METEOROLOGIK MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH, QAYTA ISHLASH VA SAQLASHNING ZAMONAVIY TIZIMI
METEOROLOGIK MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH, QAYTA ISHLASH VA SAQLASHNING ZAMONAVIY TIZIMI REJA : 1. Meteorologik ma’lumotlar turlari va manbalari. Meteorologik ma’lumotlarni to‘plash va uzatishning zamonaviy tizimi. Meteorologik ma’lumotlarni birlamchi qayta ishlash. 2. Mavjud meteokuzatishlar tizimi, tavsifi va ularning axborot to‘plashdagi ahamiyati. Tezkor, individual va eksperemental ma’lumotlar bazasi. 3. Meteorologik ma’lumotlarni tashkil qilish va saqlash. Meteorologik ma’lumotlar banki, ulardan foydalanish tizimi. 4. Meteorologik ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik sxemasi. Rejimli ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan informatsion tizimi.
Meteorologik axborotning turlari va manbalari Meteorologik axborot atmosfera va yer sirtida sodir bo‘luvchi fizik jarayonlarni kuzatish natijalarini o‘z ichiga oladi. Meteorologik axborot turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, turli manbalardan (yer sirti yaqinidagi kuzatishlar, aerologik zondlash, yo‘ldosh axboroti, MRL ma’lumotlari va boshqalar) olinadi. Yer sirti yaqinidagi kuzatishlar meteorologik stansiya va postlarda amalga oshiriladi. Stansiyalardagi kuzatishlar sinxron trazda har uch soatda o‘tkaziladi. Bu stansiyalar nafaqat kuzatishlarni, balki ularning birlamchi qayta ishlovi va nazorati, informatsion telegrammalarni tuzish va ularni belgilangan muddatlarda tegishli muassasalarga uzatishni ham amalga oshiradi. Bundan tashqari meteorologik kuzatishlar uchun Yerning sun’iy yo‘ldoshlari va raiolokatorlar kabi vositalardan ham foydalaniladi. Yo‘ldoshlar yordamida ulkan hududlar bo‘yicha turli axborotni olish mumkin. Bu axborot bulutlilik, to‘shalgan sirt harorati, yog‘inlar va boshqa elementlar to‘g‘risida mulohaza yuritishga imkon beruvchi xabarlarni o‘z ichiga oladi. Radiolokatorlar yordamida bulutlar va atmosfera yog‘inlarini kuzatish bajariladi. Atmosferadagi fizikaviy hodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi xabarlar aerologik axborotni tashkil etadi. Atmosferadagi havo holatining parametrlarini o‘lchash uchun eng keng qo‘llaniladigan asbob o‘lchash natijalarini radio orqali uzatuvchi radiozond hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda atmosferani meteorologik raketalar va Yer yo‘ldoshlari yordamida zondlash usullaridan ham foydalaniladi. Aerologik kuzatishlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular yuqori darajada avtomatlashgan bo‘lib, olinayotgan axborotning katta qismini keyingi bosqich, ya’ni EHM yordamida qayta ishlashga yaroqli ko‘rinishda olishni ta’minlaydi. Meteorologik axborot ikki asosiy vazifaga ega: ob-havo prognozlari va xavfli meteorologik hodisalar haqida ogohlantirishlarni tuzishda; ko‘p yillik kesimda iqlim o‘zgarishlarini belgilovchi meteorologik rejim va uning qonuniyatlarini o‘rganishda foydalaniladi. Bu vazifalarga muvofiq meteorologik axborot operativ va rejim axborotlarga bo‘linadi. Operativ axborot kuzatish punktlaridan eng qisqa muddatlarda muayyan
kodlar asosida tuzilgan telegrammalar ko‘rinishida prognoz markazlariga keladi va darhol prognozlarni tuzishda qo‘llaniladi. Meteorologik va aerologik stansiyalardan olingan koddan chiqarilgandan keyingi ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz. KN-01 kodi FM 12-IX SYNOP halqaro kodining milliy varianti hisoblanadi. Quruqlikda joylashgan stansiyalar tarmog‘idan yer sirti yaqinidagi kuzatish ma’lumotlarini uzatishga xizmat qiladi. U Yer sirti yaqinidagi holat: havo bosimi, havo harorati, shudring nuqtasi, shamol yo‘nalishi va tezligi, barik tendensiya, gorizontal ko‘rinuvchanlik uzoqligi, bulutlarning umumiy miqdori, uchchala qatlam bulutlarining turlari, bulut asoslarining balandligi, kuzatish muddatidagi ob- havo, o‘tdan muddatdagi ob-havo, muhim hodsalar, yog‘inlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. FM 13-XI SHIP kodi – kemalardan olinadigan yer sirti yaqinidagi kuzatishlar to‘plamini uzatishga xizmat qiladi . Bu kodda yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari sirtdagi suv harorati, shamol bosimi va mavjlanish davri hamda balandligi ko‘rsatiladi.. KN-04 kodi FM 35-IX TEMP halqaro kodining milliy varianti hisoblanadi. Quruqlikda joylashgan stansiyalar tarmog‘idan harorat-shamol zondlash ma’lumotlarini uzatishga xizmat qiladi. Bu yerda Yer sirtidagi bosim; standart sathlarda – bosim, geopotensial balandlik, havo harorati, shudring nuqtasi defitsiti, shamol yo‘nalishi va tezligi; tropopauza sathida – bosim, havo harorati, shudring nuqtasi defitsiti, shamol yo‘nalishi va tezligi keltiriladi. KN-03 kodi FM 32-IX PILOT halqaro kodining milliy varianti – quruqlikdagi stansiyalardan shamol to‘g‘risidagi balandliklardagi sharpilot kuzatishlar ma’lumotlari. FM 33-IX PILOT SHIP – kemalardan shamol to‘g‘risidagi balandliklardagi sharpilot kuzatishlar ma’lumotlari. KN-20 kodi FM 75 CLIMAT TEMP halqaro kodining milliy varianti – quruqlikdagi stansiyalardan o‘rtacha oylik aerologik kuzatishlar ma’lumotlari. FM 76 CLIMAT TEMP SHIP – okeandagi stansiyalardan olinadigan
aerologik ma’lumotlar. Rejim axboroti ko‘p yillar davomida arxivlarda yig‘iladi va turli ko‘rinishdagi ko‘p yillik harakteristikalarni hisoblash, shuningdek prognoz sxemalarini ishlab chiqish va tekshirishda foydalaniladi. Meteorologik axborotni yig‘ish va uzatishning zamonaviy tizimlari Ob-havo prognozlarini ishlab chiqish muayyan muddatlarda turli geografik punktlarda amalga oshiriladigan meteorologik kuzatish natijalariga asoslanadi. Meteorologik kuzatishlar bajarilganidan sshng meteorolog meteorologik axborotni kodlaydi va uni telegrammalar ko‘rinishida aloqa kanallari orqali uzatishga tayyorlaydi. Atmosfera holati yoki uning ayrim meteorologik kattaliklari holati to‘g‘risidagi xabarlar to‘plami meteorologik axborot deb atalishini esaltib o‘tamiz. Meteorologik stansiyaning texnik ta’minoitga bog‘liq ravishda meteorologik telegramma darhol teletayp yordamida telegraf aloqa traktiga jo‘natiladi yoki telegraf apparatiga ega bo‘lgan mahalliy aloqa tarmog‘iga uzatiladi. Telegraf aloqa trakti – bu telegraf apparatlari orasida axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik vositalar yig‘indisidir. Telegraf traktlari orqali xabarlarni uzatish xabarlarni kommutatsiyalash markazlarida (XKM) ularni avtomatik kommutatsiyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Har bir XKMda xabar manzili bilan birga eslab qolinadi va marshrut bo‘ylab uzatilishda davom etadi. MKM xabarlarni yig‘ish, xotirada saqlash va taqsimlanishini boshqarishda foydalaniluvchi raqamli hisoblash mashinalari asosida quriladi. Ishlash jarayonining ishonchliligini orttirish maqsadida ikkita EHMdan iborat hisoblash kompleksidan foydalaniladi. Aksariyat mahalliy telegraf liniyalari axborotni sekundiga 50 bit tezlik bilan uzatadi. Bu tezlik telegrammalarni belgilangan vaqtda uzatish uchun yetarli. Hududiy gidrometmarkazlarda (HGMM) joylashgan XKM bir nechta telegrammalarni to‘plamlarga birlashtirishni amalga oshiradi va ularni eng yaqin regional meteorologik markazdagi (RMM) MKMga sekundiga 1200 bit tezlik bilan uzatadi. Va nihoyat, RMM lar bu axborotni Jahon meteorologik markazlariga (JMM) uzatadi. Meteorologik telegrammalar axborotni qayta ishlash markazlariga
xatosiz yetib borishini ta’minlash uchun maxsus axborot uzatish tizimi tashkil etilgan. Bu tizim Butunjahon meteorologiya tashkiloti (BJMT) doirasida faoliyat ko‘rsatib, Butunjahon ob-havo xizmati (BJOHX) tarkibiga kiradi. BJOHX uch asosiy elementdan tashkil topgan: 1) global kuzatish tizimi (GKT), sinoptik va aerologik stansiyalar tarmog‘i va kuzatishlar o‘tkazishning boshqa vositalarini o‘z ichiga oladi. 2) ma’lumotlarni qayta ishlashning global tizimi (MQIGT), ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni saqlashni o‘z ichiga oluvchi meteorologik markazlardan iborat. 3) global telealoqa tizimi (GTT), kuzatish ma’lumotlari va qayta ishlangan axborotni tezkor almashish uchun xizmat qiladi. Global kuzatish tizimi rejaga asosan yer sirti yaqinidagi kuzatishlarni amalga oshiruvchi sinoptik stansiyalar tarmog‘idan iborat. Aerologik kuzatishlar sutkasiga ikki marta, o‘rtacha grinvich vaqti (O‘GV) bo‘yicha soat 00 va 12 da o‘tkazilishi majburiy. Harakatdagi kema stansiyalari ham katta miqdordagi axborotni beradi. Kuzatish tizimida meteorologik yo‘ldoshlar ham sezilarli ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlarni qayta ishlashning global tizimi uch turdagi meteorologik markazlardan iborat: 1) Jahon meteorologik markazlari (JMM). 2) Regional meteorologik markazlar (RMM). 3) Milliy meteorologik markazlar (MMM). JMM lar Moskva, Melburn va Vashingtonda joylashgan. Ular global masshtabda odatiy va yo‘ldosh axborotlarini qabul qiladi, ularni radio orqali yoki boshqa vositalar yordamida boshqa JMM, RMM va MMMlarga uzatadi, imkoni boricha Yer sharining katta qismi uchun meteorologik tahlillar va prognozlarni tayyorlaydi va tezkor tarqatadi, ob-havo tahlili va prognozining yirik masshtabli muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bundan tashqari JMMlari kartalar va boshqa global meteoaxborot, maxsus ma’lumotlar arxivlarini saqlash va ularni ilmiy tadqiqotlar uchun havola qilish vazifalarini ham bajaradi. RMMlar ham JMMlar bajaruvchi vazifani ular xizmat ko‘rsatuvchi hudud