Nafas olishning ichki va tashqi sharoit omillariga bog‘liqligi








Nafas olishning ichki va tashqi sharoit omillariga bog‘liqligi REJA: 1. Nafas olishda tashqi omillarning ta’siri. 2. Nafas olishda ichki omillarning ta’siri. 3. Hosilni saqlashda nafas olishning ahamiyati. 4. Nafas olish o‘z-o‘zini boshqaruvchi jarayon.
Nafas olishda tashqi omillarning ta’siri. Nafas olish tezligi o‘simliklarning turlariga , yoshiga va yashash sharoitidagi omillar ta ’ siriga bog‘liq . Hatto bu tezlik o‘simlikning har xil qismlarida turlicha sodir bo‘ladi . o‘simlik qancha yosh va modda almashinuvi jarayoni qancha faol bo‘lsa , nafas olish ham shuncha kuchli bo‘ladi . Pishib yetilgan , quruq urug‘larda nafas olish tezligi juda past , unayetgan o‘simliklarda juda faol bo‘ladi . Masalan tarkibida 10-12% suvi bo‘lgan bir qilogramm arpa urug‘i bir sutkada 0,3-0,4 mg CO 2 ajratadi . To‘la bo ‘ rtgan va unay о tgan urug‘larda esa nafas olish tezligi 10 ming martadan yuqori bo‘ladi . Umuman o‘simliklarning nafas olish tezligi ichki va tashqi omillar ta ’ siriga bog‘liq . Kislorodning miqdori . Nafas olish jarayoni uchun kislorodning miqdori eng muhim omillardan biri hisoblanadi . Havo tarkibidagi kislorod (21%) o‘simliklarning nafas olishiga to‘la yetarli bo‘lib , hatto uning miqdori 9% gacha kamaysa ham o‘simliklarga zararli ta ’ sir qilmaydi . Faqat atmosferada kislorod miqdori 5% ga tushgandan so‘nggina uning yetishmasligi sezila boshlaydi . o‘simlik to‘qimalaridagi kislorod miqdori atmosfera tarkibidagi kisloroddan kamroq bo‘lib , o‘zgarib turadi . Masalan , qand lavlagisining barg to‘qimalarida bu ko‘rsatgich miqdori bir sutka davomida 7,1% dan 17,4 gacha o‘zgaradi . Demak , atmosferadagi kislorod o‘simliklar uchun to‘la yetadi . Karbonat angidridning miqdori . Karbonat angidridning miqdori ham nafas olish jarayonida ma ’ lum bir ahamiyatga ega . To‘qimalarda u ko‘p miqdorda to‘planganda nafas olish tezligi pasayadi . Karbonat angidridning to‘planishi ko‘pincha pishib yetilgan va qattiq po‘st bilan qoplangan urug‘larda sodir bo‘ladi . ko‘pchilik yovvoyi o‘simliklarning qattiq po‘st bilan o‘ralgan urug‘lari uzoq yillar davomida o‘zining ko‘karish qobiliyatini yo‘qotmaydi , Chunki ularning po‘sti ostida to‘plangan karbonat angidrid ta ’ sirida nafas olish tezligi juda sust bo‘lib , organik modda juda tezda sarflanmaydi . Omborlarda CO 2 ning miqdori ko‘p bo‘lganda mevalar uzoqroq muddatgacha yaxshi saqlanadi . Harorat . O‘simliklarning nafas olish jaryoni harorat ta ’ siriga uzviy bog‘liq . Bu bog‘liqlik malum harorat darajalarida Vant - Goff qoidasiga boysunadi . Ya ’ ni
harorat har safar 10 o ga ko‘tarilganda nafas olish tezligi ikki baravar oshadi . Masalan u 0 0 dan 20 0 gacha oshib borganda reaksiya tezligi ham 2-3 marta oshib boradi. Lekin 20 0 C dan yuqori haroratda reaksiya tezligi kamroq oshib boradi. Harorat oshganda nafas olish kuchi ham oshadi va 40 0 C yetguncha Vant – Goff qoidasiga buysunadi. ko‘pchilik madaniy o‘simliklarda, harorat 40 0 c dan oshgach nafas olish ham darhol yuqoriga ko‘tariladi. 50 0 S atrofida keskin pasayib qoladi va o‘simlik qattiq zararlanadi. Shuning uchun ham nafas olish dastlab kuchayib so‘ngra pasayadigan harorat emas, balki bu jarayon doim yuqori darajada bo‘ladigan harorat optimal deyiladi. ko‘pchilik o‘simliklar uchun 30-40 0 C atrofida bo‘ladi. Bu fotosintezning optimum darajasidan 5-10 0 C yuqori. Maksimal harorat esa 45-50 0 s atrofida bo‘lib, har bir o‘simlik oqsilining xususiyatlariga bog‘liq. Nafas olishning optimal darajasi tanadagi modda almashinuv jarayonidagi barcha bioximik reaksiyalar va fermentlarning faolligi uchun ham ancha qulaydir. Suv rejimi . Nafas olish tezligiga hujayralarning suv bilan ta’minlanish darajasi ham katta ta’sir etadi. o‘simliklarning barglarida birdaniga suvning kamayishi sababli dastavval nafas olish tezlashadi. Keyinchalik esa suv tanqisligi ortib borishi bilan nafas olish tezligi ham pasaya boradi. Buni urug‘larda yaxshi kuzatish mumkin. Yetilmagan urug‘larda suv miqdori ko‘p, nafas olish ham nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Urug‘lar pishib yetilgach suv miqdori ham eng kam 10- 11%bo‘ladi. Bunday urug‘larda nafas olish ham eng past darajada borib, ular yaxshi saqlanadi. Ekish oldidan ivitilgan urug‘lar suvni 30-40 % gacha shimib olgandan so‘ng ularning nafas olish tezligi bir necha ming martadan oshib ketadi va unish jaryoni boshlanadi. Urug‘larda kechadigan bu fiziologik jarayonlarni boshqarish yo‘li bilan donlarni sifatli saqlash va ulardan yuqori darajada foydalanish mumkin. Urug‘lar ortiqcha suvni shimib olganda ham aerasiya jaryoni buzilib, bijg‘ish boshlanishi va urug‘lar nobud bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda urug‘ qorayib qoladi va unuvchanlik qobiliyatini yo‘qotadi. Yorug‘lik. Yorug‘lik yashil o‘simliklarga ta’sir etganda haroratning ko‘tarilishi kuzatiladi va buning natijasida nafas olish ham tezlashadi. Fotosintezga
yorug‘likning ta’siri natijasida esa nafas olish jaryoni uchun eng zarur organik modda hosil bo‘ladi. Demak, yorug‘lik yashil o‘simliklarning nafas olishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki boshqa fiziologik jaryonlar orqali ta’sir etadi. Nafas olishda ichki omillarning ta’siri. O‘simliklarning har xil turlari va ekologik formalari turli intensivlikda nafas oladi. Yorug‘likni sevuvchi o‘simliklarning nafas olishi ntensivligi soyaga chidamlilarga juda yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi. Shimoliy o‘simliklar janub o‘simliklariga nisbatan sezilarli darajada yuqori intensivda nafas oladi. O‘simlikning tinim xolatidagi organlari va o‘sishdan to‘xtagan organlar past intensivda nafas oladi. Past nafas olish intensivligi qoplovchi to‘qimalarda, qoplamaning o‘tkezuvchi to‘qimalarida kuzatiladi. Nafas olishni yuqori intensivligi esa gullarda, floyelli=lubtolali xujayrada uchraydi. Nafas olish intensivligi o‘simliklarni yoshiga ham bog‘liq. Urug‘ni unib chiqishi davrida o‘simtalarda nafas olish intensivligi oshib boradi va 5-6 kundan keyin pasayishi kuzataladi. Barglarni to‘la shakllangandan keyin nafas olish intensivligi ortadi, keyin yana pasayadi. O‘simlik nobud bo‘lish oldida ayrim o‘rgilarida nafas olishi qisqa vaqtli oshishi sodir bo‘ladi. Bunday xolat to‘qimalarni degeniratsiyasi bilan bog‘liq deb qaraladi, ya’ni bu vaqtda murakkab birikmalar oddiy moddalarga parchalanadi va nafas olish submtratlarining miqdorini oshiradi. Nafas olish fosforidlarsiz sodir bo‘lib, keskin pasayib ketadi. Ko‘pkina o‘simliklarda nafas olish intensivligi gullash fazasining boshlanishida maksimal ko‘rsatkichga ega bo‘lad. Nafas olish organi kislorod bilan taminlanganligiga bog‘liq. Barglarga kislorod erkin kiradi va barcha hujayralarda uchraydi. Ildizmeva, tuganaklar, mevalar kislorod bilan yetarli miqdorda taminlanmaydi. Demak, bu organlarda nafas olish jarayoni anaerob tomonga qarab siljigan bo‘ladi. Shunday qilib, xar xil organlar turli intensivlik bilan birga, nafas olish jarayoni sifatini xar xil bo‘lishi bilan ham farqlanadi. Hosilni saqlashda nafas olishning ahamiyati . Don meva va sabzavotlarni saqlashda nafas olishning ahamiyati. O‘simliklarning nafas olish jarayoni ulardagi modda almashinuvining muhim qismini tashkil etib, o‘sish, rivojlanish va
hosildorlikning asosini tashkil etganidek, yetishtirilgan mahsulotlarni uzoq muddatga va sifatli saqlash nafas olish tezligini boshqarishga asoslangan. Mahsulotlarni saqlashda nafas olish jadalligi qancha past bo‘lsa, organik moddalarning miqdori shuncha kam sarflanadi va ular sifatli saqlanadi. Nafas olish jadadligining darajasi eng avvalo harorat va namlik miqdoriga bog‘liq. Donlarning tarkibidagi suv miqdorini va ular saqlanadigan omborlar haroratini boshqarish katta ahamiyatga ega. Suv miqdori gallasimonlarning donlarida 14 % va moyli o‘simliklarning donlarida 8-9 % dan oshmaganda, harorat esa 0 0 atrofida bo‘lganda nafas olish eng past darajada saqlanadi. Namlikning miqdori 18 -22 % va harorat 45-50 0 ga yetganda nafas olish jadalligi ham keskin oshadi. Natijada urug‘lardagi zapas organik moddalar tezlik bilan sarflanadi. Buning natijasida ajralib chiqqan kimyoviy energiya issiqlik energiyasiga aylanadi, omborlarning harorati yanada oshadi va har xil chirituvchi mikroorganizmlarning rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Bunday sharoitda saqlangan donlar unib chiqish qobiliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun ham donlarni saqlashda namlik kam miqdorda bo‘lishi maqsadga muvofiq. Meva sabzavotlarni saqlash donlarni saqlashdan biroz farq qiladi. Chunki ularning tarkibida suv juda ko‘p (75-90 % gacha). Suvni kamaytirish ular sifatining pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham meva- sabzavotlarni saqlashda bosh omil harorat hisoblanadi. Eng qulay harorat 0 0 atrofida bo‘lishi aniqlangan. Maxsus xonalarda va muzlatgichlarda saqlanganda ham harorat 3-7 0 С dan oshmasligi kerak. Masalan, kartoshka uchun saqlash harorati 2-4 0 С , karam uchun 0 0 dan -1 0 С , qolgan meva va sabzavotlar uchun +0+1 0 С eng qulay ekanligi aniqlangan. Bunda nafas olish tezligi past bo‘lib, mahsulotlar sifatli saqlanadi. Meva va sabzavotlarni saqlashda CO 2 ning miqdori ham katta ahamiyatga ega. U ko‘p bo‘lsa, nafas olish jadalligi pasayadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashda nafas olishini boshqarish usullari. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari saqlanayotgan davrda ularda nafas olish davom etadi, boshqa issiqlik holidagi energiya, So2, va N2O ajraladi. Demak