logo

OCHIQ TIZIMLAR KONSEPSIYASI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

71 KB
MAVZU: OCHIQ TIZIMLAR KONSEPSIYASI.
Reja:
1. Ochiq tizimlar va nomuvozanat termodinamikasi.
2.  Ochiq tizimlarda o’z – o’zini tashkil qilish. 
3. Sinergetika: tizimlarning o’z – o’zini tashkil qilish qonuniyatlrini 
o’rganuvchi fan. Klassik termodinamika tabiatda sodir bo’layotgan jarayonlardan bittasini,
ya’ni   turli   tizimlarda   vaqt   o’tishi   bilan   issiqlikning   energetik   qiymatining
o’zgarishini, bu o’zgarish entropiyaning o’sishiga olib borishini tadqiq qiladi.
Haqiqatdan   ham   tabiatda   entropiyani   maksimal   darajaga   yetkazadigan
jarayonlar mavjud. Lekin bu L.Bolsman asoslab ko’rsatganidek, olamda sodir
bo’ladigan   birdan   –   bir   jarayon   emas.   Termodinamika   fani   xulosalari   faqat
yopiq tizimlarga nisbatan o’z kuchini saqlaydi. Vaholang-ki, tabiatda mutlaqo
yopiq tizim uchramaydi. 
  Tabiatshunoslikda   real   narsa   va   hodisalarning   Biron   –   bir   jihatlarini
«toza»,   sof   holatda   olib   qarash   uchun   maxsus   tushunchalar   ishlab   chiqiladi.
Ular   real   narsaning   birorta   xossasini   mavhumlashtirib,   mutloqlashtirib   aks
ettiradilar.   Tadqiqodchilar   bu   tushunchalarda   mavhumlashtirilgan   «xossa»
bilan   real   xossani   taqqoslab,   yangi   xossalar,   nisbatlar   va   qiymatlarni   kashf
qiladilar.   Bular   masalan   «ideal   gaz»,   «Karno   sikli»,   «mutloq   qora   jism»,
«moddiy   nuqta»   kabi   tushunchalardir.   Bular   qatoriga   «yopiq   tizim»
tushunchasini ham qushushishimiz mumkin.
  Real   mavjud   bo’lgan   tizimlar   ochiq   tizimlar   turkumiga   kiradi.   Ochiq
tizim va uni o’rab turgan muhit o’rtasida massa, energiya va (ayrim hollarda)
informasiya   bilan   ayirboshlash   sodir   bo’ladi.   Ochiq   tizim   massa,   energiya   va
informasiyadan   foydalanib   o’zining   ichki   strukturasini   saqlaydi   yoki
o’zgartiradi, takomillashtiradi. Bu narsalar keyinchalik, informasiya nazariyasi
va kibernetika fanlari olib borgan tadqiqodlarda ma’lum bo’ldi.
Termodinamika   fani   «yopiq   tizim»   tushunchasiga   tayanib,   tabiatda
energiyani sarflash bilan bog’langan barcha jarayonlar tartibsizlikning ortishi,
uning   ifodasi   bo’lgan   entropiyani   maksimum   darajasiga   yetish   bilan
yakunlanadi, degan xulosaga keldi.
  Bu   xulosa   nomuvozanatli,   takomillashib   boradigan   ochiq   tizimlarni
tadqiqod   qiladigan   biologiya   –   ijtimoiy   gumanitar   fanlar   ta’limotlari   va g’oyalariga zid  keldi.  Xususan, darvinizm tirik tabiat,  usimlik va hayvonlarni
murakkablashishi orqali takomillashib, rivojlanib borishini ko’rsatadi.
  Tarix,   sotsiologiya,   iqtisodiyot   fanlarining   ko’rsatishicha   jamiyat   ham
ayrim   tislanish   va   tanazzul   holatiga   tushishiga   qaramasdan,   asosan   taraqqiy
etib borayotgan tizim ekan.
Bundan   farqli   ularoq   termodinamika   fani   butunlay   qarama   –   qarshi
xulosaga   keldi:   notirik   tabiatdagi   tizimlarda   tartibsizlikning   kuchayishi,
entropiyaning   o’sishi   shaklida   namoyon   bo’ladigan   qaytarilmas   jarayon
ustuvor   qonuniyatdir.   Notirik   tizimda   ichki   energetik   potensial   yo’qoladi,
entropiya maksimumga erishadi, ulardagi tartibot tartibsizlikka aylanadi. 
Unda   bir   savol   tug’iladi:   agar   shunday   bo’lsa,   tartibsizlikning
entropiyaning   to’sishiga   moyilligi   bo’lgan   tizimlardan   tashkil   topgan   notirik
tabiat negizida doimo takomillashib kelgan jonli tabiat qanday paydo bo’lgan?
Ko’rinib turibdiki, klassik termodinamikaning natijalari biologiya, tarix va
sotsiologiya fanlari xulosalariga zid kelganga o’xshayapti.
Evolyusiya (tadrijiy) va vaqt bu ikki sohada (termodinamika – biologiya,
tarix   va   sosiologiya)   turlicha   talqin   qilinadi.   Vaqt   o’qi   (vaqtni
yo’naltirilganligi)   termodinamikada   tizim   entropiyasining   o’sishi,   unda
tartibsizlikning   kuchayishi   ma’nosida   tushuntiriladi.   Biologiya,   tarix   va
sotsiologiyada   esa   ,   aksincha,   vaqt   o’qi   tizimni   takomillashib   borishi   bilan
bog’lab izohlangan.
Nima   uchun   shunday   gnoseologik   ziddiyat   paydo   bo’ldi?   Bu   ziddiyatni
hal qilib bo’ladimi?
Ziddiyatni   hal   qilish   uchun   klassik   termodinamikaning   bir   qator
tushunchalar va tasavvurlarini qayta kurib chiqishga to’g’ri keladi.
Tajriba   shundan   dalolat   beradiki,   yopiq,   berk   tizim   uta
mavhumlashtirilgan   tushuncha   bo’lib,   mazmuni   voqyelikdagi   tizimlarni
haqiqiy holatini bevosita, aynan aks ettirmaydi. Voqyelikda tashqi muhit bilan
aloqa   va   o’zaro   ta’sirda   bo’lmagan   tizim   yo’qdir.   Shu   bois,   ochiq   tizim tushunchasi   bilan   ishlaydigan   yangi   termodinamika   shakillandi.   Unga   ko’ra,
ochiq   tizim   va   tashqi   muhit   o’rtasida   modda,   energiya   va   informatsiya   bilan
ayirboshlash sodir bulib, shu tufayli, tizim o’zining entropiyasini past darajada
saqlaydi.
Ochiq   tizim   tushunchasining   dastlabki   ta’rifini   avstriyalik   fizik   Ervin
Shryodinger   (1887   –   1961)   «Hayot   nima?   Fizik   nuqtai   nazarda»   deb
nomlangan asarida berdi. Unda keltirilgan izoh bo’yicha biologik mavjudotlar
hayotning   zaminida   fizik   qonuniyatlar   yotadi.   Shu   qonunlar   asosida   hayot
jarayonlari kechadi. Biologik tizimlar va tashqi muhit o’rtasida doimo moda va
energiyani ayirboshlash sodir bo’ladi. 
Ervin   Shryodingerning   fikricha,   organizm   uchun   o’zini   bir   maromda
yuqori   darajadagi   tartibotda   (va,   demak,   entropiyani   quyi   darajasida)   saqlash
vositasi – bu uni o’rab turgan muhitdan tuxtovsiz oziq, ishlatilmagan energiya,
Biron   –   bir   struktura   (tuzilma)   shaklida   mavjud   bo’lgan   tartibotni   olishdir.
Ochiq   tizim   bo’lgan   organizmga   kirgan   oziq   entropiyasi   past   bo’lgan
tartibotdir. Bu tartibotning energiyasini parchalab, undan foydalanib, organizm
o’zining tartibotini quradi. Demak, oziq, ashyo yoki informasiya (irsiy, hissiy
axborotlar)   shaklini   olgan   tartibotni   «hazm»   qilish   jarayonida   ochiq   tizim
(xujayra, organizm, populyasiya, tur, jamoa va boshqalar) o’zining tuzilmasini
qayta   tiklaydi,   hatto   takomillashtiradi.   Va   aksincha,   ishlatilgan   modda,
foydalanilgan energetik chiqindi tizim tomonidan tashqariga chiqariladi. Tizim
evolyutsiya   davomida   muhit   bilan   moda   va   energiya   ayirboshlashni   amalga
oshiradi,   entropiyani   yuksaltiradi,   aniqrog’i,   ishlab   chiqaradi.   Lekin   yoipiq
tizimlardan farqliroq, ochiq tizim entropiyani tuplamaydi, balki ulush – ulush
shaklida   muhitga   chiqaradi.   Buning   ma’nosi   shuki,   ishlatilgan   energiya   va
modda   tashqi  muhitda  tarqatiladi,  uning   o’rniga,   foydalansa   bo’ladigan   yangi
energiya olinadi.
Ishlatilgan moda va energiyani tashqi muhitga tarqatib, sochib yuborishga
qodir   tizimlar   yangi   termodinamikada   dissipativ   (lotincha   dissipatio   – tarqatish,   sochish)   strukturalar,   deb   belgilanadi.   Dissipativ   strukturalar
energiyaga   boy   tartibotni   tashqi   muhitdan   oladilar,   shu   muhitga   entropiyasi
maksimumga yetgan hosilani (chiqindi shaklidagi betartblikni) qaytaradi. 
Tizimdagi   entropiya   maksimumga   yetganda   to’la   muvozanatlashgan
bo’lar   edi.   Bo’nday   tizim   keyingi   harakat   va   o’zgarishga   qodir   bo’lmaydi.
Demak   tizimga   yangi   moda   va   energiya   kirib   kelsa,   uni   nomuvozanat   holati
ortadi.
Tizimning   faolligi   natijasida   undagi   eski   strukturalar   buziladi,
nomuvozanat holatida bo’lgan unsurlar o’rtasida yangi aloqalar paydo bo’ladi.
Bu   yangi   aloqalar   unsurlarni   jamoaviy   (birlashgan)   harakatini   keltirib
chiqaradi.   Bunday   harakat   koopirativ   jarayon   deb   ataladi.   Koopirativ
jarayonlar   esa   ochiq   tizimlarda   o’z   –   o’zini   tashkil   qilish   hodisasini   yuzaga
keltiradi.
Misol tariqasida lazerni olib ko’raylik. Lazerdagi zarrachalarning betartib
tebranma   harakati   tashqaridan   kuchli   qo’shimcha   energiyaning   berilishi
oqibatida   o’zaro   mutanosiblashgan   harakatga   aylanadi.   Ular   bir   xil   fazada
tebrana   boshlaydilar,   lazerdagi   nurni   yo’naltiradigan   kuch   birnecha   barobar
ko’payib ketadi.
Tashqaridan   berilgan   qushimcha   energiya   hisobidan   lazer   tizimdagi
unsurlarning   oldingi   tasoddifiy,   betartib   tebranishlari   endi   mutanosiblashgan
jamoaviy harakatga aylanadi. Bunday harakatni kogerent (lotincha  koxaerent  –
aloqada bo’lgan) harakat, deb ham ataydilar.
Kogerent   va   kooperativ   jarayonlar   zamirida   ochiq   tizimlarda   o’z-   o’zini
tashkil qilish hodisasi paydo bo’ladi. 
Lazerdagi o’z – o’zini tashkil qilish jarayonini nemis fizigi German Xaken
(1927   yilda   tug’ilgan)   o’rganar   ekan,   bu   yangi   yo’nalishni   sinergetika   deb
atadi.   Qadimgi   Yunon   tilida   «sinergetika»   so’zi   ,   hamkorlik,   o’zaro   ta’sirini
ifodalaydi. Kimyoviy   jarayonlarda   sinergktik   xislatni   paydo   bo’lishini   rus   olimlari
B.Belousov,   A.Jabotinskiy,   Belgiyalik   olim   I.R.Prigojinlar   o’rgandilar.
Bo’nday tadqiqodlar nomuvozanatli, nochiziqli termodinamika deb ataldi.
Nochiziqli termodinamika deyilishiga sabab shuki, ochiq tizimlardagi o’z
– o’zini tashkil qilish jarayonlarining tavsiloti yoki modelini ishlab chiqqanda
asosan nochiziqli matematik tenglamalardan foydalanadilar.
Shunday qilib, termodinamika fani tushunchalari asosida ochiq yoki yopiq
tizimlarni   tadqiq   qilish,   olingan   natijalarni   tabiat   va   jamiyatda   uchraydigan
murakkab   ob’ektlarni   o’rganishda   tadqiq   qilish   sinergetika   fanini
shakillanishiga olib keldi.
Notirik tabiatda mavjud bo’lgan oddiy tizimlarda o’z – o’zini tashkil qilish
qonuniyatlarining   kashf   etilishi   ulkan   ilmiy   va   falsafiy   ahamiyatga   ega.
Kashfiyotni   tashkil   qilish   shuni   ko’rsatadiki,   o’z   –   o’zini   tashkil   qilish
jarayonlari,   ularni   harakatga   keltiradigan   jamoaviy   kogeren   hodisalari
materiyaning   eng   quyi   pog’onalarida   ham   ruy   berar   ekan,   demak,   notirik   va
tirik tabiat o’rtasidagi aloqadorlikni yangicha izohlash ehtiyoji paydo bo’ladi.
Mazkur   nuqtai   nazarga   ko’ra,   yerda   hayotning   paydo   bo’lishi,   oldin   kup
olimlar   o’ylaganlaridek,   noyob   va   tasoddif   hodisa   emasga   o’xshaydi.
Voqelikka   o’z   –   o’zini   tashkil   qilish   g’oyasiga   tayanib   nazar   tashlasak   olam,
koinon   har   qanday   ivolyusiyaning   asosini   tashkil   qilgan   turli   o’z   –   o’zini
tashkil qilish jarayonlari majmuasini tashkil qiladi.
Hozirgi   fan,   xususan,   sinergetika   tizimlardagi   o’z   –   o’zini   tashkil   qilish
jarayonini qanday tushuntiradi?
1.Tizim,   aloqa   va   o’zaro   ta’sir   uchun   ochiq   bo’lmog’i   lozim,   aks   holda,
ya’ni   yopiq   tizim   termodinamika   ning   ikkinchi   qonuniga   muvofiq   maksimal
tartibsiz holatga keladi. Bu yerda «tartibsizlik» atamasi tizimning ish bajarish
qobiliyatidan,   o’zining   tuzilmasini   barqaror   saqlay   olishidan   mahrum   bo’lish
ma’nosida ishlatilmoqda. 2.Ochiq tizim termodinamik muvozanat nuqtasidan yiroqda bo’lishi lozim.
Tizim   muvozanat   nuqtasida   bo’lgan   taqdirda,   u   maksimal   entropiya   holatiga
keladi,   tashkillashtirish   (masalan,   2-3   unsurni   birlashtirish,   ularni   harakatini
yo’naltirish   )   qobiliyatidan   mahrum   bo’ladi.   Agar   tizim   muvozanat   holatiga
yaqin kelib qolgan bo’lsa, oxiri borib tula buzilish, tartibsiz holatga keladi.
3.Yopiq   tizimlarning   evolyusiyasi   ularning   entropiyalarini   yoki   tartibsiz
holatlarining   o’sishi   tomon   borsa,   ochiq   tizimlarga   oid   o’z   –   o’zini
tashkillashtirishning bosh qonuniyati – fluktuasiya (lot.   fluktuatio   – tebranish,
og’ish, chetga chiqish ma’nosida), ya’ni maksimal entropiyaga olib boradigan
o’zgarishdan   chetga   chiqish   orqali   tartibotni,   kam   ehtimolli   holatni   vujutga
keltirish   va   kuchayishidir.   Tizimda   paydo   bo’ladigan   bunday   fluktuasiyalar
boshida hosil bo’ladi va yo’qoladi. Ochiq tizimlarda tashqi muhit bilan modda
va   energiya   ayirboshlash   jarayonida   bo’nday   fluktuatsiyalar   tuplanib   boradi,
natijada  oldingi   tartibot  sina  boshlaydi,   o’rniga  yangi   tartbot,  tashkillashtirish
jarayoni paydo bo’ladi. Fanda bu jarayon tartibotning fluktuatsiya orqali hosil
bo’lishi   tasodifdir.   Demak,   yangi   xossa   yoki   tartibotning   vujudga   kelishida
tasodif hodisalar katta rol o’ynar ekan.
4.Texnikada   (dinamik   muvozanatini   saqlashga   qaratilgan   turli
moslamalar)   qo’llaniladigan   salbiy   aks   aloqa   tamoyilidan   (ya’ni,   ijrochi
organlardan aks signallar olib, kerakli tuzatish kiritish qoidasidan) farqliroq o’z
–   o’zini   tashkil   qilish   xossasi   qarama   –   qarshi   tamoyilga   ijobiyi   aks   aloqa
tamoyiliga   tayanadi.   Tizim   o’zida   hosil   bo’ladigan   o’zgarishlarni   bartaraf
qilmaydi,   aksincha,   ularni   tuplaydi,   kuchaytiradi,   shu   tufayli,   unda   yangi
tartibot, xossa vujudga keladi. 
5.Ochiq tizimlarda simmetriya (qismlar, holatlar o’rtasidagi mutanosiblik,
moslik,   uyg’unlik)   qonuni   amal   qilmaydi.   O’z   –   o’zini   tashkil   qilish
jarayonlarida simmetriya tamoyili buzilib turadi, chunki eski va yangi tartibot
o’rtasida to’la aniqlik, moslik bo’lmaydi.  6.Entropiyani   past   darajada   ushlab   turishga   qodir   tizimlarda   o’z   –   o’zini
tashkil qilish  jarayonini  yuzaga  kelishi uchun o’zaro  ta’sir etayotgan unsurlar
yetarli   miqdorda   bo’lishi   kerak.   Aks   holda   unsurlarning   jamoaviy   harakatini
paydo   bo’lishi   uchun   zarur   bulgan   sinergetik   hodisani   tashkillashtirish   kuchi
yetarli bo’lmay qoldi. 
Biz   yuqorida   tabiati   (xususiyati)   turlicha   bo’lgan   ochiq   tizimlarda   o’z   –
o’zini   tashkil   qilish   hislatini   paydo   bo’lishi   uchun   zarur   bo’lgan   shart   –
sharoitlarni   belgilab   chiqdik.   Albatta,   bu   yetarli   emas.   Tizimlar   entropiyasini
past   darajada   ushlab   turish   uchun   zarur   bo’lgan,   ularni   takomillashtirishga
qaratilgan   boshqa   omillar   ham   mavjud.   Demak,   evolyutsiya   zinapoyasidan
qancha yuqoriga ko’tarilsak, o’z – o’zini tashkillashtirish hodisasini namoyon
etadigan omillar shuncha murakkab va kup sonli bo’ladi.  ADABIYOTLAR
1. Бор Н.Атомная физика и человеческое познания. – М., 1961.
2. Томсон Д. Дух науки. – М., 1970.
3. Фейнмановские лекции по физике. – М., 1967.
4. Философские проблемы естествознания. – М., 1997.

MAVZU: OCHIQ TIZIMLAR KONSEPSIYASI. Reja: 1. Ochiq tizimlar va nomuvozanat termodinamikasi. 2. Ochiq tizimlarda o’z – o’zini tashkil qilish. 3. Sinergetika: tizimlarning o’z – o’zini tashkil qilish qonuniyatlrini o’rganuvchi fan.

Klassik termodinamika tabiatda sodir bo’layotgan jarayonlardan bittasini, ya’ni turli tizimlarda vaqt o’tishi bilan issiqlikning energetik qiymatining o’zgarishini, bu o’zgarish entropiyaning o’sishiga olib borishini tadqiq qiladi. Haqiqatdan ham tabiatda entropiyani maksimal darajaga yetkazadigan jarayonlar mavjud. Lekin bu L.Bolsman asoslab ko’rsatganidek, olamda sodir bo’ladigan birdan – bir jarayon emas. Termodinamika fani xulosalari faqat yopiq tizimlarga nisbatan o’z kuchini saqlaydi. Vaholang-ki, tabiatda mutlaqo yopiq tizim uchramaydi. Tabiatshunoslikda real narsa va hodisalarning Biron – bir jihatlarini «toza», sof holatda olib qarash uchun maxsus tushunchalar ishlab chiqiladi. Ular real narsaning birorta xossasini mavhumlashtirib, mutloqlashtirib aks ettiradilar. Tadqiqodchilar bu tushunchalarda mavhumlashtirilgan «xossa» bilan real xossani taqqoslab, yangi xossalar, nisbatlar va qiymatlarni kashf qiladilar. Bular masalan «ideal gaz», «Karno sikli», «mutloq qora jism», «moddiy nuqta» kabi tushunchalardir. Bular qatoriga «yopiq tizim» tushunchasini ham qushushishimiz mumkin. Real mavjud bo’lgan tizimlar ochiq tizimlar turkumiga kiradi. Ochiq tizim va uni o’rab turgan muhit o’rtasida massa, energiya va (ayrim hollarda) informasiya bilan ayirboshlash sodir bo’ladi. Ochiq tizim massa, energiya va informasiyadan foydalanib o’zining ichki strukturasini saqlaydi yoki o’zgartiradi, takomillashtiradi. Bu narsalar keyinchalik, informasiya nazariyasi va kibernetika fanlari olib borgan tadqiqodlarda ma’lum bo’ldi. Termodinamika fani «yopiq tizim» tushunchasiga tayanib, tabiatda energiyani sarflash bilan bog’langan barcha jarayonlar tartibsizlikning ortishi, uning ifodasi bo’lgan entropiyani maksimum darajasiga yetish bilan yakunlanadi, degan xulosaga keldi. Bu xulosa nomuvozanatli, takomillashib boradigan ochiq tizimlarni tadqiqod qiladigan biologiya – ijtimoiy gumanitar fanlar ta’limotlari va

g’oyalariga zid keldi. Xususan, darvinizm tirik tabiat, usimlik va hayvonlarni murakkablashishi orqali takomillashib, rivojlanib borishini ko’rsatadi. Tarix, sotsiologiya, iqtisodiyot fanlarining ko’rsatishicha jamiyat ham ayrim tislanish va tanazzul holatiga tushishiga qaramasdan, asosan taraqqiy etib borayotgan tizim ekan. Bundan farqli ularoq termodinamika fani butunlay qarama – qarshi xulosaga keldi: notirik tabiatdagi tizimlarda tartibsizlikning kuchayishi, entropiyaning o’sishi shaklida namoyon bo’ladigan qaytarilmas jarayon ustuvor qonuniyatdir. Notirik tizimda ichki energetik potensial yo’qoladi, entropiya maksimumga erishadi, ulardagi tartibot tartibsizlikka aylanadi. Unda bir savol tug’iladi: agar shunday bo’lsa, tartibsizlikning entropiyaning to’sishiga moyilligi bo’lgan tizimlardan tashkil topgan notirik tabiat negizida doimo takomillashib kelgan jonli tabiat qanday paydo bo’lgan? Ko’rinib turibdiki, klassik termodinamikaning natijalari biologiya, tarix va sotsiologiya fanlari xulosalariga zid kelganga o’xshayapti. Evolyusiya (tadrijiy) va vaqt bu ikki sohada (termodinamika – biologiya, tarix va sosiologiya) turlicha talqin qilinadi. Vaqt o’qi (vaqtni yo’naltirilganligi) termodinamikada tizim entropiyasining o’sishi, unda tartibsizlikning kuchayishi ma’nosida tushuntiriladi. Biologiya, tarix va sotsiologiyada esa , aksincha, vaqt o’qi tizimni takomillashib borishi bilan bog’lab izohlangan. Nima uchun shunday gnoseologik ziddiyat paydo bo’ldi? Bu ziddiyatni hal qilib bo’ladimi? Ziddiyatni hal qilish uchun klassik termodinamikaning bir qator tushunchalar va tasavvurlarini qayta kurib chiqishga to’g’ri keladi. Tajriba shundan dalolat beradiki, yopiq, berk tizim uta mavhumlashtirilgan tushuncha bo’lib, mazmuni voqyelikdagi tizimlarni haqiqiy holatini bevosita, aynan aks ettirmaydi. Voqyelikda tashqi muhit bilan aloqa va o’zaro ta’sirda bo’lmagan tizim yo’qdir. Shu bois, ochiq tizim

tushunchasi bilan ishlaydigan yangi termodinamika shakillandi. Unga ko’ra, ochiq tizim va tashqi muhit o’rtasida modda, energiya va informatsiya bilan ayirboshlash sodir bulib, shu tufayli, tizim o’zining entropiyasini past darajada saqlaydi. Ochiq tizim tushunchasining dastlabki ta’rifini avstriyalik fizik Ervin Shryodinger (1887 – 1961) «Hayot nima? Fizik nuqtai nazarda» deb nomlangan asarida berdi. Unda keltirilgan izoh bo’yicha biologik mavjudotlar hayotning zaminida fizik qonuniyatlar yotadi. Shu qonunlar asosida hayot jarayonlari kechadi. Biologik tizimlar va tashqi muhit o’rtasida doimo moda va energiyani ayirboshlash sodir bo’ladi. Ervin Shryodingerning fikricha, organizm uchun o’zini bir maromda yuqori darajadagi tartibotda (va, demak, entropiyani quyi darajasida) saqlash vositasi – bu uni o’rab turgan muhitdan tuxtovsiz oziq, ishlatilmagan energiya, Biron – bir struktura (tuzilma) shaklida mavjud bo’lgan tartibotni olishdir. Ochiq tizim bo’lgan organizmga kirgan oziq entropiyasi past bo’lgan tartibotdir. Bu tartibotning energiyasini parchalab, undan foydalanib, organizm o’zining tartibotini quradi. Demak, oziq, ashyo yoki informasiya (irsiy, hissiy axborotlar) shaklini olgan tartibotni «hazm» qilish jarayonida ochiq tizim (xujayra, organizm, populyasiya, tur, jamoa va boshqalar) o’zining tuzilmasini qayta tiklaydi, hatto takomillashtiradi. Va aksincha, ishlatilgan modda, foydalanilgan energetik chiqindi tizim tomonidan tashqariga chiqariladi. Tizim evolyutsiya davomida muhit bilan moda va energiya ayirboshlashni amalga oshiradi, entropiyani yuksaltiradi, aniqrog’i, ishlab chiqaradi. Lekin yoipiq tizimlardan farqliroq, ochiq tizim entropiyani tuplamaydi, balki ulush – ulush shaklida muhitga chiqaradi. Buning ma’nosi shuki, ishlatilgan energiya va modda tashqi muhitda tarqatiladi, uning o’rniga, foydalansa bo’ladigan yangi energiya olinadi. Ishlatilgan moda va energiyani tashqi muhitga tarqatib, sochib yuborishga qodir tizimlar yangi termodinamikada dissipativ (lotincha dissipatio –

tarqatish, sochish) strukturalar, deb belgilanadi. Dissipativ strukturalar energiyaga boy tartibotni tashqi muhitdan oladilar, shu muhitga entropiyasi maksimumga yetgan hosilani (chiqindi shaklidagi betartblikni) qaytaradi. Tizimdagi entropiya maksimumga yetganda to’la muvozanatlashgan bo’lar edi. Bo’nday tizim keyingi harakat va o’zgarishga qodir bo’lmaydi. Demak tizimga yangi moda va energiya kirib kelsa, uni nomuvozanat holati ortadi. Tizimning faolligi natijasida undagi eski strukturalar buziladi, nomuvozanat holatida bo’lgan unsurlar o’rtasida yangi aloqalar paydo bo’ladi. Bu yangi aloqalar unsurlarni jamoaviy (birlashgan) harakatini keltirib chiqaradi. Bunday harakat koopirativ jarayon deb ataladi. Koopirativ jarayonlar esa ochiq tizimlarda o’z – o’zini tashkil qilish hodisasini yuzaga keltiradi. Misol tariqasida lazerni olib ko’raylik. Lazerdagi zarrachalarning betartib tebranma harakati tashqaridan kuchli qo’shimcha energiyaning berilishi oqibatida o’zaro mutanosiblashgan harakatga aylanadi. Ular bir xil fazada tebrana boshlaydilar, lazerdagi nurni yo’naltiradigan kuch birnecha barobar ko’payib ketadi. Tashqaridan berilgan qushimcha energiya hisobidan lazer tizimdagi unsurlarning oldingi tasoddifiy, betartib tebranishlari endi mutanosiblashgan jamoaviy harakatga aylanadi. Bunday harakatni kogerent (lotincha koxaerent – aloqada bo’lgan) harakat, deb ham ataydilar. Kogerent va kooperativ jarayonlar zamirida ochiq tizimlarda o’z- o’zini tashkil qilish hodisasi paydo bo’ladi. Lazerdagi o’z – o’zini tashkil qilish jarayonini nemis fizigi German Xaken (1927 yilda tug’ilgan) o’rganar ekan, bu yangi yo’nalishni sinergetika deb atadi. Qadimgi Yunon tilida «sinergetika» so’zi , hamkorlik, o’zaro ta’sirini ifodalaydi.