Optik teleskoplar va ularning xususiyatlari
Optik teleskoplar va ularning xususiyatlari Reja: 1. Optik teleskoplar va ularning turlari 2. Optik teleskoplarning asosiy xarakteristikalari 3. Teleskoplarning kattalashtirish qobiliyati
Optik teleskoplar va ularning turlari Fazo jismlarining fizik tabiatini o’rganishda optik teleskoplar ishlatiladi. Optik teleskoplar ikki xil bo’ladi: linzali (refraktor) va ko’zguli (reflektor) teleskoplar. Refraktor (linzali) teleskopining obyektivi yorug’lik nurini yig’uvchi linzalardan va reflektor teleskopini obyektivi botiq ko’zgudan iborat. Teleskoplarning mohiyati, ularni katta kattalashtirishga ega ekanligi emas, balki ko’p miqdorda yorug’lik energiyasini yig’ishdan iborat. Fazo jismlaridan Yerga qarab paralel yorug’lik nurlari keladi va bulardan ozgina qismi ko’zga kelib tushadi, chunki ko’z qorachig’ini diametri 6-7mm (Rasm.1a). teleskop obyektivi va ma’lum razmerga ega bo’lishidan qat’iy nazar katta yorug’lik oqimini qabul qiladi va kuchsiz fazo jismlarini ko’radi, lekin bu qurollanmagan ko’z buni ko’raolmaydi (Rasm-1.b). Harqanday optik linzalar ma’lum kamchiliklardan xoli emas. Bu kamchiliklarni kamaytirish uchun – reflaktor teleskopini obyektivini egriligi uncha katta bo’lmagan ikkita yoki uchta linzadan iborat bo’lib, birinchi linza ikki tomonlama qavariq, ikkinchi linza tekis botiq linzalar (Rasm-2.) obyektiv Ёруғлик оқими Кўз Кўз Расм-1. Қуролланмаган кўз (а) ва телескопларни (б) ёруғлик оқимини қайд қилиши
tushayotgan yorug’lik nurlari (S), optik o’qqa paralel bo’lib, linzada sinadi va obyektivni (F) fokusiga yig’iladi. Obyektivni fokusi optik o’qqa yotuvchi va obyektiv markazidan obyektivni fokus masofa deb ataluvchi masofadan (OF) joylashgan nuqta. Ma’lum burchak ostida obyektivning optik o’qiga paralel tushayotgan AV nurlar sinadi va singan nurlar fokusda emas, balkifokus orqali o’tib optik o’qqa perpendikulyar bo’lgan fokal tekisligida joylashgan (a,b) nuqtalarda yig’iladi. Shuning uchun (a,b) tasvir sezilarli burchak ostida teleskopni fokal tekisligida to’ntarilgan holda yotadi. Optik teleskoplarning asosiy xarakteristikalari Teleskopning asosiy xarakteristikalaridan biri bu teleskop obyektivi-ning fokus oralig’i (F) bo’lib, undan Quyosh, Oy, planetalar, tumanliklar tasvirining chiziqli razmeri bog’liq bo’ladi. l=2F tg ρ 2 (2.3) bu yerda, - AV nurlar orqali aniqlanadigan obyektning burchakli razmeri. Agar - obyektlar orasidagi burchak masofasi bo’lsa (masalan: yulduzlar orasidagi), unda (2) formula teleskopning fokal tekisligida obyekt tasvirlari orasidagi chiziqli masofani beradi. Lekin ko’rinadigan fazo obyektlarining ko’rinarli burchak razmeri sezilarli emas. Masalan, Quyosh va Oy uchun 33’ dan ko’p emas. Расм – 2. телескопни фокал текислигида фазо объектини тўнтарилган тасвири
Matematikadan ma’lumki tangens burchakni kichik qiymatida radianda ifodalangan ( rad ) burchakni o’zaro teng bo’ladi. Ma’lumki 1 radian=3440’=206295’’ bo’lsa, unda tg ρ 2= 1 2ρрад = 1 2 ρ' 3440 = 1 2 ρ'' 20626 { 5''¿ bunda ‘ – minutda ifodalangan burchak o’lchamlari, ‘‘ – sekundda ifodalangan burchak o’lchamlari. Bundan: l=2F1 2 ρ' 344 { 0'=F ρ'' 20626 { 5''¿¿ (2.4) l - fokus oralig’i F ning chiziqli birliklarni ifodalagan. Bunday chiziqli razmerlar teleskopning fokal tekisligida obyektlarni fotografiyasi qayd qilingan plastinkalarda hosil qilinadi. Bundan (fotosnimka) fotonegativni masshtabi aniqlanadi: u=ρ' l=344 { 0' F ¿ yoki u= ρ'' l=20626 { 5'' F ¿ (2.5) bu yerda F – mm da ifodalangan, snimkadagi 1 mm ga to’g’ri keladigan yoyni minut yoki sekund sonini ko’rsatadi. Teleskopni ikkinchi asosiy xarakteristikasi obyektiv diametridir. Chunki obyektiv tufayli yig’iladigan yorug’lik oqimi obyektga diametrini kvadratiga proporsional bo’ladi. teleskopni uchinchi xarakteristikasi – nisbiy tirqishi (svetosila) A= D F=1:(F/D) (2.6) F/D nisbat qancha kichik bo’lsa, unda teleskopning fokal tekisligida hosil bo’ladigan obyektlarning tasviri shuncha yorug’ bo’ladi. Haqiqatan ham obyektivning fokus masofasini kamaytirish bilan obyektlar tasvirining chiziqli razmeri ham kamayadi. Teleskop diametrini o’zgarmas holatida qayd qilinayotgan yorug’lik oqimi ham avvalgisiday saqlanadi. Shuning uchun obyekt tasviri juda yorug’ bo’ladi. Teleskoplarning kattalashtirish qobiliyati
Obyektivning fokus masofasini imkoniyat chegarasida kamaytirilsa, tasvir o’lchami kichikroq va aniq ko’rinarli bo’ladi. obyekt masofalarini keng miqyosda o’rganish uchun katta kattalashtiruvchi uzun fokusli teleskoplar bo’lsa yaxshiroq bo’ladi. u vaqtda tasvirli aniq yorug’ligini saqlash uchun obyektiv diametrini kattalashtirish kerak, buni ma’lum sharoitda amalga oshirish mumkin. Obyektiv diametrini kattalashtirish masalasi murakkabroq masaladir. Shuning uchun ulkan teleskop – refraktorlar uchun obyektiv diametri 70 sm dan oshmaydi, nisbiy tirqish 1:16 dan 1:10 gacha bo’ladi. Teleskopni kattalashtirishi W = F f (2.7) bunda F – obyektivni fokus masofasi, f – okulyarni fokus masofasi. Har bir teleskop bir nechta okulyarlar bilan ta’minlangan bo’ladi. Yorqinligi sust bo’lgan obyektlarni (kometalar, tumanliklar, yulduz to’dalari) yorug’ ko’rinishi uchun obyektni teleskopni eng kichik kattalashtirishi bilan kuzatish kerak. Planetalar va Oyni teleskopni eng katta kattalashtirilishi orqali kuzatish mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, eng yaqin atmosfera sharoitida teleskopdan erkin juda katta kattalashtirish mumkin bo’lmaydi, fokus masofadagi kichik okulyarlarni qo’llaganda ham, chunki linzaning optik kamchiliklari ta’sir qiladi. Shuning uchun ham har qaysi teleskop ma’lum chegaragacha kattalashtirish qobiliyatiga ega bo’ladi: W m=2D (2.8) D – mm da o’lchanib, o’lchov birligi yo’q deb hisoblanadi. Teleskop diametri teleskopni voqyeani qayd qilish qobiliyatini ( θ ) aniqlash bilan birga teleskopni juda kichik burchak masofasini ko’rsatadi. Fazoda obyektlarni bir-biriga juda yaqin joylashganligini aniqlash mumkin. Fizikadan ma’lumki θ obyektiv diametriga teskari proporsional va elektromagnit to’lqinlar uzunligiga to’g’ri proporsionaldir. Qayd qilish qobiliyati θ=25164 { 0''λ D¿ (2.9)