logo

Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.8505859375 KB
Mavzu:   Mustaqil   O’zbekiston   Respublikasining   tashkil   topishi   va   uning
tarixiy ahamiyati
Reja:
1. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qolga kiritish tomon yo’l tutishi.
2. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi.
3. O’zbekiston   davlat   mustaqilligining   elon   qilinishi   va   uning   tarixiy
ahamiyati. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo`lga kiritish tomon yo’l tutishi.   XX asr
90-yillariga   kelib   jahon   va   sobiq   ittifoqdagi   o`zgarishlar   hamda   yuzaga   kelgan
vaziyat ozbek xalqining mustaqillik uchun bolgan kurashini tezlashtirib yubordi. Bu
orinda   O’zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komitetining   1989-yil   23-iyundagi
plenumi   va   unda   Islom   Karimovning   birinchi   kotib   etib   saylanishi   juda   katta
ahamiyat   kasb   etdi.   Ushbu   anjumanda   I.Karimov   O’zbekistonning   sobiq   Ittifoqda
tutgan   o`rni   va   rolini   aniq-ravshan   belgilab   berdi,   madaniy   merosni   va   tarix
haqiqatini   tiklash,   milliy   urf-odatlar   va   ananalarni   rivojlantirish   obektiv   zarurat
ekanligini isbotladi.
O’zbekistonning   yangi   hukumati   Markaz   bilan   boladigan   munosabatlarni
ozgartirmay   turib,   ijobiy   siljishlarga   erishib   bo`lmasligini   va   buning   uchun
respublikaning   to`liq   mustaqilligini   ta`minlash   zarurligini   tushunib   etdi.
I.A.Karimovning   tashabbusi   bilan   O’zbekiston   hukumati   tomonidan   1989-yil   15-
avgustda «Kolxozchilar, sovxoz  ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xojaliklari va
individual   uy-joy   qurilishini   yanada   rivojlantirish   to’g’risida»   maxsus   qaror   qabul
qilindi.   Garchi   bu   goya   ittifoq   rahbarlariga   yoqmagan   bolsa   ham,   I.A.Karimov   oz
fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi.  Natijada osha yilning 4 oyida
aholi qoshimcha 90,7 ming gektar yer oldi. «Goyat og`ir ayni o`sha sharoitda aholiga
qo`shimcha tomorqa yerlari ajratish haqidagi Farmon va qarorlar qabul qilingani shu
asosda,   O’zbekiston   boyicha   2,5   million   oilaga   hammasi   bolib   700   ming   gektar
sugoriladigan   yer   tomorqa   sifatida   xususiy   mulk   qilib   berilgani   qishloqlarimizda
ijtimoiy   muammolarni   yechish,   aytish   mumkinki,   jar   yoqasida   turgan   yurtimizda
tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishda ulkan tarixiy qadam bolgan...» Ana shunday
ozgarishlar   tufayli   odamlar   dunyoda   adolat   va   haqiqat   borligiga,   mus¬taqillik   har
qaysi   oila,   butun   xalqimiz   uchun   hyech   narsa   bilan   o`lchab,   qiyoslab   bo`lmaydigan
bebaho nemat ekaniga chin dildan ishonch hosil qilgan edilar.
XX   asr   80-yillarining   o`rtalariga   kelib   SSSRning   parchalanishi   real   obektiv
haqiqatga   aylanib   qoldi.   1989-yil   21-oktabrda   O’zbekiston   Oliy   Sovetining   XI
sessiyasi   «O’zbekiston   SSRning   davlat   tili   haqida»gi   Qonunini   qabul   qildi.   O`zbek
tili davlat tili deb elon qilindi. Ish yuritish sekin-asta ozbek tiliga otkazila boshlandi, uni o`rganishni yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayni vaqtda rus
tilini   va   respublikada   yashovchi   boshqa   xalqlarning   tillarini   o`rganish   uchun   shart-
sharoitlar yaratilishi lozim edi, tilni o`rganishning ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi
qonunda belgilab qoyildi. Bu qonunning qabul qilinishi o`zbek xalqi, shu xalq milliy
o`z-o`zini   anglashining   o`sishi,   respublikada   millatlararo   hamjihatlikning   saqlanib
qolishi   uchun   juda   katta   ahamiyatga   ega   boldi.   Davlat   tili   haqidagi   qonun   qabul
qilinganidan   so`ng   milliy   o`zlikni   anglash,   milliy   davlatchilikni   tiklash   yo’lida
respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan muhim siyosiy qadam qo`yildi.
1990-yil   23-martda   O’zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komitetining
Plenumida   respublika   siyosiy   tizimi   to’g’risidagi   masala   ko ` rib   chiqildi.   Unda
O’zbekistonda   hokimiyatning   Prezidentlik   boshqaruvi   shakliga   o`tishi   respublika
suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi takidlandi.
1990-yil 24-mart kuni O’zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1-sessiyasi
SSSR   doirasida   birinchi   bo`lgan   siyosiy   hujjatni   -   «O’zbekistonda   Prezidentlik
boshqaruvi tasis etish to’g’risida»gi qarorni qabul qildi va O’zbekiston Kompartiyasi
MK birinchi kotibi Islom Abduganiyevich Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib
saylandi. Shu tariqa, O’zbekiston-SSSR respublikalari ichida birinchi bo`lib o`zining
milliy-huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi.
O’zbekistonning   mustaqillikka   yerishishida   qo`yilgan   navbatdagi   muhim
qadamlardan   biri   bu   1990-yil   20-iyunda   respublika   Oliy   Soveti   tomonidan   12
moddadan iborat bolgan «Mustaqillik Deklarasiyasi»ning qabul qilinishi edi. Mazkur
hujjat   O’zbekiston   qonunlarining   Ittifoq   qonunlaridan   ustuvorligini   taminladi.   Shu
bilan birga, «Mustaqillik Deklarasiyasi» O’zbekistonning 1991-yil 31-avgustga qadar
mavjud   bo`lgan   boshqaruv,   huquqiy   faoliyatini   taminladi,   barcha   sohada   mustaqil
siyosat olib borish imkonini berdi. Deklarasiyada har bir millatning o`z taqdirini o`zi
belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy
qadriyatlariga   va   demokratiya   tamoyillariga   asoslanib   O’zbekiston   SSRning   davlat
suvereniteti   e`lon   qilindi.   Deklarasiyaning   qabul   qilinishi   bilan   O’zbekistonda
respublikaning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina
boshlandi. Shunday   bir   tarixiy   sharoitda   sobiq   SSSRdagi   siyosiy   vaziyat   keskinlashib
bordi.   XX   asrning   90-yillari   boshlarida   Ittifoq   tarkibidagi   ko`pchilik   respublikalar
mavjud   vaziyatni   o`zgartirishni   talab   qila   boshladi.   1990-yil   bahorida   Sovet
Sosialistik   Respublikalari   hisoblangan   Boltiqboyidagi   Litva   (11-mart),   Latviya   (4-
mayda),   Estoniya   (8-may),   keyinroq   Gruziya   (oktyabr)   va   Ozarbayjon   (1991-yil
fevral)   Ittifoq   tarkibidan   chiqqanligini   elon   qildi   Bu   holat   SSSR   ning   davlat
butunligiga   jiddiy   ta`sir   ko`rsatdi.   Moskva   1990-yil   kuzida   Markaz   bilan
respublikalar o`rtasidagi munosabatlarni yangilash yuzasidan muzokaralar jarayonini
boshlab   yubordi.   Shu   asosda   markaziy   hokimiyat   jamoatchilikning   talablari   ostida
Ittifoq shartnomasini yangilash zaruratini e`tirof etishga majbur boldi.
SSSR   Oliy   Soveti   Ittifoq   shartnomasini   o ` zgartirish,   SSSRni   teng   huquqli
suveren respublikalar Federasiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish
maqsadida 1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o ` tkazishga qaror qildi.
1991-yil 20-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum o`tkazishni
maqulladi   va   SSSR   Oliy   Soveti   tomonidan   tayyorlangan   byulleten   bilan   birga   yana
bitta qoshimcha byulletenni ovozga qo`yishga qaror qildi.
Qoshimcha byulletenga «Siz O’zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika
sifatida yangilangan Ittifoq (Federasiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?» degan savol
qoyildi.  Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93% bu savolga «Ha» deb javob
berdilar. Demak, O’zbekistonliklar o`z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ
ittifoqda bolishini, O’zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab
ovoz bergan edilar.
1991-yil   aprelda   Kiyevda   Ukraina,   Rossiya,   Belorus,   O’zbekiston,   Qozogiston
respublikalari   rahbarlarining   uchrashuvi   boldi.   Uchrashuvda   mustaqil   respublikalar
manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo’llari ishlab
chiqildi   va   tegishli   bayonot   imzolandi.   Bu   hujjatni   Qirgiziston,   Tojikiston,
Turkmaniston   Respublikalari   ham   imzolashga   rozilik   bildirdi.   Markaz   yon   berishga
majbur boldi.
1991-yilga   kelib   O’zbekistonda   respublikaning   davlat   mustaqilligiga   doir
mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar qilina boshlandi. 1991-yil 15-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashi «O’zbekistonning davlat
ramzlari to’g’risida» maxsus qaror qabul qildi.
O’zbekistonning   o ` z   suvereniteti   uchun   kurashi,   avvalo,   respublikada   qabul
qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoqqonunlaridan
tubdan   farq   qilishida,   bundan   tashqari,   har   bir   qonun   avvalgidek   Ittifoq   qonuniga
moslashtirib   emas,   balki   respublika   manfaati   ifoda   yetilganligi   bilan   ajralib   tura
boshladi.   Xususan,   1991-yilning   22-iyulida   O’zbekiston   SSR   Oliy   Kengashi
Prezidiumining «O’zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa boysunuvchi davlat
korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O’zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga
o`tkazish»   to’g’risida   qabul   qilgan   qarori   ham   O’zbekiston   SSR   Prezidenti
I.A.Karimov, O’zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati O’zbekistonning siyosiy-
iqtisodiy   mustaqilligi,   uning   milliy   suvereniteti   uchun   dadil   qadamlar
tashlaganligining isbotidir.
2-masala:
Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi.
