
assosiativ mintaqalarga boradi.
Talamusning   spesifik   yadrolari   katta   yarim   sharlar   po’stlog’ining   muayyan
qismlariga   bevosita   bog’langan   bo’lsa,   talamusning   nospesifik   yadrolari   esa, signallarni dastlabki davrda po’stloq ostidagi yadrolarga o’tkazadi. Bu yadrolardan
esa impulslar yarim sharlar po’stlog’ining turli qismlariga bir yo’lla kiradi.
Talamus   yadrolarining   bu   funksional   tizimi   ikkita   guruhga   –   ko’chiriluvchi
yadrolar   va   assosiativ   yadrolarga   bo’linadi.   Bu   guruhlar   o’rtasidagi   tafovut
shundan iboratki, ko’chiriluvchi har bir yadro (rele) muayyan sensor yo’li (ko’ruv,
eshituv,   lemnisk,   spinotalamik   va   boshqalar)   dan   impuls   qabul   qiladi.   Assosiativ
yadrolarga   esa   faqat   talamusning   ko’chiriluvchi   yadrolaridan   impulslar   keladi.
Shunday   qilib,   talamusning   o’zida   qayta   ishlangan   axborot   assosiativ   yadrolariga
kiradi.   Bular:   1.   Lateral   tizzasimon   tana   ko’ruv   yo’lining   ko’chiriluvchi
yadrosidir.   Bu   yadro   neyronlarining   o’siqlari   informasiyani   katta   yarim   sharlar
po’stlog’ining   ko’ruv   mintaqasiga   yetkazib   beradi.   2.   Medial   tizzasimon   tana
eshituv yo’lining ko’chiriluvchi yadrosidir. Bu yadro neyronlarining o’siqlari bosh
miya po’stlog’ining eshituv mintaqasiga boradi. 
Talamusning   assosiativ   yadrolari   uning   oldingi   qismida   joylashgan   bo’lib
talamusning proyeksion yadrolaridan impulslar oladi va ularni miya po’stlog’ining
assosiativ   mintaqalariga   o’tkazadi.   Assosiativ   yadrolarga   lateral   yadrolar,
mediodorsal va yostiqsimon (pulvinar) yadrolar kiradi.
Talamusning   nospesifik   yadrolariga   ba’zi   fiziologlar   to’rsimon
formasiyasining   oraliq   miyadagi   qismi   deb   qarashadi.   Ammo   talamusning   bu
yadrolari   morfo-fiziologik   nuqtai   nazaridan   miya   ustunining   to’rsimon
formasiyasidan keskin farq qiladi. Amerikalik olim Genri Djasper elektrofiziologik
usuli bilan talamusning nospesifik tizimi yarim sharlar po’stlog’ining tez va qisqa
muddatli   faollantirishda   ishtirok   qiladiganini   aniqlab   berdi.   Miya   ustunining
to’rsimon formasiyasi esa, sust va uzoq muddatli faollikni vujudga keltiradi.
Gipotalamus   –   oraliq   miyaning   eng   qadimiy   filogenetik   bo’limi   hisoblanib,
ichki   muhit   doimiyligini   saqlab   turadi,  vegetativ   va  somatik  tizimlar   funksiyasini
integrasiya   qilib   turadi.   Hajmi   uncha   katta   bo’lmagan,   ammo   muhim   fiziologik
ahamiyatga   ega   bo’lgan   gipotalamus   miyaning   uchinchi   qorinchasi   tubida
talamusdan   pastroq   joylashgan.   Gipotalamusning   tarkibiga   organizm   uchun   eng
kerakli   tuzilmalar:   voronka,   kullarng   tepa,   so’rg’ichsimon     va   mamillyar   tanalar kiradi.   Gipotalamusning   yuqori   chegarasi   oxirgi   plastinka   va   ko’ruv   asabining
kesishmasini   tashkil   qiladi.   Yon   sohasidan   gipotalamus   ko’ruv   yo’li   va   ichki
kapsula bilan chegaralangan, orqa sohasidan esa o’rta miya bilan chegaradoshdir.
Gipotalamusda topografiyalari turli bo’lgan besh guruh yadrolar mavjud: 
1.   Preoptik   guruhi   –   oxirgi   miya   yaqinida   joylashgan   paraventrikulyar,
medial va lateral preoptik yadrolardan tashkil topgan.
2.   Oldingi   sohasidagi   guruhga   supraxiazmatik,   supraoptik   va
paraventrikulyar  yadrolar  kiradi. Bu yadrolarning neyronlari gipofizning oxirgi
bo’lagi- neyrogipofizga  boradi.
3. O’rta guruhdagi yadrolariga  ventromedial va dorsomedial  yadrolar kiradi.
4.   Tashqi   guruh   yadrolariga   gipotalamusning   lateral   yadrosi   va   kulrang
tepaning yadrosi kiradi.
5.   Orqa   sohasidagi   guruhga   orqa   gipotalamik   yadro,   perifornikal   yadro   va
mamillyar yadrolar kiradi.
Gipotalamus   ko’pchilik   yadrolarining   chegaralari   aniq   emas,   shu   sababli   uni
mintaqalar   va   tumanlarga   bo’lish   maqsadga   muvofiqdir.   Masalan,   gipotalamus
preoptik   va   oldingi   sohasidagi   yadrolarning   ba’zilarini   birlashtirib   gipofizotrop
bo’limi desak bo’ladi, chunki ular rilizing-gormonlar (liberinlar) va ingibitor omil
(statinlar)   ishlab   chiqarib   gipofizning   oldingi   bo’limi   adenogipofiz     faoliyatini
boshqaradi.
O’rta   sohasida   joylashgan   gipotalamusning   yadrolari   medial   gipotalamusni
tashkil   etadi.   Bu   bo’lim   neyronlarida   maxsus   reseptorlar   mavjud,   ular   organizm
ichki   muhitining   o’zgarishlariga,     qon   harorati,   plazmaning   suv-elektrolit   tarkibi,
qonda   gormonlarning   miqdodoriga   javob   qaytaradi.   Shunday   qilib,   medial
gipotalamus asab va gumoral mexanizmlari orqali gipofiz faoliyatini boshqaradi.
Lateral   gipotalamus   esa   o’tkazuvchan   elementlar   joylashgan   yadrosiz
mintaqani   tashkil   etadi.   Oldingi   miyaning   tutamini   tashkil   qilib,   miya   ustunining
yuqori   va   pastki   bo’limlariga   yo’llar   ochib   beradi.   Lateral   gipotalamusda   asab
huyjaralari aralash (difuz shaklida) joylashgan. Umumiy   qilib   aytganda,   gipotalamus   juda   ham   murakkab   integrativ   tuzilma
bo’lib, miyaning turli qismlari bilan boy afferent  va efferent tolalar orqali morfo-
fiziologik aloqadadir.
Gipotalamus   modda   almashinuvi   (oqsillar,   yog’lar,   karbonsuvlar,   tuzlar   va
suv   almashinuvi)   da   ishtirok   etadi,   issiqlik   hosil   bo’lishi   va   issiqlik   chiqarish
hamda uyqu va bedorlik jarayonlarini boshqaradi. Gipotalamus neyronlarida ba’zi
bir   gormonlar   hosil   bo’ladi,   qaysiki   neyrogipofizda   zaxira   bo’ladi.
Gipotalamusning   oldingi   guruh   yadrolari   parasimpatik   asab   tizimining   oliy
markazlari va gipotalamusning orqa guruh yadrolari esa simpatik   asab tizimining
oliy   markazlari   hisoblandi.   Shunday   qilib   lateral   gipotalamus   organizmda   ko’p
vegetativ jarayonlarni boshqaradi.
Gipotalamusning   orqa   sohasidagi   yadrolari   ta’sirlanganda   qorachiqlar   va
ko’z yorig’i kengayadi, yurak urushi tezlashadi, tomirlar torayadi va arterial bosim
ko’tariladi, me’da va ichaklarning motor funksiyasi tormozlanadi, qonda adrenalin
va   noradrenalin   ko’payadi,   glyukoza   konsentrasiyasi   esa   oshadi.   Bu   hodisalar
simpatik  asab   qirqib  qo’yilgach  yo’qoladi.  Gipotalamusning  orqadagi  yadrolarida
simpatik asab tizimining oliy markazlari borligi shundan anglashiladi. 
Gipotalamusning oldingi sohasidagi yadrolari  ta’sirlanganda qorachiqlar va
ko’z   yoriqlari   torayadi,   yurak   urishi   siyraklanadi,   arteriyalar   tonusi   va   arterial
bosim   pasayadi,   me’da   bezlarining   sekresiyasi,   me’da   va   ichaklarning   motor
faoliyati   kuchayadi,   insulin   ko’proq   ishlanib   chiqadi,   shuning   natijasida   qondagi
glyukoza   kamayadi,   siydik   ajraladi   va   defekasiya   ro’y   beradi.   Yuqorida   aytilgan
hodisalarning   hammasi   gipotalamusning   oldingi   yadrolarida   parasimpatik   asab
tizimining oliy markazlari borligiga aloqadordir.
Gipotalamusning o’rta yadrolari  (medial gipotalamus) - ta’sirlanganda yoki
yemirilganda   modda   almashinuvi   turlicha   o’zgaradi.   Kulrang   do’mboq
shikastlanganda  butun tanani  yog’  bosishi  va jinsiy infantilizmi (jinsiy tizimining
rivojlantirishdan   to’xatishi,   ushlanib   qolishi)   kelib   chiqishi   mumkin.
Hayvonlarning   kulrang   do’mbog’i   surunkasiga   ta’sirlanganda   qonda   lipidlar
ko’paygan   va   aoratada   aterosklerotik   o’zgarishlar   ro’y   bergan.   Maymunlarda gipotalamusning   ba’zi   (paraventrikulyar,   dorsomedail)   yadrolari   bir   necha   oy
ta’sirlanganda me’da va o’n ikki barmoq ichagi yarasi paydo bo’ladi. Bu tajribalar
trofik   (oziqlanish)   funksiyalarning   boshqarilishida   gipotalamus   yadrolarining
qatnashuvini ko’rsatadi.
Gipotalamusning   oldingi   o’rta   va   orqa   sohalardagi   yadrolari
termoregulyasiyada   birgalikda   qatnashadi.   Gipotalamusi   yemirilgan   hayvon   tana
haroratini   doimo   bir   darajada   saqlab   olmaydigan   (poykiloterm)   bo’lib   qoladi.
