logo

MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

50.9697265625 KB
MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
Reja:
1. Moliyaviy natijalar mohiyati, ko’rsatkichlari. 
2. Moliyaviy natijalar hisobi.
3. Moliyaviy  hisobot 1. Moliyaviy natijalar mohiyati, ko’rsatkichlari. 
Moliyaviy   natija   (financial   results)   –   korxonaning   yil   davomidagi   faoliyati   natijasida
olgan foydasi yoki ko’rgan zararidir 1
.
Moliyaviy  natija  yil oxirida  aniqlanadi,  chunki, korxonada ishlab chiqarilgan  mahsulotlar
haqiqiy   tannarxi   yil   oxirida   aniqlanib,   so’ngra   sotilgan   mahsulotlarning   moliyaviy   natijasi
aniqlanadi.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining   1999   yil   5   fevraldagi   54-sonli   qarori   bilan   tasdiqlangan   “Mahsulot   (ishlar,
xizmatlar)ni   ishlab   chiqarish   va   sotish   xarajatlarining   tarkibi   hamda   moliyaviy   natijalarni
shakllantirish   tartibi   to’g’risida   Nizom”   va   O’zbekiston   Respublikasi   Buxgalteriya   hisobining
milliy standartlari bilan tartibga solinadi.  Nizom va 3-son BHMS «Moliyaviy natijalar to’g’risida
hisobot»ga asosan xarajatlar quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: 
1. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiradigan xarajatlar.
Davr xarajatlari.
3. Moliyaviy faoliyat xarajatlari.
4. Favqulodda zararlar.
Shuningdek, daromadlari ham to’rt guruhga bo’linadi:
1. Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushum.
Asosiy faoliyatining boshqa   daromadlari   ( tushumlari ) .
3. Moliyaviy faoliyat  daromadlari   ( tushumlari ) .
4. Favqulodda foyda.
«Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish xarajatlar tarkibi hamda
moliyaviy   natijalarni   shakllantirish   tartibi   to’g’risida»gi   Nizom g a   asosan   xo’jalik
yurituvchi   sub’yektning   moliyaviy   natijalari   quyidagi   foyda   ko’rsatkichlari   bilan
tavsiflandi:
1.Mahsulot sotishdan olinadigan yalpi foyda (YaF).   Bu sotishdan olinadigan sof tushum
(SST)   bilan   sotilgan   mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxi   (SMIT)   o’rtasidagi   farq   sifatida
aniqlanadi:YaF	=	SST	−	SMIT
1
 Accounting Principles (10 th ed.)/ Jerry J. Weygandt, Paul D. Kimmel, Donald E. Kieso. Printed in the USA, 2012.
ISBN-13 978-0-470-53479-3. p.476. Asosiy   faoliyatdan   olingan   foyda   (AFF).   Bu  mahsulot   sotishdan   yalpi   foyda   bilan   davr
xarajatlari   (DX)   o’rtasidagi   ayirma   sifatida   belgilanib,   unga   asosiy   faoliyatidan   boshqa
daromadlar (BD) qo’shiladi va boshqa  xarajat lar (B X ) ayriladi:AFF	=	YaF	−	DX	+	BD	−	BX
3. Umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda (U X F).   Bu asosiy faoliyatdan olingan foyda
(AFF)   summasiga   moliyaviy   faoliyat   daromadlari   (MFD)   qo’shilib,   moliyaviy   faoliyat
xarajatlari (MFX) ay i ri l ib tashlangan holda aniqlanadi: 	
UXF	=	AFF	+	MFD	−	MFX
4.S oliq   to’la ngun gacha   bo’lgan   foyda   (STF).   Bu   umumxo’jalik   faoliyatidan   olingan
foydaga   (U X F)   favqulodda   foyda   (FF)   qo’shilgan   va   favqulodda   zararlar   (FZ)   ayirilgan   holda
aniqlanadi:	
STF	=	UXF	+	FF	−	FZ
5. S of foyda (SF).   Bu soliq to’lan gun gacha foydadan (STF) foyda solig’i ( F S) chegirilgan
hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa soliq va to’lovlar (BST) ay i rilib belgilanadi:  	
SF	=	STF	−	FS	−	BST
9. Moliyaviy natijalar hisobi.
Moliyaviy natijalar hisobi quyidagi tranzit schyotlarda olib boriladi:
9000–«Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»;
9100–«Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar»;
9200–«Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar»
9300–«Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»;
9400–«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar»;
9500–«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»;
9600–«Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar»;
9700–«Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar»;
9800–«Soliqlar   va   yig’imlarni   to’lash   uchun   foydaning   ishlatilishini   hisobga   oluvchi
schyotlar»;
9900–«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar».
