logo

O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

38.1044921875 KB
Mavzu;   O‘zbekistonda   demokratik,   fuqarolik   jamiyati   asoslarining
shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar
Reja:
1. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi 
2. Mustaqillik   yillarida   huquqiy   demokratik   fuqarolik   jamiyati
qurishning asosiy xususiyatlari 
3. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
4. O’zbekistonda   fuqarolik   jamiyati   rivojlanishining   asosiy   bosqichlari
va istiqbollari Tayanch so’z va iboralar:   fuqarolik jamiyati tushunchasi,  modernizatsiya,
demokratik   davlat,   xususiy   mulk,   oila,   davlat   tuzumi,   huquq,   madaniyat,   ta’lim,
qonunlar. 
O’zbekiston   yangi   jamiyat   qurishda   adolat   va   haqiqat   g’oyasiga
asoslanmoqda.   Respublikamizda   odamlar   o’z   qobiliyati   va   ehtiyojlarini   to’la
namoyon   qilish   va   amalga   oshirishlari   uchun   zarur   bo’lgan   dastlabki   teng
imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga
katta e`tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo’lmaydi. 
O’zbekiston   yangi   jamiyat   qurishda   adolat   va   haqiqat   g’oyasiga
asoslanmoqda.   Respublikamizda   odamlar   o’z   qobiliyati   va   ehtiyojlarini   to’la
namoyon   qilish   va   amalga   oshirishlari   uchun   zarur   bo’lgan   dastlabki   teng
imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga
katta e`tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo’lmaydi. Ana shunday
imkoniyatlar   yaratilgandan   keyingina,   har   bir   insonning   taqdiri,   turmushi,
jamiyatdagi   o’rni   uning   o’ziga,   salohiyatiga   mehnat   qilish   istagi,   oqil-u
uddaburonligiga bog’liq bo’ladi.
1993-   yil   2-   sentabrda   «Fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari
to’g’risida»   O’zbekiston   Respublikasining   Qonuni   qabul   qilindi.   Unga   binoan,
qishloq, posyo’lka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari - qishloq,
posyo’lka   sovetlari   tuzilmaydigan   bo’ldi,   ularning   o’rniga   o’zini   o’zi   boshqarish
organlari   -   mahalla   qo’mitalari   tuzildi.   Shunday   qilib,   fuqarolarning   o’zini   o’zi
boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan
mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko’rsatmaydi, ularning bog’liq tomonlari mavjud.
Ular   o’rtasidagi   munosabatlarning   huquqiy   asoslari   „Mahalliy   davlat   hokimiyati
to’g’risida» gi qonunda belgilab qo’yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga
molik   masalalarni   hal   qiladi.   Xalq   deputatlari   viloyat,   tuman,   shahar   kengashlari
fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarishni   rivojlantirishga   ko’maklashadi,   o’zini   o’zi
boshqarish organlari faoliyatini yo’naltirib turadi.
Bugungi   kunda   fuqarolik   jamiyatining   barcha   muhim   jihatlarini   qamrab
oluvchi, uning ham institutsional, ham funksional yo’nalishlarini ifodalovchi ilmiy modelni   yaratish   vazifasi   turibdi.   Mohiyat   jihatidan   «fuqarolik   jamiyati»   iborasi
ilmiy   adabiyotlarda   o’ziga   xos   alohida   mazmun-mano   kasb   etib,   jamiyatning
ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy,   huquqiy   va   manaviy   jihatdan   yuqori   darajada   kamol
topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi. 
Fuqarolik   jamiyatida   erkinlik,   qonun   oldida   barchaning   tengligi,   ijtimoiy
adolatning   ta ` minlanishi,   hamma   fuqarolarning   ijodiy   salohiyati   va   istedodining
bevosita ro’yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va
adolat   mezonlari   bilan   o’lchanadi.   Jamiyatning   «fuqarolik»   sifati   bilan
tavsiflanishida   boy   mazmun   va   teran   mano   bor.   «Fuqarolik»   (erkin   inson)   degan
sifat   belgisida   yuqori   taraqqiy   topgan,   komillikning   cho’qqisiga   erishgan
jamiyatning   mohiyati   aks   etadi.   Muayyan   davlatga   mansub   bo’lgan   fuqarolar
yashaydigan   mamlakat   hali   fuqarolik   jamiyati,   erkin   va   komil   insonlar   jamoasi
mavjudligini   anglatmaydi.   Xuddi   shuningdek,   malum   huquqiy   tizim   mavjud
bo’lgan,   huquqiy   hujjatlar   majmui   amal   qilayotgan   har   qanday   davlat   «huquqiy
davlat» deb etirof etilavermaydi .
Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to’plangan ilmiy nazariy
talqinlar   asosida   fuqarolik   jamiyati   deganda,   birinchi   navbatda,   davlatdan   xoli
bo’lgan   mulkiy,   bozor   tartiblari,   oilaviy,   axloqiy-ma`naviy   munosabatlar   sohasi
tushuniladigan   bo’ldi.   Shu   manoda,   marifiy,   xususiy,   g’ayrirasmiy,   nosiyosiy
hayot   sohasi   majmui   tarzida   talqin   etiladigan   fuqarolik   jamiyati   tovar   ishlab
chiqaruvchilar   va   istemolchilarning   davlat   nazorat   qilmaydigan   manfaatlarini
amalga   oshirish   olami   sifatida   tariflanadi.   Masalan,   Gegelning   tabiriga   ko’ra,
fuqarolik jamiyati–bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat (ehtiyoj) lar
tizimi,   shuningdek   din,   oila,   tabaqalar,   davlat   tuzumi,   huquq,   axloq,   burch,
madaniyat,   ta’lim,   qonunlar   va   subekt   (inson)   larning   ulardan   kelib   chiquvchi
o’zaro   uzviy   yuridik   aloqalari   majmuidir.   Insonlar   tabiiy,   «nomadaniy»   holatdan
«fuqarolik   jamiyatiga   o’tishlari   lozim,   zero   aynan   shu   jamiyatda   huquqiy
munosabatlar   asl   voqelikka   aylanadi»   .   Gegel   bu   jamiyatni   burjuacha   ishlab
chiqarish   munosabatlari   majmui   sifatida   tushungan,   shu   bilan   birga,   uning   ikki
asosiy prinsipini alohida ajratib ko’rsatgan: Fuqarolik   jamiyatining  davlatdan   mustaqilligi,  avtonomligi   uning  o’zini   o’zi
boshqarish   qobiliyatiga   egaligi   bilan   izohlanadi.   Bu   jamiyatda   o’zini   o’zi
boshqarish   jabhasi   bilan   davlat   boshqaruvi   jabhasi   mavjud   bo’lib,   ular   biri-biriga
zid emas, aksincha, bir-birini to’ldiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ijtimoiy o’zini o’zi
boshqarish   ustun   mavqega   ega   bo’lib,   jamiyatning   o’zi   davlat   boshqaruvini   joriy
etadi,   davlat   apparatini   shakllantiradi   va,   nihoyat,   ijtimoiy   hayotga   davlat
aralashuvining ko’lami va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin) .