Kulrang   dumboqqa   mexanik   kuch   yoki   elektr   toki   bilan   ta’sir   etilganda   tana
harorati ko’tarilib ancha vaqt tushmaydi.
Gipotalamusning   ko’p   (supraoptik,   paraventrikulyar,   medial   va   mamillyar)
yadrolari   umurtaqali   hayvonlarda   oliy   asab   faoliyati   jarayonlarida,   uyqu   va
bedorlik siklida hamda qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraning shakllanishida
juda   katta   rol   o’ynaydi.   Uni   olib   tashlaganda   yoki   gippokampdan   ajralib
tashlaganda yuqorida zikr  etilgan jarayonlar keskin buzilib ketadi. Qishki  uyquga
ketuvchi   hayvonlarning   gipotalamus   orqa   guruh   yadrolarining   yemirilishi
natijasida    qishki   uyquga  ketuvchi  hayvonlar   (tipratikon,  yurmonqozik)  da  qishki
uyqu buziladi va ular uyqudan bedor bo’lmaydi. Ayni holda, agar bu hayvonlarda
gipotalamusning oldingi guruh yadrolari oldindan shikastlangan bo’lsa, ular qishki
o’yquga ketmaydi (Nuritdinov, 2003).
Shunday   qilib,   gipotalamus   funksiyalari   vegetativ   asab   tizimi,   somatik   asab
tizimi,   endokrin   bezlar,   qon   aylanish   va   nafas   olish   hamda   termoregulyasiya   va
oliy   asab   faoliyati   bilan   bog’liq   bo’lishida   hyech   shubha   qolmaydi.
Gipotalamusning shikastlanishi ovqatdan voz kechishdan tashqari, kam harakatlik,
ta’bxiralik,   stresslarga   chidamlilikning   pasayishiga   olib   keladi.   Bunday
shikastlanishda   ma’lum   bir   boshqaruv   tizimining   emas,   balki   bir   nechta
tizimlarning faoliyati buziladi.
Gipotalamus   miyaning   boshqa   qismlari   bilan   uyg’unlikda   jinsiy   axloq   va
ko’payishga   aloqador   boshqa   hatti-harakatlarning   shakllanishida   ishtirok   etadi.
Hayvonlar   hamjihatligida   ko’p   kuzatiladigan   agressiya   va   tajovuzkorlik   ham
gipotalamusning oldingi sohalariga bog’liq. Orqa   va   lateral   gipotalamusda   neyronlar   qo’zg’alganida   ochlik   holati   uchun
xos xatti-harakatlarni ruyobga chiqaradigan soha topilgan. U ta’sirlanganda hayvon
ovqat   qidira   boshlaydi,   so’lagi   oqib,   hazm   tizimi   a’zolari   harakati   kuchayadi.
Lateral gipotalamusdagi bu soha « ochlik markazi » deyiladi. 
Maymunlarda,   itlarda   va   boshqa   hayvonlarda   o’tkazilgan   tajribalar   va
klinikada   gipotalamus   sohasida   o’sma   paydo   bo’lgan   bemorlarda   olingan
ma’lumotlar   gipotalamusning   supraxiazmatik   yadrolari   davriy   (siklik)   ritmlarni,
xususan   kechayu-kunduzgi   uyquni   boshqarishini   ko’rsatadi   (Karmanova,
Nuritdinov, 1990).
5. Bosh miya kata yarim sharlar po‘stlog‘i markaziy asab tizimining oliy
bo‘limidir
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’i markaziy asab tizimining filogenetik eng
yosh qismi hisoblanadi. Bosh miya katta yarim sharlarining kul rang moddasi bosh
miyaning yuza qismida joylashgan bo’lib, u miya po’stlog’i deb nomlanadi. 
Miya   po’stlog’i   asab   hujayralari   tanasining   to’plamidan   tuzilgan.   Miya
po’stlog’ining   yuzasi   2200   sm2,   qalinligi   1,3-4,5   mm,   umumiy   hajmi   600   sm3.
Undagi neyronlar soni taxminan 109-1010 (Shade, Ford, 1989). Po’stlog’dagi glial
hujayralar soni neyronlar sonidan 5-6 marta ko’p. 13.5.1-rasm. Gipotalamus yadro guruhlarining joylanishi.
1-paraventrikulyar yadro; 2-oldingi birlashma; 3-gumbaz; 4-qadoq tana; 5-talamus; 6-epifiz;
7-suv yo’li (vodoprovod); 8-o’rta miya; 9-orqadagi yadro; 10-so’rg’ichsimon tanacha; 11-
dorsomedial yadro; 12-lateral yadro; ventromedial yadro; 14-neyrogipofiz; 15-adenogipofiz;
16-ko’ruv asabining kesishmasi; 17-supraoptik yadro .
O’rta   yoshdagi   odamlarda   bosh   miya   og’irligi   1100   g   dan   2000   g   gacha,
erkaklarga o’rta hisobda 1394 g ni, ayollarda esa 1245 gni tashkil etadi. Bosh miya
og’irligi   va   hajmi   katta   odamlarda   (20   yoshdan   60   yoshgacha)   o’zgarmaydi,   60
yoshdan keyin kamaya boradi.
