logo

Markaziy Osiyo xalqlari tarixida din va diniy ta’limotlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.5634765625 KB
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida din va diniy ta’limotlar.
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism: 
1. Din va diniy jamoa tushunchalari.
2. Ibtidoiy dinlarning shakllari.
3. O'rta Osiyo xalqlari tarixida din.
III. Xulosa « Din »   tushunchasi   ifoda   etgan   ijtimoiy   hodisa   ko ' p   qirrali ,   murakkab   va
ziddiyatli   jarayon   ifodasidir .   Undan   o'tmishdagi   g'oyat   og'ir   va   hozirgi   murakkab
sharoitlarda   har   xil   ijtimoiy-siyosiy   harakatlar   turli   maqsadlar   yo'lida
foydalanishga   intilganlar.   DIN   tushunchasi   o'zbek   tiliga   arab   tilidan   kirib   kelgan
bo'lib,   ishonch,   inonmoq   ma'nosini   bildiradi.   Bizning   fikrimizcha ,   din   real
voqelikdagi,   ijtimoiy   hayotdagi   narsa   va   hodisalarni   tabiatdan,   jamiyatdan
tashqarida   mavjud   deb   hisoblaydigan,   ularni   o'ziga   xos   tarzda   aks   ettiradigan
ma'naviy   e'tiqod   va   amalning   bir   turidir.   E'TIQOD   so'zi   ham   arab   tilidan   kirib
kelgan   bo'lib,   chuqur,   mustahkam   ishonch   ma'nosini   anglatadi.   Demaq   diniy
e'tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslaq ishonish tushuniladi. 
Iloo'iyot,   ya'ni   diniy   ta'limot   nuqtai   nazardan   «din»,   «diniy   e'tiqod»
tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma'nosi, maqsadi va taqdiri uni
bevosita   qurshab   olgan   moddiy   olamdan   tashqarida   bo'lgan,   uni   go'yo   yaratgan,
ayni   zamonda   insonlarga   birdan-bir   «tugri»,   «haqiqiy»,   «odil»   hayot   yullarini
ko'rsatadigan   va   o'rgatadigan   ilohiy   kuchga   ishonch   va   ishonishni   ifoda   etadigan
maslaq   karashlar,   ta'limotlar   majmuidan   iboratdir.   Islomgacha   «din»   so'zining
o'rniga   «tangri   yo'li»,   «unga   ishonch»   iboralari   qo'llanilgan   bo'lsa   kerak.   Turkiy
elatlarning   islomgacha   bo'lgan   diniy   e'tiqodlariga   binoan   «tangri»   butun   olamni,
insonni   yaratgan,   «yuksaklik»,   «eng   baland»,   «bahaybat»   degan   ma'nolarni   ham
anglatgan.   Ilmiy   bilimlarga   asoslangan   dunyoviy   ishonchli,   haqiqiy   ta'limot
olamning   mavjudlik   sabablari   masalasida   diniy   qarashlar   bilan   kelishmasa-da,
ammo   insonni,   uning   ijtimoiy   faoliyati,   ma'naviy   va   axloqiy   qadriyatlarini
o'rganishda minglab yillar mobaynida uning bag'rida qo'lga kiritilgan bilim, tajriba,
ularning   hozirgi   kundagi   ijobiy   ahamiyatini   aslo   rad   qilmaydi.   qolaversa,   din
bag'rida   shakllangan   ma'naviy,   jumladan   axloqiy   qadriyatlarning   vujudga   kelish
sabablari , ularning kishilarga ijobiy ta'sirchanlik masalalari ilmiy jihatdan o'rganish
va   bu   ma'naviy-ahloqiy   qadriyatlardan   foydalanish   ko'proq   ahamiyatga   ega
bo'lmoqda.   Ma'lumki,   diniy   olng   ijtimoiy   ong   shakllaridan   biri   bo'lib,   uning
mavjudligi   ham   ijtimoiy   borliq   bilan   belgilanadi.   Kishilarning   ijtimoiy,   ma'naviy
hayoti   moddiy   asosga   (bazisga)   bog'liq.   Ijtimoiy   xayot   jamiyat   bilan   tabiat orasidagi birlikning muayyan ko'rinishi bo'lgan hukmron ishlab chiqarish usulining
taraqqiyot   darajasiga   asoslanadi.   Demaq   ijtimoiy   borliq,   bir   tomondan,   jamiyat
bilan   tabiat   orasidagi   birlikni,   ikkinchi   jihatdan,   jamiyat   a'zolari   orasidagi   o'zaro
munosabatni   qamrab   oladi.   Diniy   ong   ijtimoiy   ong   shakllaridan   biri   sifatida   ana
shu   munosabatning   muayyan   shakllarining   in'ikosidir.   Dindor   o'z   tasavvurida
o'zining   toat-ibodatga   oid   harakatlari   orqali   ilohiy   kuch   bilan   bevosita   aloqa
bog'lanish o'rnatadi. Din muayyan ta'limotlar, his-tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy
tashkilotlarning   faoliyatlari   orqali   namoyon   bo'lganligi   uchun   ular   dinning
elementlari   (qismlari)   deb   ataladi.   Bu   tarkibiy   qismlar   bir-birlari   bilan   uzviy
bog'liqdir; dinning mavjudligi bu tarkibiy qismlarning hammasini taqozo qiladi. 
Dinning tarkibiy qismlari orasida diniy ong, diniy tasavvurlar yetakchi o'rin
egallaydi.   Binobarin,   diniy   marosimlar,   diniy   psixologiya,   diniy   birlashmalar   esa
diniy   tasavvurlarni   mustahkamlaydi   va   uzoq   davrlarda   yashashi   uchun   xizmat
qiladi.   Diniy   ong   bir-biri   bilan   bog'liq,   o'zaro   muayyan   darajada   ijobiy   mustaqil
bo'lgan   diniy   mafkura   va   diniy   psixikadan   iborat.   Diniy   mafkuraning   vujudga
kelishi   va   shakllanishi   sinfiy   jamiyatda   ro'y   bergan   aqliy   meo'natning   jismoniy
mehnatdan   ajralishi   va   buning   natijasida   vujudga   kelgan   dastlabki   qohinlar,
keyinchalik   ruhoniylar   faoliyatlari   bilan   bog'liq.   Ular   o'z   g'oyaviy   faoliyatlarida
diniy mafkurani yaratadilar va buni asoslash, targ'ib qilish bilan shug'ullanadilar.
  Diniy   psixologiya   –   ruhiy   holat   bo'lib   diniy   mafkuradan   ancha   oldin
vujudga   kelgan.   U   oddiy   dindorlarning   his-tuyg'ulari   bilan   boghliq   odatlari,
kayfiyatlaridan   tashkil   topadi.   Diniy   mafkura   diniy   psixik   holatni   g'oyalar   bilan
mustahkamlasa,   bunisi   diniy   mafkurani   his-tuyg'ular,   odatlar   vositasida
chuqurlashtiradi. Hozirgi davrda oddiy dindorlarning xatti-harakatlaridagi islomga
xos bo'lmagan  ibtidoiy dinlarning qoldiqlari  bunga misol  bo'la oladi. Bularga pol
ochirish,   kinna   soldirish,   issiq-sovuq   qildirish ,   va   h.k.lar   kiradi.   Dinning   ta'rifi,
uning   tarkibiy   qismlari,   diniy   ong   darajalarini   bilishning   ilmiy,   amaliy   ahamiyati
shundaki,   u   kishilar   hayotidagi   diniy   va   diniy   bulmagan   xarakatlarni   bir-biridan
farqlash, ularga alohidaalohida yondashish imkonini beradi. Jamiyat moddiy hayot
sharoitlarining   ta'siri   ostida   vujudga   kelgan   din   tarixiy   va   ijtimoiy   shodisadir.   U ijtimoiy   taraqqiyotning   muayyan   bosqichida,   ma'lum   bir   sabablarga   binoan
vujudga   kelgan.   Diniy   munosabatlar,   birinchidan,   har   bir   diniy   jamoa,   uyushma,
tashkilotlar   orasidagi,   ikkinchidan,   diniy   tashkilotlar   o'rtasidagi   va   uchinchidan,
tashqi   munosabatlar   doirasidagi   aloqalarga   bo'linadi.   Bu   aloqalarning   ob'yekti   va
sub'yekti   diniy   jamoalardir,   ular   diniy   e'tiqodga   asoslangan   kishilar   birligining
muayyan   shakli   va   diniy   uyushmaning   boshlang'ich   elementidir.   Bu   birlikning
asosiy belgilari quyidagicha:  1)diniy e'tiqod. Maqsad  va vazifalar birligi; 2) diniy
marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyo'usi; 4)
jamoa a'zolari orasidagi uzaro taqsimlangan mavqei va vazifalarning birligi. Diniy
jamoalarning   to'zilishi   an'analar   va   urf-odatlar,   huquq   yoki   umumiy   dasturlar ,
qoida,   fatvolar   bilan   belgilanadi.   Bular   maxsus   mezonlar   asosida   rasmiy   va
norasmiy   guruhlarga:-   «Jamoa   kengashi»,   «ruhoniylar»,   «qavmlar»   va
«va'zxonlar»ga,   diniy   va   xujaliq   moliya   ishlari   bilan   shug'ullanuvchi   guruhlarga
bo'linadi.   O'rta   Osiyo   xalqlari   mslomgacha   e'tiqod   qilgan   zardushtiylikda   diniy
qarash va tasavvurlar dunyoviy ishlarga faol munosabatda bo'lishga chaqirilgan.
  Xususan,   bu   dinda   chorva   mollarini   boqish,   dehqonchilik   bilan
shug'ullanish   dindorlikning   asosiy   belgisi,   vazifasi   darajasiga   kutarilgan.
Taqvodorlikning   asosiy   belgisi   chorvaga,   oilaga   ega   bulish   va   don   ekishdir.   Dan
ekkan  kishi  taqvodorlik  urug'ini   ekadi.  Bunga  ixlos   kuyish  10  ming  marta  ibodat
qilish   bilan   barobar,   yuzlab   qurbonlik   g'ilishga   teng   deb   hisoblangan.   Bu
zardushtiylikning muhim ijobiy tomoni edi. Bu dinda mehnat juda ulug'langanyu u
faqatgina   moddiy   ne'matlar   manbai   bulmay,   balki   birinchi   navbatda,   ahloqiy
sog'lom   va   ezgulik   manbai   bo'lgani   uchun   ham   yuksak   qadrlangan.   Bu   vaziyat
muayyan shaklda boshqa dinlarda ham bor. Chunonchi, hadislarda bayon qilingan
ota-ona   va   farzandlar,   boshqa   millat   vakillari   bilan   bog'liq   fikrlar,   qarashlar   ham
bunga yorqin misol bo'la oladi.
IBTIDOIY DINLARNING SHAKLLARI.
Ibtidoiy   odamlar   hozirgi   davrdagi   singari   to'la   shakllangan   diniy   sistemaga
ega   bulmagan.   Ularda   boshlang'ich   diniy   tasavvurlargina   bulgan,   xolos.   Dinning
ana   shunday   ibtidoiy   shakllari   urug'chilik   tuzumi   shakllanayotgan   davrda   paydo bulgan.   Ibtidoiy   odamlarning   diniy   e'tiqodlari   totemizm,   animizm,   fetishizm,
shomonliq magiya(sehrgarlik) shakllarida tarqalgan; ularning elementlarim hozirgi
zamon dinlarida ham uchraydi. 
TOTYEMIZM - hindlar tilidagi «O totem»(uning urug'i) degan so'zdan kelib
chiqqan. Totemizm ibtidoiy g'oyat sodda diniy e'tiqodning bir turi bo'lib, qadimgi
zamondagi   urug'-qabila   a'zolarining   muayyan   bir   hayvon,   o'simlik   bilan   g'ayri-
tabiiy aloqasi, yaqinligi, qon qarindoshligi bo'lgan deb, bu hayvon va o'simliklarni
muqaddaslashtirishdan   iboratdir.   Totemizmning   muayyan   kishilar   guruhining
tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog'liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan
edi.   Har   bir   qabila   yoki   urug'   o'z   sharoitini   hamda   imkoniyatlarini   ko'zda   tutib,
ba'zi hayvonlarni ovlar va ular haqida yetarli ma'lumotlarga ega edi. 
Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning urug' bilan yaqinligi yoki qon-
qarindoshligi   bo'lsa   keraq   degan   tasavvurni   keltirib   chiqargan.   Natijada
ba'zi   hayvonlar ,   keyinchalik   esa   o'simlikning   ba'zi   navlari   ham   muayyan   urug'
a'zolarining   ajdodi   –   totemidir,   degan   tasavvur   shakllanishiga   olib   kelgan.   Shu
boisdan   keyinchalik   urug'   a'zolari   totemning   «yordamiga»   ko'z   tikkanlar,   uni
muqaddaslashtirib,   o'z   homiylari   deb   hisoblaganlar,   sehr   yo'li   bilan   unga   ta'sir
qilishga   uringanlar.   Totemga   sajda   qilingan,   u   himoya   qilingan,   e'zozlangan,   uni
otib   o'ldirish,   iste'mol   qilish   man   etilgan.   Faqat   ayrim   hollarda,   ya'ni   tantanali
kunlarda   totem   hisoblangan   hayvon   yoki   o'simlikni   maxsus   rasm-rusumga   rioya
qilingan   holda   iste'mol   kilish   mumkin   bulgan.   Urug'   a'zolarida   shundagina
totemning   kuch-quvvati   kishilarga   o'tadi   va   u   kelgusida   ham   urug'ning   homiysi
bo'lib qoladi degan tasavvur bulgan. Totemizm e'tiqodlari tub avstriyaliklarda keng
saqlanganligini   ularning   nomlaridan   payqash   mumkin.   Ular   urug'larni   konkret
hayvonlar   (kenguru,   oq   ho'kiz,   qora   ho'kiz   kabi   ayrim   o'simliklar)   nomi   bilan
ataganlar.   Totemizining   elementlarini   hozirgi   dinlarda   ham   ko'rish   mumkin.
Masalan,   hinduizm   dinida   fil,   sigir,   maymun,   ilon   kabilar   muqaddas   hayvonlar
hisoblangan.   O'zbeklarda   qaldirg'och,   musicha,   laylaq   ko'k   qarg'ani   muqaddas
qushlar   deb   e'zozlash   ham   totemizmning   ko'rinishlaridan   biridir.   Markaziy   Osiyo
xalqlarida, shu jumladan o'zbeklarda muchalga qarab vaqt xisobini chiqarish totem e'tiqodi   bilan   bog'liqdir.   Masalan,   ota-bobolarimizda   odamlarning   yoshini   ya'ni
tug'ilgan kunidan  boshlab  qancha  yashaganligini  muchal   orqali, muayyan  hayvon
nomlari bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo'lgan. Muchal mo'g'ul,
xitoy va butun turkiy xalqlarda keng talqalgan yil hisobi bo'lib, unda yil oylari 12
hayvon   nomi   bilan   ataladi:   sichqon   (mush),   mol   (gav),   yo'lbars   (palang),   quyon
(xargusht),   baliq   (naxang),   ilon   (mor),   ot   (asp),   qo'y   (go'sfand),   maymun
(hamduna), tovuq (murg'), to'ng'iz (xo'k) shular jumlasiga kiritilgan. 
A N I M I Z M - (lotincha – animus – jon, ruh demakdir). qadimgi zamon
dinlaridan biri, kishi ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi
buyumlarni   ilohiylashtiradi,   har   bir   jismda   ruh   bor,   tanadan   tashqarida   ham   jon
bor,   deb   hisoblanadi.   Animistik   tasavvurlar   barcha  xalqlar   tarixidagi   dinlarda   jon
va   ruh   haqidagi   tushunchalarning   shakllanishida   ma'lum   rol   o'ynab   kelgan.
Animizm   har   bir   kishida   uning   hayoti   va   ongining   manbai   bo'lgan   jon   bor,   deb
talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb
bilar edi. Masalan, Shimoliy Amerika   xalqlarida soya bilan jon , qadimgi arablarda
jon   bilan   qon,   Grenlandiyada   esa   nafas   olish   bilan   jon   bitta   nom   bilan   ataladi.
Animizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar
xususiyatlarini chuqur o'rganish, jon va ruhlarning tirik odamlar singari qobiliyatga
ega   degan   fikrlar   paydo   bo'lishi   munosabati   bilan   tarkib   topgan.   Shu   davrda
jonning   o'lmasligi   haqidagi   tasavvur   paydo   bo'lgan.   Chunki   qadimgi   odamlar   o'z
tanalarining to'zilishi to'g'risida to'liq bir tushunchaga ega bo'lmay, hattoki uyqu va
tush   ko'rishining   sabablarini   ham   izohlay   olmaganlar.   Shundan   sung   ibtidoiy
odamlar   inson   tanasini   boshqaradigan   qandaydir   alohida   bir   kuch   bo'lib,   odam
o'lgandan   so'ng   u   kuch,   ya'ni   jon   tanadan   chiqib   ketadi   degan   tasavvur   hosil
bulgan. Shuning uchun ular o'zlari bilan bir qatorda hayvon, o'simliq hatto mehnat
qurollari,   keyinchaliq   suv,   o'rmon,   momaqaldiroq   va   boshqalarda   ham   jon   bor,
degan   tasavvurlarni   keltirib   chiqarganlar.   Buni   fanda   gilozoizi   deb   ataydilar.   Jon
va   ruhlarga   ishonish   barcha   dinlarga   xosdir.   Dindorlarning   fikricha,   jon   barcha
kishilarda bo'lib, xudo eng oliy ruh xisoblanadi. Farishta, shayton kabilar haqidagi
tasavvurlar   o'z   mohiyatiga   ko'ra   murakkablashtirilgan   animizmdir.   Odam o'lgandan   so'ng   tanadan   chiqib   ketadigan   jon   bor,   degan   tasavvur   chuqurlasha
borgan.   Demaq   odam   o'lganda   jon   chiqib   ketib,   yashay   berar   ekan,   uning   o'zi
abadiy yashaydi degan tushuncha paydo bo'lgan. Abadiy ruh to'g'risidagi tasavvur
ana   shu   yo'sinda   shakllangan.   Ruhlarga   ishonish   arvohlarga   ishonishni   keltirib
chiqargan.   O'zbeklarda   arvohlar   hahidagi   tasavvurlar,   ularni   eslab   payshanba
oqshomi   arafasida   chiroq   ё qish,   qabrstonlarga   borib   Qur'on   suralaridan   o'qish
animizmga bo'lgan e'tiqodning shaklidir. 
F E T I SH I Z M - (fetish – fransuz tilidagi «fetiko» - yasalgan tumor, but,
sanam   degan   so'zlardan   olingan)   moddiy   buyumlarda   g'ayritabiiy   xususiyatlar
borligiga   ishonib,   jonsiz   narsalarga   sig'inishdir.   Ibtidoiy   odam   ongida   har   xil
moddiy buyumlar – tog', qoya tosh, daraxt, keyinchalik   turli hayvonlarning suyagi ,
pati, tumor, sanam va hokazolarda g'ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo
bulgan.   O'zlari   vujudga   keltirgan   bunday   kuchlarga   o'zlari   sig'ina   boshlaganlar.
Ibtidoiy  din shakllaridan  biri   bo'lgan  fetishizm  barcha  halqlarda diniy  tasavvurlar
shakllanishi   bilan   uzviy   bog'liqdir.   Fetishizm   politeistik   (kup   xudolik),   hatto
monoteistik   (yakka   xudolik)   dinlarida   hozirgacha   saqlanib   kelmoqda.   Masalan,
xristianlarda krestga (butga) sig'inish, islomda esa turli o'simlik turlarini – sedana,
ko'ztikan,   qalampirmunchoq,   achchiq   qalampir,   isiriq,   chilonjiyda,   daraxtlardan   –
yong'oq, chinor, archa  va boshqalar  muqaddaslashtirilib,  boshqa buyumlarga, shu
jumladan   odamlarga   ta'siri   yoki   yordami   bo'lishi   mumkin   degan   tasavvur   paydo
bo'lgan.   Bunday   xususiyatni   tog'-toshlarga,   turli   buyumlarga   ham   xos   degan
g'ayritabiiy fikrlar shakllangan. Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. 
Hozirgi vaqtda ba'zi soddadil, mutaassiblarning turli tumor, ko'zmunchoq va
hokazolarni   taqib   yurishlari,   daraxtlarga   latta-puttalarni   osishi,   is   chiqarishi
shunday   jismlarni   ilohiylashtirish,   ularning   mo''jizaviy   kuchiga   ishonish
fetishizmning diniy e'tiqoddagi eng xarakterli ko'rinishi va qoldig'idir. 
SH   O   M   O   N   I   Z   M   -   ibtidoiy   jamoa   tuzumi   yemirilishi   davrida   paydo
bo'lgan   animistik   e'tiqod   va   ibodatning   keng   doirasiga   kiradigan   qadimgi   diniy
e'tiqodlardan biri. Uning o'ziga  xos xususiyati  – kishilar  orasida  turli  ruhlar  bilan
munosabatda   bo'la   oladigan   shomonlar   qobiliyatiga   ishonishdir.   Shomonlarga, shuningdeq   kelajakni   oldin   aytib   berish,   kasalni   davolash,   o'lganlarni   oxiratga
uzatish,   tabiatga   xoxlagancha   o'zgarishlar   qilish   kabi   xususiyatlar   taqaladi.
O'tmishda   shomonlarning   ruh   bilan   aloqasi   shomon   do'mbirasi   yoki   mo''jizaviy
musiqa   ijrosida   turli   rasm-rusmlarni   bajarish   jarayonida   jazavasi   tutib ,   holdan
toygancha   bajarilgan.   Shomonizm   o'tmish   dinlar   sarqiti   sifatida   ba'zi   hollarda
uchrab turadi. 
M   A   G   I   YA   (sehrgarlik)   -   insonga,   hayvonga   yoki   tabiat   hodisalariga
g'ayritabiiy   yo'l   bilan   ta'sir   ko'rsatish   maqsadida   bajariladigan   xatti-harakatdir.
Sehrgarlik   xarakatining   shakllari   turlicha   bo'lib,   ular   turmushning   xar   hil
sohalarida   qullanilgan.   Muhabbat   magiyasi,   davolash   magiyasi,   ishlab   chiharish
magiyasi,   dushmanni   yengish   magiyasi   kabi   sehrgarlik   ibodat   va   harakatlar
ibtidoiy   odamlar   hayotida   alohida   o'rin   egallagan,   ya'ni   ular   tirikchilikka   kerak
bo'lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki xodisaga bog'lih bo'lgan magik
xarakatlarni   bajarganlar.   Ibtidoiy   jamoa   ishlab   chiqaruvchi   kuchlar   rivojining
darajasi pastligi, kishilar hayotining urug' va qabila munosabatlari tor doirasi bilan
cheklanganligi, tabiat kuchlari oldidagi ojizlik dinning ilk shakllarida o'z in'ikosini
topgan.   Bu   ojizlik   ibtidoiy   odamning   sodda,   yuzaki   tasavvurlariga   asoslangan
soxta, sehrgarlik usullarini qullanishga majbur etgan. Ojizlik qadimgi odamlarning
har   doim   mu'jizaga   ishonish   bilan   xayoldagina   maqsadga   erishishiga   madad
bergan.   Ibtidoiy   dinlardagi   xayoliy   in'ikos   mahsuli   bo'lgan   tog',   suv,   bo'ron,
quyosh,   momaqaldiroq   xudosi   kabi   tasavvurlar   turli-tuman   bulsa-da,   ular   oliy   va
past   tabaqalarga   ajratilgan   emas.   Bunday   ajratish   jamiyat   taraqqiyotining   keyingi
bosqichlarida o'tilgandan so'ng yuz bera boshladi.
O'RTA OSIYO XALQLARI TARIXIDA DIN.
Markaziy   Osiyo   xalqlari   shakllanish   tarixining   murakkab   va   o'ziga   xos
tomonlari mavjuddir. Bu vaziyat ularning diniy e'tiqodlarida ham o'z aksini topgan.
Bu   tarixiy   jarayonning   mazmunini   dinning   qadimgi   shakllari   va   elementlari,
zardushtiyliq   monixeyliq   buddizm,   xristianliq   yahudiylik   va   islomdan   tashkil
topgan   dinlarning   tarixi   tashkil   qiladi.   qayd   qilingan   bu   dinlar   Markaziy   Osiyo
xalqlari   tarixida   oldinma-ketin   o'rin   olgan.   Bu   hudud   xalqlarining   dastlabki manzilgohlari   Farg'ona   vodiysi   tosh   davrida,   ya'ni   eramizgacha   bo'lgan   1   mln.   –
500   minginchi   yillarda   vujudga   kela   boshlagan.   Quyi   paleolit   davridayoq
(eramizgacha bo'lgan 10 ming yillar) bu yerlarda Teshiktosh, Sherobod va boshqa
makonlar)   ma'naviy   madaniyatini   shakllanganligini   ifoda   etuvchi   qoyalarga   o'yib
tasvirlangan   rasmlarYU   xaykaltaroshlikning   eng   oddiy   turlari   paydo   bo'la
boshlagandi. Ibtidoiy odamlar o'simlik va hayvonlarning ramziy ifodalarini xayoliy
tarzda o'zaro biriktirgan, uyg'unlashtirgan; bu ilk badiiy asarlar voqelikni insonning
real   va   hayoliy   o'zlashtirishlarini   o'zida   ifoda   etgan ;   shu   bilan   birga   bular   diniy
qarashlarning ham vujudga kela boshlaganligini ham bildirgan. Keyinchaliq nealit
davrida   «muqaddas»   hayvonlarga,   ona-xudoga   bag'ishlangan   xaykallar,   toat-
ibodatlar,   diniy   urf-odatlar   bilan   bog'liq   buyumlar   paydo   bula   boshlagan.   Sharq
xalqlarining   qadimgi   diniy   qarashlarida   samoviy   jismlarga,   hodisalarga   itoat
qilishlar ham keng o'rin olgan.  Bu borada yulduzlar harakatiga keng o'rin berilgan.
  Markaziy   Osiyo   xalqlarining   «Tangri»ga   ishonishi,   samoviy   jism   va
hodisalarni   muqaddaslashtirishlar   bilan   bog'liq   qadimgi   bir   qancha   diniy
tasavvurlarning   o'zaro   uyg'unlashuvining   natijasidir.   Ko'pgina   turkiy   xalqlarda
Tangri xudo sifatida osmonga, yerga, oyga nisbatan ham  qo'llanilgan.   Bu vaziyat
osmon, yer, suv, tog' xudolarini u davrlarda birbiridan ajratilmaganligidan dalolat
beradi.   Sharq   xalqlari   orasida   ajdodlar   ruhlariga   sig'inishlar,   ulardan   madadlar
kutishlar,   yer,   inson   salomatligi   uchun   foydali   bo'lgan   chashma   va   buloqlarni
muqaddaslashtirishlar, ular bilan bog'liq qurbonliklar  qilishlar hanuzgacha  uchrab
turadi. Tog' balandliklari, dovonlari, so'qmoqlari bilan bog'liq ruhlar eng kuchli va
qudratli   ruhlar   hisoblangan.   Ular   sharafiga   bag'ishlangan   tosh   buyumlari,
muqaddas tepaliklar, sun'iy to'siqlar, ayrim hollarda esa xom g'ishtlardan qurilgan
gumbaz   tom   bilan   yopilgan   maxsus   inshootlar   barpo   qilingan.   Odatda   bular
atrofiga tog' echki va quylarning shohlari terib qo'yilgan, uzun tayoqlarga bir tutam
jun, latta, paxta va yovvoyi qo'toslarning dumlari osib qqo'yilgan. Hozirgi davrda
ham   bunday   «muqaddas   joylar»da,   garchi   hech   kim   dafn   qilinmagan   bo'lsa   ham,
mozorlar   deb   atalaveradi.   Bular   islom   bilan   bog'liq   marosimchiliq   toat-
ibodatlarning   tarkibiy   qismiga   aylanib   qolgan.   Dinning   qadimiy   shakllariga   ona xudo   (Onaxit)   bilan   bog'liq   tasavvurlar   ham   kiradi.   Ona   xudo   hosildorlikning,
mo'l-ko'lchilikning   ramziy   ifodasi,   oila   o'chog'ini,   yangi   yosh   avlodning   homiysi
ham xisoblangan. O'zbeklardagi   Anbar ona , qirg'izlardagi Umoy enelar shular 
Xulosa
Dehqonlarga «Bobo dehqon» haqidagi  tasavvur ham  shular  qatoriga kiradi.
O'rta   Osiyo   xalqlarining   ilk   qarashlari   tarixi   totemistik   qarashlar   bilan   bog'liqdir.
Bu   qarashlar   asosan   yirtqichlarni   muqaddaslashtirish   orqali   namoyon   bo'ladi.
Muayyan   insonlar   guruhlari   hayvon   turidan   kelib   chiqqan   deb   faraz   qilish
totemistik   qarashlarning   asosiy   mazmunidir.   Masalan,   it,   buri,   kiyik   yoki   bug'u,
burgutlar   turkiy   xalqlarning   bosh   totemlari   hisoblangan.   Ular   muayyan
urug'larning   asoschisi   va   homiysi   deb   bilingan.   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   ilk
diniy qarashlarida tuya va otlarni muqaddaslashtirish keng o'rin olgan. Bu jarayon
eramizdan oldingi davrlarda kuchmanchilik turmush tarzi va u bilan bog'liq xujalik
ishlarining   shakllanishi   tufayli   yanada   rivojlangan.   Eramizning   III-IV   asrlaridan
boshlab   300   yildan   kuproq   davr   mobaynida   qadimgi   Buxoroda   zarb   etilgan
tangalarda,   garchi   turli-tuman   ko'rinishlarda   bo'lsa   ham,   tuyaning   tasvirlari   chop
etilgan.   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   diniy   qarashlarida   bunday   xayvon
shakllaridagi   muqaddaslashtirishlarning   g'oldiqlari   uzoq   davrlar   mobaynida
saqlanib   qolgan.   Fetishizm,   animizm   va   boshqa   shu   kabilardan   iborat   bo'lgan
qadimgi   xalqlarning   ilk   diniy   qarashlarni   urug'chilik   tuzumining   yemirilishi   va
uning   o'rnida   sinfiy   tabaqaviy   jamiyat   tashkil   topishi   jarayonida   o'zgarib   borgan.
Ovchilik   bilan   bog'liq   sehrgarliq   afsungarlik   va   totemistik   xislatlarga   ega   bo'lgan
qarash   va   harakatlar,   keyinchalik   ruhlar   yoki   shaytonlar   haqidagi   tasavvurlarga,
hamma   narsa   va   hodisalarni,   odamlarni   ikkilantirishga,   ya'ni   bir-biriga   nisbatan
mustaqil   moddiy   va   ruhiy   tomonlari   bor   degan   qarashlarni   vujudga   keltirgan.
Kishilik   jamiyatining   ilk   bosqichlarida;   toat-ibodatlar   bilan   bog'liq   ijtimoiy
hayotda   jamoaning,   urug'ining   hamma   a'zolari   bir   xil   shakllarda   qatnashganlar.
Chunki bu bosqichlarda urug'dosh va qabiladoshlar orasida ijtimoiy tenglik hukm
surgan. Keyinchalik urug'chilik-qabilachilik tuzumining yemirilish davrida, mas'ul
kishilar uchun maxsus joylar, ruhoniylikni kasb-hunar qilib olgan kishilar toifasiga (kohinlar,   sehrgarlar   va   boshqalar)   vujudga   kelgan.   Diniy   tasavvurlarning   ilk
shakllari   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   keyingi   diniy   qarashlarining   tarkibiy
qismlarida tarixiy sharoitlar ta'sirida o'zgargan xolda saqlangan: ularning san'ati,

Markaziy Osiyo xalqlari tarixida din va diniy ta’limotlar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: 1. Din va diniy jamoa tushunchalari. 2. Ibtidoiy dinlarning shakllari. 3. O'rta Osiyo xalqlari tarixida din. III. Xulosa

« Din » tushunchasi ifoda etgan ijtimoiy hodisa ko ' p qirrali , murakkab va ziddiyatli jarayon ifodasidir . Undan o'tmishdagi g'oyat og'ir va hozirgi murakkab sharoitlarda har xil ijtimoiy-siyosiy harakatlar turli maqsadlar yo'lida foydalanishga intilganlar. DIN tushunchasi o'zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo'lib, ishonch, inonmoq ma'nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha , din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o'ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning bir turidir. E'TIQOD so'zi ham arab tilidan kirib kelgan bo'lib, chuqur, mustahkam ishonch ma'nosini anglatadi. Demaq diniy e'tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslaq ishonish tushuniladi. Iloo'iyot, ya'ni diniy ta'limot nuqtai nazardan «din», «diniy e'tiqod» tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma'nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo'lgan, uni go'yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir «tugri», «haqiqiy», «odil» hayot yullarini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslaq karashlar, ta'limotlar majmuidan iboratdir. Islomgacha «din» so'zining o'rniga «tangri yo'li», «unga ishonch» iboralari qo'llanilgan bo'lsa kerak. Turkiy elatlarning islomgacha bo'lgan diniy e'tiqodlariga binoan «tangri» butun olamni, insonni yaratgan, «yuksaklik», «eng baland», «bahaybat» degan ma'nolarni ham anglatgan. Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqiqiy ta'limot olamning mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini o'rganishda minglab yillar mobaynida uning bag'rida qo'lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. qolaversa, din bag'rida shakllangan ma'naviy, jumladan axloqiy qadriyatlarning vujudga kelish sabablari , ularning kishilarga ijobiy ta'sirchanlik masalalari ilmiy jihatdan o'rganish va bu ma'naviy-ahloqiy qadriyatlardan foydalanish ko'proq ahamiyatga ega bo'lmoqda. Ma'lumki, diniy olng ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, uning mavjudligi ham ijtimoiy borliq bilan belgilanadi. Kishilarning ijtimoiy, ma'naviy hayoti moddiy asosga (bazisga) bog'liq. Ijtimoiy xayot jamiyat bilan tabiat

orasidagi birlikning muayyan ko'rinishi bo'lgan hukmron ishlab chiqarish usulining taraqqiyot darajasiga asoslanadi. Demaq ijtimoiy borliq, bir tomondan, jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikni, ikkinchi jihatdan, jamiyat a'zolari orasidagi o'zaro munosabatni qamrab oladi. Diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida ana shu munosabatning muayyan shakllarining in'ikosidir. Dindor o'z tasavvurida o'zining toat-ibodatga oid harakatlari orqali ilohiy kuch bilan bevosita aloqa bog'lanish o'rnatadi. Din muayyan ta'limotlar, his-tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo'lganligi uchun ular dinning elementlari (qismlari) deb ataladi. Bu tarkibiy qismlar bir-birlari bilan uzviy bog'liqdir; dinning mavjudligi bu tarkibiy qismlarning hammasini taqozo qiladi. Dinning tarkibiy qismlari orasida diniy ong, diniy tasavvurlar yetakchi o'rin egallaydi. Binobarin, diniy marosimlar, diniy psixologiya, diniy birlashmalar esa diniy tasavvurlarni mustahkamlaydi va uzoq davrlarda yashashi uchun xizmat qiladi. Diniy ong bir-biri bilan bog'liq, o'zaro muayyan darajada ijobiy mustaqil bo'lgan diniy mafkura va diniy psixikadan iborat. Diniy mafkuraning vujudga kelishi va shakllanishi sinfiy jamiyatda ro'y bergan aqliy meo'natning jismoniy mehnatdan ajralishi va buning natijasida vujudga kelgan dastlabki qohinlar, keyinchalik ruhoniylar faoliyatlari bilan bog'liq. Ular o'z g'oyaviy faoliyatlarida diniy mafkurani yaratadilar va buni asoslash, targ'ib qilish bilan shug'ullanadilar. Diniy psixologiya – ruhiy holat bo'lib diniy mafkuradan ancha oldin vujudga kelgan. U oddiy dindorlarning his-tuyg'ulari bilan boghliq odatlari, kayfiyatlaridan tashkil topadi. Diniy mafkura diniy psixik holatni g'oyalar bilan mustahkamlasa, bunisi diniy mafkurani his-tuyg'ular, odatlar vositasida chuqurlashtiradi. Hozirgi davrda oddiy dindorlarning xatti-harakatlaridagi islomga xos bo'lmagan ibtidoiy dinlarning qoldiqlari bunga misol bo'la oladi. Bularga pol ochirish, kinna soldirish, issiq-sovuq qildirish , va h.k.lar kiradi. Dinning ta'rifi, uning tarkibiy qismlari, diniy ong darajalarini bilishning ilmiy, amaliy ahamiyati shundaki, u kishilar hayotidagi diniy va diniy bulmagan xarakatlarni bir-biridan farqlash, ularga alohidaalohida yondashish imkonini beradi. Jamiyat moddiy hayot sharoitlarining ta'siri ostida vujudga kelgan din tarixiy va ijtimoiy shodisadir. U

ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida, ma'lum bir sabablarga binoan vujudga kelgan. Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o'rtasidagi va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo'linadi. Bu aloqalarning ob'yekti va sub'yekti diniy jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang'ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 1)diniy e'tiqod. Maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyo'usi; 4) jamoa a'zolari orasidagi uzaro taqsimlangan mavqei va vazifalarning birligi. Diniy jamoalarning to'zilishi an'analar va urf-odatlar, huquq yoki umumiy dasturlar , qoida, fatvolar bilan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy va norasmiy guruhlarga:- «Jamoa kengashi», «ruhoniylar», «qavmlar» va «va'zxonlar»ga, diniy va xujaliq moliya ishlari bilan shug'ullanuvchi guruhlarga bo'linadi. O'rta Osiyo xalqlari mslomgacha e'tiqod qilgan zardushtiylikda diniy qarash va tasavvurlar dunyoviy ishlarga faol munosabatda bo'lishga chaqirilgan. Xususan, bu dinda chorva mollarini boqish, dehqonchilik bilan shug'ullanish dindorlikning asosiy belgisi, vazifasi darajasiga kutarilgan. Taqvodorlikning asosiy belgisi chorvaga, oilaga ega bulish va don ekishdir. Dan ekkan kishi taqvodorlik urug'ini ekadi. Bunga ixlos kuyish 10 ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik g'ilishga teng deb hisoblangan. Bu zardushtiylikning muhim ijobiy tomoni edi. Bu dinda mehnat juda ulug'langanyu u faqatgina moddiy ne'matlar manbai bulmay, balki birinchi navbatda, ahloqiy sog'lom va ezgulik manbai bo'lgani uchun ham yuksak qadrlangan. Bu vaziyat muayyan shaklda boshqa dinlarda ham bor. Chunonchi, hadislarda bayon qilingan ota-ona va farzandlar, boshqa millat vakillari bilan bog'liq fikrlar, qarashlar ham bunga yorqin misol bo'la oladi. IBTIDOIY DINLARNING SHAKLLARI. Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to'la shakllangan diniy sistemaga ega bulmagan. Ularda boshlang'ich diniy tasavvurlargina bulgan, xolos. Dinning ana shunday ibtidoiy shakllari urug'chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo

bulgan. Ibtidoiy odamlarning diniy e'tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonliq magiya(sehrgarlik) shakllarida tarqalgan; ularning elementlarim hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi. TOTYEMIZM - hindlar tilidagi «O totem»(uning urug'i) degan so'zdan kelib chiqqan. Totemizm ibtidoiy g'oyat sodda diniy e'tiqodning bir turi bo'lib, qadimgi zamondagi urug'-qabila a'zolarining muayyan bir hayvon, o'simlik bilan g'ayri- tabiiy aloqasi, yaqinligi, qon qarindoshligi bo'lgan deb, bu hayvon va o'simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog'liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har bir qabila yoki urug' o'z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko'zda tutib, ba'zi hayvonlarni ovlar va ular haqida yetarli ma'lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning urug' bilan yaqinligi yoki qon- qarindoshligi bo'lsa keraq degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba'zi hayvonlar , keyinchalik esa o'simlikning ba'zi navlari ham muayyan urug' a'zolarining ajdodi – totemidir, degan tasavvur shakllanishiga olib kelgan. Shu boisdan keyinchalik urug' a'zolari totemning «yordamiga» ko'z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o'z homiylari deb hisoblaganlar, sehr yo'li bilan unga ta'sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, e'zozlangan, uni otib o'ldirish, iste'mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya'ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o'simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda iste'mol kilish mumkin bulgan. Urug' a'zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o'tadi va u kelgusida ham urug'ning homiysi bo'lib qoladi degan tasavvur bulgan. Totemizm e'tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning nomlaridan payqash mumkin. Ular urug'larni konkret hayvonlar (kenguru, oq ho'kiz, qora ho'kiz kabi ayrim o'simliklar) nomi bilan ataganlar. Totemizining elementlarini hozirgi dinlarda ham ko'rish mumkin. Masalan, hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilon kabilar muqaddas hayvonlar hisoblangan. O'zbeklarda qaldirg'och, musicha, laylaq ko'k qarg'ani muqaddas qushlar deb e'zozlash ham totemizmning ko'rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu jumladan o'zbeklarda muchalga qarab vaqt xisobini chiqarish totem