logo

MEVALI DARAXT EKINLARINING KARANTIN SO‘RUVChI HAShAROTLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.16796875 KB
MEVALI DARAXT EKINLARINING KARANTIN SO‘RUVChI
HAShAROTLARI
Reja:
1.Komstok   qurti   o‘tish   yo‘llari,   rivojlanish   xususiyatlari,   karantin   kurash
tadbirlari.
2.Yapon   qo‘ng‘izi   o‘tish   yo‘llari   rivojlanish   xususiyatlari,   karantin   kurash
tadbirlari.
3.Sharq meva qurti, o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash
tadbirlari.
4.Nok   parvonasi   o‘tish   yo‘llari,   rivojlanish   xususiyatlari,   karantin   kurash
tadbirlari. Komstok qurti
Komstok   qurti   tug   daraxtidan   tashqari,   shafgoli,   anorga   shuningdek
makkajo‘xori,   kartoshka,   sabzi,   lavlagi,   karam,   pomidor,   qovoq,   qovun,
tarvuzga   va   bir   qancha   boshqa   ko‘pgina   daraxtsimon   va   o‘tsimon
o‘simliklarga zarar yetkazadi. Komstok qurti anchagina ko‘payganda barcha
o‘simliklarning   o‘sishini   sekinlashtiradi,   daraxt   va   butalarning   shoxlarini
qinG‘ir-qiyshiq   qilib   qo‘yadi,   mevali   ekinlar,   ildiz   mevalar   va   tuganak
mevalilarning hosilini kamaytiradi hamda sifatini pasaytiradi.
Kostok qurtini vatani Yaponiya, Janubiy QozoG‘iston, Tojikiston, markaziy
Gruziyada,   Xitoy,   Tayvan,   Hindiston,   Yangi   Zelandiya,   Keniya,   AQSh,
Kanada,   Angliya,   Rossiya,   Ukrainada,   Moldaviyada,   O‘zbekistonda
tarqalgan.
Ta’rifi.   Erkagi   3-4   mm.   Tanasi   oq   mumsimon   tezak   bilan   qoplangan,
chetlarida   17   juft   mumsimon   o‘siq,   shu   jumladan   tana   uzunligining
yarmigacha boradigan ikkita uzun dum ipi bor.
E rkagini qanoti 1,0-1,5 mm uzunlikda, qanotli, qizg‘ishjigar rangli, ko‘zlari
qora  bo‘lib,  qizil  doiralar  bilan  o‘ralgan.  Mo‘ylovlari  10  bo‘g‘imli.  Tuxumi
ovalsimon; bir tomoni uchqur; och sariq, keyinchalyk sarG‘ish pushti rangli,
tiniq bo‘ladi.
Birinchi yoshdagi lichinka 0,3-0,6 mm och sariq, ikkinchi yoshdagi 1,2 mm
to‘q   sariq.   17   juft   o‘simtalik,   uchinchi   yoshdagi   ikkinchi   yoshdagilaridan
katgaroq va dum o‘simtasi anchagina uzun bo‘lib 2/3 tana uzunligiga keladi.
Hayot kechirishi.   Komstok   qurti   po‘stloq   tangachalari   ostida,   daraxtlarning
kovagida,   o‘simlik   ildizlarida,   xazon   orasida,   devor   yoriqlarida   tuxumlik
stadiyasida qishlaydi. Urg‘ochi hasharot tuxum qo‘yish paytida mo‘msimon
oq par, chiqaradi. Tuxumlar shu oq Pardaning ichida to‘p-to‘p bo‘lib turadi.
Lichinkalar  tut daraxtining kurtaklari  bo‘rta boshlaganda,  martning  ikkinchi
yarmi aprel boshlarida tuxumdan chiqa boshlaydi. Komstok   qurti   o‘simlikning   hamma   qismlarini,   tanasi,   poyalari,   shoxlari,
barglari,   mevalarini   so‘radi.   Bu   zararkunanda   uchta   lichinkalik.   yoshini
o‘tadi,   ikkinchi   yoshdagi   lichinka   po‘st   tashlagandan   keyin   urg‘ochisi
tinchlik davriga kiradi.
