logo

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byuroning surishtiruv olib borish amaliyoti

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.75390625 KB
  O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro
byuroning surishtiruv olib borish amaliyoti.
Reja:
1.   O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   huzuridagi   Majburiy   ijro
byuroning surishtiruv olib borish amaliyoti. 1. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro
byuroning surishtiruv olib borish amaliyoti.
"ljro   ishi   yuritish   takomillashtirilishi   munosabati   bilan   O'zbekiston
Respublikasining   ayrim   qonun   hujjatlariga   o'zgartish   va   qo'shimchalar   kiritish
to'g'risida"gi   2009-yil   14-yanvardagi   qonun   bilan   O'zbekiston   Respublikasining
Jinoyat-protsessual   kodeksining   "Surishtiruv   organlari"   deb   nomlangan   38-
moddaga   qo'shimcha   kiritildi   hamda   bu   mustaqil   huquqni   muhofaza   qiluvchi
organga surishtiruvni amalga oshirish vakolati berildi.
O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   29-maydagi   "Elektr
energiyasi   va   tabiiy   gaz   yetkazib   berish   hamda   iste'mol   qilish   sohasida   to'lov
intizomini   yanada   mustahkamlash,   shuningdek   ijro   ishi   yuritish   tizimini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   PF-5059-son   Farmoni   bilan
O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   huzuridagi   Majburiy   ijro   byurosiga
qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda   Ma'muriy   huquqbuzarliklar   to'g'risidagi
ishlarni yuritish, surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish vazifalari
belgilandi.
O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   30-maydagi   PQ-3016-son
qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
Majburiy   ijro   byurosi   to'g'risida"gi   nizomda   majburiy   ijro   byurosi   va   uning
joylardagi bo'linmalariga Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni yuritish,
o'z   vakolatiga   taalluqli   ishlarni   ko'rib   chiqish   va   Ma'muriy   jazo   qo'llash,   o'z
vakolatiga   taalluqli   ishlar   bo'yicha   tergovga   qadar   tekshiruv   va   surishtiruv
o'tkazish, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish huquqi berilganligi
ko'rsatilgan.
Darhaqiqat,   surishtiruvni   O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi
huzuridagi   Majburiy   ijro   byurosining   surishtiruvchilari   amalga   oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  huzuridagi  Majburiy ijro byurosi  va
uning   joylardagi   bo'linmalari   -   voyaga   yetmagan   yoki   mehnatga   layoqatsiz
shaxslarni,   ota-onani   moddiy   ta'minlashdan   bo'yin   tovlash.   Sud   hujjatini   ijro
etmaslik. ya'ni muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlashni ma'muriy
jazo   qo'llanilganidan   keyin   davom   ettirish,   shuningdek   sud   hujjatining   ijro
etilishiga to'sqinlik qilish hamda elektr. issiqlik energiyasi, gaz. suvdan foydalanish
qoidalarini   buzish,   ya'ni   umumiy   foydalanishdagi   elektr.   issiqlik,   gaz   yoki
vodoprovod   tarmoqlariga   o'zboshimchalik   bilan   ulanish   yoxud   elektr,   issiqlik
energiyasi,   tabiiy   gaz,   sovuq   yoki   issiq   suvni   hisobga.   olish   asboblariga,   shu
jumladan ularning plombalariga qasddan shikast  yetkazish yoxud bunday hisobga
olish   asboblarining   ko'rsatkichlarini   o'zgartirish   maqsadida   ularga   tashqaridan
aralashish,   shunday   harakatlar   uchun   Ma'muriy   jazo   qo'llanilganidan   keyin   sodir
etilishi  bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlarga doir  ishlar  bo'yicha surishtiruvni  amalga
oshiradi.
Surishtiruv   Jinoyat-protsessual   kodeksining   46'-bobda   belgilangan
xususiyatlarni   inobatga   olgan   holda,   belgilangan   umumiy   qoidalarga   muvofiq
amalga   oshiriladi.   O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   huzuridagi
Majburiy ijro byurosi jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish,
jinoyat   ishi   yuzasidan   dalil   tariqasida   foydalanish   mumkin   bo lgan   ma'lumotlarniʻ
aniqlash  maqsadida  ilmiy-texnika  vositalaridan  foydalangan  holda,  zarur   choralar
ko'rish   vakolatiga   ega.   Surishtiruvni   amalga   oshiruvchi   organ   boshlig'ining   va
uning   mansabdor   shaxsining   vakolatlari   Jinoyat-protsessual   kodeksida   sanah
o'tilgan.   Surishtiruvchining   vakolatlari   Surishtiruvchi:   jinoyat   ishini   qo'zg'atishga
va   tugatishga,   ishni   qo'zg'atishni   rad   etishga:   jinoyatni   sodir   etishda   gumon
qilinayotgan   shaxslarni   ushlash   va   so'roq   qilishga:   ushbu   kodeksda   nazarda
tutilgan   tergov   harakatlarini   olib   borishga;   shaxsni   ishda   gumon   qilinuvchi
tariqasida   ishtirok   qilish   uchun   jalb   etish   to'g'risida   qaror   qabul   qilishga:   shaxsni
ishda   ayblanuvchi   tariqasida   ishtirok   qilish   uchun   jalb   etish   haqida   va   unga
nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to'g'risida qaror qabul qilishga. bundan qamoqqa
olish yoki uy qamog'i mustasno;o'z yurituviga qabul qilgan ishlar bo'yicha tezkor-
qidiruv   tadbirlarini   bajarish   haqida   yozma   topshiriqlar   berishga:   boshqa
surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to'g'risida topshiriq berishga:
tergovga   qadar   tekshiruv   yoki   tezkor-qidiruv   faoliyatini   amalga   oshiruvchi organlarga   shaxslarni   ushlab   turish,   majburiy   keltirish,   qidirish   to'g'risidagi
qarorlarning   ijrosini   topshirishga,   ulardan   ayrim   tergov   harakatlarini   yuritishda
ko'maklashishni   talab   qilishga;   qamoqqa   olish   yoki   uy   qamog'i   tarzidagi   ehtiyot
chorasini   qo'llash,   uy   qamog'i   bo'yicha   qo'shimcha   taqiq   (cheklov)   belgilash
to'g'risida iltimosnoma berishga, -shuningdek ehtiyot chorasini Jinoyat protsessual
kodeksining 240 va 243-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o'zgartirishga; -
ayblanuvchini   lavozimidan   chetlashtirish   to'g'risida;   shaxsni   tibbiy   muassasaga
joylashtirish   haqida   iltimosnomalar   berishga,   shuningdek   mazkur   protsessual
majburlov choralarini qonunda belgilangan tartibda bekor qilishga: pochta-telegraf
jo'natmalarini   xatlash   haqida   iltimosnomalar   berishga,   shuningdek   mazkur
choralarni ushbu JPK belgilangan tartibda bekor qilishga: amnistiya aktiga asosan
jinoyat ishini  qo'zg'atishni  rad qilish to'g'risida  yoki  jinoyat ishini  tugatish haqida
sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Surishtiruvchi   surishtiruvning   yo'nalishiga   oid   barcha   qarorlarni   mustaqil
ravishda   qabul   qiladi,   bundan   qonunda   prokuror   ruxsatini   olish   nazarda   tutilgan
hollar mustasno.
Surishtiruvchi   prokurorning   shaxsni   ishda   ayblanuvchi   tariqasida   ishtirok
etishga   jalb   qilish   haqidagi,   jinoyatni   tavsif   qilish   va   ayblov   hajmi   haqidagi,
qamoqqa   olish   yoki   uy   qamog'i   tarzidagi   ehtiyot   chorasini   qo'llash   uy   qamog'i
bo'yicha   qo'shimcha   taqiq   (cheklov)   belgilash   to'g'risida   iltimosnoma   qo'zg'atish
haqidagi,   ayblanuvchini   lavozimidan   chetlashtirish,   shaxsni   tibbiy   muassasaga
joylashtirish   tarzidagi   protsessual   majburlov   choralarini   qo'llash   haqidagi,
amnistiya   aktiga   asosan   jinoyat   ishini   qo'zg'atishni   rud   qilish   to'g'risida   yoki
jinoyat   ishini   tugatish   haqida   sudga   iltimosnoma   kiritish   haqida   prokurorga
taqdimnoma kiritish to'g'risidagi. ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi,
tugallangan   ishni   qo'shimcha   tergovga   qaytarish   to'g'risidagi   ko'rsatmalariga   rozi
bo'lmasa, o'z e'tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi
prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda yuqori turuvchi prokuror quyi
turuvchi   prokurorning   ko'rsatmasini   o'z   qarori   bilan   yo   bekor   qiladi   yoki   ish
bo'yicha surishtiruv yuritishni boshqa surishtiruvchiga topshiradi. Surishtiruvchining   o'z   yuritishidagi   ish   yuzasidan   qonunga   muvofiq   bergan
yozma   topshiriqlari   va   chiqargan   qarorlari   barcha   korxonalar.   muassasalar,
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Surishtiruv bo'linmasi boshlig'ining va uning o'rinbosarining vakolatlari.
Surishtiruv   bo'linmasining   boshlig'i   va   uning   o'rinbosari   o'z   vakolatlari
doirasida   jinoyatlarni   ochish   va   ularning   oldini   olish   yuzasidan
surishtiruvchilarning   o'z   vaqtida   harakat   qilishini   nazorat   etadilar,   jinoyat   ishlari
bo'yicha   surishtiruvni   to'la,   har   tomonlama   va   xolisona   olib   borish   choralarini
ko'radilar.
Surishtiruv   bo'linmasi   boshlig'i   va   uning   o'rinbosari   ishlarni   tekshirib
ko'rishga,   surishtiruvchiga   surishtiruv   yuritish,   shaxsni   ishda   gumon   qilinuvchi,
ayblanuvchi   tariqasida   ishtirok   qilish   uchun   jalb   etish,   jinoyatni   tavsif   qilish   va
ayblovning   hajmi,   ishning   yo'nalishini   belgilash,   ayrim   tergov   harakatlarini
o'tkazish   haqida   ko'rsatmalar   berishga,   ishni   bir   surishtiruvchidan   ikkinchi
surishtiruvchiga   olib   berishga,   ishni   tergov   qilishni   bir   necha   surishtiruvchiga
topshirishga,   shuningdek   surishtiruvchi   vakolatlaridan   foydalanib,   surishtiruv
yuritishda   qatnashishga   surishtiruvni   shaxsan   o'zi   olib   borishga   haqlidir.
Surishtiruv   bo'linmasi   boshlig'ining   va   uning   o'rinbosarining   ish   yuzasidan
ko'rsatmalari   surishtiruvchiga   yozma   tarzda   beriladi   va   ularning   ijro   etilishi
majburiydir.
Olingan   ko'rsatmalar   ustidan   prokurorga   shikoyat   qilinishi.   Jinoyat
protsessual   kodeksining   38'-moddasi   uchinchi   qismida   nazarda   tutilgan   hollarni
istisno   etganda,   ularning   ijro   etilishini   to'xtatib   qo'ymaydi.   Har   bir   surishtiruvchi
o'z yurituvida bo'lgan jinoyat ishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasining hududida
istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan o'zi bajarishga yoxud uni o'tkazishni
boshqa surishtiruvchiga topshirishga haqlidir.
Surishtiruvchining   topshirig'ida   ijro   etuvchi   uchun   majburiy   bo'lgan   ijro
muddati   ko'rsatiladi.   Topshiriqni   bu   muddat   ichida   ijro   etishning   iloji   bo'lmasa,
topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan surishtiruvchiga topshiriq qachon bajarilishi
mumkinligi   to'g'risida   yozma   ravishda,   telegramma   yoki   telefonogramma   orqali xabar qiladi va uning ko'rsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi.
Jinoyat   ishini   bir   surishtiruv   organi   doirasida   bir   surishtiruvchidan   boshqa
surishtiruvchiga   o'tkazish   shu   surishtiruv   organining   rahbari   yoki   surishtiruv
bo'linmasi   boshlig'i   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Ishni   bir   surishtiruv
bo'linmasidan   boshqasiga   o'tkazish   yuqori   surishtiruv   organi   rahbari   yoki   yuqori
surishtiruv   bo'linmasining   boshlig'i   tomonidan   prokuror   roziligi   bilan   amalga
oshiriladi.
Surishtiruvchi   jinoyat   ishini   qo'zg'atib,   uni   o'z   ish   yurituviga   oladi   va   bu
haqida ish qo'zg'atish to'g'risidagi qarorga yozib qo'yadi. Basharti surishtiruvchiga
oldin   qo'zg'atilgan   ish   berilgan   bo'lsa,   u   ishni   o'z   yurituviga   olganligi   to'g'risida
qaror chiqaradi, shundan so'ng surishtiruvni boshlaydi.
Qarzdor   surishtiruv   o'tkazish   jarayonida   so'roq   qilish   uchun   chaqirilgan,
qamoqqa   olingan   yoki   majburiy   keltirilgandan   keyin   darhol   yoki   yigirma   to'rt
soatdan kechiktirmay so'roq qilinishi kerak. So'roqning umumiy davom etish vaqti
bir   kunda   sakkiz   soatdan   oshmasligi   lozim.   Dam   olish   va   ovqatlanish   uchun
beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga kirmaydi.
Surishtiruv   jinoyat   ishi   qo'zg'atilgan   kundan   boshlab   bir   oydan   oshmagan
muddatda tamomlanishi lozim. Jinoyat ishi ko'p mehnat talab etsa, juda murakkab
yoki o'ta dolzarb bo'lsa, prokuror yoki surishtiruv bo'linmasining boshlig'i shu ish
bo'yicha   surishtiruv   ishlarini   yuritishni   doimiy   yoki   maxsus   tuzilgan
surishtiruvchilar guruhiga topshirishi mumkin.
Surishtiruvchi   voyaga   yetmagan   yoki   mehnatga   layoqatsiz   shaxslarni,   ota-
onani  moddiy ta'minlashdan  bo'yin tovlashga, yuzasidan  surishtiruv olib borishda
asosiy   e'tiborni   jinoyat   sodir   etgan   shaxs   va   jabrlanuvchi   yoki   uning   qonuniy
vakiliga   O'zbekiston   Respublikasi   Jinoyat   kodeksining   66-moddasiga   asosan   bu
turdagi   jinoyat   ishlari   yarashuv   munosabati   bilan   tugatilishi   mumkinligini
tushuntirishga, jinoyat natijasida yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida jinoyat
sodir   etgan   shaxsning   mol-mulklarini   aniqlashga   doir   tergovga   qadar   tekshiruv
harakatlarini o'tkazishga qaratishi lozim. Tergovga   qadar   tekshiruvni   amalga   oshiruvchi   organ   boshlig'ining   va   uning
mansabdor shaxsining vakolatlari.
Tergovga   qadar   tekshiruv   majburiy   ijro   sohasidagi   jinoyatga   oid   arizalar,
xabarlar   va   boshqa   ma'lumotlarni   tekshirish,   ularni   ko'rib   chiqish   natijasi
yuzasidan   qaror   qabul   qilishga   doir   tadbirlarni,   shuningdek   ish   uchun   ahamiyatli
bo'lishi   mumkin   bo'lgan   jinoyat   izlari,   narsalar   va   hujjatlarni   mustahkamlash   va
saqlashga   doir   choralarni   o'z   ichiga   oladi.   Tergovga   qadar   tekshiruv   Jinoyat-
protsessual   kodeksning   39-moddasida   ko'rsatilgan   organlar   tomonidan   ushbu
kodeksning   41-bobida   belgilangan   qoidalarga   muvofiq   amalga   oshiriladi.
Tergovga  qadar  tekshiruv  surishtiruvchi, tergovchi  yoki   prokuror  tomonidan  ham
olib borilishi mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksi 39'-moddasida tergovga qadar tekshiruvni amalga
oshiruvchi   organlar   berilgan   bo'lib,   O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi
huzuridagi   Majburiy   ijro   byurosi   va   uning   joylardagi   bo'linmalariga   -   voyaga
yetmagan   yoki   mehnatga   layoqatsiz   shaxslarni,   ota-onani   moddiy   ta'minlashdan
bo'yin   tovlashga,   sud   qarorini   bajarmaslikka,   band   solingan   mol-mulkni   qonunga
xilof   ravishda   tasarruf   etishga   doir   ishlar   bo'yicha,   shuningdek   elektr.   issiqlik
energiyasi, gaz, suvdan foydalanish qoidalarini  buzish bilan bog'liq bo'lgan ishlar
bo'yicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish vakolati berilgan.
O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   huzuridagi   Majburiy   ijro
byurosi va uning joylardagi bo'linmalari zimmasiga zarur choralar ko`rish vazifasi,
shu jumladan jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni  topish, hamda
Jinoyat   protsessual   kodeksning   qoidalariga   muvofiq   tekshirib   chiqilganidan   so'ng
jinoyat   ishi   yuzasidan   dalil   tariqasida   foydalanish   mumkin   bo'lgan   ma'lumotlarni
aniqlash  maqsadida  ilmiy-texnika  vositalaridan  foydalangan  holda,  zarur   choralar
ko'rish   vazifasi   yuklatilgan   bo'lib,   shu   maqsadda   tezkor-qidiruv   tadbirlarini
o'tkazishga haqli.
Majburiy   ijro   byurosi   va   uning   joylardagi   bo'linmalari   rahbarlari   tergovga
qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning boshlig'i sifatida harakat qila turib,
tergovga qadar tekshiruvni boshlashga yoki o'ziga bo'ysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga   uni   yuritishni   topshirishga.   jinoyat   ishini   qo'zg'atishga   yoki   ish
qo'zg'atishni   rad   etishga   yoxud   arizani,   xabarni   tergovga   tegishliligiga   ko'ra
o'tkazishga   haqlidir.   Tergovga   qadar   tekshiruvni   amalga   oshiruvchi   mansabdor
shaxs   zimmasiga   tergovga   qadar   tekshiruvni   amalga   oshirishga   doir   vazifalarni
yuklatish tartibi mazkur organ tomonidan belgilanadi.
Boshliqning topshirig'iga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan mansabdor
shaxs jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yo'l qo'ymaslik, dalillarni
to'plash   va   saqlash,   jinoyat   sodir   etishda   gumon   qilinganlarni   ushlash   va
yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli yetkazilgan
mulkiy   zararning   o'rni   qoplanishini   ta'minlash   uchun   zarur   bo'lgan,   kechiktirib
bo'lmaydigan harcha harakatlarni amalga oshirishi shart.
Tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi
organning mansabdor shaxsi  zimmasiga tergovchi. surishtiruvchi yuritayotgan ish
bo'yicha   ayrim   protsessual   harakatlarni   va   tezkor-qidiruv   tadbirlarini   o'tkazish
to'g'risidagi   topshiriqlarini   bajarish   hamda   tergovchiga,   surishtiruvchiga
protsessual harakatlarni bajarishida ko'maklashish majburiyati ham yuklatiladi.
Tergovga   qadar   tekshiruvni   amalga   oshiruvchi   organning   mansabdor   shaxsi
tergovga   qadar   tekshiruvni   amalga   oshirayotganda,   xuddi   shuningdek
tergovchining,   surishtiruvchining   topshirig'ini   bajarayotganda,   ushbu   kodeksda
belgilangan qoidalarga amal qilgan holda protsessual harakatlarni amalga oshiradi
va qarorlar qabul qiladi.
Tergovga   qadar   tekshiruvni   amalga   oshiruvchi   organ   mansabdor   shaxsining
qarorlari   mazkur   organ   boshlig'i   tomonidan   tasdiqlanishi   lozim.   Boshliqning
yozma ko'rsatmalari  ularni bajarishni  to'xtatmay turib. ushbu ko'rsatmalar  ustidan
prokurorga   shikoyat   qilishga   haqli   bo'lgan   unga   bo'ysunuvchi   mansabdor   shaxs
uchun majburiydir.
Prokurorning   yozma   ko'rsatmalari   tergovga   qadar   tekshiruvni   amalga
oshiruvchi organ boshlig'i va uning mansabdor shaxsi uchun majburiydir. Ular   prokurorning   ko'rsatmalaridan   norozi   bo'lgan   taqdirda,   ko'rsatmalarni
bajarishni   to'xtatmay   turib,   yuqori   turuvchi   prokurorga   ularning   ustidan   shikoyat
qilishga   haqlidir.   Surishtiruvchi   jinoyat   alomatlari   topilgan   har   bir   holda,   o'z
vakolatlari   doirasida   jinoyat   ishini   qo'zg'atishi.   jinoiy   hodisani,   jinoyat   sodir
etishda   aybdor   bo'lgan   shaxslarni   aniqlash   va   ularni   jazolash   uchun   qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan barcha choralarni ko'rishi shart.     A dabiyotlar
1.Tuxtasheva U.A. Ijro ishi yuritish: Darslik. 2-nashr Toshkent: TDYI, 2009.-308
h.
2.Yusupov   B.   Sud   hujjatlarini   bujurmaganlik   uchun   jinoiy   javobgarlik
muammolari: Monografiya - T.TDYI, 2011.-173 b.
3.M.Q.O'razaliyev Ijro ishi yuritish Darslik. - T TDYU nashriyoti 2019. - 239 bet
4.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T., O'zbekiston. 2018. - 80 b.
5.O'zbekiston   Respublikasining   2001-yil   29-avgustdagi   "Sud   hujjatlari   va   boshqa
organlar   hujjatlarini   ijro  etish  to'g'risida"gi   №  258-II-sonli   Qonuni  //   O zbekistonʻ
Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2001.-Ne 21. 145-modda.
6.O'zbekiston   Respublikasi   Fuqarolik-protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
7.O'zbekiston   Respublikasi   Jinoyat-protsessual   kodeksi   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
8.O'zbekiston   Respublikasi   Iqtisodiy   protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
9.O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi 
10.O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar
hujjatlarini   ijro   etishda   mol-mulkni   realizatsiya   qilish   tartib-taomillarini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   2017-yil   27-iyuldagi   PQ-3149-son
qarori.   O'zbekiston   Respublikasi   Qonun   hujjatlari   to'plami.   2007.   No   45.   541-
modda.
11.   O'razaliyev   Murod   Qorayevich.   Ijro   ishi   yuritish.   Darslik.   T.:   TDYU
nashriyoti, 2019.-239 bet.

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byuroning surishtiruv olib borish amaliyoti. Reja: 1. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byuroning surishtiruv olib borish amaliyoti.

1. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byuroning surishtiruv olib borish amaliyoti. "ljro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi 2009-yil 14-yanvardagi qonun bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining "Surishtiruv organlari" deb nomlangan 38- moddaga qo'shimcha kiritildi hamda bu mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organga surishtiruvni amalga oshirish vakolati berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5059-son Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni yuritish, surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish vazifalari belgilandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to'g'risida"gi nizomda majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo'linmalariga Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni yuritish, o'z vakolatiga taalluqli ishlarni ko'rib chiqish va Ma'muriy jazo qo'llash, o'z vakolatiga taalluqli ishlar bo'yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o'tkazish, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish huquqi berilganligi ko'rsatilgan. Darhaqiqat, surishtiruvni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining surishtiruvchilari amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo'linmalari - voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash. Sud hujjatini ijro etmaslik. ya'ni muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o'zini

tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlashni ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilish hamda elektr. issiqlik energiyasi, gaz. suvdan foydalanish qoidalarini buzish, ya'ni umumiy foydalanishdagi elektr. issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga. olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun Ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilishi bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha surishtiruvni amalga oshiradi. Surishtiruv Jinoyat-protsessual kodeksining 46'-bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda, belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin bo lgan ma'lumotlarniʻ aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda, zarur choralar ko'rish vakolatiga ega. Surishtiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig'ining va uning mansabdor shaxsining vakolatlari Jinoyat-protsessual kodeksida sanah o'tilgan. Surishtiruvchining vakolatlari Surishtiruvchi: jinoyat ishini qo'zg'atishga va tugatishga, ishni qo'zg'atishni rad etishga: jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so'roq qilishga: ushbu kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to'g'risida qaror qabul qilishga: shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to'g'risida qaror qabul qilishga. bundan qamoqqa olish yoki uy qamog'i mustasno;o'z yurituviga qabul qilgan ishlar bo'yicha tezkor- qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berishga: boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to'g'risida topshiriq berishga: tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi

organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to'g'risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko'maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash, uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiq (cheklov) belgilash to'g'risida iltimosnoma berishga, -shuningdek ehtiyot chorasini Jinoyat protsessual kodeksining 240 va 243-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o'zgartirishga; - ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risida; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini qonunda belgilangan tartibda bekor qilishga: pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu JPK belgilangan tartibda bekor qilishga: amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish to'g'risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir. Surishtiruvchi surishtiruvning yo'nalishiga oid barcha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi, bundan qonunda prokuror ruxsatini olish nazarda tutilgan hollar mustasno. Surishtiruvchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiq (cheklov) belgilash to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qo'llash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atishni rud qilish to'g'risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritish to'g'risidagi. ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qo'shimcha tergovga qaytarish to'g'risidagi ko'rsatmalariga rozi bo'lmasa, o'z e'tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorning ko'rsatmasini o'z qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish bo'yicha surishtiruv yuritishni boshqa surishtiruvchiga topshiradi.

Surishtiruvchining o'z yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar. muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Surishtiruv bo'linmasi boshlig'ining va uning o'rinbosarining vakolatlari. Surishtiruv bo'linmasining boshlig'i va uning o'rinbosari o'z vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan surishtiruvchilarning o'z vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari bo'yicha surishtiruvni to'la, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini ko'radilar. Surishtiruv bo'linmasi boshlig'i va uning o'rinbosari ishlarni tekshirib ko'rishga, surishtiruvchiga surishtiruv yuritish, shaxsni ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo'nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o'tkazish haqida ko'rsatmalar berishga, ishni bir surishtiruvchidan ikkinchi surishtiruvchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha surishtiruvchiga topshirishga, shuningdek surishtiruvchi vakolatlaridan foydalanib, surishtiruv yuritishda qatnashishga surishtiruvni shaxsan o'zi olib borishga haqlidir. Surishtiruv bo'linmasi boshlig'ining va uning o'rinbosarining ish yuzasidan ko'rsatmalari surishtiruvchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir. Olingan ko'rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi. Jinoyat protsessual kodeksining 38'-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini to'xtatib qo'ymaydi. Har bir surishtiruvchi o'z yurituvida bo'lgan jinoyat ishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan o'zi bajarishga yoxud uni o'tkazishni boshqa surishtiruvchiga topshirishga haqlidir. Surishtiruvchining topshirig'ida ijro etuvchi uchun majburiy bo'lgan ijro muddati ko'rsatiladi. Topshiriqni bu muddat ichida ijro etishning iloji bo'lmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan surishtiruvchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi to'g'risida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali