logo

OʻRTA ASR FEODAL JAMIYATIDA XRISTIAN DINI VA CHERKOVI UNGA QARSHI HARAKATLAR

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

444.0185546875 KB
MAVZU: 	OʻRTA ASR FEODAL JAMIYATIDA XRISTIAN DINI VA 
CHERKOVI	, UNGA QARSHI HARAKATLAR	 	
Reja	: 	
1.  Ilk  o’rta  asrlarda  xrestian  dinining    markaziy  Yevropa  davlatlari  tomonidan 
qabul qilinish jarayoni.	 	
2. Xristian dinining majburiyatlari.	 	
3. Janubiy sharqiy Yevro	pa mamlakatlariga xristian dinining kirib kelishi.	 	
4.	 O’rta asr feodal munosabatlarida cherkovning o’rni	 	
Xristian  dinini  tarqatishda  Yevropadan  chiqqan  serg’ayrat  rohiblarning 	
xizmatlari  katta  bo’lgan  ular  dunyoning  turli  burchaklariga  borib  ham,    xristian	 	
dinini  tarqatishga  kirishadi.  Janubiy	-sharqiy    mamlakatlardan    bo’lgan  Chexiya 	
Polsha,  Bolgariya,  rus  yerlari  va  boshqalar  ham  bu  dinni  g’arbiy  Yevropa 
davlatlaridan keyin qabul qilishadi.	 	
Xristian dinini keng tarqalishida Chexiya qiroli Vatslavning xizma	tlari katta 	
bo’lgan  bu  shaxs  o’z  davlatida  birinchi  bo’lib  Avliyovit  ibodatxonasini  qurishadi. 
Keyinchalik  uning  din  borasidagi  qolgan  ishlari  ayrim  kishilarning  qarshilik 
noroziligiga aylangan. 	 	
 
Shunday  bo’lsada  Chexiyada  bu  din  keng  tarqaldi.  Dastlabki 	cherkov 	IV 	 	
asrda qurilgan. Polshada cherkovlarning  tashkil topishi umuman Chexiyada bu din 
keng tarqaldi. 	 	
Dastlabki cherkov IV asrda qurilgan polilada cherkovlarning  tashkil topishi 	
umuman xristian dinining kirib kelishida Meilka 1 ning xizmatlari katt	a bo’lgan. 	 	
Rus  davlatida  esa  xristian  dinining  tarqalishida  Viladimirning  xizmatlari 	
katta    xristian  cherkovi  g’arbiy  Yevropa  mamlakatlarida  bo’lgani  kabi  markaziy  janubiy	-sharqiy  Yevropa  mamlakatlarida  ham  o’zining  feodallashuv  jarayonida 	
katta ta’sirga 	ega bo’lgan. 	 	
Markaziy  janubiy	-sharqiy  Yevropa  mamlakatlarida  xristian  dini  XII	-XIV 	
asrlarda  ham  tarqalayotganligini  ko’rishimiz  mumkin  o’rta  asrlarda  cherkov  Rim 
popolar dovesti tashkil etilgan bo’lib, o’zining kuchli ta’sirining tarqalishi va uning 
feoda	llashuv  jarayonini,  cherkov  soliqlari  va  majburiyatlarining  qay    yo’sinda 	
bo’lganligiga guvoh bo’lamiz.	 	
Italiya  zodagonlari  va  simonist  ruhoniylar  papa  etib,  o’zlarining  tarfdori 	
Benedikt  X  nomzodini  qo’llab  quvvatlaydilar. 	Bu  bilan  ular  patar  “yeresi”ga 	
barham  bermoqchi  bo’ladilar.  Chunki  bu  yereslik  simonist  ruhoniylarga  qarshi 
qaratilgan,  deb  e’lon  qiladilar.  Benediktga  islohotchilar  qarshi  chiqadilar.  Ular 
cherkovni  qayta  tashkil  etishni  talab  qiladilar.  Ular  patarlik  ruhidagi  shiorlardan 
foydalanadilar	.  	
Islohotchilarning yetakchisi Gildebrand edi. Dastlab u kam tarafdorlarga ega 	
bo’lib,  cherkov  ma’muriyati  simonist  ruhidagi  kishilar  edi.  Ammo  Gildebrandni 
imperator  partiyasi  qo’llab  quvvatlardi.  Ularning  maqsadi  dunyoviy  simonist 
feodallariga  qarshi  ku	rashda  cherkovdan  yordam  olish  edi.  Imperator 	
antisimonistlari  o’zlariga  papa  sifatida  Nikolay  II  saylaydilar.  Qurol  kuchi  bu  ikki 
papadan  qaysi  biri  hokimyatda  qolishi  kerakligini  hal  etishi  kerak  edi.  Umumiy 
dushman  oldida  papa  va  imperator  bo’lajak  g’al	abani  bo’lishishni  boshlamay 	
turadilar. Jiddiy kurashda isolohotchilar g’alaba qozonishadi. 	 	
Milan  va  Shimoliy  Italiyadagi  boshqa  shaharlardagi  patarlar  ham  bu 	
kurashda  o’zlarini  g’olib  deb  hisoblay  boshlaydilar  va  papa  Nikolay  II  (1059	-	
1061)ning  saylanish	ini  tantanali  ravishda  nishonlaydilar.  Patarlar  ko’z  o’ngida 	
Nikolay  II  simoniyaga  qarshi  kurash  ramzi  bo’lgan.  Papa  va  patarlar  o’rtasidagi 
ittifoq ma’lum sioysiy chiziqga ega emasdi. 	 	
Bundan tashqari, patarlar harakatiga papalik ko’p kuchini sarflardi. U	 tufayli 	
papalik  o’zining  sinfiy  dushmanlarini  yengishga  muvaffaq  bo’ladi.  Patarlik  harakatini  rohiblar  ham  qo’llab  quvvatlashgan.  Imperator  partiyasi  Nikolay  II  ni 
papalikga  ko’targach,  undan  o’z  manfaatlari  yo’lida  foydalana  boshlaydi.  Nikolay 
II  ning  fa	oliyati  va  imperator  hukumatining  ikki  tomonlama  siyosati  Gildebrand 	
boshliq islohotchilar noroziligiga sabab bo’ladi. 	 	
1059  yili  Lateran  soborida  Nikolay  II  dekret  chiqaradilar.  Unga  ko’ra  endi 	
papa  faqat  kardinal  yepsikoplar  tomonidan  saylanishi,  mulkdor	 magnatlar  esa 	
bunda  ishtirok  etmasligi  belgilab  olinadi.  Imperatorda  esa  kardinallar  jamoasi 
tomonidan  saylangan  papani  tasdiqlash  huquqi  qoldiriladi.  Bu  dekret  faqatgina 
feodallar  huquqiga  zarba  bermay,  balki  imperator  hukumatiga  ham  jiddiy  zarba 
beradi.	  
Nikolay  II  ning  dekreti  simoniyani  rad  etib,  ruhoniylarning  uylanishlarini 	
ta’qiqlashga  olib  keladi.  Nikolay  II  o’zining  Lateran  soboridagi  dekreti 
sanksiyalaridan qoniqmaydi va o’z xizmatchilaridan simoniya va ruhoniylar nikoh 
qurishiga  qarshi  kurashish	 haqida  qasam  ichishlariga  majbur  qiladi.  Cherkov 	
islohotlariga qarshi harakatlar boshlanib ketadi. 	 	
Bunga  javoban  Breshi,  Kremon  va  Pyachentsda  patarlar  harakati  boshlanib 	
ketadi.  Ular  jiddiy  tus  ola  boshlaydilar,  imperatorning  Nikolay  II  dekretini  tan 
ol	ishdan  bosh  tortib,  1061  yil  Bazelda  maxsus  sinod  (kengash)  chaqiradilar.  U 	
yerda  dekretlarning  hech  qanday  kuchga  ega  emasligi,  imperator  hokimyati 
manfaatlariga  zid  ekanligi  e’lon  qilinadi.  Bu  sinodda  faqat  german  ruhoniylari 
qatnashgan edi. 	 	
Bazel  sinod	ining  qarorlari  amalga  oshirilisa,  ya’ni  Nikolay  II  papalikdan 	
tushirilsa,  bu  papa  Nikolay  II  ning  butun  islohotlar  siyosatining  yo’q  bo’lishini 
anglatardi.  Ammo  ishohot  o’tkazish  muhim  edi.  Uning  o’tkazilishini    Klyuni 
abbatligi  (Burgundiya)  boshchiligida	gi  rohiblar  xohlashardi.  Ularning  maqsadi 	
alohida feodal senorlarga qaraganda, ko’proq Rim bilan aloqalar olib borish edi. 	 	
G’arbiy  Yevropadagi  ko’pgina  rohiblik  qarorgohlari  o’zlarining  markazi 	
Klyuni  bilan  yaxshi  munosabatlarda  edi.  XI 	– XII  asrlarda  kat	olik  cherkovida  rohiblik  hayoti  uchun  islohotlar  o’tkazish  harakati  boshlanadi.  Uning  markazi  
Klyuni monastiri bo’ladi. 	 	
Klyuniychilar  harakatining  asosiy  talablari  rohiblar  hayotida  Benidikt 	
Nursiyning  ustavining  amal  qilinishi,  liturgiya  va  ibodatlarnin	g  nazoratini  tartibga 	
solish  kabilar  edi.  Bu  harakat  cherkov  hayotiga  dunyoviy  hukmdorlarning 
aralashuviga qarshi norozilik belgisi bo’lgan. 	 	
Klyuniy  harakati  yetakchilari  simoniyani  tanqid  qilib,  selibatning  nazorat 	
qilinishini  talab  qilganlar  va  monastir	larning  dunyoviy  senorlar  va  yepiskoplar 	
nazorati ostidan ozod etilishlarini ham talab etishgan. 	 	
Klyuniy  islohoti  tufayli  monastirlarda  kutubxona  tashkil  etilib,  rohiblarning 	
bilim  darajasi  oshirilishiga  imkon  beradi.  Islohotni  Klyuni  abbati  avliyo  Odon 
K	lyuniyskiy boshlab bergan. Klyuniy monastiri ostida ko’pgina monastirlar ittifoqi 	
paydo  bo’ladi.  Agar  XI  asrda  klyuniychilik  monastirlarining  soni  30  ta  bo’lgan 
bo’lsa, XII asr 1	-yarmida ularning soni mingtadan oshib ketadi. 	 	
Islohot  bo’lishining  asosiy  sa	bablari  quyidagilar:  monastirlarni  isloh  qilish, 	
ularga  jiddiy  ustavni  o’rnatish,  selibatning  amalga  oshirilishini  qattiq  nazorat 
qilish,  simonyani  ta’qiqlash,  isloh  qilingan  monastirlarni  dunyoviy  feodallar  va 
yepiskoplar  nazoratidan  to’liq  mustaqil  deb  e	’lon  qilib,  bevosita  papaga 	
bo’ysunish. Klyuniy islohotlari keyinchalik Grigorian islohotlarining boshlanishiga 
asos bo’ladi.	 	
 Papa  esa  o’z  navbatida  XI  asrda  hududida  3000  monastirlar  bo’lgan 	
Germaniya  imperiyasi  bilan  kurashda  bu  monastirni  o’ziga  muhim 	tayanch  deb 	
qarardi.  Ko’pgina  bunday  monastirlar  juda  boy  bo’lib,  o’zlarining 
imkoniyatlaridan keng foydalanishardilar. 	 	
Masalan,  Lorsh  monastiriga  Reyn  bo’yidagi  bozorlar  tegishli  bo’lib,  ular 	
Bazeldan  to  Mangeym,  Bengisgeym,  Veyngeym,  Visloxgacha  cho’zil	gan  bo’lib, 	
bu  bozorlardagi  monopoliya  lorshlik  rohiblar  qo’lida  edi.  Pryum  monastirida  esa 
265  ta  uzumzorlar  bo’lgan  bo’lib,  yana  shuningdek,  yetarlicha  o’rmonlar,  8296  ta  cho’chqalari  bo’lgan.  Sen	-Medar  monastiri  (Suassonda)  Lotaringiya  va  butun 	
Maasa  ha	vzasida  yarmarkalar  ochish  imkoniyatlaridan  erkin  ravishda 	
foydalanishgan.  Yaxshi  tijorat  yo’llari  hisoblangan  barcha  Alpdagi  so’qmoqlar 
monastirlarga tegishli bo’lgan. 	 	
Myunster,  Kurvald,  Sen	-Gallen  va  Sen	-Deni  monastirlari  Italiyaga 	
boradigan  barcha  yo’l	larni  o’z  qo’llariga  olishgandilar.  Ko’pgina  monastirlar  tuz 	
va  vino  sotishning  monopol  huquqidan  erkin  foydalanardilar.  Sen	-Gallen 	
monastirida  vino  saqlash  uchun  hatto  joy  ham  yetishmagan  bo’lib,  ular  ochiq 
osmon  ostida  qolib  ketardilar.  Mauersmyunster  mo	nastiriga  tuhfa  etilgan 	
gramotada  aytilishicha,  undan  boshqa  hech  kim  bu  hududda  vino  sotish  huquqiga 
ega bo’lmagan. 	 	
Monastirlarning  boyliklari,  ularning  feodal  zodagonlar  ta’siridan  mustaqil 	
bo’lish  intilishiga  olib  keladi.  Ammo  feodallar  bunga  yo’l  qo’y	a  olisha  olmasdi. 	
Bu esa ichki kurashlarning boshlanishiga sabab bo’ladi. Feodallar o’rtasidagi ichki 
kurashlarda monastirlar imperator hokimyatini qo’llab quvvatladilar, bu esa ularga 
imperator tomonidan ko’p sonli yorliqlar olishiga imkon berardi. 	 	
XI  as	r  boshidayoq  rohiblar  va  ruhoniylar  imperator  hokimyatining 	
xasisligidan, undan so’ng esa cherkov bilan bo’lgan dushmanlik munosabatlaridan 
shikoyat  qilisha  boshlaydilar.  Feodal  zodagonlar  bilan  birlashib,  imperator 
hokimyatiga  qarshi  kurashishni  rohiblar 	istamasdilar.  Chunki  bu  ikki  hukmron 	
sinfning  manfaatlariga  bir	-biriga  zid  edi.  Shuning  uchun  rohiblar  o’z 	
muammolarini hal etishda papalikdan yordam so’raydilar. 	 	
Butun  g’arbiy  cherkovlarning  boshlig’i  etib  tan  olinishi  istagan  papalar 	
cherkovga  katta  ta’	sir  o’tkazayotgan  imperator  va  zodagonlarni  o’z  raqiblari  deb 	
hisoblar  va  norozi  kayfiyatidagi  rohiblar  bilan  birlashishga  tayyor  edilar.  Dastlab 
ular markaziy hokimyatni yo’q qilishga kirishadilar. 	 	
Shunday  qilib,  XI  asr  o’rtalarida  Rim  va  rohiblar  o’rtas	ida  ittifoq  tuziladi. 	
Biroq  rohiblar  papaga  bergan  yordamida  monastirlarning  to’liq  mustaqil  bo’lishi,  dunyoviy  feodallar  ta’siridan  tashqari,  diniy  feodallar,  ya’ni  yepiskop,  mitropolit 
va arxiyepiskoplar nazorati ostidan ham ozod etilishlari kabi talabla	rni qo’yadilar. 	 	
Rohiblar o’z ustidan faqat papa hokimyatini tan olishlarini bildirib, faqatgina 	
unga  bo’ysunishlarini  bildiradilar.  Papalik  bu  talablarning  bajarilishiga  va’da 
beradi.  Chunki  bu  uning  hokimyati  butun  G’arbiy  Yevropada  kuchayishiga  va 
G’arb	iy  Yevropada  bosh  cherkovga  aylanish  uchun  bo’lgan  kurashini 	
yengillashtirishga olib kelardi. 	 	
Nikolay  II  bu  kurashni  jiddiy  tarzda  olib  boradi,  ammo  unda  mag’lubiyatga 	
uchraydi. Bu mag’lubiyat bilan papa masalasi hal etilmaydi. Kurash yangi kuchlar 
bilan 	boshlanadi.  Uning  yetakchisiga  esa  Nikolay  II  ning  vorisi,  klyuniychilik 	
rohibi  Gildebrand  aylanadi.  1073  yilda  u  Grigoriy  VII  nomi  ostida  papalik 
lavozimini egallaydi va 1085 yilgacha bu lavozimida turadi. 	 	
1059 yildayoq Gildebrand amalda papalik lavozimi	ning egasi bo’lib, papani 	
saylashda muhim islohotni amalga oshiradi. Islohotga ko’ra, papani saylash huquqi 
faqatgina  uning  maslahatchilari  bo’lgan  kardinallar  jamoasiga  beriladi. 
Kardinallarning  bunday  saylov  majlisi  konklav  (lotincha  con  clave 	– kalit  bi	lan, 	
to’g’rirog’i yopiq zal) deb atala boshlanadi. 	 	
Grigoriy  VII  ning  fikricha,  papalik  kuchli  bo’lishi  uchun  avvalo  uning 	
iqtisodiy  bazasi  mustahkam  bo’lishi  kerak  edi.  Hali  subdiakon,  to’g’rirog’i  papa 
g’aznachisi  bo’lgan  paytidayoq  Gildebrand  uning  keng	ayishi  to’g’risida 	
qayg’urgan.  U  o’zidan  oldingi  papalarga  qaraganda  to’plagan  pullarni  yig’may, 
balki papalikning qudratini oshirish uchun sarflagan. U katta yollanma qo’shin ega 
bo’lishi  uchun  ko’p  mablag’lar  sarf  qilgan  va  shuni  doimo  ta’kidlaydiki,  pap	a 	
davlati qurol kuchi yordamida Italiyada to’lib toshgan tiranlarni yo’q qilishi kerak. 	 	
Grigoriyning  harbiy  harajatlari  shunchalik  ulkan  ediki,  milanlik  yilnomachi 	
Landulf  Grigoriy  hukmronligining  oxirgi  paytlarida  g’azna  hatto  bo’shab  qoladi, 
deb  ma’lumo	t  beradi.  1083  yili  Grigoriy  VII  rim  aholisini  ko’magini  olish  maqsadida  30  ming  solidni,  ularga  sarflab  yuboradi.  Hatto  uning  muxlisi 
reyxsberglik Gerxo uning bu harakatini tanqid qiladi. 	 	
Albatta,  cherkovning  moddiy  bazasini  mustahkamlash  uchun  yangi  sol	iqlar 	
tashkil  etish  va  eskilarini  oshirish  kerak  edi.  Papalik  barcha  eski  cherkov 
sistemasini  isloh  qilish  zarur  bo’lgan.  Chunki  cherkov  mulklarining  katta  qismi 
dunyoviy feoadallarga tegishli edi. 	 	
Grigoriy  VII  na  alohida  cherkov,  na  desyatina  yig’imi  va 	umuman  barcha 	
cherkov  mulklarini  dunyoviy  feodallarga  tegishli  deb  hisoblamasdi.  Hatto 
imperatorni  ham  bundan  tashqarida  deb  bilardi.  Bu  huquqga  faqat  Xudoning  o’zi, 
to’g’rirog’i  cherkov  haqli  deb  hisoblagan.  Feodalarning  cherkov  mulklariga 
bo’lgan barcha 	da’volari papalik tomonidan rad etiladi. 	 	
Grigoriy  VII  ning  asosiy  maqsadi 	– dunyoviy  hokimyatni  mustaqil  cherkov 	
nazoratida bo’lishi kerak edi. Bu orqali papalik ulkan qudrat va tuganmas boylikka 
erishishini  Grigoriy  yaxshi  anglardi.  Ayniqsa,  bunga  papali	k  Germaniyada 	
erishishi  kerak  edi.  Bu  yerda  imperatorlar  asrlar  davomida  cherkovga  feodallarga 
qarshi  kurashda  yordam  berganligi  uchun  ko’pgina  yer  mulklari  va  turli 
imkoniyatlar berishgandilar. 	 	
Masalan,  927  yili  Genrix  I  Tulya  yepiskopiga  shaharlarga  kir	ish  uchun 	
beriladigan  to’lovlarni  olish  huquqini  beradi.  Otton  I  esa  bunday  huquqni 
Magdeburg,  Maynts  va  Keln  arxiyepiskoplariga  taqdim  qilgan.  Freyzigen 
yepiskopiga  esa  Kador  grafligining  butun  daromadlarini  tortiq  qilgan.  Kador 
tuhfasi  butun  grafliklar  t	omonidan  cherkovlarga  tuhfalar  berishning  boshlanishiga 	
sabab bo’ladi. Ba’zan esa tuhfalar bitta yepiskopning o’ziga tortiq etilgan. 	 	
Dastlab  tuhfa  qo’lyozmalarida  faqatgina  daromadlar  haqida  so’z  yuritilgan, 	
ammo  tez  orada  yepiskop  grafni  siqib  chiqara  bo	shlagan  va  yepiskop  “daromadi” 	
hududi  immunitet  yeriga  aylangan.  Otton  III  davrida  unga  regimen,  aniqrog’i 
davlat  boshqaruviyati  atamasi  qo’llanila  boshlanadi.  Tez  orada  bu  atama  “knyazlik”  atamasi  bilan  almashtiriladi.  Shunday  qilib,  diniy  knyazliklar 	– 	
yepiskop va abbat (monastir) knayzliklari vujudga keladi. 	 	
Imperator  ko’z  o’ngida  yepiskop  va  abbatlar  knyaz  bo’lishgan  bo’lib, 	
shaxsan  o’zlari  va  mulklari  bilan  imperator  hokimyatiga  xizmat  qilishlari  shart 
bo’lgan. Gamburg yepiskopi Adaldag 5 yil davomida	 o’zining yepiskopligiga bora 	
olmaydi,  chunki  imperator  uning  maslahatlariga  saroyda  yoki  urushda  muhtoj 
bo’lgandi.  Maynts  va  Keln  arxiyepiskoplari  urush  bo’lib  qolsa,  100  ta  ritsar 
jo’natishlari kerak bo’lgan. 	 	
Verden, Lyej, Fulda va Lorxa abbatlari esa u	rush bo’lgan taqdirda 60 ta og’ir 	
qurollangan ritsarlar yuborishi shart bo’lgan. Imperator vassali yepiskop lavozimga 
o’tirganida,  imperator  unga diniy  knayzalik  hokimyati  ramzi  sifatida hassa taqdim 
etgan. Bu taqdim etish marosimi investitura deb atalgan.	 U cherkov marosimlariga 	
kirmagan bo’lib, aksincha, unga qarshi xarakterda edi. 	 	
Hassadan  tashqari,  imperator  yepiskopga  uzuk  ham  berib,  undan  feodal 	
ishonchlik  qasamini  ham  olgan.  Dunyoviy  hokimyat  yepiskoplar  xizmatini 
yaxshilash  uchun  hatto  qonunlarni  r	ad  etib,  ruhoniylik  firkrini  e’tiborga  olmay, 	
saylovlar orqali emas, balki o’z istaklari bilan yepiskoplarni tayinlashgan. 	 	
Shuning  uchun  ham  Grigoriy  VII  butun  e’tiborini  avvalo  Germaniyaga 	
qaratadi.  Bu  yerda  imperator  hokimyatiga  dushman  bo’lgan  ko’pgina	 yirik 	
feodallar  mavjud  bo’lib,  papa  imperator  Genrix  IV  ga  qarshi  kurashda  ulardan 
foydalanmoqchi  bo’ladi.  Bu  imperator  ittifoqchilari 	– 	yepiskoplar, 	
arxiyepiskoplarning uzoq yillar davomida imperatordan keng imkoniyatlar olishiga 
qaramay,  sotqinlik  yo’li	ga  o’tishlari  mumkinligini  bildirardi.  Darhaqiqat,  bu 	
yepiskoplar  yuqori  hokimyatning  kuchsizlanishiga  guvoh  bo’lishayotgan  bo’lib, 
uni o’z ta’siri ostiga olishga intiladilar. 	 	
Papa qudratining mustahkamlanishi ruhoniylikning oliy vakillarini xavotirga 	
sol	masdi.  Chunki  ular  papa  Alp  ortida  yashagani  uchun  german  cherkovlari  ishlariga  faol  darajada  aralasha  olmaydi,  deb  hisoblashardilar.  “Uzoqdagi  homiy” 
yaqindagisiga qaraganda, ular uchun xavfli hisoblanmagan. 	 	
Bularning  barchasi  Germaniyada  Genrix  IV  ning 	pozitsiyasi 	
kuchsizlanishiga  va  Girgoriy  VII  ning  jiddiy  harakatlari  boshlanishiga  olib  keladi. 
Grigoriy VII uzoqni ko’ra biladigan siyosatchi bo’lib, Gemaniya imperatori uchun 
qaqshatqich zarbani tayyorlagan edi. 	 	
U  Germaniyaning  ichkarisida  jiddiy  qarshi	likga  uchramasligini  yaxshi  bilar 	
va  butun  e’tiborini  Italiyaga  qaratib,  u  yerda  imperatorga  qarshi  o’ziga  tayanch 
yarata yotgandi. Bu maqsadda u birinchidan, normanlar bilan bitim imzolab, ularga 
yerlarining  bir  qismini  tortiq  qiladi.  Ikkinchidan  esa,  u  S	himoliy  Italiyadagi 	
patarlar  harakatini  qo’llab  quvvatlaydi.  Uchinchidan,  yirik  mulkdor  zodagonlarini 
kuchsizlantirishga  erishadi.  Bu  choralar  Grigoriy  VII  ning  pozitsiyasini 
mustahkamlaydi. 	 	
Genrix  IV  bilan  bo’lgan  bir  necha  kurashlardan  so’ng  ham,  impera	torning 	
yepiskop  va  arxiyepiskoplarni  tayinlashi  tufayli  papa  uni  cherkovdan  chiqarib, 
taxtdan  tushirilganligini  e’lon  qiladi.  Uning  fuqarolarini  esa  imperatorga 
bo’ysunish  huquqidan  ozod  qiladi.  Grigoriy  VII  simoniya,  yepiskoplarning 
dunyoviy investituras	i, tayinlangan ruhoniylar tomonidan qonunlarning buzilishiga 	
qarshi  umumiy  kurashga  chaqirib,  selibatning  amal  qilinishini  qattiq  nazorat 
qilishni  talab  qiladi.  Chunki  u  selibat  tufayli  cherkov  mulklari  yo’q  bo’lib  ketadi, 
deb o’ylagan. 	 	
Bunday  sharoitlard	a  Genrix  IV  papa  qarshi  kurashga  jur’at  qila  olmaydi  va 	
1077  yili  Kanossa  saroyida  uning  oldiga  keladi.  Bu  yerda  Grigoriy  VII  uni 
klyunilik  abbat  va  grafinya  Matilda  Toskanskayalar  bilan  birgalikda  kutib  oladi. 
Grigoriy  VII  imperator  va  “dunyoviy  ruh”  usti	dan  g’alabaga  erishib,  o’zining 	
yutuqlarini keyinchalik 27 moddadan iborat “Papa diktatlari”da yozib qoldiradi. 	 	
“Diktat”da  muallif,  yepiskoplarni  tayinlash,  muhim  yuridik  masalalarni  hal 	
etish, soborlarni chaqirish, imperator va knyazlar ustidan sud qilis	h va jazo berish,  “itoatsiz”  imperatorning  xizmatkorlarini  unga  bo’ysunishdan  ozod  etish 
huquqlariga faqatgina papa ega ekanligini aytib o’tadi. Unda yana hech kim papani 
sud  qilishi  mumkin  emasligi,  knyaz  o’zining  sodiqligini  bildirish  uchun  papa 
oyoqlari	ni o’pishi ham aytib o’tiladi. 	 	
Bunday  vaziyatlardan  so’ng  Grigoriy  VII  shunday  xulosalarga  keladi, 	
knyazlar  papaning  bevosita  vassallari  bo’lib,  ularning  qo’lidan    lenlar,  qirollik  va 
imperatorlik  huquqini  oladilar  va  buning  evaziga  vassalik  sodiqligini 	– fidelitas  et 	
hominium  bildirishlari  kerak  bo’lgan.  Bundan  tashqari,  len  tuhfalari  merosiy 
bo’lmagan  bo’lib,  hatto  “adolatli  qirollar”  o’z  hokimyatini  meros  qoldirishlari 
mumkin emasdi. 	 	
Grigoriy  VII  monarxiyani  meros  sifatida  qoldirishini  tanqid  qilib,  bu	 	
imperatorni  saylovchi  yirik  german  knayzalariga  to’g’ri  kelmasligini  juda  yaxshi 
anglagandi.  Ammo  Grigoriy  VII  imperatorlikka  nomzod  oliy  imperatorlik 
hokimyatini  bevosita  papa  qo’lidan  olishlarini  talab  qilgan.  Bu  bilan  papa 
imperator  hokimyatini  kuchsiz	lantirib,  uni  knyazlar  o’rtasidagi  taxt  uchun  doimiy 	
kurashlarga aylantirimoqchi bo’lgan. 	 	
Imperatorga  keyingi  kurashlarda  jiddiy  zarba  berish  uchun  shaxsan  o’zi 	
Kapuyaga borib, normann gersoglari Richard va Gyuiskar bilan ittifoq tuzadi. Ular 
esa  o’z  navb	atida  o’zlarini  papa  vassallari  deb  tan  oladilar.  Bunday  ishlarni  u 	
Shimoliy  Italiya  va  Saksoniyada  ham  olib  boradi  va  bu  bilan  ularni  imperiyadan 
ajratmoqchi bo’ladi. 	 	
Ammo Grigoriy VII ning german imperatori Genrix IV ni investituradan voz 	
kechish  va  uni	ng  hokimyatini  mulklari  bilan  birga  cherkov  apparati  qo’l  ostida 	
ushlab  turish  harakatlari  papa  kutgan  natijalarni  ko’pam  olib  kelavermaydi. 
Imperator hokimyatining  diniy  knyazlar va  ularning  yirik  mulklari  ustidan ketishi, 
Germaniyani to’liq qulashiga oli	b kelishi va hatto davlat birligining yo’q bo’lishiga 	
sabab ham bo’lishi mumkin edi. 	  Bu  vaqtda  imperator  g’aznasi  to’liq  bo’shab  qolinadi.  Hatto  imperatorning 	
harbiy  qudrati  ham  kuchsizlanadi.  Dunyoviy  knyazlar  esa  imperatorning 
kuchsizlanishini istashgan	i uchun papani qo’llab quvvatlaydilar. 	 	
Ammo  qirol  etib  saylangan  knyazlardan  biri  kuchli  markaziy  hokimyatning 	
himoyachisiga  aylanib,  diniy  investituraning qolishini  shart deb  hisoblardi,  chunki 
cherkov hisobiga u imperiyani kengaytira olardi. Masalan, pa	pa yordamida Genrix 	
IV  ga  qarshi  sifatida  saylangan  Rudolf  Shvabskiyning  o’zi  imperiyaning  moddiy 
asosini  yo’q  qilishni  istagan  homiysi  Grigoriy  VII  ning  talabiga  qarshi  bosh 
ko’taradi. Rudolf papaga yepiskoplarni tayinlash huquqini berishni tad etadi. 	 	
Ge	nrix  IV  Grigoriy  VII  ga  qarshi  o’ziga  bo’ysunuvchi  Ravenna  yepiskopi 	
Vibertni Kliment III nomi ostida papa (antipapa) etib ko’taradi. Kliment III Genrix 
IV  ga  imperatorlik  tojini  kiydirishi,  Grigoriy  VII  ning  katta  mag’lubiyati  bo’ladi. 
Butun  Yevropa  bo’yl	ab  Grigoriy  VII  ning  legatlari  tarqalishib,  davlatlarning  ichki 	
ishlariga aralasha boshlaydi.  	 	
Grigoriy  ular  orqali  hukmdorlarning  papaga  bo’ysunishlarini  talab  qilgan. 	
Venger  qiroliga  yozgan  xatida  papa  shunday  deydi:  “Venger  qirolligi  muqaddas 
taxtga  te	gishli,  uni  qirol  Stefanga  Avliyo  Pyotr  bergan”.  Fransiyada  papa 	
legatlarining faoliyati o’rta va quyi ruhoniylarining noroziligiga sabab bo’ladi. 	 	
Nuayon va Kambrada papa legatlari paydo bo’lishganda ular haqida shunday 	
deyilgan:  “Din  niqobi  ostida  ularni	 uni  yo’q  qilishni  istardilar  va  o’zlarini  yomon 	
ishlarni  olib  borardilar.  Reyms  arxiyepiskopi  Manassiyning  aytishicha,  legatlar 
adolatsizlik  ishlarini  olib  borardilar.  Manassiy  bu  so’zi  uchun  o’z  lavozimidan 
bo’shatiladi,  ammo  papa  legatlari  Kambrada  olom	on  tomonidan  o’tda  tiriklayin 	
yondiriladi.  Turda  isyonchilar  cherkovni  talab,  Rimning  tarafdorlarini  o’ldira 
boshlaydilar. 	 	
Cherkovdan  chetlashtirish  tahdidi  tufayli  fransuz  qiroli  Filipp  I  antipapalik 	
harakatlarini  bostiradi,  ammo  Filipp  I  ning  o’zi  Grigo	riy  VII  ning  talablariga 	
boy’sunmaydi,  investitura  Fransiyadagi  qirol  hokimyatida  saqlab  qolinadi.  Angliyada  papa  katta  yutuqlarga  erishadi.  Vilgelm  Fotih  unga  vassalik  to’lovini 
to’lashni boshlaydi. 	 	
Papaning  mavqei  o’sa  boshlaydi.  Hatto  knyaz  Yaroslav  Do	nishmandning 	
o’g’li  Izyaslav  Kiyev  taxtini  egallash  uchun  papa  yoniga  o’z  o’glini  jo’natadi. 
Girigoriy  VII  unga  yordam  berishini,  ammo  evaziga  u  o’zini  papa  vassali  deb  tan 
olish shartini qo’yadi. Uning normannlar bilan aloqalari juda yaxshi bo’lgan. 	 	
1084	 yili  u  normannlardan  Kliment  III  va  imperator  qo’shiniga  qarshi 	
kurashda  yordam  so’raydi.  Ular  qo’shinni  yengib,  Rimni  talay  boshlaydilar.  Rim 
aholisi  papaga  qarshi  isyon  ko’tradilar.  Natijada  Grigoriy  normannlar  yoniga 
yordam so’rab boradi. Ammo uni ola 	olmagach, 1085 yili Salernoda xoru zorlikda 	
vafot etadi. 	 	
1122  yili  Vorms  konkordati  imzolanadi.  Konkordatda  ikkita  invistitura 	
belgilab  olinadi.  Endi  yepiskoplar  rohiblar  tomonidan  saylanadigan  bo’ladilar. 
Saylangan  yepiskopni  esa  imperator  tasdiqlash  huq	uqiga  ega  bo’ladi.  Saylangan 	
yepsikopga  imperator  tomonidan  uzuk  berilgan  bo’lsa,  papa  tomonidan  esa 
hokimyat  ramzi  sifatida  hassa  berilgan.  Papalar  tominidan  qirol  va  imperatorlarga 
qo’llangan eng katta jazo interdikt bo’lgan, ya’ni u cherkovdan chetlasht	irilgan deb 	
e’lon  qilingan.  Bu  esa  imperator  yoki  qirolga  xizmat  qilish  uchun  va’da  bergan 
knyazlarni o’z majburiyatlaridan ozod qilgan.	 	
Papalarning  Rimdan  Avonionga  ko'chishi  keyinchalik  o'ziga  xos 	
muommolarni  keltirib  chiqardi.  Imperiya  va  Papalik  o'rtas	idagi  munosabatlar 	
1314	-yildan  boshlab  anchayin  keskinlashdi.  Bunda  kurfyuristlar  kollegiyasida 	
Lyudvig Bavarskiy 5 ta ovoz, Fridrix Gabsburg	- 2 ta ovozga ega bo'lgan edi. 	 	
Lyudvig  tarafdorlari  «Axen»  qonunlariga  ko'ra  toj  kiyish  va  saylanishiga 	
ovoz bersa	lar,  Fridrixning  do'stlari  «Bonne»  g'ayriqonuniga ko'ra  saylanishi va  toj 	
kiyishi kerak deb hisobladilar. Papa imperator tojini kutardi. Ioann XXII papalikka 
1316	-yilda  saylandi,  qonuniy  imperator  yo'qligi  'sababidan  Italiyada  vakilni  o'zi 	
tayinladi  va  imp	eriya  boshqaruviga  o'z  a'zosini  jo'natdi.  Lyudvigning  Myuldorf  (1322)  dagi  urushda  Fridrix  ustidan  qilgan  g'alabasi  natijasida  papa  o'z 
imkoniyatlarini  qo'ldan  boy  berdi.  Lyudvig  askarlari  Milanda  papa  garnizoniga 
zarba  berdi,  qator  shimoliy  shaharlarida  g	ibellin  partiya  vakillari  Lyudvig 	
imperatorligini  maqulladi.  Papa  Ioann  XXII  1323	-yilda  Lyudvigning  bu  ishini 	
«Rim  qirollik  va  imperator  huquqlari  tituliga  zid  va  Milan  yeritiki  Viskontiga 
ko'maklashgan  kishi  sifatida  uni  juda  qoraladi.  Lyudvigni  cherkovda	n 	
chetlashtirish  xavfi  ostida  3  oy  ichida  u  papa  bilan  bo'lgan  muomalasida 
aybsizligini isbotlab berishi kerak edi. Ioann XXII imperatordan yozma izoh qabul 
qilishdan  bosh  tortishi  natijasida,  Lyudvig  va  papa  o'rtasidagi  munosabatlarda 
keskinlik boshlandi.	  	
Bu  munosabatlarda  Lyudvig  imperiyaning  fuqoralar  urushidan  norozi 	
bo'lgan  shaxarlari  va  loann  XXII  ning  moliyaviy  zug'umlaridan  norozi 
bo'lganlardan  foydalandi.  Papa  siyosatida  soliq  yig'uvchilar  va  «muqaddas 
qashshoqlik»  voizlari  fikrlaridan  va  ko'rsatm	alaridan  norozilar  va  ularga  qarshi 	
kurashuvchilar  kun  dan  kim  o'sib  bordi.  Ammo  undanda  daxshatliroq  narsa  bu 
shavqatsizlik timsoli bo'lgan inkvizitsion tribunallardan foydalanish bo'lgan. Ioann 
XII  spiritualistlarni  taqib  ostiga  olgan  edi.  1321	-yilgi  bul	laga  ko'ra  Xristos 	
xususiylik  va  qashshoqlik  to'g'risida  qanday  fikrda  bo'lganligi  to'g'risida  bahs 
yurutishni  taqiqlab  tashladi.  1323	-yilda  Ioann  endilikda  Bibliya  kambag'allik  va 	
bechoralik  yerislikni  keltirib  chiqaradi  degan  g'oyani  «ideallashtirdi».  13	23	-yilda 	
fransisk  ordeni  vakili  general  Chezenni,  1327	-yilda  Lyudvig  Bavarskiyni  taqib 	
ostiga  oldi.  1329	-yilda  inkvizitsiya  natijasida  «chap»  fransiskanlar  yo'q  qilindi. 	
Inkvizitsiya va diniy kurash ketayotgan bir vaqtda bir qancha yorqin asarlar yuzaga 
ke	ldi. Bu asarlarning mualliflari Marsiliy Padunskiy (1278	-1343) italyan siyosatchi 	
va  faylasufi  uning  mashxur  «Tinchlik  himoyachisi»  nomli  asari  Jan  Janden  bilan 
birgalikda  yozilgan  bo'lib,  unda  papa  siyosati  qoralangan.  Italiyaning  birlashuvi 
tarafdori. 	 	
U	ilyam  Okkam  (1285	-1349)  ingliz  faylasufi,  nominalizm  yo'nalishining 	
yorqin  vakili.  Cherkov  iyerarxiyasini  yo'qqa  chiqarishga  intilgan.  Marsil  Paduanskiy,  Uilyam  Okkam  va  Jan  Jandenlar  o'sha  davr  uchun  yangi  g'oyalar  va 
fikrlar ijodkori sifatida jarangladi.	 Bu kitoblarda ular cherkov papasiz ham mavjud 	
bo'laolishi,  xristian  jamiyati  haqida  so'z  yuritdi.  Xattoki  muqaddas  o'z  qonunlarini 
qabul qildirishga harakat qildilar. 	 	
Birinchidan,  Marsiliy  Padunskiy  va  uning  zamondoshlari  asarlarida  papaga 	
qarshi  ruhiyat	 kuzatilgan  bo'lib,  u  diniy  tilda  emas  siyosiy  va  «xalq»  so'zi  bilan 	
yozilgan  edi.  Hukmron  sinf  va  cherkov  zulmidan  qiynalgan  keng  xalq  ommasini 
panflet  tili  juda  qiziqtirib  qo'ygan  edi.  Xattoki  Marsiliy  Padunskiy  va  Uilyam 
Okkamning  siyosiy  shiorlari  ta's	iri  ostida  ularga  monax  Ioxim  Florskiy  izdosh 	
sifatida  ergashdi.  Bu  shiorlar  yorqin  ravishda  Dantening  «Ilohiy  Komediya»  sida 
o'z aksini topdi. 	 	
Mistik	-siyosiy  fikrlar  feodalizmga  qarshi  turdi,  papa  esa  bunga  kuchli  va 	
aniq  javob	-inkvizitsiya  bilan  javob  q	aytardi.  Bu  jarayon  100 	-yil  oldin  Fransiyada 	
bo'lgan  edi.  Endilikda  bu  jarayon  Germaniyada  borardi.  Bu  vaqtga  qadar 
Germaniyada yeritiklarni ta'qib qilish bilan yepiskoplar shug'ullangan. 1336	-yildan 	
bu  yerda  papa  inkvizitsiyasi  shakillandi.  Avgustin  mona	xi  Ioardan  Saksoniyaga 	
inkvizatorlik  qilish  vakolatini  oldi  va  tezda  Agnermyundedagi  yeritik 	-	
lyutsiferianlar  uyasiga  hujum  uyushtirdi.  14  kishi  o'tda  kuydirildi,  keyin  Ioardan 
Erfrutga oshiqdi. U yerda Konstantin degan kimsa o'g'li o'lgandan so'ng 3 kun o	'tib 	
qayta  tuzilganligini,  u  Xudo  ekanligini  da'vo  qilib  yurganini  eshitdi.  Bu  gaplardan 
shubhalangan  Ioardann  Erfrut  atrofida  Konstantinning  izdoshlarini  unga 
ergashuvchanlarni  izlab  topdi.  Ioardann  tezda  Germaniyada  shunday  qo'rqinchli 
odamga  aylandiki  u	ngacha  100	-yillar  davomida  Margburlik  Konrad  cherkovning 	
eng  yaxshi  apostoli  hisoblanardi.  Uning  kuchli  2  yillik  faoliyatidan  so'ng  u 
g'azablangan xalq tomonidan o'ldirildi. 	 	
Papalik  bor  og'irligini  Germaniyaga  tashladi.  Italiya,  Angliya  va  Fransiyada 	
ham 	bo'y ko'rsatgan bo'lsada, ammo bu jarayon Germaniyada ayniqsa kuchli bo'ldi. 	
Papaning  bu  kuchli  ekspluatatsiyasi  Germaniyada  keng  xalq  ommasining 
noroziligini  keltirib  chiqardi.  Hattoki  monastrlarda  ham  «avinion»ning  pullik  talablaridan  norozilik  kayfiyati	 	yuzaga  keldi.  Papa  tezda  Germaniyada  o'z 	
mavqeyini yo'qotdi. 	 	
Avinionga  savdogarlik  dushmanona  qarashda  edi.  Bu  kurashda  Strasburg 	
oldingi  qatorda  edi.  Shaxar  hokimiyati  rohiblarni  papa  buyruqlarni  bajarganligi 
uchun  ularni  shaharni  tark  etishga  majburlad	ilar.  1331	-yilda  Tyurex  shaxri  papa 	
xizmatchilarni  o'z  devorlari  qurshoviga  sig'dirolmadi.  Konstans  magistrati  diniy 
jamoadan  o'z  vazifasini  dangasalik  qilmasdan,  halollik  bilan  bajarishni  talab  qildi. 
Reytlengenda shaxar kengashi ovoza qildiki, kimda kim 	papa ostidagi xizmatkorni 	
qabul qilsa, 15 funt jarimaga tortiladigan bo'ldi. 	 	
Papaning ekspluatatsiyasiga qarshi barcha shaxarlarning demokratik qatlami 	
qarshi  chiqdi.  Shunday  qilib  Nyurenburg  oligarxlari  Rim  klirlari  bilan  yonma	-yon 	
kurashga tushdi va gal	aba qozondi. 	 	
Nemis  shaxarlarida  idora  qilish  boylar  qo'lida  emasligi  sezilardi.  Lyudvig 	
Bavarskiyning o'zi boylikka muhtoj edi, shuning uchunham hokimiyatni papa bilan 
bo'lishni  istamasdi.  Lyudvig  Avinion  papalarining  siyosatiga  qarshi  turardi. 
Tabiiyki  b	unday  sharoitda  yerislik  harakati  to'siqsiz  rivojlanar  edi.  (beggard, 	
lyutsiferian, va boshqalar). 	 	
«Dehqonlar  urushi  davrida  Germaniya»asarining  muallifi  F.  Engels 	
yozishicha  o'rta  asrlardagi  yerislik  harakatlari  asosan  papaga,  uning  boylikka  va 
siyosiy  h	olatiga  qarshi  qaratilgan  edi  deydi.  1328	- yilda  Lyudvig  Korbaridan 	
fransuz monaxi Pyotrni Nikolay V nomi bilan papalikka sayladi va Rimga jo'natib 
yubordi.  Ioann  XXII  bundan  juda  g'azablandi.  Lyudvig  tayinlagan  bu  papaning 
hech  qanday  huquqi  yo'qligini  ay	tib  uni  yeritik  va  jinoyatchi  sifatida  qoraladi.  Bu 	
yerda chunki Lyudvig Rimni tark etgach, papa Nikolay V «homiysiz» qolgan edi. 	 	
Aviniondagi  papa  hokimiyati  Italiyadagi  papalik  ishlarini  rad  etdi.  Papa 	
viloyatidagi  uncha  katta  bo'lmagan  alohida  kuchli  fe	odallariga  ega  bo'lgan  bu 	
respublika. Rimning bu ichki shaxrida harbiy	-feodallar guruhlari orasida hokimiyat 	
uchun  kurash  va  shaxarning  hunarmandlari  orasida  janjallar  to'xtovsiz  bo'lib  turgan, Aholi orasida kezib yuruvchi darbadarlar kuchaydi. Bular qator	ida va Rim 	
aholisining katta qismi orasida Dante va Petrarka asarlari keng tarqalgan bo'lib, bu 
asarlarda  Avinion  papalari  fosh  etiladi,  Rimning  buyukligini  qayta  tiklashga 
chaqiriladi. 	 	
Petrarkaning  butun  g'azabi  umr  bo'yi  aroqxo'r  bo'lgan  papa  Benidikt  X	II  ga 	
(1335	-1342) ga qaratilgan edi. Benidikt XII Aviniondan ketishni umuman istanmas 	
edi,  u  Fransuz  qirolining qanoti ostida  «ryumka  ketidan  ryumka»ichib  maza  hayot 
kechirgan.  Keyingi  papa  Innokentiy  VI  (1352	-1362)  Virgiliya  lotincha  poetidan 	
sitata  kelti	rgani  uchun  jodugarlikda  aybladi.  Petrarka  bilan  Kola  di  Riyenso 	
xursandlik  bilan  uchrashdi.  Kola  di  Riyenso  gumanist  edi.  Rim  shaxarlarining 
asosiy  ommasi  unga  ergashar  chunki  u  og'ir  soliqlarni  bartaraf  qilish,  mahalliy 
baronlarga  qarshi  kurashib,  qoloq 	va  hozirda  ojiz  bo'lgan  papa  davlatini  tartibga 	
soladigan  bir  qancha  o'zgarishlar  qilish  tarafdori  edi.  Uning  bu  chaqiriqlari  bilan 
1340	-yilda ko'p kishi unga xayrixoh ekanligi ma'lum bo'ldi. 	 	
1347  yilda  u  Kapitoliy  saroyini  egalladi.  Bu  senat  qarargohi  ed	i.  U  qal'ani 	
tortib  oldi.  Qurolli  harakat  bilan  og'ir  soliqlar  soluvchi  feodallarni  qamalda 
qoldirdi. 	 	
Kola  di  Riyenso  buyruq  berdiki  «Papa  va  cherkov  Rim  viloyati  hududida 	
yagona  senordir»  Rim  shaxrida  papa  gerbidan  boshqa  barcha  gerblarni  yo'q  qildi. 
Kol	a di Riyensoning Italiyani Rim boshchiligida shaharlarini federatsiyasini tuzush 	
niyati bor edi. Rimdan siqib chiqarilgan Kola di Riyenso o'sha vaqti Germaniyaga 
ketdi.  Ammo  imperator  Karl  IV  unga  yordam  beraman  deb  chaqirib  oldi.  Uni  esa 
achchiq  qismat  ku	tardi.  Kola  di  Riyenso  kelgach,  Karl  IV  papa  Kliment  V  ga 	
«papaga imperatorning sovg'asi» deb Kola di riyensoni pfpaga tutib berdi. Kliment 
VI  vafot  etgach  Innokentiy  VI  1352	-yilda  papalikka  saylandi.  U  1362 	-yilgacha 	
papalik  qildi.  Shu  davr  davomida  u  Kol	a  di  Riyensoni  maqsadlarini  Rimni  ozod 	
qilish istagi yo'lidagi harakatlarini tushunib yetdi va uni Rimga «senator « sifatida 
jo'natdi. 	  Avinion  kuriyasi  uni  qo'llagan  bo'lsada,  ammo  bu  ko'pchilikka  yoqmadi. 	
1354	-yilda  Riyenso  qo'zg'olon  mahalida  o'ldi.  Riy	enso  bilan  soliq  siyosati 	
masalasida  kelishmovchilik  kelib  chiqqan  edi  va  shaxarliklar  bilan  dushmanchilik 
kayfiyati kelib chiqdi.	  	
Rimda  u  kardinal  Albarnosaga  yordamchi  sifatida  jo'natilgan  edi.  Shunday 	
bo'lsada,  Kola  di  Riyenso  o'limidan  so'ng  papalar  a	gar  Avinionda  qolishda  davom 	
etsa  butun  hokimiyatdan  ajrab  qolishni  ularga  tushuntira  oldi.  Papa  viloyatidagi 
shahar davlatlar bilan mayda va katta amal egalari birlashdi. Florensiyada Medichi, 
Bolonyada  Bentivolye,  Milanda  Sforsa,  Ferrarida  Este,  Perudjad	a  Boloni 	
papalikdan  alohida  «mustaqil»  bolgan  davlat  tuzish  harakatini  boshladi.  Bu 
harakatlarning  asosiy  boshida  florensiya  turardi.  Bunday  vaziyatdan  so'ng  papa 
ancha  tashvishda  qoldi.  Papa  Urban  V  (1362	-1370)  Italiyaga  qaytish  kerakligini 	
anglab yetdi. 	 	
Grigoriy  XI  (1370	-1378)  so'nggi  Avinion  papasi  bo'ldi.  Florensiya  bilan 	
bo'lgan  urushda  u  Rimdan  ajralib  qolishi  mumkinligi  xavfi  uni  Rimga  ko'chib 
o'tishga  undadi.  Grigoriy  XI  o'limidan  sal  oldin  Angliya  siyosatiga  keskin  fikrda 
bo'lgan  edi.  Viklif  degan	 yeris  o'z  kitobida  papa  va  uning  yordamchilari  orasida 	
keng  tarqalgan  yovuz  illatlarni  ochiq  oydin  isbotlab  berdLViklif  cherkovning 
shaxsiy  boshqaravidagi  huquqlarini  inkor  qildi.  Grigoriy  XI  Viklifni  18  yeristik 
«holati»  uchun  qamoqqa  olishni  buyuradi.  B	iroq  Oksford  universiteti  Viklifni 	
qamoqqa  olinishiga  qarshi  turadi,  uni  kitoblarida  hech  qanday  yeritik  g'oyalarni 
yo'qligini isbotlashga harakat qiladi. Bu papalik uchun katta zarba bo'lgan. 	 	
1378	-yilda Grigoriy XI vafot etadi va 75 yillik uzilishdan so'	ng Rimda yangi 	
papa saylanadi. Tanlangan 16	-kardinaldan 11 tasi fransuz, 4 tasi italyan, ltasi ispan 	
edi.  U  juda  o'zboshimcha,  o'zbilarmon  chiqib  qolgan  edi.  Bu  hatti  harakatlari 
albatta  fransuz  qiroli  noroziligiga  sabab  bo'ldi.  Papadan  kardinallar  kollegi	yasi 	
norozi  edi,  unga  o'rganib  qolgan  bo'lsalarda,  injiqliklariga  bo'ysungan  emas. 
Kollegiya allaqachon o'ziga yetarli darajada byurokratiya tuzib olgan edi. 	  Fransuz qiroli Karl V ning qo'llab quvvatlashi natijasda fransuz kardinallari 	
fransuz  Kliment  VII	 ni  papa  qilib  sayladilar.  Kliment  VII  nomi  bilan  papalikka 	
saylangan  Robert  Jeenevskiy  (1378	-yildan  to  1394  yilga  qadar  shu  lavozimda 	
faoliyat yuritdi. )	 	
Bu  ikki  papalik  deyarli  40	-yil  davom  etdi.  1378	-yildan  to  1417	-yilga  qadar. 	
Shu tariqa katolik cherko	vining birligi buzuldi. Bir vaqtda papalar ikkita bo'ldi	-biri 	
Rimda,  ikkinchisi  Avinionda  edi,  ular  bir  birlarini  qarg'aganlari  qarg'agan  edi. 
Urban  VI,  Rimda  o'tirardi,  ko'psonli  dushmanlari  bilan  hisoblashish  uchun  unda 
yordam beradigan kuch yo'q edi, un	ga yarasha unda pul ham yo'q edi. Kliment VII 	
esa  Avinionda  Fransiya,  Kastiliya,  Aragon,  Neopol  va  Shotlandiya  cgerkovlari 
orasida  harakatlanar  bevosita  Fransiya  qiroli  qo'llab	-quvvatlar  edi.  Urbanning 	
1389	-yilda o'limidan so'ng papa xazinasi bo'm bo'sh ed	i. Uning davomchisi sifatida 	
saylangan  Bonifatsiy  IX  Lukkeda  bankirlar  uyidan  3ming  florin  qarz  ko'tarishga 
majbur  bo'ladi.  Yevropaning  bir  xil  mamlakatlari  bir  papani,  boshqalari  ikkinchi 
papani  tan  olgan  edilar.  Urban  VI  bilan  Kliment  VII  vafot  etganlari	dan  keyin, 	
ularning vorislari ham xuddi shu zaylda saylandilar. 	 	
Katolik  cherkovining  ajralishi  doimiy  ajralishga  aylanib  qolish  xavfini 	
tug'dirar  edi.  Urban  VI  dan  keyin  papalikni  egallagan  Bonifatsiy  IX  ning  asl  ismi 
Pyetro  Tomachelli  bo'lib,  13  56	-1404 	yillar  oralig'ida  yashab  o'tgan.  Papalikka 	
1389	-yilda o'tiradi. l404	-yilning 1 oktabriga qadar. 	 	
Urban  VI ga hattoki kardinallar  ham  qarshi  chiqib  uni  vazifasidan  chetlatib, 	
hayotligidayoq  yepiskop  saylashni  reja  qiladi.  Kardinallarning  bu  rejasi  Urban  VI 
ga ma'lum bo'lib qoladi va Rimdan Genuyaga qochib ketayotgan yettida kardinalni 
qamoqqa oladi.  Yo'lda  u  qopga  5ta  kardinalni  solib,  dengizga  tashlaydi.  Butub bir 
yil davomida papasiz qoladi Rim.  Xullas papalar» dunyo poytaxti» bo'lgan Rimda 
bo'lishni istam	as edilar. 	 	
Bu  davrda  Rim  yana  o'z  «devori»  ichida  xuddi  feodal  urug'lar  kabi 	
hokimiyatni  egallab  tinch  aholini  talash  va  o'z  raqiblarini  o'ldirish  bilan  shug'ullanishgan.  Ular  ham  xuddi  papa  kabi  mag'lubiyatga  uchragach  Neopolitan 
qirolidan  yordam  so'rab 	murojaat  qiladi.  Rimda  amalda  papadan  ko'proq  Neopol 	
boshqargan.  Papa  viloyatining  provinsal  shaxarlarida  yirik  yer egalari  aristokratlar 
va plebiy partiyalari o'rtasida kurash avj oldi. 	 	
Dushman  tomonda  ko'p  tomonlama  baravar  g'alabaga  erishish  uchun 	
shan	sga  ega  edi.  Papa  viloyatidagi  barcha  joy  da  sodir  bo'layotgan  fuqorolar 	
urushining bosh sababi ochlik va qashshoqlik edi. 	 	
Kampi  va  Blondus  yozishmalarida  papa  davlatidagi  qishloq  tipidagi 	
shaharlarni  ozod  qilish,  qator  ozod  qilingan  joylarda  krestiyanlik	ni  yo'q  qilish, 	
mayda  dvoryanlarning  qarovsiz,  tashlandiq  qolgan  yer  uchastkalari  o'rmonlar  va 
boshqa  hodisalar  haqida  ma'lumot  beradi.	 Butun  Papa  oblasti  bu  yillarda  alohida 	
kommunalarga ajraldi, har biri bir biridan farq qilgan boshqaruv shaklini oldkbir	ini 	
boshida  «mustabid  hokim»  tursa,  boshqasi  respublika  edi,  uchunchi  birlari 
Bonifatsiy  IX  ning  «ozod  xiroj  to'lovchilari»ga  aylandi. 	Masalan  kichikkina 	
Chittadi	-Kastello  har  yili  bir  ming  oltin  florin  to'lab  10	-yil  avtanom  kommuna 	
bo'laolardi.  Fermo  va  A	skol  esa  bu  ozodlikni  2  ming  florin  hisobiga  ololdi. 	
Bolonya  ishonchi  bo'lmagan  g'alaba  tufayli  5  ming  florin  badaliga  25	-yillik 	
ozodlikni  qo'lga  kiritdi.  Shaharlardan  birqanchasi  «ozodlik  muddati»ni  uzaytirish 
maqsadida  qaytadan  shartnoma  tuzadi.  Va  bu  ik	ki  tomon  uchun  ham  manfaatli 	
bo'laolardi.  Papalar  biri  boshqa  joyda  yana  biri  boshqa  joyda  turib  kurash  olib 
bordi. 	 
Papalarni  kimlar  qo'llab  quvvatlagan?  Fransiya  bilan  aloqada  bo'lgan  qator 	
mamlakatlar  Kliment  VII  (1378	-1394)  atrofida  guruh  bo'lib  to'pla	ngan  bo'lsa, 	
anglosakson va nemis knyazlari Urban VI ni o'z papalari deb bilishardi. 	 	
G'arbiy  Yevropada  bo'layotgan  diniy  inqirozlar  adabiyot  vakillarining  ham 	
e'tiboridan  chetda  qolgan  emas  edi.  Masalan  Petrarka  o'zining  «Manzilsiz  xatlar» 
asarida  papa  po	ytaxtida  sodir  bo'layotgan  voqea  va  hodisalar  ustidan  kuladi. 	
Lenyandan  bo'lgan  kanon  Ioann  Urban  VI  huquqini  qonuniy  isbotlab  berib,  antipapa  Kliment  VII  ni  «daxshat»  bilan  xotirlaydi.  Klimanjadan  Nikolay  (1363	-	
1437)  ning  asarlari  ayniqsa  diqqatga  sazovor	 edi.  U  Parij  Universitetida  professor 	
bo'lib, “cherkov ajralishi haqida” nomli kitob yozadi. 	 	
«Ajralish  yuzaga  keldimi	-bularning  banning  tagida  pul  turubdi'  deydi 	
Nikolay.  Bir  vaqtning  o'zida  yerislik  harakati  ham  kuchayib,  rivoj  topib  bordi, 
birinchi o'r	inda aytish mumkinki 	-Valdenskiy turardi. 	 	
Valdensilar	-Lionlik  savdogar  Pyer  Valdo  1176	-yilda  o'zining  sektasiga  asos 	
soladi va bu uyushmasi papalikka qarshi chiqdi. Valdens harakatiga ergashuvchilar 
asosan dehqonlar, hunarmandlar edi va ular shimoliy ital	iya, Germaniya, Chexiya, 	
Ispaniya bo'ylab keng tarqaldi. 	 	
Cherkov  qattiq  taqib  ostiga  olgan  ularni.  Chuqur  diniy  inqiroz  bu  vaqtda 	
ijtimoiy  o'zgarishlarni  yuzaga  keltirdi.  yeritiklar  harakati  bilan  ijtimoiy  norozilik 
qo'shilib  ketdi.  Ikki  papalikni  tugatib	,  yagona  cherkovda  hokiimiyat  o'rnatish 	
borasida  gaplar  borardi.  Ammo  yagona  papa  saylanishi  borasida  biror  gapning 
amali  ko'rinmas  edi.  Yillar  davomida  bu  bu  ta'limot  yo'llari  berk,  to'pikdan 
chiqolmay  qiynalardi.  Ammo  aqlli  bo'lgan  qator  yeritiklar  ikki 	papalikni  tugatish 	
zarurligini uqtirardi. 	 	
Bu ta'limotni boshida Parij Universiteti turardi. Sobor chaqirilib ular xalqchil 	
shiorlar  bilan  chiqdi.  Ammo  na  Urban  VI,  na  Kliment  VII  papalikdan  voz 
kechishni  istamas  edi.  Xatto  ularning  o'limidan  key  in  ham  ya	gona  papa 	
saylanishiga  erisholmadi.  Keyin  ham  Rim  va  Avinionda  bir  biridan  mustaqil 
bo'lgan  doimo  dushmanlik  kayfiyatida  bo'lgan.  Yangi  papalar  saylandi.  Rimda 	-	
italyan  Bonifatsiy  IX  (1389	-1404)  undan  keyin 	- Innokentiy  VII  (1404	-1406)  va 	
Grigoriy XII (140	6-1415) papalik qildilar.	  	
Cherkov  birligini  qayta  tiklash  uchun  1409	-yili  Piza  shaxrida  katta  cherkov 	
sobori  chaqirildi.  Avinion  papasi  ham,  Rim  papasi  ham  o'z  hokimiyatlarini 
ixtiyoriy ravishda voz kechishdan bosh tortganliklari sababli Aleksandr V ni ya	ngi 	
papa  qilib  saylandi,  lekin  u  tez  orasida  vafot  qildi.  Shundan  keyin  uning  o'rniga  Ioann  XXIII  saylandi.  Ammo  bu  papaning  hali  unchalik  obro'si  yo'q  edi. 
Haqiqatdan cherkovdagi ajralish kuchayaverdi. 	 	
Ikki  papa  o'rniga  endi  uchta  papa  bo'ldi.  Piza  sobor	i,  shunday  qilib, 	
papalarning  ajralish  muommosini  hal  qilmadi.  1413	-yil  dekabr  oyida  Ioann  XXIII 	
rasmiy  ravishda  bulla  chiqaradi 	- Konstans  sobori  chaqirilishi  to'grisida.  Unda 	
asosan  knyazlar,  xristian  vakillari  ishtirok  etdi.  1414	-yil  5	-noyabrda  sobor  is	hi 	
ochiladi. Soborda 3 ta patriarx, 33 ta kardinal, 47 ta arxiyepiskop, 145 ta yepiskop, 
124  ta  abbat,  ko'plab  monaxlar  va  knyazlar,  davlat  amaldorlari  va  elchilar 
qatnashadi. 	 	
Shundan  qilib,  1414	-1418  yillarda  majlis  o'tkazgan  Kostans  sobori  nihoyat, 	
kato	lik  cherkovidagi ajralishni tugatishga muvaffaq bo'ladi.   Sobor  cherkov birligi 	
haqidagi  aqidani  buzganliklari  uchun  raqiblashib  yuruvchi  uchchala  papani 
o'rinlaridan  ag'darib  tashladi,  deb  e'lon  qildi.  Martin  V  (1417	-1431)  papa  qilib 	
saylandi.  Soborda  uch	ta  masala  bosh  asos  bo'lib  turardi.  Bular  katolik  cherkovini 	
himoya qilish ( yereslaar bilan kurash); cherkov yagonaligini qayta tiklash (papalar 
muommosi);cherkov  obro'sini  tiklash  kabi  masalalar  edi.  Shundan  keyingina  Rim 
papalarining  yana  doimiy  reziden	siyasi  bo'lib  qoldi  va  «Buyuk  Ajralish»  ga 	
nihoyat  barham  berildi.  Ingliz  reformatori  Jon  Veklifning  ta'siri  ostida  Gusning 
diniy  va  ijtimoiy	-siyosiy  qarashlari  ancha  rivoj  topdi.  Ammo  bir  qancha 	
masalalarda  Gus  Veklifdan  o'tib  ketdi.  Gusning  papalik  bilan	 munosabatlari 	
keskinlashib  murosasiz  tus  oldi.  Indulgensiyalar  bilan  savdo  qilishga  qarshi, 
cherkov yer egaliginning kuchayishiga qarshi, ruhoniylarning yanada ko'proq soliq 
undirishga harakat qilishiga qarshi, Gus juda keskin fikrda bo'ldi. 	 	
Gusning  faol	iyati  Praga  arxiyepiskopini,  so'ngra  esa  papa  kuriyasini  ham 	
unga qarshi oyoqlantirdi. Gusning toat ibodat qilishi man qilindi. U professorlik va 
rektorlik  lavozimlaridan  mahrum  etilib,  1412	-yilda  poytaxtni  tashlab  ketishga 	
majbur  bo'ldi.  Gus  yereslikda  ay	blanib,  1414	-yilda  Konstans  sobori  sudiga 	
chaqirildi 	  Gus  o'zi  aytganidek  haqiqatni  ochish  maqsadida  Konstansga  jo'nab  ketadi. 	
Ammo Gus Konstansga kelishi bilan tez orada qamoqqa olinadi. 1415	-yil 6 iyulida 	
Yan Gus Konstans maydonlaridan birida olovda kuyd	irildi. 	 	
Papalarning  Avinionda  bo'lishi  va  undan  keyingi  cherkovdagi  ajralish  faqat 	
Italiyadagina  emas,  balki  butun  G'arbiy  Yevropada  ham  papalikning  obro'sini 
tushurib  yubordi.  Milliy  davlatlarning  o'sishi  papalar  oldida  yangidan  yangi 
qiyinchiliklar  tug'	dirdi.  Ammo  Fransiya,  Angliya,  Ispaniya  kabi  yirik 	
markazlashgan  davlatlar  duchaygan  sari,  bu  davlatlarning  qirollari  papalar 
nazoratidan  va  avvalo  ularning  pul  tama  qilishlaridan  ozod  bo'lib,  o'zlarining 
cherkovlariga milliy mustaqillik berishga intilardi	lar. 	 	
Qirollar  o'z  mamlakatlarida  yepiskoplar  tayinlash  huquqini  o'z  qo'llariga 	
olishga  intildilar;  so'ngra  ular  papa  kuriyasi  foydasiga  to'lanadigan  to'lovlarni  har 
qanaqa  yo'llar  bilan  cheklab  qo'ydi.  Papa  hokimiyatini  cheklashga  va  mahalliy 
katolik cher	kovlariga ko'proq avtanomiya berish tendensiyasini ilgari surdi. 	 	
Martin  V  Konstans  soborini  chaqirgandan  keyin,  kechiktirmasdan  yangi 	
sobor  chaqirdi.  Ammo  Martin  V  bungacha  yashamadi.  l431	-yilda  Bazelda 	
(Shvetsariya)  yangi  sobor  yig'ilishi  chaqirildi.  144	8-yilda  Lozannaga  ko'chdi  va 	
1449	-yilda  nihoyasiga  yetdi.  Bu  davrda  papa  Yevgeniy  IV  saylangan  bo'lib, 	
soborda  u  o'z  hokimiyatini  chegaralashga  urunib  ko'rdi.  Salb  yurushlaridagi 
muvaffaqiyatsizliklardan  keyin,  cherkov  o'z  «ishlari»ni  himoya  qilishga  shosh	ildi. 	
Martin  V  ni  bu  soborni  tashkil  qilishdan  asosiy  maqsadi  1431	-yilda  cherkovni 	
isloh  qilish.  g'arbiy  va  sharqiy  cherkovlar  birligini  ta'minlash,  guschilar  bilan 
yuzaga kelgan harbiy harakatlarni bartaraf qilish edi. 	 	
Sobor  papadan  yuqori  turadi  va  sobo	r  papani  sud  qilishi  va  uni  o'rnidan 	
tushirishi  mumkin,  degan  rasmiy  qarorni  o'tkazishga  urindi.  Papa  Yevgeniy  IV 
(1431	-1447  )  boshchiligidagi  papalik  “yeritiklar”  sobori  bilan  qat'iy  kurash  olib  bordi.  Sobor  tarqatilgan  deb    e'lon  qilindi.  Ammo  sobor  a'zo	lari  papaga 	
bo'ysunishni istamay, Yevgeniy IV o'rniga Feliks V ni yangi papa qilib sayladilar.	 1  	
Yangi  ajralish  cherkovlarni  xavfga  solib  qo'ydi.  Ammo  milliy  davlatning 	
o'zlari orasidagi raqiblikdan foydalangan papalar bu xavf	-xatardan qutilib qoldilar. 	
Papa  fransuz  qiroliga,  german  imperatoriga,  uning  gabsburglardan  meros  qolgan 
yerlarida  va  boshqalarda  yepiskoplar  tayinlash  masalasida  yon  berib,  shuning  o'zi 
bilan  papa  Bazel  soborida  tantana  qilgan  milliy  oppozitsiyani  zaiflashtirdi.  Sobor 
tarkibi  kamayi	b,  keyin  o'z  ahamiyatini  yo'qotdi.  1438	-143  yillarda  papa  Ferrarda 	
boshqa sobor chaqirdi, tez orada bu soborni Florensiyaga ko'chirdi.

MAVZU: OʻRTA ASR FEODAL JAMIYATIDA XRISTIAN DINI VA CHERKOVI , UNGA QARSHI HARAKATLAR Reja : 1. Ilk o’rta asrlarda xrestian dinining markaziy Yevropa davlatlari tomonidan qabul qilinish jarayoni. 2. Xristian dinining majburiyatlari. 3. Janubiy sharqiy Yevro pa mamlakatlariga xristian dinining kirib kelishi. 4. O’rta asr feodal munosabatlarida cherkovning o’rni Xristian dinini tarqatishda Yevropadan chiqqan serg’ayrat rohiblarning xizmatlari katta bo’lgan ular dunyoning turli burchaklariga borib ham, xristian dinini tarqatishga kirishadi. Janubiy -sharqiy mamlakatlardan bo’lgan Chexiya Polsha, Bolgariya, rus yerlari va boshqalar ham bu dinni g’arbiy Yevropa davlatlaridan keyin qabul qilishadi. Xristian dinini keng tarqalishida Chexiya qiroli Vatslavning xizma tlari katta bo’lgan bu shaxs o’z davlatida birinchi bo’lib Avliyovit ibodatxonasini qurishadi. Keyinchalik uning din borasidagi qolgan ishlari ayrim kishilarning qarshilik noroziligiga aylangan. Shunday bo’lsada Chexiyada bu din keng tarqaldi. Dastlabki cherkov IV asrda qurilgan. Polshada cherkovlarning tashkil topishi umuman Chexiyada bu din keng tarqaldi. Dastlabki cherkov IV asrda qurilgan polilada cherkovlarning tashkil topishi umuman xristian dinining kirib kelishida Meilka 1 ning xizmatlari katt a bo’lgan. Rus davlatida esa xristian dinining tarqalishida Viladimirning xizmatlari katta xristian cherkovi g’arbiy Yevropa mamlakatlarida bo’lgani kabi markaziy

janubiy -sharqiy Yevropa mamlakatlarida ham o’zining feodallashuv jarayonida katta ta’sirga ega bo’lgan. Markaziy janubiy -sharqiy Yevropa mamlakatlarida xristian dini XII -XIV asrlarda ham tarqalayotganligini ko’rishimiz mumkin o’rta asrlarda cherkov Rim popolar dovesti tashkil etilgan bo’lib, o’zining kuchli ta’sirining tarqalishi va uning feoda llashuv jarayonini, cherkov soliqlari va majburiyatlarining qay yo’sinda bo’lganligiga guvoh bo’lamiz. Italiya zodagonlari va simonist ruhoniylar papa etib, o’zlarining tarfdori Benedikt X nomzodini qo’llab quvvatlaydilar. Bu bilan ular patar “yeresi”ga barham bermoqchi bo’ladilar. Chunki bu yereslik simonist ruhoniylarga qarshi qaratilgan, deb e’lon qiladilar. Benediktga islohotchilar qarshi chiqadilar. Ular cherkovni qayta tashkil etishni talab qiladilar. Ular patarlik ruhidagi shiorlardan foydalanadilar . Islohotchilarning yetakchisi Gildebrand edi. Dastlab u kam tarafdorlarga ega bo’lib, cherkov ma’muriyati simonist ruhidagi kishilar edi. Ammo Gildebrandni imperator partiyasi qo’llab quvvatlardi. Ularning maqsadi dunyoviy simonist feodallariga qarshi ku rashda cherkovdan yordam olish edi. Imperator antisimonistlari o’zlariga papa sifatida Nikolay II saylaydilar. Qurol kuchi bu ikki papadan qaysi biri hokimyatda qolishi kerakligini hal etishi kerak edi. Umumiy dushman oldida papa va imperator bo’lajak g’al abani bo’lishishni boshlamay turadilar. Jiddiy kurashda isolohotchilar g’alaba qozonishadi. Milan va Shimoliy Italiyadagi boshqa shaharlardagi patarlar ham bu kurashda o’zlarini g’olib deb hisoblay boshlaydilar va papa Nikolay II (1059 - 1061)ning saylanish ini tantanali ravishda nishonlaydilar. Patarlar ko’z o’ngida Nikolay II simoniyaga qarshi kurash ramzi bo’lgan. Papa va patarlar o’rtasidagi ittifoq ma’lum sioysiy chiziqga ega emasdi. Bundan tashqari, patarlar harakatiga papalik ko’p kuchini sarflardi. U tufayli papalik o’zining sinfiy dushmanlarini yengishga muvaffaq bo’ladi. Patarlik

harakatini rohiblar ham qo’llab quvvatlashgan. Imperator partiyasi Nikolay II ni papalikga ko’targach, undan o’z manfaatlari yo’lida foydalana boshlaydi. Nikolay II ning fa oliyati va imperator hukumatining ikki tomonlama siyosati Gildebrand boshliq islohotchilar noroziligiga sabab bo’ladi. 1059 yili Lateran soborida Nikolay II dekret chiqaradilar. Unga ko’ra endi papa faqat kardinal yepsikoplar tomonidan saylanishi, mulkdor magnatlar esa bunda ishtirok etmasligi belgilab olinadi. Imperatorda esa kardinallar jamoasi tomonidan saylangan papani tasdiqlash huquqi qoldiriladi. Bu dekret faqatgina feodallar huquqiga zarba bermay, balki imperator hukumatiga ham jiddiy zarba beradi. Nikolay II ning dekreti simoniyani rad etib, ruhoniylarning uylanishlarini ta’qiqlashga olib keladi. Nikolay II o’zining Lateran soboridagi dekreti sanksiyalaridan qoniqmaydi va o’z xizmatchilaridan simoniya va ruhoniylar nikoh qurishiga qarshi kurashish haqida qasam ichishlariga majbur qiladi. Cherkov islohotlariga qarshi harakatlar boshlanib ketadi. Bunga javoban Breshi, Kremon va Pyachentsda patarlar harakati boshlanib ketadi. Ular jiddiy tus ola boshlaydilar, imperatorning Nikolay II dekretini tan ol ishdan bosh tortib, 1061 yil Bazelda maxsus sinod (kengash) chaqiradilar. U yerda dekretlarning hech qanday kuchga ega emasligi, imperator hokimyati manfaatlariga zid ekanligi e’lon qilinadi. Bu sinodda faqat german ruhoniylari qatnashgan edi. Bazel sinod ining qarorlari amalga oshirilisa, ya’ni Nikolay II papalikdan tushirilsa, bu papa Nikolay II ning butun islohotlar siyosatining yo’q bo’lishini anglatardi. Ammo ishohot o’tkazish muhim edi. Uning o’tkazilishini Klyuni abbatligi (Burgundiya) boshchiligida gi rohiblar xohlashardi. Ularning maqsadi alohida feodal senorlarga qaraganda, ko’proq Rim bilan aloqalar olib borish edi. G’arbiy Yevropadagi ko’pgina rohiblik qarorgohlari o’zlarining markazi Klyuni bilan yaxshi munosabatlarda edi. XI – XII asrlarda kat olik cherkovida

rohiblik hayoti uchun islohotlar o’tkazish harakati boshlanadi. Uning markazi Klyuni monastiri bo’ladi. Klyuniychilar harakatining asosiy talablari rohiblar hayotida Benidikt Nursiyning ustavining amal qilinishi, liturgiya va ibodatlarnin g nazoratini tartibga solish kabilar edi. Bu harakat cherkov hayotiga dunyoviy hukmdorlarning aralashuviga qarshi norozilik belgisi bo’lgan. Klyuniy harakati yetakchilari simoniyani tanqid qilib, selibatning nazorat qilinishini talab qilganlar va monastir larning dunyoviy senorlar va yepiskoplar nazorati ostidan ozod etilishlarini ham talab etishgan. Klyuniy islohoti tufayli monastirlarda kutubxona tashkil etilib, rohiblarning bilim darajasi oshirilishiga imkon beradi. Islohotni Klyuni abbati avliyo Odon K lyuniyskiy boshlab bergan. Klyuniy monastiri ostida ko’pgina monastirlar ittifoqi paydo bo’ladi. Agar XI asrda klyuniychilik monastirlarining soni 30 ta bo’lgan bo’lsa, XII asr 1 -yarmida ularning soni mingtadan oshib ketadi. Islohot bo’lishining asosiy sa bablari quyidagilar: monastirlarni isloh qilish, ularga jiddiy ustavni o’rnatish, selibatning amalga oshirilishini qattiq nazorat qilish, simonyani ta’qiqlash, isloh qilingan monastirlarni dunyoviy feodallar va yepiskoplar nazoratidan to’liq mustaqil deb e ’lon qilib, bevosita papaga bo’ysunish. Klyuniy islohotlari keyinchalik Grigorian islohotlarining boshlanishiga asos bo’ladi. Papa esa o’z navbatida XI asrda hududida 3000 monastirlar bo’lgan Germaniya imperiyasi bilan kurashda bu monastirni o’ziga muhim tayanch deb qarardi. Ko’pgina bunday monastirlar juda boy bo’lib, o’zlarining imkoniyatlaridan keng foydalanishardilar. Masalan, Lorsh monastiriga Reyn bo’yidagi bozorlar tegishli bo’lib, ular Bazeldan to Mangeym, Bengisgeym, Veyngeym, Visloxgacha cho’zil gan bo’lib, bu bozorlardagi monopoliya lorshlik rohiblar qo’lida edi. Pryum monastirida esa 265 ta uzumzorlar bo’lgan bo’lib, yana shuningdek, yetarlicha o’rmonlar, 8296 ta

cho’chqalari bo’lgan. Sen -Medar monastiri (Suassonda) Lotaringiya va butun Maasa ha vzasida yarmarkalar ochish imkoniyatlaridan erkin ravishda foydalanishgan. Yaxshi tijorat yo’llari hisoblangan barcha Alpdagi so’qmoqlar monastirlarga tegishli bo’lgan. Myunster, Kurvald, Sen -Gallen va Sen -Deni monastirlari Italiyaga boradigan barcha yo’l larni o’z qo’llariga olishgandilar. Ko’pgina monastirlar tuz va vino sotishning monopol huquqidan erkin foydalanardilar. Sen -Gallen monastirida vino saqlash uchun hatto joy ham yetishmagan bo’lib, ular ochiq osmon ostida qolib ketardilar. Mauersmyunster mo nastiriga tuhfa etilgan gramotada aytilishicha, undan boshqa hech kim bu hududda vino sotish huquqiga ega bo’lmagan. Monastirlarning boyliklari, ularning feodal zodagonlar ta’siridan mustaqil bo’lish intilishiga olib keladi. Ammo feodallar bunga yo’l qo’y a olisha olmasdi. Bu esa ichki kurashlarning boshlanishiga sabab bo’ladi. Feodallar o’rtasidagi ichki kurashlarda monastirlar imperator hokimyatini qo’llab quvvatladilar, bu esa ularga imperator tomonidan ko’p sonli yorliqlar olishiga imkon berardi. XI as r boshidayoq rohiblar va ruhoniylar imperator hokimyatining xasisligidan, undan so’ng esa cherkov bilan bo’lgan dushmanlik munosabatlaridan shikoyat qilisha boshlaydilar. Feodal zodagonlar bilan birlashib, imperator hokimyatiga qarshi kurashishni rohiblar istamasdilar. Chunki bu ikki hukmron sinfning manfaatlariga bir -biriga zid edi. Shuning uchun rohiblar o’z muammolarini hal etishda papalikdan yordam so’raydilar. Butun g’arbiy cherkovlarning boshlig’i etib tan olinishi istagan papalar cherkovga katta ta’ sir o’tkazayotgan imperator va zodagonlarni o’z raqiblari deb hisoblar va norozi kayfiyatidagi rohiblar bilan birlashishga tayyor edilar. Dastlab ular markaziy hokimyatni yo’q qilishga kirishadilar. Shunday qilib, XI asr o’rtalarida Rim va rohiblar o’rtas ida ittifoq tuziladi. Biroq rohiblar papaga bergan yordamida monastirlarning to’liq mustaqil bo’lishi,