Komstok   qurti   taxminan   bir   yarim   oyda   bir   nasl   beradi.   Yozbo‘yicha   uchta
nasl beradi.
Urg‘ochisi   so‘nggi   po‘st   tashlashdan   10-30   kun   keyin   tuxum   qo‘ya
boshlaydi.  Hasharotning  birinchi  nasli  odatda  200-250  ta,  ikkinchi  nasl  250
ta, uchinchi nasli 200 ta tuxum qo‘yadi.(1,2)
Birinchi   yoshdagi   lichinkalar   chiqqan   joyidan   qar   tomonga   o‘rmalab   ketsa
ham,   qurt   daraxtning   bir   shoxi   yoki   qo‘shni   shoxlari   doirasidagi   yaqin
masofadagina   aktiv   harakatlana   oladi   xolos.   Yangi   o‘simliklarga   asosan
passiv   yo‘l   bilan:   tut   ko‘chati,   bargi,   transport   vositalari   kiyim-kechak,
sabzavot hamda mevalar bilan ham tarqalishi mumkin.
Kurash choralari.   Markaziy  Osiyoda  komstok  qurtini  bir  qancha  yirtqichlar
yo‘q qilib turadi. Bularning ichida oltin ko‘zlarning lichinkalari. .
1945   yildan   boshlab   komstok   qurtiga   qarshi   chet   eldan   keltirilgan
psevdafikus paraziti ishlatilmoqda.
1950   yildan   boshlab   biologik   kurash   metodi   komstok   qurtini   yo‘qotish
tadbirlari kompleksida asosiy bo‘lib qoldi.
Psevdafikus   faqat   bir   xil   ovqat   yeydigan   parazit   bo‘lib,   komstok   qurtining
lichinkalari   va   katta   yoshli   urg‘ochilarining   ichiga   tuxum   qo‘yadi.   Uning
bitta   urg‘ochisi   20   tagacha   qurtning   ichiga   140   taga   yaqin   tuxum   qo‘yadi.
Parazit   tuxum   qo‘ygach   5-7   kuni   qurt   o‘lib   qoladi,   tanasining   yonidagi
o‘siqlari   va   dum   iplari   yo‘qoladi,   qurt   tanasi   bo‘rtib   yuzidan   qotadi,   sariq
uzunchoq mo‘miyaga aylanadi, keyin kul ranggiga kirib qoladi.
Psevdafikus O‘zbekistonda 7-8 ta janubiy qismlarda 11 nasl beradi. Psevdafikus yoki tabiiy sharoitda-komstok qurti hayot kechiradigan joylarda
yoqi laboratoriyalarda ko‘paytiriladi.
Agrotexnik kurash choralari asosan begona o‘tlarni vegetatsiya mavsumining
boshidan   oxirigacha   yo‘qotib   turish;   kuzgi-qishki   tinchlik   davrida   daraxtlar
tupi   bachkilarni   gumon   qilingan   daraxtlarni   ildiz   bo‘yin   atrofidagi
bachkilarni yulib tashlash.
Komstok   qurti   tushgan   daraxt   tanalari   erta   ko‘klamda   qirg‘ich   va   qattiq
cho‘gqa   bilan   qurib   qolgan   po‘stloq   tangachalaridan   tozalanadi   va   chiqqan
axlat darhol yoqiladi.
Kimyoviy preparatlardan-malofos 50 % k.e. 1-3 l/ga, ealon 35 k.e. 1-2 kg/ ga
va boshqalar.
Yapon qo‘ng‘izi — Rorina parsha
Tarqalishi.   Yapon   qo‘ng‘izi   Xitoy,   Koreya   yarim   oroli,   Yaponiya,   Kanada,
AQSh da tarqalgan.
AQSh   da   karantin   ob’ekt   hisoblanadi.   MDH   da   yagona   Kunashir   orolida
uchraydi.
Boshqa davlatlardan yoki Kunashir orolidan o‘tib, MDH ning Kavkaz, O‘rta
Osiyo,   Primore   o‘lkasiga,   Ukrainaga   va   Yevropaning   janubiy   rayonlari
iqlimiga moslashish va zarar yetkazishi mumkin.
