logo

O’zbekiston respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

151.962890625 KB
Mavzu:   O’zbekiston   respublikasining   xalqaro   reyting   va   indekslardagi
o’rni va nufuzini ortib borishi.
Reja:
1.   O’zbekiston   Respublikasi   uchun   ustuvor   bo’lgan   xalqaro   reyting   va
indekslar dagi   rolini   oshirish   uchun   amalga   oshirilyotga   ishlar .
2 .   O’zbekiston   Respublikasi   uchun   ustuvor   bo’lgan   xalqaro   reyting   va
indekslardagi rolini oshirishning ahamiyati.
3 . Hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlarning mazmun mohiyati. Mamlakatning   investitsiyaviy   jozibadorligi   va   xalqaro   maydondagi   imidjini
mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan
ishlashning   yangi   mexanizmlarini   joriy   qilish,   shuningdek,   2017–2021-yillarda
O’zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo’nalishi   bo’yicha
Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1.   Xalqaro   reyting   va   indekslar   bilan   ishlash   bo’yicha   respublika
kengashi   (keyingi o’rinlarda – Kengash) tashkil etildi.
Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
─   mamlakatning   ijtimoiy-iqtisodiy   va   siyosiy-huquqiy   taraqqiyot   darajasini
tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarning
O’zbekiston   Respublikasi   uchun   ustuvor   bo’lgan   xalqaro   reyting   va   indekslarda
mamlakatning o’rnini yaxshilash  maqsadlariga xizmat  qilishini  ta’minlash, mazkur
yo’nalishdagi   ishlarning   samaradorligiga   to’siq   bo’layotgan   muammolarni   bartaraf
etish;
─   O’zbekiston   Respublikasi   uchun   ustuvor   bo’lgan   xalqaro   reyting   va
indekslarda   mamlakatning   o’rnini   yaxshilash   maqsadida   davlat   hokimiyati   va
boshqaruvi   tizimini   takomillashtirish,   jamiyatni   demokratlashtirish,   ilg’or   xalqaro
tajribaga   asoslangan   davlat   va   jamiyat   qurilishi   sohasidagi   islohotlarni   amalga
oshirish bo’yicha tashabbuslarni ilgari surish;
─   davlat   va   jamiyat   hayotining   turli   jabhalarini   tartibga   solishga   qaratilgan
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O’zbekiston Respublikasi uchun
ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o’rniga ta’siri nuqtai
nazaridan kompleks baholab borish.
Shu   bilan   birgalikda   O’zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi   va   Adliya
vazirligi   Kengashning   ishchi   organlari   etib   belgilandi.   Kengash   ishchi   organlari
bo’yicha   taqsimlangan   O’zbekiston   Respublikasi   uchun   ustuvor   bo’lgan   xalqaro
reyting   va   indekslarda   mamlakatning   o’rnini   yaxshilashga   qaratilgan   ta’sirchan
choralar   ishlab   chiqilishi   va   amalga   oshirilishi   hamda   ushbu   yo’nalishda   tizimli
xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat o’rnatiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi
organlari bo’yicha taqsimoti tasdiqlandi.
2.   Mas’ul   davlat   organlari   birinchi   rahbarlarining   faoliyati   samaradorligini
baholashning  bosh mezonlaridan  biri etib O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor
yo’nalishlarni belgilab oldi.
3.   Mutasaddi   vazirlik   va   idoralar   o’zlari   mas’ul   bo’lgan   reyting   va
indekslarning   e’lon   qilinishi   muddatlari   va   ularning   metodologiyalarini   hisobga
olgan holda, KPIga erishish  maqsadida:  2020-yil  ikkinchi  yarmi davomida amalga
oshirilishi   lozim   bo’lgan   tashkiliy   chora-tadbirlar   dasturlarini,   har   yil   1-dekabrga
qadar kelgusi yil davomida amalga oshirishi lozim bo’lgan tashkiliy chora-tadbirlar
dasturlarini   ishlab   chiqish   vazifalari   qo’yildi.   Bunda,   xalqaro   reyting   va
indekslarning   navbatdagi   nashrida   zarur   ko’rsatkichni   qayd   etishga   qaratilgan
amaliy  takliflarni   ishlab   chiqish,   shuningdek,   reyting  va   indekslarni   e’lon   qiluvchi
tashkilotlar   hamda   ularni   tuzishda   foydalaniladigan   axborot   manbalari   bilan
hamkorlik   qilish   mexanizmlarini   nazarda   tutish   lozim.   Shunday   tartib   o’rnatildiki,
unga   muvofiq   mas’ul   davlat   organlarining   birinchi   rahbarlari   har   chorak
yakuni   bo’yicha   keyingi   oyning   15-sanasiga   qadar   Kengash   ishchi   organlariga
mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   to’g’risidagi   ma’lumotlar,   zarur
statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi.Keyingi oyning 30-sanasiga
qadar   Kengash   raisi   yoki   o’rinbosarining   rahbarligida   o’tkaziladigan   yig’ilishlarda
tegishli   xalqaro   reyting   va   indekslarda   KPI   ga   erishish   uchun   amalga   oshirilgan
chora-tadbirlar to’g’risida axborot beradi.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   7-martdagi   PF–5687-son
Farmoni   bilan   tashkil   etilgan   Ustuvor   xalqaro   reyting   va   indekslar   bilan   ishlashni
muvofiqlashtirish bo’yicha komissiya zimmasiga Kengash faoliyatini tashkil etishga
ko’maklashish va Kengash yig’ilishlari oralig’ida tegishli yo’nalishda mas’ul davlat
organlari ishini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatildi.   Mas’ul davlat organlari
hamda   tadqiqot   institutlari   tegishli   xalqaro   reyting   va   indekslar   bo’yicha   amalga
oshirilgan   ishlar   haqidagi   ma’lumotlarni   Kengash   ishchi   organlariga   muntazam
ravishda taqdim etib boradi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya
organlari   va   muassasalari   boshqaruv   xodimlarining   cheklangan   soni   va   mehnatga
haq to’lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat  Xalqaro reyting va indekslar
bilan ishlash boshqarmasi   tashkil etildi.O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
bir oy muddatda ushbu boshqarmaning yuqori malakali kadrlar bilan to’ldirilishini
ta’minlasin.   O’zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi   manfaatdor   vazirlik   va
idoralar   bilan   birgalikda   2020-yil   1-oktyabrga   qadar   Internet   tarmog’ida
“O’zbekiston  Respublikasi  xalqaro  reytinglarda”    yagona  portali ning  (keyingi
o’rinlarda – portal) ishga tushirilishini ta’minlandi.
Kengash ishchi organlari O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini   rivojlantirish   vazirligi   bilan   birgalikda   portal   faoliyatining
uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi.
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Administratsiyasi  huzuridagi  Axborot  va
ommaviy   kommunikatsiyalar   agentligi   mas’ul   davlat   organlari   bilan   birgalikda
muntazam   ravishda   davlat   va   jamiyat   hayotining   xalqaro   reyting   va   indekslar,
ularning   tarkibiy   indikatorlarida   baholanadigan   sohalariga   oid   davlat   siyosatidagi
o’zgarishlar   va   islohotlarning   mohiyatini   yoritish   hamda   sohada   jamoatchilik
nazoratini   o’rnatish   maqsadida   keng   qamrovli   targ’ibot   ishlarini   amalga
oshiradi.Mazkur   farmonning   ijrosini   nazorat   qilish   O’zbekiston   Respublikasining
Bosh   vaziri   A.N.Aripov,   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Administratsiyasi
rahbari   Z.Sh.Nizomiddinov   va   O’zbekiston   Respublikasi   Bosh   vazirining
o’rinbosari J.A.Qo’chqorov zimmasiga yuklansin.
Iqtisodiy   va   siyosiy-huquqiy   xalqaro   reyting   va   indekslarda   O’zbekiston
Respublikasining o’rnini yaxshilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning
faoliyatini   samarali   muvofiqlashtirish,   xalqaro   maydonda   mamlakatimiz
mavqeyini   yanada   yuksaltirish,   xorijiy   reyting   agentliklari   bilan   hamkorlikni
tizimli   ravishda   amalga   oshirish,   mas’ul   davlat   organlari   rahbarlariga   yuklatilgan
vazifalarni   o’z   vaqtida   va   sifatli   bajarilishida   ularning   shaxsiy   javobgarligini
kuchaytirish maqsadida: 1. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarni kompleks ravishda ko’rib chiqish va
yaxshilash   borasida   ijro   samaradorligini   oshirish   hamda   mutasaddi   vazirlik   va
idoralar   tomonidan   olib   borilayotgan   tegishli   chora-tadbirlarni   tizimli
muvofiqlashtirish lozimligini inobatga olgan holda:
a)   Komissiya   xalqaro   reyting   va   indekslarda   O’zbekiston   Respublikasining
o’rnini yaxshilash bo’yicha ishlarni amalga oshirish doirasida:
Xalqaro   reyting   va   indekslar   bilan   ishlash   bo’yicha   respublika   kengashining
(keyingi o’rinlarda ― Kengash) ishini tashkil etishga ko’maklashadi;
Kengash   yig’ilishlari   oralig’ida   mutasaddi   vazirlik   va   idoralar   tomonidan
maqsadli   ko’rsatkichlarga   erishish   borasida   amalga   oshirilayotgan   ishlarni
muvofiqlashtirib boradi;
Tegishli   qarorlar   qabul   qiladi   va   ularning   ijrosini   vazirlik   hamda   idoralar
tomonidan   sifatli   va   to’liq   bajarilishini   ta’minlaydi,   shuningdek   ularning   oylik
hisobotlarini eshitadi;
Kengash   kotibiyatiga   amalga   oshirilgan   ishlar   yuzasidan   davriy   hisobot
taqdim etadi;
b)   moliya   vaziri   o’rinbosari   adliya   vazirining   tegishli   o’rinbosari   bilan
birgalikda:
xalqaro   reyting   va   indekslarda   O’zbekiston   Respublikasining   o’rnini
yaxshilash borasida mutasaddi  vazirlik va idoralarning muvofiqlashtirilgan o’zaro
hamkorligini,   ularga   yuklatilgan   vazifalarni   samarali   va   sifatli   bajarish   uchun
uslubiy va konsultativ yordam ko’rsatishni ta’minlaydi;
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   yig’ilishlarida,   shu
jumladan   Rayosat   majlislarida,   mutasaddi   vazirlik   va   idoralar   tomonidan   xalqaro
reyting   va   indekslarda   O’zbekiston   Respublikasining   o’rnini   yaxshilash   borasida
amalga   oshirilayotgan   ishlar   ahvolini   tanqidiy   ko’rib   chiqish   bo’yicha   takliflar
beradi;
v)   Boshqarma   va   Adliya   vazirligining   Xalqaro   reyting   va   indekslar   bilan
ishlash   boshqarmasi   Komissiya   ishchi   organlari   bo’lib,   mutasaddi   vazirlik   va
idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash faoliyatini samarali  tashkil etadi   va   zarur   ma’lumotlarni   umumlashtiradi,   bu   borada   quyidagi   vazifalarni
amalga oshiradi:
mutasaddi   vazirlik   va   idoralardan   zarur   bo’lgan   ma’lumotlarni   so’rab   oladi,
amalga   oshirilayotgan   chora-tadbirlarning   natijadorligi   yuzasidan   axborot-tahliliy
materiallar tayyorlaydi va Komissiyaga taqdim qiladi;
xalqaro reyting va indekslarni e’lon qiluvchi tashkilotlar, reyting agentliklari,
mahalliy   hamda   xalqaro   ekspert,   konsultant   va   mutaxassislar   bilan   to’g’ridan-
to’g’ri ishlaydi, shu jumladan, ularni respublikaga taklif qiladi va olib borilayotgan
islohotlar   ko’lami   bilan   yaqindan   tanishtiradi,   chet   elda   sohaga   oid   tadbirlarda
mutaxassislar   ishtirokini,   davra   suhbatlari,   xalqaro   forum   va   konferensiyalarni
tashkillashtirib beradi;
O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti Administrasiyasining Xalqaro reytinglar
bilan ishlash va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish
sho’basi   bilan   ustuvor   xalqaro   reyting   va   indekslarda   O’zbekiston
Respublikasining   o’rnini   yaxshilash   uchun   kompleks   chora-tadbirlarni   belgilash
yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi;
tegishli   takliflarni   ishlab   chiqadi   hamda   ularni   ko’rib   chiqish   uchun
Komissiyaga kiritadi;
g)  xalqaro  reyting  va  indekslarning  ma’lumot   bazalaridan  foydalanish,  zarur
axborot   materiallarini   olish,   ushbu   reyting   va   indekslardagi   O’zbekiston
Respublikasining   o’rnini   yaxshilash   bo’yicha   xalqaro   reyting   agentliklari   hamda
xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislarni jalb qilish bilan bog’liq xarajatlarni
qoplash   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   zaxira   jamg’armasi
mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Xalqaro   reyting  va   indekslar  bilan   ishlash   bo’yicha   respublika   kengashi
tashkil etiladi
Prezident   farmoniga   binoan,   davlat   organlarida   xalqaro   reytinglar   bilan
ishlash masalasini muvofiqlashtirish maqsadida Xalqaro reyting va indekslar bilan
ishlash bo’yicha respublika kengashi tashkil etiladi va u Parlament nazorati ostida
bo’ladi.   Shuningdek,   1-oktyabrga   qadar   «O’zbekiston   Respublikasi   xalqaro reytinglarda»   yagona   portali   ishga   tushiriladi   2-iyun   kuni   prezident   Shavkat
Mirziyoyev   «O’zbekiston   Respublikasining   Xalqaro   reyting   va   indekslardagi
o’rnini   yaxshilash   hamda   davlat   organlari   va   tashkilotlarida   ular   bilan   tizimli
ishlashning   yangi   mexanizmini   joriy   qilish   to’g’risida»gi   farmonni   imzoladi.
