O’rta Osiyo xalqlari Turuk xoqonligi davrida dars ish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA ’ LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKUL ’ TETI 3-KURS TALABASI “ O’RTA OSIYO XALQLARI TUR U K XOQONLIGI DAVRIDA ” mavzusida OCHIQ DARS ISHLANMASI Samarqand 2024
7A-sinf “O’zbekiston tarixi” Darsning mavzusi: O’rta Osiyo xalqlari Turuk xoqonligi davrida mavzusi yuzasidan darsning texnologik xaritasi Mavzu O’rta Osiyo xalqlari Tork xoqonligi davrida Maqsad va vazifalar Ta'limiy: O'quvchilar bu darsda Turk xoqonligining vujudga kelishi, O’rta Osiyoning xoqonligi tarkibiga qo’shib olinishi bilan tanishadilar. Tarbiyaviy: Turk xoqonligi davrida ajdodlarimiz yuksak madaniyat cho’qqqisiga erishgan, Buyuk ipak yo’lida yaqqol yetakchi bo’lganligi faxrlanish hissini uyg'otadi. Rivojlantiruvchi: Ilm-fan sohasidagi serqirra faoliyati bilan tanishib, o'quvchilarda ilm-fan sirlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlari ortadi. O’quv jarayonining mazmuni Mirzo Ulug’bek va uning akademiyasi tushunchasi. Mirzo Ulug'bekning yoshlik yillari, Ulug'bek buyuk alloma, Ulug'bek akademiyasi. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Metod: Og'zaki bayon qilish, aqliy hujum. Shakl: Aralash. Jamoa, kichik guruhlarda ishlash. Vosita: O'qituvchi nutqi, Mirzo Ulug'bekning rasmi Samarqand va Buxorodagi madrasa, rasadxona rasmlari, darslik, daftar, proyektor, doska, bo'r. Usul: Tayyor yozma materiallar va ko’rgazmali vositalar asosida Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish Baholash: savol-javob orqali va guruh baholarini 5 balli tizim asosida Kutiladigan natijalar Mirzo Ulug'bekning astranomiya, matematika, tarix, musiqa sohasidagi kashfiyotlari bilan tanishgan o'quvchilar fanlarni yaxshi o'zlashtirishga bo'lgan intilishlari kuchayadi. O’qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilar faolligini oshiradi. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir vaqtning o’zida ko’pchilik o’quvchilarni baholaydi. O’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. O’quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Nutq rivojlanadi va eslab qolish qobilyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi.
Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi. Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar) O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish. O’quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganish. O’z fikrini ravon bayon qila olish. Shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topish , ularni o’rganish. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish. Darsning blok chizmasi: № Dars bosqichlari Vaqti 1 Tashkiliy qism 3 daqiqa 2 Uy vazifasini takrorlash. 8 daqiqa 3 Yangi dars mavzusi ustida ishlash 10 daqiqa 4 O'qituvchining qisqacha ma'ruzasi. 7 daqiqa 5 O'quvchilar tushunchasini aniqlash. 10 daqiqa 6 Dars yakunini chiqarish. 5 daqiqa 7 Uyga topshiriqlar. 2 daqiqa Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. 1. O’qituvchining salomlashishi, ishchi muhitni vujudga keltirish hamda murakkab va ijodiy ishga hozirlanish, dunyoda va O'zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish. 2. Yakka tartibdagi va nisbatlashtirilgan yozma topshiriqni bajaradigan o’quvchilar belgilanadi. 3. O’qituvchi o'quvchilarni darsning mazmuni va dars davomida egallanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar bilan tanishtiradi. 4. Darsning borish qismida o'quvchilarni guruhlarga bo'lish.
Yangi mavzu mundarijasini oldindan doskaga yoki vatman qog’oziga yozib qo’yish zarur. O’qituvchi guruhlarda ishlash qoidalarini ishlab chiqib o’quvchilarga tushuncha berib o’tadi. Har bir to’g’ri javob uchun rag’batlantirish vositalari berib boriladi. II. Uyga berilgan topshiriqni tekshirish. O'quvchilarni 4 guruhga bo'ling. 1-guruhga topshiriq. Algebra fanining asoschisi haqida ma'lumot bering? 2-guruhga topshiriq. Yevropada «Alfraganus» nomi bilan mashhur bo'lgan alloma haqida ma'lumot bering? 3-guruhga topshiriq. Astronomiyaga oid «Mas'ud qonuni» asarining muallifi haqida ma'lumot bering? 4-guruhga topshiriq. Yevropada Avisenna nomi bilan mashhur bo'lgan alloma haqida ma'lumot bering? III. Yangi darsni tushuntirish. O'qituvchi Mirzo Ulug'bek rasmini proyektor orqali ekranga tushiradi va yangi darsni bayon qiladi. Yoki Mirzo Ulug'bekning rasmi doskaga ilib qo'yiladi. Mirzo Ulug'bek tomonidan Samarqandda qurilgan madrasa va rasadxonani, Buxoroda qurilgan madrasaning rasmlarini dars jarayonida o'quvchilarga ko'rsatadi. 4-§. O’RTA OSIYO XALQLARI TURK XOQONLIGI DAVRIDA Reja: 1. Xoqonlikning tashkil topishi
2. Eft aliylar davlatining qulashi 3. Turk xoqonligining bosh q aruvi 4. Xoqonlikning bo’linishi Xoqonlikning tashkil topishi VI asr o’rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni bir- lashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilanirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin "xoqon" deb |’lon qilindi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g’arbga jmon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga "Yabg’u xoqon" Bgan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo’ysundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng o’lkalarni egallaydilar. Xoqonlik chegarasi Eftaliylar davlati hududlariga borib yondoshadi. I558-yilda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo’ylarini zabt etadi. 575-576- yillarda Shimoliy Kavkazning bepoyon yerlarini egallab, Qrim yarim oroliga kirib boradilar. Sosoniylar Toxariston va Chag’oniyonni efta li ylardan tortib oladilar. I llaliylar davlatining qulashi Turk xoqonligining eftaliylar bilan to’qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni Eron, so’ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftaliylar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo’lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531-579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o’zaro harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo’lishi orqali yanada mustahkamlanadi. Eron askarlarining Balxga hujumi ko’magida turklar 563-yiIda Eftaliylar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg’ol qilinadi. Sirdaryodan o’tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli jangda eftaliylar qo’shini yengiladi. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563-567- yillarda zarbaga uchragan Eftaliylar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so’ng, tamomila barbod bo’ladi. Natijada mag’lub davlatning merosi o’zaro bo’linib, Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar Eron, uning