Zararlanadigan   o‘simliklar:   300   turdan   ortiq   mevali,   sabzavot   va   poliz,
o‘rmon va dekorativ daraxt va butalarini, gazon o‘tlarini zararlaydi.
Ye tuk   qo‘ng‘izlar   mevalarni,   gullarni,   barglarni   zararlaydi;   lichinkalari
ildizni kemiradi.
Kunashir orolida Yapon qo‘ng‘izining paraziti-, va lichinkalarini paraziti —
lar aniqlangan.
Kunashir   orolida   Yapon   qo‘ng‘izini   soni   unchalik   ko‘p   emas,   bu   holat
yuqoridagi parazitlarni ta’siridan bo‘lishi mumkin. Imagosi tanasining uzunligi 7-11 mm, eni 4-7 mm, qanot usti missimon jigar
rangda.   Qanotining   chetlari   va   o‘rtasi   yashil.   Qornining   qanot   ustligi   bilan
yopilmagan   qismida   5   tadan   yonidagi   va   2   ta   ortki   oq   tuk   bilan   qoplangan
doG‘lari   bor.   Mo‘ylovlari   9   bo‘g‘imli,   oyoqlari   yashil.   Erkapslari   ning
bilagidagi 2 ta tishchasi o‘tkirlashgan va qisqargan holda. Panjalaridagi 4 ta
barmoG‘i   bir   xil.   Urg‘ochilarini   panjalaridagi   tishchalari   orqaga   kuchli
egilgan. Panjasining birinchi bo‘G‘ini qolgan 3 ta bo‘G‘inlaridan uzunroq.(2)
Tuxumi ellipssimon formada, qalaysimon tovlanuvchi, 1 mm diametrda.
Lichinkasn. Yangi paydo bo‘lgan lichinkaning uzunligi 1,5 mm bo‘lsa, katta
yoshdagilari 25 mm gacha yetadi. Lichinkaning sistematik belgisi-qornining
anal segmenti tomonida V raqamiga o‘xshagan belgisi bor.
G‘umbagi och-jigar rangda, uzunligi 14 mm gacha, beshikchada bo‘ladi.
Hayot   kechirishi.   2-3   yoshli   lichinkalar   tuproqning   ichki   qatlamida   qishlab
chiqadi.   Kuzda   ular   yerning   20-40   sm   chuqurligga   kirib   oziqlanishdan
to‘xtaydi,   bahorda   tuproqning   yuza   qismiga   ko‘tarilib   o‘simliklarni   ildizi
bilan   oziqlanishini   davom   ettiradi.   Oziqlanib   bo‘lgandan   so‘ng   lichinkalar
«beshikchalar» yasaydi va uning ichida G‘umbakka aylanadi. 10-20 kundan
keyin   G‘umbagining   rivojlanishi   to‘xtaydi,   G‘umbak   qobiG‘i   yorilib
qo‘ng‘iz   paydo   bo‘ladi,   lekin   ko‘ng‘iz   bir   necha   kun   beshikchaning   ichida
qoladi.
Kunashir   orolida   qo‘ng‘izlarning   uchishi   iyul   oyining   oxirida   boshlanadi.
AQSh   da   avgust-sentyabr'oylarida   uchadi.   Kunashir   oroli   va   AQSh   da   1
yilda   bitta   avlod   beradi,   Yaponiyaning   Xokkaydo   orolida   yapon
qo‘ng‘izining to‘liq rivojlanishi uchun 2 yil vaqt o‘tadi.
Karantnn   tadbnrlar.   Zararkunanda   tarqalgan   mamlakatlardan   ildizli   meva
o‘simliklarini   tuproG‘i   bilan   keltirish   taqiqlanadi.   Karantin   ostidagi
tekshirish   va   ekspertiza   qilish;   Respublikamizga   ko‘chatlarni   ildiz
tuproqlarisiz, ilmiy maqsadlarda keltirish mumkin. Sharq meva qurti 
Sharq   meva   qurti   olma   va   behi   mevalariga   xuddi   olma   qurti   kabi   zarar
yetkazadi.   Sharq   meva   qurti   danakli   mevalardan   shaf'toli,   olxo‘ri,   o‘rikka
ham ancha zarar yetkazadi. Meva daraxtlarni nihol novdalari zararlanib bora-
bora qurib qoladi.