Farmonda   qayd   etilishicha,   bir   qator   xalqaro   reytinglarda   mamlakatning
ko’rsatkichlari   sezilarli   yuqorilaganiga   qaramay   ayrim   rahbarlar   reytinglar   bilan
ishlashga   yetarlicha   e’tibor   qaratmayotganligi   va   xalqaro   tashkilotlar   tomonidan
o’tkazilayotgan   so’rovlarda   aksariyat   islohotlar   o’z   aksini   topmayotganligi
oqibatida   ustuvor   xalqaro   reyting   va   indekslarda   O’zbekiston   quyi   pog’onalarda
qolmoqda.Shu   bois,   mamlakatning   investitsiyaviy   jozibadorligi   va   xalqaro
maydondagi   imidjini   mustahkamlash,   davlat   organlari   va   tashkilotlarida   xalqaro
reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish maqsadida
Xalqaro   reyting   va   indekslar   bilan   ishlash   bo’yicha   respublika   kengashi
tashkil etiladi.
Kengashning asosiy vazifalari qatorida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy-huquqiy   taraqqiyot   darajasini   tizimli   tahlil   qilib   borish,   amalga
oshirilayotgan   o’zgarishlarning   xalqaro   reyting   va   indekslarda   mamlakatning
o’rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash belgilangan.
Muhim   o’zgarishlardan   biri   Xalqaro   reyting   va   indekslar   bilan   ishlash
tizimining   komissiyasi   endilikda Respublika kengashi   Parlament nazorati ostida
bo’ladi.   Senat   raisi   Kengashga  rahbarlik  qiladi.  Bundan   tashqari,  Kengash  ishchi
organlari   sifatida   Moliya   vazirligi   va   Adliya   vazirligi   belgilangan.   Ular   mos
ravishda   ijtimoiy-iqtisodiy   va   siyosiy-huquqiy   reytinglar   bo’yicha   ish   olib
borishadi. Xalqaro   reyting   va   indekslar   bilan   tizimli   ishlashning   avvalgi   va   yangi
mexanizmi   Farmon bilan shuningdek, O’zbekiston uchun ustuvor bo’lgan xalqaro
reyting   va   indekslar   bo’yicha   samaradorlikning   eng   muhim   ko’rsatkichlari
(KPI) tasdiqlandi.   Shu bilan birga, mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari
har chorak yakuni  kengash ishchi  organlariga zarur statistik axborotlar va boshqa
materiallarni taqdim etadi.
             Bundan tashqari, farmonga muvofiq, Adliya vazirligi markaziy apparati
tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan
soni  va mehnatga haq to’lash fondi  doirasida 6 ta shtat  birligidan iborat   Xalqaro
reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi  tashkil etiladi.
Qayd   etilishicha,   1-oktyabrga   qadar   Internet   tarmog’ida   «O’zbekiston
Respublikasi   xalqaro   reytinglarda»   yagona   portal   ishga   tushiriladi.   Bunda,
kengash   ishchi   organlari   Axborot   texnologiyalari   va   kommunikatsiyalarini
rivojlantirish   vazirligi   bilan   birgalikda   portal   faoliyatining   uzluksiz   ishlashini
ta’minlash va   uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi.
Insoniyat  taraqqiyoti, barcha  sohalarda kechayotgan  globallashuv jarayonlar,
sifat   va   tarkibiy   o’zgarishlar   xalqaro   hamkorlik   va   aloqalarni   yangi   bosqichga ko’tarish   barobarida   har   bir   mustaqil   mamlakatning   ushbu   holatlarga   yangicha
qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko’ndalang qo’ymoqda. Bu esa,
eng   avvalo,   o’sha   mamlakatning   jahon   miqyosidagi   o’rni,   xalqaro   reyting   va
ko’rsatkichlarda tutgan mavqeyi bilan belgilanadi.
Bugun   hayotning   har   bir   jabhasida   yangilik   va   bunyodkorlik   ishlari   jadal
sur’atlarda   davom   etmoqda.   Tabiiyki,   bunday   yangilanishlar   natijasi   nafaqat
xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko’rsatkichlarida ham
o’z ifodasini topayotir.
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish
jarayonini   o’zida   namoyon   etib,   davlat   boshqaruvi   sifati,   aholining   turmush
darajasi,   inson   huquqlari   muhofazasi,   tadbirkorlik   faoliyati   va   xorijiy   investorlar
uchun   qulay   muhit,   barqaror   iqtisodiy   o’sish   va   raqobatbardoshlik   kabi   muhim
jihatlarning   ko’zgusidir.   Bu   jihatlar   mamlakatimizdagi   islohotlar   mohiyatida   ham
mujassam.   Bularning   barchasi   inson   qadrini   ulug’lashga,   odamlarning   hayotdan
rozi  va   mamnun  bo’lib  yashashini  ta’minlashga  xizmat   qilishi   bilan  yanada  teran
mazmun kasb etadi.
Prezidentimizning   shu   yil   2   iyunda   qabul   qilingan   “O’zbekiston
Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat
organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy
qilish   to’g’risida”gi   farmoni   yurtimizda   bu   yo’nalishda   amalga   oshirilayotgan
ishlarni yangi bosqichga ko’tarishda muhim dasturilamal bo’ldi.
Mazkur   farmonga   muvofiq,   xalqaro   reyting   va   indekslar   bilan   ishlash
bo’yicha respublika kengashi tuzilib, sohada parlament nazorati o’rnatildi.
Ilgari   ustuvor   xalqaro   reyting   va   indekslar   bo’yicha   ishlarni
hukumatning   maxsus   komissiyasi   muvofiqlashtirib   kelar   edi.   Prezidentimiz
farmoni bilan bu borada respublika kengashi tuzilishiga nima sabab bo’ldi.  
Xalqaro   reyting   va   indekslar   dunyodagi   institusional   muhitning   sifatini
baholashda   iqtisodiy   rivojlanishning   asosiy   sharti   sifatida   jahon   hamjamiyati
tomonidan   qabul   qilingan   vositadir.   Ular   nafaqat   ekspertlar,   balki   davlatlar darajasida   ham   islohotlar   va   ijtimoiy-iqtisodiy   siyosat   mezoni   sifatida   qo’llanib
kelinadi.
Keyingi   yillarda   mamlakatimiz   ko’pgina   ustuvor   reytinglarda   yuqorilab
borayotgani   yurtimizda   aholi   turmush   farovonligini   oshirish,   jamiyatimizda
ochiqlik,   oshkoralikni   ta’minlash   borasida   qilinayotgan   ezgu   ishlarning   muhim
natijasidir.   Masalan,   yaqinda   BMTning   Sanoatni   rivojlantirish   tashkilotining   -
(YuNIDO)   “Raqobatbardosh   sanoat   unumdorligi   indeksi”   bo’yicha   hisoboti   chop
etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-
o’rinni,   MDHga   a’zo   davlatlar   orasida   5-o’rinni,   Markaziy   Osiyo   mamlakatlari
orasida 2-o’rinni egalladi.
Aytish   kerakki,   bugun   jamiyatimizdagi   islohotlarning   bosh   maqsadi
xalqimizni   rozi   qilishdek   ezgu   maqsadga   yo’naltirilmoqda.   Barcha   sa’y-
harakatlarimiz,   islohotlarimiz,   qabul   qilayotgan   qonun   va   qarorlarimiz   zamirida
ham   ushbu   maqsad   mujassam.   Aholi   yuritilayotgan   siyosatdan   qanchalik   rozi
bo’lsa, turli reyting va indekslardagi o’rnimiz o’z-o’zidan oshib boraveradi.
Xususan,   iqtisodiyotda   davlatning   rolini   kamaytirish,   makroiqtisodiy
barqarorlikni   ta’minlash,   iqtisodiy   o’sish   istiqbollarini   yaxshilashga   qaratilgan
bosqichma-bosqich   islohotlar   2020-yilda   Jahon   bankining   “Biznes   yuritish”
indeksida   76-o’rindan   69-o’ringa   ko’tarilishimizga,   “Transparency
International”ning   Korrupsiyani   qabul   qilish   indeksi   hamda   “World   Justice
Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o’rni yaxshilanishiga olib
keldi.
Shu   bilan   birga,   bu   yo’nalishda   hali   qilinishi   kerak   bo’lgan   vazifalar
talaygina.   Prezidentimiz   farmoni   asosida   davlat   organlari   faoliyati   natijadorligini
oliy,   ya’ni   parlament   darajasida   nazorat   qilish   belgilanganidan   maqsad   —   bu
borada   vazirlik   va   idoralar   rahbarlarining   mas’uliyatini   oshirishdir.   Shu   bois,
xalqaro   reyting   va   indekslar   bilan   ishlash   bo’yicha   respublika   kengashi   tashkil
etildi.   Oliy   Majlis   deputatlari   va   senatorlarining   xalq   tomonidan   saylanishini
inobatga   oladigan   bo’lsak,   mazkur   mexanizm   sohadagi   chora-tadbirlar   ijrosi
ustidan   xalq   nazorati   o’rnatilganligini   anglatadi.   Endilikda   vazirlik   va   idoralar rahbarlari o’zlari mas’ul bo’lgan reyting va indekslarda ko’rsatkichlarni yaxshilash
bo’yicha   amalga   oshirilgan   ishlar   va   belgilangan   vazifalar   ijrosi   yuzasidan
respublika   kengashida   hisobot   berib   boradilar.   Xalqaro   reyting   va   indekslardagi
mamlakatimiz   o’rnining   yaxshilanishi   ko’p   jihatdan   qabul   qilayotgan
qonunlarimizning   joylardagi   ijrosiga   bog’liq.   Shuning   uchun   ham   kengash
tarkibiga   mahalliy   hokimlar   kiritildi.   Bu   esa   qonun   talablarining   joylardagi   ijrosi
yuzasidan   muammolarni   vaqtida   aniqlash   va   ularni   bartaraf   etish   imkonini
beradi.   Shu orqali bu yo’nalishdagi ishlarda parlament, vazirlik va idoralar hamda
mahalliy hokimliklarning o’zaro hamkorligi ta’minlanadi, sansalorlik holatlarining
oldi   olinadi,   barcha   ishlar   muvofiqlashtirilgan   holda   tashkil   etiladi.   Albatta,   bu
ko’p   vaqt   sarflanadigan,   progressiv   bilimlarni   talab   etuvchi   yangi   jarayonlardan
biri.   Bu,   shubhasiz,   mas’ul   davlat   organlarining   o’zlariga   biriktirilgan   xalqaro
reyting   va   indekslar   metodologiyasini   izchillik   bilan   o’rganish,   uni   to’g’ri   talqin
qila olgan holda amaliyotga tatbiq eta olish, xalqaro reyting va indeksni  beruvchi
tashkilot bilan aloqalarni o’rnata olish bilan bog’liqdir. Ochig’i, barcha vazirlik va
idoralar, ayniqsa, joylardagi hokimliklar yoki parlament a’zolarining barchasi ham
masalaning   tub   mohiyatini   to’la   anglab   yetdi,   deb   aytish   mushkul.   Yuqorida
aytganimdek,   reyting   va   indekslar   joylardagi   vaziyatga   bog’liq,   qonunlarning
ijrosiga   bog’liq.   Ming   afsuski,   joylardagi   hokimliklar   yoki   davlat   organlari
vakillarining ba’zida bilib-bilmay aytgan gap-so’zlari yoki xatti-harakatlari reyting
va indekslardagi o’rnimizga salbiy ta’sir qiladi.
Shu   o’rinda   barcha   rahbarlar,   ular   qaysi   darajadagi   rahbar   bo’lishidan   qat’i
nazar,     o’z harakatlarini  qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshirishlari  zarur
ekanini yana bir karra ta’kidlamoqchiman. Odamlar bilan muloqotlarda esa  inson
sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi shart.
Har bir tizimda ishlarimizni  samarali tashkil etish maqsadida barcha vazirlik
va   idoralarda   xalqaro   reyting   va   indekslar   bilan   ishlash   bo’yicha   tarkibiy
bo’linmalar   tashkil   etilishiga   erishdik.   Bu   esa   ishimizni   ancha   osonlashtiradi.
Ajratilgan   alohida   xodimlar   doimiy   ravishda   o’zlarining   vazirligi   yoki   idorasi
mas’ul bo’lgan xalqaro reyting va indeks bo’yicha ish olib boradi. Xalqaro   reyting   va   indekslarning   ahamiyati,   oldimizda   turgan   ustuvor
vazifalarni   belgilash,   reyting   agentliklarining   metodologiyalarini   o’rganish
maqsadida   mahalliy   hokimliklar   hamda   vazirlik   va   idoralar   mas’ullari   uchun
maxsus treninglarni boshladik.
Shu   bilan   birga,   eng   asosiy   ishimiz   qonunlar   va   boshqa   normativ-huquqiy
hujjatlarning   amaldagi   ijrosini,   bir   so’z   bilan   aytganda,   qonun   ustuvorligini
ta’minlashdir.   Bu   borada   biz   parlament   va   jamoatchilik   nazoratini   qat’iy   yo’lga
qo’yishga kirishdik va, albatta, ijobiy natijalarga erishamiz.
O’zbekistonning   ushbu   xalqaro   indekslarda   e’tirof   etilmaganiga   bir   necha
sabablar   bor.   Masalan,   Jahon   iqtisodiy   forumining   “Global   raqobatbardoshlik
indeksi”ga   mamlakatimizni   kiritish   masalasi   yuzasidan   Moliya   vazirligi   olib
borgan muzokaralar natijasida indeksga kirish jarayoni 2 yil muddatni talab etishi
ma’lum bo’ldi.
Birinchi   yilda   tashkilot   tomonidan   O’zbekistonda   rasmiy   so’rovnoma
o’tkazish   uchun   hamkor,   ya’ni   nodavlat   notijorat   tashkilotlar,   ilmiy-tadqiqot
institutlari   tanlab   olinadi   va   so’rovnoma   o’tkaziladi.   Ikkinchi   yilda   so’rovnoma
natijalaridan   kelib   chiqib,   O’zbekistonning   indeksdagi   norasmiy   o’rni   belgilanadi
hamda   ularning   O’zbekiston   ko’rsatkichlarining   haqiqiy   tendensiyalari   bilan   qay
darajada   mos   kelishi   tekshirib   ko’riladi.   Tendensiyalar   maxsus   ekspertlar
tomonidan 2 yil mobaynida muntazam kuzatilib boriladi va tahlil qilinadi.
Xalqaro   byudjet   hamjamiyatining   “Byudjet   ochiqligi   indeksi”ga   kirish
masalasiga   to’xtaladigan   bo’lsak,   indeks   bo’yicha   mamlakatda   tadqiqot   o’tkazish
uchun   zarur   resurslar   (jumladan,   mablag’lar)   faqatgina   xalqaro   nodavlat
tashkilotlar va institutlar (donorlar) hisobidan amalga oshiriladi.
Hamjamiyatning   asosiy   talablaridan   biri   —   tadqiqot   o’tkazishdagi   mahalliy
hamkor   sifatida   mustaqil   fuqarolik   jamiyati   institutlari   (nodavlat   notijorat
tashkilotlar) bo’lishi  zarur. Mazkur  indeks hisobotida mamlakatimizni aks ettirish
bo’yicha   yakuniy   qaror   tashkilotning   joriy   yil   avgust   oyidagi   yig’ilishida   ko’rib
chiqilishiga kelishilgan. Iqtisodiy   hamkorlik   va   taraqqiyot   tashkilotining   “To’g’ridan-to’g’ri   xorijiy
investisiyalarni   tartibga   solish   cheklovlari   indeksi”da   O’zbekistonni   e’tirof   etish
maqsadida   tuzilma   mas’ul   rahbarlari   bilan   muzokaralar   o’tkazildi.   Xususan,
Iqtisodiy   hamkorlik   va   taraqqiyot   tashkiloti   bilan   birgalikda   “Investision   siyosat
sharhi   —   O’zbekiston”   nomli   hisobotni   ishlab   chiqish   va   bu   orqali   indeksda
mamlakat   o’rnini   aks   ettirish   imkoniyatlarini   kengaytirish   bo’yicha   kelishuvlarga
erishildi.
Kornell   universiteti,   Xalqaro   intellektual   mulk   tashkilotining   “Global
innovasiyalar indeksi”da mamlakatimiz o’rnini aks ettirish masalasida Innovatsion
rivojlanish vazirligi muzokaralar o’tkazmoqda. Hozir ushbu indeksda talab etilgan
zarur   statistik   ma’lumotlarni   jamlash   bo’yicha   hamkorlikda   ishlar   yo’lga
qo’yilgan.
—   Albatta,   bunday   ma’lumotlar   turli   axborotnomalar   shaklida   tegishli
tashkilotlar,   xususiy   investorlar   hamda   xalqaro   ekspertlarga   jo’natilmoqda.
Shuningdek,   ular   vazirliklarning   rasmiy   veb-saytlari   va   ijtimoiy   tarmoqlardagi
rasmiy sahifalarida ham keng jamoatchilik e’tiboriga havola etib borilmoqda.
Bundan   tashqari,   ayrim   reyting   va   indekslarda   talab   etilgan   statistik
ma’lumotlar   respublikamizning   davlat   idoralari   va   tashkilotlari   tomonidan
shakllantirilgan statistik ma’lumotlar bazasiga asoslanadi.
Masalan,   BMTning   “Barqaror   rivojlanish   maqsadlari”da   jami   206   ta   milliy
indikator   tasdiqlangan.   Davlat   statistika   qo’mitasi   tomonidan   yaratilgan   maxsus
saytga bu boradagi zarur ma’lumotlar doimiy ravishda joylashtiriladi. Shuningdek,
xalqaro reyting va indekslar uchun kerakli ma’lumotlar davlat idoralari tomonidan
muntazam yangilanib boriladi.
Misol   uchun,   hukumat   portali   doirasida   “Ochiq   ma’lumotlar   portali”   ishga
tushirilgan.   Mazkur   portal   Davlat   statistika   qo’mitasining   davlat   organlari   va
tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar bazasi  yuritilishi va yangilanishi, shuningdek,
tegishli axborotlarning o’z vaqtida aks ettirilishini muvofiqlashtirib kelmoqda.
Umuman   olganda,   xalqaro   reyting   va   indekslarni   yurituvchi   tashkilotlar
tadbirkorlar   va   aholi   o’rtasida   o’tkazilgan   so’rovnomalar   natijalariga,   nodavlat notijorat   tashkilotlar   ma’lumotlariga   hamda   milliy   va   xorijiy   ekspertlar
xulosalariga   tayanadi.   Bu   esa,   o’z   navbatida,   respublika   miqyosida   iqtisodiy,
siyosiy va ijtimoiy sohadagi  islohotlar va ularning natijalaridan mahalliy aholi va
tadbirkorlar qay darajada xabardor ekanini ko’rsatib beradi.
Hozirgi   kunda   mamlakatimiz   qaysi   reyting   va   indekslarda   quyi
pog’onalarda qolmoqda va buning asosiy sabablari nimalardan iborat?
Asosan,   siyosiy-huquqiy   reyting   va   indekslarda   mamlakatimiz   o’rinlari
nisbatan quyi pog’onalarda. Masalan, So’z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-
o’rinda,   Normativ   sifat   indeksida   184-o’rinda,   Korrupsiyani   nazorat   qilish
indeksida   183-o’rinda,   Qonun   ustuvorligi   indeksida   182-o’rinda,   Jahon   matbuot
erkinligi indeksida 156-o’rinda turibmiz. Albatta, so’nggi 3-4 yil mobaynida ushbu
sohalarni tartibga soluvchi ko’plab qonun hujjatlari qabul qilindi, turli institusional
o’zgarishlar ro’y berdi.
Xususan,   mamlakatimizda   so’z   erkinligi   hamda   ommaviy   axborot
vositalarining   cheklov   va   to’siqlarsiz   faoliyat   yuritishi   uchun   zarur   sharoitlar
yaratildi. Ommaviy axborot vositalari uchun media bozorida keng sharoit yaratish
va   ularni   yanada   rivojlantirish   hamda   jurnalist   va   blogerlarni   qo’llab-quvvatlash
maqsadida   Milliy   mass-mediani   qo’llab-quvvatlash   va   rivojlantirish   jamoat   fondi
tashkil etildi.
Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohadagi   munosabatlarni   tartibga   solish
maqsadida  “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish   to’g’risida”gi  qonun  qabul  qilindi.  Bu
boradagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish,
turli   organlar   va   tashkilotlarning   faoliyatini   muvofiqlashtirish,   jamiyatda
korrupsiyaga   nisbatan   murosasiz   munosabatni   shakllantirish   maqsadida
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etildi. Korrupsiyaning oldini
olish va unga qarshi  kurashish sohasida  davlat siyosatini  yurituvchi Korrupsiyaga
qarshi kurashish agentligi tuzildi.
Qator sohalardagi o’zgarishlar bilan bog’liq qonunchilikning jadal rivojlanishi
ayrim   hollarda   amaldagi   qonun   hujjatlariga   zid   bo’lgan   ko’plab   normalarning
vujudga   kelishiga   sabab   bo’ldi.   Shuning   uchun   ham   qonunchilikni   tubdan   qayta ko’rib chiqish, uni  tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni     ishlab chiqish va
qabul   qilish   jarayonlari   sifatini   oshirish,   ijrosi   monitoringini   takomillashtirish
maqsadida   Norma   ijodkorligi   faoliyatini   takomillashtirish   konsepsiyasi   ishlab
chiqildi.
Biroq shuncha  ishlarga qaramay, indekslardagi  ko’rsatkichlar  bu borada  hali
kamchiliklarimiz   borligini   ko’rsatib   turibdi.   Shu   bois,     qator   muhim   vazifalarni
belgilab olganmiz. Eng avvalo, O’zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi
kurashish bo’yicha uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishimiz zarur bo’ladi.
Shuningdek,   davlat   organlarida   korrupsiyaviy   xavf-xatarlarni   majburiy
baholash   tartibini   belgilash   va   davlat   boshqaruvi   sohasida   korrupsiyaning   oldini
olish bo’yicha reytingini shakllantirishni yo’lga qo’ymoqchimiz.
Shu   bilan   birga,   mamlakatimizning   Korrupsiyaga   qarshi   davlatlar   guruhi
(GREKO)   xalqaro   tashkilotiga   a’zo   bo’lishi   va   bu   tashkilotning   korrupsiyaga
qarshi tegishli konvensiyalari talablarini milliy qonunchiligimizga implementatsiya
qilish masalasini ham o’rganib chiqishimiz lozim.
Ommaviy   axborot   vositalari,   fikrlar   xilma-xilligi   va   so’z   erkinligini
ta’minlashning   tashkiliy-huquqiy   asoslarini   yanada   mustahkamlashimiz   zarur.
Ayniqsa,   jurnalistning   qonuniy   professional   faoliyatiga   to’sqinlik   qilishga   oid
huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlikni belgilashimiz kerak.
Respublikaning   siyosiy-huquqiy   reyting   va   indekslarda   quyi   pog’onalardan
joy   olganligining   sabablaridan   yana   biri   mazkur   reyting   va   indekslar,   asosan,
jamoatchilik   fikri   va   xalqaro   ekspertlar   xulosasi   asosida   shakllantirilishidadir.
Qolaversa,   indeks   yurituvchi   tashkilotlar   so’rovnomalari   faqatgina   mustaqil
fuqarolik   jamiyati   institutlari   (nodavlat   notijorat   tashkilotlar)   bilan   hamkorlikda
o’tkazilishini   inobatga   olib,   respublika   miqyosida   bunday   tashkilotlar   kamligi
hamda ular tomonidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish salohiyati cheklanganligi
kabi omillar ham bunga sabab bo’lishi mumkin.
Shu   o’rinda   alohida   qayd   etishimiz   zarur,   har   bir   davlat   organi,   ayniqsa,
respublika   darajasidagi   vazirlik,   idora,   tashkilotlar   huzurida   nodavlat   notijorat tashkilotlar   vakillaridan   iborat   jamoatchilik   kengashlari   tuzilib,   ular   bilan   yaqin
hamkorlik o’rnatilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Yaqinda BMTning “Raqamli  hukumatni  barqaror rivojlanishi  yo’lidagi
o’n   yillik   harakat”   nomli   hisoboti   e’lon   qilindi.   2020-yil   uchun   dunyoda
elektron   hukumat   rivojlanishi   natijalari   taqdim   qilingan   ushbu   reytingda
O’zbekiston   6   ta   pog’onaga   tushib,   87-o’rinni   egalladi.   Nima   deb   o’ylaysiz,
nima sababdan mamlakatimiz avvalgi o’rnini yo’qotdi?
Albatta,   O’zbekiston   umumiy   reytingda   6   ta   pog’onaga   pasaydi.   Lekin
reytingni   shakllantiruvchi   komponentlar   bo’yicha   birmuncha   o’sish   kuzatilgan.
Masalan,   ushbu   reytingning   “Inson   kapitali”,   “Elektron   ishtirok”   va
“Telekommunikasiya   infratuzilmasi”   indekslari   bo’yicha   ko’rsatkichlar   0,01   dan
0,14 punktgacha oshgan.
“Elektron   ishtirok”   indeksi   bo’yicha   respublikamiz   o’zining   ko’rsatkichini
0,80 punktgacha oshirib, umumiy reytingdagi o’rnini 13 pog’onaga ko’tardi va 46-
o’rinni egallab, elektron ishtirok indeksining juda yuqori rivojlanish darajasiga ega
mamlakatlar   ro’yxatiga   kirdi.   Vaholanki,   2018-yilda   ushbu   indeks   bo’yicha
mamlakatimiz 59-o’rinda edi.
Bundan tashqari,  O’zbekistonga  ochiq ma’lumotlar  bo’yicha eng yuqori  ball
berildi.   Albatta,   “Elektron   hukumatni   rivojlantirish”   reytingidagi   o’rnimiz
pasayishiga   ayrim   omillar   ta’sir   qildi.   Eng   avvalo,   ta’kidlash   joizki,   2018-yildan
joriy yilning aprel oyiga qadar respublikamizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
va   “Elektron   hukumat”   tizimini   joriy   etishda   yagona   muvofiqlashtiruvchi   organ
mavjud   bo’lmagan.   Natijada   reytingni   oshirish   bo’yicha   aniq   belgilangan   chora-
tadbirlar   rejasi   qabul   qilinmagan   va   tegishli   ishlar   yetarli   darajada   tashkil
etilmagan.   Hozir   Axborot   texnologiyalari   va   kommunikasiyalarini   rivojlantirish
vazirligi ushbu ishga mas’ul etib belgilangan.
Shuningdek, milliy elektron xizmatlar portali hamda ta’lim, mehnat, ijtimoiy
xizmatlar, sog’liqni saqlash, moliya va atrof-muhit sohalaridagi tegishli vazirlik va
idoralarning   veb-saytlari   ham   talabga   to’liq   javob   beradi,   deb   ayta   olmaymiz.
Ushbu   saytlar   reytingning   “Elektron   xizmatlar”   komponentida   148   ta   jihat bo’yicha   baholab   boriladi.   Milliy   onlayn   xizmatlar   portali   va   rasmiy   veb-
saytlarning   mobil   qurilmalardan   foydalanish   uchun   moslashgan   shakllari   yetarli
darajada joriy etilmagan.
Shuningdek,   tranzaksiya   xizmatlari   darajasining   pastligi,   davlat   bojlari,   turli
yig’imlar   va   jarimalarni   to’liq   elektron   tarzda   to’lash   ham   oxiriga   yetmaganligi
reytingdagi o’rnimizga salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda.
Reytingning   “Inson   kapitali”   komponenti   bo’yicha   ham   ishlashimiz   kerak
bo’lgan   ayrim   kamchiliklar   bor.   Masalan,   masofaviy   o’qitish   imkoniyatlaridan
to’liq   foydalanilmayotgani,   oliy   ma’lumotga   ega   aholi   qatlami   bo’yicha   aniq
ma’lumotlar yetarli emasligi reytingdagi o’rnimizga ta’sir qilmoqda.
Mobil   aloqa   abonentlari,   internet   foydalanuvchilari   ulushini   begilaydigan
“Telekommunikasiya   infratuzilmasi”   komponentida   esa   respublikaning   uzoq
hududlariga   yuqori   tezlikdagi   simli   internet   tarmog’i   yetib   bormaganligi   ham
reytingdagi o’rnimizga o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
Bu kamchiliklarni to’g’rilash bo’yicha ustuvor vazifalarni belgilab olganmiz.
Umid   qilamizki,   navbatdagi   hisobotlarda   ushbu   yo’nalishda   mamlakatimiz   o’rni
yanada yaxshilanishiga erishiladi.
Koronavirus   pandemiyasi   ko’p   islohotlarimizga   salbiy   ta’sir   qildi.
Iqtisod deysizmi, sanoatmi, ta’lim va boshqa sohalar qiyin raqobat muhitida
qoldi.   Nima   deb   o’ylaysiz,   bu   holat   reyting   va   indekslarda   qanday
baholanadi?
Darhaqiqat, bugungi  kunda koronavirus  pandemiyasi  global  miqyosda  butun
insoniyatga   xavf   solayotganiga,   barcha   sohalarda   turli   qiyinchiliklarni   keltirib
chiqarayotganiga barchamiz guvoh bo’lib turibmiz.
Pandemiya   sharoitida,   albatta,   birinchi   zarba   iqtisodiyotga   tushadi,
rejalashtirilgan   ko’plab   islohotlar   ijrosi   ortga   suriladi,   asosiy   e’tibor   sog’liqni
saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, uning turmush
darajasini yaxshilashga qaratiladi.