Fuqarolik jamiyatidagi o’zini o’zi boshqarishning asosiy mexanizm (murvat)
lari:–erkin   bozor   (iqtisodiy   mexanizm);   siyosiy   erkinlik   va   demokratiya   (siyosiy
mexanizm);   manaviy-axloqiy   soha   (manaviy-ruhiy   mexanizm;   jamiyatdagi
nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy mexanizm)dan iborat bo’lib,
ularda jamiyat azolarining rasman tengligi prinsipi namoyon bo’ladi.
Yuqoridagi   tahlillar   asosida   «fuqarolik   jamiyati»   tushunchasini   yana-da
aniqlashtirishga   urinib   ko’rish   mumkin.   Yani:   fuqarolik   jamiyati   –   insonlarning
shunday   birligidirki,   u   jamiyat   hayotining   iqtisodiy,   siyosiy,   ijtimoiy   va   manaviy
sohalarida asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy vujudga keltiradigan,
shuningdek   nodavlat   munosabatlarning   majmui   va   erkin   insonlar,   tashkilotlar   va
fuqarolar   uyushmalari   faoliyat   yuritib,   namoyon   bo’ladigan   sohadir.   Maxsus
adabiyotlardan birida quyidagi tarifni ham uchratish mumkin: «Fuqarolik jamiyati
o’z   faoliyatida   davlatdan,   uning   idora   va   muassasalaridan   xoli   bo’lgan   xususiy
shaxslar,   guruhlar   va   institutlarning   tizimi...   Fuqarolik   jamiyatini   mam¬lakatdagi
davlat-hokimiyat   tuzilmalari   doirasiga   kirmaydigan   nosiyosiy   ijtimoiy
munosabatlar yig’indisi sifatida tariflash mumkin» 
Fuqarolik   jamiyatining   qaror   topishi   va   zohir   bo’lishining   quyidagi   umumiy
g’oya   va   prinsiplarini   takidlash   joiz:   1)   iqtisodiy   erkinlik,   turli   mulk   shakllari   va
bozor  munosabatlarining  mavjudligi;  2)  inson va  fuqarolarning tabiiy huquqlarini
so’zsiz   tan   olish   va   muhofaza   etish;   3)   davlat   hokimiyatining   legitimligi   va
demokratikligi, yani  huquqiy davlatning mavjudligi;  4)  barchaning  qonun va odil
sudlov   oldida   tengligi,   shaxsning   yuridik   jihatdan   muhofazalanganligi;   5)   siyosiy
va   mafkuraviy   plyuralizm,   legal   muxolifatning   mavjudligi;   6)   so’z   va   matbuot erkinligi,   ommaviy   axborot   vositalarining   mustaqilligi;   7)   davlatning   fuqarolar
xususiy   hayotiga   aralashmasligi,   davlat   bilan   fuqarolarning   o’zaro   burch   va
masuliyat   (javobgarlik)   orqali   bog’liqligi;   8)   ijtimoiy   hamkorlik   va   milliy
totuvlikning   taminlanganligi;   9)   insonlarning   munosib   hayot   kechirishini
taminlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi .
Huquqiy   davlat   qurish   doktrinasida   davlat   hokimiyati   tizimi   qonun
chiqaruvchi,   ijro   va   sud   hokimiyatiga   bo’linishi   muhim   o’rin   tutadi.   Ushbu
qarashning genezisi, zamonaviy muammolari haqida juda ko’p falsafiy, siyosiy va
huquqiy adabiyotlar chop etilgan.
Fuqarolik   jamiyati   qurish   jarayonida   demokratik   huquqiy   davlat   ijtimoiy
tashkilotlar   darajasiga   tushib   qolishi   mumkin   emas,   ammo   uning   boshqaruv
funksiyalarida,   vakolatlarini   mahalliy   va   fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish
organlariga o’tkazishida muayyan o’zgarishlar bo’lishi tabiiydir. Demak, fuqarolik
jamiyati   institutlari   faqat   nodavlat,   jamoat   tashkilotlari,   birlashmalaridan   iborat,
ular   davlatdan   chekkada,   hatto   unga   qarshi   turadi   deb   qarash   noto’g’ridir.
Huquqning   umumiy   ijtimoiy   meyorga   aylanishini,   qonun   ustuvorligini
tamin¬lashni davlat ishtirokisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’zbekistonda   huquqiy   davlat   qurish   doktrinasi   mamlakatimiz
Konstitutsiyasidagi   inson,   uning   hayoti,   erkinligi,   shani,   qadr-qimmati   va   boshqa
daxlsiz   huquqlari   oliy   qadriyatdir   (13-modda),   davlat   inson   va   jamiyat
farovonligini   taminlash,   ijtimoiy   adolat   va   qonuniylikni   qaror   toptirishga   (14-
modda)   xizmat   qiladi   degan   fundamental   tamoyillarga   tayanadi.   Ular   qatoriga
insonning   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlarda   erkin   qatnashishi,   mulkka   egalik
huquqi (36-modda) ham kiradi.
Shaxs bilan davlat o’rtasidagi bog’liqlik, munosabatlar fuqarolarning umumiy
yoki   konstitutsiyaviy   holati;   maxsus   yoki   mavqei   bilan   bog’liq   holati;   lavozimi
bilan   bog’liq   holati;   tasodifiy   vaziyatlarda   ishlovchi   shaxslar   holati   kabi   huquqiy
holatlari orqali qaror topadi. Ayrim tadqiqotchilar ular qatoriga shaxsning davlatga
mansubligi, yani shu davlatning fuqarosi  bo’lishi  yoki bo’lmasligini  ham kiritadi.
Albatta,   shaxsning   qaysi   davlat   fuqarosi   ekani   huquqiy   holat   uchun   muhimdir. Ammo   milliy   huquqni   shakllantirishda   xalqaro   meyorlarga   tayanish   huquqiy
taraqqiyotning yetakchi ananasi bo’layotgan ekan, u yuqoridagi huquqiy holatlarga
tasir etmay qolmaydi. U, avvalo, shaxs huquqiy holatining kengayishida aks etadi.
Bunga   huquqiy   davlatning   yo’l   yomonligi   sababli   haydovchilar   oldidagi   yoki
sanitariya-epidemiologiya   xizmatining   talab   darajasida   emasligi   sababli   zarar
ko’rgan   fuqarolar   oldidagi   javobgarligi   haqida   qonunlar   qabul   qilinishi   misol
bo’lishi  mumkin. Hatto  ilmiy adabiyotlarda  davlatning fuqaro oldida  javobgarligi
haqida   maxsus   qonun   qabul   qilish   zarurligi   takidlanmoqda.   Demak,   shaxsning
huquqiy   holati,   erkinliklari,   davlat   bilan   munosabatlari   huquqiy   davlatda
kengayadi.   Bu   esa,   o’z   navbatida,   davlatning   shaxs   erkinliklarini   taminlashdagi
o’rni va ahamiyati oshishidan dalolat beradi.
Shaxs huquqiy holatining, erkinliklarining kengayishi davlat funksiyalarining
qisqarishi   hisobiga   sodir   bo’lmaydi.   Fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   aslo
davlatni   zaiflashtirish   yoki   uni   o’z   funksiyalarini   bajarishdan   chetlashtirish
hisobiga   amalga   oshirilmasligi   kerak.   Aksincha,   davlat   hokimiyat   organlarini
qonuniylik   va   huquqiy   tartibni   jamoatchilik   obro’siga   tayangan   holda   har
tomonlama mustahkamlashi zarur.
Huquqiy davlat fuqarolik jamiyati shaklidir va davlat huquqiy bo’lnshi uchun
kuchli, hayot kechirib keta oladigan, erksevar, har qanday antidemokratik avtoritar
tajivuzlarga qarshilik ko’rsata oladigan jamiyat bo’lish« kerak. Buning o’chun esa
avvalo Davlat hokimiyatini demokratiya, o’znni o’zi boshqarish va xalqning to’la
Hokimligi   prinsiplari   asosida   qayta   tashkil   etish   zarur.   Huquqiy   davlatga   borish
yo’lida,   avvalo   jamiyatga   mamuriy   buyruqbozlik   bilan   rahbarlik   qilishni,
byurokratizmni,   saylab   qo’yiladigan   organlar   ustidan   ijro   etuvchi   organlar
hukmronligini,   shaxsning,   jamoalarning   siyoeiy   jihatdan   o’z-o’zini   ifodalash
shakllarining   rivojlanmaganligani   yengib   o’tish,   odamlarning   davlatga   bo’lgan
munosabatlarini (unga doimo zo’ravonlik, majburlash apparati deb qarab kelingan
edi) qayta ko’rib chiqish zarur. 
Jamiyatning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati huquqiy davlatning muhim
omili.va   shartidir.   Ammo   tuban   siyosiy-huquqiy   savodlilik   va   chalasavodlilik, hatto   savodsizliq,   rasmiy   nuqtai   nazarga   qarab   ish   ko’rish,   rasmiy   so’z   bilan
haqiqiy ahvol o’rtasidagi farqqa odatlanish xos bo’lgan, mamuriy-buyruqbozlikka
asoslangan   davlat   huquqiy   ongi   va   huquqiy   madaniyatidan   farq   qilib,   huquqiy
davlat madaniyati va Huquqiy ongi uchun: yuqori siyosiy va huquqiy savodxonlik
hamda   faollik   zo’ravonlik   va   huquq   buzilishlariga   qarshi   tura   olish   qobiliyati   va
bunga tayyorlik xos bo’ladi. 
Fuqarolik jamiyati - bu shunday jamiyatki, unda kishilar o’zaro bog’liqdirlar
hamda   bir-birlari   va   davlat   bilan   mustaqil   ravishda   munosabatda   bo’ladilar.
Bunday   jamiyatda   ijtimoiy,   manaviy   va   madaniy   hayotni   taminlash,   uni
rivojlantirib,   avloddan-avlodga   yetkazish   davlat   bilan   jamoat   birlashmalarining,
shaxs   bilan   jamoaning   munosabatlarini   malum   darajada   mustaqil   ravishda   olib
borish   orqali   amalga   oshiriladi.   Bunday   jamiyatda  shaxs   ijtimoiy  munosabatlarda
o’zining shaxsiy xususiyatlarini yo’qotmasdan ishtirok etadi, har bir shaxs o’zligini
namoyon qilib, faoliyatining shakl va turlarini erkin tanlaydi. 
Mustaqil   demokratik  yo’ldan  dadil  odimlayotgan  O’zbekistonning  eng  ulug’
maqsadi,   avvalo,   xalqimiz   manfaatlari   ko’zlangan   islohotlarni   amalga   oshirishga
qaratilgani   bilan   etiborlidir.   Bu   jihatlar   Konstitutsiyamizda   ham   mustahkamlab
qo’yilgan.   Jumladan,   Bosh   Qomusimizning   II   bob   13   moddasida   «O’zbekiston
Respublikasida   demokratiya   umuminsoniy   printsiplarga   asoslanadi,   ularga   ko’ra
inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy
qadriyat hisoblanadi.
