logo

O‘simliklar mineral oziqlanishining fiziologik ahamiyati

Yuklangan vaqt:

17.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.9326171875 KB
O‘simliklar m ineral oziqlanish i ning  fiziologik  ahamiyati
REJA:
1. Mineral oziqlanishning o‘simlik hayotidagi ahamiyati. 
2. Mineral elementlarning o‘simliklar tanasidagi miqdori.  
3. Ionlarning membranalar orqali transport mexanizmi.
4. Ildizlarda ionlarning yaqin masofaga  va u zoqqa  tashiluvi.  Mineral   oziqlanishning   o‘simlik   hayotidagi   ahamiyati.   O‘simliklarning
oziqlanishi   ikki   shakldan   iborat   bo‘lib,   havodan   va   tuproqdan   oziqlanish
jarayonlarini   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   ikki   jarayon-fotosintez   va   mineral   elementlarni
tuproqdan yutish – birgalikda o‘simliklarning avtotroflik xususiyatlarini belgilaydi.
Mana   shu   uzviy   bog‘liqlik   natijasida   o‘simliklarning   organik   asosga   ega
to‘qimalari,   organlari   va   umumiy   tanasi   hosil   bo‘ladi.   Ularning   o‘sishi   va
rivojlanishini   to‘la   ta’minlash   uchun   tuproqdan   juda   ko‘p   mineral   elementlar
yutiladi.   Shuning   uchun   ham   bunga   o‘simliklarning   ildiz   orqali   oziqlanishi
deyiladi.
O‘simliklarning   ildiz   orqali   oziqlanishida   tuproq   xususiyatlari   va
unumdorligi,   ayniqsa   tuproqning   suv   o‘tkazuvchanlik,   havo   o‘tkazuvchanlik
xossalari,   tarkibidagi   organik   moddalar   va   o‘simliklar   uchun   muhim   oziq
elementlarni to‘plash qobiliyati katta ahamiyatga ega.
O‘simliklarning   ildiz   orqali   oziqlanishi   haqidagi   ta’limotning   rivojlanishi.
Qadimgi   zamonlardayoq   (yangi   er.   av.   600-500   yillarda)   dehqonchilik   bilan
shug‘ullangan   odamlar   kul   va   chirindilarga   boy   tuproqda   hosilning   ko‘proq
bo‘lishini   bilganlar   va   bundan   foydalanganlar.   Keyinchalik   o‘simliklarni
oziqlantirish to‘g‘risidagi tushunchalar rivojlanib bordi.
O‘rta   asrlarda   yashagan   gollandiyalik   tabiatshunos   Y.V.Van-Gelmont
tajribalari   ayniqsa   dikkatga   sazovor.   U   sopol   idishga   91   kg   quruq   tuproq   solib
og‘irligi   2,25   kg   ga   teng   tol   shoxchasini   ekadi   va   yomg‘ir   suvi   bilan   sug‘orib
turadi.   5   yildan   so‘ng   tolning   og‘irligi   77   kg   ga   yetadi.   Idishdagi   tuproqning
og‘irligi esa faqat 56,6 g ga kamayadi. Van-Gelmontning fikricha agar o‘simliklar
o‘z   tanasini   tuproq   hisobiga   tuzadigan   bo‘lsa,   u   holda   tol   shoxchasi   qancha
ko‘paysa,   idishdagi   tuproq   shuncha   kamayishi   kerak   edi.   Lekin   bu   holat   sodir
bo‘lmaydi.   Shuning   uchun   ham   u   o‘simliklar   o‘z   gavdasini   suvdan   tuzadi   degan
xulosaga   keladi.   Shu   tarika   o‘simliklar   oziqlanishining   «suv   nazariyasi»   vujudga
keladi va uzoq muddat davomida e’tirof etildi. Lekin   bundan   ancha   avval   Aristotel   (eramizdan   avvalgi   384-322   yillar)
o‘simliklar   tuproqdan   murakkab   moddalarni   surib   oladi   va   ushalar   hisobiga   o‘z
tanasini tuzadi degan edi.
Bu   tushunchani   XVIII   asrning   oxiri   va   XIX   asrning   boshlarida   nemis
agronomi   A.Teyer   yanada   rivojlantirdi.   U   «gumus   nazariyasi» ni   yaratdi.   Unga
ko‘ra   o‘simliklar   asosan   suv   va   gumus   moddalari   bilan   oziqlanadi.   Tuproqda
chirindi   moddalar   qancha   ko‘p   bo‘lsa,   o‘simliklar   shuncha   faol   o‘sish   va
rivojlanish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
O‘simliklar   uchun   mineral   tuzlarning   ahamiyati   fransuz   agroximigi
J.B.Bussengo   (1837)   ishlarida   yanada   aniqrok   ko‘rsatildi.   Uning   tasdiqlashicha
toza qumda ham (suv, kul va mineral tuzlar solinganda) o‘simliklar yaxshi o‘sishi
mumkin.   Buni   isbotlash   uchun   u   vegetasion   tajribalar   o‘tkazadi   va   birinchilar
qatorida   o‘simliklar   atmosfera   azotini   o‘zlashtirolmaydi,   balki   boshqa   elementlar
qatorida ildiz orqali o‘zlashtiradi, degan xulosaga keldi.
O‘simliklarning   mineral   oziqlanish   nazariyasini   har   tomonlama
rivojlantirgan   olimlardan   nemis   ximigi   Y.Libix   bo‘ldi.   1840   yil   Y.Libix
o‘simliklarning   mineral   oziqlanish   nazariyasini   rivojlantirish   bilan   bir   qatorda
gumus   nazariyasini   inkor   qildi.   Libix   fikricha,   tuproq   unumdorligi   faqat   mineral
moddalarga bog‘liq. Y.Libix birinchi bo‘lib tuproqqa o‘g‘itlar sifatida toza tuzlarni
solishni   taklif   etdi.   U   mineral   elementlarning   ahamiyatini   to‘g‘ri   baholadi,   lekin
o‘simliklar azotni havodan ammiak holida qabul qiladi, deb oylaydi. Keyinchalik u
bu fikr   xatoligini  tushundi   va  o‘simliklar   azotni  ildiz  orqali   nitratlar  holida  qabul
qiladi   degan   fikrga   qo‘shildi.   Biroq,   shu   bilan   birga   Libix   tuproqdagi   organik
moddalarning   ahamiyatini   inkor   qildi.   Holbuki   tuproq   tarkibidagi   gumus
o‘simliklarning   o‘sishi   va   rivojlanishi,   tuproq   mikroflorasini   rivojlantirish   va
boshqalarda   katta   ahamiyatga   ega.   Y.Libix   « minimum   qonuni »   va   « qaytarilish
qonunlari »ni taklif etdi. Bu qonunlar boyicha tuproqda o‘simliklarga zarur mineral
elementlar   minimumga   yetmasa,   ularning   foydasi   ham   bo‘lmaydi.   Qaytarilish
qonunida   esa   o‘simliklar   o‘z   hosili   bilan   tuproqdan   qancha   mineral   modda   olsa,
o‘rniga shuncha qaytarish zarur, deb tushuntiriladi. Aks holda yildan yilga tuproq unumdorligi,   demak   hosildorlik   ham   kamayib   boradi.   Libixning   fikrlari   umuman
to‘g‘ri.   Agrotexnik   tadbirlarni   to‘g‘ri   o‘tkazish   va   tuproqni   mineral   elementlar
bilan o‘z vaqtida ta’minlash natijasida hosildorlikni oshirib borish mumkin.
I.Knop   va   Y.Sakslarning   1859   yilda   o‘tkazgan   tajribalari   ham   «gumus
nazariyasi»   ni   inkor   qildi.   Ularning   fikricha   faqat   7   ta   element:   azot,   fosfor,
oltingugurt, kaliy, kalsiy, magniy va temir bo‘lsa, o‘simliklarni suvda ham o‘stirish
mumkin.   Shunday   qilib,   ular   o‘simliklarni   vegetasion   usullar   bilan   (tuproq,   suv,
kum)   o‘stirish   mumkinligini   isbotladilar   va   mineral   oziqlanish   nazariyasini
tasdiqladilar.
O‘simliklarni   ildiz   orqali   oziqlanish   g‘oyasini   P.A.Kostichev,
V.V.Dokuchayev,   K.K.Gedroys,   D.N.Pryanishnikov   va   boshqa   olimlar   yanada
rivojlantirdilar.
Mineral   elementlarning   o‘simliklar   tanasidagi   miqdori.   O‘simliklar
tabiiy   muhitdan   oz   yoki   ko‘p   miqdorda,   davriy   jadvalda   ko‘rsatilgan
elementlarning   hammasini   yutish   qobiliyatiga   ega.   Lekin   shu   elementlardan
hozirgacha   faqat   19   tasining   o‘simliklar   uchun   ahamiyati   kattaligi,   ularni   boshqa
elementlar   bilan   almashtirib   bo‘lmasligi   aniqlangan.   Bular   uglerod,   vodorod,
kislorod, azot, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, magniy, temir, marganes, mis, rux,
molibden,   bor,   xlor,   natriy,   kremniy   va   kobalt.   Shulardan   16   tasi   mineral
elementlar   gruppasiga   kiradi.   Chunki   uglerod,   vodorod   va   kislorod   o‘simlikka
CO
2 , O
2  va H
2 O holida qabul qilinadi.
O‘simliklar suv va barcha mineral elementlarni ildiz orqali tuproqdan qabul
qiladilar.   Mineral   moddalar   tuproq   eritmasida,   chirindida,   organik   va   anorganik
birikmalar   tarkibida   va   tuproq   kolloidlariga   adsorbsiyalangan   holatda   uchraydi.
Ionlarning   o‘zlashtirilishi   faqat   o‘simliklarga   bog‘liq   bo‘lmay,   balki   shu   ionning
tuproqdagi konsentrasiyasiga, uning tuproqdagi siljishiga va tuproq reaksiyalariga
bog‘liq.
O‘simliklar   tanasidagi   elementlarning   95%   ni   to‘rtta   element:   uglerod,
vodorod, kislorod va azot tashkil etadi. Bu elementlar   organogenlar  ham deyiladi. Chunki   ular   o‘simlik   tanasidagi   organik   moddalarning   (oqsillar,   yog‘lar,
uglevodlar) asosini tashkil etadi. 
Qolgan barcha elementlar- 5% ni tashkil etadi va ular o‘simlik kuli tarkibiga
kiradi. Ya’ni o‘simliklar kuydirilganda ma’lum miqdorda kul holida qoldiq qoladi.
Bu   mineral   elementlardan   iborat.   Uning   miqdori   o‘simlik   turiga   va   organlariga
bog‘liq. 
Masalan,   o‘tchil   o‘simliklarda,   (%   hisobida):   donlarida   –   3%,   poyasida   –
4%, ildizida – 5%, barglarida – 15%; 
yog‘ochchil o‘simliklarda, (% hisobida): poyada – 3%, yog‘ochlik qismida –
1%, tana po‘stlogida – 7%, barglarida – 11%; bo‘lishi mumkin. Modda almashinuv
jarayoni faol bo‘lgan barglarda kul miqdori eng ko‘p (2-15%) bo‘lishi mumkin.
Kulning mineral tarkibi ham murakkab xarakterga ega ( jadval, %):
O‘simliklar K
2 O Na
2 O Ca O Mg O Fe
2 O
3 P
2 O
5 CO
2 Si
2 O Cl
Makkaj o‘ xori
d onlari 29,8 1,1 2,2 15,5 0,8 45,6 0,8 2,1 0,9
Poyasi 27,2 0,8 5,7 11,4 0,8 9,1 - 40,2 -
Mineral   elementlarning   o‘simliklar   tanasidagi   miqdori   asosida   uch   guruhga
bo‘linadi : 
1) makroelementlar , 2)  mikroelementlar , 3)  ultramikroelementlar .
Makroelementlarga   -   o‘simliklar   tarkibidlagi   miqdori   10 -2  
%   va   undan   ko‘p
bo‘lgan   barcha   elementlar  ( N ,  P ,  K ,  Ca ,  Na ,  Mg ,  va   boshqalar )  kiradi .
Mikroelementlarga   -   o‘simliklar   tarkibidagi   miqdori   10 -3
-10 -5  
%   bo‘lgan
elementlar  ( Mn ,  B ,  Cu ,  Zn ,  Mo   va   boshqalar )  kiradi .
Ultramikroelementlarga   -   o‘simlik   tarkibidagi   miqdori   juda   oz   (10 -6  
%   va
undan   kam )  elementlar   kiradi  ( Cs ,  Se ,  Hg ,  Ag ,  Au ,  Li ,  Ra ).
O‘simliklar   tanasidagi   har   bir   mineral   element   ma ’ lum   fiziologik   funksiyani
bajaradi .
Ionlarning membranalar orqali transport  mexanizmi.   Fanda ancha vaqt
o‘simlik   ildizlariga   tuproqdan   mineral   moddalarning   kirishi   transpirasiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri   bog‘liq,   ya’ni   transpirasiya   kuchi   ta’sirida   suvning   o‘simlik
ildizlariga   va   so‘ngra   tana   orqali   barglarga   qarab   harakat   qilish   jarayonida   juda
suyuq tuproq eritmasi ham deyarli o‘zgarmasdan o‘simlik ildizlariga kiradi, degan
fikr   hukm   so‘rgan.   Keyingi   yillardagi   tekshirishlar,   bu   jarayonning   ancha
murakkab   ekanligini   va   o‘simlikka   kirib   unda   to‘planayotgan   mineral
moddalarning miqdoriga mo‘tanosib bo‘lganligini ko‘rsatdi.
Shunday   qilib,   o‘simlik   ildizlariga   mineral   tuzlar   uzluksiz   so‘riladigan   suv
bilan   passiv   ravishda   kiradi,   deyilgan   tushunchaning   asossiz   ekanligi   aniqlandi.
Lekin bundan mineral tuzlarning o‘zlashtirilishida transpirasiya oqimi hech qanday
ahamiyatga   ega   emas   degan   ma’no   chiqmaydi.   Chunki   ildiz   hujayralari   orqali
traxeya   va   naylarga   o‘tgan   mineral   moddalar,   ksilema   shirasi   holatida
o‘simliklarninng boshqa organlariga transpirasiya kuchi orqali taqsimlanadi.
Mineral   elementlarning   hujayraga   yutilishi   dastavval   hujayra   po‘stidan
boshlanadi   va   so‘ngra   membranada   davom   etadi .  Hujayra   po‘sti   asosan   sellyuloza ,
gemisellyuloza   va   pektin    moddadan   iborat .  Pektin   moddasi   o‘z   tarkibida   karboksil
gruppalarni   saqlaydi   va   kation   almashinuv   xususiyatiga   ega   bo‘ladi .  Bu   esa   musbat
zaryadlangan   moddalarni   to‘plash   sharoitini   yaratadi .   Natijada   ionlar   tuproq
eritmasidan   hujayra   po‘stiga   diffuziyalanadi .   Diffuziyalanish   jarayonida   po‘stdagi
erkin   bo‘shliqlar   to‘lib ,   ionlar   konsentrasiyasi   tashqi   eritmaning   konsentrasiyasiga
tenglashguncha   davom   etadi .   Hujayra   po‘stidagi   erkin   bo‘shliqlar   o‘rtacha   5-10
hajmga   ega   bo‘lib ,   po‘stdagi   molekulalararo ,   plazmalemma   hamda   po‘st
o‘rtasidagi   bo‘shliqlar   yig‘indisidan   iborat .   Erkin   bo‘shliqlarning   mineral   ionlar
bilan   to‘lishi   oddiy   diffuziyaga   asoslangan .   Uning   konsentrasiyasi   tashqi   eritma
konsentrasiyasiga   bog‘liq .   Tuproq   eritmasining   konsentrasiyasi   o‘zgarishi   erkin
bo‘shliqdagi   elementlar   miqdoriga   ham   ta ’ sir   etadi .   Masalan ,   ildizlar   toza   suvga
solinsa   erkin     bo‘shliqdagi   ionlar   suvga   qaytib   chiqadi .   Ionlarning   po‘stdagi   erkin
bo‘shliqlardan   sitoplazmaga   o‘tkazilishi   almashinuv   adsorbsiyasiga   asoslangan .
ya ’ ni   sitoplazmadagi   nafas   olish   jarayonida   hosil   bo‘lgan   H +
  kationlarga   va   HCO
3 -
( OH -
)   yoki   organik   kislotalarning   anionlari   mineral   moddalarning   anionlariga
almashinadi .   Ildizning   suruvchi   qismi   bilan   tuproq   zarrachalari   umumiy   kolloid tizimni   hosil   qiladi   va   u   moddalarning   adsorbsiyalanishida   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘ladi .   Ildiz   tukchalari   odatda   tuproq   zarrachalariga   mahkam   yopishadi   va   shu
tufayli   o‘simlik   ildizlarida   almashinish   reaksiyalari   ancha   yengil   bo‘ladi .
Sitoplazmaga  o‘tgan ionlar metabolizm jarayonida ishtirok etadi.
1. Agar   moddalar   lipidlarda   eruvchan   bo‘lsa,   u   holda   ular   membrananing   lipid
fazasida oddiy diffo‘zlanadi.
2. Lipofil tashuvchilar yordamida gidrofil moddalarning diffuziyasi.
3. Ion kanallari orqali oddiy diffuziY.
4. Moddalarni aktiv tashuvchilar (nasoslar) yordamida o‘tkazish.
5. Moddalarni ekzositoz va endositoz yo‘llari bilan o‘tkazish. 
Moddalarni  membranalar orqali  bunday harakatlari faol va sust    xarakterga
ega bo‘ladi.
Moddalarning   (yoki   ionlarning)   gradiyentga   asosan   oddiy   diffuziyalanish
yo‘li   bilan   yoki   tashuvchilik   vazifasini   bajaruvchi   maxsus   oqsillar   ishtirokida
o‘tishiga   sust   transport   (tashish)   deyiladi.   U   tashqi   sharoitda   ionlarning
konsentrasiyasi hujayradagi miqdordan ko‘p bo‘lganda sodir bo‘ladi.
Faol transport.  Bunda moddalarning membrana orqali tashilishi gradiyentga
qarama-qarshi   sodir   bo‘ladi.   Ya’ni   hujayradagi   moddalarning   konsentrasiyasi
tashqi   sharoitdagiga   nisbatan     bir   necha   baravar   ko‘p   bo‘lganda   ham   ionlarning
membrana   orqali   tashilishi   davom   etadi.   Bu   jarayon   energiya   (ATF)   sarflanishi
bilan bog‘liq. Faol  transport:  H +
  ATFaza,  Na +
     va   K +
  - ATFaza, Ca +
  - ATFaza,
anion ATFaza ion  nasoslari misol bo‘ladi.
Tashuvchilik   vazifasini   bajaruvchi   oqsillar   membranada   bitta   erigan
moddani o‘tkazsa bunga   unkport   deyiladi. Birinchi erigan moddaning o‘tkazilishi
ikkinchi   moddaning   o‘tkazilishiga   ham   bog‘liq   bo‘lishi   mumkin.   Ya’ni   ularning
ikkalasi   ham   bir   tomonga   (simport)   yoki   qarama-qarshi   tomonga   (antiport)
o‘tkazilishi mumkin. Mineral elementlarning radial transporti ikki yo‘l bilan  sodir
bo‘ladi: 1) apoplast, 2) simplast.
Ildizlarda ionlarning yaqin masofaga  va u zoqqa  tashiluvi.  Apoplast   harakat.   Hujayraning   po‘stiga   diffuziya   va   almashinuv
adsorbsiyasi bilan to‘plangan ionlar eritmaning gradiyenti asosida harakat qiladi va
bu harakat suv yordamida tezlashadi. Po‘stdan-po‘stga adsorbsiyalanish yo‘li bilan
ionlarning   so‘rilishi   ildizning   to   ichki   endoderma   qavatigacha   davom   etadi   va
sitoplazmaga   o‘tib,   simplast   yo‘li   bilan   harakat   qiladi.   Chunki   endodermadagi
Kaspari   belbog‘i   deb   ataluvchi   suberin   moddasi   bo‘lgan   qalin   po‘st   oziqa
moddalarini o‘tkazmaydi. Bu yo‘l qisqa bo‘lsa ham ildizlarning tashqi muhit bilan
aloqa sathini ko‘p marta oshiradi.
Simplast   harakat   mineral   moddalar   transportining   asosiy   yo‘lidir.   Ya’ni
sitoplazmaga   o‘tgan   moddalar   sitoplazmaning   harakati   va   sitoplazmatik   tur
kanallari   orqali   hujayradan   –   hujayraga   plazmodesmalar   yordamida   o‘tadi.   Bu
harakat tezligiga moddalarning konsentrasiya gradiyenti ham ta’sir qilishi mumkin.
yuqorida aytilgandek endoderma qavatida bunga apoplast yo‘li bilan tashilayotgan
ionlar   ham   qo‘shiladi   va   yagona   simplast   yo‘li   bilan   davom   etadi.   Bu   harakat
natijasida oziqa  moddalar  traxeid va ksilema  naylariga o‘tkaziladi.  Bu naylardagi
shiralar transpirasiya kuchi va ildiz bosimi asosida o‘simlikning boshqa qismlariga
tarqaladi.
O‘simliklarda   moddalarning   tashiluvini   ikkita   asosiy   jarayon   taminlaydi.
Bulardan   birinchisi   transpiratsion   oqim,   ya’ni   suv   va   unda   erigan   moddalarning
ildizdan   o‘simlikning   yer   ustki   qismlariga   tashilishi.   Ikkinchisi   esa   assimilyatlar
oqimi   bo‘lib   bu   fotosintez   jarayonida   barglarda   hosil   bo‘lgan   moddalarning
o‘simlikning   yer   ostki   va   yer   usti   vegetativ   hamda   generativ   organlariga
tashilishidir.
Moddalarning o‘simlik tanasi bo‘ylab tashilishi ikki bo‘limga bo‘lib qaraladi
ya’ni yaqinga va uzoqqa tashish.
Yaqinga   tashish   -   bu   hujayra   va   to‘qimalar   o‘rtasida   bo‘lib,   ionlar,
metabolitlar va suvning harakatlanishidir.
Uzoqga   tashish   -   bu   butun   o‘simlik   organizm   bo‘ylab   uning   organlari
o‘rtasidagi  moddalarning tashilishidir. O‘z   navbatida   suv   va   unda   erigan   moddalarning   harakati   bar   bir
to‘qimalarda   apoplast   bo‘yicha,   ya’ni   hujayra   devorlari   orqali   hamda   simplast
bo‘yicha,   ya’ni  plazmodesmalar   bilan  bog‘langan   hujayralar  sitoplazmalari  orqali
bo‘lishi mumkin. Shuningdek moddalarning tashilishi plazmodesmalar ishtirokida
endoplazmatik retikulum bo‘yicha ham sodir bo‘lishi mumkin.
Shuni   aytib   o‘tish   lozimki,   simplast   tashiluv   bo‘yicha   mineral   va   organik
moddalarning   harakati,   apoplast   tashilishda   esa   suv   va   anorganik   ionlar   tashiluvi
ustunlik qiladi. Vakuolalar sistemasida faqatgina suv tashilishi ro‘y beradi.
Simplast   bo‘yicha   moddalarning   tashilishi   diffuziyaga   nisbatan   jadalroq
bo‘ladi  va   uning  tezligi  1-6  sm/soat   atrofida  bo‘ladi.  Moddalarning  tashilishining
ushbu tipi energiya sarflanishini talab qilmaydi.
Moddalarning   uzoq   masofalarga   tashilishi   uchun   evolyutsiya   jarayonida
o‘simliklarda   maxsus   o‘tkazuvchi   to‘qimalar   shakllangandir.   Masalan,
transpiratsion oqim uchun ksilemadagi nay va traxeidlar, assimilyatlar oqimi uchun
esa floemadagi elaksimon naychalardir.
Elaksimon   naychalar   sitoplazmaga   boy   bo‘lgan   metabolitik   faol,   yo‘ldosh
hujayra   bilan   tutashgan   bo‘ladi.   Yo‘ldosh   hujayralar   elaksimon   naychalar   bilan
ko‘p sonli plazmodesmalar yordamida bog‘lagandir. Oqsillar va ATF sintezi mana
shu yo‘ldosh hujayralarda bo‘ladi deb taxmin qilinadi.
Elaksimon   naychalardan   ajratilgan   shiraning   kontsetratsiyasi   10-25%
atrofida   bo‘lib   deyarli   konsentrlangan   eritmani   tashkil   qiladi.   O‘simlik   hujayrasi
shirasining   miqdori   va   konsentratsiyasi   sutkaning   kunduzgi   qismida   kechasiga
nisbatan  yuqori  bo‘ladi.
Hujayra   shirasida   erigan   moddalarning   -90%   uglevodlardan   iborat   bo‘lib,
tashiluvchi   qand   asosan   saxaroza   holatida   bo‘ladi.   Ammo,   ayrim   o‘simliklarda
saxarozaga   nisbatan,   rafinoza   miqdor   jihatidan   ustunlik   qilishi   mumkin.   Bundan
tashqari   shirada   turli   xil   aminokislotalar,   nukleotidlar,   organik   kislotalar,
gormonlar   va   boshqa   moddalar   uchraydi.   Shuningdek   shirada   qisman   bo‘lsada
ATF mavjud. O‘simlik   barglaridagi   fotosintezlovchi   hujayralarning   xloroplastlaridagi
birlamchi   assimilyatlar   tezlikda   barglardan   o‘simlikning   boshqa   organlariga
uzatiladi. Assimilyatlarning harakati xloroplastlarda boshlanib, floemaning maxsus
o‘tkazuvchi hujayralarida davom etadi.
Bargning   mayda   tomirlarining   uchki   qismlarini   floema   tufayli   doimiy
ravishda fotosintez mahsulotlari bilan to‘ldirilib turiladi.
Fotosintez natijasida, barglarda sintezlangan organik moddalar floema orqali
to‘qimalarga   yetib   borib   metabolizm   jarayonlariga   sarf   bo‘ladi   yoki   zahiraga
yig‘iladi. Organik moddalar poya bo‘ylab yuqori o‘suvchi qismlarga, pishayotgan
mevalarga   va   bargdan   poyaga,   u   yerdan   o‘suvchi   ildizlarga   va   yer   ostki
zahiralovchi organlarga tashiladi.
Barg   plastikasining   fotosintezlovchi   va   o‘tkazuvchi   hujayralari   orasidagi
erkin   bo‘shliq   assimilyatlar   oqimidagi   oraliq   zonani   egallaydi.   Barg
plastinkasining   mezofilida   hosil   bo‘luvchi   assimilyatlar   tezda   erkin   bo‘shliqda
paydo   bo‘ladi.   Ularning   harakatlanishi   o‘tkazuvchi   tutamlar   to‘ri   orqali   amalga
oshiriladi.
Xloroplastlarda   hosil   bo‘luvchi   triozofosfatlar   sitoplazmaga   o‘tganidan
so‘ng   ulardan   saxaroza   sintezlanadi   va   shu   ko‘rinishda   o‘simlikning   barcha
organlariga   tashiladi.   O‘simlikning   boshqa   barcha   organlarda   bargga   nisbatan
saxarozaning   miqdori   kam   bo‘ladi.   Ushbu   tashiluv   hamma   moddalar   uchun   xos
emas.   Masalan   azotli   birikmalar   asosan   aminokislotalar   va   amid   formasida
konsentratsiyalar  gradienti bo‘yicha tashiladi.
O‘simliklar   mevalarining   pishishi   davrida   oziqa   moddalarning   vegetativ
organlardan   reproduktiv   organlarga   tashilishi   kuzatiladi.   Zahiralovchi   organlarda
qand va aminokislotalardan biopolimerlar ya’ni  polisaxaridlar, yog‘lar  va oqsillar
hosil bo‘ladi.
Yuqoridagilardan   kelib   chiqadiki,   floema   bo‘yicha   eritmalarning   harakati
donordan aktseptorga qarab yo‘nalgandir.
Floemali   tashish   mexanizmi   nemis   olimi   Myunx   tomonidan   taklif   qilingan
bo‘lib,   uning   asosida   oqimni   bosim   ostidagi   harakatlanishi   nazariyasi   yotadi.   Bu nazariya   o‘simliklarda   moddalarning   harakatlanishi   haqidagi   ta’limotning
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Myunx       nazariyasiga       asosan       floemada       tashiluvchi         moddalarning
harakatlantiruvchi   kuchning   kattaligi   o‘tkazuvchi   to‘qimalarning   qarama-qarshi
tomonlarining uchlaridagi osmotik va turgor bosimlarining farqi bilan o‘lchanadi.
Myunx   fikriga   ko‘ra,   qandlar   va   boshqa   harakatlanuvchi   moddalarning   eritmasi
elaksimon   naychalar   bo‘ylab   tashiladi   va   plazmodesmadan   o‘tib,   simplastning
plazmodesma kanallarini to‘ldiruvchi sitoplazma orqali filtrlanadi.
Fandagi   keyingi   izlanishlar   shuni   ko‘rsatadiki,   o‘simliklarda   fotosintez
jarayonida   hosil   bo‘lgan   qandlar,   mayda   barg   tomirlarining   elaksimon   naylariga
faol beriladi. Ushbu jarzyonni floemani to‘ldirish deb ataladi va u konsentratsiyalar
gradientiga   qarama   qarshi   ravishda   sodir   bo‘ladi.   Floema   bo‘yicha   saxarozaning
tashilishi   hujayraning   faol   metabolizmi   bilan   bog‘langan.   Chunki,   saxaroza   bilan
birga   vodorod   ionlari   ham   harakatlanadi.   Ularning   harakatlanishi   elaksimon
naylarning   plazmolemmasidagi   maxsus   ferment   orqali,   hamda   pH   gradienti   va
elektrokimyoviy  gradient  bo‘yicha bo‘ladi.
Plazmodesmalarning soni to‘rlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, bug‘doyning
1   sm2   barg   plastinkasida   mezoflll   hujayralari   bilan   floema   o‘rtasida   2-108   dona
atrofida   plazmodesmalar   bo‘ladi   va   barglardagi   assimilyatlarning   tashilishi
plazmodesmalar orqali diffuziya yo‘li bilan sodir bo‘ladi.
Plastik   moddalarining   floemaning   o‘tkazuvchi   to‘qimalarida   harakatlanishi,
sitoplazmada,   molekulalarning   tashilishi   natijasida   amalga   oshiriladi   va   ular
plazmodesmalar orqali uzluksiz oqimni hosil qiladi.
Akademik   A.L.   Kursanovning.   nazariyasiga   ko‘ra,   floemada   organik
moddalarning   harakatlanishi   nafas   olish   energiyasining   (ATF)   sarflanishi   bilan
bog‘liq.   Bunda   isbotlanganki,   elaksimon   naychalar   orqali   organik   moddalarning
tez tashilishi jadal nafas olish bilan ko‘zatiladi.