Kapalagi   qanotlarini   yozganda   uzunligi   1,0-1,5   sm   keLadi,   qo‘ng‘ir   tusli
bo‘lib, ko‘kragi qorniga nisbatan qoramtirroq, mo‘ylovlarida noaniq ravshan
haykalchalar   bor.   Old   qanotlarining   oldingi   chekkasida   oq   dog‘chalar
bo‘ladi.   Tuxumi   taxminan   0,7   mm   yumaloq   yoki   oval   shaklida.   Qurtining
kattaligi 12 mm gacha boradi, g‘umbagi jigar rang.
Tarqalishi.   Sharq   meva   qurti   Janubiy   Yevropa,   Yaponiya,   Janubiy   Xitoy,
Koreya,   AQSh,   Kanada   uchraydi.   Respublikamizda   Farg‘ona   vodiysi   va
Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida uchraydi.
Hayot   kechirishi.   Sharq   meva   qurti   po‘stloq   tangachalarining   ostida   va
daraxtlar   tagidagi   o‘simlik   qoldiqlarining   orasida   oziqpanishini   tamomlab,
pilla   ichidagi   qurtlik   stadiyasida   qishlaydi.   Erta   ko‘klamda   qurtlar
g‘umbakka   aylanadi   va   shaftoli   gullagan   davrda   g‘umbaklardan   kapalaklar
uchib chiqadi.
Kapalaklar   kechqurun   va   namozshomda   aktivroq   bo‘ladi.   Urg‘ochi
kapalaklar paydo bo‘lgandan besh kun keyin tuxum qo‘ya boshlaydi.
Kapalaklar   barglarga   va   qisman   barg   yonliqlariga,   tuguncha   va   mevalarga
bittadan tuxum qo‘yib ketadi. Urg‘ochi kapalaklar umrida 100-200 ta tuxum
qo‘yadi.   Joyning   iqlimiga   va   ob-havo   sharoitiga   qarab   tuxumlar   turli
muddatda rivojlanadi, qulay sharoitda kapalak qo‘ygan tuxumdan uch kunda
lichinka   chiqadi,   havo   soviganda   tuxumdan   lichinka   chiqishi   uch   haftacha
cho‘zilib ketishi mumkin. Tuxumdan   chiqqan   qurtlar   mevali   shafgoli   novdasini   o‘yib   ichiga   kiradi.
Ko‘klamda   yozda   chiqqan   kapalaklarning   uchish   davri   6-24   kun,   kuzda
chiqqan kapalaklarning uchish davri kamida 50kun davom etadi.
Qurtlar   oziqlanishini   tamomlagach   daraxtlarning   tanalaridan   pastga   tushib
pillaga   kiradi.   Qishlayotgan   qurtlarning   pillasi   yozgi   qartlarning   pillasiga
qaraganda   zichroq   bo‘ladi.   Yozgi   qurtlar   pilla   o‘ragandan   keyin   tez   orada
G‘umbakka aylanadi.
Yozgi   qurtlarning   g‘umbak   davri   7-13   kun   davom   etadi,   qishlab   chiqqan
qurtlarning g‘umbaklari esa kamida 17 kunda yetiladi.
Kurash   choralari.   Sharq   meva   qurtiga   tushgan   joylardan   keltiriladigan
ko‘chat   va   mevalarni   karantin   nazoratidan   o‘tkazib   fumigantlar   bilan
fumigatsiyalash kerak.
Bog‘larda o‘tkaziladigan afotexnika kurash choralari Sharq meva qurtini ham
sonini kamaytiradi.
