MATNDA JAMLOVCHI OLMOSHLARNING AYRIM FUNKSIONAL-USLUBIY XUSUSIYATLARI
MATNDA JAMLOVCHI OLMOSHLARNING AYRIM FUNKSIONAL-USLUBIY XUSUSIYATLARI Reja: 1.O‘zbek tilida olmosh turkumiga oid so‘zlarning asosiy tasnifiy belgilari 2. Jamlovchi olmoshlar orqali matnda to‘dalik, jamlik, belgilash ma’nolarining ifodalanish xususiyatlari. 3. Jamlovchi olmoshlarning matn tarkibida aktualizator sifatida qo‘llanishi.
Qayd etilganidek, olmoshlar ot, sifat, son, ravish so‘z turkumlari o‘rnida, hatto, bir gap yoki matn o‘rnida nutqiy ixchamlik uchun foydalaniladigan so‘zlar bo‘lib, ular nutq jarayonida nutqiy aloqa vazifasini bajaradi. Olmoshlarning har bir semantik turi matn tarkibida nutqiy aloqa vazifasini, deyktik (ishora qilishi, ko‘rsatish) vazifasini bajaradi [TTIL, 74- 75]. Olmoshlarning barcha semantik turlari uslubiy jihatdan vazifadoshlik (sinonimik) va ta`sirchanlik (emotsional-ekspressiv) ifodasiga ko‘ra bir- biridan farq qiladi. Masalan: Hammaga yaxShi ma’lumki, O‘zbekiston aholisi ko‘p millatli mamlakat hisoblanadi. Bu yurtda yuzga yaqin millat va elat vakillari yaShaydi (O‘zb. ovozi). Keltirilgan matnda ikkita olmosh turi qo‘llangan bo‘lib, birinchi gap belgilash olmosh “hamma” bilan boshlangan, kirish birikma tarkibida qo‘llangan bu olmoshni uning vazifadoshi “barcha” bilan almaShtirish mumkin, bunday almaShinuv o‘Sha gapning emotsional- ekspressiv xususiyatiga ta’sir etmaydi. Matn tarkibidagi 2-gap “bu” ko‘rsatish olmoshi bilan boshlangan, bu olmosh matnda deyktik (ishora qilishi) funksiyasiga ega, s hu bilan birga bu so‘z matndagi ana s hu ikki gapni semantik jihatdan bog‘la s h, munosabatga kiritish, ularning o‘zaro yaxlitligini ta`minlash uchun ham xizmat qiladi. O‘zbek tiliga doir darslik va qo‘llanmalarda ta`kidlashicha, jamlash- belgilash olmoshlari predmet va s haxslarning yig‘indisini, to‘dasini bildiradi yoki ularni ayirib, ta’kidlab ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra jamlash-belgilash olmoshlari jamlash va belgilash olmoshlari deb ikki kichik guruhga ajratib o‘rganilmoqda 1 . I.Suyarov o‘z nomzodlik ishida belgilash olmoshlarini quyidagicha uch guruhga ajratib tasnif qiladi: a) umumlashtiruv c hi-belgilash olmoshlari: hamma, barcha, bari, butun, tamom, jami, bor ; b) yakkalik- 1 Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. 1-қисм. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – Б. 311; Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – Б. 311-312; Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги адабий ўзбек тили. – Тошкент: Университет, 206. – Б. 232 ва бошқалар.