Moliyaviy natijalar hisobi   schyotlarining korrespondensiyasi:
T/r
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlarning bog’lanishi Debet
Kredit
1
Jo’natilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar 
uchun xaridorlarga taqdim etilgan summaga
4010 - 4020
9010 - 90 3 0
2
Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish
5010 - 5020
9010 - 90 3 0
3
Korxona xodimiga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sotildi
4790
9010 - 90 3 0
4
Dividendlar mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan to’landi
6610
9010 - 90 3 0
5
Sotilgan tovarlarning qaytishi
9040
4010
6
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi 
schyotlarning yopilishi
9010 - 90 3 0
9910
7
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlarning tannarxi
9110 28 0 0 ,  2 90 0
8
Chiqib ketayotgan hayvonlarning tannarxi
9110
1110 - 1120
9
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarishlar bajargan ishlari va ko’rsatgan 
xizmatlarining tannarxi
9130
2010, 2310 
10
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi 
schyotlarning yopilishi
9910
9100
11
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda
9210 , 9220
9310
12
Hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydalari
4010
9340
13
Ortiqcha mahsulotlar, tovarlarning kirim qilinishi
2800 ,2900
9390
14
Tugallanmagan qurilishdagi ortiqchalar kirim qilinishi
0810-0890
9390
15
Hisobot davrining oxirida asosiy faoliyat boshqa daromadlarini hisobga
oluvchi schyotlar yopilishi
9310-9390
9910
16 Chetdan reklama va marketing xizmatlari
9410
6010
17
Savdo jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalar eskirishi
9410
0210-0299
18
Mahsulotni jo’natish bo’yicha transport xarajatlari
9410
6990
19
Boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari
9420
6710
20
Boshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarning eskirishi
9420
0210-0299
21
Boshqaruv binosining ijara to’lovi
9420
6910
22
Transport korxonalarining xizmati
9420
6010
23
Bank va auditorlik xizmatlari uchun to’lovlar
9430
6990
24
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan zararlar
9430
9210, 9220
25 Aybdor shaxsni aniqlash imkoni bo’lmagan holdagi kamomadlar va 
yo’qotishlar
9430
5910
26
Korxonaga tegishli bo’lgan aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlar 
bo’yicha dividendlar
4840
9520
27
Qarz majburiyatlari bo’yicha foizlar
4830
9530
28
Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha hisoblangan foizlar summasi
4830
9550
29
Qimmatli qog’ozlarni qayta baholash (qiymatining oshirilishi)
0610, 5810
9560
30
Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarni yopilishi
9510-9590
9910
31
Kreditlar va qarzlar bo’yicha foizlar hisoblandi
9610
6920
32
Asosiy vositalarning uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha foizlar 
hisoblandi
9610
6920
33
Qimmatli qog’ozlarni qayta baholash (qiymatining kamaytirilishi) 
natijasida ko’rilgan zararlar  9690
06 0 0, 58 0 0
34
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarni 
yopilishi
9910
9610-9690
35
Favqulodda hodisa (tabiiy ofat) natijasida uskunalar, materiallar, 
tovarlar kirim qilindi
07 0 0,100 0  29 0 0
9710
36
Tabiiy ofatlar natijasida aktivlarning yo’qotilishi
9720
1000, 1100 
37
“Favquloddagi foydalar” schyotini ng  yopilishi
9710
9910
38
“Favquloddagi zararlar” schyotini ng  yopilishi
9910
9720
39
Hisobot yilining sof foydasi
9910
8710
40
Hisobot yilining sof zarari
8710
9910
3. Moliyaviy  hisobot
Hisobotning mohiyati,  shakllari, tamoyillari va ularga qo’yiladigan
talablar Moliyaviy   hisobot   buxgalteriya   hisobi   subyektining   hisobot   sanasidagi   moliyaviy   holati,
hisobot   davridagi   faoliyatining   moliyaviy   natijasi   va   pul   mablag’larining   harakati   to’g’risidagi
tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi:
buxgalteriya balansi  (1-shakl) ;
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot  (2-shakl) ;
pul oqimlari haqidagi hisobot  (4-shakl) ;
xususiy kapital to’g’risidagi hisobot  (5-shakl) ;
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Xalqaro   standartlar   bo’yicha   tuziladigan   moliyaviy   hisobotga   doir   talablar   moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi. 
Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o’z
vakolatxonalarining,  filiallarining  va  boshqa tarkibiy  bo’linmalarining  buxgalteriya  balanslarini
hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Byudjet   tashkilotlarining   moliyaviy   hisoboti   byudjet   to’g’risidagi   qonun   hujjatlariga
muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
Moliyaviy   hisobotning   tarkibi   va   mazmuni   O’zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Banklar   va   boshqa   kredit   tashkilotlari   moliyaviy   hisobotining   tarkibi   hamda   mazmuni
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Buxgalteriya (moliyaviy) hisobot elementlari   (unsurlari) bo’lib quyidagilar
hisoblanadi:
Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi
faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
Majburiyatlar – shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan ishni
amalga   oshirish,   masalan,   mol-mulkni   topshirish,   ishni   bajarish,   pul   to’lash   va   boshqa
majburiyatlar.
Xususiy  kapital   –  subyektning  majburiyatlarni   chegirib  tashlagandan  keyingi  aktivlaridir.
Xususiy kapital, ustav, qo’shilgan, rezerv kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan iborat. 
Rezervlar   –   kelgusida   muayyan   xarajatlarga   sarflanishi   mumkin   bo’lgan   xususiy
kapitalning bir qismidir.
Daromadlar   –   hisobot   davrida   aktivlarning   ko’payishi   yoxud   majburiyatlarning
kamayishidir. Xarajatlar   –   hisobot   davrida   aktivlarning   kamayishi   yoxud   majburiyatlarning
ko’payishidir.
Moliyaviy natijalar - xo’jalik yurituvchi sub’ektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan
faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
Moliyaviy   hisobotlarni   tayyorlanishi,   tuzilishi,   ma’lumotlarni   aks   ettirilishi   quyidagi
tamoyillarga  asoslanadi:
1. Hisoblash.   Aktivlar,   passivlar,   xususiy   kapital,   xo’jalik   operasiyalari   va   vokealar,
daromadlar   va   xarajatlar   buxgalteriya   hisobida   e’tirof   etiladi   va   amalga   oshish   davriga   (yoki
haqikatda   olingan   davriga),   pul   mablag’larini   olish   yoki   to’lash   davriga   emas,   moliyaviy
hisobotda aks ettiriladi.
2. Ikki   yoklama   yozuv   usulida   hisob-kitoblarni   yuritish.   Xo’jalik   yuritish   subyektlarni
buxgalteriya   operasiyalarini   ikki   yoklama   yozuv   tizimi   (bir   schyotni   debeti   va   ikkinchi
schyotning krediti bo’yicha) asosida  q ayd etilish kerak.
3. U zluksizlik. Xo’jalik yurituvchi subyekti uzluksiz ishlaydigan, ya’ni kelajakda ishlarni
davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi, uning  o’ z faoliyatini tugatish yoki faoliyat k o’ lamini
ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham y o’q  deb karaladi.
4. Xo’jalik   operasiyalari,   aktivlar   va   passivlarni   pul   bilan   baxolash.   Barcha   xo’jalik
operasiyalari,   vokealar,   aktivlar   va   passivlar   bir   xil   birlikda   –   pul   bilan   baxolanishi   lozim.
O’zbekiston Respublikasida pul birligi s o’ m va tiyin bo’lib hisoblanadi.
5. Ishonchlilik.   Axborot,   unda   jiddiy   va   taxminlar   bulmasa   va   unga   foydalanuvchilar
asoslanishsa,   tayanishsa   ishonchli   hisoblanadi.   Operasiyalar   yoki   vo q yealarning   ishonchliligi
odatda dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim.
6. Extiyotkorlik.   Moliyaviy   hisobotda   aktivlar   va   daromadlar   narxining   oshirilib
yuborilishiga, majburiyatlar va xarajatlar yetarlicha baxolanmasligiga y o’ l  qo’ ymasligi lozim. Bu
yashirish   zaxiralarni   barpo   etish   va   ta’minotni   oshirib   ko’rsatishga,   aktivlar   yoki   foydani,
majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirish yoki oshirib ko’rsatishga huquq bermaydi.
