METAMORFIZM JARAYONI

Yuklangan vaqt:

17.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.5 KB
METAMORFIZM JARAYONI
Reja:
1. Magnit maydoni haqida tushuncha
2. Geomagnit qutblari.
3. Magnit ekvator va magnit qutblari, magnit enkayishi.
4. Alohida-alohida magnit anamaliyalari. Magnit bo‘ronlari. Magnit maydoni haqida tushuncha
Yerning   magnit   maydoni   qadimdan   xitoylik,   arablar,   yunonlar   va   boshqa
xalqlarga eramizdan avvalgi davrlardayoq ma’lum bo‘lgan. Qandaydir "sirli tosh"
temir   parchasini   o‘ziga  tortishini  bilganlar. Bu  toshni  Gerkules  toshi,  keyinchalik
lidiy   toshi,   siderit,   Mangus   toshi   va   boshqa   nom   bilan   atashgan.   Oxirida   bu
atamalarning   o‘rnini   "magnit"   (Kichik   Osiyodagi   qadimgi   shahar   Magnesi   shahri
nomidan olingan bo‘lib, yunoncha  magnitli tosh  yoki  magnesi toshi  degan ma’noni
bildiradi) tushunchasi egalladi.
Dastlab   magnitning   xususiyatlarini   XIII   asrda   fransuz   olimi   Petr   Peregin
o‘rgandi,   "shimoliy   va   janubiy"   qutb   tushunchalarini   fanga   kiritdi   va   kompasni
takomillashtirdi.   Magnit   o‘qi   Yerning   aylanish   o‘qiga   nisbatan   11,5 0
  qiyadir.
Magnit   o‘qi   kesib   o‘tgan   joyda   geomagnit   qutblari   o‘rnashgan.   E’tibor   bering,
hakiqatdan   ham   olimlar   shimoliy   yarimsharda   janubiy   geomagnit   qutbi,   janubiy
yarim sharda esa shimoliy magnit qutbi joylashgan deb hisoblaydilar. Lekin unga
e’tibor   bermasdan   geografik   qutblar   singari   magnit   qutblari   ham   nomlanib
kelinmoqda.
Geomagnit maydon  magnitosfera  deb, uning tashqi chegarasi  magni- topauza
deb   ataladi.   Geomagnit   maydoni   60   ming   km   uzoqlikda   Quyoshning   magnit
maydoni   va   Quyosh   shamoliga   (tezligi   400   km/sek)   duch   keladi.   Quyosh
shamolining   ta’sir   tufayli   magnitosferaning   Quyoshga   qaragan   tomonining
uzunligi 8-14 Yer radiusiga, qarama-qarshi, ya’ni soya tomoni esa 16 Yer radiusiga
teng.
Magnitosferada   ichki   va   tashqi,   shuningdek   Yerning   ham   ichki   va   tashqi
radiatsion   mintaqalari   joylashgan.   Bu   yerda   zaryadlangan   zarrachalar   (proton   va
elektronlar)   ushlab   qolinadi.   Ichki   radiatsion   mintaqa   ancha   zich   bo‘lib   (asosan
protonlar),   ekvatordan   balandligi   (3...   4) • 10 3
  km,   tashqisi   22 • 10 3
  km   ga   boradi.
Radiatsion mintaqalardagi zarrachalar murakkab trayektoriyalar bo‘yicha Shimoliy
yarimshardan Janubiy yarimsharga va qayta harakatlanadi.
Geomagnit   maydonining   paydo   bo‘lishi   haqida   ko‘plab   g‘oyalar   aytilgan.
Ferromagnit   g‘oyasi   bo‘yicha   Yer   po‘sti,   mantiya   va   yadroda   ferromagnit moddalari bor. Demak geomagnit maydoni elektr toklari bilan bog‘liq bo‘lmasdan
Yerning magnitizmi bilan bog‘liq. Yerda temirning bir xil tarqalmaganligi magnit
maydonining   bir   xil   emasligi   va   magnit   anomaliyalarining   paydo   bo‘lishiga
sababchi   bo‘lgan.   Bu   g‘oya   ikkita   masalaga   binoan   asossiz   deb   topildi.
Birinchidan, 1820 yilda daniya fizigi Ereted tomonidan simdagi elektr toki atrofida
magnit maydoni borligi kashf etilgandan so‘ng va1827 yilda Fransuz fizigi Amper
tomonidan Yerning ichki qismida elektr tokining sirkulyatsiyasi magnit maydonini
hosil   qilishini   kashf   etdi.   Ikkinchidan,   magnit   moddalari   yer   yuzasiga   yaqin   (30
km) joylarda ekanligi, magnit po‘sti yo‘qligi isbotlandi.
Elektr zaryadlarining harakati g‘oyasi  Yer o‘z o‘qi atrofida aylanishida elektr
zaryadlari harakatlanishiga va natijada elektr tokini hosil qilishiga asoslangan. Bu
g‘oya   tarafdorlari   ko‘pchilikni   tashkil   etadi.   XX   asrning   60   yillaridan   boshlab
gidrodinamik   g‘oyani   fiziklardan   Ya.I.Frenkel   (Rossiya),   Elzassar   (AQSH)   va
Bullard (Angliya) tomonidan ishlab chiqildi. Ularning fikricha geomagnit maydoni
dinamo-mexanizmidagidek   paydo   bo‘ladi   va   saqlanib   turadi.   Xuddi   dinomo-
mashinaga   o‘xshab   Yer   yadrosida   magnit   maydonining   hosil   bo‘lishi   o‘zining
magnit   g‘alayonlari   Yerning   aylanma   harakati   bilan   bog‘liq.   Keyinchalik
aniqlanishicha   geomagnit   maydoni   Yer   yadrosida   elektr   tokining   paydo   bo‘lishi
bilan ibotlandi.
Gidromagnit dinamoni   ta’minlab turadigan energiya qayoqdan paydo bo‘ladi
degan   masalaga   ham   turlicha   fikr   bildirilmoqda.   Yerning   radioaktiv
moddalarining   parchalanish   g‘oyasi,   gravitatsion   konveksiya   g‘oyalari .
Gravitatsion konveksiya gipotezasining ikki yo‘nalishi mavjud. Birinchisiga ko‘ra
amerikalik   geoximik   Yuri   mantiyadan   temir   ajralib   yadroga   o‘tishi   hisobiga
energiya   ajralib   chiqadi   va   u   gidromagnit   dinamoni   ta’minlaydi.   Ikkinchi
yo‘nalishni   rossiyalik   geofizik   S.I.Bragin   (1967   yil)   bildirdi.   Uningcha   suyuq
yadro   temir   va   kremniy   eritmalaridan   tashkil   topgan.   Kremniyning   temir
qotishmasida   erishi   bosim   oshishi   bilan   susayadi.   Natijada   kremniyning   qattiq
kristallari   eritmasidan   ajralgan   moddalar   tepaga   harakatlanadi   va   zich-og‘ir moddalar   cho‘ka   boshlaydi.   Oqibatda   konveksion   harakat   yadro   moddalarida
kuzatiladi va buning energiyasi gidromagnit dinamo energiyasiga aylanadi.
Geomagnit qutblari.
Yer   katta   magnitdan   iborat.   Uning   magnit   maydoni   tabiatda   ko‘p   narsalar
hozircha   nomalumdir.   Oy   bilan   Marsning   yadrosi   bo‘lmaganlgidan   ularning
magnit   maydonlari   yo‘q.   Venera   o‘z   o‘qi   atrofida   sekin   aylanganligidan   u   katta
magnit   maydoniga   ega   emas.   Binobarin,   yer   magnit   maydoni   unda   yadroning
mavjudligi,   planetaning   aylanishi   va   yadroning   ichki   qismida   moddalarning
harakatlanishi   tufayli   vujudga   keladi.   Bu   harakatlar   juda   katta   elektr   tokini   hosil
qiladi   va   bu   tok   magnit   maydonini,   yani   magnit   kuchlari   kamoyon   bo‘ladigan
makoni   vujudga   keltiradi.   Yer   doirasida   ro‘y   beradigan   jarayonlar   bir   hil   magnit
maydonini,   yani   o‘zgarmas   maydonni   vujudga   keltiradi.   Bu   maydon   juda   katta
hajmli   fazoni   egallab.   Yer   yuzasidan   80-90   ming   km   masofaga   tarqaladi.   Uning
qutblari   geogmagnit   qutblari   deyiladi.   Shimoliy   magnit   qutbi   Grenlandiyaning
shimolida   78,50   janubiy   kenglik   bilan   690   g‘arbiy   uzoqlikda,   janubiy   qutbi   esa
Antarktitada   78,50   janubiy   kengilk   bilan   1110   sharqiy   uzoqlikda   joylashgan.
