MOYLI EKINLARNING ZARARKUNANDALARI VA QARSHI KURASH CHORALARI
MOYLI EKINLARNING ZARARKUNANDALARI VA QARSHI KURASH CHORALARI REJA; 1.Moyli ekinlarga kiruvchi щsimliklar. 2.Moyli ekinlarning zararkunandalariga tarif. 3.Moyli ekinlar kasalliklari
Tur - DALA QANDALASI – Lugus pratensis L. oila - Miridlar - Miridae turkum - yarim qattiqqanotlilar - Nemirtera Dala qandalasining bo’yi 3,5-4mm, rangi yashil tusda bo’lib, qora rangli naqshlar bor; mo’ylovining birinchi bo’g’imi yashil, ikkinchi bo’g’imi jigar rangli, uchi biroz qoramtir, so’nggi ikki bo’g’imi esa qora rangli bo’ladi. Qandalaning yashil tanasida qora naqshlar ajralib turadi, boshi o’rtasida, orqasining old chetida va o’rtasida, tukchalari tubida dog’chalar bo’ladi, shuningdek qanot ustligining teri qismida, ko’kragining ost qismida, yon tomonida yo’llarida, qorin uchida ham dog’ bor: boldirida dag’al to’q, keyingi oyoq sonida esa halqasimon yo’llar bor. Qandalaning yashil tusi ba’zan biroz qizg’ish - qo’ng’ir rangga kiradi. Qandala tanasi cho’ziq oval shaklda, qoplag’ichi nisbatan yumaloq va beda qandalasidan asosiy farqi yelka qismida (orqa tomonining) ikkita qora nuqta shaklidagi dog’i yo’q. Lichinkasi kichik va qanotsiz bo’lishi bilan voyaga yetgan qandaladan farq qiladi. Tuxumining uzunligi 1 mm bo’lib, oldingi uchi qisman egilgan, uchi biroz yassi bo’ladi. Dala qandalasining lichinka va imagosi o’simlikni shirasini so’rib zararlaydi. Qandalalar ayniqsa o’simlik o’sish nuqtasini ko’proq shikastlaydi. O’simlik urug’dan o’sib chiqqan paytdagi zararlashi ayniqsa xavfli bo’lib, bunday holda o’simlik qurib qolishi, o’sishdan orqada qolishi va barvaqt shoxlanishi mumkin. Agar o’simlik gullash oldidan yoki gullash boshlanganda o’sish nuqtasi shikastlansa, o’simlikni o’sishi to’xtaydi, poya yo’g’onlashib qisqa shoxlar hosil bo’ladi va lub tolasining sifati yomonlashadi. Qandalalar boshqa qishloq xo’jaligi ekinlariga ham zarar yetkazadi.
Dala qandalasi imagolik bosqichida - o’simlik qoldiqlari va begona o’tlar orasida qishlaydi. Qandala erta ko’klamda qishlovdan chiqib avval qishloq xo’jalik ekinlari rivojlanguncha har xil yovvoyi o’sib turgan o’simliklar shirasini so’rib oziqlanadi. Qandala tuxumini barg bandi va barg yaprog’i ichiga qo’yadi. Tuxumdan 7-10 kunda lichinka chiqadi. Lichinkalari 25-35 kun oziqlanib rivojlanadi. Zararkunanda tushgan kanon o’simligining g’unchasi va tugunchalari to’kilib ketadi. Dala qandalasi O’zbekistonda ob-havoga bog’liq holda 3-4 marta avlod beradi. Tur - MAXSAR PASHSHASI - Trypetidae oila- chiporqanotlilar - Tephritidae turkum – ikkiqanotlilar - Diptera Markaziy Osiyoda maxsarga ikki tur pashsha: maxsar chipor qanoti (CHaetorellia sarthami Stask.) va maxsar pashshasi (Asanthiophilus helianthi Rossi.) zarar yetkazadi. Maxsar pashshasi maxsarning doni boshlang’ichini yo’q qiladi. Markaziy Osiyoda maxsar boshchasi savatchasining chipor qanot bilan shikastlanishi 55% gacha, maxsar pashshasi bilan zararlanishi 1% cha bo’lganligi ma’lum. Maxsar pashshasi ba’zi joylarda juda ko’payib ketadi; masalan, quyi Volga bo’yi mintaqalarida maxsarning 76% chasiga, shimoliy Kavkazda 80% chasiga shu pashsha tushganligi ma’lum. Maxsar pashshasi Markaziy Osiyoda, Kavkazda va yevropaning ko’p qismida bo’ladi. Maxsar pashsha 4-7 mm kattalikda, qo’ng’ir, deyarli qora tusda; qorni ko’kragidan qoraroq; boshi, yelkasi, qalqonchasi, mo’ylovi va oyoqlari sariq bo’ladi. Pashshaning tanasi kul rang tusli g’ubor va qoramtir tuklar bilan siyrak qoplangan; qalqonchasida dag’al tuklardan to’rttasi joylashgan. Rangsiz qanotida dog’chalardan tashkil topgan
o’zgaruvchan kul rang tusli naqshlar bor. Urg’ochisida yirik yaltiroq qora tuxum qo’ygichi bor. Maxsar pashshasining tuxumi oq tusda, urchuqsimon bo’ladi. Lichinkasining bo’yi 8 mm cha, oq rangda, tanasi cho’ziq bo’lib, oldingi uchi ingichkalashib ketgan, oyog’i va alohidalashgan boshi yo’q, tanasidagi so’nggi segmenti to’mtoq. Soxta pillasi (pupariysi) 3-7 mm kattalikda, chipor qanotli pashshada och sariq tusda, maxsar pashshasida jigar rangda bo’ladi. Bu zararkunanda maxsar ekinida o’simlik g’unchalayotgan davrda (may o’rtalarida) paydo bo’ladi. Urg’ochi maxsar pashshasi 30-40 tadan tuxum qo’yadi; tuxumini uzun tuxum qo’ygichi vositasi bilan maxsar boshchasining o’rov bargi ostiga qo’yadi. Tuxum qo’yish davri ancha uzoq vaqtga cho’ziladi, tuxumni bitta yoki bir necha kichik to’da qilib qo’yadi. Tuxumdan uch-olti kun ichida lichinka chiqadi, bu lichinka dastlabki vaqtlarda maxsar boshchasining o’rov bargchalari etini yeb yashaydi, so’ngra lichinka maxsar boshchasi ichiga ost tomonidan teshib kiradi va u yerda urug’ boshlang’ichini yo’q qiladi. Markaziy Osiyoda maxsar ekinida maxsar pashshasining kamida ikki avlodi rivojlanadi. Maxsarning g’unchalash davrigacha bu pashshalardan shikast lanish hollari kamdan-kam uchraydi; maxsar g’unchalashgacha shikastlangan bo’lsa, demak, lichinka markaziy bargni yegan bo’ladi. Tuxum qo’yish davrining uzoqqa cho’zilishi munosabati bilan butun yoz bo’yi hamma vaqt maxsar pashshasining barcha stadiyadagi holatini uchratish mumkin. Kuzatish natijalariga qaraganda bu zararkunandadan kechikib ekilgan maxsar eng ko’p zarar ko’radi. Tur – KUNGABOQAR KAPALAGI - Homoyeosoma nebulella Hb. oila – parvonalar - Ruralidae turkum – tanga qanotlilar - Hepidoptera
Bu hasharot kungaboqarning ancha jiddiy zararkunandasi hisoblanadi; chunki bu zararkunanda ko’plab paydo bo’lgan vaqtlarda kunga boqar hosili deyarli batamom nobud bo’ladi. Bu hasharotni ba’zan kungaboqar kuyasi deb yuritadilar, bu noto’g’ridir holbuki, bu zararkunan da kapalaklar (Ruralididae) oilasiga kiradi. Kungaboqar kapalagi Markaziy Osiyoda, Qozog’istonda, Kavkazda, Sibirda, Rossiyaning yevropa qismida, Ladoga ko’ligacha bo’lgan yerlar da, yevropaning O’rta va janubiy qismlarida, Turkiya hududida, SH imoliy Afrikada uchraydi. K a p a l a g i qanotini yozib turganda 2-2,7 mm katta likda bo’ladi; oldingi qanoti ensiz, oqish yoki kul rangda, qanotining o’ rtasiga yaqinroq joyida hamma vaqt aniq ko’rinib turmaydigan to’rtta qoramtir nuqta bor; keyingi qanoti birmuncha enliroq va oqishroq bo’ladi . Kapalakning paypaslagichlari yuqoriga qayrilgan; oldingi qanotida uchinchi radial tomir yo’q; keyingi qanotidagi medial tomir ikkita shoxlagan. Tuxumi oq, yaltiroq, 0,8 mm kattalikda bo’ladi. Q u r t i n i n g bo’yi 1 sm ga yetadi; rangi och kul tusli, usti sal qo ramtirroq; orqasi bo’ylab uchta jigar rang yo’l o’tadi; biqinida nafas olish teshiklari bo’ylab bittadan qoramtir chiziq o’tadi. Qurt tanasi tukchalar bilan siyrak qoplangan. G’umbagi 9-12 mm kattalikda; jigar rangda; tanasining oxirida bulavkasimon yo’g’onlashgan 6-7 ta tikanchasi bor; urchuqsimon pishiq oqish pillasiga joylashib oladi; uning uchiga ko’pincha tuproq zarrachalari ilashgan bo’ladi. Kungaboqar kapalagi tuproqda pilla stadiyasida qishlaydi; ko’klamda g’umbakka aylanadi; qushqo’nmas o’ti gul lash paytida voyaga yetgan kapalagi qorong’i tushishi bilan ucha boshlaydi; kapalak kunduzi o’simlik bargi ostida yoki kesakchalar panasida harakatsiz o’ tiradi.