7. Mazmunning  shakldan  ustunligi.  Agar hisob-kitob  hujjatlarida  va moliyaviy  hisobotda
axborot operasiyalar va vo q ealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirilsa, bunday axborot
uning   huquqiy   shakli   bilangina   emas,   balki   mohiyati   va   iqtisodiy   realligi   bilan   muvofiq   holda
hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.
8. K o’ rsatkichlarning  q iyosiyligi. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo’lishi uchun u
turli hisobot davrlaridagi axborotlarga  q iyoslanadigan bo’lishi kerak. 
9. Moliyaviy   hisobotning   xolisligi   (betaraflik).   Moliyaviy   hisobotning   ishonchliligini
ta’minlash uchun unda keltiriladigan axborot yanglishlardan (taxminlardan) xoli bo’lishi kerak. 10. Hisobot   davrida   daromadlar   bilan   xarajatlarning   muvofiqligi.   Bu   ushbu   hisobot
davridagi daromadlarni olishga asos bo’lgan xarajatlargina aks ettirilishini bildiradi. 
11. Aktivlar   va   majburiyatlarning   haqiqiy   baxosi.   Ularning   tannarxi   yoki   sotib   olish
qiymati   asosiy   baxodir.   Andozalarda   k o’ zda   tutilgan   ayrim   h ollarda   haqiqiy   baxo   sotib   olish
qiymatidan farq qilishi mumkin.
12. Tushunarlilik.   Moliyaviy   hisobotda   keltiriladigan   axborot   foydalanuvchilar   uchun
tushunarli va sodda bo’lishi lozim. 
13. Ahamiyatlilik.   Moliyaviy   axborot   foydalanuvchilar   qarorlar   qabul   qilish   jarayonida
ularning   extiyojlarini   q ondirish   va   ularga   operasion,   moliyaviy   va   xo’jalik   faoliyatiga   baxo
berishda k o’ maklashish uchun ahamiyatli bo’lishi kerak. 
14. Jiddiylik (muhimlik). Agar axborotning tushirib koldirilishi yoki noto’g’ri ko’rsatilishi
axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga
ta’sir  q ilsa, bunday axborot jiddiy (muhim) hisoblanadi.
15. Tugallanganlik   (tugallik).   Moliyaviy   hisobotlarning   ishonchliligini   ta’minlash
maqsadida axborot yetarlicha to’la xajmda taqdim etilishi kerak.
16. Izchillik.   Hisob   siyosati   bir   davrdan   ikkinchi   davrga   izchil   o’ tkazilib   boradi.
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi subyektning turli hisobot davrlaridagi
moliyaviy   hisobotlarini   uning   moliyaviy   ahvolidagi   o’ zgarishlar   tamoyillarini   aniqlash   uchun
kiyoslash imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak.
17. O’z   vaqtida   taqdim   etish   (zamonaviy).   Axborot   o’ z   vaqtida   berilgan   takdirdagina   u
foydali b o’ ladi. Agar moliyaviy hisobotlar undan foydalanuvchilar tasavvuriga tuzilgan vaqtdan
keyin okilona vaqt ichida taqdim etilmasa, uning foydasi qolmaydi. 
18. Xolislik. Moliyaviy hisobot subyektning moliyaviy ahvolini, uning faoliyati moliyaviy
natijalarini va pul mablag’larining harakatini xolisona ko’rsatishi lozim.
Moliyaviy  hisobotga qo’yilgan talabalar:
– hisobot ko’rsatkichlari to’g’ri va ishonarli bo’lishi kerak
– hisobot o’z vaqtida tuzilishi va belgilangan muddatda topshirilishi lozim.
– hisobot moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarda tuzilishi kerak
– hisobot oddiy, aniq  va barcha uchun tushunarli b o’ lishi kerak.
– hisobotni   fermer   xo’jaliklari   ra h bari   va   bosh q a   tegishli   shaxslar   imzolashi
lozim
– hisobotda tushunarsiz va  o’ chirib  yo zilgan ra q amlar b o’ lmasligi kerak. Moliyaviy  hisobotga tushuntirishlar .  Moliyaviy hisobotni taqdim etish va
uni e’lon qilish.
