O‘qish va yozuv darslarining turlari. O‘qish va yozuv darslariga qo‘yiladigan talablar.
O‘qish va yozuv darslarining turlari. O‘qish va yozuv darslariga qo‘yiladigan talablar. Reja: 1. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni yozuvga o‘rgatish. 2. Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozuv darslariga qo‘yiladigan talablar. 3. 1-4 sinflarda husnixat darslari.
Boshlang‘ich sinflar dasturiga ko‘ra 1-sinfda husnixatga o‘rgatish savod o‘rgatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilar husnixatning gigiyenik talablariga rioya qilishlari, harflarni grafik jihatdan to‘g‘ri shakllantirishlari va ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1 -sinfda xat - savod davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftaridagi mat e riallar asosida o‘rgatiladi. l-sinfning 2-yarim yilligida o‘qituvchi husnixatga o‘rgatishni ona tili darslariga qo‘shib olib borsa ham, o‘z ishlarini rejalashtirib olishi zarur, Bunda harflarni elementlarning qiyaligiga, harflar bo‘yining tengligiga, harflar va so‘z oralig‘ining teng bo‘lishiga e'tibor berish lozim. Savod o‘rgatishdan so‘ng yozuv sharti ham o‘zgaradi. O‘quvchilarning daftarlarida harf namunasi yo‘qligi tufayli ular qo‘shimcha bir qancha shartlarni bajaradilar. Jumladan. bosma harfni yozma harfga aylantiradilar, ulanish o‘rinlarini aniqlaydilar so‘zlarni qatorga to‘g‘ri joylashtiradilar. Bundan tashqari, mashq shartlarini. ham bajarishlari lozim. Shuning uchun o‘qituvchi doim yozuv materiallarini ko‘zdan kechirish. yordamga muxtoj holatlarni o‘ziga belgilab olishi va qisqa izohlashdan foydalanishi lozim. 2-sinfda husnixat uchun har haftada ona tili darslarining oxirgi hir soati ajratiladi va u o‘quv yili davomida 33 soatni tashkil etadi. 2-sinfda husnixat darslarini rejalasht i rga n ida quyidagilarga e ’ tibor b e rish z arur: a) bir chiziqli daftarning qiyinligini hisobga olib: harflarni gen e tik prinsip asosida yozdirish; b) har bir harfning o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harfga ulanishini o‘rgata borish; v) harflarni el mentla rn ing o‘xshashligini hisobga o l ib guruhlash; g) b osh harflarni elem e ntlarning yuqoriga va pastki tomon tushishini hisobga olgan holda guruhlash; d) matnlarning bolalar hayotiga oid bo‘lishiga erishish; e)imlosi qiyin bo‘lgan so‘zlarni yozuv mat e riali sifatida tanlash; j)yozuv sur'atini oz-ozdan tezlashtirib borish maqsadida material hajmini ko‘paytirib borish. 3-sinfda har bir ona tili darsining 8-10 daqiqasi hu snixatga
ajratiladi. Lo‘ nda gigi y enik bilimlar mustahkamlanadi. Bolalar 1 chiziqli; daftarga bosh va kichik shakllari bir xil, tuzilishi murakkab-harflarni yozishni.o‘rganadilar. ritm bilan yozishni, harflarni ulab so‘z, gap yozishni mashq qiladilar. O‘quvchilarni husnixatga o‘rgatish, grafik bilimlarni |shakllantirishda o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlarini hisobga olish. Grafik malakalarning uzoq muddatda hosil bo‘lishi, uning o‘qish, imlo, chizmachilik, rassomchilik. nutq kabi o‘quv faoliyatlari bilan bog‘liqdir. Dastxatning o‘ta barqarorligi va individualligi. Yozuvning inson aqliy faoli y at i bilan b og‘liqligi. Husnixatni e gallashda barmoqlar harakatini rivojlantjirishning ahamiyati. Bolalarning ko‘rish, eshitish qobiliyatlarining yozuvi bilan bog‘liqligi. Yozuvga o‘rgatishning keyingi bosqichlarida yozuvning aftomatlashuvi. 1-sinflarda o‘quvchilar yozuvi sifatining o‘sib borishi. 3.Yozuv qurollari( ruchka va daftar) bilan ishlash malakasini shakllantirish Bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan yozuv qurollaridan biri sharikli (ravon yozadigan, “Alfa”) ruchkalar bo‘lib qolmoqda. Shundan kelib chiqib, butun sinf o‘quvchilarining bir xil tipdagi yozuv ruchkasidan foydalanishi katta ahamiyatga egadir. Ular varaq sathiga nisbatan bir xil qiyalikda ishlatiladi. Ruchkalarga qarash va ularni yozishga shaylashga ham talab qo‘yiladi. Agar bolalarga bir xil tipdagi ruchkadan foydalanish qat`iy talab qilib qo‘yilmasa, ularning biri qimmatbaho ruchkada, biri gelli, yana biri rangli, boshqa birovi esa ruchka pastasi bilan ham yozaveradi. Bu holat esa yozuv malakasining shakllanishiga salbiy ta`sir qiladi, o‘qituvchining mehnatini murakkablashtiradi. Mana shunday holatning oldini olish uchun bir xil tipdagi ruchkadan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. (1-rasm)
“Alfa”ruchkasi birinchidan, ushlashga qulay, ikkinchidan, keraklicha uzunlikka ega, uchinchidan, pastasida ham boshqa ruchkalarga nisbatan rangi ko‘p, to‘rtinchidan, bu ruchkani ishlatish jarayonida parta va yozuv daftarlari bulg‘anmaydi. Lekin ushbu ruchka ham kamchiliklardan xoli emas:Ruchka haddan ko‘p qiyalikda hamda usti yaltiroq qog‘ozga yaxshi yozmaydi. O‘quvchilar hamma vaqt o‘z oldida bir dona toza varaq (nam salfetka) saqlashi lozim. Bu ruchka uchini tozalab turishga, varaq va qo‘lni bulg‘amaslikning oldini oladi. Chunki, birinchi sinfda bolalar juda sekin, ruchkani bir joyda ko‘p ushlab, yoki ruchkani qattiq bosib yozadilar. Natijada, ruchka ichidagi sharik yemirilib, rang to‘playdi. Agar u tozalab turilmasa,hamma yoqni bulg‘ashi tabiiy hol. Ruchka bilan yozayotganda bosim, ya`ni ko‘p kuch ishlatishning hojati yo‘q. Shuning uchun bolalarga ruchka bilan yozishni o‘rgatayotganda uning shu xususiyatini unutmaslik va bolalarga tushuntirmoq lozim. (2-rasm) Yozish jarayonida o‘qituvchi qo‘1 holati borasida ham o‘quvchilarga aniq ko‘rsatma beradi. Ruchkani uchta barmoqda ushlash lozim: katta, ko‘rsatkich va o‘rta. Katta va o‘rta barmoqlar ruchkani ushlaydi, ko‘rsatkach barmoq esa yuqoridan yozish jarayonini boshqaradi. Bolalar ruchkani barmoqlari orasida
qattiq qismasdan erkin ushlashlari lozim. Yozish jarayonida ruchkaning oxirgi uchi o‘ng yelkaga qaratilgan bo‘lishi darkor. O‘qituvchi ruchkani ushlash jarayonida qo‘1 holati qanday bo‘lishini tushuntiradi. U ruchkani olib butun sinfga uni ushlash qoidalarini ko‘rsatadi. Ruchkaning uchidan to qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i uchigacha taxminan 1,5, 2 sm. masofa bo‘lishi kerak. Shundan keyingina o‘qituvchi bolalarga yozish uchun ruxsat beradi. Birinchi kunlar o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘lidan ko‘zini uzmaydi. Ba`zi o‘quvchilar ruchka ushlash qoidalarini tez o‘zlashtira olmay qiynaladilar. Ular ruchkani mush bilan ushlab oladilar, yoki uchiga yaqin joydan ushlaydilar, ruchkani chap qo‘lda ushlaydilar, ko‘rsatgich barmoqlarini bukib yozadilar va hakozo. Bunday nuqsonlarni bartaraf etish o‘qituvchiga qiyinchilik tug‘diradi. O‘z-o‘zidan bu nuqsonlar yozuvning husniga putur etkazadi. Bola maktabga kelgan kunidan boshlab o‘qituvchi ruchkani to‘g‘ri ushlashni o‘rgatishi lozim. Shuningdek, ruchkani maxsus ruchka saqlanadigan qutichalar(penal)da saqlash zarurligini ham alohida tushuntirib o‘tish kerak. Birinchi kuni yozishdan oldin butun sinf birgalikda o‘qituvchi rahbarligida ruchkanining tuzilishi bilan tanishadilar: uning qalpog‘ini ochib, burab pastasini chiqaradilar, ya`ni ruchkani qismlarga bo‘lib, yana qayta sozlaydilar. Shu jarayonda o‘qituvchi bolalarga dars vaqtida sababsiz ruchkani qismlarga bo‘lishni man etadi. Ta'kidlaydiki, ruchkalar uyda har tomonlama tekshirilib, pastasi tugagan bo‘lsa, yangi pasta qo‘yib, keyin maktabga kelinadi. O‘quvchilarni har xil rangdagi pastalardan foydalanishga qo‘ymaslik zarur, ko‘k yoki to‘q ko‘k rang bilan yozish maqsadga muvofiqdir. Qizil rangni faqat o‘qituvchininq o‘zi ishlatadi. Yuqoridagi malakalarni tez va mustahkam shakllantirish uchun o‘qituvchi ota-onalarni to‘plab mazkur qoidalarni ularga ham tushuntirmog‘i lozim. Ikki tomonlama (maktab va uyda) yordam bolani ushbu qoidalarni tez o‘zlashtirib olishiga amaliy yordam beradi.