O‘simliklar   ontogenezida,   o‘suvchi   va   g‘amlovchi   to‘qimalar,
assimilyatlarning   barglardagi   oqimini   yo‘naltirishda   muhim   o‘rin   tutadi.   Shuni
aytib   o‘tish   lozimki,   o‘simliklarda   bir   qancha   iste’mol   qiluvchi   (attragirlovchi) zonalar   ham   mavjud.   Masalan,   novdaning   uchki   meristemasi,   ildiz   uchlari,
interkalyar   o‘sishning   qismlari,   mevalar   va   g‘amlovchi   parenximatik   to‘qimalar
shular   jumlasidandir.   Yuqoridagi   zonalar,   o‘simliklar   ontogenezida   ma’lum   bir
ketma-ketlikda   paydo   bo‘ladi   va   ularda   assimilyatlarga   bo‘lgan   talab   ham   har
xildir.
Moddalarning   o‘simliklarda   tashiluvi   ulardagi   maxsus   to‘qimalar
o‘tkazuvchi   suv   naychalari   tutamlari   orqali     ro‘y   beradi.   O‘z   navbatida   barcha
to‘qimalardagi suv va unda erigan moddalarning harakati ikki tipda, ya’ni hujayra
devorlari   orqali   (apoplast   bo‘yicha)   hamda   bir   biri   bilan   plazmodesmalar   orqali
tutashgan   hujayra  sitoplazmalari   orqali   (simplast   bo‘yicha)   bo‘lishi   mumkin.   Suv
va unda erigan moddalarning o‘tkazuvchi naychalar tutamlari orqali tashiluvi ham
ikki   tipda   ya’ni   ksilema   to‘qimalari   bo‘ylab   (ildizlardan   poya   organlarigacha
bo‘lgan   «yuqoriga   ko‘tariluvchi   oqim»)   va   floema   to‘qimalari   bo‘ylab   tashiluv
(barglarda   biosintez   bo‘lgan   organik   birikmalarning   o‘simlikning   geterotrof
oziqlanuvchi   boshqa   organlariga   yoki   zahiralovchi   qismiga   tashiluvi   «pastga
harakatlanuvchi   oqim»)   ko‘rinishida   bo‘ladi.   Shuningdek   floema   bo‘ylab   zahira
moddalar metabolitlari ham tashilishi mumkin.
Ko‘p   hujayrali   suv   o‘tlarida   metabolitlarning   harakati   simplast   orqali   ro‘y
beradi.   Faqatgina   qung‘ir   suv   o‘tlaridan   bo‘lgan   laminariyalarda   ularning
tallomlari   to‘qimalarga   ajralganligi   sababli   suv   o‘tkazuvchi   naychalar   tutamlari
poya’ning   o‘rtasida   shakllangandir.   Suv   va   unda   erigan   moddalarning   butun
o‘simlik   tanasi   bo‘ylab   harakati   moxlarga   ham   xosdir.   Ammo   qolgan   barchayer
o‘stki   yuksak   o‘simliklarida   trexeidlardan   yoki   ksilema   naychalaridan   tashkil
topgan   o‘tqazuvchi   to‘qimalar   hamda   elaksimon   to‘qimalar   va   yo‘ldosh   hujayra
floemalari   mavjud.   Shuningdek   suv   va   unda   erigan   moddalarni   o‘tkazishga
moslashgan   parenxima   va   boshqa   maxsus   hujayralar   mavjud.   O‘tkazuvchi   nay
tutamlari   suv   va   unda   erigan   moddalarni   bir   necha   ditsemetrdan   bir   necha   o‘n
metrgacha tashishi tufayli o‘simlikning barcha organlarini tutashtirib turadi.
Yuksak   o‘simliklarda   o‘tkazuvchi   to‘qimalar   mavjudligi   sababli
moddalarning hujayra devorlari va sitoplazma bo‘ylab tashiluvi bir necha millimetr atrofida  bo‘ladi   xolos.  Ildizlar  va  poyadagi   moddalarning  radial  tashiluvi  va  barg
mezofili bo‘ylab moddalarning harakati bunga yaqqol misoldir.
Ionlar   antogonizmi .   Bir   valentli   va   ikki   valentli   ionlarning   har   xil,   hatto
qarama-qarshi fiziologik ta’sirlari mavjudligi aniqlangan. Masalan, natriy va kaliy
(Na +
,   K +
)   kationlari   sitoplazmaning   kuchliroq   gidrotasiyaga   uchrashiga   va   shu
tufayli   uning   zarrachalarining   faollashuviga   hamda   qovushqoqligi   kamayishiga
sabab   bo‘ladi.   Bu   sitoplazmaning   ko‘proq   suv   bilan   ta’minlanishiga   olib   keladi.
Kaliy   eritmasida   sitoplazma   tezlikda   qavariq   plazmolizga   o‘tadi.   Kalsiy   kationi
(Ca +
)   esa   sitoplazmaning   qovushqoqligini   oshiradi.   Kalsiy   ioni   ta’sirida   hosil
bo‘lgan plazmoliz uzoq vaqtgacha qirrali shaklda (qalpoqchali) bo‘ladi.
Bir va ikki valentli kationlarning bunday har xil va hatto qarama-qarshi 
fiziologik ta’siri –  antogonizm   deyiladi.
Metallarning   toza   tuzlari   (boshqa   tuzlar   aralashmasi   bo‘lmaganda)
o‘simliklarga   zaharli   ta’sir   etadi.   Faqat   boshqa   tuzlarning   aralashmasigina   oziqa
sifatida   ishlatilishi   mumkin.   X1X   asrning   oxirlaridayoq   yaxshi   tozalangan   NaC1
tuzining   zaharli   ta’sir   etishi   aniqlangan   edi.   Bu   eritmaga   ozroq   kalsiy   va   magniy
tuzlari aralashtirilganda esa darhol natriyning zaharli ta’siri yo‘qoladi.
Fiziologik   tenglashtirilgan   eritmalar   –   o‘simliklarni   oziqali     eritmada
o‘stirish uchun eng qulay hisoblanadi. Chunki, bu eritmalarda o‘simlik juda yaxshi
rivojlanadi.   Agar   shu   eritmadan   birorta   ion   chiqarilsa   o‘simlikning   o‘sish   va
rivojlanishi keskin pasayadi. 
Ayrim   elementlar   boshqa   elementlarning   fiziologik   ta’sirini   kuchaytirishi
ham   mumkin.   Bunday   jarayonlarga   sinergizm   deyiladi.   Masalan,   g‘o‘zaga   azot,
fosfor   va   kaliy   o‘g‘itlarini   birgalikda   berish   natijasida   olingan   hosil,   har   doim
ularni alohida-alohida berilganda olingan hosil yig‘indisidan ko‘p bo‘ladi.  Adabiyotlar: 
1. Ivanov P I. Zufarova M E. Umumiy psixologiya. – T.: 2018. 
2. Mirashirova.N A. Umumiy psixologiya. – T.: 2016. 
3. Davletshin M.G., T о ‘ychiyeva SM. Umumiy psixologiya. - T.: TDPU, 2002.-
202  б . 
