O’zbek milliy uyg’onish adabiyotida SHarq va G’arb madanaiyati masalalari talqini.
O’zbek milliy uyg’onish adabiyotida SHarq va G’arb madanaiyati masalalari talqini. DARS REJASI: 1. Tadqiqot yo’nalishlari. 2. Ilmiy maktab an’analari. 3. Mill iy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining taraqqiyot bosqichlari. 4. Musta q illik va milliy mafkura. 5. XX asr boshlaridagi adabiy uyushmalar.
“Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti” kursi avvalo mustaqilligimizning mevasi sifatida maydonga kelganligini ta’kidlash joiz. Istiqlolga erishganimizdan keyin ikki ming yillik tarixga ega bo’lgan o’zbek adabiyotining yangilanishi kontsepsiyasini ishlab chiqishga ehtiyoj tug’ildi. O’zbek adabiyotining yangilanish jarayonini chegaralash borasida ancha tortishuvlar bo’lib o’tdi. Bu jarayon hali respublikamiz mustaqillikka erishmasdan ilgari boshlangan edi. Adabiyotshunos olim Isroil Mirzaevning 1990 yilda “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etilgan maqolasida adabiyot tarixi quyidagicha davrlashtiriladi. 1. Izlanishlar va yuksalishlar davri (1917-1934) 2. Tanazzul davri o’zbek adabiyoti (1934-1956) 3. Qutulish va turg’unlik davri o’zbek adabiyoti (1956-1985) 4. Uyg’onish va yangilanish davri (1985 yildan keyingi davr) Musurmon Nomozov “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 1991 yil 8 noyabrь sonida e’lon qilgan maqolasida (“O’z davrida, o’z davrasida”) quyidagicha davrlashtiradi: 1. “Jadid adabiyoti”. Bu davrga XX asr boshlari, inqilob yillari va 20- yillar kiradi. Jadid adabiyotining boshlanishiga Furqat va Muqimiyning ma’rifatparvarlik, milliy erk, taraqqiyot, ijtimoiy ahvoloti aks etgan she’rlarini kiritish mumkin. Jadid adabiyotining oxirgi hamda eng yetuk chiqishi deb CHo’lponning “Soz” to’plamigacha bo’lgan she’rlarni, prozada esa “Kecha va kunduz” romanini tan olish maqbul deb topildi. 2. “Sotsialistik realizm adabiyoti”. Bu adabiyotning boshlanishi deb Hamzaning inqilobiy she’riyati olingan. Hamzaning “Gul” to’plamida va inqilobgacha bo’lgan g’azaliyotini jadid adabiyotiga kiritish mumkin. Bu davr adabiyoti 50-yillarda, ya’ni konfliktsizlik nazariyasi davrida o’z qonuniy nihoyasiga yetdi.
3. “Ikkinchi uyg’onish adabiyoti”. Bu adabiyot 60-yillarning avvalidan boshlandi. Jadidchilikni, millatning ma’naviy hayoti nuqtai nazaridan qaraganda, XX asrdagi birinchi milliy-ma’naviy uyg’onish deb atash mumkin. 60-yillarda esa hali ikkinchi milliy uyg’onish boshlanmagan bo’lsa ham, ikkinchi ma’naviy uyg’onish boshlandi, deb hisoblash to’g’ri bo’ladi. Bu ma’naviy uyg’onish 80-yillarning oxiriga kelibgina soxta baynalmilallik changalidan qutulib milliy uyg’onishga aylana bordi. Bu davr chegaralarini 80-yillarning o’rtalarigacha ya’ni hozirgi adabiy jarayonning vakillaridan hisoblangan. U.Azimov, SH.Rahmon, H.Davron kabi shoirlar, Murod Muhammad Do’st, H.Sultonov, T.Murod singari nosirlarning ijodida o’zining im koniyatlarini va xususiyatlarini to’la ko’rsatgan davrlargacha belgilash mumkin. 4. “Hozirgi adabiy jarayon”. Bu davrni o’rganish va o’rgatish 70- yillarning oxiridan boshlanib, 90-yillarning boshlarigacha belgilash mumkin. Adabiyotshunos Naim Karimov XX asr adabiyotini quyidagicha davrlashtiradi. 1. Milliy uyg’onish davri adabiyoti (asr boshlaridan 1917 yilgacha). 2. SHo’ro davri adabiyoti (1918 yildan 1991 yil 1 sentyabrgacha) a) proletar diktaturasi davri adabiyoti (1918-1929 yillar); b) shaxsga sig’inish yoxud mustabid davr adabiyoti (1930-1956); v) mustabid tuzumning yemirilishi davri adabiyoti (1957 yildan 1991 yil 1 sentyabrgacha). 3. Milliy istiqlol davri adabiyoti (1991 yil 1 sentyabrdan). Adabiyotshunos U.Normatov boshchiligidagi bir guruh olimlar o’rta ta ’ lim maktablari uchun tuzgan dasturda «Milliy uyg’onish davri adabiyoti» 1905 yildan boshlanadi deb belgilaydilar. Ayrim adabiyotshunoslar Turkistonda jadidchilik harakatining paydo bo’lishi, ya’ni XIX asrning 90 yillaridan boshlashni taklif qiladilar. B.Qosimov rahbarligidagi yana bir
guruh olimlar «Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti» rus istilochilarining Toshkentni bosib olishdan, ya’ni 1865 yildan 1929 yilgacha bo’lgan davrni qamrab olishni taklif qiladilar. Bu taklif ma ’ qul topilib alohida kurs sifatida oliy o’quv yurtlarida o’rganilish uchun vazirlik tomonidan chiqarilgan o’quv rejasiga kiritildi. Yuqoridagilardan ko’rinadiki, «Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti» qariyb 65 yillik jarayonni o’z ichiga oladi. Ilgari bunday bo’linish bo’lgan emas. Istiqlolga qadar o’zbek adabiyoti an’anaviy ikki qismga bo’lib o’rganiladi. Bu bo’linishga 1917 yilning 7 noyabri chegara qilib olinadi. Ya’ni: I qism - «O’zbek adabiyoti tarixi», II qism - «O’zbek sovet adabiyoti» deb yuritilardi. Bu esa adabiyot tarixiga mafkuraviy yondoshish, sun’iy bo’linishni keltirib chiqarar edi. Va nihoyat, SSSRning tarqalishi, uning qo’l ostidagi respublikalarning milliy mustaqilikka erishuvi tariximizni to’ g’ ri va haqqoniyyoritish imkonini berdi. Darhaqiqat, tarixga xolisona nazar tashlansa, umumadabiyotimizda yangilanish jarayoni XIX asrning 2-yarmidan boshlanganini sezish mumkin. Uch xonlikka bo’lingan, bu xonliklar o’rtasida va ularning o’z ichida o’zaro uzluksiz urush-janjallarning ro’y berishi xalqni juda toliqtirdi. Adabiyot esa o’z xalqi ko’nglining jarchisi sifatida bu voqealarga befarq qarayolmasligi aniq edi. SHu boisdan unda hayotga, voqelikka real qarash, munosabatida tanqidiy ruh kuchaydi. Bu yangilanish xususiyatlari XIX asrning 90 yillaridan boshlab yangi bosqichga ko’tarildi. Ma’naviy hayotimizga jadidchilik harakatining kirib kelishi adabiyotga yangi kuch va parvoz bag’ishladi. Jadid adabiyoti qadimlarning, bolshevistik mafkura hamda mahalliy hukumatning jiddiy qarshiligi va shiddatli tazyiqiga qaramay, to’laqonli adabiyotga aylanish yo’llarini izladi, shakllandi va taraqqiyot yo’liga kirdi. O’z dargohiga yangicha g’oya va qahramonlarni olib kirdi, unda ilgari ko’rinmagan janrlar
paydo bo’ldi. Jadidlar adabiyotga birinchi bo’lib mustaqillik g’oyasini olib kirdilar va uning uchun kurashdilar. Diktaturaga asoslangan sovet hukumati 20-yillarning o’rtalaridan boshlab uni yo’qotishga kirishdi. 30-yillarning oxiriga kelib maqsadiga erishdi. Ko’p asrlik adabiyotimizning qonuniy merosxo’ri bo’lgan, mustamlakachilikning millat va vatan uchun halokatli oqibatini teran anglab yetgan, mohiyatan yangi adabiyotning butun ruhi hamda mazmunini xalqning milliy uyg’onish jarayoni tashkil etadi. Adabiyot paydo bo’lgandan beri erkka, hurlikka, istiqlolga tashna bo’lib, yashagan va yashaydi. Bu tashnaligini qondirmoq uchun muttasil ravishda yangidan yangi buloqlarning ko’zini ochishga, uning shifobaxsh suvlaridan odamzodni bahramand etishga xarakat qilaveradi. Insonni milliy, irqiy, diniy, ahloqiy va boshqa har qanday cheklanishalrdan xoli qilish, uning hayotda emin-erkin yashashini adabiyotning doimiy yo’ldoshi bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Bu yo’lda adabiyot ne-ne to’siqlarga uchrasa-da, qanchadan qancha erk kuychilari qatliom qilinsa-da, hech qachon o’z maqsadidan, ya ’ ni istiqlol orzusidan voz kechmadi, buyuk maqsadga erishish yo’lida kurashni davom ettiraverdi. Binobarin, adabiyotning sukut saqlashga mutlaqo xaqqi yo’q. U bir lahza bo’lsin, «Sukutga tolar ekan, bu sukut xalqning inqilobi bilan baravar bo’ladi» degan edi Saltikov-SHedrin. SHuning uchun u doimo erk qo’ng’irog’ini chalib turishga burchlidir. SHu ma ’ noda jadidchilik xarakati Turkistandagi milliy uyg’onishning ijtimoiy-siyosiy ko’rinishi bo’lsa, jadid adabiyoti ushbu jarayonning badiy ifodasi edi. Bu adabiyot faqat g’oyaviy-estetik jihatdangina emas, balki adabiy-estetik jihatdan ham ko’p asrlik o’zbek adabiyotining eng porloq sahifalarini tashkil etadi. Ayni paytda jadid adabiyoti va keng ma’noda milliy uyg’onish davri adabiyoti boshqa juda ko’p xususiyatlari bilan ham xozirgi