logo

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mehnat huquqining manbasi

Yuklangan vaqt:

10.10.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.8525390625 KB
MAVZU: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mehnat huquqining
manbasi.
REJA:
1. Mehnat huquqining tushunchasi va predmeti.
2.Mehnat huquqi kodikes.
3.Mehnat huquqiga oid qabul qilingan qonun va qarorlar. Mehnat  huquqi  huquqshunoslik  tarmoqlari  orasida  etakchi  o`rin  
tutadi.  U  ijtimoiy 
mehnatga  oid  munosabatlarni  tartibga  soladigan  huquqiy  normalar  
tizimidan  iborat.  Bu 
munosabatlar  mehnat  bozoriga  amal  qilish,  mehnatni  tashkil  qilish  
va  uni  qo`llash  jarayonida 
namoyon bo`ladi. 
Mehnatga oid munosabatlar quyidagi o`ziga xos xususiyatlari  bilan 
ajralib turadi: 
Mehnatga oid munosabatning sub`ekti - xodim korxona, muassasa, 
tashkilotning mehnat 
jamoasi  tarkibiga  qo`shiladi  va  o`z  mehnati  bilan  korxona  jamoasi  
oldidagi  vazifani  bajarishga 
kirishadi. 
Ijtimoiy  mehnat  taqsimotiga  ko`ra,  muayyan  mehnat  funktsiyasini  
bajarish  xodim.
majburiyatlarining  predmetini  tashkil  etadi.  Muhimi  shuki,  bu  ish  
bir  qancha  kishilar  faoliyati 
bilan uyg’unlashgan, ya`ni mehnat kooperatsiyasi doirasida bajariladi.  Xodimning va mehnat jamoasi har bir a`zosining ish faoliyati muayyan 
rejim o`rnatilgan 
sharoitda amalga oshiriladi. Mehnatga oid munosabatlar sub`ektlarining 
mehnatni tashkil etishga 
doir tartib-intizom, qoida - talablariga bo`ysunishi  mehnatga oid 
munosabatlarning izchilligi va 
samaradorligini belgilovchi zarur omillardan biri.        
Mehnatga  oid  munosabatlar  ixtiyoriy  harakterga  ega  bo`lsada,    ular 
bevosita  ishlab 
chiqarish  doirasida  namoyon  bo`ladi  va  muayyan  maqsadlarni  
ko`zlab  amalga  oshiriladigan 
ijtimoiy foydali faoliyat sanaladi. 
Xulosa  qilib  aytganda,    mehnat  huquqining  predmetini,  ya`ni  
mehnat  shartnomasi  bo`yicha 
ishlayotgan  xodimlar  mehnatining  ishlab  chiqarishda  qo`llanishi  
tufayli  paydo  bo`ladigan 
ijtimoiy  mehnatga  oid  munosabatlar  tashkil  etadi.  Ushbu  
munosabatlar  mehnat  huquqi 
predmetining yadrosi hisoblanadi. 
Ijtimoiy  voqelikda  mehnat  huquqining  predmetini  tashkil  etuvchi  
munosabatlar  tizimi 
mehnatga  oid  munosabatlardan  tashqari,  ular  bilan  muayyan  tarzda  
bog’langan  boshqa 
munosabatlarni  ham  qamrab  oladi.  Bu  munosabatlar  mehnat  
munosabatlaridan  ilgariroq,  ular  bilan  bir  vaqtda,  yoxud  bevosita  mehnat  munosabatlaridan  kelib  
chiqishi  mumkin.  Mazkur 
munosabatlar jumlasiga:         
Mehnat sohasida tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarni; 
Ishga joylashtirishga oid munosabatlarni ; 
Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog’liq munosabatlarni; 
Mehnat  muxofazasi  va  mehnat  qonunchiligiga  rioya  etishni  nazorat  
qilishga  doir 
munosabatlarni; 
Mehnat nizolarini hal etish bilan bog’liq munosabatlarni kiritish 
mumkin.  
Yuqorida  sanab  o`tilgan  munosabatlarning  har  biriga  xos  
xususiyatlarga  qisqacha 
to`xtalib o`tamiz.
Mehnat  sohasidagi  tashkiliy  boshqaruvga  oid  munosabatlarda,  
odatda,  ish  beruvchi 
bilan  mehnat  jamoasi,  kasaba  uyushmasi  yoki  xodimlarning  boshqa 
vakillik  organlari  o`rtasida 
kelib chiqadigan munosabatlarni aks ettiradi. 
1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining 
muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka 
tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari
Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat 
qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga 
hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqining davlat 
kafolatlarini belgilash;
ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali 
mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini
ta’minlash;
mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish;
xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari 
himoya qilinishini ta’minlash;
mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish.
3-modda. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan 
tartibga solishning asosiy prinsiplari
Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga 
solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida 
kamsitishni taqiqlash;
mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;
mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;
mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari 
bajarilishining kafolatlanganligi;
xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilindi. 1995 yildagi birinchi 
tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning  huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik kabilar asosiy prinsip 
etib belgilandi. Davlat ehtiyojmand aholini ishga joylash bo‘yicha 
qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
O‘zbekiston prezidenti 28 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining 
Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi [O‘RQ-798 sonli] 
qonunnimzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar 
bermoqda.
Kodeks mart oyida senatorlar tomonidan ma’qullangan edi. O‘shanda 
senatorlar 1995 yilda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksi tahriri 
zamonaviy voqelikka mos kelmasligini ta’kidlagandi.
Yangi tahrirda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan 
bevosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning 
asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilandi:
mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida 
kamsitishni taqiqlash;
mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;
mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;
mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari 
bajarilishining kafolatlanganligi;
xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
Xususan, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z 
qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har 
qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va 
mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash 
huquqini anglatadi. Shuningdek, davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga 
joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
Mazkur toifaga quyidagilar kiradi:
14 yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz 
ota-ona, shuningdek ko‘p bolali oilalardagi ota-onalar;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar 
maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega 
bo‘lgan yoshlar;
«Mehribonlik» uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim 
tashkilotlarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari;
Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy 
gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlaridagi muddatli harbiy 
xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoshiga 
qadar ikki yil oldin);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar yoki sudning 
qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari 
qo‘llanilgan shaxslar;
odam savdosidan jabrlanganlar.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach 
kuchga kiradi. Qonun kuchga kirishi bilan uning avvalgi talqini o‘z 
kuchini yo‘qotadi.
Ushbu Kodeks xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining 
muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka  tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Tarkibiy jihatdan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2 qism,
7 bo‘lim, 34 bob va 581 moddadan iborat (amaldagi 294 moddani o‘z 
ichiga oladi).
Umumiy qism mehnat huquqining barcha institutlari uchun fundamental 
ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, to‘qqiz 
bobdan iborat ikkita bo‘limni birlashtiradi.
Maxsus qism mehnat huquqining alohida institutlariga bag‘ishlangan va 
quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: individual mehnat munosabatlari; 
xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 
ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini tartibga solishning o‘ziga xos 
xususiyatlari; xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish.  Mehnat 
nizolarini ko‘rib chiqish.

MAVZU: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mehnat huquqining manbasi. REJA: 1. Mehnat huquqining tushunchasi va predmeti. 2.Mehnat huquqi kodikes. 3.Mehnat huquqiga oid qabul qilingan qonun va qarorlar.

Mehnat huquqi huquqshunoslik tarmoqlari orasida etakchi o`rin tutadi. U ijtimoiy mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar tizimidan iborat. Bu munosabatlar mehnat bozoriga amal qilish, mehnatni tashkil qilish va uni qo`llash jarayonida namoyon bo`ladi. Mehnatga oid munosabatlar quyidagi o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi: Mehnatga oid munosabatning sub`ekti - xodim korxona, muassasa, tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga qo`shiladi va o`z mehnati bilan korxona jamoasi oldidagi vazifani bajarishga kirishadi. Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko`ra, muayyan mehnat funktsiyasini bajarish xodim. majburiyatlarining predmetini tashkil etadi. Muhimi shuki, bu ish bir qancha kishilar faoliyati bilan uyg’unlashgan, ya`ni mehnat kooperatsiyasi doirasida bajariladi.

Xodimning va mehnat jamoasi har bir a`zosining ish faoliyati muayyan rejim o`rnatilgan sharoitda amalga oshiriladi. Mehnatga oid munosabatlar sub`ektlarining mehnatni tashkil etishga doir tartib-intizom, qoida - talablariga bo`ysunishi mehnatga oid munosabatlarning izchilligi va samaradorligini belgilovchi zarur omillardan biri. Mehnatga oid munosabatlar ixtiyoriy harakterga ega bo`lsada, ular bevosita ishlab chiqarish doirasida namoyon bo`ladi va muayyan maqsadlarni ko`zlab amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat sanaladi. Xulosa qilib aytganda, mehnat huquqining predmetini, ya`ni mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan xodimlar mehnatining ishlab chiqarishda qo`llanishi tufayli paydo bo`ladigan ijtimoiy mehnatga oid munosabatlar tashkil etadi. Ushbu munosabatlar mehnat huquqi predmetining yadrosi hisoblanadi. Ijtimoiy voqelikda mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar tizimi mehnatga oid munosabatlardan tashqari, ular bilan muayyan tarzda bog’langan boshqa munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu munosabatlar mehnat munosabatlaridan ilgariroq, ular

bilan bir vaqtda, yoxud bevosita mehnat munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin. Mazkur munosabatlar jumlasiga: Mehnat sohasida tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarni; Ishga joylashtirishga oid munosabatlarni ; Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog’liq munosabatlarni; Mehnat muxofazasi va mehnat qonunchiligiga rioya etishni nazorat qilishga doir munosabatlarni; Mehnat nizolarini hal etish bilan bog’liq munosabatlarni kiritish mumkin. Yuqorida sanab o`tilgan munosabatlarning har biriga xos xususiyatlarga qisqacha to`xtalib o`tamiz. Mehnat sohasidagi tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarda, odatda, ish beruvchi bilan mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o`rtasida kelib chiqadigan munosabatlarni aks ettiradi. 1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar Ushbu Kodeks xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. 2-modda. Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash; ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash; mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish; xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish. 3-modda. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash; mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash; mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik; mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi; xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilindi. 1995 yildagi birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning