Milliy ta’lim tizimini takomillashtirish va isloh qilish jarayoni. O‘quv dasturlarini yaratishda qo‘yilgan falsafiy prinsiplar.
Milliy ta’lim tizimini takomillashtirish va isloh qilish jarayoni. O‘quv dasturlarini yaratishda qo‘yilgan falsafiy prinsiplar. REJA: 1. Milliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasidagi yangi islohotlar. 2. Xalqaro tajriba almashinuvi. 3. Bugungi kunda o‘quv dasturlarini yaratishdagi falsafiy prinsiplar.
Mustaqillik yillarida yurtimizda milliy ta’lim tizimini yaratish va takomillshtirish borasida juda muhim islohotlar amalga oshirildi. “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” doirasida ta’limning eng quyi bosqichidan tortib eng yuqori bosqichigacha yangicha islohotlar amalga oshirildi. Bugungi kunga kelib ta’limdagi mazkur islohotlar davomli ravishda yanada yuqori saviyada ko’tarilib bormoqda. Shu o’rinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb- hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan 2017 yil 08.10 dagi yig‘ilishida 2017—2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boorish xususida qator vazifalar belgilab berdi va bu vazifalar ijrosini ta’limdagi so’nggi o’zgarishlarda guvohi bo’lib borayapmiz. Shu o’rinda ta’lim falsafasi sohasi ham mazkur islohotlar doirasida milliy ta’lim tizimlarini takomillshtirib borish borasida muhim o’rin tutadi. Respublikamizda milliy ta’lim tizimlarini rivojlantirish quyidagi yo’nalishlar doirasida amalga oshirilmoqda. - Ta’lim-tarbiya tizimi bosqichma-bosqich, izchil amalga oshirish va uni modernizatsiyalash; - Komil inson va barkamol avlodga xos xususiyatlarni shakllantirish; - Milliy – madaniy merosning yoshlar ta’lim-tarbiyasiga ta’sirini yanada kuchaytirish; - Tarixiy xotira va madaniyatning yoshlar ta’lim-tarbiyasida aks etishiga yo’naltirish; - Barkamol insonni tarbiyalashning moddiy negizlarini yaratish;
- Yoshlarning ma’naviy - axloqiy tarbiyasida yangicha metodologik uslublar ishlab chiqish; - Ta’lim-tarbiya orqali yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish. Ta’lim jarayoni bilish nazariyasi asosida tarkib topadi. U dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Shuningdek, u jamiyatning rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan talablarni o‘zida aks ettiradi. Ta’lim – dunyoni bilishning maxsus, ma’lum maqsadga qaratilgan murakkab omilidir. U metodologik jihatdan falsafadagi bilish nazariyasiga asoslanadi. Falsafa insonning dunyoni bilishidagi umumiy qonunlarni ochib berar ekan, ta’lim falsafasi ta’lim jarayonidagi umumiy qonuniyatlarini, ta’limdagi muammolarni va ularni bartaraf etish yo’llarini ishlab chiqishda asosiy ahamiyat kasb etadi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini ta’kidlaydi. Ta’lim falsafasi ta’lim sohasidagi quyidagi muammoli masalalar doirasida faoliyat olib boradi. Ta’lim kelajak uchun mas’uliyatni zimmasiga ola oladimi? Ta’lim Mamlakat istiqbolini hal qilishga tayyormi? Ta’lim muassasalarida sobiq ta’lim va tarbiya tizimi o’rnini qanday ta’lim-tarbiya tizimi egallashi kerak? Bugungi globallashuv davrida yosh avlodni yetuk kadr qilib tayyorlashda davlatimiz ta’lim-tarbiya tizimi qodirmi? Ta’lim jarayonini zarur holdagi mazmun bilan to’ldirishni qanday tashkil etish mumkin? Mazkur masalalardan kelib chiqqan holda ta’lim falsafasi ta’limdagi muammolarni hal etish borasidagi vazifalarni belgilab beradi. Ya’ni ta’limdagi uzluksizlikni ta’minlash, izchillik, ilmiylik, zamonaviylik,jahondagi ilg’or ta’lim tizimlari bilan tajriba almashish, yangi
ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish kabi bir qator vazifalarni bajaradi. Mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan ta’lim sohasidagi hamkorligi turli yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan: - dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish; - hamkorlikda darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish; - xalqaro ilmiy simpoziumlar, konferentsiyalar va seminarlar o‘tkazish; - talabalar almashuvi; - professor va ilmiy tadqiqotchilar almashuvi; - xorijiy tillarni o‘rganish markazlari ochish; - ilmiy tadqiqotlar, chop etilgan ishlar va axborot almashuvi; - talabalar va tadqiqotchilarni o‘zaro bir-biriga stajirovkaga yuborish; - masofaviy ilmiy anjumanlar o‘tkazish; - oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etish va boshqalar. O'zbekistonda ta`lim tizimi mutlaqo yangi shakl va mazmunda shakllandi. Uning tajribasi xalqaro miqyosda o'rganilmoqda. Ta`lim tizimidagi “portlash effekti” ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy mafkuraviy sohalarda ham aynan shunday “effekt”ni paydo qilmoqda. Bugungi kunda o’quv dasturlarini yaratishda bir qator falsafiy prinsiplar qo’yilgan. Jumladan: - Tarixiylik; - Milliylik; - Zamonaviylik; - Gumanitarlik; - Izchillik; - Amaliylik; - Raqobatbardoshlik;
- Novatorlik; - Jozibadorlik;