Moliyaviy   hisobotga   yozilgan   tushuntirish   xati   korxonaning   hisob   siyosatini   yoritishi ,
uning   mulkiy   va   moliyaviy   holatini   haqiqiy   baxolash   uchun   qo’shimcha   ma’lumotlar   bilan
hisobotdan   foydalanuvchilarni   ta’minlashi   lozim .
Tushuntirish   xatida   korxonaning   moliyaviy   hisoboti   buxgalteriya   hisobini   yuritish
qoidalaridan   kelib   chi qq an   holda   tuzilganligi   ko’rsatilishi   lozim   ( ayrim   chetlanishlarni   ham
ko’rsatilib ).   Tushuntirish   xatida   har   bir   qoidadan   chetlanishlarning   sababi   va   natijasi   alohida
ko’rsatiladi.
Tushuntirish   xati   odatda   shunday   tuziladiki,   u   foydalanuvchiga   moliyaviy   hisobotlarni
yaxshiroq anglab yetish va ularni boshqa xo’jalik yurituvchi  subyektlarning  moliyaviy  hisoboti
bilan qiyoslashga yordam beradi.
Umuman, tushuntirish xatida quyidagi qo’shimcha ma’lumotlar yoritilishi lozim:
- Korxonaning ijro va nazorat organlari tarkibining a’zolari (sharifi va mansabi) va ularga
hisobot davrida to’langan mukofot va boshqa imtiyozlar.
- Hisobot   davrida   ishlovchilarning   urtacha   yillik   soni,   shu   jumladan   asosiy   toifalar
bo’yicha.
- Ayrim  nomoddiy aktivlar  eskirishini  ko’rsatgan holda ularni  hisobot davr oxiriga davr
boshiga nisbatan o’zgarishi to’g’risida ma’lumot.
- Ayrim   moliyaviy   qo’yilmalarning   hisobot   davri   boshi   va   oxiriga   nisbatan   o’zgarishi
to’g’risida ma’lumot.
- Ishlab chiqarish xarajatlari (muomila xarajatlari)ning tarkibi to’g’risida ma’lumot.
- Davr xarajatlarining tarkibi to’g’risida ma’lumot.
- Har   qanday   ta’minlangan   majburiyatlarning   berilishi   va   olinishi,   korxona   to’lovlari
to’g’risida ma’lumot.
- Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejalari bajarilishining tahlili.
- Korxonaning   hisobot   davridagi   moliya-xo’jalik   faoliyatidagi   kamchiliklar   va   ularni
bartaraf qilish tadbirlari.
Tushuntirish   xati   korxona   rahbari,   tegishli   mutaxassislar   tomonidan   imzolanib   moliyaviy
hisobot bilan tegishli idoralarga taqdim etiladi.
«Buxgalteriya   hisobi   to’g’risida » gi   Qonunning   23- moddasi   “ Konsolidasiyalashgan
moliyaviy   hisobot ”ga   muvofiq   “ Asosiy   xo’jalik   jamiyati   bo’lgan   va   sho’ba   xo’jalik
jamiyatlariga,   o’z   nazorati   ostidagi   tashkilotlarga   ega   buxgalteriya   hisobi   subyekti
konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi. Konsolidasiyalashgan   moliyaviy   hisobotni   tuzish   tartibi,   shuningdek   asosiy   xo’jalik
jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga qo’yiladigan talablar buxgalteriya hisobi standartlari
bilan belgilanadi.
Ushbu modda talablari vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va byudjet tashkilotlarining
jamlanma moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi ” .
Moliyaviy hisobotni taqdim etish va uni e’lon qilish.
«Buxgalteriya   hisobi   to’g’risida»gi   qonunning   24-moddasiga   asosan   moliyaviy
hisobotning hisobot davri: 
1 yanvar — 31 dekabr kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning hisobot davridir.
1 yanvardan boshlab davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrning hisobot sanasini ham
qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy moliyaviy hisobot uchun hisobot
davridir.
Yangidan   tashkil   etilgan   yuridik   shaxslar   uchun   yuridik   shaxs   huquqi   qo’lga   kiritilgan
sanadan   boshlab   o’sha   yilning   31   dekabriga   qadar   bo’lgan   davr,   yuridik   shaxs   bo’lmaganlar
uchun   esa,   ular   davlat   organlarida   ro’yxatdan   o’tkazilgan   sanadan   boshlab   o’sha   yilning   31
dekabriga qadar bo’lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanadi.
Agar   yuridik   shaxs   (byudjet   tashkilotlaridan   tashqari)   1   oktyabrdan   keyin   ro’yxatga
olingan bo’lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi.
Ro’yxatdan   o’tilguniga   yoki   yuridik   shaxs   huquqi   olinguniga   qadar   amalga   oshirilgan
xo’jalik   operasiyalari   to’g’risidagi   ma’lumotlar   birinchi   hisobot   yilining   moliyaviy   hisobotiga
kiritiladi.
Q onunning 2 5 -moddasiga asosan  moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
davlat soliq xizmati organlariga;
ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
davlat statistika organlariga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy   hisobot   yilning   har   choragida   taqdim   etiladi.   Kichik   korxonalar   va
mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdan iborat
faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.
Moliyaviy   hisobotni   taqdim   etish   muddatlari   O’zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi
tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan   buxgalteriya   hisobining   ayrim
subyektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin. «Buxgalteriya   hisobi   to’g’risida » gi   Qonunning   26-moddasi   “ Moliyaviy   hisobotni   e’lon
qilish ”da: 
Xo’jalik   yurituvchi   subyektlarning   yillik   moliyaviy   hisoboti   manfaatdor   banklar,   birjalar,
investorlar, kreditorlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar uchun ochiqdir.
Aksiyadorlik   jamiyatlari,   shuningdek   sug’urta   tashkilotlari,   banklar,   jamoat   fondlari   va
qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa   tashkilotlar   har   yilgi   moliyaviy   hisobotni   aksiyadorlarning
yoki buxgalteriya hisobi subyekti boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig’ilishi
o’tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart.
Ushbu   modda   o’ziga   nisbatan   qonun   hujjatlarining   boshqa   talablari   belgilangan
buxgalteriya hisobi subyektlarining moliyaviy hisobotiga tatbiq etilmaydi. Adabiyotlar:
1.   А . K а rimov v а  boshq а l а r. «Bu х g а lteriya hisobi». T.: «Sh а rq» NM А K, 2004 yil. 591 bet. 
2. O. Bobojonov «Moliyaviy hisob». – T.: «Sh а rq» NM А K, 2000 yil. 476 bet. 
3.  А .  А bdull а ev «Moliyaviy hisob».– T.: «F а n v а  te х n а logiya», 2005 yil. 286 bet. 4. I. Ochilov 
«Moliyaviy hisob». – T.: «Iqtisod v а  moliya», 2006 yil. 396 bet.
5. M а hsulot (ish,  х izm а tl а r) ni ishl а b chiq а rish v а  sotish  ха r а j а tl а ri t а rkibi h а md а  moliyaviy 
n а tij а l а rini sh а kll а nish t а rtibi to’g’risid а gi Nizomini t а sdiql а sh to’g’risid а gi O’zbekiston 
respublik а si V а zirl а r M а hk а m а sining 1999 yil 5 fevr а ld а gi 54-sonli Q а rori. 
6. Bu х g а lteriya hisobining milliy st а nd а rtl а ri. №0-23. T.: - 1998- 2002 yil.
7. O’zbekiston Respublik а si Konstitutsiyasi. T.: «O’zbekiston», 2002 yil. 71 
8. O’zbekiston Respublik а si «Bu х g а lteriya hisobi to’g’risid а » gi Qonuni. 1996 yil 30  а prel. 
9. O’zbekiston Respublik а si Prezidentining “Qishloq  х o’j а ligid а  islohotl а rni 
chuqurl а shtirishning eng muhim yo’n а lishl а ri to’g’risid а ”gi F а rmoni. – T. “ Ха lq so’zi” g а zet а si. 
2003 yil, 25 m а rt;

MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI Reja: 1. Moliyaviy natijalar mohiyati, ko’rsatkichlari. 2. Moliyaviy natijalar hisobi. 3. Moliyaviy hisobot

1. Moliyaviy natijalar mohiyati, ko’rsatkichlari. Moliyaviy natija (financial results) – korxonaning yil davomidagi faoliyati natijasida olgan foydasi yoki ko’rgan zararidir 1 . Moliyaviy natija yil oxirida aniqlanadi, chunki, korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqiqiy tannarxi yil oxirida aniqlanib, so’ngra sotilgan mahsulotlarning moliyaviy natijasi aniqlanadi. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom” va O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan tartibga solinadi. Nizom va 3-son BHMS «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot»ga asosan xarajatlar quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: 1. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiradigan xarajatlar. Davr xarajatlari. 3. Moliyaviy faoliyat xarajatlari. 4. Favqulodda zararlar. Shuningdek, daromadlari ham to’rt guruhga bo’linadi: 1. Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushum. Asosiy faoliyatining boshqa daromadlari ( tushumlari ) . 3. Moliyaviy faoliyat daromadlari ( tushumlari ) . 4. Favqulodda foyda. «Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizom g a asosan xo’jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy natijalari quyidagi foyda ko’rsatkichlari bilan tavsiflandi: 1.Mahsulot sotishdan olinadigan yalpi foyda (YaF). Bu sotishdan olinadigan sof tushum (SST) bilan sotilgan mahsulot ishlab chiqarish tannarxi (SMIT) o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi:YaF = SST − SMIT 1 Accounting Principles (10 th ed.)/ Jerry J. Weygandt, Paul D. Kimmel, Donald E. Kieso. Printed in the USA, 2012. ISBN-13 978-0-470-53479-3. p.476.

Asosiy faoliyatdan olingan foyda (AFF). Bu mahsulot sotishdan yalpi foyda bilan davr xarajatlari (DX) o’rtasidagi ayirma sifatida belgilanib, unga asosiy faoliyatidan boshqa daromadlar (BD) qo’shiladi va boshqa xarajat lar (B X ) ayriladi:AFF = YaF − DX + BD − BX 3. Umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda (U X F). Bu asosiy faoliyatdan olingan foyda (AFF) summasiga moliyaviy faoliyat daromadlari (MFD) qo’shilib, moliyaviy faoliyat xarajatlari (MFX) ay i ri l ib tashlangan holda aniqlanadi: UXF = AFF + MFD − MFX 4.S oliq to’la ngun gacha bo’lgan foyda (STF). Bu umumxo’jalik faoliyatidan olingan foydaga (U X F) favqulodda foyda (FF) qo’shilgan va favqulodda zararlar (FZ) ayirilgan holda aniqlanadi: STF = UXF + FF − FZ 5. S of foyda (SF). Bu soliq to’lan gun gacha foydadan (STF) foyda solig’i ( F S) chegirilgan hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa soliq va to’lovlar (BST) ay i rilib belgilanadi: SF = STF − FS − BST 9. Moliyaviy natijalar hisobi. Moliyaviy natijalar hisobi quyidagi tranzit schyotlarda olib boriladi: 9000–«Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»; 9100–«Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar»; 9200–«Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar» 9300–«Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»; 9400–«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar»; 9500–«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»; 9600–«Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar»; 9700–«Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar»; 9800–«Soliqlar va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar»; 9900–«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar». Moliyaviy natijalar hisobi schyotlarining korrespondensiyasi: T/r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi

Debet Kredit 1 Jo’natilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridorlarga taqdim etilgan summaga 4010 - 4020 9010 - 90 3 0 2 Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish 5010 - 5020 9010 - 90 3 0 3 Korxona xodimiga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sotildi 4790 9010 - 90 3 0 4 Dividendlar mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan to’landi 6610 9010 - 90 3 0 5 Sotilgan tovarlarning qaytishi 9040 4010 6 Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9010 - 90 3 0 9910 7 Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlarning tannarxi 9110

28 0 0 , 2 90 0 8 Chiqib ketayotgan hayvonlarning tannarxi 9110 1110 - 1120 9 Asosiy, yordamchi ishlab chiqarishlar bajargan ishlari va ko’rsatgan xizmatlarining tannarxi 9130 2010, 2310 10 Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9910 9100 11 Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda 9210 , 9220 9310 12 Hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydalari 4010 9340 13 Ortiqcha mahsulotlar, tovarlarning kirim qilinishi 2800 ,2900 9390 14 Tugallanmagan qurilishdagi ortiqchalar kirim qilinishi 0810-0890 9390 15 Hisobot davrining oxirida asosiy faoliyat boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar yopilishi 9310-9390 9910 16