Yerning   magnit   o‘qi   geografik   o‘qiga   nisbatan   11,50   og‘gan.   Atmosferaning
yuqori   qismidagi   elektr   toklari,   qutb   shafaqlari   va   boshqa   jarayonlar   bir   xil
magnitlangan maydon bilan bog‘liqdir. 
Yer   yuzasida   va  quyi   atmosferada   Yer   magnit   maydoning   yer   po‘sti   va   uning
magnit   massalari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   har   qismilari   namoyon   bo‘ladi.   Bu
maydonning qutblari esa magnit qutblari deb yuritiladi. Magnit qutblarining o‘rni
yil sayin o‘zgarib turadi. Hozirgi vaqtda Shimoliy magnit qutbi  Kanadada  Butiya
yarim   orolidan   sharqroqda(74 0
  shimoliy   kenglik   va   92 0
g‘arbiy   uzoqlik)   janubiy
qutbi   esa   Antarktitada   Tasmaniya   yarim   oroli   merdianida   (69 0
  janubiy   kenglik
va144 0
g‘arbiy uzoqlikda) joylashgan. 
Magnit ekvator va magnit qutblari, magnit enkayishi.
Yer   yuzasi   yaqinidagi   magnit   maydoni   yer   magnitizimining   uch   elementi-
Magnit enkayishi va magnit og‘ishi, Magnitizm kuchlanishi bilan harakterlanadi.  Gorizontal o‘qda joylashgan yoki ipga erkin bog‘lab qo‘yilgan magnitli strelka
vertikal   yuzada   aylanish   mumkin.   U   magnit   strelka   vertikal   yuzada   aylanish
mumkin. U magnit qutblarida vertikal holatni oladi: Shimoliy qutbda shimoliy uchi
pastga, janubiy qutbda janubiy uchi ham pastga qarab qoladi. Bunda strelka uchlari
shartli ravishda shimoliy va janubiy deb qabul qilingan.   Aslida esa bir xil qutblar
emas, balki bir-biriga qarama qarshi bo‘lgan qutblar bir biriga tortiladi. 
Ikkala   qutbdan   barobar   uzoqlikda   strelka   gorizontal   holatini   oladi.   Magnit
strelka   gorizontal   holatda   turadigan   holatni   Magnit   ekvatori   deyiladi.   Magnit
qutblari   geografik   qutblardan   boshqa   joyda   bo‘lganligidan   magnit   ekvatori   ham
geografik  ekvatorga  to‘g‘ri   kelmaydi.  U  Afrika  va  Osiyoda  geografik  ekvatordan
shimolroqda,   Amerikada   esa   janubroqda   joylashgan.   Gorizontal   tekislik   bilan
vertikal   aylanuvchi   magnit   strelkasi   orasidagi   burchak   Magnit   enkayishi   bir   hil
bo‘lgan   joylarni   tutashtiruvchi   chiziqlar   Izoklinlar   deb   ataladi.   enkayish   magnit
qutblari bilan ekvator oralig‘ida 900 dan 00 gacha o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar
miqdori   Shimoliy   yarim   sharda   «q»   alomati,   janubiy   yarim   sharida   «-»   alomati
bilan   belgilanadi.   Hamma   joyda   kompasdan   foydalaniladi.   Kompasda   strelka   tik
igna   uchiga   o‘rnatilgan   bo‘lib,   gorizontal   tekislikda   aylanadi.   Strelkaning
o‘rtasidan   o‘tgan   chiziq   yoki   o‘qi   Magnit   merdiani   bo‘ylab   joylashadi.   Magnit
merdiani  ko‘pgina geografik merdianlarga to‘g‘ri kelmaydi. Ular orasida burchak
hosil bo‘ladi, va bu burchak magnit og‘ishi deb ataladi. Magnit og‘ishi strelkaning
shimoliy uchi tomonidan hisoblanib, g‘arbiy og‘ish («-» alomati bilan) va sharqiy
magnit og‘ishi («q» alomati bilan) deb belgilanadi. Magnit og‘ishi bir xil bo‘lgan
joylarda   tutashtiruvchi   chiziqlar   izogonalar   deb   yuritiladi.   Magnit   og‘ishi
yo‘nalishiga   qarab,   Yer   shari   (yuzasi)   ikki   qismga   yani   ikkita   yarim   sharga
bo‘linadi:   Atlantika   qismida   g‘arbiy   og‘ish   va   Tinch   okeani   qismida   sharqiy   ish
bo‘lib   hisoblanadi.   Bu   yarim   sharlarni   nolinchi   izigona,   yani   magnit   strelkasi
to‘ppa   to‘g‘ri   geografik   qutbni   ko‘rsatadigan   chiziq   bir   biridan   ajralib   turadi.
Nolinchi ozogona har ikkala Amerikaning o‘rta qismidan o‘tadi. Yevrosiyoda esa
juda   murakkab   yo‘nalish   hosil   qiladi.   Magnit   kartalari   besh   yillik   davr   uchun
tuziladi. Bu besh yillik davr Magnit davri deb yuritiladi. Uning o‘rta qismi deb 5 soniga   bo‘linadigan   yillar   qabul   qilinadi.   Hozir   1975   yil,   2000   yil   va   hokazolar
davri   bo‘ladi.   Kompas   so‘zi   ikki   so‘zdan   olingan:   kom-hamma   va   pas-burchak
o‘lchagich asbob manosini beradi. Magnit strelkasi Xitoyda tahminan eramizdan 2
ming yil avval ixtiro qilingan. Yevropaga 12-13 asrlarda olib kelingan, lekin uning
Xitoycha   nomi   saqlanmagan.   Magnit   nomi   Yevropada   birinchi   marta   magnitli
temirtosh   koni   topilgan   Magneziye   nomli   joy   va   shahar   nomidan   kelib   chiqqan
bo‘lsa kerak. 
Skandinaviyadan   Yevropa   orqali   Misrga   va   Xabashistonga   undan   Ximolay
tog‘lari   Laptevlar   dengiziga   so‘ngra   Chukotkaning   o‘rmon   qismi   orqali   Bereng
dengiziga   va   Xindixitoy   tomonga     o‘tdi.   Shunday   qilib   Sharqiy   Sibirda   sharqiy
og‘ish   o‘rniga   g‘arbiy   og‘ish   mavjud   bo‘lgan   ekanligi   mavjud.   Sobiq   sotsialistik
respublika   territoriyasida   hozirgi   vaqtda   magnit   og‘ishi   quyidagichadir:   Nolinchi
izogona   Kaleningrad   orqali   o‘tadi,   unda   sharqda   to   Baykal   ko‘ligacha   magnit
og‘ishi   sharqiy   Baykal   merdianidan   yana   nolinchi   izogonaga   o‘tadi,   undanda   to
Chukotka   yarim   oroligacha   magnit   og‘ishi   g‘arbiy,   Chukotkada   esa   yana   sharqiy
bo‘ladi. quruqlikdagi eng katta og‘ish g‘arbiy Sibir tekisligining shimolida -300 va
Lena etagida esa -140 ga tengdir. 
Alohida-alohida magnit anamaliyalari. Magnit bo‘ronlari.
Yer   yuzasida   magnit   maydonning   joylashishi   o‘zgarib   turadi.   U   asta-sekin
g‘arbga tomon siljiydi.  XIX asrda nolinchi izogona Moskva yaqinidan o‘tgan. XX
asr   boshlarida   u   Leningradga   surilib   ketgan.   Hozir   esa   uning   joyi   sotsialistik
respublikaning   g‘arbiy   chegarasi   yaqinidadir.   Magnit   qutblarining   o‘rni   ham
o‘zgarib   turadi,   shu   sababli   magnit   qutbi   kartalarda   ular   tuzilgan   yillari   ko‘rsatib
quyiladi.   Magnetizm   katta   ahamiyatga   ega.   Magnit   strelkasi   yordamida   gorizont
tomonlari   aniqlanadi. Buning  uchun  kompas  strelkasi  ko‘rsatishga  magnit  og‘ishi
tuzatishini   kiritish   lozim.   Magnit   elementlarining   geologik   strukturalari   bilan
aloqador foydali qazilmalarning qidirishning magnitometrik metodlari uchun asos
bo‘lmoqda. Yer o‘n bir xil harakat qiladi, shulardan muhim geografik ahamiyatga
ega bo‘lganlari quyidagilar: 
1. O‘z o‘qi atrofida sutkalik aylanishi.  2. quyosh atrofida yillik aylanishi
3. Yer-Oy umumiy og‘irlik markazi atrofida harakat qilishi. 
Yer   o‘z   o‘qi   atrofida   g‘arbdan   sharqqa   tomon   yoki   dunyo   shimoliy   qutbi
tomondan   soat   strelkasi   harakatga   yo‘nalishiga   teskari   tomonga   qarab
harakatlanadi.   O‘qi   atrofida   aylanish   vaqti   yani   sutka   quyoshga   va   yulduzlarga
qarab   aniqlash   mumkin.   quyosh   sutkasi   deb   kuzatuvchi   turgan   nuqta   merdiani
orqali  quyosh   markazining  ketma-ket   ikki  marta  o‘tishi   orasidagi  vaqtga  aytiladi.
quyosh   va   yer   harakatining   murakkab   ekanligi   sababli   haqiqiy   quyosh   sutkasi
o‘zgarib   turadi.   Shu   sababli   o‘rtacha   quyosh   sutkasi   vaqtini     aniqlash   uchun
sutkaning butun yil davomida o‘rtacha uzunligiga teng bo‘lgan sutka qo‘llaniladi.
Yer shari sutkali aylanishining geografik ahamiyati nihoyatda katta o‘rin egallaydi.
1. Yerning  quyosh  radiatsiyasi   mavjud  fazoda  aylanishi  uning  sharsimon
shaklda ekanligi bilan birga tabiatning zonal bo‘linishiga olib keladi.
2. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi yer yuzasining quyosh nuri tasirida
hayot uchun qulay sharoit yaratadi. 
3. Yer   o‘z   o‘qi   atrofida   aylanishi   natijasida   ikkita   doimiy   nuqta,   qutblar
hosil qiladi. 
Bu   sharda   kordinatalar   turini   yaratishga   yani   qutblar   hosil   qiladi.   Shimoliy-
Sharqiy   Osiyodagi   qayd   qilib   o‘tilgan   dunyo   magnit   anomaliyasidan   tashqari   bir
qancha   joylarda   aloxida-aloxida   magnit   anomaliyalari   yani   Yer   magnitizmi
elementlarining   yo‘nalishi   normal   yo‘nalishdan   farq   qiladigan   joylar   bor.   Bular
Yer po‘sti tuzilishining mahalliy xususiyatlari bilan Masalan:  temir rudasi konlari
bilan   bog‘liqdir.   Bundan   Magnit   anomaliyasining   eng   kattasi   Kursk   magnit
anomaliyasi   bo‘lib   u   yerda   magnit   og‘ishi   bir   necha   metrda   1800   ga   o‘zgarib
ketadi.   Magnit   anomaliyasi   bo‘lib   bu   yerda   magnit   og‘ishi   bir   necha   qismdan
iborat.   Kirovoy   Rogda   magnitnaya   tog‘i   yaqinida,   Shvesariyadagi   Kyuruna
yaqinida   magnit   anomaliyasi   borligi   malum.   Magnit   maydoni   davri   va   davriy
bo‘lmagan   o‘zgarishlarga   ega.   eng   kuchli   magnit   o‘zgarishlar   Magnit   bo‘ronlari
deb ataladi. Ular quyoshning korpuskurada elektr toklarining o‘zgarishi natijasida
vujudga   keladi.   Magnit   elementlarining   geologik   strukturalari   bilan   aloqadorligi foydali   qazilma   konlarining   magniometrik   metodalari   uchun   asos   bo‘lib   xizmat
qiladi.

METAMORFIZM JARAYONI Reja: 1. Magnit maydoni haqida tushuncha 2. Geomagnit qutblari. 3. Magnit ekvator va magnit qutblari, magnit enkayishi. 4. Alohida-alohida magnit anamaliyalari. Magnit bo‘ronlari.

Magnit maydoni haqida tushuncha Yerning magnit maydoni qadimdan xitoylik, arablar, yunonlar va boshqa xalqlarga eramizdan avvalgi davrlardayoq ma’lum bo‘lgan. Qandaydir "sirli tosh" temir parchasini o‘ziga tortishini bilganlar. Bu toshni Gerkules toshi, keyinchalik lidiy toshi, siderit, Mangus toshi va boshqa nom bilan atashgan. Oxirida bu atamalarning o‘rnini "magnit" (Kichik Osiyodagi qadimgi shahar Magnesi shahri nomidan olingan bo‘lib, yunoncha magnitli tosh yoki magnesi toshi degan ma’noni bildiradi) tushunchasi egalladi. Dastlab magnitning xususiyatlarini XIII asrda fransuz olimi Petr Peregin o‘rgandi, "shimoliy va janubiy" qutb tushunchalarini fanga kiritdi va kompasni takomillashtirdi. Magnit o‘qi Yerning aylanish o‘qiga nisbatan 11,5 0 qiyadir. Magnit o‘qi kesib o‘tgan joyda geomagnit qutblari o‘rnashgan. E’tibor bering, hakiqatdan ham olimlar shimoliy yarimsharda janubiy geomagnit qutbi, janubiy yarim sharda esa shimoliy magnit qutbi joylashgan deb hisoblaydilar. Lekin unga e’tibor bermasdan geografik qutblar singari magnit qutblari ham nomlanib kelinmoqda. Geomagnit maydon magnitosfera deb, uning tashqi chegarasi magni- topauza deb ataladi. Geomagnit maydoni 60 ming km uzoqlikda Quyoshning magnit maydoni va Quyosh shamoliga (tezligi 400 km/sek) duch keladi. Quyosh shamolining ta’sir tufayli magnitosferaning Quyoshga qaragan tomonining uzunligi 8-14 Yer radiusiga, qarama-qarshi, ya’ni soya tomoni esa 16 Yer radiusiga teng. Magnitosferada ichki va tashqi, shuningdek Yerning ham ichki va tashqi radiatsion mintaqalari joylashgan. Bu yerda zaryadlangan zarrachalar (proton va elektronlar) ushlab qolinadi. Ichki radiatsion mintaqa ancha zich bo‘lib (asosan protonlar), ekvatordan balandligi (3... 4) • 10 3 km, tashqisi 22 • 10 3 km ga boradi. Radiatsion mintaqalardagi zarrachalar murakkab trayektoriyalar bo‘yicha Shimoliy yarimshardan Janubiy yarimsharga va qayta harakatlanadi. Geomagnit maydonining paydo bo‘lishi haqida ko‘plab g‘oyalar aytilgan. Ferromagnit g‘oyasi bo‘yicha Yer po‘sti, mantiya va yadroda ferromagnit

moddalari bor. Demak geomagnit maydoni elektr toklari bilan bog‘liq bo‘lmasdan Yerning magnitizmi bilan bog‘liq. Yerda temirning bir xil tarqalmaganligi magnit maydonining bir xil emasligi va magnit anomaliyalarining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Bu g‘oya ikkita masalaga binoan asossiz deb topildi. Birinchidan, 1820 yilda daniya fizigi Ereted tomonidan simdagi elektr toki atrofida magnit maydoni borligi kashf etilgandan so‘ng va1827 yilda Fransuz fizigi Amper tomonidan Yerning ichki qismida elektr tokining sirkulyatsiyasi magnit maydonini hosil qilishini kashf etdi. Ikkinchidan, magnit moddalari yer yuzasiga yaqin (30 km) joylarda ekanligi, magnit po‘sti yo‘qligi isbotlandi. Elektr zaryadlarining harakati g‘oyasi Yer o‘z o‘qi atrofida aylanishida elektr zaryadlari harakatlanishiga va natijada elektr tokini hosil qilishiga asoslangan. Bu g‘oya tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. XX asrning 60 yillaridan boshlab gidrodinamik g‘oyani fiziklardan Ya.I.Frenkel (Rossiya), Elzassar (AQSH) va Bullard (Angliya) tomonidan ishlab chiqildi. Ularning fikricha geomagnit maydoni dinamo-mexanizmidagidek paydo bo‘ladi va saqlanib turadi. Xuddi dinomo- mashinaga o‘xshab Yer yadrosida magnit maydonining hosil bo‘lishi o‘zining magnit g‘alayonlari Yerning aylanma harakati bilan bog‘liq. Keyinchalik aniqlanishicha geomagnit maydoni Yer yadrosida elektr tokining paydo bo‘lishi bilan ibotlandi. Gidromagnit dinamoni ta’minlab turadigan energiya qayoqdan paydo bo‘ladi degan masalaga ham turlicha fikr bildirilmoqda. Yerning radioaktiv moddalarining parchalanish g‘oyasi, gravitatsion konveksiya g‘oyalari . Gravitatsion konveksiya gipotezasining ikki yo‘nalishi mavjud. Birinchisiga ko‘ra amerikalik geoximik Yuri mantiyadan temir ajralib yadroga o‘tishi hisobiga energiya ajralib chiqadi va u gidromagnit dinamoni ta’minlaydi. Ikkinchi yo‘nalishni rossiyalik geofizik S.I.Bragin (1967 yil) bildirdi. Uningcha suyuq yadro temir va kremniy eritmalaridan tashkil topgan. Kremniyning temir qotishmasida erishi bosim oshishi bilan susayadi. Natijada kremniyning qattiq kristallari eritmasidan ajralgan moddalar tepaga harakatlanadi va zich-og‘ir

moddalar cho‘ka boshlaydi. Oqibatda konveksion harakat yadro moddalarida kuzatiladi va buning energiyasi gidromagnit dinamo energiyasiga aylanadi. Geomagnit qutblari. Yer katta magnitdan iborat. Uning magnit maydoni tabiatda ko‘p narsalar hozircha nomalumdir. Oy bilan Marsning yadrosi bo‘lmaganlgidan ularning magnit maydonlari yo‘q. Venera o‘z o‘qi atrofida sekin aylanganligidan u katta magnit maydoniga ega emas. Binobarin, yer magnit maydoni unda yadroning mavjudligi, planetaning aylanishi va yadroning ichki qismida moddalarning harakatlanishi tufayli vujudga keladi. Bu harakatlar juda katta elektr tokini hosil qiladi va bu tok magnit maydonini, yani magnit kuchlari kamoyon bo‘ladigan makoni vujudga keltiradi. Yer doirasida ro‘y beradigan jarayonlar bir hil magnit maydonini, yani o‘zgarmas maydonni vujudga keltiradi. Bu maydon juda katta hajmli fazoni egallab. Yer yuzasidan 80-90 ming km masofaga tarqaladi. Uning qutblari geogmagnit qutblari deyiladi. Shimoliy magnit qutbi Grenlandiyaning shimolida 78,50 janubiy kenglik bilan 690 g‘arbiy uzoqlikda, janubiy qutbi esa Antarktitada 78,50 janubiy kengilk bilan 1110 sharqiy uzoqlikda joylashgan. Yerning magnit o‘qi geografik o‘qiga nisbatan 11,50 og‘gan. Atmosferaning yuqori qismidagi elektr toklari, qutb shafaqlari va boshqa jarayonlar bir xil magnitlangan maydon bilan bog‘liqdir. Yer yuzasida va quyi atmosferada Yer magnit maydoning yer po‘sti va uning magnit massalari bilan bog‘liq bo‘lgan har qismilari namoyon bo‘ladi. Bu maydonning qutblari esa magnit qutblari deb yuritiladi. Magnit qutblarining o‘rni yil sayin o‘zgarib turadi. Hozirgi vaqtda Shimoliy magnit qutbi Kanadada Butiya yarim orolidan sharqroqda(74 0 shimoliy kenglik va 92 0 g‘arbiy uzoqlik) janubiy qutbi esa Antarktitada Tasmaniya yarim oroli merdianida (69 0 janubiy kenglik va144 0 g‘arbiy uzoqlikda) joylashgan. Magnit ekvator va magnit qutblari, magnit enkayishi. Yer yuzasi yaqinidagi magnit maydoni yer magnitizimining uch elementi- Magnit enkayishi va magnit og‘ishi, Magnitizm kuchlanishi bilan harakterlanadi.

Ko'chirib oling, shunda to'liq holda ko'ra olasiz