logo

O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH JARAYONLARI. UMUMIY PEDAGOGIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

84.5068359375 KB
O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH JARAYONLARI. UMUMIY
PEDAGOGIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
REJA
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyevning   asarlarida   ta’lim   sohasiga
qo‘yiladigan ijtimoiy-siyosiy talablarni aks ettirilishi. 
2. O‘zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonunni.   Ta’lim   sohasida   islohotlarni
amalga oshirishning asosiy bosqichlari. 
3. Umumiy pedagogikaning predmeti va tuzilishi. 
4. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari. 
5. Pedagogikaning va boshqa fanlar bilan aloqasi. 
6. Asosiy ta’limiy kontseptsiyalar va yondashuvlar. 
7. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari. 
  Umumiy pedagogikaning obyekti, predmeti va tuzilishi
“Ta’lim-insonlarga yaxshiroq hayot tarzi va mavqye imkoniyatlarini beradi. Odamlarning bo‘sh vaqtlarini
mazmunli o‘tkazishlariga yordam beradi. Odamlarga o‘zlari va dunyoni tushunishdagi bilimini oshiradi.
Odamlardagi   bag‘rikenglikni   shakllantiradi.   Yoshlarning   hayotga   va   dunyoga   bo‘lgan   qarashini
shakllantirishga yordam beradi. Millatni rivojlantirishga yordam beradi” 1
-deydi amerikalik pedagog olim
A.Muur.
Insoniyat   tarixiga   nazar   tashlar   ekanmiz,   har   bir   bolaning   onadan   dunyoga   kelishi,   faqat   tug‘ilishidan
iborat   tabiiy   biologik   jarayon   emas,   balki   u   ma’lum   qobiliyat   kurtaklari   bilan   tug‘uladi.   Lekin   u   inson
shaxs sifatida oilada, shuningdek turli jamoalardagi faoliyat ijtimoiy munosabatlar orqali shakllanadi.
Jamiyat   rivojlangani   sari   yetuk,   barkaol   shaxni   tarbiyalab   yetishtirish     ehtiyoji   ham   ortib   boradi.   Shu
sababli ta’lim va tarbiya jarayoni  ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qaraladi. 
Har   bir   ijtimoiy   tuzumda   insonning   ma’naviy   yuksalishini   ta’minlovchi   ta’lim-tarbiya,   ma’naviyat   va
ma’rifat   kabi   tushunchalar   mavjud   bo‘lib,   ular   pedagogika   fanidagi   o‘zgarishlarni   jamiyat   taraqqiyoti
bilan bog‘liq holda atroflicha o‘rganishni tavozo etadi.
Tarbiya-ijtimoiy xodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud. 
Eramizdan   avvalgi   birinchi   ming   yillik   o‘rtalarida,   ya’ni   ibtidoiy   jamoa   tuzumi   davrida   odamlar
insonning   kamoloti   to‘g‘risidagi   g‘oyalarini   juda   ko‘p   rivoyatlardan   foydalanib   baxshilik   yo‘li   orqali
avloddan-avlodlarga yetkazganlar, 
Ye.E.Bertel’s   mazkur   rivoyatlarda,   kishilarni   tarbiyalash,   axloqiy   barkamollik,   shaxsning   ma’naviy
yuksakligi masalalari asosiy o‘rin olganini ta’kidlagan.
Shuningdek,   ayrim   tadqiqotlarda   ibtidoiy   davrda   insonlar   tarbiyaning   ta’sir   kuchi   orqali   to‘g‘ri   hayot
kechirganligi   madaniyat   va   san’at   sohasida   ham   misli   ko‘rilmagan   kashfiyotlar   yuzaga   kelgani   qayd
etilgan.
Grek tarixchisi Gerodot (er. Av. V asr) “Tarix” kitobida yozishicha, Markaziy Osiyoning ibtidoiy jamoa
tuzumi   sharoitida   yashagan   xalqlari   asosan   chorvachilik   va   dehqonchilik   bilan   shug‘ullangan.   Ularda
nikoh   munosabatlarining   umumiy   (tartibsiz)   shakli   hukmron   bo‘lgan.   Oilaning   guruhli   shakllarida
bolaning   otasi   noma’lum   bo‘lsa   ham,   lekin   onasining   kim   ekanligi   ma’lum   bo‘lgan   va   shu   sababdan
bolaning   tarbiyasi   ona   zimmasiga   yuklatilgan.   Asta-sekin   odamlarning   ijtimoiy   ong   faoliyatining
takomillashuvi,   xususiy   mulkning   dastlabki   kurtaklarining   paydo   bo‘lishi-yakka   tartibdagi   oilalarni
vujudga keltirgan. 
Yakka   oila   paydo   bo‘lgandan   so‘ng   mehnat   tarbiyaning   eng   asosiy   quroliga   aylangan.   Qadimgi   eron
qabilalarida   mis   va   temirdan   uy-ro‘zg‘or   buyumlari   yasala   boshlangan.   Ana   shu   mehnat   jarayonida
bolalar   ham   ishtirok   etardi.   Ibtidoiy   davrdagi   tarbiya   asosan   oilada,   jamoa   va   mehnat   maskanlarida
kishilar   ortirgan   tajribalarni   bolalarga   o‘rgatishdan   iborat   bo‘lardi.Bolalarga   o‘rgatiladigan   kundalik
mehnat   malakalari   ularni   yashash   uchun   kurashishga   tayyorlar,   aql-idrokli,   odobli   bo‘lib   o‘sishlariga
xizmat   qilardi.   Ming   yillar   mobaynida   moddiy   ne’matlar   yaratish   uchun   hamkorlikda   qilingan   mehnat
kishilar   o‘rtasidagi   axloq-odob   munosabatlarining   me’yorini   keltirib   chiqardi.   Qadimgi   odamlar
tafakkurining ojizligi sababli o‘z aql-idroklariga ishonch hosil qilish uchun samoga sig‘ina boshlaganlar. 
Ibtidoiy   jamoa   tuzumi   davridagi   kishilar   mehnat   jarayonida,   borliqdagi   narsalar   va   xodisalarga
munosabatlari asosida o‘z dunyoqarashlari va aqidalariga tayanib xalq og‘zaki ijodi asarlarni yaratganlar.
Ularning   bir-biriga,   atrof-muhitga,   kasb-koriga   munosabat   borasidagi   ilk   fikr   va   tasavvurlar,   mifologik
asarlar   timsoli   bo‘lmish-“Avesto”da   ifodalangan   Mitra,   Anaxita,   Ardivissura,   Varaxrana,   Yima   singari
ma’buda va ma’budlar siymosi orqali ajdodlarimiz insonlarga yaxshilik qilish, yerlarni obod va serhosil
1 Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. 
Иккинчи нашр. 2012.  35-бет qilish,   ekin   ekish,   daraxtlarni   o‘stirish   uchun   jamoa   harakati   xususidagi   mulohazalarni
mujassamlashtirganlar.
Quldorlik   tuzumi   davrida   va   feodalizmning   boshlarida   yaratilgan   “To‘maris”,   “Shiroq”,   “Yer   hubbi”,
“Chistoniyali bekk”, “Gershasb”, “Siyovush”, “Rustam” singari qator afsona va qahramonlik dostonlarida
mehnatsevarlik,   halollik,   vatanparvarlik,   mustahkam   e’tiqodlilik,   el-yurt   manfaati   uchun   fidoiylik   kabi
ijobiy   fazilatlar   tarannum   etilgan   va   ana   shunday   fazilatlarga   ega   bo‘lish   zarurligi   haqidagi   g‘oyalar
targ‘ib   va   tashviq   qilingan.   Muhimi   shuki,   mazkur   asarlarda   insonni   yoshligidan   aqliy   va   jismoniy
jihatdan   tarbiyalab,   sabot-matonatli,   xalq   udumlariga,   ajdodlar   an’anasiga   bo‘y   sunadigan,   axloqan   pok
qilib   kamol   toptirish   masalalariga   alohida   e’tibor   berilgan.   Qadimgi   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarining,
shu   jumladan   “Siyovush”,   “Zarina   va   Stringey”,   “Sparstra”   dostonlarining   qimmati,   tarbiyaviy
ahamiyatini   mashhur   sharqshunoslardan   Ye.   E.   Bertel’s,   S.   P.   Tolstov,   I.   S.   Baraginskiy,   V.   Snesarev,
professor   N.   M.   Mallayev   va   boshqalarning   asarlarida   alohida   ta’riflangan.   Haqiqatdan,   o‘zbek   xalq
pedagogikasining  ilk  kurtaklari  mazkur  manbalarda  ko‘zga  tashlanadi.  Xalq  pedagogikasidagi  ta’lim  va
tarbiyaga   doir   fikrlar   Markaziy   Osiyodagi   barcha   turkiy   xalqlar   uchun   mushtarak   lirik   she’rlar   va
qo‘shiqlarda yaxshi ifodalangan.
Qadimgi   Yunonistonda   mifologiya   va   xalq   og‘zaki   ijodiyoti   nihoyatda   rivojlangan.   Baxshilar   qadimgi
grek   an’analarini   uzluksiz   davom   ettirganlar,   turli   afsonalarga   kuylar   bastalab   bahodir   va
qahramonlarning   madhini   kuylar   edilar.  Gomer  qadimgi  grek  afsonalari  asosida   ikkita   doston   yaratgan.
“Iliada”,   “Odesseya”   deb   nomlangan   o‘sha   dostonlarda   greklarning   janglardagi   jasoratlari,
qahramonliklari,   vatanparvarligi,   jismoniy   chiniqqanligi,   mardlik   fazilatlari   she’ri   misralarda   teran
ifodalangan.
Qadimiy   Yunonistonning   ilk   quldorlik   davrida   ikkita   katta   davlat-Afina   va   Sparta   paydo   bo‘ldi,   ularda
o‘ziga   xos   ta’lim-tarbiya   tizimi   ham   vujudga   keldi.   Masalan,   Afinada   maktab   tizimi   uch   tipdagi
maktablardan, ya’ni musiqa maktabi, gimnastika maktab va gimnaziya maktablaridan iborat edi.
Musiqa   maktabi   xususiy   maktab   bo‘lib,   unda   pul   to‘lab   o‘qitilar   edi.   Musiqa   maktablarida   faqat   7
yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan boy quldorlarning o‘g‘il bolalari o‘qirdilar. Bu tipdagi maktabda musiqiy
tarbiya   ham   berilardi   (“miza”   so‘zidan   olingan,   qadimgi   Yunonistonda   “muzi”-san’at,   adabiyot   va   fan
xudosi   va   xomiysi)   musiqiy   ta’limotning   mazmuni   xat-savod,   adabiyot,   hisob,   deklamatsiya,   ashula   va
musiqa darslarini o‘qitishdan iborat edi. 
Gimnastik   maktabi-palestra   (kurash   maktabi)   deyilardi.bu   ham   ma’lum   bir   toifadagi   kishilarga   qarashli
maktab   bo‘lib,   unda   12   yoshga   kirgan   va   ayni   vaqtda   musiqa   maktabida   o‘qiyotgan   o‘g‘il   bolalar   pul
to‘lab   o‘qir   edilar.   Bu   tipdagi   maktabda   o‘smirlar   yugurish,   sakrash,   disk   irg‘itish,   nayza   sanchish   va
kurash mashqini bajarardilar. Shu bilan birga suzish mashqlarini ham o‘tkazar edilar. 
Gimnaziy   davlatga   qarashli   maktab   bo‘lib,   unda   asosan   Afinadagi   katta   yer   egalari-kiborlarga   mansub
nomdor   oilalardan   chiqqan,   musiqa   va   gimnastik   maktabini   tamomlagan   aslzoda   yoshlar   o‘qirdilar.
Bunda ular 16 yoshdan 18 yoshgacha jismoniy, aqliy, ahloqiy va estetik tarbiya olishlarini davom ettirar
edilar.  Bundan  tashqari,  aslzodalarni  davlatni  idora  qilishga  layoqatli  qilib  tayyorlash  maqsadida  ularga
falsafiy   ta’lim   va   siyosiy   tarbiya   berilar,   hamda   notiqlik   san’ati   o‘rgatilar   edi.   18   yoshga   to‘lgan
aslzodalar   efeblar   guruhiga   mansub   bo‘lib,   ular   20   yoshgacha   maxsus   harbiy   tayyorgarlik   ko‘rar,   ayni
vaqtda ijtimoiy-siyosiy tarbiya ham olar edilar. Mana shu ta’lim-tarbiya tizimi faqat o‘g‘il bolalargagina
tegishli edi. Qizlar esa yoshligidanoq uy-ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanar edi.    
Sparta   davlatida   jismoniy   kamolotga   katta   e’tibor   berilib,   ayollar   ham   bu   ishga   jalb   etilgan.   Chunki
sog‘lom, baquvvat ayollargina sog‘lom avlodni vujudga keltirishi mumkin edi. Qullarning bolalariga esa,
ota-onalarining kasb-hunarlari o‘rgatilgan.
Qadimgi yunon olimlari ilmiy ishlarida ta’lim va tarbiya borasidagi  g‘oyalar. 
    Qadimgi   Yunonistonning   mashhur   faylasuflari   Suqrot,   Aflotun,   Arastu,   Demokrit   va   boshqalar   o‘z
faoliyatlarida yoshlarni o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalariga ham jiddiy e’tibor berganlar. Bu olim va mutafakkirlar ta’lim-tarbiya nazariyasini ishlab chiqdilar. Yunonistonda pedagogikaning rivojiga     ulkan
xissa qo‘shdilar. 
Suqrotning falsafiy va pedogogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonni bilimlarni bilib olishga
erishish,   uni   yuksak   ahloqli       qilib   kamol   toptirishdir.   U   o‘z   ta’limotida   mardlik,   donolik,   mo‘tadillik,
adolatlilik tushunchalarini belgilab beradi. Uning fikricha, mardlik qo‘rquvni daf qilish, donolik-jamiyat
qonunlariga rioya qilish, mo‘tadillik-o‘z xissiyotlariga erk bermaslik, adolat-yaxshilikni amalga oshirish
yo‘llarini o‘rgatishdir.
Suqrotning   ta’limoticha,   inson   eng   avvalo,   umumiy   ahloq   mezonlarini,   inson   uchun   muqaddas   bo‘lgan
fazilatlarni egallab olishi kerak. Insoniy fazilat egasi yaxshi fazilatlarni namoyon eta oladi. Inson ahloqiy
fazilatlarini   ilm-fan,   ta’lim   orqali   egallaydi,   ahloqning   yagona   sohibi   bo‘ladi.   Aql   bilan   ahloq   o‘rtasida
ziddiyat   bo‘lishi   mumkin   emas.   Hunardan   yaxshiroq,   ilmdan   ulug‘roq   narsa   yo‘q.   Sharmu   hayodan
yaxshiroq bezak, zebu ziynat yo‘q, batfe’llikdan yomonroq dushman yo‘qdir.
Suqrotning   ahloq   xususidagi   ta’limotiga   ko‘ra,   ezgulik-bilim,   donishmandlik-yaxshilikni   biluvchiga
yaxshilik   qilishdir.   Yomonlik   qiluvchi   yaxshilikni   yo   bilmaydi,   yoki   pirovardida,   yaxshilikning   tantana
qilishiga qarshilik qiladi.      
Suqrot tadbirkorlikni ulug‘lab, uni eng go‘zal insoniy fazilat hisoblaydi. Uning uqtirishicha, go‘zal tadbir
ishlatib,   dushmanni   do‘st   etish,   nodon   va   johil   odamni   ta’lim   va   tarbiya   qilib,   donolar   davrasiga,
badohloq   fosiqlarni   pand-nasihat   bilan   isloh   etib   yaxshilar   qatoriga   qo‘shish   eng   afzal   amallardan
sanaladi. 
Suqrot   o‘zining   pedogogik   qarashlarida   mehnat   tarbiyasiga   alohida   e’tibor   beradi,   mehnatni   ahloqiy
go‘zallik deb biladi. 
Suqrotning   ta’lim-tarbiya   haqidagi   ta’limoti   qadimgi   Yunonistonda   falsafiy-pedogogik   fikrlar   rivojiga
ulkan xissa bo‘lib qo‘shilgan.
Aristotel-qadimgi   yunon   falsafasi   va   fani   taraqqiyotida   yangi   davr   yaratgan   buyuk   mutaffakkirdir.
Aristotel o‘zining ahloqqa oid “Nikomax etikasi”, “Yendem etikasi” asarlarida tarbiyaning maqsadi tabiat
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   insonni   tadrijiy   rivojlantirishdan   iboratligini,   aql   va   idrokni   rivojlantirish   muhim
ekanligini aytadi. Uning ta’limotiga ko‘ra, bolalarning yosh xususiyati hisobga olingan holda, jismoniy,
ahloqiy   va   aqliy   tarbiya   uzviy   birlikda   amalga   oshirilishi   kerak.   Fuqaro   faqat   o‘z   shaxsiy   ishi   bilan
shug‘ullanmay,   xalqning   tinchlikda   yashashi,   farovonligi   yo‘lida   faoliyat   ko‘rsatishi,   go‘zallik   yaratishi
kerak.   Aristotel   tarbiya   muddatini   21   yil:   bola   tug‘ilgandan   7   yoshgacha,   7   yoshdan   14   yoshgacha,   14
yoshdan   21   yoshgacha   deb   belgiladi.   U   bolaning   har   bir   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   ko‘rsatdi,   har   bir
davrda amalga oshiradigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va usullarini bayon etdi.
Aristotel   ham   Ploton   kabi   bolalarni   maktabgacha   yoshdan   tarbiyalashga   alohida   e’tibor   berdi.   Uning
fikricha,   bolani   o‘rgatish   mumkin   bo‘lgan   barcha   narsaga   go‘dakligidan   o‘rgatish   kerak.   Bola   7
yoshgacha oilada tarbiyalanishi lozim. 7 yoshgacha davr o‘sish davri hisoblanadi. Shunga ko‘ra birinchi
navbatda   ularning   jismonan   rivojlanishiga   e’tibor   beriladi.   Shu   yoshdagi   bolalarni   o‘z   vaqtida
ovqatlantirish,   harakatda   bo‘lishlariga   e’tibor   berish,   chiniqtirish   zarur.   Bolalar   yoshlariga   mos   o‘yinlar
bilan   shug‘ullanishi   kerak.   Ularga   ertak   va   xikoyalar   aytib   berish   orqali   nutqlarini   o‘stirish,   5   yoshdan
boshlab   ular   oilada   maktabga   tayyorlanishi,   7   yoshdan   boshlab   davlat   huzuridagi   maktablarda   o‘qishi
kerakligini ta’kidlagan.
Aristotel   bola   tarbiyasi   davlat   ixtiyorida   va   barcha   fuqarolar   uchun   bir   xilda   bo‘lishini   himoya   qiladi.
Chunki,   davlat   tarbiyada   o‘z   oldiga   aniq   bir   maqsadni   qo‘yadi.   Shuning   uchun   ham   tarbiyaga   o‘z
xohishiga ko‘ra o‘qitish va tarbiyalashni istagan ota-onalar emas, davlat rahbarlik qilishi kerak. Har bir
fuqaro o‘z-o‘zicha yashamaydi, u barcha fuqarolar kabi davlatga mansubdir, davlatning uzviy bo‘lagidir.
Davlat u haqida g‘amxo‘rlik qiladi. 
Aristotelning   ta’kidlashicha,   bola   5   yoshidan   boshlab   7   yoshgacha   kelgusida   o‘rganishi   zarur   bo‘lgan
fanlar bo‘yicha darslarga qatnashi kerak. Bu o‘quv predmetlari ona tili, gimnastika, musiqa va rasmdir. Tarbiya gimnastikaga bog‘liq holda boshlanadi. Ammo bunda jismoniy tarbiyaga haddan tashqari berilib
ketmasligi kerak. Tarbiyaning maqsadi bolani o‘z bo‘sh vaqtini ongli ravishda o‘tkazishga o‘rgatishdir.
Aristotel   do‘st   orttirish,   do‘stlarga   nisbatan   shavqatli,   marhamatli   bo‘lishga   da’vat   etadi.   Uning
ta’kidlashicha, kishi iloji boricha o‘ziga dushman orttirmasligi kerak. Dushmanlik ko‘rsatganga rahamat
nazari bilan qarash, dilnavoz bo‘lishi kerak. Shundagina u do‘stlari qatoridan joy oladi. 
Yunonistonda pedagogikani rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan mutaffakkir olimlardan biri Demokritdir.
U   falsafa,   matematika,   fizika,   biologiya,   tibbiyot,   ruhiyat,   san’atga   doir   asarlar   yaratib,   inson   shaxsini
qaror   topishini   uning   tabiati   va   tarbiyasiga   bog‘liq   deb   hisobladi.   U   agar   inson   o‘qimasa   mahorat   va
donishmandlikka   erisha   olmaydi   deb   hisoblagan.   Demokrit   yoshlarga   aql-idroklilik,   keksalarga   donolik
xosligini, aql-idrokni tegishli tarbiya va tabiat baxsh etishini olg‘a surgan.
Demokrit   bolalarga   namuna   bo‘lish,   so‘z   orqali   ta’sir   ko‘rsatish,   ishontirish   va   dalillar   bilan
tarbiyalashga,   ularni   mehnat   qilishga   odatlantirishga   alohida   ahamiyat   beradi.   Uning   ta’kidlashicha,
mehnat   qilishga   odatlantirish   orqaligina   bolalarni   yozuvga,   musiqaga,   jismoniy   mashqqa   o‘rgatish
mumkin. Demokrit jamiyat oldidagi burchiga sadoqatli, ijtimoiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etuvchi
kishini ahloqli inson deb hisoblagan.
Xalq og‘zaki ijodiyotida tarbiya.
Xalqimiz   o‘z   tarixiy   ijtimoiy   taraqqiyoti   mobaynida   boy   og‘zaki   ijodiy   meros   yaratgan.   Xalq   og‘zaki
ijodiyotida ta’lim-tarbiyaga oid ilg‘or pedogogik fikrlar ilgari surilgan.
Xalq og‘zaki ijodiyoti asrlar bo‘yi mehnat jarayonida insonni orzusi negizida shakllanib borgan barkamol
insonga qaratilgan xalq og‘zaki va    yozma yodgorliklarida, ya’ni ertak, doston, qo‘shiq, topishmoq, tez
aytish, masal, matal, maqol, rivoyat va xikoyatlarida o‘z aksini topgan.
Xalq   og‘zaki   ijodiyoti   asta   sekin   keng   tus   olib,   rivojlanib   borgan.   Bu   zailda   insonlarda   pedogogik
madaniyat va merosga ixlos va intilish vujudga kelgan va unga amal qilina boshlangan.
Xalq og‘zaki ijodiyotida avvalo barkamol inson uchun ilm va hunar zarurligi ta’kidlanadi. Xalq yaratgan
hikoyalarda   donishmandlik,   aql   va   zakovat   alohida   o‘rin   egallagan.   Ma’lumki,   ota-bobolarimiz   qadim
zamonlardan yaxshilikni yomonlikka, ma’rifatni jaholatga, nurni zulmatga qarama-qarshi qo‘yib, hamisha
ma’rifatu   ziyoni,   adolatu   ezgulikni   olqishlab   kelgan.   Mahmud   Qoshg‘ariyning   “Devonu   lug‘otit   turk”
kitobida baxillik, mol-dunyoga hirs qo‘yish, o‘zi och bo‘la turib, saxiylik qilaman, deyish, g‘irromlik va
boshqalar   qattiq   qoralangan,   ota-ona,   qo‘ni-qo‘shnilarning   pandu   nasihatlariga   quloq   solish,   og‘zdan
yomon   so‘zlar   chiqarmaslik,   doimo   kamtar,   g‘amginlarning   dardiga   malham   bo‘lishga   undagan.   Bu
kitobda  ota-bobolarimizning  inson  xulqi,  odobi,  xatti-harakati,  turmushdagi  urinishlariga  doir  juda  ko‘p
pand nasihatlar, ma’rifiy fikrlar mujassamlangan. 
O‘rta Osiyo xalqlarining dastlabki yozma yodgorliklari, masalan, “Avesto”da ajdodlarimizning axloqiy-
didaktik   qarashlari,   ta’lim-tarbiya   haqidagi   fikrlari   u   yoki   bu   darajada   o‘z   aksini   topgan.   Avesto
ta’limotiga ko‘ra ikki kuch: yaxshilik Axura Mazda va yomonlik Angra Man’yu mavjud bo‘lib, ular bir
birlariga   abadiy   murosasizdirlar.   Yaxshilik   kuchlariga   insonlarni   yuksak   fazilatlariga   asoslanib   doimo
insonga   jismoniy,   axloqiy,   aqliy,   tabiatni   ximoya   qilish,   go‘zallikka   doir   juda   ko‘p   muammolar
mujassamlashgan.   Jumladan,   zardusht   munojotlarida   Yazdondan   yerda   dehqonchiligu   chorvachilikni
rivojlantirish   uchun   bandalarining   sog‘lom,   baquvvat   bo‘lishini   ta’minlashi   iltijo   qilingan,   yaxshi   ish,
yaxshi xulq, yaxshi odat ularda barqaror bo‘lishini tilagan.
“Avesto”da   oila   gigenasi,   atrof-muxitni,   aholi   yashaydigan   joylarni   toza   tutish,   ko‘cha,   xovli,   suv
havzalari, ariq va chashmalarni iflos qilmaslik haqida maxsus boblar mavjud. Chunonchi, ko‘cha eshigi
yoniga axlat to‘plab qo‘ygan xonadon sohibiga jamoaning hukmi bilan 25 darra, xovuz yoki chashmadan
nopok ko‘za yoki chelakda suv olgan shaxsga 5 darra urilgan. Suvning ustiga uch marta yomg‘ir yog‘ib
o‘tgach, u oldingidek odam va hayvonlar ichadigan suvga aylanadi, deb hisoblangan. Yerni iflos qilgan,
uni asrash qoidalarini buzgan shaxslar 400 qamchi urish jazosiga maxkum etilgan. “Avesto”da bemorlarni davolashning ikki usuli ko‘rsatilgan. Undagi oila, shaxsiy gigiyena hamda qiz va
o‘g‘il bolalarni parvarishlash, tarbiyalash qoidalari haqidagi fikr-mulohazalar hozir ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan.
Pedagogika tarbiyashunoslik fani ekanligi.
Insonni har tamonlama tarbiyalash insoniyatni azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni
qanday   qilib   yosh   avlodga   o‘rgatish,   ularni   komillikka   yetaklash   yo‘llari,   qonun-qoidalarini   izlaganlar.
Darhaqiqat insoning ma’rifatli va ma’naviy komilligiga erishish pedagogika faning yetakchiligida amalga
oshiriladi. 
Pedagogika   tarbiya   haqidagi   fandir.   “Pedagogika”   grekcha   so‘z   bo‘lib,     “peydogogos”-   “bola
yetaklovchi”   ma’nosini   anglatadi.   Insonlarni   ma’naviy   va   ma’rifiy   barkamollikka   munosabatlarining
o‘zgarib   borishi   natijasida   pedagogika   fani   xalq   orasida   o‘z   mavqyeiga   ega   bo‘ldi.   Shu   tariqa   insonni
tarbiyalovchi-fan sifatida pedagogika dunyo fanlari tizimi qatorida alohida o‘rin egalladi.
Pedagogikaning   bosh   masalasi-tarbiyadir.   Tarbiyadagi   keng   ma’no   ta’lim,   rivojlanish,   ma’lumot   bilan
bog‘langan holda barkamol insonni voyaga yetkazishdir.
Pedagogika komil insonni tarbiyalashda hayotiy tajribalarga suyangan holda yuksak ma’naviy mafkurani
shakllantiruvchi qonun-qoida, tamoyil va usullarini o‘rgatuvchi xodisalar doirasidagi fandir.
Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o‘zining nazariy, milliy va amaliy asoslariga ega.
Pedagogikaning nazariy asoslari inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga
doir   nazariy   va   metodik   manbalarga,   O‘rta   Osiyo   va   jahon   ma’rifatparvar   mutafakkir   olimlarining
asarlariga   suyangan   holda   komil   insonni   tarbiyalash,   o‘qitishning   qonun-qoida   va   tamoyillariining
umumiy qonuniyatlariga asoslanadi
Pedagogikaning   milliy   asosi   ta’lim-tarbiya   muammolarini   har   bir   millatning   milliy   merosi   bilan   birga
umumbashariy, umuminsoniy 
qadriyatlar bilan bog‘langan holda amalga oshirishdir.                               
Pedagogika fanining maqsad va vazifalari. 
Kelajak   bugundan   boshlanadi   –   deydi   dono   xalqimiz.   Yosh   avlodni   kelgusi   hayoti   uni   inson   qilib
ko‘rsatuvchi   ruhiy   va   ma’naviy   jarayonning   qay   maqsadga   yo‘naltirib,   kelib   chiqadigan   muhim
vazifalarni bajarishga bog‘liq. Pedagogika fanining maqsadi tarbiyachi-o‘qituvchilarning ongli faoliyatida
o‘z   oldiga   aniq   maqsad   qo‘yib,   uning   o‘z   ustida   ishlashi,   intilishi,   izlanishi,   tanlangan   vosita   va
usullarning qo‘llanishi natijasini ko‘ra bilish kabi tarbiyachilik san’atini o‘rgatishga qaratilgan.
Pedagogika fanining maqsadi:
- Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun holatdagi muammolarini hal etish;
-   ta’lim-tarbiya   samaradorligini   tinmay   oshirish   va   dunyo   talablari   darajasiga   olib   chiqish   masalalariga
ijodiy yondoshish;
-   umuminsoniy   qadriyat   va   milliy   madaniyatning   asoslarini   e’tiborga   olib,   ta’lim-tarbiya   mazmunini,
milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;
-   pedagogika   -   tarbiyashunoslik   qoida-qonunlarini   ilg‘or   tajribalar   asosida   boyitib   borish   va   yangi   ish
shakllarini izlashga tadbirlar belgilash;
- bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilarni voyaga yetkazish masalalari;
- uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal qilish.
Pedagogika fanining vazifalari: - Sharq va G‘arb xalq yaratgan xalq og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedogog
va   olimlarning   tarbiyashunoslikka   doir   ilg‘or   g‘oyalarini   o‘rganib,   tahlil   qilib   komil   inson   tarbiyalash
jarayonini o‘rganish;
- komil inson tarkib toptirishning qonuniyat-qoida va zarur sifatlarini aniqlash;
-   pedagogika   –   tarbiyashunoslikdagi   ta’lim-tarbiya   nazariyasini   hozirgi   davr   xususiy   metodikasi   bilan
uzviy muammolarini ishlab chiqish va yangi pedogogik texnologiya qonunlariga amal qilish;
-   ta’lim-tarbiya   nazariyasidagi   qoida,   qonun,   tamoyil,   metod   va   usullarni   maktab   amaliy   hayoti   bilan
bog‘lab bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘rgatish;
-   xalq   ta’limini   boshqarish   va   rahbarlik   masalalarini   chuqur   o‘rganib-bo‘lajak   o‘qituvchilarni   qayta
tayyorlash muammolarini hal qilish.
Pedagogikaning metodologik asosi.
Pedagogikaning   fan   sifatida   shakllanib   borishi   ijtimoiy-iqtisodiy   zaruriyat   mahsuli   sifatida   turli   fanlar
bilan   qadim-qadim   zamonlardan   bog‘liqligidir.   Olloh   yeru   osmonni   yaratib   insonni   yer   yuziga   o‘zidan
xalifa etib yaratdi. O‘zining mavjudligi har bir ishga qodirligini , ilmda tengsizligini , mehru-muruvvatda
beqiyosligini   bildirdi.   Islomda   ilm   berishda   bir   biriga   bog‘liq   bo‘lgan   din   va   dunyo   haqida   tushuncha
mavjud,   ular   alohida   tushunchalar   emasligi   isbotlangan.   Dunyoviy   deb   ataladigan   ilmlarning   barchasi
Qur’oni   Karim   ta’limoti   bilan   bog‘liqdir.   Shuni   ta’kidlamoq   kerakki   pedagogika   fanining   metodologik
asosi   diniy   va   dunyoviy   fanlar   tarkibida   rivojlangan.   Qur’onda   “Ilm”   so‘zi   turli   hollarda   765   marta
takrorlanadi. G‘arb faylasuf olimlari ham Islom falsafasiga suyangan holda ijod etganlar. 
Qadimgi   Yunonistonda   Suqrot,   Aristotel’,   Platonlar   ideyaga   asoslangan   o‘zlarining   inson   kamoloti   va
tarbiya masalalarining falsafiy negizini yaratgan. 
 Pedagogika ilmining asosini yaratishda Hadis, Qur’oni Karim, ya’ni Islom ta’limoti katta rol’ o‘ynaydi.
Xalq og‘zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari, nasixatnoma, pandnoma va vasiyatnomalarda
komil inson tarbiyalash qonun-qoida va usullari aks etgan.
Pedagogika fanining metodologiyasini  yaratishda qomusiy mutafakkir va pedagoglarning o‘rni diqqatga
sazovardir. Al-xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, chex olimi
Yan   Amos   Kamenskiy,   shveytsariyalik   pedagog   Iogann   Genrix   Pestalotstsi,   nemis   pedagogi   Adol’f
Disterverg, rus pedagogi K. D. Ushinskiy kabilar o‘z ijodiyotlarida pedagogikaning metodologik asosini
yaratib,   komil   inson   tarbiyalashdagi   qonuniyatlarni   asosladilar.   Yangicha   sharqona   pedagogikaning
metodologiyasi  o‘tmish  ajdodlarimizning  barkamol  inson  tarbiyasidagi  g‘oya  va  ta’limotlarini  o‘rganib,
unga   suyangan   holda   milliy   istiqlol   mafkurasini   mustahkamlash   va   unga   amal   qilishdir.   Pedagogika
fanining   mazmuni,   maqsadi,   vazifalari,   tamoyil   usul   va   vositalari,   umuman,   har   bir   inson   uchun   zarur
bo‘lgan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo‘lishi kerak.
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov bu borada shunday degan edi:
“O‘zbekistonning yangilanish va rivojlanish yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi: 
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqli; 
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;
- vatanparvarlik”
O‘zbekistonda   mustaqillikni   saqlab   qolish   va   uni   mustahkamlashda   pedagogika   fani   metodologiya
asoslari   unga   bevosita   bog‘langan   holda   har   bir   pedagogik   masalalarga   ijodiy,   rivojlantiruvchi   nuqtai
nazardan yondashish zarurdir.  Pedagogik tushunchalar.
Pedagogika fanida bir biriga uzviy bog‘langan quyidagi tushunchalar mavjud: Tarbiya, ta’lim, ma’lumot.
Tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan hodisadir. Tarbiya jismoniy barkamollik, yaxshini yomondan
farqlash, yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining hamma
bosqichlarida rivojlanib, o‘sib                                                      avloddan avlodga vorislik vazifasini
bajargan, lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi.
Xalq   iqtisodiy,   siyosiy   va   ma’naviy   zaruriyatidan   kelib   chiqib   yosh   avlodni   tarbiyalash   muammolari
dastlab xalq og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi, yozma yodgorliklari, pandnomalarda, ma’rifatparvarlarning
asarlarida   bosh   mavzu   bo‘lib   komil   inson   uchun   zaruriy   xodisa   sifatida   talqin   etilgan.   Xalq   og‘zaki
ijodiyotida tarbiya bosh masala sifatida tavsiflangan. Tarbiya va odob, vatanga cheksiz muhabbat, adolat,
insof, adolatsizlik, botirlik, qo‘rqoqlik, mehnatsevarlik, bilimdonlik kabi g‘oyalar tarbiya vositasi hamdir.
Mustaqil   O‘zbekiston   Respublikasining   milliy   pedagogika   fanida   tarbiya-inson   muammolari,
ajdodlarimiz g‘oyalariga suyanib, quyidagi qonunlarga asoslanishi zarur deb hisoblanadi:
-     tarbiya   inson   faoliyati   jarayonida   tartibli   ta’sir   etuvchi   mahsul   bo‘lib,   natijasini   insonninig   yashab
turgan ijtimoiy sharoiti belgilaydi;
-   inson   kamolotining   xarakterlovchi   kuch   o‘rtasidagi   qarama-qarshiliklarni   mavjudligi   uning   shaxsiy
hayotida namoyon bo‘ladi;
-       inson   faoliyati   jarayonida   atrofdagi   narsa   va   xodisalarga   qiziqishini   uyg‘otish   va   uni   e’tiqodga
aylantirish;
- tarbiya jarayoni yoshlarni kattalar bilan, kattalarni yoshlar bilan qonuniy munosabati natijasida amalga
oshiriladi.
Ta’lim   tarbiya   bir   biriga   uzviy   bog‘langan   jarayon   bo‘lganligi   sababli   tarbiyalangan   komil   insonning
aqliy kamolotiga tartibli ta’sir ko‘rsatish orqali bilimli, barkamol inson bo‘lib voyaga yetadi. Ta’lim inson
aqliy   kamolotini   yuzaga   chiqaruvchi   pedagogika-tarbiyashunoslikning   bir   qismidir.   Pedagogikaning
didaktika qismi uni atroflicha o‘rganadi. 
Pedagogik   ma’lumot   o‘rta   va   oliy   darajali   bo‘lib,   o‘rta   ma’lumot   maxsus   akademik   litsey   pedagogik
kollejlarda   bosqichli   shaklda   beriladi.   Natijada   o‘rta   ma’lumot   haqidagi   o‘qish   davrida   olgan
mutaxassisligi   haqida   guvohnoma   beriladi.   Oliy   pedagogik   ma’lumotli   mutaxassislar   universitetlarda,
pedagogika institutlarida, bakalavriyat va magistratura bosqichlarida tayyorlanadi.
Pedagogika fanining tizimi.
Pedagogika   fani   komil   insonda   jahon   tajribalarida   sinalgan   tizim   bo‘lgan   bozor   munosabatlarini
shakllantirish,   milliy   meros,   an’analar,   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarning   boy   manbaalari   bo‘lgan
ma’naviy-ma’rifiy   tushunchalar   haqida   bilim,   malaka   hosil   qilishda   pedagogikaning   ko‘p   fanlar   bilan
aloqadorligi bilan ulug‘dir.
Pedagogika   fanlar   tizimida   etnopedagogika,   maktabgacha   ta’lim   pedagogikasi,   maktab   pedagogikasi,
ahloq   tuzatish   va   mehnat   pedagogikasi,   jismoniy   kamolot   pedagogikasi,   xarbiy   pedagogika,   maxsus
pedagogika,   kar,   soqov   (surdo)   pedagogika,   ko‘rlar   (tiflo)   pedagogika,   aqliy   jihatdan   orqada   qolgan
(oligofreno) pedagogika, pedagogik       maxorat kiradi. 
Pedagogika   fani   inson   tarbiyasi   bilan   shug‘ullanganlagi   sababli   unga   hamma   fanlar   ko‘maklashishi
tabiiydir.   Inson   tarbiyasining   qaysi   sohasini   olib   ko‘rsangiz,   u   qaysidir   fan   bilan   aloqadorlikda   amalga
oshiriladi, o‘sha fanning qonuniyatlariga suyanadi. 
Pedagogikaning   metodik   asosi,   bilim   nazariyasi   va   tarbiyadagi   qonuniyatlari   bevosita   falsafa   fanining
ta’sirida amalga oshiriladi. Bundan tashqari etika, estetika, ekologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Pedagogika fanidagi xalq
ta’limi va bolalarni davrlarga bo‘lish tizimini asoslashda anatomiya, fiziologiya, maktab gigiyenasi, kabi
fanlarning   o‘rni   kattadir.   Pedagogika   ilmiy   tadqiqot   metodlarini   takomillashtirishda   matematika,   fizika,
EHM kabi fanlar bilan bog‘lanadi. 
Mustaqil   O‘zbekistonda   milliy   pedagogika   bevosita   iqtisod   fani   bilan   bog‘lanib,   bozor   iqtisodiyotiga
o‘tish muammolarini, iqtisodiy tarbiya masalalarini uzviylik bilan amalga oshiriladi.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyoti va milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim
bo‘lgan   muammolar   bor.   Pedagogik   muammolarni   hal   qilishda   turli-tuman   tadqiqot   metodlari   mavjud.
Metod   lotincha-mitodos-yo‘l   so‘zidan   olingan.   Ilmiy   tadqiqot   esa   shu   metod   orqali   nazariy,   siyosiy,
ilmiy,   milliy   va   ijtimoiy   hayot   xodisalarini   bilish   maqsadida   hizmat   qiladi.   Ilmiy-pedagogik   tadqiqot
metodlaridan   biror   pedagogik   muammoni   hal   qilish   maqsadida   talaba,   o‘qituvchi-tarbiyachi,   aspirant-
tadqiqotchi   va   ilmiy   xodimlar   foydalanadilar.   Ilmiy   izlanishning   dastlabki   debochasi   adabiyotlarni
o‘rganib, tahlil qilishdan boshlanadi.
Adabiyotlarni   o‘rganish   metodi.   Adabiyotlarni   o‘rganishjarayonidamilliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarni
aks   ettiruvchi,   mutafakkir   va   ma’rifatparvar   pedagog   olimlarning   asarlari,   Mustaqil   O‘zbekistonning
iqtisodiy,   siyosiy   va   ma’naviyatiga   doir   adabiyotlar,   O‘zbekiston   yurtboshisi   I.   A.   Karimov   asarlari,
tadqiqot  mavzusiga  doir  darslik,  monografiya,  risola  va  maqolalar,  tadqiqot  mavzusiga  doir  pedagogik-
psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o‘rganiladi.
Kuzatish   metodi.   Kuzatish   adabiyotlarni   o‘rganishdan   keyin   boshlanadi.   Kuzatishda   tadqiqotchi   biror
maqsadni   ko‘zda   tutib   tashkil   etadi.   Kuzatish   rejalashtiriladi,   uning   dasturi   tuziladi.   Bunda   kuzatish
tezligi,   soni,   manzili,   vaqti,   vaziyatni   kuzatish,   materiallarni   qayd   qilish   muddati   belgilanadi.   Kuzatish
muddatiga   ko‘ra   ikki   turga   ajratiladi:   qisqa   va   uzoq   muddatli   kuzatish.   Qisqa   kuzatish   obyektning
kundalik   faoliyatidagi   o‘zgarishlardan   ma’lum   xulosaga   kelish.   Uzoq   muddatli   kuzatish   qo‘yilgan
maqsad,   reja   va   dastur   asosida   olib   borilib,   ma’lum   ilmiy,   yakuniy   xulosaga   kelinadi.   Kuzatishning
yakuniy qayd qilishda kinos’yomka, video yozuvi, televideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish
mumkin.
Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki xodisalari haqida bilib olish maqsadida ma’lum
ma’sul shaxslar bilan og‘zaki savollar berib, ulardan axborot olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida,
mantiqan,  mazmunli,  tartibli,  aniq  ifodasiga  ega  bo‘lishi  lozim  va  uni  to‘g‘ri  yoki  noto‘g‘riligiga  qarab
jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida interv’yu olish ham mumkin. O‘rinli, mantiqan
yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblarni
ommaviy   ravishda   yig‘ib   olish   metodi   anketa   metodi   deb   ataladi.   Tadqiqot   natijalarini   ishonchliligi
anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. 
Pedagogik eksperiment. Bu metod yordamida ilmiy gepotezalarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika
tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va
labaratoriya       eksperimenti   pedagogik   eksperimentning   asosiy   turlari   hisoblanib,   ular   ko‘pgina   turlarga
bo‘linadi. 
Tabiiy   eksperiment   sharoitida   yangi   o‘quv   rejalari,   dasturlar,   darsliklar   va   boshqalar   odatdagi   o‘quv
rejimini   buzmay   turib   tekshiriladi.     Pedagogik   eksperiment   bu   ham   kuzatish,   lekin   u   pedagogik
jarayoning   o‘tish   sharoitlarini   muntazam   o‘zgartirish   munosabati   bilan   maxsus   tashkil   etilgan   bo‘ladi.
Pedagogik  jarayonni  aniqroq  o‘rganish  uchun    eksperimentator  o‘zi  tashkil  etgan  jarayonni  kuzatadi.  U
pedagogik   jarayonga   aralashadi,   tarbiyalanuvchilar   bilan   tarbiyachi   faoliyatining   muayyan   sharoitlarini
yaratadi.     Pedagogik   eksperiment   dastlabki   ma’lumotlarini,   aniq   sharoitlarni   va   o‘qitish   usullarini   yoki
tadqiq   qilinadigan   materiallarni   aniq   belgilashni,   shuningdek   eksperiment   natijalarini   har   tomonlama
hisobga olishni talab etadi. Labaratoriya   pedagogik   eksperiment     ilmiy   tadqiqotning   ancha   qat’iy   shaklidir.   Juda   keng   pedagogik
kontekstdan   uning   muayyan   tomoni   ajratib   olinadi,   natijalarni   aniq   tekshirib   borishga   va   o‘zgaruvchan
kattaliklar o‘rnini almashtirishga imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. 
Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi:
Eksperimentni rivojlantirish, eksperiment o‘tkazish va natijalarni sharhlash.
Rivojlantirish eksperiment  maqsadi  va vazifasini belgilash,  eksperiment  natijasiga ta’sir  etuvchi omillar
va ular darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan
natijalarni tekshirish metodlarini o‘z ichiga oladi. 
Eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi kerak.
Sharhlash   bosqichida   ma’lumotlar   yig‘iladi   va   qayta   ishlanadi.   Eksperiment   o‘tkazish   ishonchlilik
tamoyiliga javob berishi uchun quyidagi  shartlarga rioya qilishi kerak:
Tekshiruvchilar soni va miqdorining optimal bo‘lishi;
Tadqiqot metodlarini ishonchli bo‘lishi;
Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.
Turli   metodlarning   o‘zaro   qo‘shib   olib   borilishi   pedagogik   tadqiqotlarning   samaradorligini   va   sifatini
oshirishga   imkon   beradi.   Bunga   matematika   metodlarining   hamda   hisoblash-yechish   qurilmalari
yordamida eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi.  
Maktab   hujjatlarini   tahlil   qilish   metodi   –   pedagogika   xodisalari   va   faktlarini   tekshirishda   maktab
hujjatlarini   mukammal   va   chuqur   o‘rganmoq   lozim.   Maktab   hujjatlarini   tahlil   qilishda   ta’lim   qonuniga
amal   qilinmog‘i   lozim.   Maktab   hujjatlarini   tahlil   qilishda   o‘quvchilarning   ijodiy   faolligi     va
mustaqilligini,   iqtidorliligini   hamda   ilg‘or   pedagogik   tajribalarning   umumlashtirilishi   va   joriy   etilishini
ko‘rsatgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi. 
Bolalar   ijodini   o‘rganish   metodi   –   maktab   o‘quvchilari   ijodini   hamda   ularning   turli   tuman   ishlarini
o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli o‘quvchilar aqliy
qobiliyatlari, olijanob ahloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib
turadi. Ta’lim qonunida va milliy dasturida pedagogika fani bolalar ijodining manbaalari va faktorlarini
chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib
berishga qaratilgan.
Statistika   ma’lumotlarini   analiz   va   sintez   qilish   metodi   –   pedagogik   tadqiqotga   kerakli   statistika
ma’lumotlarini   ma’lum   bir   maqsad   bilan   sistemali   o‘rganish   mustaqil   O‘zbekistonda   fan,   madaniyat,
ta’lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli xissa qo‘shadi.
Anketa   metodi   –   o‘quvchilardan   so‘rash   usuli   bo‘lib,   u   o‘quvchilar   jamoasining   ma’lumotlari
to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun va kasbga
yo‘llashni belgilash uchun maxsus formada ishlangan bo‘lmog‘i  lozim. Anketada ko‘zlangan  maqsadga
muvofiq savollari bo‘lib, ularni javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqmog‘i lozim. 
Hisoblash   matematikasi   va   kibernetika   metodlari   –   hozirgi   zamon   sanoat   ishlab   chiqarishi   fani   va
texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalarini, hisoblash matematikasi va
kibernetika   usullarini   maktab   ishida   va   pedagogikada   qo‘llanishini   talab   qiladi.   Pedagogik   kibernetika
o‘quv   protsesida   o‘qitish,   bilim   berish   jarayonini   boshqarishning   alohida   formasi   sifatida   o‘ziga   xos
xususiyatga   ega.   Shuning   uchun   pedagogik   jarayon   bilan   ishlab   chiqish   jarayonlarini   avtomatlashtirish
o‘rtasida katta farq bor. 
Pedagogik   tadqiqotlardan   kino,   ovoz   texnikasi,   foto,   televidiniye   singari   texnika   vositalaridan
ham   keng   foydalaniladi.   Ular   o‘quvchilarning   bilish   faoliyatlarini   aktivlashtirishga   yordam   beradi.
Bolalar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish omillarini hosil qiladi. Bular o‘qituvchilar mehnatini ma’lum maqsadda   yengillashtiradi.   Ko‘rsatilgan   vositalarning   har   biri   bolalarning   yoshini,   o‘quv   fani   va
pedagogik jarayonni mukammallashtiradi.
Milliy   dasturni   maqsadi,   vazifalari   va   uni   ro‘yobga   chiqarish   bosqichlarida   yangi   ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarda   ta’limni   talab   qilinadigan   darajasi   va   sifatini,   kadrlar   tayyorlash   tizimining   amalda   faoliyat
ko‘rsatish va barqaror rivojlantirishining kafolatlarini ustivorligini ta’minlovchi normativ, moddiy texnika
va axborot bazasini yaratish pedagogik tadqiqotni asosini tashkil etadi.        
O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning huquqiy asoslari 
Har bir  model o‘sha mamlakatning tabiiy-geografik, iqtisodiy  shart-sharoitlari, ishlab  chiqarish  omillari
va   resurslari,   iqtisodiyotning   tarkibiy   tuzilishi,   va   albatta,   mamlakat   aholisining   mentaliteti,   tarixiy
vamadaniy qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, siyosiy tuzum hamda ijtimoiy tarkibidan kelib chiqadi.
Qanday model haqida gap bormasin, asosiy maqsad samarali iqtisodiyotni barpo etish va uning asosida
xalq   turmush   farovonligini   oshirishdan   iborat.   Model   yo‘l,   yo‘nalish   eng   avvalo   mavjud   tabiiy,   ishlab
chiqirish, nisbiy afzallik (ustunlik) va buyuk  aql-zakovatning amaldagi ifodasidir 2
.
“O‘zbek modeli” tushunchasining hayotga kirib kelganiga 20 yildan oshdi. O‘zbekiston Respublikasining
Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov     “O‘zbekistonning   o‘z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo‘li”   asarida   o‘zbek
modelining   mohiyati   va   shakl   shamoyillari   hamda   tamoyillarini   belgilab   bergan   edi.     O‘zbekistonning
iqtisodiy taraqqiyot modeli o‘z xalqining  tarixiy tajribasi, milliy va madaniy an’analariga asoslanadi 3
.
Mustaqillik   yillarida   «O‘zbek   modeli»   deb   nom   olgan   va   dunyoda   e’tirof   etilgan   ana   shu   taraqqiyot
strategiyasining negizida ta’lim tizimi tubdan isloh qilindi. To‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta
maxsus   kasb-hunar   ta’limini   o‘z   ichiga   olgan,   davlat   tomonidan   kafolatlangan   bepul   majburiy   ta’lim
tizimi joriy etildi. Ta’lim muassalari   yangitdan qurildi,   mavjudlarida kapital ta’mirlash ishlari bajarilib,
zamonaviy   o‘quv-laboratoriya   asbob-uskunalari   bilan   jihozlandi,   o‘qituvchi   va   o‘quvchilar   uchun   har
tomonlama qulay sharoit yaratildi. O‘quv jarayoni sifat va metodik jihatdan yangilanib, adabiyotlarning
yangi avlodi yaratildi, uzluksiz  ta’lim tizimi  modernizasiya qilindi.  
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TA’LIM TO’G’RISIDA
Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2020   yil   19   mayda   qabul   qilingan  
Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda.   Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda.   Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari
Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar   O’zbekiston   Respublikasining   xalqaro   shartnomasida   O’zbekiston   Respublikasining   ta’lim
to’g’risidagi   qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilganidan   boshqacha   qoidalar   belgilangan   bo’lsa,   xalqaro
shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3-modda.   Asosiy tushunchalar
2 Тухлиев Н. Осиё тараққиёт модели.-Тошкент: Ўзбекистон, 2015. – Б. 22
3 Ўша китоб. – Б 110. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
davlat   akkreditasiyasi   —   davlat   ta’lim   muassasalari   va   tashkilotlari,   shuningdek   nodavlat   ta’lim
tashkilotlari   (bundan   buyon   matnda   ta’lim   tashkilotlari   deb   yuritiladi)   faoliyatining   davlat   ta’lim
standartlari   va   davlat   ta’lim   talablariga   hamda   o’quv   dasturlariga   muvofiqligining   davlat   tomonidan
e’tirof   etilishi   hamda   ularning   bitiruvchilariga   ma’lumot   to’g’risidagi   hujjatlarni   topshirish   huquqining
taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat  ta’lim  muassasasi   —  davlat   hokimiyati  va  boshqaruvi   organlari  tomonidan   davlat   mulki  bo’lgan
mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim
beradigan muassasa;
davlat   ta’lim   standartlari   —   davlat   tomonidan   ta’limning   mazmuni   va   sifatiga   nisbatan   belgilanadigan
talablar majmui;
davlat  ta’lim  talablari  —  ta’limning  tuzilmasiga,  mazmuniga  va  uni  amalga  oshirish  shart-sharoitlariga,
shuningdek   ta’lim   oluvchilarning   jismoniy,   shaxsiy,   intellektual,   ilmiy   hamda   kasbiy   sifatlariga
qo’yiladigan majburiy talablar;
malaka   —   shaxsning   kasbiy   faoliyatning   muayyan   turini   bajarishga   tayyorgarligini   ifodalaydigan,
ma’lumot   to’g’risidagi   tegishli   hujjat   bilan   tasdiqlanadigan   bilim,   qobiliyat,   mahorat   va   ko’nikmalar
darajasi;
mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi;
nodavlat   ta’lim   tashkiloti   —   davlat   ta’lim   standartlari,   davlat   ta’lim   talablari   va   o’quv   dasturlariga
muvofiq   ta’lim   xizmatlari   ko’rsatish   faoliyatini   amalga   oshirish   huquqini   beradigan   lisenziya   asosida
ta’lim xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxs;
tarbiya   —   aniq   maqsadli   hamda   ijtimoiy-tarixiy   tajriba   asosida   yosh   avlodni   har   tomonlama   kamol
toptirishga,   ularning   ongini,   ma’naviy-axloqiy   qadriyatlar   va   dunyoqarashini   shakllantirishga   qaratilgan
tizimli jarayon;
ta’lim   —   ta’lim   oluvchilarga   chuqur   nazariy   bilim,   malakalar   va   amaliy   ko’nikmalar   berishga,
shuningdek   ularning   umumta’lim   va   kasbiy   bilim,   malaka   hamda   ko’nikmalarini   shakllantirishga,
qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim   kampusi   —   yagona   hududda   birlashtirilgan   o’quv   binolarini,   ilmiy-tadqiqot   institutlarini
(markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining
vaqtincha   yashash   joylarini,   laboratoriyalarni,   axborot-resurs   markazlarini   (kutubxonalarni),   sport
inshootlarini,   umumiy   ovqatlanish   obyektlarini   o’z   ichiga   olgan   binolar   hamda   inshootlar   majmuidan
iborat   bo’lgan,   o’quv   jarayoni,   ma’naviy-axloqiy   tarbiyaning   yuqori   samaradorligini   ta’minlaydigan
ta’lim-tarbiya muhiti;
ta’lim-tarbiya   jarayoni   ishtirokchilari   —   ta’lim   oluvchilar,   voyaga   yetmagan   ta’lim   oluvchilarning   ota-
onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;
ta’lim tashkilotlari attestasiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari,
davlat ta’lim talablari hamda o’quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini
aniqlash bo’yicha davlat nazoratining asosiy shakli.
4-modda.   Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligi; ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o’n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni bir yil davomida umumiy
o’rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
o’quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag’batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg’unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
5-modda.   Ta’lim olish huquqi
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar,
har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim olish huquqi:
ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
ta’lim   tashkilotlarida   innovasion   faoliyatni   qo’llab-quvvatlash   va   o’quv   dasturlarini   innovasion
texnologiyalarni qo’llagan holda amalga oshirish;
ishlab   chiqarishdan   ajralgan   (kunduzgi)   va   ajralmagan   holda   (sirtqi,   kechki,   masofaviy)   ta’lim   olishni
tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’limni va boshlang’ich professional ta’limni bepul olish;
oilada   yoki   mustaqil   o’qish   orqali   ta’lim   olgan   fuqarolarga,   shuningdek   umumiy   o’rta   ta’lim   olmagan
shaxslarga   akkreditasiyadan   o’tgan  davlat   ta’lim   muassasalarida  eksternat  tartibida  attestasiyadan   o’tish
huquqini berish orqali ta’minlanadi.
Chet ellik fuqarolar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonun hujjatlariga muvofiq
O’zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
O’zbekiston   Respublikasida   doimiy   yashayotgan   fuqaroligi   bo’lmagan   shaxslar   ta’lim   olish   uchun
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
6-modda.   Ta’lim tizimi
Ta’lim tizimi:
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o’quv rejalari va o’quv dasturlarini; davlat   ta’lim   standartlarini,   davlat   ta’lim   talablari   va   o’quv   dasturlarini   amalga   oshiruvchi   ta’lim
tashkilotlarini;
ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
ta’lim   tizimining   faoliyat   ko’rsatishi   va   rivojlanishini   ta’minlash   uchun   zarur   bo’lgan   tadqiqot   ishlarini
bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
ta’lim   sohasidagi   davlat   boshqaruvi   organlarini,   shuningdek   ularning   tasarrufidagi   tashkilotlarni   o’z
ichiga oladi.
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
7-modda.   Ta’lim turlari
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
8-modda.   Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o’qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy,
etik,   estetik   va   jismoniy   jihatdan   rivojlantirishga,   shuningdek   bolalarni   umumiy   o’rta   ta’limga
tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni boshlang’ich ta’limga bir
yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek «Maktabgacha ta’lim va
tarbiya to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi   Qonuni   bilan belgilanadi.
9-modda.   Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim
Umumiy   o’rta   va   o’rta   maxsus   ta’lim   umumta’lim   o’quv   dasturlarini,   zarur   bilim,   malaka   hamda
ko’nikmalarni o’zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o’rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang’ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o’rta ta’lim (V — IX sinflar);
o’rta ta’lim (X — XI sinflar).
Umumiy   o’rta   ta’lim   tashkilotining   birinchi   sinfiga   bolalar   ular   yetti   yoshga   to’ladigan   yilda   qabul
qilinadi.
Boshlang’ich   ta’lim   ta’lim   oluvchilarda   umumiy   o’rta   ta’limni   davom   ettirish   uchun   zarur   bo’lgan
savodxonlik, bilim, malaka va ko’nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch   o’rta   ta’lim   o’quv   dasturiga   muvofiq   ta’lim   oluvchilarga   bilim,   malaka   va   ko’nikmalarning
zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Tayanch o’rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so’ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo’yicha birlamchi bilim
va   ko’nikmalarni   shakllantirish   uchun   ularni   professional   tashxislash   va   kasb-hunarga   yo’naltirish
bo’yicha choralar amalga oshiriladi.
O’rta   ta’lim   o’quv   dasturiga   muvofiq   ta’lim   oluvchilar   tomonidan   zarur   bilim,   malaka   va   ko’nikmalar
o’zlashtirilishini,   shuningdek   ta’limning   keyingi   turi   tanlanishini   hamda   yuqori   malaka   talab
qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi.
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo’naltirish, shuningdek ta’lim oluvchilarni yuqori malaka talab
qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Umumiy   o’rta   ta’lim   umumiy   o’rta   ta’lim   tashkilotlarida   uzluksiz   tarzda,   majburiy   bo’lgan   o’n   bir   yil
davomida amalga oshiriladi.
O’rta   maxsus   ta’lim   akademik   liseylarda   to’qqiz   yillik   tayanch   o’rta   ta’lim   asosida   ikki   yil   mobaynida
amalga   oshiriladi   va   ta’lim   oluvchilarning   intellektual   qobiliyatlarining   jadal   rivojlanishini,   shuningdek
chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-xunarga va shaxsga yo’naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlarida   umumiy   o’rta   va   o’rta   maxsus   ta’lim   to’lov-shartnoma   asosida   amalga
oshirilishi mumkin.
Iqtidorli   va   iste’dodli   bolalarning   qobiliyatini   rivojlantirish   uchun   Prezident,   ijod   va   boshqa
ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil etilishi mumkin.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga
muhtoj   bo’lgan   bolalar   davlat   ixtisoslashtirilgan   ta’lim   muassasalarida,   umumiy   o’rta   va   o’rta   maxsus
ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi.
Umumiy o’rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta’lim oluvchilar soni o’ttiz besh nafardan
oshmasligi kerak.
10-modda.   Professional ta’lim
Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo’yicha quyidagi darajalarni o’z ichiga oladi:
boshlang’ich professional ta’lim;
o’rta professional ta’lim;
o’rta maxsus professional ta’lim.
Boshlang’ich   professional   ta’lim   kasb-hunar   maktablarida   IX   sinf   bitiruvchilari   negizida   bepul   asosda
kunduzgi   ta’lim   shakli   bo’yicha   umumta’lim   fanlarining   va   mutaxassislik   fanlarining   ikki   yillik
integrasiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O’rta   professional   ta’lim   kollejlarda   davlat   buyurtmasi   yoki   to’lov-shartnoma   asosida   kasblar   hamda
mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo’lgan kunduzgi,
kechki   va   sirtqi   ta’lim   shakllari   bo’yicha   umumiy   o’rta,   o’rta   maxsus   ta’lim   hamda   boshlang’ich
professional ta’lim negizida amalga oshiriladi.
O’rta   maxsus   professional   ta’lim   texnikumlarda   umumiy   o’rta,   o’rta   maxsus,   boshlang’ich   professional
va   o’rta   professional   ta’lim   negizida   davlat   buyurtmasi   yoki   to’lov-shartnoma   asosida   kasblar   hamda
mutaxassisliklarning   murakkabligidan   kelib   chiqqan   holda,   davomiyligi   kamida   ikki   yil   bo’lgan
kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo’yicha amalga oshiriladi.
Ushbu  Qonun kuchga  kirguniga  qadar  o’rta  maxsus,  kasb-hunar ta’limi (to’qqiz yillik  umumiy o’rta va
uch   yillik   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi)   olgan   fuqarolar   ham   o’rta   professional   va   o’rta   maxsus
professional ta’lim olish huquqiga ega. Kasb-hunar   maktablari,   kollejlar   va   texnikumlar   ta’lim   oluvchilarning   o’zi   tanlagan   kasbga   va
mutaxassislikka ega bo’lishini ta’minlaydi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni olish huquqiga ega.
11-modda.   Oliy ta’lim
Oliy   ta’lim   bakalavriat   ta’lim   yo’nalishlari   va   magistratura   mutaxassisliklari   bo’yicha   yuqori   malakali
kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy   ma’lumotli   kadrlarni   tayyorlash   oliy   ta’lim   tashkilotlarida   (universitetlar,   akademiyalar,   institutlar,
oliy   maktablar)   amalga   oshiriladi.   Umumiy   o’rta   (o’n   bir   yillik   ta’lim),   o’rta   maxsus   (to’qqiz   yillik
tayanch o’rta va ikki yillik o’rta maxsus ta’lim), boshlang’ich professional ta’lim (to’qqiz yillik tayanch
o’rta   va   ikki   yillik   boshlang’ich   professional   ta’lim)   olgan   shaxslar,   shuningdek   ushbu   Qonun   kuchga
kirguniga qadar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to’qqiz yillik umumiy o’rta va uch yillik o’rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat   oliy   ta’lim   yo’nalishlaridan   biri   bo’yicha   chuqurlashtirilgan   bilim,   malaka   va   ko’nikmalar
beradigan, o’qish davomiyligi kamida uch yil bo’lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura   tegishli   bakalavriat   negizidagi   aniq   mutaxassislik   bo’yicha   o’qish   davomiyligi   kamida   bir
yil bo’lgan oliy ta’limdir.
Magistratura   mutaxassisliklarining   va   ularga   muvofiq   bo’lgan   bakalavriat   ta’lim   yo’nalishlarining
ro’yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga ega.
12-modda.   Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy   ta’limdan   keyingi   ta’lim   doktorlik   dissertasiyasini   tayyorlash   va   himoya   qilish   maqsadida
mutaxassislikni   chuqur   o’rganishni   va   ilmiy   izlanishlar   olib   borishni   nazarda   tutadigan   tayanch
doktorantura,   doktorantura   va   mustaqil   izlanuvchanlik   asosida   ilmiy   darajaga   ega   ilmiy   va   ilmiy-
pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch   doktorantura   falsafa   doktori   (Doctor   of   Philosophy   (PhD)   ilmiy   darajasiga   da’vogar
izlanuvchilar   uchun   ishlab   chiqarishdan   ajralgan   holda   tashkil   etiladigan   oliy   malakali   ilmiy   va   ilmiy-
pedagog kadrlar ixtisosligi bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab
chiqarishdan   ajralgan   holda   tashkil   etiladigan   oliy   malakali   ilmiy   va   ilmiy-pedagog   kadrlar   ixtisosligi
bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science
(DSc)   ilmiy   darajalariga   da’vogar   izlanuvchilar   uchun   ishlab   chiqarishdan   ajralmagan   holda   tashkil
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim
shakli hisoblanadi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish tartibi, shuningdek
harbiy,   tibbiyot   va   boshqa   ta’lim   tashkilotlarida   oliy   ta’limdan   keyingi   ta’lim   olish   xususiyatlari   qonun
hujjatlarida belgilanadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonun hujjatlarida belgilanadi.
13-modda.   Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo’lgan yo’nalishlar bo’yicha
faoliyatni   amalga   oshirish   uchun   qo’shimcha   kasbiy   bilim,   malaka   va   ko’nikmalarning   zarur   hajmi
egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab
borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta’lim
talablari bilan belgilanadi.
14-modda.   Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari,
nodavlat   notijorat   tashkilotlari,   shuningdek   tijorat   tashkilotlari   madaniy-estetik,   ilmiy,   texnikaviy,   sport
yo’nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi
va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va
markazlari,  «Barkamol   avlod»  bolalar  maktablari,   bolalar-o’smirlar  sport   maktablari,  bolalar  musiqa  va
san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog’lomlashtirish muassasalari kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan
belgilanadi.
15-modda.   Ta’lim olish shakllari
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
16-modda.   Masofaviy ta’lim
Masofaviy ta’lim o’quv rejalari va o’quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim,
malaka   va   ko’nikmalarni   axborot-kommunikasiya   texnologiyalaridan   hamda   Internet   jahon   axborot
tarmog’idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy   ta’limni   tashkil   etish   tartibi   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan
belgilanadi.
17-modda.   Dual ta’lim
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni olishga qaratilgan bo’lib,
ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga
oshiriladi.
Dual ta’limni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 18-modda.   Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko’maklashadi. Bolalarning oilada ta’lim olishi va
mustaqil   ta’lim   olish   uslubiy   va   maslahat   yordami   ko’rsatilgan   holda   tegishli   o’quv   dasturlari   bo’yicha
amalga oshiriladi.
Oilada   ta’lim   olish   va   mustaqil   ta’lim   olish   tartibi,   shuningdek   ta’lim   oluvchilarning   toifalari   ta’lim
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Oilada   ta’lim   olish   bolalar,   oila,   davlat   va   jamiyat   manfaatlarini   hisobga   olgan   holda   davlat   ta’lim
muassasasi   hamda   ta’lim   oluvchilarning   ota-onasi   yoki   boshqa   qonuniy   vakillari   o’rtasidagi   shartnoma
asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil   ta’lim   olish   yakka   tartibda   amalga   oshiriladi   hamda   ta’lim   oluvchilarni   kasbiy,   intellektual,
ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi.
Oilada   ta’lim   olgan   va   mustaqil   ta’lim   olgan   shaxslarga   davlat   tomonidan   tasdiqlangan   namunadagi
ta’lim to’g’risidagi  hujjatni berish  davlat ta’lim muassasalarining  tasdiqlangan o’quv dasturiga muvofiq
eksternat tartibida amalga oshiriladi.
19-modda.   Katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish
Katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish butun umr davomida o’qitishning markaziy tarkibiy
qismi   bo’lib,   ta’lim   berish   hamda   o’qitishning   jamiyat   hayotida   va   mehnat   faoliyatida   katta
yoshdagilarning ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o’z ichiga oladi, shuningdek
rasmiy, norasmiy va informal o’qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi.
Rasmiy   ta’lim   davlat   ta’lim   muassasalari   hamda   davlat   tomonidan   tan   olingan   akkreditasiyadan   o’tgan
nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   ishtirokidagi   institusionallashtirilgan   (muayyan   qoidalar   va   normalarni
mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo’naltirilgan va rejalashtirilgan ta’limdir.
Norasmiy   ta’lim   ta’lim   xizmatlari   taqdim   etilishini   ta’minlovchi   shaxs   yoki   tashkilot   tomonidan
institusionallashtirilgan   (muayyan   qoidalar   va   normalarni   mujassamlashtiruvchi),   aniq   maqsadga
yo’naltirilgan   va   rejalashtirilgan   bo’lib,   shaxsni   butun   hayoti   davomida   o’qitishdagi   rasmiy   ta’limga
qo’shimcha va (yoki) uning muqobilidir.
Informal   ta’lim   aniq   maqsadga   yo’naltirilgan,   ammo   institusionallashtirilmagan   (muayyan   qoidalar   va
normalarni mujassamlashtirmagan), rasmiy yoki norasmiy ta’limdan ko’ra kamroq tashkillashtirilgan va
tarkiblashtirilgandir   hamda   oiladagi,   ish   joyidagi,   yashash   joyidagi   va   kundalik   hayotdagi   o’quv
faoliyatini o’z ichiga olishi mumkin.
20-modda.   Inklyuziv ta’lim
Inklyuziv   ta’lim   alohida   ta’lim   ehtiyojlari   va   individual   imkoniyatlarning   xilma-xilligini   hisobga   olgan
holda   barcha   ta’lim   oluvchilar   uchun   ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim   olishga   bo’lgan   teng   imkoniyatlarni
ta’minlashga qaratilgan.
Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo’lgan   bolalar   (shaxslar)   uchun   ta’lim
tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Inklyuziv   ta’limni   tashkil   etish   tartibi   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan
belgilanadi.
21-modda.   Eksternat tartibidagi ta’lim
Eksternat tartibidagi ta’lim olish o’quv dasturlarini mustaqil ravishda o’zlashtirishni o’z ichiga olib, uning
yakunlari bo’yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestasiyalaridan
o’tishni talab etadi. Eksternat   tartibidagi   ta’lim   olishni   tashkil   etish   tartibi   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
22-modda.   Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash
Mudofaa,  xavfsizlik  va  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati  sohasida  kadrlarni  tayyorlash  ularning  o’ziga
xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Ta’lim tizimini boshqarish
23-modda.   O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qiladi;
ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan, pedagog kadrlarni va ilmiy xodimlarni
attestasiyadan   o’tkazish,   nodavlat   ta’lim   tashkilotlariga   ta’lim   xizmatlari   ko’rsatish   faoliyatini   amalga
oshirish   huquqini   beradigan   lisenziyalar   (bundan   buyon   matnda   lisenziya   deb   yuritiladi)   berish,   ta’lim
to’g’risidagi hujjatlarga apostil qo’yish tartibini belgilaydi;
pedagogik   kadrlarni   ta’lim   tashkilotlariga   ishga   qabul   qilish   va   ular   faoliyatini   baholash   tartibini
belgilaydi;
xorijiy   davlatlarning   ta’lim   muassasalariga   O’zbekiston   Respublikasi   hududida   ta’lim   faoliyati   bilan
shug’ullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi;
xorijiy davlatlarda olingan ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni tan olish tartibini belgilaydi;
davlat   namunasidagi   ta’lim   to’g’risidagi   hujjatlarni   tasdiqlaydi   va   davlat   tomonidan   tasdiqlangan
namunadagi ta’lim to’g’risidagi hujjatlar berish tartibini belgilaydi;
eksternat   tartibida   o’qitishga   yo’l   qo’yilmaydigan   ta’lim   yo’nalishlari,   mutaxassisliklar   va   kasblar
ro’yxatini tasdiqlaydi;
faqat davlat ta’lim muassasalarida o’qitiladigan ta’lim yo’nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar ro’yxatini
tasdiqlaydi;
davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi;
davlat   oliy   ta’lim   muassasalari   rektorlarini,   shuningdek   davlat   ishtirokida   tashkil   etiladigan   oliy   ta’lim
tashkilotlari (davlat ulushi bo’lgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, qo’shma ta’lim muassasalari, davlat-
xususiy   sheriklik   asosida   tashkil   etiladigan   ta’lim   muassasalari   va   boshqalar)   rektorlarini   (rahbarlarini)
lavozimga tayinlaydi hamda egallab turgan lavozimidan ozod etadi;
ta’lim   oluvchilarni   akkreditasiya   qilingan   bir   ta’lim   tashkilotidan   boshqasiga   ko’chirish,   shuningdek
ularni o’qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini belgilaydi;
ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash tartibini belgilaydi;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
mehnat   bozori   talablarini   prognoz   va   tahlil   qilish   asosida   ta’lim   tashkilotlarida   kadrlarni   tayyorlash
bo’yicha davlat buyurtmalarini shakllantiradi;
ta’lim tashkilotlariga nisbatan moddiy-texnik, infratuzilmaviy va parametrik talablarni belgilaydi; darsliklar   va   o’quv   qo’llanmalarini   tayyorlash   hamda   nashr   etish   tartibini,   shuningdek   ularni   yetkazib
berishga va ulardan ta’lim tashkilotlarida foydalanishga qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa   vakolatlarni   ham
amalga oshirishi mumkin.
24-modda.   O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Ta’lim   sifatini   nazorat   qilish   davlat
inspeksiyasi   (bundan   buyon   matnda   Ta’lim   inspeksiyasi   deb   yuritiladi)   ta’lim   tizimida   o’quv-tarbiya
jarayoni,   professor-o’qituvchilar   tarkibi,   kadrlarni   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   ularning   malakasini
oshirish   sifati   ustidan   nazorat   qilish   sohasida   davlat   siyosatini   amalga   oshiradigan,   ta’lim   sohasidagi
maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir.
Ta’lim inspeksiyasi:
ta’lim   tashkilotlarini   attestasiyadan   va   davlat   akkreditasiyasidan,   shuningdek   ta’lim   tashkilotlarining
pedagog xodimlarini attestasiyadan o’tkazadi;
ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini amalga oshiradi;
maktabgacha,   umumiy   o’rta,   o’rta   maxsus,   professional   va   maktabdan   tashqari   ta’lim   tashkilotlarining
pedagog   xodimlariga   lavozimlar   va   malaka   toifalarini   berish   jarayonini   nazorat   qiladi   hamda   unda
ishtirok etadi;
nodavlat ta’lim tashkilotlariga lisenziyalar beradi;
ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlaydi;
aniqlangan   ta’lim   to’g’risidagi   qonun   hujjatlari   buzilishlari   yuzasidan   tegishli   davlat   boshqaruvi
organlariga va ta’lim tashkilotlariga taqdimnomalar kiritadi.
Ta’lim inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
25-modda.   O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan
maktablarni rivojlantirish agentligining ta’lim sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan
maktablarni rivojlantirish agentligi:
Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablarda   yoshlarni   aniqlash,   tanlash,   o’qitish   va   tarbiyalash
sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davlat ta’lim standartlarini tasdiqlaydi;
davlat   ta’lim   standartlariga   muvofiq   Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablar   faoliyatini   yagona
tarzda muvofiqlashtirishni hamda unga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi;
Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablarning   moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlaydi,   mazkur
maktablarda bino va inshootlarni ekspluatasiya qilish ishlarini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi.
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan
maktablarni rivojlantirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi
mumkin.
26-modda.   Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari
O’zbekiston   Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim   vazirligi,   Xalq   ta’limi   vazirligi,   Oliy   va   o’rta   maxsus
ta’lim vazirligi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlaridir.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari o’z vakolatlari doirasida: ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim sohasidagi tarmoq davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti) va davlat ta’lim
talablarida kadrlarning ma’lumoti darajasiga va kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo’yilgan talablarning ta’lim
tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartini) va davlat ta’lim
talablari ishlab chiqilishini ta’minlaydi va ularni tasdiqlaydi;
ta’lim oluvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini baholash tartibini belgilaydi;
professional   ta’limning   kasblar   va   mutaxassisliklar,   oliy   ta’limning   bakalavriat   ta’lim   yo’nalishlari   va
magistratura mutaxassisliklari, shuningdek bilim sohalari va ta’lim sohalari ro’yxatini belgilaydi;
ta’lim-tarbiya jarayoniga o’qitishning ilg’or shakllari, yangi pedagogik texnologiyalar, o’qitishning texnik
va axborot vositalari joriy etilishini ta’minlaydi;
ta’lim   tashkilotlarida   kadrlarning   kasbiy   tayyorgarligi   sifatini   oshirishga   qaratilgan   chora-tadbirlarni
ishlab chiqadi, o’quv dasturlarini takomillashtiradi;
o’quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etadi;
o’zlashtirishni   baholashga,   o’quv   jarayonini,  ta’lim  oluvchilarning   yakuniy  davlat   attestasiyasini   tashkil
etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek eksternat tartibida ta’lim oluvchilarning
toifalarini belgilaydi;
davlat   oliy   ta’lim   muassasalarining   rektorlarini   tayinlash   to’g’risida   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritadi;
ta’lim   tashkilotlarining   rahbar   va   pedagog   kadrlarini   tayyorlashni,   qayta   tayyorlashni   va   ularning
malakasini oshirishni tashkil etadi;
ta’lim tashkilotlarida moddiy-texnika resurslaridan foydalanishga doir talablarni ishlab chiqadi;
ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ta’lim  sohasidagi  vakolatli davlat  boshqaruvi  organlari  qonun hujjatlariga  muvofiq boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
27-modda.   Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ta’lim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat ta’lim muassasalarini
tashkil   etadi,   qayta   tashkil   etadi   va   tugatadi,   bundan   respublika   tasarrufidagi   ta’lim   muassasalari
mustasno;
o’z   vakolatlari   doirasida   tegishli   hududda   davlat   ta’lim   muassasalari   uchun   moliyalashtirish   hajmini
belgilaydi;
fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari,   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   va   fuqarolik   jamiyatining
boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi;
davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (mikrouchastkalarni) belgilaydi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga ko’maklashadi; ta’lim   oluvchilar   uchun   sifatli   ta’limni,   tarbiyani   ta’minlash,   ularning   iste’dodini   shakllantirish   va
namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo’yicha dasturlarni ishlab chiqadi;
o’z   vakolatlari   doirasida   ta’lim   sohasidagi   davlat-xususiy   sheriklikni   rivojlantiradi   va   nodavlat   ta’lim
tashkilotlari tarmog’ini kengaytirishga ko’maklashadi;
umumiy o’rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko’maklashadi.
Mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa   vakolatlarni   ham   amalga
oshirishi mumkin.
28-modda.   Ta’lim tashkilotini boshqarish
Ta’lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi:
pedagogik kengash;
kuzatuv (vasiylik) kengashi;
oliy ta’lim tashkilotining kengashi;
ta’lim tashkilotining rahbari.
Ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari ishtirok etadi.
4-bob. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish
29-modda.   Ta’lim tashkilotlarining huquqiy maqomi
O’zbekiston Respublikasining ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek xorijiy davlatlar ta’lim
tashkilotlarining filiallari yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklidagi ta’lim xizmatlari yakka tartibdagi tadbirkorlar
sifatida ro’yxatga olingan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   lisenziya   olingan   kundan   e’tiboran   ta’lim   faoliyati   bilan   shug’ullanishga
haqli.
Ta’lim tashkilotlari o’z faoliyatini ustav va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlari asosida yuritadi.
Ta’lim tashkilotlari o’quv-tarbiya va o’quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualariga birlashishga haqli.
Ta’lim tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etishga yo’l qo’yilmaydi.
30-modda.   Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
Davlat oliy ta’lim, o’rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat
ishtirokidagi   oliy,   o’rta   maxsus,   professional   ta’lim   tashkilotlari   va   ularning   filiallari   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   yoki   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   bilan
tashkil etiladi.
Iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning oliy ma’lumotli malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini, shuningdek
aholining oliy ta’lim olishga bo’lgan ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida mamlakat hududida xorijiy oliy
ta’lim   tashkilotlarining   filiallari   (markazlari,   ta’lim   kampuslari)   va   boshqa   bo’linmalari   tashkil   etilishi
mumkin.
Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining bo’linmalari O’zbekiston Respublikasida yuridik shaxs maqomi bilan
tashkil etiladi.
Xorijiy   oliy   ta’lim   tashkilotlarining,   shuningdek   xalqaro   tashkilotlarning   ta’lim   muassasalari   filiallari
(markazlari,   ta’lim   kampuslari)   va   boshqa   bo’linmalari   faoliyatini   tashkil   etish   masalalari   bo’yicha O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi mumkin.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha davlat ta’lim muassasalari:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan institutlar va markazlar shaklida;
tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta
maxsus   ta’lim   vazirligi   bilan   kelishilgan   holda   oliy   ta’lim   muassasalarining   fakultetlari   va   kurslari
shaklida tashkil etiladi.
Davlat umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari:
respublika   bo’ysunuvida   vazirliklar,   davlat   qo’mitalari   va   idoralari   tomonidan   Qoraqalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’ysunuvida tegishincha Qoraqalpog’iston
Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar   hokimliklari   tomonidan   O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda;
tumanlar   va   shaharlar   bo’ysunuvida   tumanlar   va   shaharlar   hokimliklari   tomonidan   O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim   tashkilotlarini   qayta   tashkil   etish   va   tugatish   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda   amalga
oshiriladi.
Ta’lim   tashkilotlarini   tashkil   etish,   qayta   tashkil   etish   va   tugatish   to’g’risidagi   ma’lumotlar   davlat
statistika   organlariga,   Ta’lim   inspeksiyasiga   hamda   O’zbekiston   Respublikasi   Bandlik   va   mehnat
munosabatlari vazirligining hududiy organlariga taqdim etiladi.
31-modda.   Nodavlat ta’lim tashkilotlari
Nodavlat ta’lim tashkilotlari o’z faoliyatini lisenziya asosida amalga oshiradi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari lisenziya talablariga va shartlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko’rsatadi.
Davlat  ta’lim  standartlari  va  davlat  ta’lim  talablariga  muvofiq  ta’lim  xizmatlarini  ko’rsatuvchi  nodavlat
ta’lim   tashkilotlari   bitiruvchilarga   davlat   tomonidan   tasdiqlangan   namunadagi   ta’lim   to’g’risidagi
hujjatlarni beradi.
Mustaqil   ishlab   chiqilgan   va   lisenziyada   ko’rsatilgan   o’quv   dasturlari   bo’yicha   ta’lim   xizmatlari
ko’rsatadigan   nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   bitiruvchilarga   O’zbekiston   Respublikasida   tan   olinadigan
ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni beradi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   normativ-huquqiy   hujjatlar   talablariga   muvofiq   ta’lim-tarbiya   jarayonini
tashkil   etish   uchun   zarur   shart-sharoitlar   yaratish   va   yuqori   kasbiy   mahoratga   ega   bo’lgan   pedagog
kadrlar va boshqa kadrlarni jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ko’radi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan o’quv dasturlari bo’yicha o’qitish ta’lim oluvchi
yoxud uning ota-onaci yoki boshqa qonuniy vakillari va nodavlat ta’lim tashkiloti o’rtasida tuziladigan,
o’qitish muddatlari, shartlari va to’lovlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar
belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
32-modda.   Ta’lim tashkilotining ustavi
Ta’lim   tashkilotining   ustavi   ta’lim   turlarining   o’ziga   xos   xususiyatlarini   inobatga   olgan   holda   ishlab
chiqiladi.
Ta’lim tashkilotining ustavida, qoida tariqasida, quyidagilar ko’rsatiladi: ta’lim turi va shakli;
ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari;
o’quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish hamda mazmuni;
ta’lim tashkilotiga qabul qilish tartibi;
ta’lim tashkilotining tuzilmasi, boshqaruv organlari va jamoatchilik tuzilmalari;
ta’lim   oluvchilar,   pedagog   kadrlar,   o’quv-tarbiya   ishlari   bo’yicha   xodimlar,   ma’muriy-boshqaruv
xodimlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari;
ta’lim tashkilotining mol-mulki va vositalari;
ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Ta’lim tashkilotining namunaviy ustavi:
umumiy o’rta ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari
uchun — O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan;
oliy ta’lim muassasalari huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktablar, o’rta maxsus, professional va oliy ta’lim
tashkilotlari uchun — O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha ta’lim tashkilotlari uchun — tegishli
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.
Ta’lim   tashkilotining   ustavi   ta’lim   tashkilotining   ta’sischilari   tomonidan   tasdiqlanadi   va   hududiy
tegishlilik bo’yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro’yxatga olinadi.
33-modda.   Ta’lim berish tili
Ta’lim   tashkilotlarida   o’qitish   tilidan   foydalanish   tartibi   «Davlat   tili   haqida»gi   O’zbekiston
Respublikasi Qonuni   bilan tartibga solinadi.
34-modda.   Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari
Davlat   ta’lim   standartlari   umumiy   o’rta,   o’rta   maxsus,   professional   hamda   oliy   ta’lim   mazmuni   va
sifatiga oid talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim talablari:
maktabdan   tashqari   ta’lim,   oliy   ta’limdan   keyingi   ta’lim,   shuningdek   kadrlarni   qayta   tayyorlash   va
ularning malakasini oshirish mazmunini;
ta’lim tuzilmasini va ta’limni amalga oshirish shartlarini;
ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari to’g’risidagi normalarni
belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti qo’llaniladi.
Davlat   ta’lim   standartlarini   va   (yoki)   davlat   ta’lim   talablarini   bajarish   barcha   ta’lim   tashkilotlari   uchun
majburiydir, bundan ushbu moddaning   beshinchi qismida   nazarda tutilgan hollar mustasno.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va lisenziyada ko’rsatilgan o’quv dasturlari asosida
ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi davlat ta’lim standartlari, malaka talablari,
oliy  ta’lim,  o’rta   maxsus  ta’lim  hamda  professional   ta’limning  o’quv   rejalari   va  o’quv  dasturlari  ishlab
chiqilishini  ta’minlaydi.  Ushbu  maqsadlar  uchun  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim
vazirligi tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarini belgilaydi.
Tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari kadrlarning talabgorlari ishtirokida davlat
ta’lim standartlarini, malaka talablarini, o’quv rejalari va o’quv dasturlarini tayyorlashni amalga oshiradi.
Davlat ta’lim standartlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari ishlab
chiqilishini ta’minlaydi.
Oliy, professional, o’rta maxsus va umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari,
o’quv   rejalari   va   o’quv   dasturlari   tegishincha   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o’rta   maxsus   ta’lim
vazirligi,   Xalq   ta’limi   vazirligi   hamda   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Tegishli
vakolatlar   berilgan   boshqa   vazirliklar,   davlat   qo’mitalari   va   idoralar   davlat   ta’lim   standartlarini
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o’rta   maxsus   ta’lim   vazirligi   bilan   kelishilgan   holda   ishlab   chiqadi
hamda tasdiqlaydi.
Davlat   ta’lim   talablari   ta’lim  sohasidagi  tegishli   vakolatli  davlat   boshqaruvi   organlari   tomonidan   ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan shaxslarni o’qitish maxsus o’quv dasturlari
asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalariga mustaqil
ishlab   chiqilgan   va   tasdiqlangan   o’quv   dasturlari,   malaka   talablari   hamda   o’quv   rejalari   asosida   ta’lim
xizmatlari ko’rsatish bo’yicha vakolatlarni berishi mumkin.
35-modda.   Ta’lim jarayoniga o’quv rejalari va o’quv dasturlarini joriy etish
O’quv rejalari va o’quv dasturlari tegishli ta’lim bosqichlarining maqsad hamda vazifalari asosida ishlab
chiqiladi.
Tegishli  davlat ta’lim  muassasalari va  tashkilotlaridagi o’quv rejalari va  o’quv  dasturlarining  mazmuni,
ularni   ishlab   chiqish   hamda   joriy   etish   tartibi   O’zbekiston   Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim   vazirligi,
Xalq   ta’limi   vazirligi,   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Prezident,   ijod   va
ixtisoslashtirilgan   maktablarni   rivojlantirish   agentligi   hamda   Oliy   va   o’rta   maxsus   ta’lim   vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Umumta’lim   fanlarining   o’quv   dasturlari   shaxsni   har   tomonlama   kamol   toptirishga,   ta’lim   oluvchilarda
bilim, malaka, ko’nikmalarni, saviyani shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan
bo’lishi kerak.
Kasbga oid fanlarning o’quv dasturlari ta’lim oluvchilar tomonidan tegishli kasblar va mutaxassisliklarni
egallashga qaratilgan.
Ta’lim   jarayoniga   o’quv   rejalari   va   o’quv   dasturlarini   joriy   etish   ta’lim   tashkilotlari   tomonidan   amalga
oshiriladi.
O’quv   rejalari   va   o’quv   dasturlarini   joriy   etish   jarayonida   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalar,
o’qitishning innovasion shakllari va usullari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari qo’llaniladi.
Ta’lim   jarayoniga   o’quv   rejalari   va   o’quv   dasturlarini   joriy   etish   chog’ida   ta’lim   tashkilotlari   kredit-
modul tizimiga asoslangan o’qitish texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
O’quv   rejasida,   qoida   tariqasida,   ta’lim   jarayonining   jadvali,   o’qitishning   boshlanishi,   muddati   va
davriyligi,   o’quv   yillari,   choraklar,   semestrlar,   amaliyot,   ta’tillar   hamda   attestasiya,   ajratilgan   haftalar soni,   o’rganiladigan   fanlar   (modullar)   va   ularga   ajratilgan   soatlar   (kreditlar)   hamda   boshqa   zarur
parametrlar aks ettiriladi.
Professional   va   oliy   ta’lim,   kadrlarni   qayta   tayyorlash   va   ularning   malakasini   oshirishga   doir   o’quv
rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o’tash nazarda tutiladi.
Ta’lim   oluvchilarning   amaliyotni   o’tash   tartibi   va   uni   tashkil   etish   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat
boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Professional   va   oliy   ta’limga   doir   o’quv   rejalari   davlat   ta’lim   standartlariga   muvofiq   mutaxassislik
fanlaridan,   shuningdek   umumkasbiy,   matematika,   tabiiy-ilmiy,   gumanitar   va   qo’shimcha   fanlardan
shakllantiriladi.
O’quv   rejalariga   davlat   boshqaruvi   organlarining   topshiriqlariga   asosan   va   ushbu   Qonunda   nazarda
tutilmagan boshqa yo’l bilan qo’shimcha fanlarni kiritishga yo’l qo’yilmaydi.
36-modda.   Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovasion faoliyat
Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovasion faoliyat ta’limni modernizasiya qilish maqsadida amalga
oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o’tkazishga
hamda ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va innovasion faoliyatni amalga oshirish
tartibi va shartlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi   organlari   va   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari
innovasion o’quv dasturlari va loyihalarini amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy
etish uchun o’z vakolatlari doirasida shart-sharoitlar yaratadi.
Iqtisodiy   rivojlanish   va   innovasion   faoliyat   ehtiyojlaridan   kelib   chiqqan   holda,   davlat   tomonidan   oliy
ta’lim   tashkilotlari   olimlarining   ilmiy-tadqiqot   ishlari   natijalarini   ishlab   chiqarish   jarayoniga   joriy   etish
uchun   tegishli   shart-sharoitlar,   shuningdek   oliy   ta’lim   tashkilotlari   ta’lim   jarayonining   yanada
takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich o’tishi uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Ta’lim   tashkilotlari   eksperimental   va   innovasion   faoliyatda   masofaviy   ta’lim   texnologiyalaridan
foydalanishi mumkin.
37-modda.   Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
Ta’lim   tashkilotlari   faoliyatining   ochiqligi   va   shaffofligi   ularning   rasmiy   veb-saytlarida   Internet   jahon
tarmog’ida   joylashtiriladigan   ta’lim   tashkilotlari   faoliyati   to’g’risidagi   ochiq   axborot   resurslari   bilan
ta’minlanadi.
Ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi:
ta’lim tashkilotining ustavi;
ta’lim berish tillari haqida ma’lumot;
davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari;
ta’lim faoliyatining moddiy-texnika ta’minoti haqida ma’lumot;
lisenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun);
ta’lim tashkilotining reytingi;
ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun davlat akkreditasiyasi to’g’risidagi sertifikat;
ilmiy   tadqiqotlar   yo’nalishlari   va   natijalari,   shuningdek   ularni   amalga   oshirish   uchun   ilmiy-tadqiqot
bazasi to’g’risidagi ma’lumot (oliy ta’lim uchun);
ta’lim   oluvchilarga   stipendiyalar   berish   tartibi,   ularga   ijtimoiy   yordam   ko’rsatishning   mavjudligi   va
shartlari to’g’risidagi ma’lumot; vaqtincha   yashash   joylarining   mavjudligi   va   yashash   joylarining   soni,   shuningdek   to’lov   miqdori
to’g’risidagi ma’lumot;
pedagoglar   va   ta’lim   oluvchilarning   soni,   shuningdek   pedagoglarning   ilmiy   salohiyati   to’g’risidagi
ma’lumot.
Ta’lim   tashkilotlarining   rasmiy   veb-saytlariga   joylashtiriladigan   axborotning   ishonchligini   ta’minlash
uchun ta’lim tashkilotlarining rahbarlari shaxsan javobgardir.
Ayrim   ta’lim   tashkilotlarining   faoliyati   to’g’risidagi   axborotdan   foydalanish   qonun   hujjatlarida
belgilangan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin.
38-modda.   Ta’lim tashkilotlariga o’qishga qabul qilish
Ta’lim   tashkilotlariga   o’qishga   qabul   qilish   barcha   talabgorlar   uchun   ta’lim   olishga   doir   teng
imkoniyatlarning   ta’minlanishi   prinsipi   asosida   amalga   oshiriladi,   shaxslarning   ayrim   toifalari   bundan
mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin.
Ta’lim   tashkilotlari   talabgorlarni   va   (yoki)   ularning   ota-onasini   yoki   boshqa   qonuniy   vakillarini   ustav,
lisenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun), davlat akkreditasiyasi to’g’risidagi sertifikat, o’quv dasturi
hamda   ta’lim   faoliyatini   tartibga   soluvchi   boshqa   hujjatlar,   ta’lim   oluvchilarning   huquqlari   va
majburiyatlari bilan tanishtirishi shart.
Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo’lgan   bolalar   o’qishga   o’z   ota-onasining   yoki
boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan
qabul qilinadi.
Ayrim   ta’lim   tashkilotlariga   (oliy   ta’lim   muassasalariga,   akademik   liseylarga,   Prezident,   ijod,
ixtisoslashtirilgan   maktablar   va   boshqalarga)   o’qishga   qabul   qilish   tanlov   asosida   amalga   oshiriladi.
Ta’lim   tashkilotlariga   tanlov   asosida   o’qishga   qabul   qilish   chog’ida   tanlov   ishtirokchilariga   tanlovni
o’tkazish tartibi to’g’risidagi axborot taqdim etiladi.
Davlat   oliy   ta’lim   va   professional   ta’lim   muassasalariga   o’qishga   qabul   qilish   davlat   granti   va   (yoki)
to’lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlariga   o’qishga   qabul   qilish   tartibi   ushbu   ta’lim   tashkilotlari   tomonidan
belgilanadi.
Chet   ellik   fuqarolarni   O’zbekiston   Respublikasining   davlat   ta’lim   muassasalariga   qabul   qilish   to’lov-
shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.
Oliy   ta’lim   muassasalariga   davlat   granti   asosida   o’qishga   qabul   qilish   parametrlari   O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish chog’ida imtiyozli kontingent uchun qo’shimcha qabul
parametrlari belgilanadi.
39-modda.   Davlat ta’lim muassasalariga o’qishga maqsadli qabul qilish
Davlat   ta’lim   muassasalariga   o’qishga   maqsadli   qabul   qilish   tegishli   hududlarning,   sohalar   va
tarmoqlarning   kadrlarga   bo’lgan   ehtiyojlaridan   kelib   chiqqan   holda   ular   uchun   belgilangan   ta’lim
oluvchilarni qabul qilish parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Davlat   ta’lim   muassasalariga   o’qishga   maqsadli   qabul   qilish   kadrlar   buyurtmachilari,   davlat   ta’lim
muassasalari va fuqarolar o’rtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Davlat   ta’lim   muassasalariga   maqsadli   qabul   qilish   tartibida   o’qishga   kirish   umumiy   asoslarda   tanlov
natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
40-modda.   Ta’lim to’g’risidagi hujjat
Akkreditasiya   qilingan   ta’lim   tashkilotlarining   davlat   ta’lim   standartlariga   va   davlat   ta’lim   talablariga
muvofiq   ta’lim   olgan   bitiruvchilariga   davlat   tomonidan   tasdiqlangan   namunadagi   ta’lim   to’g’risidagi
hujjat   (shahodatnoma,   diplom,   sertifikat,   guvohnoma)   beriladi.   Davlat   tomonidan   tasdiqlangan
namunadagi ta’lim to’g’risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ta’lim olgan hamda akkreditasiya
qilingan  davlat ta’lim  muassasalarining  tegishli o’quv  dasturlari  bo’yicha eksternat  tartibida  yakuniy  va
davlat attestasiyasidan o’tgan shaxslarga ham beriladi.
O’rta   maxsus   ta’lim,   professional   ta’lim   hamda   oliy   ta’lim   to’g’risidagi   diplomga   o’zlashtirilgan   fanlar
ro’yxati, ularning hajmlari va fanlar bo’yicha baholari yozilgan varaqa ilova qilinadi.
Tegishli   ilmiy   darajani   olish   uchun   dissertasiya   himoya   qilgan   shaxslarga   falsafa   doktori   (Doctor   of
Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
O’zbekiston   Respublikasining   va   xorijiy   davlatlarning   hukumatlari   o’rtasidagi   ikki   tomonlama   bitimlar
asosida ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni o’zaro tan olish amalga oshirilishi mumkin.
Uzluksiz   ta’limning   tegishli   turini   tamomlamagan   shaxslarga   belgilangan   namunadagi   ma’lumotnoma
beriladi.
Davlat   tomonidan   tasdiqlangan   namunadagi   ta’lim   to’g’risidagi   hujjat,   shuningdek   nodavlat   ta’lim
tashkilotlari tomonidan beriladigan O’zbekiston Respublikasida tan olinadigan ta’lim to’g’risidagi hujjat
uzluksiz ta’limning keyingi turi (darajasi) bo’yicha o’qishni davom ettirish yoki tegishli mutaxassislik va
kasb bo’yicha ishlash huquqini beradi.
Xorijiy   davlatlarning   va   O’zbekiston   Respublikasining   oliy   ta’lim   tashkilotlari   o’rtasida   tuzilgan
shartnoma   asosida   ularning   bitiruvchilariga   O’zbekiston   Respublikasi   hududida   oliy   ma’lumot
to’g’risidagi hujjat sifatida tan olinadigan ikki tomonlama diplom (Double Diploma) berilishi mumkin.
41-modda.   Ta’lim tashkilotlarining reytingi
Ta’lim tashkilotlarining reytingi:
ta’lim tashkilotlari o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish;
ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining o’sishini va sifatining oshishini rag’batlantirish;
pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
o’qitish sifatining yuqori ko’rsatkichlariga erishish;
mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadlarida belgilanadi.
Reytingni   belgilash   uchun   ta’lim   tashkiloti   tomonidan   taqdim   etilgan   ma’lumotlarning   ishonchliligi
uchun ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar bo’ladi.
42-modda.   Ta’lim tizimidagi monitoring
Ta’lim   tizimidagi   monitoring   ta’limning   holatini,   ta’lim   natijalarining   o’zgarishi   sur’atlarini,   ta’lim
faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish va kuzatishni, shuningdek ta’lim
oluvchilarning   kontingenti   to’g’risidagi   ma’lumotlarni   va   boshqaruv   qarorlari   qabul   qilinishini   tahlil
etishni o’z ichiga oladi.
Ta’lim   tashkilotlarining   monitoringi   Ta’lim   inspeksiyasi,   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi
organlari va ularning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ta’lim   holatining   tahlili   va   uni   rivojlantirish   istiqbollari   to’g’risidagi   axborot   Ta’lim   inspeksiyasining,
ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va ular hududiy bo’linmalarining, shuningdek
ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Ta’lim   tizimidagi   ma’lumotlar   jumlasiga   rasmiy   statistika   ma’lumotlari,   ta’lim   tizimi   monitoringi
natijalari,  ta’lim  sohasidagi  vakolatli  davlat  boshqaruvi  organlarining  va  ular  hududiy  bo’linmalarining,
mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ta’lim tashkilotlarining ma’lumotlari kiradi.
43-modda.   Ta’lim sohasidagi davlat nazorati
Ta’lim sohasidagi davlat nazorati berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati davlat ta’lim standartlariga,
davlat ta’lim talablari va o’quv dasturlariga, shuningdek ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlash
yo’li bilan amalga oshiriladi.
Ta’lim   tashkilotlari   ta’lim   sifati   ustidan   nazoratni   amalga   oshirishda   Ta’lim   inspeksiyasiga,   ta’lim
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga ko’maklashadi.
Ta’lim   tashkilotlari   tomonidan   berilayotgan   ta’limning   mazmuni   va   sifati   ta’lim   to’g’risidagi   qonun
hujjatlariga   nomuvofiqligi   aniqlangan   hollarda   Ta’lim   inspeksiyasi   nomuvofiqlikni   bartaraf   etish
yuzasidan   ularga   taqdimnoma   kiritadi.   Aniqlangan   nomuvofiqlik   bartaraf   etilmagan   taqdirda   Ta’lim
inspeksiyasi   ta’lim   tashkilotining   davlat   akkreditasiyasi   to’g’risidagi   sertifikatini   qonun   hujjatlariga
muvofiq bekor qilishga haqli.
Ta’lim   sifati   ustidan   nazorat   qilish   vakolatlariga   ega   bo’lmagan   organlar   tomonidan   ta’lim
tashkilotlarining   ta’lim   sifatini,   ta’lim   jarayoni   tashkil   etilishini,   pedagog   xodimlarining   mehnat
faoliyatini, ta’lim oluvchilarining o’zlashtirishini tekshirishga yo’l qo’yilmaydi.
Ta’lim   inspeksiyasi   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Tadbirkorlik   subyektlarining
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakilni xabardor qilgan holda nodavlat ta’lim
tashkilotlarida ta’lim sifati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
5-bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi
44-modda.   Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqi
Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo’lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik
faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar
o’z mutaxassisligi bo’yicha pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega.
Agar   qonun   hujjatlarida   boshqacha   qoida   nazarda   tutilmagan   bo’lsa,   pedagogik   oliy   ma’lumotga   ega
bo’lmagan   shaxslarga   qayta   tayyorlash   kurslaridan   o’tganidan   keyin   ta’lim   tashkilotlarida   (bundan   oliy
ta’lim tashkilotlari mustasno) pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqi beriladi.
Ishlab chiqarish ta’limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o’tmasdan professional ta’lim tashkilotlarida
pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishga haqli.
Zarurat bo’lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarini, shuningdek tegishli
bilim   hamda   amaliy   ko’nikmalarga   ega   bo’lgan,   oliy   ma’lumoti   bo’lmagan   boshqa   mutaxassislarni
amaliy va qo’shimcha mashg’ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.
45-modda.   Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari
Pedagog   xodimlarning   maqomi   jamiyat   va   davlat   tomonidan   tan   olinadi.   Pedagog   xodimlar   ijtimoiy
qo’llab-quvvatlanadi,   o’z   kasbiy   faoliyatini   amalga   oshirishi,   ularning   ijtimoiy   maqomi   va   obro’sini
oshirish   uchun   tashkiliy-huquqiy   shart-sharoitlar   yaratiladi,   shuningdek   o’z   huquq   va   qonuniy
manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’si davlat
himoyasi ostida bo’ladi. Ta’lim   tashkilotlari   pedagog   xodimlarining   kasbiy   faoliyatiga   aralashishga,   ta’lim   oluvchilarning
bilimlarini   to’g’ri   va   xolis   baholashga   ta’sir   ko’rsatishga,   shuningdek   ushbu   pedagog   xodimlarning
xizmat majburiyatlarini bajarishiga to’sqinlik qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
o’z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’sini himoya qilish;
o’quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o’qitish uslubiyotini ishlab
chiqish, shuningdek tegishli o’quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko’rsatish;
zamonaviy  pedagogik  shakllarni,  o’qitish  va  tarbiya  vositalarini,  usullarini  erkin  tanlash  hamda  ulardan
foydalanish;
kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
o’quv, ilmiy va uslubiy yo’nalishlardagi axborot-resurs markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish;
davlat   ta’lim   standartlarini,   davlat   ta’lim   talablarini,   malaka   talablarini,   o’quv   rejalari   va   o’quv
dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ilmiy,   ilmiy-tadqiqot   va   ijodiy   faoliyatni   amalga   oshirish,   eksperimental   faoliyatda   ishtirok   etish,
innovasiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
ta’lim   tashkilotini   boshqarishda,   shuningdek   ta’lim   tashkilotining   faoliyati   bilan   bog’liq   masalalarni
muhokama qilishda ishtirok etish;
kasaba   uyushmalari   va   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   a’zosi   bo’lish,   xodimlarining   vakillari   bo’lish,
fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida qatnashish;
o’z   kasbiy   huquqlarini   va   umumiy   manfaatlarni   ifoda   etish   hamda   himoya   qilish   uchun   pedagog
xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;
o’z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
davlat   sog’liqni   saqlash   muassasalarida   bepul   tibbiy   ko’rikdan   o’tish   (davlat   ta’lim   muassasalari   va
tashkilotlari uchun);
ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Pedagog   xodimlarni   ularning   lavozim   majburiyatlari   bilan   bog’liq   bo’lmagan   har   qanday   boshqa   ishga
jalb qilish taqiqlanadi.
46-modda.   Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’sini hurmat qilishi;
o’quv mashg’ulotlarini sifatli o’tkazishi;
axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan, o’qitish va tarbiyaning ilg’or hamda innovasion shakllari va
usullaridan foydalanishi;
ta’lim oluvchilarning psixologik va o’ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik
rivojlanishini   hisobga   olishi,   jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo’lgan   shaxslarni
o’qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi;
voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy
vakillari bilan hamkorlikda olib borishi; ta’lim  tashkilotining  ustaviga  va  (yoki)  boshqa  ta’sis  hujjatlariga,  ichki  mehnat  tartibi  qoidalariga  rioya
etishi;
o’z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy
attestasiyadan o’tishi;
tibbiy ko’rikdan o’z vaqtida o’tishi shart.
Pedagog   xodimlarning   zimmasida   qonun   hujjatlariga,   shuningdek   ta’lim   oluvchi   va   ta’lim   tashkiloti
o’rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Pedagog   xodimlarga   pedagogik   faoliyatni   amalga   oshirishda   axloq   va   etika   normalariga   zid   harakatlar
sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
6-bob.   Ta’lim   oluvchilarning,   ular   ota-onasining   hamda   boshqa   qonuniy   vakillarining   huquq   va
majburiyatlari
47-modda.   Ta’lim oluvchilarning huquqlari
Ta’lim oluvchilar quyidagi huquqlarga ega:
bepul asosda umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’lim va boshlang’ich professional ta’lim olish;
yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o’rta ta’lim muassasasiga qabul qilinish;
ta’lim olish shakllarini erkin tanlash;
davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o’quv dasturlariga muvofiq sifatli ta’lim olish;
ta’lim   olish   uchun   o’zining   ruhiy   xususiyatlari   va   fiziologik   rivojlanishi   inobatga   olingan   holda   zarur
shart-sharoitlarga ega bo’lish, shuningdek bepul psixologik-tibbiy xizmatlardan foydalanish;
davlat ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, professional ta’lim va oliy ta’limning
davlat   ta’lim   standartlari   talablariga   binoan   ishlab   chiqilgan,   o’zi   oladigan   ta’limning   mazmunini
shakllantirishda ishtirok etish;
pedagog  xodimlar  va ta’lim-tarbiya  jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan hayoti  va sog’lig’iga
qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zo’ravonlikdan, shaxsi haqoratlanishidan himoyalanish;
ta’lim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta’tillar olish;
akademik   ta’tillar   va   stipendiyalar   olish,   o’qishni   tiklash   va   o’qishini   boshqa   ta’lim   tashkilotlariga,   bir
ta’lim shaklidan, kasbdan, ta’lim yo’nalishidan, mutaxassisligidan boshqasiga ko’chirish;
ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
ta’lim   olish   jarayonida   ta’lim   tashkilotining   o’quv,   uslubiy,   ilmiy-ishlab   chiqarish,   madaniy,   sport   va
maishiy obyektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;
ta’lim tashkilotining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, ilmiy-texnikaviy, eksperimental va innovasion
faoliyatida ishtirok etish.
Ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim   oluvchilarni   ta’lim   olish   bilan   bog’liq   bo’lmagan   ishlarga   jalb   etish
taqiqlanadi.
48-modda.   Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari
Ta’lim oluvchilar: o’quv   dasturlari   asosida   bilim,   malaka   va   ko’nikmalarni   o’zlashtirishi,   mashg’ulotlarga   qatnashishi,
ularga mustaqil tayyorgarlik ko’rishi, pedagog xodimlarning topshiriqlarini bajarishi;
ta’lim-tarbiya   jarayonining   boshqa   ishtirokchilariga   nisbatan   jismoniy   va   (yoki)   ruhiy   zo’ravonlik
ishlatmasligi va ularning o’z majburiyatlarini bajarishiga to’sqinlik qilmasligi;
ustav  (ta’sis  hujjati)  talablariga,  ichki  tartib-qoidalariga,  vaqtincha  yashash  joylari  qoidalariga  va  ta’lim
faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar talablariga rioya etishi;
axloqiy, ma’naviy va jismoniy kamol topishga hamda o’z dunyoqarashini kengaytirishga intilishi;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’sini hurmat qilishi;
ta’lim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart.
Ta’lim oluvchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
49-modda.   Ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga nisbatan qo’yiladigan talablar
Ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim   oluvchilarning   kiyim-boshiga   doir   talablar   O’zbekiston   Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim   oluvchilarning   ayrim   toifalari   O’zbekiston   Respublikasi   Davlat   byudjeti   mablag’lari   hisobidan
kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.
50-modda.   Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlash
Kunduzgi   ta’lim   shaklidagi   ta’lim   tashkilotida   ta’lim   oluvchilarga,   shuningdek   sirtqi   ta’lim   shaklida
yakuniy va oraliq attestasiya davrida vaqtincha yashash joylari, ular mavjud bo’lgan taqdirda beriladi.
Vaqtincha   yashash   joylari   ta’lim   oluvchilarga   ta’lim   tashkiloti   tomonidan   belgilangan   tartibga   muvofiq
beriladi.
Vaqtincha   yashash   joylariga   muhtojlar   mavjud   bo’lgan   hollarda,   ushbu   joylardan   boshqa   maqsadlarda
foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
Vaqtincha yashash joylaridan foydalanish uchun ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq haq
to’lanadi.
Vaqtincha yashash joyidan foydalanganlik uchun to’lov miqdori ta’lim tashkiloti tomonidan belgilanadi.
Davlat   ta’lim   muassasalari   ayrim   turdagi   ta’lim   oluvchilar   uchun   vaqtincha   yashash   joyidan
foydalanganlik   uchun   to’lov   qiymatini   kamaytirishga   yoki   ularni   to’lovdan   to’liq   ozod   qilishga   haqli.
Yetim   bolalar   va   ota-ona   qaramog’idan   mahrum   bo’lgan   bolalar,   shuningdek   o’qitish   davrida   yetim
bo’lib   qolgan   bolalar,   jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo’lgan   bolalar   (shaxslar)
vaqtincha yashash joyidan foydalanganlik uchun haq to’lashdan ozod qilinadi.
51-modda.   Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq
va majburiyatlari
Voyaga   yetmagan   ta’lim   oluvchilarning   ota-onasi   va   boshqa   qonuniy   vakillari   bolaning   o’qishi,
tarbiyalanishi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun mas’uldir.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va ta’lim tashkilotlari
voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarni tarbiyalashda, ularning jismoniy hamda ruhiy sog’lig’ini muhofaza
qilish   va   mustahkamlashda,   shuningdek   individual   qobiliyatlarini   rivojlantirishda   ularning   ota-onasiga
hamda boshqa qonuniy vakillariga ko’maklashadi.
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega:
jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo’lgan   bolalarga,   shuningdek   uzoq   vaqt
davolanishga muhtoj bo’lgan bolalarga oilada ta’lim olish imkoniyatini berish; oilada   ta’lim   olayotgan   bolaning   fikrini   inobatga   olgan   holda   uning   o’qishini   ta’limning   har   qanday
bosqichida ta’lim tashkilotida davom ettirish to’g’risida qaror qabul qilish;
ta’lim   tashkilotlari   bilan   hamkorlik   qilish,   ta’lim-tarbiya   jarayonini   takomillashtirish,   moddiy-texnika
bazasini rivojlantirish, ta’lim tashkilotlariga xayriya yordami ko’rsatish bo’yicha takliflar kiritish;
ta’lim tashkilotining ustavi va (yoki) boshqa ta’sis hujjati, lisenziyasi, davlat akkreditasiyasi to’g’risidagi
sertifikati,   davlat   ta’lim   standartlari,   davlat   ta’lim   talablari,   malaka   talablari,   o’quv   rejalari   va   o’quv
dasturlari bilan tanishish;
ta’limning mazmuni, qo’llanilayotgan ta’lim va tarbiya usullari, ta’lim texnologiyalari bilan, shuningdek
o’z bolalarining o’quv fanlarini o’zlashtirishi natijalari bilan tanishish;
ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish.
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:
o’z   bolalarini   insonparvarlik,   vatanparvarlik,   mehnatsevarlik,   ma’naviy,   milliy   va   umuminsoniy
qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;
bolalarining umumiy o’rta, o’rta maxsus ta’lim yoki boshlang’ich professional ta’lim olishini ta’minlashi;
bolalarining   o’quv   mashg’ulotlariga   qatnashishini   ta’minlash   va   o’zlashtirishi   ustidan   nazoratni   amalga
oshirish;
o’z bolalarining intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki tartib-qoidalariga rioya etishi;
jismoniy   va   yuridik   shaxslar   bilan   munosabatlarda,   shu   jumladan   sudda   maxsus   vakolatlarsiz   o’z
bolalarining ta’lim sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Voyaga   yetmagan   ta’lim   oluvchilarning   ota-onasi   va   boshqa   qonuniy   vakillari   zimmasida   qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish
52-modda.   Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar, stipendiyalar va vaqtincha
yashash joylari bilan ta’minlanadi.
To’lov-shartnoma asosida ta’lim oluvchilarga imtiyozli bank kreditlari berilishi mumkin.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilishni qonun hujjatlariga, o’z ustaviga
va (yoki) boshqa ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiradi.
Davlat   ijtimoiy   himoya   qilishni   ta’minlash   maqsadida   kam   ta’minlangan   oilalardagi   bolalar,   jismoniy,
aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar (shaxslar) uchun, shuningdek mazkur toifadagi
ta’lim oluvchilarning kasbiy o’sishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
53-modda.   Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan kafolatlanadi. Ta’lim   tashkilotlarining   pedagog   xodimlariga   qisqartirilgan   ish   vaqti   davomiyligi   belgilanadi,   haq
to’lanadigan har yilgi uzaytirilgan ta’til va boshqa imtiyozlar va kafolatlar taqdim etiladi.
Ta’lim   tashkilotlarining   pedagog   va   boshqa   xodimlariga   sanitariya-gigiyenaga   oid,   epidemiyaga   qarshi
hamda profilaktika choralari bilan amalga oshiriladigan sog’liqni saqlash kafolatlanadi.
Ta’lim tashkilotlari mehnatga haq to’lash uchun mavjud bo’lgan mablag’lar doirasida mustaqil ravishda
ish haqiga, lavozim maoshlariga tabaqalashtirilgan ustamalar belgilashga va mehnatga haq to’lash hamda
uni rag’batlantirishning turli shakllarini qo’llashga haqli.
54-modda.   Yetim   bolalarni   va   ota-onasining   yoki   boshqa   qonuniy   vakillarining   qaramog’idan   mahrum
bo’lgan bolalarni o’qitish va ularning to’liq ta’minoti
Yetim   bolalarni   va   ota-onasining   yoki   boshqa   qonuniy   vakillarining   qaramog’idan   mahrum   bo’lgan
bolalarni   o’qitish   va   ularning   to’liq   ta’minoti   O’zbekiston   Respublikasi   Davlat   byudjeti   mablag’lari
hisobidan amalga oshiriladi.
55-modda.   Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo’lgan   bolalarni   (shaxslarni)   o’qitish
hamda tarbiyalash
Davlat   jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo’lgan   bolalarning   (shaxslarning)   davlat
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida
inklyuziv shaklda bepul umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim olishini
ta’minlaydi.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj
bo’lgan   bolalarni   o’qitish   hamda   tarbiyalash   uchun   davlat   ixtisoslashtirilgan   ta’lim   muassasalari   tashkil
etiladi. Ta’lim oluvchilarni ushbu ta’lim muassasalariga yuborish va ulardan chetlatish ota-onasining yoki
boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan
amalga oshiriladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar davlat ta’minotida bo’ladi.
56-modda.   Ijtimoiy reabilitasiyaga muhtoj bo’lgan bolalarni (shaxslarni) o’qitish va tarbiyalash
Alohida sharoitlarda o’qitish va tarbiyalanishga muhtoj bo’lgan bolalar (shaxslar) uchun ularning ta’lim
olishini,   kasbiy   tayyorgarligini   va   ijtimoiy   reabilitasiya   qilinishini   ta’minlaydigan   ixtisoslashtirilgan
o’quv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi.
Ozodlikdan   mahrum   qilish   tarzida   jazoni   ijro   etish   muassasalarida   saqlanayotgan   bolalarning
(shaxslarning) ta’lim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratiladi.
8-bob. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini lisenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat
akkreditasiyasidan   o’tkazish.   Xorijiy   davlatda   olingan   ta’lim   to’g’risidagi   hujjatni   tan   olish,   ta’lim
sohasidagi hujjatlarga apostil qo’yish
57-modda.   Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini lisenziyalash
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlarining   faoliyatini   lisenziyalash   «Faoliyatning   ayrim   turlarini   lisenziyalash
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi   Qonuni   bilan tartibga solinadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga lisenziya berish, lisenziyaning amal qilishini to’xtatib turish yoki tugatish,
shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Lisenziyalar nomuayyan muddatga, ta’limning har bir turi uchun alohida beriladi.
58-modda.   Ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o’tkazish
O’zbekiston   Respublikasi   hududida   faoliyat   ko’rsatayotgan   maktabgacha,   umumiy   o’rta,   o’rta   maxsus,
professional va oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek maktabdan tashqari ta’limni, oliy ta’limdan keyingi ta’limni,   kadrlarni   qayta   tayyorlash   va   ularning   malakasini   oshirishni   amalga   oshiruvchi   ta’lim
tashkilotlari   davlat   ta’lim   standartlariga,   davlat   ta’lim   talablariga   hamda   o’quv   dasturlariga   muvofiqlik
jihatidan attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o’tkaziladi.
Ta’lim   tashkilotlarini   attestasiyadan   va   davlat   akkreditasiyasidan   o’tkazish   besh   yil   muddatga   amalga
oshiriladi.
Ta’lim   tashkilotlarini   attestasiyadan   va   davlat   akkreditasiyasidan   o’tkazish   ta’lim   tashkilotlarining
arizasiga ko’ra Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ariza akkreditasiya muddati tugashidan
uch oy oldin beriladi.
Attestasiya   ikki   bosqichda   —   ta’lim   tashkilotlari   faoliyatini   ichki   baholash   va   tashqi   baholash
bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ichki baholash ta’lim tashkilotining o’zini o’zi baholashidir.
Tashqi   baholash   ichki   baholash   o’tkazilganidan   keyin   Ta’lim   inspeksiyasi   tomonidan   amalga
oshiriladigan baholashdir.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   yoki   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari
asosida tashkil etilgan, shuningdek vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralari va mahalliy davlat hokimiyati
organlari   tomonidan   tashkil   etilgan   ta’lim   tashkilotlari   tashkil   etilgan   kundan   e’tiboran   besh   yil
mobaynida akkreditasiya qilingan hisoblanadi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   lisenziya   olingan   kundan   e’tiboran   besh   yil   davomida   akkreditasiyadan
o’tgan   deb   hisoblanadi,   bu   muddat   tugagach,   ushbu   Qonunda   belgilangan   tartibda   attestasiya   va
akkreditasiyadan o’tkaziladi.
Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditasiyasidan o’tkazish maqsadida Ta’lim inspeksiyasi huzurida doimiy
faoliyat ko’rsatuvchi davlat akkreditasiya komissiyasi tuziladi.
Davlat   akkreditasiyasi   ta’lim   tashkilotining   attestasiyasi   asosida   amalga   oshiriladi.   Doimiy   faoliyat
ko’rsatuvchi   davlat   akkreditasiya   komissiyasi   ta’lim   tashkilotining   maqomini   va   uning   faoliyati   davlat
ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga va o’quv dasturlariga muvofiqligini aniqlaydi.
Ta’lim tashkilotining davlat akkreditasiyasi to’g’risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, unga davlat
akkreditasiyasining amal qilish muddati ko’rsatilgan holda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ta’lim   tashkiloti   qayta   tashkil   etilgan   yoki   tugatilgan   hollarda   davlat   akkreditasiyasi   to’g’risidagi
sertifikatning amal qilishi Ta’lim inspeksiyasining qarori bilan tugatiladi.
Ta’lim   to’g’risidagi   qonun   hujjatlarining   talablari   yoki   sertifikatda   ko’rsatilgan   shartlar   buzilganligi
aniqlangan va aniqlangan qoidabuzarliklar ta’lim tashkiloti tomonidan bartaraf etilmagan hollarda Ta’lim
inspeksiyasi   tomonidan   davlat   akkreditasiyasi   to’g’risidagi   sertifikatning   amal   qilishini   bekor   qilish
xaqida qaror qabul qilinadi.
Davlat   akkreditasiyasidan   o’tgan   ta’lim   tashkilotlari   Ta’lim   tashkilotlarining   reyestriga   kiritiladi   va   bu
haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
59-modda.   Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o’tkazish
Ta’lim   tashkilotlarining   faoliyati   tashqi   baholashdan   o’tkazilishidan   oldin   ular   Ta’lim   inspeksiyasi
tomonidan   ishlab   chiqilgan   attestasiyadan   o’tkazish   mezonlari   va   ko’rsatkichlari   asosida   o’z   faoliyatini
mustaqil ravishda ichki baholashdan o’tkazadi.
Ta’lim   tashkilotlari   o’z   faoliyati   tashqi   baholashdan   o’tkazilishidan   ikki   oy   oldin   ichki   baholash
natijalarini Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etadi.
Ta’lim   inspeksiyasi   ta’lim   tashkilotining   faoliyatini   ichki   baholash   yakunlarini   o’rganadi   va   ulardan
ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi. Ta’lim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar bo’ladi.
60-modda.   Xorijiy davlatda olingan ta’lim to’g’risidagi hujjatni tan olish
Xorijiy   davlatda   1992   yil   1   yanvardan   keyin   olingan   ta’lim   to’g’risidagi   hujjat   tan   olish   jarayonidan
o’tkazilganidan keyin O’zbekiston Respublikasining butun hududida qonuniy kuchga ega hujjat sifatida
tan olinadi.
Xorijiy   davlatda   olingan   ta’lim   to’g’risidagi   hujjatni   tan   olish   Ta’lim   inspeksiyasi   tomonidan   amalga
oshiriladi.
Xorijiy  davlatda  olingan   ta’lim  to’g’risidagi   hujjatni  tan  olish   tartibi  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
61-modda.   Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo’yish
Ta’lim   sohasidagi   rasmiy   hujjatlarga   apostil   hujjatni   tasdiqlagan   shaxs   imzosining   haqiqiyligini,
shuningdek muhr yoki shtampning bosma izi haqiqiysiga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida qo’yiladi.
Apostilga qo’yilgan imzo, muhr yoki shtamp qo’shimcha ravishda tasdiqlashni talab etmaydi.
Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qo’yish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan
amalga oshiriladi.
9-bob. Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash
62-modda.   Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish
Davlat   ta’lim   muassasalarini   moliyalashtirish   O’zbekiston   Respublikasining   respublika   byudjetidan,
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   byudjetidan,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar   mahalliy   byudjetlaridan,
tumanlar   va   shaharlar   byudjetlaridan,   kadrlar   buyurtmachilarining   mablag’lari   hisobidan,   shuningdek
byudjetdan   tashqari   mablag’lar   hamda   qonun   hujjatlarida   taqiqlanmagan   boshqa   manbalar   hisobidan
amalga oshiriladi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlarini   moliyalashtirish   muassislarning,   kadrlar   buyurtmachilarining   pul   va
moddiy   mablag’lari   hamda   qonun   hujjatlarida   taqiqlanmagan   boshqa   manbalar   hisobidan   amalga
oshiriladi.
Davlat   ta’lim   muassasalari   ustavida   belgilangan   vazifalarga   muvofiq   pulli   ta’lim   xizmatlari   va   boshqa
xizmatlar ko’rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega.
Pulli ta’lim xizmatlarini ko’rsatish davlat ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi
kerak.
Davlat  ta’lim  muassasalarida  qo’shimcha  ta’lim  xizmatlari  ko’rsatganlik  uchun  haq  undirish  tartibi  ular
tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Davlat   ta’lim   muassasalari   pulli   ta’lim   xizmatlari   va   boshqa   xizmatlar   ko’rsatish   hamda   tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanish hisobidan olingan pul mablag’larini mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli.
Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishning qo’shimcha manbalari quyidagilardan iborat:
shartnomalar asosida, shu jumladan chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar
asosida   kadrlarni   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   ularning   malakasini   oshirish   hisobidan   tushgan
mablag’lar;
jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   buyurtmalari   asosida   ilmiy-tadqiqot,   o’quv-uslubiy   va   qonunda
taqiqlanmagan boshqa ishlarni bajarish hisobidan tushgan mablag’lar;
ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni, bajarilgan ishlarni va ko’rsatilgan xizmatlarni
realizasiya qilishdan olingan daromadlar; binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga berish hisobidan tushgan mablag’lar;
ta’lim   tashkilotlarining   bo’sh   turgan   pul   mablag’larini   bank   muassasalariga   depozitlarga   joylashtirish
hisobidan olingan pul mablag’lari (foizlar);
davlat   va   xo’jalik   boshqaruvi   organlari,   shuningdek   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   tomonidan
ajratiladigan mablag’lar;
bank kreditlari va ssudalari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag’lari.
Maktabgacha,   umumiy   o’rta,   o’rta   maxsus   ta’limda   va   boshlang’ich   professional   ta’limda   ajratiladigan
mablag’lar   summalari   O’zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi   tomonidan   belgilanadi   hamda   ushbu
mablag’lar tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarning o’qish joyidagi ta’lim tashkilotlariga yo’naltiriladi.
63-modda.   Ta’limni rivojlantirish jamg’armalari
Ta’limni  rivojlantirish  jamg’armalari  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  davlat  muassasalari  hamda
tashkilotlarining,   yuridik   va   jismoniy   shaxslarning,   shu   jumladan   chet   ellik   yuridik   va   jismoniy
shaxslarning badallari hamda ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
hisobidan tashkil etilishi mumkin.
64-modda.   Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik
Ta’lim   sohasidagi   davlat-xususiy   sheriklik   davlat   va   xususiy   sheriklarning   muayyan   muddatga   yuridik
jihatdan   rasmiylashtirilgan,   davlat-xususiy   sheriklik   loyihasini   amalga   oshirish   uchun   o’z   resurslarini
birlashtirishiga asoslangan hamkorlikdir.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilishi mumkin.
Ta’lim   sohasidagi   davlat-xususiy   sheriklik   «Davlat-xususiy   sheriklik   to’g’risida»gi   O’zbekiston
Respublikasi Qonuni   prinsiplari, normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
65-modda.   Ta’lim sohasiga investisiyalarni jalb etish
Davlat   ta’lim   sohasini,   ta’lim   tashkilotlari   faoliyatini   rivojlantirishga,   shuningdek   investorlarning,   shu
jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga
qaratilgan   investisiyalarni   jalb   etish   uchun   qulay   ijtimoiy-iqtisodiy,   tashkiliy-huquqiy   sharoitlar
yaratilishini ta’minlaydi.
66-modda.   Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki
Ta’lim tashkilotlari o’z mulkiga, xo’jalik yurituvidagi yoki operativ boshqaruvidagi mulkka ega bo’lishi
kerak.
Davlat   ta’lim   muassasalarining   operativ   boshqaruvida   yoki   xo’jalik   yurituvida   bo’lgan   obyektlarning
(binolar,   inshootlar,   qurilayotgan   binolar   va   inshootlarning,   o’quv,   ishlab   chiqarish   va   ijtimoiy
infratuzilmalarning, ta’lim oluvchilar vaqtincha turar joy binolarining, klinik bazalar va boshqa ko’chmas
mulk   obyektlarining,   shu   jumladan   ta’lim   kampuslariga   kiradigan   mulk   obyektlarining)
xususiylashtirilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Ta’lim   tashkilotlari   qayta   tashkil   etilgan   hollarda   ularning   mol-mulki   yangi   tashkil   etilgan   ta’lim
tashkilotiga huquqiy vorislik asosida o’tkaziladi.
Ta’lim   tashkilotlari   tugatilganda   ularga   tegishli   mol-mulk   kreditorlarning   talablari   qanoatlantirilgandan
so’ng, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, muassislarga (ishtirokchilarga)
qaytariladi.
10-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik 67-modda.   Ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi
Ta’lim   tashkilotlari   quyidagilar   vositasida   tegishli   xorijiy   mamlakatlarning   ta’lim   muassasalari   va
tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:
ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
qo’shma fakultetlar, o’quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;
xalqaro darajadagi birgalikdagi ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash;
hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o’tkazish;
talabalar, magistrlar, doktorantlar, o’qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga oshirish;
ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlar.
Ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari
bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.
68-modda.   Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ta’lim   sohasidagi   xalqaro   hamkorlik   O’zbekiston   Respublikasining   xalqaro   shartnomalari   va   qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari:
xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
O’zbekiston   Respublikasida   doimiy   yashovchi   fuqarolarni   xorijiy   davlatlarning   ta’lim   muassasalariga
o’qish uchun yuboradi;
pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilar almashinuvini amalga oshiradi;
rahbar   hamda   pedagog   xodimlarning   xorijiy   davlatlarda   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   malakasini
oshirishni tashkil etadi;
o’z   xodimlari   hamda   mutaxassislarini   xalqaro   konferensiyalarga   va   stajirovkalarga   yuborish,   ularning
xalqaro loyihalar hamda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishini qo’llab-quvvatlaydi.
Ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi   organlari   qonun   hujjatlariga   muvofiq   ta’lim   sohasidagi
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha boshqa tadbirlarni ham amalga oshirishi mumkin.
69-modda.   Xorijda ta’lim olish
O’zbekiston   Respublikasida   doimiy   yashovchi   fuqarolar   O’zbekiston   Respublikasining   xalqaro
shartnomalariga muvofiq yoki yakka tartibda xorijda ta’lim olish huquqiga ega.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
70-modda.   Nizolarni hal etish
Ta’lim sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
71-modda.   Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
72-modda.   O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish
Quyidagilar o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin: 1) O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to’g’risida»gi   463-I-sonli   Qonuni   (O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Axborotnomasi,   1997   yil,
№ 11-12, 295-modda);
2)   O’zbekiston   Respublikasining   1997   yil   29   avgustda   qabul   qilingan   «Ta’lim   to’g’risida»gi   464-I-
sonli   Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 225-modda);
3)   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   1997   yil   29   avgustdagi   465-I-sonli   «O’zbekiston
Respublikasining   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonuni   kuchga   kirish   tartibi   to’g’risida»gi   Qarori   (O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 226-modda);
4) O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 9 aprelda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga
o’zgartish   kiritish   to’g’risida»gi   O’RQ-87-sonli   Qonunining   (O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 160-modda)   1-moddasi ;
5)   O’zbekiston   Respublikasining   2013   yil   7   oktyabrda   qabul   qilingan   «O’zbekiston   Respublikasining
ayrim   qonun   hujjatlariga   o’zgartish   va   qo’shimchalar   kiritish,   shuningdek   ayrim   qonun   hujjatlarini   o’z
kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida»gi O’RQ-355-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 10, 263-modda)   15   va   16-moddalari ;
6)   O’zbekiston   Respublikasining   2018   yil   3   yanvarda   qabul   qilingan   «Ayrim   davlat   organlari   faoliyati
takomillashtirilishi,   shuningdek   fuqarolarning   huquqlari   va   erkinliklarini   himoya   qilish   kafolatlarini
ta’minlashga   doir   qo’shimcha   chora-tadbirlar   qabul   qilinishi   munosabati   bilan   O’zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-456-
sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 1,
1-modda)   14   va   15-moddalari ;
7)   O’zbekiston   Respublikasining   2018   yil   18   aprelda   qabul   qilingan   «O’zbekiston   Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-476-sonli Qonunining
(O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   palatalarining   Axborotnomasi,   2018   yil,   №   4,   224-modda)   26-
moddasi .
73-modda.   Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
O’zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi,   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o’rta   maxsus   ta’lim
vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi   hamda   boshqa   manfaatdor   vazirliklar,   davlat   qo’mitalari,   idoralar   va   tashkilotlar   ushbu
Qonunning   ijrosini,   ijrochilarga   yetkazilishini   hamda   mohiyati   va   ahamiyati   aholi   o’rtasida
tushuntirilishini ta’minlasin.
74-modda.   Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat   boshqaruvi   organlari   ushbu   Qonunga   zid   bo’lgan   o’z   normativ-huquqiy   hujjatlarini   qayta   ko’rib
chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
75-modda.   Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYoYeV
Toshkent sh.,
2020 yil 23 sentyabr,
O’RQ-637-son Kadrlar  tayyorlashning  milliy modelini hayotga tatbiq etishning ahamiyati
  Kadrlar   tayyorlash   milliy   modelining   asosiy,   tarkibiy   qismlari.   Kadrlar   tayyorlash   milliy   modeli   faqat
ta’lim-tarbiya jarayoninigina qamrab olmay, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o‘z ichiga
oladi. 
Kadrlar  tayyorlash  milliy   modeli   shaxs,  davlat  va   jamiyat,   uzluksiz   ta’lim,   fan   va  ishlab  chiqarish  kabi
tarkibiy qismlarning o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va
axloqiy   talablarga   javob   beruvchi   yuqori   malakali   kadrlarni   tayyorlash   Milliy   tizimi»   mohiyatini   aks
ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi (2-chizma): 
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»ning   asosida   kadrlar   tayyorlash   milliy   modeli   va   uning   mohiyati
yoritiladi. Milliy  modelning  o‘ziga xos  xususiyati mustaqil  ravishda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta  hamda
uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o‘z navbatida umumiy
ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga o‘tilishiga zamin yaratadi 1.
1.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: 
Shaxs   kadrlar   tayyorlash   tizimining   bosh   subyekti   va   obyekti,   ta’lim   sohasidagi   xizmatlarning
iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi,
ishlab   chiqarish   sohalari   bilan   tanishadi,   shuningdek,   o‘zida   ijtimoiy   ta’sirlar   yordamida   ma’naviy-
axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy tajriba
asosida   kasbiy   mahorat   ham   shakllanib   boradi.   Yuksak   ma’naviy-axloqiy   sifatlar   va   yuqori   darajadagi
kasbiy malakaga ega bo‘lish uchun shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda unga erishish
1. 1Ўша манба, – 34-бет. Давлат, 
жамият Узлуксиз таълим
Шахс
Фан Ишлаб 
чиқариш
Кадрлар тайёрлаш миллий моделининг таркибий 
қисмлари ўртасидаги ўзаро алоқадорлик ва боғлиқлик yo‘lida   tinimsiz   izlanishi,   o‘qib-o‘rganishi   lozim.   Shundagina   u   ijtimoiy   raqobatga   chidamli,   malakali
kadr bo‘lib shakllanadi.
O‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lish, ta’lim sohasidagi xizmatlardan to‘laqonli, samarali foydalana
olish,   ilmiy   va   kasbiy   bilimlarni   puxta   o‘zlashtirishga   erishish   shaxsga   yetuk   mutaxassis   bo‘la   olishi
uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o‘ziga bog‘liqdir. Shu bois milliy dasturda
shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 
«Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligidan
o‘tish   kafolatlanadi.   Ta’lim   olish   jarayonida   shaxs   davlat   ta’lim   standartlarida   ifoda   etilgan   talablarni
bajarishi shart.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab
chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va uz bilimi hamda tajribasini
o‘rgatishda ishtirok etadi» 1.
1.
Davlat   va   jamiyat   ta’lim   va   kadrlar   tayyorlash   tizimining   faoliyatini   tartibga   solish   va   nazorat   qilishni
amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
Shaxs   kamoloti   nafaqat   o‘zi   uchun,   balki   davlat   va   jamiyat   taraqqiyoti,   ravnaqi   uchun   ham   muhim
ahamiyatga   egadir.   Binobarin,   fuqarolari   yuksak   ma’naviyatga   ega   jamiyat   har   tomonlama   taraqqiy   eta
oladi. 
Shaxs va davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat
(jamiyat)   o‘z   fuqarolarining   yashashi,   mehnat   qilishi,   iqtidori   va   salohiyatini   ro‘yobga   chiqarishi,   uni
namoyon   eta   olishi   uchun   yetarli   darajada   shart-sharoit   yaratib   bera   olishi   lozim.   Respublika   ta’lim
tizimida   davlat   va   jamiyat   shaxsning   har   tomonlama   shakllanishi,   o‘zligini   namoyon   eta   olishi   uchun
yetarli   darajada   shart-sharoit   yaratib   berish   mas’uliyatini   o‘z   zimmasiga   oluvchi   subyekt   sifatida
namoyon bo‘ladi.
Davlat   va   jamiyat   ta’lim   muassasalarining   yuqori   malakali   raqobatbardosh   mutaxassislarni   tayyorlash
yo‘lidagi faoliyatini ham uyg‘unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi:
fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga;
majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini
tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga;
davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni olish
huquqiga;
davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
ta’lim   oluvchilarning   o‘qishi,   turmushi   va   dam   olishi   uchun   shart-sharoitlar   yaratish   borasidagi
vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga;
sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishiga 1. 
1. 
Uzluksiz   ta’lim   malakali,   raqobatbardosh   kadrlar   tayyorlashning   asosi   bo‘lib,   ta’limning   barcha   turlari,
davlat  ta’lim  standartlarini,  kadrlar  tayyorlash  tizimi  tuzilmasi  va  uning  faoliyat  ko‘rsatish  muhitini  o‘z
ichiga oladi. 
Uzluksiz   ta’lim   kadrlar   tayyorlash   tizimining   asosi,   O‘zbekiston   Respublikasining   ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy
1. 1Ўша манба, – 30-бет.
1.  1Ўша манба, – 30-31-бетлар. ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi
va   yuqori   malakali   raqobatbardosh   kadrlarning   jadal   tayyorlanishi   uchun   zarur   shart-sharoitlarni
yaratadi 2.
2.
Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur
davrda   shaxs   fan   asoslari   hamda   kasb-hunar   ma’lumotlarini   o‘zlashtiradi,   yuksak   ma’naviy-axloqiy
sifatlarga   ega   shaxs   va   malakali   kadr   sifatida   kamol   topib   boradi.   Unda   muayyan   dunyoqarash
shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari talablariga
muvofiq tashkil etiladi. 
Uzluksiz ta’limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asoslanadi. Jumladan:
ta’limning ustuvorligi;
ta’limning demokratlashuvi;
ta’limning insonparvarlashuvi;
ta’limning ijtimoiylashuvi;
ta’limning milliy yo‘naltirilganligi;
ta’lim   va   tarbiyaning   uzviy   bog‘liqligi,   bu   jarayonning   har   tomonlama   kamol   topgan   insonni
shakllantirishga yo‘naltirilganligi;
iqtidorli   yoshlarni   aniqlash,   ularga   ta’limning   eng   yuqori   darajasida,   izchil   ravishda   fundamental   va
maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish 1.
1.
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»da   uzluksiz   ta’limni   isloh   qilish   yo‘nalishlari   ham   aniq   ko‘ratib
berilgan.   Mazkur   yo‘nalishlar   sirasiga   quyidagilar   kiradi:   kadrlar   salohiyatini   tubdan   yaxshilash;
pedagoglarning   kasbiy   nufuzini   oshirish;   davlat   va   nodavlat   ta’lim   muassasalarining   turlarini
rivojlantirish;   ta’lim   tizimini   tarkibiy   jihatdan   qayta   qurish;   ta’lim   dasturlarini   tubdan   o‘zgartirish;
majburiy o‘rta umumiy ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tilishini ta’minlash; yangi tipdagi
o‘quv   muassasalarini   vujudga   keltirish;   yangi   kasb-hunar   va   mutaxassisliklar   bo‘yicha   kadrlar,   shu
jumladan,   boshqaruv   tizimi   kadrlarini   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   ularning   malakasini   oshirish;
ta’limning   barcha   daraja   va   bo‘g‘inlarida   ta’lim   oluvchilarning   ma’naviy-axloqiy   fazilatlarini
rivojlantirish;   ta’limni   boshqarish   tizimini   takomillashtirish,   ta’lim   muassasalarini   mintaqalashtirish;
shaxsga   ta’lim   berish   va   uni   tarbiyalashda   oila,   ota-onalar,   jamoat   tashkilotlari,   mahallalar,   xayriya   va
xalqaro   fondlarning   rolini   kuchaytirish;   ta’lim   jarayoni   va   kadrlar   tayyorlash   sifatiga   xolis   baho   berish
tizimini yaratish; ta’lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta’minlash
mexanizmlarini   shakllantirish;   uzluksiz   ta’limni   fan   va   ishlab   chiqarish   bilan   integrasiyalashtirishning
puxta  mexanizmlarini  ishlab chiqish;  chet  el  va  xalqaro tashkilotlar  bilan hamkorlikni  kengaytirish;  tub
yerli   millatga   mansub   bo‘lmagan   shaxslar   zich   yashaydigan   joylarda   ularning   o‘z   ona   tillarida   ta’lim
olishlari   uchun   tashkiliy   va   pedagogik   shart-sharoitlarni   yaratish;   ta’limning   barcha   darajalarida   ta’lim
oluvchilarning   huquqiy,   iqtisodiy,   ekologik   va   sanitariya-gigiyena   ta’limi   hamda   tarbiyasini
takomillashtirish.
Fan   yuqori   malakali   mutaxassisni   tayyorlovchi   va   ulardan   foydalanuvchi,   ilg‘or   pedagogik   va   axborot
texnologiyalarini   ishlab   chiqaruvchi   bo‘lib,   «kadrlar   tayyorlash   milliy   tizimida   tabiat   va   jamiyat
taraqqiyoti   qonuniyatlari   to‘g‘risidagi   yangi   fundamental   va   amaliy   bilimlardan   foydalanishni,   yuqori
malakali   ilmiy   va   ilmiy-pedagog   kadrlar   tarkibini   shakllantirishni,   ulardan   ta’lim   tizimida   unumli
foydalanishni,   shuningdek,   kadrlar   tayyorlash   jarayonining   ilmiy   tadqiqotlar   infrastrukturasini   yaratish,
ta’limning   axborot   tarmoqlarida   foydalanish   uchun   bilimning   turli   sohalari   bo‘yicha   axborot   bazasini
2. 2Ўша манба, –31-бет.
1. 1Ўша манба, –31-32-бетлар. shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-
pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqyei va obro‘sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi» 1.
1.
Kadrlar   tayyorlash   milliy   modelining   tarkibiy   qismlaridan   biri   sifatida   fan,   yana   shuningdek,   «ta’lim
mazmunini   tubdan   yangilashda:   ta’lim   standartlari,   ta’lim   dasturlari,   o‘quv   darsliklari   va   qo‘llanmalar
tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi» 2. 
2. 
5.   Ishlab   chiqarish   –   kadrlarga   bo‘lgan   ijtimoiy   ehtiyojni   shuningdek,   ularning   tayyorgalik   sifati   va
saviyasiga   nisbatan   qo‘yiladigan   talablarni   belgilovchi   asosiy   buyurtmachi,   kadrlar   tayyorlash   tizimini
moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisichisi.
«Ishlab   chiqarishning   talab-ehtiyojlari   kadrlar   tayyorlash   tizimining   yo‘nalishi,   darajasi   va   miqyoslarini
shakllantiradi,   kasb   tayyorgarligining   maqsadi,   vazifalari   va   mazmunini   belgilaydi,   malaka   talablarini
ilgari suradi, ta’limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish
pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi» 1.
1.
Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va
o‘quv   yurtlarini   moliyalash   jarayonida   ishtirok   etib,   mutaxassislarning   kasbiy   rivojlanishi   va   shaxsiy
faolligini   rag‘batlantiradi,   ularni   moddiy   va   ma’naviy   jihatdan   qo‘llab-quvvatlashda   bevosita   ishtirok
etadi» 2.
2.
Avvallari   ishlab   chiqarish   tayyor   kadrlar   kuchi   va   salohiyatidan   foydalanuvchi   iste’molchi   sifatidagina
faoliyat olib borgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o‘zgardi. Endilikda ishlab
chiqarish   kadrlarni   tayyorlash   sifati   va   saviyasiga   nisbatan   o‘z   talablarini   qo‘ya   oladi.   Shu   bilan   birga
sifatli   hamda   yuksak   saviyali   mutaxassisni   tayyorlab   yetishtirish   yo‘lida   uzluksiz   ta’lim   hamda   fan
tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Shu asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisiga aylandi.
Milliy   model   Konsepsiyasining   mazmuni   o‘zbek   xalqining   milliy   turmush   tarzi   va   ma’naviy-axloqiy
an’analari   bilan   hamnafasdir.   Zero,   xalq   orasida   qadimdan   «ma’rifatli   inson»   tushunchasi   qo‘llanilib
kelingan bo‘lib, u o‘zida keng ma’noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi,
millatining   ruhiyatida   ustuvor   o‘rin   tutuvchi   omil   sanaladi.   Ma’rifatlilik   –   faqatgina   bilim   va   malakaga
ega   bo‘lish   emas,   ayni   vaqtda   chuqur   ma’naviy   axloq   hamdir.   Bilimli,   komil   inson   qiyofasida   ana
shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi. 
Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun mohiyati o‘zbek xalqining milliy tarixi va
hayot tarzi bilan bog‘lanib ketgan. 
Mustaqil   O‘zbekiston   Respublikasida   o‘ziga   xos,   takrorlanmas,   tarixiy   an’analarga   asoslangan   hamda
bugungi kun talablariga to‘la javob bera oladigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi. 
Zamonaviy o‘qituvchi va uning shaxsiga qo‘yiladigan talablar
Pedagoglik   kasbi,   uning   paydo   bo‘lishi   va   ravnaq   topishi.   Pedagoglik   kasbining   shakllanishi   kishilik
taraqqiyoti   tarixi   bilan   uzviy   bog‘liq.   Terib-termachlab   kun   kechirgan   ibtidoiy   davr   kishilari   bolalarni
o‘zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o‘simliklarning ildizi kovlab
olish,   suv   manbalarini   izlab   topish   kabi   harakatlarni   amalga   oshirishni   o‘rgatganlar.   Bunday   harakatlar
qabila   (urug‘)ning   tajribali   kishilari   yoki   keksalar   tomonidan   amalga   oshirilgan.   Oddiy   kundalik
1. 1Баркамол авлод орзуси //Тузувчилар Ш.Қурбонов, Щ.Саидов, Р.Аҳлиддинов. – Тошкент: Шарқ 
нашриёт-матбаа концерни Бош таҳририяти, 1999. – 172-бет.
2.  2Ўша асар, 171-бет.
1. 1Кадрлар тайёрлаш миллий дастури //Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент: 
Шарқ нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – 42-бет.
2. 2Баркамол авлод орзуси //Тузувчилар Ш.Қурбонов, Щ.Саидов, Р.Аҳлиддинов. – Тошкент: Шарқ 
нашриёт-матбаа концерни Бош таҳририяти, 1999. – 173-174-бетлар. ehtiyojlarni   qondirish   yo‘lida   olib   borilayotgan   xatti-harakatlar   asosida   yoshlarga   mavjud   tajribalar
asosida   ma’lumotlarni   berib,   ularda   amaliy   ko‘nikmalarni   shakllantirganlar.   Turli   tovushlarni   chiqarish
yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida
o‘zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo‘lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga
oshirilgan.   Kishilik   tarixida   tub   inqilobni   sodir   etgan   nutq   va   yozuvning   paydo   bo‘lishi,   shuningdek,
urug‘   jamoasi   tomonidan   bajariladigan   mehnat   faoliyatining   turli   sohalarga   ajralishi   yoshlarga   nisbatan
munosabatning ilg‘or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.
Turli   tabiiy   ofatlar   ta’siridan   himoyalanish,   kishilar   hayotiga   xavf   solayotgan   kasalliklarni   davolash,
hayot   kechirish   uchun   yetarli   oziq-ovqatlarni   jamlab   olishga   bo‘lgan   tabiiy   ehtiyoj   yoshlarga   hayotiy
tajribalarni   ma’lum   mehnat   faoliyati   yo‘nalishida   yetarlicha   bilimga   ega   bo‘lgan   kishilar   tomonidan
berilishi   maqsadga   muvofiq   ekanligini   ko‘rsatdi.   Natijada   bolalarga   hayot   tajribalarini   o‘rgatuvchi
kishilar   guruhi   shakllandi   hamda   bolalarga   ma’lum   yo‘nalishlar   bo‘yicha   bilimlarni   berish   maxsus
ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi. 
Dastlabki   maktablar   qadimgi   Sharqda   (Vavilon,   Misr,   Hindistonda)   paydo   bo‘lib,   ularda   bolalarga
ma’muriy-xo‘jalik boshqaruvi asoslari o‘rgatilgan.
Antik   davrda   maktablar  Sparta,  Afina  va   Rim   tarbiya   tizimining  muhim   tarkibiy  qismi  sifatida   faoliyat
olib borganlar.
Qadimgi   Yunonistonda   bunday   joylar   akademiya   deb   nomlangan.   «Akademiya»   so‘zi   afsonaviy
qahramon   Akadema   nomidan   kelib   chiqqan.   Eramizdan   avvalgi   IV   asrda   Afina   yaqinidagi   Akadema
nomi   bilan   nomlanuvchi   joyda   Platon   o‘z   shogirdlariga   ma’ruzalar   o‘qigan   bo‘lib,   keyinchalik   ta’lim
tashkil   etiluvchi   maskan   ham   shunday   nom   bilan   atala   boshlagan.   qadimgi   Rim   va   Yunonistonda
bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, qudorlik tuzumida bolalarni ta’lim maskanlariga olib borish va olib
kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma’nosi
«bola yetaklovchi» demakdir.
Tarixiy   taraqqiyotning   keyingi   bosqichlarida   bolalarga   tizimli   bilimlarni   berish   bilan   doimiy
shug‘ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar. 
Feodalizm   davrida   aksariyat   maktablar   masjid   (musulmon   mamlakatlarida)   yoki   ibodatxonalar
(Hindiston)   qoshida   tashkil   etilgan.   Bunday   maktablarda   yoshlarga   diniy   bilimlar   bilan   birga   dunyoviy
bilimlar ham o‘rgatilgan.
O‘rta asrlar davrida, Sharqda akademiya ko‘rinishidagi ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritgan bo‘lib,
ular   «Donishmandlar   uyi»   (IX   asr,   Bag‘dod),   «Ma’mun   akademiyasi»   (XI   ar   boshlari,   Xorazm),
observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida nomlangan. Akademiyalarga turli fan
yo‘nalishlari   bo‘yicha   kuchli   bilimga   ega   bo‘lgan   qomusiy   olimlar   jalb   etilgan   bo‘lib,   ular   tomonidan
matematika,   geodeziya,   mineralogiya,   medisina,   astronomiya   kabi   yo‘nalishlarda   keng   ko‘lamli
tadqiqotlar olib borilgan.
O‘rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda akademiya (Sharqda madrasa)lar
ko‘rinishidagi   maktablarda   ma’naviy-axloqiy   jihatdan   yetuk,   turli   sohalar   bo‘yicha   mukammal   bilimga
ega pedagoglarning faoliyat yuritishlariga alohida ahamiyat qaratilgan. Chunonchi, Muhammad Tarag‘ay
Ulug‘bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda o‘z davrining taniqli olimlari – Ali qushchi, Taftazoniy,
qozizoda   Rumiy,   Mavlono   Muhammad,   /iyosiddin   Jamshid   Koshiy,   Muiniddin   Koshiy   hamda   Mansur
Koshiylar talabalarga ta’lim berganlar.
XIX   asr   oxiri   hamda   XX   asr   boshlarida   yuzaga   kelgan   jadidizm   harakatining   asoschilari,   taniqli
ma’rifatparvarlar   –   Mahmudxo‘ja   Behbudiy,   Munavvar   qori,   Hamza   Hakimzoda   Niyoziy,   Abdulla
Avloniy,   Abduqodir   Shakuriy,   Ismatulla   Raxmatullayev,   Abdurauf   Fitrat,   Isohxon   Ibrat   va   boshqalar
aholi orasida nafaqat murabbiy, balki ma’naviy yetuk inson sifatida ham nom qozondilar. Sharq mutafakkirlari va G‘arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o‘rni haqida. Jamiyat
tomonidan   o‘qituvchi   shaxsiga   qo‘yilayotgan   talablar   o‘z   davrida   Sharq   mutafakirlari   hamda   G‘arb
ma’rifatparvarlarining asarlarida o‘z aksini topgan. 
Muhammad   al-Xorazmiy,   Abu   Nasr   Forobiy   hamda   Abu   Rayhon   Beruniylar   o‘qituvchining   ma’naviy-
axloqiy jihatdan yetuk bo‘lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Ularning fikrlaricha, yaxshi o‘qituvchi
boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, ya’ni, u o‘zi ega bo‘lgan bilimlarni yoshlarga beminnat o‘rgatadi,
har bir ishda ularga namuna bo‘la oladi.
Abu   Ali   ibn   Sino   o‘z   asarlarida   o‘qituvchi   bolalarga   ta’lim   berishdek   mas’uliyatli   burchni   bajarishi
zarurligini   uqtirar   ekan,   ularga   faoliyatda   muvafaqiyatga   erishish   garovi   bo‘lgan   quyidagi   tavsiyalarni
beradi:
bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
berilayotgan bilimning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishiga e’tiborni qaratish;
ta’limda turli shakl va metodlardan foydalanish;
talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
fanga qiziqtira olishi;
berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
har bir so‘zning boalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish 1.
1.
Alisher Navoiy o‘z davrining ayrim maktabdorlari ega bo‘lgan sifatlar, xususan, qattiqqo‘llik, ta’magirlik
va   johilliklarni   qoralar   ekan,   o‘qituvchining   ma’naviy   qiyofasiga   nisbatan   jiddiy   talablarni   qo‘yadi.
Xususan,   «mudarris   kerakki,   g‘arazi   mansab   bo‘lmasa   va   bilmas   ilmni   aytishga   urinmasa,   manmanlik
uchun  dars  berishga  havas  ko‘rgazmasa  va  olg‘irlik  uchun  gap-so‘z  va  qavqo  yurgizmasa,  nodonlikdan
sallasi   katta   va   pechi   uzun   bo‘lmasa,   gerdayish   uchun   madrasa   ayvoni   boshi   unga   o‘rin   bo‘lmasa.   ...
Yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq
ishlarni mumkin, balki  halol qilsa,  qilmas  ishlarni qilmoq  uchun sodir  bo‘lsa va qilar  ishlarni qilmaslik
unga qoida va odat bo‘lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir» 2.
2.
Ayni o‘rinda o‘qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta’kidlab o‘tadi: «Uning ishi odam qo‘lidan
kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u
esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘rkim bunga nima yetsin.
Shunisi   ham   borki,   u   to‘dada   fahm-farosati   ozlar   bo‘ladi,   unday   kishiga   yuzlarcha   mashaqqat   kelsa
qanday bo‘ladi. Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko‘pdir. Agar shogird podshohlikka
erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi.
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, 
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila» 1.
1.
Mashhur   pedagog   Abdulla   Avloniy   ham   o‘z   asarlarida   o‘qituvchi   shaxsi   va   uning   faoliyati   borasidagi
qarashlarni   ifodalashga   alohida   o‘rin   beradi.   Allomaning   qayd   etishicha,   bolaning   sog‘lom   bo‘lib
o‘sishida ota-onalar o‘ziga xos rol o‘ynasalar, uning fikriy jihatdan taraqqiy etishida o‘qituvchining o‘rni
1. 1Раҳимов С. Абу Али ибн Сино, Таълим ва тарбия ҳақида. – Тошкент, Ўқитувчи, 1967. – 75-бет.
2. 2 АлишерНавоий. Маҳбуб ул-қулуб. Асарлар. Ўн беш томлик.  13 том. – Тошкент, Бадиий адабиёт
нашриёти, 1966. –189-190-бетлар.
1. 1, АлишерНавоий. Маҳбуб ул-қулуб. Асарлар. Ўн беш томлик.  13 том. – Тошкент, Бадиий 
адабиёт нашриёти, 1966. 192-193-бетлар. beqiyos   ekanligini   ta’kidlaydi.   Xususan,   bolalarning   aqliy   qobiliyatlarini   shakllantirish   muallimlarning
«diqqatlariga   suyalgan,   vijdonlariga   yuklangan   muqaddas   bir   vazifa»   ekanligini   ta’kidlab,   «fikrning
quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur» 2, - deydi. 
2, - deydi. 
Yan   Amos   Komenskiy   o‘z   davrida   o‘qituvchining   bola   dunyoqarashini   rivojlantirishdagi   roliga   katta
baho berib, o‘qituvchilik «yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb»
ekanligini ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, pedagog o‘z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o‘z qadr-
qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. Ya.A.Komenskiy o‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida
quyidagi fazilatlarning namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiqligiga urg‘u beradi: vijdonli, ishchan, sabotli,
axloqli,   o‘z   ishini   sevuvchi,   o‘quvchilarga   otalaridek   muomala   qiluvchi,   ularda   bilimga   havas
uyg‘otuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortida ergashtiruvchi va diniy e’tiqod.
K.D.Ushinskiy   o‘qituvchi   ma’naviyati   va   kasbiy   faoliyatiga   yuqori   baho   beradi   hamda   ularning   kasbiy
malakalarini doimiy ravishda takomilashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi fikrni ilgari
suradi. Mazkur g‘oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o‘qituvchilarni tayyorlovchi tizimni
ilk bor asoslaydi.
O‘qituvchining   asosiy   vazifalari   va   uning   shaxsiga   qo‘yiladigan   talablar.   «Kadrlar   tayyorlash   milliy
dasturi»   g‘oyalarini   amaliyotga   tadbiq   etish   Respublika   ta’lim   tizimida   olib   borilayotgan   islohotlar
muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab
chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog‘liqdir.
Shaxsni   tarbiyalash   ishi   nihoyatda   murakkab   faoliyat   jarayoni   bo‘lib,   juda   qadimdan   ushbu   faoliyatga
jamiyatning   yetuk   kishilari   jalb   etilgandir.   Mazkur   holat   yosh   avlod   tarbiyasi,   uning   tashkil   etilishi
mazmuni   nafaqat   shaxs   kamoloti,   balki   jamiyat   taraqqiyotini   ham   belgilashda   muhim   ahamiyatga   ega
ekanligini anglatadi.
O‘zbekiston   Respublikasida   o‘qituvchi   kadrlarning   ma’naviy   qiyofasi,   aqliy   salohiyati   hamda   kasbiy
mahoratiga   nisbatan   jiddiy   talablar   qo‘ymoqda.   Chunonchi,   bu   borada   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-
idrokini   o‘stirish,   ma’rifat   ziyosidan   bahramand   qilish,   haqiqiy   vatanparvar,   haqiqiy   fuqaro   etib
yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday
buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak» 1.
1.
Yuqorida   qayd   etilgan   fikrlardan   bugungi   kun   o‘qituvchisi   shaxsiga   nisbatan   qo‘yilayotgan   talablar
mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur?
O‘qituvchi   (pedagog)   pedagogik,   psixologik   va   mutaxassislik   yo‘nalishlari   bo‘yicha   maxsus   ma’lumot,
kasbiy   tayyorgarlik,   yuksak   axloqiy   fazilatlarga   ega   hamda   ta’lim   muassasalarida   faoliyat   ko‘rsatuvchi
shaxs sanaladi. 
O‘zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to‘g‘risida»gi   qonunining   5-moddasi   3-bandiga   muvofiq   ta’lim
muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bizning nazarimizda, zamonaviy o‘qituvchi-bakalavr qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘la olishi
kerak   (so‘z   yuritilayotgan   sifatlar   mohiyatan   o‘qituvchi-bakalavr   tomonidan   amalga   oshirilishi   zarur
bo‘lgan vazifa, burch va mas’uliyatlarini ifodalaydi):
2, - deydi.  2Хошимов К. ва бошқалар. Педагогика тарихи //Педагогика олий ўқув юртлари ва 
дорилфунунлар талабалари учун қўлл. - Тошкент, Ўқитувчи, 1996, - 301-бет. 
1. 1Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқий кафолати. – Тошкент, Шарқ нашриёт-матбаа 
концерни Бош таҳририяти, 1993, 27-28-бет. O‘qituvchi   jamiyat   ijtimoiy   hayotida   ro‘y   berayotgan   o‘zgarishlar,   olib   borilayotgan   ijtimoiy   islohotlar
mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi
lozim.
Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi
talab etiladi.
O‘qituvchi   o‘z   mutaxassisligi   bo‘yicha   chuqur,   puxta   bilimga   ega   bo‘lishi,   o‘z   ustida   tinimsiz   izlanishi
lozim.
O‘qituvchi   pedagogika   va   psixologiya   fanlari   asoslarini   puxta   bilish,   ta’lim-tarbiya   jarayonida
o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.
O‘qituvchi   ta’lim-tarbiya   jarayonida   eng   samarali   shakl,   metod   va   vositalardan   unumli   foydalana   olish
imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.
O‘qituvchi   yuksak   darajadagi   pedagogik   mahorat,   chunonchi,   kommunikativlik   layoqati,   pedagogik
texnika   (nutq,   yuz,   qo‘l-oyoq   va   gavda   harakatlari,   mimika,   pantomimika,   jest)   qoidalari   chuqur
o‘zlashtirib olishga erishishlari lozim.   
O‘qituvchi   nutq   madaniyatiga   ega   bo‘lishi   zarur,   uning   nutqi   quyidagi   xususiyatlarni   o‘zida   aks   ettira
olishi kerak:
a) nutqning to‘g‘riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodaviyligi;
g)   nutqning   sofligi   (uning   turli   sheva   so‘zlaridan   holi   bo‘lib,   faqat   abadiy   tilda   ifoda   etilishi);   jargon
(muayyan   kasb   yoki   soha   mutaxassisliklariga   xos   so‘zlar);   varvarizm   (muayyan   millat   tilida   bayon
etilayotgan   nutqda   o‘zga   millatlarga   xos   so‘zlarni   noo‘rin   qo‘llanilishi);   vulgarizm   (haqorat   qilish,
so‘kishda  qo‘llaniladigan  so‘zlar)  hamda  konselyarizm  (o‘rni  bo‘lmagan  vaziyatlarda  rasmiy  so‘zlardan
foydalanish) so‘zlardan holi bo‘lishi, o‘qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak;
d) nutqning ravonligi;
j)  nutqning  boyligi  (hikmatli  so‘zlar,  ibora  va  maqollar,  matallar  hamda  ko‘chirma  gaplardan  o‘rinli  va
samarali foydalana olish).
O‘qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining
diqqatini  tez  jalb   etuvchi  turli   xil   bezaklar   (oltin,  kumush  taqinchoqlar)dan   foydalanmasligi,   fasl,   yosh,
gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o‘zlashtirishga
erishishi lozim.
 O‘qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.
O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarning tarkib
topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan,
mavjud   ziddiyatlarni   barataraf   etishning   uddasidan   chiqa   olishi   zarur.   O‘quvchi,   ota-onalar   hamda
hamkasblari bilan mulohot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga
muvofiq.   Ular   bilan   munosabat   jarayonida   so‘zni   salbiy   holatlar   haqidagi   dalillarni   keltirishdan   emas,
aksincha,   o‘quvchi   (yoki   hamkasbi,   ota-onalar)ning   muvaffaqiyatlarini   e’tirof   etishi,   ularning   yanada
boyishiga   ishonch   bildirishi   u   bilan   tillasha   olishiga   imkon   beradi.   Muloqot   jarayonida   o‘qituvchining
so‘zlaridan   suhbatdoshiga   nisbatan   xayrihohlik,   samimiylik,   do‘stona   munosabat   sezilib   turishi,
shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi zarur. O‘qituvchi   shaxsining   mazkur   talablarga   muvofiq   keluvchi   qiyofasi   uning   o‘quvchilar,   hamkasblar
hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
Pedagogik  mahoratni egallash yo‘llari. O‘qituvchi barkamol avlodni  tarbiyalash jarayonida  ishtirok  etar
ekan,   nafaqat   ma’naviy-axloqiy   madaniyati   bilan   atrofdagilarga   o‘rnak   bo‘lishi,   shu   bilan   birga,
pedagogik   mahoratini   namoyon   eta   olishi,   yetuk   pedagog   sifatida   malakali   kadrlarni   tayyorlash   ishiga
o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur. 
Pedagogik   mahorat   –   yuksak   pedagogik   tafakkur,   ta’lim-tarbiya   jarayoniga   ongli,   ijodiy   yondashuv,
metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib
borish, yangiliklardan xabardor bo‘lish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish asosida tarkib topadi. Yosh,
shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik
mahoratga ega bo‘lishlari o‘zini kasbiy jihatdan takomillashtirish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi
hisobiga ta’minlanadi. Ular quyidagilardan iborat:
Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan yangiliklar haqida ma’lumotlarni beruvchi
yangi   adabiyotlar,   Internet   materiallari,   vaqtli   matbuot   sahifalarida   chop   etilayotgan   ma’lumotlar,
shuningdek,   ilg‘or   texnologiyalar   bilan   tanishib   borish,   ularda   ilgari   surilayotgan   g‘oyalarni
umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash).
Hamkasb   tajribali   o‘qituvchilar   faoliyatini   o‘rganish   (ta’lim   muassasasidan   chetga   chiqmagan   holda
tashkil   etilib,   vaqt,   shuningdek,   iqtisodiy   nuqtai   nazardan   samarali   sanaladi.   Tajribali   o‘qituvchilar
faoliyatini   o‘rganish   ular   tomonidan   tashkil   etilayotgan   mashg‘ulotlarni   kuzatish,   tahlil   qilish   asosida
amalga   oshiriladi.   Bu   borada   olingan   taassurotlarni   umumlashtirish   asosida   xulosa   chiqarish   maqsadga
muvofiqdir).
Pedagog   xodimlarni   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   kurs   (institut)larida   kasbiy   malakalarini
oshirish.
Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarlar, pedagogik o‘qish
hamda treninglar)da faol ishtirok etish.
Respublika   hamda   rivojlangan   xorijiy   mamlakatlarning   yetakchi   ta’lim   muassasalarida   ularning   ish
tajribalarini o‘rganish (stajirovka).
Ayni  vaqtda,  respublikada,  «Ustoz»  jamg‘armasining  homiyligida  ta’lim  muassasalarining  o‘qituvchilar
rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, ularning ta’lim tizimi va ish tajribalarni o‘rganmoqdalar. 
Pedagogik   mahoratni   egallashda,   guruhli   va   ommaviy   tadbirlarda   ishtirok   etish   ijobiy   natijalar   beradi.
Binobarin,   bunday   muhitda   o‘zaro   fikr   almashish,   shaxsiy   mulohazalarni   boshqalar   tomonidan
bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud
bilimlarni   yanada   boyitish,   xato   yoki   kamchiliklarni   aniqlash   hamda   ularni   barataraf   etish   yo‘llarini
topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik   mahoratga   ega   bo‘lish   ta’lim-tarbiya   samaradorligini   ta’minlash   garovi   bo‘libgina   qolmay,
ayni vaqtda o‘qituvchining jamoadagi obro‘-e’tiborini ham oshiradi, o‘quvchilarga unga nisbatan hurmat
yuzaga keladi. 
Kasbiy   mahoratni   oshirish   yo‘lida   amaliy   harakatlarni   tashkil  etish   pedagogik   faoliyatda   yo‘l   qo‘yilgan
yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda
muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
O‘z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Yan Amos
Komenskiy,   Lev   Tolstoy,   Hamza   Hakimzoda   Niyoziy,   Abdulla   Avloniy   va   boshqalar   o‘z   asarlarida
o‘qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o‘qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo‘lgan sifatlar
xususidagi   qarashlarni   yoritish   orqali   o‘zlari   ham   pedagogik   madaniyatga   ega   ekanliklarini   namoyon
etganlar.   Binobarin,   pedagogik   jarayonning   mohiyatini   anglamagan,   bolaga   nisbatan   chuqur   hurmatda
bo‘lmagan   shaxs   ta’lim-tarbiya   samaradorligi   va   inson   kamolotini   ta’minlovchi   fikrga   ega   bo‘lmaydi. Ularning pedagogik madaniyatlari negizini bolani tushuna olish, unga insbatan insonparvar munosabatda
bo‘lish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish,
pedagogik   faoliyatning   haqligi,   jamiyat   taraqqiyoti   hamda   pedagogik   jarayonda   o‘quvchilar   ongiga
singdirilayotgan   ezgu   g‘oyalarning   hayot   mavjudligini   ta’minlashda   qudratli   omil   (vosita)   ekanligiga
ishonch kabilar tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida malakali (mahoratli) o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash,
ularning   tajribalarini   ommalashtirishga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   Mahoratli   o‘qituvchilarni   aniqlash
maqsadida turli ko‘rik, tanlovlar tashkil etilmoqda. Xususan, «Yil o‘qituvchisi» Respublika ko‘rik-tanlovi
ta’lim   muassasalarida   faoliyat   olib   borayotgan   o‘qituvchilarga   pedagogik   mahoratlarini   individaul
ravishda   namoyish   etish   imkoniyatini   berayotgan   bo‘lsa,   «Yil   maktabi»   Respublika   ko‘rik-tanlovi
o‘qituvchilarga   jamoa   asosida   ta’lim   muassasasida   qo‘lga   kiritilayotgan   yutuqlarni   ommaga   ko‘rsata
olishlari uchun sharoit yaratmoqda.
Shuningdek,   respublika   miqyosida,   pedagogik   faoliyatda   ulkan   yutuqlarni   qo‘lga   kirita   olgan
o‘qituvchilar   ta’lim   sohasida   nufuzli   sanaluvchi   davlat   mukofoti   –   O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq
o‘qituvchisi ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lmoqdalar. 
Xulosa   o‘rnida   shuni   qayd   etish   joizki,   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»   O‘zbekiston   respublikasida,
ta’lim   tizimida   amalga   oshirilayotgan   islohalar   mazmunini   o‘zida   aks   ettirgan   muhim   yuridik   hujjat
bo‘lib, istiqbol uchun yo‘llanmadir.
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»da,   alohida   ta’kidlangan   milliy   model   O‘zbekiston   Respublikasining
milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida
tayyorlangan   kadr   (mutaxassis)   –   komil   inson   va   yetuk   mutaxassis   qiyofasini   o‘zida   to‘laqonli   aks
ettiruvchi namunadir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarining amaliyotga tadbiq etilishi O‘zbekiston Respublikasining
ijtimoiy hayoti uchun muhim sanalgan bir qator holatlarning qaror topishiga olib keladi.
O‘zbekiston  Respublikasining   «Ta’lim  to‘g‘risida»gi   qonuni  hamda   «Kadrlar  tayyorlash  milliy   dasturi»
g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida o‘qituvchi  kadrlar  muhim rol  o‘ynaydilar. Komil  inson  va  yetuk
malakali   mutaxassis   maxsus   tashkil   etilgan   pedagogik   faoliyat   jarayonida   tarbiyalanar   ekan,   ushbu
jarayonda   o‘qituvchilarning   o‘rni   beqiyosdir.   Shu   bois   ularning   shaxsida   bir   qator   ijobiy   ma’naviy-
axloqiy sifatlar namoyon bo‘la olishi maqsadga muvofiqdir. 
Adabiyotlar
1.   Aleks   Muur.   Ta’lim   berish   va   ta’lim   olish:   pedagogika,   ta’lim   dasturi   va   tarbiya.   Ikkinchi   nashr.   -
Rutledj. 2012. 202-bet. 
2. Azizxulayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.: 2020y. 183 bet. 
3.   Begmatova   D.M.   O‘zbek   oilalarida   yoshlarning   kasbiy   ijtimoiylashuvi.   Мо nografiya.   –   Samarqand,
2020. -142 bet.
4.   Daminova   N.K.,   Jamalova   N.U.   Та ’limni   tashkil   etish   shakllari   m о dulini   o‘qitishda   interfaol   ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish. – Samarqand, 2021. – 116 bet.
5. Mavlonova R.A. va boshqalar. Umumiy pedagogika.- T.: 2010 y. “Fan va texnologiya” nashriyoti.  
6.  Мах mudova  М . М .  О ila tarbiyasi asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand, 2021. - 183  бет .
7.   Pedagogika.   Toxtaxodjaeva   M.   umumiy   tahriri   ostida.   –T.:   O‘zbekiston   Faylasuflari   milliy   jamiyati.
2010 y.  8. Begmatova D.M., Daminova N.K. Pedagogik ta’limotlar. O‘quv qo‘llanma. - Samarqand, 2022.

O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH JARAYONLARI. UMUMIY PEDAGOGIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI REJA 1. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlarida ta’lim sohasiga qo‘yiladigan ijtimoiy-siyosiy talablarni aks ettirilishi. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni. Ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari. 3. Umumiy pedagogikaning predmeti va tuzilishi. 4. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari. 5. Pedagogikaning va boshqa fanlar bilan aloqasi. 6. Asosiy ta’limiy kontseptsiyalar va yondashuvlar. 7. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari.

Umumiy pedagogikaning obyekti, predmeti va tuzilishi “Ta’lim-insonlarga yaxshiroq hayot tarzi va mavqye imkoniyatlarini beradi. Odamlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga yordam beradi. Odamlarga o‘zlari va dunyoni tushunishdagi bilimini oshiradi. Odamlardagi bag‘rikenglikni shakllantiradi. Yoshlarning hayotga va dunyoga bo‘lgan qarashini shakllantirishga yordam beradi. Millatni rivojlantirishga yordam beradi” 1 -deydi amerikalik pedagog olim A.Muur. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, har bir bolaning onadan dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishidan iborat tabiiy biologik jarayon emas, balki u ma’lum qobiliyat kurtaklari bilan tug‘uladi. Lekin u inson shaxs sifatida oilada, shuningdek turli jamoalardagi faoliyat ijtimoiy munosabatlar orqali shakllanadi. Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkaol shaxni tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji ham ortib boradi. Shu sababli ta’lim va tarbiya jarayoni ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qaraladi. Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, ular pedagogika fanidagi o‘zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda atroflicha o‘rganishni tavozo etadi. Tarbiya-ijtimoiy xodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida, ya’ni ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar insonning kamoloti to‘g‘risidagi g‘oyalarini juda ko‘p rivoyatlardan foydalanib baxshilik yo‘li orqali avloddan-avlodlarga yetkazganlar, Ye.E.Bertel’s mazkur rivoyatlarda, kishilarni tarbiyalash, axloqiy barkamollik, shaxsning ma’naviy yuksakligi masalalari asosiy o‘rin olganini ta’kidlagan. Shuningdek, ayrim tadqiqotlarda ibtidoiy davrda insonlar tarbiyaning ta’sir kuchi orqali to‘g‘ri hayot kechirganligi madaniyat va san’at sohasida ham misli ko‘rilmagan kashfiyotlar yuzaga kelgani qayd etilgan. Grek tarixchisi Gerodot (er. Av. V asr) “Tarix” kitobida yozishicha, Markaziy Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan xalqlari asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Ularda nikoh munosabatlarining umumiy (tartibsiz) shakli hukmron bo‘lgan. Oilaning guruhli shakllarida bolaning otasi noma’lum bo‘lsa ham, lekin onasining kim ekanligi ma’lum bo‘lgan va shu sababdan bolaning tarbiyasi ona zimmasiga yuklatilgan. Asta-sekin odamlarning ijtimoiy ong faoliyatining takomillashuvi, xususiy mulkning dastlabki kurtaklarining paydo bo‘lishi-yakka tartibdagi oilalarni vujudga keltirgan. Yakka oila paydo bo‘lgandan so‘ng mehnat tarbiyaning eng asosiy quroliga aylangan. Qadimgi eron qabilalarida mis va temirdan uy-ro‘zg‘or buyumlari yasala boshlangan. Ana shu mehnat jarayonida bolalar ham ishtirok etardi. Ibtidoiy davrdagi tarbiya asosan oilada, jamoa va mehnat maskanlarida kishilar ortirgan tajribalarni bolalarga o‘rgatishdan iborat bo‘lardi.Bolalarga o‘rgatiladigan kundalik mehnat malakalari ularni yashash uchun kurashishga tayyorlar, aql-idrokli, odobli bo‘lib o‘sishlariga xizmat qilardi. Ming yillar mobaynida moddiy ne’matlar yaratish uchun hamkorlikda qilingan mehnat kishilar o‘rtasidagi axloq-odob munosabatlarining me’yorini keltirib chiqardi. Qadimgi odamlar tafakkurining ojizligi sababli o‘z aql-idroklariga ishonch hosil qilish uchun samoga sig‘ina boshlaganlar. Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi kishilar mehnat jarayonida, borliqdagi narsalar va xodisalarga munosabatlari asosida o‘z dunyoqarashlari va aqidalariga tayanib xalq og‘zaki ijodi asarlarni yaratganlar. Ularning bir-biriga, atrof-muhitga, kasb-koriga munosabat borasidagi ilk fikr va tasavvurlar, mifologik asarlar timsoli bo‘lmish-“Avesto”da ifodalangan Mitra, Anaxita, Ardivissura, Varaxrana, Yima singari ma’buda va ma’budlar siymosi orqali ajdodlarimiz insonlarga yaxshilik qilish, yerlarni obod va serhosil 1 Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012. 35-бет

qilish, ekin ekish, daraxtlarni o‘stirish uchun jamoa harakati xususidagi mulohazalarni mujassamlashtirganlar. Quldorlik tuzumi davrida va feodalizmning boshlarida yaratilgan “To‘maris”, “Shiroq”, “Yer hubbi”, “Chistoniyali bekk”, “Gershasb”, “Siyovush”, “Rustam” singari qator afsona va qahramonlik dostonlarida mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik, mustahkam e’tiqodlilik, el-yurt manfaati uchun fidoiylik kabi ijobiy fazilatlar tarannum etilgan va ana shunday fazilatlarga ega bo‘lish zarurligi haqidagi g‘oyalar targ‘ib va tashviq qilingan. Muhimi shuki, mazkur asarlarda insonni yoshligidan aqliy va jismoniy jihatdan tarbiyalab, sabot-matonatli, xalq udumlariga, ajdodlar an’anasiga bo‘y sunadigan, axloqan pok qilib kamol toptirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalarining, shu jumladan “Siyovush”, “Zarina va Stringey”, “Sparstra” dostonlarining qimmati, tarbiyaviy ahamiyatini mashhur sharqshunoslardan Ye. E. Bertel’s, S. P. Tolstov, I. S. Baraginskiy, V. Snesarev, professor N. M. Mallayev va boshqalarning asarlarida alohida ta’riflangan. Haqiqatdan, o‘zbek xalq pedagogikasining ilk kurtaklari mazkur manbalarda ko‘zga tashlanadi. Xalq pedagogikasidagi ta’lim va tarbiyaga doir fikrlar Markaziy Osiyodagi barcha turkiy xalqlar uchun mushtarak lirik she’rlar va qo‘shiqlarda yaxshi ifodalangan. Qadimgi Yunonistonda mifologiya va xalq og‘zaki ijodiyoti nihoyatda rivojlangan. Baxshilar qadimgi grek an’analarini uzluksiz davom ettirganlar, turli afsonalarga kuylar bastalab bahodir va qahramonlarning madhini kuylar edilar. Gomer qadimgi grek afsonalari asosida ikkita doston yaratgan. “Iliada”, “Odesseya” deb nomlangan o‘sha dostonlarda greklarning janglardagi jasoratlari, qahramonliklari, vatanparvarligi, jismoniy chiniqqanligi, mardlik fazilatlari she’ri misralarda teran ifodalangan. Qadimiy Yunonistonning ilk quldorlik davrida ikkita katta davlat-Afina va Sparta paydo bo‘ldi, ularda o‘ziga xos ta’lim-tarbiya tizimi ham vujudga keldi. Masalan, Afinada maktab tizimi uch tipdagi maktablardan, ya’ni musiqa maktabi, gimnastika maktab va gimnaziya maktablaridan iborat edi. Musiqa maktabi xususiy maktab bo‘lib, unda pul to‘lab o‘qitilar edi. Musiqa maktablarida faqat 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan boy quldorlarning o‘g‘il bolalari o‘qirdilar. Bu tipdagi maktabda musiqiy tarbiya ham berilardi (“miza” so‘zidan olingan, qadimgi Yunonistonda “muzi”-san’at, adabiyot va fan xudosi va xomiysi) musiqiy ta’limotning mazmuni xat-savod, adabiyot, hisob, deklamatsiya, ashula va musiqa darslarini o‘qitishdan iborat edi. Gimnastik maktabi-palestra (kurash maktabi) deyilardi.bu ham ma’lum bir toifadagi kishilarga qarashli maktab bo‘lib, unda 12 yoshga kirgan va ayni vaqtda musiqa maktabida o‘qiyotgan o‘g‘il bolalar pul to‘lab o‘qir edilar. Bu tipdagi maktabda o‘smirlar yugurish, sakrash, disk irg‘itish, nayza sanchish va kurash mashqini bajarardilar. Shu bilan birga suzish mashqlarini ham o‘tkazar edilar. Gimnaziy davlatga qarashli maktab bo‘lib, unda asosan Afinadagi katta yer egalari-kiborlarga mansub nomdor oilalardan chiqqan, musiqa va gimnastik maktabini tamomlagan aslzoda yoshlar o‘qirdilar. Bunda ular 16 yoshdan 18 yoshgacha jismoniy, aqliy, ahloqiy va estetik tarbiya olishlarini davom ettirar edilar. Bundan tashqari, aslzodalarni davlatni idora qilishga layoqatli qilib tayyorlash maqsadida ularga falsafiy ta’lim va siyosiy tarbiya berilar, hamda notiqlik san’ati o‘rgatilar edi. 18 yoshga to‘lgan aslzodalar efeblar guruhiga mansub bo‘lib, ular 20 yoshgacha maxsus harbiy tayyorgarlik ko‘rar, ayni vaqtda ijtimoiy-siyosiy tarbiya ham olar edilar. Mana shu ta’lim-tarbiya tizimi faqat o‘g‘il bolalargagina tegishli edi. Qizlar esa yoshligidanoq uy-ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanar edi. Sparta davlatida jismoniy kamolotga katta e’tibor berilib, ayollar ham bu ishga jalb etilgan. Chunki sog‘lom, baquvvat ayollargina sog‘lom avlodni vujudga keltirishi mumkin edi. Qullarning bolalariga esa, ota-onalarining kasb-hunarlari o‘rgatilgan. Qadimgi yunon olimlari ilmiy ishlarida ta’lim va tarbiya borasidagi g‘oyalar. Qadimgi Yunonistonning mashhur faylasuflari Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit va boshqalar o‘z faoliyatlarida yoshlarni o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalariga ham jiddiy e’tibor berganlar. Bu olim va

mutafakkirlar ta’lim-tarbiya nazariyasini ishlab chiqdilar. Yunonistonda pedagogikaning rivojiga ulkan xissa qo‘shdilar. Suqrotning falsafiy va pedogogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonni bilimlarni bilib olishga erishish, uni yuksak ahloqli qilib kamol toptirishdir. U o‘z ta’limotida mardlik, donolik, mo‘tadillik, adolatlilik tushunchalarini belgilab beradi. Uning fikricha, mardlik qo‘rquvni daf qilish, donolik-jamiyat qonunlariga rioya qilish, mo‘tadillik-o‘z xissiyotlariga erk bermaslik, adolat-yaxshilikni amalga oshirish yo‘llarini o‘rgatishdir. Suqrotning ta’limoticha, inson eng avvalo, umumiy ahloq mezonlarini, inson uchun muqaddas bo‘lgan fazilatlarni egallab olishi kerak. Insoniy fazilat egasi yaxshi fazilatlarni namoyon eta oladi. Inson ahloqiy fazilatlarini ilm-fan, ta’lim orqali egallaydi, ahloqning yagona sohibi bo‘ladi. Aql bilan ahloq o‘rtasida ziddiyat bo‘lishi mumkin emas. Hunardan yaxshiroq, ilmdan ulug‘roq narsa yo‘q. Sharmu hayodan yaxshiroq bezak, zebu ziynat yo‘q, batfe’llikdan yomonroq dushman yo‘qdir. Suqrotning ahloq xususidagi ta’limotiga ko‘ra, ezgulik-bilim, donishmandlik-yaxshilikni biluvchiga yaxshilik qilishdir. Yomonlik qiluvchi yaxshilikni yo bilmaydi, yoki pirovardida, yaxshilikning tantana qilishiga qarshilik qiladi. Suqrot tadbirkorlikni ulug‘lab, uni eng go‘zal insoniy fazilat hisoblaydi. Uning uqtirishicha, go‘zal tadbir ishlatib, dushmanni do‘st etish, nodon va johil odamni ta’lim va tarbiya qilib, donolar davrasiga, badohloq fosiqlarni pand-nasihat bilan isloh etib yaxshilar qatoriga qo‘shish eng afzal amallardan sanaladi. Suqrot o‘zining pedogogik qarashlarida mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor beradi, mehnatni ahloqiy go‘zallik deb biladi. Suqrotning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti qadimgi Yunonistonda falsafiy-pedogogik fikrlar rivojiga ulkan xissa bo‘lib qo‘shilgan. Aristotel-qadimgi yunon falsafasi va fani taraqqiyotida yangi davr yaratgan buyuk mutaffakkirdir. Aristotel o‘zining ahloqqa oid “Nikomax etikasi”, “Yendem etikasi” asarlarida tarbiyaning maqsadi tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan insonni tadrijiy rivojlantirishdan iboratligini, aql va idrokni rivojlantirish muhim ekanligini aytadi. Uning ta’limotiga ko‘ra, bolalarning yosh xususiyati hisobga olingan holda, jismoniy, ahloqiy va aqliy tarbiya uzviy birlikda amalga oshirilishi kerak. Fuqaro faqat o‘z shaxsiy ishi bilan shug‘ullanmay, xalqning tinchlikda yashashi, farovonligi yo‘lida faoliyat ko‘rsatishi, go‘zallik yaratishi kerak. Aristotel tarbiya muddatini 21 yil: bola tug‘ilgandan 7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 21 yoshgacha deb belgiladi. U bolaning har bir o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatdi, har bir davrda amalga oshiradigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va usullarini bayon etdi. Aristotel ham Ploton kabi bolalarni maktabgacha yoshdan tarbiyalashga alohida e’tibor berdi. Uning fikricha, bolani o‘rgatish mumkin bo‘lgan barcha narsaga go‘dakligidan o‘rgatish kerak. Bola 7 yoshgacha oilada tarbiyalanishi lozim. 7 yoshgacha davr o‘sish davri hisoblanadi. Shunga ko‘ra birinchi navbatda ularning jismonan rivojlanishiga e’tibor beriladi. Shu yoshdagi bolalarni o‘z vaqtida ovqatlantirish, harakatda bo‘lishlariga e’tibor berish, chiniqtirish zarur. Bolalar yoshlariga mos o‘yinlar bilan shug‘ullanishi kerak. Ularga ertak va xikoyalar aytib berish orqali nutqlarini o‘stirish, 5 yoshdan boshlab ular oilada maktabga tayyorlanishi, 7 yoshdan boshlab davlat huzuridagi maktablarda o‘qishi kerakligini ta’kidlagan. Aristotel bola tarbiyasi davlat ixtiyorida va barcha fuqarolar uchun bir xilda bo‘lishini himoya qiladi. Chunki, davlat tarbiyada o‘z oldiga aniq bir maqsadni qo‘yadi. Shuning uchun ham tarbiyaga o‘z xohishiga ko‘ra o‘qitish va tarbiyalashni istagan ota-onalar emas, davlat rahbarlik qilishi kerak. Har bir fuqaro o‘z-o‘zicha yashamaydi, u barcha fuqarolar kabi davlatga mansubdir, davlatning uzviy bo‘lagidir. Davlat u haqida g‘amxo‘rlik qiladi. Aristotelning ta’kidlashicha, bola 5 yoshidan boshlab 7 yoshgacha kelgusida o‘rganishi zarur bo‘lgan fanlar bo‘yicha darslarga qatnashi kerak. Bu o‘quv predmetlari ona tili, gimnastika, musiqa va rasmdir.

Tarbiya gimnastikaga bog‘liq holda boshlanadi. Ammo bunda jismoniy tarbiyaga haddan tashqari berilib ketmasligi kerak. Tarbiyaning maqsadi bolani o‘z bo‘sh vaqtini ongli ravishda o‘tkazishga o‘rgatishdir. Aristotel do‘st orttirish, do‘stlarga nisbatan shavqatli, marhamatli bo‘lishga da’vat etadi. Uning ta’kidlashicha, kishi iloji boricha o‘ziga dushman orttirmasligi kerak. Dushmanlik ko‘rsatganga rahamat nazari bilan qarash, dilnavoz bo‘lishi kerak. Shundagina u do‘stlari qatoridan joy oladi. Yunonistonda pedagogikani rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan mutaffakkir olimlardan biri Demokritdir. U falsafa, matematika, fizika, biologiya, tibbiyot, ruhiyat, san’atga doir asarlar yaratib, inson shaxsini qaror topishini uning tabiati va tarbiyasiga bog‘liq deb hisobladi. U agar inson o‘qimasa mahorat va donishmandlikka erisha olmaydi deb hisoblagan. Demokrit yoshlarga aql-idroklilik, keksalarga donolik xosligini, aql-idrokni tegishli tarbiya va tabiat baxsh etishini olg‘a surgan. Demokrit bolalarga namuna bo‘lish, so‘z orqali ta’sir ko‘rsatish, ishontirish va dalillar bilan tarbiyalashga, ularni mehnat qilishga odatlantirishga alohida ahamiyat beradi. Uning ta’kidlashicha, mehnat qilishga odatlantirish orqaligina bolalarni yozuvga, musiqaga, jismoniy mashqqa o‘rgatish mumkin. Demokrit jamiyat oldidagi burchiga sadoqatli, ijtimoiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etuvchi kishini ahloqli inson deb hisoblagan. Xalq og‘zaki ijodiyotida tarbiya. Xalqimiz o‘z tarixiy ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og‘zaki ijodiy meros yaratgan. Xalq og‘zaki ijodiyotida ta’lim-tarbiyaga oid ilg‘or pedogogik fikrlar ilgari surilgan. Xalq og‘zaki ijodiyoti asrlar bo‘yi mehnat jarayonida insonni orzusi negizida shakllanib borgan barkamol insonga qaratilgan xalq og‘zaki va yozma yodgorliklarida, ya’ni ertak, doston, qo‘shiq, topishmoq, tez aytish, masal, matal, maqol, rivoyat va xikoyatlarida o‘z aksini topgan. Xalq og‘zaki ijodiyoti asta sekin keng tus olib, rivojlanib borgan. Bu zailda insonlarda pedogogik madaniyat va merosga ixlos va intilish vujudga kelgan va unga amal qilina boshlangan. Xalq og‘zaki ijodiyotida avvalo barkamol inson uchun ilm va hunar zarurligi ta’kidlanadi. Xalq yaratgan hikoyalarda donishmandlik, aql va zakovat alohida o‘rin egallagan. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadim zamonlardan yaxshilikni yomonlikka, ma’rifatni jaholatga, nurni zulmatga qarama-qarshi qo‘yib, hamisha ma’rifatu ziyoni, adolatu ezgulikni olqishlab kelgan. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” kitobida baxillik, mol-dunyoga hirs qo‘yish, o‘zi och bo‘la turib, saxiylik qilaman, deyish, g‘irromlik va boshqalar qattiq qoralangan, ota-ona, qo‘ni-qo‘shnilarning pandu nasihatlariga quloq solish, og‘zdan yomon so‘zlar chiqarmaslik, doimo kamtar, g‘amginlarning dardiga malham bo‘lishga undagan. Bu kitobda ota-bobolarimizning inson xulqi, odobi, xatti-harakati, turmushdagi urinishlariga doir juda ko‘p pand nasihatlar, ma’rifiy fikrlar mujassamlangan. O‘rta Osiyo xalqlarining dastlabki yozma yodgorliklari, masalan, “Avesto”da ajdodlarimizning axloqiy- didaktik qarashlari, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari u yoki bu darajada o‘z aksini topgan. Avesto ta’limotiga ko‘ra ikki kuch: yaxshilik Axura Mazda va yomonlik Angra Man’yu mavjud bo‘lib, ular bir birlariga abadiy murosasizdirlar. Yaxshilik kuchlariga insonlarni yuksak fazilatlariga asoslanib doimo insonga jismoniy, axloqiy, aqliy, tabiatni ximoya qilish, go‘zallikka doir juda ko‘p muammolar mujassamlashgan. Jumladan, zardusht munojotlarida Yazdondan yerda dehqonchiligu chorvachilikni rivojlantirish uchun bandalarining sog‘lom, baquvvat bo‘lishini ta’minlashi iltijo qilingan, yaxshi ish, yaxshi xulq, yaxshi odat ularda barqaror bo‘lishini tilagan. “Avesto”da oila gigenasi, atrof-muxitni, aholi yashaydigan joylarni toza tutish, ko‘cha, xovli, suv havzalari, ariq va chashmalarni iflos qilmaslik haqida maxsus boblar mavjud. Chunonchi, ko‘cha eshigi yoniga axlat to‘plab qo‘ygan xonadon sohibiga jamoaning hukmi bilan 25 darra, xovuz yoki chashmadan nopok ko‘za yoki chelakda suv olgan shaxsga 5 darra urilgan. Suvning ustiga uch marta yomg‘ir yog‘ib o‘tgach, u oldingidek odam va hayvonlar ichadigan suvga aylanadi, deb hisoblangan. Yerni iflos qilgan, uni asrash qoidalarini buzgan shaxslar 400 qamchi urish jazosiga maxkum etilgan.