Kimyoviy preparatlardan: Nugor 40 % k.e. 0,8-2,0 l/ga, Desis 2,5 % k.e. 0,4-
0,5   l/ga,   karate   5   %   k.e.   0,4-0,8   l/ga,   Malfos   50   %   k.e.   1,0-3,0   l/ga
qo‘llaniladi.
AQSh   da,   Kanadada   biologik   metod   muvaffaqiyat   bilan   qo‘llanilmoqda,
ya’ni   meva   qurti   tushgan   bog‘larga   O‘asgosep1gi$   apsuNUogiz   degan
parazitni qo‘llashadi.
Savollar
1.Sharq meva qurti qaysi turkumga kiradi?
2.Sharq meva qurti qanday o‘simliklarni zararlaydi va O‘zbekistonda qaerga
tarqalgan ? .
3.Sharq meva qurti nechta avlod beradi ?
4.Sharq meva qurti qaysi bosqichda qishlaydi ? Nok parvonasi — 
Xitoy,   Yaponiya,   Koreya   yarim   oroli,   MDH   da   chegaralangan   holda
tarqalgan. Nok o‘simligini zararlaydi.
Qurtlari kurtaklarni, gullari, tuguncha va mevasini zararlaydi. Koreya yarim
oroli va Xitoyda nok parvonasi 90 % gacha nok hosiliga zarar yetkazgan ?
Imago:   Kapalagi   kulrang,   binafsharang   nuqgalari   bor,   qanotlarini   yozganda
14,5-21,5   mm   gacha.   Tanasining   uzunligi   12   mm.   Old   qanotlaryda   ikkita
ko‘ndalang   chizig‘i   bor.   Qanot   asosidagi   chiziq   sezilmas,   deyarli   qora
rangda.   Buyraksimon   qora   dog‘i   qanot   asosiga   egilib   joylashgan.   Orqa
qanotlari   sarg‘ish   kulrang.   Qornining   oxirgi   qismida   popuksimon   tukchalar
bor.   Erkaklarida   yaxshi   bilinib   turadi.   Urg‘ochilarida   esa   kuchsiz.   Oyoqlari
tangachalar va uzunchoq tukchalar bilan qoplangan.
Tuxumi   ellipssimon   tuzilishda.   Yangi   qo‘yilgan   tuxumlar   sariq   rangda,
keyinchalik qizil rangga kiradi.
Qurti:   tuxumdan chiqqanlari nimpushti rangda, boshi qora, belining oldingi
qismi   qoramtir-qo‘ng‘ir   rangda.   Katta   yoshdagi   qurtlarning   bel   tomoni   to‘q
yashil   rangda,   qorin   qismi   sarg‘ish,   oyoqlari   jigar   rangda.   Katta   yoshdagi
qurtning uzunligi 12 mm gacha.
G‘umbagi  oxiriga qarab qisqargan, sarg‘ish-jigarrangda, kremastelarida oltita
ingichka ilgakchalari bor.
Hayot   kechirishi.   Ikkinchi   yoshdagi   lichinkalar   gul   kurtaklarida   yengil   oq
pillada qishlab chiqadi.
Bahorda   qurtlar   shonalar,   gullar,   novdalar   va   mevalarga   o‘gadi.   Mevani
o‘rtasigacha   yeb   boradi.   Zararlangan   mevalar   qorayadi,   so‘liydi,   lekin
to‘kilmaydi.   Kelasi   yilgacha   daraxtda   saqlanib   qoladi.   Qurtlar   mebalarda
rivojlanishini tugatib, g‘umbaklanadi. Tezda imagolar paydo bo‘ladi, bu payt
avgustsentyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Birinchi   avlod   kapalaklari   kurtaklarga   tuxum   qo‘yadi.   Tuxumdan   chiqqan
lichinkalar   kurtaklar   ichiga   kiradi   va   shu   yerda   qishlaydi.   Qishga
tayyorlanmagan lichinkalar o‘lib ketadi.
Zararlangan   mevalar,   ko‘chatlar,   qishlovchi   lichinkalar   qamda   kapalaklarini
uchishi orqali tarqalady.(4)
Karantin tadbirlar.   Karantin   ostidagi   materiallarni   tekshirish   va   ekspertiza
qilish; Zararkunanda tarqalib zarar yetkazgan joylardan tarqalmagan joylarga
nok   ko‘chatlari   va   qalamchalarini   keltirish   taqiqlanadi.   Ilmiy   maqsadlarda
keltirilgan   ko‘chatlar   rengenoekspertizadan   o‘tkazilib,   zararsizlantirilib
introduksion-karantin pitomniklarda tekshirish. Zararsizlantirish va boshqalar
sharq meva qurtiga qarshi o‘tkaziladigan tadbirlarga o‘xshash bo‘ladi. ,
Kurash   choralari.   Nok   parvonasiga   qarshi   kurashda   sharq   meva   qurtiga
qarshi   qo‘llaniladigan   preparatlardan   biri   qo‘llaniladi.   Birinchi   ishlov
aprelda,   (kurtaklar   ochilishidan   oldin)   ya’ni   kurtakdan   qurtlar   chiqishdan
oldin beriladi. Adabiyotlar:
1.Voronkova   L.V   i   dr.   «Karantin   rasteniy   v   SSSR»,   M.
«Agropromizdat», 1986g.
2.Varshalovich   A.A.   «Gusensm   v   stragayushiesya   pri   karantinnoy
ekspertizm   svejix   fruktov».   Sb.   trudov   po   karantin   rasteniy.   M.,
«Kolos», 1981 g.
3.«Spravochnik   po   karantinu   selskoxozyaystvenngx   rasteniy»,   M.   izd.
«Kolos», 1995 g
4.Pospelov   S.M.   i   dr.   «Osnov!   karantina   selskoxozyaystvennmx
rasteniy», M. «Kolos», 1983 g.

MEVALI DARAXT EKINLARINING KARANTIN SO‘RUVChI HAShAROTLARI Reja: 1.Komstok qurti o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash tadbirlari. 2.Yapon qo‘ng‘izi o‘tish yo‘llari rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash tadbirlari. 3.Sharq meva qurti, o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash tadbirlari. 4.Nok parvonasi o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash tadbirlari.

Komstok qurti Komstok qurti tug daraxtidan tashqari, shafgoli, anorga shuningdek makkajo‘xori, kartoshka, sabzi, lavlagi, karam, pomidor, qovoq, qovun, tarvuzga va bir qancha boshqa ko‘pgina daraxtsimon va o‘tsimon o‘simliklarga zarar yetkazadi. Komstok qurti anchagina ko‘payganda barcha o‘simliklarning o‘sishini sekinlashtiradi, daraxt va butalarning shoxlarini qinG‘ir-qiyshiq qilib qo‘yadi, mevali ekinlar, ildiz mevalar va tuganak mevalilarning hosilini kamaytiradi hamda sifatini pasaytiradi. Kostok qurtini vatani Yaponiya, Janubiy QozoG‘iston, Tojikiston, markaziy Gruziyada, Xitoy, Tayvan, Hindiston, Yangi Zelandiya, Keniya, AQSh, Kanada, Angliya, Rossiya, Ukrainada, Moldaviyada, O‘zbekistonda tarqalgan. Ta’rifi. Erkagi 3-4 mm. Tanasi oq mumsimon tezak bilan qoplangan, chetlarida 17 juft mumsimon o‘siq, shu jumladan tana uzunligining yarmigacha boradigan ikkita uzun dum ipi bor. E rkagini qanoti 1,0-1,5 mm uzunlikda, qanotli, qizg‘ishjigar rangli, ko‘zlari qora bo‘lib, qizil doiralar bilan o‘ralgan. Mo‘ylovlari 10 bo‘g‘imli. Tuxumi ovalsimon; bir tomoni uchqur; och sariq, keyinchalyk sarG‘ish pushti rangli, tiniq bo‘ladi. Birinchi yoshdagi lichinka 0,3-0,6 mm och sariq, ikkinchi yoshdagi 1,2 mm to‘q sariq. 17 juft o‘simtalik, uchinchi yoshdagi ikkinchi yoshdagilaridan katgaroq va dum o‘simtasi anchagina uzun bo‘lib 2/3 tana uzunligiga keladi. Hayot kechirishi. Komstok qurti po‘stloq tangachalari ostida, daraxtlarning kovagida, o‘simlik ildizlarida, xazon orasida, devor yoriqlarida tuxumlik stadiyasida qishlaydi. Urg‘ochi hasharot tuxum qo‘yish paytida mo‘msimon oq par, chiqaradi. Tuxumlar shu oq Pardaning ichida to‘p-to‘p bo‘lib turadi. Lichinkalar tut daraxtining kurtaklari bo‘rta boshlaganda, martning ikkinchi yarmi aprel boshlarida tuxumdan chiqa boshlaydi.