Bugungi   kunda   mamlakatimizda   qo’lga   kiritilayotgan   yutuqlar,   olamshumul
va tarixiy o’zgarishlarni tahlil etar ekanmiz, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab
O’zbekiston   o’z   taraqqiyot   yo’lini   naqadar   to’g’ri   tanlaganligiga   yana   bir   bora
ishonch   hosil   qilamiz.   Islohotlar   izchil,   tizimli   va   bosqichma-bosqich   olib
borilayotganligi,   har   bir   o’zgarish   aniq   maqsadni   ko’zlagan   holda,   mukammal
ishlangan konsepsiya va dasturlar asosida amalga oshirilayotganligi o’z samara va
natijalarini bermoqda. Istiqlol yillarida mamlakatimizning sud-huquq tizimi tubdan
yangilandi.   Mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   islohotlarning   bosh   maqsadi
demokratik   huquqiy   davlat   qurish   va   fuqarolik   jamiyatini   barpo   etishdan   iborat. Ushbu   asosiy   maqsaddan   kelib   chiqib,   sud-huquq   tizimidagi   islohotlar
insonlarning   shaxsiy,   ijtimoiy,   iqtisodiy   va   siyosiy   huquq   hamda   erkinliklarini
himoya   qilinishini   taminlashga   va   kafolatlashga   xizmat   qiladi.   Bu
Konstitutsiyamizning   44-moddasida   «Har   bir   shaxsga   o’z   huquq   va   erkinliklarini
sud   orqali   himoya   qilish,   davlat   organlari,   mansabdor   shaxslar,   jamoat
birlashmalarining   g’ayriqonuniy   xatti-harakatlari   ustidan   sudga   shikoyat   qilish
huquqi kafolatlanishi» mustahkamlangan.
Respublikamizda   sud-huquq   islohotlarining   konstitutsiyaviy   asosi
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   11-moddasida   «O’zbekiston
Respublikasi   davlat   hokimiyatining   tizimi   hokimiyatning   qonun   chiqaruvchi,   ijro
etuvchi   va   sud   hokimiyatiga   bo’lininshi   prinsipiga   asoslanishi»   belgilangan.
Shuningdek,  Konstitutsiyaning   106-moddasida   sud   hokimiyati   qonun   chiqaruvchi
va   ijro   hokimiyatilaridan,   siyosiy   partiyalardan,   boshqa   jamoat   birlashmalaridan
mustaqil   holda   ish   yuritishi,   107-moddasida   odil   sudlovni   amalga   oshiruvchi
O’zbekiston   Respublikasining   sud   tizimi   belgilangan.   Bu   konstitutsiyaviy   asoslar
insonlarning   sud   idoralariga   bo’lgan   ishonchini   orttirib,   o’z   navbatida,   sudya   va
sud   xodimlarida   o’zlariga   yuklatilgan   vazifalarni   sidqidildan   bajarish,   ularga
masuliyat   bilan   yondoshish   hissini   kuchaytiradi.   Zero,   davlat   va   jamiyatning
obro’si sud organlari va sudyalarning qonun normalariga qanchalik rioya qilishiga,
ular   qabul   qilgan   qarorlarning   adolat   meyorlariga   nechog’lik   mos   kelishiga
bevosita bog’liqdir.
Jahon   tajribasini   hisobga   olgan   holda   ilk   bor   mamlakatimizda
Konstitutsiyaviy   sud   tasis   etildi.   Bozor   iqtisodiyotining   rivojlanish   sharoitida
xo’jalik   munosabatlarida   qonunchilikni   taminlashda   muhim   rol   o’ynayotgan
xo’jalik   sudlari   tizimi   yaratildi.   Sudlarning   ixtisoslashuvi,   yani   fuqarolik   ishlari
bo’yicha va jinoyat ishlari  bo’yicha sudlarning tashkil  etilishi  bilan fuqarolarning
huquq   va   erkinliklarini   sud   orqali   himoya   qilishning   huquqiy   doirasi   yanada
kengayganligi   bu   yo’nalishdagi   o’zgarishlarning   asosiy   omillaridan   biri   bo’ldi
desak, aslo mubolag’a bo’lmaydi. Shuningdek, 2000 yilda yangi tahrirdagi «Sudlar
to’g’risida»gi   O’zbekiston   Respublikasi   Qonunining   qabul   qilinishi   sud   tizimini isloh   qilishda   muhim   bosqich   bo’ldi.   Sud   ishlarini   apellyatsiya,   kassatsiya   va
nazorat   tartibida   ko’rib   chiqish   institutlari   joriy   etildi,   tergov-surishtiruv   va
kishilarni   hibsda  saqlash   muddatlari  sezilarli  darajada   qisqartirildi   hamda  ishlarni
sudlarda ko’rib chiqishning qatiy muddatlari belgilandi.