1991-yilning   aprel   oyiga   kelib,   Markaz   o ` zining   tasir   doirasini   saqlab   qolish
maqsadida   mustaqil   davlatlar   ittifoqini   tuzishga   intildi.   1991-yil   aprelda   Novo-
Ogoryovoda   SSSR   Prezidenti   M.S.Gorbachevning   9   respublika   rahbarlari   bilan
uchrashuvi   bo`ldi.   Ishtirokchilar   tomonidan   «Mamlakatdagi   vaziyatni
barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bolmaydigan choralar
to’g’risida»   qo`shma   Bayonot   imzolandi.   Bu   hujjat   «9+1»   (9   respublika+Markaz)
degan   nomni   oldi.   Uning   mazmuni   markazning   yon   berganini,   Kiyevda   bildirilgan
fikr-mulohazalarga rozi bolganini korsatadi.
1991-yil   3-iyunda   Novo-Ogoryovoda   SSSR   Oliy   Soveti   vakillari   bilan
Respublika   rahbarlari   o`rtasida   uchrashuv   boldi.   Uchrashuvda   Mustaqil   davlatlar
ittifoqi   (MDI)   tuzish   masalasi   muhokama   qilindi.   Mulk,   til   va   yangi   shartnomani
tasdiqlash tartibi to’g’risida keskin munozara bo`ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning
fikr-mulohazalari   asosan   inobatga   olingan   «Mustaqil   davlatlar   ittifoqi   to’g’risida
shartnoma»   loyihasi   ishlab   chiqildi.   Loyiha   barcha   Respublikalar   Oliy   Sovetlariga
muhokama uchun jonatildi. Mazkur   shartnoma   loyihasi   O’zbekiston   Oliy   Sovetida   1991-yil   14-iyunda
muhokama   qilindi.   Kengash   Federasiya   tamoyillari   asosida   Mustaqil   Davlatlar
Ittifoqini   tuzish   tarafdori   ekanligini   bildirdi.   Shu   bilan   birga   u   Respublikalar
vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil   iyul   oyining   oxirlarida   Novo-Ogoryovoda   yangi   shartnoma   loyihasini
uzil-kesil tayyorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi
boldi.   Markazni   ham,   Respublikalar   rahbarlarini   ham   qanoatlantiradigan   «Mustaqil
Davlatlar   Ittifoqi   to’g’risida   shartnoma»   loyihasi   tayyorlandi.   Ammo   hamma   rozi
bolgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to’g’risidagi shartnoma» ni imzolash 1991-
yil   20-avgust   kuniga   qoldirildi.   SSSR   Prezidenti   M.S.Gorbachyov   Foros   (Qrim)ga
dam olish uchun jonab ketdi.
Biroq ittifoqning kompartiya va markaziy davlat apparatidagi bir necha nufuzli
rahbarlar   markazning   yakkahokimligini   cheklaydigan   va   kamida   oltita   respublikani
Ittifoqdan   chetda   qoldiradigan   bu   shartnomaga   qo ` shila   olmadi.   Bu   rahbarlar   oliy
hokimiyat   mahkamalaridagi   asosiy   lavozimlarni   egallab   turar   yedi.   Prezident
M.Gorbachev   dam   olishga   ketganidan   foydalanib,   ular   1991-yil   18-avgust   kuni
tayyorlangan   va   19-avgustda   matbuotda   e`lon   qilingan   «Sovet   rahbariyatining
Bayonoti»da M.S. Gorbachevning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR
Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo`q, degan soxta axborot bilan chiqdilar.
Bayonotda   Prezident   vakolatlari   vise-prezident   G.I.Yanayevga   o’tkazilganligi   e`lon
qilindi. Aslida yesa Prezident M.S.Gorbachyov sog-salomat edi, ammo ozini himoya
qila   olmadi.   Fitnachilar   noqonuniy   ravishda   uni   o`z   vazifasidan   chetlashtirdi   va
mamlakatdan,   xalqdan,   dunyodan   ajratib,   barcha   aloqa   vositalarini   uzib,   72   soat
qamal   qilib   qo`ygan   edi.   Fitnachilar   tomonidan   mamlakatni   idora   qilish   uchun
SSSRda Favqulodda holat davlat qomitasi (GKChP) tuzildi.
1991-yil   18-avgustda   mamlakatda   favqulodda   holat   elon   qilindi.   Favqulodda
holat davlat qo`mitasi  faoliyatiga qarshi  B.N.Yelsin boshchilik qildi. Uning farmoni
bilan 1991-yil 22-avgustda KPSS faoliyati to`xtatildi, keyinchalik ta`qiqlab qo`yildi.
Ammo   KPSS   Markaziy   Qomitasi   joylardagi   partiya   qomitalaridan   to`ntarishni
qo`llab-quvvatlashni talab qildi. Moskva va boshqa bir necha yirik shahar kochalariga qo`shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi, deyarli barcha markaziy gazetalar taqiqlab
qo`yildi,   markaziy   televideniyaning   birinchi   kanalidan   boshqa   barcha   kanallari,
deyarli barcha radiostansiyalar ishi toxtatildi.