Komstok qurti o‘simlikning hamma qismlarini, tanasi, poyalari, shoxlari, barglari, mevalarini so‘radi. Bu zararkunanda uchta lichinkalik. yoshini o‘tadi, ikkinchi yoshdagi lichinka po‘st tashlagandan keyin urg‘ochisi tinchlik davriga kiradi. Komstok qurti taxminan bir yarim oyda bir nasl beradi. Yozbo‘yicha uchta nasl beradi. Urg‘ochisi so‘nggi po‘st tashlashdan 10-30 kun keyin tuxum qo‘ya boshlaydi. Hasharotning birinchi nasli odatda 200-250 ta, ikkinchi nasl 250 ta, uchinchi nasli 200 ta tuxum qo‘yadi.(1,2) Birinchi yoshdagi lichinkalar chiqqan joyidan qar tomonga o‘rmalab ketsa ham, qurt daraxtning bir shoxi yoki qo‘shni shoxlari doirasidagi yaqin masofadagina aktiv harakatlana oladi xolos. Yangi o‘simliklarga asosan passiv yo‘l bilan: tut ko‘chati, bargi, transport vositalari kiyim-kechak, sabzavot hamda mevalar bilan ham tarqalishi mumkin. Kurash choralari. Markaziy Osiyoda komstok qurtini bir qancha yirtqichlar yo‘q qilib turadi. Bularning ichida oltin ko‘zlarning lichinkalari. . 1945 yildan boshlab komstok qurtiga qarshi chet eldan keltirilgan psevdafikus paraziti ishlatilmoqda. 1950 yildan boshlab biologik kurash metodi komstok qurtini yo‘qotish tadbirlari kompleksida asosiy bo‘lib qoldi. Psevdafikus faqat bir xil ovqat yeydigan parazit bo‘lib, komstok qurtining lichinkalari va katta yoshli urg‘ochilarining ichiga tuxum qo‘yadi. Uning bitta urg‘ochisi 20 tagacha qurtning ichiga 140 taga yaqin tuxum qo‘yadi. Parazit tuxum qo‘ygach 5-7 kuni qurt o‘lib qoladi, tanasining yonidagi o‘siqlari va dum iplari yo‘qoladi, qurt tanasi bo‘rtib yuzidan qotadi, sariq uzunchoq mo‘miyaga aylanadi, keyin kul ranggiga kirib qoladi. Psevdafikus O‘zbekistonda 7-8 ta janubiy qismlarda 11 nasl beradi.

Psevdafikus yoki tabiiy sharoitda-komstok qurti hayot kechiradigan joylarda yoqi laboratoriyalarda ko‘paytiriladi. Agrotexnik kurash choralari asosan begona o‘tlarni vegetatsiya mavsumining boshidan oxirigacha yo‘qotib turish; kuzgi-qishki tinchlik davrida daraxtlar tupi bachkilarni gumon qilingan daraxtlarni ildiz bo‘yin atrofidagi bachkilarni yulib tashlash. Komstok qurti tushgan daraxt tanalari erta ko‘klamda qirg‘ich va qattiq cho‘gqa bilan qurib qolgan po‘stloq tangachalaridan tozalanadi va chiqqan axlat darhol yoqiladi. Kimyoviy preparatlardan-malofos 50 % k.e. 1-3 l/ga, ealon 35 k.e. 1-2 kg/ ga va boshqalar. Yapon qo‘ng‘izi — Rorina parsha Tarqalishi. Yapon qo‘ng‘izi Xitoy, Koreya yarim oroli, Yaponiya, Kanada, AQSh da tarqalgan. AQSh da karantin ob’ekt hisoblanadi. MDH da yagona Kunashir orolida uchraydi. Boshqa davlatlardan yoki Kunashir orolidan o‘tib, MDH ning Kavkaz, O‘rta Osiyo, Primore o‘lkasiga, Ukrainaga va Yevropaning janubiy rayonlari iqlimiga moslashish va zarar yetkazishi mumkin. Zararlanadigan o‘simliklar: 300 turdan ortiq mevali, sabzavot va poliz, o‘rmon va dekorativ daraxt va butalarini, gazon o‘tlarini zararlaydi. Ye tuk qo‘ng‘izlar mevalarni, gullarni, barglarni zararlaydi; lichinkalari ildizni kemiradi. Kunashir orolida Yapon qo‘ng‘izining paraziti-, va lichinkalarini paraziti — lar aniqlangan. Kunashir orolida Yapon qo‘ng‘izini soni unchalik ko‘p emas, bu holat yuqoridagi parazitlarni ta’siridan bo‘lishi mumkin.

Imagosi tanasining uzunligi 7-11 mm, eni 4-7 mm, qanot usti missimon jigar rangda. Qanotining chetlari va o‘rtasi yashil. Qornining qanot ustligi bilan yopilmagan qismida 5 tadan yonidagi va 2 ta ortki oq tuk bilan qoplangan doG‘lari bor. Mo‘ylovlari 9 bo‘g‘imli, oyoqlari yashil. Erkapslari ning bilagidagi 2 ta tishchasi o‘tkirlashgan va qisqargan holda. Panjalaridagi 4 ta barmoG‘i bir xil. Urg‘ochilarini panjalaridagi tishchalari orqaga kuchli egilgan. Panjasining birinchi bo‘G‘ini qolgan 3 ta bo‘G‘inlaridan uzunroq.(2) Tuxumi ellipssimon formada, qalaysimon tovlanuvchi, 1 mm diametrda. Lichinkasn. Yangi paydo bo‘lgan lichinkaning uzunligi 1,5 mm bo‘lsa, katta yoshdagilari 25 mm gacha yetadi. Lichinkaning sistematik belgisi-qornining anal segmenti tomonida V raqamiga o‘xshagan belgisi bor. G‘umbagi och-jigar rangda, uzunligi 14 mm gacha, beshikchada bo‘ladi. Hayot kechirishi. 2-3 yoshli lichinkalar tuproqning ichki qatlamida qishlab chiqadi. Kuzda ular yerning 20-40 sm chuqurligga kirib oziqlanishdan to‘xtaydi, bahorda tuproqning yuza qismiga ko‘tarilib o‘simliklarni ildizi bilan oziqlanishini davom ettiradi. Oziqlanib bo‘lgandan so‘ng lichinkalar «beshikchalar» yasaydi va uning ichida G‘umbakka aylanadi. 10-20 kundan keyin G‘umbagining rivojlanishi to‘xtaydi, G‘umbak qobiG‘i yorilib qo‘ng‘iz paydo bo‘ladi, lekin ko‘ng‘iz bir necha kun beshikchaning ichida qoladi. Kunashir orolida qo‘ng‘izlarning uchishi iyul oyining oxirida boshlanadi. AQSh da avgust-sentyabr'oylarida uchadi. Kunashir oroli va AQSh da 1 yilda bitta avlod beradi, Yaponiyaning Xokkaydo orolida yapon qo‘ng‘izining to‘liq rivojlanishi uchun 2 yil vaqt o‘tadi. Karantnn tadbnrlar. Zararkunanda tarqalgan mamlakatlardan ildizli meva o‘simliklarini tuproG‘i bilan keltirish taqiqlanadi. Karantin ostidagi tekshirish va ekspertiza qilish; Respublikamizga ko‘chatlarni ildiz tuproqlarisiz, ilmiy maqsadlarda keltirish mumkin.