ayiruv belgilash olmoshlari: har, har kim, har nima, har qanday kabi; v) qisman-ayiruv belgilash olmoshlari: ba’zi, ayrim, bir xil kabi. Tilshunos olimlar jamlashni ifodalovchi belgilash olmoshlariga hamma, bari, jami, barcha, butun, yalpi kabi so‘zlarni kiritadilar. Matn tarkibida bu olmoshlar qatorida eng funksional jihatdan faollari hamma va barcha olmoshlaridir. “Hamma” olmoshi predmet hamda s haxslar o‘rnida qo‘llanib, ot xarakterida, predmet belgisini ko‘rsatib, sifat xarakterida keladi hamda predmet yoki s haxslar to‘dasini, yoki ularning belgisini ifodalashga xizmat qiladi, matn komponentlarini mantiqiy jihatdan bog‘laSh, munosabatga kiritishda asosiy deyktik vosita sanaladi: YAponiya yoki Janubiy Koreyani olaylik. Bu mamlakatlarning Ikkinchi jahon uruShidan keyin qanday og‘ir ahvolga tushib qolganini hammamiz yaxShi bilamiz (I.Karimov. YU.ma’., 26); Tariximiz sahifalari Shundan dalolat beradiki, yurtimiz rivoji hamma zamonlarda ham bir tekis kechmagan (I.Karimov. YU.ma’., 50); Eng yomoni, bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd bo‘lgan s haxsga aylantirishga qaratilganida namoyon bo‘lmoqda (I.Karimov. YU.ma’., 13) kabilar. O‘TIL-5da qayd qilinishi c ha, “hamma” olmoshi forscha so‘z bo‘lib, “Shaxs, narsa, uning belgisi, soni va boshqa xususiyatlarini jamlab yoki ajratib ko‘rsatadi, s hu tarzda belgilaydi” [O‘TIL-5, U, 50]. Bu lug‘atda “barcha, jami, butun” olmoshlarining “hamma” olmoshi bilan o‘zaro sinonimik munosabatga kirishuvi ta’kidlab k0rsatilgan [O‘TIL-5, U, 50]. “Hamma” olmoshi matn tarkibida ot vazifasida qo‘llanganida egalik va kelishik qo‘ s him c halarini qabul qilib, funksional jihatdan turli xil sintaktik vazifalarni bajaradi: Hammamizga ma’lumki, muqaddas kitoblarimiz va qadriyatlarimiz, buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi bizni
doimo halol mehnat bilan yashashga, mardlik, saxovat va kamtarlikka c haqiradi, lekin, s hu bilan birga, hayotda bu kabi da’vatlarga amal qilishiga intiladigan odam ko‘pin c ha turli qiyinchliklar, hatto azobu uqubatlarga duch kelishini kuzatish qiyin emas (I.Karimov. YU.ma’., 21) kabilar. Olmoshlarning ayrimlari o‘zaro sinonimik uyalar yoki qatorlarga birlashadi. Lekin ana Shunday bir sinonimik uya (qator)ni tashkil etuvchi ma’nodoSh olmoshlarni hamisha ham biri o‘rnida ikkinchisini almaShtirib qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, lug‘atlarda ta`kidlashicha, hamma, barcha, butun, bari, bor, jami, butkul, tamom, bor-yo‘q so‘zlari bir sinonimik qatorni tashkil etadi [O‘TSIL, 267]. Bu so‘zlarning asosiy vazifasi s haxs, narsa, belgi, xususiyat bildiruvchi so‘zlar o‘rnida qo‘llanib, umumiylik, jamlik ma’nosini ifodalashdan iboratdir. Masalan: Barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydigan tomoni s hundaki, bizning ezgu intilishlarimiz zamirida ham ana Shunday pok niyat, buyuk ishonch mujassam (I.Karimov. Y u .ma’, 172). Keltirilgan misoldagi “barchamizga” belgilash olmoshini yuqorida keltirilgan so‘zlardan faqat “hammamizga” so‘zi bilan almaShtirib qo‘llaSh mumkin, c hunki bunday almaShinuv matnda uslubiy g‘alizlikka olib kelmaydi: Barchamizga (hammamizga) g‘urur va iftixor bag‘ishlaydigan tomoni s hundaki, bizning ezgu intilishlarimiz zamirida ham ana Shunday pok niyat, buyuk ishonch mujassam (I.Karimov. YU.ma’., 172). Ba’zan bir matn tarkibida o‘zaro ma’nodoSh bo‘lgan “hamma” va “barcha” olmoshlari qo‘llanadi. Bunday qo‘llanish takrordan, uslubiy g‘alizlikdan saqlanish uchun xizmat qiladi. Masalan: Biz o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, s hu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda mana s hunday olijanob intilishlar bilan yaShayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo‘lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday
imkoniyatlarning barichani aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz c huqur anglaymiz (I.Karimov. Y u .ma’., 3). Ba’zan jamlik ma’nosini kuchaytirish uchun bir matn tarkibida “hamma” olmoshi takror qo‘llanadi hamda ular bir-birini to‘ldirishga, emotsional-ekspressiv ta’sirini oShirishga xizmat qiladi: Ittifoqo, Shu payt, bozor yonidan o‘tishda hamma narsadan xabardor, hamma joyda hoziru nozir, laqabi “ayos” – bozor oqsoqoli Ahmad ibn Moraz ham paydo bo‘lib, halloslab kelib Temur Malikka peShkaSh Chiqdi... (Mirmuxsin. Temur Malik) kabilar. “Jami” // “jamiki” olmoshlari ham kam qo‘llansa-da, semantik jihatdan “hamma”, “barcha”, “bari”, “butun” kabi belgilash olmoshlariga muvofiq keladi: Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir (I.Karimov. YU.ma’., 83) kabilar. Shunday qilib, kuzatishlar s huni ko‘rsatadiki, jamlovchi-belgilash olmoshlari o‘zbek adabiy tilining barcha funksional uslublari xos matnlarda qo‘llanib, xilma-xil funksional-uslubiy xususiyatlarga ega bo‘ladi.