Shuni   ta ` kidlash   lozimki,   mamlakat   aholisining   kopchiligi   Favqulodda   holat
davlat   qomitasidan   yuz   o ` girdi,   armiya   payt   poylash   pozisiyasida   turdi.   20-
avgustdayoq   qarshilik   markaziga   aylangan   RSFSR   Oliy   Kengashi   binosi   atrofida
barrikadalar   paydo   boldi,   ularda   o`n   minglab   kishilar   himoyada   turdi.   Harbiy
bo`linmalarning   bir   qismi   mudofaachilar   tarafiga   o`tdi.   21-avgustda   fitnachilar
maglubiyatga uchradi, 22-avgustda  esa Favqulodda holat  davlat  qo`mitasi  (GKChP)
a`zolari   qamoqqa   olindi.   Shundan   so`ng   to`ntarishni   qo`llab-quvvatlagan   KPSS
rahbariyati   bu   partiyaning   obro`sini   uzil-kesil   yerga   urdi.   Favqulodda   holat   davlat
qo`mitasining   mag`lubiyatidan   so`ng   mamlakatda   kommunizmga   qarshi   ommaviy
namoyishlar bo’lib o’tdi. KPSSning faoliyati to`xtatib qo`yilgach, partiyaning qariyb
15   million   azosidan   birontasi   bu   qarorga   qarshi   norozilik   bildirish   uchun   ko`chaga
chiqmadi. Bu mazkur partiya 1991-yil yozidagi qiyofasida umri tugaganidan dalolat
beruvchi ramziy holat edi.
Moskvada   fojiali   hodisalar   roy   bergan   paytda   O’zbekiston   Prezidenti
I.A.Karimov rasmiy safar bilan Hindistonda edi. Prezidentimiz 1991-yil 19-avgustda
safardan   qaytib   keldi   va   shu   kuni   kechqurun   Toshkent   shahrining   faollari   bilan
uchrashib,   qa`tiy   tarzda   O’zbekiston   nuqtayi   nazarini   ma`lum   qildi.   Respublika
rahbariyati   Markazdan   beriladigan   qonunga   xilof   bolgan   har   qanday   korsatmalarni
bajarishni   man   etdi.   20-avgustda   O’zbekiston   SSR   Oliy   Kengashi   Rayosati   va
O’zbekiston   SSR   Prezidenti   huzuridagi   Vazirlar   Mahkamasining   Qoraqalpogiston
Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahri   rahbarlari   ishtirokida   qo`shma   majlisi
bo`ldi.   Unda   fitna   munosabati   bilan   vujudga   kelgan   vaziyat   muhokama   qilinib,
O’zbekistonning   mustaqillikka   erishish   yo’li   o`zgarmasligi   haqida   Bayonot   qabul
qilindi.
1991-yil   21-avgust   kuni   O’zbekiston   Prezidenti   I.   Karimovning   Farmoni   bilan
Favqulodda   holat   davlat   qo ` mitasining   O’zbekiston   Konstitusiyasi   hamda
qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e ` lon qilindi. Islom Karimov Favqulodda holat Davlat Qomitasi faoliyatiga o`z munosabatini
bildirmagan,   qorqoq   va   prinsipsiz   mavqyeda   turgan   KPSS   Markaziy   Qomitasi
Siyosiy   Byurosi   va   Kotibiyati   yuz   minglab   kommunistlarning   shani   va   qadr-
qimmatini   zarba   ostiga   qo`yganini   qoraladi.   Buning   ustiga   respublika
kommunistlarini   chalgitishga   va   davlat   to`ntarishini   qollab-quvvatlashga   majbur
qilishga urinish bo`lganini  oshkora aytdi. I.Karimov bundan buyon KPSS Markaziy
Qo`mitasi   Siyosiy   Byurosining   tarkibida   qola   olmasligi   to’g’risida   bayonot   berdi.
Mazkur   bayonotni   O’zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Qo`mitasi   byurosi   va
Markaziy nazorat komissiyasi rayosati maqulladi.
O’zbekiston   Prezidentining   1991-yil   25-avgustdagi   Farmoniga   binoan
Respublika   ichki   ishlar   vazirligi   va   Davlat   xavfsizligi   qo`mitasi   qonuniy   ravishda
O’zbekiston   tasarrufiga   olindi.   Respublika   hududida   joylashgan   SSSR   ichki   ishlar
vazirligining   ichki   qo`shinlari   bevosita   O’zbekiston   Prezidentiga   boysundirildi.
Respublika   ichki   ishlar   vazirligi,   Davlat   xavfsizlik   qomitasi,   prokuraturasi,   adliya
organlari,   ichki   qoshinlar,   Turkiston   harbiy   okrugi   qismlari   va   qoshilmalari
partiyadan butunlay xoli qilindi.Sobiq Ittifoqning rasmiy jihatdan tugatilishida 1991-
yil   8-dekabrda   Belorussiyaning   Belaya   Veja   Pushchasida   Rossiya,   Ukraina   va
Belorussiya   rahbarlari   tomonidan   imzolangan   O’zaro   bitim   muhim   ahamiyat   kasb
yetdi. Bitimda 1922-yil 30 dekabrda tashkil topgan SSSR tugatilganligi va Mustaqil
Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) tashkil etilganligini rasman elon qildilar. 1991-yil 25-
dekabrda   SSSR   xalqaro   huquq   subekti   sifatida   barham   topdi   va   M.S.Gorbachyov
Bosh kotib va Prezident lavozimlaridan istefoga chiqdi.
3-masala:
O’zbekiston   davlat   mustaqilligining   e`lon   qilinishi   va   uning   tarixiy   ahamiyati.