Yangi  tug’ilgan o’g’il  bolalarda bosh  miya og’irligi  o’rta hisobda  390 g, qiz
bolalarda esa 355 g bo’ladi. 9-10 oylik chaqaloqlarda miya og’irligi ikki baravar,
3-4 yoshga yetganda 3 baravar ko’payadi. 7 yoshdan keyin miya og’irligi va hajmi
asta   selcin   oshaveradi.   20-29   yoshda   u   erkaklarda   1355   g,   ayollarda   esa   1220   g
bo’ladi.
Po’stloqda   kadimiy   ( paleokorteks ),   eski   ( arxikorteks )   va   yangi
( neokorteks )   qismlar   (po’stloqlar)   mavjud.   Paleokorteksga   hidlov   miya,
arxikorteksga   gunbaz   (limbik)   tizimi   va   uning   eng   rivojlanayotgan   tuzilmasi-
gippokamp kiradi, qolgan sohalar yangi po’stloq (neokorteks)ni tashkil qiladi.
Bosh miya katta yarim  sharlar  po’stlog’i bosh miyaning boshqa bo’limlariga
qaraganda evolyusion nuqtai nazardan kechroq rivojlangan bo’lsa ham, tuzilishi va
funksiyalari jihatidan juda murakkab bo’limidir.
Filogenezda   bosh   miya   po’stlog’i   ilk   bor   sudralib   yuruvchi   hayvonlar
(reptiliylar)da   paydo   bo’lib,   keyinchalik   sut   emizuvchilarda   yaxshi   rivojlangan.
Bosh   miya   po’stlog’i   paydo   bo’lishi   bilan   funksiyalar   kortikalizasiyasi   voqye bo’ladi,   ya’ni   organizm   funksiyalarini   boshqarish   asab   tizimining   qo’yi
bo’limlaridan  bosh  miya    po’stlog’iga  o’tadi.   Bosh  miya  po’stlog’i   organizmdagi
hamma   jarayonlarni,   shuningdek   odamning   butun   faoliyatini   nazorat   qila
boshlaydi. 13.5.2.-rasm. Odam bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining tashqi va ichki
ko’rinishi .
Buning   sababi   odamning   katta   yarim   sharlar   po’stlog’i   shikastlanganda
ayniqsa  katta o’zgarishlar  ro’y beradi. Odamning tanasini  tikka tutishi  va mehnat
faoliyati   bilan   bog’langan   murakkab   harakatlarni   yuzaga   chiqarishi   uchun   asab
jarayonlarining   neokorteksa   bog’liq   bo’lgan   g’oyat   mukammal   o’yg’unlanishi
talab   qilinadi.   Taraqqiyot   jarayonida   neokorteks   harakat   apparatini-ko’ndalang
targ’il   mushaklarni,   shuningdek   vegetativ   jarayonlarni   nazorat   qiladigan   bo’lib
qoladi.
Po’stloqning molekulyar  tuzilish xususiyati  shuki, asab hujayralari  ustma-ust
bir necha qavat bo’lib yotadi. 
Miya   po’stlog’idagi   hujayralar   joylashishi   va   shakliga   qarab   6   qavat,   ba’zi
qismlarda undan ham ko’p (ensada 9 qavat) bo’ladi.
Miya po’stlog’i mikroskopda tekshirilganda , undagi asab hujayralari quyidagi
tartibda joylashganligi aniqlangan.
Molekulyar   qavat   degan   1   qavvatda   asab   hujayralari   kam   bo’lib,   u   asosan
asab tolalarning chigalidan tashkil topgan (13.4.2-rasm).
II   qavat   -   mikroskopik   preparatlarda   yumaloq,   uchburchag   va   ko’p   burchak
donalar shaklidagi mayda (diametri 4-8 mk) hujayralar qalin joylashganidan tashqi
donador qavat deb ataladi.
III   qavat   -   dastlabki   ikki   qavatga   nisbatan   qalinroq   bo’lib,   unda   katta-kichik
piramidasimon neyronlar mavjud. IV qavat - ichki donador qavat deb ataladi. Ikkinchi qavat kabi, bu qavvat ham
mayda   hujayralardan   tuzilgan.   Voyaga   yetgan   organizm   katta   yarim   sharlar
po’stlog’ining   ba’zi   qismlarida   bu   qavat   bo’lmasligi   mumkin,   masalan,   yarim
sharlar po’stlog’ining motor (harakat) zonasida bu qavat yo’q.
V   qavat   -   Besning   katta   piramidal   hujayralaridan   iborat.   Bu   hujayralarning
yuqori   qismidan  yo’g’on o’siq-dendrit  chiqib,  po’stloqning  yuza  qavatlarida ko’p
marta   shoxlaydi.   Ikkinchi   uzun   o’siq-akson   katta     piramidal   hujayralardan   oq
modda ichiga kirib, po’stloq ostidagi yadrolarga yoki orqa miyaga yo’l oladi.
VI   qavat   -   multiform   qavat   bo’lib,   uchburchak   va   dugsimon   hujayralardan
iborat.
13.5.3-rasm. Bosh miya po’stlog’ining hujayraviy
tuzilishi: I- eng ustki qavat, asab hujayralarining kalta o’siqlaridan tashkil topgan; II-
donador hujayralar; III-piramidasimon hujayralar. IV-yulduzsimon hujayralar; V-
piramidasimon yirik hujayralar; VI-duksimon hujayralar.
6. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining sensor va harakat markazlari Miya   po’stlog’ining   turli   qismlarida   joylashgan   neyronlarning   funksiyasiga
ko’ra, po’stloq sathi uchta mintaqaga bo’linadi: sensor (sezish), motor(harakat) va
assosiativ mintaqalar. 
Afferent   yo’llarning   uchinchi   neyronlaridan   chiqadigan   aksonlar   qaysi
neyronlarda  tugasa,  o’sha  neyronlar   birinchi   guruhga  kiradi. Bu  neyronlar   ko’ruv
do’mboqlarining   yadrolaridan   katta   yarim   sharlar   po’stlog’iga   keluvchi   afferent
impulslarni   qabul   qilgani   uchun   sensor   neyronlar   deb   ataladi.   Sezish   (sensor)
mintaqalarda   joylashgan   neyronlar   to’plami   odam   tanasining   barcha   sezish
a’zolarining  oliy  markazi   hisoblanadi.   Bu  markazlar   teri,  ko’rish,   eshitish,   hid  va
ta’m   bilish   kabi   sezgi   a’zolarining   reseptorlaridan   impulslar   qabul   qiladi.   Asosan
yulduzsimon   neyronlar   shunday   funksiyani   o’taydi,   bunday   neyronlar   po’stloq
sensor sohalarining III va IV qavatlarida ayniqsa ko’p.
Afferent neyronlarning uchinchi  neyronlari  talamus yadrolari  va unga taqilib
turgan   tuzilmalar   (hidlov   reseptorlaridan   keluvchi   impulslar   bundan   mustasno)
orqali   po’stloqga   o’tib   ketadi.   Yarim   sharlar   po’stlog’ining   asosan   afferent
impulslar   keladigan   qismlarini   I.P.Pavlov   analizatorlarning   markaziy   (po’stloqiy)
bo’limlari   deb   atagan.   Ko’pgina   analizatorlarning,  masalan,   teri,   bo’g’im-mushak
(kinestetik),   visseral   analizatorlarning   markaziy   bo’limlari,   ya’ni   miya
po’stlog’idagi   vakilligi bir-birini qoplaydi. Analizatorlarning markaziy bo’limlari
joylashgan po’stloq sohalarini katta yarim sharlar po’stlog’ining sensor mintaqalari
deb   atash   rasm   bo’lgan.   Bu   mintaqalar   periferik   reseptor   maydonlarning   yarim
sharlar   po’stlog’idagi   proyeksiyasidan   iborat.   Shu   sababli   ularni   proyeksion
mintaqalar ham deyiladi.
Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ini juda ko’p olimlar tekshirib, miya
po’stlog’ida ta’sirni qabul qilib olish, harakat va assosiativ funksiyalar bajarilishini
aniqlanganlar. Hayvonlarda bosh miya po’stlog’i ayrim qismlarini olib tashlash va
shartli   refleks   usuli   bilan   olingan   ilmiy   ma’lumotlar   natijasida   miya   po’stlog’ida
tashqi dunyodagi ta’sirotlarni qabul qiluvchi va organizmdagi turli funksiyalarning
asab markazlari joylashganligi isbotlangan (13.6.1-rasm). 13.6.1-rasm. Bosh miya yarim sharlar po’stlog’ida oliy asab markazlarining joylashishi. 1-hid
sezish; 2-yozuv (o’ng qo’l); 3-siypalash (o’ng qo’l); 4-eshitish; 5-gapirish; 6-hisoblash; 7-
o’qish; 8-ko’rish; 9-siypalash (chap qo’l); 10-ohang musiqa; 11-o’zi turgan joyni aniqlash
(oriyentirlash); 12-geometrik shakllarni aniqlash markazi
Miya   po’stlog’ida   asab   markazlari   juda   ko’p   bo’lib,   ular   morfologik,
fiziologik jihatdan bir-biridan farq qiladi. Masalan, uning ensa qismida (17,18,19,
20,21,22   maydonlar)   ko’rish   ta’sirlarini   qabul   qiladigan   ko’rish   markazi
joylashgan. Chakka mintaqasida (41, 42 maydonlar) Kortiyev a’zodan kelayotgan
ta’sirni   qabul   qiluvchi   eshitish   markazi,   oldingi   markaziy   pushtada     harakat   asab
markazlari   (4,   6   maydonlar),   keyingi   markaziy   pushtada   sezishning   oliy   markazi
joylashgan.   Bulardan   tashqari,   miya   yarim   sharlarining   44,   45,   6,   39,   41,   42
maydonlari   bilan   bog’langan   nutq-eshitish,   nutq-harakat,   nutq-ko’rish   va   boshqa analizatorlarning   og’zaki   va   yozma   nutq   bilan   bog’liq   bo’lgan   asab   markazlari
joylashgan.
Miyaning   pastroqdagi   bo’limlariga-po’stloq   ostidagi   yadrolarga,   miya
ustuniga va orqa miyaga impuls yuboruvchi neyronlar ikkinchi guruhiga kiradi. Bu
katta   piramidal   neyronlar   bo’lib,   ularni   birinchi   marta   morfolog   V.A.Bes   1874
yilda tasvir etgan. Ular yarim sharlar po’stlog’idagi motor (harakat) mintaqasining
V   qavatida   to’plangan.   Bu   neyronlarni   motor   yoki   efferent   neyronlar   deb
hisoblashadi.   Motor   neyronlar   odamning  yurish,   yugurish,   tikka   turish   va   boshqa
murakkab harakatlarning shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
Qadoqsimon tana bosh miya sopining ustida joylashgan bo’lib, uch qismdan:
odingi   biroz   qayrilgan   tizza,   markaziy   tana   va   qalinlashgan   orqa   qismlaridan
iborat. Oldingi qismi ikkita yarim sharning frontal (peshona) qismlarini bog’laydi.
Orqa qismi bosh miya yarim sharlarining ikkita ensa qismini bir-biriga bog’laydi.
Katta   yarim   sharlar   po’stlog’i   hujayralar   tarkibi   va   tuzilish   xususiyatlariga
qarab, po’stloq  maydonlari   degan  bir   qancha  qismchalarga  bo’linadi.  Odamda 52
hujayra   maydonchasini   tasvir   etgan   nemis   neyromorfologi   K.Brodmanning
sitoarxitektonik xaritasi xalqaro miqyosda keng e’tirof etiladi (13.6.2.-rasm.) 13.6.2-rasm. Odam katta yarim sharlar po’stlog’ining tashqi yuzasidagi sitoarxitektonik
maydonchalar tasviri.
Miya   po’stlog’ining   yuzasidan   shakli,   amplitudasi   va   chastotasi   turlicha
bo’lgan   uzluksiz   tebranishlarini   qayd   qilish   mumkin.   Bu   tebranishlar   yozuvi
elektroensefalogramma   (EEG)   deb   nom   olgan.   EEGni   birinchi   marta   1925   yilda
V.V.Pravdig-Neminskiy   va   keyinchalik   G.Berger   (1929)   qayd   qilganlar.   Elektr
tebranishlarni ikki usul orqali: bipolyar va monopolyar usullari bilan qayd qilinadi.
Monopolyar   usulida   bir   elektrod   (faol   elektrod)   po’stloq   sohasida   qo’yiladi,
ikkinchi elektrod (indifferent) esa odam qulog’ining yumshog’iga qo’yiladi. Odam
bosh   terisidan   ajratib   olinadigan   potensiallar   amplitudasi   5-10   dan   200-300   mkV
gacha,   chastotasi   bir   soniyaga   0,5   dan   70   tebranishgacha   va   undan   ham   ortiq
bo’ladi. EEG da to’rta asosiy tipdagi ritmlar aniqlanadi: alfa-ritm, beta ritm, teta-
ritm va delta-ritm (13.5.1-jadval)
13.6.1-jadval
Ritmning nomi Chastota (Gs hisobiga) Amplituda
(mkV hisobiga)
Alfa-ritm 8-13 50
Beta-ritm 14-30 25
Teta-ritm 4-7 100-150
Delta-ritm 0,5-3,5 250-300
EEGning   asosiy   alfa-ritm   xotirjam   va   ko’zlari   yumilgan   katta   yoshli
odamlarda   kuzatiladi,   uni   sinxronlashgan   EEG   deyishadi.   Ko’zlar   ochilsa   yoki
boshqa a’zolardan miyaga signallar kelsa, yoxud aqliy faoliyat boshlansa, alfa-ritm
yo’qolib, beta-ritmning paydo bo’lishi EEGning desinxronlashishi  deyiladi. 
Agar katta yoshli odam uxlab yotgan bo’lsa, teta va delta ritmidagi EEG qayd
qilinishi   mumkin.   Shunday   qilib,   EEG   dagi   to’lqinlar   chastotasiga   qarab
po’stloqning   funksional   holati   to’g’risida   aniq   ma’lumotlar   olish   mumkin.   Shu sababli   elektroensefalografiya   usuli   klinikada   keng   qullanib   kelmoqda   (13.6.3-
rasm)
13.6.3- racm .  Odam   miyasi   po ’ stlog ’ ining   asosiy   EEG   ritmlari :
1-alfa ritm; 2-beta-ritm; 3-delta-ritm; 4-teta-ritm; 5-duk; yuqorida vaqt belgisi Adabiyot
1. Almatov K.T., Allamurodov SH. Odam fiziologiyasi. – T., 2004.
2 . Qodirov U.Z. Odam fiziologiyasi. – T., 2004.
3. Nuritdinov E.N. Odam fizologiyasi. Toshkent, «Aloqachi», 2005, 505 b.
4. Nuritdinov E.N., Kamolova D.O. Odam fiziologiyasi. Samarqand, 2014.
5.   Nuritdinov   E.N.,   Nurmetova   G.N.   Odam   fiziologiyasi   (muammo   leksiyalar
kursi). – Samarqand, SamDU, ch.1, 2003
6.  Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya cheloveka.- Moskva, «Sport», 2015.
7. Raff G. Sekret ы  fiziologii. M., 2001.
8.   CHufistova   O.N.   Osnov ы   neyrofiziologii   i   v ы sshey   nervnoy   deyatelnosti
(tekst): uchebnoe posobie. Tomsk., TGPU, 2009.
9.  Semenov E.V. Osnov ы  fiziologii i anatomii. – M.: 1997.
10.   Sapin   M.R.,   Sivoglazov   V.I.   Anatomiya   i   fiziologiya   cheloveka.   M.,
«Akademiya», 1999.
11.  Txorevskiy V.I. Fiziologiya cheloveka. M.: Fizkultura, obrazovanie i nauka.
2001.
12. Ananin V.F, Problem ы  nevrologii XX veka. M., 1992.
13.  Agadjanyan  N.A. i dr. Fiziologiya cheloveka. – Spb., 1998.
14.  Best, Taylor. Physiolohical Basis of Medical practice. USA , 1990.
15.   Chatterill.   Human   physiolohical.  Medical   alied   agensy.  –   Yndia,  Calcutta,
1993, 510 s.
16. Shepard Y. Neurobiology. Okxford, 1982.
17. Whitchous Y.H., Worthington B.S. Techniques in diagnostic imaging. 2 nd
Ed. Oxford: Blackwell Science, 1996.
18.   Ellis   H.,   Lodan   B.,   Dixon   A.   Human   cross   –   sectional   anatomi:   Atlas   of
bodi sections, CT and MRJI nages. Oxford, 1999.

MARKAZIY ASAB TIZIMINING XUSUSIY FIZIOLOGIYASI Reja: 1. Orqa miyaning funksiyasi. Uzunchoq miya, uning reflektor va vegetativ asab markazlari; 2. Miyacha va uning funksiyasi. O‘rta miya funksiyasi. 3. Oraliq miyaning morfo-fiziologik tuzilishi; 4. Bosh miya kata yarim sharlar po‘stlog‘i – markaziy asab tizimining oliy bo‘limidir; 5. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining sensor va harakat markazlari.

1. Orqa miyaning funksiyasi Katta odamlarda orqa miya oldindan orqaga qarab bir oz yassilangan 45 sm chamasi uzunlikdagi chilvirdir. U yuqori tomonda uzunchoq miya bilan tutashadi, pastda belning birinchi umurtqasi sathida konus shaklida tugaydi (13.1.1-rasm). Orqa miya ikkita asosiy funksiyani: reflektor funksiya va o’tkazuvchi yo’l funksiyasini bajaradi. Orqa miyaga teri yuzasidagi eksteroreseptorlardan, tana bilan qo’l-oyoqning proprioreseptorlaridan va ichki a’zolarning visseroreseptorlaridan impulslar kelib turadi. Orqa miya barcha skelet mushaklarini innervasiyalaydi. Orqa miya tanadagi barcha murakkab harakat reaksiyalarini yuzaga chiqarishda qatnashadi. Ulardan ko’plari orqa miyaning reflektor funksiyani bajarish natijasi bo’lishi mumkin, boshqa reaksiyalar esa, markaziy asab tizimining yuqoriroqdagi bo’limlari yuzaga chiqaradigan reflekslar natijasida kelib chiqadi. Bu holda orqa miya faqat impulslarni o’tkazuvchi yo’l hisoblanadi. Reseptorlardan orqa miyaga keluvchi axborot orqa miyaning orqa va yon qismlaridagi ko’pgina o’tkazuvchi yo’llar orqali miya ustunining markazlariga o’tadi va miyacha hamda katta yarim sharlar po’stlog’iga yetib boradi. Markaziy asab tizimining yuqoriroqdagi bo’limlaridan orqa miyaga esa impulslar oldingi va yon ustunlarning o’tkazuvchi yo’llari orqali keladi; bu asab impulslar orqa miyaning oraliq va motor neyronlarini qo’zg’atadi yoki tormozlaydi, natijada skelet mushaklari va ichki a’zolarning faoliyati o’zgaradi. Orqa miyaning o’tkazuvchi yo’l funksiyasi muhim funksiya bo’lib, periferik (atrofiy) reseptorlardan bosh miyaga va undan effektor a’zolarga (mushaklarga, bezlarga, qon tomirlariga) impuls o’tkazishda katta rol o’ynaydi.

13.1.1-Markaziy asab tizimining ko’rinishi. 1-bosh miya; 2-orqa miya Orqa miyaning ko’ndalang kesimiga qarasak, bir-biridan katta farq qiladigan turli rangdagi ikki qavatni: kul rang va oq moddani ko’ramiz. Kul rang modda o’rtada bo’lib, shaklan kapalakka o’xshaydi; kul rang moddaning atrofida oq modda joylashgan bo’ladi. Kul rang moddaning oldingi «qanotlari» oldingi shoxlar, orqadagi «qanotlari» esa orqadagi shoxlar deb ataladi. Oldingi shoxlardan-orqa miyaning oldingi ildizlari, orqadagi shoxlardan esa orqadagi ildizlari boshlanadi/ Kul rang modda-asosan asab hujayralarining tanasi (soma) dan iborat bo’lsa, oq modda asosan o’siqlardan, ya’ni asab tolalaridan tuzilgandir. Bu tolalarning ayrim tutamlari turli funksiyalarni o’taydi, shunga ko’ra, ularni uch guruhga bo’lishi mumkin: 1) yuqoriga ko’tariluvchi yoki markazga intiluvchi yo’llar (afferent tolalar). Bu tolalar orqali qo’zg’alish tanamizning turli qismlaridan bosh miyaga yetib boradi; 2) Pastga tushuvchi yoki markazdan qochuvchi yo’llar (efferent tolalar). Bu yo’llar orqali quzg’alish bosh miyadan periferiyaga o’tadi; 3) bir tuda kalta tolalar; ular orqa miyaning ikki–uch segmentidan o’tib, ularni bir-biri bilan bog’laydi (13.1.2-rasm). Orqadagi va oldingi ildizlardan turli asablar o’tishini fiziologlardan Ch.Bell va B.Majandi tajribada aniqlaganlar. Ular orqa miyaning bir tomondagi oldingi

ildizlarini qirqib qo’yganlarida o’sha tomondagi qo’l-oyoq tamomila falaj bo’lgani holda, sezuvchanlik bekami-ko’st saqlangan. Orqadagi ildizlar kesib qo’yilganda sezuvchanlik yo’qolgan va shu bilan birga harakat andak bo’lsada buzilgan emas. Bu kuzatishlar orqadagi ildizlar sezuvchi ildizlardir , ulardan markazga intiluvchi (afferent) tolalar o’tadi, oldingi ildizlar esa harakatlanuvchi ildizlar bo’lib, ulardan markazdan qochuvchi (efferent) tolalar o’tadi degan xulosani chiqarishga asos bo’ldi. 13.1.2.-rasm. Orqa miyaning ko’ndalang kesimi. 1-oq modda; 2-kulrang modda; 3-orqa shoxdan chiqqan sezuchi asab; 4-oldingi shoxdan chiqqan harakatlantiruvchi asab; 5- sezuvchi va harakatlantiruvchi asablarning qo’shilishidan hosil bo’lgan aralash asab tolalari. Bundan tashqari, ba’zi asab tolalar orqa miyaning birinchi yarmidan ikkinchi yarmiga o’tadi va uning ikkala yarmini bir-biri bilan birlashtiradi. Shunday qilib, orqa miyaning asosiy funksiyalaridan biri – qo’zg’alishni o’tkazishdir . Orqa miya qirqib qo’yilsa, bu muhim funksiya buzilib, bir qancha jiddiy o’zgarishlar kelib chiqadi/ Odamning orqa miyasi uzilgach bir necha vaqtdan keyin bukish reflekslaridan tashqari, tizza refleksi va Axill refleksi yaqqol ko’rinadi. Tizza refleksi shundan iboratki, son to’rt boshli mushakning payiga urilganda oyoq tizza bug’imidan yoziladi, Axill refleksi shundan iboratki, Axill payiga urilganda oyoq boldir-panja bug’imidan yoziladi. Bu reflekslar «spinal» odamda ayniqsa kuchaygan bo’ladi. Odam orqa miyasi to’la uzilgandan bir necha vaqt o’tgach siydik chiqarish va

defekasiya refleklari tiklanadi, qovuq va to’g’ri ichak ma’lum darajada cho’zilgach shu reflekslar yuzaga chiqadi. Orqa miya markaziy asab tizimining yuqoriroqdagi bo’limlari (miya ustuni) miyacha va katta yarim sharlar)ga ko’tariluvchi va tushuvchi o’tkazuvchi yo’llar orqali bog’lanadi. Reseptorlar oladigan axborot ko’tariluvchi yo’llar orqali o’tadi. Orqa miyaning tushuvchi yo’llari orqali unga yuqoriroqdagi effektor markazlardan impulslar kelib turadi. Orqa miya bosh miya markazlaridan tushuvchi yo’llar orqali impulslar olib va ularni ishlovchi a’zolarga o’tkazib turadi,shu tariqa o’tkazish-ijro etish vazifasini bajaradi. 2. Uzunchoq miya uning reflektor va vegetativ asab markazlari Odam va umurtqali hayvonlarda orqa miyaning davomi uzunchoq miya hisoblanadi. Uzunchoq miya va miyaning ko’prigi (Varoliy ko’prigi) hamda o’rta va oraliq miya birgalashib miya ustunini hosil qiladi. Miya ustuni tarkibiga talaygina yadrolar, ko’tariluvchi va tushuvchi yo’llar kiradi. Lekin, miyaning tursimon tuzilmasi (retikulyar formasiyasi) o’z funksiyalari bo’yicha bularning ichida alohida o’rin egalaydi (13.1.3.-rasm). Uzunchoq miyadagi tuzilmalar bilan Varoliy ko’prig keyingi miyani tashkil qiladi. Uzunchoq miyadagi ba’zi asab hujayralarining o’siqlari orqa miyaning turli bo’limlariga boradi va uzunchoq miya bilan oraliq miyani bir-biriga bog’laydi. Boshqa asab hujayralarining o’siqlari esa, uzunchoq miyadan chiqib, bosh miya asablarini hosil qiladi. Keyingi miyada neyronlarning to’plamidan vujudga keladigan markazlar muhim reflektor reaksiyalarni yuzaga chiqaradi. Masalan, uzunchoq miyada hayot uchun muhim bir qancha markazlar bor. Jumladan, nafas markazi, yurak faoliyati markazi, tomir harakatlantiruvchi markaz, hazm markazi va modda almashinuvini idora etadigan markaz uzunchoq miyadadir.