logo

O’zbek tilida gapning uyushiq bo’laklari haqida

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

53.9384765625 KB
O’zbek tilida gapning uyushiq bo’laklari haqida
Reja:
1. Uyushiq bo’laklar haqida umumiy tushuncha.
2. Uyushiq bo’laklarda bog’lovchilarning qo’llanishi.
3. Uyushiq bo’laklar  va umumlashtiruvchi so’zlar.
4. Gapning uyushiq bosh bo’laklari haqida.
5. Uyushiq ega va uyushiq kesimlarning moslashuvi.
6. Uyushiq ega va uyushiq kesimlarning o’rinlashish tartibi.  O’z     ona   tilini   bilmagan   odam   o’zining   shajarasini,   o’zining
ildizini   bilmaydigan,   kelajagi   yo’q   odam,   kishi   tilini   bilmaydigan   uning
dilini ham   bilmaydi, deb juda to’g’ri aytishadi 1
.
O’zlikni   anglash,   milliy   ong   va   tafakkurning   ifodasi,   avlodlar
o’rtasidagi ru h iy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi.  
Buyuk   ma’rifatparvar   bobomiz   Abdulla   Avloniyning   so’zlari   bilan
aytganda, «Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadurgan oyinai hayoti til va
adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yuqotmakdur».
Biz   ajdodlardan   avlodlarga   o’tib   kelayotgan   bebaxo   boylikning   vorislari
sifatida   ona   tilimizni   asrab-avaylashimiz,   uni   boyitish,   nufuzini   yanada   oshirish
ustida   doimiy   ishlashimiz   zarur.   Ayniqsa,   fundamental   fanlar,   zamonaviy
kommunikatsiya va axborot  texnologiyalari, bank-moliya tizimi  kabi  o’ta muhim
sohalarda ona tilimizning qo’llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy
lug’atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab
chiqish,   bir   so’z   bilan   aytganda,   o'zbek   tilini   ilmiy   asosda   har   tomonlama
rivojlantirish   milliy   o’zlikni,   Vatan   tuyg’usini   anglashdek   ezgu   maqsadlarga
xizmat qilishi shubhasiz.
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng xalqimiz ma’naviy hayotidagi boshqa
ko’plab   muammolar   qatori   til   va   alifbo   masalasi   ham   biz   uchun   kun   tartibidagi
dolzarb   vazifaga   aylandi.   Ayniqsa,   ona   tilimizning   xalqaro   maydondagi   obru-
e’tibori   va   nufuzini   yuksaltirish,   mamlakatimizning   jahon   kommunikatsiya
tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash, farzandlarimiz uchun chet tillar, axborot
texnologiyalarini   har   tomonlama   puxta   egallash   borasida   qulay   imkoniyatlar
yaratish kabi bir-biridan muhim vazifalar bu masalani kechiktirmasdan hal qilishni
talab etar edi 2
.
Uyushgan   so‘zshakl   har   doim   sintaktik   mavqe   va   morfologik   shakllanish
jihatidan   bir   xil   bo‘ladi.   Ular   boshqa   so‘z   bilan   bog‘lanishda   tenglik   saqlaydi.
Ammo   ularning   qanday   so‘z   bilan   ifodalanishi   –   so‘z   turkumi     jihatdan   bir   xil
bo‘lishi   va,  demak,  bir   xil  so‘roqqa  javob  bo‘lishi  shart  emas:   Сени   (олмош)   ва
1
  Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent, “O’zbekiston”  2011, 47-bet
2
 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”  2008, 52-54-betlar. Саломатнинг   укасини   (от)   тақдирлашади.     Bodomlar,   shaftolilar   va   o‘riklar
gulladi.       Bu   gapdagi   bodomlar,   o‘riklar,   shaftolilar   so‘zshakllari   sintaktik
mazmun jihatdan  biri ikkinchisiga tobe bo‘lmasdan, teng aloqaga kirishgan va bu
aloqa   teng   bog‘lovchilar   yoki   ohang   vositasida   amalga   oshirilgan.   Bunday
tenglanish   qatorini     hosil   qilgan   so‘zshakllar   bir   kengayuvchi   so‘zshaklga
tobelanib,   sintaktik   jihatdan   bir     xil   mavqega   ega   bo‘ladi.   Bunday   so‘zshakl
uyushiq so‘zshakl deyiladi. Tenglanish qatori gapda har qanday sintaktik mavqeni
egallashi mumkin.
Kesim:  Siz aqlli va tadbirkorsiz.
Ega:  Go‘yo Navoiy va Boyqaro qarshimda edi.
Hol:  Suv o‘ynoqlab, ko‘piklanib oqardi.
To‘ldiruvchi:  U qalam, daftar, ruchka oldi.
Aniqlovchi:  Nasibaning va Karimaning  opalari keldi.
Undalma:  Aziz do‘stlar, yurtdoshlar, sizlarni sog‘inib yashadim 3
.
Ba’zi   gaplarda     sintaktik   jihatdan   teng   bo’laklar     birdan   ortiq   holda   uyushib
keladi. Bular uyushiq bo’lak deyiladi. Shunday bo’lakka ega bo’lgan gap uyushiq
bo’lakli gap sanaladi. 
Gapning uyushiq bo’laklari  bir necha xil  ko’rinishga ega:
1. Egalar uyushib keladi;
2. Kesimlar uyushib keladi;
3. Egalar ham, kesimlar ham uyushib keladi;
4. Ikkinchi   darajali   gap   bo’laklari   uyushib
keladi: a) to’ldiruvchilar uyushadi; b) aniqlovchilar uyushadi; d) hollar uyushadi 4
.
Sintaktik   bo‘lak   yakka   leksemashakl   bilan,   yakka   birikma shakl   bilan
ifodalanishdan   tashqari   o‘zaro   teng   aloqadagi   ikki   va   undan   ortiq   leksemashakl
bilan, birikmashakl bilan ham ifodalanadi. O‘zaro teng aloqadagi bunday sintaktik
birliklarga uyushiq qator deyiladi. Uyushiq qator hosil etuvchi ikki va undan ortiq
a’zo (leksemashakl, birikmashakl) bir butun holda bitta sintaktik bo‘lak vazifasida
keladi, shunga ko‘ra uyushiq qator bilan ifodalangan ega, sifatlovchi va h. haqida
gapirish   to‘g‘ri,  "uyushiq   bo‘laklar"   terminini   ishlatish   noo‘rin,  chunki   lar   affiksi
3
  Sayfullaeva R.R., Mengliev B.R., Boqieva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili.  O‘QUV  qo‘llanma. – Toshkent, 2009. 372-bet.
4
  Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили(синтаксис), Тошкент, 1987, 140-бет. "bir   necha   bo‘lak"   tushunchasini   beradi,   vaholanki   sintaktik   bo‘lak   bitta,   faqat   u
uyushiq qator bilan ifodalangan.
Uyushiq qator a’zolari talaffuzda sanash ohangi  bilan aytilib, o‘zaro qisqa
pauza (to‘xtam) bilan, yozuvda esa tirnoqcha bilan ajratiladi; uyushiq qator a’zolari
orasida   bog‘lovchi   qatnashishi   mumkin,   bunda   tirnoqchani   yozish yozmaslik
bog‘lovchining turiga bog‘liq 5
.
Gapning   konstruktiv   bo‘laklari   ham,   nokonstruktiv   bo‘laklari   ham
uyushishi mumkin.
Uyushiq   so‘zshakllar   bir   butun   holda,   yaxlit   a’zo   sifatida   gap   struktur
qolipiga bevosita (uyushiq kesim, ega, hol) yoki bilvosita (to‘ldiruvchi, aniqlovchi
va   boshqa   so‘z   kengaytiruvchisi)   daxldor   bo‘ladi.   Tenglanish   qatoridagi
so‘zshakllar   sintaktik   jihatdan     bir   xil   mavqega   ega   bo‘lmasligi   ham   mumkin.
Ya’ni   ular   bir   hokim   uzvga   tobelanishsa   va   o‘zaro   teng   aloqaga   kirishishsa-da,
sintaktik   vazifa   jihatdan   farqlanadi.   Masalan:   Har   joyda   va   har   kimga   sen
haqingda   gapirdim.   Bundagi   har   joyda   va   har   kimga   so‘zshakllari   o‘zaro   teng
aloqaga kirishgan, lekin biri gap kengaytiruvchisi   (har joyda ), ikkinchisi esa so‘z
kengaytiruvchisi   ( har   kimga ).   Bunday   tenglanish   qatori   uyushmagan   tenglanish
qatori   deyiladi. Uyushmagan tenglanish   qatori a’zosining har biri har xil lisoniy-
sintaktik   o‘rinlarning   to‘ldiruvchisi   bo‘ladi.   Xususan,   mazkur   gapdagi   har   joyda
so‘zshakli   gap   lisoniy   strukturasidagi   hol   o‘rnini   to‘ldirsa,   har   kimga   so‘zshakli
gap  markazidagi   atov  birligi  (W)   ning  kengaytiruvchisi,   gap  lisoniy  strukturasiga
bevosita daxldor bo‘lmagan a’zo.
Tenglangan so‘zshakllarining har biri kengaygan bo‘lishi ham mumkin: 1.   U
dengiz   qiyofasini   kasb   etgan   keng   paxtazorga   va   undagi   marra   uchun   kuyib-
pishayotgan terimchilarga uzoq tikildi.  2.  Sho‘x yigitlar,  erka qizlar quvnashar.
Uyushgan   so‘zshakl.   Uyushgan   so‘zshakl   har   doim   sintaktik   mavqe   va
morfologik   shakllanish   jihatidan   bir   xil   bo‘ladi.   Ular   boshqa   so‘z   bilan
bog‘lanishda   tenglik   saqlaydi.   Ammo   ularning   qanday   so‘z   bilan   ifodalanishi   –
5
  Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. - Toshkent: Universitet, 2006,  364-365 bet so‘z   turkumi     jihatdan   bir   xil   bo‘lishi   va,   demak,   bir   xil   so‘roqqa   javob   bo‘lishi
shart emas:  Seni  (olmosh)  va Salomatning ukasini  (ot)  taqdirlashadi.
Uyushgan   so‘zshaklning   oxirgisi   tegishli   grammatik   shaklni   olib,   oldingilari
olmagan   bo‘lishi   ham   mumkin:   Maydonni   begona   o‘t,   tosh   va   har   xil
chiqindilardan tozaladik.   Bunda uyushgan so‘zshaklning oxirgisi ( chiqindilardan )
chiqish   kelishigi   bilan   shakllangan.   Bu   uyushgan     so‘zshaklning   grammatik
shakllanishi   har   xil   bo‘lishi   ham   mumkin   degani   emas.   Chunki   oxirgi
so‘zshakldagi   chiqish   kelishigi   uyushgan   so‘zlarning   boshqalariga   ham   tegishli.
Faqat nutqiy tejam grammatik ko‘rsatkichning barcha so‘zshaklda  takrorlanishiga
monelik qiladi.
Uyushiq   so‘zshaklning   muhim   nutqiy   belgisidan   biri   sanash   ohangi   bilan
aytilishi. Sanash ohangi bo‘lmasa, sintaktik mavqe, grammatik shakl va ifodalanish
jihatlari   bir   xilligiga   qaramasdan   so‘zshakllar   uyushiq   sanalmaydi.   Masalan,
Mening   diqqatimni   dumaloq   oppoq   toshlar   tortdi   gapidagi   dumaloq   va   oppoq
so‘zshakli   toshlar   so‘zshakliga tobelanib, ifodalanish va grammatik shakl jihatdan
bir   xil.     Biroq   ular   uyushtiruvchi   (sanash)   ohangsiz   uyushmagan   kengaytiruvchi
hisoblanadi.  
Demak,   sintaktik   mavqe,   grammatik   shakl   bir   xilligi   va   uyushtiruvchi
ohangga egalik uyushgan tenglanish qatorining zaruriy belgisidir.
Uyushiq kesimning o‘ziga xos xususiyati.   Uyushgan ega, hol, to‘ldiruvchi va
aniqlovchida tegishli grammatik shakl har bir so‘zshaklda alohida-alohida mavjud
bo‘lishi ham, faqat oxirgisida bo‘lib, oldingilarida bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq
uyushgan   kesimlarda   kesimlik   shakllari   bilan   faqat   oxirgi   kesim     shakllangan,
boshqalari   esa   bu   qo‘shimchani   olmagan   bo‘ladi:   1.   Bizning   yoshlar   dono   va
zukkodirlar.  2.  Do‘kondorlar molini maqtab va haridorlarni chorlab turardilar.  3.
Voqea   sodir   bo‘lgan   joyga   zudlik   bilan   borishimiz   va   masalaga   oydinlik
kiritishimiz lozim.
So‘z   kesimlik   ko‘rsatkichi   bilan   shakllangan   va   kesimlik   sintaktik
pozitsiyasini     egallagan  bo‘lsa,  u  alohida  hukm   va  tugal  ma’no ifodalaydi  hamda
gap   hosil   qiladi.   Yuqorida   keltirilgan   gapda   ham   uyushgan   kesimning   barchasi (P
m )   ko‘rsatkichi   bilan   shakllantirilganda,   ularning   har   biri   alohida-alohida   gapni
hosil qiladi  va natijada qo‘shma gap vujudga keladi. Qiyoslang:  1.   Siz a’lochi va
jamoatchi kishisiz  (uyushiq kesimli gap)  – Siz a’lochisiz va jamoatchisiz  (qo‘shma
gap) .   2.   U   vaqtlarda   otam   kosib,   onam   tikuvchi   edi   (uyushgan   sodda   gap)   -   U
vaqtlarda otam kosib edi va onasi tikuvchi edi   (qo‘shma gap).  
Ikkinchi  gapning har  bir kesimini  (P
m ) bilan to‘la shakllantirib, qo‘shma gap
tarzida   qo‘llash   uslubiy   g‘alizlikni   keltirib   chiqaradi.   Shu   bois   ushbu   o‘rinda
qo‘shma gap emas, balki uyushiq kesimli sodda gapni ishlatish o‘ng‘ay.
Uyushiq   kesimning   har   xil   so‘z   turkumi   bilan   ifodalanishi   ham   uchraydigan
hodisa.  Bu ot  va olmoshda mavjud:  Taniganim, bilganim sen va  Halimdir.   Biroq
fe’l  va boshqa turkum  so‘zi    uyushiq kesim  hosil  qila olmaydi. Chunki ot va fe’l
boshqacha va qolgan turkumlar boshqacha tuslanishga ega bo‘ladi:  Itingdurman va
bo‘zlagaydirman.  Bu gapda kesimlik ko‘rsatkichlarini ikkala so‘zshakl uchun bitta
qilib bo‘lmaydi:  Itingdur va bo‘zlagaydirman  kabi.
  Uyushiq   kesimlarning   oldin   turgani     [ -i(b) ]   shaklli     ravishdosh   bilan
ifodalanganda, hol bilan  monand bo‘lib qoladi: 1.  U ko‘rqib baqirib yubordi.  2.  U
tanib,   bilib,   so‘ray   boshladi.   Har   ikkala   qo‘llanishda   ham     fe’l   so‘zshakllar   bir-
biriga   o‘xshaydi. Biroq gaplardan birinchisida fe’l hol ( ko‘rib ) va kesim ( baqirib
yubordi )   vazifacida.   Keyingi   gapda   esa   uyushiq   kesim   mavjud.   Biroq   birinchi
gapda  uyushiqlikning zaruriy belgisi – uyushtiruvchi  ohang mavjud emas.
Tenglanish   qatorida   bog‘lovchi.   Tenglanish   qatori   bog‘lovchili   yoki
bog‘lovchisiz   bo‘lishi   mumkin.   Bog‘lovchisiz   qator   faqat   ohang   yordamida   hosil
qilinadi:   1.   Karima,   Gulnora,   Halima   boqqa   jo‘nadilar.   2.   U   tanib,   bilib,   so‘ray
boshladi.
Bog‘lovchili   qator     bog‘lovchi   vosita   yordamida   hosil   qilinadi:   1. Eshikdan
yosh yigit va chol kirib keldi.   2 .  Farzandlarimiz dono va baxtiyordir.
Tenglanish   qatori   nisbatan     cheklanmagan   yoki   cheklangan   a’zodan   tashkil
topishi   mumkin.   Bu   a’zolararo   munosabatning     turi   bilan   bog‘liq.   Shunday
tenglanish   qatori   mavjudki,     bunda   bemalol   qatorni   to‘ldirish,   yangi   a’zo   bilan
davom   ettirish   mumkin   bo‘ladi:   U   ko‘k,   qora,   qizil   qalamlar   oldi.   Bunday tenglanish qatori   ochiq qator  deyiladi. Ochiq qator  shunday a’zolardan tuziladiki,
bunda   bir   a’zo   boshqalariga   qanday   munosabatda   bo‘lsa,   boshqa   a’zo   ham   unga
shunday   munosabatda   bo‘ladi.   Yopiq   qator   esa   shunday   a’zolardan   tashkil
topadiki, ularda  qatordagi  a’zolarning   munosabati  taqsimlangan  bo‘ladi:  bir  a’zo
ikkinchisiga   boshqacha,     ikkinchisi   birinchisiga   boshqacha   munosabatda   bo‘ladi:
Bog‘da   nafaqat   olma,   balki   nok   ham   o‘sadi.     Ochiq   tenglanish   qatorida   tartib,
asosan,   erkin:     Bog‘da   o‘rik,   olma,   shaftoli   o‘sadi   gapi   bog‘da   o‘rik,   olma,
shaftoli,   balki   nok   ham   o‘sadi   shaklida   berilsa   ham,   mazmunga   putur   yetmaydi.
Yopiq tenglanish qatorida tartib, ko‘pincha, qat’iy bo‘ladi.   Bog‘da shaftoli, olma,
balki   nok   ham     o‘sadi   gapi   Bog‘da   nafaqat   nok,   balki   olma   ham   o‘sadi
ko‘rinishini   olsa,   avvalgi   mazmunni   bermaydi   ( Qiyoslang :   pishirib,   yedi   –   yeb
pishirdi, to‘y va tomosha – tomosha va to‘y) . 
Ba’zi bog‘lovchi faqat ochiq qatorni, ba’zilari esa faqat yopiq qatorni tashkil
etadi.
Ayiruv   bog‘lovchilari   ochiq   qatorni   tashkil   qiladi:   1.   Biz   uchun   maktab   yo
hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat ishi bo‘lmog‘i lozim.   2.  Bunda bor na ofat,
na g‘urbat, na g‘am.
Biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari yo yopiq qatorni tashkil etadi, yoki qatorni
yopadi: 1) yopiq qatorni  tashkil etish:  Gullar va maysalar ajib bir go‘zallik baxsh
etardi;   2)  qatorni  yopish:   Gullar, rayhonlar va maysalar  ajib bir go‘zallik baxsh
etardi.
Tenglanish   qatorining   har   ikkala   turi   –   ochiq   qator   ham,   yopiq   qator   ham
bog‘lovchisiz bo‘lishi mumkin:
1. Bog‘lovchili   ochiq   qator.     Ayrim   bog‘lovchi   tenglik   munosabatiga
kirishayotgan   har   bir   so‘zshakl   uchun   qo‘llanib,   qatorni   bemalol   davom   ettirishi
mumkin:   Halim ham o‘qiydi, ham ishlaydi, ham davolanadi   gapida   ochiq qatorni
tashkil   etuvchi   bog‘lovchi,   aytilganidek,   asosan,   ayiruv   bog‘lovchilar   va     ham
yuklamasi.
2. Bog‘lovchisiz   ochiq   qator.   Bog‘lovchisiz   ochiq   qatorni     tashkil   etuvchi
a’zolar o‘zaro uyushtiruvchi ohang yordamida bog‘lanadi:  Muhayyo, Surayyo, Dilshoda, Muqaddas,
Ko‘zimni yashnatib kiyibsiz atlas.
2.1.   Bog‘lovchisiz ochiq qatorning ikki turi mavjud:
a)   har   xil   predmet,   belgi   va   shu   kabilar   nomi   beriladi:   Nonsiz,   tuzsiz,   suvsiz
uch kun qiynaldi .
 b) darajalanuvchi, ko‘payuvchi, to‘ldiruvchi a’zolar beriladi:   Tutab, burqsib,
yonib, kuydi bechora .
2.1.1. Yopiq bog‘lovchili qator a’zolari orasida:
 a)  uyg‘unlik (  Halim qattiqqo‘l va jiddiy edi) ;
  b)  zidlik ( Sekin, ammo chiroyli yozadi)
ma’nosi mavjud.
2.1.2.   Bog‘lovchisiz   yopiq   qatorda   tenglanuvchi   a’zolar   juftlashadi:   1. Erta-
indin kelarman (erta yoki   indin kelarman ). Ba’zan ayrim vosita ham bog‘lovchisiz
qatorni tashkil qilishda qo‘llanadi:  Senga emas, qizimga aytaman 6
. 
Gapning   uyushiq   bo’laklari   tenglashish   yo’li   bilan   aloqaga     kirishadi.   Bu
sintaktik   aloqa  uch   xil   vosita   yordamida   bo’ladi:   1)   teng  bog’lovchilar   va   sanash
intonatsiyasi, 2) biriktiruvchi pauza va sanash intonatsiyasi, 3) teng bog’lovchilar,
biriktiruvchi pauza va sanash intonatsiyasi 7
.
Eganing uyushiq qator bilan ifodalanishi
I. Uyushiq qator ot leksemashakl bilan ifodalangan: 
1. Uyushiq qator a’zolari oralig‘ida bog‘lovchi qatnashmagan: 
1)   Bir   xil   grammatik   shakllangan   leksemashakl   va   birikmashakl   bilan
ifodalan gan : S e p n i n g  b o y l i g i, t u r i,  r a n g   b a r a n g l ig i  hammani
hang mang etdi (Oybek). D o‘ p p i  y e l i m i, k e r o s i n  h i d i  anqib turgan suv
muzdakkina   edi   (O‘tkir   Hoshimov)   kabi.   Ikkinchi   misoldagi   ega   -   gapshakl
transformasi tarkibidagi (ichki) ega.
2)   Uyushiq   qator   a’zolari   grammatik   son   paradigmasining   har   xil   shaklidagi
leksemashakl va birikmashakl bilan ifodalangan :  Kambag‘al  urug‘  aymoq, qo‘ni
6
 Sayfullaeva R.R., Mengliev B.R., Boqieva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili.  O‘QUV  qo‘llanma. – Toshkent, 2007. 350-354 bet
7
  Ўзбек тили грамматикаси. 2-том, Тошкент, 1976, 165-бет qo‘shnilar,     to‘yda,   azada   semiradigan   yurimsak   ayollar   ..   piyoda   jo‘nashdi
(Oybek).   Azizning   ko‘z   o ‘ngida   brigada   shiyponi,   lotok	ariq,   yangi   bog‘,   qiyg‘os	
ochilib yotgan atirgullar, rayhonlar, to‘p	to‘p jambillar jonlandi (Hamid G‘ulom) kabi.	
Bu jumlalarda uyushiq qatorning ayrim a’zolari  birlik shaklida, ayrim a’zolari ko‘plik
shaklida ishlatilgan.	
3) Uyushiq qator a’zolarining grammatik shakli umumlashtirilgan: Axir  binafsha,	
chuchmoma, lolalar..  ochilib, yashnab yotadi (Hamid G‘ulom). Bu misolda  	lar ko‘plik	
affiksi, demak, undan keyin keladigan bosh kelishik shakli ham umumlashtirilib, go‘yo
qavslardan   tashqariga   chiqarilgan,   uyushiq   qatorga   yaxlitligicha   qo‘shilgan,   uyushiq
qator a’zo	lari   esa  go‘yo leksemaga  teng asos  holatiga  o‘tgan.  Buni  qavslar  yordamida	
quyidagicha ko‘rsatish mumkin: [(binafsha), (chuchmoma), (lola)] 	 lar 	 II.	
2. Uyushiq qator a’zolari oralig‘ida bog‘lovchi qatnashgan : 
1) va bog‘lovchisi qatnashgan (b):
a) ikki a’zoli qatorda ishlatilgan :
-   leksemashakllar   uyushgan   :   Q   o   r     v   a     sh   a   m   o   l     kuchaya   bordi   (Oybek).	
Oqshom esa   o n a   v a   o‘ g‘ i l   Nafisa haqida uzoq suhbatlashdilar (Hamid G‘ulom)
kabi;	
- juft leksemashakl va birikmashakl uyushgan (I): Boshqa uylarda  qarin-  dosh 	 u	
rug‘lar va .. turli xotinlar  bor edi (Oybek).	
b)   Ko‘p   a’zoli   qatorda   oxirgi   a’zo   oldida   ishlatilib,   sanashning   tugashini	
ifodalashga   ham   xizmat   qilgan;   a’zolar   leksemashakl   hamda   birikmashakl   bilan
ifodalangan va ular bir xil grammatik shakllangan : Uyning devorlaridan   n a m,  m o
g‘ o r    h i d i  v a  s o v u q  esadi (Oybek). Bu ko‘zlarda  t u y g‘ u n l i k,  o l i j a n o b-
l i k,  k o‘ n g i l n i n g  b a h o r i y  t o z a l i g i,  i l i q l i g i  v a  q a n d a y- d i r  p a r i
sh o n  x a yo l ch a n l i k  jilvalanar edi (Oybek).
2) bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida ikki a’zoli qatorda ishlatilgan (4):
a) Leksemashakllar uyushgan :  A z i z  b i l a n  N a f i s a  maktabda birga
o‘qishgan (Hamid G‘ulom).   Q i  z i,   k e l  i n l a r i   b i  l a n   L u t  f i n i s o o‘tirgan   oldingi   soyabonli   aravani   ..   (Oybek)   kabi.   Ikkinchi   jumladagi   ega   -
gapshakl transformasi tarkibidagi (ichki) ega.
b) Leksemashakl bilan birikmashakl uyushgan : T o sh k e n t l i k   y i g i t  
b i l a n  D a v l a t b e k o v  .. qaytib ketishdi (Pirimqul Qodirov).
3. Uyushiq qator a’zolari ham ta’kid yuklamasi bilan ishlatilgan (1). Quyidagi
jumlada   uyushiq   qatorning   birinchi   a’zosi   grammatik   son   paradigmasining   birlik
shaklida,   ikkinchi   a’zosi   esa   ko‘plik   shaklida   qatnashgan:   Serka     ham,     qo‘ylar
ham  cho‘ponning izmiga tez bo‘ysunadi (Pirimqul Qodirov).
4.   Bir   misolda   uyushiq   qator   oxirida   umumlashtiruvchi   leksemashakl   ish-
latilgan; uyushiq qator a’zolari grammatik son paradigmasining bir lik va ko‘p-lik
shakllarida qatnashgan: Q o r o n g‘ i d a  s o‘ p p a y i b  t u r g a n    t r a k t o r,
m u t t a s i l  ch a g‘   ch u g‘  q i l a yo t g a n  q a r g‘ a- l a r,  o s m o n d a  z a n g
o r i  q i l i ch d e k  ya l t   yu l t  q i l i b  o‘ ch a yo t g a n  ch a q m o q - h a m m a
s i  g‘oyib bo‘ldi (O‘tkir Hoshimov).
II.   Bir   misolda   tasvir   birliklari   uyushib   kelgan:   Qiy     chuv,     chag‘irchug‘ur
quloqni kar qiladi (Oybek).
III. Uyushiq qator otlashgan birikmashakl bilan ifodalangan : 
1. Rasm rusum nomlari otlashib uyushiq qator hosil qilgan : "S o ch  s i l a sh",
"O y n a g a  q a r a sh",  "T u g‘ d i   t u g‘ d i"  v a  h o k a z o  qariyb tongga qadar
ermak bo‘ldi (Oybek). 
2.   Qaratuvchili   birikmaga   transformatsiya   qilingan   gapshakl   gan   sifatdoshi
shaklida otlashib. uyushiq qator hosil qilgan : Sh u  p a y t  a l l a- q a n d a y  e r k
a k  k i sh i n i n g .. s o‘ k i n g a n i,  O l i m j o n-     n i n g  "Q o‘ y v o r i n g"  d
e b  y a l i n g a n i  eshitildi (O‘tkir Hoshimov).  .. u n i n g  h o v l i  t o m o n g a
g u p  e t i b  t u sh g a n i, .. u y  t o m o n g a  b o r g a n i, "K e n n o y i!"  d e b
ch a q i r g a n i  eshitildi (O‘tkir Hoshimov).
Sifatlovchining uyushiq qator bilan ifodalanishi
I. Uyushiq qator sifat leksemashakllar bilan ifodalangan:
1. Ikki a’zoli bo‘lib : 1) bog‘lovchi   vosita   qatnashmagan   :   ..   y   a   p     y   a   n   g   i,   u   z   u   n   qog‘oz
aqchasini .. (Oybek). ..o g‘ i r,  sh a h d a m  qadamlar  bilan .. (O‘tkir Hoshimov)
kabi.   Ketma ket   joylashgan   ikki   sifat   leksemashakl   doim   uyushiq   qator   hosil
qilavermaydi.   Buni   aniqlashda   quyidagi   amaliy   usuldan   foydalanish   mumkin:
uyushiq qator  bo‘lsa,  bunday sifatlovchilarni o‘zaro o‘rin almashtirish imkoniyati
bo‘ladi: yap yangi, uzun aqchani    uzun, yap yangi aqchani kabi (ayni predmetning
teng deb qaralgan ikki belgisi). Og‘ir, shahdam qadamlar bilan misolida ikki belgi
orasidagi teng aloqa zidlash bilan (og‘ir, lekin shahdam kabi) ifodalangan.
Yozuvda   ba'zan   uyushiq   bo‘lmagan   sifatlovchilar   oralig‘iga   tirnoqcha
qo‘yilib, ular uyushiq qatorga tenglashtirib qo‘yiladi. Masalan, Mirzakarimboy  h a
ya j o n l i,  t i t r o q  t o v u sh  b i l a n  qiziga fotiha berib,.. (Oybek) jumlasida
ketma ket   kelgan  sifat  leksemashakllar  asli   uyushiq  qator   hosil  qilmaydi,  ularning
tovush   bilan   leksemashakliga   bog‘lanishi   tamoman   boshqacha:   [(hayajonli)   X
(titroq tovush )]     I  	   II      bilan. Demak, hayajonli leksemashakli titroq tovush
birikmasiga   sifatlovchi   bo‘lib   kel gan,   tirnoqcha   noo‘rin   (ortiqcha)   qo‘yilgan.
Yuzimga i l i q,  y i r i k  t o m ch i  tushdi (O‘tkir Hoshimov) jumlasida ham asli
sintaktik aloqa quyidagicha (iliq) X (yirik tomchi-);
2) bog‘lovchi vosita qatnashgan :
a)   va   bog‘lovchisi   :   Kuyov     u   z   u   n     v   a     k   e   n   g     zarbob   to‘n   kiyib   ..
(Oybek). .. s o ch d a y   q o p     q o r a   v a   m a y i n ..   t o l a l a r .. (Pirimqul
Qodirov).   Ikkinchi   misolda   asli   gapshakl   (Tolalar   sochday   qop qora   va   mayin)
sifatlovchili birikmaga transformatsiya qilingan;	
b) hatto ta’kid yuklamasi qatnashgan (I): U Hulkarga  j u d a  m a y i n,  h a t- t o  m e	
h r i b o n  tovush bilan gapirar edi (Pirimqul Qodirov).	
2. Uyushiq qator uch a’zoli bo‘lib, ular oralig‘ida bog‘lovchi vosita qatnashmagan (2):	
Kuyov   tomonda     o   r   i   q,     d   a   r   o   z,     ch   a   y  i   r     bir   xotin   bel   bog‘ladi   (Oybek).   Mana   bu
misolda   ikkinchi   tirnoqcha   ortiqcha   qo‘yilib,   ikki   a’zoli   uyushiq   qator   uch   a’zoli   uyushiq
qatorga o‘xshab qolgan: Boshqa uylarda  t o‘ y p a r a s t,  d a y d i,   t u r l i  x o t i n l a r
bor   edi   (Oybek).   Asli   bu   yerdagi   sintaktik   bog‘lanish   quyidagicha:   (to‘yparast,   daydi)   X
(turli xotinlar). II. Uyushiq qator mato turi ma'nosini anglatadigan ot leksemalar bilan ifodalangan (1).	
Quyidagi   jumlada   bunday   ma'noli   ot   leksema   sifatlovchi   olib,   ko‘rpani   leksemashakliga
uyushiq   birikmashakllar   sifatida   tobelangan;   bu   uyushiq   birikmashakllar   oralig‘ida   va
bog‘lovchisi qatnashgan: .. t o‘ q q i z   d u x o b a  v a  t o‘ q q i z      h a r  n a v  sh o h i
ko‘rpani tomosha qildi (Oybek).	
III.   Uyushiq   qator   sifatdosh   shaklidagi   fe'l   birikmashakllar,   transformatsiyalangan	
gapshakllar bilan ifodalangan : 	
I. Ikki a’zoli bo‘lib :
1) 	bog‘lovchi vosita qatnashmagan :	
a)
 yoyiq 	birikmashakllar bilan ifodalangan (1): Q i sh i n 	 yo z i n  b a h o r- d a g i d a	
y  ya sh n a b  t u r a d i g a n,  h a m i sh a  ch a sh m a n i n g      sh o‘ x  t o m ch i l a r i  b i
l a n  o‘ y n a sh i b  o‘ s a d i g a n  bu chiroyli giyoh  – sunbul (Pirimqul Qodirov);	
b)
 	tashqi transformatsiyalangan gapshakllar bilan ifodalangan (1):  e t a k l a r i  g‘ i j i	
m l a n g a n,  r a n g i  a y n i g a n  chit ko‘ylak .. (Oybek);	
2) va bog‘lovchisi qatnashgan: O‘ r t a  m a k t a b n i  a ' l o  b a h o l a r  b i l a n  t a	
m o m l a g a n  v a  sh u  m a k t a b d a  m u a l l i m l i k k a      q o l d i r i l g a n  Nafisa ..
(Hamid G‘ulom).  .. k o‘ p d a n  b e r i  x a y o l i n i  b a n d  q i l i b  k e l g a n  v a  n i h o
ya t  b u g u n,  sh u  o q sh o m  h a q i- q a t g a  a y l a n i sh i  e h t i m o l  b o‘ l g a n
orzusi haqida .. (Hamid G‘u-lom).
2.   Mana   bu   jumladagi   uyushiq   qator   uch   a’zoli   bo‘lib,   leksemashakl   bilan
ifodalangan, bog‘lovchi vosita qatnashmagan (1): Dildor  u  a v v a l  k o‘ r- g a n,
t a n i g a n,  b i l g a n  Dildor emas (Hamid G‘ulom). 
IV.   Uyushiq   qator   sifat   leksemashakl,   sifat   birikmashakl   bilan   hamda
sifatdosh shaklidagi leksemashakl, birikmashakl  bilan - aralash holda ifodalangan
(2):  Ch u v a k  y u z l i,  s i y r a k  s a r g‘ i sh  m o‘ y l o v l i,   i r j a y g a n
quvgina yigitga bir oz tikildi da,.. (Oybek).  B o b o s i g a  m e h r i b o n,  o t a   o n
a s i n i n g  h u r m a t i n i  j o y i g a  q o‘- ya d i g a n,  u k a l a r i n i n g  t a r b i
ya s i g a  b o sh   q o sh,      o‘ t a  m e h r i b o n,  e r t a   y u  k e ch  t i n i b   t i n
ch i m a y d i-    g a n  qiz (Hamid G‘ulom).
Qaratuvchining uyushiq qator bilan ifodalanishi Qaratuvchining   uyushiq   qator   bilan   ifodalanishiga   tahlilga   jalb   qilingan
jumlalar   orasida   faqat   3   misol   uchradi.   Bu   uch   misolda   qaratuv-chining   uyushiq
qator bilan ifodalanishiga xos quyidagi xususiyatlar o‘z aksini topgan:
1) T o‘ r t  k a r n a y,  o l t i  s u r n a y n i n g  shovqini ko‘kni tutdi (Oybek).
Bu jumlada uyushiq qator sifatlovchili birikmashakllar bilan ifodalangan; qaratqich
kelishigi   affiksi   uyushiq   qatorga   yaxlitligicha   qo‘shilgan;   bu   affiks
umumlashtiruvchi   shakl   yasovchi   holatida   qatnashgan,   go‘yo   qavslardan
tashqariga   chiqarilgan,   birlik   son   ko‘rsatkichi   esa   har   bir   uyushuvchining   o‘zida
saqlangan: [(to‘rt karnay       I   ), (olti surnay       I-)]      ning. Kelishik affiksining
bunday   umumlashtirilishi   bilan   uyushiq   qator   a’zolari   asli   kelishikdan   xoli,
tugallanmagan   grammatik   shaklda   bo‘ladi,   lekin   tashqi   ko‘rinishda   bosh   kelishik
shaklida turgandek ko‘rinadi.
2) Kuyov .. h a v o n i  t i t r a t g a n  k a r n a y l a r,  s u r n a y-  l a r  sadosi
bilan   o‘zinikiga   ketdi   (Oybek).   Bu   jumlada   uyushiq   qator   sifatlovchili
birikmashakllar   bilan   ifodalangan;   qaratqich   kelishigi   belgisiz   shaklda   ishlatilgan
va   uyushiq   qatorga   yaxlitligicha   qo‘shilgan:   {[(havoni   titratgan)   X   (karnaylar ,
surnaylar )]       ning  }   X   sadosi   bilan.   Demak,   bu   misolda   ham   uyushiq   qator
a’zolari to‘liq grammatik shakllanmagan, go‘yo asosga teng holatda qatnashgan.
3) .. Hulkar bilan Avazni  q o‘ y l a r  v a  t o g‘  m a n z a r a l a r i  orasida ..
suvratga   oldi   (Pirimqul   Qodirov).   Bu   jumlada   uyushiq   qatorning   birinchi   a’zosi
leksema   bilan,   ikkinchi   a’zosi   qaratuvchili   birikma   bilan   ifodalangan,   ular
oralig‘ida   va   bog‘lovchisi qatnashgan; har ikki a’zo ko‘plik shaklida ishlatilgan;
ikkinchi   a’zoning   qaralmishiga   III   shaxs   nisbatlovchisi   qo‘shilgan;   uyushiq   qator
yaxlitligicha   qaratqich   kelishigining   belgisiz   shaklida   orasida   leksemashakliga
bog‘langan: {[(qo‘ylar ) va (tog‘ manzaralari )]    | ning|} X {orasida}.
To‘ldiruvchining uyushiq qator bilan ifodalanishi
Tahlilga   jalb   qilingan   jumlalarda   to‘ldiruvchining   uyushiq   qator   bilan
ifodalanishiga   10   misol   uchradi;   4   misolda   vositasiz   to‘ldiruvchi,   6   misolda
vositali to‘ldiruvchi uyushiq qator bilan ifoda langan. 1.   Uyushiq   qator   bilan   ifodalangan   vositasiz   to‘ldiruvchi   tushum
kelishigining:
I) belgili shaklida ishlatilgan ; kelishik affiksi uyushiq qator a’zolariga:
a) alohida alohida qo‘shilgan : uyushiq qator: 
- leksemashakllar bilan ifodalangan (1): .. t r a k t o r n i,  k o m-       b a y n n i
puxta o‘rganib oldi (Hamid G‘ulom);
-   sifatlovchili   birikmashakllar   bilan,   gapshaklning   tashqi   transformasi   bilan
ifodalangan;   uyushiq   qator   a’zolari   oralig‘ida   va   bog‘lovchisi   qatnashgan   (1):
Keyin  a y i q  o t i l g a n  u n g u r n i  v a  s e l  k e l g a n  d a r a n i  borib ko‘rdi
(Pirimqul Qodirov);
-   uyushiq   qator   ikkitadan   ortiq   a’zoli   bo‘lib,   uyushiq   to‘ldiruvchilar   tar-
kibidagi   sifatlovchilar   gapshakl   transformasi   bilan,   yig‘iq   va   yoyiq   birikma-
shakllar bilan ifodalangan (1): Qiz  d o m l a n i n g  "o‘ t k i r  n a f a s i"  t e k k an
b i r  s i q i m  ch o y n i,  r o‘ m o l ch a g a  t u g i l g a n  q a n d n i,  g o‘ sh a n g
a d a  k i y i l a d i g a n  y u p q a  o q  k o‘ y- l a k n i  ..  v a  b i r  p a r ch a  q o g‘
o z n i  n g   yu z i g a   .. yo z i  l g a n   .. "e z i  b i  ch k i" n i   birga qo‘shib, ..
(Oybek); 
b) umumlashtiruvchi affiks sifatida yaxlitligicha qo‘shilgan (1): Oxirida u  
Hulkar     bilan     Avazni     ..   ikki   qayta   suvratga   oldi   (Pirimqul   Qodirov).   Bu
jumlada uyushiq qator a’zolari oralig‘ida bilan ko‘makchisi  bog‘lovchi vazifasida
qatnashgan: [(Hulkar      I ) bilan (Avaz      I )]    ni.
2) Uyushiq qator belgisiz tushum kelishigida ishlatilgan (1): .. so‘qmoqda  s i
m o b i   ch a k m o n   v a   q o‘ z i   t e l p a k   kiygan Turdi ko‘rindi (Pirimqul
Qodirov). Bu jumlada uyushiq qator a’zolari sifatlovchili birikma bilan ifodalanib,
ular oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan; tushum kelishigi shakli uyushiq qatorga
bir butun holda yaxlitlovchi shakl sifatida qo‘shilgan; {[(simobi chakmon      I ) va
(qo‘zi telpak      I )]   |ni|} X {kiy-gan}.
Yuqoridagi tahlildan ayon bo‘ladiki, uyushiq qator bilan ifodalan gan vositasiz
to‘ldiruvchi asosan tushum kelishigining belgili shaklida ishlatiladi.
2. Uyushiq qator bilan ifodalangan vositali to‘ldiruvchi (6): 1) makon kelishigida shakllangan (2):
a)   chiqish   kelishigida   shakllanib,   leksema   bilan   ifodalangan;   kelishik   shakli
uch a’zoning har biriga qo‘shilgan (1): Inson baxtini  m e h n a t i-      d a n,  i l m i
d a n,  h a r a k a t i d a n  topadi (Hamid G‘ulom);
b) jo‘nalish kelishigida shakllanib, birikma bilan ifodalangan;  kelishik shakli
uch   a’zoning   har   biriga   qo‘shilgan;   oxirgi   a’zodan   oldin   va   bog‘lovchisi
qatnashgan (1): .. u n i n g  s e r j a n t l i k  b e l g i l a r i g a,  k o‘ k-   r a g i d a g
i  g v a r d i ya  n i sh o n i g a  v a  q a t o r  z n a ch o k-   l a r i g a  havas bilan
tikilardi   (Hamid   G‘ulom).   Bu   jumladagi   uyushiq   qatorning   birinchi   va   uchinchi
a’zosi ko‘plik shaklida, ikkinchi a’zosi birlik shaklida ishlatilgan; 
2) yaxlitlovchi shakl sifatida qo‘shilgan ko‘makchi bilan shakllangan (4):
a) bilan ko‘makchisi  qatnashgan (3); uyushiq qator a’zolari ko‘plik shaklida,
nisbatlovchi   qo‘shilgan   holda   kelgan,   oralig‘ida   bog‘lovchi   qatnashmagan:   ..
xotinlar .. r o‘ m o l l a r i,  q o‘ l l a r i  b i l a n  yuzlarini yashirardilar (Oybek);
b)   uyushiq   qatorning   birinchi   a’zosi   birlik   shaklida,   ikkinchi   a’zosi   ko‘plik
shaklida ishlatilgan, oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan (1): Aziz   o n a s i  v a
d o‘ s t l a r i  b i l a n  .. ko‘chib ketgan edi (Hamid G‘ulom);
d) uyushiq   qator   ko‘p   a’zoli   bo‘lib,   birlik   shaklida,   faqat   bir   a’zo   ko‘plik
shaklida   ishlatilgan,   oxirgi   a’zo   oldida   va   bog‘lovchisi   hamda   hatto   ta’kid
yuklamasi qatnashgan (1): Dildor .. – o‘ z  e r k i,  i r o d a s i,  m a q s a- d i,  h a t t
o  j a s o r a t i  b i l a n  mustaqil inson! (Hamid G‘ulom);
e)   haqida   ko‘makchisi   qatnashgan   (1):   uyushiq   qatorning   birinchi   a’zosi
leksema bilan, ikkinchi a’zosi o‘z ichida uyushiq qatorli birikma bilan ifodalangan
va bu qismda haqida ko‘makchisi  yaxlitlovchi shakl sifatida ishlatil-gan: U o‘g‘li
haqida,  u n i  u y l a n t i r i sh  o r z u s i  v a  k e l i n-      l i k k a  N a f i s a n i  t
a n l a g a n i  h a q i d a  og‘iz ochganida .. (Hamid G‘ulom).  
Uyushiq   qator   bilan   ifodalangan   to‘ldiruvchining   shakllanishi   bu   yerda
tasvirlanganidan ko‘ra boy va rang barang; tahlil qilingan jumlalarda bir qismi-gina
namoyon bo‘lgan.
Hollovchining uyushiq qator bilan ifodalanishi Tahlilga   jalb   qilingan   jumlalarda   hollovchining   uyushiq   qator   bilan
ifodalanishiga 9 misol uchradi: 
1. Asosan tarz hollovchisi uyushiq qator bilan ifodalangan (8): 
1)  b ravishdoshi shaklida uyushib kelgan (6): 
a) leksema bilan ifodalangan (1): Lutfiniso   i n q i l l a b,   h a r s i l-     l a b
qizini olib jo‘nashga kirishdi (Oybek);
b) birikmashakl bilan ifodalangan (5): Uning nurlarida  q i sh n i n g   p o y o
n s i z  o q  k o‘ r p a s i  m a y d a  o l t i n  u ch q u n l a t i b,  h a m m a  y o q n i
j i m j i t l i k  b i l a n  o‘ r a b  yo t a r d i  (Oybek). Nuri  p o ch a p o‘ s t i n  k i y
i b,  v a z m i n  z a r b o b  p a-      r a n j i n i  y o p i n i b  hovliga chiqqanda ..
(Oybek) kabi. Keyingi misolda hollovchi uyushib kelayotganini qavslar yordamida
quyidagicha   ko‘rsatish   mumkin:   [(pochapo‘stin   kiyib),   (vazmin   zarbob   paranjini
yopinib)]  X [hovliga chiqqanda];  bu uyushiq  qatorni  quyidagicha  transformatsiya
qilib ham tekshirish mumkin: pochapo‘stin kiygan, .. paranji yopingan holda;
2)   Uyushiq   qator   aralash:   birinchi   a’zosi   ma   bo‘lishsizlik   shaklidan   keyin
qo‘shiladigan   y   ravishdoshi   shaklida,   ikkinchi   a’zosi   esa   bilan   ko‘makchisi
qo‘shilgan   ot   leksema   shaklida   qatnashgan,   zidlab   izohlash   ma'nosini   ifodalash
uchun lekin bog‘lovchisi ishlatilgan (1): Q o‘ r q m a y,  l e k i n  i t o a t  b i l a n
gapirdi Gulnor (Oybek).
3)   Uyushiq   qator   ravish   va   sifat   leksemashakl   bilan   ifodalangan,   orada   va
bog‘lovchisi   qatnashgan   (I):   ..   o‘zini   juda   bexavotir     va     osuda     sezayotgan
Hulkar .. (Pirimqul Qodirov).
2. O‘rin hollovchisining uyushiq qator bilan ifodalanishiga bir misol uchradi.
Quyidagi   jumlada   qaratuvchili   birikma   va   ot   leksema   jo‘nalish   kelishigi   shaklida
uyushiq   qator   hosil   qilib,   o‘rin   hollovchisi   vazifasida   kel-gan;   uyushiq   qatorniig
birinchi   a’zosi   birlik   shaklida   nisbatlovchi   bilan,   ikkinchi   a’zosi   esa   ko‘plik
shaklida ishlatilgan: H o v l i  s a h n i g a,  a y v o n l a r g a  sep yoyildi (Oybek).
Uyushiq qator bilan ifodalanadigan hollovchilarning shakllanishi boy va rang -
barang bo‘lib, tahlilga jalb qilingan jumlalarda bir qismi-gina namoyon bo‘lgan.
Kesimning uyushiq qator bilan ifodalanishi I. Sifat bilan ifodalangan uyushiq qatorga (4) yaxlitligicha: 
1)   hozirgi   zamon   ko‘rsatkichi   va   III   shaxs   tuslovchisi   qo‘shilgan;   si fat
leksemashakllar oralig‘ida bog‘lovchi vosita qatnashmagan (2): Suvi  t o z a,  m u
z d a y  (O‘tkir Hoshimov). Faqat guzardagi choyxona-gina  ch a r o-  g‘ o n,  g a v
j   u   m     (Hamid   G‘ulom).   Bunday   shakllanishni   qavslar   yordamida   quyidagicha
ko‘rsatish mumkin: [Suvi] X [(toza, muzday)      VIII      VI].
2)   bo‘l   yordamchisi,   di   o‘tgan   zamon   yasovchisi,   III     shaxs   tuslovchisi
qo‘shilgan; sifat leksemashakllar oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan (1): Nikoh
to‘yi   favqulodda     s   u   r   o   n   l   i     v   a     t   a   n   t   a   n   a   l   i     bo‘ldi   (Oybek).   Bunday	
shakllanishni   qavslar   yordamida   quyidagicha   ko‘rsatish   mumkin:   {Nikoh
to‘yi} X {
favqulodda X [(suronli va tantanali)    bo‘l    di      VI]}. 
3)   ekan   affiksoidi   qo‘shilgan,   uyushiq   qator   a’zolari   gapga   teng   qurilishli
frazemalar   bilan   ifodalangan,   oralig‘ida   bog‘lovchi   vosita   qatnashmagan   (1):
Demak,   q a l b i   s a yo z,   t a b i a t i   y e n g i l   e k a n .. (Hamid G‘u-lom).
Bunday   ifodalanishni   qavslar   yordamida   quyidagicha   ko‘rsatish   mumkin:   [(qalbi
sayoz), (tabiati yengil)]    ekan       VI.
2. Ot bilan ifodalangan kesim quyidagicha uyushiq qator hosil qilgan (2):
I) birlik, bosh kelishik shaklidagi sifatlovchili birikmashakl bilan ifodalangan
birinchi   a’zoga   emas   inkor   affiksoidi   qo‘shilgan;   yoyiq   birikmashakl   bilan
ifodalangan ikkinchi a’zo balki yuklamasi  bilan boshlanib, qat'iy tasdiq ma'nosini
ifodalash uchun yozuvda oxiriga undov alomati qo‘yilgan (1): [Dildor]  j o n s a r a
k   q i z   e m a s,   b a l k i   m u s t a q i l   i n s o n !   (Hamid G‘ulom). Uyushiq
qatorga bir butun holda hozirgi zamon shakli ko‘rsatkichi va III shaxs tuslovchisi
qo‘shilgan: {[(jonsarak qiz)    emas], [balki (.. mustaqil inson)]}       VIII       VI.
2)   Quyidagi   jumlada   uyushiq   qatorning   birinchi   a’zosi   birlik,   bosh   kelishik
shaklidagi   ot   leksemashakl   bilan   ifodalanib,   faqat,   gina   yuklamalari   va   emas
affiksoidi   bilan   shakllangan;   ta’kidni   kuchaytirish   uchun   ega   bo‘lak   (binafsha)
ikkinchi   a’zo   oldida   takroran   ishlatilgan,   uyushiq   qatorning   bu   a’zosi   tarkibida
qaratuvchili birikmashakllar birlik, bosh kelishik shaklida uyushib kelgan; uyushiq
qatorga   bir   butun   holda   hozirgi   zamon   ko‘rsatkichi   va   III   shaxs   tuslovchisi qo‘shilgan; ..Binafsha  f a q a t  g u l - g i n a  e m a s,  binafsha – n a z o k a t,  n a
f o s a t  r a m z i,  i n s o n  d i l i n i n g  m u a t t a r  a t r i,  Aziz aka! (Hamid
G‘ulom).
3.   Bir   jumlada   sifat   birikma   bilan   fe'l   birikma   uyushiq   qator   hosil   qilgan;
birinchi   a’zo   bo‘l   yordamchisi   bilan   fe'llashtirilgan,   har   ikki   a’zoga   hozirgi kelasi
zamon (umumzamon) va III shaxc ko‘pligi affikslari qo‘shilgan: Bunaqa qizlar  e r
l a r i g a  m e h r i b o n  b o‘ l a d i l a r,  o i l a l a r i n i  y a sh n a t a d i l a r
(Hamid G‘ulom). 
Fe'l   kesimning   uyushiq   qator   bilan   ifodalanishi   nutqda   eng   ko‘p   uchraydi
(87):
I. Uyushiq qator  di aniq yaqin o‘tgan zamon shaklida ishlatilgan (58): 
1. Uyushiq qatorning barcha a’zolariga shu zamon yasovchisi qo‘shilgan (26):
1) Uyushiq qator ikki a’zodan iborat (21):
a)   Ular   oralig‘ida   bog‘lovchi   vosita   qatnashmagan   (3):   Tashqari   hovlida
hamma uylarni  y i g‘ i sh t i r d i m,  ko‘rpachalarni hovliga olib chiqib     q o q d i
m     (Oybek).   Aziz   ertasi   kun   maktabga     b   o   r   d   i,     Nafisani     k   o‘   rd   i     (Hamid
G‘ulom) kabi;
b) Ular oralig‘ida bog‘lovchi vosiga qatnashgan (18): 
- va bog‘lovchisi (5): Gulnor tanchaga suyanib  ch o‘ q q a y d i  va so‘zini  d
a v o m  e t t i r d i  (Oybek). U .. binafshalardan besh-oltitasini saralab  u z d i  va
dastalab Azizga u z a t d i  (Hamid G‘ulom) kabi;
-  da yuklamasi qatnashgan (7): Soqolli kampir pulni hayajon bilan kissasiga  u
r d i   d a,  Nurining yuzini  o ch d i  (Oybak). Aziz eshik oldida bir nafas  i k k i l a
n i b  t u r d i   d a,  qizil tugmani  b o s d i  (Hamid G‘ulom) kabi;
-  yu yuklamasi qatnashgan (4): Turdi undan tezroq chopib katta archani  a y l
a   n   i   b     o‘   t   d   i     y   u,     Hulkarning   qarshisidan     ch   i   q   d   i   (Pirimqul   Qodirov).   ..
quyosh qontalash nur sachratib bir zum  o s i l i b     t u r d i   y u,  ufq ortiga  d u m
a l a b  k e t d i (O‘tkir Hoshimov) kabi; -   ham   ta’kid   yuklamasi   uyushiq   qatorning   ikkinchi   a’zosidan   keyin
qatnashgan (1): Dildor uning ketidan   ch i q m a d i,   eshikni   y o p m a d i   ham
(Hamid G‘ulom);
-   lekin   bog‘lovchisi   uyushiq   qatorning   ikkinchi   a’zosi   oldida   qatna shgan
(1): ..bolalar ikki yerda yo‘l tutishga  t i r i sh d i l a r,  l e k i n  e p l a y  o l m a d i
l a r  (Oybek). 
2) Uyushiq qator uch a’zodan iborat (5):
a)   Ular   oralig‘ida   bog‘lovchi   vosita   qatnashmagan   (1):   Ana   shunda   Aziz   ..
Nafisaning yo‘lini  p o y l a d i,  u ch r a sh d i,  s o‘ z l a sh d i  (Hamid G‘ulom);
b) Ular oralig‘ida bog‘lovchi vosita qatnashgan (4); birinchi a’zodan keyin  da
yuklamasi,   ikkinchi   va   uchinchi   a’zolar   oralig‘ida   va   bog‘lovchisi   ishlatilgan:   ..
quvgina yigitga biroz  t i k i l d i   d a,  boshini asta  q u y i  s o l d i  va ichida  x o‘
r s i n d i (Oybek). Aziz binafshani to‘yib  h i d l a- d i   y u , avaylab cho‘ntagiga  s
o l d i  va avtobusga chiqdi (Hamid G‘ulom) kabi.
2.   Uyushiq   qator   a’zolaridan   biri   b   ravishdoshi   shaklida,   boshqalari   di   aniq
yaqin o‘tgan zamon shaklida ishlatilgan (32):
1)   Uyushiq   qator   ikki   a’zodan   iborat   bo‘lib   (27),   ikkinchi   (oxirgi)   a’zo   di
zamon   yasovchisiga   tuslovchi   qo‘shilgan   holda   shakllangan;   birinchi   a’zo   esa   b
ravishdosh yasovchisi shaklida ishlatilgan; bu ravishdosh yasovchisi bilan ikkinchi
a’zoda   ifodalangan   zamon,   shaxs-son   kabi   ma'nolar   "yashiril-gan",   natijada
birinchi a’zoda ikkinchi a’zoga bog‘liqlik yuzaga kelgan: birin-chi a’zoning zamon
va shaxs son kabi  ma'nosi  ikkinchi  a’zo asosida  belgilanadigan bo‘lgan:  .. qishloq
xalqi e r t a  yo t i b,  e r t a  t u r a d i  (Hamid G‘ulom). Hulkar qo‘ylarni t o‘ p  q i
l i b,   yana bir   q a r a b         ch i q d i (Pirimqul Qodirov). Allaqayoqqa   b o r i b,
hozir  k e l d i n g i z    k u  (Oybek). Darvozaning tirqishidan yana  m o‘ r a l a b,
qorong‘ida hech narsani  k o‘ r o l m a d i m  (O‘tkir Hoshimov) kabi.
2) Uyushiq qator uch a’zodan iborat bo‘lib (5):
a) har uch a’zoga  di zamon yasovchisi qo‘shilgan (1); ikkinchi a’zo oxirida  yu
yuklamasi qatnashgan: Hulkar avval bir  ch o‘ ch i d i,  keyin Xolbekni ko‘rib  j i l m a y i b   q o‘ y d i     y u, serkasining ketidan ch o-         p i b   k e t d i   (Pirimqul
Qodirov);
b)   birinchi   a’zoga   b   ravishdosh   yasovchisi,   ikkinchi,   uchinchi   a’zo ga   di
zamon yasovchisi qo‘shilgan (2);  ikkinchi a’zo oxirida:
-  da yuklamasi qatnashgan (1); Kuyov bir qo‘li bilan uning belidan    q u ch i
b,  ikkinchi qo‘li bilan ro‘molini  k o‘ t a r d i   d a, sh i v i r l a- d i  .. (Oybek);
- yu yuklamasi qatnashgan (1): Avaz otni yetaklab kelib, xurjunni egarga
t a sh l a d i   yu, Hulkarga boshdan oyoq bir q a r a b  o l d i (Pirimqul Qodirov); 
d)   ikkinchi   a’zoga   b   ravishdosh   yasovchisi,   birinchi,   uchinchi   a’zoga   di
zamon yasovchisi qo‘shilgan (2):
-   birinchi,   ikkinchi   a’zo   oralig‘ida   va   bog‘lovchisi   qatnashgan   (1):   "Pichoq
bizda ham bor!" – d e d i  va kesik chilvirni  o t i b  t a sh l a b,  belini  p a y p a s l
a d i  (Pirimqul Qodirov);
- ikkinchi a’zo boshlanishida lekin bog‘lovchisi qatnashgan (I): Turdi    g a n
d i r a k l a b   k e t d i,   lekin darrov   o‘ z i n i   o‘ n g l a b,   Xolbekning yuziga
qulochkashlab bir  m u sh t  u r d i  (Pirimqul Qodirov). 
II. Uyushiq qator quyidagi zamon shakllarida ham ishlatilgan: 
1. O‘tgan zamon shakllarida (15):
1)  gan aniq old o‘tgan zamon shaklida (2):
a) Uyushiq qatorning har uch a’zosi   gan zamon yasovchisi shaklida III shaxs
tuslovchisi bilan ishlatilgan (7): Aziz bilan Nafisa maktabda birda      o‘ q i sh g a
n,  birga  d a r s  t a y yo r l a sh g a n,  imtihonlarni ham birga  t o p sh i r i sh g a n
(Hamid G‘ulom);
b) Uyushiq qatorning birinchi a’zosi zamon ma'nosini (shuningdek shaxs-son
ma'nosini ham) ifodalamaydigan  b ravishdoshi shaklida, ik kinchi a’zosi  gan zamon
yasovchisi  va III shaxs  tuslovchisi  bilan ishla tilgan (1): Sochini gulsiz qora durra
tagiga    y i   g‘   i  b,   durrani  ham   yigitlarning  belbog‘idek  tang‘ib   b  o g‘  l   a  g a  n
(Pirimqul Qodirov).
2)  gan edi aniq uzoqroq o‘tgan zamon shaklida ishlatilgan (3):  a) Uyushiq qator ikki a’zoli bo‘lib, ular oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan,
zamon   yasovchisining   edi   qismi   umumlashtirilib,   uyushiq   qatorga   yaxlitligicha
qo‘shilgan (2): Qoraqand suvi Hulkarning lablarini quyuq qizil rangga  b o‘ ya g a
n  va iyagining chuqurchasi ustiga chiroyli bir xol        q o‘ y g a n  e d i  (Pirimqul
Qodirov);
b)   Uyushiq   qator   besh   a’zoli   bo‘lib,   ikkinchi,   uchinchi   a’zolar,   shuningdek
to‘rtinchi, beshinchi a’zolar oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan; uchinchi a’zo  b
ravishdoshi  shaklida ishlatilgan, zamon yasovchisining edi qismi umumlashtirilib,
uyushiq qatorga yaxlitligicha qo‘shilgan (1): Bu vaqt Aziz onasi va do‘stlari bilan
Mirzacho‘ldagi   "Samarqand"   sovxoziga     k   o‘   ch   i   b     k   e   t   g   a   n,     paxtachilikda
ekishdan terishgacha hamma ishni mukammal         m a sh i n a l a sh t i r g a n   va
diplom ishida brigada tajribasini  yo z i b,     institut olimlarining tahsiniga  s a z o
v o r  b o‘ l g a n  v a  sirtqi aspiranturaga q o l d i r i l g a n  e d i  (Hamid G‘ulom).
1) digan   bo‘ldi   zamon   shaklida   ishlatilgan   (1);   zamon   yasovchi sining
bo‘l(ib   qol)di   qismi   umumlashtirilgan,   uyushiq   qatorga   yaxlitligicha   qo‘shil-gan:
Uyga kam  k e l a d i g a n,  ko‘pincha brigada shiyponida  yo t i b    q o l a d i g a
n  b o‘ l i b  q o l d i  (Hamid G‘ulom).
2) r   edi   davomli   o‘tgan   zamon   shaklida   ishlatilgan   (6);   uyushiq
qatorning:
a)   barcha   a’zolari   r   edi   shaklida   ifodalanib,   edi   qismi   umumlashtirilgan   (3):
Serka qo‘ng‘irog‘ini asabiy  j i r i n g l a t a r,  chilviridan bo‘shamoqchi bo‘lib  b
o‘ g‘ i l a r  e d i  (Pirimqul Qodirov) kabi;
b)   birinchi   a’zosi   mas   bo‘lishsizlik   shaklida,   ikkinchi   a’zosi   r   shaklida
ifodalanib,   edi   qismi   umumlashtirilgan;   uyushiq   qator   a’zolari   oralig‘ida   va
bog‘lovchisi   qatnashgan   (1):   U   ayollarni     y   a   x   sh   i     b   i   l   m   a   s     v   a     Hulkar
to‘g‘risidagi eng behayo gaplarga ham  i sh o n a r  e d i  (Pirimqul Qodirov);
d)   birinchi   a’zosi   b   ravishdoshi   shaklida   (zamon   va   shaxs son   ma'nosini
ifodalamaydigan   betaraf   shaklda),   ikkinchi   a’zosi   r   edi   shaklida   ishlatilgan   (1):
Ammo   Turdining   ko‘zlari     t   i   n   i   b,     Hulkarni   boshqacha     k   o‘   r   s   a   t   a   r     e   d   i
(Pirimqul Qodirov); e)   uch   a’zoli   uyushiq   qatorning   ikkinchi   a’zosi   b   ravishdoshi   shaklida
ishlatilgan, birinchi, ikkinchi a’zolar yo bog‘lovchisi bilan boshlangan (I): U     yo
o‘z o‘zini     o‘   l   d   i   r   a   r   d   i,     yo   xizmatkor   yigit   bilan   bir   yurtga     q   o-           ch   i   b,
kambag‘allikda non gadosi bo‘lib  y a sh a r d i  (Oybek).
5)   moqda   edi   davomli   o‘tgan   zamon   shaklida   ishlatilgan   (2);   uyushiq
qatorning^birinchi   a’zosi   b   ravishdoshi   shaklida   ifodalangan:   Qo‘ylar   endi
qo‘tondan  ch i q i b,  chodir atrofidagi yonadan  o‘ r l a b  k e t i sh m o q d a  e d i
(Pirimqul Qodirov). Tog‘ cho‘qqilarida oqish bulutlar  k o‘- p a y i b,  pastga  o q i
b  t u sh m o q d a  e d i  (Pirimqul Qodirov).
6)   Uyushiq   qatorning   ikki   a’zosi   b   affiksi   bilan   yasalgan   darak   old   o‘tgan
zamon shaklida ishlatilgan; birinchi a’zo oxirida  da yuklamasi qatnashgan (1): Siz
unga [nonga] mening to‘g‘rimdagi harom gaplarni qo‘shib  y e b s i z - d a,  b o‘ k i
b  q o l i b s i z  (Pirimqul Qodirov).
2. Uyushiq qator a’zolari  a/ y hozirgi kelasi zamon shaklida ishlatilgan (9):
1)   Har   ikki   a’zo   a/ y   affiksi   bilan   shakllangan   (b);   uyushiq   qator   a’zolari
oralig‘ida:
a) bog‘lovchi vosita qatnashmagan (3): Kampirlar yaqin borib  q a r-    g‘ a sh
a d i,  q u v l a sh a d i  (Oybek). Mana endi yana sovxozga, brigadamga  b o r a m
a n,  hosil uchun  k u r a sh a m a n  (Hamid G‘ulom) kabi;
b) bog‘lovchi vosita qatnashgan (3):
-   va   bog‘lovchisi   (1):   Feruzdan   keyin   ..   d   o   v   o   n     o   sh   i   l   a   d   i     v   a     ..
O‘ratepaning Shahristoniga  t u sh i l a d i  (Hamid G‘ulom);
-  da yuklamasi (2): Kechasi traktorni beshinchi brigadaga  o l i b    o‘ t a m i z
 d a,  ertalabdan yangi joyda  i sh  b o sh l a y m i z  (O‘tkir Hoshimov) kabi.
2) Uyushiq qatorning birinchi a’zosi  b ravishdoshi shaklida, ikkinchi a’zosi  a/ -
y zamon yasovchisi shaklida ishlatilgan (3): Mirzakarimboy hayajonli titroq tovush
bilan qiziga  f o t i h a  b e r i b,  soqolini  s i l a d i  (Oybek). Axir binafsha .. Feruz
atroflarida, dalalar, o‘ngirlarda gilam gilam   o ch i l i b,   y a sh n a b   y o t a d i
(Hamid G‘ulom) kabi. Oxirgi misolda ko‘makchi fe'l ham umumlashtirilgan. 3)   Uch   a’zoli   uyushiq   qatorning   ikkinchi   a’zosi   b   ravishdoshi   shaklida
ishlatilgan,   birinchi   a’zodan   keyin   va   bog‘lovchisi   qatnashgan   (I):   Ular   eshik
tirqishlaridan  m o‘ r a l a y d i l a r  v a  q i ya  o ch i b,  boshlarini  s u- q a d i l a r
(Oybek).
3. Uyushiq qator a’zolari har xil zamon shaklida ishlatilgan (4): 
1) birinchi a’zo  r edi o‘tgan zamon shaklida, ikkinchi a’zo esa   gan edi o‘tgan
zamon   shaklida   ishlatilgan,   zamon   yasovchilarining   edi   qismi   umumlashtirilgan
(1): Hansirab  n a f a s  o l a r,  t e r l a b  k e t g a n  e d i  (O‘tkir Hoshimov);
2)   birinchi   a’zo   r   ekan   o‘tgan   zamon   shaklida,   ikkinchi   a’zo
di o‘tgan zamon shaklida ishlatilgan (1): Belbog‘ini  y e ch a r  e k a n,  Hulkarga
jilmayib  q a r a b  q o‘ y d i  (Pirimqul Qodirov);
3) birinchi a’zo  di o‘tgan zamon shaklida, ikkinchi a’zo  moqchi bo‘ldi zamon
shaklida   ishlatilgan;   birinchi   a’zodan   keyin   -yu   yuklamasi   qatnashgan   (1):   Uning
moylanganday yiltillayotgan ko‘zlarini Hulkar endi k o‘ r d i   yu,  tez yurib undan
o‘ t i b  k e t m o q ch i  bo‘ldi (Pirimqul Qodirov).
4.   Bir   misolda   uyushiq   qatorning   birinchi   a’zosi   gan   bo‘lsa   o‘tgan   za-mon
shart   mayli   shakliga   ham   yuklamasini   qo‘shib   ishlatilgan,   ik kinchi   a’zo   esa   gan
edi o‘tgan zamon shaklida kelgan: Qoraqand hali  q o r a y i b     p i sh g a n  b o‘ l
m a s a  h a m,  q i z a r i b  q o l g a n  e d i  (Pirimqul Qodirov).
1.   "Uyushiq   bo‘laklar"   deyish   asosli   emas,   chunki   sintaktik   bo‘lak   bitta
bo‘ladi, faqat u uyushiq qator bilan ifodalanadi.
2.  Uyushiq   qator   a’zolari   asosan   ikkita,   ba'zan   uchta   va  undan   ortiq   bo‘ladi;
uyushuvchi qismlar o‘zaro teng holatda qo‘shiladi, birgalikda boshqa bir sintaktik
bo‘lak bilan bog‘lanadi.
3.   Uyushiq   qator   a’zolari   odatda   sintaktik   vazifani   ta'minlovchi   ayni   bir
grammatik   shaklda   bo‘ladi.   Bunday   grammatik   shakl   vazifasini   ega,   qaratuv-chi,
to‘ldiruvchi, qisman hollovchi  uyushiq  qator  bilan ifodalan ganida kelishik shakli,
kesim   uyushiq     qator   bilan   ifodalanganida   tuslovchi,   sifatlovchi   sifat   bilan
ifodalanganida "sifatlovchi" sintak tik semasi bajaradi. 4.   Sintaktik   vazifa   ko‘rsatkichi   ba'zan   uyushiq   qatorning   har   bir   a’zosiga
qo‘shiladi,   ko‘pincha   esa   umumlashtiruvchi   shakl   sifatida   yaxlitligicha   uyushiq
qatorga   qo‘shiladi.   Bunday   yaxlitligicha   qo‘shilish   faqat   sintaktik   vazifa
ko‘rsatkichida   emas,   balki   undan   oldin   qo‘shiladigan   grammatik   ko‘rsatkichda
ham   voqe  bo‘lishi   mumkin.  Uyushiq  qator   a’zolarining  gram matik  shaklida  voqe
bo‘ladigan   bunday   umumlashtirish   o‘zbek   tilining   o‘ziga   xos   milliy   xususiyati
sifatida alohida ta’kidlashga loyiq.
5.   Uyushiq   qator   bilan   ifodalangan   egada,   qaratuvchida,   to‘ldiruvchida
kelishikdan   tashqari   grammatik   son   paradigmasining   ko‘rsatkichi   (qatnashsa,
nisbatlovchi)  ham   umumlashtirilib, yaxlitlovchi  grammatik  shakl   sifatida uyushiq
qatorga bir butun holda qo‘shilishi mumkin.
6. Kesimda uyushiq qator a’zolarining grammatik shakli o‘ziga xos usulda: -b
ravishdoshi yasovchisidan foydalanib umumlashtiriladi. Bu ravishdosh shakli bilan
uyushiq   qator   a’zosi   asosan   zamon   va   shaxs son   ma'nolarini   ifodalashdan
chetlashtiriladi,   bu   ma'nolar   uyushiq   qator   oxiriga   qo‘shilgan   grammatik   shakl
asosida belgilanadi. Uyushiq qator bilan ifodalangan kesimda amalga oshiriladigan
bunday   shakl   umumlashtirilishi   o‘zbek   tilining   o‘ziga   xos   milliy   xususiyati   deb
alohida ta’kidlashga loyiq. Grammatik shaklning umumlashtirilishi – uyushiq qator
bir butun holda bir sintaktik bo‘lak vazifasida kelishini ko‘rsatadigan eng ishonchli
omil.
7.   Uyushiq   qator   a’zolari   bir   xil   grammatik   shaklda   bo‘ladi   deyish   bunday
qator   a’zolari   alohida-alohida   shakllanadigan   holatga   nisbatan   ham   to‘g‘ri
bo‘lavermaydi.   Masalan,   kelishikdan   oldin   qatnashadigan   grammatik   son
ko‘rsatkichi,   tuslovchidan   oldin   qatnashadigan   zamon   ko‘rsatkichi   uyushiq   qator
a’zolariga   farqli   qo‘shilishi   mumkin.   Bir   xil   grammatik   shaklda   bo‘lish   sintaktik
vazifa   ko‘rsatkichiga   nisbatan   o‘rinli,   lekin   uyushiq   qator   bilan   ifodalangan
kesimning ayrim a’zosi   b ravishdoshi  shaklida ishlatilishiga nisbatan bu talab o‘z
kuchini yo‘qotadi.
8.   Uyushiq   qator   a’zolari   leksemashakl   bilan   ham,   birikmashakl   bilan   ham,
hatto gapshakl transformasi bilan ham, shuningdek aralash holda ham ifodalanishi mumkin.   Nutqda   uyushiq   qatorning   birikmashakl   bilan,   ayniqsa   yoyiq
birikmashakl bilan ifodalanishi ko‘p uchraydi.
9. Uyushiq qator a’zolari odatda ayni bir turkum leksemalari, birikmalari bilan
ifodalanadi. Uyushiq qator a’zolari har xil turkum leksemasi bilan ifodalanishi ham
mumkin. Masalan, uyushiq qator bilan ifodalangan sifatlovchining a’zolari sifat, ot
va fe'lning sifatdosh shakli bilan, kesim esa sifat birikmashakl va fe'l birikmashakl
bi lan ifodalanishi mumkin 8
.
Xulosa
8
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. - Toshkent: Universitet, 2006,  365-372 bet Uyishiq bo‘laklar gap tarkibida bir xil vazifa bajaruvchi bolaklarning ikki va
undan   ortiq   qo‘llanilishidir.   Bunday   bo‘laklar   gapda   sanash   ohangida   yoki   teng
bog‘lovchilar   yordamida   uyishadi.   Uyishiq   bo‘laklar   bir   so‘z   turkumi   doirasida
ham,   turli   so‘z   turkumlari   doirasida   ham   ifodalanaveradi:   Normat   bosiq,   har
qanday vaziyatda, o‘zini tuta oladigan, lekin fe’li kelsa, otasini ham ayamaydigan
odam   edi 9
.   Ko‘rib   turganimizdek,   bu   gap   tarkibida   ot   kesimga   bog‘langan
sifatlovchi   aniqlovchi   uyishib   kelmoqda.   Uyishiq   bo‘laklar   gap   tarkibida   bir   xil
so‘roqqa javob bo‘lib keladi. Ya’ni gapda ega uyishib kelishi, kesim, to‘ldiruvchi,
aniqlovchi   –   umuman   barcha   bo‘laklar   uyishib   kelishi   mumkin.   Faqat   tungina
bepoyon   va   mangudir 10
.   Bunda   ot   kesim   uyishib   kelgan.   Sintaksisda   uyishiq
bo‘laklar gapni murakkablashtiruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
 
9
  Назар   эшонқул   Ялпиз   ҳиди .   Тошкент  – “ ШАРҚ ”, 2008. 216- б .
10
  Назар   эшонқул   Ялпиз   ҳиди  ( Тун   панжаралари   ҳикоясидан )   Тошкент  – “ ШАРҚ ”, 2008. 168-б. Adabiyotlar ro’yxati:
1. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   Toshkent,
“Ma’naviyat”  2008, 108 bet
2. Karimov   I.A.   O‘zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida.   Toshkent,
“O‘zbekiston”  2011, 440 bet
3. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. - Toshkent: Universitet, 2006,
456 bet.
4. Sayfullaeva   R.R.,   Mengliev   B.R.,   Boqieva   G.H.,   Qurbonova   M.M.,
Yunusova   Z.Q.,   Abuzalova   M.Q.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.   O‘QUV
qo‘llanma. – Toshkent, 2006.  380 bet
5. Ғуломов   А.,   Асқарова   М.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили(синтаксис),
Тошкент, 1987, 256 бет
6. Ўзбек тили грамматикаси. 2-том, Тошкент, 1976, 576 бет.
7. Назар эшонқул Ялпиз ҳиди (Тун панжаралари ҳикоясидан)   Тошкент –
“ШАРҚ”, 2008.  168-б.

O’zbek tilida gapning uyushiq bo’laklari haqida Reja: 1. Uyushiq bo’laklar haqida umumiy tushuncha. 2. Uyushiq bo’laklarda bog’lovchilarning qo’llanishi. 3. Uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi so’zlar. 4. Gapning uyushiq bosh bo’laklari haqida. 5. Uyushiq ega va uyushiq kesimlarning moslashuvi. 6. Uyushiq ega va uyushiq kesimlarning o’rinlashish tartibi.

O’z ona tilini bilmagan odam o’zining shajarasini, o’zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo’q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to’g’ri aytishadi 1 . O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ru h iy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning so’zlari bilan aytganda, «Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yuqotmakdur». Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaxo boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o’ta muhim sohalarda ona tilimizning qo’llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug’atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so’z bilan aytganda, o'zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o’zlikni, Vatan tuyg’usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng xalqimiz ma’naviy hayotidagi boshqa ko’plab muammolar qatori til va alifbo masalasi ham biz uchun kun tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. Ayniqsa, ona tilimizning xalqaro maydondagi obru- e’tibori va nufuzini yuksaltirish, mamlakatimizning jahon kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash, farzandlarimiz uchun chet tillar, axborot texnologiyalarini har tomonlama puxta egallash borasida qulay imkoniyatlar yaratish kabi bir-biridan muhim vazifalar bu masalani kechiktirmasdan hal qilishni talab etar edi 2 . Uyushgan so‘zshakl har doim sintaktik mavqe va morfologik shakllanish jihatidan bir xil bo‘ladi. Ular boshqa so‘z bilan bog‘lanishda tenglik saqlaydi. Ammo ularning qanday so‘z bilan ifodalanishi – so‘z turkumi jihatdan bir xil bo‘lishi va, demak, bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi shart emas: Сени (олмош) ва 1 Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent, “O’zbekiston” 2011, 47-bet 2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat” 2008, 52-54-betlar.

Саломатнинг укасини (от) тақдирлашади. Bodomlar, shaftolilar va o‘riklar gulladi. Bu gapdagi bodomlar, o‘riklar, shaftolilar so‘zshakllari sintaktik mazmun jihatdan biri ikkinchisiga tobe bo‘lmasdan, teng aloqaga kirishgan va bu aloqa teng bog‘lovchilar yoki ohang vositasida amalga oshirilgan. Bunday tenglanish qatorini hosil qilgan so‘zshakllar bir kengayuvchi so‘zshaklga tobelanib, sintaktik jihatdan bir xil mavqega ega bo‘ladi. Bunday so‘zshakl uyushiq so‘zshakl deyiladi. Tenglanish qatori gapda har qanday sintaktik mavqeni egallashi mumkin. Kesim: Siz aqlli va tadbirkorsiz. Ega: Go‘yo Navoiy va Boyqaro qarshimda edi. Hol: Suv o‘ynoqlab, ko‘piklanib oqardi. To‘ldiruvchi: U qalam, daftar, ruchka oldi. Aniqlovchi: Nasibaning va Karimaning opalari keldi. Undalma: Aziz do‘stlar, yurtdoshlar, sizlarni sog‘inib yashadim 3 . Ba’zi gaplarda sintaktik jihatdan teng bo’laklar birdan ortiq holda uyushib keladi. Bular uyushiq bo’lak deyiladi. Shunday bo’lakka ega bo’lgan gap uyushiq bo’lakli gap sanaladi. Gapning uyushiq bo’laklari bir necha xil ko’rinishga ega: 1. Egalar uyushib keladi; 2. Kesimlar uyushib keladi; 3. Egalar ham, kesimlar ham uyushib keladi; 4. Ikkinchi darajali gap bo’laklari uyushib keladi: a) to’ldiruvchilar uyushadi; b) aniqlovchilar uyushadi; d) hollar uyushadi 4 . Sintaktik bo‘lak yakka leksemashakl bilan, yakka birikma shakl bilan ifodalanishdan tashqari o‘zaro teng aloqadagi ikki va undan ortiq leksemashakl bilan, birikmashakl bilan ham ifodalanadi. O‘zaro teng aloqadagi bunday sintaktik birliklarga uyushiq qator deyiladi. Uyushiq qator hosil etuvchi ikki va undan ortiq a’zo (leksemashakl, birikmashakl) bir butun holda bitta sintaktik bo‘lak vazifasida keladi, shunga ko‘ra uyushiq qator bilan ifodalangan ega, sifatlovchi va h. haqida gapirish to‘g‘ri, "uyushiq bo‘laklar" terminini ishlatish noo‘rin, chunki lar affiksi 3 Sayfullaeva R.R., Mengliev B.R., Boqieva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘QUV qo‘llanma. – Toshkent, 2009. 372-bet. 4 Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили(синтаксис), Тошкент, 1987, 140-бет.

"bir necha bo‘lak" tushunchasini beradi, vaholanki sintaktik bo‘lak bitta, faqat u uyushiq qator bilan ifodalangan. Uyushiq qator a’zolari talaffuzda sanash ohangi bilan aytilib, o‘zaro qisqa pauza (to‘xtam) bilan, yozuvda esa tirnoqcha bilan ajratiladi; uyushiq qator a’zolari orasida bog‘lovchi qatnashishi mumkin, bunda tirnoqchani yozish yozmaslik bog‘lovchining turiga bog‘liq 5 . Gapning konstruktiv bo‘laklari ham, nokonstruktiv bo‘laklari ham uyushishi mumkin. Uyushiq so‘zshakllar bir butun holda, yaxlit a’zo sifatida gap struktur qolipiga bevosita (uyushiq kesim, ega, hol) yoki bilvosita (to‘ldiruvchi, aniqlovchi va boshqa so‘z kengaytiruvchisi) daxldor bo‘ladi. Tenglanish qatoridagi so‘zshakllar sintaktik jihatdan bir xil mavqega ega bo‘lmasligi ham mumkin. Ya’ni ular bir hokim uzvga tobelanishsa va o‘zaro teng aloqaga kirishishsa-da, sintaktik vazifa jihatdan farqlanadi. Masalan: Har joyda va har kimga sen haqingda gapirdim. Bundagi har joyda va har kimga so‘zshakllari o‘zaro teng aloqaga kirishgan, lekin biri gap kengaytiruvchisi (har joyda ), ikkinchisi esa so‘z kengaytiruvchisi ( har kimga ). Bunday tenglanish qatori uyushmagan tenglanish qatori deyiladi. Uyushmagan tenglanish qatori a’zosining har biri har xil lisoniy- sintaktik o‘rinlarning to‘ldiruvchisi bo‘ladi. Xususan, mazkur gapdagi har joyda so‘zshakli gap lisoniy strukturasidagi hol o‘rnini to‘ldirsa, har kimga so‘zshakli gap markazidagi atov birligi (W) ning kengaytiruvchisi, gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo‘lmagan a’zo. Tenglangan so‘zshakllarining har biri kengaygan bo‘lishi ham mumkin: 1. U dengiz qiyofasini kasb etgan keng paxtazorga va undagi marra uchun kuyib- pishayotgan terimchilarga uzoq tikildi. 2. Sho‘x yigitlar, erka qizlar quvnashar. Uyushgan so‘zshakl. Uyushgan so‘zshakl har doim sintaktik mavqe va morfologik shakllanish jihatidan bir xil bo‘ladi. Ular boshqa so‘z bilan bog‘lanishda tenglik saqlaydi. Ammo ularning qanday so‘z bilan ifodalanishi – 5 Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. - Toshkent: Universitet, 2006, 364-365 bet

so‘z turkumi jihatdan bir xil bo‘lishi va, demak, bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi shart emas: Seni (olmosh) va Salomatning ukasini (ot) taqdirlashadi. Uyushgan so‘zshaklning oxirgisi tegishli grammatik shaklni olib, oldingilari olmagan bo‘lishi ham mumkin: Maydonni begona o‘t, tosh va har xil chiqindilardan tozaladik. Bunda uyushgan so‘zshaklning oxirgisi ( chiqindilardan ) chiqish kelishigi bilan shakllangan. Bu uyushgan so‘zshaklning grammatik shakllanishi har xil bo‘lishi ham mumkin degani emas. Chunki oxirgi so‘zshakldagi chiqish kelishigi uyushgan so‘zlarning boshqalariga ham tegishli. Faqat nutqiy tejam grammatik ko‘rsatkichning barcha so‘zshaklda takrorlanishiga monelik qiladi. Uyushiq so‘zshaklning muhim nutqiy belgisidan biri sanash ohangi bilan aytilishi. Sanash ohangi bo‘lmasa, sintaktik mavqe, grammatik shakl va ifodalanish jihatlari bir xilligiga qaramasdan so‘zshakllar uyushiq sanalmaydi. Masalan, Mening diqqatimni dumaloq oppoq toshlar tortdi gapidagi dumaloq va oppoq so‘zshakli toshlar so‘zshakliga tobelanib, ifodalanish va grammatik shakl jihatdan bir xil. Biroq ular uyushtiruvchi (sanash) ohangsiz uyushmagan kengaytiruvchi hisoblanadi. Demak, sintaktik mavqe, grammatik shakl bir xilligi va uyushtiruvchi ohangga egalik uyushgan tenglanish qatorining zaruriy belgisidir. Uyushiq kesimning o‘ziga xos xususiyati. Uyushgan ega, hol, to‘ldiruvchi va aniqlovchida tegishli grammatik shakl har bir so‘zshaklda alohida-alohida mavjud bo‘lishi ham, faqat oxirgisida bo‘lib, oldingilarida bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq uyushgan kesimlarda kesimlik shakllari bilan faqat oxirgi kesim shakllangan, boshqalari esa bu qo‘shimchani olmagan bo‘ladi: 1. Bizning yoshlar dono va zukkodirlar. 2. Do‘kondorlar molini maqtab va haridorlarni chorlab turardilar. 3. Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan borishimiz va masalaga oydinlik kiritishimiz lozim. So‘z kesimlik ko‘rsatkichi bilan shakllangan va kesimlik sintaktik pozitsiyasini egallagan bo‘lsa, u alohida hukm va tugal ma’no ifodalaydi hamda gap hosil qiladi. Yuqorida keltirilgan gapda ham uyushgan kesimning barchasi