Markaz   va   respublikalar   o`rtasidagi   munosabatlar   tobora   taranglashib,   markaz
boshqaruv   qobiliyatini   yo`qotgan,   har   bir   mintaqa,   har   bir   respublika   o`z   holiga
tashlab qo`yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to`gri baholay bilish qobiliyatiga ega
bo`lgan   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.   Karimov   Oliy   Kengash   sessiyasini
chaqirish va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. Oliy   Kengash   sessiyasi   «O’zbekiston   Respublikasining   davlat   mustaqilligini
e`lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda:
1. Respublikaning   davlat   mustaqilligi   to’g’risidagi   Oliy   Kengash   bayonoti
tasdiqlansin va respublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2. 1   sentyabr   O’zbekiston   Respublikasining   Mustaqillik   kuni   deb   belgilansin
va   1991-yildan   boshlab   bu   kun   bayram   va   dam   olish   kuni   deb   e`lon   qilinsin,   deb
qatiy belgilab qoyildi.
«O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun
g ` oyat katta ahamiyatga ega bo ` lib, bu qonun asosida O’zbekistonning huquqiy holati
tubdan   o ` zgardi.   O`z   mohiyatiga   kora   bu   hujjat   respublika   uchun   vaqtincha
konstitusiya rolini ham o`ynaydigan bo`ldi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren
O’zbekiston   Respublikasining   asosiy   belgilarini   aniqlab   berdi.   Qonunning   birinchi
moddasida: «O’zbekiston Respublikasi o`z tarkibidagi Qoraqalpogiston Respublikasi
bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir», - deb qonunlashtirib qo`yildi.
Bunday   Qonunning   qabul   qilinishi   Mustaqillik   davrida   qo`lga   kiritilgan
yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma`naviy-axloqiy
munosabatlar   natijasi   sifatida   muhim   ahamiyatga   ega.   Shuning   uchun   ham   mazkur
Qonunga   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   1991-yil   30-sentabrda   bolib
otgan   VII   sessiyasida   qabul   qilingan   qarori   bilan   Konstitusiyaviy   Qonun   maqomi
berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:
1. «O’zbekiston   Respublikasining   Davlat   mustaqilligi   asoslari   to’g’risida»
1991-yil   31-avgustda   qabul   qilingan   O’zbekiston   Respublikasining   Qonuniga
konstitusiyaviy maqom berilsin.
2. O’zbekiston   Respublikasining   amaldagi   Konstitusiyasi   moddalariga
«O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning
moddalariga   zid   kelgan   hollarda   mazkur   Qonunga   amal   qilinsin»,   -   deb   belgilab
qo`yildi.
Shu   tariqa,   xalqimizning   asriy   orzusi,   umidlari   ushaldi,   royobga   chiqdi.   Uzoq
yillar   davom   yetgan   kurash   natijasida   mamlakatimiz,   xalqimiz   siyosiy   mutelikdan,
asoratdan   qutuldi.   Dunyo   xaritasida   yana   bitta   mustaqil   davlat   -   O’zbekiston Respublikasi   paydo   boldi.   O’zbekiston   tarixida   yangi   davr   -   milliy   istiqlol   davri
boshlandi.   O’zbekiston   uchun   mustaqil   ichki   va   tashqi   siyosat   yuritish,   xalqimiz
uchun oz taqdirini o`zi belgilash, o`zlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati
vujudga keldi.
Umumxalq   referendumi   O’zbekiston   erishgan   istiqlolni   mustahkamlash   uchun,
avvalo,   xalqning   fikrini   bilish,   mustaqillikka   munosabatini   aniqlash   zarur   edi.   Shu
maqsadda   1991-yilning   18-noyabrida   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining
VIII   sessiyasi   «O’zbekiston   Respublikasi   referendumini   o`tkazish   to’g’risida»   qaror
qabul qildi. Qarorda quyidagilar belgilandi:
1. 1991-yil   29-dekabr,   yakshanba   kuni   O’zbekiston   Respublikasining   Davlat
mustaqilligi to’g’risidagi masala boyicha O’zbekiston Respublikasining referendumi
otkazilsin.
2. Referendumda   ovoz   berish   byulleteniga   masala   quyidagi   tarifda   kiritilsin:
«O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashi   tomonidan   e`lon   qilingan   O’zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligini ma`qullaysizmi!»
Referendumga   katta   tayyorgarlik   ko ` rildi.   Referendumni   uyushqoqlik   bilan
otkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi, 13 okrug, 7 ming uchastka saylov
komissiyalari   tuzildi.   1991-yil   29-dekabr   kuni   bolib   o`tgan   referendumda   9   million
898   ming   707   kishi   yoki   saylov   ro`yxatiga   kiritilganlarning   94,1%   qatnashdi.
Ularning   98,2%   referendumda   qoyilgan   savolni   maqullab   ovoz   berdi.   Demak,
O’zbekistonning   Davlat   mustaqilligi   umumxalq   tomonidan   yakdillik   bilan
maqullandi. Shuni  ta`kidlash  lozimki, referendum  butun respublika  hududida qonun
asosida   tashkiliy   jihatdan   uyushqoqlik,   fuqarolarning   yuksak   siyosiy   faolligi   bilan
o`tdi.   Buni   referendumda   AQSh,   Turkiya,   Malayziya   va   boshqa   mamlakatlardan
kelgan mustaqil kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
Islom  Karimov O’zbekistonning  birinchi  Prezidenti:  O’zbekiston  mustaqillikka
erishgandan   keyin   davlat   boshqaruvining   yangi,   zamonaviy   va   samarali   tizimi
Prezidentlik   respublika   boshqaruvi   shakli   rivojlantirishga   kirishildi.   Respublikasi
Oliy Kengashining 1991-yil 18 noyabrdagi VIII sessiyasida umumxalq referendumini
o`tkazish   qarori   bilan   birga   «O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   saylovi to’g’risida»gi   Qonuni,   shuningdek,   «O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   saylovini
tayinlash   to’g’risida»   qaror   qabul   qilindi   va   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
saylovi   1991-yil   29-dekabr,   yakshanba   kuniga   belgilandi.   Saylovga   jiddiy
tayyorgarlik   korilib,   13   ta   okrug   va   qariyb   7   mingta   uchastka   saylov   komissiyalari
tuzildi.   Oliy   lavozimga   ikki   nomzod   -   O’zbekiston   XDP   va   O’zbekiston   kasaba
uyushmalari   Federasiyasi   nomzodi   I.A.Karimov   va   «Erk»   Demokratik   partiyasi
vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qoyildi.
1991-yil 29-dekabrda bolib o`tgan saylovlar yakuniga kora 8 million 514 ming
136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini,
million 220 ming 474 saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz
berdi.
1991-yil   30-dekabrda   Markaziy   saylov   komissiyasi   okrug   komissiyalari   majlis
bayonlarini   korib   chiqib,   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   saylovi   to’g’risidagi
qonunning   35-moddasiga   asosan   Islom   Abduganiyevich   Karimovni   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga   saylangan   deb   hisoblashga   qaror   qildi.  Shunday
qilib   mamlakatimizda   birinchi   marta   yashirin   ovoz   berish   yo’li   bilan   o’tkazilgan
to`g`ridan   to`g`ri   umumiy   va   alternativ   asosdagi   saylovda   I.A.Karimov   5   yil
muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   1992-yil   4-yanvarda   bo`lgan
navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi.
1995-yil   26-martda   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   qaroriga   muvofiq
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   vakolat   muddatini   1997-yildan   2000-
yilgacha   uzaytirish   masalasi   bo`yicha   umumxalq   referendumi   bo’lib   o’tdi.   Unda   11
mln.   245   028   kishi   yoki   ovoz   berish   huquqiga   ega   bolgan   fuqarolarning   99,3%
ishtirok etdi.
«O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-
yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz» degan savolga 11 mln. 199 ming 415 kishi yoki
ovoz berishda qatnashganlarning 99,6% ijobiy javob berdi.
Shunday   qilib,   mamlakat   fuqarolarining   mutlaq   kopchiligi   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimovning   vakolat   muddatini   2000   yilgacha uzaytirishni   maqulladilar   va   referendum   natijalari   Markaziy   saylov   komissiyasi
qarori   hamda   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   tegishli   qarori   bilan
mustahkamlandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 19-20-avgust kunlari bo`lib
o`tgan   XV   sessiyasi   I.A.   Karimovning   Prezidentlik   vakolati   muddati   1999-yil
oxirlarida   tugashini   e`tiborga   olib,   2000-yil   9-yanvarda   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   saylovini   o`tkazishga   qaror   qildi.   Markaziy   saylov   komissiyasi
O’zbekiston   «Fidokorlar»   milliy   demokratik   partiyasi   nomzodi   Islom
Abduganiyevich   Karimovni   hamda   O’zbekiston   Xalq   demokratik   partiyasidan
ko`rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod etib ro`yxatga oldi, yashirin
ovoz   berish   byulleteniga   kiritdi.   2000-yil   9-yanvarda   muqobillik   va   demokratik
tamoyillar asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tdi. Saylovda
ro`yxatga   olingan   saylovchilarning   95,10   foizi,   12   mln.   123   ming   199   saylovchi
qatnashdi. Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi
A. Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi.
O’zbekiston   Respublikasi   Markaziy   saylov   komissiyasi   Islom   Abduganiyevich
Karimovning   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga   saylanganligi
to’g’risida qaror qabul qildi. I.A. Karimovning ikkinchi bor O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti   etib   saylandi.Malumki,   2002-yil   27-yanvarda   o’tkazilgan   umumxalq
referendumi natijalariga hamda uning asosida O’zbekiston Respublikasining 2003-yil
24-aprelda   qabul   qilingan   Qonuniga   kora   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyaga
o`zgarishlar kiritildi.
2007-yil   23-dekabrida   muqobillik   asosida   o`tgan   saylov   natijalariga   ko`ra,
I.A.Karimov  7-yil   muddatga   O’zbekiston  Respublikasi   Prezidenti  etib  saylandi.   .Bu
uning mustaqillik yillarida yuritgan ichki va tashqi siyosatining umumhalq tomonidan
ma`qullanishi   va   qo`llab-quvvatlanishi,   mamlakat   barcha   aholisining   unga   bo`lgan
tola   ishonchidan   guvohlik   beradi.O’zbekistonning   davlat   mustaqilligiga   erishuvida
mamlakat   xavfsizligining   mustahkamlanishida   va   jahon   hamjamiyatida   obro-
e`tiborining ortib borishida I.Karimovning hissasi kattadir. Xulosa • Istiqlol yillarida mustaqillik, hurriyat degan sozlar butun jozibasi bilan birga
beqiyos qudratni, buyuk o`zgartiruvchilik mo`jizasini korsatdi. 
• Mustaqillik sharofati bilan o`zbek halqi dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar
bilan   qarashni,   bu   ko`hna   olamda   Sho`ro   tizimidan   boshqa   adolatli   tizimlar   ham
borligini, kommunistik mafkuradan bo`lak ezgu g`oyalar ham borligini, inson qadri-
qimmatini himoya qiladigan mezonlar ham mavjudligini angladi.
• Mustaqillik   yillarida   ona   Vatanimiz   –   O’zbekiston   jahon   hamjamiyatiga
qo`shildi.   Dunyodagi   yirik   rivojlangan   mamlakatlar   bilan   siyosiy-diplomatik,
iqtisodiy,   madaniy   aloqalar   o’rnatildi,   O’zaro   manfaatli   aloqalar   tobora   kengayib
bormoqda.   O’zbekiston halqaro muammolarni hal etishdagi qatiy siyosati  va amaliy
faoliyati bilan halqaro maydonda obro-e ` tibor qozonmoqda.
Mavzuni takrorlash yuzasidan savollar
1.SSSRning inqirozga yuz tutishi sabablarini ayting.
2.O’zbekistondagi 90-yillar oxiridagi vaziyatni ta`riflang.
3.Davlat tili to’g’risidagi qonun qachon qabul qilinganini toping 
4.Davlatimiz   mustaqilligiga   erishish   imkoniyatini   yaratgan   omillar   nimalardan
iborat edi?
5.Mustaqillik xalqimizga qanday imkoniyatlar berdi?
6.Taraqqiyotning «o`zbek modeli» qanday tamoyillarga asoslanadi?
7.«Islohot,   islohot   uchun   emas,   avvalo   inson   uchun,   inson   manfaatlarini
ta`minlash uchun» g`oyasini qanday tushunasiz?
А dabiyotlar ro yxati:ʼ
1. Karimov   I. А .O zbekistonning   o z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo li.-   T.:	
ʼ ʼ ʼ
O zbekiston, 1992.	
ʼ
2. Karimov   I. А .O zbekiston:   Milliy   istiqlol,   iqtisod,   siyosat,   mafkura.   -   T.:	
ʼ
O zbekiston, 1996.	
ʼ
3. Karimov   I. А .O zbekiston   XXI   asr   bo sag asida:   xavfsizlikka   tahdid,	
ʼ ʼ ʼ
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T.: O zbekiston, 1997.	
ʼ
4. KarimovI. А .O zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida.   -   T.:	
ʼ
O zbekiston, 2011.	
ʼ 5. O zbekiston Respublikasi Konstitutsiya.-T.:O zbekiston, 1992;-2012ʼ ʼ
6. Bobobekov D. Farg ona fojialari kundaligi// “Fan va turmush”.1990, № 4	
ʼ
7. Mustaqillik:   Izohli   ilmiy-ommabop   lug at   //   R.Ro ziev   va   Q.Xonnazarov	
ʼ ʼ
umumiy tahririda. To ldirilgan uchinchi nashri.-T.:Sharq, 2006	
ʼ
8. Eshov B. O’zbekistonda davlat va mahalli y   boshqaruv   tarixi.-Yangi   asr
avlodi, 2012. 
9. O zbekistonning   yangi   tarixi.  Uchinchi   kitob.  Mustaqil   O zbekiston   tarixi.-	
ʼ ʼ
T.: Sharq, 2000.
10. O zbekiston   tarixi   /   R.   Murtazaeva   umumiy   tahriri   ostida   .-T.:   Yangi   asr
ʼ
avlodi, 2003. 
11. R. Shamsutdinov, H.Mo minov O zbekiston tarixi.-T.: 2013	
ʼ ʼ
12. Usmonov Q. O zbekiston tarixi. -T.: Iqtisod - moliya, 2006.	
ʼ
13. Shamsutdinov   R.   va   boshq.   Vatan   tarixi.   (Uchinchi   kitoV);   R.
Shamsutdinov, Sh. Karimov - T.: Sharq, 2010. 
14. http://www.gov.uz
1. http://www.press-servicye.uzwww.tarix.uz
2. www.ref.uz
3. www.museum.ru

Mavzu: Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati Reja: 1. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qolga kiritish tomon yo’l tutishi. 2. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. 3. O’zbekiston davlat mustaqilligining elon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo`lga kiritish tomon yo’l tutishi. XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o`zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat ozbek xalqining mustaqillik uchun bolgan kurashini tezlashtirib yubordi. Bu orinda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989-yil 23-iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anjumanda I.Karimov O’zbekistonning sobiq Ittifoqda tutgan o`rni va rolini aniq-ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va ananalarni rivojlantirish obektiv zarurat ekanligini isbotladi. O’zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan boladigan munosabatlarni ozgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo`lmasligini va buning uchun respublikaning to`liq mustaqilligini ta`minlash zarurligini tushunib etdi. I.A.Karimovning tashabbusi bilan O’zbekiston hukumati tomonidan 1989-yil 15- avgustda «Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xojaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to’g’risida» maxsus qaror qabul qilindi. Garchi bu goya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bolsa ham, I.A.Karimov oz fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada osha yilning 4 oyida aholi qoshimcha 90,7 ming gektar yer oldi. «Goyat og`ir ayni o`sha sharoitda aholiga qo`shimcha tomorqa yerlari ajratish haqidagi Farmon va qarorlar qabul qilingani shu asosda, O’zbekiston boyicha 2,5 million oilaga hammasi bolib 700 ming gektar sugoriladigan yer tomorqa sifatida xususiy mulk qilib berilgani qishloqlarimizda ijtimoiy muammolarni yechish, aytish mumkinki, jar yoqasida turgan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishda ulkan tarixiy qadam bolgan...» Ana shunday ozgarishlar tufayli odamlar dunyoda adolat va haqiqat borligiga, mus¬taqillik har qaysi oila, butun xalqimiz uchun hyech narsa bilan o`lchab, qiyoslab bo`lmaydigan bebaho nemat ekaniga chin dildan ishonch hosil qilgan edilar. XX asr 80-yillarining o`rtalariga kelib SSSRning parchalanishi real obektiv haqiqatga aylanib qoldi. 1989-yil 21-oktabrda O’zbekiston Oliy Sovetining XI sessiyasi «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunini qabul qildi. O`zbek tili davlat tili deb elon qilindi. Ish yuritish sekin-asta ozbek tiliga otkazila boshlandi,

uni o`rganishni yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayni vaqtda rus tilini va respublikada yashovchi boshqa xalqlarning tillarini o`rganish uchun shart- sharoitlar yaratilishi lozim edi, tilni o`rganishning ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi qonunda belgilab qoyildi. Bu qonunning qabul qilinishi o`zbek xalqi, shu xalq milliy o`z-o`zini anglashining o`sishi, respublikada millatlararo hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta ahamiyatga ega boldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so`ng milliy o`zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yo’lida respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan muhim siyosiy qadam qo`yildi. 1990-yil 23-martda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida respublika siyosiy tizimi to’g’risidagi masala ko ` rib chiqildi. Unda O’zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga o`tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi takidlandi. 1990-yil 24-mart kuni O’zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1-sessiyasi SSSR doirasida birinchi bo`lgan siyosiy hujjatni - «O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi tasis etish to’g’risida»gi qarorni qabul qildi va O’zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom Abduganiyevich Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O’zbekiston-SSSR respublikalari ichida birinchi bo`lib o`zining milliy-huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi. O’zbekistonning mustaqillikka yerishishida qo`yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bu 1990-yil 20-iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan 12 moddadan iborat bolgan «Mustaqillik Deklarasiyasi»ning qabul qilinishi edi. Mazkur hujjat O’zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini taminladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklarasiyasi» O’zbekistonning 1991-yil 31-avgustga qadar mavjud bo`lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini taminladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklarasiyada har bir millatning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O’zbekiston SSRning davlat suvereniteti e`lon qilindi. Deklarasiyaning qabul qilinishi bilan O’zbekistonda respublikaning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi.

Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. XX asrning 90-yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi ko`pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o`zgartirishni talab qila boshladi. 1990-yil bahorida Sovet Sosialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqboyidagi Litva (11-mart), Latviya (4- mayda), Estoniya (8-may), keyinroq Gruziya (oktyabr) va Ozarbayjon (1991-yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini elon qildi Bu holat SSSR ning davlat butunligiga jiddiy ta`sir ko`rsatdi. Moskva 1990-yil kuzida Markaz bilan respublikalar o`rtasidagi munosabatlarni yangilash yuzasidan muzokaralar jarayonini boshlab yubordi. Shu asosda markaziy hokimiyat jamoatchilikning talablari ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zaruratini e`tirof etishga majbur boldi. SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o ` zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federasiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o ` tkazishga qaror qildi. 1991-yil 20-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum o`tkazishni maqulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qoshimcha byulletenni ovozga qo`yishga qaror qildi. Qoshimcha byulletenga «Siz O’zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federasiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?» degan savol qoyildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93% bu savolga «Ha» deb javob berdilar. Demak, O’zbekistonliklar o`z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ ittifoqda bolishini, O’zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar. 1991-yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O’zbekiston, Qozogiston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi boldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo’llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur boldi. 1991-yilga kelib O’zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar qilina

boshlandi. 1991-yil 15-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashi «O’zbekistonning davlat ramzlari to’g’risida» maxsus qaror qabul qildi. O’zbekistonning o ` z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoqqonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda yetilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991-yilning 22-iyulida O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining «O’zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa boysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O’zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o`tkazish» to’g’risida qabul qilgan qarori ham O’zbekiston SSR Prezidenti I.A.Karimov, O’zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati O’zbekistonning siyosiy- iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlaganligining isbotidir. 2-masala: Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. 1991-yilning aprel oyiga kelib, Markaz o ` zining tasir doirasini saqlab qolish maqsadida mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intildi. 1991-yil aprelda Novo- Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo`ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bolmaydigan choralar to’g’risida» qo`shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika+Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bolganini korsatadi. 1991-yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o`rtasida uchrashuv boldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to’g’risida keskin munozara bo`ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to’g’risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jonatildi.