4. Karimova V.M. Psixologiya. - T.: Sharq, 2000. 
5. G’oziyev E. Umumiy psixologiya. -T.: Faylasuflar.  2010. 
6. Салаева М.С., Ахмедова М. Психологик диагностика ва амалиёт. Ўқув 
қўлланма 5140900 – Касб таълими йўналишлари бакалаврлари учун. -Т.: 
Мухаррир, 2010. -118 б. 
7. Салаева М.С., Ахмедова М. Психологик диагностика ва амалиёт. Ўқув 
қўлланма. 5811100 – Корхоналар сервизи (корхоналар турлари бўйича) 
таълими йўналишлари талабалари учун. –Т.: Фан ва технология. 2010, - 248 
8. Салаева М.С., Халилова Ш.Т. Ўспиринларда креатив фикрлашни 
ривожлантиришнинг психологик жиҳатлари / “Психологияни ўқитишда 
замонавий инновацион ёндашув: психологлар фаолиятини ташкил этишда 
илғор технологиялар” номли Республика илмий-амалий анжумани мақолалар
тўплами. Низомий номидаги ТДПУ “Психология” ўқув-илмий маркази. 2019 
йил 24 декабрь. – Б.13-16. 
9. Салаева М.С. О личностном характере проблемы профессионального 
сознания / «Узлуксиз таълим тизимида маънавий-касбий баркамол шахс 
тарбияси» Республика илмий-назарий конференция, ГулДУ.  2007  йил  16-17-
ноябрь . – Б . 208-209. 
10. Salayeva, M. S., & Abduhakimova, M. (2023). Psixodiagnostik tadqiqotlarni 
amalga oshirish jarayonidagi muammolar // Results of National Scientific 
Research International Journal, 2(1), 69–79. Retrieved from 
https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/article/view/1470

O‘simliklar m ineral oziqlanish i ning fiziologik ahamiyati REJA: 1. Mineral oziqlanishning o‘simlik hayotidagi ahamiyati. 2. Mineral elementlarning o‘simliklar tanasidagi miqdori. 3. Ionlarning membranalar orqali transport mexanizmi. 4. Ildizlarda ionlarning yaqin masofaga va u zoqqa tashiluvi.

Mineral oziqlanishning o‘simlik hayotidagi ahamiyati. O‘simliklarning oziqlanishi ikki shakldan iborat bo‘lib, havodan va tuproqdan oziqlanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Bu ikki jarayon-fotosintez va mineral elementlarni tuproqdan yutish – birgalikda o‘simliklarning avtotroflik xususiyatlarini belgilaydi. Mana shu uzviy bog‘liqlik natijasida o‘simliklarning organik asosga ega to‘qimalari, organlari va umumiy tanasi hosil bo‘ladi. Ularning o‘sishi va rivojlanishini to‘la ta’minlash uchun tuproqdan juda ko‘p mineral elementlar yutiladi. Shuning uchun ham bunga o‘simliklarning ildiz orqali oziqlanishi deyiladi. O‘simliklarning ildiz orqali oziqlanishida tuproq xususiyatlari va unumdorligi, ayniqsa tuproqning suv o‘tkazuvchanlik, havo o‘tkazuvchanlik xossalari, tarkibidagi organik moddalar va o‘simliklar uchun muhim oziq elementlarni to‘plash qobiliyati katta ahamiyatga ega. O‘simliklarning ildiz orqali oziqlanishi haqidagi ta’limotning rivojlanishi. Qadimgi zamonlardayoq (yangi er. av. 600-500 yillarda) dehqonchilik bilan shug‘ullangan odamlar kul va chirindilarga boy tuproqda hosilning ko‘proq bo‘lishini bilganlar va bundan foydalanganlar. Keyinchalik o‘simliklarni oziqlantirish to‘g‘risidagi tushunchalar rivojlanib bordi. O‘rta asrlarda yashagan gollandiyalik tabiatshunos Y.V.Van-Gelmont tajribalari ayniqsa dikkatga sazovor. U sopol idishga 91 kg quruq tuproq solib og‘irligi 2,25 kg ga teng tol shoxchasini ekadi va yomg‘ir suvi bilan sug‘orib turadi. 5 yildan so‘ng tolning og‘irligi 77 kg ga yetadi. Idishdagi tuproqning og‘irligi esa faqat 56,6 g ga kamayadi. Van-Gelmontning fikricha agar o‘simliklar o‘z tanasini tuproq hisobiga tuzadigan bo‘lsa, u holda tol shoxchasi qancha ko‘paysa, idishdagi tuproq shuncha kamayishi kerak edi. Lekin bu holat sodir bo‘lmaydi. Shuning uchun ham u o‘simliklar o‘z gavdasini suvdan tuzadi degan xulosaga keladi. Shu tarika o‘simliklar oziqlanishining «suv nazariyasi» vujudga keladi va uzoq muddat davomida e’tirof etildi.

Lekin bundan ancha avval Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) o‘simliklar tuproqdan murakkab moddalarni surib oladi va ushalar hisobiga o‘z tanasini tuzadi degan edi. Bu tushunchani XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida nemis agronomi A.Teyer yanada rivojlantirdi. U «gumus nazariyasi» ni yaratdi. Unga ko‘ra o‘simliklar asosan suv va gumus moddalari bilan oziqlanadi. Tuproqda chirindi moddalar qancha ko‘p bo‘lsa, o‘simliklar shuncha faol o‘sish va rivojlanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘simliklar uchun mineral tuzlarning ahamiyati fransuz agroximigi J.B.Bussengo (1837) ishlarida yanada aniqrok ko‘rsatildi. Uning tasdiqlashicha toza qumda ham (suv, kul va mineral tuzlar solinganda) o‘simliklar yaxshi o‘sishi mumkin. Buni isbotlash uchun u vegetasion tajribalar o‘tkazadi va birinchilar qatorida o‘simliklar atmosfera azotini o‘zlashtirolmaydi, balki boshqa elementlar qatorida ildiz orqali o‘zlashtiradi, degan xulosaga keldi. O‘simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini har tomonlama rivojlantirgan olimlardan nemis ximigi Y.Libix bo‘ldi. 1840 yil Y.Libix o‘simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini rivojlantirish bilan bir qatorda gumus nazariyasini inkor qildi. Libix fikricha, tuproq unumdorligi faqat mineral moddalarga bog‘liq. Y.Libix birinchi bo‘lib tuproqqa o‘g‘itlar sifatida toza tuzlarni solishni taklif etdi. U mineral elementlarning ahamiyatini to‘g‘ri baholadi, lekin o‘simliklar azotni havodan ammiak holida qabul qiladi, deb oylaydi. Keyinchalik u bu fikr xatoligini tushundi va o‘simliklar azotni ildiz orqali nitratlar holida qabul qiladi degan fikrga qo‘shildi. Biroq, shu bilan birga Libix tuproqdagi organik moddalarning ahamiyatini inkor qildi. Holbuki tuproq tarkibidagi gumus o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, tuproq mikroflorasini rivojlantirish va boshqalarda katta ahamiyatga ega. Y.Libix « minimum qonuni » va « qaytarilish qonunlari »ni taklif etdi. Bu qonunlar boyicha tuproqda o‘simliklarga zarur mineral elementlar minimumga yetmasa, ularning foydasi ham bo‘lmaydi. Qaytarilish qonunida esa o‘simliklar o‘z hosili bilan tuproqdan qancha mineral modda olsa, o‘rniga shuncha qaytarish zarur, deb tushuntiriladi. Aks holda yildan yilga tuproq

unumdorligi, demak hosildorlik ham kamayib boradi. Libixning fikrlari umuman to‘g‘ri. Agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri o‘tkazish va tuproqni mineral elementlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash natijasida hosildorlikni oshirib borish mumkin. I.Knop va Y.Sakslarning 1859 yilda o‘tkazgan tajribalari ham «gumus nazariyasi» ni inkor qildi. Ularning fikricha faqat 7 ta element: azot, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, magniy va temir bo‘lsa, o‘simliklarni suvda ham o‘stirish mumkin. Shunday qilib, ular o‘simliklarni vegetasion usullar bilan (tuproq, suv, kum) o‘stirish mumkinligini isbotladilar va mineral oziqlanish nazariyasini tasdiqladilar. O‘simliklarni ildiz orqali oziqlanish g‘oyasini P.A.Kostichev, V.V.Dokuchayev, K.K.Gedroys, D.N.Pryanishnikov va boshqa olimlar yanada rivojlantirdilar. Mineral elementlarning o‘simliklar tanasidagi miqdori. O‘simliklar tabiiy muhitdan oz yoki ko‘p miqdorda, davriy jadvalda ko‘rsatilgan elementlarning hammasini yutish qobiliyatiga ega. Lekin shu elementlardan hozirgacha faqat 19 tasining o‘simliklar uchun ahamiyati kattaligi, ularni boshqa elementlar bilan almashtirib bo‘lmasligi aniqlangan. Bular uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, magniy, temir, marganes, mis, rux, molibden, bor, xlor, natriy, kremniy va kobalt. Shulardan 16 tasi mineral elementlar gruppasiga kiradi. Chunki uglerod, vodorod va kislorod o‘simlikka CO 2 , O 2 va H 2 O holida qabul qilinadi. O‘simliklar suv va barcha mineral elementlarni ildiz orqali tuproqdan qabul qiladilar. Mineral moddalar tuproq eritmasida, chirindida, organik va anorganik birikmalar tarkibida va tuproq kolloidlariga adsorbsiyalangan holatda uchraydi. Ionlarning o‘zlashtirilishi faqat o‘simliklarga bog‘liq bo‘lmay, balki shu ionning tuproqdagi konsentrasiyasiga, uning tuproqdagi siljishiga va tuproq reaksiyalariga bog‘liq. O‘simliklar tanasidagi elementlarning 95% ni to‘rtta element: uglerod, vodorod, kislorod va azot tashkil etadi. Bu elementlar organogenlar ham deyiladi.

Chunki ular o‘simlik tanasidagi organik moddalarning (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar) asosini tashkil etadi. Qolgan barcha elementlar- 5% ni tashkil etadi va ular o‘simlik kuli tarkibiga kiradi. Ya’ni o‘simliklar kuydirilganda ma’lum miqdorda kul holida qoldiq qoladi. Bu mineral elementlardan iborat. Uning miqdori o‘simlik turiga va organlariga bog‘liq. Masalan, o‘tchil o‘simliklarda, (% hisobida): donlarida – 3%, poyasida – 4%, ildizida – 5%, barglarida – 15%; yog‘ochchil o‘simliklarda, (% hisobida): poyada – 3%, yog‘ochlik qismida – 1%, tana po‘stlogida – 7%, barglarida – 11%; bo‘lishi mumkin. Modda almashinuv jarayoni faol bo‘lgan barglarda kul miqdori eng ko‘p (2-15%) bo‘lishi mumkin. Kulning mineral tarkibi ham murakkab xarakterga ega ( jadval, %): O‘simliklar K 2 O Na 2 O Ca O Mg O Fe 2 O 3 P 2 O 5 CO 2 Si 2 O Cl Makkaj o‘ xori d onlari 29,8 1,1 2,2 15,5 0,8 45,6 0,8 2,1 0,9 Poyasi 27,2 0,8 5,7 11,4 0,8 9,1 - 40,2 - Mineral elementlarning o‘simliklar tanasidagi miqdori asosida uch guruhga bo‘linadi : 1) makroelementlar , 2) mikroelementlar , 3) ultramikroelementlar . Makroelementlarga - o‘simliklar tarkibidlagi miqdori 10 -2 % va undan ko‘p bo‘lgan barcha elementlar ( N , P , K , Ca , Na , Mg , va boshqalar ) kiradi . Mikroelementlarga - o‘simliklar tarkibidagi miqdori 10 -3 -10 -5 % bo‘lgan elementlar ( Mn , B , Cu , Zn , Mo va boshqalar ) kiradi . Ultramikroelementlarga - o‘simlik tarkibidagi miqdori juda oz (10 -6 % va undan kam ) elementlar kiradi ( Cs , Se , Hg , Ag , Au , Li , Ra ). O‘simliklar tanasidagi har bir mineral element ma ’ lum fiziologik funksiyani bajaradi . Ionlarning membranalar orqali transport mexanizmi. Fanda ancha vaqt o‘simlik ildizlariga tuproqdan mineral moddalarning kirishi transpirasiyaga