logo

O'zbekistonda ta'lim islohotlarini amalga oshirish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

85 KB
O'zbek ist onda t a'lim islohot larini amalga oshirish
REJ A
1. Ta’lim islohoti.
2. Kadrlash tayyorlash milliy dasturi.
3. Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi. 1-masala
Ma’lumki,   sho‘rolar   hukumati   davrida   hukmron   tuzum   o‘zining   jahonda   eng
insonparvar,   odil,   demokratik   va   eng   savodxon   jamiyat   barpo   etgani   bilan
maqtanib, butun jahonga jar solar edi. Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham, manzara
shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet  va institutlar, oliy va o‘rta maxsus
bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatardi.  Lekin ular,
son va miqdor jihatidan ko‘p bo‘lgani bilan jahon andazalari darajasida emas edi.
Buning   asosiy   sabablaridan   biri   kommunistik   jamiyatda   hamma   narsa,   jumladan,
ilm-fan,   maktab-maorif   tizimining   ham   o‘sha   yolg‘on   g‘oyalarga   qurbon
qilinganida   edi.   Sovet   Ittifoqini   tanazzulga   olib   kelgan   sabablardan   biri   ham
shunda ekanligi shubhasizdir.
Istiqlolning   dastlabki   kunlaridanoq   fan   va   texnikaga   munosabat   o‘zgardi,   xalq
ta’limi   tizimini   isloh   qilishga   kirishildi.   Mustaqil   O‘zbekistonda   maorif   va
madaniyat   ishlarini   eng   muhim   va   dolzarb   soha   sifatida   rivojlantirishga   alohida
e'tibor   berildi.   1992-yil   2-iyulda   qabul   qilingan   O‘zbekiston   Respublikasining
“Ta’lim   to‘g‘risida”   gi   Qonuni   hamda   1991–1996-yillarda   e’lon   qilingan   30   dan
ziyod   Prezident   farmon-lari   va   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   asosida   ta’lim
sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi:
•   Maktabgacha   ta’lim   sohasida   uylarda   tashkil   etiladigan   bolalar   bog‘chalari
hamda “bolalar bog‘chasi – maktab” majmuyi tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet
el   tillarini,   xoreografiya,   tasviriy   va   musiqa   san’ati,   kompyuter   savodxonligi
asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi;
• Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlantirildi.
1992–1996-yillarda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziya ochildi va faoliyat ko‘rsatdi;
• “Sog‘lom avlod uchun”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda
nuqsoni   bo‘lgan   bolalarni   tiklash”   va   boshqa   tarmoq   dasturlari   ishlab   chiqildi
hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi;
• Mehnat bozorini, eng avvalo, qishloq joylarida mehnat bozorini shakllantirish-
ning   hududiy   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   hunar-texnika   ta’limini   qayta
tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o‘quv maskani, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta
litsey va 53 ta biznes maktablari ishladi;
• Toshkent, Samarqand, Urganch, To‘rtko‘1, Andijon bank kollejlari, Toshkent
ayollar   kolleji   tashkil   etildi.   Respublikada   1996–1997-o‘quv   yilida   258   ta   o‘rta
kasb-hunar   ta’lim   o‘quv   yurti   ishladi.   Ularda   qariyb   16   ming   o‘qituvchi   va
muhandis-pedagog   xodimlar   197   ming   o‘quvchiga   kasb-hunar   o‘rgatish   bilan
shug‘ullandi;
•   Oliy   ta’lim   sohasida   ham   qator   yangi   o‘quv   yurtlari   ochildi.   1992-yil   28-
fevraldagi   Prezident   farmoni   bilan   8   ta   viloyat   pedagogika   institutlari
universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha yangi
oliy   o‘quv   yurtlari   –   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat   va
jamiyat   qurilishi   akademiyasi,  Qurolli   Kuchlar   akademiyasi,   Ichki  jshlar  vazirligi
akademiyasi,   Bank-moliya   akademiyasi,   Toshkent   moliya   instituti,   Navoiy
konchilik instituti, Samarqand davlat chet el tillari instituti, Andijon muhandislik-
iqtisodiyot   instituti,   Jizzax   politexnika   instituti,   Qarshi   muhandislik-iqtisodiyot
instituti, Jahon iqtisodiyoti  va diplomatiya universiteti, Navoiy davlat pedagogika
instituti,   Namangan   muhandislik-iqtisodiyot   instituti   hamda   viloyatlarda   yirik
universitetlarning   filiallari   tashkil   etildi.   1997-yil   boshlarida   Respublika   Oliy
ta’lim   tizimida   58   ta   oliy   o‘quv   yurti,   shu   jumladan,   16   ta   universitet   va   42   ta
institut   faoliyat   ko‘rsatdi.   Ularda   164   ming   talaba   o‘qidi,   18,5   ming   professor-
o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi;
•   Abituriyentlar   va   talabalarning   bilim   darajasini   test   va   reyting   asosida
baholashning ilg‘or usullari joriy etildi;
•   Oliy   malakali   ilmiy   va   ilmiy-pedagog   kadrlar   sifatiga   bo‘lgan   talablarning
oshgani   bois   aspirantura   va   doktoranturada   kadrlar   tayyorlash   kengaydi.   Oliy
attestatsiya komissiyasi tashkil etildi;
•   Iqtidorli   bolalar   va   qizlarni   izlab   topish,   ularga   ko‘maklashish,   ularning
qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli
yoshlarni   chet   ellardagi   yetakchi   o‘quv   yurtlari   va   ilmiy   markazlarda   o‘qitish   va
stajirov-kadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi; •   Iste’dodli   yoshlarni   moddiy   va   ma’naviy   rag‘batlantirish,   chet   elda   o‘qishini
qo‘llab-quvvatlash   maqsadida   Respublika   bolalar   fondi,   “Kamolot”,   “Sog‘lom
avlod uchun”, “Iste’dod”, “Ulug‘bek” va “Umid”  jamg‘armalari tashkil etildi;
•   O‘zbekiston   ta’lim   sohasida   AKSELS,   AYREKS,   Amerika   Kollejlari
Konsorsiumi, SARE, Tinchlik Korpusi (AQSH), DAAD, Konrad Adenauer Fondi
(Germaniya),   Britaniya   Kengashi   (Buyo’q   Britaniya)   kabi   xalqaro   tashkilotlar   va
boshqa   nohukumat   tashkilotlari   bilan   hamkorlikni   yo‘lga   qo‘ydi.   2006-yil   yozida
Toshkentda   Lomonosov   nomidagi   Moskva   Davlat   Universitetining   filiali   tashkil
etildi.
Ta’lim   tizimida   bir   qator   chora-tadbirlar   amalga   oshirilsada,   hali   bu   sohada
jiddiy   kamchiliklar   mavjud   edi.   Ta’lim   tizimi,   kadrlar   tayyorlash   jamiyatda
bo‘layotgan   demokratik   o‘zgarishlar,   bozor   islohotlari   talablari   bilan
bog‘lanmagan   edi.   O‘quv   jarayonining   moddiy   texnika   va   axborot   bazasi
qoniqarsiz   ahvolda   edi.   Ta’lim   muassasalarida   zamonaviy   o‘quv   adabiyotlari   va
didaktik   materiallar   yetishmasdi.   Yuqori   malakali   pedagoglar   yetishmasdi,   ishlab
turgan   murabbiy-o‘qituvchilar   kattagina   qismining   bilim   va   kasb   saviyasi   yetarli
darajada emas edi. Maktab o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi.
Prezident   I.A.Karimov   tashabbusi   bilan   ta’limni   tubdan   isloh   qilish   yo‘llari
ishlab   chiqildi.   Islom   Karimov   1997-yil   29-avgustda   Oliy   Majlisning   IX-
sessiyasida “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida
ma’ruza   qildi.   Ma’ruzada   oldimizga   qo‘ygan   buyo’q   maqsadlarimizni   ro‘yobga
chiqarish taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali,
ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi
asoslab berildi va quyidagi vazifalar ilgari surildi:
–   eski   sovet   davridan   qolgan   ta’lim-tarbiya   tizimiga   xos   mafkuraviy
qarashlardan, sarqitlardan qutulish;
–   milliy   ta’lim-tarbiya   tizimini   takomillashtirish,   uning   milliy   zaminini
mustahkamlash, jahon andazalari darajasiga ko‘tarish;
– uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish;
– ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish; –   bolalarimizga   zamonaviy   bilim   berish,   buning   uchun,   avvalo,   o‘qituvchi-
murabbiylar bilimining saviyasini ko‘tarish;
– zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish;
– xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga katta ahamiyat berish;
–   bitiruvchilarni   emas,   maktab   ta’limi   va   tarbiyasini   ko‘rgan   shaxslarni
tayyorlash;
–   o‘quvchilarda   mustaqil   fikr   yuritish   ko‘nikmalarini   hosil   qilish,   ularni   erkin
fikrlaydigan etib tarbiyalash;
–   respublika   oliy   o‘quv   yurtlarining   xorijiy   davlatlardagi   oliy   o‘quv   yurtlari
bilan   aloqasini   o‘rnatish   va   mustahkamlash;   yoshlarimizni,   professor-
o‘qituvchilarni  taraq-qiy topgan davlatlardagi  o‘quv markazlariga  borib o‘qishini,
malakasini oshirishini tashkil etish.
2-masala
1997-yil   29-avgust   kuni   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   IX-
sessiyasida   O‘zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   yangi   qonuni   va
“Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”   qabul   qilindi.   Ularda   ta’lim   sohasidagi   davlat
siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi:
• ta ’l im va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi;
• ta ’ limning uzluksizligi va izchilligi;
• umumiy-o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’l imining majburiyligi;
•   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta ’ limining   yo‘nalishini:   akademik   li tseyda   yoki
kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashningixtiyoriyligi;
• ta ’ lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
• davlat ta ’li m standartlari doirasida ta’lim olishning hammauchun ochiqligi;
• ta ’ lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilganyondashuv;
• bilimli bo‘ l ishni va iste ’ dodni rag‘batlantirish;
• ta ’ lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
O‘ zbekiston   Respublikasida   ta ’ lim   quyidagi   turlarda   amalga   oshirilishi   b e lgi -
landi:
• maktabgacha ta ’ lim; • umumiy o‘rta ta ’ lim;
• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’li mi;
• oliy ta ’l im;
• oliy o‘quv yurtidan keyingi ta ’ lim;
• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
• maktabdan tashqari ta ’ lim.
Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturining   maqsadi   ta ’ lim   sohasini   tubdan   isloh
qilish,   uni   o‘tmishdan   qolgan   mafkuraviy   qarashlar   va   sarqitlardan   to‘la   xalos
etish,   rivojlangan   davlatlar   darajasida,   yo’qsak   ma ’ naviy   va   axloqiy   talablarga
javob   beruvchi   yuqori   malakali   kadrlar   tayyorlash   Milliy   modelini   yaratishdan
iboratdir.
Milliy   dasturni   yaratishda   hayotimizning   barcha   sohalarida   bosqichma-bosqich
amalga   oshirilayotgan   islohotlarga   monand   ravishda,   ta ’ lim   islohotlarini   uch
bosqichda amalga oshirish nazarda tuti l gan :
Birinchi bosqich(1997 – 2001-y y. )da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy
salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun
huquqiy,   kadrlar   jihatidan,   ilmiy-uslubiy,   moliyaviy-moddiy   shart - sharoitlar
yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi ;
Ikkinchi   bosqich(2001 – 2005-y y. )da   Milliy   dastur   to‘liq   ro‘yobga   chiqadi,
mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan
holda unga aniqliklar kiritiladi ;
Uchinchi   bosqich(2005-   va   undan   keyingi   yillar)da   to‘plangan   tajribani   tahlil
qilish   va   umumlashtirish   asosida,   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish
istiqbollariga   muvofiq   kadrlar   tayyorlash   tizimi   takomillashtiriladi   va
rivojlanliri l adi.
O‘ zbekiston   hukumati   ta ’ limni   rivojlantirish   uchun   katta   mablag‘   ajratmoqda.
Birgina   2001-yilda   ta’lim   xarajatlari   davlat   budjeti   sarf-xarajatlarining   36   foizini
tashkil   etdi.   Ta’lim   uchun   150   mln   AQSH   dollaridan   ziyod   chet   el   investitsiyasi
sarflandi.   Ular   yangi   ta’lim   binolari   barpo   etish,   ularni   eng   zamonaviy   o‘quv-
laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Keyingi yillarda 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab
binolari   qurilib,   foydalanishga   topshirildi.   Umumta’lim   maktablari   uchun   davlat
ta’lim   standartlari,   ularga   asoslangan   o‘quv   dasturlari,   darsliklar   yaratilib,   ta’lim
jarayoniga   joriy   etildi.   2002/2003   o‘quv   yiliga   kelib   umumiy   o‘rta   ta’lim
muassasalarida, ya'ni 1–9-sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yozuviga asoslangan
o‘zbek   alifbosida   olib   borilmoqda.   Hukumat   o‘quvchilarni   darsliklar   bilan
ta’minlashga   g‘amxo‘rlik   qilmoqda.   Ta’lim   mazmun   va   mohiyat   jihatidan
yangilandi. Har   yili   600 ming  nafardan  ziyod  birinchi   sinf  o‘quvchilari   Prezident
sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul ta’minlanadi.
2004-yil   19-fevraldagi   Prezident   farmoni   va   2004-yil   9-iyuldagi   Vazirlar
Mahkamasining  qarori  asosida  maktab ta’limini  rivojlantirish Davlat  umummilliy
dasturi   ishlab   chiqildi.   Dasturga   binoan   2004–2009-yillarda   buziladigan
umumta’lim   maktablari   o‘rniga   yangi   maktablar   qurish,   maktablarni   kapital
rekonstruksiya   qilish,   kapital   va   joriy   ta’mirlash   tadbirlari   ishlab   chiqildi.
Shuningdek,   dasturda   umumta’lim   maktablarining   moddiy-texnika   bazasini
mustahkamlash   va   rivojlantirish,   maktablarni   zamonaviy   o‘quv-laboratoriya
uskunalari   va   kompyuter   texnikasi   bilan   jihozlash,   darsliklar   va   o‘quv-uslubiy
materiallar,   pedagog   kadrlar   bilan   ta’minlash,   o‘qituvchilarni   tayyorlash,   qayta
tayyorlash,  malakasini  oshirish, ularning mehnatini rag‘batlantirishni  kuchaytirish
tadbirlari aniq belgilab berildi.
2000/2001   o‘quv   yilida   respublikamizda   9661   umumta’lim   maktablarida   45
mingga   yaqin   o‘qituvchi   faoliyat   ko‘rsatdi,   6   millionga   yaqin   o‘quvchi   ta’lim-
tarbiya oldi, ulardan 552084 nafari 9-sinfni, 375853 nafari 11-sinfni tugatdi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O‘zbekistonga xos xususiyati
yangi turdagi  3 yillik o‘rta maxsus,  kasb-hunar  ta’limi tizimini  yaratishdan iborat
vazifa   sobitqadamlik   bilan   amalga   oshirilmoqda.   1998 – 2004-yillarda   54   ta
akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135
mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi. Kollej va litseylar uchun o‘qitiladigan barcha fanlar
bo‘yicha   Davlat   ta’lim   standartlari   ishlab   chiqildi,   tajriba-sinovdan   o‘tkazildi   va
ta’lim   jarayoniga   joriy   etildi,   asosiy   darsliklar   yaratildi.   2000/2001   o‘quv   yilida kollej va litseylarni 4890 nafar ilk “qaldirg‘och”lar tugatdilar. “Ustoz”jamg‘armasi
yo‘llanmasi   bilan   litsey   va   kollejlarning   700   o‘qituvchisi   chet   ellardagi   nufuzli
universitetlarda o‘z malakasini oshirib keldi.
Oliy   ta’lim   ikki   bosqichdan:   bakalavriat   va   magistraturadan   iborat   etib   qayta
tashkil   etildi.   1999-yilda   Toshkent   Islom   universiteti   tashkil   etildi.   2001/2002
o‘quv yi-lida 62 ta oliy o‘quv yurtida 180 mingdan ortiq bo‘lajak bakalavrlar va 5
mingdan   ortiq   magistrantlar   ta’lim-tarbiya   oldilar.   18486   nafar   professor-
o‘qituvchilar   mehnat   qildilar,   ularning   1462   nafari   fan   doktori,   7201   nafari   fan
nomzodidir. 1998–2001-yillarda 131 ta bakalavriat yo‘nalishi, 664 ta magistratura
mutaxassisliklari   bo‘yicha   bakalavr   va   magistrlar   uchun   qo‘yiladigan   talablarni
o‘zida   mujassamlashtirgan   davlat  ta’lim  standartlari,  ularga  mos   o‘quv  dasturlari,
o‘quv   adabiyotlari   yaratildi   va   ta’lim   jarayoniga   joriy   etildi.   2002-yilda   35620
talaba bakalavr, 3000 tasi magistr unvonini oldi.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-
quvvatlash   bo‘yicha   davlat   siyosati   olib   borilmoqda.   Bu   borada   xalqaro
hamkorlikni   yo‘lga   qo‘yish   Milliy   dasturda   belgilangan   muhim   vazifalardan
biridir.   1997-yilda   tashkil   etilgan   “Umid”   jamg‘armasi   yo‘llanmasi   bilan   1997–
2001-yillarda   785   nafar   yigit-qiz   rivojlangan   davlatlarning   oliy   o‘quv   yurtlariga
o‘qish uchun jo‘natildi. Ular-dan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident
farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar,
idoralar,   tashkilotlar   va   korxonalarda   ishlamoqdalar.   2002-yil   iyulda   Toshkentda
Xalqaro   Vestminster   universiteti   tashkil   etildi   va   160   ta   dastlabki   talabalar   qabul
qilindi.
O‘zbekiston   ta’lim   muassasalarining   Yevropadagi   ta’lim   jamg‘armasi,
Germaniyadagi   Texnika   hamkorlik   tashkiloti,   Yaponiyadagi   JAYKO   xalqaro
tashkiloti,   Koreyaning   KOYKA   agentligi,   YUNESKO,   Jahon   banki,   TASIS-
TEMPUS   ochiq   jamiyat   instituti,   AQSH,   Angliya,   Fransiya,   Yaponiya,   Daniya,
Xitoy,   Gollandiya   Oliy   ta’lim   vazirliklari   bilan   hamkorligi   kengayib   bormoqda.
Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari “Ustoz” jamg‘armasi
yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar.
O‘zbekiston   ta’lim   tizimi   dunyo   miqyosida   katta   qiziqish   uyg‘otmoqda.
Moskvadagi   Oliy   ta’lim   Xalqaro   Fanlar   akademiyasi   Prezidenti
V.ShukshinovPrezidentimiz   Islom   Karimovga   “KadrIar   tayyorlash   milliy
dasturi”ning tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy
a’zosi diplomini topshirar ekan, O‘z-bekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni
mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. Ko‘pgina mamlakatlar
tomonidan   ham   O‘zbekistonda   yaratilayotgan   ta’lim   tizimi   “Ta’limning   o‘zbek
modeli” deb e’tirof etildi.
Mustaqil   respublikamizda   fan   taraqqiyotiga   katta   e’tibor   berilmoqda.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1992-yil   8-iyuldagi   “Ilm-fan   va
innovatsiya   faoliyatini   rivojlantirishni   davlat   tomonidan   qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining mazkur farmonning ijrosini
ta’minlashga   yo‘naltirilgan   qarori   ilm-fan   taraqqiyotida   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘ldi. Respublika Fanlar akade-miyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi
bozorda   targ‘ib   etuvchi   va   tarqatuvchi   innovatsiya   tijorat   markazi   tashkil   etildi.
1997-yilda Prezident farmoni bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklandi.
O‘zbekiston   hududida   qadim   zamonlardan   beri   fan   va   madaniyat   rivojlanib
kelayotgan   davlatdir.   Xususan,   astronomiya,   matematika,   tibbiyot,   kimyo,   tarix,
falsafa,   tilshunoslik,   adabiyotshunoslik   kabi   fanlar   va   haykaltaroshlik,
to‘qimachilik, kulolchilik, shishasozlik  va   boshqa kasblar  keng rivojlangan. Hozir
O‘zbekiston   olimlari   uzoq   o‘tmish   mutafakkirlari   qoldirgan   ilmiy   merosni   faol
o‘rganib,   o‘zlarining   yangi   kashfiyotlari   bilan   fanni   boyitgan   holda   jahon
fani   rivojiga munosib hissa   qo‘shmoqdalar.
IX-X   asrlarda O‘rta Osiyo  (butun Markaziy  Osiyo)   zamonaviy  akademiyalarga
o‘xshash  ilk ilmiy muassasa  va jamiyatlar  tashkil  etila boshlagan  Sharqdagi  yirik
ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi.
XI   asrda   Urganch   Xorazm   poytaxti,   obod,   yo’qsak   madaniyatga   ega   shahar
bo‘lgan.   Xorazmshoh   Abul   Abbos   ibn   Ma’mun   madaniyat   va   ilmga   qiziquvchan hukmdor   bo‘lgani   uchun   olimlar,   shoirlar,   musiqachilar,   xattotlar,   arxitektor   va
rassomlarni   har   tomonlama   qo‘llab-quvvatlagan.   Urganchdagi   Xorazmshohlar
saroyida   tibbiyot   xodimi   Abu   Ali   ibn   Sino   (Avitsenna),   aniq   fanlar   vakili
Abu   Rayhon   Beruniy,   tarixchi   ibn   Miskavayx,   matematik   Abu   Nasr   ibn   Iroq,
faylasuf   Abu   Saxl   Masixiy,   tabib   ibn   Xammar   va   boshqa   Sharq   mutafakkirlari,
qomusiy   olimlar   xizmat   qilishgan.   Musulmon   Sharqdagi   birinchi   akademiya   –
“Baytul   Hikmat”ni   yer   meridiani   uzunligi   darajasini   o‘lchashda   qatnashgan
mashhur   matematik   al-Xorazmiy   (783-850)   boshqargan.   Astrolyabiya   (usturlob)
qurish   haqidagi   asar,   “Kitob   aljabr   val   muqobala”,   dunyodagi   ilk   “Astronomik
jadval”lardan   biri   hamda   qator   ilmiy   risolalar   –   “Hind   hisobi   haqida   risola”,
“Quyosh   soatlari   haqida   risola”,   “Musiqa   haqida   risola”   va   boshqa   ilmiy   ishlar
uning qalamiga mansub. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib qator algebraik tenglamalarni
yechdi,   birinchi   bo‘lib   sonlar   qatoriga   yangi   “nol”   sonini   kiritdi,   bu   sonlar
nazariyasini   kengaytirdi   va   manfiy   sonlarga   o‘tish   imkonini   berdi.   Shu
muvaffaqiyatlari   uchun   matematikaning   yangi   bo‘limi   al-Xorazmiy   sharafiga
“algebra”   deb   atalgan.   Al-Xorazmiyning   mashhur   “Kitob   al-jabr   van-muqobala”
(Tiklash   va   qarama-qarshi   qo‘yish   haqidagi   kitobi)   da   algebra   ilk   bor
matematikaning   mustaqil   sohasi   sifatida   qaraladi.   Zamonaviy   kibernetikaning
asosiy   tushunchasi,   uning   zaruriy   asoslaridan   biri   “algoritm”   etimologik   jihatdan
al-Xorazmiyning   ismi   bilan   bog‘liq.   Urganchda   o‘ziga   xos   akademiya   –
“Bilimdonlar   uyi”   tashkil   qilingan   edi,   unda   astronomiya,   falsafa,   matematika,
tibbiyot   bo‘yicha   tadqiqotlar   o‘tkazilgan.   Lekin   bu   holat   Urganchda   1017-yilda
Mahmud G‘aznaviy Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib qoldi.