Mustaqillikni   qo’lga   kiritgandan   so’ng   sudlar   yildan-yilga   hokimiyatning
to’laqonli   mustaqil   tarmog’i   sifatida   o’z   o’rniga   ega   bo’lib   bormoqda.   Sudlar
faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni  bartaraf etish hamda ularning faqat qonunga
bo’ysunishini   taminlash   maqsadida   mamlakatimizda   bir   qator   ishlar   amalga
oshirilmoqda.   Sudlarning   jinoyat,   fuqarolik   va   xo’jalik   ishlari   bo’yicha
ixtisoslashuvi   ayniqsa,   mamlakat   hayotida   yuzaga   kelayotgan   iqtisodiy   nizolarni
chuqurroq o’rganib, ularni maqbul muddatarda adolatli qarorlar qabul qilish yo’li
bilan   hal   etish   imkoniyatini   tug’dirdi.Yangi   tahrirdagi   «Sudlar   to’g’risida»gi
Qonun   sud-huquq   tizimini   isloh   qilishda   muhim   bosqich   bo’lib,   jamiyatni
harakatga   keltiruvchi   huquqiy   munosabatlarni   tartibga   solish,   har   qanday
ko’rinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jazoning muqarrarligini taminlash,
fuqarolarning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini zamon talablariga muvofiq
tarzda   shakllantirish,   huquqiy   himoya   qilish   ishlarini   rivojlangan   davlatlar
darajasiga   yetkazish   uchun   qonuniy   asos   yaratdi.Ushbu   Qonunning   2-moddasida
O’zbekiston   Respublikasida   sud   O’zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   va
boshqa qonunlarida, inson huquqlari to’g’risidagi halqaro hujjatlarda elon qilingan
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar  va tashkilotlarning
huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya
qilish   belgilangan.   Sudlarning   faoliyati   qonun   ustuvorligini,   ijtimoiy   adolatni,
fuqarolar tinchligi va totuvligini taminlashga qaratilgandir.
Sud-huquq   tizimini   liberallashtirish,   uning   amalda   mustaqilligiga   erishish
hamda   bu   sohada   qonun   ustuvorligini   taminlashda   o’z   kasbini   vijdonan   qadrlay
oladigan,   har   tomonlama   yetuk   professional   sudya   kadrlarsiz   tasavvur   etib
bo’lmaydi.   Shunga   asosan   sud   sohasida   kadrlarni   tanlash   va   tasdiqlashning   ham
samarali   demokratik   huquqiy   mexanizmi   yaratildi.   2016   yil   21   oktabrda   qabul
qilingan   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «Sud-huquq   tizimini   yanada isloh qilish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini
kuchaytirish   boyicha   chora-tadbirlar   to’g’risida»gi   PF-4850-sonli   farmoni   bilan
sud-huquq   sohasidagi   davlat   siyosatining   sifat   jihatdan   yangi   darajaga   ko’tarildi.
Ushbu   farmonda   uchta   asosiy   ustuvorlik   ajratib   korsatiladi:   sud   hokimiyatining
haqiqiy   mustaqilligi;   fuqarolar   huquqlari   va   erkinliklarini   ishonchli   himoyalash
kafolatlarini kuchaytirish; va odil sudlovni amalga oshirish darajasini kuchaytirish.
Sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini taminlash, kasb obro-etiborini oshirish,
yuqori   malakali   va   samarali   faoliyat   yuritadigan   sud   korpusini   tashkil   qilish
maqsadida   birinchi   marta   sudyalarning   vakolat   muddatlari   qayta   korib   chiqildi.
Xususan,   sudyalarni   dastlabki   besh   yillik   va   navbatdagi   on   yillik   muddatlarga
tayinlash   (saylash),   kelgusida   esa   lavozimni   muddatsiz   davr   mobaynida   egallash
nazarda tutiladigan tartib joriy qilindi.
Shu  bilan   birga,   farmon   orqali   2017  yil   1   apreldan  jinoiy,   jinoiy-prosessual,
fuqarolik   prosessual   va   boshqa   qonun   hujjatlariga   inson   huquqlari   va   erkinliklari
ustuvorligini taminlash, sudda ishlarning adolatli va oz vaqtida korib chiqilishi va
jazoning   insonparvarligi   kafolatlarini   kuchaytirish   hisobga   olingan   holda   odil
sudlovni   amalga   oshirish   samaradorligini   kuchaytirishga   qaratilgan   bir   qator
o`zgartirishlar   kiritildi.   Bundan   tashqari,   mamlakatda   amalga   oshirilayotgan
islohotlar   qonuniyligini   va   samarali   realizasiya   qilinishini   taminlashda   davlat
organlari yuridik xizmatlari rolini oshirish maqsadida, ularning faoliyatini yanada
takomillashtirish boyicha muayyan chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Belgilangan   ustuvorliklarni   hayotga   tatbiq   qilish   va   amaliyotda   realizatsiya
qilish uchun mazkur farmon bilan sud-huquqiy tizimini rivojlantirishning 8 ta eng
ustuvor   sohasi   boyicha   45   ta   muayyan   chora-tadbirlar   realizatsiya   qilinishini
nazarda   tutadigan   kompleks   chora-tadbirlar     tasdiqlandi.   Farmonni   realizatsiya
qilish   doirasida   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasiga,   Jinoiy,   Jinoiy-
protsessual,   Fuqarolik   protsessual,   Xojalik   protsessual   kodekslariga   va   bir   qator
boshqa   qonun   hujjatlariga   ozgartirishlar   va   qoshimchalar   kiritiladi.   Fuqarolar
huquqlari   va   erkinliklarini   himoyalash   tizimini   takomillashtirish   va   kuchaytirish
maqsadida,  umumiy e`tirof  qilingan xalqaro standartlar  asosida  maxsus  qonunlar, shu   jumladan   «Jabrlanuvchilar,   guvohlar   va   jinoiy   jarayonning   boshqa
ishtirokchilarini himoyalash to’g’risida», «Mediatsiya to’g’risida», «Mamuriy sud
ishlarini   korib   chiqish   to’g’risida»gi   va   boshqa   qonunlarni   qabul   qilish
rejalashtirilmoqda. O’zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni
shakllantirishning   huquqiy   asoslari   yaratildi.   Mamlakatimiz   barcha   rivojlangan
huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, yani qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi
va   sud   hokimiyatiga   taqsimlandi.   Xalq   farovonligi   yo’lida   kuchli   huquqiy
davlatdan   fuqarolik   jamiyati   sari   ildam   qadam   qo’yish   maqsadida   erkin   bozor
munosabatlariga   asoslangan   kuchli   iqtisodiyot   barpo   etildi.   Inson   huquqlari   va
erkinliklarini   muhofaza   qilishning   ta`sirli   vositasini   barpo   etish,   xalqaro
tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish,
davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo’yicha madaniyatini
oshirish   maqsadida   BMTning   Inson   huquqlari   va   boshqaruv   tizimini
demokratiyalashni   qo’llab-quvvatlash   ga   muvofiq,   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   1996   yil   31   oktyabrdagi   Farmoni   bilan   Inson   huquqlari   bo’yicha
O’zbekiston   Respublikasi   Milliy   markazi   tuzildi.   Farmonda   Inson   huquqlari
bo’yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo’yildi.
O’zbekistonda   Inson   huquqlari   bo’yicha   milliy   institutlarning   shakllanishi
mamlakatni   isloh   qilish   va   modernizatsiyalash   jarayonlari   doirasida   davlat   va
jamiyatning   barcha   sohalarida   demokratik   islohotlar   o’tkazish   amalga   oshirildi.
2008   yil   1   maydagi   «Inson   huquqlari   umumjahon   deklaratsiyasi   qabul
qilinganligining   60   yilligiga   bag’ishlangan   tadbirlar   to’g’risida»gi   Farmoni
O’zbekistonda   Inson   huquqlari   bo’yicha   milliy   institutlarning   huquqiy   maqomini
mustahkamlash yo’lida yana bir muhim qadam bo’ldi, deyish mumkin. 
Inson   huquqlari   bo’yicha   milliy   institutlar   faoliyatini   qo’llab-quvvatlash
to’g’risida   qabul   qilingan   meyoriy   hujjatlar,   xalqaro   standartlarga
muvofiqlashtirish   maqsadlarida   milliy   institutlarning   qonunchilik   asoslarini
takomillashtirish           O’zbekistonning   demokratik   o’zgarishlarga   sodiqligini   yana
bir karra namoyish qilmoqda.  2000-yildan   bugungi   kunga   qadar   bo’lgan   davrni   qamrab   olgan   bosqichda
mamlakatda   faol   demokratik   yangilanish   va   modernizatsiyalash   jarayonlari
kuzatildi.   Ushbu   bosqichning   asosiy   vazifasi   qilib   milliy   davlatchilik   asoslarini
mustahkamlashga   qaratilgan   kuchli   davlatdan   –   kuchli   fuqarolik   jamiyatiga
bosqichma-bosqich   o’tish   masalasi   qo’yildi.   Mamlakatning   siyosiy   va   iqtisodiy
hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq
huquqlari   va   erkinliklarini   himoya   qiluvchi   mustaqil   sud   tizimi   mustahkamlandi,
fuqarolik   jamiyati   asoslari   rivojlandi,   fuqarolarning   iqtisodiy   va   siyosiy   faolligi
ortib   bordi.   Islom   Karimov   tomonidan   mamlakatda   fuqarolik   jamiyatini
shakllantirish   va   demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   konsepsiyasi
ishlab   chiqildi.   Ushbu   bosqich   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvini   yanada
demokratlashtirish,   sud-huquq   tizimi,   axborotlashtirish   sohasini   isloh   etish,   so’z
erkinligini   ta`minlash,   saylov   qonunchiligini   takomillashtirish,   iqtisodiyotni
liberallashtirishga   qaratilgan   demokratik   bozor   islohotlarini   chuqurlashtirishga
qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2010-yil   12-noyabrda   bo’lib   o’tgan   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
Qonunchilik   palatasi   va   Senatining   qo’shma   majlisidagi   «Mamlakatimizda
demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini
rivojlantirish   konsepsiyasi»   mavzusida   qilgan   maruzasi   amalga   oshirilgan
islohotlarni   sarhisob   qilish   hamda   jamiyat   va   davlat   hayotining   barcha   sohalarini
yanada   rivojlantirish   yo’nalishlarini   belgilab   olish   nuqtayi   nazaridan   muhim
ahamiyatga   ega   bo’ldi.   Ushbu   Konsepsiyada   mamlakatimizda   fuqarolik   jamiyati
va   huquqiy   davlat   barpo   etish   borasida   amalga   oshirilgan   ishlar   mufassal   tahlil
etilib,   bu   yo’nalishdagi   demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   izchil
davom ettirish bo’yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Prezident   Shavkat   Mirziyoyevning   2016-yil   28-dekabrdagi   «Jismoniy   va
yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomil lashtirishga
doir   chora-tadbirlar   to’g’risida»gi   Farmoniga   binoan   Xalq   qabulxonalari   tashkil
etildi.   Uning   xodimlari   esa   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   devonining
xodimlari   hisoblanishi   belgilab   qo’yildi.   2017-yil   dekabrda   O’zbekiston Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   O’zbekiston   Respublikasining
Konstitutsiyasi   qabul   qilinganining   25   yilligiga   bag’ishlangan   tantanali
marosimdagi maruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida
tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g’oyasini ilgari surdi.
2017   yil   6   fevralda   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   tomonidan
«O’zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo’yicha   Harakatlar
strategiyasi»ning   qabul   qilinishi   mamlakatimizda   fuqarolik   jamiyatini
rivojlantirishning   yangi   bosqichi   boshlandi.   Davlat   rahbari   tomonidan   ilgari
surilgan   Harakatlar   strategiyasida   mamlakatimizni   rivojlantirishning   beshta
ustuvor   yo’nalishi   tarkibida   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirishning   mexanizmlari
belgilab   berildi.   Bu   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   samaradorligini   yanada
yuksaltirish,   davlat   va   jamiyatni   har   tomonlama   uyg’un   va   jadal   taraqqiy   ettirish
uchun   sharoitlar   yaratish,   barcha   sohalarni   modernizatsiya   qilish   va
erkinlashtirishdek   ezgu   maqsadlarga   xizmat   qiladi.   Zero,   Harakatlar
strategiyasining   birinchi   yo’nalishida   davlat   va   jamiyat   qurilishi   tizimini
takomillashtirish   nazarda   tutilganligi   qonun   ijodkorligi   faoliyati   sifatini   tubdan
oshirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular
o’rtasida   sog’lom   raqobat   muhitini   shakllantirish   bilan   chambarchas   bog’liq.   Bu
siyosiy   partiyalarning   aholini   o’ylantirayotgan   muammolarga   samarali   yechim
topish, hududlarni rivojlantirishda faol ishtirok etishiga mustahkam zamin yaratadi.
Bir   yil   davomida   sinovdan   o’tib,   tobora   takomillashtirilib   borilgan   ushbu
mexanizm   dunyo   hamjamiyatiga   chinakam   demokratiya   yo’lidagi
muvaffaqiyatlarimizdan   biri   sifatida   namoyish   etildi.   Prezident   Shavkat
Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida
xalq   hokimiyatini   nomiga   emas,   balki   amalda   joriy   qilish   mexanizmlarini
mustahkamlashni   global   maqsad   sifatida   belgilab,   mamlakatimizning   barcha
hududida   Prezidentning   virtual   va   Xalq   qabulxonalari   tashkil   etilganini   hamda
hozirgi   kungacha   bir   milliondan   ortiq   fuqarolarimiz   bu   qabulxonalar   orqali
o’zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini takidlab o’tdi.
Foydalanilgan adabiyotlar 7. Mirziyoev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo limizni   qat iyat   bilan   davomʼ ʼ
ettirib, yangi bosqichga ko taramiz. T. 1. - Toshkent: O zbekiston.. 2017.	
ʼ ʼ
8. Mirziyoev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz
bilan birga quramiz. - Toshkent: O zbekiston. 2017.	
ʼ
9. Mirziyoev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   ma nfaatlarini	
ʼ
ta minlash   –   yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   O zbekiston	
ʼ ʼ
Respublikasi   Konstitutsiyasi   qabul   qilinganining   24   yiligiga   bag ishlangan	
ʼ
tantanali marosimidagi ma ruzasi. - Toshkent: O zbekiston. 2017.	
ʼ ʼ
10. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O zbekiston davlatini	
ʼ
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O zbekiston. 2017.	
ʼ
11. Karimov I.А. O zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.	
ʼ
1. - Toshkent: O zbekiston, 1996.	
ʼ
12. Karimov   I.А.   Tinchlik   va   xavfsizligimiz   o z   kuch-qudratimizga,	
ʼ
hamjihatligimiz   va   qat iy   irodamizga   bog liq.   T.   12.   -   Toshkent:   O zbekiston,	
ʼ ʼ ʼ
2004. 
13. Karimov I.А. Inson uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat. T. 14.
- Toshkent: O zbekiston, 2006. 	
ʼ
14. Karimov   I.А.   Yuksak   ma naviyat-engilmas   kuch.   -Toshkent:	
ʼ
Ma naviyat, 2008.	
ʼ
15. Karimov   I.А.   Demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va
fuqorolik jamiyatini shakllantirish-mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir.
T.19. – Toshkent: O’zbekiston, 2011. 
16. Karimov   I.А.   O zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida.   –	
ʼ
Toshkent: O zbekiston, 2011. 	
ʼ
17. Karimov   I. А .   Tarixiy   xotira   va   inson   omili   –   buyuk   kelajagimiz
garovidir. Xalq so zi. 2012, 10 may. 	
ʼ
18. Karimov   I. А .   Ona   yurtimiz   baxtu   iqboli   va   buyuk   kelajagi   yo lida	
ʼ
xizmat qilish – eng oliy saodatdir. - Toshkent: O zbekiston. 2015.	
ʼ

Mavzu; O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar Reja: 1. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi 2. Mustaqillik yillarida huquqiy demokratik fuqarolik jamiyati qurishning asosiy xususiyatlari 3. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi 4. O’zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari

Tayanch so’z va iboralar: fuqarolik jamiyati tushunchasi, modernizatsiya, demokratik davlat, xususiy mulk, oila, davlat tuzumi, huquq, madaniyat, ta’lim, qonunlar. O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g’oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o’z qobiliyati va ehtiyojlarini to’la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e`tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo’lmaydi. O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g’oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o’z qobiliyati va ehtiyojlarini to’la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e`tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo’lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o’rni uning o’ziga, salohiyatiga mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog’liq bo’ladi. 1993- yil 2- sentabrda «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan, qishloq, posyo’lka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari - qishloq, posyo’lka sovetlari tuzilmaydigan bo’ldi, ularning o’rniga o’zini o’zi boshqarish organlari - mahalla qo’mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko’rsatmaydi, ularning bog’liq tomonlari mavjud. Ular o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari „Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida» gi qonunda belgilab qo’yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashadi, o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yo’naltirib turadi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining barcha muhim jihatlarini qamrab oluvchi, uning ham institutsional, ham funksional yo’nalishlarini ifodalovchi ilmiy

modelni yaratish vazifasi turibdi. Mohiyat jihatidan «fuqarolik jamiyati» iborasi ilmiy adabiyotlarda o’ziga xos alohida mazmun-mano kasb etib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va manaviy jihatdan yuqori darajada kamol topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi. Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta ` minlanishi, hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va istedodining bevosita ro’yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan o’lchanadi. Jamiyatning «fuqarolik» sifati bilan tavsiflanishida boy mazmun va teran mano bor. «Fuqarolik» (erkin inson) degan sifat belgisida yuqori taraqqiy topgan, komillikning cho’qqisiga erishgan jamiyatning mohiyati aks etadi. Muayyan davlatga mansub bo’lgan fuqarolar yashaydigan mamlakat hali fuqarolik jamiyati, erkin va komil insonlar jamoasi mavjudligini anglatmaydi. Xuddi shuningdek, malum huquqiy tizim mavjud bo’lgan, huquqiy hujjatlar majmui amal qilayotgan har qanday davlat «huquqiy davlat» deb etirof etilavermaydi . Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to’plangan ilmiy nazariy talqinlar asosida fuqarolik jamiyati deganda, birinchi navbatda, davlatdan xoli bo’lgan mulkiy, bozor tartiblari, oilaviy, axloqiy-ma`naviy munosabatlar sohasi tushuniladigan bo’ldi. Shu manoda, marifiy, xususiy, g’ayrirasmiy, nosiyosiy hayot sohasi majmui tarzida talqin etiladigan fuqarolik jamiyati tovar ishlab chiqaruvchilar va istemolchilarning davlat nazorat qilmaydigan manfaatlarini amalga oshirish olami sifatida tariflanadi. Masalan, Gegelning tabiriga ko’ra, fuqarolik jamiyati–bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat (ehtiyoj) lar tizimi, shuningdek din, oila, tabaqalar, davlat tuzumi, huquq, axloq, burch, madaniyat, ta’lim, qonunlar va subekt (inson) larning ulardan kelib chiquvchi o’zaro uzviy yuridik aloqalari majmuidir. Insonlar tabiiy, «nomadaniy» holatdan «fuqarolik jamiyatiga o’tishlari lozim, zero aynan shu jamiyatda huquqiy munosabatlar asl voqelikka aylanadi» . Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan, shu bilan birga, uning ikki asosiy prinsipini alohida ajratib ko’rsatgan:

Fuqarolik jamiyatining davlatdan mustaqilligi, avtonomligi uning o’zini o’zi boshqarish qobiliyatiga egaligi bilan izohlanadi. Bu jamiyatda o’zini o’zi boshqarish jabhasi bilan davlat boshqaruvi jabhasi mavjud bo’lib, ular biri-biriga zid emas, aksincha, bir-birini to’ldiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ijtimoiy o’zini o’zi boshqarish ustun mavqega ega bo’lib, jamiyatning o’zi davlat boshqaruvini joriy etadi, davlat apparatini shakllantiradi va, nihoyat, ijtimoiy hayotga davlat aralashuvining ko’lami va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin) . Fuqarolik jamiyatidagi o’zini o’zi boshqarishning asosiy mexanizm (murvat) lari:–erkin bozor (iqtisodiy mexanizm); siyosiy erkinlik va demokratiya (siyosiy mexanizm); manaviy-axloqiy soha (manaviy-ruhiy mexanizm; jamiyatdagi nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy mexanizm)dan iborat bo’lib, ularda jamiyat azolarining rasman tengligi prinsipi namoyon bo’ladi. Yuqoridagi tahlillar asosida «fuqarolik jamiyati» tushunchasini yana-da aniqlashtirishga urinib ko’rish mumkin. Yani: fuqarolik jamiyati – insonlarning shunday birligidirki, u jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va manaviy sohalarida asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy vujudga keltiradigan, shuningdek nodavlat munosabatlarning majmui va erkin insonlar, tashkilotlar va fuqarolar uyushmalari faoliyat yuritib, namoyon bo’ladigan sohadir. Maxsus adabiyotlardan birida quyidagi tarifni ham uchratish mumkin: «Fuqarolik jamiyati o’z faoliyatida davlatdan, uning idora va muassasalaridan xoli bo’lgan xususiy shaxslar, guruhlar va institutlarning tizimi... Fuqarolik jamiyatini mam¬lakatdagi davlat-hokimiyat tuzilmalari doirasiga kirmaydigan nosiyosiy ijtimoiy munosabatlar yig’indisi sifatida tariflash mumkin» Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va zohir bo’lishining quyidagi umumiy g’oya va prinsiplarini takidlash joiz: 1) iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va bozor munosabatlarining mavjudligi; 2) inson va fuqarolarning tabiiy huquqlarini so’zsiz tan olish va muhofaza etish; 3) davlat hokimiyatining legitimligi va demokratikligi, yani huquqiy davlatning mavjudligi; 4) barchaning qonun va odil sudlov oldida tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi; 5) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, legal muxolifatning mavjudligi; 6) so’z va matbuot

erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 7) davlatning fuqarolar xususiy hayotiga aralashmasligi, davlat bilan fuqarolarning o’zaro burch va masuliyat (javobgarlik) orqali bog’liqligi; 8) ijtimoiy hamkorlik va milliy totuvlikning taminlanganligi; 9) insonlarning munosib hayot kechirishini taminlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi . Huquqiy davlat qurish doktrinasida davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatiga bo’linishi muhim o’rin tutadi. Ushbu qarashning genezisi, zamonaviy muammolari haqida juda ko’p falsafiy, siyosiy va huquqiy adabiyotlar chop etilgan. Fuqarolik jamiyati qurish jarayonida demokratik huquqiy davlat ijtimoiy tashkilotlar darajasiga tushib qolishi mumkin emas, ammo uning boshqaruv funksiyalarida, vakolatlarini mahalliy va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tkazishida muayyan o’zgarishlar bo’lishi tabiiydir. Demak, fuqarolik jamiyati institutlari faqat nodavlat, jamoat tashkilotlari, birlashmalaridan iborat, ular davlatdan chekkada, hatto unga qarshi turadi deb qarash noto’g’ridir. Huquqning umumiy ijtimoiy meyorga aylanishini, qonun ustuvorligini tamin¬lashni davlat ishtirokisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. O’zbekistonda huquqiy davlat qurish doktrinasi mamlakatimiz Konstitutsiyasidagi inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatdir (13-modda), davlat inson va jamiyat farovonligini taminlash, ijtimoiy adolat va qonuniylikni qaror toptirishga (14- modda) xizmat qiladi degan fundamental tamoyillarga tayanadi. Ular qatoriga insonning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda erkin qatnashishi, mulkka egalik huquqi (36-modda) ham kiradi. Shaxs bilan davlat o’rtasidagi bog’liqlik, munosabatlar fuqarolarning umumiy yoki konstitutsiyaviy holati; maxsus yoki mavqei bilan bog’liq holati; lavozimi bilan bog’liq holati; tasodifiy vaziyatlarda ishlovchi shaxslar holati kabi huquqiy holatlari orqali qaror topadi. Ayrim tadqiqotchilar ular qatoriga shaxsning davlatga mansubligi, yani shu davlatning fuqarosi bo’lishi yoki bo’lmasligini ham kiritadi. Albatta, shaxsning qaysi davlat fuqarosi ekani huquqiy holat uchun muhimdir.