O. Sharafiddinovning adabiy va tanqidiy tadqiqotlari
O. Sharafiddinovning adabiy va tanqidiy qarashlari Reja: 1. Ozod Sharafiddinov adabiy-tanqidiy faoliyati va uning o‘rganilishi haqida. 2. She’riyatning zukko tanqidchisi 3. Adabiy portret janri rivojida munaqqidning o‘rni. 4. Cho‘lpon ijodining tadqiqotchisi va jonkuyar targ‘ibotchi 5. Mohir qahhorshunos olim.
Ozod Sharafiddinov adabiy jamoatchilikka tanitgan jiddiy va salmoqli ishi “Lirika haqida mulohazalar” maqolasidir. Maqola lirika haqida 50-yillarning ikkinchi yarmidagi munozarada yalt etib ko‘zga tashlandi. 50-yillarning boshlarida avj olgan “konfliktsizlik nazariyasi” keltirgan oqibatlarni lirik she’rlar misolida ishonarli, ta’sirli tahlil etgan Ozod Sharafiddinov timsolida yangi tipdagi o‘zbek tanqidchisi shakllanib kelayotganligi ko‘rindi. Tanqidchi ijodi 60-70-yillarda sermahsul bo‘ldi. U davr adabiyoti va tanqididagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilib, umumlashtirib, ilmiy-biografik monografiyalari, adabiy portretlari, muammoli maqolalari bilan adabiy tanqid ko‘lamini kengaytirdi. Tarixiylik va zamonaviylik muammolari ustida jiddiy va rang-barang izlanishlar olib bordi. Davr zug‘umiga qaramay, A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat ijodi haqida o‘qtin-o‘qtin ijobiy fikrlar aytishga o‘rindi. A.Qahhorga nohaq munosabatlar yana bosh ko‘targanda jasorat bilan uni himoya qilishga kirishdi, merosga biryoqlama qarashlarga qarshi kurash olib bordi. XX asr o‘rtalaridan o‘zbek tanqidchiligiga M.Qo‘shjonov, S.Mamajonov, L.Qayumov, N.Shukurov, N.Karimov, U.Normatovlar avlodi kirib keldi. Ozod Sharafiddinov dastlabki taqriz, maqolalari bilanoq ular safining peshqadamlaridan biri ekanini ko‘rsatdi. Bu yangi avlod vakillari I.Sulton, H.Yoqubov kabi tajribali avlod namoyandalari bilan yelkama- yelka turib, davr adabiy-tankidiy muammolarini yechish jarayonida ulg‘ayib bordi. Munakkidning adabiy-tanqidiy qarashlari, o‘zbek tanqidchiligida tutgan o‘rni atroflicha yoritilgan dastlabki ishlardan biri A.Rasulovning "Ozod Sharafiddinov” nomli (1980) adabiy portreti bo‘ldi. 2000 yilda "Iste’dod va e’tiqod" nomli yangi adabiy portretini e’lon kildi. Unda jonkuyar tanqidchi, xassos she’rshunos ijodiy qiyofasi umumlashtirib berilgan. Bundan tashqari O.Sharafiddinov haqida P.Qodirov, U.Normatov, O.Tog‘ayev, B.Nazarov, I.G‘afurov, M.Sharafiddinova,T.Yo‘ldoshev kabi tanqidchilarning mazmundor maqolalarini eslatib o‘tish o‘rinli.
O.Sharafiddinov 1929 yili Qo‘qon yaqinidagi Oxunqaynard xizmatchi oilasida tug‘ildi. Bolaligidan Toshkentda yashadi. Ziyrak va kobiliyatli Ozod 14-o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatdi. O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida o‘ q idi (1946-1951). M.Gorki y nomidagi Ja h on adabiyoti instituti aspiranturasida ta h sil oldi (1954). O‘zbek poemalari ustida qunt bilan ijodiy ish olib borib, "Hozirgi o‘zbek sovet poemalari" degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini (1955) himoya kildi . XX srning 90-yillariga q adar o‘zi tahsil olgan Toshkekt davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining o‘zbek adabiyoti kafedrasida ishladi. So‘ng "Sharq" matbaa konserni hamda “Tafakkur” jurnalining tashkilotchi va yetakchilaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatdi. So‘ngra 1997 - yilda tashkil etilgan Jaxon adabiyoti jurnalining bosh mu h arriri lavozimiga tayinlandi. 1970 yili “Istoriya uzbekskoy sovetskoy literaturi” nomli yirik asar uchun bir guruh adabiyotshunos olimlar qatori O. Sharafiddinov ham Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mustaqillik yillarida olimning serqirra va qizg‘in faoliyati munosib taqdirlandi. Xukumatimizning qator orden va medallariga loyiq topildi. 2002 yilda esa O‘zbekiston Qahramoni yuksak unvoniga sazovor bo‘ldi. O.Sharafiddinovni adabiy jamoatchilikka tanitgan jiddiy va salmokli ishi "Lirika haqida mulohazalar" maqolasidir. Maqola lirika haqida 50-yillarning ikkinchi yarmidagi munozarada yalt etib ko‘zga tashlandi. 50-yillarning boshlarida avj olgan "konfliktsizlik nazariyasi keltirgan oqibatlarni lirik she’rlar misolida ishonarli va ta’sirli tahlil etgan O.Sharafiddinov timsolida yangi tipdagi o‘zbek tanqidchisi shakllanib kelayotgani ko‘rindi. Tanqidchilikdagi ayrim biryoqlamaliklar tufayli M.Shayxzoda va Mirtemirdek ulkan shoirlar ijodi chuqur, haqqoniy bahosini olmay kelayotgan edi. Munaqqid navbatdagi ishlarini shu ikki ulkan shoir ijodiga bag‘ishladi. M.Shayxzoda va Mirtemirning O.Sharafiddinov tomonidan yaratilgan adabiy portretlari bu janrning o‘zbek tanqidchiligidagi go‘zal namunalari qatorida turadi,
Tanqidchi ijodi 60-70-yillarda sermahsul bo‘ldi. U davr adabiyoti va tanqididagi yutuk va kamchiliklarni tahlil qilib, umumlashgirib, ilmiy-biografik monografiyalari, adabiy portretlari, muammoli maqolalari bilan adabiy tanqid ko‘lamini kengaytirdi. Tarixiylik va zamonaviylik muammolari ustida jiddiy va rang-barang izlanishlar olib bordi. Davr zug‘umiga karamay, A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat ijodi ha q ida o‘ qt in-o‘qtin ijobiy fikrlar aytishga urindi. A.Qahhorga nohak munosabatlar yana bosh ko‘targanda ja s or a t bilan uni himoya qilishga kirishdi, merosga biryo q lama qarashlarga q arshi kurash olib bordi. O.Sharafiddinov tanqidchilikka poeziya “yo‘lakcha”sidan kirib keldi, adabiy jarayonda yetuk munaqqid, mohir portretnavis, adabiy tanqid muammolarini izchil yoritib beruvchi olim hamda mohir tarjimon sifatida tanildi. Ozod Sharafiddinovning adabiy tanqid rivojiga qo‘shgan eng muhim hissasi-poeziyadagi badiiylik va zamonaviylik masalalarini dadil ko‘tarib chiqishida, bu muammolarni yangicha ilmiy-nazariy fikrlar va qarashlar bilan boyitishda namoyon bo‘ldi. U san’atkor har qancha ijodiy muammolarni ko‘tarmasin va yoritmasin, asar chinakam badiiylikdan mahrum bo‘lsa, u ta’sir kuchiga ega bo‘lolmaydi degan qarashda muqim turdi. She’riyatning zukko tanqidchisi. Shaxsga sig‘inish iskanjasidan ozod bo‘la boshlagan o‘zbek she’riyati, nasri va dramaturgiyasida 50- yillar oxiri va 60- yillar avvalida jiddiy siljishlar, o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tanqid ham ana shu jarayonni tahlil qilishga o‘tdi. Ijodkorlar oldiga yangi-yangi talablar qo‘ydi. Ayniqsa, she’riyatda hayotga qizg‘in munosabat bildirilib, zamonaviy ruh chuqurlasha bordi. O‘zbek nazmida yuz berayotgan bunday ijodiy o‘zgarishlar Ozod Sharafiddinovning “Zamon. Qalb. Poeziya" ( 1962) deb nomlangan ilmiy kashfiyotlarga boy, o‘zbek she’riyatining kechagi kuni va bugunidagi yutuq, kamchiliklar umumlashtirilgan salmoqli kitobida o‘z ifodasini topdi. Kitobdagi maqolalarida hatto G‘afur G‘ulomdek avtoritetlarni asoslab tanqid qilishga, H.G‘ulom, A.Muxtor, Mirmuhsin ijodida Lenin, partiyani madh etish masalalarida nuqsonlarga yo‘l qo‘yilayotganini aytishga jur’at qildi. Bu - davr
tanqidchiligi uchun katga gap, muhim hodisa edi. Shu ma’noda bu tadqikot faqat muallif ijodidagina emas, shu davr o‘zbek tanqidchiligining ham prinsipial yutuqlaridan biri bo‘lib koldi. Tankidchi davr o‘zbek she’riyatining xarakterli tamoyillarini teran ko‘rsatdi, ularni aniq asarlar tahlili misolida isbot qildi. Zamonaviylik faqat mavzu yoki muammogina emas, ana shularni yorituvchi badiiylikdadir, shu ma’ioda zamonaviylik asosi badiiylikda yotadi, degan qarash O.Sharafiddinovninggina emas, umuman, o‘zbek tanqidchiligining jiddiy yutuqlaridan biri edi. Kitobdagi makolalarda, shuningdek, poeziyamizdagi lirik qaxramon ma’naviy olami teranlashib borayotgani davrning muhim muammolarini kuchli emotsional shaklda aks ettirish chuqurlashayotganligi, bayonchilikka nisbatan lirizmning chuqurlashib borayotgani ko‘rsatildi. Olimning navbatdagi “Adabiy etyudlar” (1968) nomli kitobidan joi olgan makolalarda A.Qahhor, Zulfiya, M.Boboyev, P.Qodirov asarlari tahlil kilindi. “Qalbimizga yakin shoira” maqolasida Zulfiyaning go‘zal va nafis ijodiy portreti yaratildi. “Shoirning yo‘li” maqolasida M.Boboyev ijodi haqida bahs yuritilgai. Bu kamtar va zahmatkash kalam sohibi haqida, umuman, o‘zbek tanqidchiligida shu vaqtgacha yaratilgan e’tiborli ishlardan biri bo‘lib kelmokda. O.Sharafiddinov ijodida nafaqat she’riyat, balki nasr va adabiy tankid muammolariga ham e’tibor qaratadiki, buni uning "Go‘zallik izlab" kitobida ko‘rish mumkin. Munaqqid maqolalari zavq-shavq eilan o‘qiladi, doim tanqidchining “men”i va uslubi ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Nasr va adabiy tanqid muammolari birdek o‘rganilishi ham mazkur kitobda yorqin namoyon bo‘lgan. Unda, ayniqsa, 70-yillarda adabiyotga kirib kelgan Usmon Azim, Shavkat Rahmon, Muhammad Rahmon, Xurshid Davron kabi kator yosh shoirlar ijodining atroflicha tahlil etilishi jihatidan ham qimmatlidir. Usmon Azim avlodlariga mansub kator ijodkorlar xususidagi qarashlar adabiy hayotda o‘z isbotini topdi. O.Sharafidsinov adabiy tanqid va uning muammolari haqida astoydil qayg‘urgan olimlardan biridir. Xususan, uning "Talant xalq mulki (1979) deb nomlangan kitobida munaqqidning yoshlar ijodi haqidagi bir qator adabiy-tanqidiy maqolalari, she’riyat rivojiga bag‘ishlangan tadqiqotlari o‘rin olgan. "Tanqidchilik