Shunday   qilib   Sharqda,   xususan,   O‘rta   Osiyoda,   ilmiy   faoliyatni   akademiya
shaklida   tashkil   qilish   an’anaga   aylandi   va   Urganchdagi   akademiyaga   o‘xshash
muassasalar   keyingi   asrlarda   ham   yaratilgan   (tuzilgan).   Samarqandda   akademiya
Mirzo   Muhammad   Tarag‘ay   Ulug‘bek   tomonidan   XV   asrda   tashkil   etilgan.
Akademiya   qoshida   observatoriya,   o‘sha   davrning   boy   kutubxonasi   va   oliy   o‘quv
yurti   –   madrasa   bo‘lgan.   Madrasada   diniy   fanlar   bilan   bir   qatorda   matematika,
geometriya,   astronomiya,   tibbiyot,   geografiya   va   boshqa   dunyoviy   ilmlar o‘qitilgan.   Ulug‘bekning   akademiyasida   mashhur   olimlar   –   Qozizoda
Rumiy,G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi dars bergan,   o‘tkaziladigan
tadqiqot   sohalari   ham   ularning   yo‘nalishlariga   mos   bo‘lgan.   Samarqanddagi
Ulug‘bek   akademiyasi   matematika,   astronomiya   va   geografiya   fanlarining
yo’qsalishiga salmoqli hissa qo‘shdi.
IX-XV   asrlarda   aniq   va   tabiiy   fanlar   (matematika,   astronomiya,   geodeziya,
mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik va boshqa) tez sur’atlarda rivojlana boshladi.
Platon,   Aristotel,   Gippokrat,   Galen,   Arximed,   Ptolomey,   Yevklid   va   boshqa
buyo’q   mutafakkirlarning   asarlari   arab   tiliga   tarjima   qilindi.   Muhammad   al-
Xorazmiy,   Ahmad   al-Farg‘oniy,   Abu   Nasr   Farobiy,   Abu   Rayhon   Beruniy,
Mahmud   Koshg‘ariy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Nasriddin   Tusiy,   Qozizoda   Rumiy,
Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlarining
ilmiy   tadqiqotlari   darajasi   ba’zi   sohalarda   boshqa   mamlakatlarning  mutafakkirlari
ancha   keyin   o‘tkazgan   izlanishlar   natijalaridan   yuqori   edi.   Abu   Rayxon   Beruniy
tarix,   xronologiya,   farmakologiya,   mineralogiya,   astronomiya,   matematika
bo‘yicha   asarlar   yozdi,   Yerda   yangi   qit’a   borligini   nazariy   jihatdan   asoslab,
hisoblab   chiqdi   va   jahon   tan   olgan   ko‘plab   masalalarni   yechdi.   Ko‘plab
tadqiqotchilar   Urganchdagi   akademiyaning   tashkil   qilinishini   shaharga   Abu
Rayhon Beruniyning tashrifi va uzoq vaqt ishlagani bilan bog‘lashadi.
Xuddi   shu   paytda   bu   yerda   O‘rta   Osiyoning   buyo’q   olimi   –   Abu   Ali   ibn   Sino
ishlagan.   Ibn   Sino   haqiqatdan   qomusiy   olim   –   tabiatshunos,   tibbiyot   xodimi,
astronom,   matematik,   musiqashunos,   yozuvchi   va   shoirdir.   U   Avitsenna
nomi   bilan   mashhur   bo‘lgan.   Ibn   Sino   faoliyatini   anglatuvchi   ibora   –   “Madadi
Sino”   -   Yevropa   tillariga   moslashtirilib,   fandagi   yo‘nalishni   bildiruvchi
“Meditsina”   sifatida   o‘zlashtirilgan.   XVIII   asrning   mashhur   tabiatshunos   olimi
Karl Linkey ibn Sinoning botanikadagi xizmatlarini  yo’qsak baholab doim yashil
nodir o‘simliklardan biriga uning ismini berdi. Ibn Sino 400   dan   ortiq asar yozgan,
shulardan   240   tasi   bizning   kunlarimizgacha   yetib   kelgan.   Abu   Rayhon   Beruniy
nomidagi   Sharqshunoslik   institutida   olimning   50   dan   ortiq   asarlari   va   bir   qator
ularga   yozilgan   sharhlar   saqlanadi.   Bu   asarlar   orasida   olim   ijodining   toji hisoblanmish   besh   jildlik   “Al   qonun   fit   tib”   (“Tib   ilmi   qonunlari”)   ham   bor.   Bu
asar   o‘z   davrida   tibbiyot   fani   darajasini   juda   yuqori   ko‘tardi,   ibn   Sino
vafotidan   yuz   yil   o‘tgach   G‘arbiy   Yevropa   mamlakatlarida   keng   tan   olindi.
XII   asrda   “Tib   ilmi   qonunlari”   lotin   tiliga   tarjima   qilindi   va   qo‘lyozmadayoq
tarqalib   ketdi.   Bu   asar   1493-yilda   Venetsiyada   lotincha   tarjimada   nashr   qilindi
va   yuz yil mobaynida 16 marta chop etildi. Osiyo va   Yevropaning barcha mashhur
o‘quv yurtlarida 500 yil tibbiyot mana shu   asar asosida o‘qitildi. Ushbu bebaho tib
qonunlari hozirgi kunda ham o‘z   ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan.
Matematik   va   astronom   Qozizoda   Rumiy   (Salohiddin   Muso   ibn   Muhammad
ibn   Mahmud,   taxminan   1360-1437)   Mirzo   Ulug‘bekning   ustozi   edi.   Ulug‘bek
maktabi   shakllanishiga   uning   qo‘shgan   salmoqli   hissasini   inkor   etish   mumkin
emas. Ilmdagi muvaffaqiyatlari uchun uni “Aflotuni zamon (o‘z davrining Platoni)
deb   atashgan.   Mashhur   matematik   va   astronom   al-Koshiy   (G‘iyosiddin   Jamshid
Koshiy)   birinchi   bo‘lib   matematikaga   pozitsion   asosda   o‘nli   kasrlarni   kiritdi   va
buni   nazariy   jihatdan   isbotladi,   Sin   ni   1   gradus   aniqlikkacha,   P   ni   17   raqamgacha
hisoblab chiqdi. U o‘zining qator mashhur asarlarini astronomiyaga bag‘ishlagan.
Al-Koshiy   Qozizoda   Rumiy   bilan   birgalikda   Ulug‘bek   observatoriyasi   qurilishini
boshqargan.
Muhammad   Tarag‘ay   Ulug‘bek   (1394-1439)   o‘zidan   ulkan   ilmiy   va   madaniy
meros   qoldirdi, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (“Yangi Ko‘ragon astronomik jadvallari”)
– “Ulug‘bek ziji” buyo’q olimning dunyoga mashhur asari. Ulug‘bek Samarqandda
observatoriya   va   madrasa   qurdi,   o‘z   akademiyasini   tashkil   qildi.   O‘z   shogirdlari
bilan   mingdan   ortiq   yulduzni   o‘rganib,   ro‘yxati   –   “yulduzli   osmon   xaritasi”ni
tuzdi.   Ulug‘bek   akademiyasida   olimlar   faqat   astronomiya   bo‘yicha   emas,   balki
matematika,   falsafa,   tarix  va   boshqa   fanlarga   oid   tadqiqotlar   ham   olib   borishgan.
Ulug‘bek   akademiyasida   ishlagan   atoqli   astronom   Ali   Qushchi   (Mavlono
Aloviddin   Ali   ibn   Muhammad   Qushchi   (1403-1474)   o‘zidan   matematika
va   astronomiyaga   bag‘ishlagan   dunyoga   mashhur   ilmiy   ishlarini   qoldirdi.   U   yil
fasllarining   o‘zgarishini   Yerning   Quyoshga   yaqinlashishi   natijasida   Quyosh
nurlarining   Yer   sathiga   ta’siri   bilan   bog‘liq   deb   hisoblagan,   Quyoshning   tutilishi jarayonini   ilmiy   nuqtai   nazardan   aniqlagan.   Ali   Qushchining   asarlari   XVI-
XVII   O‘rta va Yaqin Sharqda astronomiya va matematika rivojiga salmoqli  ta’sir
qilgan.
Mirzo   Ulug‘bek,   al-Koshiy,   Ali   Qushchi   sonlar   nazariyasi   ravnaqiga   salmoqli
hissa   qo‘shishdi   va   astronomik   kuzatuv   bilimlarini   yanada   yuqori   darajada
ko‘tarishdi.   1428-1429-yillarda  Ulug‘bek  radiusi   40   metr   kvadrant   bosh   uskunasi
bo‘lgan,   o‘lchamlari   tengsiz,   noyob   astronomik   rasadxona   qurgan.   Samarqandda
30   yillik   kuzatishlar   asosida   tuzilgan   1018   yulduz   katalogi   uzoq   yillar   dunyoda
tengsiz bo‘lib qoldi. Ulug‘bek astronomiya maktabi yutuqlari Sharq va G‘arb fani
yo’qsalishiga   katta   ta’sir   ko‘rsatdi.   Uning   ilmiy   asarlari   dunyoning   ko‘p   tillariga
tarjima   qilindi,   Yevropa   va   Amerikada   keng   tarqaldi.   Mirzo   Ulug‘bek   jahon   fani
tarixida   Tixo Brage, Iogann Kepper, Nikolay Kopernik va Galileo Galiley bilan bir
qatorda   turadi.   M.V.   Lomonosov   nomidagi   MDU   katta   zalida   barcha   davrlar
olimlariga bag‘ishlangan tarixiy xotira galereyasida o‘rta asrlarning mashhur olimi
Mirzo   Ulug‘bekning   portreti   haqli   ravishda   o‘ziga   mos   joyni   egallagan.
O‘zbekistonning   bir   qator   shaharlari   va   Belgiyada   Mirzo   Ulug‘bekka   haykal
o‘rnatilgan,   qadimiy   Samarqand   observatoriyasiga,   qator   universitetlarga,
jumladan   O‘zbekiston   Milliy   universitetiga,   maktablarga,   shaharga   qarashli
tumanlarga   va   O‘zbekistondagi   fizik-yadroshunoslar   qo‘rg‘oniga   uning   nomi
berilgan.
XIX asrda O‘zbekistonda birinchi ilmiy muassasa – Toshkent fizik – astronomik
observatoriyasi   (O‘zR   FA   Astronomiya   instituti)   1873-yilda   tashkil
qilingan.   Boshida observatoriya ekspeditsiyalar uyushtirish bilan shug‘ullangan va
natijada mintaqadagi mingdan ortiq joyning koordinatalari aniqlangan, XX asrning
30- yillaridan observatoriya   astronomiyaning fundamental masalalarini tadqiq qila
boshladi.
1918-yilda   Turkistonda   iqtisod   va   madaniyatning   turli   sohalariga   kadr
tayyorlovchi   maxsus   muassasalar   ochilgan.   Ulardan   biri   1918-yil   21-aprelda
ochilgan Turkiston xalq universitetidir. Sal keyinroq Andijon, Qo‘qon, Samarqand,
Farg‘ona,   Jizzax   va   boshqa   shaharlarda   uning   filiallari   ochildi.   1919-yilda Toshkentda   fizioterapiya   ilmiy-tekshirish   instituti   tuzildi.   20-yillarda   tarix,
tibbiyot,   tabiiy fanlar sohasida qator ilmiy-tekshirish institutlari ochildi. 1920-yilda
Turkiston   Davlat   universiteti   (1923-yildan   O‘rta   Osiyo   davlat   universiteti,   1960-
yildan Toshkent davlat universiteti, hozir- O‘zbekiston Milliy universiteti) tashkil
qilindi. Keyinchalik mintaqadagi tabiiy   boyliklarni o‘rganish maqsadida universitet
negizida  mustaqil  oliy  o‘quv  yurtlari   va   fanning  turli   yo‘nalishlari  bo‘yicha  qator
ilmiy   muassasalar   ochildi.   1940-yilda   Toshkentda   1932-yilda   tuzilgan   ilmiy
komitet   asosida   O‘zbekistondagi   SSSR   FA   filiali   tashkil   etildi   va   shu   vaqtdan
boshlab filial O‘zbekistondagi bosh ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lib kelayapti. O‘sha
paytda   uning   tarkibiga   geologiya,   botanika,   kimyo,   suv   xo‘jaligi   muammolari
(1941-yildan energetika instituti), tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik,
zoologiya,   fizika   va   matematika   (geliotexnika   laboratoriyasi   bilan)   bo‘limlari;
Toshkent astronomik observatoriyasi (Kitob kenglik   stansiyasi   bilan); kartografiya
va   iqtisodiy   tadqiqotlar   byurosi   kirgan.   1940-yilda   O‘zbekistonning   ilmiy-
tekshirish   institutlarida   va   oliy   o‘quv   yurtlarida   3   mingdan   ortiq   ilmiy   va   ilmiy-
pedagogik   xodimlar   ishlashgan.   II   jahon  urushi   (1941-1945)   davrida  respublikada
40 dan ortiq ilmiy-tekshirish institutlari va oliy o‘quv yurtlari ish olib borgan.
1943-yilda   O‘zbekistondagi   SSSR   FA   filiali   O‘zbekiston   SSR   Fanlar
akademiyasi   sifati   qayta   tashkil   qilindi.   Bu   vaqtda   uning   tarkibida   10   ta   ilmiy-
tekshirish   institutlari,   shu   jumladan   1943   yilda   tuzilgan   fizika-texnika,   tarix,
sharqshunoslik,   iqtisodiyot   institutlari   bor   edi.   11   ta   akademik-ta’sischi,   18   ta
muxbir   a’zo,   3   ta   faxriy   a’zo   akademiya   a’zolari   bo‘lishdi.   Akademiya
muassasalarida 210 nafar ilmiy   xodim ishlardi, ulardan 28 nafari fan doktori va 80
tasi   fan   nomzodi   edi.   40-   yillarning   ikkinchi   yarmida   respublika   olimlarining
kuchlari asosan urushdan keyingi iqtisod, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarni
yo’qsaltirishga yo‘naltirilgandi.
1958-yili   Toshkent   shahri   yaqinida   yadro   reaktori   qurildi,   u   yadro   fizikasi
taraqqiyotiga   asos   bo‘ldi.   60-70-yillarda   O‘zbekiston   tabiiy   va   ijtimoiy   fanlar
sohalarida ish olib borayotgan ilmiy muassasalarning faoliyati butunlay respublika
oldida   turgan   muhim   iqtisodiy   va   madaniy   masalalarni   yechishga yo‘naltirilgandi.   Paxtachilik, irrigatsiya, energetika, rangli  metallurgiya va boshqa
tarmoqlar   yo’qsalishining   kompleks   tadqiqiga   alohida   e’tibor   qaratildi.   1987-yili
Toshkent viloyatining Parkent tumanida   nodir “Katta quyosh pegi” bizerkal optik-
gelio-energetik tizim qurilishi tugallandi va   ishlatishga topshirildi.
Mamlakatda fanning yanada rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.   Karimovning   1992-yil   8-iyuldagi   Farmoni   va   Vazirlar   Mahkamasining
“Davlat   tomonidan   fanning   rivojlanishi   va   innovatsion   faoliyatni   qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  yuqoridagi  Farmonni  bajarish yuzasidan
chiqargan Qarori ancha ta’sir qildi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   2004-yil   9-noyabrda   532-sonli
“Xorazm   Ma’mun   Akademiyasining   1000   yilligini   nishonlash   to‘g‘risida”   va
2005-yil   1-noyabrdagi   240-sonli   “Xorazm   Ma’mun   Akademiyasi   faoliyatini
takomillashtirish   va   1000   yillik   yubileyini   nishonlashning   qo‘shimcha   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida”   qarorlar   qabul   qildi.   Shunday   qilib,   Xorazm   Ma’mun
Akademiyasi   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasining   mintaqaviy
bo‘limi sifatida tiklandi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   Tashqi   ishlar   vazirligi   va
YUNESKO   ishlari   bo‘yicha   O‘zbekiston   Respublikasi   Milliy   komissiyasi   bilan
hamkorlikda   2006-yil   20-sentabrdan   –   12-oktabrgacha   YUNESKOning   shtab-
kvartirasida   (Parij   sh.)   ko‘rgazma   tashkil   qilishdi   va   Xorazm   Ma’mun
Akademiyasining   1000   yilligiga   bag‘ishlangan   ilmiy   anjuman   o‘tkazishdi.
O‘zbekistondagi   xorij   davlatlarning   qator   elchixonalari   O‘zbekiston   Respublikasi
Fanlar akademiyasi olimlari ishtirokida Xorazm Ma’mun Akademiyasi faoliyatiga
bag‘ishlangan   tadbirlar   o‘tkazishdi,   shunday   konferensiyani   yana   Saudiya
Arabistoni   Ilmiy-tadqiqot   markazi   Koreyaning   Kyongxi   universiteti   bilan
birgalikda o‘tkazishdi.
Fanlar   akademiyasi   faoliyatini   kuchaytirishda   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   I.A.Karimovning   2006-yil   7-avgustdagi   “Fan   va   texnologiyalar
rivojlanishini  boshqarish va muvofiqlashtirishni takomillashtirish chora- tadbirlari
to‘g‘risida”gi   Qarori   va   O‘zbekiston   Vazirlar   Mahkamasi   qoshida   Fan   va texnologiyalar   rivojini   muvofiqlashtirish   komitetini   tashkil   qilinganligi
alohida   ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   bozor   iqtisodiga   o‘tish   davrida
ilmiy-tekshirish   muassasalari   olib   borayotgan   asosiy,   amaliy   va   innovatsion
tadqiqotlarga   katta   e’tibor   qaratadi.   Bugungi   kunda   yuqori   bilimni   talab   qiluvchi
mahsulotlar   va   ilmiy-tekshirish   muassasalari   xizmatlarini   keng   targ‘ib   qilish,
muhim amaliy ilmiy natijalardan foydalanishning yangi yo‘llari aniqlanib, hayotga
tatbiq   qilinmoqda,   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   ilmiy   bo‘limlari
faoliyati takomillashtirilmoqda.
2012 yilga kelib ham O’zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o’qitish
sifati   va   mazmunini   yangi   bosqichga   ko’tarish,   malakali   kadrlar   tayyorlashning
zamonaviy   mexanizmini   yaratish,   o’quv   dasturlari   va   adabiyotlarini   yangilashga
qaratilgan   islohotlar   bosqichma-bosqich,   tizimli   ravishda   amalga   oshirildi.
Mamlakatimizda   ta’lim-tarbiya   sohasiga   har   yili   sarflanayotgan   xarajatlar   yalpi
ichki   mahsulotga   nisbatan   10-12   foizni   tashkil   etdi.   Bu   YUNESKOning
mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo’naltirilishi zarur
bo’lgan   investisiyalar   miqdori   bo’yicha   tegishli   tavsiyalaridan,   ya’ni   6-7   foizdan
qariyb 2 barobar ko’p bo’ldi. 
Oliy   o’quv   yurtlari   moddiy-texnik   bazasini   mustahkamlash,   talabalarning
yashash   sharoiti   hamda   ijtimoiy-maishiy   ob`ektlar   faoliyatini   yaxshilash,   oliy
o’quv yurtlari hududlarini obodonlashtirish, jumladan, poytaxtimizdagi “Yoshlik”
talabalar   shaharchasida   joylashgan   talabalar   turar-joylarini   tubdan   ta’mirlash
bo’yicha   ham   keng   ko’lamli   ishlar   amalga   oshirildi.   Jumladan,   davlatimiz
rahbarining   2011   yil   20   mayda   “Oliy   ta’lim   muassasalarining   moddiy-texnik
bazasini  modernizasiyalash  va mutaxassislar  tayyorlash sifatini  tubdan yaxshilash
to’g’risida”gi   qarori   qabul   qilindi.   Mazkur   Qaror   oliy   ta’lim   muassasalari
faoliyatini   jahon   andozalari   darajasida   tashkil   etish,   ularni   zamonaviy   darslik,
o’quv-uslubiy   qo’llanmalar,   ilmiy   laboratoriyalar   bilan   ta’minlashda   muhim
ahamiyatga ega bo’ldi.  Bundan tashqari, o’qituvchilarning amaliy jihatdan chet tillarini bilishi bo’yicha
ham   bir   qator   ishlar   amalga   oshirildi.   Jumladan,   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2012   yil   10   dekabrda   qabul   qilingan   “Chet   tillarni   o’rganish
tizimini   yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   qarorining muhim
ahamiyatga ega bo’ldi.
2015 yildagi ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistonda  quyidagi yo’nalishlardagi
ta’lim turlari mavjud edi: 
- maxsus maktabgacha ta’lim; 
- uyda yakka tartibdagi ta’lim; 
- maktabgacha umumta’lim muassasalari qoshidagi integrasiya guruhlari; 
-umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya punktlari va integrasiya sinflari;
- maxsus kasb-hunar kollejlaridagi integrasiya guruhlari.
Mazkur muassasalarda ko’zi ojiz, zaif ko’ruvchi, kar va zaif ko’ruvchi, aqli zaif,
ruhiy rivojlanishi sustlashgan, tayanch harakati a’zolari harakati buzilgan, nutqida
murakkab   nuqsoni   bo’lgan   bolalar   ta’lim-tarbiya   oldi.   Mamlakatimizda   alohida
yordamga   muhtoj   bolalar   va   o’smirlar   ta’limi,   ularning   nuqson   turlari   va   uning
darajalarini inobatga olgan holda, maxsus ta’limning 8 yo’nalishi (aqli zaif, ruhiy
rivojlanishi sustlashgan, nutqida, ko’rishida va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar)
bo’yicha korreksion ta’lim tashkil etildi.
3-masala
Mazkur davrda Oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo’yicha ham bir qancha ishlar
amalga   oshirildi.   Jumladan,   2015   yil   12   iyunda   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentimizning   “Oliy   ta’lim   muassasalarining   rahbar   va   pedagog   kadrlarini
qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-
tadbirlari   to’g’risida”gi   farmoni   qabul   qilindi.   Ushbu   farmon   yurtimizdagi   oliy
o’quv   yurtlari   professor-o’qituvchilarining   kasb   darajasi   va   malakasini   muttasil
oshirib   borish,   ularni   bugungi   kun   talablariga   muvofiq   muntazam   qayta
tayyorlashning   takomillashtirilgan   tizimini   joriy   etish   asosida   yuqori   malakali
mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratildi. Farmonda,   xususan,   oliy   o’quv   yurtlari   professor-o’qituvchilarining   pedagogik
va   kasb   darajasini   muntazam   oshirish   asosida   ularning   qonunchilik   normalari,
nazariya,   ilmiy   va   amaliy   tadqiqotlar,   texnologik   taraqqiyot   va   o’qitilayotgan
fanlar   bo’yicha   innovasiyalar,   shuningdek,   o’quv   jarayonini   tashkil   etishning
zamonaviy uslublari sohasidagi so’nggi yutuqlarni chuqur o’rganishi alohida qayd
etildi.   Oliy   ta’lim   sohasida   oliy   o’quv   yurtlarining   professoro’qituvchilarini
muntazam qayta tayyorlash bo’yicha mutlaqo yangi, takomillashtirilgan tizim joriy
qilindi.   15   ta   tayanch   oliy   o’quv   yurtida   oliy   ta’lim   muassasalari   rahbarlari   va
pedagog   kadrlarini   qayta   tayyorlash   hamda   malakasini   oshirish   kurslari   tashkil
etildi. Mazkur kurslarda oliy o’quv yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin o’qituvchisi
malaka oshirdi.
Bu   paytga   kelib,   mamlakatimizda   11   milliondan   ziyod   kishi   internetdan
muntazam   foydalandi.   Ularning   asosiy   qismi   o’quvchi-yoshlar   edi.   2015   yilgi
ma’lumotlarga qaraganda umumta’lim maktablarida qariyb 4,5 million bola tahsil
oldi.   Barcha   maktablar   yagona   ZiyoNET   tarmog’iga   ulandi.   Mazkur   tarmoq   Uz
domenidagi eng yirik axborot-ta’lim resursiga aylandi. Unda yoshlar uchun foydali
va   ahamiyatli   axborot   manbalari,   darslik   va   o’quv   qo’llanmalar,   turli   sohalarga
doir   adabiyotlar,   media   mahsulotlar,   multimedia   vositalari,   ta’limmaqsadida
foydalaniladigan bir qator interfaol xizmatlar jamlandi.
Shu   sababli   Hukumat   tomonidan,   o’qituvchilarning   global   internet   tarmog’i,
multimedia   tizimlari   va   masofadan   o’qitish   usullaridan   foydalangan   holda,
zamonaviy   innovatsion   pedagogika,   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini
egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi, oliy o’quv yurtlari pedagog
kadrlarining   chet   tilini   amaliy   o’zlashtirish   darajasini   oshirishi   kabi   zamonaviy
talablar qo’yildi. 
Bu  paytga kelib  Oliy ta’lim  yo’nalishida  ham   xalqaro  hamkorlik  aloqalari  olib
borildi. Ushbu hamkorlik samarasi natijasida O’zbekistonda xorijdagi nufuzli oliy
o’quv   yurtlarining   oltita,   jumladan,   Toshkent   Xalqaro   Vestminster   universiteti,
Turin   politexnika   universiteti,   M.Lomonosov   nomidagi   Moskva   davlat, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz
universitetlari, Singapur menejmentni rivojlantirish institutining filiallari ochildi. 
Bundan   tashqari,   O’zbekistonda   Mustaqil   davlatlar   hamdo’stligi   mamlakatlari
orasida   birinchi   bo’lib   oliy   ta’limning   zamonaviy   ikki   bosqichli   -   bakalavriat   va
magistratura yo’nalishiga o’tildi.
Yoshlarni   har   tomonlama   barkamol   qilib   voyaga   yetkazishda   sportning   ham
ahamiyati katta hisoblanadi. O’tgan davr  mobaynida O’zbekiston Bolalar  sportini
rivojlantirish   jamg’armasi   mablag’lari   hisobidan   1500   dan   ortiq   zamonaviy   sport
inshootlari   qurildi.   Har   yili   bo’lib   o’tadigan,   uch   bosqichdan   iborat   (maktab
o’quvchilari   uchun   “Umid   nihollari”,   litsey   va   kollej   o’quvchilari   uchun
“Barkamol   avlod”,   oliy   o’quv   yurti   talabalari   uchun   “Universiada”)   sport
musobaqalari tizimi shakllantirildi. Bu esa yuz minglab bolalar, o’smirlar, yigit va
qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish imkonini berdi. 
Mazkur tadbirlar o’z samarasini  berdi. Jumladan, birgina 2015 yili 1 ming 668
nafar sportchimiz, jumladan, 567 nafar qizimiz 165 ta xalqaro musobaqada ishtirok
etib,   983   ta   medalni   qo’lga   kiritdi,   yosh   iqtidorli   musiqachi   va   ijrochilarimiz
nufuzli   xalqaro   tanlovlarda   137   ta   sovrinli   o’ringa   sazovor   bo’ldi   va   ularning   76
tasi Gran-pri va birinchi o’rinni tashkil qildi.
Bu   boradagi   ishlar   keying   yillarda   ham   dvom   ettirildi.   Jumladan,   2017-yil   7-
fevralda   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   "O‘zbekiston   Respublikasini
yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   to‘g‘risida"gi   farmoni   e’lon
qilindi.   Mazkur   Farmonda   ijtimoiy   soha,   xususan,   ta’lim   va   ilm-fan   sohalarini
takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilandi.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi
ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash
barobarida   ularni   zamonaviy   o‘quv   va   laboratoriya   jihozlari,   komputer   texnikasi,
o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutildi.
Shuningdek,   2017-2021-yillarda   oliy   ta’lim   tizimini   tubdan   takomillashtirish
dasturini   ishlab   chiqish,   o‘quv   dasturlarini   yanada   zamonaviylashtirish,   pullik
xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv   yurtlarining   vakolatlarini   kengaytirish   yo‘li   bilan   ularning   mustaqilligi
bosqichma-bosqich rivojlantirib borilishi belgilandi.
2017   yilda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   va   Vazirlar   Mahkamasining
yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim
tizimidagi   o‘zgarish   va   yangilanishlar   jarayonini   boshlab   berdi.   Umumta’lim
maktablariga   mazkur   yilda   10-sinfga   o‘quvchilar   qabul   qilish   qayta   yo‘lga
qo‘yildi.   Bu   akademik   litsey   va   kasb-hunar   kollejlariga   qabul   jarayoni   bilan
barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga
olindi.
Bundan   tashqari,   yoshlarning   zamonaviy   kasb-hunarlarni   puxta   egalashi,
o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash
bo’yicha   ham   tizimli   ishlar   olib   borildi.   Bunda   yoshlarning   ulug‘   ajdodlarimiz
merosini   o‘rganishi,   ularga   munosib   avlod   bo‘lib   voyaga   yetishi   muhim
ahamiyatga   ega   ekanligi   ko’zda   tutildi.   Xususan,   ulug‘   ajdodimiz   Muhammad
Xorazmiy   nomidagi   chuqurlashtirib   o‘qitishga   ixtisoslashtirilgan   axborot-
kommunikatsiya   texnologiyalari   yo‘nalishiga   oid   maktab   tashkil   etildi.   Mazkur
maktab   faoliyatining   yo‘lga   qo‘yilishi   ushbu   sohalarda   kadrlarni   yoshligidanoq
tayyorlab   borish,   ularning   yetuk   va   zamon   talablariga   javob   beradigan
mutaxassislar bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratdi.
Shu   bilan   birga,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Mirzo   Ulug‘bek
nomidagi   ixtisoslashtirilgan   davlat   umumta’lim   maktab-internatini   va
“Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham qabul
qilindi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti
qoshida   matematika,   astronomiya,   fizika   va   informatika   fanlarini   chuqur
o‘rgatishga   ixtisoslashtirilgan   Mirzo   Ulug‘bek   nomidagi   ixtisoslashtirilgan   davlat
umumta’lim maktab-internati tashkil etilishi belgilandi.
Bundan   tashqari,   Xalq   ta’limi   sohasidagi   islohotlarga   ko‘maklashish
jamg‘armasi   tashkil   etildi,   shu   bilan   birga   2019   yil   1   yanvardan   xalq   ta’limini
rivojlantirish   jamg‘armasi   tashkil   etildi.   Shuningdek,   Xalq   ta’limi   vazirligi   soha
faoliyati   shaffofligini   oshirish,   aniq   ma’lumotlarni   to‘plash,   aholi   bilan   muloqot qilish   va   jamoatchilik   nazoratini   o‘rnatish   uchun   axborot   texnologiyalarini   faoli
joriy etdi. Jumladan, vazirlik ustozovozi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi
resurslarni   ishga   tushirdi.   Xalq   ta’limi   tizimiga   homiylik   mablag‘larini   jalb   etish
maqsadida   MFond   jamg‘armasi   ochildi.   Xalq   ta’limi   sohasidagi   ma’lumotlar
ochiq-oshkora,  shaffof  tarzda  qo‘yib  borish  uchun  ijtimoiy  tarmoqlari  kanallarida
«Ustoz ovozi» kanali ishga tushirildi.
Xalq   ta’limi   vazirligi   tizimida   o‘quvchilar   o‘rtasida   kitob   mutolaasi   va
kitobxonlik madaniyatini  targ‘ib qilish uchun kitob.uz sayti  yaratildi. Saytga jami
803 nomdagi, shundan, 655 nomada o‘zbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti
namoyondalari   asarlarining   elektron   varianti   joylashtirildi.   www.kitob.uz   saytiga
badiiy   adabiyotlarning   MRZ   shaklidagi   audio   resurslari   joylashtirilishi   yo’lga
qoyildi. 
Vazirlik markaziy apparati tarkibida o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini
himoyalash,   ular   huquqlarining   buzilishiga   yo‘l   qo‘ymaslik,   davlat   organlari   va
boshqa   tashkilotlarning   ta’lim   muassasalari   faoliyatiga   asossiz   aralashuviga   yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi. Respublika maqsadli
kitob   jamg‘armasi   Moliya   vazirligidan   Xalq   ta’limi   vazirligiga   o‘tkazildi.   Xalq
ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish
ob’ektlari  sifatini  nazorat  qilish injiniring kompaniyasi  tashkil  etildi. Xalq ta’limi
sohasidagi   islohotlarga   ko‘maklashish   jamg‘armasi   tashkil   etildi,   shu   bilan   birga
2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. DABIYOTLAR:
1.Mirziyoev   Sh.M.   Biz   milliy   taraqqiyot   yo'limizni   qat'iyat   bilan   davom
ettiramiz va uni yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston .. 2017
yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   Biz   buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
birgalikda quramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
3.   Mirziyoev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   himoya   qilish
mamlakat taraqqiyoti  va xalq farovonligining garovidir. O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi   qabul   qilinganligining   24   yilligiga   bag'ishlangan   tantanali
marosimdagi nutq. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
4.   Mirziyoev   Sh.M.   Birgalikda   biz   erkin   va   obod,   demokratik   O'zbekiston
davlatini barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
5. I.A.Karimov O'zbekiston: milliy mustaqillik, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. T.
1. - Toshkent: O'zbekiston, 1996 yil.
6.   Karimov   I.A   Yuksak   ma'naviyat   -   yengilmas   kuch.   -Toshkent:   Ma'naviyat,
2008 yil.
10.   Karimov   I.A   Vatanimiz   baxti   va   buyuk   kelajagiga   xizmat   qilish   eng   katta
baxtdir. - Toshkent: O'zbekiston. 2015 yil.

O'zbek ist onda t a'lim islohot larini amalga oshirish REJ A 1. Ta’lim islohoti. 2. Kadrlash tayyorlash milliy dasturi. 3. Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi.

1-masala Ma’lumki, sho‘rolar hukumati davrida hukmron tuzum o‘zining jahonda eng insonparvar, odil, demokratik va eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib, butun jahonga jar solar edi. Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham, manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet va institutlar, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatardi. Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko‘p bo‘lgani bilan jahon andazalari darajasida emas edi. Buning asosiy sabablaridan biri kommunistik jamiyatda hamma narsa, jumladan, ilm-fan, maktab-maorif tizimining ham o‘sha yolg‘on g‘oyalarga qurbon qilinganida edi. Sovet Ittifoqini tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekanligi shubhasizdir. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq fan va texnikaga munosabat o‘zgardi, xalq ta’limi tizimini isloh qilishga kirishildi. Mustaqil O‘zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e'tibor berildi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni hamda 1991–1996-yillarda e’lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmon-lari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta’lim sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi: • Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda “bolalar bog‘chasi – maktab” majmuyi tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet el tillarini, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi; • Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlantirildi. 1992–1996-yillarda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziya ochildi va faoliyat ko‘rsatdi; • “Sog‘lom avlod uchun”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi; • Mehnat bozorini, eng avvalo, qishloq joylarida mehnat bozorini shakllantirish- ning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan

qamrab olgan 442 o‘quv maskani, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta litsey va 53 ta biznes maktablari ishladi; • Toshkent, Samarqand, Urganch, To‘rtko‘1, Andijon bank kollejlari, Toshkent ayollar kolleji tashkil etildi. Respublikada 1996–1997-o‘quv yilida 258 ta o‘rta kasb-hunar ta’lim o‘quv yurti ishladi. Ularda qariyb 16 ming o‘qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar 197 ming o‘quvchiga kasb-hunar o‘rgatish bilan shug‘ullandi; • Oliy ta’lim sohasida ham qator yangi o‘quv yurtlari ochildi. 1992-yil 28- fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha yangi oliy o‘quv yurtlari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichki jshlar vazirligi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet el tillari instituti, Andijon muhandislik- iqtisodiyot instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997-yil boshlarida Respublika Oliy ta’lim tizimida 58 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan, 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko‘rsatdi. Ularda 164 ming talaba o‘qidi, 18,5 ming professor- o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi; • Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg‘or usullari joriy etildi; • Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga bo‘lgan talablarning oshgani bois aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash kengaydi. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi; • Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va stajirov-kadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi;

• Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika bolalar fondi, “Kamolot”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Iste’dod”, “Ulug‘bek” va “Umid” jamg‘armalari tashkil etildi; • O‘zbekiston ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari Konsorsiumi, SARE, Tinchlik Korpusi (AQSH), DAAD, Konrad Adenauer Fondi (Germaniya), Britaniya Kengashi (Buyo’q Britaniya) kabi xalqaro tashkilotlar va boshqa nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 2006-yil yozida Toshkentda Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining filiali tashkil etildi. Ta’lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsada, hali bu sohada jiddiy kamchiliklar mavjud edi. Ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo‘layotgan demokratik o‘zgarishlar, bozor islohotlari talablari bilan bog‘lanmagan edi. O‘quv jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. Ta’lim muassasalarida zamonaviy o‘quv adabiyotlari va didaktik materiallar yetishmasdi. Yuqori malakali pedagoglar yetishmasdi, ishlab turgan murabbiy-o‘qituvchilar kattagina qismining bilim va kasb saviyasi yetarli darajada emas edi. Maktab o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi. Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo‘llari ishlab chiqildi. Islom Karimov 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlisning IX- sessiyasida “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada oldimizga qo‘ygan buyo’q maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi asoslab berildi va quyidagi vazifalar ilgari surildi: – eski sovet davridan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan, sarqitlardan qutulish; – milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, jahon andazalari darajasiga ko‘tarish; – uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish; – ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish;

– bolalarimizga zamonaviy bilim berish, buning uchun, avvalo, o‘qituvchi- murabbiylar bilimining saviyasini ko‘tarish; – zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish; – xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga katta ahamiyat berish; – bitiruvchilarni emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslarni tayyorlash; – o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, ularni erkin fikrlaydigan etib tarbiyalash; – respublika oliy o‘quv yurtlarining xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqasini o‘rnatish va mustahkamlash; yoshlarimizni, professor- o‘qituvchilarni taraq-qiy topgan davlatlardagi o‘quv markazlariga borib o‘qishini, malakasini oshirishini tashkil etish. 2-masala 1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX- sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ularda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi: • ta ’l im va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi; • ta ’ limning uzluksizligi va izchilligi; • umumiy-o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’l imining majburiyligi; • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’ limining yo‘nalishini: akademik li tseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashningixtiyoriyligi; • ta ’ lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; • davlat ta ’li m standartlari doirasida ta’lim olishning hammauchun ochiqligi; • ta ’ lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilganyondashuv; • bilimli bo‘ l ishni va iste ’ dodni rag‘batlantirish; • ta ’ lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. O‘ zbekiston Respublikasida ta ’ lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi b e lgi - landi: • maktabgacha ta ’ lim;