Xalqaro   reyting   agentliklari   indekslarni   hisoblab   chiqishda   yoki   reytinglarni
tuzishda, asosan, mamlakatning turli statistik ko’rsatkichlariga tayanadi. Tan olish lozim, pandemiya sababli statistik ko’rsatkichlarning yaxshi tomonga o’zgarishiga
nisbatan ularning yomonlashish ehtimoli yuqoriroq.
Shu   sababli   keyingi   yillarda   xalqaro   reyting   va   indekslardagi   o’rnimizning
joriy   holatida   saqlab   qolinishi   yoki   pastlashishi   ehtimolini   nazardan   qochirib
bo’lmaydi.   Biroq   unutmaslik   kerakki,   pandemiya   bitta   yoki   bir   nechta   davlatda
emas, balki butun dunyo mamlakatlariga bevosita salbiy ta’sirini o’tkazmoqda.
Shu   bois,   balki   boshqa   davlatlarning   ham   reytinglardagi   o’rni   pastlashishi
sabab mamlakatimizning o’rni tom ma’noda ko’tarilishi yoki joriy holatda saqlanib
qolishi ham ehtimoldan xoli emas.
Har   qanday   vaziyatda   ham   xalqimizning   azaliy   qadriyatlaridan   kelib   chiqib
hamisha   yaxshi   niyat   qilish,   ertangi   kunga   umid   bilan   boqish   tuyg’usi   dilimizda
yashamoqda.   Ishonchimiz   komilki,   barchamiz,   butun   xalqimiz   bir   jon,   bir   tan
bo’lib   bahamjihatlikda   harakat   qilsak,   bu   sinovlarni   albatta   yengamiz.
Pandemiyadan   taraqqiyotimizning   ertangi   yo’nalishlarini   belgilaydigan   yangi
xulosalar, yangi g’oyalar, yangi kuch bilan chiqib, rivojlanish yo’lini izchil davom
ettiramiz.

Mavzu: O’zbekiston respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi. Reja: 1. O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslar dagi rolini oshirish uchun amalga oshirilyotga ishlar . 2 . O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslardagi rolini oshirishning ahamiyati. 3 . Hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlarning mazmun mohiyati.

Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: 1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha respublika kengashi (keyingi o’rinlarda – Kengash) tashkil etildi. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: ─ mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarning O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o’rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo’nalishdagi ishlarning samaradorligiga to’siq bo’layotgan muammolarni bartaraf etish; ─ O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o’rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg’or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo’yicha tashabbuslarni ilgari surish; ─ davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o’rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish. Shu bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilandi. Kengash ishchi organlari bo’yicha taqsimlangan O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o’rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo’nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat o’rnatiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi organlari bo’yicha taqsimoti tasdiqlandi. 2. Mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor yo’nalishlarni belgilab oldi. 3. Mutasaddi vazirlik va idoralar o’zlari mas’ul bo’lgan reyting va indekslarning e’lon qilinishi muddatlari va ularning metodologiyalarini hisobga olgan holda, KPIga erishish maqsadida: 2020-yil ikkinchi yarmi davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini, har yil 1-dekabrga qadar kelgusi yil davomida amalga oshirishi lozim bo’lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish vazifalari qo’yildi. Bunda, xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur ko’rsatkichni qayd etishga qaratilgan amaliy takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, reyting va indekslarni e’lon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini nazarda tutish lozim. Shunday tartib o’rnatildiki, unga muvofiq mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni bo’yicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi.Keyingi oyning 30-sanasiga qadar Kengash raisi yoki o’rinbosarining rahbarligida o’tkaziladigan yig’ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI ga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to’g’risida axborot beradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF–5687-son Farmoni bilan tashkil etilgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha komissiya zimmasiga Kengash faoliyatini tashkil etishga ko’maklashish va Kengash yig’ilishlari oralig’ida tegishli yo’nalishda mas’ul davlat organlari ishini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatildi. Mas’ul davlat organlari hamda tadqiqot institutlari tegishli xalqaro reyting va indekslar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni Kengash ishchi organlariga muntazam ravishda taqdim etib boradi.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to’lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda ushbu boshqarmaning yuqori malakali kadrlar bilan to’ldirilishini ta’minlasin. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktyabrga qadar Internet tarmog’ida “O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ning (keyingi o’rinlarda – portal) ishga tushirilishini ta’minlandi. Kengash ishchi organlari O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ul davlat organlari bilan birgalikda muntazam ravishda davlat va jamiyat hayotining xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlarida baholanadigan sohalariga oid davlat siyosatidagi o’zgarishlar va islohotlarning mohiyatini yoritish hamda sohada jamoatchilik nazoratini o’rnatish maqsadida keng qamrovli targ’ibot ishlarini amalga oshiradi.Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari J.A.Qo’chqorov zimmasiga yuklansin. Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeyini yanada yuksaltirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish, mas’ul davlat organlari rahbarlariga yuklatilgan vazifalarni o’z vaqtida va sifatli bajarilishida ularning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:

1. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarni kompleks ravishda ko’rib chiqish va yaxshilash borasida ijro samaradorligini oshirish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan tegishli chora-tadbirlarni tizimli muvofiqlashtirish lozimligini inobatga olgan holda: a) Komissiya xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash bo’yicha ishlarni amalga oshirish doirasida: Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha respublika kengashining (keyingi o’rinlarda ― Kengash) ishini tashkil etishga ko’maklashadi; Kengash yig’ilishlari oralig’ida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli ko’rsatkichlarga erishish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi; Tegishli qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosini vazirlik hamda idoralar tomonidan sifatli va to’liq bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek ularning oylik hisobotlarini eshitadi; Kengash kotibiyatiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan davriy hisobot taqdim etadi; b) moliya vaziri o’rinbosari adliya vazirining tegishli o’rinbosari bilan birgalikda: xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash borasida mutasaddi vazirlik va idoralarning muvofiqlashtirilgan o’zaro hamkorligini, ularga yuklatilgan vazifalarni samarali va sifatli bajarish uchun uslubiy va konsultativ yordam ko’rsatishni ta’minlaydi; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yig’ilishlarida, shu jumladan Rayosat majlislarida, mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini tanqidiy ko’rib chiqish bo’yicha takliflar beradi; v) Boshqarma va Adliya vazirligining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi Komissiya ishchi organlari bo’lib, mutasaddi vazirlik va idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil