logo

O’zbek tilining “Orfoepiya qoidalari”

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

60.5 KB
Mavzu:O’zbek tilining “Orfoepiya qoidalari”
Reja:
1. Orfoepiya haqida umumiy ma’lumot
2. Ayrim unli va undoshlar orfoepiyasi
3. Ayrim grammatik shakllar orfoepiyasi
             Orfoepiya   haqida   umumiy   ma’lumot .   Orfoepiya   (yunoncha   orthos   -
"to‘g‘ri"   epos-"nutq"   demakdir)   adabiy   talaffuz   qoidalari   to‘plami   bo‘lib,   u
milliy   til   doirasida   yagona   talaffuz   me’yorini   belgilaydi.   Shunga   ko‘ra,
orfoepiya adabiy tilning og‘zaki shakli bilan bevosita bog‘liqdir.
    O‘zbek milliy tilining tarkibi nihoyatda rang-barang va murakkab bo‘lib, u
o‘zida   uchta   yirik   lahjani   birlashtiradi.   Bu   lahjalardagi   so‘zlar     talaffuzi
o‘ziga   xos   fonetik,   leksik   va   morfologik   belgilari   bilan   farqla-nadi:   1)
qipchoq   lahjasida   so‘z   boshida   adabiy   tildagi   y   undoshi     o‘rnida   j   talaffuz
qilinadi:   yo‘q   //jo‘q,   yigit//jigit ;  adabiy   tildagi   g‘   o‘rnida   v   undoshi   aytiladi:
tog‘//tov   sog‘//sov ;   so‘z   oxirida   k,   q   undoshlari   tushiriladi:   kichik//kichchi,
qattiq//qatti ;   2)   o‘g‘uz   lahjasida   esa   so‘z   boshida   keladigan   t,   k   jarangsiz
undoshlari   d, g   tarzida talaffuz qilinadi:   tog‘//dag‘, kel//gal   kabi; 3) qarluq -
chigil   -   uyg‘ur   lahjasining   o‘ziga   xos   fonetik   xususiyatlari   so‘z   oxiridagi   q
undoshning   g‘   tarzida   aytilishi,   ba’zan     tushirilishida     kuzatiladi:
qovoq//qovog‘,  shuningdek, bu lahjada
a  unlisining  o  tovushiga o‘zgartirilishi ham  kuzatiladi:  aka//oka  kabi.
             O‘zbek lahjalaridagi bu kabi lahjaviy xilma-xilliklar, shubhasiz, adabiy
tilning   talaffuz   me’yoriga   ham   o‘zining   ta’sirini   ko‘rsatadi.   Ana   shunday
nutqiy tafovutlarni   bartaraf etish, lahjalardagi eng maqsadga   muvofiq   so‘z
shakllarini   tanlagan   holda     qoidalashtirish   orfoepiyaning   muhim
vazifalaridandir.
                Albatta,   orfoepiya   boshqa   tillardan   o‘zlashtirilgan   so‘zlar   talaffuzi-ni
ham   qamrab   oladi.   Xususan,   o‘zlashma   so‘zlarning   orfoepiya   qonun-
qoidalariga   mos   ravishda   talaffuz   qilinishi   qoidalashtirilgan.   Masalan,
fabrika, fakt   so‘zlari   pabrika, pakt   tarzda aytilsa ham,   ular asliga   muvofiq
talaffuz qilinishi lozim.              Adabiy talaffuz me’yorlari tilning tovush tizimi   asosida yaratiladi. Bu
esa   orfoepik   me’yorlarni   belgilashda   tovush   tizimi,   uning   nutqiy   jarayonda
turlicha  o‘zgarishini  hisobga olishni  taqozo etadi.
         Ayrim unli va undoshlar orfoepiyasi  1.  I  unlisi  atir, ayrim ,  bilan  kabi
so‘zlarda   qisqa,   biyron,   siyrak   kabi   so‘zlar   tarkibida   y   undoshdan   avval
kelganda   o‘ta   cho‘ziq;   qirq,   qir,   qiz,     kabi   so‘zlar   tarkibida   qattiq   i   tarzida
talaffuz   qilinadi.   Ayrim     so‘zlarda     i   o‘ta   qisqa   talaffuz   qilinib   tushiriladi:
qobiliyat//qobilyat, quyidagi //quydagi; azm, adl, ayol  so‘zlari  talaffuzida esa
orttiriladi, biroq  yozilmaydi.
        2 . U  unlisi,  buvi, buloq  so‘zlarida qisqa;  xusumat, quvvat  kabi so‘zlarda
esa   cho‘ziq   talaffuz   qilinadi ;   gul,   guvoh,   kuyov   kabi   so‘zlarda     yumshoq ;
qum, qurol, g‘ussa  kabi so‘zlarda  esa qattiq talaffuz qilinadi.
Ko‘rinadiki, unlilarning qattiq yoki yumshoq talaffuz qilinishi ko‘p hollarda
yonma-yon   kelgan   undoshning   til   oldi   yoki   orqa   ekanligi   bilan   bevosita
bog‘liq   bo‘ladi.   Xususan,   q,   g‘,   x   kabi   til   orqa   undoshlari   ishtirok   etadigan
so‘zlarda   ular   qattiq,     boshqa   undoshlar   (til   oldi,   sayoz   til   orqa   undoshlari)
ishtirok   etgan   so‘zlarda   esa   yumshoq   talaffuz   etiladi.   Qiyoslang:   qo‘pol,
g‘o‘za, o‘rda, go‘dak, do‘l, jo‘yak, ko‘ngil.
              3.   B,   v,   g,   d,   z   undoshlari   urg‘usiz   bo‘g‘inda,   so‘z   oxirida   jarangsiz
undoshlar   yonida   kelganda   jarangsizlashgan   holda   talaffuz   qilinadi:
ket di//ketti,   kitob//kitop,   zavod//zavot,   barg//bark,   aktiv//aktif,
peshvoz//peshvos, izhor//ishor .
           4.   D, s, t, l, n, ch, sh, m   undoshlaridan oldin qo‘llangan chuqur til orqa,
portlovchi   q   undoshi   x   tarzida talaffuz qilinadi:   naqd//naxt, maqsad//maxsat,
vaqt//vaxt,   baliqchi//balixchi,   oqsoq/oxsog‘,   nuqson//   nuxson,   qaqshamoq
//qaxshamoq, cho‘qmor//cho‘xmor.
       5.  K, g, ng  undoshlari oldida kelgan  n  sonori  ng, ng‘  tarzida aytiladi:
ko‘lanka//ko‘langka, ko‘tarinki//ko‘taringki, dengiz//dengngiz, nonko‘r// nongko‘r,yong‘oq//yongngoq//yongg‘oq, to‘ng‘illamoq//to‘ng‘g‘ilamoq .
              6.   Ikki   unli   yonma-yon   kelgan   so‘zlarda   ko‘pincha   y   undoshi
orttiriladi: oila// oyila, shoir//shoyir, rais/rayis, radio//radiyo kabi.
                Ayrim   grammatik   shakllar   orfoepiyasi   1.Tushum   kelishik   affiksi
talaffuzda   -di,   -ti,   -zi,   -ri   kabi   fonetik   variantlarga   ega   bo‘ladi:   otni//otti,
toshni//toshti, gulni//guldi, gapni//gapti//gappi, tuzdi//tuzzi.
              2.   Men,   sen   olmoshlariga   -ning,   -ni,   -niki   affikslari   qo‘shilganda
qo‘shimcha   tarkibidagi   bitta   n   undoshi   tushiriladi   va   shunday   yoziladi   :
mening, seni, meniki.
          3.  U, bu, shu, o‘sha  kabi olmoshlarga - ga,-da,-dan,-day,-cha  affikslari
qo‘shilganda     n   undoshi   orttirilib   talaffuz     qilinadi   va   shunday     yoziladi:
unga, unda, bundan, shundan, shunday, o‘shancha  kabi.
                  4.   Oxiri   z  undoshi   bilan   tugaydigan   sonlarga   dona   son   yasovchi   - ta
affiksi   qo‘shilganda     z   undoshi   s   tarzida   talaffuz   qilinadi:   to‘qqizta   //
to‘qqista,   o‘ttizta   //   o‘ttista ;   oxiri     z,   sh   bilan   tugaydigan   otlarga   -siz   sifat
yasovchi   qo‘shilganda   ham   bu   undoshlar   s   tarzida   talaffuz   etiladi:
boshsiz//bossiz,   izsiz//issiz,   ovozsiz//ovossiz;   b unday   holni   oxiri   z     bilan
tugaydigan   ba’zi   so‘zlarga   ot   yasovchi   -   chi   affiksi     qo‘shilganda   ham
kuzatish   mumkin:   zakazchi//zakaschi,   arazchi//araschi,   taqrizchi//   taqrischi
kabi.
                5.   Tarkibida   -   n,   -in,   -lan   affiksi   bo‘lgan     so‘zlarga   -la     affikslari
qo‘shilganda   -n,   -   in,   -lan   affikslari   oxiridagi   n   undosh   m   tarzida   talaffuz
qilinadi:   kiyinmoqda//kiyimmoqda,   burkanmoqda//burkammoqda,
ovqatlandi// ovqallandi.
Orfoepiya me’yorlari asosidagi tovush o’zgarishlari
            Assimilyasiya   -   nutq   tovushlarining   o’zaro   ta’siri,   birining   ikkinchisini
o’ziga moslashtirishi:  ket-di-ketti, aytti, uch-so’m-usso’m, tuz-sin-tussin .           Dissimilyasiya -   ikkita   bir   xil   (o’xshash)   tovushdan   birining   boshqa
(noo’xshash)   tovushga   aylanishi:   zarar- zaral;   zarur-zaril,   birorta-bironta;
kissa-kista; koridor-kolidor.  
        Metateza   -undosh   tovushlarning   o’rin   almashish   hodisasi:   daryo-dayro;
yomg’ir-yog’mir;   tebratmoq-terbatmoq;   yamlamoq-yalmamoq;   tuproq-
turpoq; o’rganmoq-o’granmoq; to’g’ramoq-to’rg’amoq.  
     Proteza - so’z boshida bir unlining orttirilishi:   ro’mol-o’ramol;    stol-istol;
shtraf-ishtaraf .
    Epenteza -ikki undosh yonma-yon kelganda ular orasida talaffuzda i yoki u
orttiriladi:  fikr-fikir; hukm-hukum.
      Prokopa -so’z   boshida   undoshning   tushishi:   yiroq-iroq;   yigina-igna;
yag’och-ag’och .
   Sinkopa -unlilarning qisqa talaffuz etilishi:  direktor-direktir .
   Apakopa -o’zak oxiridagi tovush tushishi:  do’st-do’s; xursand-xursan.
   Eliziya- unli bilan tugagan va unli bilan boshlangan ikki so’zning qo’shilishi
natijasida tovushlardan birining tushishi:  bora oladi-boroladi; qora ot-qorot;
borar ekan-borarkan.
          Tovush   moslashuvi :   bir   tovush   boshqa   tovushni   o’ziga   moslashtiradi:
manba-mamba,   shanba-shamba,   yonbosh-yombosh,   sunbula-sumbula,
tanbur-tambur.
Assimilatsiya
Assimilatsiya   (lotincha   assimilatio   –   «o'xshash   bo'lish»)   deb
tovushlarning   bir-biriga   ta'siri   natijasida   ulardan   birining   ikkinchisiga
o'xshash   bo'lish   hodisasiga   aytiladi.   Odatda   unlilar   unlilarga,   undoshlar
undoshlarga assimilatsiya qilinadi. Agar o'zaro ta'sir natijasida tovushlar bir-
biriga   butunlay   o'xshash   bo'lib   qolsa,   to'liq   assimilatsiya   deyiladi.   Agar
tovushlarning   biror   artikulyatsion   –   akustik   belgisi   o'xshash   bo'lib   qolsa, to'liq   bo'lmagan   (qisman)   assimilatsiya   deb   ataladi.   (Masalan,   ketdi   (ketti)
so'zida (t) va (d) oldingi (t) jarangsiz undosh ta'sirida o'xshash bo'lib qoladi). 
Tovushlar   bir-biriga   ta'sirining   yo'nalishiga   ko'ra   progressiv   va
regressiv   assimilatsiya   farqlanadi.   Oldin   kelgan   tovush   keyingi   tovushga
ta'sir   qilib,   o'ziga   o'xshatsa   –   progressiv   assimilatsiya ,   aksincha,   keyingi
tovush   oldingisiga   ta'sir   qilsa   –   regressiv   assimilatsiya   deyiladi.   Tovushlar
artikulatsiya   o'rni,   usuli,   jarangli-jarangsizligi   va   yumshoq-qattiqligi   (bu
hodisa   rus   tilida   bor)   bo'yicha   assimilatsiya   qilinadi.   O'xshash   bo'luvchi
tovushlar   yonma-yon   bo'lsa   –   kontakt   assimilatsiya ,   ular   o'rtasida   boshqa
tovushlar bo'lib, o'xshash bo'luvchi tovushlar bir-biridan uzoq bo'lsa –  distant
assimilatsiya   deyi ladi.   Assimilatsiya   bir   so'z   ichida   va   so'z   birikmalari   ora -
lig'ida ro'y berishi mumkin. Masalan, o'zbek tilidagi   sotdi, otgan, rus tilidagi
лодка ,   каробка ,   inglizcha   goods   /gudz/   –   «narsalar»,   cats   /kæts/   –
«mushuklar»,   nemischa   gibt   /gi:pt/   –   «olmoq»,   legt   /lekt/   –   «yotmoq»
so'zlari da   progressiv   kontakt   assimilatsiya   jarangsizlanish   bo'yicha   amalga
oshiriladi. Taqsimot (taxsimot), ulug'sifat (uluxsifat), o'taketgan (o'taketgan),
o'qchi   (o'xchi),   tanbur   (tambur)   so'zla rida   regressiv   assimilatsiya   uchraydi.
Surnay   (sunnay),   karnay   (kannay),   tipirlatmoq   (tipillat moq),   mahkam
(makkam)   (Toshkent   shevasida)   kabilar   to'la   regressiv   kontakt
assimilatsiyaga   misoldir.   Qantak   (o'rik),   qo'ltiq tayoq   (qo'ltig'tayog'),
to'g'nag'ich   (to'nag'ich)   kabilarda   to'la   distant   assimilatsiya   uchraydi.   Rus
tilida   distant   assimi lya siya   ko'proq   uchraydi:   здравствуйте   /zdrassti/,
пятнадцать  /petnadsat/ kabi. 
Assimilatsiya   hodisasi   ham   talaffuzini   iqtisod   qi lishning   bir   turi
hisoblanadi.  Assimilatsiya  natijasida  so'zlar  qisqarishi,  undagi  tovushlarning
artikulatsiyasi   o'xshash   bo'lib   qolishi   talaffuzni   osonlashtirishga   yordam
beradi. Turli tillarda assimilatsiyaning tabiati o'ziga xos xususiyatlariga ega. Xususan,   nemis   tilida   jaranglilik   belgisi   bo'yicha   assimilatsiya   uchra maydi.
Bunday assimilatsiya rus va o'zbek tillariga xosdir. 
  Distant   assimilatsiya   ko'proq   unlilarning   o'zaro   ta' siri   natijasida   ro'y
beradi   va   turkiy,   fin-ugor,   ba'zi   german   tillarida   uchraydi.   Masalan,   nemis
tilida  otlarning  ko'plik  qo'shimchasidagi  unli  so'z  o'zagidagi  unliga  o'xshash
belgilariga ega bo'ladi. Bu hodisani   umlaut   deyiladi:   Buch   «kitob» –   Bücher
«kitoblar»,  Sohn  «o'g'il» –  Söhne   «o'g'illar» kabi. 
Progressiv   assimilatsiyaning   yana   bir   turi   singarmonizm   yoki
unlilarning   uyg'unlashuvi   deb   atalib,   u   so'z larda   (o'zak   va   affiksda)
unlilarning   o'xshash   artikulya sion-akustik   belgilarga   ega   bo'lishi   bilan
izohlanadi.   Ba'zi   afrika   tillarida   unlilar   bir   so'z   yoki   so'zlar   birikmasi
doirasida uyg'unlashadi. Ko'pgina urol va oltoy tillarida unlilar til oldi va til
orqa,   hamda   lablangan-lablanmagan   belgilari   bo'yicha   uyg'unlashadi.
Masalan,   turkiy   tillarida,   xususan,   turkman,   qozoq,   qirg'iz,   turk,   qoraqalpoq
tillaridagi so'zlarda til oldi yoki til orqa, lablangan yoki lablanmagan unlilar
o'xshash holatda uchraydi. Bunda so'z o'zagidagi unli bilan uning affiksidagi
unli uyg'unlashadi. Masalan, turkman tilida: galamlar – «qalamlar», gelinlar –
«kelinlar»   qozoq   tilida:   bashtar   –   «boshlar»,   koldor   –   «qo'llar»,   turk   tilida:
göllär – «qo'llar», gyzlar – «qizlar» kabi. 
Singarmonizm urg'u bilan ham bog'liq bo'lib, ularning har ikkisi so'zning
fonetik   belgisi   hisoblanadi.   Nihoyat,   assimilatsiya   sinxronik   (yangi   paydo
bo'lgan)   va   diaxronik   (tarixiy   shakllangan)   bo'lishi   mumkin.   Yuqo ri da
ko'rsatilgan   umlaut   va   singarmonizm   hodisalari   tovush larning   tarixiy
assimilatsiyasi natijasida kelib chiqqan. 
DISSIMILYATSIYA   (tilshunoslikda)   —   nutqiy   hodisa.   Muayyan   so’zdagi
bir-biriga   o’xshagan   yoki   qisman   o’xshash   tovushlardan   birining   hosil
bo’lishi   o’rniga,   usuliga   ko’ra   farq   etuvchi   boshqa   tovushga   o’xshashi.
Dissimilyatsiya   assimilyatsiya   qarama-qarshi   fonetik   hodisa   bo’lib,   u assimilyatsiya   darajasida   keng   tarqalgan   emas,   chunki   ko’p   hollarda   unda
sonor   tovushlarga   ega   bo’lgan   so’zlargina   Dissimilyatsiyaga   uchraydi.
Dissimilyatsiya   adabiy   tillarga   nisbatan   shevalarda   ko’proq.
Dissimilyatsiyaning   ikki   turi   mavjud:   a)   kontakt   Dissimilyatsiya   (masalan,
tramvay   —   tranvay);   b)   distakt   Dissimilyatsiya   (masalan,   zarar   —   zaral,
avtobus — aptobus).
Metateza   (yun.   metathesis   —   o rnini   almashtirish)   —   so zdagi   tovushlarʻ ʻ
(asosan, undoshlar)ning o zaro o rin almashtirish; tovush o zgarishlarishtt bir	
ʻ ʻ ʻ
turi.   Mac,   tuproq   —   turpoq,   to g ramoq   —   to rg amoq,   ahvol   —   avhol   va	
ʻ ʻ ʻ ʻ
h.k.   M.   og zaki   tilga,   shevalarga   hamda   bolalar   nutqiga   xos   hodisa   bo lib,	
ʻ ʻ
ba zan   bunday   o zgarishlar   adabiy   tilning   tarixiy   taraqqiyoti   natijasida   yoki	
ʼ ʻ
boshqa   tillardan   so z   o zlashtirish   jarayonida   tilda   mustahkam   o rin   olib,	
ʻ ʻ ʻ
adabiy me yorga aylanadi: yomg ir<yog mir, daryo<dayro; qulf<arab. "qufl";	
ʼ ʻ ʻ
tarelka<nem.   "Teller"   kabi.   Yondosh,   yonma-yon   turgan   tovushlar,
shuningdek, yondosh bo lmagan, bir-biridan uzoqroq bo lgan tovushlar M.si	
ʻ ʻ
farqlanadi.   Mac,   bo yra—bo ryo,   aylanmoq   —   aynalmoq   kabi.   M.,	
ʻ ʻ
ko pincha,   yosh   bolalar   tomonidan   yangi   so zlarni   o zlashtirishda,   talaffuz	
ʻ ʻ ʻ
qilishda   hamda   boshqa   tillarda   so z   qabul   qilish   jarayonida   talaffuz   uchun	
ʻ
noqulay tovush birikmalaridan qochishga intilish natijasida paydo bo ladi.	
ʻ
Proteza   (yun.   prothesis   —   oldindan   joylash)   —   talaffuzni   qulaylashtirish
uchun   so zning   eng   boshida   to-vush   (odatda,   unli)   orttirilishi.   Uzbek   tilida	
ʻ
o kuz—ho kiz,   og och—yo-g och   singari   tarixiy   taraqqiyot   ja-rayonidagi	
ʻ ʻ ʻ ʻ
ayrim   holatlarni   hisobga   olmaganda   (bu   yerda   undosh   orttirilgan),   P.
hodisasi, asosan, arab va fors tillaridan o zlashgan yoki rus tili orkali yevropa	
ʻ
tillaridan kirgan so zlar talaffuzida uchraydi. Bunday so zlarning boshida, u,	
ʻ ʻ
o   yoki   i   unlisi   orttirib   talaffuz   qilinsada,   bu   holat   yozuvda   aks   etmaydi:	
ʻ
ro mol — o ramol, ro za — o raza, ray-hon — irayhon; stol — istol, stul —
ʻ ʻ ʻ ʻ
ustul, istul, shtraf — ishtraf, stansiya — istansa kabi. ADABIYOTLAR
1. М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 1978.
2. Ш.   Шоабдурахмонов,   М.Аскарова,   А.Хожиев,   И.Расулов,   ,
Х.Дониёров  Хозирги њзбек адабий тили. Т ., « Укитувчи » 1980.
3. М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992.
4. А.Баскаков,   А.   Содиков,   А.Абдуазизов   Умумий   тилшунослик.   Т.,
«Укитувчи» 1981.
5. Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993.
6. У.Турсунов,   Ж.Мухторов,   Ш.Рахматуллаев   Хозирги   њзбек   адабий
тили.. 1-кисм. Т., «Укитувчи» 1979.
7.   N. Turniyozov  A.Rahimov  O‘zbek   tili (ma’ruzalar matni)
8. www.ziyonet.uz

Mavzu:O’zbek tilining “Orfoepiya qoidalari” Reja: 1. Orfoepiya haqida umumiy ma’lumot 2. Ayrim unli va undoshlar orfoepiyasi 3. Ayrim grammatik shakllar orfoepiyasi

Orfoepiya haqida umumiy ma’lumot . Orfoepiya (yunoncha orthos - "to‘g‘ri" epos-"nutq" demakdir) adabiy talaffuz qoidalari to‘plami bo‘lib, u milliy til doirasida yagona talaffuz me’yorini belgilaydi. Shunga ko‘ra, orfoepiya adabiy tilning og‘zaki shakli bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zbek milliy tilining tarkibi nihoyatda rang-barang va murakkab bo‘lib, u o‘zida uchta yirik lahjani birlashtiradi. Bu lahjalardagi so‘zlar talaffuzi o‘ziga xos fonetik, leksik va morfologik belgilari bilan farqla-nadi: 1) qipchoq lahjasida so‘z boshida adabiy tildagi y undoshi o‘rnida j talaffuz qilinadi: yo‘q //jo‘q, yigit//jigit ; adabiy tildagi g‘ o‘rnida v undoshi aytiladi: tog‘//tov sog‘//sov ; so‘z oxirida k, q undoshlari tushiriladi: kichik//kichchi, qattiq//qatti ; 2) o‘g‘uz lahjasida esa so‘z boshida keladigan t, k jarangsiz undoshlari d, g tarzida talaffuz qilinadi: tog‘//dag‘, kel//gal kabi; 3) qarluq - chigil - uyg‘ur lahjasining o‘ziga xos fonetik xususiyatlari so‘z oxiridagi q undoshning g‘ tarzida aytilishi, ba’zan tushirilishida kuzatiladi: qovoq//qovog‘, shuningdek, bu lahjada a unlisining o tovushiga o‘zgartirilishi ham kuzatiladi: aka//oka kabi. O‘zbek lahjalaridagi bu kabi lahjaviy xilma-xilliklar, shubhasiz, adabiy tilning talaffuz me’yoriga ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shunday nutqiy tafovutlarni bartaraf etish, lahjalardagi eng maqsadga muvofiq so‘z shakllarini tanlagan holda qoidalashtirish orfoepiyaning muhim vazifalaridandir. Albatta, orfoepiya boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuzi-ni ham qamrab oladi. Xususan, o‘zlashma so‘zlarning orfoepiya qonun- qoidalariga mos ravishda talaffuz qilinishi qoidalashtirilgan. Masalan, fabrika, fakt so‘zlari pabrika, pakt tarzda aytilsa ham, ular asliga muvofiq talaffuz qilinishi lozim.

Adabiy talaffuz me’yorlari tilning tovush tizimi asosida yaratiladi. Bu esa orfoepik me’yorlarni belgilashda tovush tizimi, uning nutqiy jarayonda turlicha o‘zgarishini hisobga olishni taqozo etadi. Ayrim unli va undoshlar orfoepiyasi 1. I unlisi atir, ayrim , bilan kabi so‘zlarda qisqa, biyron, siyrak kabi so‘zlar tarkibida y undoshdan avval kelganda o‘ta cho‘ziq; qirq, qir, qiz, kabi so‘zlar tarkibida qattiq i tarzida talaffuz qilinadi. Ayrim so‘zlarda i o‘ta qisqa talaffuz qilinib tushiriladi: qobiliyat//qobilyat, quyidagi //quydagi; azm, adl, ayol so‘zlari talaffuzida esa orttiriladi, biroq yozilmaydi. 2 . U unlisi, buvi, buloq so‘zlarida qisqa; xusumat, quvvat kabi so‘zlarda esa cho‘ziq talaffuz qilinadi ; gul, guvoh, kuyov kabi so‘zlarda yumshoq ; qum, qurol, g‘ussa kabi so‘zlarda esa qattiq talaffuz qilinadi. Ko‘rinadiki, unlilarning qattiq yoki yumshoq talaffuz qilinishi ko‘p hollarda yonma-yon kelgan undoshning til oldi yoki orqa ekanligi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Xususan, q, g‘, x kabi til orqa undoshlari ishtirok etadigan so‘zlarda ular qattiq, boshqa undoshlar (til oldi, sayoz til orqa undoshlari) ishtirok etgan so‘zlarda esa yumshoq talaffuz etiladi. Qiyoslang: qo‘pol, g‘o‘za, o‘rda, go‘dak, do‘l, jo‘yak, ko‘ngil. 3. B, v, g, d, z undoshlari urg‘usiz bo‘g‘inda, so‘z oxirida jarangsiz undoshlar yonida kelganda jarangsizlashgan holda talaffuz qilinadi: ket di//ketti, kitob//kitop, zavod//zavot, barg//bark, aktiv//aktif, peshvoz//peshvos, izhor//ishor . 4. D, s, t, l, n, ch, sh, m undoshlaridan oldin qo‘llangan chuqur til orqa, portlovchi q undoshi x tarzida talaffuz qilinadi: naqd//naxt, maqsad//maxsat, vaqt//vaxt, baliqchi//balixchi, oqsoq/oxsog‘, nuqson// nuxson, qaqshamoq //qaxshamoq, cho‘qmor//cho‘xmor. 5. K, g, ng undoshlari oldida kelgan n sonori ng, ng‘ tarzida aytiladi: ko‘lanka//ko‘langka, ko‘tarinki//ko‘taringki, dengiz//dengngiz, nonko‘r//

nongko‘r,yong‘oq//yongngoq//yongg‘oq, to‘ng‘illamoq//to‘ng‘g‘ilamoq . 6. Ikki unli yonma-yon kelgan so‘zlarda ko‘pincha y undoshi orttiriladi: oila// oyila, shoir//shoyir, rais/rayis, radio//radiyo kabi. Ayrim grammatik shakllar orfoepiyasi 1.Tushum kelishik affiksi talaffuzda -di, -ti, -zi, -ri kabi fonetik variantlarga ega bo‘ladi: otni//otti, toshni//toshti, gulni//guldi, gapni//gapti//gappi, tuzdi//tuzzi. 2. Men, sen olmoshlariga -ning, -ni, -niki affikslari qo‘shilganda qo‘shimcha tarkibidagi bitta n undoshi tushiriladi va shunday yoziladi : mening, seni, meniki. 3. U, bu, shu, o‘sha kabi olmoshlarga - ga,-da,-dan,-day,-cha affikslari qo‘shilganda n undoshi orttirilib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: unga, unda, bundan, shundan, shunday, o‘shancha kabi. 4. Oxiri z undoshi bilan tugaydigan sonlarga dona son yasovchi - ta affiksi qo‘shilganda z undoshi s tarzida talaffuz qilinadi: to‘qqizta // to‘qqista, o‘ttizta // o‘ttista ; oxiri z, sh bilan tugaydigan otlarga -siz sifat yasovchi qo‘shilganda ham bu undoshlar s tarzida talaffuz etiladi: boshsiz//bossiz, izsiz//issiz, ovozsiz//ovossiz; b unday holni oxiri z bilan tugaydigan ba’zi so‘zlarga ot yasovchi - chi affiksi qo‘shilganda ham kuzatish mumkin: zakazchi//zakaschi, arazchi//araschi, taqrizchi// taqrischi kabi. 5. Tarkibida - n, -in, -lan affiksi bo‘lgan so‘zlarga -la affikslari qo‘shilganda -n, - in, -lan affikslari oxiridagi n undosh m tarzida talaffuz qilinadi: kiyinmoqda//kiyimmoqda, burkanmoqda//burkammoqda, ovqatlandi// ovqallandi. Orfoepiya me’yorlari asosidagi tovush o’zgarishlari Assimilyasiya - nutq tovushlarining o’zaro ta’siri, birining ikkinchisini o’ziga moslashtirishi: ket-di-ketti, aytti, uch-so’m-usso’m, tuz-sin-tussin .

Dissimilyasiya - ikkita bir xil (o’xshash) tovushdan birining boshqa (noo’xshash) tovushga aylanishi: zarar- zaral; zarur-zaril, birorta-bironta; kissa-kista; koridor-kolidor. Metateza -undosh tovushlarning o’rin almashish hodisasi: daryo-dayro; yomg’ir-yog’mir; tebratmoq-terbatmoq; yamlamoq-yalmamoq; tuproq- turpoq; o’rganmoq-o’granmoq; to’g’ramoq-to’rg’amoq. Proteza - so’z boshida bir unlining orttirilishi: ro’mol-o’ramol; stol-istol; shtraf-ishtaraf . Epenteza -ikki undosh yonma-yon kelganda ular orasida talaffuzda i yoki u orttiriladi: fikr-fikir; hukm-hukum. Prokopa -so’z boshida undoshning tushishi: yiroq-iroq; yigina-igna; yag’och-ag’och . Sinkopa -unlilarning qisqa talaffuz etilishi: direktor-direktir . Apakopa -o’zak oxiridagi tovush tushishi: do’st-do’s; xursand-xursan. Eliziya- unli bilan tugagan va unli bilan boshlangan ikki so’zning qo’shilishi natijasida tovushlardan birining tushishi: bora oladi-boroladi; qora ot-qorot; borar ekan-borarkan. Tovush moslashuvi : bir tovush boshqa tovushni o’ziga moslashtiradi: manba-mamba, shanba-shamba, yonbosh-yombosh, sunbula-sumbula, tanbur-tambur. Assimilatsiya Assimilatsiya (lotincha assimilatio – «o'xshash bo'lish») deb tovushlarning bir-biriga ta'siri natijasida ulardan birining ikkinchisiga o'xshash bo'lish hodisasiga aytiladi. Odatda unlilar unlilarga, undoshlar undoshlarga assimilatsiya qilinadi. Agar o'zaro ta'sir natijasida tovushlar bir- biriga butunlay o'xshash bo'lib qolsa, to'liq assimilatsiya deyiladi. Agar tovushlarning biror artikulyatsion – akustik belgisi o'xshash bo'lib qolsa,